Datasets:
Tasks:
Zero-Shot Classification
Modalities:
Text
Formats:
csv
Languages:
Uzbek
Size:
10K - 100K
License:
cleaned_text
stringlengths 1
200k
β | category
stringclasses 7
values |
---|---|
Yoz qanchalik issiq bo'lsa, oftob va issiq urishi ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Har ikkala holat ham ob-havo bilan bog'liq o'lim holatlarining asosiy sababi hisoblanadi, deya qayd etadi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti. Issiq urishi surunkali kasalliklar, shu jumladan, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, ruhiy salomatlik, astma bilan bog'liq holatlarni og'irlashtirishi mumkin. Issiq urishi shoshilinch tibbiy aralashuvni talab qiladi, chunki uning o'limga olib kelish ehtimoli yuqori, deyiladi JSST saytida. Iqlim o'zgarishi tufayli dunyoning barcha mintaqalarida ekstremal jazirama ta'siriga uchragan odamlar soni ortib bormoqda. Tashkilot ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 20 yil ichida 65 yoshdan oshgan odamlar orasida jazirama bilan bog'liq o'lim holatlari 85 foizga oshgan. 2000-yildan beri har yili deyarli 490 ming kishi jaziramadan vafot etmoqda. O'tgan yilning yozi butun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz bo'ldi . O'zbekistonda har yili yoz mavsumida eng yuqori harorat ko'rsatkichi 40β45 darajaga yetadi, ekstremal ob-havo sharoitida esa 50 darajaga yaqinlashishi mumkin. O'zgidromet ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi o'n yillikda (2014-yildan 2023-yilgacha) o'nta iyul oyidan yettitasi butun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq o'ntalikdan joy olgan. Bu yil ham yoz juda issiq keldi. O'tgan iyun oyi uchun o'rtacha oylik harorat me'yordan 1β2,5 darajaga yuqori bo'ldi. So'nggi kunlarda esa mamlakatda juda issiq ob-havo hukm surmoqda. Manba: O'zgidromet Toshkent shahar tez tibbiy yordam bo'limi boshlig'i Ilhom Aslonovning ma'lum qilishicha, poytaxtda har kuni oftob yoki issiq urishi holatlari bilan bog'liq bir-ikki chaqiruv kelib tushadi. 15-iyuldan 25-iyulgacha bo'lgan davrda Toshkentda yettita oftob urishi holati qayd etildi. Uchta holatda o'smirlar, ikkita holatda nafaqaxo'rlar oftob urishidan aziyat chekkan. Ilhom Aslonovning so'zlariga ko'ra, bemorlar ko'pincha ahvolining yomonlashuviga nima sabab bo'lganini to'g'ri aniqlay olmaydi. "Gazeta.uz" Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ("SamPI") qoshidagi kafedra assistenti va umumiy amaliyot shifokori Javohir Xolmuhamedov bilan oftob va issiq urishi o'rtasidagi farq, bu ikki holatning sabab va oqibatlari, simptomlari, birinchi yordam ko'rsatish va issiq havoda ushbu holatlarning oldini olish haqida suhbatlashdi. Javohir Xolmuhamedov. Oftob urishi β bu to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlarining bosh va bo'yinning yuqori qismiga uzoq vaqt ta'siri natijasida yuzaga kelgan organizmning qizib ketish holatidir. Ular ochiq teriga tushib, tomirlarning kengayishi, bu sohaga qon oqimining ortishi va uning qizib ketishiga olib keladi. Ayni paytda organizmdagi barcha hayotiy muhim jarayonlarni nazorat qiluvchi markaziy nerv sistemasining ish faoliyati buziladi. Oftob urishi holati uzoq vaqt to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ostida bosh kiyimsiz yurish natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunda kritik vaqt har bir kishi uchun qat'iy individual hisoblanadi. Risk guruhi bolalar, keksalar va tizimli kasalliklarga chalingan kishilarni o'z ichiga oladi. Bu organizmning yetilmagan yoki buzilgan termoregulyatsiya mexanizmlari bilan bog'liq. Javohir Xolmuhamedovning so'zlariga ko'ra, jabrlanuvchiga o'z vaqtida birinchi yordam ko'rsatilmasa, u hushini yo'qotadi, tomir urishi tezlashadi, hansirash yuzaga keladi, yurak faoliyati ishdan chiqadi. Oftob urishi og'ir holatlarda komaga olib kelishi mumkin. Issiq urishi β organizmning atrof-muhitning yuqori harorati ta'siri natijasida vujudga keladigan og'ir qizib ketish holati. Issiq urishi organizm samarali issiqlik ajratolmaganda va holdan toyganda sodir bo'ladi. Bu yurak urishining tezlashishiga va tana ichki haroratining ko'tarilishi β gipertermiyaga olib keladi. Terini yetarli darajada himoya qilmagan holda va "havo o'tkazmaydigan" kiyimda uzoq vaqt issiqqa toqat qiladigan yoki ko'chada ishlaydigan va mashq qiladigan odamlar issiq urishidan aziyat chekishlari mumkin. Risk guruhiga homilador ayollar, insult va infarktni boshdan kechirganlar, shuningdek, astma, surunkali obstruktiv o'pka kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi va yurak ishemik kasalligi kabi surunkali kasalliklar bilan kasallangan kishilar kiradi. Uch xil darajadagi issiq urishi holati farqlanadi . Holatning darajasiga qarab, bemor umumiy holsizlik, bosh og'rig'i va haroratning alahlash darajasida ko'tarilishi, gallyutsinatsiya va hushdan ketish kabilarni boshdan kechirishi mumkin. Zarur tibbiy yordam ko'rsatilmagan taqdirda, kutilmagan o'lim yuz berishi mumkin. Oftob va issiq urishi o'rtasidagi farq. Oftob urishi quyosh nurlarining bosh va bo'yinga to'g'ridan-to'g'ri ta'siridan kelib chiqadi, bu esa bosh miyaning qizib ketishiga olib keladi. Issiq urishi atrof-muhitning yuqori harorati va/yoki yuqori namlik tufayli organizmning umumiy qizib ketishi bilan bog'liq. U quyoshda ham, bulutli ob-havoda ham, shuningdek yopiq xonalar, hammomlar, saunalar, transport va boshqa joylarda yuzaga kelishi mumkin. "Inson bir vaqtning o'zida ham atrof-muhitning yuqori harorati, ham to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ta'siriga tushishi mumkin, bu esa issiq va oftob urishi simptomlarining kombinatsiyasiga olib keladi. Masalan, issiq havoda, ayniqsa, jismoniy faollikda uzoq vaqt quyosh ostida yurganda, ushbu holatlarning bir vaqtning o'zida yuzaga kelish xavfi sezilarli darajada oshadi", β deb tushuntiradi Javohir Xolmuhamedov. Oftob va issiq urishining belgilari bir-biriga o'xshash. Jabrlanuvchida quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin: Ilhom Aslonovning so'zlariga ko'ra, odamda oftob urishi belgilari darhol namoyon bo'lmasligi mumkin. Ular quyosh nurlari ta'sirining davomiyligi va intensivligiga qarab asta-sekin yuzaga chiqadi. Avvaliga bemor bosh og'rig'i va holsizlik his qilishi mumkin, keyin harorati ko'tariladi, qusish va diareya boshlanadi. Aksariyat chaqiruvlar bir necha soat o'tgach yoki oftob urgan kunning ertasiga, simptomlar (yuqori harorat, qusish, diareya va boshqalar) kuchayib ulgurganidan keyin kelib tushadi. Jabrlanganlar ko'pincha oftob urganini bilmaydi. Bemorning harorati tushmaganligi sabab "tez yordam" chaqiriladi. Ilhom Aslonovning ta'kidlashicha, bolalarda issiq urishi simptomatikasi o'ziga xos xususiyatlarga ega va kattalarda kuzatiladigan holatdan farq qiladi. Bolada burundan qon ketishi kuzatilishi mumkin. U tez-tez esnashi, jahldor va yig'loqi bo'lib qolishi mumkin. Simptomlar issiq urishining og'irlik darajasiga mutanosib ravishda rivojlanib boradi va zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatishni talab qiladi. Aks holda kichik organizmga o'lim xavf solishi mumkin. "Biror kishining ahvoli og'irlashib, hushidan ketganiga guvoh bo'lsangiz, zudlik bilan "tez yordam" chaqiring, β deydi Javohir Xolmuhamedov. β Odatda, o'tkinchi odamga, ayniqsa, bemor bola yoki keksa bo'lgan taqdirda, yo'nalishni va jabrlanuvchining ahvoli og'irlik darajasini to'g'ri aniqlash qiyin. Brigada yetib kelguncha birinchi tibbiy yordam ko'rsatishning birlamchi chora-tadbirlariga rioya qiling (ular haqida quyida o'qiysiz) . Ko'rikdan so'ng shifokor bemorning ahvolini baholab, tegishli muolaja tayinlaydi". Oftob va issiq urishida bir xil birinchi yordam ko'rsatiladi: 1. Jabrlanuvchini soya, salqin va yaxshi shamollatiladigan joyga yoki konditsionerli xonaga joylashtirish va boshini ko'targan holda yotqizish. 2. Yoqa tugmalarini yechib, tor va og'ir kiyimlarni yechib tashlash va toza havo kirishini ta'minlash. 3. Sovuq suv ichirish, boshga nam kompress qo'yish va tananing ochiq joylari: bilaklar, bo'yinning orqa qismi, chakka, peshona, shuningdek, tirsak va tizza bukilmalarini namlash. Kompress va suv muzdek bo'lmasligi lozim, aks holda bu tomirlarning qisilishiga olib keladi, bu esa bemorning ahvolini og'irlashtiradi. Organizmning qizish darajasiga qarab, tiklanish bir necha soatdan bir necha kungacha vaqt olishi mumkin. Prognoz ko'pincha ijobiy bo'ladi. Muolaja va yotoq rejimida kishi 1β2 kundan keyin oyoqqa turadi. Biroq oftob va issiq urishi profilaktikasiga rioya qilgan holda bu holatlarning oldini olish osonroq. Javohir Xolmuhamedov quyosh va issiqning noxush ta'siridan qochish uchun quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishni tavsiya qiladi: Javohir Xolmuhamedov yozning kun qizigan paytida alohida sabablarsiz uydan chiqmaslikni maslahat beradi. Shuningdek, soat 10:00 dan 18:00 gacha ko'chaga chiqish tavsiya etilmaydi. Harorat me'yordan ortiq bo'lmagan mavsumlarda quyosh faolligining eng yuqori cho'qqisi soat 12:00 dan 16:00 gacha bo'ladi. Javohir Xolmuhamedovning shaxsiy blogi: https://t.me/makeyourselfgreatagainagain | advice |
Bir yilda nechta kitob o'qiysiz? Kuningizning qancha qismini mutolaaga sarflaysiz? Xohlaganingizdan ko'ra kam, to'g'rimi? Ish-tashvishning tugamasligi yoki shunchaki hafsala, xohish yo'qligi bahona bunga. "Gazeta.uz" kitobxonlikni targ'ib etish, o'quvchini ko'p va xo'b o'qishga undash niyatida "Nima o'qiymiz?" savoli bilan olim, tadqiqotchi, jamoat faoli, yozuvchi-shoir, tarjimon va boshqalarga yuzlanadi, ularning yil davomida o'qigan yo o'qilishi shart deb sanagan kitoblari tavsiyasini sizga yetkazadi. Maqsad juda oddiy β kitobxon bo'laylik! "Nima o'qiymiz?" loyihasining bu galgi mehmoni β "Yangi O'zbekiston" universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, matnshunos va ogahiyshunos Hilola Nazirova . Tavsiyalar bilan quyidagi video orqali yoki "Gazeta.uz"ning YouTube'dagi sahifasida to'liq tanishish mumkin. Yaqin vaqt ichida tavsiyalarning matn talqini ham taqdim etiladi. | advice |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi ko'chalarda antisanitar holatda sotilayotgan muzqaymoqlarda stafilokokk bakteriyasi bo'lishi mumkinligidan ogohlantirdi . Bugungi kunda muzqaymoq asosan sut mahsulotidan tayyorlanishi sababli tez o'zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Shu sababli, doim sovuq haroratda saqlash talab etiladi. Agar issiqlik ta'sirida muzqaymoq erisa, uni qaytadan muzlatib, iste'mol qilish mumkin emas. Chunki jarayon davomida muzqaymoq tarkibi o'zgarib, bakteriyalarni o'ziga jalb qilish xususiyati ortadi, deydi mutaxassislar. Qo'mitaning qayt etishicha, hozirda yo'l-yo'lakay ruxsat etilmagan idishlarda muzqaymoq sotish holatlari kuzatilmoqda. Tabiiyki, muzqaymoq solingan idishlar muzlatgich imkoniyatiga ega emas. Shu sababli, ichidagi mahsulotni yetarli darajada salqin va sifatli saqlab berolmasligi ham bor gap. Oxirgi paytlarda ana shu mahsulotlardan iste'molchilarning zaharlanish holatlari yuzaga kelmoqda. Ko'cha-ko'yda sotilayotgan muzqaymoq solingan aksariyat idishlar bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Bunday plastik idishlarni esa kimyoviy usulda zararsizlantirish imkoniyati ham mavjud emas, deyiladi xabarda. Qo'mita zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlarini o'tkazgan. Xususan, mahsulotlardan nazorat tahlili olinganda ko'chada sotilayotgan muzqaymoq tarkibida stalifilokokk bakteriyasi aniqlangan. Ko'p hollarda stafilokokk ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishiga sabab bo'ladi. Patogen stafilokokk tushgan sut va sut mahsulotlari: tort, muzqaymoq va boshqa oziq-ovqatlarni iste'mol qilganda kishi zaharlanishi mumkin. Qayd etilishicha, yo'l-yo'lakay sotilayotgan muzqaymoqlarning qachon va qayerda, qanday sharoitda ishlab chiqarilgani, tarkibi, saqlash muddati hamda sharoiti to'g'risida hech qanday ma'lumot yo'q. Bu mahsulotni sotayotgan sotuvchilar maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanmagan va ularning tibbiy ko'rikdan o'tgani to'g'risida maxsus yuritiladigan daftari ham mavjud emas. Talabga ko'ra, maishiy xizmat ko'rsatuvchi korxonalar, savdo shoxobchalari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug'ullanadigan xodimlar har olti oyda tibbiy ko'rikdan o'tib turishlari zarur, deyiladi xabarda. Muzqaymoq asab va oshqozon-ichak faoliyatining bir maromda kechishida foydali, ammo bu mahsulotni tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish juda zaruriy omildir. Avvalo sut mahsulotining qayerdan olib kelingan, veterinariya ekspertizasidan o'tib, ma'lumotnomaga ega bo'lganmi, shuningdek, epidemiologik vaziyati yaxshi sigirlardan olinganmi β shularga diqqat qaratish kerak. Qo'mita muzqaymoq tayyorlaganda zarur texnologik jarayonlarga amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalarini qat'iy bajarish kerakligini ham eslatib o'tdi. Avvalroq qo'mita yo'l yoqasidagi chodirlarda sotilayotgan poliz mahsulotlari va mevalarni sotib olmaslikka chaqirgandi . Qo'mitaga ko'ra, avtomobil yo'llari yonidagi mahsulotlar avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni o'ziga o'zlashtiradi. Bu esa sog'liq uchun zararli hisoblanadi. | advice |
Deyarli barcha onalarda chaqaloqlari uchun yetarli miqdorda sut bo'ladi. Bu to'g'ri biriktirilishiga, oziqlantirish chastotasiga va samaradorligiga bog'liq. Ona suti bilan emizish yordamlarni: tibbiy maslahat, uyda yordam, yaxshi ovqatlanish va yetarli miqdorda suyuqlik iste'mol qilish kabilarni talab qiladi. Chaqaloqlar ko'krakni izlash refleksi bilan tug'iladi, lekin bolaga ko'krakni to'g'ri tutish lozim bo'ladi. Ko'krak suti bilan oziqlantirish vaqt va ma'lum ko'nikmani talab qiladi. Shuningdek, emizikli onalarni uyda va ish joylarida qo'llab-quvvatlash muhimdir. Tug'uruqdan keyingi dastlabki kunlarda ko'krak suti bilan boqishda noqulaylik bo'lishi mumkin. Biroq bolani to'g'ri joylashtirish va unga to'g'ri ko'krak berish orqali noqulayliklarni bartaraf etish mumkin. Agar muammolar yuzaga kelsa, tibbiyot xodimi ularni hal etishda yordam berishi mumkin. Dastlabki 6 oyda bolaga suv umuman kerak emas, sababi ona suti tarkibining 85β90 foizi suvdan iborat. Kichik miqdorda ham ichilgan suv oshqozonni to'ldiradi. Natijada bolaning ishtahasi yo'qoladi va ozuqa moddalariga boy ona sutiga bo'lgan ehtiyojini pasaytiradi. Inson hayotining dastlabki oylarida β o'sish va rivojlanish uchun o'ta muhim bo'lgan davrda β ona suti tarkibidagi antitanalar chaqaloqni turli kasalliklardan, shu jumladan, hayot uchun xavfli bo'lgan xastaliklardan himoya qiladi. Ona suti bilan oziqlantirish bolalik kasalliklarining yukini hamda onalarning ba'zi saraton va yuqumli bo'lmagan kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Bu haqda YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rassel va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning 1β7-avgust kunlari o'tkaziladigan Butunjahon ko'krak suti bilan oziqlantirish haftaligi munosabati bilan yo'llagan murojaatida aytiladi. Ko'krak suti bilan boqish favqulodda vaziyatlarda katta ahamiyatga ega, chunki u chaqaloqlar va yosh bolalar uchun xavfsiz va mavjud mukammal ozuqa manbai hisoblanadi. Jahon miqyosida so'nggi 12 yil ichida faqat ona suti bilan oziqlanadigan olti oygacha bo'lgan chaqaloqlar soni 10 foizdan ko'proqqa oshgan. Bu sayyoradagi chaqaloqlarning 48 foizi endi hayotni sog'lom boshlash uchun yaxshi imkoniyatga ega, deyiladi murojaatda. "Onalarga ko'krak suti bilan oziqlantirish uchun zarur yordam berilsa, bundan butun jamiyat manfaat ko'radi. So'nggi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, ko'krak suti bilan oziqlantirish ko'rsatkichlarini oshirish har yili 820 mingdan ortiq bolaning hayotini saqlab qolishi mumkin", β dedi YUNISEF va JSST rahbarlari. Murojaatning to'liq matni . | advice |
Odatda poyabzalda yurishga odatlanganmiz. U qulay va xavfsiz bo'lgani bois oyoqlarni infeksiya va shikastlanishdan asraydi. Biroq mutaxassislar sog'lom bo'lish uchun tez-tez oyoqyalang yurishni tavsiya etadi. Quyida Sog'liqni saqlash vazirligining yalangoyoq yurishning 6 ta eng muhim foydasi haqida e'lon qilgan ma'lumotini taqdim etamiz. Oyoqlar terisida boshqa joylarga qaraganda ko'pgina sezgi retseptorlari joylashgan. Ayniqsa, tovonda ichki organlar faoliyatiga javob beruvchi reflekslar bo'lib, bu mashg'ulot tufayli tana a'zolari, xususan, miya faoliyati yaxshilanadi. Yalangoyoq yurganda teri yerda hosil bo'luvchi manfiy ionlar deb ataluvchi zaryadlangan zarralar bilan aloqada bo'ladi. Bu ionlar esa tanadagi ijobiy zaryadlangan erkin radikallarni muvozanatlashga yordam berib, yallig'lanishlar va surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi hamda organizmning umumiy holatiga ijobiy ta'sir etadi. Ushbu mashg'ulot oyoqlardagi ko'plab mayda nervlarning faollashishiga olib keladi. Bu esa qon aylanishini yaxshilab, immunitetni oshirish va stressni kamaytirishga yordam beradi. Yalangoyoq yurishning yana bir foydasi shuki, u oyoq mushaklarini kuchaytirib, valgus deformatsiyasi, yassioyoqlik kabi ko'pgina ortopedik kasalliklarning oldini olishda asqatadi. Tez-tez yalangoyoq yurish natijasida uyqu yaxshilanib, organizmdagi og'riqli hislar kamayadi. Hatto 30β40 daqiqalik bunday mashg'ulot bilan stressni yengillatish, qon aylanishini yaxshilash mumkin. Shu bilan birga, u yuqori nafas yo'llari infeksiyalarining oldini olishda ham anchagina foydali. Yozda issiq qum yoki tuproq ustida yalangoyoq harakatlanish orqali oyoqlarda paydo bo'ladigan zamburug'larga qarshi faol kurashish mumkin. Ayniqsa, issiq havoda oyoq terlashini kamaytirish va yoqimsiz hidlarni yo'q qilish uchun ham yalangoyoq yurish tavsiya etiladi. Diqqat! Qandli diabetga chalingan va oyoqlarda yoriqlar, kesmalar paydo bo'lish xavfi bor insonlarga bu mashg'ulot tavsiya etilmaydi. Shuningdek, yer yuzasi sovuq bo'lishi mumkinligi sababli surunkali buyrak xastaligi, revmatizm va podagra kabi kasalliklardan aziyat chekuvchi insonlarga ham poyabzalsiz yurish mumkin emas. | advice |
Yangi o'quv yili boshlanishiga sanoqli haftalar qoldi. O'quv qurollari orasida eng ko'p xarid qilinadigan mahsulotlardan biri β maktab sumkalari. Sog'liqni saqlash vazirligi tibbiyot mutaxassislarining sumkalarni qanday tanlash borasidagi tavsiyalarini ulashdi . "Noto'g'ri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar maktab yoshidagi bolalarning umurtqa pog'onasi hamda mushaklari uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi. Bu holat kelgusida skolioz kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin", β deydi Respublika bolalar ortopediya markazi direktori Akbar Tilyakov. Maktab sumkasi bolaning orqa qismiga qulay joylashadigan o'lchamda, tasmalari yelka qismiga botmaydigan keng va yumshoq yostiqchali qoplamalar bilan ta'minlangan bo'lishi lozim. Uning so'zlariga ko'ra, matosi suv o'tkazmaydigan, orqa astari esa yupqa bo'lmasligi kerak. Aks holda, sumka ichidagi qattiq buyumlar, kitoblar jildining burchaklari kuraklar hamda bel sohasida og'riq va jarohatlarni keltirib chiqarishi xavfi bor. Ryukzaklarni ikki yelkaga baravar osish tavsiya etiladi. Bu og'irlikning tana bo'ylab muvozanatli taqsimlanishiga xizmat qiladi va umurtqa pog'onasi egriligi bilan bog'liq patologiyalar kelib chiqishidan asraydi. Qayd etilishicha, maktab sumkasi beldan pastga tushmagan holatda, lekin undan 5 santimetrdan kam bo'lmagan uzunlikda taqib yurilishi maqsadga muvofiq. Ryukzakning umumiy og'irligi bola vaznining 10β15 foizidan oshmasligi kerak. Bu me'yor kichik yoshdagi o'quvchilar uchun taxminan 3β5 kilogramm, o'rta sinfdagi bolajonlar uchun 6β8 kilogrammga teng. Sumkaga o'quv qurollari va jihozlarini joylashtirish ham muhim jarayon. Jumladan, og'ir narsalar ryukzak o'rtasiga, yengillari har ikki tomoniga muvozanatli solingani ma'qul. Qolaversa, katta hajmdagi, og'ir va noqulay ryukzaklardan foydalanish bolajonlarning zinapoya va yo'laklarda yiqilish xavfini oshiradi. | advice |
Poliz mahsulotlari β yozning issiq kunlarida eng ko'p iste'mol qilinadigan noz-ne'matlardan. Shu bilan birga, qovun va tarvuzlar yetarli darajada pishmagan yoki ularni yetishtirishda kimyoviy o'g'itlardan ko'p foydalanilgan bo'lsa, bu salomatlik uchun jiddiy xavf tug'dirishi mumkin. Sog'liqni saqlash vazirligi ularni tanlashda va iste'mol qilishda nimalarga e'tibor qaratish kerakligi haqida ma'lumotlarni e'lon qildi . "Tarvuz tarkibida organizm uchun foydali bo'lgan mineral va vitaminlar ko'p. Ushbu rezavor 92 foiz suvdan iborat bo'lib, nafaqat chanqoqni qondiradi, balki salomatlik uchun ham juda foydali. Xususan, tarvuzdagi kaliy va magniy asab tizimi hamda miya faoliyatiga ijobiy ta'sir etadi", β deydi Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyev. Undagi likopin, A, V, C kabi darmondorilar hamda kartonoid yallig'lanish va erta qarishning oldini oladi. Shuningdek, bu mahsulot yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilab, qon bosimini pasaytiradi va xolesterin darajasini nazorat qiladi. Biroq tarvuz iste'mol qilishda ehtiyotkorlikni unutmaslik lozim. Xususan, ushbu poliz ekinini sotib olayotgan payt uning butunligi, chirimagani va kimyoviy o'g'itlar bilan me'yordan ortiq to'yintirilmaganiga e'tibor qaratish kerak. Tarkibida nitrat moddasi ko'p bo'lgan tarvuz iste'mol qilingada uning noxush belgilari 4β6 soat ichida paydo bo'ladi. Bunday holatda ko'ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorin va bosh og'rig'i, tana haroratining 38β39 darajagacha ko'tarilishi, qon bosimining pasayishi, yurak urishining sekinlashishi hamda qo'l-oyoqlar sovqotishi, teri rangi o'zgarishi (ko'karish) kabi alomatlar kuzatilishi mumkin. Xususan, tarvuz yoki qovun xarid qilayotganda, eng avvalo, sotuvchidan mahsulot manbai, uning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi tegishli ruxsatnomani talab qilish lozim. Shu bilan birga, mahsulotlarning buzilmaganiga ishonch hosil qilish zarur. Tabiiy pishgan tarvuz chertib ko'rilganda jarangdor ovoz chiqib, uning po'stini osongina tirnash mumkin. Agar mahsulotning bandi qurigan bo'lsa, bu uning yaxshi pishganidan dalolat. Tarvuz holatining yana bir muhim ko'rsatkichi qizil qismidagi tomirlar rangidir. Agar ular sariq yoki binafsha tusda bo'lsa, bunday mahsulotdan ehtiyot bo'lish lozim. Chunki u to'liq pishmagan yoki nitratning ta'siri bo'lishi mumkin. Qolaversa, tarvuz ustidagi chiziqlar aniq va bir-biri bilan aralashib ketmagan bo'lishi kerak. Xiralashgan chiziqlar uning nitrat bilan to'yinganidan dalolat. Azotli o'g'it bilan to'yingan tarvuz suv ostiga cho'kadi. Agar bo'laklanganda qiyshiq emas, to'g'ri kesilsa, bu holat ham uning kimyoviy moddalarga to'yinganligining belgisidir. Shu bilan birga, tarvuz iste'mol qilgandan keyin toza bo'lmagan suv ichish, ovqatlanishdan oldin qo'llar va mahsulotni yuvmaslik, poliz ekinlarini noto'g'ri saqlash zaharlanish xavfini oshiradi. Poliz ekinlarini kesilgandan keyin sovitkichda 2β3 soatdan ko'p bo'lmagan muddatda saqlash kerak. Bundan tashqari, bolalar, ayniqsa, emizikli go'daklarda rezavorlar iste'molini cheklash tavsiya etiladi. Agar zaharlanish belgilari paydo bo'lsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Bu holatga yuzaki qarash mumkin emas, o'zini o'zi davolash qat'iyan man etiladi. | advice |
