text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Hindistonning SpiceJet aviakompaniyasi Boeing bilan 22 mlrd dollarga samolyotlar sotib olish haqida shartnoma imzoladi Hindistonning SpiceJet aviakompaniyasi Amerikaning Boeing korporatsiyasi bilan 22 milliard dollargacha mablag‘ga taxminan 205 ta laynerni sotib olish haqida shartnoma tuzdi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda ikki kompaniya vakillari Hindiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. SpiceJet boshqaruvi raisi Ajay Singx so‘zlariga ko‘ra, kelishuv 155 ta Boeing 737-8 Max samolyotlarini sotib olish uchun qat’iy buyurtmani, shuningdek, yana 50 ta samolyot sotib olish huquqini ko‘zda tutadi. SpiceJet Hindistondagi kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi aviakompaniya bo‘lib, havo orqali tashuvlar bozoridagi ulushi 12,8 foizni tashkil etadi.
2Dunyo
«Gazprom», «Lukoyl» va Turkiya sababli rubl kursi tushib ketdi Juma kuni Moskva birjasida dollar kursi 74 rubldan yuqori ko‘tarildi, bu 14 maydan beri birinchi marta yuz berdi. Yevro esa 87 rubldan oshdi. Yevropa valutasi mart oxiridan buyon bunchalik qimmatlamagandi. Rossiya valutasining kuchsizlanishi «Gazprom»ning investorlari hisobiga kelib tushgan dividendlarning konvertatsiya qilinishi bilan izohlanmoqda. «Gazprom» 2020 yil yakunlariga ko‘ra o‘z aksionerlariga 360,784 mlrd rubl dividend to‘ladi.  «Renessans Kapital» kompaniyasining aksiyalar bozorida ishlash bo‘yicha boshqarmasi direktori Maksim Orlovskiyning so‘zlariga ko‘ra, minoritar aksiyadorlar olgan 2,3 mlrd dollardan 1,5-2 mlrd dollari konvertatsiya qilinishi mumkin. O‘tgan haftada «Lukoyl» ham rekord miqdorda dividend to‘ladi – dollarga aylantirganda 3,3 mlrd atrofida. «Bu summaning katta qismi valuta bozriga chiqdi», — deydi Orlovskiy. Gazprombankning strategiya markazi boshlig‘i Yegor Susin «Gazprom» dividendlari to‘lanishi va ularning konvertatsiya qilinishidan tashqari, Turkiyaga yo‘l ochilishi ham rubl kursiga ta'sir ko‘rsatdi degan fikrda. «Odamlar Turkiyada dam olishga otlanmoqda, buning uchun valutani konvertatsiya qilishmoqda, bu qisqa muddat ichida sodir bo‘layotgani uchun aholining valutaga bo‘lgan talabi rubl kursiga ta'sir ko‘rsatmoqda», — deydi Susin.
2Dunyo
Gruziya prezidenti Rossiyaga nisbatan iqtisodiy qaramlikni kamaytirish lozimligini ma’lum qildi Fransiyada o‘tkazilgan xalqaro forumda Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili so‘zga chiqib, mamlakatning Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bog‘liqligini kamaytirish lozimligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziyaga “ko‘proq Yevropa sarmoyalari” kerak, deb xabar beradi “Kommersant”. Zurabishvilining ta’kidlashicha, Gruziya Yevropa Ittifoqiga kirishga harakat qilmoqda. “Bizga ko‘proq Yevropa sarmoyalari, Yevropa davlatlaridan turistlar kerak, shuningdek, mahsulotlarimizga yanada ko‘proq yevropalik iste’molchilar zarur”, — deydi Gruziya prezidenti. Rossiya va Gruziya 2008-yildan buyon diplomatik aloqalarni olib bormaydi. Munosabatlar Tbilisining tashabbusi bilan Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiya suverenitetini tan olganidan so‘ng buzilgan. 2019-yilning iyunida ikki mamlakat o‘rtasidagi mojarolar yanada keskin tus oldi. Rossiya deputatlari delegatsiyasining rahbari Sergey Gavrilov Gruziya parlamenti spikerining o‘rindig‘iga o‘tirib olganidan so‘ng, Tbilisida ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketgandi.
2Dunyo
Samsung Galaxy S21 Ultra: kelajak flagmaniga oid tafsilotlar oshkor qilindi Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 2021-yilda taqdim etiladigan keyingi avlod flagman smartfonlarini yaratish bilan jiddiy shug‘ullanmoqda. Gizmochina nashri yangi seriyaning eng katta modeli — Galaxy S21 Ultra’ga doir ilk tafsilotlar bilan bo‘lishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon asosiy kamerasi 108 megapikselli sensorga ega bo‘ladi. Flagmanga jami beshta kamera o‘rnatiladi. Shu bilan birga, Galaxy S21 Ultra yangi avlod datchiklari — Samsung ISOCELL HM2’ bilan jihozlanadi. Qurilma 8K sifatli videoni tasvirga olish funksiyasi va 240 k/s kadrlar chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon ekranining yangilanish chastotasi esa 120 yoki 144 gerts bo‘lishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Galaxy S21’ga 65 vattli tezkor quvvatlanishga ega sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatiladi. Kompaniya hozirda bu boradagi texnologiyani yaratish bilan shug‘ullanmoqda. Samsung jami uchta smartonini taqdim etadi — Galaxy S21, Galaxy S21+ va Galaxy S21 Ultra. Devayslar Snapdragon 875 yoki Exynos 2100 protsessorlari bazasi ishlaydi. Yangi gadjetlar taqdimotiga hali bir necha oy bor, shu sababli Galaxy S lineykasidagi keyingi avlod qurilmalarini aniq ishlab chiqarishni boshlash sanasi noma’lum. Avvalroq Samsung flagmanlarga xos texnik jihatlarga ega Galaxy S20 FE modelini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
14Texnologiya
«RASH-MILK»: 18 yildan buyon tildan tushmayotgan yirik korxona Korxona ishlab chiqarishning boshqa sohalarida ham katta loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 25 avgust kuni Xo‘jaobod tumanida yiliga 1,2 million tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodini ishga tushirdi. Loyiha qiymati 100 million AQSh dollariga teng. 40 gektar maydonni egallagan ushbu zavod xitoylik mutaxassislar tomonidan bir yarim yilda qurib bitkazildi. Korxona ochilishi munosabati bilan «RASH-MILK»ning Asaka tumani Axtachi hududidagi ekologik muammolarni keltirib chiqarayotgan zavodi faoliyatini to‘xtatadi. 800 nafar mahalliy aholini ish bilan ta'minlagan yangi zavod zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, atrof-muhitga salbiy ta'sir o‘tkazmaydi. «Tsement zavodini tez fursatlarda bitkazilishida hamkorlarimiz Xitoyning «Sinoma» kompaniyasi katta hissa qo‘shdi. O‘tgan yili qurilish ishlari boshlangach, pandemiya ta'sirida xitoylik mutaxassislarning O‘zbekistonga uchib kelishida muammolar bo‘lgandi. Viloyat rahbarlarining sa'y-harakatlari bilan yo‘llar ochildi va obekt belgilangan vaqtda foydalanishga topshirildi. Hozircha zavodimizning ishlab chiqarish quvvati 1,2 million tonna. Navbatdagi loyihani ishga tushirsak, yillik ishab chiqarish hajmi 3 million tonnaga yetadi», deydi «RASH-MILK» korxonasi rahbari Ahliddin Zokirov. O‘zbekistonda mazkur korxona mahsulotlari kirib bormagan xonadon kam bo‘lsa kerak. Tabiiy toza sutdan tayyorlangan, sifatli va mazali «RASH-MILK» brendi ostidagi mahsulotlar iste'molchilar orasida mashhur. «RASH-MILK» korxonasida qoramollarni parvarishlash, sut xomashyosini olishdan tortib, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichni o‘zida mujassam etgan klaster usuli joriy etilgan. «RASH-MILK»ning Andijon viloyati Bo‘ston tumanida faoliyat yuritayotgan sut mahsulotlari korxonasida ham bo‘ldik. «Korxonamiz sut mahsulotlari ishlab chiqarishni 2003 yilda boshlagan. O‘sha paytda faqat quruq sut ishlab chiqarganmiz. Hozir esa 60 turdagi mahsulotlarimiz bor. Respublikamizda bizning mahsulot kirib bormagan xonadon bo‘lmasa kerak. «RASH-MILK» o‘z brendi ostidagi sut mahsulotlarining tabiiyligiga alohida e'tibor qaratadi. Klaster usulini joriy qilganmiz. Jamiyat qoshida naslli chorvachilik xo‘jaligi tashkil etilgan bo‘lib, unda Germaniyadan keltirilgan zotdor qoramollar zamonaviy texnologiyalar asosida parvarishlanmoqda. Ozuqa yetishtirish uchun yetarli darajada yer maydonimiz bor. «RASH-MILK» o‘z xo‘jaligida yetishtirilayotgan sut xomashyosini qayta ishlab, tayyor mahsulot holatiga keltiryapti. Hozirgi paytda sut korxonamizning o‘zida 300 nafar ishchi faoliyat olib boradi. Ishlab chiqarishda xorijning so‘nggi texnologiyalaridan foydalanib kelamiz», deydi korxona ish yurituvchisi Mansurbek Rashidov. Bir so‘z bilan aytganda, zamondan ortda qolmayotgani va mahsulotlari sifatini tushirmayotgani uchun «RASH-MILK» hamon tildan tushmayapti. O‘zbekistonda bunday korxonalar ko‘payishini tilab qolamiz. Elmurod Ermatov, Kun.uz muxbiri. Tasvirchi va montaj ustasi – Azizbek Ismoilov.
8O‘zbekiston
Shvetsiyalik olimlar kamharakat hayot tarzi umrni qisqartirishini aniqladi Shvetsiyadagi Karolina instituti olimlari uzoq umr ko‘rishni xohlovchi odamlarga kamharakat va o‘tirgan holda hayot kechirishni tavsiya qilmaydi, deb xabar bermoqda RuNews24. Aniqlanishicha, yetarlicha harakat faolligi mavjud bo‘lmaganda, odamda keksayish jarayonlari genetik darajada tezlashadi. Professor May-Lis Xelleniusning ma’lum qilishicha, qarilik jarayonining boshlanishi telomerlar — DNK uchlarining kaltalashishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, odamlarning ishlash qobiliyati pasayib, salomatligining salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi. Bu boradagi tadqiqot natijalari Daily Telegraph jurnalining “O‘rnidan turish qanday qilib keksayishga qarshi eng yaxshi usul bo‘la oladi?” (How standing might be the best anti-ageing technique?) nomi bilan chop etilgan maqolasida batafsil yoritib berilgan.
2Dunyo
Toshkentdagi reklama va e’lonlar tartibga solinadi Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov “Toshkent shahri ko‘chalari, bino va inshootlaridagi reklama, e’lon va turli axborotlarni tartibga keltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat “Toshkent oqshomi” gazetasida e’lon qilindi. Qaror Toshkent shahar ko‘chalari, xiyobonlari, bino va inshootlari, yoritish ustunlari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga joylashtirilgan ayrim reklama, e’lon, yozuv va turli axborotlarni o‘rganish jarayonida orfografik xatolar bilan yozilayotganligi, ularda ikkilamchi va ma’naviyatimizga zid ma’nolar kelib chiqayotganligi, “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan talablar buzilayotganligini inobatga olib qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi, Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’mol mollari departamenti, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va mutasaddi tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhlari besh kun muddatda tuziladi. Mazkur ishchi guruhlarga quyidagi: — tumandagi bino va inshootlar, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashqi tomoni va atrofiga joylashtirilgan reklama, e’lon va axborotlardagi matn, tashqi dizayni va hajmini o‘rganib chiqish; — orfografik xatolar bilan yozilgan, “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, arxitektura talablari va ma’naviyatimizga zid reklama, e’lon va axborotlarni tartibga keltirish; — tadbirkorlik subyektlariga o‘rnatiladigan reklama, e’lon va axborotlar arxitektura va qonun talablariga javob berishi, matnlarning davlat tilida to‘g‘ri yozilishi hamda aks ettirilgan ko‘rinishlar ma’naviyatimizga mos bo‘lishi lozimligini tushuntirish hamda mazkur targ‘ibot vositalarini joylashtirishdan avval, matnlar puxta tekshirilishi lozimligini tavsiya etish; — O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, tashqi reklamani ko‘cha yoritgichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda, shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshirilishini nazorat qilish; — tashqi reklama, e’lon va axborotlarni madaniy meros obyektlari, tashqi yoritish ustunlari, yo‘l belgilari va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanishi haqida ogohlantirish; — qonun hujjatlariga zid bo‘lgan, bino va inshootlar, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlari peshtoqlaridagi orfografik xato bilan yozilgan yozuvlar, targ‘ibot vositalari, ikkilamchi ma’noli so‘zlar va ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmaydigan suratlarning joylashtirilishini oldini olish choralarini ko‘rish vazifalari topshiriladi. “Reklama to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonun osti hujjatlarini buzilganlik uchun javobgarlik masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, tuman hokimliklari, Ma’naviyat targ‘ibot markazi (F.Mahmudxo‘jayev) bilan birgalikda mutaxassislarni jalb qilgan holda, reklama, e’lon va axborotlardagi matnlar to‘g‘ri yozilganligini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus jamoatchilik guruhi tuziladi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston va AQSH qo‘shma BPO korporatsiyasi tashkil qilmoqda O‘zbekistonda AQSH bilan hamkorlikda yangi BPO korporatsiyasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi. 2022-yil 24-iyun kuni Kaliforniya shtati Irvin shahrida tashkil etilgan “Uzbekistan-USA: Logistics Technology & BPO Shared Opportunities” nomli tadbirda bu haqda muzokaralar o‘tkazildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Access Capital Management Corp” o‘rtasida IT va BPO sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolanishi va qo‘shma korporatsiya tashkil etilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi. Bo‘lajak korporatsiya 3 yil ichida 1100 ta ish o‘rni yaratilishi hamda AQSH va O‘zbekistonda yuridik shaxs tadbirkorlik subyektlari ochilishini nazarda tutadi. Yangi korporatsiya miqyosida sug‘urta, faktoring, QA (sifat nazorati) va multimedia kabi yo‘nalishlar bo‘yicha biznes jarayonlarni autsorsing faoliyatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganligi qayd etildi. Avvalroq Sherzod Shermatov Apple kompaniyasiga O‘zbekistonda Apple Pay’ni ishga tushirishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Facebook sekin ishlaydigan telefon va tarmoqlar uchun yengil dastur chiqardi Facebook kompaniyasi sekin ishlaydigan tarmoqlar va Android boshqaruvidagi arzon smartfonlar uchun maxsus mobil dastur ishlab chiqdi. Bu haqda kompaniya asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg o‘z sahifasida ma’lum qildi. Atigi 1 megabaytlik ushbu Facebook Lite dasturi 2G (EDGE va GPRS) tarmoqlarida ham ancha tez ishlaydi. Uning funksiyalari “katta” dasturning funksiyalaridan deyarli farq qilmaydi. Biroq ta’kidlash joiz, unda yangiliklar tasmasidagi xabarlarni saralab bo‘lmaydi, ularni Facebook’ning o‘zi siz uchun saralaydi. Dastur foydalanuvchilar ko‘pincha internetga ulanish bo‘yicha muammolarga duch keladigan qator mamlakatlarda muomalaga kiritilib bo‘lgan. Sukerberg so‘zlariga ko‘ra, yangi dastur Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropada ochiq sinovdan o‘tmoqda. Facebook Lite haqida avvalroq ham xabarlar tarqalgan edi, biroq endilikda u rasman taqdim etildi.
14Texnologiya
Luis Suaresning nima sababdan “Atletiko”ga o‘tishni xohlayotgani ma’lum bo‘ldi “Barselona” hujumchisi Luis Suares tez orada Madridning “Atletiko” klubi a’zosiga aylanadi, deb xabar bermoqda Marca. Ta’kidlanishicha, Suaresning “Atletiko”ga o‘tishida hal qiluvchi rolni madridliklar ustozi Diyego Simeone o‘ynagan. Argentinalik murabbiyi Suaresni jamoada asosiy futbolchilardan bo‘la olishiga ishontirgan. Shuningdek, Luis “matraschilar” o‘yin uslubiga mos tushishini qayd etgan. Shu boisdan Luis “Atletiko”ga o‘tishni ma’qul ko‘rgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” va Suares shartnomani bekor qilish borasida o‘zaro kelishuvga erishgani haqida xabar qilingandi. Ma’lumot uchun, Suares “Barselona”da 2014-yildan buyon to‘p surib keladi. Katalon klubi uni “Liverpul”dan sotib olgandi. 2019/20-yilgi mavsumda hujumchi klub miqyosida 36 o‘yin o‘tkazib, 21 gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Qur'on musobaqasida ishtirok etadiganlar soni 1100 dan oshdi O‘zbekistonda ilk bor barcha istovchilar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan Qur'oni Karim musobaqasida qatnashish istagini bildirganlar soni 1000 kishidan oshdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati. Shu bilan birga, qatnashuvchilarni ro‘yxatga olish jarayoni hali davom etmoqda, deyiladi Qur'on musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita ma'lumotida. Musobaqada ishtirok etish uchun joriy yilning 9 yanvar holatiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 847 nafar erkak va 284 nafar ayol kishi jami 1101 yurtdoshimiz hujjat topshirgan. 8 yanvardagi holat bo‘yicha bu raqam 733 kishini tashkil etgan edi.  Qur'on musobaqasida 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan barcha o‘zbekistonliklar hifz va tilovat yo‘nalishlari bo‘yicha qatnashishlari mumkin. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 13 yanvar kuniga qadar davom etadi.
8O‘zbekiston
Karim Benzema Yevro–2016 turnirida ishtirok etmasligini ma’lum qildi Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Karim Benzema Fransiya termasi safida Yevro–2016 turnirida ishtirok etmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Sports.ru”. “Men va meni qo‘llab-quvvatlagan insonlarning baxtiga qarshi, Fransiya termasi safida Yevro–2016 turnirida ishtirok etmayman”, – deb yozdi hujumchi o‘zining  Twitter’dagi sahifasida. Eslatib o‘tamiz, Fransiya futbol federatsiyasi Matye Valbuenani shantaj qilish ishi yuzasidan 2015-yilning dekabrida Benzemani terma jamoadan vaqtincha chetlashtirgandi. Shuningdek, mart oyida Fransiya apellyatsion sudi hujumchidan Valbuenaga nisbatan tovlamachilik ishi bo‘yicha nazoratni qisman olib tashlagandi. Shunga qaramay, 28 yoshli hujumchi Fransiyaning Gollandiya va Rossiya termalariga qarshi mart oyida bo‘lib o‘tgan o‘yinlariga chaqirilmagan edi.
13Sport
Samarqandda “soxta kapitan” ushlandi (foto) Samarqand shahrida ichki ishlar organlari xodimi kiyimini kiyib olgan “soxta kapitan” qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. Xabar berishlaricha, 31-mart kuni 23:30 atrofida Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan “Yangi yulduz” tungi klubida egnida ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus harbiy-dala kiyimi bo‘lgan shubhali shaxs o‘tirgani, uning yonida “Makarov” to‘pponchasiga o‘xshash qurol borligi haqida tezkor xabar kelib tushgan. Tungi klubga zudlik bilan Samarqand viloyati IIB O‘z xavfsizligi xizmati va Samarqand shahar IIO FMB xodimlari yetib borgan va asli Toshkent shahrining Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi Abdulatif Rasulov qo‘lga olingan. Uning egnida ichki ishlar organlarining maxsus harbiy-dala kiyimi, yonida “Makarov” to‘pponchasiga o‘xshash qurol, 1,5 million so‘m pul bo‘lgan. “Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIB axborotida. Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati Abdulatif Rasulov o‘zini IIB xodimi deb tanishtirishi oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarni viloyat IIBning (+99866) 233-11-11 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishni so‘ragan. Eslatib o‘tamiz, 21-mart kuni Samarqand viloyat IIB xodimlari tomonidan ichki ishlar xizmat formasidagi “soxta mayor” qo‘lga olingan edi.
8O‘zbekiston
Toshkentda bitiruvchilarning innovatsion g‘oyalar tanlovi bo‘lib o‘tdi 2017 yil 3 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Inha” universitetida kasb-hunar kolleji va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalarini saralash “START-AP” haftaliklari – innovatsion g‘oyalar tanlovining namunaviy tarzda yakuniy tuman bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda. Hafta davomida o‘tkazilgan tadbirlar davomida tumandagi 10 ta kasb-hunar kolleji va 7 ta Oliy ta'lim muassasasining 1294 nafar bitiruvchisi o‘z biznes g‘oyalarini 100 dan ortiq korxona, tashkilot, tuman hokimligining iqtisodiy majmuasi tarkibidagi tijorat banklari, moliya, soliq idoralari, Bandlikka ko‘maklashish markazi va manfaatdor tashkilotlarga namoyish etishdi. Tadbirda ishtirok etgan ta'lim muassasalarini bitirayotgan loyiha tashabbuskorlari o‘z biznes loyihalarining qisqacha ta'rifi – ijtimoiy-iqtisodiy muammolar (vazifalar) yechimi, maqsadi, foydalanuvchilar auditoriyasi (mijozlar), qiymati (o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, investorlar mablag‘lari), amalga oshirish muddatlari, loyihani amalga oshirish natijasida yaratiladigan ish o‘rinlari va boshqa ma'lumotlarni o‘z taqdimotlarida namoyish etishdi. Tadbir davomida bitiruvchilar o‘zlarining inovatsion g‘oyalari asosida ishlab chiqqan “Start-ap” loyihalari mamlakatimiz bozorini avtomatlashtirish, ya'ni mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi o‘rtasida onlayn aloqani o‘rnatish tizimi, yoshlarni, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlashga ixtisoslashtirilgan dasturlar, meva-sabzavotlar urug‘i va danaklaridan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish, oilaviy hamda nogiron va qariyalar uchun ixtisoslashtirilgan sport-sog‘lomlashtirish markazini yo‘lga qo‘yish, axborot texnologiyalar sohasini rivojlantirish kabi ko‘plab, ya'ni 100 dan ortiq innovatsion loyihalarini taqdim etishdi. Shuni alohida qayd etish lozimki, 2017 yil 30 maydan 3 iyun kuniga qadar davom etgan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani dastlabki saralash bosqichi mobaynida bitiruvchilar tomonidan tijorat banklari hamda salohiyatli investorlar, davlat hokimiyati organlari vakillariga o‘z loyihalarini namoyish etishlari va o‘z bizneslarini boshlashlari uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berildi. “Start-ap xaftaliklari” – innovatsion g‘oyalar tanlovining tuman bosqichida eng yaxshi loyihalar tashabbuskorlariga tadbir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda ularning tadbirkorlik faoliyatlarini birinchi qadam sifatida ya'ni shu yerning o‘zidan boshlashlari uchun tijorat banklarining moliyalashtirish to‘g‘risidagi maxsus “Kreditlash sertifikatlari” bilan taqdirlandi. Kasb-hunar kollejlariva oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilaridan 6 nafar bitiruvchining (Nig‘matjon Anvarov, Laylo Davlatyorova, Saida Jalilova, Dilmurod Madraximov, Oqiljon Azizjonov, Muxlisa Azimova, Aziza Ergasheva) “Start-ap” loyihalari tuman Ishchi komissiyasi tomonidan munosib deb topildi va tanlov g‘olibi sifatida qimmatbaho sovg‘alar hamda tijorat banklarining moliyalashtirish to‘g‘risidagi maxsus “Kreditlash sertifikatlari” bilan taqdirlandi. “Start-ap” xaftaliklari – innovatsion g‘oyalar tanlovining yakuniy tuman bosqichida eng yaxshi deb topilgan 50 dan ortiq loyiha Toshkent shahar bosqichiga olib chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilayotgan Davlat dasturiga moliyalashtirish uchun kiritiladi.
5Jamiyat
Chet elda sifatli ta’lim olish orzusidamisan?! IELTS/TOEFL yo‘q bo‘lgani uchun buni imkonsiz deb o‘ylayapsanmi?! Endi IELTS talab qilinmaydi! Chunki, Grant China bilan Xitoy tilini oson va ortiqcha xarajatlarsiz Xitoyning eng nufuzli universitetlarida o‘rganib Xitoy xalq respublikasi tomonidan taqdim etilgan davlat grantiga erish! Xitoy davlat granti aynan Buyuk Ipak Yo‘lidan o‘tgan davlatlar uchun taqdim etilmoqda. Bunday GRANTlar 4 yillik o‘quv kontrakti, yotoqxona to‘lovi va oylik stipendiyani o‘z ichiga oladi. Demak sen, mutlaqo xarajatlarsiz 4 yil Xitoyda ta’lim olishing mumkin? Sen buni bilmasliging mumkin, lekin sen O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sganliging uchun shunday imkoniyat taqdim etilyapti! Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy berma! Ma’lumotlar uchun telefon raqamlari: +998 99 882 67 69 +998 99 884 67 69 +99899 898 67 69 +99899 898 69 67 +998 99 484 67 69
8O‘zbekiston
Alibaba Group asoschisi: “Men ofisda o‘lib qolishni istamayman” Hongkongda o‘tgan anjumanda Alibaba Group asoschisi, 52 yashar Jyek Ma muddatidan oldin nafaqaga chiqish haqida o‘ylayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda Nikkei.com ma'lum qilgan. Xitoyning elektron tijorat giganti Alibaba Group Holding rahbarligidan ketganiga uch yil bo‘lgan Jyek Ma “ofisda o‘lib qolishni istamasligini” ma'lum qilgan edi. — Men 17 yillik umrimni elektron tijoratga sarfladim. Endi nafaqaga vaqtliroq chiqishni istayapman. Men, va nihoyat, dunyoni tomosha qilishni istayman, — dedi Jyek Ma. Ammo u biznesni qachon tark etishiga to‘la oydinlik kiritmagan. Jyek Ma ayni damda kompaniya direktorlar kengashida rahbar lavozimida faoliyat yuritadi. Alibaba Group rahbari sifatida Daniel Chjan Yun ish olib boradi.
5Jamiyat
Mirziyoyev Bekoboddagi barcha xonadonlarni isitish moslamalari bilan ta'minlashga ko‘rsatma berdi Bekobod shahrida 5 mingta «Ariston» suv isitgichlari o‘rnatiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri faollari bilan uchrashuvda ma'lum qilgan.  O‘zA xabariga ko‘ra, isitgichlar kreditlar asosida xarid qilinadi va turay-joylarda o‘rnatiladi.  Bekobodda ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalari quriladi va rekonstruksiya qilinadi, bunga 20 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.  Prezident Bekoboddagi «Paxtakor» mahallasiga tashrifi chog‘ida oddiy odamlar bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi.  «Biz bu yerga bekobodliklarning savollariga javob topish, xalq bizga bergan ishonchni oqlash maqsadida kelganmiz» — deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlari keltirilgan uning feysbukdagi rasmiy sahifasida. «Bu yerda 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularga 37ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatadi», — deyilgan sahifa xabarida. Shavkat Mirziyoyevga hudud markazida bunyod etilishi ko‘zda tutilayotgan Yagona hisob-kitob markazi va namunali mahalla fuqarolar yig‘ini binolarining loyihalari taqdim qilingan. Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida xonadonlarni isitish loyihasi bilan tanishar ekan, aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yaqin kelajakda Bekobod shahridagi barcha xonadonlarni isitish moslamasi bilan ta'minlash ishlarini tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar bergan.
8O‘zbekiston
Kimyo va biologiya yangi tizim boʻyicha oʻqitiladi Oʻzbekistonda kimyo va biologiyaga oʻqitishning yangi tizimi joriy etiladi, bu Prezidentning 12 avgustdagi qarorida belgilangan. Hujjatga asosan: Tayanch maktablar va iхtisoslashtirilgan maktablarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha komissiya tashkil etildi. Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida maхsus jamgʻarmalar tashkil etiladi. Ular faoliyatni, ularni jihozlash, oʻqituvchilarga ustama haq toʻlash hamda “kimyo” va “biologiya” fanlarini oʻqitish boʻyicha boshqa tadbirlarni qoʻshimcha moliyalashtiradi. Quyidagilar maхsus jamgʻarmalarning mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi: 2021 yildan boshlab har 2 yilda bir marotaba oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi хalqaro fan olimpiadalari oʻtkaziladi. Gʻoliblar bir martalik mukofotlashga ega boʻladilar hamda tegishli mutaхassisliklar boʻyicha oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadilar. Oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya ta’lim yoʻnalishlari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadasi gʻoliblari hamda “kimyo” va “biologiya” fanlari boʻyicha nufuzli хalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturaga tegishli mutaхassisliklar boʻyicha oʻqishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadilar. Oliy ta’lim muassasalarining “kimyo” va “biologiya” ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha imtiyozli diplomga ega boʻlgan bitiruvchilari mazkur muassasalarning magistratura mutaхassisligiga qoʻshimcha imtihonlarsiz toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadilar. “Kimyo” va “biologiya” mutaхassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlar tayanch doktoranturaga oliy ta’lim muassasalarining kengashi qarori asosida imtihonlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri kvota doirasida qabul qilinadilar. Bundan tashqari, quyidagilar joriy etiladi: a) bir oy muddatda - Iхtisoslashtirilgan maktablarning “kimyo” va “biologiya” fanlari oʻqituvchilarining bilimi va pedagogik mahoratini baholash va saralab olingan nomzodlarning malakasini oshirish rejasi. Baholash natijalaridan kelib chiqib iхtisoslashtirilgan maktablarga va tayanch iхtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari hamda direktor va iхtisoslashgan fan boʻyicha direktor oʻrinbosarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 2021 yil 1 yanvardan boshlab 50%gacha oshiriladi; b) 2021 yil 1 fevralga qadar - “Kimyo” va “biologiya” fanlaridan bilimlarni baholash boʻyicha milliy sertifikatlash tizimi. Imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktabi oʻquvchilariga oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirishda ushbu fanlardan test sinovi topshirmasdan maksimal ball beriladi; v) 2021 yildan boshlab - oʻquv yili davomida oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bir martalik ustamalar: 2021 yildan boshlab ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish boʻyicha milliy tanlov tashkil qilinadi. Gʻolib deb topilgan mualliflar 100 mln soʻmdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadilar. Elmira Siraziyeva.
10Qonunchilik
Shifo maslahat: “IChKI BUQOQ XAVFLIMI?” — Buqoq turlari orasida ichki taraflama joylashganini xavfliroq, deyishadi. Chindan ham shu rostmi? Ichki buqoqning qanday asoratlari bo`lishi mumkin? Nasiba Sattarova, Samarqand shahri Dilfuza ORTIQOVA, shifokor-endokrinolog: — Siz aytayotgan holat odamlar orasida zaharli buqoq nomi bilan ham ataladi. Ya`ni, toksik buqoq. Agar tashxis haqiqatan ham shunday bo`lsa,albatta davolash zarur. Ichki buqoq deganda fiziologik holatga ko`ra ichiga o`sgan, to`shning orqasida joylashgan turiga nisbatan aytiladi. Bunda normal holatdan pastroqda joylashgan buqoq traxeyani siqib qo`yishi, organizmda turli asoratlarni paydo qilishi mumkin. Shu bois shifokor tavsiyasi bilan jarrohlik amaliyoti buyuriladi. Sizning vaziyatingizga kelsak, tibbiy tekshiruvlardan o`tib, buqoqning turini aniqlash va shunga ko`ra muolaja qilish darkor.