Aksariyat ota-onalar farzandi olti yoshga to'lishi bilan uni maktabga berishni xohlaydi. Tibbiy nuqtai nazardan, bunday bolalar o'quv jarayonida qiynalib qolmaydimi? Ushbu savollarga Sog'liqni saqlash vazirligining o'quv-tarbiya muassasalari bo'yicha bosh mutaxassisi Inobat Ahmedova javob berdi . "Albatta, bu savol bugun ko'pchilik ota-onalarni qiziqtiradi. Bilasizmi, bobo-buvisi bilan birga yashaydigan aksariyat bolajonlarni kuzatsak, ular tengdoshlariga nisbatan ancha aqlli va ziyrak bo'ladi. Hatto ayrim olti yoshdagi bolalarning yetti yoshli o'g'il-qizlarga nisbatan birmuncha uquvli ekaniga ham guvoh bo'lamiz", β deydi mutaxassis. "Shu bois ko'pchilik ota-onalar yetti yoshga to'lmasa ham, "farzandim maktabga borsin" deydi". "Vaholanki, olti yoshda bola har qancha aqlli bo'lmasin, ularda fikrlash qobiliyati to'liq shakllanib ulgurmaydi. Chunki yetti yoshgacha uning miyasi o'sish jarayonida bo'lib, ayni shu yoshdan keyin takomillashadi. Ya'ni bu fiziologik holat hisoblanadi", β deb so'zlarini tushuntirdi Inobat Ahmedova. Qolaversa, bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko'lami kengayib, aniqlashadi va o'zaro moslashuv boshlanadi. Ular o'zini idora etish, harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ega bo'ladi. Yetti yoshda diqqatni jamlash, vaziyatni baholash va qiyinchiliklarga duch kelganda, to'g'ri qaror qabul qilishni o'rganadi. Shuningdek, bu yoshda bola ham jismonan, ham ruhan chiniqadi, qiziquvchanligi ortadi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Moddiy borliqni anglashga intiladi. Shuningdek, bu yoshda ularda gigiyenik malakalar shakllanadi. Shu bois "Ta'lim to'g'risida"gi qonunda ham umumiy o'rta ta'lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar 7 yoshga to'ladigan yilda qabul qilinishi belgilangan. Bir so'z bilan aytganda, o'g'il-qizlarning maktabga yetti yoshdan borishi nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishi, balki kelajagi uchun ham muhimdir, deya xulosa qildi Sog'liqni saqlash vazirligi vakili. Mavzuga doir: Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak? | advice |
Bir yilda nechta kitob o'qiysiz? Kuningizning qancha qismini mutolaaga sarflaysiz? Xohlaganingizdan ko'ra kam, to'g'rimi? Ish-tashvishning tugamasligi yoki shunchaki hafsala, xohish yo'qligi bahona bunga. "Gazeta.uz" kitobxonlikni targ'ib etish, o'quvchini ko'p va xo'b o'qishga undash niyatida "Nima o'qiymiz?" savoli bilan olim, tadqiqotchi, jamoat faoli, yozuvchi-shoir, tarjimon va boshqalarga yuzlanadi, ularning yil davomida o'qigan yo o'qilishi shart deb sanagan kitoblari tavsiyasini sizga yetkazadi. Maqsad juda oddiy β kitobxon bo'laylik! "Nima o'qiymiz?" loyihasining bu galgi mehmoni β ssenariynavis, rejissyor va yozuvchi Madina Mo'minova . Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joiz, so'nggi uch yil davomida uning bolalar uchun mo'ljallangan "Plastikakl kim?", "Doktor Chixaxl va uning mudhish siri" va "Anubis Maymunus va hayvonlarning arvohlari" kitoblari nashrdan chiqdi. Kitoblar oilamiz hayotida doim muhim o'rin tutgan. Buvamning katta kutubxonalari bo'lar, ular kitob yig'ardilar. Taniqli rus yozuvchisi Aleksey Tolstoy bilan do'st edilar, hatto kutubxonalarida yozuvchi tomonidan "Moyemu dorogomu uzbekskomu drugu, Raximchiku" ("Mening qadrli o'zbek do'stim Rahimjonga") deb dastxat qo'yilgan bir qancha asarlari ham bor edi. Keyinchalik ota-onam kutubxonani boyitishda davom etishdi. Maxsus abonementlar orqali kitoblarni sotib olganimiz, tug'ilgan kunlarga kitob sovg'a qilganlarimiz yodimda. Xonadonimizga kirib kelgan har bir yangi kitob turkumi hayotimizdagi muhim hodisaga aylanardi. Onam barcha safarlaridan bolalarga mo'ljallangan rangin kitoblar olib kelardilar. Janni Rodarining "Chippolino"si, Yuriy Oleshaning "Uch baqaloq", Laymen Baumning "Oz mamlakati sehrgari", Lyuis Kerrollning "Alisa mo''jizalar mamlakatida" kitoblari, jahon xalqlari ertaklari va tasavvurimni shakllantirgan boshqa ko'plab sehrli kitoblarim borligidan baxtiyor edim. Ko'pchilik oilalarda bo'lgani kabi, bizning uyimizda ham uyqudan oldin kitob mutolaa qilish an'anaga aylangandi. Meni buni bolalarning didini shakllantirish va kitobga muhabbatini uyg'otishning eng maqbul usuli, deb hisoblayman. Kitoblar ongimiz uchun qurilish materialidek gap. Farzandlarim ulg'ayarkan, ular so'ragan kitoblarni yoki maktab dasturi bo'yicha berilgan asarlarni o'zlari bilan birga mutolaa qilib bordim. Bundayin mashg'ulot ota-ona va farzandni bir-biriga juda yaqinlashtiradi. Men barcha ota-onalarga bolalariga nimalar qiziqligini yaxshilab bilib olishni, buning uchun ularga qiziq bo'lgan asarlarni birga o'qishni tavsiya etgan bo'lardim. Boshlang'ich sinfdaligimdayoq kutubxonamizdagi barcha kitoblarning nomini muqovasiga qarab yodlab olgandim. Ulg'ayganim sayin nomi eng qiziq ko'ringan kitoblarni bir chekkadan o'qiy boshladim. Jek Londonning o'qimishli bo'lishni istagani bois o'qishni o'rganishi bilanoq tavakkaliga kitob tanlab, birdaniga bir qancha kitoblarni mutolaa qilishga kirishgan Martin Ideniga o'xshardim o'sha paytlari. Rus maktabida o'qiganman, maktab dasturi rus va sovet adabiyoti klassikasini, masalan, qalin jildlik "Urush va tinchlik" asarini o'z ichiga olgandi. Lekin, tan olish kerak, ko'pchilik tengdoshlarim kabi men ham Tinchlik haqidagi boblarni o'qib, Urush haqidagilarini tashlab ketardim. Dostoyevskiy, Gogol asarlari va boshqa ko'plab kitoblarni mazza qilish uchun emas, majbur bo'lganim uchun o'qirdim. Aleksandr Fadeyevning kitoblarini, ayniqsa quruq sovet mafkurasidan iborat bo'lgan "Qora metallurgiya" asarini juda yomon ko'rardim. Bulgakov, Bunin, Chexov, Zoshchenko kabi buyuk mualliflarni yaxshi ko'rardim, ularning asarlarini hozir ham qayta-qayta mutolaa qilaman. Aleksandr Dyuma bilan tanishuvim ayollar obrazlari orqali boshlangan, bular: "Monsoro xonim", "Qirolicha Margo", "Ikki Diana". Keyin Gyustav Floberning "Bovari xonim", kichik Dyumaning "Kameliyali xonim", Sharlotta Brontening "Djeyn Eyr", Fransuaza Saganning kichik romanlari va Andre Moruaning "Notanish ayolga maktublar" asari, hikoyalari to'plamlari va o'smir qizga mos bo'lgan boshqa romantik hikoyalarga navbat yetdi. Keyin esa fransuz mualliflarining ko'p sonli romanlari o'rnini Agata Kristi, Jeyms Cheyzlarning ingliz detektivlari egalladi. Ularning o'rniga esa Amerika dramalari, keyin jahon fantastikasi, so'ngra faylasuflar, psixologlar va teologlarning asarlari keldi. Aytgancha, o'sha paytlar "Inostrannaya literatura" ("Xorij adabiyoti") jurnali ommalashgan, uni oddiy qilib "Inostranka" deb atashardi. Ota-onamning barcha tanishlari jurnalning biror sonini qoldirmay o'qishardi, chunki SSSRda hali bosib chiqarilmagan asarlarning ko'pi shu jurnalda e'lon qilinardi. Aynan "Inostranka" bois Ken Kizining "Kakku uyasi uzra parvoz" asarini o'qishga muvaffaq bo'lgaman va juda ta'sirlanganman. Nimani o'qishni, bu o'qiganlarimizni qanday qabul qilishni maktabda bittalab aytishgani bois, o'zim mustaqil kitob tanlar ekanman, qiziqishlarim o'zgarishiga qarab mualliflar o'rtasida sarson bo'ldim. Yoshligimda Paolo Koelo va Richard Baxning falsafiy asarlari urfda edi. Laroshfuko va Senekani, Nitsshe va Kastanedani o'qirdik. O'sha paytlardagi sevimli kitobim "Ilohlar oqshomi" ("Sumerki bogov") asari bo'lgan. Daniil Xarms asarlari va Sergey Dovlatovning hikoyalarini yoqtirardim. Tarixga qiziqar va "Dinlar tarixi"ni qo'limdan qo'ymasdan o'qirdim. Murod Ajining "Turklar tarixi" asarini yaxshi ko'raman. Stiven Starrning "Yo'qotilgan ma'rifat" kitobini chuqur izlanishlar natijasida yartilgan tadqiqot ishi deb bilaman. Maktab davrida o'zbek klassikasidan Alisher Navoiyning "Xamsa"sinigina bilardim. Jurnalistika fakultetida o'qib turib, 3-kursda o'zbek guruhiga o'tgan paytim o'zbek klassikasining boshqa asarlari hayotimga kirib keldi. O'shanda Qodiriy va Cho'lpon, Fitrat va Qahhor, Timur Po'latov, Temur Malik asarlari bilan tanishdim. Abdulla Oripov va Erkin Vohidov she'riyatini hanuz yoqtiraman. Bolaligimdan farqli o'laroq, bugun o'qiydigan kitoblarimni sinchkovlik bilan tanlayman. Asarini hissiyotlar va tuyg'ulardan yelkaga tashlab oladigan mayin pelerina to'qiyotgandek qilib yozadigan fransuz romannavisi Erik Emmanuel Shmitt yoqadi menga. Uning barcha kitoblarini o'qib chiqqanman va kutubxonamda saqlayman. Ayniqsa bolalarga atalgan turkumi β "Oskar va Pushti xonim", "Nuh bolalari", "Janob Ibrohim va Qur'on gullari"ni xush ko'raman. Lyudmila Ulitskaya, Narine Abgaryanlarning samimiy va ta'sirchan asarlarini yaxshi ko'raman. Kelib chiqishi ozarbayjonlik bo'lgan nemis yozuvchisi β Qurbon Said kitoblarini yoqtiraman. U yozgan "Ali va Nino" qahramonlari bois Batumida turli millat va dinga mansub sevishganlarning muhabbatiga atab haykal o'rnatilgan. Bir kitob boshqa yangi san'at asarlarini yaratishga ilhomlantirishi hayajonli holat, shunday emasmi? Doim yozuvchi bo'lishni istaganman. Uzoq yillar bu qo'l yetmas orzuligicha qoldi, zero "yozuvchi" degan so'zning o'zi men uchun muqaddas gapdek edi. 2019-yil oxirida, pandemiya boshlanib, hayot va mamot masalasi har bir odam uchun ko'ndalang kelganida men bilim olishga sho'ng'idim. Qisqa vaqt ichida yozuvchilik mahorati, ssenariynavislikdan 8 ta onlayn kursda o'qidim, o'z ishining mohir ustalaridan talaygina ma'ruzalarni tingladim. To'g'ri, bundan oldin kinoga ssenariy ham yozgandim, hikoyalarim ham bor edi, lekin kasbga nisbatan fundamental yondashuv tamoyillarida tarbiyalangan inson sifatida avvalgi ko'nikmalarim va yangi bilimlarimni miyamda joy-joyiga qo'yib olish men uchun muhim edi. Shu vaqt ichida ko'plab adabiyotlarni o'qib chiqdim, yanada yaxshiroq yozish va o'qishni o'rgandim. Kundalik tashvishlar bilan hech vaqt yetmay, keyinga qoldirilgan ko'plab kitoblarimni yana qo'lga oldim. Yoshligimda kitoblarini sevib mutolaa qilgan mualliflar β Vladimir Nabokov, Rey Bredberi, Gabriel Garsia Markes, Erix Mariya Remarkka qaytdim va ularni o'zim uchun qaytadan kashf qildim. Stiven King men uchun yangilikka aylandi. Uning yozuvchilikka bag'ishlangan kitobi bu mashhur dahshatlar qiroli haqidagi tasavvurimni umuman o'zgartirib yubordi. Stiven King ushbu kitobning birinchi qismida o'z hayoti haqida hikoya qilgan bo'lsa, ikkinchi qismida o'zining tengsiz, qiyosi yo'q yozuvchilik tajribasi bilan bo'lishgan. Bolalar uchun kitoblar yoza boshlaganim tufayli bolalar haqidagi va bolalarga atalgan adabiyotlarni ham ko'p o'qiydigan bo'ldim. Ular orasidan yoqtirganlarim β Nil Geymanning "Koralina"si, Joan Roulingning "Garri Potter" haqidagi turkumi, Uilyam Goldingning "Pashshalar hukmdori", Lenor Goralik asarlari, G'afur G'ulomning "Shum bola"si va yana boshqa ko'plab ajoyib kitoblar. Onam doim: "Nimagadir qiziqqan payting, senga zarur kitoblarning o'zi birdaniga oldingga keladi", derdilar. Chindan ham shunday. Odamlar mutolaa va kitoblarga qiziqish bildirar ekan, insoniyatning bundan-da yaxshi kelajakka umidi aslo so'nmaydi. | advice |
Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Yong'in texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Yakubjon Rustemov avtotransport vositalaridagi gaz balonlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha tavsiyalar berdi . Uning qayd etishicha, O'zbekistonda gaz ballonlari bilan bog'liq baxtsiz hodisalar soni yildan-yilga ko'paymoqda. Bu mamlakatda avtomobillar soni ko'payishi, fuqarolar esa nisbatan arzon bo'lgan siqilgan tabiiy gazdan keng foydalanishi fonida avtotransport vositalarida gaz ballonlaridan foydalanish talab va tartiblarini bilmaslik, ba'zida esa bilib turib beparvolik qilish oqibatida yuzaga kelmoqda. Tabiiy gazning spetsifik xarakterini hisobga olib, tabiiy gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalaridan foydalanishda bu to'g'ridagi barcha o'rnatilgan tartib qoidalarga amal qilish zarur bo'ladi. Avtotransport vositalaridan foydalanuvchilar ba'zi narsalarga e'tiborli bo'lishi lozim. Avvalo, siqilgan tabiiy gaz ballonlari bilan jihozlangan transport vositalarining texnik holatini tekshirib yurish va uning sozligini ta'minlash avtomobildan xavfsiz foydalanishning asosiy garovi hisoblanadi. Avtotransport vositasining nosozligi oqibatida sodir bo'ladigan yo'l-transport hodisalari gaz ballonlarining portlashi, yonishi kabi fojiali xolatlarga olib kelishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Avtomobillarga o'rnatilgan gaz ballonlarining xavfsiz va ishonchli ishlashini ta'minlashda uning foydalanish muddati asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Jumladan, gaz ballonlarining foydalanish muddati 15 yil yoki 15 000 marotaba gaz quyish deb belgilangan bo'lsa-da, ammo uni saqlash va ishlatish sharoitidan kelib chiqib, bu muddat kamroq bo'lishi mumkin. Misol uchun, odatiy holatlarda har safar avtomobildagi gaz balloni gaz bilan to'ldirilganda, ballon bosimdan ko'zga ko'rinmas holda shishadi va avtomobilning dvigateli ishlashi jarayonida gaz balloni joyiga qaytadi, shu tariqa yillar davomida ballonga gaz quyishda shishib, so'ng o'rniga qaytib, davriylik sikli o'tib boradi. Avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz ballonlarining davriylik sikli gaz ballonga bir yilda necha marta gaz quyish kerakligini anglatadi. Bu ko'rsatkich ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayd etiladi hamda bundan ko'proq gaz quyish ballonining ishlatish davrining kamayishiga olib keladi. Agar bu ballon zavoddan nosoz holatda chiqqani yoki uni ishlatish jarayonida ballonga zarar yetkazish oqibatida unda mikroyoriq paydo bo'lgan bo'lsa, uning bosimga chidamliligi tushib ketadi va portlashga olib keladi (norma 20mPa bo'lsa, defekt hisobiga chidamliligi 10mPa bo'lib qolishi mumkin). Ushbu holatlar gaz ballonlari yuqori bosim ostida (opressovka) sinovdan o'tkazilishi jarayonida aniqlanadi . Texnik talablarga ko'ra, avtotransport vositalariga o'rnatilgan barcha ballonlar belgilangan talablarga muvofiq, jumladan, siqilgan tabiiy gaz ballonlari (metan) 3 yilda 1 marta hamda suyultirilgan gaz ballonlari (propan) 2 yilda 1 marta yuqori bosim ostida (opressovka) sinovdan o'tkazilishi kerak. Aks holda, bu ham baxtsiz hodisaga sabab bo'ladi. O'rnatilgan qoidalarga asosan, siqilgan tabiiy gaz (SPG) uchun maksimal ishchi bosimi 20 MPa, suyultirilgan neft gazi (SNG) uchun maksimal ishchi bosim 1,6 MPa etib belgilangan. Shu sababli avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz ballonlarini to'ldirishda ballondagi bosim o'rnatilgan bosim me'yoridan oshib ketmasligini nazorat qilish zarur, bosimning me'yordan ortishi gaz ballonining ishdan chiqishiga, mikroyoriqlarning paydo bo'lishiga, oqibatda portlashga olib kelishi mumkin. Gaz ballonlari faqat tegishli bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan mutaxassislar tomonidangina o'rnatilishi lozim. Gaz uskunalarining o'rnatilishida standart xavfsizlik klapanlari bo'lishi lozim. Tadqiqotlar davomida arzon va qo'lbola xavfsizlik klapanlari tezda ishdan chiqishi mumkinligi ko'p bora aniqlanmoqda. Avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz ballonlarini ekspluatatsiya jarayonida ballonlar doimiy mexanik yoki kimyoviy ta'sirga duchor bo'lmasligi, transport vositalarida tashiladigan yuk ta'sirida yoki harakatlanish davomidagi ishqalanish oqibatida shikastlanmasligi lozim. Shu bilan bir vaqtda, ballonning tashqi yuzasiga suv tegishi, vaqti-vaqti bilan suvda qolishi yoki yo'l sharoitida suv sachrashi, muzning erishiga hissa qo'shadigan tuzdan foydalanish sharoitida gaz ballonlariga ularning sachrashi, muntazam ultrabinafsha quyosh nurining tushishi, agressiv kimyoviy vositalar (erituvchilar, kislotalar, o'g'itlar), avtomobil suyuqliklari, shu jumladan, benzin, gidravlik suyuqliklar, glikol va moylarning tushishi ballonlarga zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli mazkur holatlarning yuzaga kelishidan haydovchilar ehtiyot bo'lishi zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqib, siqilgan tabiiy gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanish maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi: Respublika sud ekspertiza markazi, Yong'in-texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi aynan avtotransport vositalarida gaz balonlari bilan bog'liq yong'inlar kelib chiqish sababini aniqlash bilan ham shug'ullanadi. Laboratoriya tomonidan o'tkazilgan ko'plab tadqiqotlar davomida avtomobillarni gaz bilan to'ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to'ldirishda o'rnatilgan talab va qoidalarning buzilishi, gaz balloni uskunalarining birikkan joylari zichligining buzilishi, shuningdek, jismonan va ma'nan eskirgan gaz ballonlaridan foydalanish, avtotransport vositasining va ularga o'rnatilgan gaz uskunalarining texnik nosozligi, o'rnatishda talab va qoidalarga amal qilmaslik oqibatida avtotransport vositalarida baxtsiz hodisalar kelib chiqayotgani aniqlanmoqda. | advice |
O'zbekistonda yoz faslida oftob urishi, xalq tili bilan aytganda dam o'tishi eng ko'p uchraydigan holatlardan biri hisoblanadi. Sog'liqni saqlash vazirligi undan saqlanish uchun bir necha tavsiyalar bilan o'rtoqlashdi . Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimovning so'zlariga ko'ra, yozda quyosh tig'ida uzoq vaqt bosh yalang va badanni himoya qilmagan holda qolish oftob urishiga sabab bo'ladi. "Afsuski, ko'pchilik bu holatga "biroz dam o'tibdi" deya bepisandlik bilan qaraydi. Aslida esa unga e'tiborsiz bo'lish, jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki quyosh urishi eng xavfli holat bo'lib, u tashqi termal omillar ta'sirida organizmning umumiy qizib ketishi va haroratni me'yorda ushlab turish qobiliyatini yo'qotishi natijasida yuzaga keladi", β deydi shikofor. Infografika: SSV. Uning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: Og'ir holatlarda esa bemorda alahsirash kuzatiladi. Tana harorati, hatto, 41β42 darajagacha ko'tarilishi, chuqur behushlik holati kuzatilishi mumkin. Mutaxassis bunday paytda bemorni, eng avvalo, salqin joyga ko'chirib o'tkazish lozimligini, so'ng gorizontal holda yotqizib, oyoqlarini sal ko'tarish, kiyimlarini yechish, yuzini sovuq suvda yuvish va biror xo'llangan matoni yurak sohasiga qo'yish kerakligini ta'kidladi. Shuningdek, unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Sababi quyosh urgan insonga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish zarur. Doniyor Alimov issiqlik urishining oldini olish uchun bir necha tavsiyalarga amal qilish lozimligini eslatib o'tdi. Xususan, jazirama kunlarda organizm ko'p suv talab qiladi. Shu bois suvsizlanishning oldini olish uchun kuniga 3 litr miqdorda suyuqlik ichish (sovutilgan ko'k choy, gazsiz mineral suv, mevali, kam yog'li sutli ichimliklar) lozim. To'g'ri tushadigan quyosh nurlaridan saqlanish , undan himoyalovchi kremlar, ko'zoynaklar hamda soyabonlardan foydalanish kerak. Ko'chaga chiqayotganda ochiq rangli tabiiy matodan tikilgan yengil liboslar va issiqdan saqlaydigan bosh kiyim kiyish zarur . Chunki ular organizmni sovutish va ultrafinafsha nurlardan himoyalashga yordam beradi. Havo harorati yuqori bo'lganda og'ir jismoniy ishlarni cheklash va ko'proq yopiq joylarda bo'lish maqsadga muvofiq. Yosh bolalar, keksa kishilar va surunkali xastaliklar (yurak-qon tomir, endokrin, nafas olish a'zolari, metobolik va ruhiy xastaliklar) bilan og'riydigan bemorlar issiqlik urishiga ko'proq moyil. Shu sababli ular salomatligini muntazam kuzatib borish muhim. Avvalroq SSV yozda aholi, ayniqsa, bolalar o'rtasida avj oladigan o'tkir diareya belgilarini sanab, qanday qilib kasallikning oldini olish mumkinligi bo'yicha tavsiyalar bergandi . | advice |
Bir yilda nechta kitob o'qiysiz? Kuningizning qancha qismini mutolaaga sarflaysiz? Xohlaganingizdan ko'ra kam, to'g'rimi? Ish-tashvishning tugamasligi yoki shunchaki hafsala, xohish yo'qligi bahona bunga. "Gazeta.uz" kitobxonlikni targ'ib etish, o'quvchini ko'p va xo'b o'qishga undash niyatida "Nima o'qiymiz?" savoli bilan olim, tadqiqotchi, jamoat faoli, yozuvchi-shoir, tarjimon va boshqalarga yuzlanadi, ularning yil davomida o'qigan yo o'qilishi shart deb sanagan kitoblari tavsiyasini sizga yetkazadi. Maqsad juda oddiy β kitobxon bo'laylik! "Nima o'qiymiz?" loyihasining bu galgi mehmoni β adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti dekani Akbar Nurmatov . "Nima uchun kitob o'qish kerak?" degan savolni yoqtirmayman. Chunki "bu nima uchun nafas olasan?", "nega har kuni nonushta qilasan?", degandek gap. Inson dunyoga kelgan ekan, nafs, tiriklik uchungina yashamaydi-ku. Uning ruhiyatiga, ongiga oziqa kerak. Shu bois mutolaani tabiiy hol, deb hisoblayman. To'g'ri, kitob o'qishga har kim turlicha keladi, kitobxonlik har kimda har xil shakllanadi. Masalan, 3β4-sinfligimda 70 yoshli bobom oldimga choy-non qo'yib, go'yoki katta odamdan so'rayotgandek iltimos qilib, menga kitob o'qitardi. O'zi bobomning ikkita kitobi bo'lardi: "Go'ro'g'lining tug'ilishi" va "Alpomish". Majburlikdan o'qib berardim. Dostonlar liro-epik asar-ku, "Go'ro'g'li Rayhonarabga qarab shunday deb turgan joyi ekan" degan joyining davomidan she'r keladi β shunday joylarini tashlab, qisqa syujetlarini o'qishni yaxshi ko'rardim. Bobom esa kitobni yoddan bilgani uchun ortga qaytarib, she'rlarini o'qitardi. "Bobomga bundan nima naf ekan?", deb tushunmasdim. Mutolaaga muhabbatning ilk urug'lari yurakka o'shanda tushgan bo'lsa kerak. Adashmasam, 6 yo 7-sinfda Bahriddin domla degan adabiyot o'qituvchimiz: "Yozgi ta'tilda kim qanday roman o'qidi?", deb so'ragan. Men roman o'qimaganman. Xidir degan sinfdoshim turib: "Men o'qidim, domla. Shuhratning "Shinelli yillar"ini o'qidim", dedi. O'shanda sinfdoshimga havasmi, hasadmi, qanaqadir g'ayirlik bilan qaraganman. Qo'shnim bo'la turib, menga bildirmay shuncha kitob o'qibdi-ya, deganman. Nazarimda, shundan keyin sinfdoshlar bilan musobaqalashib, kitob o'qiy boshladim. Mirahmad do'stimning otasi maktab direktori edi, uyida kutubxonasi bor edi, o'zi sarguzasht romanlarni yaxshi ko'rardi β Artur Konan Doyldan tortib Graf Monte Kristogacha o'qib chiqqan, so'rasangiz ertayu kech hikoya qilib beraverardi. Ularning kutubxonasidan, tuman markazidagi bittagina kitob do'konidan kitob olib o'qirdim. 8-sinfda sovxoz kutubxonasiga borganimda β kutubxonachi rus ayolga o'zimni kitobxon qilib ko'rsatgim kelganmi β "Jinoyat va jazo"ning Ibrohim G'afurov tarjimasida chiqqan yangi nashrini olib, hech nimani tushunmagan bo'lsam-da, uch kunda to'liq o'qib, qaytarib olib kelganman. Kutubxonachi hayron qolgan: obrazlar esimda qolgan bo'lsa-da, juda ko'p narsaga e'tibor ham bermaganman, tushunmaganman ham. Raskolnikovni o'zimcha katta qahramon deb bilganman, Soniya Marmeladovani dunyodagi eng chiroyli obraz deb tan olganman, lekin g'oyalariga ahamiyat bermaganman. Raskolnikov o'ldirib to'g'ri qildi, deganman. Keyinchalik shu sohada o'qiganim uchun, bu haqdagi yuzlab ishlar bilan tanishgach, ba'zi tushunchalar shakllangan, deb o'ylayman. Hozirgacha shu asarni takror-takror o'qib yuraman. 9-sinfligimda Chingiz Aytmatovning sakkizta qissasi ("Bo'tako'z", "Birinchi muallim", "Samo yo'li", "Jamila", "Oq kema", "Alvido, Gulsari") va "Baydamtol sohillarida" nomli hikoyalar to'plamidan iborat ikki tomligi chiqqan. Sariq muqovali, Asil Rashidov tarjimasidagi shu kitoblar hozir ham uyimda turibdi. O'sha kun uchun hozirgacha minnatdorlik bildiraman: otam boshqa narsaga deb bergan 4 so'm pulni kitobga ishlatib (har bir kitob 1 so'm 90 tiyindan edi), Chingiz Aytmatov bilan oshno tutinganman. U vaqtlar chiqqan kitobni qo'ymay o'qirdik, tong otguncha o'qib tugatardik. Ko'pi esda ham yo'q. Ibrohim Rahimmi, Hamid G'ulommi β birorta kitob qolmagan. Parda Tursunning "O'qituvchi" romanlarigacha o'qiganman. Vaqt o'tishi bilan "Sharq yulduzi", "Yoshlik", "Guliston" kabi adabiy-badiiy jurnallar qishloqlargacha keladigan bo'ldi. "Sharq yulduzi" jurnalida chiqqan taqrizlarni o'qirdik β o'zing o'qigan kitob haqidagi maqolani yutoqib o'qiysan-ku baribir. "Men yaxshi deb yurgan romanimni bo'lmag'urga chiqaribdi-ku, shunaqa ham bo'larkan-da", deb hayron bo'lib yurardik. Shu tariqa, kitoblarni saralab o'qiy boshladim. Professor Suvon Meliyev to'g'ri aytadi: "Aslida sen kitobni o'qimaysan, kitob seni o'qiydi". Siz bilan yozuvchi yozgan asar o'rtasida musobaqa ketadi. Masalan, men kitob do'koniga kirsam, birinchi muallifiga qarayman. Chunki chegaralab olgan mualliflarim bor, o'shalarga tegishli bo'lganini olaman. Yana kimdir kitobning nomiga, sarlavhasiga qaraydi, nomi favqulodda qiziq ko'rinsa, sotib oladi. Siz ham mutolaani muayyan bilimlarga tayanib, dunyoqarashingiz, estetik, badiiy didingiz bilan qurollangan holda boshlaysiz: avvaliga annotatsiyasini ko'rasiz, keyin sahifalarni varaqlaysiz. Kutganlaringizni oqlay boshlasa, yozuvchi yutqazayotgan bo'ladi. O'qiganingiz sayin sizni qiziqtirib boraversa, kutilmagan jihatlari chiqaversa, o'zingizda kashf etmagan narsalarni sizga ko'rsatib bersa, mana bu kitobxon va yozuvchi o'rtasidagi haqiqiy musobaqadir. Asar sizni shu tarzda favqulodda hayajonga soladi. Mutolaaga bir mubtalo bo'ldingmi, buyog'iga umring shu kungacha boy berilgan vaqtni qaytarishga urinish bilan o'tadi. Masalan, biz maktabda 9 yil o'qigan bo'lsak, har yili uch oyimiz paxtada o'tardi. Bahorda ko'chat, tozalash ishlariga, may oyida chopiqqa chiqardik. O'qisak uch oygina o'qirdik β bizga aloqasi yo'q ishlar bilan shug'ullanganmiz, o'qish qolib ketavergan, boy berilgan vaqtimiz ko'p bo'lgan. Hozir-chi, o'qimoqchimisan β marhamat! Ammo, qancha yengillik bo'lsa, odam shuncha ko'p chalg'iydimi, bilmadim β mutolaa darajasi pastroq, shekilli. Yoshlarda mutolaaga nisbatan ko'nikma hosil qilish kerak, nazarimda. Ayni vaqtda, kitob o'qishga majburlab bo'lmaydi. Borxes: "Birovni majburlab sevdirib bo'lmaydi" degani kabi, majburlab kitob ham o'qitib bo'lmaydi. Men buni pedagoglik faoliyatimdan kelib chiqib aytyapman. Qanday majburlaysiz? Majburlagan bilan u kitobni bir hisobot uchun, baho olish uchun shunchaki o'qib kelsa, bundan nima naf? Masalan, kenja o'g'limni majburlab ham o'qitolmayman β vaholanki kattalarining bari kitobxon. Darsga kirganda ham so'rayman, goho hazillashib, 20 muallifni sanab: "Shulardan birortasini o'qigan bo'lsanglar ham ortiqcha savol bermay, bahoingni qo'yib beraman", deyman. Yo'q, o'qimagan. Ayrimlari asar asosida olingan filmini ko'rgan bo'lsa ham o'zini o'qiganman. Masalan, birinchi kurs talabalari orasida birortasi "O'tkan kunlar"ni o'qimagan, o'qigan bo'lsa ham maktab o'quv dasturida berilgan parchani o'qigan, xolos. Vaholanki, hozirgi yoshlarda "kitobni topolmadim" degan bahonaga o'rin ham yo'q β hammayoq qulaylik, audiokitoblar chiqib ketgan, xohla telefoning, plansheting, buk-rideringga yuklab olib o'qi. Avvalo, kitobxon sifatida talablarim katta. Yoshligimda ko'proq psixologiya yo'nalishidagi kitoblarga e'tibor qaratgan bo'lsam, hozir haqiqiy san'at asarlariga β allalab, ham estetik zavq, ham intellektual bilim beradigan, ham munosabatlaringizni, didingizni balandlatadigan kitoblarga ahamiyat beraman. Boshqalarga ham shundan kelib chiqib tavsiya qilaman. Ayni vaqtda, shunday odatim bor β yuqorida ham ta'kidlaganimdek, o'qigan kitobimni qayta o'qishga ruju qo'yganman. Bir safar Bernard Shoudan: "Injil haqiqatan ham muqaddas kitobmi, ilohiy ruh tomonidan yaratilganmi?", deb so'rashganda, u shunday javob bergan ekan: "Har qanday kitob, agar uni qayta o'qishga arzisa, ilohiy ruh tomonidan yaratilgan". Adabiyotning kuchi shundaki, u sizni bir umr o'ziga maftun qilib, bog'lab qo'yadi, har gal mutolaada olam-olam zavq olasiz. To'g'ri, mutolaa har yoshda turlicha bo'lishi mumkin, lekin qayta-qayta o'qishga majbursiz. Menda doim shunday ehtiyoj bor. Masalan, "O'tgan kunlar", "Mehrobdan chayon"ni har uch-besh yilda hech yo'g'i audiosini eshitaman, har safar bir yangilik olaman. Har yili Dostoyevskiyning biror kitobini qayta o'qib chiqaman. Bir vaqtning o'zida, kayfiyatga qarab, turli kitoblarni o'qiyman. Rumiy yoki Navoiy asarlarini mutolaa qilaman, ba'zan "Lison ut-tayr"ni qo'limga olaman, asliyatda o'qishga harakat qilaman β o'zgacha bir zavq beradi. O'zi Navoiyni doimo o'qib turish kerak. Bir kunda hech bo'lmasa ikki satrini takrorlasangiz ham yaxshi. Navoiyning ham yengil, oson satrlari, g'azallari bor β yodlab takrorlab yursangiz, keyinchalik mag'zi ham, ta'mi ham miyangizda aylanib chiqaveradi, sizga zavq bag'ishlaydi. Bu zavqni hech nimaga alishtirib bo'lmaydi. Abdulla Qodiriyning nafaqat romanlari, balki publitsistikasini ham mutolaa qilish kerak. "Otam va bolshevoy" degan maqolasi bor β shu kabi oddiy maqolalarini o'qib ham hayratga tushasiz. So'z boyligi shu qadar kuchli β odam qanday qilib bu zavqdan bebahra yurishi mumkin? Masalan, "Toshkentlik boylar"da ko'tarilgan mavzu hozirgi kunimizga to'g'ri kelmaydi, deysizmi? Qarang, uncha katta asar yozish ham shart emas ekan β Falonchiboyning xarakterini shunday chizib ketadi. Maqolada ta'riflangani kabi odamlar hozir ham tevarak atrofimizda juda ko'p, balki o'zimiz ham o'shalardan biridirmiz, kim bilsin. Odil Yoqubov, Shukur Xolmirzayev asarlarini juda yaxshi ko'rib o'qiganman. Nabijon Boqiyning "Qatlnoma"sini takrorlab turaman β yaqinda to'ldirib qayta chiqarishdi. Oxirgi yillarda Temir Po'latovning yangi romanlari, "Salbchilar nishondori"ga, Hamid Ismoilning Angliyada chiqqan "Jinlar bazmi"ga ko'zim tushdi. Sadriddin Ayniyning esdaliklarini erinmay, o'sha davrni qayta ko'z oldimga keltirib o'qib chiqyapman. Sof badiiy asarlardan asosan oldin o'qiganlarimni takrorlayapman. Ammo o'zbek adabiyotining so'nggi 10β20 yilligini faol kuzatyapman, deb aytolmayman. Bu, albatta, kamchilik. O'qish kerak, munosabat bildirish kerak. Chet el adabiyotini yoshligimdan miriqib o'qiyman. Menga qolsa, chegaralab o'tirmagan bo'lardim: qanday qilib Shekspirni, Servantesni, Folkner yo Okutagavani o'qimaslik mumkin? Shu asarlarni mohir tarjimonlarimiz o'zbek tiliga o'girgan. O'zi tarjima qilinmagan biror asar ham qolmabdi β hamma kitoblarni tarjima qilishyapti. Frans Kafka asarlarining tuzilishi, kompozitsiyasining o'ziyoq bizni hayratga solgan, Ernest Heminguey asarlarini o'qiganimizda ham yana mutlaqo boshqacha tasvir usullarini ko'rganmiz. Chunki sovet davrida bizda sotsialistik realizm metodi asosida yozilgan asarlarning deyarli hammasi deyarli bir xil edi-da. Cho'lpon huv 1920-yillardayoq: "Uni o'qiyman β bir xil, buni o'qiyman β bir xil. Bir xil, bir xil, bir xil. Ammo Robindranat Tagor meni hayratga soldi", deydi-ku. O'zbek kitobxonida 70 yil davomida shunday holat bo'lgan. Robindranat Tagorning har bir hikoyasi katta bir romanga teng, degan gap bor. Yoshligimda shunday hikoyalarini o'qiganman. Lekin u vaqtlarda bizda siyosiy qarashlar cheklangani, tanqidiy fikrlash, dunyoga tanqidiy munosabatda bo'lish mumkin bo'lmagani uchun yaxshi tushunmaganman. Yaqinda uning "Gaurmaxon" romani qo'limga tushib qoldi β 1966-yili o'zbekcha o'girilgan ekan. Hindistonning mustaqillikka erishishidan avvalgi ahvoli shunday zo'r tasvirlanganki, ko'p jihatdan hozirgi kunimizga ham to'g'ri keladi. Tagorning ma'rifiy salohiyati shu qadar yuqoriki, uning har bir so'zini hozir ham shior sifatida ilib qo'ysa arziydi. Mumtoz asarlarning mumtozligi ham shunda β bugungi kunga to'liq muvofiq kelishida. Noam Xomskiyni o'qiyapman. Davlat tuzilishlari haqida yozganlaridan qisqa-qisqa tarjima ham qilib qo'ydim. Ayniqsa, sotsializm g'oyasi haqidagi risolasi juda yoqdi. U sotsializm yomon g'oya emasligini, uning "kazarma sotsializmi", "liberal sotsializm", "demokratik sotsializm", "klassik sotsializm" va hokazo turlari borligini ta'kidlaydi, ularni erinmay Yevropa davlatlari misolida tushuntiradi. Deylik, Sovet Ittifoqida harbiylashgan yoki kazarma sotsializmi bo'lgani, bu bilan sotsializm g'oyasining obro'si juda tushirib yuborilganini qiziq izohlagan. Sotsializm β baribir maftunkor g'oya, insoniyat taraqqiyotida unga yana va yana murojaat qilishiga to'g'ri keladi, deb yozgan. Shu bois juda qiziqib o'qidim. Yaqinda Benedikt Sarnovning "Stalin va yozuvchilar" nomli, xat va hujjatlardan iborat katta kitobini ko'rib qoldim. Stalinning o'sha davrdagi jamiki shoir-yozuvchilar bilan yozishmalari, partiya Markaziy qo'mitasi yozuvchi Mixail Bulgakovning ishlamay yurganigacha e'tibor berib, buni muhokama qilgani, Maksim Gorkiyning qayerga borib, nimalar qilayotgani, uning ortidan qanday xatlar tushgani, Stalin bularning hech birini e'tiborsiz qoldirmaganini o'qib, hayratga tushdim. Hokimiyat adabiyot ahlining zig'ircha harakatini ham e'tibordan chetda qoldirmaganini o'qib, hayron qolasiz. | advice |
Ramazon oyi davomida musulmonlar kun bo'yi ro'za tutib, yeb-ichishdan tiyiladilar va kech tushishi bilan taom iste'mol qiladilar. Ammo ayrim holatlarda iftor mahalida haddan tashqari ko'p ovqat yeyish kuzatiladi. Uzoq vaqt och va chanqoq holda yurgan kishining birdaniga me'yoridan ortiq taom iste'mol qilishi salomatlikka zarar keltirishi mumkin. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ro'za paytida sog'lom ovqatlanish bo'yicha ba'zi maslahatlar bilan bo'lishdi . Ushbu maslahatlarga amal qilib, kishi ortiqcha vaznni yo'qotishi va qon bosimi hamda organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishi mumkin. Ramazon oyida organizmning sog'lom bo'lishi uchun kerakli ozuqalarni iste'mol qilish uchun vaqt chegaralanganligi sababli, parhezning sog'lom va sifatli bo'lishi juda muhim. Bu yil odamlar kuniga o'rtacha 15β16 soat ro'za tutishlariga to'g'ri keladi. Kunduzi havo harorati yuqori bo'lgan paytda salqin va soyali joylarda qolish hamda quyoshda uzoq yurmaslik tavsiya etiladi. Iftorlik va saharlik orasida ko'p miqdorda suv iching. Kunduz kunlari havo harorati yuqori bo'lishi ko'p terlashni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, kun davomida yo'qotilgan suyuqlikning o'rnini qoplash kerak bo'ladi. Buning uchun esa kamida 10 stakan suv ichish tavsiya etiladi. Suv iste'molini suvga boy mahsulotlarni tanovul qilib ham oshirish mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida ho'l mevalardan yeyish mumkin. "Achiq-chuchuk" salatida ham suvga boy bodring va pomidorlar bor. Sho'rva yoki toza sabzavotli salatga o'xshagan sersuv ovqatlarni ham iste'mol qilish mumkin. Tarkibida kofein mavjud bo'lgan kofe, choy, kola kabi ichimliklardan voz kechib turing, chunki kofein ba'zilarni hojatxonaga yugurtirishi mumkin, bu esa inson organizmidagi suvning kamayishiga (degidratsiya) olib keladi. Shuningdek, gazlangan shakarli ichimliklar kaloriyaga boy bo'lishini esdan chiqarmang. Kun davomida juda ko'p harakat qilish organizmning ko'p miqdorda suv yo'qotishiga olib kelishi mumkin. Qisqa sayrlar yoki qisqa muddatli chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Kun bo'yi harakatsiz o'tirish ham tavsiya qilinmaydi. Og'izni yopishdan oldin ovqat yeyish muhim. Saharlik paytida yengil ovqatlaning. Bu ayniqsa ro'za tutishni maqsad qilgan katta yoshdagilar, o'spirinlar, homilador ayollar, bolasini oziqlantirayotgan onalar hamda bolalar uchun muhim. Yengil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod mavjud bo'lgan butun donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) va/yoki tuxum kabi oqsilga boy mahsulotlarni iste'mol qilish mumkin. Sekinroq va ehtiyojingizga mos ravishda ovqatlaning. Ko'p miqdorda ovqat yeyish jig'ildon qaynashi (me'da qaynashi, zarda) va bezovtalikni keltirib chiqarishi mumkin. Saharlik uchun JSST tavsiyalari: Iftorlik paytida sog'lom va me'yorida ovqatlanib, quvvatingizni to'ldirib oling. Ro'zani uchta xurmo yoki suv bilan ochish iftorlikni boshlashning an'anaviy va sog'lom yo'li hisoblanadi. Xurmo odam tanasidagi ko'pchilik a'zolarning to'g'ri faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydigan kletchatkaga boy ozuqa. AQShdagi Cornell University mutaxassislarining yozishicha , organizmga ovqat kirishidan oldin suv ichish tanani suyuqlik bilan oziqlantirishning eng yaxshi yo'lidir. Lekin ro'zani ochiboq birdaniga ko'p suv ichib yubormang. Bir vaqtning o'zida ko'p miqdorda suv ichish inson salomatligi uchun xavfli hisoblangan suv intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Organizmni muhim vitaminlar va ozuqa moddalari bilan ta'minlash uchun iftorlik uchun menyuga ko'plab sabzavotlarni qo'shing. Shuningdek, organizmni quvvat va kletchatka bilan ta'minlaydigan butun donli (yanchilmagan va tozalanmagan) mahsulotlarni iste'mol qiling. Pechda yoki grilda pishirilgan yog'siz go'sht, terisiz tovuq va baliq tanovul qilish orqali organizmingizni sog'lom oqsillar bilan boyitishingiz mumkin. Umuman olganda, yog' va shakarga boy, qovurilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlardan o'zingizni tiying. Sekinlik bilan tanovul qilish sizga haddan ortiq ko'p ovqat yemaslikka yordam beradi. Iftorlikdan so'ng ko'p shirinlik yeyishdan o'zingizni tiying. Ramazon paytida ko'p iste'mol qilinadigan shirinliklar tarkibida katta miqdorda shakar siropi bo'ladi. Shirinlik sifatida suvga boy bo'lgan mavsumiy mevalarni, jumladan, olma iste'mol qilish mumkin. Iftorlik uchun JSST tavsiyalari: Yog'larga boy bo'lgan mahsulotlar, ayniqsa, yog'li go'sht, qatlamali xamirdan, yog'/margarin yoki saryog' qo'shilgan xamirdan tayyorlangan mahsulotlar iste'molini kamaytirish kerak. Qovurishning o'rniga ovqat tayyorlashning boshqa usullari: bug'da pishirish, sousda pishirish, kichik miqdordagi yog'da qovurib, pechda pishirish kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Tarkibida katta miqdorda tuz bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilmang: sosiska, qayta ishlangan va tuzlangan go'sht va baliq mahsulotlari, tuzlangan bodring, zaytun mevasi, tuzli pishloqlar, gazak mahsulotlar, turli xil tayyor kreker, salat, sous (mayonez, ketchup, xantal). Ovqat tayyorlayotganda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan olib tashlash tavsiya etiladi. Pishirilayotgan ovqatlarning ta'mini yaxshilash uchun turli xil o'tlardan foydalanish mumkin. Mutaxassislarning fikricha , jarrohlik amaliyoti o'tkazilishini talab qiluvchi va operatsiyadan keyingi davrda bemorlar ro'za tutishi maqsadga muvofiq emas. 1-tur qandli diabet bilan og'rigan bemorlarga ro'za tutmaslik maslahat beriladi. 2-tur qandli diabet va gipertoniya kasalliklari borlar o'z holatlarini parhez yoki dorilar bilan nazorat qila olgan taqdirda ro'za tutishlari mumkin. Ular bu borada o'z shifokorlari bilan maslahatlashishlari kerak. Qolaversa, og'riq bilan kechadigan va og'riq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham ro'za tutish mumkin emas. Ular ro'za tutish niyatida bo'lsalar, avvalo, shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Shuningdek, homilador ayollar, bolani emizayotganlar ham shifokor maslahatini olishlari kerak. | advice |
Ramazon oyida musulmonlar orasida ro'za tutishga oid savollar paydo bo'lishi mumkin. O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati bu mavzuda ko'p uchraydigan savollarga javob berib keladi. "Gazeta.uz" ularning ayrimlarini matn va video shaklida taqdim etadi. Javob : Komil musulmon β Islomning farzlariga to'liq amal qiluvchi kishidir. Zero, dinimiz beshta asos ustiga bino qilingan. Bu haqda Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Islom besh narsa ustiga qurilgandir: "Allohdan o'zga iloh yo'qligi va Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik berish, namozni qoim qilish, zakot berish, Baytullohni haj qilish, Ramazon ro'zasini tutish" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Ushbu hadisi sharifda namoz va Ramazon ro'zasi bir qatorda zikr qilinmoqda. Umuman olganda, namoz va ro'za alohida-alohida ibodatlar bo'lganidan namoz o'qimagan kishi ham ro'za tutishi mumkin. Lekin o'rni kelganda namozni qadri juda yuksak ekanini, uni tark qilish katta gunohligini eslatib o'tamiz. Namoz har bir balog'atga yetgan, aqlli kishiga farzi ayndir. Qiyomatda ham birinchi so'raladigan amaldir. Har kuni besh marta takrorlangani sababli, namozni tark qilgan kishi bir kunda besh marta katta gunoh ish qilgan bo'ladi. Vallohu a'lam. Javob : Dinimizda iftorlikni tezlashtirishga targ'ib qilingan, og'iz ochishni qasddan shom namozidan keyinga surish sunnatga xilofdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odatda avval og'iz ochib, keyin shom namozini ado etar edilar. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o'qishdan oldin og'zilarini ho'l xurmolar bilan ochardilarβ¦" (Imom Abu Dovud rivoyati). Demak, ro'zador shom namozining vaqti kirishi bilan og'zini ochib, chanqog'ini qondirib olgandan keyin shom namozini ado etishga kirishishi maqsadga muvofiq ekan. Iftorni tezlatish afzalligi borasida hadisi sharifda bunday deyilgan: Sahl ibn Sa'd roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Insonlar og'iz ochishni tezlashtirsalar, yaxshilikda bardavom bo'ladilar", deganlar (Imom Buxoriy rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisida Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Alloh azza va jalla bunday dedi: "Bandalarimning menga eng suyuklisi, ularning tezroq og'iz ochganlaridir", dedilar (Imom Ahmad, Imom Termiziy rivoyati). Ushbu hadislardan kelib chiqib, fuqaholarimiz quyosh botishi bilan namozdan oldin og'iz ochish mustahabdir, deganlar ("Raddul muhtor"). Ushbu hukm barcha farz va nafl ro'zalarning barchasiga tegishlidir. Bu borada vorid bo'lgan hadislar farz ro'zalarga xoslangan emas. Javob : Aslida ro'za tutish uchun tahorat shart qilinmaydi. Tahoratsiz ham ro'za tutsa bo'laveradi. Lekin tahoratda boshqacha bir barokat bor. Tahoratli holda qilingan duolar ijobat bo'lishga yaqinroq bo'lishi mumkin. Shuning uchun imkon qadar ro'zador odam tahoratli bo'lib yurishga harakat qilishi kerak. Javob : Ramazonda saharlikdan uxlab qolgan odam, o'yg'ongach oz bo'lsa ham biror narsa yeb-ichib, ro'zani niyat qilaman desa, niyati ham o'sha kuni tutadigan ro'zasi ham to'g'ri bo'lmaydi. Ramazon oyida saharlikka uxlab qolgan odam, uyqudan turgach, ro'zani buzadigan (ya'ni, yeb-ichish, er-xotinlik aloqasi kabi) ishlarni qilmasdan, shu kungi ro'zani tutishni niyat qiladi. Bunday niyatni toki quyosh tikkaga kelgungacha qilish mumkin. Javob : Mumkin. Saharlikka hech narsa yemasdan ham niyat qilib olib, og'izni yopish mumkin. Lekin bu xilofi sunnat β sunnatga xilof ish bo'lib qoladi. Chunki saharlik qilish, saharlikda baraka borligi haqida juda ko'p hadislar bor. Bunday holatda hech bo'lmasa bir qultum bo'lsa ham suv ichib olinsa, hadislarga, sunnatga amal qilingan bo'ladi. Javob : Saharlik vaqti tugashiga oz qolgan bo'lsa, junub kishi og'zi, burnini yaxshilab chayib, saharlik qiladi. Subhi sodiq kirganidan keyin g'usl qilaveradi. Junub holatda ro'zani boshlash ro'zaga putur yetkazmaydi. Javob : Bundan qaytarilgan. Payg'ambarimiz (s.a.v.) tahorat olish, g'usl qilish vaqtida og'izga, burunga suvni chuqur olib, g'arg'ara qilishga buyurganlar, illo ro'za paytida bunday qilmaysan, deganlar. Demak, ro'za paytida xoh g'usl qilinsin, xoh tahorat qilinsin, g'arg'ara qilib, mubolag'a bilan chayilmaydi. Chunki suvning dimog'dan yoki tomoqdan ichkariga o'tib ketish xavfi bor, o'tib ketsa ro'za buzilib qoladi. Javob : Ro'zador kishi saqich chaynashi makruh. Bu ichiga saqich ketmagan holatda. Ichga ketsa ro'za buziladi. E'tiborli tomoni fiqh kitoblarimizda aytilgan saqichlar hozirgi zamonaviy saqichlardan farq qilgan. Ya'ni, zamonaviy saqichlarning ta'mi, shirasi juda o'tkir. Ularni yutilib ketish ehtimoli ham ancha yuqori. Shu sababli ro'zani buzilishiga olib boradigan ishlardan qochish kerak, jumladan, saqich chaynashdan ham. Vallohu a'lam. Javob : Ro'zador so'lagi (tufugi)ni yutishi bilan ro'za ochilmaydi. Ro'zador og'zida tufugini yig'ib keyin yutib yuborsa, ro'zasi buzilmaydi. Qasddan so'lagini og'zida to'plab yutish esa makruh bo'ladi. Javob : Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Agar qay biringiz unutib yeb-ichib qo'ysa, ro'zasini kamoliga yetkazaversin. Uni Alloh yedirib-ichiribdi". Ya'ni, kim ro'zaligini unutib, ul-bul narsa yeb yoki ichib qo'ysa, ko'ngli xijil bo'lmasin va ro'zasini tutishda davom etsin. Demak, uni Alloh taolo mehmon qilibdi. Javob : Buning holatiga qaraladi. Bir-ikki tomchi bo'lsa, bu bilan ro'za buzilmaydi. Lekin ko'p bo'lib, hatto ko'z yoshni yoki terning ta'mini his qiladigan darajada bo'lsa, ro'za buziladi. Javob : Ro'zador kishining og'ziga beixtiyor yomg'ir tomchilari yoki qor parchalari kirib, tomog'idan o'tsa, ro'zasi buziladi va qazo ro'za tutishi vojib bo'ladi. Bu haqda Hanafiy fiqhiy manbalarimizda shunday deyiladi: "Ro'zadorning tomog'iga ko'z yoshlari, ter tomchilari, burnidan oqqan qon, yomg'ir yoki qor yetsa, ro'zasi buziladi. Chunki gohida og'izni ochib, gohida yumib, tomoqqa yuqorida sanalgan narsalar ketishidan saqlanish oson. Agar mazkur narsalarni bilib turib yutsa, kafforat vojib bo'ladi" ("Bahrur roiq" kitobi). "Yomg'ir va qor (tomoqdan o'tsa ro'zani buzishi) haqida ulamolar ixtilof qilishgan, to'g'rirog'i ro'zani buzadi. Chunki undan chodir yoki boshqa boshpana yordamida saqlanish mumkin"("Inoya sharhul hidoya" kitobi). "Yomg'ir va qor ro'zadorning tomog'iga kirsa, ro'zasini buzadi. Bu sahih qavldir. "Zahiriya" kitobida shunday kelgan" ("Fatovoi hindiya" kitobi). Vallohu a'lam. Javob : Ro'zador qasddan qayt qilmasa ro'zasi ochilmaydi. Agar qasddan, o'zini-o'zi qayt qildirsa, ro'za ochiladi. Bunga quyidagi hadis dalildir: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim ro'zador bo'lsayu, unga qayt g'olib kelsa, qazo qilish vojib emas. Agar o'zi xohlab qayt qilgan bo'lsa, qazo tutsin", deganlar" (Imom Termiziy rivoyati). Agar