11Salomatlik
“Aldangan ayol” kastingidan o‘tolmagan Nigora, Taxmina obrazidan quruq qolgan Durdona. Film va seriallardagi mashhur rollarni turli sabablarga ko‘ra ijro eta olmagan aktrisalar (foto) Bir filmning suratga olinishi uchun ozmuncha vaqt va mehnat sarflanmaydi. Ba’zan bir rol uchun o‘nlab ijodkorlar kurashadi. Ular ichida eng yaxshi deb tan olinganlariga esa rolni ijro etish nasib etadi. Ayrim hollarda esa aktyorlar film kastingidan o‘tib, turli sabablarga ko‘ra o‘sha rolni ijro eta olmasligi ham mumkin. Quyida shunday holatlar haqida so‘z yuritamiz. Durdona Qurbonova mas’uliyatsizligi sabab roldan chetlatilgan “Milliy” telekanali orqali namoyish etilgan “Daydi qizning daftari” serialida bosh qahramon obraziga dastlab Durdona Qurbonova tasdiqlangan edi. Biroq ushbu obraz yosh aktrisa Fotima Berdiyevaga nasib etdi. Durdona Qurbonova nima sababdan Taxmina rolini ijro etmagani haqida serial rejissori Umid Husanov so‘zlab berdi. — Haqiqatan ham bu rolni Durdona Qurbonova ijro etishi kerak edi. Serial prodyuseri Doniyor Agzamov aktrisa bilan kelishgach, ssenariyni qo‘liga tutganmiz. Unga rol mohiyati, nimalarga alohida e’tibor berishi kerakligi haqida tushuntirgandim. Bir necha bor qo‘ng‘iroq qilganimizda undan ssenariyni o‘qiyapman, degan javobni oldik. Ammo suratga olish jarayonlari boshlanishiga bir hafta qolganida prodyuserga qo‘ng‘iroq qilib: “Qahramonimning ismi nima edi?” deb so‘ragan. Undan avval ham personaj imiji bo‘yicha uchrashuvga chaqirganimizda turli bahonalar bilan kelmagandi. Bundan prodyuserning jahli chiqib, rolni boshqa aktrisaga berishimizni so‘ragan. O‘z-o‘zidan ikkinchi nomzod Fotima Berdiyevaga qo‘ng‘iroq qilib, rolga tasdiqlanganini aytganmiz, — deydi Umid Husanov. Nigora Karimboyeva “Aldangan ayol” filmi kastingida ishtirok etgan Taniqli aktrisa Nigora Karimboyeva “Aldangan ayol” filmidagi bosh qahramon roli uchun kastingda ishtirok etgan. Ammo bu obrazni Rayhon Ulasenova ijro etgan. — “Aldangan” ayol filmining fotokastingida ishtirok etganman. Albatta, bosh rolni ijro etish xohishi bo‘lgan. Ammo rolga tasdiqlanmaganimni eshitib, biroz ranjiganman. Ammo filmni tomosha qilgach, bu rol meniki emasligini, Rayhon Ulasenova a’lo darajada ijro etganligini angladim. Ammo Ayub Shahobiddinovning “Kechikkan hayot” filmidagi Dilnoza Kubayeva ijro etgan rol meniki bo‘lishi kerak edi. Dilnozani hurmat qilaman. Uni singlimdek yaxshi ko‘raman. Ammo undan rolni rostmana qizg‘anganman. Bu rolni men ijro etishim kerak edi, degan ijod rashki ancha vaqtgacha tinchlik bermagan, — deydi Nigora Karimboyeva. “Seni izlab” filmi ijodkorlari bosh rolni havaskor aktrisaga ishongan O‘zbek kinosining retro filmi “Seni izlab” da bosh rolga havaskor aktrisa Nargiza Olimova tasdiqlangan. Aslida, bu rol uchun Lola Eltoyeva, Madina Muxtorova kabi professional aktrisalar ham kasting topshirgan. Film kichkina qizaloqning oyisiga juda o‘xshaydigan begona ayolni ko‘chada ko‘rib qolishi sahnasidan boshlanadi. Qizcha yetti yot begona ayolni (Nargiza Olimova) o‘z onasidek qabul qiladi hamda otasining sa’y-harakatlariga qaramay, undan ayrilishni xohlamaydi. Film so‘ngida ular ona-bolaga aylanadi... — Aktrisa emasman, ammo kino olamiga kirib kelishim juda qiziq kechgan. 1988-yil “Toshkent malikasi” go‘zallik tanlovida qatnashganimdan so‘ng, ko‘plab teleloyihalarga takliflar bo‘lgan. Oradan bir muddat vaqt o‘tib Saida Zunnunovaning “Go‘dak isi” nomli hikoyalari asosida film olinadigan bo‘libdi. Kastingga taklif etishdi, hamma qatori ishtirok etdim. Rosti, filmda ishtirok etishni umid qilmagandim. Chunki men bilan birga Madina Muxtorova, Lola Eltoyeva kabi yaxshi aktrisalar ham kasting topshirishgandi. Ammo kasting videolarini ko‘rgan yozuvchi Said Ahmad Nargizaning qiyofasida o‘zbek ayolini ko‘ryapman, deb rolga meni tanlabdi. Shundan keyin film muvaffaqiyatli chiqishi uchun chin dildan harakat qildim. Filmda Madina Muxtorovaga Nodira roli nasib qildi, — deydi filmdagi bosh rol ijrochisi Nargiza Olimova. Malika Alimova “Osmondagi bolalar”dagi Lola roliga tasdiqlangan edi Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi barcha bolalar oshiq bo‘lgan Lola obrazi dastlab Malika Alimovaga, Nargiz roli esa Kristina Toirovaga atalgan edi. Biroq syomka jarayoni boshlanishidan biroz avval rejissorning fikri o‘zgaradi hamda Malika va Kristina o‘zaro rol almashadi. — “Osmondagi bolalar” filmi suratga olinishidan avval Lola rolini ijro etishim haqida aytishgandi. Ammo suratga olish kuni kelguniga qadar rejissor Kristina Toirova va menga aynan qaysi rollarni ijro etishimizni aytmadi. Hayron bo‘lib, rollarni takrorlab o‘tiraverdik. Kristina yolg‘izlikni yoqtirardi, men esa maktab o‘quvchilari bilan tezda til topishib ketgandim. Shunda Zulfiqor aka Kristina Lolani, Malika esa Nargiz rolini ijro etishi kerak, degan ekan. Chunki Nargiz roli bilan o‘xshashlik jihatlarimiz bisyor. Shunday qilib, Lola roli menga nasib etmagan, ammo bundan hech qachon afsuslanmayman, — deydi Malika Alimova. Nargiza Abdullayevaning rolini Sitora Farmonova “ilib ketgan” 2006-yili “O‘zbektelefilm” kinostudiyasida “Maftuna” nomli serial suratga olingan. Rassom yigitga ko‘ngil qo‘ygan talaba qiz taqdir taqozosi bilan yetim bolaning boshini silashiga to‘g‘ri keladi. Ammo buni odamlar turlicha talqin qilishadi. Aktrisa Sitora Farmonova ijrosidagi Maftuna roli aslida Nargiza Abdullayevaga nasib etishi kerak edi. Ammo suratga olish ishlariga bir necha kun qolganida aktrisa roldan mosuvo bo‘lgan. Nargiza Abdullayeva nima sababdan bunday bo‘lganini yaxshi biladi, ammo ommaga oshkor etishni istamaydi. “Baxt ovchisi”dagi Zulyani Nigora ijro etishi kerak edi “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya roli “Afandining qizlari” jamoasi a’zosi Nigora Abdullaxonovaga topshirilgandi. Ammo serial syomkasi boshlanishiga bir necha kun qolganida rejissor qaroridan qaytgan. Nigora ham iste’dodli aktrisa, u bir necha filmlarda bosh rollarni maromiga etkazib ijro etgan. Ammo Barchin G‘ofurova ijrosidagi Zulya tomoshabinlarni ko‘proq ta’sirlantirgan. Bahora Arslonova “Dugonalar” ko‘rsatuvidagi ishtiroki tufayli orzusidagi rolni ijro eta olmadi — Rejissor Ibrohim Rasulov shoira Zulfiyaxonim haqida “Muhabbat bahori” nomli filmni suratga olmoqchiligini aytib, kastingga taklif etdi. Oradan ancha vaqt o‘tdi, men kastingga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdim. Shoiraning hayot ijodini o‘rganib, Jizzaxga  haykalini ham ziyorat qilib keldim. Kastingda eng ta’sirli epizodni ijro etib, maza qildim. Rejissorga kastingdan o‘tmasam ham, xabar bering qo‘ying, degandim. Oradan ancha vaqt o‘tib, film suratga olinayotgani haqida eshitdim. Eng yomoni, o‘sha yerda Bahora rolni yaxshi ijro etdi, faqat u “Dugonalar shou” ko‘rsatuvida ishtirok etgani uchun uni rolga olmadik, deyishibdi. Ko‘rsatuv bilan filmning nima bog‘liqligi bor, deb hayron bo‘ldim. Aktrisa Shahnoza Shokirova Zulfiya rolini maromiga yetkazib ijro etgan, ammo bu rolni chin dildan meniki bo‘lishini istagandim, — deydi Bahora Arslonova.
7Madaniyat
Quyichirchiqdagi uyda gaz to‘planib chaqnashi oqibatida portlash yuz berdi. 2 kishi halok bo‘ldi 11-noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Surum” MFY Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyning isitish qozonidan tabiiy gazning sizib chiqishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati. Buning oqibatida uyning tom qismi qulab tushgan va uy jihozlari yongan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirligi va viloyatning tegishli mutasaddi rahbarlari, Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari chiqishgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Hurmatli fuqarolar! Gaz vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
8O‘zbekiston
Eronda AQShga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda Tehron va Eronning boshqa shaharlarida 4 noyabrda AQShga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlarda bir necha ming kishi ishtirok etmoqda. Ta'kidlanishicha, namoyishchilar AQShga qarshi shiorlarni hayqirib, qo‘llarida AQSh prezidenti Donald Tramp mazax qilingan plakatlar ko‘tarib olishgan hamda AQSh bayroqlari va dollar banknotalarini yoqishmoqda. Erondagi namoyishlar 1979 yilda islom inqilobi vaqtida AQShning Tehrondagi elchixonasi bosib olinishining 39 yilligida bo‘lib o‘tmoqda. O‘sha voqeada eronlik radikal talabalar 444 kun davomida 50 dan ko‘proq amerikalik diplomatni garovda ushlab turgan. O‘shanda AQSh Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgan.   3 noyabrda Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Homanaiy tvitterdagi sahifasida 40 yil ichida “Vashingtonning harbiy, iqtisodiy va axboriy adovati” mag‘lubiyatga uchraganini aytgan. 5 noyabrda AQShning Eronga qarshi yangi sanksiyalari kuchga kiradi. Sanktsiyalar mamlakatning bank va neft sektorlarini qamrab oladi va Eron iqtisodiyotini batamom falajlashi mumkin.
2Dunyo
Toshkent viloyatida 4 kg giyohvand modda saqlayotgan erkak aniqlandi, IIB xodimiga ishni yopish uchun pora bergan o‘g‘li esa qo‘lga olindi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi xonadonlardan birida erkak 4 kilogramm quritilgan giyohvand modda saqlayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov xabar qildi. Kadr: Videodan skrinshot Ma’lum bo‘lishicha, hududiy ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori D.Zikirov Bog‘zor magallasidagi xonadonlardan birida oilaviy janjal bo‘layotgani uchun borgan. Inspektor xonadon egasi — 1959-yilda tug‘ilgan A.S. bilan profilaktik suhbat o‘tkazayotgan vaqtda hovlida turgan ikkita qopda giyohvand moddaga o‘xshash o‘tkir hidli o‘simlik va 4 kilogrammga yaqin quritilgan giyohvand modda urug‘i borligini aniqlagan. Shuningdek, uy ko‘zdan kechirilganda uchta 3 litrli shisha idishda yashilsimon modda urug‘i borligi ma’lum bo‘lgan. Dastlabki surishtiruvlar vaqtida A.S.ning 1998-yilda tug‘ilgan o‘g‘li S.A. yuritilgan tekshiruvni tergovga o‘tkazmay yopib berish uchun profilaktika inspektoriga 1 million 500 ming so‘m pora taklif qilgan. Ta’kidlanishicha, inspektorning bildirgisiga asosan o‘tkazilgan tadbirda S.A. pulni xodimga pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan. Holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
8O‘zbekiston
Belarusga Skoda auto, Liqui Moly va Beiersdorf mahsulotlarini olib kirish taqiqlandi Belarus hukumati sanksiya choralarini joriy etdi va mamlakat hududiga Skoda auto, Liqui Moly va Beiersdorf savdo markalari mahsulotlari olib kirilishini taqiqladi. Olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatiga Liqui Moly, Skoda auto va Beiersdorf (Nivea, Eucerin, La Prairie, Labello, Hansaplast, Florena, «8X4», Skin Stories, Gammon, Tesa, Chaul, Coppertone, Hidrofugal, Stop The Water While Using Me! savdo markalari) guruhlari mahsulotlari kiritildi, deyiladi mamlakat hukumati matbuot xizmati xabarida. Ta'kidlanishicha, ushbu qaror «Belarus xalqiga nisbatan nodo‘stona harakatlar hisobga olingan holda milliy manfaatlarni himoya qilish maqsadida» qabul qilingan. Taqiq hujjat e'lon qilinganidan 10 kun o‘tib kuchga kiradi va 6 oy davomida amal qiladi. Hujjatga ko‘ra, Belarus hududiga taqiqlangan mahsulotlar olib kirilgani aniqlangan holatda bu mahsulotlar ortga qaytarib yuboriladi. Taqiq shaxsiy foydalanish uchun olib kirilgan mahsulotlar hamda YeOIIga a'zo davlatlarda ro‘yxatga olingan yoki YeOII hududiga vaqtincha kirib kelgan transport vositalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
2Dunyo
Ronaldu Messining ustidan kuldi, biroz o`tib o`zi maydondan chetlatildi Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Superkubogi doirasida “Barselona”ga qarshi bo`lib o`tgan dastlabki bahsda zahiradan maydonga tushib, 80-daqiqada raqib darvozasini ishg`ol etishga muvaffaq bo`ldi. Qizig`i shundaki, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu golni huddi Messi Madridda bo`lib o`tgan so`nggi “El-Klassiko”da o`z golini nishonlaganidek nishonladi va qaysidir ma`noda argentinalik futbolchining ustidan kuldi. Aytish lozimki, libosini echib golni nishonlash Ronalduga qimmatga tushdi. Aniqrog`i, u oradan 2 daqiqa o`tib, hakam tomonidan 2-sariq kartochka bilan ogohlantirildi va natijada maydonni tark etdi.
13Sport
Falkao «Galatasaroy» bilan shartnoma imzoladi «Monako» hujumchisi Radamel Falkao «Galatasaroy» safiga o‘tdi. 33 yoshli forvard yozda monegaskliklar jamoasi ungi yangi shartnoma taklif etmagani va takliflarni ko‘rib chiqishini ma'lum qilgandi. U o‘ziga eng jiddiy qiziqish bildirgan istanbulliklar klubini tanladi va erkin agent sifatida shu klub futbolchisiga aylandi Kolumbiyalik hujumchi yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma tuzdi, uning bu klubdagi yillik maoshi 5 million yevroga teng. Istanbul xalqaro aeroportida uni 25 ming kishi kutib oldi. O‘tgan mavsumda Falkao monegaskliklarning Fransiya chempionatidagi 33 uchrashuvida maydonga tushib, 15 gol urgandi. U bu mavsumda jamoa o‘yinlarida ishtirok etmagan.
13Sport
2018 yilning birinchi yarim yilligida dunyo bo‘ylab 66 jurnalist o‘ldirildi 2018 yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 22 mamlakatida 66 jurnalist halok bo‘ldi. Press Emblem Campaign nohukumat tashkilotining Jyenevada e'lon qilgan hisobotida shu haqda so‘z boradi. Tashkilot jahon hamjamiyatiga murojaat qilar ekan, mojaroli hududlarda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari xavfsizligini ta'minlashda amaliy choralar ko‘rishga chaqirdi.  Ta'kidlanishicha, 2017 yilning shu davrida 50 jurnalist o‘limi qayd etilgan edi.  Halok bo‘lgan jurnalistlarning 11 nafari Afg‘onistonda hayotdan ko‘z yumgan. Meksikada 8, Suriyada 7, AQShda 6 va Yamanda 5 jurnalist halok bo‘lgan. Tashkilot, shuningdek, Hindiston, xususan Kashmirda 4 jurnalistning o‘ldirilgani borasida tashvish bildirgan. Braziliya, Ekvador va Filippinda 3 nafardan jurnalist o‘ldirib ketilgan. G‘azo sektori, Gvatemala va Pokistonda 2 nafardan, Bangladesh, Kolumbiya, Haiti, Indoneziya, Iroq, Liberiya, Nikaragua, Rossiya, Salvador va Slovakiyada bir nafardan jurnalist g‘arazgo‘ylar qurboni bo‘lgan.  2004 yili tashkil etilgan Press Emblem Campaign BMT huzurida maslahatchi maqomiga ega.
2Dunyo
AQShning Parklend shahridagi maktab o‘quvchilari qurolli hujum bo‘lishini oldindan sezgan 14-fevral kuni Floridaning Parklend shahridagi maktabda 17 kishini o‘ldirgan o‘qotar aynan uning sobiq sinfdoshlari va maktabning boshqa o‘quvchilari xavfsiragan ishni amalga oshirgan. Bu haqda Fox News telekanali jurnalistlar suhbatlashgan o‘quvchilarga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”. Nikolas Kruz Marjory Stoneman Douglas maktabidan bekorga haydalmagan. O‘qotarga tegishli bo‘lgan Instagram sahifasiga o‘tochar va sovuq qurollar suratlari joylashtirilgan. Maktab o‘quvchilaridan biri ta’kidlashicha, “atrofdagi barcha odamlar tez orada qon to‘kilishini bashorat qilgan va uni aynan Kruz amalga oshirishini aytgan”. Boshqa bir o‘quvchi fojia aybdorini “yolg‘iz va noraso” deb atadi, uchinchisi esa Kruz maktab binosi loyihasini yaxshi bilganini va yong‘in trevogasi  chalinganida hamma oldindan tayinlangan joyga — uchinchi qavatga to‘planishini juda yaxshi bilganini da’vo qildi. AQSh Kongressi senati a’zosi Bill Nelson ma’lum qilganidek, Kruz hujum oldidan gazniqob kiyib olgan va o‘zi bilan tutun chiqaruvchi shashkalarni olib kelgan hamda sarosimani keltirib chiqarib, ko‘proq qurbonlarga erishish maqsadida yong‘in sirenasini yoqqan.
2Dunyo
Italiyada koronavirus yuqtirganlar soni 100 ming kishidan oshdi Italiyada COVID-19 koronavirusini yuqtirganlar soni 101 mingdan oshdi, deb xabar berdi Corriere della Sera gazetasi. 30 mart holatiga ko‘ra, 14,6 mingdan ortiq bemor tuzalgan, 11,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Shu tariqa, hozirda Italiyada kasallikka chalinganlar soni 75,5 mingdan ortiq kishini tashkil etmoqda. O‘tgan sutkada kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 1648 ta holat qayd etilgan. Eng ko‘p kasallanganlar Lombardiyada qayd etilgan. Region gubernatori Attilio Fontananing so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning tarqalish sur'ati pasaygan, ammo bu odamlar oddiy hayotga qaytishlari mumkinligini anglatmaydi. U keyingi kunlardagi yaxshi xabarlardan so‘ng ko‘chalarda odamlar va mashinalar ko‘paygani kuzatilganini qayd etdi va hukumatni nazoratni bo‘shashtirmaslikka chaqirdi. Jons Xopkins universitetining ma'lumotlariga ko‘ra, Italiya koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib turibdi. Kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha esa AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda.
2Dunyo
“Mening fikrim” veb-portali ishga tushdi: O‘zbekiston qonunlari bo‘yicha taklif berish imkoniyati yaratildi 2018 yil 20 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Mening fikrim” veb-portalining meningfikrim.uz taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur portal orqali Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat berish imkoniyati taqdim etiladi. Shu bilan birga, har bir fuqaro o‘zining konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, mamlakat qonunchilik tizimini rivojlantirish borasida o‘z fikrlarini bildirishi mumkin bo‘ladi. Xo‘sh, ushbu portal qay tartibda ishlaydi? Dastavval murojaatchi Yagona identifikatsiya tizimida (id.gov.uz) o‘z shaxsini tasdiqlaganidan so‘ng, “Mening fikrim” veb-portalining bosh sahifasidagi maxsus tugmani bosib tegishli joyga murojaat matnini kiritishi lozim. Mazkur murojaatni Yagona identifikatsiya tizimi (id.gov.uz) orqali o‘z shaxsini tasdiqlagan foydalanuvchilardan kamida 5 nafari qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi. Buning uchun murojaat foydalanuvchilar e'tiboriga havola etiladi. Murojaat yetarli miqdorda ovoz to‘plasa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan ekspertizaga qabul qilinadi. Institut murojaatni o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun ekspertiza o‘tkazadi.  Shu o‘rinda murojaatni yo‘llashda e'tibor berish lozim bo‘lgan jihat shundaki, ayrim murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi. Bular: - mavjud konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga qaratilgan da'vatlar; - jamiyatning ma'naviy qadriyatlariga putur yetkazadigan, fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini poymol qiladigan; - urush, zo‘ravonlik, shafqatsizlikni targ‘ib qilish, millatlararo, irqiy, diniy adovat, ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi; - terrorchilik harakatlarini sodir etishga, qonunga muvofiq jinoiy va o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishga da'vat qilish to‘g‘risidagi va nizomda belgilangan boshqa masalalar. Institut murojaatga ijobiy xulosa berganidan so‘ng bir kun ichida murojaat umumiy ovoz berish uchun «Mening fikrim» veb-portalida e'lon qilinadi. Agar murojaat belgilangan talablarga javob bermasa, u rad etiladi va murojaat muallifiga xabar beriladi. Fuqaro tomonidan berilgan murojaatga umumiy ovoz berish e'lon qilinganidan so‘ng 90 kun davomida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga yuborilgan murojaat fuqarolarning kamida 10 000ta ovozini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,  xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuborilgan murojaat kamida 5 000ta ovozni,  xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga yuborilgan murojaat 1 000ta ovozni to‘plashi talab etiladi. Yetarli miqdordagi ovozlarni to‘plagan murojaat Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan keyingi kundan kechiktirmay vakolatli davlat organlariga yuboriladi. Oliy Majlis palatalari, mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinadi va «Mening fikrim» veb-portalida joylashtiriladi. Murojaatni ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish muddati 60 kundan oshmasligi talab etiladi. Ta'kidlanishicha, mazkur portal bir yil mobaynida sinov tariqasida faoliyat yuritadi. Bu vaqt mobaynida barcha yutuqlar va kamchiliklar o‘rganilib, uning natijasidan kelib chiqqan holda portal ishiga tuzatishlar kiritib boriladi. Bundan tashqari, tez orada portalning mobil ilovasi, mobil sayti, Telegram messenjer tarmog‘ida sahifasi ochiladi.  Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrida Oliy Majlis palatalariga murojaatida “Mening fikrim” veb-portalini ishlab chiqib, ishga tushirish taklifini ilgari surgan edi. 2018 yil Davlat dasturining 34-bandida ham mazkur veb-portalni ishlab chiqish uchun e'tibor qaratilgandi. Shu munosabat bilan “Uzinfocom” yagona integratori tomonidan ushbu portal qisqa muddatda, sodda, xalqchil va oson tushunadigan tarzda ishlab chiqildi.  Undan ko‘zlangan maqsad: -  Parlament va mahalliy Kengashlar tomonidan tashabbuskori xalq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy dolzarb muammolarni ko‘rib chiqishning samarali mexanizmini yaratish;  -  Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;  -  Respublikadagi eng dolzarb muammolar to‘g‘risida statistik ma'lumotlarni to‘plash;  -  Har bir fuqaroga uning ijtimoiy maqomi, jinsi, tili, dini, millatidan qat'iy nazar dolzarb muammolar va ularning yechimi yuzasidan ovoz berish imkoniyatini yaratish bo‘lsa,  -  Davlat hokimiyati organlarining faoliyatining shaffofligini ta'minlash va ularning fuqarolar bilan hamkorligini ta'minlash;  -  «Xalq bilan muloqot» orqali samarali va xalqchil qonunlarni qabul qilish;  -  Qonunchilikka takliflarni berish; -  Takliflarni 90 kun davomida jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish vazifalari sifatida belgilab berildi.  Taqdimot chog‘ida ma'lum qilinishicha, “Mening fikrim” maxsus veb-portali konsepsiyasini ishlab chiqishda 10 dan ortiq ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasi chuqur o‘rganildi va ularning ijobiy jihatlaridan unumli foydalanildi. Bundan tashqari, shu yilning 15 fevralida Oliy Majlis deputatlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari hamda NNTlar vakillari ishtirokida keng jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 2018 yil 13 aprel kuni “Mening fikrim” veb-portali loyihasi Konrad Adenauer fondi bilan hamkorlikda germaniyalik ekspertlar tomonidan xalqaro ekspertizadan o‘tkazildi va taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
8O‘zbekiston
DEVORBOP MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI KO‘PAYTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh VA SIFATINI YaXShILASh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda yangi korxonalar barpo etish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari kamayishini hamda tayyor mahsulot narxining arzonlashuvini ta’minlaydigan zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish hisobiga sifatli devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va shu asosda ichki bozorni shunday materiallar bilan to‘ldirish, uy-joylar, ayniqsa qishloq joylarda imorat qurayotgan aholining ortib borayotgan talab-ehtiyojini yanada to‘liqroq qondirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan manfaatdor idoralar va korxonalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009 — 2011-yillarda pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi yangi zamonaviy quvvatlarni yaratish Dasturi ilovaga* muvofiq ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish bo‘yicha kompleks tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni tasdiqlasin, bu tadbirlar: zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar bilan jihozlangan, shu jumladan mini-texnologiyalar qo‘llaniladigan devorbop materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini; 2010-yilning 1-yanvariga qadar muddatda pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi amaldagi korxonalar modernizatsiya qilinib, nostandart, tejamsiz pechlarning maxsus energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarga almashtirilishini; devorbop materiallarning muqobil turlarini qo‘llanish, shu jumladan yig‘ma, kompozitsion va kichik blokli konstruksiyalardan foydalanish asosida obyektlar qurilishining yangi zamonaviy industrial texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlaydi. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: 2009-yilning 1-iyulidan boshlab 2012-yilning 1-yanvariga qadar bo‘lgan davrda maxsus pechlar (aylanma, tunnelsimon va boshqalar)dan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar barcha turdagi soliqlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga va Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno); 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va yer bag‘ridan foydalanganlik uchun soliqqa tortiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga pishgan g‘isht ishlab chiqarganida yer bag‘ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni saqlab qolgan holda yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tish huquqi beriladi; 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya tejaydigan texnologiyalarga almashtirmagan, shuningdek belgilangan solishtirma sarf normalaridan ortiqcha hajmda tabiiy gazdan foydalanayotgan pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gaz amaldagi ulgurji narxda beriladi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan 2012-yilning 1-yanvariga qadar muddatda energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilgan pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga soddalashtirilgan tartib asosida xomashyo bazasini yaratish va kengaytirish, g‘ishtbop xomashyoni tajriba-sanoat va sanoat ko‘lamida qazib olish maqsadida geologik jihatdan o‘rganish uchun yer bag‘ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olishga litsenziya beriladi, bunda tegishli yer bag‘ri uchastkalaridan foydalanishning aniq shartlari belgilab qo‘yiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2009-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ushbu qarorda belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qo‘llanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin. 4. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi: bir oy muddatda mashinasozlik korxonalarida devorbop materiallar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalar va uskunalar tayyorlashni mahalliylashtirishga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; “O‘zdavneftgazinspeksiya” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2009-yilning 1-avgustiga qadar muddatda pishgan g‘isht ishlab chiqarishga tabiiy gaz sarfi normalarini hisob-kitob qilish metodikasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hamda loyiha institutlari bilan birgalikda energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalar qo‘llaniladigan turli quvvatdagi g‘isht zavodlarining bir xildagi namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 5. Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) “O‘zqurilishmateriallari” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya va resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish texnologiyalariga almashtirgan holda g‘isht korxonalarini modernizatsiya qilishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishi monitoringini tashkil qilsin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga materiallarni taqdim etib tursin. 6. Tijorat banklariga pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya tejaydigan texnologiyalarga almashtirgan holda modernizatsiyani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Niderlandiyada parranda grippi tarqalishi sababli 120 ming boshdan ortiq tovuq yo‘q qilinadi Niderlandiya janubidagi Sint-Udenrode shahrida joylashgan parrandachilik fabrikasida parranda grippi aniqlandi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida ma'lum qilindi. Qayd etilishicha, "kasallikning o‘ta xavfli turi" tarqalgan bo‘lishi mumkin. Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu ferma hamda uning yaqinida joylashgan yana ikkita fermadagi 122 ming bosh tovuq yo‘q qilinadi. Yaqin uch kilometr radiusdagi yettita parrandachilik fabrikasida esa parranda grippiga muntazam test olinadi. O‘n kilometr radiusda joylashgan yana 26ta fermaga esa parrandalar va ularning tuxumlarini tashish taqiqlandi. Avvalroq Rossiyada odamga parranda grippi yuqishi qayd etilgandi.
2Dunyo
Yangi tizim konsert chiptalari narxi sun'iy oshib ketishining oldini oladi – Ozodbek Nazarbekov Bugun, 4 fevral kuni madaniyat vazirligi binosida jurnalistlar va blogerlar bilan vazir ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohaga oid muammolar yuzasidan fikr bildirdi. Shuningdek, sohaga oid yangiliklar haqida axborot berildi. «Elektron chiptalar shu yilda joriy etiladi. Hozir uning loyihasi tayyorlandi, moliyaviy manbasi ham aniq. Madaniyat tadbirlari, jumladan konsertlar uchun yagona elektron chiptalar tizimi tashkil etiladi. Odamlar istagan vaqtida konsert, spektakl, sirk tomoshalari va boshqa madaniy tadbirlar uchun chiptalarni onlayn tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishlari mumkin bo‘ladi. O‘tgan yili tizimni ishga tushirishga ulgurmay qoldik. Yaqin oylarda bu imkoniyat ham yaratiladi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. Nazarbekovning qo‘shimcha qilishicha, tizimning ishga tushirilishi, ayniqsa, konsert chipta narxlarining sun'iy oshib ketishi oldini oladi. Natijada, jarayonga inson omili aralashuvi to‘xtaydi. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklariga chek qo‘yiladi.
8O‘zbekiston
«O‘zavtosanoat» va «O‘zbekiston havo yo‘llari»​ni boshqargan Ro‘ziqulov yangi lavozimga tayinlandi «O‘zavtosanoat»ning sobiq rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov​ «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktorligidan ham olingach, yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.  Ma'lum qilinishicha, Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish boshlagan.  Eslatib o‘tamiz, bundan avval, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etil​gani haqida xabar berilgandi. Shunday qilib, Ro‘ziqulov «O‘zavtosanoat» rahbarligidan ozod etildi.​ Keyinroq, u «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori etib tayinlan​gani ma'lum bo‘ldi.  Aqto‘be fojiasidan so‘ng, Ro‘ziqulov «O‘zbekiston havo yo‘llari»​ MAK bosh direktorligidan ham ketgandi.