qayt ro'zadorning ixtiyorisiz o'zi yutilib ketsayu, qaytning miqdori og'iz to'ladigandan oz bo'lsa ro'za buzilmaydi. Bu haqda Imom Saraxsiy rahimahulloh shunday deydilar: "Qayt ro'zadorga g'olib kelsayu, og'iz to'lmaydigan miqdorda qayt qilsa va behosdan yutilib ketsa uning ro'zasi buzulmaydi. Bunga ulamolar ittifoq qilishgan" ("al-Mabsut"). Agar qaytning miqdori og'iz to'ladigan darajada ko'p bo'lsa va o'zi behosdan yutilib ketsa Imom Abu Yusuf (r.a.)ga ko'ra ro'za buziladi va qazo vojib bo'ladi. Imom Muhammad (r.a.)ga ko'ra esa ro'za buzilmaydi. Ro'zador ushbu holatda qaytni yutmaslikka imkoni bor bo'la turib, yutib yuborsa uning ro'zasi buzilishiga ulamolarimiz ittifoq qilishgan. Qaytda og'iz to'lish miqdori borasida ham ulamolarimiz turli qarashlarni aytib o'tishan. Jumladan, Burhoniddin ibn Moza al-Buxoriy bu haqda shunday deganlar: "Qaytda og'iz to'la bo'lishining chegarasi uni og'izda ushlab tura olmaslik bilan belgilanadi. Ba'zi o'rinlarda esa uni "Og'izdan chiqarib tashlashdan boshqa chora qolmagan"lik bilan izohlangan. Faqih Abu Ja'far Hinduvoniy: "Qaytda og'iz to'lishi β u bilan kishi gapira olmay qolishi bilan o'lchanadi" degan" ("al-Muhiytul Burhoniy"). Vallohu a'lam. Javob : Ro'zador kishi tishlarini tozalashda tish pastalaridan foydalanishi makruh sanaladi. Agar pastadan hosil bo'lgan ko'piklarni yutib yuborsa, ro'zasi ochiladi. Chunki pasta bilan tish tozalash biror narsani tatib ko'rishga o'xshaydi. Fiqhiy kitoblarimizda bunday deyilgan: "Ro'zador biror narsani tatib ko'rsa, ro'zani ochuvchi surat va mohiyat topilmagani uchun ro'za ochilmaydi. Lekin bunday qilish makruh hisoblanadi. Chunki bunda ro'zani buzuvchi omilga yaqin keltirish bor" ("Hidoya"). Shunga ko'ra ko'pchilik zamonamiz ulamolari ro'zador holda tish pastasidan foydalanmaslikni balki, uni saharlikdan avval yoki iftordan keyinga qoldirishni tavsiya etadilar. Zero, ibodat masalasida ehtiyotini olish afzal sanaladi. Qolaversa, Ramazon oyining kunduzlari tishlarni toza saqlash uchun misvokdan foydalanish ham mumkin. Chunki misvok ishlatish bilan ro'za ochilmaydi. Bunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ro'zador hollarida undan ko'p marta foydalanganlari dalil bo'ladi. Omir ibn Rabiy'a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ro'zador hollarida misvok qilayotganlarini sanab sanog'iga, hisoblab adog'iga yeta olmaydigan darajada ko'p ko'rganman" (Imom Ahmad rivoyati). Bunda, milklar qonasa yoki og'izga suv to'plansa, yutib yubormaslik shart qilinadi. Javob : Imomi A'zam (rahmatullohi alayh) hazratlari tanaga bir narsa kirishi bilan ro'za buziladi, deganlar. Shuning uchun ro'zador ukol olsa, ro'zasi buziladi. Agar o'ta zarurat bo'lmasa, ukolni iftorlikdan keyin yoki saharlikdan oldin qildirib olgani ma'qul. Lekin ro'za tutganida sog'ligi yomonlashgani tufayli ukol olmasa, hayoti xavf ostida bo'lsa, ukol olib, ro'zasining qazosini Ramazon tugaganidan keyin tutib beradi. Javob : Oshqozon tekshiruv moslamasi (zont) deganda β og'iz orqali yutilib, bir uchi tashqarida qolib, ikkinchi uchi oshqozonga yetib boradigan tibbiy qurilma tushuniladi. Ushbu moslamadan asosan oshqozonni tasvirga olish va undagi kasallikka tashxis qo'yish uchun foydalaniladi. Tashxis amaliyoti tugaganidan so'ng mazkur moslama og'iz orqali qayta chiqarib olinadi. Bemor ro'zador holida oshqozon tekshiruv moslamasi (zont)ni quruq holida yutsa, unga yog' yoki biror dori vositasi surtilmagan bo'lsa β bu uning ro'zasini buzmaydi. Chunki hanafiy mazhabining umumiy qoidasiga ko'ra qorin qismi (javf)ga kirgan narsa u yerda o'rnashib qolsagina ro'zani buzadi. Bu haqda Imom Kosoniy bunday deydilar: "Ichkariga kirgan narsaning o'sha yerda o'rnashib qolishi ro'za buzilishining shartidir" ("Badoyi'us Sanoyi'"). Fiqhiy manbalarimizda ushbu qoidaga quyidagi holatni misol qilib keltirilgan: "Agar biror taomga ip bog'lab halqumidan o'tkazsa (ya'ni yutsa), ipning boshqa tarafi qo'lida qolsa, ro'za ochilmaydi. Ip uzilib ketsa ro'za ochiladi" ("Bahrur-roiq"). Demak, oshqozon tekshiruv moslamasining bir uchi tashqarida qolib, to'liq ichkariga kirmagani hamda oshqozonda o'rnashmagani sababli ro'zani ochmaydi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki, yuqorida aytib o'tilganidek zont yutish jarayonida unga yog' yoki dori surtilmagan, quruq holatda bo'lishi lozim. Aks holda ro'za ochiladi. Voqelikda esa yog' surtilmagan holda zont yutish bemor uchun katta mashaqqat tug'diradi. Ba'zan moslama uchidagi tasvirga olish qurilmasini oshqozonga suv yuborish orqali tozalab turish zarurati paydo bo'ladi. Suvning ichkariga kirishi bilan shubhasiz ro'za buziladi. Zont orqali oshqozonni tekshirish asnosida yuqoridagi kabi noqulayliklar kelib chiqadigan bo'lsa, bemor shariatning umumiy ruxsatidan foydalanib, o'sha kungi ro'zani Ramazondan keyin bir kun tutib berishi mumkin. Javob : Fidya β kishi zimmasidagi narsani ado qilish maqsadida mol yoki shunga o'xshash narsani berishidir. ("Lisonul arab"). Shariatimiz ikki toifa kishilarni ro'za tutmasliklariga ruxsat berib, o'rniga Ramazonning har bir kuni uchun fidya berishga buyurgan. Birinchisi: Qarilik sababli umuman ro'za tutishga yaramaydigan, kundan-kunga jismonan zaiflashib borayotgan yoshi ulug' keksalar; Ikkinchisi: Surunkali kasal bo'lib, odatda tuzalishiga umid bo'lmagan va ro'za tutish ularning salomatligiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan bemorlar. ("Bahrur roiq"). Bu haqda Alloh taolo Qur'oni karimda bunday marhamat qilgan: "(Ro'za tutishga) madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir. Kimki ixtiyoriy ravishda ziyoda xayr qilsa (lozim bo'lganidan ortiq fidya bersa), o'ziga yaxshi. Agar bilsangiz, ro'za tutishingiz (fidya berib tutmaganingizdan) yaxshiroqdir" (Baqara surasi, 184-oyat). Fidya β Alloh taolo bandalariga bergan yengillikdir. Har kunlik fidyaning miqdori yarim so' bug'doy (taxminan ikki kilogramm) yoki bir so' xurmo yohud bir so' arpadir. Bularning qiymatini berish bilan ham fidya ado bo'ladi. Har yili Ramazon oyida O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati tomonidan fidyaning o'rtacha miqdori belgilanib, e'lon qilinadi. 2024-yil uchun fidya va fitr sadaqasining miqdori bir xil bo'lib, quyidagicha belgilandi : Har kim o'z imkoniyatiga qarab, ushbu to'rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr va fidya miqdorini ajratishi mumkin. Fidyani Ramazon oyi kirishidan oldin berilmaydi. Oy kirishi bilan xohlasalar, o'ttiz kunlik ro'zaning fidyalarini birdaniga jamlab beradi, xohlasalar har kuni bo'lib-bo'lib to'lab beradi. ("Fatovoyi Hindiya"). Ro'za fidyasini bir kishiga ham yoki bir necha kishiga ham berish mumkin. ("Raddul muhtor"). Fidyani miskin, faqir, beva-bechora, yetim-yesir, nochor va zakot berishga qodir bo'lmaganlarga beriladi. Ammo otasi, onasi, farzandlari, nabiralari, eri, xotini va zakot berishga qodir bo'lganlarga berishi joiz emas. Fidya berib yurgan qariya yoki surunkali bemorlar ro'za tutishga qodir bo'lib qolishsa, bergan fidyalari bekor bo'lib, tutmagan ro'zalarining qazosini tutishlari vojib bo'ladi. ("Raddul muhtor"). Ro'za tutishga yaraydigan qariyalarga esa ro'za tutish farz bo'ladi. Ro'za tutishga qodir bo'la turib fidya bersalar, ro'za ulardan soqit bo'lmaydi va fidyasi o'z o'rniga tushmaydi. ("Raddul muhtor"). Tuzalishiga umid bor, odatda, ma'lum vaqtdan keyin shifo topadigan bemorlarga ro'za tutish zarar qilsa, bularning ham ro'za tutmasliklariga shariatimiz ruxsat beradi. Ammo bular fidya bermaydilar. Tuzalganlaridan keyin qazo bo'lgan kunlarning ro'zasini tutib beradilar. Afsuski, hozirgi kunda Ramazon oyida bemor bo'lib, tuzalgandan keyin qazosini tutib berishga layoqati bo'lgan ba'zi kishilar bemorliklarida ro'zaning fidyasini berib qo'yib, tuzalganlaridan keyin "Myen qazo bo'lgan ro'zalarimni tutmayman, chunki men fidyasini berganman" demoqdalar. Vaholanki, shariatimiz fidya berishni ularga buyurmagan, balki tuzalganlaridan keyin qoldirgan ro'zalarining qazosini tutib berishlarini farz qilgan. Javob : Ro'za ochilmaydi, chunki bu ro'zani buzuvchi amallar sirasiga kirmaydi. Javob : Ro'zador vaqtida soch olishning ro'zaga, hatto tahoratga ham ta'siri yo'q. Ro'za biror narsa kirishi bilan ochiladi. Sochni kaltalatsa yoki tirnoqlarni olsa, bunday narsalar bilan ro'za ochilmaydi. Javob : Kunduz kuni ehtilom bo'lib qolgan ro'zador g'usl qilishi vojib, albatta, yuvinishi shart va bu borada hech qanday ixtilof yo'q. Bu mavzuda "Al-Fatovol hindiya" kitobida shunday deyiladi: "Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinishicha, ro'zador tahoratdan boshqa paytlarda og'iz va burun chayishi makruhdir. Shuningdek g'usl qilish (cho'milish), boshiga suv qo'yish, suvga sho'ng'ish, namlangan kiyimga o'ranish ham makruhdir. Abu Yusuf rahmatullohi alayh aytadilar: "Yuqorida sanalgan ishlar makruh emas". Mana shu gap ustunroq, "Muhiti Saraxsiy" kitobida shunday kelgan". Demak, jiddiy zarurat bo'lmaganda tahoratdan boshqa paytlarda og'iz va burun chayish, g'usl qilish (cho'milish), boshiga suv qo'yish, suvga sho'ng'ish, namlangan kiyimga o'ranish kabi ishlarni qilinmasa, bu ishlarni iftordan keyinga qoldirilsa, Imom Abu Hanifa rahimahullohning so'zlariga amal qilingan bo'ladi. Lekin, masalan, kun qattiq isib ketganda va boshqa shu kabi holatlarda yuqoridagi ishlarni qilish zarurati tug'ilsa va ibodatdan bezor bo'lish ma'nosida emas, balki ibodatga yordam olish ma'nosida bu ishlarni qilinsa, Imom Abu Yusuf rahimahullohning so'zlariga, keyingi ulamolar ustun ko'rgan so'zga amal qilingan bo'ladi, makruh bo'lmaydi. Javob : Agar isiriq tutatilib, uning tutunini yutsangiz, ro'za ochilib ketadi. Shuning uchun uni iftordan keyin tutatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Vallohu a'lam. Javob : Ayol kishi Ramazon oyi davomida odati boshlanib qolsa, u tugaguniga qadar ro'za tutmaydi. Ramazon oyi o'tgandan keyin necha kun ro'za tuta olmagan bo'lsa, o'shancha kun qazo qilib tutib beradi. Bu hukmga ulamolar ijmo' qilishgan. Muoza roziyallohu anhodan shunday rivoyat qilinadi: Muoza al-Adaviyya Oisha roziyallohu anhodan: "Nima uchun hayz ko'rgan ayol ro'zaning qazosini tutadiyu, namozni qazosini o'qimaydi?" deb so'radi. Oisha roziyallohu anho onamiz: "Uzrli holatga tushib qolsak, ro'zaning qazosini tutishga, namozning qazosini o'qimaslikka buyurilganmiz", deb javob berdilar (Imom Muslim rivoyati). Ya'ni, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam hayz holatidagi ayollarga ro'zaning qazosini tutish, namozning qazosini esa o'qimaslikka buyurardilar. Ushbu hukm fiqhiy kitoblarimizda atroflicha yoritilgan: "Ayol hayz yoki nifos ko'rsa, ro'zasini ochadi. Kunduz kuni musofir safardan kelsa yoki ayol hayzdan poklansa, kunning qolgan qismida yeb-ichishdan saqlanadi" ("Hidoya"). "Hayz ko'rgan ayoldan namoz soqit bo'ladi, poklangach qazosini o'qimaydi. Hayz ko'rganning ro'za tutishi harom bo'ladi, poklangach qazosini tutadi" ("Al-Muxtor"). "Farz ro'zani tutib turgan ayol hayz ko'rib qolsa, ro'zasi botil bo'ladi. Farz ado bo'lmay qolgani uchun, poklangach uning qazosini tutish vojib bo'ladi" ("Umdatur ri'oya"). Ayollar ro'zani to'liq tutish maqsadida dori iste'mol qilib, odat qonini kechiktirishi joiz. Odatiy qon kelmaguncha ayol kishi pok sanaladi va ro'za tutishi lozim. Qonni to'xtatib turish-turmaslik borasida shar'an qaytariq yo'q. Bu ish ayol kishining sog'lig'iga zarar qilmasa joiz, zarar qilsa joiz emas. Javob : Homilador yoki emizikli ayol ro'za tutganda bolasiga yoki o'zining joniga zarar yetishidan qo'rqsa, ro'za tutmaydi va keyinchalik ro'zaning qazosini tutib beradi. Bu haqda fiqhiy manbalarimizda bunday deyiladi: "Homilador va emizikli ayol o'z joniga yoki bolasiga zarar yetishidan qo'rqsa, ro'zani ochadi va (imkon bo'lganda) qazosini tutadi. Ularga ro'zani ochgani uchun kafforat lozim bo'lmaydi. Zero, "Xulosa" kitobida shunday deyilgandir" ("Fatavoi hindiya"). Boshqa bir manbada bunday deyiladi: "Homilador va emizikli ayol bolasi yoki o'ziga zarar yetishidan qo'rqsa, ro'zani ochishi joiz. Bu ruxsat qiyinchilikni ketkazish uchundir. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Albatta, Alloh musofirdan ro'zaning (hammasini) va namozning yarmini, homilador va emizikli ayoldan ro'zaning (hammasini) ko'targan", deganlar (Imom Nasaiy Anas ibn Molikdan rivoyat qilgan). Homilador yoki emizikli ayolning ro'zani ochishi zarardan qo'rqishga bog'lab qo'yildi. Bu qo'rquv yo tajribalar natijasida paydo bo'lgan kuchli gumon bilan yoki musulmon, mohir tabibning xabar berishi bilan yuzaga keladi. "Fatavoi Zohiriya" kitobida shunday kelgan. Agar homilador yoki emizikli ayol bolasi yo o'zining joniga zarar yetishidan qo'rqmasa, ro'zani ochishiga ruxsat berilmaydi" ("Bahrur-roiq"). Demak, homilador yoki emizikli ayol ro'za tutsa bolasiga yoki o'zining joniga zarar yetishini tajriba orqali bilsa, yoki buni tajribali, bilimdon musulmon (din-diyonatli) tibbiyot xodimi xabar bersa, ro'za tutmaydi. Imkon topganda qoldirilgan kunlarni har bir kuniga bir kundan qazosini tutib beradi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, homilador va emizikli ayollar ro'za tutmaganlari uchun fidya bermaydilar. Chunki ular kelajakda ro'zaning qazosini tutishga qodir hisoblanadilar. Homilador va emizikli ayollar farzandi yoki joniga zarar yetmaydigan bo'lsa, ro'za tutishlari shartdir. Ularga yuqoridagi ruxsatlar tegishli hisoblanmaydi. Ayniqsa bolalari taom yeyishga o'rgangan emizikli ayollar bu borada taqvo bilan ish tutishlari lozim. Javob : Dinimizda mo'min-musulmonlar Ramazon oyi ro'zasini tutishga buyurilganlar. Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi: "Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro'za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo'lsangiz" (Baqara surasi, 183-oyat). Ramazon oyida ro'za tutish Islomning besh asosiy ustunlaridan biridir. Ramazon ro'zasi sog'lom, muqim, oqil va balog'atga yetgan har bir musulmonga farzdir. Ro'za tutishni niyat qilish, ro'zani buzadigan amallardan uzoq bo'lish va ayollarning hayz va nifosdan pok bo'lishlari ro'zaning to'g'ri bajarish shartlaridan sanaladi. Ramazon ro'zasini tutgan banda bo'ynidagi bandalik majburiyatni bajargan bo'ladi va oxiratda Alloh taolo tomonidan ulug' mukofot va va'da qilingan ne'matlarga erishadi. Uni ado etishga layoqatli bo'la turib, tark qilgan kishi esa qattiq gunohkor bo'ladi va oxiratda azobga qoladi. Rivoyatlarda Ramazon ro'zasini uzrsiz qoldirgan kimsa butun umr ro'za tutsa ham, o'sha qoldirgan bir kunning ajrini topa olmasligi ta'kidlangan. "Kimki uzrsiz va kasal bo'lmasdan Ramazondan bir kunini ro'za tutmay o'tkazsa, uning qazosini umr bo'yi tutgan ro'zasi ham to'ldira olmaydi" (Imom Nasoiy rivoyati). Kasal, musofir, hayz va nifos ko'rgan ayollar, ro'za tutish o'ziga yoki bolasiga zarar beradigan homilador va emizikli ayollar keyinchalik qazosini tutib beradi. Shariatimiz ikki toifa kishilarni ro'za tutmasliklari va uning o'rniga Ramazonning har bir kuni uchun fidya berishlariga ruxsat bergan: 1) Qarilik sababli umuman ro'za tutishga yaramaydigan, kundan-kunga jismonan zaiflashib borayotgan yoshi ulug' keksalar. 2) Surunkali kasal bo'lib, odatda tuzalishiga umid bo'lmagan va ro'za tutish ularning salomatligiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan bemorlar. Ushbu ikki holatga tushmagan musulmon kishi Ramazon ro'zasini tark qilishi va uning o'rniga fidya berishi mutlaqo mumkin emas. Ro'za tutish sababidan ish yoki o'qishda qiyinchilikka duch kelish kabi vajlar shar'iy uzrga o'tmaydi. Do'stlariga iftor qilib berish bilan zimmasidagi farz ro'za ado bo'lmaydi. Vallohu a'lam. Javob : Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sallollohu alayhi vasallam: "Kim Ramazon ro'zasini imon keltirib, savob umidida tutsa, avval qilgan gunohi kechiriladi", dedilar. Hadisning ma'nosi: "Allohning va'da qilgan savobiga ishonib, riyo va boshqa maqsadda emas, balki Allohning mukofotidan umid qilib tutsagina gunohi kechiriladi", deyiladi. ("Fathul boriy" kitobidan). Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ro'za haqida shunday dedilar: "Odam bolasining barcha amaliga (savob) ko'paytirib beriladi. Bir yaxshi amalga o'n barobardan yetti yuz barobargacha savob bor. Alloh azza va jalla: "Faqat ro'za unday emas. Uning mukofotini O'zim beraman. Axir bandam shahvatini, taomini Men uchun tark qilyapti", deb aytadi. Ro'zador uchun ikki xursandchilik bor: biri iftor vaqtida, ikkinchi xursandchilik esa Robbisining huzuriga borganda. Shu sababli siz eng avvalo ro'zaning savobidan umid qilib ro'za tuting. Javob : Ramazon ro'zasidan qazosi bor kishining nafl ro'za tutishi haqida Alouddin Kosoniy "Badoi-us sanoi" kitobida shunday deydi: "Ramazon ro'zasidan qazosi bo'lgan kishi nafl ro'za tutishi makruh bo'lmaydi". Mazkur kitobning boshqa bir o'rnida shunday deyilgan: "Qazoni o'tab berish haqidagi buyruq muayyan vaqtda vojib bo'lmaydi, balki mutlaq vaqt (ya'ni, banda imkon topgan)da vojib bo'ladi". Shunga binoan Ramazon ro'zasidan qarzi bor kishi qazosini tutmay turib ham nafl ro'za tutishi mumkin. Vallohu a'lam. | advice |
7-may kuni Apple o'z planshetlarining yangi modellari β iPad Air va iPad Pro taqdimotini o'tkazdi. iPad Air kompaniyaning cho'ntakbop va ixchamroq plansheti hisoblanadi. Kompaniya o'z tarixida birinchi bor uni ikki xil o'lchamda chiqarishga qaror qildi: qayta dizaynlashtirilgan 11 dyumli va yangi 13 dyumli qurilmalar. Apple kattaroq o'lchamdagi devays foydalanuvchilarga ishlash, o'qish va o'yinlar o'ynashda kattaroq ekran kerak bo'lishi mumkinligidan kelib chiqib taqdim etilayotganini qayd etdi. Pro modelidagi qurilmalarda xaridorlarning yarmi kattaroq ekranga ega iPad`larni tanlayotgani bunga turtki bo'lgan. Skrin: YouTube / Apple iPad Air Center Stage deb ataluvchi yangi funksiya qo'shilgan bo'lib, u videoqo'ng'iroqlar vaqtida old kameradagi tasvirni rostlab turadi va tasvirda barchani to'liqroq ko'rsatishga harakat qiladi. Qurilma 4 ta rangda sotuvga chiqariladi (new blue, new purple, starlight, space gray). Ikkala model ham M2 chipiga ega, bu avvalgi M1 chipiga qaraganda 50 foiz tezroq ishlaydi. Xotira hajmi bo'yicha 4 xil tanlov mavjud: 128, 256, 512 GB va 1 TB. 11 dyuymli Air modeli narxi 599 dollardan, 13 dyuymlisiniki esa 799 dollardan boshlanadi. Kompaniya oldindan buyurtmalarni qabul qilishni taqdimot o'tkazilgan sanadan (7-maydan) boshladi va qurilmalar shu haftadan boshlab xaridorlarga yetkazib berilishi qayd etdi. Yangi iPad Pro 11 va 13 dyuymli ekran bilan taqdim etildi. Taqdimotda eng ko'p urg'u qurilmalar juda ham ingichka qilib ishlanganiga berildi. 11 dyumli qurilmaning eni 5,3 millimetr, 13 dyumlisiniki esa 5,1 millimetr bo'ladi. Apple tarixida bundan ingichkaroq qurilma ishlab chiqarilmagan. iPad Pro ikki xil rangda taqdim etiladi (silver, space black). Qurilmalarda birinchi marotaba OLED ekranlar ishlatilgan (avvalgilarida LCD ekranlar bo'lgan). Ikkala Pro modeli ham endi ishlab chiqilgan M4 protsessoriga ega (avvalgi avlodda M2 chipidan foydalanilgan. M2 bajargan ishni M4 u sarflagan quvvatning chora qismi evaziga qila oladi). Bu protsessor bilan chiqadigan iPad Pro M2 bilan chiqarilgan qurilmadan ko'ra 4 baravar tezroq ishlaydi. Center Stage funksiyasi Pro modelida ham mavjud. Pro modeli uchun yangi klaviatura β yangilangan Magic Keyboard ham ishlab chiqilgan. U ham avvalgilariga qaraganda ingichkaroq va iPad Pro bilan mos tushuvchi ranglarda ishlangan. Narxi 299 (11 dyumli) va 349 dollar. Planshetlar uchun, shuningdek, Apple Pencil`ning takomillashtirgan versiyasi β Apple Pencil Pro ishlab chiqilgan. Qalam endi foydalanuvchi uni siqayotganini seza oladi, shuningdek, qurilmaga giroskop o'rnatilgan bo'lib, masalan, rassomlar surat chizayotgan vaqtida uni xuddi mo'yqalam kabi aylantirib ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, qalam qayerda ekanini ko'rsatib turish uchun Find My funksiyasidan foydalanish mumkin va, albatta, u planshetning yoniga magnit yordamida yopishadi va undan quvvatlana oladi. Apple Pencil Pro iPad Air bilan ham ishlay oladi. Narxi β 129 dollar. Ikkala Pro modeli uchun ham xotira hajmi bo'yicha 4 xil tanlov imkoniyati mavjud: 256, 512 GB, 1 va 2 TB. 11 dyumli qurilma narxi 999 dollardan, 13 dyumlisiniki esa 1300 dollardan boshlanadi. Barcha qurilma va aksessuarlar uchun oldindan buyurtma qabul qilish 7-may kuni boshlandi va yetkazib berish shu hafta boshlanishi kutilmoqda. Apple, shuningdek, iPad`ning o'ninchi avlodi narxini yanada pasaytirdi, qurilmalarning rasmiy narxi endi 349 dollar. | advice |
Pitsa juda mazali chiqadi qolaversa, ziravorlar tufayli juda xushbo'y bo'ladi. Xamir chekkalari qizarib qirsillab pishadi. Sosiskali pitsa juda oson. U tez tayyor bo'lib, har doim xushbo'y va sersuv bo'lib pishadi. Motsarella pishlog'i bilan pishiriladigan "pepperoni" pitsasi mashhur va eng sevimli pitsalardan biri hisoblanadi. "Margarita" β italyancha milliy pitsa bo'lib, dunyo bo'yicha eng ko'p tarqalgan va sevib iste'mol qilinadigan pitsalardan biridir. Bunday pitsa shishib chiqadi, yumshoq va juda mazali. "Sezar" pitsasi mazali bo'lib pishadi: xamirturushli oshgan xamir, biroz achchiq qayla, tovuq bo'lakchalari, cherri pomidori va aysberg karami ajoyib uyg'unlik yaratadi. Erigan, cho'ziluvchan pishloq, yupqa kolbasa bo'laklari va qarsillagan qatlama xamir. Bu usti yopiq pirogga o'xshash pitsa . Yupqa va mayin, mazali asos bilan boyitilgan mana bunday pitsani albatta tayyorlab ko'rish kerak. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
An'anaviy qatlama xamirdan go'shtli somsa tayyorlash usuli. Ishtahaochar iforlar va qarsillagan xamirning qaymoqli nachinka bilan uyg'unligi barchani bir ko'rida o'ziga jalb qiladi. Bu somsaning ajralib turadigan xususiyati β ajoyib shaklidadir. Pishirish jarayonida patnis aylantirilishi sababli, somsa suvliroq va boshqacha shirin bo'lib pishadi. Xamir juda tez tayyorlanadi, juda lazzatli va uqalanib ketadigan bo'lib pishadi, go'shtli nachinkasi esa barchaga yoqadi. Tayyor xamirdan tayyorlanadigan somsa pishirishning tezkor usuli bilan tanishing. Og'izda erib ketuvchi go'sht va bedana tuxumi qo'shilgan chiroyli somsa . Bu somsaning og'izda eriydigan yumshoq xamirdan tayyorlangani, xushbo'y asosi va antiqa ko'rinishi bayram dasturxoningiz ko'rkiga ko'rk bag'ishlaydi. To'rtta bir-biriga yopishtirilgan go'shtli issiqqina Andijon somsalari . Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Xushbo'y sitrusli choy β kayfiyatingizni ko'tarib, tanani kerakli vitaminlar bilan ta'minlaydi. Kayfiyatni ko'taruvchi ajoyib ichimlik . Bu ichimlik ko'pgina vitamin va minerallarga boy bo'lib, chanqoqni qondiradi. Anorli choy immunitetni ko'taruvchi ajoyib ichimlik hisoblanadi. Shamollash mavsumida zanjabilli choy iste'mol qilish ayni muddao. Oshqovoqli latte β chinakam kuzgi ichimlik bo'lib, oshqovoqli pyure va xushbo'y ziravorlar qo'shib tayyorlanadi. Marshmellou, shokolad va qaymoq bilan kakao nihoyatda mazali aralashma hosil qiladi. Nafaqat qizdiruvchi, balki kayfiyatni ham ko'taruvchi ichimliklardan bahramand bo'lishga nima yetsin. Issiq shokolad ish faoliyatini yaxshilaydi, miyani yaxshi ishlashini ta'minlab, xotirani mustahkamlashga yordam beradi. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