8O‘zbekiston
"O`zbek futboli nuroniysi" AXBOR IMOMXO`JAEV 86 yosh ostonasida O`zbek futbolining past-balandi, terma jamoa va sport jurnalistikasi haqida achchiq va ochiq gaplar Xabaringiz bor, 2021 yilda futbolimizda turlicha davrlar yuz berdi. Milliy terma jamoamiz Jahon chempionati saralashining 1-bosqichidayoq omadsizlikka duch keldi. Natijada, terma jamoada murabbiylar almashinuvi bo`ldi hamda xorijlik mutaxassis taklif etildi. Shuningdek, qiyin palla bo`lishiga qaramay, ichki chempionat bahslari davom etdi. Xalqaro maydonda to`p surgan “Nasaf” finalga qadar etib kela oldi. Futbolimiz faxri bo`lgan Odil Ahmedov kutilmaganda faoliyatini yakunladi. O`zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag`ishlangan UZ Football Awards-2021 taqdirlash marosimida esa eng yaxshilar taqdirlandi.  O`zbek sporti jurnalistikasi faxriysi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi, Respublika toifasidagi hakam, “Oltin qalam” Milliy mukofot sohibi, taniqli sharhlovchi, 86 yoshni qarshilash arafasida turgan Axbor Imomxo`jaev esa UZ Football Awards-2021 sarhisobiga ko`ra, “O`zbek futboli nuroniysi” bo`ldi... "Darakchi" gazetasi muxbiri Axbor Imomxo`jaev bilan bugungi futbolimizga oid vaziyatlar haqida suhbatlashdik...  — Ortda qolgan 2021 yilgi futbol mavsumi sizda qanday taassurot qoldirdi? — Milliy terma jamoa qattiq ranjitdi. Biz Jahon Chempionati saralashida ilk marotaba so`nggi bosqichga chiqa olmadik. Mustaqillik futboli tariximizdagi eng sharmandali natija. Lekin ichki musobaqalar juda keskin kechdi. Superligada 2, 3 va 4-o`rinlar egasi, shuningdek, liganing keyingi yildagi so`nggi ishtirokchisi oxirgi turda va o`tish o`yinida aniqlandi. Pro-liga vakili Superliga a`zosini mag`lub etishi, ligalar orasidagi tafovut ancha yaqinlashib qolganini ko`rsatdi. O`zbekiston Kubogining finali esa haqiqiy drama bo`ldi. — Bugungi futbolda biror-bir ijobiy o`zgarishlar sezilyaptimi nazaringizda? — Shuni yana aytish mumkinki, endi halol, shaffof futbol sari dadil qadam tashlandi. Kelishilgan o`yinlarga deyarli chek qo`yildi. Nopok hakamlar futboldan chetlatildi. Futbolchilar yillab o`z haqlarini ololmay yurishlariga barham berildi. Eng muhimi – poydevor, ya`ni bolalar va o`smirlar futboliga katta e`tibor qaratildi. 14, 16 va 18 yoshli futbolchilar o`rtasidagi mamlakat birinchiligi yuksak saviyada o`tkazildi. Superliganing deyarli barcha uchrashuvlari jonli ravishda TV orqali namoyish etildi. Hatto Pro-liga bahslari ham “Zangori ekran”ga olib chiqildi. Bunaqasi avvallari bo`lmagan edi. Odil Ahmedov O`FA vise-prezidenti etib saylanishini ham qo`llab-quvvatlayman va yaqin yillar ichida bu o`z samarasini berishiga ishonaman!  Men Odil Ahmedovni Habib Nurmogamedovga o`xshatdim. Ikkalasi ham o`z sohasida jangchi va ikkoviyam otasiga bog`lanib qolgan edi. Otasi vafot etishi bilan Habib jang qilishni to`xtatgandi. Odil ham “endi mening birinchi muxlisim – otam yo`q” deganda hammasini tushungandek bo`ldim. — Terma jamoadagi omadsizlik tufayli Vadim Abramov ishdan olindi. Uning o`rniga Srechko Katanes taklif etildi. Bu murabbiy bilan ko`zlangan maqsadga erisha olamizmi? — Har holda Abramovdan ko`ra yaxshi natija qayd etadi (kuladi). Bizga Osiyo futbolini yaxshi biladigan evropalik mutaxassis kerak edi. Nazarimda, Katanes ana shu talabga javob beradi. U Iroq termasi bilan yaxshi ishladi. O`zbekistonda ham butun bilim va iqtidorini namoyish etadi, deb umid qilamiz... Milliy terma jamoa boshqaruviga Vadim Abramov qo`yilishi noto`g`ri bo`ldi. Shaxsiy fikrimcha, Ektor Kuperga oxirigacha imkon berilishi lozim edi. Bo`lar ish bo`ldi. Buni ortiq muhokama qilishdan foyda yo`q. Meni quvontirgan jihat shuki,  olimpiya terma jamoamizning Parij-2024 Olimpiadasi uchun hozirdan tayyorgarlik boshlandi. Timur Kapadze boshchiligidagi “Olimpik” loyihasi o`z samarasini berishiga ishonch bor. — Bugungi kunda o`zbek futbolida siz kabi yorqin jurnalist, sharhlovchi ko`zga tashlanmayapti. Bunga nima sabab bo`lmoqda? — Kadrlar masalasi. Imkoniyatlar keng, lekin kadrlar kam. Men o`zim bilgan bitta achchiq haqiqatni aytaman, menimcha, savolingizga shu javob bo`lsa kerak. Nevaram Diyor talabalik paytidayoq ancha ko`zga ko`rinib qolgan edi. Men uning kelajagiga ishonib, “Navro`z” radio­sida efirga uzatiladigan “Futbol chorrahalarida” mualliflik eshittirishimni efirda fotiha berib topshirganman va u ishonchimni oqlagan. Gazetalarda ham muqim chiqish qilardi. O`DJTUning xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavr bosqichini yakunlanayotganida diplom ishini “Sport jurnalistikasida muammolar va uning echimlari” mavzusida a`lo darajada himoya qildi. Diplom himoyasiga o`zim borganman va taqrizchilar savollariga burro javob qaytargani bilan faxrlanganman. Xuddi shu yili ana shu universitet negizida “Sport jurnalistikasi” magistrligi uchun 4 ta o`rin berildi. Talabalik paytidayoq shu sohaning ilg`or vakiliga aylangan Diyor magistraturaga kira olmadi, bu sohadan ancha uzoqda bo`lgan kursdoshlari esa kirdi. Diyor qaytib bu dargohga qadamini bosgani yo`q, lekin amaliyotda o`z sohasining etakchisiga aylandi. “Sport” telekanalidagi “Futbol sharhi” va “Sokker-klub” ko`rsatuvlarini muxlislar har hafta intiqib kutishganidan xabarim bor. O`z sohasini chuqur bilgani uchun hozir mamlakat futbol tashkilotiga rahbarlik qilmoqda. Xo`sh, har yili “Sport jurnalistikasi”ni bitirayotgan bakalavr va magistrantlar qani? Kimlar bitirayapti va ular qaerda ishlayapti, degan savol o`ylantiradi odamni. Bu sohaga tasodifan kirib qolganlar ko`p... — Ayting-chi, bugungi kunda yurtimizdagi eng kuchli murabbiy kim? — O`tgan mavsum natijasiga qaralsa, albatta, Ro`ziqul Berdiev. — Mazmunli suhbat uchun raúmat. Yaqinlashib kelayotgan tavallud ayyomingiz bilan tabriklaymiz.
13Sport
NATO Rossiyani burchakka haydamoqda, sanksiyalar esa muammolarni hal qilmaydi — Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Le Yuychen G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini “borgan sari g‘azablantiradigan” deb atadi. “Tarix sanksiyalar muammolarni hal qila olmasligini ko‘p marta ko‘rsatdi. Sanksiyalar faqat oddiy odamlarga ziyon yetkazadi va global iqtisodiyotni yomonlashtiradi”, — dedi u. Le Yuychen, shuningdek, NATO sharq tomon kengayib, Rossiya kabi yadroviy davlatni “burchakka” haydamasligi kerakligini aytdi. G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban Rossiyaning jahon moliyaviy sektorlar, texnologiyalar va boshqalardan foydalanishini cheklaydigan eng og‘ir sanksiyalarni qo‘lladi. Shaxsiy sanksiyalar Rossiyaning yirik tadbirkorlari va yuqori martabali amaldorlariga, jumladan, prezident Vladimir Putinga ham ta’sir ko‘rsatdi. Xitoy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralamadi; u BMT Bosh assambleyasining tegishli rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaga bostirib kirgandan keyin Rossiya harbiy yordam so‘rab, Xitoyga murojaat qilgan. Kreml bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi. 18-mart kuni AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin ikki soatlik suhbat o‘tkazdi, unda Bayden Sini Rossiyaga moddiy yordam ko‘rsatishning oqibatlari haqida ogohlantirgan. Xitoy tomonining ta’kidlashicha, mamlakat rahbari Baydenga “Ukraina inqirozi — biz ko‘rishni istagan holat emas” deb aytgan. Avvalroq Xitoy Rossiyaning Ukrainada urush boshlash rejasini bilmaganini, agar xabardor bo‘lganida uning oldini olishga urinib ko‘rgan bo‘lishini ma’lum qilgandi.  “Bu jiddiy oqibatlarga olib keladi”. AQSh Xitoyni Rossiyaga yordam bermaslik haqida ogohlantirdi (video)
2Dunyo
Qashqadaryo hokimligida yangi lavozim joriy etiladi Prezidentning “Qashqadaryo viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat qishloq va suv xo‘jaligi tarmog‘idagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, hududda agrar tarmoqning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining mas'uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan. Qaror bilan Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilmoqda. Unga quyidagi vazifalar yuklanadi:  Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
8O‘zbekiston
AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza berishni qayta yo‘lga qo‘ydi AQSh davlat departamenti konsullik ishlari byurosi vizalar tizimidagi muammolarni hal etishda ma’lum muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib “Kun” xabar berdi. Xabar berishlaricha, jahon bo‘ylab kechiktirilgan AQSh vizalarning aksariyati hozirga qadar o‘z egalariga taqdim etilgan. “Hozirda tizimni oldingi to‘la qonli faoliyat darajasiga qaytarish ustida ish olib bormoqdamiz”, – deyiladi elchixona xabarida. Ma’lum qilishlaricha, ayni paytda vizalari ma’qullangan murojaat etuvchilar o‘z vizalari tayyor bo‘lishini bir hafta kutishlari zarur. Tizimda navbatdagi o‘zgarishlar bo‘lgunga qadar, barcha vizalari ma’qullangan murojaat etuvchilar o‘z pasportlarini viza bilan suhbat kunidan bir hafta o‘tgach, soat 15:30 da olib ketishlari mumkin bo‘ladi. “Safar rejalarini tuzish paytida mazkur kutish vaqtini inobatga olishingizni so‘raymiz”, – deya qo‘shimcha qilinadi AQSh elchixonasi e’lonida. Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida AQSh davlat departamenti konsullik ishlari byurosining pasport va vizalar tizimida texnik muammolar kuzatilgani sabab, AQSh viza berishni vaqtincha to‘xtatgan edi.
8O‘zbekiston
Universal Study – barcha yoshdagilar uchun sifatli va kafolatli bilim “Til bilgan- el biladi”,- deydilar. Chet tillarini bilganlar ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishlari hech kimga sir emas. Bu yo‘nalishda Universal Study chet tillarini o‘rgatish markazi  til o‘rganishni istaganlarga ko‘mak beradi. Markazimizda quyidagi kurslar mavjud: Shuningdek, Koreyaga o‘qishga ketadiganlar EPS TOPIK hamda ishga ketadiganlar TOPIK I-II kurslarida o‘qishlari mumkin. Bundan tashqari, markazimizda 1S BUXGALTeRIYa DASTURI 0dan balansgacha o‘rgatiladi. INGLIZ TILIDA MATeMATIKA kursi ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu hali hammasi emas. Universal Study chet tillarini o‘rgatish markazi jajji kichkintoylarimizni ham aslo unutmaydi. Markazimizda bolajonlar uchun “ENGLISH FOR KIDS” ingliz tili kurslari mavjud. Zero “Yoshlikda olingan bilim-toshga o‘yilgan naqsh kabidir” deydilar. Universal Study chet tillarini o‘rgatish markazida barcha darslar malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.  Darvoqe, kurslarimizga 20 oktabrgacha yozilganlar quyidagilardan biriga ega bo‘lishlari mumkin:  Universal Study chet tillarini o‘rgatish markazi sizni vaqtni boy bermaslikka chaqiradi.   Universal Study – sifatli va kafolatli ta'lim. Manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi 23-a uy, 5-qavat.  Mo‘ljal: “Bunyodkor” stadioni ro‘parasida. Qo‘shimcha ma'lumotlar: (95) 169 97 47, (90) 949 30 26, (99) 845 30 26 telefonlari orqali. Telegram: @Universalstudyy
5Jamiyat
Olma-Otada noma’lum shaxslar uch qizni toshbo‘ron qildi Qozog‘istonning Olma-Ota shahridagi Markaziy stadion oldida dam olib o‘tirgan qizlarga noma’lum erkaklar hujum qildi, deya xabar bermoqda Nur.kz. Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, qizlar o‘rindiqda dam olib o‘tirganida uch erkak qo‘lda toshlar bilan ularga hujum qilib, toshbo‘ron qilgan. Toshbo‘ron natijasida qizlardan biri xushini yo‘qotgan, hujum qilgan erkaklar esa qizlarning sumkalarini olib, voqea joyidan yashirinishgan. Politsiya gumonlanuvchi shaxslardan birini qo‘lga olgan, u muqaddam sudlangan shaxs bo‘lib chiqqan. Qolgan gumonlanuvchilar qidiruvga berilgan. “Jabrlanuvchi qizlarni kasalxonaga yotqizish zarurati tug‘ilmadi, ularga ambulatoriya sharoiti davolanish haqida ko‘rsatma berildi”, - deyiladi xabarda.
2Dunyo
Fermer Andijondagi tumanlardan biriga yangi hokim bo‘ldi Andijon viloyati Xo‘jaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, endilikda Qobuljon Ahmedovich Qirg‘izboyev tumanning yangi hokimi bo‘lgan. U tumanning avvalgi hokimi Hasanboy Teshaboyevich Ismoilov o‘rnida ish boshlagan. Qirg‘izboyev 1960 yilda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi olim-agranom. U shu kunga qadar Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Qoradaryo Sayxun» fermer xo‘jaligi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.
8O‘zbekiston
“Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
AQSh Turkiyaga S-400 majmualari uchun sanksiyalar kiritdi AQSh Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati, uning rahbari Ismoil Demir va yana uch mansabdor shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.  Pompeoning ta'kidlashicha, AQSh Turkiyani S-400 sotib olinishi AQSh harbiylari va texnikasini xavf ostiga qo‘yishi, Rossiya mudofaa sektoriga katta mablag‘lar taqdim qilishi hamda Rossiyaning Turkiya qurolli kuchlari va mudofaa sanoatiga kirishidan bir necha marta ogohlantirgan. “Turkiya ogohlantirishimizga qaramay, Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olishni va ularning sinovlarini o‘tkazishni davom ettirdi. Biz Rossiyaning mudofaa sektori bilan yirik bitimlar tuzilishiga chidab turmaymiz”, deb aytgan Pompeo.  AQSh davlat kotibining ta'kidlashicha, sanksiyalar Amerika dushmanlariga sanksiyalar vositasida qarshi kurashish qonuni (CAATSA) doirasida kiritilgan va AQShning ushbu qonunga muvofiq harakatlanishga hamda uni shunga o‘xshash vaziyatlarda qo‘llashga tayyorligini ko‘rsatadi.  Sanksiyalar Turkiya mudofaa sanoati kotibiyatiga litsenziyalar va eksportga ruxsat berishga taqiqlovni hamda Demir va kotibiyatning boshqa amaldorlarining AQShdagi aktivlari muzlatilishini ko‘zda tutadi. Pompeoning ta'kidlashicha, endi Turkiya AQSh bilan birgalikda S-400 muammosini darhol hal qilishi lozim.  Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda sovuqchilik tushishiga sabab bo‘lgan S-400 majmualari Turkiyaga 2019 yil iyuldan boshlab yetkazilgan. Vashington Anqaraga ushbu bitimdan voz kechishni va Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari sotishni bekor qilish va sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilib, S-400 o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishni taklif qilgan.  Biroq Anqara yon bosishni istamagan va Rossiya bilan S-400’ning qo‘shimcha partiyalarini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirgan.
2Dunyo
Afg‘oniston HHKning zarbalari natijasida 17 jangari yo‘q qilindi Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining Uruzgon viloyati Barakzay tumanida amalga oshirgan zarbalari nitajsida “Tolibon” radikal harakatining 17 jangarisi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘n kishi yaralandi, deb xabar beradi “TASS”. Mamlakat mudofaa vazirligi tarqatgan rasmiy axborotga ko‘ra, zarbalar natijasida, shuningdek, toliblarning qurol-yarog‘i va o‘q-dori zaxiralari yo‘q qilingan. Guruh jangarilari hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
2Dunyo
Mey Bryusselga borib Brexit shartlarini o‘zgartirishga urinmoqchi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Leyboristlar partiyasi rahbari Jyeremi Korbindan uni qo‘llab-quvvatlashini so‘radi va Bryusselda «Britaniya uchun kurashishga» va'da berdi. Siyosatchi Brexit shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralarni yangilash uchun Belgiyaga borishni rejalashtirmoqda. U bu haqda Telegraph gazetasiga yozgan maqolasida ma'lum qildi. Meyning yozishicha, Irlandiya Respublikasi (YeI a'zosi) va Shimoliy Irlandiya (Buyuk Britaniya tarkibida YeIdan chiqib ketishi mo‘ljallanayotgan) o‘rtasidagi bahsli chegara masalasi «Bryussel bilan birgalikda» hal etilishi lozim. Irland «bekstopi» deb atalayotgan vaziyatga ko‘ra, Shimoliy Irlandiya va Irlandiya o‘rtasida chegara bo‘lmasligi kerak. Shu bilan birga, Shimoliy Irlandiya Brexit o‘tish davri boshlanganidan so‘ng YeI bojxona ittifoqi va yagona Yevropa bozori tarkibida bo‘lishi lozim. Brexit 29 martga mo‘ljallangan. Shundan so‘ng, Meyning rejasiga ko‘ra (ushbu reja Britaniya parlamenti tomonidan rad etilgan) Buyuk Britaniyada 2020 yil 31 dekabrgacha o‘tish davri amal qiladi.
2Dunyo
Evergreen Motors kompaniyasi Toshkentda 10 ta bog‘cha quradi va Sejong universiteti filialini ochadi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Janubiy Koreyaning Evergreen Motors Group kompaniyasi raisi Kim Chang Keonni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Seul va Toshkentda biznes-markazlarni ochish rejalashtirilmoqda. “Mazkur biznes-markazlar ikki mamlakat ishbilarmonlariga O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes korxonalariga yangi texnologiya va Koreya investitsiyasini  jalb qilish bilan shug‘ullanadigan qo‘shma tijorat kompaniyalarini yaratishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda. Evergreen Motors Group raisi ham o‘z navbatida O‘zbekistonda 10 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish borasidagi rejalari bilan bo‘lishdi. Buning uchun kompaniya to‘g‘ridan to‘g‘ri 12 million dollar investitsiya kiritadi. “15 ta turli fakultetga ega Sejong universitetining filialini yaratish istiqbollari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor tibbiyot yo‘nalishiga qaratiladi”, — deya ta’kidlanadi idorada. Bundan tashqari yaqin vaqtlar ichida Puchon universitetining ma’ktabgacha ta’lim va qurilish yo‘nalishidagi ikkita fakultetini ochish ham rejalashtirilgan.
8O‘zbekiston
2017 yil necha tonna meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirilgani ma'lum O‘tgan yili O‘zbekiston dehqon, fermer va tomorqachilari tomonidan jami 21,4 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirildi. Shundan 11,4 million tonnasi sabzavot, 2,1 million tonnasi poliz, 3 million tonnasi kartoshka, 3,1 million tonnasi meva bo‘lsa, 1,8 million tonnasini uzum tashkil etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda. Ma'lum qilinishicha, aholini yil davomida bog‘ va dala ne'matlari bilan uzluksiz ta'minlash, bozorlardagi narx-navoning barqarorligini saqlash hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar shunday ijobiy natija qo‘lga kiritilishida muhim omil bo‘ldi.  Respublika bo‘yicha 13 ming gektar intensiv bog‘lar, 7 ming gektar tokzorlar barpo etilishi barobarida, 15,2 ming gektar yaroqsiz bog‘lar hamda 9,1 ming gektar yaroqsiz tokzorlar rekonstruksiya qilingani tarmoqda hosildorlik oshishini ta'minlamoqda.  Qisqartirilgan paxta va g‘alla maydonlari o‘rniga ham meva-sabzavot ekinlari joylashtirilayotgani oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi ortishiga katta turtki bo‘lmoqda. Xususan, 2016-2017 yillarda shunday yer maydonlarining 8,5 ming gektarida intensiv bog‘lar, 4,4 ming gektarida tokzorlar barpo etildi. Shuningdek, 39,9 ming gektar sabzavot, 13,2 ming gektar kartoshka ekinlari ekilib, hosil ko‘tarildi.
8O‘zbekiston
Apple AQSh smartfonlar bozoridagi yetakchiligini saqlab qoldi 2017 yilning to‘rtinchi choragida Apple korporatsiyasining AQSh smartfonlar bozoridagi ulushi 10 foizga oshdi. 9to5mac CIRP'ning shu haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi. Manbada keltirilishicha, bunda iPhone X asosiy rolni o‘ynagan.  2017 yil dekabr oyi oxirlariga borib AQShdagi iPhone sotuvlari umumiy hisobdan 39 foizni tashkil qilgan, sentabrda esa bu ko‘rsatkich 29 foizni qayd etgan. CIRP hammuassisi va sherigining ma'lum qilishicha, Apple'ning o‘z vatani bozoridagi o‘sishida kompaniyaning uch yangi smartfoni, ayniqsa iPhone X katta ahamiyat kasb etgan. Yangi smartfon foydalanuvchilarni o‘z brendidan tashqari yangilangan dizayni va yangi texnologiyalari, xususan yuzdan taniy oluvchi Face ID tizimi bilan ham jalb qildi.  Tahlilchilar bu "olma" kompaniyasi uchun katta yutuq ekaniga ishonch bildirishmoqda. Xuddi shu davrda Samsung ulushi o‘z sotuvlari umumiy sonidan 32 foizga yetgan. Shu tariqa Apple 7 foiz farq bilan AQSh smartfonlar bozoridagi yetakchiligini saqlab qoldi.
14Texnologiya
Gretsiyada yong‘in tufayli paromdan mingdan ziyodroq odam evakuatsiya qilindi Gretsiyada bortida mingdan ko‘proq odam bo‘lgan Eleftherios paromida yong‘in chiqdi. Bu haqda ANA grek axborot agentligi ma'lum qildi. Ma'lum qilinishicha, paromdan 875 yo‘lovchi va ekipajning 141 a'zosi muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq ba'zi yo‘lovchilar shifoxonaga ko‘rik uchun jo‘natilgan. Parom Krit shimolidagi Xanya shahriga suzayotgan bo‘lgan. Bortdan evakuatsiya qilinganlar Pirey shahriga yetkazilgan. Evakuatsiya qilish operatsiyasida sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatining 9 qayig‘i, 3 yo‘lovchi kemasi va shatakka oluvchi katerlar ishtirok etgan.
2Dunyo
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 9-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman: 1. “Qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 2770, 2016-yil 29-mart) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining 2019-yil 8-oktabrdagi 04-1037-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining 2016-yil 22-martdagi 13/16-son “Qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2770, 2016-yil 29-mart) davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Ummonda qo‘shni BAAdagi kabi “ayollar” taksisi paydo bo‘ladi Ummon yo‘llarida bahorning birinchi kunlarida qo‘shni BAAdagi kabi faqat ayol haydovchilar tomonidan ayollarni tashishga mo‘ljallangan “ayollar” taksisi paydo bo‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Ummon yo‘l politsiyasi departamenti yanvar oyi oxirida 1-martdan boshlab sultonlik ayollariga taksi va yuk furalarini haydashga ruxsat berilishi haqidagi bildirishnomani chiqardi. Politsiya xabarida ma’lum qilinishicha, bu tashabbus Ummon hukumatining biznes va ishda ayollarga bir xil huquq berish bo‘yicha siyosatining bir qismi hisoblanadi. Ummonning odatiy to‘q sariq-qora rangli taksilaridan farqli ravishda “ayollar” taksisi pushti, moviy va oq ranglar uyg‘unligi bilan ajralib turadi.
2Dunyo
Bloger: “Ilhaq“ filmida Rossiya propagandasiga ergashilmabdi Kecha  "Ilhaq" badiiy filmining katta premerasi televidenie orqali namoyish etildi. Yangi film yaxshi ishlangan bo`lsa mazza qilib madaniy xordiq chiqarsan, aksi bo`lsa asabing buziladi. Muxlislar tomonidan ham intiqlik, ham havotir bilan kutayotgan bu film ularning ishonchini qanchalik qozonoldi?  Premeradan so`ng bloger Shahnoza Soatova kino haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.   "Bu yil karantin sababli “O`lmas polk” va “Georgiy tasmasi” balosidan birmuncha qutulgan bo`lsak ham, “9 may” ustidagi bahslar yana avjiga chiqdi. Bu endi an`anaga aylandi va unga ko`nikishimizga to`g`ri keladi, shekilli. Taassuf, bu shunday urush ediki, hamon davom etyapti. Yahudiy, nemis, polyak, yapon, rus, o`zbek...Bari uni o`zicha xotirlaydi, talqin qiladi, foydalanadi...Bu shunday urushki, hamon odamlarni taraflarga bo`lib urishtiryapti. Bu kunda istasak ham, istamasak ham uni eslaymiz, u haqida gapiramiz, bahslashamiz, g`oya talashamiz. Lekin baribir urush dahshati va fojialari aks etgan asarlarni o`qiymiz, tinglaymiz va tomosha qilaveramiz. Bu bizga kerak, hayotda "urush"maslik uchun kamida. Film treylerini ko`rganimdan to premeragacha bir asosiy savol ichimni qizdirib turdi: Rossiya propagandasiga ergashilganmi yoki yo`q? Ergashilmabdi. G`alaba emas, xotira va qadrlashga urg`u berilibdi. Faqat oxirida “G`alabaning 75 yilligiga” degan yozuv o`rniga “Xotira va qadrlash kuniga” deb qo`yilsa, ko`ngildagidek bo`lardi, fikrimcha. “Ilhaq“da o`zbek xalqi yashagan, qatnashgan va hissa qo`shgan urush tasvirlangan. Albatta, bir oiladan besh farzand frontga ketib, birontasi qaytmasligi juda kam uchraydigan hodisa. Lekin beshta emas, bitta inson urushga ketgan xonadonlarning qayg`usi bundan kam bo`lmagan. Umuman, urush qayg`usini bu tarzda solishtirib, taqqoslab o`lchab bo`lmasa kerak. Hatto, umuman biron inson urushga bormagan oila ham shu urush ichida edi, taqdirida urush aks etgandi. Filmdagi Chori obrazi ayni haqiqatning ifodasi, nazarimda. Frontdan minglab chaqirim uzoqdagi bu nogiron inson pochtachi vazifasida har kuni urushda qatnashdi (aloqani ta`minladi), xizmat vazifasini bajara turib zarbalar oldi, yaralandi, qurbon berdi va odam ham o`ldirdi. Uchinchi o`g`il Muhammadjon va uning tug`averib, farzand dog`i ko`raverib, yuzlari qorayib, o`zi qoqsuyakka aylangan fidokor va vafodor xotini esa alohida ta`kidlanadigan obrazlardir. Bir marta urush dahshatini ko`rib kelgach bemalol tinch hayotda yashashi mumkin bo`lgan Muhammadjon bir emas, ikki jigaridan qora xat kelgan kecha o`zini tinch hayotga loyiq ko`rmadi va hatto xotinini yotoqxonadan chiqarib yubordi (psixologik nuqta), ertasiga esa frontga yana ketishga ariza berdi. Shunday o`rinlar kinoasarning badiiy ta`sirini kuchaytirgan. Albatta, kartinada markaziy obraz – ona. Men sevgan va kamdan kam intellektual aktrisalarimizdan biri deb bilganim Dilorom Karimovadan orttirib bu rolni hech kim ijro eta olmasdi (nazarimda). Ssenariynavislarimiz opa uchun shunday keng qamrovli, sermazmun personajlarni ko`proq yozishsa-yu, Dilorom opa rol o`ynash qanaqa bo`lishini yana va yana ko`rsatib qo`yaversalar, qaniydi. Dilorom Karimova – “xalq artisti” unvonini olmagan haqiqiy Xalq artistidir.  “Ilhaq” o`tkir syujetli, voqealar shiddat bilan kechadigan, tomoshabinni o`tdan olib suvga soladigan film emas. Tekis, sokin drama. Ko`p joylari “Ikki eshik orasi”, “Ufq” romanlarini, “Armon” yoki Lyuk Bessonning “Lion” filmlarini eslatadi. Ayniqsa, urush sahnalarida ko`p shablonlar kuzatiladi. Lekin, baribir, zerikmaysiz, ta`sirlanasiz. Ya`ni film an`analar va shablonlar ichida yaratilgan bo`lsa ham, samimiy va o`ziga xos o`zbekcha ruhi bor. Urush, g`alaba propaganda quroliga aylangan shu kunlarda filmning finali, ya`ni urush tugagan sahnasi o`zgacha ahamiyatli. Besh farzandiga ilhaq Ona urush tugadi deb quvonmadi. Beshovidan bittasi ham qaytmadi-ya deya o`kinib, o`ksinib qoldi. Bu biz uchun g`alaba emas, anduh kuni ekanini ta`kidladi go`yo. Ommaviy sahnalarni aks ettirish bobida ham “Ilhaq” bugungi o`zbek kinosida yangi darajaga chiqqanini ko`rish mumkin. Ayniqsa, yuzlab insonlar ishtirok etgan Katta Farg`ona kanali qurilishi epizodlarida “vauv” devordim. Musiqa esa film mazmunini juda chiroyli ochib bergan, aytishlaricha, kartina uchun maxsus bastalangan. Lekin kamchiliklar ham bor. Masalan, aktyor Yigitali Mamajonov ijrosidagi Shokir obrazi syujetga chiroyli olib kirilgan, personajdan unumli foydalanilgan, biroq syujetdan olib chiqib ketilishi va xulosasi yaqqol ko`rinmay qolgan. Yoki har safar pochtachining kaltaklanishini ko`rsataverish shart emasdi, u urayotgan bongning o`zidan foydalanib qo`yish ham mumkin edi. Nigora Karimboeva ijrosidagi obrazga yanada ko`proq o`rin berib rivojlantirish, uning rais bilan munosabatlarini Mels tilidan shunchaki ayttirish orqali bayon qilmay, biron sahna yo ishora bilan ko`rsatish, ya`ni badiiy uslublarga yanada faolroq murojaat qilish kerak edi deb o`ylayman (albatta, bu mening “uy bekasi” sifatidagi kuzatishlarim). So`zim so`ngida asar muvaffaqiyatini ta`minlagan asosiy omillardan biri uning fabulasi, ya`ni hayotiy asosi ekanini aytishim lozim. Biz “Ilhaq” orqali Zulfiya Zokirova va uning to`rt kelini timsolida minglab, yuz minglab shunday onalaru kelinlarni tanidik. (Shuni o`ylar ekanman, bittagina o`g`limni ikki hafta bolalar oromgohiga jo`natib, har soatda qo`ng`iroqlashib turganim holda haftada ikki martalab oldiga borib kelganlarimni esladim.) Bolasini ajal komiga yuborib, oylab undan xabar kutib ilhaq bo`lgan onalarning sabriga qoyil qoldim. Urush ko`rgan har bir ona qahramon, farzand dog`ini ko`targan onalar o`n marta qahramon, bir necha farzandlarining dog`ini ko`tarish esa... ta`rif topolmadim.O`sha onalar har farzandini urushga jo`natayotib tanasining biron qismi yulib olingandek og`riq tuyganlarini jisman his qildim! Va “Ilhaq” urush mavzusidagi bahslarni qaysidir ma`noda ahamiyatsiz qilib qo`ya oladigan film degan xulosaga keldim.P.S. "Ilhaq" filmi suratga olinishi jarayonida bir yosh oila dunyoga kelibdi. Ya`ni to`rtinchi o`g`il Isoqjon rolini o`ynagan Husan Rashidov va uning ayoli rolidagi Xurshida Saatova (aktrisa To`ti Yusupovaning nabirasi) keyinchalik hayotda oila qurishibdi. Mana shunday baxtli hikoyalardan zavqlanib ketaman-da. Yoshlar baxtli bo`lishsin!