O'zbekistonda kuzning butun tarovatiyu go'zalligi endi β daraxtlar xilma-xil tuslarda tovlanishga kirishgach ochila boshladi. "Gazeta.uz" fotomuxbirlari mamlakat bo'ylab sayohatlari davomida kuz manzaralarini suratlarga muhrladi. Qariyb 2 yildan beri "Gazeta.uz"da faoliyat yuritayotgan Madina har faslni o'zgacha ko'radi ( kuz , qish , bahor ) va his qila oladi. Uning suratlari har doim hissiyotlarni junbishga keltira oladi. Madina bu safar kuzga ko'proq detallar orqali nazar tashlagani seziladi (2022-yilgi suratlar β bu yerda ). "Kuz kirib kelganini oyoqlaringiz ostidagi yaproqlar shitir-shitiri, qahvaning betakror hidi, odamlar qo'lidagi yomg'irpo'shlar, bozor rastalaridagi kuz xosillari orqali his qilishingiz mumkin. Goh-gohida yog'ib o'tadigan yomg'ir esa poytaxt peyzajini yanada go'zallashtiradi. Go'yoki, yomg'ir tomchilari tovushi kuzni e'tirof etib, kuylayotgandek bo'ladi. Bu faslni fotograf surat orqali kadrga muhrlash bilangina cheklanadi. Bu xuddi bepoyon tabiatning manzarasini 3:2 formatdagi ramkaga solishga o'xshaydi. Aslida, fasllar orqali ko'ra olish mumkin bo'lgan go'zallik chek-chegarasizdir", β deydi Madina A'zam. Madina bir necha kun avval Navoiy viloyatidagi Sentob qishlog'ida ham bo'ldi. Shohruh 1 yildan ortiq vaqt davomida nafaqat yangiliklar tayyorlash, balki fotomuxbirlikda ham uncha-munchasidan qolishmasligini isbotlay oldi. U o'z suratlariga Toshkent ko'chalari, shuningdek, Botanika bog'idagi fasl almashinuvini muhrlagan. Shohruh suratlarni ko'proq telefoni yordamida oladi, shunga qaramay, suratlar professional fotokamera tasviridek e'tiborga molik chiqadi. "Kuz fotografiya ihlosmandlari uchun chinakam ijod davri. Bu paytdagi rang-barang tabiat va tiniq havo suratlarning jozibador chiqishiga katta yordam beradi. Havo sovib borishi kayfiyatni biroz tushirsada, kun yakunidagi quyosh botishi uni yuvib ketadi. Umuman olganda, kuz yoqimli fasllardan biri. Aytgancha, sentabrda tug'ilgan kunimni nishonlashim uchun ham ushbu fasl esda qolarli o'tadi", β deydi Shohruh haydarov. "Gazeta.uz" jamoasining foto bo'yicha "og'ir artilleriyasi", rasmlarni "gapirtirib" yuboradigan Yevgeniy Sorochin bu safar Toshkent va Samarqanddagi kuz atmosferasini tasvirlashga harakat qilgan (2022-yilgi suratlar β bu yerda ). "Kuz yilning salqin davri bo'lsa-da, kuzimizning turli xil ranglari meni doimo isitib kelgan. Mening hayotimdagi kuz juda ko'p muhim voqealarga boy, bu voqealarning har biri quyoshning iliqligi va nuri bilan chambarchas bog'liq, men ularning barchasini sanab o'tolmayman, chunki fikrlarimni so'zlar orqali ifoda etishga qizg'anchiqroqman. Menga hislarim va o'ylarimni fotosuratlar orqali yetkazish ko'proq yoqadi. Detallarga ko'proq e'tibor bering, dunyoga umumiy ko'z bilan qaramang, har joyda tasavvurga sig'dirish qiyin bo'lgan jihatlar bor", β deydi Yevgeniy Sorochin. Suratlar haqidagi shaxsiy fikrlaringizni izohda yozib qoldiring. | advice |
Toshkentda NeUyat festivali boshlandi. Zo'ravonlikka qarshi Nemolchi.uz loyihasi ikkinchi marta o'tkazayotgan galereya 139 Documentary Center markazida tashkil etildi. Uni o'tkazishdan maqsad: jinsiy zo'ravonlik kabi hodisalar atrofida sukunat va uyat madaniyatini yo'q qilishdir. "Bizning jamiyatimizda jinsiy zo'ravonlikni yashirish, unga duchor bo'lganlarning dardini qadrsizlantirish uchun javobgarlikni ularning o'ziga yuklab qo'yish odat tusiga kirgan: noto'g'ri kiyindim, shu harakatim noto'g'ri, bu vaqtda bu yerda bo'lishim kerak emasdi. Bir-birimizni qo'llab-quvvatlash va himoya qilish emas, uyalish va sharmandalik hissi bilan qarash odat tusiga kirgan", β deydi Nemolchi.uz loyihasi koordinatori Nigina Xudaybergenova. Festivalning ochilish marosimida, avvalgisi kabi, NeUyat ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unga o'z ijodini namoyish qilgan 13 rassom uchun bu nafaqat jinsiy zo'ravonlik muammosiga o'z munosabatini bildirish, balki o'tmishda shu kabi holatlarga duch kelgan yoki hozirgi paytda boshdan kechirayotganlarni qo'llab-quvvatlashga urinishdir. Ekspozitsiyaning asosiy rangi β yorqin pushti. Uning yordami bilan ko'rgazma ishtirokchilari o'zlari aytayotgan hodisa jamiyatning bir qismi tomonidan ijtimoiy me'yor sifatida qabul qilinishini ta'kidlaydi: "Hamma shunday yashayapti-ku!" kabi. Kuch va qudratga tayaniladigan dunyoda zaifroq holatda bo'lgan yosh bolalar, o'smirlar, ayollar, qariyalarni qo'llab-quvvatlashdan ko'ra, agressorlarning xatti-harakatini oqlaydigan so'zlar ko'proq yangraydi. Ular bunday munosabatni tashqi ko'rinishi, nigohi, hxatti-harakati va ba'zida hattoki shunchaki mavjudligi bilan qo'zg'atishadi. Asarlar yorug'likni yaxshi aks ettiruvchi oq devorlarga joylangan. Bu ekspozitsiyaga farovonlik va "normallik" effektini berib, xayolan san'at asarlarini yaqinroqdan his qilishga yordam beradi. Ular orasida rassom Anita Turajanova yaratgan "Kis-Kis-Kis" seriyasidan o'rin olgan 3 ta "Shirin", "Qizaloq" va "Jo'jacha" nomli uchta yorqin, kulgili ayol portretlari bor. Bu ketkolling β "beozorgina" hushtak chalishdan tortib, ayollarning shaxsiy chegaralarini ko'pincha shahvoniy, tahdidli yoki masxaralovchi fikrlarni aytib buzish aks etgan illyustratsiya edi. Qahramonlarning atayin bema'ni tarzda keltirilgan obrazlari orqali muallif epitetlar "mehrli" tarzda aytilmaganda ayollar boshdan kechiradigan "noqulaylik va bema'nilik tuyg'ularni" aks ettiradi. Jinsiy zo'ravonlikka uchraganlar jismoniy yo'qotish xavfi β o'z tanasining hissi, uning chegaralari bilan kurashishlari kerak. Rassom Sitora Brejneva o'zining "qalb parchalari" asarida bu mavzu haqida fikr yuritadi. Uning qahramoni β hayotida sodir bo'lgan zo'ravonlikdan keyin o'zini tom ma'noda bo'laklar ajralib ketadigan ayoldir. Rassom Zilola Qodirova ayollarni obyektivlashtirish orqali jismoniylikning yo'qolishiga ahamiyat qaratgan. Bu orqali ular huquqlari jihatida kursiga tenglashtirilgan va ularning roli faqat xizmat qilish funksiyasini bajarishga olib kelingan. Go'yoki ayol jinsidagi predmetlar kundalik yumushlarni bajarib, o'zlarining xo'jayinlari miyasida reklama, kino, internet-kouchlar, yaqinlar shakllantiradigan shahvoniy obrazlar yordamida vujudga kelgan idealga intilishlari kerak. Fojia shundaki, odam o'zining mukammal versiyasiga aylanishga urinishi o'z-o'zini yo'q qilishga olib keladi. "Jamiyatda biz bo'lishni istaydigan ayollar va biz hozir ko'rib turgan ayollar β bu mutlaqo bir-biriga qarama-qarshi ikkita tasvirlardir", β deydi ko'rgazma tashkilotchilaridan biri bo'lgan Nigina Xudaybergenova. Ko'rgazmada yozuv va intallyatsiyadan tashqari videotasvirlar hamda qisqa animatsion filmlar taqdim etiladi. Asarlar ikki: o'zbek va rus tillarida taqdim etiladi. NeUyat β ko'p tarmoqli festival hisoblanadi. Ko'rgazmada "Travma orqali terapiya tajribasi. Jahannamdan do'zax orqali chiqish yo'li" real hikoyasi tahlil qilingan interaktiv ma'ruzani (17-noyabr), "Jamiyatdagi jinsiy zo'ravonlikning aniq bo'lmagan oqibatlari va uni qanday davolash mumkinligi" (18-noyabr) va "Yil davomida jinsga asoslangan zo'ravonlik bilan bog'liq vaziyat qanday o'zgardi?" (25-noyabr) kabi ma'ruzalarni ham ko'rish mumkin. Yaqinda 139 Documentary Center`da (11-noyabr kuni) "istak" filmini tomosha qilish mumkin. Festival tadbirlariga kirish bepul. "Biz barchadan tabu va zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashishni, jinsiy zo'ravonlikni boshdan kechirganlarga emas, uni sodir etgan shaxsga uyat hissi bilan qarash madaniyatini targ'ib qilishni kutmoqdamiz", β deya ta'kidladi Nigina Xudaybergenova. NeUyat ko'rgazmasi 26-noyabrgacha davom etadi. Unga seshanbadan yakshanbagacha soat 11:00 dan 19:00 oralig'ida borish mumkin. | advice |
Uni tayyorlash oson, qolaversa sho'rva foydali oshqovoq va ziravorlar ta'miga boy. Burma β qirim tatarlarining an'anaviy taomi bo'lib, u xamirga o'raladi va pechda pishiriladi. Yorqin, mayin va kuzgi tvorog qovoqli zebra , hatto qovoqni yaxshi ko'rmaydiganlarga ham yoqishi aniq. Oshqovoqli latte β chinakam kuzgi ichimlik, u oshqovoqli pyure va xushbo'y ziravorlar qo'shib tayyorlanadi. Bu an'anaviy amerikancha qovoqli pirogni odatda Amerikada Shukronalik kunida, ayni kuz mavsumida tayyorlashadi. Tarkibida ko'p miqdorda ko'kat va qovoq borligi uchun salat ta'mi va tashqi ko'rinishi juda yorqin. Jarkop pishish jarayonida qovoq ta'mi va iforiga to'yinadi va yanada mazaliroq bo'ladi. Tayyor qatlama xamirdan tez va oson tayyorlanadigan qovoqli gulsimon somsalar . Juda ham mayin, yumshoq, va xushbo'y pechene . Yana ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15 | advice |
Mayin va yoqimli, qaymoqli ta'm va limon iforli shirinlik . Ko'rinishi ham chiroyli. Mayin, havodor, biroz nordon limonli muss-chizkeyk . Mayin, yumshoq, xushbo'y, malinali murabbo qo'shilgan limonli kekslar . Bu mayin va xushbo'y shirinlik , ayniqsa, limonli pishiriqlarni yaxshi ko'radiganlarga yoqishi aniq. Limon sharbati va urvog'i qo'shilgan, mayin va shirin keks . Malina mevalari, limon sharbati va urvog'i qo'shilgan yumshoq va mayin pechenye . Ushbu pechenyelar ajoyib limon ta'miga ega, xushbo'y shokoladli glazurga belangan, asos usti qarsildoq bo'lib pishadi. Limonli tvorojnik β uyda tayyorlash mumkin bo'lgan eng mayin va yoqimli ta'mli shirinliklardan biridir. Bu limonning nordongina ta'mi bilan juda ham mazali chiqadigan pishiriq . Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Sabzi solib tay]rlangan foydali va xushbo'y pishiriq . Suvli va yorqin rangli sabzi pishiriqni lazzatli va yorqin qiladi. Pirog nihoyatda yumshoq, nafis va xushbo'y bo'lib pishadi. Xandon pista va yong'oq solib pishirilgan ajoyib sabzili keks . Sabzili pechenye β oson tayyorlanadigan lazzatli pishiriq. Bunday keks quruq bo'lib pishmay, balki mayin va yumshoqina bo'lib chiqadi. Qizil sabzidan tayyorlangan keks Π½ΠΈΠ½Π³ ko'rinishi ham, ta'mi ham yoqimli. Mayin kremli xushta'm sabzili tort sizning qomatingizga ortiqcha vazn qo'shmaydi, negaki uning kaloriyasi kam va glyutendan holi. Bu pirog nafaqat mazali, balki qizil sabzi qo'shilganligi sabab ham juda foydali hisoblanadi. Oddiy masalliqlardan, ayniqsa qizil sabzidan nihoyatda mazali pishiriq tayyorlasa bo'ladi. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Olchali shokoladli tort β barcha sevadigan klassika. Uqalanib ketadigan xamirdan juda mazali qaynatilgan kremli pirog tayyorlasa bo'ladi. Brauni β usti biroz qarsillagan, o'rtasi yumshoq cho'ziluvchan, shokoladli ta'mga ega mashhur amerikancha shirinlik. Klassik San-Sebastyan chizkeykining shokoladli turi. Juda mazali va yumshoq β qora shokolad bilan qoplangan dolchin va shokoladli bulochkalar . Har bir uy bekasining muzlatgichida mavjud bo'lgan, oddiy masalliqlardan tayyorlanadigan xushbo'y shokoladli keks . Ichida shokolad bo'lakchalari yashiringan ajoyib va mazali shokoladli mannik . Shokoladli krem solib pishiriladigan mashhur tort . Fondan β bu ajoyib shirinlik bo'lib, bir qarashdayoq ishtahani qitiqlab yuborishi hech gap emas. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Kartoshka va xushbo'y ziravorlar bilan pechda pishirilgan mol go'shti β to'yimli va sersuv taom. Pechda pishirilgan tovuq juda xushbo'y va suvli bo'lib pishadi, limon bo'laklari esa go'shtga biroz nordon ta'm beradi. Kartoshka pyure bilan gulyash β oddiy masalliqlardan tayyorlanadigan to'yimli va oson taom. Mazali va ishtahaochar taom "Shkmeruli" β qaymoqli qayla ostidagi, usti qizarib pishgan qatlamga ega lazzatli tovuq go'shti. Go'shtli kish β Bu pirog tushlik uchun to'yimli va ishtahaochar taom bo'ladi. Vellington mol go'shti β bu mayin, yumshoq qilib pishirilgan mol go'shtining bon-file qismi bo'lib, uning yoniga xushbo'y qo'ziqorin va ziravorlar qo'shilgan bo'ladi. Burrito β turli xil nachinka solib bug'doy unidan yumshoq chalpak ichiga o'ralgan meksikancha taomdir. Qaymoq va pishloqli qayla ostida sabzavotlar va ziravorlar bilan dimlangan mayin tovuq filesi. Qozoqcha "Jayma" β uning asosiga xamirdan trubochkalar tayyorlab, go'shtli dimlama pishiriladi. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Yumshoq, mayin va uqalanib ketadigan qahva ta'mini baxsh etuvchi xushbo'y pechenye . Pechenyening tashqi ko'rinishi boyqush ko'zlariga, ustidagi yong'oqli beze qatlami esa qushning patlarini eslatib yuboradi. Kefir asosida tayyorlangan xushbo'y dolchinli pechenye β barchaga yoqadigan pishiriq. Ajoyib pishloqli pechenye shakarsiz pishiriqlarni sevuvchi barchaga yoqadi. Bodomli qumoq pechenye uqalanib ketadigan va og'izda eriydigan bo'lib pishadi. Yalpizli ajoyib pechenye β nafaqat rangi chiroyli, balki mazali va xushbo'y pishiriq hisoblanadi. Pechenye mayin va uqalanib ketadigan bo'lib, bir piyola choy yoki sut bilan ajoyib uyg'unlik kashf etadi. Shekerpare β qiyom bilan qoplangan turkcha pishiriq. Oson va tez tayyorlanadigan shokoladli "Brauni" pechenyesi . Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Yorqin ta'm va ajoyib uyg'unlikka ega bu chiroyli salat Yangi yil dasturxonining bezagi bo'ladi. Sabzavotlar bilan oson salat tayyorlash mumkin, qovurilgan tovuq esa unga ajoib ta'm va to'yimlilik qo'shadi. "Mimoza" salati bayram dasturxonimizda doim alohida o'ringa ega. Kolbasa va yashil no'xatli klassik olivye salati β tez va oson tayyorlanadi. Lazzatli, to'yimli, foydali, yengil va tez tayyorlanadigan konservalangan tunets balig'i, sabzavotlar va zaytun qo'shilgan salat . Shirin nok, yong'oq, pishloq, ko'kat va qovurilgan steyk ta'mlari uyg'unlashgan muxtasham salat . Dudlangan tovuq filesi va koreys sabzisi qo'shilgan salat tez va oson tayyor bo'ladi, ko'rinishi esa juda chiroyli va bayramona. Shuba ostidagi seld balig'i salatining ajoyib ko'rinishi. Bunday salatni aylana shaklda tayyorlasangiz, undagi barcha qavatlar ko'rinib, yanada ishtahaochar bo'ladi. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Yorqin ta'm va ajoyib uyg'unlikka ega chiroyli salat Yangi yil dasturxonining bezagi bo'ladi. Salat oddiy va hamyonbop masalliqlardan tayyorlanib, mazali va to'yimli bo'ladi. Bunday salatni aylana shaklda tayyorlasangiz, undagi barcha qavatlar ko'rinib, yanada ishtahaochar bo'ladi. Vellington taomi β ilk bor Buyuk Britaniyada pishirilgan ishtahaochar va juda mazali bayram taomi hisoblanadi. Gaz pechida qizarib pishgan kurka go'shti bayramona taom uchun ajoyib tanlov. Quyidagi retsept asosida pishiriladigan tovuq juda ham yumshoq, sersuv va dimog'ingizni qitiqlab yuboradigan darajada xushbo'y chiqadi. Yumshoq va xushbo'y, glazur bilan bezatilgan zanjabilli pryaniklar . Π‘Π»ΠΎΠΉΠΊΠ°Π»Π°Ρ Π½ΠΈ tayyorlash juda oson, uning shakli va ta'mi bolalarga juda yoqadi. Mayin va uqalanib ketadigan yangi yil pechenesi barchani bayram arafasida hursand qiladi. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar ni ko'pchilik sevib iste'mol qiladi. Bunday g'ayrioddiy frikadelkalarning siri uning maxsus qaylasidadir. Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma niΠ½Π³ mazasi zo'r, u bemalol to'yimli tushlik yoki kechki taom bo'la oladi. Teftellar yoki "go'shtli tipratikanchalar"ni juda mazali va to'yimli taom deyish mumkin, ularni tayyorlash jarayoni esa faqatgina zavq bag'ishlaydi. Bu taom italyan oshxonasiga mansub bo'lib, frikadelkalarga parmezan pishlog'i solinadi va pomidorli qayla bilan birga dasturxonga tortiladi. Qaymoq va pishloqli qaylada pishirilgan teftellar mazali taom bo'libgina qolmasdan, balki juda foydali hamdir. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Tovuq go'shti va makkajo'xoridan ajoyib sho'rva . Bunday frikadelkali sho'rva taomnomangizni boyitadi. U ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalaydi. Sho'rva oldiga qo'shimcha qilib, nonni sarimsoqpiyoz bilan birga quritib olib tortishingiz ham mumkin. Xushbo'y, to'yimli va hil-hil qaynab pishgan "xarcho" sho'rvasi. Frikadelka va loviya solib pishirilgan mana bunday sho'rva sovuq kunlarda organizmga juda xush yoqadi. Ushbu sho'rva qo'y go'shti, sersuv sabzavotlar va xushbo'y ziravorlardan tayyorlangan. Ushbu xushbo'y sho'rva limon bo'lagi bilan dasturxonga tortiladi, limonni sho'rvaga siqib solib iste'mol qilish kerak. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda qish mavsumi uchun sabzavotli salatlar retseptlarini havola etadi. Qovoqchali ikra , baqlajonli opasidan yanada mayin, va xuddi unga o'xshab mazzali. Baqlajon va qizil bulg'or qalampirlaridan tayyorlanadigan qaylamiz , quyuq bo'lib, go'shtli taomlar bilan iste'mol qilishga juda yaxshi. Lecho β yorqin ko'rinishga ega, yozda pishadigan barcha mazali sabzavotlarni o'zida mujassam etgan yegulik. Bu ajoyib salatda baqlajon va pomidorlarning uyg'unligi ajoyib ta'mni kasb etadi. Muzlatilgan sabzavotlar qish faslida mazali taomlardan bahramand bo'lish uchun ajoyib yordam bo'ladi. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda lavash tayyorlashni istovchilar uchun turfa xil taom va salatlar retseptlarini havola etadi. Bu usul bo'yicha tayyorlangan lavashli burrito , mazali, to'la nachinkali ega bo'lib pishadi. Sigara borek β bu yupqa xamirdan tayyorlangan qarsildoq turkcha ruletlar. Bu ruletchalarni ketchup yoki xohlagan sous bilan birga dasturxonga tortishingiz mumkin. Tez tayyorlanadigan, shu bilan birga mazali gazak β lavash va pishloqdan qilingan ajoyib chipslarni tayyorlab ko'ring. Bu pishiriq uchun tvorogli pishloq, suzma yoki oddiy tvorogdan foydalanish mumkin. Xamirli taomlardan iste'mol qilishni istasangizu, lekin xamir qorishga xohishingiz bo'lmasa, unda bizning retsept asosida tayyor lavashdan xonim pishirib ko'ring. Pishloq solib pishirilgan lavash β nonushta yoki shunchaki iste'mol qilishga tayyorlash mumkin bo'lgan eng tezpishar yeguliklardan biridir. Beyti kebab β o'zining ko'rinishi bilan ishtahani qitiqlaydigan, bir mata ta'tib ko'rgandan so'ng undan yana va yana iste'mol qilging kelaveradigan turkcha taomlardan biridir. Mayin ta'mli va qomatga ziyon yetkazmaydigan bu shirinlik har qanday kishiga yoqishi aniq. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda tez va oson tayyorlanadigan turli xil mazali taom va shirinliklarning retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bu yeguliklarni tayyorlash qiyinchilik tug'dirmagani uchun ham ularni "dangasa" taomlar deyish mumkin. Ushbu pirojkalar xamirturushsiz va juda yumshoq, xushbo'y, mazali va, eng muhimi, zararli emas. Bunday xonim oddiy masalliqlardan tayyorlanib, tugilish usuli siz uchun noodatiy bo'lishi aniq. "Dangasa" chuchvaralar oddiy chuchvaralardan qolishmaydi, e'tiborlisi, bu oddiysidan ikki baravar tez tayyor bo'ladi. Bunday usulda pishirilgan taomning qanchalik mazali ekaniga balki sizni ishontirish qiyindir, ammo bir marotaba tayyorlab ko'rish kifoya. Bu taom juda chiroyli, bayramona va ishtahaochar ko'rinishga ega bo'lib, tez tayyorlanadi. Bu taom bekorga "dangasa" deb atalmaydi, chunki kerakli masalliqlar idishga solinsa bo'ldi. Taomning o'zi maromiga yetib pishadi. Tayyor xamirdan "Napoleon" nafaqat chiroyli, balki juda mazalidir. Qaynatilgan krem miqdori ko'pligi uni juda mayin ta'mli va shirin qiladi. Ushbu asalli tortni tayyorlash oson, shuning uchun uni dangasa deb atashadi. Uning afzalligi ham tez tayyorlanishidadir. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda o'zbek oshxonasiga hali to'liq kirib bormagan avokado mevasi solib tayyorlangan salat va boshqa yeguliklar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Meva etida ko'plab vitamin va minerallar mavjudligi uchun ham qadrlanadi. Mazali va yengil "Yashil ma'buda" salati , ayniqsa, qomati haqida qayg'uradiganlarga juda yoqadi. Foydali va to'yimli avokado va tuxumli tostlar nonushta uchun ajoyib tanlov bo'lib, sizga butun kunga yetarli energiya beradi. Tayyorlash usuli tez va oson, sabzavotlar va krevetkadan oson tayyorlanadigan yaxna salat . Guakamole β avokado va limonning mayin ta'mi va biroz achchiq mazasi uyg'unligi mahsuli. Ikki non bo'lagi o'rtasida β mayin avokado, ko'kat va xushbo'y limonli to'yimli nachinka . Agar roll o'ragani vaqtingiz bo'lmasa yoki erinsangiz, biz tez "Filadelfiya" rollari tayyorlash usulini taqdim etamiz. Guruch, baliq va sabzavotli boul β qiziqarli ta'mlarni sevuvchilar uchun ajoyib tanlov. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