7Madaniyat
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA ARXIV IShLARINI YuRITISh TO‘G‘RISIDA Mazkur Qoida O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-sonli “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi banklarida arxiv ishlarini yuritish, hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 1.1. O‘zbekiston Respublikasi banklarida ish yuritish va hujjatlar hisobini yuritish, shuningdek arxivlarni shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan ish yuritish yo‘riqnomasiga hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 1.2. Banklarda arxiv ishlarini hamda ish yuritishni amalga oshirish va uni takomillashtirish bo‘yicha javobgarlik bank rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Bank rahbarlarining yozma buyrug‘iga asosan javobgarlik bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bu esa bank boshqaruvchisini umumiy javobgarlikdan ozod etmaydi. 2.1. Bank arxivida jamlanadigan hujjatlar tarkibiga va hujjatlarni idoraviy saqlashni amalga oshiradigan tashkilotlarning davlat majburiyatlariga qarab quyidagi turdagi arxivlarni tashkil etish mumkin: faqat bitta bankka tegishli hujjatlarni saqlovchi arxiv; markaziy apparat hamda bank qaramog‘idagi tashkilotlar hujjatlarini saqlovchi markaziy arxiv. 2.2. Bank arxivining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: arxiv to‘g‘risidagi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan tartibda hujjatlarni arxivlarda jamlash; arxivda saqlanayotgan hujjatlarning butligini, ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni, sifatli qayta ishlashni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash; banklarda ish yuritish hujjatlarini tashkil etish, shuningdek, arxiv hujjatlarini tashkil etishda rahbarlik va tekshirishlarni amalga oshirish. 2.3. Bank arxivining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: mazkur Qoidaning 3.48-3.53-bandlariga muvofiq banklar tarkibiy bo‘linmalari hujjatlarini saqlashga qabul qiladi; arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarni hisobga oladi va ularning butligini ta’minlaydi; hujjatlarni tayyorlaydi va saqlash uchun davlat arxiviga topshiradi; doimiy saqlanadigan jildlarning yig‘ma ro‘yxatlarini bo‘limlar bo‘yicha yillarda ko‘rsatish va tuzishni tashkil etadi yoki amalga oshiradi; yig‘majildlar ro‘yxatiga muvofiq tutilgan va bank arxiviga o‘z vaqtida kelib tushmagan jildlarni izlashda muassasa (devonxona, kotibiyat) ish yuritish xizmatiga uslubiy va amaliy yordam beradi; bank rahbariyatini arxivdagi hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida xabardor qiladi, bank rahbariyati topshirig‘iga binoan hujjatlarni aniqlaydi; arxivda saqlanuvchi hujjatlardan foydalanish hisobini yuritadi; saqlanishi va saqlash muddati o‘tganligi sababli yo‘q qilish uchun tanlab olingan yig‘majildlarga dalolatnoma tuzish lozim bo‘lgan hujjatlar jamlanma ro‘yxati yillik bo‘limlarini ko‘rib chiqishda, maxsus ekspert komissiyasida ishtirok etadi; bank ishlarini yuritishda hujjatlar butligi, to‘g‘ri shakllantirilishi va rasmiylashtirilishini tekshiradi; arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni (yo‘riqnomalar, tavsiyanomalar, nizomlar va b.) ishlab chiqish va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etadi; arxiv va ish yuritish xizmati xodimlari malakasini oshirishga doir o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda qatnashadi. 2.4. Bankning markaziy arxivi arxiv ishlari va banklarda ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish va ular ustidan nazoratni amalga oshirishda ishtirok etadi. 3.1. Ish yuritish yakunlangan jildlar kalendar yili tugaganidan so‘ng, doimiy va vaqtincha saqlash maqsadida ularni bank arxiviga “Idoraga qarashli arxivlarning asosiy qoidalari” hamda mazkur qoida talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi va hisobdan chiqariladi. 3.2. Jildlarni rasmiylashtirish bank va uning tarkibiy bo‘linmalari ish yuritish xizmati xodimlari tomonidan bank arxivi uslubiy yordami va nazorati ostida amalga oshiriladi. 3.3. Saqlash muddatiga qarab yig‘majildlar to‘liq yoki qisman rasmiylashtiriladi. 3.4. Doimiy, vaqtincha saqlanadigan va shaxsiy tarkib bo‘yicha yig‘majildlar to‘liq rasmiylashtiriladi. Yig‘majildlarni to‘liq rasmiylashtirish quyidagilarni ko‘zda tutadi: yig‘majildlarni saralash va tikish; yig‘majildlar varaqlarini raqamlash; yig‘majildlarni tasdiqlovchi yozuvlarni tuzish (1-ilova); zarur hollarda yig‘majild hujjatlari ichki ro‘yxatini tuzish (2-ilova); yig‘majild muqovasi rekvizitlariga zarur aniqliklarni kiritish (bank nomini aniqlashtirish, yig‘majild sarlavhasida indeks va sanani ko‘rsatish va b.). 3.5. Yig‘majildni tashkil etadigan hujjatlar ulardagi barcha hujjatlarning matnlarini, sanasi, munosabat belgisi va rezolyutsiyani erkin o‘qish imkoniyatini hisobga olgan holda kartondan tayyorlangan qattiq, muqovaga to‘rtta teshik orqali tikiladi yoki muqovalanadi. Yig‘majildni tikish (muqovalash)da hujjatdagi metall mahkamlagich (to‘g‘nog‘ichlar, skrepka)lar olib tashlanadi. 3.6. Alohida qimmatga ega bo‘lgan yoki turli o‘lchamdagi qog‘ozda tayyorlangan hujjatlardan tarkib topgan doimiy saqlanadigan yig‘majildlar uch klapanli va bog‘ichli yopiq, qattiq papkalarda yoki karton g‘ilof (quti)larda saqlanadi. 3.7. Yig‘majildda alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlar, shuningdek, talab qilib olinmagan shaxsiy hujjat (mehnat daftarchasi va boshqa)lar mavjud bo‘lsa, bu hujjatlar konvertga solinadi, so‘ngra yig‘majildga tikib qo‘yiladi. Bunday hujjatlar ko‘p bo‘lsa, yig‘majilddan olinishi va ularga alohida ro‘yxat tuzilishi mumkin. 3.8. Har bir yig‘majildning oxiriga tasdiq ustxati uchun shaxsiy blankalar shakli tikiladi, yig‘majildning boshiga esa zarur bo‘lgan hollarda, yig‘majild hujjatlarining ichki ro‘yxati uchun blankalar shakli tikiladi. 3.9. Yig‘majildga kiritilgan hujjatlarni but saqlashni ta’minlash va joylashuv tartibini mustahkamlash maqsadida uning tasdiq ustxati hamda ichki ro‘yxatidan tashqari barcha varaqlari raqamlagich yoki qora chizma qalam bilan hujjatning matniga tegmasdan o‘ng tomondagi yuqori burchakka arab raqamlari bilan yoyib yozilgan ko‘rinishda yoppasiga (tartib bilan) raqamlanadi. Varaqlarni raqamlash uchun siyoh va rangli qalamlarni qo‘llash taqiqlanadi. Yig‘majilddagi hujjatlarning ichki ro‘yxati varaqlari alohida raqamlanadi. Shunday tartibda kunlik buxgalteriya hujjatlari, shuningdek, ichki bank hisobvaraqlariga doir hujjatlar rasmiylashtiriladi va tikiladi. 3.10. Bir necha jild yoki qismlardan tarkib topgan yig‘majildlarning varaqlari har bir jild yoki qism bo‘yicha alohida raqamlanadi. 3.11. Yig‘majildda mustaqil varaq sifatida mavjud bo‘lgan maxsus hujjatlar orqa tomonining chap tarafidagi yuqori burchagiga raqam qo‘yiladi. 3.12. Murakkab varaqlarning buklanadigan va o‘ng tomonidagi yuqori burchagiga raqam qo‘yiladi. Shu bilan birga, bir chetidan tikilgan har qanday o‘lchamdagi varaqlar bir varaq sifatida raqamlanadi; murakkab va o‘rtasidan tikilgan hujjatlar qayta tikiladi hamda bir varaq sifatida raqamlanadi. 3.13. Mahkam yelimlangan hujjatlari (qirqib olingan parcha, ko‘chirmalar va hokazolar) bo‘lgan varaqlar bir varaq sifatida raqamlanadi. Agar hujjatga boshqa hujjatlar (qirqib olingan parcha, matnga kiritilgan qo‘shimchalar, tarjimalar va boshqalar) yelimlangan bo‘lsa, har bir hujjatga alohida raqam qo‘yiladi. 3.14. Yig‘majildga tikilgan konvertlar ichiga solingan hujjatlari bilan birga raqamlanadi; bunda avval konvertlar raqamlanadi, shundan so‘ng konvertga solingan har bir hujjat navbatdagi raqam bilan raqamlanadi. 3.15. Yig‘majildga o‘zining xususiy raqami bo‘lgan varaqlari bilan tikilgan hujjatlar (shu jumladan, bosma mahsulotlar) umumiy tartibda raqamlanishi yoki ular yig‘majilddagi varaqlarning joylashish tartibiga muvofiq bo‘lsa, o‘zlarining xususiy raqamlarini saqlab qolishi mumkin. 3.16. Yig‘majild varaqlarini raqamlashda ko‘p miqdorda xatolar aniqlangan hollarda, ish yuritishda ularni qayta raqamlashda eski raqam ustidan bitta qiya chiziqcha chiziladi va uning yoniga varaqning yangi raqami qo‘yiladi; yig‘majildning oxiriga yangi tasdiq ustxati tuziladi, bunda eski tasdiq ustxati ustidan chizib qo‘yiladi, ammo u yig‘majildda saqlanadi. Bank arxivi yig‘majildlarni davlat arxiviga topshirishga tayyorlayotganda varaqlarni raqamlashda ayrim xatolar mavjudligi aniqlansa, davlat arxivi bilan kelishilgan holda varaqlarga harfli raqamni qo‘yishga ruxsat beriladi. 3.17. Yig‘majilddagi varaqlar soni hisobini yuritish va ularni raqamlashning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etish uchun yig‘majildning tasdiqlovchi ustxati tuziladi. Tasdiqlovchi ustxati belgilab berilgan shaklda tuziladi. 3.18. Tasdiqlovchi ustxatini yig‘majildning muqovasiga yoki oxirgi hujjatning so‘nggi toza varag‘ining orqa tomoniga yozish taqiqlanadi. Agar yig‘majild tasdiq varag‘i blankasiz tikilgan yoki muqovalangan bo‘lsa, blanka yig‘majild muqovasining ichki tomoni yuqori qismiga yelimlanadi. 3.19. Yig‘majildning tasdiq ustxatida raqamlangan varaqlar soni raqam va so‘z bilan yoziladi, keyin alohida “+” (qo‘shuv) belgisi qo‘yilib, ichki ro‘yxat (u mavjud bo‘lsa) varaqlarining soni ko‘rsatiladi. 3.20. Tasdiq ustxatida yig‘majilddagi hujjatlarni raqamlashning quyidagi o‘ziga xos tomonlari ko‘rsatiladi: hujjatlarda harfli raqamlar bilan belgilangan (litr) sonlari mavjudligi va tushirib qoldirilgan sonlarning mavjudligi; hujjatlar, gazetalardan qirqib olingan parchalar yelimlab yopishtirilgan varaqlarning raqamlari; yirik o‘lchamdagi varaqlarning raqamlari; ichiga hujjat solingan xatjildlar va bu hujjatlar varaqlari soni. 3.21. Tasdiq ustxatini tuzuvchi unga o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, tuzish sanasini yozib, imzo chekadi. Yig‘majildning tarkibi va holatidagi barcha keyingi o‘zgarishlar (tasdiqlashlar, hujjatlarning asl nusxalarini ko‘chirma nusxalari bilan almashtirish, yangi hujjatlarni qo‘shish va hokazolar) tegishli hujjatlarga asoslangan holda tasdiq ustxatida belgilanadi. 3.22. Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarning hisobini yuritish uchun mazkur hujjatlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ularning ichki ro‘yxati tuziladi. Har xil hujjatlardan shakllangan, nomlanishi hujjatlarning aniq mazmunini ochib bermaydigan doimiy va vaqtincha saqlanadigan yig‘majildlarga ham ichki ro‘yxat tuzish zarur. Yig‘majild hujjatlariga ichki ro‘yxat tuzish lozimligi muassasada ish yuritishga doir yo‘riqnoma va nizomlar bilan belgilanadi. 3.23. Ichki ro‘yxat alohida varaqda belgilangan shaklda tuzilib, yig‘majilddagi hujjatlarning tartib raqamlari, indekslari, sanasi, har bir hujjat joylashgan Yig‘majild varaqlari sarlavhasi va raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Yig‘majildning ichki ro‘yxatiga kiritilgan hujjatlar va ichki ro‘yxat varaqlarining sonini raqam va so‘z bilan ko‘rsatgan holda yakuniy xulosa tuziladi. Ichki ro‘yxatni tuzuvchi unga o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, tuzilgan sanasini to‘liq ko‘rsatgan holda imzo chekadi. Agar yig‘majild hujjatlarining ichki ro‘yxati blankasiz muqovalangan yoki tikilgan bo‘lsa, belgilangan shaklda tuzilgan ro‘yxat yig‘majild old muqovasining ichki tomoniga yelimlanadi. 3.24. Yig‘majilddagi hujjatlarning tarkibi o‘zgarganda (hujjatlar olinganda, qo‘shilganda, ko‘chirma nusxalari bilan almashtirilganda va hokazo) bu o‘zgarishlar ichki ro‘yxatning tegishli hujjatlarini dalil qilib keltirgan holda aks ettiriladi, zarur hollarda yig‘majildning ichki ro‘yxatiga yangi yakuniy yozuv va tasdiqlovchi ustxati tuziladi. 3.25. Doimiy va vaqtincha saqlanadigan va shaxsiy tarkibga tegishli yig‘majildlarning muqovalari quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi. Yig‘majildning muqovasida quyidagilar ko‘rsatiladi: bank va u bevosita bo‘ysunadigan yuqori tashkilot nomi; tarkibiy bo‘linma nomi; yig‘majildning indeksi; yig‘majildlar ro‘yxati bo‘yicha yig‘majild raqami; yig‘majildning nomi; yig‘majild hujjatlari (alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlardan iborat doimiy saqlanadigan yig‘majildlar)ning qisqacha bayoni; yig‘majild (jild, qism)ning sanasi; yig‘majilddagi varaqlar soni; yig‘majildni saqlash muddati; yig‘majildning arxivdagi ro‘yxati belgilari. 3.26. Doimiy saqlanadigan yig‘majildlarning muqovasida ular topshiriladigan davlat arxivining nomi, davlat arxivi va bank kodini yozish uchun joy qoldiriladi. 3.27. Yig‘majildning muqovasi rasmiylashtirilayotganda bank nomi va u bevosita bo‘ysunadigan bankning nomi bosh kelishikda to‘liq yoziladi. Agar bank yoki yuqori turuvchi organning rasmiy qabul qilingan qisqartma nomi bo‘lsa, u to‘liq nomdan so‘ng qavs ichida ko‘rsatiladi. MASALAN: O‘zbekiston aksiyadorlik tijorat sanoat-qurilish banki (O‘zsanoatqurilishbank). 3.28. Yig‘majildning muqovasidagi nomi bank yig‘majildlari nomenklaturasidan ko‘chiriladi. Yig‘majild bir necha jild (qism)dan iborat bo‘lsa, har bir jild (qism) muqovasiga yig‘majildning umumiy nomi va har bir jild (qism)ning nomi qo‘yiladi. 3.29. Ish yuritishda tutilgan yig‘majildning muqovasida, yig‘majild tutilgan va tugagan yil albatta ko‘rsatiladi. Agar yig‘majildga uning sanasiga muvofiq kelmaydigan hujjatlar ham tikilgan bo‘lsa, sananing tagidagi yangi qatorda bu haqda: “Yig‘majildda ....... yil (lar) hujjatlari mavjud” deb yozib qo‘yiladi. 3.30. Aniq sana qo‘yish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan farmoyish, ijodiy va boshqa mazmundagi hujjatlardan tarkib topgan yig‘majildlar, shuningdek, bir necha jild (qism)lardan iborat bo‘lgan yig‘majildlarning sanasi yig‘majilddagi birinchi va oxirgi hujjatning sanasi hisoblanadi, ya’ni yig‘majildga kiritilgan eng oldingi va eng so‘nggi hujjatlarni ro‘yxatga olish (tuzish) sanalari (kuni, oyi, yili) yig‘majildning sanasi hisoblanadi. 3.31. Majlis, yig‘ilishlarning bayonnomalaridan iborat bo‘lgan yig‘majildlarning sanasi — tasdiqlanish sanasi (agar ular tasdiqlansa) yoki yig‘majildni tashkil etgan birinchi va so‘nggi bayonomalarning sanalari hisoblanadi. 3.32. Hujjatning sanasini belgilashda avval yil, so‘ngra kun va oy ko‘rsatiladi. Yil va kun raqamlarda, oy nomi esa so‘z bilan yoziladi. Agar hujjatlar yoki uning ayrim tarkibiy qismlari sanasi hujjatning mazmunini tahlil qilish asosida taxminiy aniqlansa, sana yoki uning ayrim tarkibiy qismlari qavslarga olinadi. To‘la ishonchli bo‘lmagan butun sana yoki uning ayrim qismlari so‘roq belgisi bilan birga beriladi. Shaxsiy yig‘majildning sanasi bo‘lib, shaxsni ishga qabul qilish va bo‘shatish haqida buyruqlar imzolangan sanalar hisoblanadi. 3.33 Yig‘majild muqovasida yig‘majilddagi varaqlar sonini ko‘rsatish majburiy hisoblanadi. Ular yig‘majildning tasdiqlovchi ustxati va saqlanish muddatiga asosan yoziladi (doimiy saqlanadigan yig‘majildlarga: “Doimiy saqlansin” deb yoziladi). 3.34. Idoralarga qarashli arxivlarning asosiy qoidalariga muvofiq bankning ish yuritishda yakunlangan, doimiy va vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan barcha yig‘majildlari va xodimlarning shaxsiy tarkibiga tegishli yig‘majildlar ekspertizadan o‘tgach yig‘majildlarga hujjatlar ro‘yxati tuziladi. 3.35. Hujjatlar ro‘yxati — bu arxiv ma’lumotnomasi bo‘lib, u yig‘majildlarning tartibga solingan nomlari ro‘yxati, tarkibi va mazmunini ochib berishga, ularni fond ichida tartibga solish va ro‘yxatga olishni mustahkamlashga mo‘ljallangan. Ayni vaqtda hujjatlar ro‘yxati jildlar hisobini yuritish va ularni tezkorlik bilan qidirib topishni ta’minlaydigan ilmiy-ma’lumotnomaning asosiy turi hisoblanadi. 3.36. Ro‘yxatlar alohida tuziladi: doimiy saqlanadigan yig‘majildlarga; vaqtinchalik saqlanadigan yig‘majildlarga; shaxsiy tarkibga tegishli va boshqa bir turdagi yig‘majildlarga; faqat bitta bankka tegishli bo‘lgan maxsus tuzilgan yig‘majildlarga; idoraviy xizmat nashrlariga. Alohida ro‘yxat mustaqil umumiy (tartib bilan) raqamlab tugallangan yig‘majildlarning ro‘yxatidan iborat. 3.37. Ish yuritishda ko‘rsatib o‘tilgan turkumdagi hujjatlarning ro‘yxati bankning har bir tarkibiy bo‘limlari bo‘yicha har bir kalendar yilida yuritgan yig‘majildlar uchun tuziladi (4a-ilova). ESLATMA. Tarkibiy bo‘limlarda bir necha yil uchun ro‘yxati tuzilmagan yig‘majildlar mavjud bo‘lsa, arxiv bilan kelishilgan holda ularga bitta ro‘yxat tuzilishi mumkin (yig‘majildlar ichiga ular yuritilgan yili bo‘yicha joylashtiriladi). 3.38. Tarkibiy bo‘limlar hujjatlarining ro‘yxati bankning ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomalarida belgilangan tartibga muvofiq bankning ish yuritish xizmati xodimlari yoki tarkibiy bo‘limlarida ish yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan arxivning metodik rahbarligida tuziladi. 3.39. Tarkibiy bo‘limlari hujjatlarining ro‘yxati belgilangan shaklda (3-ilova bo‘yicha) tuziladi va ish yuritishda yig‘majild yakunlanganidan keyin bir yil o‘tgach, arxivga topshiriladi. 3.40. Ro‘yxatga yig‘majildning nomini yozishda avval yig‘majildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish sifati, ro‘yxatga kiritilgan yig‘majildlar soni bank yig‘majildlari nomenklaturasi bo‘yicha tutilgan yig‘majildlar soniga muvofiq kelishi tekshiriladi. Yig‘majildlar tekshirilganda: jild nomining yig‘majilddagi hujjatlar mazmuniga muvofiqligini; yig‘majildga kiritilgan hujjatlarning rasmiylashtirilishi va guruhlarga ajratilishi to‘g‘riligini; yig‘majildni muqovalash va tikish sifatini; yig‘majild varaqlarining to‘g‘ri raqamlanganligini; zarur bo‘lgan hollarda yig‘majildda ichki ro‘yxat mavjudligi va uning to‘g‘riligini; yig‘majild muqovasining to‘g‘ri rasmiylashtirilishini; yig‘majildni tasdiqlovchi ustxatning mavjudligi va to‘g‘riligi tekshiriladi. Bank nomenklaturasi hisobida turgan yig‘majildlar yo‘qolib qolganligi aniqlansa, tarkibiy bo‘limlar uni qidirib topish chora-tadbirlarini ko‘radi. Topilgan yig‘majildlar ro‘yxatga olinadi. Agar ko‘rilgan choralar natija bermasa, topilmagan yig‘majildning yo‘qolish sabablari haqida ma’lumotnoma tuzilib, tarkibiy bo‘lim rahbari unga imzo chekadi va tarkibiy bo‘lim hujjatlari ro‘yxati bilan birga arxivga topshiriladi. 3.41. Tarkibiy bo‘lim hujjatlari ro‘yxatining tavsifiy moddasi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: yig‘majild (jild, qism)ning ro‘yxat bo‘yicha tartib raqami; yig‘majild (jild, qism)ning indeksi; yig‘majild muqovasidagi nomga to‘liq muvofiq keladigan yig‘majild (jild, qism)ning nomi; yig‘majild (jild, qism)ning sanasi; yig‘majild (jild, qism)dagi varaqlar soni; yig‘majild saqlanadigan muddat. 3.42. Tarkibiy bo‘lim hujjatlari ro‘yxati tuzilayotganda quyidagi talablarga rioya qilish zarur: har bir yig‘majild ro‘yxatga mustaqil tartib raqami bilan kiritiladi. Agar yig‘majild bir necha jild (qism)dan iborat bo‘lsa, har bir jild (qism) ro‘yxatga mustaqil raqam bilan kiritiladi; ro‘yxatdagi yig‘majildlarni tartibga solish va tarkibiy bo‘limga ro‘yxat raqamini qo‘yish arxiv tomonidan belgilanadi. Tarkibiy bo‘limlarda yig‘majildlarni sistematik ro‘yxatga olish, ularning bank yig‘majildlari sistematik nomenklaturasiga muvofiq keladi. Tarkibiy bo‘lim ro‘yxatining raqami, tarkibiy bo‘limning shtatlar jadvali bo‘yicha raqamli belgisiga, ro‘yxatni tashkil etgan hujjatlar nomining dastlabki bosh harflarini va ro‘yxatga kiritilgan yig‘majildlar tutilgan yilning so‘nggi ikki raqamini qo‘shishdan tarkib topadi. Nomenklaturada turadigan va 1991-yildan tutilgan 5-tarkibiy bo‘linmaning doimiy, vaqtincha saqlanadigan va shaxsiy tarkibga tegishli hujjatlarining ro‘yxatlari: 5d-91, 5v-91 va 5sh/t-91 raqamlarga ega bo‘ladi. ro‘yxat ustunlari yig‘majildlarning muqovasiga yozilgan ma’lumotlarga aynan muvofiq holda to‘ldiriladi; bir xil nomdagi yig‘majildlarni ro‘yxatga ketma-ket yozish davomida birinchi yig‘majildning nomi to‘liq yoziladi, qolgan barcha bir turdagi yig‘majildlar esa “yuqoridagidek” so‘zi bilan belgilanadi, bunda yig‘majildlar to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq, yoziladi (ro‘yxatning har bir yangi varag‘i boshida yig‘majild ustuni nomi to‘liq yoziladi); ro‘yxatning “Eslatma” degan ustuni yig‘majildlar jismoniy holatining o‘ziga xos tomonlarini, yig‘majildlarni bankning boshqa tarkibiy bo‘limlariga berish, nusxalari mavjudligi va boshqalarni qayd etish uchun foydalaniladi. 3.43. Ro‘yxat oxirida so‘nggi tavsifiy moddadan keyin ro‘yxatda turadigan mavjud yig‘majildlarning soni (raqam va so‘z bilan) yoziladigan yakuniy xulosa tuziladi, ro‘yxat bo‘yicha yig‘majildlarning birinchi va oxirgi raqamlari, shuningdek, ro‘yxatdagi yig‘majildlarga raqam qo‘yishning o‘ziga xos tomonlari (yig‘majildlarni harf bilan belgilangan va tushirilib qoldirilgan raqamlari) ko‘rsatiladi. 3.44. Tarkibiy bo‘lim hujjatlarining ro‘yxatini tuzuvchi o‘z lavozimini ko‘rsatgan holda imzo chekadi, ro‘yxat bankning ish yuritish xizmati rahbari bilan kelishiladi va tarkibiy bo‘lim rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 3.45. Bank tarkibiy bo‘limi hujjatlari ro‘yxati ikki nusxada tuziladi, bittasi yig‘majildlar bilan birga arxivga topshiriladi, ikkinchisi esa nazorat nusxasi sifatida tarkibiy bo‘limda qoladi. 3.46. Tarkibiy bo‘lim ro‘yxatiga kiritilgan yig‘majildlar muqovasiga arxiv bilan kelishilgan holda, yumshoq qora qalam bilan yig‘majildlarni vaqtincha raqamlash amalga oshiriladi. 3.47. Tarkibiy bo‘limning ro‘yxatini tayyorlash arxiv (arxiv uchun mas’ul bo‘lgan shaxs) zimmasiga yuklanadigan bank hujjatlari jamlanma ro‘yxatining yillik bo‘limini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 3.48. Arxivga doimiy, vaqtincha saqlanadigan va xodimlarning shaxsiy tarkibiga tegishli yig‘majildlar topshiriladi. 3.49. Vaqtincha (3 yilgacha) saqlanadigan yig‘majildlar qoidaga ko‘ra arxivga topshirilmaydi, ular markazlashtirilgan holda ish yuritish xizmatida yoki tarkibiy bo‘limlarda saqlanadi, saqlanish muddati tugaganidan so‘ng esa, belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Bu yig‘majildlar faqat istisno hollardagina, bank rahbarining qarori bilan arxivga topshirilishi mumkin. Ular arxivga hujjatlarning ro‘yxati yoki nomenklaturasi bo‘yicha topshiriladi. 3.50. Yig‘majildlar bank arxiviga arxiv tomonidan tuzilgan va bank rahbari tasdiqlagan hamda hujjatlarni arxivga topshiruvchi bank va tarkibiy bo‘limlarning rahbarlari bilan kelishilgan jadval bo‘yicha topshiriladi. 3.51. Tarkibiy bo‘limlar yig‘majildlarni bank arxiviga topshirishga tayyorlash davrida arxiv xodimi oldindan ularning to‘g‘ri tayyorlanganligini, rasmiylashtirilishi va ro‘yxatga kiritilgan bank yig‘majildlar sonining bank yig‘majildlari nomenklaturasiga muvofiq tutilgan yig‘majildlar soniga to‘g‘ri kelishini tekshiradi. Yig‘majildlar yo‘qolganligi aniqlansa, ma’lumotnoma tuziladi (3.40-bandga qarang). 3.52. Har bir yig‘majildni bank arxivi mudiri (arxiv uchun mas’ul shaxs, arxivning maxsus xodimi) tarkibiy bo‘lim xodimi ishtirokida qabul qiladi. Bunda har bir yig‘majild uchun tuzilgan ro‘yxatning ikkala nusxasiga ham yig‘majildning mavjudligi haqida belgi qo‘yiladi. Ro‘yxat har bir nusxaning oxirida raqam va so‘z bilan arxivga amalda qabul qilingan yig‘majildlarning soni, yo‘qolib qolgan yig‘majildlarning raqami, yig‘majild qabul qilingan-topshirilgan sana ko‘rsatiladi, shuningdek, bank arxivi xodimi va yig‘majildni topshiruvchi shaxsning imzosi qo‘yiladi. Alohida qimmatga ega bo‘lgan yig‘majildlar qabul qilinayotganda ulardagi varaqlar soni tekshiriladi. 3.53. Yig‘majildlar bank arxiviga tarkibiy bo‘lim xodimlari bilan bog‘langan holda topshiriladi. Yig‘majildlar bilan birga bank arxiviga devonxona (kotibiyat) tomonidan hujjatlarni ro‘yxatga olish-nazorat qilish kartotekasi ham topshiriladi. Har bir kartoteka nomi ro‘yxatga kiritiladi. 4.1. Arxivdagi hujjatlarning but saqlanishini ta’minlash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim: hujjatlarni but saqlash uchun optimal sharoitlarni yaratish; hujjatlarni saqlanadigan joylarga joylashtirish; arxivdan yig‘majildlarni berish tartibiga rioya qilish; hujjatlar hisobini yuritish, ularning mavjudligi va holatini tekshirish; alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlar tarkibini aniqlash va ularning sug‘urta fondini tuzish; hujjatlarning jismoniy-kimyoviy jihatdan but saqlanishini ta’minlash. 4.2. Hujjatlarni but saqlashning maqbul sharoitlarini ta’minlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish lozim: bank arxivi uchun xonalar ajratish va ularni reja asosida ta’mirlash; arxiv xonalarini o‘t o‘chirish vositalari (OP, RA, OU va b. turdagi o‘t o‘chirgichlar), yong‘indan saqlash va ogoh etish qurilmalari bilan jihozlash; hujjatlarni saqlash uchun maxsus vositalar (javonlar, seyflar, kutilar va hokazolar)dan foydalanish; arxiv xonasida maqbul harorat-namlik va yorug‘lik bo‘lishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena tadbirlarini o‘tkazish. 4.3. Saqlanadigan yig‘majildlarning hajmi va tarkibiga muvofiq bank arxivi uchun alohida xonalar (yirik banklarda zarurat tug‘ilsa, maxsus qurilgan va jihozlangan yoki hujjatlarni saqlash uchun moslashtirilgan alohida bino) ajratiladi. 4.4. Bank arxivi uchun maxsus bino davlat arxivlarining namunaviy loyihalari, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda individual loyihalar bo‘yicha ko‘riladi. 4.5. Bankning ma’muriy binosi qurilayotganda arxiv uchun maxsus xonalarni qurish ham nazarda tutilishi kerak. Arxiv uchun maxsus jihozlangan xonalar bo‘lmasa, bankning ma’muriy binosidan arxiv uchun moslashtirilgan xonalar ajratiladi. 4.6. Hujjatlarni but saqlash va ular bilan ishlashning maqbul sharoitlarini yaratish arxiv uchun quyidagi xonalarni ajratishni taqozo etadi: hujjatlarni saqlash uchun saqlash joylari; hujjatlarni qabul qilish, vaqtincha saqlash va iqlimga moslashtirish uchun xonalar; arxiv xodimlari uchun ish xonalari. Xodimlar uchun ish xonalari hujjatlarni saqlash xonalaridan alohida bo‘lishi kerak. Ish xonalaridan devor bilan to‘silmagan hujjatlarni saqlash xonalari maxsus o‘rnatilgan panjara bilan to‘siladi. Begona shaxslar hujjatlarni saqlash xonalariga faqat arxiv mudirining ruxsati bilan va arxiv xodimi ishtirokida qo‘yiladi. 4.7. Arxiv xonalari oziq-ovqat mahsulotlari yoki kimyoviy moddalar saqlanadigan yoki ishlatiladigan laboratoriya, ishlab chiqarish, ombor va maishiy xizmat xonalaridan uzoq joylashgan bo‘lishi hamda ular bilan umumiy havo almashtirish yo‘llariga ega bo‘lmasligi lozim. Arxiv xonalari yong‘indan xavfsiz, suv bosishdan kafolatlangan va chiqish uchun qo‘shimcha eshikka ega bo‘lishi zarur. 4.8. Arxiv binosining tashqi (taxtali), eshiklari ikki tomondan asbest mato va metall tunuka bilan qoplanishi va mustahkam zulfinga ega bo‘lishi kerak. Ishdan tashqari vaqtlarda ular muhrlanadi yoki tamg‘alanadi. Muhr yoki tamg‘a kalitlar bilan birgalikda bank navbatchisida yoki ichki ish tartibi qoidalarida belgilangan joyda saqlanadi. Arxiv xonalari qo‘riqlash qurilmalari bilan jihozlanadi. Derazaga tamg‘alangan qulfi bo‘lgan ikki tavaqali metall panjara o‘rnatiladi. 4.9. Arxiv xonalarini unga hujjatlar joylashtirilishiga qadar bank rahbari tomonidan tayinlangan komissiya qabul qilib oladi. Komissiya arxiv kiradigan tarkibiy bo‘lim, davlat arxiv xizmatining tegishli muassasasi, yong‘indan saqlash va sanitariya-epidemiologiya stansiyasi vakillaridan tarkib topishi lozim. Komissiya arxiv xonalarining texnik jihozlanishi to‘g‘riligini va ulardagi harorat-namlik holatini tekshiradi hamda shu asosda dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Arxiv xonalari holatini bundan keyingi tekshirishlar arxiv mudirining talabiga ko‘ra, 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 4.10. Arxiv xonalariga elektr simlari yopiq holda yotqiziladi; elektr simlarini gaz quvurlari orqali o‘tkazishga ruxsat beriladi. Yoritish yopiq turdagi (yarim germitik va b.) yoritgichlar bilan amalga oshiriladi. Yoritgichlar, elektr shitlari yopiq holda ishlaydigan bo‘lishi kerak. Taqsimlovchi elektr shitlar, saqlagichlar, rozetkalar va o‘chirgichlar arxiv xonasidan tashqarida o‘rnatiladi. Xodimlarni himoya qilish maqsadida barcha elektr qurilmalari yerga ulanadigan himoya konturiga birlashtiriladi. 4.11. Arxiv xonalari yong‘in xavfi bo‘yicha “V” toifasiga kiradi. Arxiv xonasi ikkinchi darajadan past bo‘lmagan o‘tga chidamli binolarga joylashtirilishi lozim. 4.12. Arxivlarda yong‘inga qarshi asosiy vosita karbonat kislotali (OU-3, OU-5, OU-25 va b.) va kukunli (OP-5, OP-6 va b.) o‘t o‘chirgichlar hisoblanadi, ular har 50 kv. metr maydonga kamida bittadan, ammo har bir alohida xonaga kamida ikkitadan o‘rnatiladi. 4.13. Ombor va hujjatlar bilan ishlash xonalari yong‘indan ogoh etuvchi qurilmalar (DIP-3, DIP-5, DIP-10, 0SD-5 va b.) bilan jihozlanishi lozim. 