O'zbekistonda 22-avgust kuni davlat oliy ta'lim muassasa (OTM)lariga qabul uchun yakuniy test natijalari e'lon qilindi . Bundan bir hafta avval esa hukumat talabalarni yotoqxonalar (talabalar turar joylari β TTJlar)ga joylashtirish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlagandi . Unga ko'ra, talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun yo'llanmalar dastlab imtiyozli (yotoqxonaga joylashishda ustuvorligi bor talabalar) ro'yxat, so'ng umumiy ro'yxatdagi navbat bo'yicha avtomatik shakllantiriladi. Talabalarning quyidagi toifalariga yotoqxonaga joylashishda ustuvorlik beriladi: Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalarini TTJga joylashtirish an'anaviy tarzda amalga oshiriladi: bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustgacha topshirilishi kerak (kelgusi o'quv yilidan arizalarni onlayn topshirish imkoniyati paydo bo'ladi). Hozircha faqat 1-kurs talabalari Davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona portal ( my.gov.uz ) orqali bepul elektron ariza berish yo'li bilan TTJga joylashishi mumkin. "Gazeta.uz" 2023-yilda talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish bo'yicha Yagona portal (my.gov.uz) orqali ariza yuborish qo'llanmasini taqdim etadi. Dastlab my.gov.uz portaliga kiriladi. Ushbu portalda avval ro'yxatdan o'tilgan bo'lsa, ekranning chap yuqori qismidagi "Kirish", ro'yxatdan o'tilmagan bo'lsa, "Ro'yxatdan o'tish" tugmasi bosiladi. My.gov.uz portali xizmatlaridan foydalanish uchun OneID tizimida ro'yxatdan o'tish kerak, bu tizimda ro'yxatdan o'tish bo'yicha qo'llanma bilan bu yerda tanishish mumkin. Avval ro'yxatdan o'tilgan bo'lsa, belgilangan joyga login va parol yozilib, "Kirish" tugmasi bosiladi va avtorizatsiyadan o'tiladi. Agar login yoki parol unutilgan bo'lsa, "Login yoki parol yodingizdan chiqdimi?" havolasini bosib, ma'lumotlarni tiklab olish mumkin. Bu yerda OneID tizimdagi login va parolni qayta tiklash bo'yicha qo'llanma mavjud. Avtorizatsiyadan so'ng shaxsiy kabinetga o'tiladi. "Sohalar" bo'limidan "Ta'lim" bloki tanlanadi. Navbatdagi oynaning qidiruviga "Talabalar" kalit so'zi yoziladi va tizim tavsiya qilgan takliflar orasidan "Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)" bandi tanlanadi. Xizmatdan foydalanish uchun biror-bir hujjatni taqdim etish shart emas, xizmat bepul va avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosish kerak. Oynada talabalikka tavsiya etilgan fuqaroning shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR) avtomatik tarzda chiqadi. Ommaviy oferta bilan tanishib chiqish kerak. Unda, jumladan, quyidagilar ko'rsatib o'tilgan: Ariza beruvchi yo'llanma shakllangandan so'ng 10 ish kuni mobaynida OTM bilan shartnoma tuzmasa yoki TTJ uchun dastlabki oylik to'lovni to'lamagan taqdirda, yo'llanma bekor qilinadi. "Keyingisi" tugmasini bosish orqali Ommaviy oferta talablari qabul qilinadi va ikkinchi qadam β "Arizachi haqida ma'lumot" qismiga o'tiladi. Ushbu oynada arizachining ism-familiyasi, ro'yxatdan o'tgan manzili va qabul qilingan ta'lim muassasasi bazaviy ma'lumotlardan kelib chiqib avtomatik paydo bo'ladi. "Doimiy ro'yxatdan o'tgan hudud", "Doimiy ro'yxatdan o'tgan tuman" ma'lumotlari kiritilgach, "Ta'lim shartnoma asosida o'qiyotgan aka-uka va opa-singlingiz mavjudmi yoki ota-onangiz "Temir daftar", "Ayollar daftari"da ro'yxatda turadimi?" degan savolga javob berish kerak. Agar yo'q bo'lsa, shu nomdagi variant belgilanib, "Yuborish" tugmasi bosiladi. Agar ko'rsatilgan savolga "Ha" javobi belgilansa, so'ralgan ijtimoiy toifa bilan ariza beruvchining qarindoshlik darajasi, qarindoshining JSHSHIR ma'lumotlari, imtiyozlardan biri tanlanadi va "Yuborish" tugmasi bosiladi. Shundan so'ng to'ldirilgan barcha ma'lumotlar bir oynada paydo bo'ladi. Xatoliklarning oldini olish uchun ma'lumotlarni yuborishdan avval yana bir bor tekshirib ko'rish lozim. Biror xatolik aniqlansa, "Orqaga", bo'lmasa, "Yuborish" tugmasi bosiladi. Yakunda "Amallar xronologiyasi" paydo bo'ladi. Uni PDF formatda yuklab olish ham mumkin. Ariza holati to'g'risidagi ma'lumotlar zarg'aldoq rangdagi katakchada yangilanib turadi (masalan, quyidagi skrinshotdagi arizaning holati β yangi). Buning uchun ariza topshirish jarayonidagi dastlabki bir nechta harakatlar takrorlanadi. Login va parolni kiritib, My.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetga kirish kerak. Avtorizatsiyadan so'ng portal sahifalarining yuqori qismida "Foydalanuvchi menyusi" paydo bo'ladi β u yerdan "Mening arizalarim" bandini tanlash kerak. "Mening arizalarim" sahifasida berilgan arizalarning holatini ko'rish mumkin. Masalan, quyidagi skrinshotda 1-kurs talabasining yotoqxonaga joylashish bo'yicha arizasining holati β "Jarayonda". Yagona portaldagi ushbu xizmat 30-avgustdan so'ng β arizalar topshirish jarayoni yakunlangach ishga tushadi. Mazkur xizmat orqali ariza beruvchilar talabalar turar joyidagi navbatlarini tekshirib turishi mumkin. Buning uchun yana My.gov.uz portaliga kirib, avtorizatsiyadan o'tiladi. Shaxsiy kabinetda "Ta'lim" bo'limi tanlanadi. Ochilgan sahifaning qidiruv qismiga "talabalar" kalit so'zi kiritiladi va qidiruv tizimi taklif qilgan xizmatlar orasidan "Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish (1-kurs talabalari uchun)" tanlanadi. Oynaning pastki qismida xizmatdan foydalanish statistikasi bilan tanishish mumkin. Masalan, 23-avgust soat 23:22 holatiga ko'ra, 1745 ta ariza topshirilgan. Xizmatdan foydalanish uchun yuqori chap tarafdagi "Xizmatdan foydalanish" tugmasi bosiladi. Ushbu oynada ariza beruvchining shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR) avtomatik tarzda chiqadi. To'ldirilishi majburiy bo'lgan himoya kodi qatoridagi arifmetik amalni bajarib, "Tekshirish" tugmasi bosiladi. Ushbu tekshiruv 23-avgustda, ya'ni hali arizalar qabul qilish yakunmagan vaqtda amalga oshirilgani uchun oynada "Ushbu so'rov uchun navbat shakllanmagan" yozuvi paydo bo'ldi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan "Gazeta.uz"ga ma'lum qilishlaricha, 30-avgustdan so'ng "Tekshirish" tugmasi bosilgach, ushbu qismda biror raqam chiqsa, bu ariza beruvchining arizasi qabul qilinganini anglatadi va ko'rsatilgan raqam u qabul qilingan OTMdagi imtiyoz kategoriyasidan kelib chiqqan holda uning navbati nechanchi ekanini ko'rsatadi. Masalan, tizim ariza beruvchiga 350-raqamini ko'rsatsa, demak, undan yuqorida turgan 349 kishi yotoqxona bilan ta'minlanishi bilan 350-o'rindagi talaba bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari aloqaga chiqadi, kerakli ma'lumotlarni taqdim etadi, turar joy bo'yicha kelishuvlarni tushuntiradi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi "Yoshlar siyosati ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar" bo'limi boshlig'i Salohiddin Salohovning "Gazeta.uz"ga ma'lum qilishicha, ariza topshirish 30-avgustgacha davom etadi, arizalar haqidagi ma'lumotlar 4-sentabrgacha bazaga yuklanadi. "Tizim birinchi marta qo'llanayotgani bois hozir o'zimiz uchun ham sinov. Balki 30-avgustdayoq javob qaytarilar yoki yana bir-ikki kunga cho'zilar. Lekin arizalar qabul qilingan-qilinmagani 4-sentabrgacha aniq bo'ladi. Da'vogarlarga SMS xabarnomalar jo'natiladi, qolaversa, ariza beruvchilar Yagona portaldagi shaxsiy kabinetlari orqali ham bu haqda bilib olishlari mumkin", β deydi mutaxassis. Uning ta'kidlashicha, talabalarni yotoqxona bilan ta'minlash ikki bosqichli tanlov asosida amalga oshiriladi. Vazirlik 22-avgustda talabalikka tavsiya etilgan barchaga yotoqxona uchun arizani 30-avgustga qadar My.gov.uz portali orqali onlayn yoki DXMda topshirish kerakligi haqida SMS xabarnoma yuborgan. Bu muddatda barcha imtiyozli toifalarning arizalari ustuvorlik bo'yicha ko'rib chiqilib, avtomatik ravishda qabul qilinadi va shu bilan tanlovning birinchi bosqichi yakunlanadi. "Hamma ham ulgurmasligi mumkin: kimdadir internetdan, kimdadir telefondan muammo bo'lsa, yana boshqa birov ko'rish imkoniyati cheklangani uchun bunday qurilmalardan umuman foydalanolmasligi mumkin. Kimlardir shunchaki ariza berish kerakligidan bexabar qoladi, SMSni o'qimaydi. sentabrda Davlat komissiyasi qarori bilan o'qishga qabul qilinadigan alohida toifalar, kontrakt pulini to'lanmaguncha buyrug'i chiqmaydiganlar uchun tanlovning ikkinchi bosqichi amalga oshiriladi. Shundan keyin kimdir kontraktini to'lamasligi, kimdir boshqa joyga ko'chib ketishi, kimdir ijaraga chiqib ketishi ortidan bo'shaydigan o'rinlar yana tanlovga qo'yilaveradi. Biz arizalarni topshirish sanasi ketma-ketligiga muvofiq yana qabul qilaveramiz. Talabalardan yotoqxona uchun ariza qabul qilish yil bo'yi to'xtamaydi ", β deydi Salohov. Mutaxassisning qayd etishicha, ikkinchi va undan yuqori kurslarning yashash joyi masalasi hal qilingan. Ariza topshirishda kechikkan yoki bergan arizasining javobi hali chiqmagan, yotoqxonadan joy berilishi noma'lum bo'lgan, boradigan joyi aniq bo'lmagan, o'qishning birinchi kunidan to'g'ri OTMga kelgan talabalarga ijara uylari tavsiya etiladi. "Shunda ham: "Yo'q, men yotoqxonada qolishim kerak", deb turib oladigan talabalar uchun OTMlarda yana qo'shimcha joylar tayyorlab qo'yilgan. Ular ariza javoblari chiqquncha bir-ikki kunga o'sha joylarga joylashib turishi mumkin. Arizalar javobi chiqqach, agar ariza bo'yicha yotoqxonadan joy ajratilgan bo'lsa β qoladi, yo'qsa, iloji yo'q, ijara uyi taklif qilamiz", β deya qo'shimcha qildi vazirlik vakili. | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali sendvichlar tayyorlash uchun turli retseptlarni taqdim qiladi. Ularning barchasini oson usulda uy sharoitida tayyorlash mumkin. Barcha fast fudlarda sotiladigan, mashhur tvister sendvichini uy sharoitida tayyorlash usuli. Tayyor kruassanlardan oson va tez sendvichlar . Tuxumli salat bilan to'ldirilgan sendvichlar o'zgacha ta'm va maza kasb etadi. Bunday yegulik juda tez tayyorlanib, ish va o'qishga olib borib yeyish uchun ham juda qulay. Oddiy sendvichlarni ham original ko'rinishda va noodatiy ta'mda tayyolash mumkin, ana shulardan biri sendvich-toblatmadir . Agar siz sog'lom turmush tarziga rioya qilsangiz, bu ajoyib nonsiz, bulg'or qalampiri asosidagi sendvich sizga albatta yoqadi. Ikki non bo'lagi o'rtasida β mayin avokado, ko'kat va xushbo'y limonli to'yimli nachinka. Qiziqarli tamaddi yoki nonushta uchun ajoyib tanlov . Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Bir yilda nechta kitob o'qiysiz? Kuningizning qancha qismini mutolaaga sarflaysiz? Xohlaganingizdan ko'ra kam, to'g'rimi? Ish-tashvishning tugamasligi yoki shunchaki hafsala, xohish yo'qligi bahona bunga. "Gazeta.uz" kitobxonlikni targ'ib etish, o'quvchini ko'p va xo'b o'qishga undash niyatida "Nima o'qiymiz?" savoli bilan olim, tadqiqotchi, jamoat faoli, yozuvchi-shoir, tarjimon va boshqalarga yuzlanadi, ularning yil davomida o'qigan yo o'qilishi shart deb sanagan kitoblari tavsiyasini sizga yetkazadi. Maqsad juda oddiy β kitobxon bo'laylik! "Nima o'qiymiz?" loyihasining navbatdagi mehmoni β "Zakovat" klubi magistri Saidkamol Abdurazzoqov . Mutolaa kerakligi fakt, buni hatto muhokama qilish ham shart emas. O'znetda inflyuyenserlar biror bir kitobni maqtaganini har kuni ko'rasiz (maqtovlar chin ko'ngildanmi yoki urf bo'lgani uchunmi, bunisi boshqa masala). O'zbekistonda hozir "kitob" deganda aynan qog'oz shakldagi kitob qadrini yuqoriroq qo'yish va uni boshqa har qanday, xususan, elektron shakldagi kitobdan afzalroq bilishga harakat qilinayotgandek. Balki adashayotgandirman. Men uchun asosiysi, u qanday shaklda bo'lishdan qat'iy nazar β kitobning mazmuni. To'g'ri, bosma kitobni o'qish qulayroq bo'lishi, bosma kitob qandaydir xotiralar va tuyg'ular berishi mumkindir. Yaqinda xorijda do'konlarga to'la ko'chadan o'tib borarkanman, kitob do'konining yonidan o'tayotganimda u yerdan chiqayotgan kitob hidi etimni junjitib yubordi. Lekin bularning barini asossiz bahona, deb hisoblayman: kitobning qog'ozli shaklini o'qishingizga yaxshi ko'rinishi va o'qilishi sabab bo'lsa, bu bor-yo'g'i siz uchun bir qulaylik. Boshqalarga boshqa vositalarning qulayligi afzal bo'lishi mumkin. Milliardlab pul sarflab qurilgan hayhotday kutubxonadagi minglab kitoblarning aksariyati cho'ntagingizdagi kichik bir gadjetga sig'sa, qanday ajoyib! Boz ustiga, elektron kitobda uning biror kerakli joyini topishga soniyalar ketadi. Bu qulayliklarni, ayniqsa, katta hajmdagi ma'lumotlar tezkor kerak bo'lsa, afsuski, qog'oz kitobda topish qiyin. Shaxsan o'zim bosma kitob o'qishni afzal ko'raman. Elektron kitoblarni samolyotdagina o'qiyman, chunki qog'oz kitob ko'p joy olishi mumkin. Men uchun qog'oz va elektron kitob bir xil, bularning bir-biridan farqi β o'quvchiga beradigan qulayliklarida. Audiokitobga kelsak, bu endi tamomila boshqa format. Qog'oz va elektron kitoblarda baribir mutolaa jarayoni bor β kitobni o'zingizga mos holatda, sur'atda va kayfiyatda o'qiysiz. Ya'ni, kitobni bir avtomobil deya tasavvur qilsak, uni o'zingizga mos darajada haydaysiz. Audiokitobda esa siz yo'lovchisiz, mutolaada yo'lovchi bo'lish esa, menimcha, noqulay. Maqsad faqat kitob o'qish (ma'lumot olish)ning o'zigina bo'lmay, bo'sh vaqtni ham o'tkazish bo'lsa, ehtimol, transportda, sport zalida va hokazo joylarda audiokitob qulay bo'lishi mumkin, ammo bunda kitob mazmunini hazm qilish qiyin bo'ladi, deb o'ylayman. Men uchun kitobni o'qishning o'zi kifoya emas, u haqida mutolaa jarayonidayoq fikrlayman, audiokitob esa menga bu imkoniyatni bermaydi. O'qishni nisbatan erta, 3 yoshimda o'rganganman. Uy to'la kitob β juda ko'p o'qirdim. Bir kitobni o'qib tugatmagunimcha, boshqasiga o'tmayman. Bir vaqtning o'zida bir necha kitob o'qishga harakat qilib ko'rgandim, moslasha olmadim. Badiiy asarlarni hozir ham sevaman, o'qimoqchi bo'lganlarim ham juda ko'p. Lekin vaqt kam. Nafaqat ish va oilaga vaqt ajratish, balki kasbiy mahoratni oshirish uchun kasbga, shaxsga doir asarlarni ham ko'proq mutolaa qilish kerak. Hozirgi zamon o'quvchisida badiiy asarlarni o'qishga vaqt kamroq qolayotgandek. Har holda, menda shunday. Chunki, kasbiy va shaxsiy rivojlanishga ustuvorlik berganman. Ammo badiiy adabiyot bolaligimdagi muhabbat bo'lib qalbimda turibdi. Badiiy adabiyotni o'qish nimaga kerak? Sabablari ko'p-ku, men o'zim uchun muhim hisoblaganlarimni qisqa keltirib o'taman. Bolalikda kitob o'qish fantaziyani, tasavvurni rivojlantiradi. Bola ko'rmagan narsalariyu insonlarni, bormagan joylarini tasavvur qiladi. Personajlar o'rniga o'zini va boshqalarni qo'yib ko'radi. Zamon, fan va texnika rivojlanishi, ixtirolar ro'y berishi uchun tasavvur va fantaziya zarur. Bola shu orqali tizimli fikrlashni boshlaydi. Badiiy kitoblarning aksariyati yaxshilikka, adolatga, go'zallikka, boringki, ezgu narsalarga targ'ib qiladi. Inson ulg'aygani sari pragmatik bo'lib boradi. Hayotning achchiq tajribasini totib ko'radi, yolg'onlarni ko'radi, diydasi qotib boradi va hokazo. Hattoki o'spirinlarning qalbiga ezgu fikrlar urug'ini ekishga kech bo'lishi mumkin. Bolalik esa beg'ubor. Bolalikning dunyosi bu unumdor va yumshoq yer. Bolalikda badiiy asarlarni ko'p o'qigan insonning qalbidan ezgulik joy olib bo'ladi. Keyinchalik, hayoti qanday bo'lishidan qat'iy nazar, uning qalbi yaxshilik bilan sug'orilgan bo'ladi. Shuning uchun, bolalarning badiiy asarlar o'qishi jamiyat uchun juda muhim. Qaysidir avlod bolalari badiiy asarlarni o'qimay qo'yishi fojiaga olib kelishi mumkin. Oxirgi o'qiganlarimdan Hans Roslingni "Factfulness" kitobi yoqdi. Statistika, zarurat tug'ilganida, yolg'on uchun qo'llaniladigan eng zo'r qurol, degan fikrga qo'shilaman. Bu kitob raqamlar to'g'ri tahlil qilinsa, yaxshilikka ham, yomonlikka ham ishlatilishi mumkinligiga ishonmaganlarga foyda bersa kerak. Aynan shu mavzuning davomi sifatida Nasim Π’Π°Π»Π΅Π± ning " Fooled by Randomness " asarini ham o'qishni boshlagandim, ammo kitob bosmasining sifati yoqmay tashlab qo'ydim (inson qancha ko'p komfortga o'rgansa, undan voz kechish shunchalik qiyin bo'larkan). Bu kitoblardan olinadigan xulosalaridan biri β hamma narsa ham aslida siz ko'rib turganingizdek emas. Birlamchi va birinchi fikr ko'p hollarda noto'g'ri bo'lishi mumkin, degan fikrni quvvatlaydigan kitoblar. Shunday ekan, nima qilmoq kerak? Aql yuritish lozim, ko'proq tanqidiy fikrlash kerak! Sotib olish . So'nggi vaqtlarda o'qigan tarixiy asarlarim orasida "Katta o'yin", shubhasiz, juda yoqdi. Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyalarining manfaatlari to'qnashuvini ifodalovchi bu termin bilan atalgan kitobni o'zbek tilida o'qish nasib qiladi, deb o'ylamagandim. Bu kitob O'zbekistonning bevosita tarixi hamdir. Kitobning tili, voqealar bayoni esa badiiy asarlar ixlosmandlariga ham ma'qul tushsa kerak. Bu asar mutolaasi katta avlod vakillari, ayniqsa, bolalikdan dunyo oq va qora ranglardan iborat degan tasavvurda katta qilingan, "biz oqmiz, boshqalar qora", degan fikr singdirilgan avlodga ham qiziq bo'ladi. Bir necha asr avval ham, hozir ham kichik bir qadam, kichik bir voqea ortida katta geosiyosiy o'yinlar turganini qiziqarli tarzda tushuntirib, yoritib bergan kitob, degan bo'lardim. Sotib olish . "Har bir ziyoli o'qishi shart", "Har bir o'zbek o'qishi shart" kabi shartli ro'yxatlarga hozirgi tushuncham bo'yicha qarshiman. Buni o'nlab yillar davomida chizilgan chiziqdan harakatlanishga, shablonlar ichida va yordamida yashashga majburlangan xalqlarning belgilaridan biri, deb hisoblayman. Masalan, omma orasida ziyolilar Lev Tolstoyning "Urush va tinchlik" asarini o'qib chiqqan bo'lishi shart, degan bir tasavvur bor. Tolstoy asarlarining hajmi juda katta ekani ma'lum. Lekin nima uchun uni barcha ziyolilar o'qishga majbur bo'lishi kerak? "Chto? Gde? Kogda?" intellektual o'yinining bir sonida taniqli rus bilimdonlarining ko'pchiligi ham bu asarni boshidan oxirigacha o'qib chiqmagani ma'lum bo'ldi. Har qanday insonning o'ziga yoqmayotgan badiiy kitobni o'qishni to'xtatishga yoki o'qimaslikka ma'naviy haqi bo'lishi kerak. Bundan tashqari, u yoki bu kitobning o'z mutolaa vaqti bo'lishi mumkin. Masalan, qaysidir kitobni qaysidir yoshda o'qimagan ma'qul, yoshlikda tushunarsizdek ko'ringan ma'lum bir kitob yosh o'tgach, boshqacha, hatto kuchliroq ta'sir qilishi ham mumkin. Chingiz Aytmatov ning " Qiyomat " ini yoshroq vaqtim o'qiganimda oddiy qabul qilganman. Farzandli bo'lgach bu asarni qayta o'qib chiqib, uzoq vaqt kitob ta'sirida yurganman. Kitobning muhim qismi β ota-onaning farzandga munosabati masalasi ta'sirli ko'rsatib berilgan. Chingiz Aytmatov. "Qiyomat". Sotib olish . Men boshqalarga tavsiya qiladigan kitoblar β mening sevimli kitoblarimdir. Masalan, O'tkir Hoshimov yozgan barcha asarlarni yaxshi ko'raman. " Dunyoning ishlari " qissasini boshqalaridan ustun qo'yaman. Qayta-qayta o'qiganman, bu asar asosida ishlangan videofilmni ham qayta-qayta ko'rganman. Balki bu asarda o'zbeklar uchun muqaddas hisoblangan ona siymosi aynan nima uchun muqaddasligini tushuntirishga harakat qilingani uchun shundaydir. O'tkir Hoshimov. "Dunyoning ishlari". Sotib olish . O'zbeklar uchun Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani eng TOP-asar, degan qarash bor. "O'tkan kunlar" nima uchun ko'pchilik tomonidan o'zbek adabiyotining eng kuchli asari deb tan olingani haqida ko'p o'ylaganman, o'qiganman. Ammo o'z fikrimda qolaman β men uchun O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanidan yuqoriroq turadi. Bunga sabab, ehtimol, onamni butun O'zbekiston tarixidan yuqori qo'yishimdadir. Jorj Oruell ning " 1984 " antiutopiyasi va " Molxona " qissasi ham eng sevimli asarlarimdan. Ularni yaxshiroq tushunish uchun Sovet Ittifoqida ozroq bo'lsa ham yashagan bo'lish kerak, juda bo'lmasa uning tarixini va undagi haqiqiy ahvol qanday bo'lgani haqida biroz bo'lsa-da ma'lumotga ega bo'lgan ma'qul. Ya'ni bu asarlardagi voqealar qandaydir xayoliy emas, aksincha, hayotda bo'lgan va hozir ham dunyoning ko'plab joylarida bo'layotgan ishlardir. Oruell bu asarlarida siyosat aqlli va mohir insonlar tomonidan jirkanchlik bilan yuritilsa, milliardlab insonlarni hohlagan tomonga yo'naltirish va turli ko'yga solish mumkinligini ko'rsatib bergan. Odamlar o'zlari uchun zararli va salbiy ishlarni katta xohish bilan bajarishlari hamda ularni ezayotgan qudrat egalarini sidqidildan olqishlashlari mohirona tasvirlangan. Ikkala asarda ham Lenin, Stalin, Trotskiy, NKVD, intelligensiya, proletariat, Politbyuro β hammasi qanday ish yuritganligini ko'rish mumkin. Kasbiy mahorat bo'yicha eng yoqqan kitob β Eliyaxu Goldratt ning " Sel " asari. Bu kitob mazmunini tushunib, uni amalda qo'llash sizga eng kichik masalaga yechim topishda ham, ulkan maqsadga erishishda ham yordam beradi. Kitob beradigan yechimning eng sodda ta'rifi β muammolar zanjirining eng zaif joyini toping, uni tuzating. Keyin esa yana eng zaif joyini topib, uni tuzating va shu tariqa davom eting. Bu juda sodda tushuntirish, albatta. Yaxshilab tushunish uchun esa kitobni o'qish kerak. Eliyaxu Goldratt. "Sel". Sotib olish . Umuman olganda, nima o'qish va o'qimaslikni o'quvchining o'zi hal qilishi kerak, toki unga hech qanday avtoritetlar ta'sir o'tkaza olmasin. Vaqti kelib biror bir asarni o'qishga ehtiyoj sezib qolar, lekin hozir urf bo'layotgan "o'qilishi shart bo'lgan adabiyotlar ro'yxati"ning sun'iy ta'siridan yiroq bo'lish kerak. Nima bo'lgan taqdirda ham, har bir inson qitob o'qishi shart! Nafaqat, badiiy asarlar, balki kasbiy mahorat va shaxsiy rivojlanish bo'yicha doim mutolaa qilish kerak. | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda bayramona dasturxon uchun turli retseptlarni taqdim qiladi. Ularning barchasini oson usulda uy sharoitida tayyorlash mumkin. Ushbu palovni " Bayramona " deb atashlari bejizga emas β axir bu taom bayramona dasturxonga to'liq loyiqdir. Go'sht hidi va va ziravorlar bilan to'yinib pishgan yangi chiqqan kartoshkadan mazaliroq taom. Qiyma kabob β bu sharqona oshxonada taniqli taom hisoblanadi, u odatda mangalda pishiriladi biz esa uni qozonda tayyorlash usuli. Sizning e'tiboringizga mazali ko'rinishga ega ajoyib tamli β qozon-kabob retseptini taqdim etamiz. Ishtahaochar iforlar va qarsillagan xamirning qaymoqli nachinka bilan uyg'unligi barchani bir ko'rishda o'ziga jalb qiladi. Albatta, hech nima tandirda pishirilgan somsaga yetmaydi. Ammo pechda ham unga o'xshash somsa pishirish mumkin. Chak-chak β qiyom va qovurilgan kichkina xamir bo'lakchalaridan iborat shirinlik. Bunday paxlava juda chiroyli, lazzatli, to'yimli, shirin va mayin bo'ladi. Mazali va mayin ta'mga ega bo'lgan, beze va yong'oqli mag'zi esa og'izda erib ketadigan pechenelar. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a'zo bo'ling. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
12-sentabr kuni Apple kompaniyasi o'zining Kupertinodagi shtab-kvartirasida yangi qurilmalari taqdimotini o'tkazdi. Tadbir kompaniyaning YouTube sahifasida jonli efirga uzatildi va yarim kun ichida 25 mln kishi tomosha qildi. Apple taqdimoti o'tkaziladigan kunda beriladigan asosiy ma'lumotlardan biri yangi iPhone`larning narxlari hisoblanadi. Kechagi taqdimotda yangi qurilmalar AQShda sotib olinganda va soliqlar hisobga olinmaganda qanchaga tushishi e'lon qilindi. Mamlakatda yangi Apple Watch`larga 12-sentabrdan, iPhone`larga esa 15-sentabrdan oldindan buyurtma berish mumkin bo'ladi. iPhone 15 β 799 dollardan; iPhone 15 Plus β 899 dollardan; iPhone 15 Pro β 999 dollardan; iPhone 15 Pro Max β 1199 dollardan; Apple Watch SE β 249 dollardan; Apple Watch Series 9 β 499 dollardan; Apple Watch Ultra 2 β 799 dollardan. Kompaniya smartfonlarining barcha yangi modellari β iPhone 15, iPhone 15 Plus, iPhone 15 Pro, iPhone 15 Pro Max`lardagi odatiy Lightning porti USB-C bilan almashtirildi. Endi Apple`ning bir nechta qurilmasini ishlatadiganlarga kamroq kabellar kerak bo'ladi. Bu o'zgarishning asosiy sababi Yevropa Ittifoqi simli quvvatlagich ishlatiladigan mobil qurilmalarni 2024-yil oxirigacha bir turdagi β USB Type-C/USB-C`ga o'tkazish bo'yicha qonuni bo'lishi mumkin. Yangi iPhone`lar iPhone 14 va 14 Plus`ning orqa dizaynini o'ziga meros qilib oldi va shisha panelli bir xil alyuminiy shassisi asosida qurilgan. Oldingi modellardan ko'rinishdagi asosiy farqi β bu o'tgan yili Pro modellari uchun eksklyuziv bo'lib qolgan Dynamic Island interaktiv hoshiyasidir. iPhone 15 va 15 Plus ichida o'tgan yilgi Apple A16 Bionic chipi mavjud bo'lib, operativ xotira hajmi bir xil β 6 GB bo'ladi. Smartfonlar, shuningdek, aloqa uchun javob beradigan ultra keng chiziqli Apple U2 chiplari bilan jihozlangan. Ekran diagonallari o'zgarishsiz qoldi β mos ravishda iPhone 15 va 15 Plus uchun 6,1 va 6,7 dyuym. Asosiy modellar 48 megapikselli asosiy kameraga ega edi, bu esa 2x kattalashtirishga erishish imkonini berdi. Kengburchakli modullar ham 48 megapikselli. Portret rejimi ham yaxshilandi, endi unga maxsus o'tish shart emas β algoritmlarning o'zi kameralar qarshisida odam borligini tushunadi. Apple, shuningdek, past yorug'likda va harakatga ishlov berishni yaxshilagan. Apple iPhone 15 va 15 Plus uchun beshta rangni taklif qiladi: qora, yashil, pushti, ko'k va sariq. Kompaniyaning eng yaxshi smartfonlarining tekis qirralaridan orqa panelga o'tadigan qismi biroz yumaloq qilib yasalgan. Bundan tashqari, endi titandan qilingani tufayli qirralar jilosiz bo'ladi, oldingi avlodlarda ramkalar sayqallangan zanglamaydigan po'latdan yasalgan. 14 Pro va 14 Pro Max`ning yangi mahsulotlari ingichka displey ramkalari bilan ham ajralib turishi mumkin. Shuningdek, ovoz balandligi tugmachalari ustida sozlanadigan tugma paydo bo'ldi, u tovushni o'chirish dastagining o'rnini bosadi. Tugmachaga biror amalni biriktirish mumkin. Ekran diagonallari β iPhone 15 Pro va 15 uchun mos ravishda 6,1 va 6,7 dyuym. Ichki qismida 8 GB tezkor xotiraga ega Apple A17 Bionic chipi joylashgan. U soniyasiga 35 trillion operatsiyani qayta ishlashga qodir va Ray Tracing`ni qo'llab-quvvatlaydi. Smartfonlar uchun Resident Evil Village va Assassin's Creed Mirage ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Chipsetga ultra keng chiziqli aloqaga javob beradigan modul β Apple U2 qo'shildi. Bu lokator xizmati orqali qurilmalarning holatini aniq kuzatishga yordam beradi. Apple top modellarining kameralarini yangiladi: 48 megapikselli asosiy modelning sensori kattalashdi; uch xil fokus uzunliklari bor β 24, 28 va 35 mm (tezkor almashtirish); Apple ProRES sekundiga 60 kadr tezlikda 4K formatda video suratga ololadi; iPhone 15 Pro Spatial videoni suratga olishi mumkin, keyin uni Apple Vision Pro bilan tomosha qilish mumkin. iPhone 15 Pro Max o'zining telefotomoduli bilan boshqalaridan ajralib turadi. U 15 Pro`dagidek 3 marta emas, 5 marta yaqinlashtirish imkonini beradi. Yangi avlod soatlari avvalgi modellar dizaynini va o'lchamlarini saqlab qoladi: 41 va 45 mm. Biroq Apple yangi pushti rangni qo'shdi va ekran yorug'ligini oldingi avlodnikidan 2 baravarga β 2000 nitgacha oshirdi. Bunda Always On rejimida ekran yorug'ligi 1 nitgacha tushadi. Yana bir muhim taqdimot bu yangi imo-ishora bo'ldi. Endilikda soatlarni imo-ishora orqali boshqarish mumkin β ko'rsatkich va bosh barmoqni bir-biriga tekizgan holda qo'ng'iroqlarga javob berish, sahifalarni o'tkazish yoki taymerni pauzaga qo'yish kabi amallarni bajarsa bo'ladi. Watch 9 yangi hisoblash platformasi β Apple S9 bilan jihozlangan. iPhone 15 liniyasi singari soat ham Apple U2 chipiga ega bo'ldi. Apple S9 oldingi chiplardan 50 foizga tezroq va soat endi ovozni 20 foizga yaxshiroq tushunadi. Avtonomlik avvalgidek qolgan β 18 soat. Watch 9 alyumin versiyasi qizil, pushti, tilla, kumush va ko'k ranglarda, titan model esa tilla, kumush va qora ranglarda bo'ladi. Apple Ultra soatlarining ikkinchi avlodi yangi Apple S9 protsessori, U2 chipi va oldingisi bilan bir xil 49 mm o'lchamga ega bo'ldi. Ekran yorug'ligi 3000 nitgacha yetkazildi. Yangi qo'shilgan imo-ishoralarni qo'llab-quvvatlaydi. Bu yangi gadjet 36 soat avtonomlik va energiya tejash rejimida 72 soat ishlashi va'da qilinmoqda. | advice |