4.14. Arxivning hammaga ko‘rinadigan joyidagi devorda yong‘indan muhofazalash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma, yong‘in sodir bo‘lgan holda o‘t uchiruvchilar qismining ro‘yxati, hujjatlar hamda mulklarni olib chiqib ketish rejasi osib qo‘yilishi lozim. O‘t o‘chiruvchilar qismiga arxivning hamma xodimlari kiradi, ularga vaqti-vaqti bilan, ammo uch oyda kamida bir marta yong‘inga qarshi xavfsizlik chora-tadbirlari va yong‘in vaqtidagi amaliy harakatlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Yong‘in sodir bo‘lgani holda barcha xodimlar o‘z zimmalariga oldindan taqsimlangan majburiyatlarni bajarib, yong‘inni uchirishda (faol ishtirok etadilar. Arxiv xonalarida: chekish; elektr isitish qurilmalaridan foydalanish; oziq-ovqat mahsulotlari, tez alangalanuvchi moddalar va portlovchi narsalarni saqlash taqiqlanadi. 4.15. Havosi almashtirilmaydigan tartibda ishlaydigan arxiv xonalarida saqlash rejimini yaxshilash maqsadida xonalarni shamollatib turish, havoni namlashning qo‘shimcha manbalari yoki xonani quritishning qo‘shimcha qurilmalari va boshqalarni o‘rnatish tavsiya etiladi. Hujjatlarni saqlashning harorat-namlik rejimi ± 14±20° S saqlash haroratiga mos kelishi, havo namligi esa 50-60%ni tashkil etishi lozim. 4.16. Hujjatlarni saqlashning harorat-namlik tartibi havo harorati, namliga ko‘rsatkichlarini haftada ikki marta ayni bir vaqtda o‘lchash yo‘li bilan nazorat qilinadi. 4.17. Nazorat o‘lchov qurilmalari isitish va havoni almashtirish tizimlaridan uzoqroqda, javonlarning asosiy yo‘lakchalariga o‘rnatiladi. 4.18. Hujjatlarni saqlash uchun ishlatiladigan yopiq javonlar va seyflar haftada kamida bir marta shamollatiladi. 4.19. Arxiv omborlari tabiiy va sun’iy ravishda yoritilishi mumkin. Hujjatlarni to‘g‘ri tushadigan quyosh nuri bilan yoritishga ruxsat etilmaydi. 4.20. Arxiv xonalari ozoda saqlanishi, unda motor, hasharotlar, kemiruvchilarning paydo bo‘lishi va changlarning to‘planib qolmasligi lozim. 4.21. Hujjatlarni changdan himoya qilish: arxiv ombori xonalarining eng yuqori germetikligini ta’minlash, ularni chang hamda zaharli gazsimon aralashmalardan havoni tozalovchi qurilmalar bilan jihozlash; arxiv ombori xonalarini va hujjat qo‘yilgan javonlarni har yili kamida bir marta elektr chang yutgich vositasida yoki formalin aralashmasi bilan namlangan momiq (doka)li tamponlar bilan changdan tozalash; arxiv xonalarini doimo ho‘l latta bilan artib turish: oyda kamida bir marta pollarni, plintus va deraza tokchalarini tegishli kimyoviy vositali suvli aralashma bilan artib turish; arxiv xonalarini vaqti-vaqti bilan shamollatish. Shamollatishning maqsadga muvofiqligi ichki va tashqi havoning mutloq namligi hisobga olingan holda amalga oshirilishi lozim. 4.22. Arxiv xonalarida sanitariya-gigiyena ishlari (changdan tozalash, yig‘majildlarni ko‘chirish va hokazolar)ni bajarish uchun bank arxivi ish rejasida (har oyda kamida bir marta) tozalik kunlarini o‘tkazish nazarda tutiladi. 4.23. Arxiv xonalari belgilangan tartibdagi ko‘chmas javonlar bilan jihozlanishi lozim. Arxiv xonalariga taxta javonlar, agar ular o‘tga chidamli moddalar bilan qayta ishlangan bo‘lsagina joylashtiriladi. Javonlar, shuningdek, alohida formatdagi hujjatlar (gazetalar, chizmalar, rejalar va shu kabilar) uchun mo‘ljallangan javonlarning tuzilishi va o‘lchamlari ushbu hujjatlarning o‘lchamlariga muvofiq belgilanadi. 4.24. Maxfiy, alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlar va arxivning hisob yuritishga doir hujjatlarini saqlash uchun seyflar yoki metall javonlardan foydalaniladi. Arxiv omboridagi yoki ish xonasidagi hujjatlarga tegishli ma’lumotlar kartotekalarini joylashtirish uchun kartoteka javonlari o‘rnatiladi. 4.25. Arxiv xonalari shunday joylashtirilishi kerakki, arxiv xodimlarining ish joylari maqsadga muvofiq holda oqilona tashkil etilishi va ularning unumli mehnati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim. 4.26. Favqulodda hodisalar ro‘y berganida (yong‘in, suv bosish sodir bo‘lganda, arxivga begona shaxs yovuz niyat bilan kirganda va boshqa hollarda) hujjatlarni saqlab qolish hamda muhofazalash chora-tadbirlari ko‘riladi. Yuz bergan hodisa to‘g‘risida tegishli organlar (yong‘indan muhofaza qilish, militsiya, texnik nazorat va boshqalar) vakillari ishtirokida dalolatnoma tuziladi. 4.27. Favqulodda yuz bergan hodisaning kelib chiqish sabablarini va hujjatlarning jismoniy holatini aniqlash hamda ularning mavjudligini tekshirish uchun bank rahbari tomonidan komissiya tayinlanadi. Komissiya ishining natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 4.28. Favqulodda hodisa yuz berganda arxiv hujjatlarni boshqa joyga ko‘chirish va xavfsiz joylarga olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, unda quyidagilar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak: hujjatlarni ko‘chirish va xavfsiz joylarga olish tartibi hamda joyi; 1-, 2-, 3-navbatda ko‘chiriladigan va xavfsiz joylarga olinadigan hujjatlarning ro‘yxati va soni; hujjatlarni ko‘chirish va xavfsiz joylarga olish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarning ro‘yxati; ko‘chirilgan va xavfsiz joylarga olingan hujjatlarni muhofazalash chora-tadbirlari. Favqulodda hodisa sodir bo‘lib qolsa, hujjatlarni ko‘chirish va xavfsiz joylarga olish rejasi tegishli xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar bilan oldindan kelishilgan va bank rahbari tasdiqlagan bo‘lishi kerak. Hujjatlarni ko‘chirish va xavfsiz joylarga olish rejasi bilan arxivning barcha xodimlari tanishib chiqqan bo‘lishlari lozim. 4.29. Arxiv xonalariga yig‘majildlar oqilona tarzda joylashtirilishi va bunda quyidagilar hisobga olinishi lozim: bank hujjatlarini saqlash uchun zarur bo‘lgan qulay shart-sharoitlarni yaratish; yig‘majildlarning yillik harakati (yig‘majildlarni qabul qilish va topshirish); hujjatlardan tezkorlik bilan foydalana olish uchun sharoit yaratish. 4.30. Bank arxiviga kelib tushgan barcha hujjatlar har bir tarkibiy bo‘lim hujjatlari bir joyda jamlangan va har yili kelib tushish tartibi bo‘yicha joylashtirilgan holda arxiv xonalaridagi javonlarda saqlanadi. 4.31. Doimiy saqlanadigan hujjatlar vaqtincha saqlanadigan hamda shaxsiy tarkibga oid hujjatlardan alohida joyda joylashtiriladi. 4.32. Tugatilgan banklarning hujjatlari alohida saqlanadi. 4.33. Doimiy saqlanadigan hujjatlar karton qutilar, papkalar yoki hujjatlarga ziyoni tegmaydigan materiallardan tayyorlangan konteynyerlarda saqlanadi, vaqtincha saqlanadigan hujjatlar esa bog‘langan holda saqlanadi. Qutilarga va bog‘lamlarga tarkibiy bo‘limning nomi, fond va ro‘yxatning raqami, mazkur qutichaga (bog‘lamga) kiritilgan yig‘majildlarning yili (yillari) va birinchi hamda oxirgi yig‘majildning tartib raqami ko‘rsatilgan yorliq yopishtiriladi. Qutilar (bog‘lamlar) har bir fond va ro‘yxat doirasida tartib raqamlari bilan raqamlanadi. 4.34. Quti (yoki bog‘lam)lardagi yig‘majildlar javonlarga yotiq yoki tik holda joylashtirilishi mumkin. Yig‘majildlarni joylashtirish tartibi ularni saqlash sharoitlariga qarab belgilanadi. Quti va bog‘lamlar javonlarning tokchalaridan chiqib turmasligi kerak. Hujjatlarni yuk idishlarida saqlash, ularni polga, deraza tokchalari, zinapoya maydonchalari va boshqa ushbu maqsad uchun mo‘ljallanmagan joylarga taxlab qo‘yishga ruxsat etilmaydi. 4.35. Arxiv xonalaridan yig‘majildlar bank rahbarining yozma ruxsatiga ko‘ra tarkibiy bo‘limlar xodimlari foydalanishi uchun, shuningdek, sud va tergov organlarining yozma talabnomalariga asosan vaqtincha foydalanish uchun ularga berilishi mumkin. Hujjatlar bilan ishlash arxivning ish xonasida arxiv xodimi kuzatuvi ostida amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish foydalanuvchiga ilmiy-ma’lumotnoma apparatini, shuningdek tegishli arxiv hujjatlarini yoki ularning ko‘chirma nusxalarini taqdim etish orqali ta’minlanadi. 4.36. Yig‘majildlarni arxiv xonasidan berish, shuningdek, arxiv ma’lumotlari, hujjatlar nusxalari va ko‘chirmalarini berish va rasmiylashtirish daftarlarda (4-ilova) qayd etiladi. Arxiv xonasidan yig‘majildlarni berish quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi: bankning tarkibiy bo‘limlariga yig‘majildlarni vaqtincha foydalanish uchun berish — buyurtmanoma (talabnoma)lar bilan; boshqa tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun — dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 4.37. Yig‘majildlarni boshqa tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun berish (bankning umumiy blankasida) ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnomaning bir nusxasi arxivda qoladi, ikkinchisi esa yig‘majildni oluvchiga beriladi. Dalolatnomaga yig‘majildni beruvchi bank rahbari va uni oluvchi tashkilot rahbari imzo chekadi; imzolar shu tashkilotlarning muhrlari bilan muhrlanadi. 4.38. Yig‘majildlarni ta’mirlash, tiklash, muqovalash, nusxa ko‘chirish uchun yuborish buyurtmanoma bilan rasmiylashtiriladi. 4.39. Foydalanilgandan keyin arxivga qaytarilgan yig‘majildlarning butlik holati ushbu hujjatlarni qaytarib topshirayotgan shaxs ishtirokida tekshirilishi zarur. Yig‘majildlarning yetishmasligi yoki undagi ayrim varaqlar yo‘qligi aniqlansa, shuningdek, yig‘majild va hujjatlar shikastlangan bo‘lsa, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Ulardan biri aybdorlarni aniqlash va javobgarlikka tortish uchun hujjatdan foydalangan tashkilot rahbariga yoki tashkilotni javobgarlikka tortish uchun tegishli idoralarga yuboriladi, ikkinchisi esa arxivda qoladi. 4.40. Yig‘majildlarning mavjudligi va butligini tekshirishga doir asosiy vazifalar quyidagilardan iborat. ro‘yxatda turadigan yig‘majildlarning amalda mavjudligini aniqlash; vaqtincha ishlatilmaydigan, profilaktik qayta ishlash va qayta tiklash talab qilinadigan yig‘majildlarni aniqlash. 4.41. Yig‘majildlarning mavjudligi va butlik holatini tekshirish arxivning doimiy rejali ishi hisoblanadi. Doimiy saqlanadigan yig‘majildlarning mavjudligi va butlik holatini tekshirish 5 yilda kamida bir marta, ularni davlat arxiviga topshirish oldidan esa, majburiy tartibda o‘tkaziladi. Shaxsiy tarkibga tegishli va doimiy saqlanadigan hujjatlarning mavjudligi va butlik holatini tekshirish har 10 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Arxivdagi yig‘majildlarning mavjudligi va butlik holati quyidagi hollarda bir vaqtda tekshiriladi: yig‘majildlar boshqa xonaga ko‘chirilgandan keyin; yig‘majildlarni boshqa xonaga ko‘chirish (ko‘chirib olib chiqish)ga sabab bo‘lgan favqulodda hodisadan yoki begona shaxslarning arxiv xonasiga ruxsatsiz kirganlaridan keyin; arxiv mudiri yoki arxiv uchun mas’ul bo‘lgan shaxs olish-topshirish dalolatnomasiga asosan topshirganda; bank qayta tashkil etilganda va u tugatilganda. Yig‘majildlarning mavjudligi va butlik holatini tekshirish arxiv xodimlari yoki bank rahbari buyrug‘i bilan maxsus tayinlangan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Har bir tekshirish natijasi har bir fond bo‘yicha alohida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bank rahbari tomonidan dalolatnoma tasdiqlangach, hisob yuritish hujjatlariga zarur bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritiladi. 4.42. Yig‘majildlarning mavjudlik va butlik holatini tekshirish uchun yig‘majildlar ro‘yxati tavsifiy moddasi bilan yig‘majild muqovasidagi ro‘yxat solishtiriladi. Yig‘majildlarning jismoniy holati ularni birma-bir qarab chiqish yo‘li bilan aniqlanadi. Aniqlangan barcha kamchilik va nuqsonlar tekshirish varag‘ida, keyin esa tekshirish dalolatnomasida qayd etiladi. 4.43. Fonddagi yig‘majildlarning mavjudlik va butlik holatini tekshirish varag‘i butun fond hujjatlari tekshirilayotganda tuziladi. Fond katta hajmda va ko‘p sonli ro‘yxatga ega bo‘lsa, har bir ro‘yxat uchun alohida tekshirish varag‘i tuzishga ruxsat beriladi. Tekshirish varaqlari har bir fond doirasida tartib raqam bilan raqamlanadi hamda ijrochilar ularga imzo chekadi. 4.44. Yig‘majildlarning mavjudlik va butlik holati har bir ro‘yxat bo‘yicha tekshirilgach, ro‘yxat oxiriga tasdiqlovchi ustxatidan keyin “Tekshirildi” deb yoziladi va tekshirish sanasi qo‘yiladi; bu yozuvlarni tekshirish o‘tkazgan xodimlar lavozimlarini ko‘rsatgan holda imzolaydilar. 4.45. Ro‘yxatda yakuniy xulosada belgilanmagan harfli, takroriy o‘tkazib yuborilgan raqamlar mavjud bo‘lsa, yakuniy xulosa qayta tuziladi, tekshirish varag‘iga esa belgi qo‘yiladi va bu haqda keyin umumlashtirilgan holda fond yig‘majildlarining mavjudlik va butlik holatini tekshirish dalolatnomasida qayd etiladi. 4.46. Tekshirish varaqlaridagi yakuniy xulosalar asosida fonddagi yig‘majildlarning mavjudlik va butlik holatini tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Har bir dalolatnomaga tekshirishni o‘tkazgan xodim imzo chekadi va bank rahbari uni tasdiqlaydi. Dalolatnomalar fond doirasida o‘tkazilgan tekshirishlarning tartib raqamlari bo‘yicha raqamlanadi va ular tasdiqlangach, tegishli fond yig‘majildiga qo‘shiladi. Dalolatnomalarga muvofiq aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ish olib boriladi. 4.47. Bank arxivi davlat arxivi bilan kelishilgan holda va uning bevosita rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlarini aniqlaydi. Bunday hujjatlarni aniqlash ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: fondlarni aniqlash; yig‘majildlarni ro‘yxat bo‘yicha aniqlash; ajratib olingan yig‘majildlarni bevosita ko‘rib chiqish. Ko‘rib chiqish uchun ajratib olingan fondlarning ro‘yxati majburiy tartibda davlat arxivi bilan kelishiladi. Tarkibida alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlar, mavjud hujjatlar ro‘yxati bo‘yicha belgilanadi. Alohida qimmatlikka ega yig‘majildlar 9-ilovadagi shaklga ko‘ra tuziladi. Ro‘yxat tasdiqlangach, alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlar yig‘majildlari muqovasining o‘ng tomonidagi yuqori burchagiga “AQE” indeksi qo‘yiladi. 4.48. Alohida qimmatga ega yig‘majildlar arxivdagi boshqa yig‘majildlardan ajratilib, alohida saqlanadi; ular arxiv xonasining chiqish eshiklari yaqiniga joylashtiriladi va birinchi navbatda olib chiqib ketiladi. Bu hujjatlarni but saqlash uchun eng kulay hamda oqilona shart-sharoitlar yaratilishi va qat’iy qo‘riqlash hamda yong‘indan saqlash tartibi o‘rnatilishi lozim. 4.49. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlari uchun banklar ularning sug‘urta nusxalarini tayyorlaydi. Sug‘urta nusxa ko‘chirish uchun hujjatlarni tayyorlash ishlarini bank arxivi bajaradi. 4.50. Bank arxivida saqlanayotgan alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlarning sug‘urta nusxalari majmui alohida qimmatga ega hujjatlarning sug‘urta jamg‘armasini tashkil etadi. 4.51. Alohida qimmatga ega hujjatlarning sug‘urta jamg‘armasi hujjatning asl nusxasi yo‘qolgan yoki shikastlangan holda qimmatli hujjat ma’lumotlarini saqlab qolish maqsadida tashkil etiladi. Bu fond daxlsiz bo‘lib, sug‘urta nusxalar hujjatlarning asl nusxalaridan ajratilgan holda maxsus joyda saqlanishi lozim. 5.1. Arxivdagi hujjatlar hisobini yuritish ularning but saqlanishini ta’minlash va mavjudligini nazorat etish vositalaridan biri hisoblanadi. Arxivda saqlanayotgan barcha hujjatlar, jumladan ro‘yxatga olinmagan va mazkur arxiv sohasiga tegishli bo‘lmagan hujjatlar, alohida qimmatga ega hujjatlarning sug‘urta nusxalari, foydalaniladigan hujjatlar jamg‘armasi (agar mavjud bo‘lsa), shuningdek, hujjatlar ro‘yxatining hisobi yuritilishi lozim. 5.2. Arxiv hujjatlarining hisobini yuritishda ish yuritish va davlat arxivida hujjatlar hisobini yuritishning markazlashtirilgan va umumiy maqbul tamoyillariga rioya qilinadi. Bu tamoyillar hisob yuritishda qabul qilingan yagona birliklar, hisob yuritish shakllari, hujjatlarning tarkibi va mazmuniga doir asosiy ma’lumotlarda aks etadi. 5.3. Arxivdagi hujjatlarning hisobi fondlar (birlashgan fondlar), to‘plamlar, saqlash birliklari (yig‘majildlar) bo‘yicha yuritiladi. 5.4. Arxivda majburiy tartibda hujjatlarning markazlashtirilgan hisobi yuritiladi, arxiv xonalari bir nechta bo‘lsa, hujjatlar har bir arxiv xonasi bo‘yicha alohida hisobga olinadi. 5.5. Arxivda markazlashtirilgan hisob yuritish bo‘yicha hisobga olingan barcha hujjatlar ularning hisobini yuritish uchun mas’ul shaxsda, arxiv xonasini hisobga olish hujjatlari esa, bu hujjatlar hisobini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli shaxslar nazoratida to‘planishi zarur. Hisob yuritishga doir hujjatlar arxiv xonasi (yoki maxsus ajratilgan xonada)gi seyflar yoki metall javonlarda saqlanadi. 5.6. Arxivda hujjatlar hisobini yuritish asosiy va yordamchi hisob yuritish hujjatlari bo‘yicha olib boriladi. Asosiy hisob yuritish hujjatlarini olib borish har bir bank arxivi uchun majburiydir. Yordamchi hisob yuritish hujjatlarini olib borish zaruriyati va turi arxiv tomonidan belgilanadi. 5.7. Arxivning asosiy hisob yuritish hujjatlari quyidagilardan iborat: arxivga kelib tushgan va undan olingan har bir hujjat hisobini yuritish uchun — kelgan va ketgan hujjatlar hisobini yuritish daftari (4-ilova); arxiv sug‘urta jamg‘armasi va foydalanish jamg‘armasiga kelib tushgan hamda olingan har bir hujjat hisobini yuritish uchun — sug‘urta jamg‘armasi va foydalanish jamg‘armasiga kelib tushgan va olingan hujjatlar hisobini yuritish daftari; fondlar, to‘plamlarni umumiy va alohida ro‘yxatga olish hamda ularni raqamlash uchun — fondlar ro‘yxati; fond nomidagi o‘zgarishlarni qayd etish, fond yig‘majildlari ro‘yxati hisobini yuritish va ularni raqamlash, fond tarkibi va hajmidagi o‘zgarishlarni aks ettiradigan hujjatlar hisobini yuritish uchun — fond varag‘i (5-ilova); yig‘majildlarning alohida va umumiy hisobini yuritish uchun — hujjatlar ro‘yxati (3-, 6-, 7-, 8-ilovalar); Eslatma. Arxivda 10 yilgacha saqlanadigan hujjatlar hisobini yig‘majildlar nomenklaturasi bo‘yicha yuritish mumkin. alohida qimmatga ega yig‘majildlarning alohida va umumiy hisobini yuritish uchun — alohida qimmatga ega hujjatlar ro‘yxati (9-ilova). 5.8. Arxivlarda saqlanayotgan Milliy arxiv fondi hujjatlari arxiv fondi varaqchasi shaklida hisobga olinadi (10-ilova). 5.9. Kelgan va ketgan hujjatlar hisobini yuritish daftari (4-ilova) arxivdagi fondlarning o‘zgarishlarini qayd etishga mo‘ljallangandir. Kelib tushgan yoki ketgan har bir yig‘majildga mustaqil tartib raqami qo‘yiladi. Agar kelib tushgan yig‘majildlar bir nechta fond hujjatlaridan tarkib topgan bo‘lsa, har bir fondga tegishli ma’lumotlar (fondning nomi, raqami va shu kabi)lar yangi qatordan shu tartib raqamidan keyin yoziladi. Bitta fond saqlanayotgan arxivdagi kelgan va ketgan hujjatlar hisobi fond varag‘i bo‘yicha yuritiladi. Eslatma: Murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo‘lgan bank arxivi kelgan va ketgan hujjatlar hisobini yuritish daftarida har bir tarkibiy bo‘linmaga kelib tushgan va undan olingan hujjatlar hisobini alohida mustaqil ravishda yuritishi mumkin. Agar fond hujjatlari arxivga birinchi marta kelib tushayotgan bo‘lsa, kelib tushgan va undan olingan hujjatlar hisobini yuritish daftariga fondlar ro‘yxati bo‘yicha raqam berilganidan so‘ng fond raqami qo‘yiladi. Agar kelib tushgan hujjatlar arxivda mavjud bo‘lgan fond hujjatlari tarkibiy qismi hisoblansa, ro‘yxat daftarining tegishli qatorida ilgari ushbu fondga qo‘yilgan raqam ko‘rsatiladi. Agar ro‘yxatda bo‘lmagan hujjatlar kelib tushsa yoki ular olib ketilsa, ro‘yxatga olish daftarining 6-qatorida “Ro‘yxatga olinmagan” degan belgi qo‘yiladi, hujjatlar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa ro‘yxatga olish daftarining 13-14-qatorida beriladi. Kelib tushgan va undan olingan hujjatlarni ro‘yxatga olish daftarida bir yil davomida kelib tushgan va undan olib ketilgan hujjatlar (yig‘majildlar) soni hisoblanadi. 5.10. Ikki va undan ortiq fond hujjatlari saqlanayotgan arxivlarda fondlar ro‘yxati tuziladi. Fond (birlashgan fond), to‘plamlardagi hujjatlar arxivga ilk bor kelib tushganda fondlar ro‘yxatiga yoziladi. Arxiv fondiga yangi kelib tushgan hujjatlarga, kelib tushish tartibiga qarab fondlar ro‘yxati bo‘yicha navbatdagi raqam beriladi. Davlat arxiviga saqlash uchun topshirilayotgan fond raqamidan keyin qiya chiziqcha qo‘yilib, fondning bir qismi davlat arxiviga ilk bor topshirilganida unga berilgan tegishli raqam qo‘yiladi. Agar fond alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlardan iborat bo‘lsa, uning raqamiga qo‘shimcha “AQE” indeksi qo‘yiladi. Fond boshqa arxivga topshirilgan, birlashgan fond tarkibiga qo‘shilgan yoki uning barcha hujjatlari olib ketilgan bo‘lsa, bo‘shab qolgan raqam boshqa fondga berilmaydi. Fond ro‘yxatining 4-5 ustunlarida (“olinganligi to‘g‘risidagi belgi”) fond borib tushgan arxivning nomi, shuningdek, fond olib ketilishiga asos bo‘lgan hujjatning nomi, raqami, sanasi ko‘rsatiladi. Fond nomi ro‘yxatga ro‘yxat varag‘idan ko‘chirib yoziladi. Agar fond tashkil etuvchining nomi o‘zgarsa, fondlar ro‘yxatida: faoliyat yuritayotgan banklar uchun — ularning fondga kirish vaqtidagi nomlari, tugatilgan banklar uchun — ularning so‘nggi nomlari ko‘rsatiladi. Barcha ilgarigi va keyingi nomlar fond varag‘i va fond kartotekasida keltiriladi. Qo‘shilgan fondlar — birlashgan fond degan umumiy nom ostida yoziladi. Fond nomlari o‘rtasida bo‘sh qator qoldiriladi. Fondlar ro‘yxati bo‘yicha har yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra yakuniy xulosa tuziladi, unda saqlanayotgan fondlar soni, alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlardan tarkib topgan fondlar soni va fondlar ro‘yxatidagi bo‘sh raqamlar (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi. 5.11. Hujjatlar ro‘yxati bir vaqtda bir qancha vazifalarni bajarish bilan birga, ayni vaqtda doimiy, vaqtincha saqlanadigan hamda shaxsiy tarkibga oid yig‘majildlarni alohida va umumiy ro‘yxatga olish uchun dastlabki hisob yuritish hujjati bo‘lib ham hisoblanadi. Alohida hisobga olishda har bir yig‘majildga (saqlash birligiga) mustaqil raqam qo‘yiladi:. Ro‘yxatlarga yakuniy xulosa tuzish orqali yig‘majildlarning umumiy hisobini yuritishga erishiladi (3.43-bandga qarang). Yig‘majildlarning olinishi, kelib tushishi, ularni qo‘shish yoki qayta tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan ro‘yxatdagi yig‘majildlar hajmining tegishli hujjatlar asosida har bir o‘zgarishi ro‘yxatning yakuniy xulosalarida aks ettiriladi. Agar ro‘yxat bir necha jild (qism)dan iborat bo‘lsa, oxirgi jild (qism)da barcha ro‘yxatlar (barcha jildlar, qismlar) uchun umumiy yakuniy xulosa tuziladi. 5.12. Tarkibiy bo‘limlar hujjatlari ro‘yxati bank hujjatlarining yig‘ma ro‘yxatining tegishli yillik bo‘limi tuzilguncha hisob yuritish hujjati hisoblanadi va ushbu yillar hujjatlari davlat arxiviga topshirilguncha fond yig‘majildida saqlanadi. 5.13 Har bir tugatilgan fond varag‘i bo‘yicha umumiy tartibda ro‘yxat raqami qo‘yiladi. Doimiy saqlanadigan hujjatlarning tugatilgan ro‘yxatlariga oddiy tartib raqami qo‘yiladi. Agar fond hujjatlari davlat arxiviga saqlash uchun topshirilgan bo‘lsa, tugallangan ro‘yxat raqami ushbu arxiv bilan kelishiladi. Shaxsiy tarkibga doir tugatilgan ro‘yxatlar raqamlariga “sht” indeksi va vaqtincha saqlanadigan tugatilgan ro‘yxatlar raqamlariga “v” indeksi qo‘yiladi. Tarkibiy bo‘lim ro‘yxatining tartib raqami tarkibiy bo‘lim raqamiga “tb” (tarkibiy bo‘lim) indeksini qo‘shib, chiziqcha qo‘ygandan keyin ro‘yxatga kiritilgan yig‘majild tarkib topgan kalendar yilning so‘nggi ikki raqamidan hosil bo‘ladi. Biror tugatilgan ro‘yxat bo‘yicha saqlanayotgan barcha yig‘majildlar hisobdan chiqarilganda uning raqami boshqa ro‘yxatga qo‘yilmaydi. 5.14. Vaqtincha saqlanadigan yig‘majildlarni alohida ro‘yxatga olish hisobini yuritish hujjati, odatga ko‘ra, ro‘yxat o‘rnini bosuvchi va yakuniy xulosa yoziladigan bank yig‘majildlari jamlanma nomenklaturasi hisoblanadi. Nomenklaturaga “Vn” indeksidan keyin chiziqcha qo‘yilib, yig‘majild nomenklaturasi tuzilgan kalendar yilning oxirgi ikki raqamini qo‘shish orqali tarkib topgan raqam qo‘yiladi. 5.15. Ro‘yxatlar va ularning o‘rnini bosuvchi yig‘majildlar nomenklaturasi har bir fond bo‘yicha alohida saqlanadi; fond doirasida doimiy va vaqtincha saqlanadigan hamda shaxsiy tarkibga doir hujjatlar ro‘yxatlari alohida-alohida, keyin esa ro‘yxatlar raqamlari bo‘yicha joylashtiriladi. 5.16. Fond varag‘i (5-ilova) fondga hujjat ilk bor kelib tushgan vaqtdan boshlab yuritiladi. Fond varag‘i quyidagi asosiy talablarga rioya etgan holda to‘ldiriladi: agar fond alohida qimmatga ega (AQE) hujjatlardan tarkib topsa, uning nomeriga “AQE” indeksi qo‘shiladi; “Fond joylashgan joy” degan ustunda fond saqlanayotgan arxiv joylashgan bank nomi ko‘rsatiladi; “Fond dastlab kelib tushgan sana” ustunida mazkur arxivga fond yig‘majildlari birinchi marta kelib tushgan sana ko‘rsatiladi; birlashgan arxiv fondlari va to‘plamlar uchun esa — ular arxivga ilk bor kelib tushgan sana yoki arxiv tarkibida tashkil etilgan sana ko‘rsatiladi; “Fond har bir nomining chekka sanalari” ustunida bankning har bir nom ostida faoliyat yuritgan boshlang‘ich va oxirgi sanalari, fondda ushbu davrga doir hujjatlar bor-yo‘qligidan qat’i nazar, ko‘rsatiladi. Bu ustun quyidagicha to‘ldiriladi: faoliyat obyekti yoki bank tasarrufi bo‘yicha tashkil etilgan birlashgan arxiv fondi uchun ushbu bazada tashkil etilgan fond obyekti yoki rahbar organning so‘nggi sanasi ko‘rsatiladi; uzluksiz ravishda o‘rin almashgan bank hujjatlaridan tarkib topgan birlashgan arxiv fondi uchun ulardan birining birinchi tashkil etilgan sanasi va oxirgisining tugatilgan sanasi ko‘rsatiladi. Agar tashkilot faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, so‘nggi sana qo‘yilmaydi. “Fond nomi” ustunida fondni tashkil etgan banklar va ular tasarrufidagi muassasalar nomlari, ularning vujudga kelgan vaqtidan boshlab ushbu davrda hujjatlari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, sanab o‘tiladi. Birlashgan arxiv fondlari uchun ajratilgan ustunda fondning umumiy nomi ko‘rsatiladi, keyin esa, ular mavjud bo‘lgan butun davr mobaynida hujjatlar birlashgan fond tarkibiga kirgan fond tashkil etuvchi barcha banklarning nomlari sanab o‘tiladi. Fond tashkil etgan bank va ular tasarrufidagi muassasalar nomidagi barcha keyingi o‘zgarishlar fond varag‘iga fond hujjatlarining arxivga kelib tushishiga qarab yozib boriladi. 6.1. Bank arxivlaridagi doimiy hujjatlar ular uchun belgilangan saqlash muddatlari tugagach, doimiy saqlash uchun davlat arxiviga topshiriladi. 6.2. Hujjatlarni bank arxivlarida saqlash muddatlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishiladi. 6.3. Hujjatlarni but saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yetarli bo‘lmaganda, saqlash muddatlari tugamagan hujjatlarni davlat arxivi bilan kelishgan holda, ularni davlat arxiviga topshirish mumkin. Tugatilgan banklarning hujjatlari agar bank to‘liq, tugatilgan bo‘lsagina, hujjatlar davlat arxiviga muddatidan oldin topshiriladi. 6.4. Bank arxividagi hujjatlarni davlat arxiviga topshirishni tegishli arxiv idoralari belgilaydi. 6.5. Bank arxividan davlat arxiviga hujjatlarni topshirish, odatda har yili banklar va tegishli arxiv muassasasi rahbarlari tasdiqlagan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Har yili uncha katta bo‘lmagan hajmda doimiy saqlanadigan hujjatlar (200 tagacha yig‘majild) to‘planadigan banklarga o‘z hujjatlarini uch-besh yilda bir marta topshirishga ruxsat beriladi. Alohida qimmatga ega bo‘lgan hujjatlar davlat arxiviga alohida ro‘yxatga ko‘ra zarur ilmiy ma’lumotlari, sug‘urta nusxalari va ularning texnik holati to‘g‘risidagi hujjatlar bilan birga topshiriladi. 6.6. Hujjatlar davlat arxiviga belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi. Davlat arxiviga hujjatlarni qabul qilish ikki nusxada tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga (11-ilova) asosan amalga oshiriladi. 6.7. Hujjatlarni banklarda davlat arxiviga topshirishdan oldin davlat arxivi vakili bankda hujjatlarning jismoniy va sanitariya-gigiyena holatini tekshiradi. Kamchiliklar aniqlansa, davlat arxivi xodimi tomonidan 11-ilovadagi shakl bo‘yicha dalolatnoma tuziladi; aniqlangan kamchiliklar bank tomonidan bartaraf etiladi. 6.8. Hujjatlar davlat arxiviga topshirilayotganda ekspert-tekshirish komissiyasi ro‘yxatni tasdiqlaganidan keyin davlat arxiviga beriladigan nazorat nusxasidan tashqari, ro‘yxatning yana ikki nusxasi topshiriladi. Yig‘majildlar ro‘yxat bo‘yicha alohida-alohida topshiriladi, alohida qimmatga ega bo‘lgan yig‘majildlardagi varaqlar soni tekshirib topshiriladi. Ro‘yxatning ikkinchi nusxasi dalolatnoma nusxasi bilan birga bankda qoldiriladi. 6.9. Hujjatlar davlat arxiviga birinchi marta topshirilayotganda, bank to‘g‘risida tarixiy ma’lumotnoma taqdim etiladi. Ushbu bank hujjatlari davlat arxiviga keyingi safar topshirilayotganda bank nomi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va uning tasarrufidagi hamda davlat arxiviga topshirgan hujjatlari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tarixiy ma’lumotnomaga qo‘shimchalar kiritiladi. Mazkur Qoida kuchga kirishi bilan Markaziy bankning 1995-yil 26-iyuldagi 147-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklari muassasalarida arxiv ishini yuritish qoida”lari o‘z kuchini yo‘qotadi. Saqlash muddati ___________
10Qonunchilik
Quymoq va kolbasadan mazali salat tayyorlab ko‘ring Tayyorlanishi juda oson bo‘lsa-da, mazasiga gap yo‘q. Salatni tayyorlash uchun 20 daqiqa kifoya. Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanish jarayoni Yoqimli ishtaha!
9Pazandachilik
Foto: AQSh prezidenti va vitse-prezidenti Crew Dragon’ning parvozini kuzatmoqda SpaceX kompaniyasi Toshkent vaqti bilan 30-mayga o‘tar kechasi bortida ikki astronavt bo‘lgan Crew Dragon kosmik kemasini Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga uchirdi. Ushbu tarixiy voqeani — AQSh tomonidan so‘nggi to‘qqiz yilda birinchi marta odamlarni “Roskosmos” ishtirokisiz fazoga uchirish jarayonini — AQSh prezidenti Donald Tramp (o‘ngda) va vitse-prezidenti Mayk Pens bevosita kuzatib bordi.
2Dunyo
Toshkentda 17-iyul kuni havo harorati +37 darajagacha issiq bo‘ladi O‘zbekistonda 17-iyul, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, yakshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, mamlakatning qolgan joylarida +20...+27 darajagacha iliq bo‘ladi. 17-iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda +22...+27 daraja, Toshkent shahrida +35...+37 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +38 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +40 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
8O‘zbekiston
O`zbekiston OTJning Keniyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlari uchun tarkibi ma`lum bo`ldi O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi shu yili Indoneziyada bo`lib o`tadigan Osiyo o`yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda. Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa oldiga Osiyo o`yinlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qo`yilgan. Bo`lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko`rish maqsadida O`zbekiston OTJ uchun 23 va 26 mart kunlari Keniya terma jamoasiga qarshi yurtimizda 2ta o`rtoqlik o`yini tashkil qilinishi haqida avval xabar berib o`tgandik. Mazkur o`yinlarga Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov quyidagi futbolchilarni chaqirgan: Darvozabonlar:Dilshod Hamroev (“So`g`diyona”)Rahimjon Davronov (“Mash`al”)Umidjon Ergashev (“Nasaf”) Himoyachilar:Doston Tursunov (“Neftchi”)Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)Husniddin G`ofurov (“Neftchi”)Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”)Abbos Otaxonov (“Metallurg”)Avaz Mamatxo`jaev (“Qo`qon-1912”)Abdujamol Isroilov (“Neftchi”) Yarim himoyachilar:Sharof Muhitdinov (“Nasaf”)Muhammadanas Hasanov (“Qo`qon-1912”)Oston O`runov (“Navbahor”)Oybek Rustamov (“Qo`qon-1912”)Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)Azizjon G`aniev (“Nasaf”)Islom Kenjaboev (“Nasaf”)Suxrob Nurulloev (“Metallurg”)Aziz Amanov (“Lokomotiv”)Nurullo To`xtasinov (“So`g`diyona”)Aziz Turg`unboev (“Navbahor”) Hujumchilar:Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”)Zabihullo O`rinboev (“Metallurg”)Andrey Sidorov (“Qizilqum”) O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 20-21 mart kunlari Toshkentda yig`in o`tkazadi. Keyin esa Keniyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlarida ishtirok etish uchun Farg`onaga yo`l oladi, deya ma`lum qildi UFF.
13Sport
Toshkentda Senatning 23-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi 2019 yil 4 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisini joriy yil 11 oktabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yalpi majlis kun tartibiga mamlakatimizning yaqin kelajakda rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi bir qator qonunlar kiritilgan. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi, “Metsenatlik to‘g‘risida”gi, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi, “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir. Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari, ba'zi davlat organlarining, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunlar senatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Senat a'zolari Madaniy o‘zlikni namoyon etish shakllari xilma-xilligini himoya qilish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyani (Parij, 2005 yil 20 oktabr) ratifikatsiya qilish masalasini ham muhokama qiladi. Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mamlakatda daraxt va butalarni kesishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti, shuningdek, Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi. Senat a'zolari ota-onalar qarovisiz qolgan va Mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar, tabiiy gaz quvurlari tizimi holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish to‘g‘risidagi masalalarni ham muhokama qiladilar. Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining yigirma uchinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida ishchi guruh tuzildi.
8O‘zbekiston
Serxio Aguero jarohat oldi. Futbolchi operatsiya qilinadi “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero Premyer Liga 30-turi doirasida kechgan “Byornli”ga qarshi bahsda (5:0) tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda uning otasi Lionel del Kastilyo ma’lum qildi. “Yaqinda Serxio bilan gaplashgandim. U hafta davomida tizzasida muammo sezdi. Bu menisk (son va boldir suyaklari orasidagi tog‘ay). Seshanba kuni u tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va jarohatning jiddiylik darajasi ma’lum bo‘ladi. Aguero o‘tgan safargidek Barselonada operatsiya qilinadi”, — deydi futbolchining otasi. Uchrashuvning 45-daqiqasida “Byornli” himoyachisi Ben Mi argentinalik futbolchiga nisbatan qo‘pol harakat qildi va buning natijasida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Aguero esa ushbu to‘qnashuvdan keyin o‘yinni davom ettira olmadi. Serxio Premyer Liga joriy mavsumida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish va ularni hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-maydagi PQ-2954-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar tasdiqlansin va 2017-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin: Yer osti suvlarining davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan belgilangan tartibga muvofiq 2018-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda quyidagilarni ta’minlasinlar: ruxsatnoma olinmay, biroq texnik talablarga rioya qilgan holda burg‘ulangan foydalanish quduqlarini belgilangan tartibda suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomani rasmiylashtirgan holda hisobga olish; ruxsatnoma olinmay hamda texnik talablarga rioya qilinmay burg‘ulangan foydalanish quduqlarini, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga muqobil suv manbalariga suvdan foydalanuvchilarni ulash bo‘yicha takliflar kiritgan holda tugatish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasini, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yakka va guruhli tartibda suv olish inshootlarini gidrogeologik tekshirishlarni amalga oshirish uchun va yer osti suvlaridan belgilangan tartibda samarali foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin. 31. 2024-yil 1-yanvardan boshlab suv sarfini o‘lchash uskunalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanishi (jismoniy shaxslarga shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun yakka tartibda sutkasiga 5 kub metrgacha bo‘lgan miqdorda yer osti suvlarini olish bundan mustasno) belgilab qo‘yilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-avgustdagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 78-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida yer osti suvlari davlat monitoringining maqsadi, asosiy vazifalari, obyektlari va yuritish tartibini belgilaydi. 2. Yer osti suvlari davlat monitoringi (keyingi o‘rinlarda davlat monitoringi deb ataladi) tabiiy muhit va yer qa’ri monitoringining tarkibiy qismi hisoblanadi. 3. Yer osti suvlari ularning maqsadi va foydalanish xarakteri va sifatidan qat’i nazar, Davlat monitoringi obyektlari hisoblanadi. 4. Davlat monitoringi kuyidagi tizimlardan iborat bo‘ladi: yer osti suvlari (shu jumladan, mineral, termal va sanoat ahamiyatiga molik suvlar) holatini muntazam kuzatish; yer osti suv resurslari va zaxiralari, ularning suv iste’molchilari tomonidan foydalanilishi hamda suv olish inshootlari (yer osti suvini olishda foydalaniladigan ekspluatatsion burg‘ilash quduqlari, buloqlar, quduqlar va boshqa inshootlar) hisobi; yer osti suvlari miqdori va sifati ko‘rsatkichlarini baholash va o‘zgarishini prognozlashtirish. Davlat monitoringi ma’lumotlaridan davlat hisobotlari va rasmiy nashrlarda, belgilangan tartibda idoralararo va xalqaro darajada ma’lumot almashish hamda obyektlarni qurish va loyihalashtirish, yer osti suvlari muhofazasi va foydalanish hisobi va davlat suv kadastrini yuritishda foydalaniladi. 5. Davlat monitoringini yuritish O‘zbekiston Respublikasida tabiiy muhit monitoringi Dasturi va har yilgi respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladi. Yer osti monitoringi muayyan vazifalaridan kelib chiqilgan holda davlat va ishlab chiqarish darajasida amalga oshiriladi. 6. Davlat monitoringining asosiy maqsadi yer osti suvlari holati miqdori va sifat o‘zgarishini o‘z vaqtida aniqlash, ularni baholash va prognoz qilish, salbiy hodisalar va ular oqibatining oldini olish uchun takliflar ishlab chiqish va ogohlantirishdan iborat. 7. Quyidagilar Davlat monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi: yer osti suvlari holatini doimiy kuzatishni amalga oshirish va tashkillashtirish; olingan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilish; yer osti suv resurslari, zaxiralari va ulardan foydalanishning davlat hisobini yuritish; yer osti suvlari zaxirasi va resurslariga texnogen ta’sir darajasi va xususiyatlarini aniqlash; yer osti suvlarining kamayib ketishi va ifloslanish darajasini baholash; yer osti suvlarining gidrokimyoviy va gidrodinamik tarkibi o‘zgarishini baholash; qisqa va uzoq muddatli davrlar uchun yer osti suvlari holati o‘zgarishini baholashni ishlab chiqish; davlat idora va tashkilotlarini yer osti suvlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash. 8. Davlat monitoringi yer osti suvlari holati, sifat va miqdor ko‘rsatkichlari va prognozi o‘zgarishini baholash uchun belgilangan bo‘lib, shu jumladan yer osti suvlari konlaridan foydalanilayotgan, yer osti suvlari zaxirasi va resurslari prognozi hamda ulardan foydalanilishini hisobga olish, davlat suv kadastrining yer osti suvi bo‘limiga qo‘shish uchun ma’lumotlarni tayyorlashga mo‘ljallangan. 9. Davlat monitoringi obyektlari quyidagilarga bo‘linadi: chuchuk va kam sho‘rlangan suvlar; mineral, termal va sanoat ishlab chiqarishi yer osti suvlari; erning gidrodeformatsion maydoni. 10. Chuchuk va kam sho‘rlangan yer osti suvlari davlat monitoringi gidrodinamik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va holatini kuzatish axborot-o‘lchash, yer osti suvlari va ulardan foydalanish hisobi hamda ularni suv kadastri talablariga muvofiq baholash tizimlaridan iborat. 11. Yer osti suvlarining mineral, termal va sanoat ishlab chiqarishidagi davlat monitoringi gidrodinamik va gidrokimyoviy tarkibning o‘zgarishi va holatini kuzatish axborot-o‘lchash tizimi bilan birga ishlab chiqarishda va birga uchraydigan nodir komponentlarni ajratib olish mumkinligini baholashdan iborat. 12. Yerning gidrodeformatsion maydoni davlat monitoringi yer osti suvlarining gidrodinamik tartibi o‘zgarishi va holatini kuzatish axborot-o‘lchash tizimi, ya’ni yer qobig‘idagi chuqurlikdagi seysmotektonik aktivliklarni kuzatishdan iborat. 13. Davlat monitoringi respublika (respublikaning butun hududini qamrab oladi) va mahalliy darajalarda (fizik-geografik, ma’muriy va boshqalar bilan cheklangan hududni qamrab oladi) olib boriladi. Davlat monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) hududiy gidrgeologiya stansiyalari tomonidan amalga oshiriladi. 14. Ishlab chiqarish (mahalliy) monitoringi yer osti suvlariga texnogen ta’sir ko‘rsatuvchi alohida uchastkalar hududida joylashgan bir qancha quduqlarni yoki yakka quduqlarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish (mahalliy) yer osti suvlari monitoringi yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 15. Davlat monitoringi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat monitoringi kuzatuv punktlarida yer osti suvlari holatini doimiy o‘lchash hamda yer osti suvlari va ulardan foydalanish bo‘yicha axborotlar yig‘ish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 16. Davlat monitoringi kuzatuv punktlari tarmoqlari gidrometrik postlar, quduqlar, buloqlar, yakka va guruhli burg‘ulangan quduqlardan tashkil topgan bo‘lib, ularda yer osti suvlarining gidrodinamik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi yuzasidan tizimli kuzatuv olib boriladi. Kuzatuv punktlarini joylashtirish va tanlash mezonlari yer osti suvlari monitoringini yuritish metodikasi asosida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Barcha kuzatuv punktlari balandlik va plandagi joylashishiga ko‘ra topografik o‘lchovlar natijasida bog‘langan bo‘lishi kerak. 17. Kuzatuv quduqlarini barpo etish uchun Davlat geologiya qo‘mitasining so‘roviga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularni sozlash va ta’mirlash uchun katta gabaritli texnikalar kirishini inobatga olgan holda tegishli yer uchastkalari ajratiladi. 171. Yer osti suvlari va ulardan foydalanish hisobi quyidagilardan iborat: yer osti suv resurslari va zaxiralari hisobi; yer osti suvidan foydalanuvchi suv iste’molchilari (shu jumladan, suv olish inshootlari) hisobi; olinayotgan yer osti suvlari hajmi hisobi; yer osti suvlarining hosil bo‘lishi va sarflanishi bilan bog‘liq omillar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish; davlat suv kadastri (yer osti suvlari qismi bo‘yicha) ma’lumotlar bazasini yuritish. 172. Yer osti suvlaridan foydalanuvchi barcha suv iste’molchilari va suv olish inshootlari Davlat geologiya qo‘mitasining tegishli hududiy gidrogeologiya stansiyalarida qayd etilishi va hisobga olinishi zarur. Gidrogeologiya stansiyalari manzillari va aloqa qilinadigan raqamlari Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 173. Mavjud suv olish inshootlarini boshqa suv iste’molchisiga vaqtincha yoki doimiy foydalanishga o‘tkazish, konservatsiyaga qo‘yish va undan chiqarish hamda tugatish ishlari hududiy gidrogeologiya stansiyalari bilan kelishgan holda yer osti suv hisobiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish maqsadida dalolatnoma tuzish orqali amalga oshiriladi. 174. Foydalanilmayotgan xo‘jasiz suv olish inshootlari keyinchalik maqsadli foydalanilishi uchun suv iste’molchilariga biriktirib beriladi. Suv iste’molchilari bo‘lmagan taqdirda, suv olish inshootlari Davlat geologiya qo‘mitasining gidrogeologik tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘i hisobidan tugatiladi yoki konservatsiyaga qo‘yiladi. Umumiy foydalanishda bo‘lgan xo‘jasiz suv olish inshootlari hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari ishtirokida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda ma’lum shaxsga biriktirib beriladi. 175. Yer osti suv olish hisobi hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan suv iste’molchilarining 3-ilovaga muvofiq shakldagi yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha idoraviy statistik axborotlarini xamda suv olish inshootlarini kuzatuvdan o‘tkazish natijalarini yig‘ish orqali amalga oshiriladi. 176. Yer osti suvlarining hosil bo‘lishi va sarflanishi bilan bog‘liq omillar bo‘yicha axborotlar hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan faoliyati suv resurslari monitoringi, kadastri, foydalanilishi va muhofaza qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarning hamda tabiiy iqlim kuzatuvi ma’lumotlarini yig‘ish orqali amalga oshiriladi. Yer osti suvlari davlat monitoringi doirasida so‘ralayotgan ma’lumotlar bepul taqdim etiladi. 18. Davlat monitoringi obyektlaridan olingan birlamchi ma’lumotlar hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan qayta ishlanishi, izohlanishi va tahlil qilinishi lozim. Ishlab chiqarish monitoringidan olingan birlamchi ma’lumotlar (shu jumladan, 3-ilovaga muvofiq shakldagi idoraviy statistik axborot) har yili hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraliga qadar suv iste’molchilari tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasining tegishli hududiy gidrogeologiya stansiyalariga qog‘oz yoki elektron shaklda qayta ishlash, izohlash va tahlil qilish uchun taqdim etilishi lozim. Tegishli hududlar bo‘yicha yer osti suv monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5-kuniga qadar hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasining yer osti suv monitoringi va kadastri markaziga taqdim etiladi. 19. Hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan yer osti suvlari kadastri va monitoringi markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar: respublika bo‘yicha yer osti suvlarining gidrokimyoviy va gidrodinamik o‘zgarishi holati bo‘yicha axborot hujjatlari tayyorlanadi va umumlashtiriladi; davlat kadastri ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va belgilangan tartibda, tegishliligi bo‘yicha Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, Davlat soliq qo‘mitasiga hamda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish uchun beriladi. 20. Yer osti suvlari holati bo‘yicha olingan ma’lumotlarda ruxsat etilgan tarkiblar o‘zgarishi va o‘ta xavfliligi aniqlanganda, zudlik bilan Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdim etiladi. 21. Davlat monitoringini olib borish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan hududiy gidrogeologiya stansiyalari loyihalari doirasida amalga oshiriladi. Davlat monitoringini olib borish bo‘yicha kerakli hujjatlar, tegishli hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinishi va saqlanishi lozim. 22. Hududiy gidrogeologiya stansiyasi boshlig‘i, yetakchi gidrogeologi hamda Davlat geologiya qo‘mitasining mintaqaviy gidrogeologik tashkilotlari bosh geologlari yer osti suvlari monitoringi davlat inspektorlari hisoblanadi. Yer osti suvlari monitoringi bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosari Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. 23. Davlat inspektori kuzatuv punktlaridagi, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslar rahbarligidagi ishlab chiqarish (mahalliy) monitoringi punktlaridagi yer osti suvlari holatini doimiy kuzatish huquqiga egadir. Shu bilan birga, yuridik va jismoniy shaxslar rahbarligidagi ishlab chiqarish (mahalliy) monitoringi kuzatuv punktlarida yer osti suvlari holatini kuzatish uchun oldindan tegishli asoslar bilan ularni xabardor qilishi lozim. 24. Yuridik va jismoniy shaxslar yer osti suvlari holati bo‘yicha mo‘ljallanayotgan kuzatish to‘g‘risida xabarnoma olganlaridan so‘ng, ishlab chiqarish monitoringini olib borish bo‘yicha ma’lumot bilan birga yer osti suvlaridan foydalanish yuzasidan tegishli hisobotlar nusxasini taqdim etgan holda kuzatuv punktlarini o‘rganishga to‘sqinlik ko‘rsatmasliklari talab etiladi. 25. Yer osti suvlaridan foydalanish va ishlab chiqarish monitoringi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuritilishi hamda suvga quduq burg‘ilash qoidalari buzilganligi aniqlangan taqdirda davlat inspektorlari tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma beriladi, kerakli choralarni amalga oshirish va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. Davlat inspektorlari tomonidan ko‘rsatma nusxasi Davlat geologiya qo‘mitasiga hisobga olish va nazorat qilish uchun taqdim etiladi. Mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatma blankasi keltirilgan. Ko‘rsatma blankasi tartib raqamiga ega bo‘lib, ular maxsus daftarda ro‘yxatga olib boriladi. 26. Ko‘rsatmalarning belgilangan muddatlarda bajarilmasligi, yer osti suvlaridan foydalanish shartlari buzilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar bilan birga tegishli davlat nazorati yoki huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish hamda yuridik va jismoniy shaxslarni qonun doirasida javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. 27. Davlat inspektorlari o‘z faoliyati doirasida Davlat geologiya qo‘mitasiga javob beradilar, ularning bajarayotgan ishlari hisoboti tizimli ravishda Davlat geologiya qo‘mitasi va gidrogeologik korxonalari ilmiy texnik kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. 29. Davlat inspektorlari va yer osti suvlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar davlat va ishlab chiqarish monitoringi natijalari bo‘yicha taqdim etilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi yuzasidan qonunchilik doirasida javob beradilar. 3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning 170-bandi “a” kichik bandidan (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 28-son, 311-modda) “suvga quduqlarni burg‘ulash” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 40-modda): a) quyidagi mazmundagi 31-band qo‘shilsin: “31. Quyidagilardan: belgilangan tartibda hisobga olinmagan suvdagi quduqlardan; guruhli suv olish uchun (ikki va undan ortiq quduqlardan) belgilangan tartibda tasdiqlanmagan yer osti suvlari ekspluatatsiya zaxiralaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suvni maxsus iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi)”; b) 20-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnomaga suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchisining suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv hajmining zarur tarzdagi hisobi yuritilishi, suv bulg‘anishi va kamayib ketishining oldini olish, shuningdek vakolatli davlat organlariga belgilangan tartibda muntazam ravishda hisobot taqdim etish bo‘yicha majburiyatlari ilova qilinadi”; v) quyidagi mazmundagi 231 va 232-bandlar qo‘shilsin: “231. Yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnomaning amal qilish muddati mobaynida ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan: har kuni maxsus jurnalda olinadigan yer osti suvlari hajmining hisobi yuritiladi; har yili 10-yanvardan kechikmay Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalariga Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha yer osti suvlaridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot taqdim etiladi. 232. Yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxslar uning amal qilishi muddati davrida Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalari va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining inspeksiyalari vakillari ishtirokida tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladigan ekspluatatsiya quduqlarini konservatsiya qilish va konservatsiya qilishdan chiqarish huquqiga egadirlar”; g) 24-banddagi “uch yilga” so‘zlari “bir yildan ortiq bo‘lmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 25-bandning to‘rtinchi xatboshiga “va yer osti suvlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish majburiyatlarini zarur tarzda bajarish” so‘zlari qo‘shilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “suvda quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat”.
10Qonunchilik
O‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining genetik (nav) va urug‘ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining genetik (nav) va urug‘ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur urug‘ va nav nazoratini o‘tkazish qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilik haqida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan ishlab chiqilib, o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining genetik (nav) va urug‘ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari — o‘rmon va manzarali daraxtlar hamda dorivor o‘simliklarning ekish uchun foydalaniladigan urug‘lari, mevalari, ko‘chatlari, qalamchalari, o‘simlikning vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladigan qismlari; urug‘liklarning genetik (nav) sifati — muayyan nav urug‘ligining genetik jihatdan sofligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majmui; urug‘liklarning ekinboplik sifati — urug‘liklarning ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majmui; urug‘liklar to‘dasi — kelib chiqishi va sifati bo‘yicha bir xil bo‘lgan urug‘liklar to‘plami; urug‘chilik — urug‘liklarni yetishtirish, saqlash, realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish, shuningdek urug‘liklarning genetik (nav) va ekinboplik sifatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat; vegetatsiya davri — o‘simliklarning rivojlanish davri; elita urug‘liklar — original urug‘liklarni izchil ko‘paytirish yo‘li bilan olingan urug‘liklar; laboratoriya sharoitida nav sinash — urug‘liklarni nav va nav tozaligiga mansubligini laboratoriya sharoitida sinab aniqlash; dala sharoitida urug‘liklarni baholash — urug‘liklarni maxsus uchastkalarda ekib, urug‘liklarni qaysi tur va navga mansubligi hamda nav tozaligini aniqlash; nav nazorati — o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining nav va nav tozaligini, ekish va o‘stirish jarayonlarini nazorat qilish; duragay urug‘liklar — irsiyati har xil navlar, turlar va turkumdoshlarni chatishtirishdan olingan urug‘liklar; original urug‘liklar — nav muallifi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan yetishtirilgan va keyinchalik ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan urug‘liklar; reproduksion urug‘liklar — elita urug‘liklardan olinadigan keyingi avlod urug‘liklari; urug‘ nazorati — O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablari asosida urug‘liklar ekish sifatini aniqlash jarayonlarini nazorat qilish. 2. O‘rmon xo‘jaliklari ekinlari urug‘liklarining nav nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq urug‘chilik bo‘yicha mas’ul shaxslar tomonidan olib boriladi. 3. Urug‘liklarning genetik (nav) sifati — dala va laboratoriya sharoitlarida o‘tkaziladigan nav sinovlari natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Urug‘liklarning laboratoriyada o‘tkaziladigan nav sinovi laboratoriya tahlili o‘tkazish orqali ularning muayyan nav (tur)ga mansubligini belgilaydi va genetik (nav) sifatini aniqlaydi. 4. Nav nazoratini o‘tkazish tartibi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: ekish uchun mo‘ljallangan urug‘liklarni yig‘ish yoki chet eldan olib kelish; laboratoriya tahlillarini o‘tkazish; ekishgacha saqlash; ekish; o‘rmon xo‘jaligi ekinlari vegetatsiyasi davrida parvarishlash. 5. O‘rmon xo‘jaligi o‘simliklari urug‘liklarining navdorlik darajasi aprobatsiya va laboratoriya nav sinovlari usullari orqali tekshiriladi. 6. Urug‘liklarni jamg‘arish jarayonini nazorat qilish umumiy agrotexnik usullarda olib boriladi, navlarning aralashib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. Urug‘liklar tozaligini nazorat qilish texnologik jarayonlarni sifatli tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Texnik jihozlarda ularning ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomasi bo‘lishi zarur. 8. Urug‘liklarni saqlash, ularni qadoqlash va markirovka qilish nazoratga olinadi. 9. Elita va asosiy urug‘liklar, birinchi avlod gibrid urug‘liklari 1,0 foizdan yuqori bo‘lmagan o‘zgarishgacha qadoqlanadi. Qadoqlash — urug‘liklar zararlanishining oldini oladigan darajada bo‘lishi kerak. Qadoqlarda etiketka va markirovka qilingan holda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak: laboratoriyada nav sinovlarini o‘tkazish uchun urug‘lik ishlab chiqaruvchi subyektning nomi (bundan buyon matnda Subyektlar deb yuritiladi); turi; shakli; navi; reproduksiyasi; nav tozaligi toifasi; ekish tartibi; hosil yili; partiyasi raqami; nav tozaligi; nav hujjati va hujjatning raqami, berilgan vaqti. 10. Urug‘lik saqlanadigan binolarning talabga javob berishi — ekologik, qurilishi, yong‘in xavfsizligi, sanitar holati, fitosanitar talablarining bajarilishi urug‘ saqlanayotgan bino egasi tomonidan nazorat qilinadi. 11. Urug‘liklardan namunalar olib, amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda ekspertiza o‘tkazilib, urug‘lik nazorati amalga oshiriladi. 12. Tekshirish uchun urug‘liklardan namunalar olish urug‘lik yetkazib beruvchi ishtirokida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) xodimi (bundan buyon matnda Mas’ul shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 13. Akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyada ekspertizadan o‘tgan urug‘liklarning ekish va navdorlik sifatlari natijalari bo‘yicha e’tiroz bo‘lsa, laboratoriyaning yuqori turuvchi mas’ul shaxs tomonidan qaytadan o‘rganib chiqiladi. Tekshirish natijalarida urug‘ tahlilida farq kuzatilsa, ushbu laboratoriya urug‘liklar sifati haqida oldingi berilgan hujjatning o‘rniga yangi hujjat beradi. 14. Subyektlar urug‘chilik sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablari to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi. 15. Dala sharoitida urug‘liklarni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: baholash urug‘liklarni maxsus maydonlarda ekish va keyinchalik ularning o‘simliklar bo‘yicha nav sifatlarini o‘rganish orqali o‘tkaziladi; baholash vegetatsiya davrida o‘tkaziladi; baholash tartibi o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining qaysi tur, nav, shaklga mansubligini hamda nav tozaligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 16. Laboratoriya nav sinovlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq Institut tomonidan amalga oshiriladi. 17. Subyektlar tomonidan beriladigan Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq arizaga quyidagi hujjatlar va materiallarni Institut laboratoriyalariga taqdim etadi: a) O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlangan urug‘liklarni tahlildan o‘tkazish haqidagi arizaga: urug‘likning yorlig‘idan namuna yoki urug‘lik to‘g‘risida ma’lumot; aprobatsiya dalolatnomasi; urug‘likning tayyorlanganligi to‘g‘risida dalolatnoma; b) chet eldan keltiriladigan urug‘liklarni tahlildan o‘tkazish haqidagi arizaga: urug‘likka oid normativ hujjat nusxasi; urug‘likning yorlig‘idan namuna yoki urug‘lik to‘g‘risida ma’lumot; urug‘likning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys yoki hisob-faktura, fitosanitariya sertifikati); O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining karantin ruxsatnomasi. 18. Institut tomonidan subyektlardan kelib tushgan arizalar 10 kalendar kuni ichida tekshirib chiqiladi va laboratoriya nav sinovlari natijalari taqdim etiladi. Mazkur hujjatning 17-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjat va materiallarni qabul qilgan Institut tegishli tartibda laboratoriya nav sinovlarini o‘tkazadi yoki taqdim etilgan hujjatlar va materiallar to‘liq bo‘lmagan taqdirda 2 ish kuni ichida arizachiga rad etish xatini jo‘natadi. 19. Laboratoriya nav sinovlari vaqtida: ma’lumotlar bankidan foydalangan holda boshqa navlardan farqlanadigan xususiyatlar mavjudligi aniqlanadi; vizual tahlillar asosida berilgan materiallarning bir xilligi baholanadi; biokimyoviy tadqiqotlar elektroforez uslubida olib boriladi. 20. Laboratoriya nav sinovlarini o‘tkazish asosida Institut tomonidan subyektlarga Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq laboratoriya nav sinovlari natijalarini taqdim etiladi. 21. Institut laboratoriya sharoitida urug‘liklar sifatini ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar beradi. 22. O‘rmon xo‘jaligi urug‘liklari sifatini ekspertizadan o‘tkazishda barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalda bo‘lgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablari bo‘yicha to‘liq yoki qisman tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. 23. Urug‘liklarni ekish sifatini aniqlash akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyada urug‘liklar partiyasidan o‘rtacha namunalar olish orqali tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Navdor urug‘liklar sifati aprobatsiya dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi. Ekish yoki sotish uchun mo‘ljallangan urug‘liklardan o‘rtacha namunalar tanlash subyekt yoki sotuvchining vakili ishtirokida Institut xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Urug‘liklardan o‘rtacha namunalarni tanlash hamda guvohnomalar yozish Qoidalarning 3 va 4-ilovalariga muvofiq rasmiylashtiriladi hamda Qoidalarning 5-ilovasiga binoan esa jurnallarda qayd etiladi. O‘rtacha namunalar olish dalolatnomasi 2 nusxada tuziladi. Bir nusxasi subyektga beriladi, ikkinchi nusxasi laboratoriyada qoladi. 24. Urug‘liklar sifati haqidagi hujjatlar 6 va 7-ilovalarga binoan qayd etiladi. 25. Urug‘liklar yaroqli deb topilganida Konditsiyali urug‘liklar to‘g‘risidagi guvohnoma Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq beriladi. Urug‘liklar partiyasida belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga nisbatan ko‘p kasallik va zararkunandalar aniqlansa urug‘liklar konditsiyaligi haqidagi guvohnoma berilmaydi. 26. Urug‘liklar yaroqsiz deb topilganida yoki urug‘liklarning me’yorlangan ko‘rsatkichlari to‘liq tahlil qilinmagan holatlarda Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq urug‘liklar tahlili natijasi quyidagi holatda rasmiylashtiriladi hamda taqdim etiladi: qisman tahlil uchun olingan urug‘liklar na’munalarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablari me’yorlariga mos kelmaganda; barcha tahlillarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga javob bermasa; namunalar tahlili natijalarida o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga javob bermasa. 27. Urug‘liklar konditsiyaligi guvohnomasining amal qilish muddati: 1-sinfdagi urug‘liklar uchun — 8 oy; 2-sinfdagi urug‘liklar uchun — 6 oy. Urug‘liklar konditsionligi guvohnomasining amal qilish muddati urug‘liklar unuvchanligi tahlili tugagan kundan boshlangan deb hisoblanadi. Urug‘liklar konditsionligi guvohnomasining amal qilish muddati tugagandan so‘ng urug‘liklar faqatgina unuvchanligi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Takroriy tahlil o‘tkazish Konditsiyali urug‘liklar to‘g‘risidagi guvohnoma amal qilish muddati tugagunga qadar o‘tkazilishi kerak. Agar Konditsiyali urug‘liklar to‘g‘risidagi guvohnoma urug‘liklar yashovchanligi bo‘yicha berilgan va jamg‘arilgan yili ekilmasdan boshqa fondga o‘tkazilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar bekor qilinadi hamda qayta to‘liq unuvchanligi bilan birga tahlil qilinadi. Agar urug‘liklar qayta tahlil qilinganda unuvchanlik oldingi ko‘rsatkichlarini takrorlasa, u holda Konditsiyali urug‘liklar to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilish muddati uzaytiriladi. 28. Tahlildan ortib qolgan urug‘liklar ekish ishlari tugagandan so‘ng (ekish ishlari olib borilayotgan hudud hisoboti bo‘yicha) 1 oy davomida saqlanadi. 29. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi, “O‘zstandart” agentligi va O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
10Qonunchilik
Eronning Venadagi elchisi qarorgohi oldida noma'lum shaxs odamlarga pichoq bilan tashlandi Eronning Venadagi elchisi qarorgohi oldida noma'lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda shahar politsiyasining tvitterdagi sahifasida xabar beriladi. Qarorgoh qo‘riqchilaridan biri jarohatlandi, u shifoxonaga olib ketildi. Boshqa qurbonlar haqida ma'lumot hozircha yo‘q. O‘tkazilgan maxsus amaliyot davomida hujum qilgan shaxs yo‘q qilindi. Uni bu ishni qilishga nima undagani noma'lumligicha qolyapti.