O'zbekistonda 1-oktabr β O'qituvchi va murabbiylar kuni yakshanba kuniga to'g'ri kelishi tufayli 2-oktabr, dushanba kuni ham dam olish kuni bo'ladi. Bu yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilangan. Kodeksning 208-moddasiga ko'ra , dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to'g'ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko'chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko'rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to'xtatib qo'yish mumkin bo'lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko'chirilmaydi. Shuningdek, dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari O'zbekiston prezidentining farmoni bilan boshqa kunlarga ko'chirilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, kodeksda quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlari etib belgilangan: Yangi tahrirdagi kodeks 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan . | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda tongni mazali vashirin yeguliklar bilan boshlash uchun ajoyib retseptlar ro'yxatini taqdim etadi. Ishtahaochar va juda mazali kakaoli sirniklar ta'mi shokoladli tvorogdan qilingan sirokga o'xshaydi. Foydali va to'yimli avokado va tuxumli tostlar nonushta uchun ajoyib tanlov. U sizga butun kunga yetarli energiya beradi. Yaponcha pankeyklar β ajoyib ta'mi va shishib chiqishi bilan butun dunyoga mashxur pishiriq. Ushbu qarsildoq sloykalarni tayyorlash uchun muzlatgichdagi tayyor xamir kerak bo'ladi. Tayyorlashga ko'p vaqt ketmaydi. Menemen β pomidor va bulg'or qalampiri bilan pishiriladigan turklarning milliy nonushtasi hisoblanadi. Yumshoq va do'mboqqina chiqadigan bunday quymoqchalar har kimning ham ishtahasni ochib yuborishi aniq. Agarda bir xil sirniklar me'dangizga tekkan bo'lsa, unda pishloq qo'shiladigan, o'ta shirin bo'lmagan mana bunday sirniklardan tayyorlab ko'ring. To'yimli va foydali quymoq juda tez tayyor bo'ladi. Grenkalarning ichiga pishloq va kolbasa qo'shib tayyorlangan barchaga tanish ajoyib nonushta . Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov 26-sentabr kuni 20:00 dan keyin vazirlik binosida jurnalistlar bilan uchrashdi (SSV matbuot xizmati mazkur uchrashuvga "Gazeta.uz"ni taklif qilmadi). Suhbat davomida vazir jurnalistlarga qariyb 22 mlrd so'mga xarid qilingan "Antistrumin" dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat berdi. Bu haqda Daryo nashri xabar qildi (yangilik biroz muddatga o'chirilib, qayta tahrirdan so'ng yana e'lon qilindi). Qolaversa, "Gazeta.uz"ga mazkur gap-so'zlar haqiqatligini uchrashuvda qatnashgan boshqa jurnalistlar ham tasdiqladi. Avvalroq O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi "Samo" kompaniyasidan tendersiz 3,55 mln quti "Antistrumin" (kaliy yodid) preparatini qariyb 22 mlrd so'mga sotib olgani haqida yozgandik. 2022-yilda dorining bir qadog'i 5500 so'mdan xarid qilingan bo'lsa, joriy yilda 6500 so'mdan sotib olingan. Chakana savdoda esa 3000 so'mdan sotilgan. SSV mas'ullari mazkur masalaga to'xtalar ekan, vazirlik muassisligidagi MCHJ "Antistrumin" dorisini sotib olish uchun internetda e'lon berilganini aytdi. "Kaliy yodidni to'g'ridan-to'g'ri olish huquqimiz bo'lsa-da, biz bu borada konkurs e'lon qilganmiz. Eng arzon narxda sotib olish uchun saytda o'zbek va rus tillarida e'lon berilgan. Bu e'londan kelib chiqib, xohlagan ishtirokchi, xorijlik bo'lsa ham, qatnashishi mumkin bo'lgan. E'londan so'ng odatda bizga takliflar kelib tushardi. Lekin bu e'londan so'ng bizga faqat "Samo" MCHJdan taklif kelib tushgan. Faqat bir kishidan", β deb Daryo o'zini vazirlik vakili sifatida tanishtirgan Sharof Hamroyev so'zlaridan iqtibos keltirdi. Vazir Amrillo Inoyatovning bunga qo'shimcha qilishicha, e'londa 1000 mkg doza so'ralgani uchun faqat shu ishlab chiqaruvchi ushbu dozani taklif qilolgan. Vazirlik vakilining jurnalistlarga ma'lumot berishicha, "Samo" MCHJ kaliy yodidni 6500 so'mdan taklif qilgach, vazirlik vakillari narxni tushirish bo'yicha iltimosnoma bergan. Ammo MCHJ bunga javob qaytarmagan. Shundan so'ng vazirlik muassisligidagi "O'zmedimpeks" MCHJ dorini shu narxda sotib olishga majbur bo'lgan. Shuningdek, vazirlik va MCHJ o'z saytlarida g'olib kimligini e'lon qilgan. "Birinchidan, bitta narsani iltimos qilaman. Bu mavzu bilan shug'ullanayotgan odamlar bor. Mayda, bo'lmag'ur gaplarβ¦ Nima bo'lsa ham, o'zi tekshiradi, o'zi javobini beradi. Bu mavzuga chuqur kirmanglar. Bu bilan shug'ullanadigan tashkilotlar bor. Ular hammasini ochiq o'rganyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda dorixonalarda 3 baravar arzon, u-bu degan [xabarlar] noto'g'ri, provokatsion chiqarilganβ¦", β dedi Amrillo Inoyatov. "Gazeta.uz" shuningdek, SSV ta'sischiligidagi "O'zmedimpeks" MCHJ kaliy yodidni "Samo" MCHJdan 2022-yilda 5500 so'mdan, 2023-yilda 6500 so'mdan sotib olganini, chakana savdoda esa aynan ushbu dori vositasi 2800β3000 so'mdan sotilayotganini aniqlagandi. Avvalroq Namanganda o'zini sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning yordamchisi deb tanishtirgan shaxs "Prezident administratsiyasidan qo'ng'iroq bo'lganini" aytib, bolalarning zaharlanish mavzusini "kovlamaslik"ni so'ragan. Bu gap-so'zlar ortidan SSV matbuot xizmati Prezident administratsiyasi vazirga "Antistrumin" qabul qilgan bolalarda nojo'ya ta'sirlar kuzatilayotgani bilan bog'liq vaziyat haqida intervyu berishni taqiqlamaganini ma'lum qildi . Biroq o'zini vazir yordamchisi deb tanishtirgan shaxsning kimligiga aniqlik kiritilmadi. Qolaversa, o'zini barcha savollarga ochiqligini ta'kidlayotgan SSV "Gazeta.uz" so'rovlariga javob bermay kelmoqda. Namangan viloyatida kamida 71 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani (jami 450 nafar bola haqida xabar berilgan) ma'lum bo'lgach, O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi 22-sentabrdan "Antistrumin" β100 tabletkalaridan foydalanishga cheklov joriy qilgandi . Andijon viloyati hokimligi "Antistrumin" preparatini qabul qilgan 12 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi . Biroq ko'p o'tmay sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Elmira Bositxonova "oziq-ovqat yoki dori-darmondan zaharlanish gumonlari hali tasdiqlanmaganini" aytdi . U bolalarda O'RVI bo'lishi mumkinligini ta'kidladi. Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam markazining toksikologiya bo'limlariga ham o'nlab bolalar zaharlanish belgilari, isitma, oshqozon buzilishi bilan yotqizilgan . Ota-onalar farzandlari yod iste'mol qilganidan keyin kasal bo'lib qolishganini aytishdi. Shifokorlar esa preparat bilan hech qanday aloqasi yo'qligini ta'kidlamoqda. Yuzlab bolalar kasalxonaga yotqizilgani holati bo'yicha jinoiy ish ochildi . Dushanba kuni preparat ishlab chiqariladigan zavodda tekshiruv boshlangani ma'lum bo'ldi . | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va dasturxonbop kartoshkali taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Tez va oson tayyorlanadigan, juda mazali kartoshka, pishloq va qovurilgan piyozli toblatma . Italiya taomi bo'lmish mazali klyotskalar Π½ΠΈ issiq taom oldiga garnir sifatida tortish mumkin. Ammo uni alohida taom sifatida ayniqsa quyuq go'shtli qayla bilan ham tanovul qilish mumkin. Ajoyib ta'mli va juda oson tayyorlanadigan pechda pishirilgan kartoshka . Oson va mazali tushlik yoki kechki ovqat uchun go'shtli nachinkali pechda pishirilgan kartoshka tayyorlash usuli. Tayyorlanishi oson, mazasi esa ajoyib. Bunday chalpakni smetana yoki boshqa sous bilan nonushta uchun dasturxonga tortish mumkin. Juda tez va oson tayyorlanadi. Kartoshka pyuresining tayoqcha shaklidagi antiqa turi. Tayoqchalarning ichi yumshoq, sirti esa qarsildoq bo'lib pishadi. Bunda kartoshka usti qarsildoq, ichi esa yumshoq, pyuresifat bo'lib pishadi. Kartoshka, qaymoq va pishloq bilan pishiriladigan krem-sho'rva . Bu taomning asosini xamirning o'rniga kartoshka tashkil etadi β bu xamir bilan ovora bo'lishni istamaydiganlar uchun yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Iqlim o'zgarishi, muzliklar erishi hamda dengiz sathining ko'tarilishi, anomal jazirama, oziq-ovqat xavfsizligi va tanqisligi, qurg'oqchilik, qishloq xo'jaligidagi muammolar β shunchalik yaqin va doimiy "hamroh"imizga aylandiki, ko'pimiz bularni tezda o'tib ketadigandek qabul qilishga odatlandik. BMTning ma'lum qilishicha, Yer yiliga 4,7 million gektar o'rmonlarini yo'qotyapti , 12 milliondan ortiq ekin yerlari jiddiy degradatsiyaga uchramoqda . O'zbekistonga ham bunday muammolar begona emas. 22-aprel β Xalqaro yer kuni munosabati bilan "Gazeta.uz" biologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Rasulov bilan qishloq xo'jaligidagi yechimini kutayotgan muammolar, oziq-ovqat xavfsizligi, ilmda olimning o'rni xususida suhbatlashdi. β Mikrobiologiya va mikrob asosidagi biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, agrotexnologiyalar yo'nalishida ilmiy izlanishlar olib boraman. Aspiranturada o'qiyotganimda mikrobiologiya bilan shug'ullanganman. Tuproq bakteriyalarini ajratish, ular asosida qishloq xo'jaligi uchun biologik o'g'itlarni tayyorlash bo'yicha ilmiy ish qilganman. 2012β2018-yillari Xitoy Fanlar akademiyasida mikrob biotexnologiyalari va nanobiotexnologiyalar bo'yicha izlandim. Xitoydan qaytgach, olingan ilmiy natijalarni O'zbekiston qishloq xo'jaligida qo'llash, yangi turdagi, ya'ni organik turdagi mahsulotlarni yetishtirishga harakat qildim. O'zbekiston va xorijdagi loyihalarni imkon qadar bajardik. Hozir laboratoriyamizda mikrob va biotexnologiyalar asosidagi ilmiy loyihalarni davom ettiryapmiz. Ayni kunlarda ikki yo'nalishda ilmiy faoliyat bilan bandman. Asosan nanobiomateriallar olish, ularni fizik va kimyoviy tasniflash hamda tibbiyot, qishloq xo'jaligida qo'llash masalalari diqqat markazimizda. Biomateriallarning ajoyib xususiyati bor. O'zbekiston qishloq xo'jaligida haddan tashqari ko'p ishlatilayotgan, turli kasallik qo'zg'atadigan, ayniqsa, onkologik, qonning buzilishi, inson xromosomasi, irsiyati mutatsiyasiga sabab bo'ladigan zaharlar o'rniga nanomahsulotlarni qo'llash mumkin va shu konsepsiyani ilgari suryapmiz. Nanomateriallar va nanozarralardan foydalanish xavfli emasmi, degan savol tug'ilishi mumkin. Yo'q, aslida, ota-bobolarimiz bilib-bilmay nanotexnologiyalar yutug'idan foydalangan. Masalan, kumush taqinchoqlar solingan giyohli suvlarni ichishgan, chaqaloqlarni yuvintirishgan, turli yara-chaqalarni davolashda qo'llashgan. Bu kumush nanozarrasining hosil bo'lishiga asoslangan texnologiya bo'lgan. Kumush taqinchoq, tanga va buyumlar suvda o'ziga xos zaryadlangan zarralarni ajratgan va giyohlardagi kimyoviy moddalar ta'sirida nanozarralar holatiga o'tgan. Bu bir necha asrlik tarixga ega tajriba. Qadimgi yunon, hind madaniyati, tibbiyotida, turkiylar urf-odatida kumushli suvdan foydalanish an'anasi bo'lgan. Biz endi bularni ilmiy jihatdan o'rganish va uni qishloq xo'jaligiga tatbiq etishni boshladik. Nanozarralarni qo'llashdan maqsad: hozirgi kunda o'simliklarda keng tarqalayotgan viruslar va hasharotlarni yo'qotishdir. O'tgan yili Qibray tumanida yangi virus aniqlandi. PZR tahlillari asosida Tomato masoic tobamovirus turiga mos kelishi aniqlandi. Viruslarga, odatda, agrozaharlar ta'sir qilmaydi, uning DNK yoki RNKsini biz bilgan oddiy vositalar buza olmaydi. Buni faqat nanozarra bilan "buzish" mumkin. Jahon fani nanozarralar foydasini isbotlab berdi, hatto O'zbekistonga ham nanozarralar asosidagi mahsulotlar asta-sekin kirib kelyapti, lekin eskicha fikrlash sabab qishloq xo'jaligida qo'llashga to'siq bo'lyapti, deb o'ylayman. β Asosiy sababini o'zingiz aytdingiz β ilmdan uzilganmiz. Mana, Qishloq xo'jaligi va sobiq Innovatsion rivojlanish vazirligi bizdan ilmiy asoslangan taklif, yechimlar so'rardi. Biz ham doim nimani so'rashsa, javob berganmiz. Lekin oxirgi paytlari bergan taklif va maslahatlarimiz so'nggi manziliga yetib bormayotganiga hayronman. Qishloq xo'jaligida ilg'or mamlakatga doim Gollandiyani misol qilganman. U yerda sohaga ixtisoslashgan, muammolarni o'rganib, tadqiq etadigan universitetlar, institutlar bor va ular amalda ishlaydi. Ishlaydi! Universitetlar taklif etgan yechim, ishlanma va innovatsiyalar albatta isbotini topadi. Masalan, Vageningen universitetini olaylik. Qishloq xo'jaligidagi muammolarni molekulyar darajada o'rganadi. Bugun Gollandiya qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va sotish bo'yicha dunyodagi eng yetakchi davlatlardan. Eksportdan yillik daromadi 65 milliard yevroni tashkil etadi. Endi o'ylab ko'ring, Gollandiya O'zbekistondan necha marta kichkina, bizning salohiyatimiz necha marta katta? Biz qishloq xo'jaligi ekinlaridagi kasalliklarga samarasiz kurashamiz. Zamburug' tabiatlik kasalliklarni olaylik. O'zbekiston bo'ylab keng tarqalgan. G'o'za yoki bug'doy misolida tushuntiray. G'o'zani ekishdan boshlab chinbarg chiqargunicha asosan 2 ta kasalligi bo'ladi. Chinbarg chiqqanda bargining qurishi, ikkinchisi, ildiz chirishi. Mana shu zamburug' kasalligi tufayli ayrim viloyatlarimizda chigit qayta ekiladi. Aslida, zamburug'ga qarshi kurashning oddiy usuli bor: tuproqni qayta ishlash kerak. Lekin biz faqat zahar beramiz, beraveramiz, yerni og'ulash bilan ovoramiz. Oxirida zahar o'simlikkayam ta'sir qiladi va bunday o'simlik stressga tushgan o'simlik hisoblanadi. Mana, bolangiz kasal bo'lsa, zahar bermaysiz-ku, shifo bo'ladigan doridan berasiz β o'simlik ham boladek gap. β Rosti, sohaga mas'ul rahbarlarning aksarida ilmiy fikrlash yo'q. Bir viloyat hokimining qishloq xo'jaligi bo'yicha o'rinbosari bilan yuzma-yuz gaplashgandim. Falon fermerning dalasidan bug'doyga xos bo'lmagan kasallik chiqyapti, buning qo'zg'atuvchisi oldin g'o'zada bo'lgan. Agar falon agrotexnika yoki texnologiya qo'llanmasa, keng yoyilib ketadi, dedim. Eshitgisiyam kelmadi. Kelasi yili esa shu kasallik butun viloyatga tarqab, ommaviy kasallanish qayd etildi. Ikkinchi holat Farg'ona viloyatining Furqat tumanida ro'y berdi. Cho'lga yaqin hududlarda yaqin-yaqingacha ildiz chirishi kasalligi aniqlanmagandi. 2022-yildan boshlab Furqat tumani fermerlari kasallangan g'o'za ko'chatlari namunasini olib kelishdi. Ko'ryapsizmi, ilgari suvga yaqin hududlarda bu kasallik aniqlangan bo'lsa, endi cho'l hududlarda ham paydo bo'lyapti. Agar rahbarlar masalaning mohiyatini tushunganida edi, hadeb zahar qo'llayvermasdi, boshqa ilmiy asoslangan yutuqlarga ham e'tibor berar, hech bo'lmasa, fikrimizga quloq tutardi. Bu yil nafaqat Furqat tumani, balki Beshariq tumanida ham ildiz chirishi haqida ma'lumot berishdi. Kasallik migratsiya qilyapti β ko'chib yuribdi. β Albatta. Kasallik aniqlansa, uni tekshirib, o'rganib, yechim taklif qilamiz. Masalan, g'o'zani yetishtirayotganda chigit ekishdan oldin yaxob suv bilan tuproqni bakterizatsiya qilish kerak. Shunda ildiz 100 foiz chirimaydi. Bu eski usul. Lekin hali qishloq xo'jaligi amaliyotimizga kirib bormadi. Kirib borishi uchun ilm kerak. Hayron qolaman: ayrim rahbarlarimizda ilm-fanga qarshi mustahkam "immunitet" bor. Qandaydir fikr bildirsak, darrov tanqid deb o'ylashadi. Bug'doy yoki paxtaning hosildorligini oshirish uchun fermerlar o'rtacha 1 tonnadan 2 tonnagacha mineral o'g'it soladi yerga. Eh-he, qancha pul sarflanadi bunga! 1 gektariga agar kimyoviy usulda hosil olaman desa, o'rtacha 4,5β5 million xarajat ketadi. Sarf-chiqimni yangi, oddiy, sodda vositalar bilan kamaytirish, 1 tonnani 150β200 kilogramga tushirish, hosildorlikni ham oshirish mumkin. O'tgan yili bir voqea bo'ldi. Kimligini aytmayman. Qishloq xo'jaligiga mas'ul hokim o'rinbosari fermerlarni yig'ib: "Kimlardir qandaydir suspenziya topib, hosilini arzonga yetishtiribdi. Mineral o'g'it ishlatmay qo'yibdi, nazoratga olinglar!", debdi. Qaysi aql bilan shunday deyish mumkin? Kechirasizu, sovetlar davrini yomonlaymiz, qoralaymiz, ammo o'sha vaqtda ham dalaga 2 tonnagacha o'g'it solinmagan. Masalan, azot, kaliy, fosfor me'yorini agrokimyo darsliklarida ham 250, 150, 50 kilogramm qilib hisoblab bergan. Hammasini qo'shsangiz, 450β500 kilogramm atrofida bo'ladi. Ammo biz 2 tonnagacha solyapmiz! Xo'p, mineral o'g'itni soldingiz, o'simlik o'zlashtirish kerak bo'lsa, maksimum 10β15 foizini o'zlashtiradi. Qolgani-chi, suv bilan yuvilib ketadi. Keyin bu suv oqava suvlarga qo'shilib, daryo, kanallarga quyiladi, dalaga boradi β aylanib yuraveradi. Yaqin yillarda yana bir muammo yuzaga kelyapti: ikkilamchi sho'rlanish, suvning sho'rlanishi. Hammasi mineral o'g'itning hisobiga. Noratsional, ilmiy asoslanmagan me'yorlar asosida ishlatayotganimiz sababli shu muammo qarshimizdan chiqyapti. Unutmaylik, mineral o'g'it ham tuz β tuproqdagi tuzning qarindoshi. Buning ham yechimi bor. Yangi usuldagi o'g'itlash, oziqlantirish usullari yordam beradi. Suspenziya holatida ishlatadi buni. Gumin kislota hosilalari, gumatlar, stimulyator tabiatga ega moddalar, biologik o'g'itlar bor. Kompleks tarzda ishlatish mumkin. Shunga o'tsak, qishloq xo'jaligidagi rentabellik oshadi, tannarx, kasalliklar kamayadi. β Changlanish, suv resurslarining cheklangani Markaziy Osiyoga xos xususiyat. Cho'l mintaqasi katta hududlarni egallagan. Qishloq xo'jaligida suv, resurs tejaydigan texnologiyalarni qo'llash, ya'ni tomchilatib sug'orish tizimiga o'tish, suvni saqlovchi materiallardan foydalanish, qurg'oqchilikka chidamli o'simlik navlarini keng joriy qilish vaqti yetgan. O'tgan yili viloyatlarni kezganda bug'doyning Krasnodar navi bilan bog'liq masala diqqatimizni tortdi. O'simlik yaxshi rivojlangan, lekin hosildorlik keskin kamayib ketgani kuzatildi. Bu holat qurg'oqchil hududlardan tashqari suvga serob Bo'ka, Piskent tumanlarida ham kuzatildi. Ogohlik qo'ng'irog'i deb qabul qilish kerak buni. Endi sho'rlanish, suvsizlikka chidamli mahalliy navlarni ko'proq yaratish fursati yetdi. Ammo jarayon sust ketyapti. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, bu masalada boshqa davlatlarga qaram bo'lmasligimiz uchun mahalliy seleksiya asosidagi mahalliy navlarni joriy etishimiz kerak. Bug'doyning Krasnodar navi o'rniga, o'zimiznikini yetishtiraylik. Paxta navlarini ham shu bosqichga o'tkazishimiz zarur. Aytaylik, dehqonning oldida ikkita nav turibdi. Chet elniki 10 tonna, o'zimizning mahalliy 5 tonna hosil bersa, albatta, xorijnikini tanlaydi-da. Bu ham qanaqadir bozor. Kimniki yaxshi bo'lsa, o'shaniki xaridorgir bo'ladi. Bosh devorga urilgach, "buning yechimi olimlar bilan bahamjihat topilarkan" deyilgandan keyin emas, undan avvalroq harakatga tushish shart. Shu choqqacha biror viloyatning qishloq xo'jaligiga mas'ul xodimi institutimizga kelib, olimlardan maslahat olgani, intensiv hamkorlikda ishlaganini bilmayman, ko'rmaganman ham. Davlat ilmiy tadqiqot institutlari uchun yetarli sharoit qilib beryapti, mablag'larni ajratyapti. Endi olimlar ishlashi, javob berishi kerak. Yelkamizdagi mas'uliyat katta. Qandaydir muammo bo'lsa, eng avval davlatni ayblaymiz, hukumatni yomonlaymiz. Men bunga qarshiman. Davlat o'z ishini qilyapti. Sharoitimizni hozirlab berdi. Hamma gap rahbarlarda! Oldimizdagi "chaqiriq", "tahdid"larga tayyor bo'lishimiz kerak. β Bu loyiha 2006-yili emas, undan ancha avval, O'zFA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Zoir Shakirov rahbarligida boshlangandi. O'zFAning Qizilqumdagi stansiyasida tajribalar qilingan. Keyinchalik Zoir aka bilan ishlagan guruh, xususan, Sardor Hakimov, Baxtiyor Umarov va men birin-ketin Isroilning Ben Gurion universitetiga ishlarni davom ettirish maqsadida xizmat safarlariga bordik. 