2Dunyo
300 ming dollarga dunyoning turli burchaklarida qanday uy sotib olish mumkin? (foto) AdMe turli mamlakatlarda 300 ming dollarga qanday uylarni xarid qilish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Manzil: Kallavesi ko‘li bo‘yi Kamin, keng ayvonli, ikki yotoqxona, bir vannaxona, oshxona, sauna va alohida garajli yog‘och uy. Manzil: Emborio Bir yotoqxona, bir vannaxona, oshxona, alohida dush kabinetiga ega, Egey dengizi ko‘rinib turadigan uy. Manzil: dengizdan 300 metr masofadagi nufuzli qishloq Uch vannaxona, uch yotoqxona, katta oshxona, alohida kir yuvish va garderob xonalari, markaziy konditsiyalash tizimi, basseyn, bog‘, parkovkali uy. Manzil: Petrodvorets tumani, Strelna qishlog‘i Uch xona, mehmonxona, vannaxona, garderob xonasi, ikki balkon, basseynli uy. Praya-da-Lush kurort shaharchasi Ikki yotoqxona, bir vannaxona, Bosch ichki texnikasi, elektr jalyuzilar, Atlantika okeani ko‘rinib turadigan uy. Manzil: Riu-Grandi-du-Norti To‘rt yotoqxona, to‘rt vannaxona, to‘rt xona, TV-zal, ofis, barbekyu hududiga ega uy. Manzil: Komo ko‘li bo‘yi Studiya kvartira, ko‘lga qaragan ayvon, tabiiy tosh va yog‘ochdan ishlangan interyer, basseyn va yashil hududli uy. Manzil: Zamora-avenyu Mehmonxona, uch yotoqxona, bir vannaxona, shiyponli parkovkaga ega uy. Manzil: Kemer Mehmonxona, uch yotoqxona, uch vannaxona, Amerika uslubidagi oshxona, sauna va ayvonli uy.
3Foto
1 iyuldan qanday o‘zgarishlar joriy etildi? Quyida 2019 yil 1 iyuldan qonunchilikda nimalar o‘zgarishi haqida ma'lumot beramiz. O‘zbekistonda 1 iyuldan YPX xodimida videokamera bo‘lishi majburiy qilingan(di). Lekin bu tartib o‘z muddatida kuchga kirmayapti. IIV YHXBB «Kameralar butunlay bekor qilingani yo‘qligi, faqat muddatlarini uzaytirish rejalashtirilayotgani» to‘g‘risida bayonot berdi.  «Xodimlarni bodi kameralar bilan ta'minlash yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bir necha vazirlik va tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda bodi-kameralarni ishlatish yuzasidan texnik shartlar, ularni xarid qilish bo‘yicha tender tanlovlari shartlari ishlab chiqildi, e'lon qilindi. Turli savdo tashkilotlariga yuborildi. Ularning takliflari jamlandi. Maxsus komissiya tomonidan har bir taklif atroflicha va batafsil o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar jarayonida kameralarning narxidan boshlab, yetkazib berish shartlari va muddatlarigacha ko‘rib chiqildi. Navbatdagi vazifa kameralarni turli ob-havo sharoitlarida, turli ko‘rinishlarda, har xil xolatlarda, vaziyatlarda ishlatib ko‘rish va sinovdan o‘tkazish edi. Bu bosqich ham muvaffaqiyatli yakunlandi. Bodi-kameralar xarid qilinadigan tashkilot aniq bo‘ldi. Endi butun diqqat-eʼtibor ma'lumotlarni saqlash qurilmalarini xarid qilish, dasturiy ta'minotni ishlab chiqishga qaratildi. Bu oson vazifa emas. Ertaga yo‘llarda turli kelishmovchiliklar va ziddiyatlar, bahs-munozaralar kelib chiqmasligi aynan mana shu dasturiy ta'minotni to‘g‘ri va aniq ishlashiga ko‘p jihatdan bog‘liq.  Shuni hisobga olgan holda dasturiy ta'minotni ishlab chiqish ishlariga yetuk mutaxassislar, kompaniyalar jalb etildi. Hozirgi kungacha bu ishlarning deyarli 80 foizi bajarildi. Bodi-kameralarni xarid qilish yuzasidan tuzilgan shartnomada ularni yetkazib berish muddati 120 kun qilib belgilangan. Bu ta'minotchining talabi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu muddat qaror ijrosini o‘z vaqtida bajarishga mos kelmaydi. Shularni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga bodi-kameralarni ishga tushirish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha taklif berildi. Kameralar butunlay bekor qilingani yo‘q, faqatgina uning ishga tushirish muddatlarini uzaytirish rejalashtirilmoqda. Shuni to‘g‘ri tushunish va qabul qilish kerak», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati xabarida. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, 2019 yilning 1 iyulidan boshlab YPX xodimlari o‘z xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi kerak edi. Ya'ni, bodi-kamerasisiz yo‘lda xizmat olib borayotgan YPX xodimi — noqonuniy YPX xodimiga aylanishi kerak edi. Qayd etish kerakki, qonun bo‘yicha videokamerasiz YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 18-bandi 4-xatboshisiga binoan, haydovchilar mobil videokamerasiz xizmatni olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega. Ushbu tartibni 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirish loyihasi mavjud, ammo hali u shunchaki loyiha xolos, rasmiy hujjat emas. Agar mabodo YPX xodimi Sizga «bu tartib 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi, hujjatlarni ko‘rsatishga majbursiz» desa, Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qaroriga hech qanday o‘zgarish kiritilmaganligini, shu sababli YPX xodimining talabi noqonuniy ekanligini tushuntiring. Kuchda turgan qarorga bo‘ysunishga hamma majbur. O‘zbekistonda 1 iyuldan sirtqi ta'limga hujjatlar qabuli boshlandi. Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan qo‘shimchalar bilan sirtqi ta'limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. Sirtqiga hujjat topshirish uchun ish joyidan tavsiyanoma ham shart emas. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. Abituriyentlardan pasport va diplom talab qilinadi. Kirish imtihonlari har yili 16 avgustdan 25 avgustgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Imtihonlari kamida 3ta fandan muayyan ta'lim yo‘nalishida o‘qitish tilida o‘tkaziladi. Imtihonlar test yoki kasbiy (ijodiy) va yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. Qaysi OTMda test bo‘ladi, qaysi birida ijodiy imtihon bo‘ladi, bunisi Davlat qabul komissiyasi tomonidan oldindan tasdiqlanadi. 29 avgustga qadar imtihon natijalari e'lon qilinadi va abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish to‘g‘risida OTM rektorining buyrug‘i chiqariladi. Eski banknotlar muomaladan chiqarildi. 2019 yil 1 iyuldan boshlab, 50 va 100 so‘mlik tangalar hamda 50 va 100 so‘mlik eski namunadagi banknotlar muomaladan qaytarib olindi. Ularning o‘rniga 2018 yil namunasidagi 50 so‘mlik,  100 so‘mlik, 200 so‘mlik va 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi. Eslatib o‘tamiz, 2018 yil iyulida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2001-2002, 2004 va 2009 yillarda chiqarilgan eski namunadagi 50 hamda 100 so‘mlik tangalar 2019 yilning 1 iyuliga qadar hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi va bankka kelib tushgan ushbu tangalar qayta muomalaga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ma'lum qilingandi. «50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar ham 2019 yilning 1 iyuliga qadar muomalada bo‘ladi. 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar esa 2020 yil 1 iyulga qadar qabul qilinadi va shundan so‘ng muomaladan chiqariladi. Eski namunadagi tangalar va banknotlarni yangi namunadagi tangalar muomalaga chiqarilgan kundan boshlab banklar orqali yangi tangalarga almashtirib olish mumkin. Eski namunadagi 200 va 500 so‘mlik banknotlarni esa 2019 yil 1 iyuldan boshlab bank kassalarida almashtirish mumkin», deyilgandi Markaziy bank bayonotida. 2019 yil 1 iyuldan OTM o‘qituvchilari maoshi oshadi. Oliy ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari oshirilgan miqdorlarda to‘lanadi.
8O‘zbekiston
Nukus shahrida reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan birinchi maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi 4 aprel kuni Nukus shahrida O‘zbekistonda birinchi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur muassasa turli jismoniy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni ijtimoiy-madaniy muhitga jalb etish, ularni maktabgacha ta'lim va sog‘lomlashtirish reabilitatsiyasi bilan ta'minlash imkonini yaratib beradi. Nukus shahridagi reabilitatsiya-ta'lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 avgustdagi «Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3909-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi. Ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi 120-150 nafar imkoniyati cheklangan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan. Muassasa qurilishi va uning jihozlanishi xorijiy va mahalliy investorlarning beg‘araz yordami hisobidan to‘liq amalga oshirildi. Maydoni 3 447 kv. metr bo‘lgan ikki qavatli binoda standart xonalardan tashqari basseyn, davolash-jismoniy tarbiya zali, 2ta fizioterapiya xonasi, 2ta massaj xonasi, sensor xonasi, mayda motorikani rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy moslashish, musiqa va art-terapiya xonasi, ortoped, psixolog, pediatr, diyetolog, logoped, reabilitolog, psixonevrolog, metodist va navbatchi shifokor xonalari mavjud. «Orolbo‘yi mintaqasida bolalar salomatligi masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2018 yilning 1 yanvar holatiga 7 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar soni 2013 yilga nisbatan 17,5 foizga oshdi. Shu munosabat bilan respublika prezidenti tashabbusiga ko‘ra, Nukus shahrida O‘zbekistonda birinchi reabilitatsiya-ta'lim muassasasi tashkil etildi. Bu yerdagi bolalar ilgari ijtimoiy-madaniy muhitga qo‘shila olmas edi. Ko‘p tarbiyalanuvchilar hayotining asosiy qismini uy devorlari ortida o‘tkazishardi. Shuningdek, biz Nukus shahrida erta aralashish tamoyilini amalga oshirishni boshlamoqdamiz. Ma'lumki, bola miyasining 85 foizi hayotining birinchi 5 yili mobaynida rivojlanadi. Jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalar haqida gap ketganda, mashg‘ulotlarning har bir kuni muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta'minlash maqsadida biz ushbu maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish yoshini 3 yoshdan 2 yoshgacha pasaytirdik», - deydi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin. Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi Orolbo‘yi mintaqasining chekka hududlarida yashovchi bolalar ushbu muassasada tunda qolishi uchun haftasiga 5 kun mobaynida tunu-kun ishlaydi. Kunning birinchi yarmida tarbiyalanuvchilar maxsus pedagogika bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tamomlagan tarbiyachilar bilan o‘quv dasturi bo‘yicha shug‘ullanishadi, kunning ikkinchi yarmida esa shtatdagi tibbiy xodimlar nazorati ostida sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya muolajalaridan o‘tishadi. Reabilitatsiya markazining korreksion-ta'lim xonalari parafin pechi, tibbiy trenajyorlar, quruq massaj vannalari, neyro-ortopediya pnevmokostyumlari, mobil stenderlari, ortopediya velosipedlari, yotiq samokatlar, moslashuvchan kreslolar, vestibulyar apparatni rivojlantirish uskunalari, sensor integratsiyasi mahsulotlari, «Saundbim» tizimi va fizioterapiya apparatlari kabi xorijiy uskuna va inventarlar bilan jihozlangan. Davolash tadbirlari rivojlanishda buzilishlarni tuzatishga, tibbiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuvga yo‘naltirilgan. Shuningdek, reabilitatsiya markazida maktab yoshidan o‘tgan jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ham muolajalar o‘tkaziladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi reabilitatsiya markazlariga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarini respublikaning boshqa hududlarida qurish va foydalanishga topshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.
8O‘zbekiston
Fransiyalik fuqaro La-Mansh bo‘g‘ozini o‘zi yaratgan flaybordda uchib o‘tdi (video) Fransiyalik Frenki Zapati ismli shaxs o‘zi yaratgan flaybord yordamida La-Mansh bo‘g‘ozidan uchib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Bu Frenki Zapatining ikkinchi urinishi bo‘lib, u muvaffaqiyatli yakunlandi. Zapata Sangatte plyajidan soat 8:16 da havoga ko‘tarilib, inglizlarning Sen-Margaret-Bey qirg‘og‘iga 8:39 da kelib qo‘ngan. Yo‘lda u bir necha soniya qo‘nib, qurilmasini yoqilg‘i bilan to‘ldirgan. Parvoz dengiz sathidan 15—20 metr balandlikda bo‘lib o‘tdi. Ixtirochining Yoshi 40 da bo‘lib, u gidrosikl poygalari bo‘yicha sobiq jahon va Yevropa chempioni.
14Texnologiya
Erdo‘g‘on: Turkiya o‘z hududiga Suriyadan tushayotgan raketalar masalasini mustaqil hal qiladi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on respublika Kilis shahrining IShID terrorchilik guruhi tomonidan o‘qqa tutilishiga mustaqil qarshi turishga qodir ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda, prezidentning 17-may, seshanba kuni Istanbuldagi chiqishiga tayanib, “TASS” xabar berdi. “Turkiya IShID, Kurdiston ishchi partiyasi bilan davomiy kurashni olib bormoqda. Biz o‘z muammolarini mustaqil hal etadigan mamlakatmiz. Kilisning o‘qqa tutilishiga ko‘z yumayotganlar uchun ertaga kech bo‘lishi mumkin. Bu shahar Yevropa shaharlaridan sira farq qilmaydi”, — dedi Erdo‘g‘on. “Agar bizga Kilisga raketa tushishining oldini olishga yordam berishmasa, biz bu masalani ham o‘zimiz hal qilamiz. Turkiya Kurdiston ishchi partiyasi va IShID terrorchilik guruhining ustidan ham g‘alaba qozonadi”, — deb qo‘shimcha qildi prezident. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
2Dunyo
Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon ta'lim muassasalarida tadbirlar tashkil etilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 23 avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta'limini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Prezident adminstratsiyasi ishchi guruhi vakillari Andijon viloyatidagi umumta'lim maktablarida bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqdalar. Shuningdek, mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish uchun amaliy yordam ko‘rsatilyapti. Ishchi guruhi tarkibidagi Madaniyat vazirligi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti vakillari tomonidan Buloqboshi tumanidagi "Sharq yulduzi" madaniyat markazi binosida umumta'lim maktablarining pedagog-o‘qituvchilari uchun "Ustozlarga ta'zim" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.   Tadbirda Milliy teatr va kino aktyorlari Tolib Mo‘minov, G‘ayrat Boynazarov hamda taniqli estrada xonandalari ishtirok etdilar. "Sharq yulduzi" madaniyat markazi yosh ijodkorlari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma tadbir ishtirokchilarida o‘zgacha taassurot qoldirdi. Shuningdek, Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan suratlar tanlovi tashkil etildi. Iqtidorli o‘quvchilar institut rektorining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Xuddi shunday tadbir Oltinko‘l tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Tuman “Markaziy” o‘yingohida tumandagi ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun "Besh tashabbus bilan - kelajak sari" shiori ostida "Men - shu aziz Vatan farzandiman" deb nomlangan yoshlar forumi tashkil etildi. Tadbirda tuman xalq ta'limi bo‘limi maktablarining o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.   Respublika ishchi guruhi a'zosi Shamsitdin Allayorov va tuman hokim Nazirjon O‘rinboyevlar bir guruh iqtidorli o‘quvchilarga kitoblar jamlanmasi va sport anjomlaridan iborat sovg‘alarni  topshirishdi.  Sarvarbek Nazarov
5Jamiyat
OFK kubogi-2021: "Nasaf"ning finaldagi raqibi ma`lum bo`ldi OFK kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvida "Al-Muharraq" (Bahrayn) klubi o`z maydonida "Quvayt SK"ni qabul qildi.  Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlarning g`alabasi bilan yakun topdi.   Natijada, "Al-Muharraq" klubi OFK kubogi finaliga yo`llanma oldi. Aytish kerakki, bu klub Bahrayning eng ko`p sovrinlarga ega chiqqan jamoa hisoblanadi.   Eslatib o`tamiz, 5 noyabr kuni Bahrayndagi "Al Muharraq Stedium" o`yingohida "Nasaf" va "Al Muharraq" o`rtasida OFK Kubogining hal qiluvchi final  uchrashuvi bo`lib o`tadi.  G`olib jamoa bosh sovrin hamda 1,5 million AQSh dollari mukofat puliga sazovor bo`ladi.                                                                                 Izzatbek Abduvahobov
13Sport
Chiroqchilik maktab o‘quvchisi vazir e’tirofiga sazovor bo‘ldi. U 6 yoshli bolani quduqdan chiqarish ishida qatnashgandi Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi “Langar” qishlog‘ida yashovchi 8-sinf o‘quvchisi Ozodbek Yo‘ldoshev 25 metr chuqurlikka tushib ketgan 6 yoshli bolani qutqarish ishida qatnashib, jasorat ko‘rsatgani uchun vazir e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov xabar berdi. “Ushbu ishda jasorat ko‘rsatgan Ozodbek Yo‘ldoshevga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev nomidan Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farhod Mirzayev kompyuter jamlanmasini topshirdi. Shuningdek, quduq qaridan sog‘-salomat olib chiqilgan Doniyor Turdiyevga esa viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farhod Mirzayevning maxsus sovg‘asi — velosiped topshirildi”, — deydi Sohib Vaitov. Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 12-iyun kuni Langar qishlog‘ida 6 yoshli bola fuqaro dala maydonida qazilgan, 200 diametrli suvsiz artizan quduqqa tushib ketgandi. Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar kuch-vositalari yetib borgan. Qutqarish ishlariga FVB maxsus texnikalari, ya’ni ekskavator va greyder jalb etilgan. Olib borilgan maxsus qutqarish operatsiyasi natijasida bola 13-iyun kuni soat 10:25 da qutqarib olingan. Maxsus qutqaruv operatsiyasida “Qalqama” mahallasida yashovchi 109-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Ozodbek Yo‘ldoshev ham qatnashgandi. Kichik qahramon qutqaruvchilar va maxsus asbob-anjomlar yordamida quduqning tor tuynugidan o‘tib, bolakayni olib chiqqan.
8O‘zbekiston
Prezident farmoni: kapitali 1 mlrd dollar bo‘lgan yangi jamg‘arma tashkil etilmoqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining quyidagilarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi: a) e'lon qilingan kapitali 1 milliard AQSh dollari miqdorida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi: respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish; xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish; investitsiya takliflarini baholash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; investitsiya muhitini yaxshilashga, shuningdek, respublikamizning investitsiya salohiyati va imkoniyatlarini xorijda keng targ‘ib qilishga ko‘maklashish; b) O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan 5 million AQSh dollari miqdoridagi ustav kapitaliga ega, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, davlat ulushi 100 foiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining boshqaruv kompaniyasi. Belgilab qo‘yilishicha: O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Jamg‘armaning yagona ta'sischisi hisoblanadi hamda uning kapitalini Jamg‘arma bilan birgalikda loyihalarga investitsiya kiritish to‘g‘risida investorlar tomonidan qaror qabul qilinishiga qarab shakllantiradi; investitsiya loyihalari boshqaruv kompaniyasi tomonidan investitsiya uchun ustuvor sohalar, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va samaradorlik hisobga olingan holda mustaqil ravishda tanlab olinadi; bir loyiha bo‘yicha Jamg‘arma investitsiyalarining eng ko‘p miqdori ushbu loyihaga kiritilishi rejalashtirilayotgan investitsiyalar umumiy hajmining 30 foizidan oshmasligi lozim, qolgan qismi investorlarning o‘z mablag‘i va jalb qilingan mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi; Jamg‘arma va boshqaruv kompaniyasi faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
8O‘zbekiston
AQSh dunyoda demokratiyani kuch bilan o‘rnatishdan voz kechishga va’da berdi Qo‘shma Shtatlar dunyoda demokratiyani zo‘ravonlik bilan targ‘ib qilish siyosatidan voz kechadi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken mamlakat tashqi siyosatiga bag‘ishlangan brifing paytida aytib o‘tdi, deb yozmoqda “RBK”. Entoni Blinken “Biz demokratiyani oxiri qimmatga tushadigan harbiy operatsiyalar orqali o‘rnatmaymiz. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar avtoritar tuzumlarni kuch bilan ag‘darishga qaratilgan urinishlaridan voz kechadi”, — dedi Blinken. Tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, ilgari Vashington tomonidan amalga oshirilgan bunday urinishlar ezgu maqsadlarni ko‘zlaganiga qaramay kutilgan natijalarni bermagan. “Biz o‘zgacha yo‘l tutamiz: boshqa mamlakatlarga namuna bo‘lish va demokratik o‘zgarishlar uchun hamkorlarimizni mukofotlash orqali demokratiyani targ‘ib qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi davlat kotibi. Blinken amerikaliklarga murojaat qilib, tashqi siyosat bo‘yicha qat’iy qarorlarni ishlab chiqish uchun ulardan prezident Jo Baydenning yangi ma’muriyatiga biroz vaqt berishni iltimos qildi. Demokratiyani targ‘ib qilish AQSh tashqi siyosiy ta’limotining asoslaridan biridir. Demokratik qadriyatlarni targ‘ib qilish niqobi ostida rejimni ag‘darish to‘g‘risidagi birinchi rasmiy tan olingan faktlardan biri bu Eronda 1953-yilda yuz bergan davlat to‘ntarishi hisoblanadi. Davlat departamenti yaqin tarixda demokratlashtirish muvaffaqiyatli kechgan davlatlarga misol sifatida Gruziya va Ukrainani ko‘rsatib, shuningdek, Serbiya va Chernogoriyadagi o‘zgarishlarni alohida e’tirof etadi. 2019-yilda o‘sha paytdagi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Serbiya parlamentida nutq so‘zlar ekan, Yaqin Sharq va Afrikada demokratik modellarni joriy etish terrorizmning tarqalishiga, davlatlarning yo‘q qilinishiga va ulkan hududlar bo‘ylab tartibsizliklarga olib kelishini aytgan. 2020-yilning kuzida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Vashington o‘zining tinchlik siyosatini eng so‘nggi rusumdagi qurollardan foydalangan holda kuchli pozitsiya ustiga qurishini va’da qilgan. Avvalroq, Jo Bayden AQSh qanday vaziyatda harbiy kuchdan foydalanishini ma’lum qilgandi. Prezident oliy bosh qo‘mondon sifatida Amerika xalqi va AQSh ittifoqchilarining hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun kuch ishlatishdan tortinmasligini qayd etgan.
2Dunyo
OAV: Rossiya harakatlari Isroilning Suriyadagi rejalariga xalaqit bera boshladi Suriya va Livandagi Rossiya manfaatlari Isroilning harbiy imkoniyatlarini cheklamoqda. Bu haqda Haaretz yozyapti. Nashrning ta'kidlashicha, Suriya va Livanda Isroilning asosiy maqsadi Eron tomonidan «Hizbulloh» harakatiga qurol yetkazib berishni to‘xtatish edi. Biroq, so‘nggi bir yilda mamlakat Suriyada Eronga aloqador kuchlarning mustahkamlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinmoqda. Bu vazifani mintaqada prezident Bashar Asad rejimining kuchayishi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi harakatlari qiyinlashtirmoqda. Muallifning fikricha, Rossiya «Isroilga oldin amalda bo‘lgan ishlar holati endi boshqacha ekanini aniq ko‘rsatib qo‘ydi». Bu masala bo‘yicha davlatlar o‘rtasidagi ba'zi keskinliklar Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning Parijda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvidan keyin ham saqlanib qolmoqda. Avvalroq, Isroil Mudofaa armiyasi vakili Jonatan Konrikus Rossiyaning Il-20 samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq vaziyatdan xulosa chiqarish kerakligini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tel-Aviv rossiyalik harbiylar bilan o‘zaro munosabatlar fonida vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun choralar ko‘radi.
2Dunyo
Jizzaxda avtosalondagi Nexia-3 shartnomasi uchun 45 mln so‘m olgan korxona rahbari ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Arnasoy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. “Aydardaryotrans” XK rahbari B. fuqaro Sh.ning nomiga Jizzax shahridagi avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali Nexia-3 xarid qilish uchun shartnoma olib berishga yordam berishi evaziga 45 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
8O‘zbekiston
Limonli keks retsepti Xamiri yumshoq va o‘ta nozik ta’mga ega limonli keks retsepti bekajonlar uchun ma’qul kelishi shubhasiz. Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanish jarayoni: Yoqimli ishtaha!
9Pazandachilik
Kichkina oyoqchaning katta tashvishlari yoki bolalalardagi ortopedik muammolar haqida Aksar ota-onalar bola ilk qadamlarini poyabzal bosgani ma`qul deb hisoblaydi. Go`dakning oyoqlarida muammo bo`lmagandagina yalang oyoq yurish muskullarni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Biroq tashqi (muzdek pol, issiq asfalt, o`tkir qirrali toshlar va b.) hamda ichki (organizm, salomatlik bilan bog`liq muammolar) omillar yalang oyoq yurish imkoniyatini bermasa, to`g`ri poyabzaldan foydalangan ma`qul. Ular oyoq kaftini sog`lom rivojlantirishga yordam beradi. Bolaning oyoq kafti 5-6 yoshiga qadar rivojlanadi. Aynan mana shu davr ichida sog`lom oyoqlarni «tarbiyalash» imkoniyati katta bo`ladi. Chunki vaqt o`tgani sari suyaklar mustahkamlanib, jiddiy davolash usullarini talab etadi. Yassi oyoqlilik: qachon va qanday aniqlanadi? Yassi oyoqlilik tug`ma, raxitning asorati, falajlik, bolaning o`z tana og`irligini ko`tara olmasligi, erta yurish, jarohat oqibati bo`lishi mumkin. Tug`ma yassi oyoqlilik kam uchraydigan holat. 3-4 yoshgacha bo`lgan bolalarda yassi oyoqlilik fiziologik holat sanaladi. Bolaning yoshi kattalashgach, o`tib ketishi mumkin. Oyoq mushaklarini mustahkamlash va yassi oyoqlilikning oldini olish uchun ko`proq tuproq, qumda yalang oyoq yurish lozim. Bolalarga ortopedik poyabzalni faqat ortoped shifokorning tavsiyasi bilan maxsus tekshirish usullari, masalan, kompyuter-plantografiyasidan so`ng buyuriladi. Ortopedik poyabzalni sog`lom bolalarga shifokor tavsiyasisiz kiydirmagan ma`qul. Chunki u bolaning oyog`ini og`ritishi, kichkintoyga og`irlik qilish ehtimoli bor. Ortopedik poyabzal qanday bo`lishi kerak? Haqiqiy ortopedik poyabzalning ichki qismiga supinatorli charm patak yopishtirilgan bo`ladi. Aynan shu supinator oyoq kafti yassilanib qolishining oldini oluvchi va davolovchi vosita hisoblanadi. Supinator bola oyog`ini jismonanan to`g`ri joylashishini ta`minlaydigan poyabzalning tag charmi yonboshidagi do`nglik hisoblanadi. Sifatli ortopedik poyabzala tabiiy charm va nubukdan foydalaniladi. Ular sun`iy materiallarga qaraganda egiluvchanligi, namlikni tez bug`lanishi va havoni yaxshi aylantirishi bilan ajralib turadi. Ba`zida poyabzalning o`rniga patak-supinatorning o`z tavsiya etiladi. Buning afzal jihati shundaki, istalgan oyoq kiyim ichiga bu patakni solish va olib tashlash imkoniyati bor. Ortopedik poyabzalning o`zi bilan kasallikdan butunlay xalos bo`lish qiyin. U profilaktik davolash usuli, xolos. Shunga qaramay, uning ishtirokisiz davolash choralarini ko`rib bo`lmaydi. Qo`shimcha uqalash va ba`zi fizioterapiya muolajalarini qabl qilish lozim. Qaerdan olish mumkin? Ortopedik poyabzallar buyurtma asosida tayyorlatiladi. Buyurtma berishga borganda ortoped xulosasi va bolaning o`zi bo`lishi shart. Buyurtma poyabzallarning qulayligi shundaki, uning andozasi, rangi, tagcharmini tanlash mumkin. Avvaliga yarim narxi to`lanadi. Oyoq kiyim tayyor bo`lganida mijoz farzandi bilan birga chaqiriladi, qayta o`lchab ko`riladi. Muammo bo`lmasa, to`lovning ikkinchi yarmi amalga oshiriladi. Ortopedik poyabzal bolaning oyoq o`lchamiga mos bo`lishi etiladi. Kichik yoki katta o`lchamdagi ortopedik poyabzalning hech qanday foydasi bo`lmaydi. Uni qancha muddat kiyib yurish bolaning holatiga ko`ra belgilanadi. Lekin shifokor-ortopedlarning fikriga ko`ra, 7 yoshgacha kiydirgan ma`qul. Shuningdek, ortopedik poyabzal... Oliy toifali shifokor, travmatolog-ortoped Rustam QOBILOV tavsiyalari asosida Dilnoza Shuhrat qizi tayyorladi.