2006β2007-yillari o'sha dargohda cho'l o'simligi Onobrychis turkumiga mansub o'simliklar tuganak bakteriya asosida o'stirish biotexnologiyasini takomillashtirish maqsadida ishladim ham. Bu tuz va qum ko'chish xavfi yuqori hududlarda ekilsa, yashil biomassa hosil qilish hisobiga changlanish kamayadi. Baxtiyor Rasulovning Feysbuk sahifasida e'lon qilingan, Qizilqumda o'tkazilgan tajriba natijasi. Qumda havo azoti yordamida o'simlik o'stirish biotexnologiyasi. Boshida aytganimdek, bungayam qiziqish bo'lmagan. Laboratoriyada hisobot ko'rinishida qolib ketdi. Foydasi ko'p: nafaqat qum va chang ko'chishining oldini oladi, yana chorva uchun tayyor ozuqa manbai sanaladi. Tasavvur qiling, butun boshli cho'l β Qizilqum β agar shuni biomassa bilan qoplasak, menimcha, million bosh qo'y-qo'zini boqishga yetgulik ozuqa ham paydo bo'ladi. Nega qorako'lchilik barbod bo'lgan deb o'ylaysiz? Mana shu o'simlikni yo'qotganimiz evaziga, albatta. Ikkinchi muhim masala, asalarichilikni rivojlantirsa bo'ladi. Agar o'simlik cho'l hududida yer yuzasini qoplab o'ssa, dasht yoki tog'ga yaqin joylarda tizza baravar bo'lib ketadi. Juda ko'p gullaydi. Eng qizig'i, bu loyihamizga Isroilda katta qiziqish bildirilgandi. Balki hozir ular amalga oshirgandir. Bir yili Orolbo'yi uchun loyihalar e'lon qilindi. Shu o'simlik ham kiritilishini kutdim. Unday bo'lmadi. "Biofungitsid" degan mahsulotimizga startap yozib topshirganman Innovatsiya vazirligiga. Taqdiri nima bo'ldi, bilmayman. Prezidentning "Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3855 qarori bor edi. 300 millionga yaqin mablag' olindi-da, qolib ketdi. Institutning bitta laboratoriyasiga kirib, shuncha ishlanmalar haqida eshityapsiz. Endi boshqalarini qo'yavering. Loyiha holicha qolib ketayotganlari qancha! β Paradoksal holat bor: biz ilmiy-tadqiqot xodimlari O'zbekistondagi bor muammolarning ilmiy yechimini o'rganamiz β dunyodagini emas. O'rganib-o'rganib, amaliyotga tatbiq etilmasa, albatta, muammo kattarib boraveradi. Eng qizig'i, davlat muammoni o'rganishga pul ajratyapti, boshqa tarafda bundan manfaatdor tarmoq deymizmi yoki rahbarlar nima qilishini bilmaydi-da, olimning qo'l-oyog'ini ipsiz bog'lab qo'yadi. Klasterlarga, fermer xo'jaliklariga zahar, mineral o'g'itlar sotiladi. Ularga kim tavsiya beradi? Kim "Ha, shu zahar yoki o'g'itni qo'llash mumkin, zarari kam?" deb xulosasini aytadi? Ochig'i, o'sha tavsiyachilarning ham o'z ulushi bor. Manfaatlar to'qnashuvi tugamas ekan, muammolarning oxiri ko'rinmaydi. 1β2 ta monopol kompaniya bor. O'zbekistonga qanday zaharlar olib kirishayotganini besh qo'ldek bilishadi. Yuqoridagi rahbarlari ham shu sohaning odami. Qaysi zahar nimaga zarar, onkologik kasalliklarni qo'zg'atadimi, irsiyatni buzadimi, yurak-ishemik xastaligi sonini oshiradimi β hammasini biladi. Afsuski, jarayon to'xtamayapti, yangidan yangi zaharlar oqimi katta. Tashkilotchilarga bir necha martalab savol berganman. Qayerda sinadingiz, ekologik-toksik xususiyatlari qaysi asbob-uskunalarda tekshirildi, tabiatga ta'siri qanday, o'simlikda qancha qismi qoladi va uni iste'mol qilsak nima bo'ladi kabi. Masala chala-yarim ham o'rganilgan emas. Chet eldan bir modda kirib kelyapti, ammo uni tuzuk tekshiradigan yo'q. To'g'ri, ro'yxatga oladigan idoralar bor. Lekin laboratoriyada, oq kalamushda tajriba o'tkazib, mikrobiologik xususiyatlari, ya'ni tuproqqa, suvga, odamlarga ta'sirini o'rganib, tadqiq etib, xulosani aniq berish kerak-da. 10 yilcha avval O'zbekistonda ishlatiladigan karate va sipermetrin degan 2 ta zaharni o'rganganmiz. Ayni shu ikki modda odam xromosomasining buzilishi, mutatsiyaga olib kelishini isbotlaganmiz. Bundan keyin qanchadan qancha kuchli zaharlar olib kirildi. O'zbekistonda zaharlarni monitoring qiladigan, xavfsizligini baholaydigan tashkilot yoki idora borligini bilmayman. Ularni qayerda aniqlaydi, xavfsizligiga kafolat beradigan laboratoriya ishlaydimi-yo'qmi bexabarman. Agar bo'lsa, aytsin: biz bormiz va mana bu zahar tarkibidagi kimyoviy moddani YAMR, GX-MSda, YUSSXda tekshirganmiz, haqiqatan mana shu modda tarkibi ishlab chiqaruvchi sertifikatidagi ma'lumotlarga mos keladi, buning tabiatga zarari yo'q, tuproqda parchalanadi yoki tuproqda ma'lum vaqt saqlanadi, o'simlikka singib ketardi, mevasida to'planmas ekan kabi xulosalar bersin. Menga juda qiziq. Monopol kompaniyalar bor. Ular raddiya bilan chiqishi mumkin. Yo'q, menga ilmiy isboti bilan ko'rsatsin. Qani, qaysi laboratoriyada tekshirtirding, qaysi jihozda aniqlading? Shuginani ko'rsat, bo'ldi. Har bitta kimyoviy modda tekshirilishi shart. Qishloq xo'jaligimiz β katta biznes. Ilmiy ishlarning dalagacha kirib bormayotganiga katta sabablardan biri shu. Ilmning uzilishi, olimda rag'bat yo'qligigayam sabab shu. Ilmiy-tadqiqot instituti loyihaga qaraydi. Loyihangiz bo'lsa, siz va jamoangiz ishlaydi, bo'lmasa, yo'q. Loyihalar ko'rib chiqilishi esa bizda negadir rosa cho'ziladi. Na tayinli javob beriladi, na inkor etiladi. 2021-yil oktabr oyida sobiq Innovatsion rivojlanish vazirligiga fundamental loyiha topshirganmiz. Ilmiy-texnik kengashda ko'rilgan, ijobiy baholangan, lekin nima bo'lganini bilmayman. So'rasangiz raddiya e'lon qiladi. Menga sening raddiyang kerak emas, loyihaning natijasi kerak. O'tkazdingmi-yo'qmi, shundan gapir. Raddiyasini ham bilaman, shablondagi gaplar: "B.Rasulovga shuncha pul berganmizβ¦" B.Rasulov davlatning pulini yeb ketmagan, uyiga olib ketmagan, bu loyihaga laboratoriyani qayta jihozladik, xorij asbob-uskunalarini olib keldik. Men shu loyiha rahbari bo'lsam ham 0,25 stavka olaman, sababi, mablag'ning asosiy qismini asbob-uskunalar va kimyoviy reaktivlarga sarflaganmiz. Hatto xizmat safarlariga ham loyihadan pul ajratmaganman, o'zimning yonimdan boraman. Moddalar analizi uchun ham yonimdan to'laganman, ishonishmasa, qancha oylik olganim, qanday jihozlar sotib olganimni tekshirishsin. Hisobotimda qanday analizlar qilganimni batafsil yozganman, bu analizlarga loyihadan emas, o'z yonimdan to'laganman. Oddiy misol, ikkita turdagi chigit namunasidagi moy va uning tarkibidagi moy kislotalarini aniqlash uchun 1 million , biz olgan biomateriallar natriy kationini biosorbsiya qilish uchun har bir tajriba varianti uchun 150 ming so'mdan (bunday namunalar 20 ga yaqin edi) to'laganman. Bu pullar oyligimdan to'langan. Endi vazirlikdagi rahbarlar javob bersin-chi: qaysi davlatda olim tadqiqot uchun yonidan pul to'laydi? Vazirlikda shunaqa rahbarlar bor ekan, O'zbekistonda shunaqa "gibrid" loyihalar bajaradi. Faqat shartnoma tuzish qoladi, xolos, olim va vazirlik o'rtasida. "Sen shuncha, men shuncha ajratib, o'rtada ilmiy ish qilamiz" degan ma'noda. Tasavvur qiling, 2021-yil oktabridan keyin qancha vaqt o'tdi? Faqat mening loyiham emas, boshqa ilmiy jamoalarning ham loyihalari asossiz to'xtatib qo'yilgan. Ular esa har oy loyiha e'lon qilyapmiz deb jar solishadi. Vaqtida javob ololmaysan, nima derkin deb ikkilanib, na ish boshlashga, na yangi loyiha yozishga hafsalang bo'ladi. Bu sohaga mas'ul rahbarlarning haddan tashqari ishi ko'p, vaqti yo'qligi sabab shunaqa mujmal bo'lib yursak kerak, ular qachon ishdan bo'shab, bo'sh vaqti topilsa, loyihamiz ko'rilsa kerak deb o'ylayman. Aslida, bunaqa ishlaydigan vazirlik yoki tarkibidagi agentlikning faoliyatini tanqidiy ko'rib chiqish kerak. Bunday ish tizimi kerakmi yoki yo'qmi? β Sobiq ittifoqdan katta ilmiy maktab qoldi. Orada qiyinchiliklar, ilmdan chiqib ketganlar ham bo'ldi. Ilmga qiziqqan yoshlar chetga jo'nadi. O'zim ham 8 yilcha Xitoy Fanlar akademiyasining fizika-kimyo institutida ishlab keldim. Hayot ravishi shunday ekanβ¦ O'zbeklar doim ilm-fanga qiziqqan. Potensiali birdan yuzaga chiqmasligiga sabablar ko'p. Qaysi birini aytay! Jamoatchilik orasida ham shunday gap yuradi: "Nega bizdan nobelchilar chiqmaydi?". Bu sharoitda o'zbek olimi Nobel mukofoti ololmaydi. Ming kuchanib, chiransin, qiyin. Chunki fan β bu katta investitsiya. Buning uchun o'zbek olimi Xitoy yoki Amerikaga, rivojlangan davlatlarga, qaysidir ulkan kuchli ilmiy maktabga borib, ilm qilishi kerak. Har kim o'zicha yangilik qilib, jahon darajasiga olib chiqib, Nobel olib ketavermaydi. O'sha ilmiy maktablar ham necha yillardan beri ishlab, ilmiy yo'nalishini yo'lga solgan, tizimini shakllantirgan bo'ladi. Bunday tizimlar juda ko'p va ular orasidagi raqobat ham dahshatli darajada katta. Olimlarimizni jamiyatda nufuzli, so'zi og'ir shaxslarga aylantirish uchun ularga yana minbar berilsa, ertalab telekanallardagi tonggi dasturlarda san'atkorlar emas, fan kishilarining suhbati olinsa, yoshlarga namuna qilib ko'rsatilsa, olimning obro'si oshadi, o'ziga ishonchi qaytadi. Qat'iy fikrim shunday: Fanlar akademiyasi ham, ilmni moliyalaydigan vazirlik ham o'zgarishi kerak. Ayniqsa, ilmni moliyalashga mas'ul idora. Uning ish uslubi, ming raddiya yoki bayonotlar bersin, zamonaga mos emas. Vazirlikka savolnoma yo'llang: "Nega ilmiy loyihalarni baholash bunchalik cho'zib yuborilgan?" deb. Qanday javob berishadi? Ilmiy loyihalarning baholanishi borasida qat'iy muddatlar bormi? 2021-yilda fundamental loyihalar tanlovi e'lon qilingan, nega tanlov shu vaqtgacha tugamagan? Yana bir jihat. Fundamental loyihalar uchun xorijlik hamrahbarning talab etilishi. Bu ham to'g'ri ish emas, buni ijtimoiy tarmoqlarda ham yozdim . Ilmiy g'oya va yutuqlar, texnologiyalar, patentlarning xorijlik hamkorlar bilan bo'lishish to'g'ri emas. Bu bosqichni bosib o'tgan davlatlarning achchiq tajribasi bor, nega biz buni qayta takrorlashimiz kerak?! Hali ham kech emas, bu talabni qayta ko'rib chiqish lozim. | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va noodatiy, shu bilan birga o'ziga xos Osiyo taomlari retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Kim-pab janubiy Koreya oshxonasining milliy taomi bo'lib, betakror ta'mga ega. Bu mazali va to'yimli sho'rva Π½ΠΈΠ½Π³ asosida bulon, lapsha, tuxum va ko'k piyoz, va xohishga ko'ra boshqa qo'shimchalar bor. Tovuq va sabzavotli vok lapshasini uy sharoitida tayyorlash oson, asosiysi β masalliqlarni tez qovurish kerak. Sho'rva tez tayyorlanadigan lapshadan iborat, unga qo'shimcha ingrediyentlar solsa bo'ladi, ularning asosiy qismi go'sht, sabzavot, tuxumdir. "Teriyaki" tovuqli taomi yapon oshxonasiga mansub bo'lib, ko'pgina mamlakatlarda ham sevib iste'mol qilinadi. Odatda "Bao" bulochkalari yarim oy shaklida turli-xil nachinka bilan tayyorlanadi, ammo ularni oddiy bulochka shaklida pishirsa ham bo'ladi. Bunday usulda pishirilgan taom go'shti yumshoq, ta'mi ham ajoyib, brokkoli karami esa qarsildoq bo'lib, barcha vitaminlarini saqlab qoladi. Eng mashhur Tailand sho'rvasi tom yam . Ushbu sho'rva o'ziga xos ta'mga va juda yoqimli hidga ega. Soya qaylasi, asal, sarimsoqpiyoz va limon sharbati ta'mlarining uyg'unlashuvi ushbu taomni yanada mazali qiladi. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
Bir yilda nechta kitob o'qiysiz? Kuningizning qancha qismini mutolaaga sarflaysiz? Xohlaganingizdan ko'ra kam, to'g'rimi? Ish-tashvishning tugamasligi yoki shunchaki hafsala, xohish yo'qligi bahona bunga. "Gazeta.uz" kitobxonlikni targ'ib etish, o'quvchini ko'p va xo'b o'qishga undash niyatida "Nima o'qiymiz?" savoli bilan olim, tadqiqotchi, jamoat faoli, yozuvchi-shoir, tarjimon va boshqalarga yuzlanadi, ularning yil davomida o'qigan yo o'qilishi shart deb sanagan kitoblari tavsiyasini sizga yetkazadi. Maqsad juda oddiy β kitobxon bo'laylik! "Nima o'qiymiz?" loyihasining navbatdagi mehmoni β tarixchi, Sharqiy Angliya universitetida associate professor bo'lib ishlayotgan Sherzod Mo'minov. Kitob nafaqat ilm manbai, balki fikrni rivojlantirish, aqlni charxlash, dunyoqarashni kengaytirish vositasi hamdir. Amaliy nuqtai nazardan, kitob o'qish til o'rganish, ma'lumotlarni tahlil qilish, ilmiy yoki ommabop tekstlar yozish kabi ko'nikmalar hosil qilishda ko'makchi bo'ladi. Turli janr va uslubda yozilgan kitoblar o'qish kitob yozishda ham juda foydali: nafaqat ingliz va boshqa chet tillarini, balki kitob yozishni aynan badiiy va boshqa asarlar o'qish orqali o'rganganman, desam mubolag'a bo'lmaydi. Bir nafasda o'qiladigan matn yozish qanchalik qiyinligi, yozuvchi mehnatini qadrlash muhimligini tushunganman. O'zim kitob yozib, chop qila olishimga bo'lgan ishonch, yozishda asqatgan bilimlarni aynan o'qish orqali shakllantirganman. Kitobimni yozish jarayonida unga o'quvchi nazari bilan qarash muhimligini ham. Kunimni odatda kitob o'qishdan boshlayman. Ertalab darsim bo'lmagan kunlari, bir piyola achchiq qora qahva bilan, derazadan tushib turgan tong yorug'ida kitob o'qiyman. Bu jarayon oldinda turgan kunim uchun nihoyatda muhim β shu tarzda miyamni uyg'otaman. Nonushta tanamga ozuqa berganidek, kitobdagi so'zlar aqlimga quvvat bo'ladi. Yaxshi kitob kayfiyatimni ko'taradi, tasavvurimni mashq qildiradi. Qanday kitobligiga qarab, kitoblarni turlicha o'qiyman. Kasbim kitob o'qish (va yozish) bo'lgani uchun xohlagan bir paytda bir nechta kitob o'qiyotgan bo'laman. Ilmiy tadqiqotim uchun o'qiydigan kitoblarimdan tashqari (bularni odatda qisman o'qiyman, boshidan oxirigacha o'qib tugatishga vaqt yetmaydi), ilmiy jurnallar iltimosiga ko'ra taqriz yozish uchun o'qiladigan kitoblar ham bor. Ishdan tashqari vaqtda albatta bitta badiiy kitob o'qiyman. Ilmiy kitoblarni, u kitob meniki bo'lsa (ya'ni, kutubxonadan olingan bo'lmasa), muhim yoki tadqiqotimda ishlatishim mumkin bo'lgan gaplarning tagiga qalam bilan chizib o'qiyman. Oldinlari, ayniqsa yangi kitob sotib olganimda, bunday qilishga qo'lim bormasdi, ammo yillar o'tib, o'qilgan kitoblarning aksariyat qismi xotirada qolmasligiga amin bo'lganman. Oradan bir oy o'tar-o'tmas, o'rganganlarimning ko'pi elakka quyilgan suvdek xotiradan chiqib ketadi. Shu sabab, vaqt o'tib yana kitobni ochganimda eslashim kerak bo'lgan qismlarining tagiga chizaman. Kitobga jabr bo'lmasin deb, yumshoq qalam bilan, keyin o'chirsa bo'ladigan qilib chizaman. Oxirgi yillarda kitoblarni asosan ingliz tilida o'qiyman, lekin o'zim o'rganayotgan chet tilida kitoblar o'qib turishga harakat qilaman. Boshida qiyin bo'lishiga qaramasdan, lug'at yordamida, sabr bilan o'qib borilsa, oradan vaqt o'tib til bilimini kitob o'qish orqali oshirish mumkinligiga ishonaman. Misol uchun, yapon tilida roman o'qishni boshlaganimda, har ikki gapda bir lug'at titkilash qiyin bo'lardi, bu jarayonda roman o'qishdan olinadigan zavq ham deyarli yo'qqa chiqardi. Ammo so'z boyligim ortib borgani sari, lug'atga murojaatlarim kamaya bordi, hozirda juda qiyin romanlardan tashqari uncha-muncha kitoblarni deyarli lug'atsiz o'qiy olaman. Muhimi, bo'sh kelmasdan, muntazam o'qib borish. Hozir o'zbek tiliga ko'plab kitoblar tarjima qilinmoqda. Bu albatta yaxshi. Ammo dunyoning asosiy tillarida, eng kamida ingliz tilida kitoblarni bemalol o'qiy oladigan yoshlarimiz ko'paygani yaxshi. Tarjimalar ko'payaveradi, ammo ular hamisha son va sifat jihatidan original kitoblardan orqada yurishi tabiiy. Hozirgi zamonda kitob do'koniga ham bormasdan, elektron formatda xohlagan kitobni sotib olish mumkin. Tilni bilish o'quvchiga tarjima chiqishini kutib o'tirmasdan, o'zi xohlagan bilimni xohlagan paytida o'qib-o'rganish imkonini beradi. Quyida yaqin o'tmishda o'qigan kitoblarim orasidan menga yoqqan bir nechtasini keltiraman. Tarixchi bo'lganim uchun, bularning ko'pi sohamga oid kitoblardir, ammo orasida umumiy mavzularga doir va badiiy asarlar ham bor. Ba'zida kutubxona yo kitob do'konida biror bir kitob nomi yoxud muqovasiga qarab qo'limga olaman, birinchi sahifasini o'qiyman. Ko'pincha joyiga qaytarib qo'yaman β kitob yoqmagani uchun emas, balki o'qib tugatishim kerak bo'lgan kitoblar haddan tashqari ko'pligi sabab. Ammo Posnettning "G'alati hosillar" asari ilk satrlaridan diqqatimni tortgan: kitobning birinchi bobi islandiyalik aholi va shimol o'rdaklari o'rtasida yozilmagan "shartnoma" haqida hikoya qiladi. Pati nihoyatda nozik va qimmatbaho bo'lgan o'rdaklarni tuxum qo'yish payti yirtqichlardan asragan odamlar qushlar ketgach, inlarda qolib ketgan noyob patni yig'ib, sotib kun kechiradi. O'rdaklar ham ulardan cho'chimay, ishonch bilan polaponlarini dunyoga keltiradi. Shimol o'rdagining pati shunday "g'alati hosillar"dan biri bo'lib, jahon bozorida narxi juda baland. Kitobda yana olti turdagi shunday noyob va "g'alati" hosillar haqida hikoya qilinadi. Kembrij universiteti tarixchi professori, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bo'yicha mutaxassis Tim Harperning salmoqli bu asari o'tgan asr boshlarida Yevropa mustamlaka tizimlariga qarshi chiqqan Osiyodagi inqilobchilar haqida. Sanoat inqilobi va texnologiyalar rivoji natijasida yuzaga kelgan yangi dunyoni goh erkin, goh maxfiy kezgan bu qo'zg'olonchilar o'z millatlarining chet ellik "og'alar"dan erkin bo'lishi yo'lida jonlarini ham berishga tayyor bo'ladi. Harper bu ishi bilan shu paytgacha Yevropani dunyo markaziga qo'yib kelgan tarixga tanqidiy nazar tashlab, imperiyalarning yemirilishida mustamlaka yurtlarning jasur vakillari sa'y-harakatlari, ularni bog'lab turgan xalqaro rishtalarni turli tildagi arxivlarga asoslab yoritib bergan. Shaharlarga mehrim bo'lakcha. Ular haqidagi kitoblarni ham sevib o'qiyman. Shaharlar ichida Tokioni boshqacha yaxshi ko'raman. Bu ajoyib kitobda Tokioda yashovchi amerikalik yozuvchi Anna Sherman shahar tarixi va bugunini uning eski ibodatxona qo'ng'iroqlari orqali so'zlab beradi. Gavjum metropolisning yashirin burchaklaridan moziy izlarini qidirgan Sherman har qadami tarixiy ahamiyatga ega ko'chalar, eski binolar va ular bilan chambarchas bog'liq inson taqdirlarini mohirona hikoya qiladi. Shermanning mahorati orqali Tokioni yaxshi bilgan o'quvchi ham, u yerda biror marta bo'lmaganlar ham qavat-qavat tarix ostidan bizgacha yetib keladigan qo'ng'iroq ovozlarini tinglaydi, uzoq o'tmish insonlari his qilgan tuyg'ularu qayg'ularga sherik bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizdagi o'rni ortib borayotganidan havotirlanishimiz lozimmi? Amerikalik yozuvchi Eggersning yangi romani zamonamizni hajv qiladi. Unda The Every degan texnologik kompaniya β uni Facebook, Apple va Amazon'ning yig'indisi desa bo'ladi β dunyoni egallab olishi qiziqarli qahramonlar hayoti orqali yoritilgan. Kembrijning yana bir tarixchi professori Jonatan Haslam β Sovet Ittifoqi tarixi bo'yicha mutaxassis. Turli davlatlar arxivlarida olib borilgan tadqiqotlari natijasi bo'lmish bu kitob ikki jahon urushi orasida Yevropa davlatlari yetakchi sinf vakillarining Sovet Ittifoqi va kommunizmdan xavotiri haqida hikoya qiladi. Bu xavotir shunchalik kuchli va keng tarqalganki, kommunizmni asosiy dushman deb bilgan Yevropa 1933-yili Germaniyada hokimiyat tepasiga kelgan Hitlerga nisbatan ham bu darajada jiddiy yondashmaydi. Ikki zulm orasidan eng xavflisi deb ular Sovet Ittifoqini tanlaydi. Kitob nafaqat yaxshi yozilgan β u shu davrgacha G'arb davlatlarida hukm surib kelgan paradigma, ya'ni butun Yevropa natsizmga qarshi bo'lgan, degan g'oyani so'roq ostiga oladi. Haslamning xulosasi shuki, kommunizmdan cho'chigan G'arb haqiqiy xavf bo'lmish fashizmni jiddiy qabul qilmaydi. Yapon imperiyasi davrida mustamlaka Koreyadan Yaponiyaga ko'chgan koreyslar avlodidan bo'lmish yapon yozuvchisi Yu Mirining "Tokio, Ueno bekati" romani Yaponiya va dunyoda oxirgi yillarda eng ko'p o'qilgan asarlardan bo'ldi. Roman Tokioning Ueno parkida uysiz tilanchi bo'lib kun ko'radigan, yoshi o'tgan erkakning qiynoqli xotiralariga asoslangan. Bosh qahramon Kazu asli Fukushima viloyatidan (2011-yilgi tabiiy ofatdan so'ng Yu Mirining o'zi ham Fukushimaga ko'chib o'tib, talofat ko'rgan shaharlarning birida yashay boshlagan); tasodifga ko'ra, uning o'zi imperator Akixito bilan bir yilda, o'g'li esa Akixitoning o'g'li (hozirgi imperator) Naruxito bilan bir kunda tug'ilgan. Taqdir zarbalari va oilaviy fojia mehnatkash Kazuni uysizlikka yetaklaydi. Yu Miri imperator oilasiga tutash bu taqdir orqali zamonaviy yapon jamiyatida o'sib borayotgan tengsizlikni tanqid qiladi. Ajoyib va ayni vaqtda ayanchli roman. Xitoy tarixi bo'yicha mutaxassis Timoti Bruk ushbu ommabop kitobida XVII asr Hollandiyasida yuz bergan sanoat va savdo inqilobi orqali globallashuv jarayoniga nazar soladi. Bruks bu davrda ijod qilgan hollandiyalik musavvir Yan Vermeyerning olti asari orqali globallashuv tarixi β uzoq o'lkalarga sayohat, savdo-sotiqning kengayishi, Yevropa imperiyalari orasida savdo huquqi va mustamlakalar ustida raqobat, Osiyodan kirib kelgan buyumlarning yangi davr Yevropasi shakllanishidagi o'rni kabi murakkab jarayonlarni qiziqarli tarzda hikoya qiladi. Sanoat va savdo rivojlanishi oqibatida yuzaga kelgan yangi dunyo Timoti Bruk qalami ostida ko'z o'ngimizda asta-sekin gavdalanadi. Qiziqishlar xilma-xilligidan tashqari, kundalik hayot, ish, dars va oilaga sarflanadigan vaqtdan ortib kitob o'qish hamisha ham oson emas. Ishi va turmush sharoitiga ko'ra kitoblardan yiroq yashaydigan insonlar ham bor. Shunday insonlarga ham o'zingiz uchun qiziq bo'lgan birorta kitobni o'qib ko'ring, degan bo'lardim. Shunchaki vaqt o'tkazish yoki kitobdagi voqealarga qiziqishdan tashqari, fikrlashingizga ijobiy ta'sir qiladi. Dunyoga teranroq qaraysiz. Yana bir tavsiyam: keng mavzularda, mutaxassisligingizdan uzoq sohalardagi kitoblarni o'qing. O'zingiz yaxshi tushunmagan mavzu yoki jarayonlarni sodda va qiziqarli tushuntirgan kitoblar talaygina. Ko'z bilan ko'rib, qo'l bilan ushlab bo'lmaydigan narsalarni tasavvur oynasida aks ettira oladigan ajoyib yozuvchilarning asarlarini o'qing. Bulardan tashqari, yillar davomida o'qigan kitoblarim orasidan quyidagi kitoblarni odatda do'stlarimga tavsiya qilaman. Bularning har biri menga qadrdon bo'lib qolgan, desam mubolag'a bo'lmaydi; har biri haqida yuzlab so'z yozishim mumkin edi. Yoshlarimiz shular orasidan yangi asar yoki yangi muallif kashf qilishsa, juda xursand bo'laman: Tavsiyalar so'ngida o'zimning o'tgan yili chop qilingan kitobimga ham havola qoldirsam. Kitob 1945β1956-yillar oralig'ida Sovet Ittifoqida asirlikda bo'lgan 600 mingdan ortiq yapon askarlarining taqdiriga bag'ishlangan. PhD dissertatsiya sifatida boshlangan bu kitobni yapon, rus va ingliz tillaridagi arxiv manbalari va xotiralarga asoslanib yozganman. | advice |
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda bahoriy mavsumga mos qulupnayli shirinliklar ro'yxatini taqdim etadi. Qulupnay mavsumida o'zingizni ajoyib mini-piroglar bilan siylang. Bu pishiriq juda oson tayyorlanadi. Shirin va xushbo'y qulupnayli muzqaymoq β zararli qo'shimchalarsiz oddiy va tabiiy shirinlik. Choy bilan ichish uchun mazali kefir asosida tayyorlanadigan va qulupnay bilan bezatilgan oddiy keks . Oson tayyorlanadigan, pishirishni talab etmaydigan qulupnayga ega tvorogli tortni mavsumga qaramay yangi chiqqan qulupnay yoki muzlatilgani bilan tayyorlash mumkin. Ushbu oddiy va shu bilan birga ajoyib vanil, dolchin va qulupnay ta'mlarini o'zida mujassamlashtirgan pirog juda tez va oson tayyorlaniladi. Tvorog va qulupnayli pirog β bunday ajoyib ta'mga ega pirog kattayu kichikka birdek yoqishi aniq. Yumshoqina va og'izda erib ketuvchi qulupnayli pechenelar ayniqsa bolajonlarni juda quvontirib yuborishi shubhasiz. Mayin biskvit, plombir muzqaymog'ini eslatuvchi krem, qulupnay β bularning hammasi fransuz konditerlari tomonidan o'ylab topilgan "Freze" tortida mavjud. Yengil va yumshoq, xuddi suflega o'xshab ketuvchi shirinlik β qulupnayli puding . Uni xohishga qarab, muzqaymoq bilan ham iste'mol qilish mumkin. Yanada ko'proq retseptlar β Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148β15β55 Telegram: (+99899) 837β15β15. | advice |
End of preview. Expand
in Dataset Viewer.
README.md exists but content is empty.
Use the Edit dataset card button to edit it.
- Downloads last month
- 13