11Salomatlik
Chexiyadagi bioyonilg‘i zavodida portlash sodir bo‘ldi Chexiyadagi bioyonilg‘i ishlab chiqarish zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda ČTK xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea Lovositse shahridagi Preol kompaniyasiga qarashli zavodda yuz bergan. Portlashdan avval zavod ishchilari alanga olgan simni o‘chirishga uringan. Shundan so‘ng geksan portlab ketgan. Ishchilardan biri og‘ir jarohat olgani aytilmoqda.
2Dunyo
Qo‘qon Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deb e'lon qilindi Bugun, 24 iyun kuni Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan mehmonlar Qo‘qon shahrida tantanali kutib olindi. Qo‘qon shahrining Jome majmuasida davom etayotgan nufuzli tadbirda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bag‘dat Amreyev, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon va O‘zbekistondan turizm vazirlari ishtirok etmoqda. «O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan bugungi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a'zo mamlakatlarining Turizm masalalari bo‘yicha vazirlarining VI yig‘ilishi uchun aynan Qo‘qon shahri tanlangani bejiz emas. Ikki ming yillik shonli tarixga ega bu shahar turkiy dunyoning madaniyat, san'at, ilm-fan, adabiyot, din, savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlaridan biri sanaladi», deya O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. Abduhakimov yig‘ilishda bir qator takliflarni aytib o‘tdi. Davlatlar o‘rtasida transport logistikani rivojlantirish, madaniy meros obektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etish, turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimini yaratish, Boburiylar sulolasi hukmronlik qilgan qadimgi Axsikent qal'asi hududida «Turkiy ovoz» qo‘shiq va kuy festivalini tashkil etish shular jumlasidan. Shuningdek, Ipak yo‘li ravnaqiga muhim hissa qo‘shgan Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti sifatida qo‘llab-quvvatlash taklifi ham ilgari surildi. Bu yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma'qullandi. Shundan so‘ng Qo‘qon shahri hokimi Ma'rufjon Usmonovga ramziy kalit topshirildi. Sarvar Ziyayev.
8O‘zbekiston
Oliy Majlis deputatlari viloyatlardagi QVPlar holatini o‘rganmoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari joriy yilda to‘rtinchi bor joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish uchun hududlarda faoliyat olib bormoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi. Bu safar ular Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumani, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining Qo‘rg‘ontepa, Vobkent, Paxtakor, Karmana, Yangiqo‘rg‘on, Kattaqo‘rg‘on, Xovos, Sho‘rchi, Parkent, O‘zbekiston, Xiva va Qarshi tumanlaridagi haqiqiy holatni o‘rganmoqda. Parlament a’zolari joylarda asosan birlamchi tibbiyot muassasalari, jumladan, qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini tahlil qiladi. Parlament quyi palatasi huzurida Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga ko‘maklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tuzilgan. Komissiyaning asosiy maqsadi mazkur tizimdagi ishlarning joriy holatini chuqur o‘rganish va tanqidiy tahlil qilish, eng dolzarb, o‘z yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash, ularni hal etishga doir takliflar ishlab chiqish hamda muayyan choralar ko‘rishdan iborat. Shu munosabat bilan, turli kasalliklarning oldini olish, bu jarayonda patronaj xizmati faoliyatini yanada jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni har tarflama o‘rganish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, deputatlar tegishli tumanlardagi faoliyatlari davomida aholi xonadonlariga tashrif buyurib, yashash sharoitlari bilan tanishish hamda ularni o‘ylantirayotgan masalalarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
8O‘zbekiston
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib aholini koronavirusga qarshi ommaviy qayta emlashni boshladi Isroil hukumati mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy qayta emlash boshlanganini e’lon qildi. Isroil bunday qadamni tashlagan birinchi davlatga aylandi, deb yozadi Reuters. Isroilda koronavirusga qarshi vaksinaning ikki dozali kursini kamida besh oy avval olgan 60 yoshdan katta odamlar Pfizer / BioNTech vaksinasining uchinchi dozasi bilan qayta emlanadi. Rasmiylar qayta emlash zaruratini mamlakatda delta (“hindcha”) shtammning tarqalishi bilan izohladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uchinchi doza bilan qayta emlashning samaradorligi va xavfsizligi borasida yetarlicha tadqiqotlar o‘tkazilmagani uchun hali bunday emlashni  tavsiya etmayapti. JSSTning fikricha, buning o‘rniga, rivojlangan davlatlar vaksinalarni kambag‘al davlatlar bilan bo‘lishishi kerak. Shu orqali koronavirusning qaytadan keng avj olishi va yangi shtammlar paydo bo‘lishining oldini olish mumkin bo‘ladi. Yil boshida Isroil vaksinatsiya sur’atlari bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylangandi. Aprel oyiga kelib mamlakatda aholining 60 foizi emlangan edi. Aholiga ko‘chada niqob taqish majburiyati bekor qilindi. Aprel oxiriga kelib mamlakat kasalxonalaridagi koronavirus bo‘limlarining barchasi yopildi. So‘nggi bir oyda Isroilda delta shtammining tarqalishi tufayli kasallanish darajasi keskin o‘sdi — 10 million aholiga ega mamlakatda hozir kuniga ikki mingga yaqin yangi kasallanish holati qayd etilmoqda. Iyun oyida kuniga bir necha o‘nlab odamlar kasal bo‘lishni boshlagandi.
2Dunyo
Avstriyada o‘tgan «Formula-1» bosqichi g‘olibi ma'lum bo‘ldi «Red Bull» jamoasi piloti, niderlandiyalik Maks Ferstappen «Formula-1» sinfidagi mashinalar ishtirokidagi avtopoygalar bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi bosqichi — Avstriya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi. Marraga ikkinchi bo‘lib «Ferrari» piloti, monakolik Sharl Lekler yetib keldi. Uchinchi o‘rin «Mercedes» poygachisi, finlandiyalik Valtteri Bottasga nasib etdi. Umumiy hisobda britaniyalik Lyuis Hemilton 197 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Bottas (166 ochko), uchinchi o‘rinda Ferstappen (126 ochko) bormoqda. Konstruktorlar kubogida «Mercedes» (363 ochko) yetakchi, ikkinchi o‘rinda — «Ferrari» (228 ochko), uchinchi o‘rinda — «Red Bull» (169 ochko). Keyingi bosqich 11–14 iyul kunlari Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadi.
13Sport
Gitlerning “o`limoldi xati” e`lon qilindi Amerikaning Merilend shtatida Adolf Gitler o`z joniga qasd qilishdan avval general-feldmarshal Ferdinand Shernerga jo`natgan telegramma kimoshdi savdosiga qo`yildi, deb xabar qildi Daily Mail nashri. Telegramma 60-80 ming dollar deb baholanmoqda. Kimoshdi savdosi 30 aprel-1 may kunlari bo`lib o`tadi. 1945 yili Ferdinand Sherner Gitlerni qochishga chorlaydi. 1945 yilning 24 aprelida Adolf Gitler tomonidan bitilgan telegrammada javob tariqasida quyidagilarni o`qish mumkin: “Men Berlinda qolaman. Germaniya uchun kechadigan hal qiluvchi jangni sharaf bilan kutib olaman. Shu tariqa Germaniya uchun munosib tarzda xizmat qilaman”. Adolf Gitler va uning rafiqasi Eva Braun 1945 yil 30 aprel kuni Berlindagi fyurerbunkerda o`z jonlariga qasd qilishgan.
2Dunyo
Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni baholash uchun reyting joriy etiladi 1 sentabrdan O‘zbekistonning barcha maktablarida tuman va shaharlar kesimida «Namunali maktab» reytingi joriy etiladi. Bu prezidentning «Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida aks ettirilgan. Reyting «umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va bu borada maktab direktori, ota-onalarva mahalla raislari mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida» joriy etilmoqda. Hujjat bilan quyidagilar belgilangan: Xalq ta’limi vazirligi, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa mutasaddi tashkilotlar 1 sentabrdan reyting ko‘rsatkichlari asosida «qizil» toifaga kiritilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida quyidagilarni o‘tkazishi kerak: Bundan tashqari, har chorakda namunali o‘quvchilarning ota-onalariga «minnatdorchilik xati»ni topshirish va sovg‘alar taqdim etish, ularni boshqacha tarzda rag‘batlantirish va faoliyatini OAVda keng yoritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
5Jamiyat
Omadli bo‘lishni istagan erkaklar uchun – shaxsiy tajriba Karim Halimov, 26 yosh, Toshkent (Ushbu maqola omadli bo‘lishni istaganlar uchun) - Men ham «har kuni soqol oluvchilar» kategoriyasidanman. Bir kuni “soqolimning uzunligi atrofdagilarning menga nisbatan e'tiborini oshirarmikan?”, - degan savol asosida tajriba o‘tkazib ko‘rmoqchi bo‘ldim. Natija: Albatta, avvalgi ikki kun hamma menga «hoy yigit, hech kim senga soqol olishni taqiqlagani yo‘q-ku, soqolingni olib yursang bo‘lmaydimi?», degandek qarab yurdi. Ammo yana bir necha kundan so‘ng atrofimdagi insonlarning tashqi ko‘rinishimga nisbatan munosabatlari ijobiy tomonga o‘zgara boshladi. Ish va ko‘chada mening ko‘rinishimga bo‘lgan e'tibor uch barobar oshdi! Hattoki, ba'zi hamkasblarim ham soqol o‘stirishga kirishdilar. Mening shaxsiy tajribam shuni ko‘rsatdiki: Soqol istisnosiz barcha erkaklarga yarashadi. Lekin soqol mukammal ko‘rinishi kerakligini ham unutmasligimiz kerak! Soqolimni o‘stirishni boshlaganimda, avvaliga yuzimdagi «soqol» deb atalmish tuklar hammaga ham yoqavermas edi. Yuzimni och rangli, har yoqqa tarqab ketgan nozikkina tuklar qoplagan edi. Bunday soqol jasoratni va ko‘rkamlikni ko‘rsatmaydi!  Erkaklar jurnali muqovasiga mos soqolni o‘stirishda menga soch o‘sishini faollashtiruvchi maxsus – MINOX preparati yordam berdi. Ushbu preparat hozirgi kunda G‘arb mamlakatlarida soqol o‘stirish uchun eng mashhur vositalardan biri bo‘lib, O‘zbekistonda bu vosita hali unchalik ham taniqli emas. Lekin bu vositadan foydalangan inson borki, undan doimiy, to‘liq foydalanib kelayotganiga hech shubham yo‘q. “MINOX” dan kundalik foydalanish qanday natija beradi? Ushbu sprey men uchun haqiqiy topilma bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Men kundalik soqol olish, teri shikastlanishi haqida unutdim. Endi yuz terimni parvarishlash uchun ko‘p vaqt sarflamayman. Haftada 7 kun 24 soat zamonaviy ko‘rinishga egaman. Insonlar, hamkasb va hamkorlarimiz oldida o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi. Bularning barchasi mening yangi ko‘rinishim tufayli amalga oshmoqda. Kimki o‘zgarishni va atrofdagilar nazdida ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lishni istasa, men ularga MINOX ”ni tavsiya qilaman! Bu vositani yetkazib beruvchining rasmiy saytidan topishingiz mumkin. Faqatgina shu veb-sahifa orqali sotib olingan mahsulotlardan siz 100 foizlik mahsulot sifati va kafolatlangan natijalarga erishishingiz mumkin! Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Facebook, “Odnoklassniki”, Instagram, Telegram Telegram buyurtma: TELEGRAM
5Jamiyat
Ekspert: Qirg‘iziston yerlarining O‘zbekistonga berilishi haqidagi provokatsiyalar terrorchilar foydasiga ishlaydi Qirg‘iziston yerlarining bir qismi O‘zbekistonga topshirilgani borasidagi provokatsiyalar xalqaro terrorchilik foydasiga ishlaydi. Bu haqda chegaralar bo‘yicha ekspert, Qirg‘iziston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Toqon Mamitov K-News nashriga ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, WhatsApp messenjeri orqali Almazbek Atambayev tomonidan Qirg‘iziston yerlari O‘zbekistonga berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Go‘yoki buning evaziga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda istiqomat qiluvchi o‘zbeklarni Atambayevga kerakli nomzodlardan biriga ovoz berishga chaqiradi. “Fikrimcha, internetda va WhatsApp orqali tarqatilayotgan bu xabar assimetrik xarakterga ega. Bu axborotda konkret faktlar yo‘q, faqat so‘zlar, taxminlar. Aftidan, bu qirg‘iz xalqiga qarshi provokatsiya. U Qirg‘izistondagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, navbatdagi etnik ixtiloflarni olov oldirishga qaratilgan”, — dedi Mamitov. Uning so‘zlariga qaraganda, bu hozir Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘rnatilayotgan munosabatlarga putur yetkazishga urinishdir. “Bu Qirg‘iziston xavfsizligiga millatlararo totuvlik borasida tahdid solishdir”, — xulosa qildi ekspert.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda Ecosink — biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarila boshlandi Top Victory kompaniyasi Farg‘onada Ecosink — biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqara boshladi. Ushbu dorivor vosita kapsula va qiyom shaklida bo‘lib, uning asosiy tarkibi rux moddasi va askorbin kislota (C vitamini)dan tashkil topgan. Ecosink ginekologiya, urologiya, travmatologiya, pediatriya, dermatologiya, endokrinologiya, diareya, oftalmologiya, nevrologiya, lor, immunologiyada qo‘llaniladi. Kishining rux moddasiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 15 milligrammni tashkil etadi. Ushbu modda biologik membranalar, hujayra retseptorlari, proteinlarning tarkibiy qismi va 200 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi. Rux C vitamini bilan birga antitelalar sintezini rag‘batlantiradi va viruslarga qarshi ta’sir ko‘rsatib, immun tanqisligining yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi. U eritrositlar va qonning boshqa shaklli elementlari hosil bo‘lishi uchun zarur. Rux yog‘lar almashinuvini normallashtiradi, endokrin bezlarining normal faoliyatini, shu jumladan insulin, o‘sish gormoni, kortikotropin va somatotropin sintezini ta’minlaydi. Jinsiy reproduktiv faoliyatini tutib turadi — jinsiy gormonlarning o‘tmishdoshi va testosteronning ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Rux prostatitning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun ham muhimdir. U o‘sish va jinsiy rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. Ayollarda urug‘lanish va hayz siklini muntazam bo‘lishini ta’minlaydi. Homilaning normal o‘sishi va rivojlanishiga, tug‘ilgandan so‘ng esa onasida ko‘krak suti shakllanishida yordam beradi. Quyidagi suratda rux moddasi qaysi kasalliklarning oldini olishda va davolashda foydalanilishi haqida batafsil ma’lumot manbalari bilan taqdim etilgan. Ecosink tarkibidagi askorbin kislotasi (C vitamini) esa o‘t-safro chiqarilishini yaxshilaydi, oshqozon osti bezini tashqi sekretor faoliyatini tiklaydi, yallig‘lanish hosil bo‘lishini susaytiradi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda, uglevodlar, aminokislotalar, pigmentlar va xolesterin almashinuvida, steroid gormonlar, katexolaminlar sintezida, qon ivishi jarayonida ishtirok etadi. Kishining C vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji esa 60 milligrammni tashkil etadi. Ecosink shifokor retseptisiz qo‘llaniladi. Dorixonalardan so‘rang. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. Ro‘yxatga olish raqamlari: 001091 — ECOSINK 5 ml (sirop) 001092 — ECOSINK 500 mg, 10—50 dona (kapsula) Ma’lumot uchun telefon: +998(97) 751-45-04 Mahsulot sertifikatlangan. Xizmat litsenziyalangan
8O‘zbekiston
Komil Allamjonov: ​Kelayotgan hafta muhim voqealarga boy bo`ladi Prezident matbuot kotibi Komil Alamjonov instagram sahifasida kelayotgan hafta muhim voqealarga boy bo`lishi haqida ma`lumot qoldirdi. Eslatib o`tamiz, Toshkent shahrida 26-27 mart kunlari Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tadi.
12Siyosat
Gaz va “svet”: Boylarga ko‘proq subsidiya to‘lash qachongacha davom etadi? 10 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda energetika sohasini erkinlashtirish yana ortga surilishi mumkinligiga oid xavotirlar paydo bo‘ldi. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, pandemiya sababli kechiktirilgan islohotga endilikda Rossiya–Ukraina urushining oqibatlari to‘siq bo‘lishi mumkin. Bakirov rasmiylar bu mavzuni kun tartibiga olib chiqmay qo‘ygani, “hamma jim bo‘lib ketgani”ni ta’kidlagan. Shuningdek, davlat korxonalari orasida eng ko‘p zarar bilan ishlayotgan 10ta korxonadan 7tasi bevosita yoki bilvosita energetika bilan bog‘liqligini qayd etgan. “Soha korxonalari qiyofasida biz energetika sohasiga bozor kirib bormagani uchun juda katta tovon to‘lamoqdamiz va bu tovon summasi yildan yilga oshib bormoqda. Raqamlarda aks etmagan ziyonni-ku hech bir qiymat bilan o‘lchab bo‘lmaydi”, – deya yozadi Otabek Bakirov. Mazkur postni Harvard universiteti doktoranti, iqtisodchi Botir Qobilov hamda taniqli Davletovuz Telegram-kanali ham o‘z sahifalarida ulashdi. Uzoq kutilgan hujjat qachon tayyor bo‘ladi? O‘zbekistonda energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlari (ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda) erkinlashtirilishi kerak. Bu – prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2022 yilgi davlat dasturida belgilangan. Dasturga binoan, 2022 yil aprelgacha bu borada prezident qarori loyihasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Loyihada quyidagilar nazarda tutilishi kerak: Davlat dasturida, shuningdek, 2022 yil aprelgacha ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun energiya resurslari bo‘yicha ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish to‘g‘risida takliflar kiritish vazifasi belgilangan. Farmonda aprel oyigacha deya muhlat qo‘yilgan bo‘lsa-da, farmon imzolanganidan buyon hozirgacha bu borada biror yangilik aytilmadi. Bu esa yuqorida keltirilgan, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan xavotirlar asosli ekani, energetika islohoti kechiktirilishi ehtimoli borligini ko‘rsatishi mumkin. Kun.uz Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Energetika vazirligi matbuot xizmatlariga murojaat qilib, tegishli qaror loyihasi tayyor yoki tayyor emasligi, shuningdek, u qabul qilinishidan oldin jamoatchilik muhokamasiga chiqariladimi yoki yo‘qligi haqida so‘radi. Vazirliklar vakillari so‘rovga tez orada rasmiy javob taqdim etilishini bildirdi. O‘zbekiston energetikaga subsidiya ajratish bo‘yicha jahonda 3-o‘rinda Xalqaro energetika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston energoresurslarga ajratadigan subsidiyalari miqdorining YaIM hajmiga nisbati bo‘yicha dunyoda Liviya va Venesueladan keyin 3-o‘rinda turadi: O‘zbekiston 2020 yilda energetikaga subsidiyalar uchun 3,9 mlrd dollar sarflagan, bu o‘sha yilgi YaIMning 6,6 foiziga teng. Taqqoslash uchun, 2020 yilda energetika subsidiyalariga 3,9 mlrd dollar sarflangan bo‘lsa, o‘sha yili xalq ta’limi sohasiga bundan ikki barobar kam – 2 mlrd dollar ajratilgan. Amaldagi bunday subsidiyalash tizimi, iqtisodchi Behzod Hoshimovning tushuntirishicha, kambag‘allarning yanada kambag‘alroq, boylarning esa yanada boyroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Gap shundaki, maishiy iste’molchilar orasida energiya sarfi (suv, gaz, elektr, yoqilg‘i) iste’molchilarning turmush darajasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Ya’ni daromadi ko‘proq qatlam ko‘proq energoresurslardan foydalanadi. Sodda qilib aytganda, 3 qavatli uyda yashovchi odam 3 xonali uyda yashovchi odamdan ko‘ra sezilarli darajada ko‘p gaz, elektr va suv ishlatadi. Millionlab odamlar uyida konditsioner ishlatmaydi (chunki sotib olishga qurbi yetmasligi mumkin), boshqalarning uyida esa 2-3talab konditsioner bor va hokazo. Vaholanki, energoresurslar narxi barcha uchun birdek subsidiyalanadi, natijada iste’molchi qancha ko‘p energiya ishlatsa, (har bir kilovatt-soat elektr yoki har bir metr-kub tabiiy gaz narxidagi iste’molchiga “ko‘rinmas”, biroq umummilliy soliqlar hisobiga qoplanadigan) subsidiyalardan shuncha ko‘p foydalanadi. Boshqacha aytganda, hozirda “svet” va gazdan foydalanayotgan har bir iste’molchiga budjetdan kompensatsiya to‘lanyapti, bu esa kim qancha ko‘p energiya iste’mol qilsa, unga shuncha ko‘p kompensatsiya to‘lanadi degani. Bu, bir tomondan, sezilarli ko‘p energiya ishlatadigan daromadi yuqori qatlamning xarajatlari barchaning yelkasiga “sochib yuborilishi” (oddiy tilda aytganda, boylarning kambag‘allar hisobidan arzon elektr va gazdan foydalanishi)ga, boshqa tomondan iste’molchilarda energiyani tejash uchun rag‘bat bo‘lmasligiga olib keladi. 2022 yilgi davlat dasturida belgilangan vazifa – energiya resurslari bo‘yicha ijtimoiy iste’mol normalarini (kvotalar) kiritish, agar amalga oshsa, yuqorida ta’riflangan tengsizlikni kamaytirishi mumkin. Energiya uchun subsidiyalar – boy davlatlar ko‘tara olmayotgan yukni nega O‘zbekiston ko‘tarmoqchi? 14ta hududda gaz va «svet»ni ulgurji xarid qilish va sotish funksiyasi xususiy operatorga beriladi
8O‘zbekiston
Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhiga rahbar tayinlandi Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Feruz Farhodovich Karimov Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi. Bunga qadar Feruz Karimov Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.  Feruz Karimov 1987 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent islom universitetini tamomlagan. 2008-2009 yillarda Oliy Majlis Senati devonining moddiy-texnika ta'minot bo‘limi texnigi, 2011 - 2017 yillarda - Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgani xabar qilingandi.
8O‘zbekiston
Fransiyani 60 santimetr qalinlikda do‘l qopladi (foto va video) Fransiyaning Plomber-le-Ben shahrini qalin do‘l qopladi. Shahar aholisi ko‘chalarni qor tozalash mashinalari va belkuraklar bilan tozalashga majbur bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ta’kidlanishicha, 29-iyun kuni mintaqada kuchli momaqaldiroq sodir bo‘lgan, shundan so‘ng 60 santimetrgacha do‘l yog‘gan. Shu bilan birga, olti daqiqada hududda o‘n millimetrgacha suv to‘plangan. Do‘l bilan birga ko‘chalarni va uylarning yerto‘lasini suv bosgan. Bundan tashqari, ob-havo sharoiti tufayli qulagan daraxtlar yo‘llarni to‘sib qo‘ygan va elektr uzatish liniyalarini zararlagan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
2Dunyo
“O'zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashda siljish borligi qayd etildi” — Tanzila Norboyeva Senat raisi Tanzila Norboyeva O'zbekistonning Transparency International’ning Korruptsiyani qabul qilish indeksi bo'yicha O'zbekistonning o'rni yaxshilanganiga munosabat bildirdi. Bu haqda Oliy Majlis Senatida 5 aprel kuni bo'lib o'tgan Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining majlisidan Bugun.uz muxbiri xabar berdi. Ma'lum bo'lishicha, Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan 2021 yil uchun e'lon qilingan reytingda Korruptsiyani qabul qilish indeksi bo'yicha O'zbekiston 6 pog'onaga yuqorilab, 180 ta mamlakat orasida 140-o'rinni egallagan. O'zbekiston 100 ballik indeks bo'yicha 28 ball to'plagan. Senat raisi Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan 2021 yil uchun e'lon qilingan reytingga o'z munosabatini bildirdi. “Bu bilan O'zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashda siljish borligi qayd etildi”, — deya ta'kidladi Tanzila Norboyeva. Bu haqda Norboyeva bugun Oliy Majlis Senatida Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisida aytib o'tdi. “Bu bilan hali maqtanadigan joyimiz yo'q, hozirgi ahvolimiz bizni mutlaqo qoniqtirmaydi, biroq O'zbekistonda siljish borligi qayd etildi. Eng katta o'zgarishlarga erishayotgan davlatlar qatoriga kiritilganimiz bizda (korruptsiyaga qarshi kurash bo'yicha) ish boshlanganidan dalolat beradi. Indeks natijalari O'zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish ortga qaytmas tus olganini, ushbu illatga qarshi amaliy, ta'sirchan choralar ko'rilayotganidan dalolatdir”, — dedi Senat raisi. Norboyevaning ta'kidlashicha, 2021 yilda 5 ming 483 nafar shaxsga nisbatan 3 ming 769 ta korruptsiyaviy jinoyat ishlari sudlarga oshirilgan. Ya'ni sudga yuborilgan jinoyat ishlari hamda javobgarlikka tortilgan shaxslar soni o'rtacha 3 baravarga ko'paygan. Sudlarga yuborilgan jinoyat ishlarining har uchtadan bittasi sog'liqni saqlash, ta'lim va bank tizimi xodimlari tomonidan sodir etilgan. Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan keskin choralar natijasida sudga yuborilgan jinoyat ishlari soni o'tgan yilga nisbatan bank sohasida 300 foizga, ta'lim tizimida 120 foizga hamda sog'liqni saqlash sohasida 100 foizga ortgan. Avvalroq O'zbekistonda korruptsiya eng ko'p sodir bo'ladigan hududlar ma'lum qilingandi. Shuningdek, O'zbekistonda korruptsiya holatlari haqida xabardor qilish dasturi ishga tushirilgan.
8O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In alohida strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni qabul qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Mun Chje In O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjatda o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini keng nishonlash, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadlari o‘rin olgan. Raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot va kuchli ijtimoiy siyosat sohalari alohida strategik sheriklikning uch muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan. Ikki mamlakat rahbarlari huzurida Sog‘liqni saqlash sohasida hukumatlararo bitim, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan 2022—2024-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2022—2024-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, shuningdek, energetika sohasida o‘zaro muloqot o‘rnatish, “aqlli shahar”larni rivojlantirish, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasi orqali moliyalashtirish, nodir metallar, mis va ularning qotishmalariga oid memorandumlar imzolangan. Shuningdek, tashrif doirasida axborot texnologiyalari, “aqlli” qishloq xo‘jaligi sohalariga oid memorandumlar hamda Iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikda tibbiy uskunalar yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolangan. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 16-dekabr kuni rafiqasi hamrohligida Seulga borgan. 17-dekabr kuni Janubiy Koreya prezidentining Seuldagi Chong Va De qarorgohida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.  Shavkat Mirziyoyev 2022-yilni “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilishni taklif etdi
8O‘zbekiston
“Taxt o`yinlari”ning yakunlovchi epizodlari aprel oyidan boshlab namoyish etiladi Amerikaning HBO telekanali “Taxt o`yinlari” so`nggi mavsumining ekranga chiqish vaqtini e`lon qildi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri. Sakkizinchi mavsumda oltita qism bo`ladi. Yakunlovchi mavsumning ilk seriyasining premerasi 14 aprel kuni bo`lib o`tadi. Bosh rol ijrochisi Emiliya Klarkning aytishicha, yakunlovchi epizodlar teletomoshabinlarni yanada hayratga soladi. Serial Jorj Martinning “Muz va olov qo`shig`i” romanlari asosida suratga olingan.
2Dunyo
Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar qaytadan boshlangani ma’lum qilindi Ikki oylik tanaffusdan so‘ng Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar qaytadan boshlandi. Bu haqda Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralar qaytadan boshlangan. Joriy hafta boshida Yevropa tashqi aloqalar xizmati rahbari o‘rinbosari Enrike Mora Tehronga safar qilgandi. U Venadagi muzokaralarda YeI nomidan qatnashadi. Avvalroq Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xatibzoda AQSh sanksiyalar natijasida eronliklarga yetkazilgan zararni qoplab bersa, Eron yadroviy kelishuvni imzolashga tayyorligini aytgandi.  2015 yilda Eron va BMT xavfsizlik kengashi a’zolari (AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya) hamda Germaniya o‘rtasida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv imzolangandi.  AQSh 2018 yilda kelishuvdan bir tomonlama tartibda chiqib ketganidan so‘ng, Eron kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini bajarishni to‘xtatgandi.
2Dunyo
Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash tartibi e'lon qilindi Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi e'lon qilindi. Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan loyihada aytilishicha, jamoat tarbiyachilarining asosiy vazifasi nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda ishlash, shuningdek ularning ota-onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) voyaga yetmaganlarni tarbiyalashda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Jamoat tarbiyachisi faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; insonparvarlik; oilaning ustuvorligi; bola bilan ishlashda individual yondashuv; faoliyatni ixtiyoriylik va beg‘araz asosda amalga oshirish. Voyaga yetmaganlarning jamoat tarbiyachisi etib 30 yoshga to‘lgan, birinchi navbatda voyaga yetmagan shaxslar bilan kamida ikki yil ishlash tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, jinsi, oilaviy ahvolidan qat'i nazar, o‘zining hayotiy tajribasi va axloqiy fazilatlari bilan ijobiy ta'sir ko‘rsata oladigan, o‘z zimmasiga nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmaganlarni tarbiyalash vazifasini oladigan shaxs tayinlanishi mumkin. Komissiya jamoat tarbiyachilari nomzodlari ro‘yxatini shakllantiradi. Voyaga yetmaganlarga jamoat tarbiyachisini tanlash va tayinlash haqidagi qaror Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya yoki sud tomonidan qabul qilinadi. Komissiya tomonidan jamoat tarbiyachisi quyidagi voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadi: – nazoratsiz va qarovsiz qolgan; – ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoki tarbiya koloniyalarida jazoni o‘tagan; – bolani tarbiyalashda yordamga muhtoj bo‘lgan oilalarning voyaga yetmagan farzandlariga. Sud tomonidan jamoat tarbiyachisi quyidagi voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadi: – shartli hukm qilingan; – ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan; – tarbiyaviy ta'sir qilish yoki ma'muriy jazolash choralari ko‘rilgan; – ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan. Sudning bu haqdagi qarori jamoat tarbiyachisini tanlash va tayinlash uchun Komissiyaga yuboriladi. Sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran besh kun muddat ichida Komissiya voyaga yetmaganga jamoat tarbiyachisini tayinlaydi. Komissiya jamoat tarbiyachisini tayinlashda har bir holatda individual tartibda, sodir etilgan qilmish, voyaga yetmagan shaxsning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi va boshqa omillarni inobatga olishi shart. Komissiyaning jamoat tarbiyachisini tayinlash to‘g‘risidagi qarorida quyidagilar belgilanadi: – jamoat tarbiyachisi to‘g‘risida ma'lumot; – jamoat tarbiyachisi tayinlanayotgan voyaga yetmagan to‘g‘risida ma'lumot; – jamoat tarbiyachisi tayinlash muddati; – jamoat tarbiyachisining hisobdorligi; – qaror yuzasidan shikoyat berish tartibi va muddatlarini tushuntirish to‘g‘risidagi ma'lumotlar; – Nizom talablaridan kelib chiqib qarorda boshqa qoidalar belgilanishi mumkin. Komissiya voyaga yetmaganga jamoat tarbiyachisini tayinlash to‘g‘risida qabul qilgan qarori bilan bolaning ota-onasini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) tanishtiradi. Komissiya voyaga yetmaganga jamoat tarbiyachisini tayinlanganligi haqida manfaatdor tashkilotlarni (ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, ta'lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqalarni) xabardor qiladi. O‘n yoshga to‘lgan voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan kelishgan holda voyaga yetmagan shaxsni fikrini hisobga olib tayinlanadi. Quyidagilar jamoat tarbiyachisi etib tayinlanishi mumkin emas: – muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lgan shaxslar; – ilgari sodir etgan jinoyati uchun sudlangan shaxs; – o‘ziga nisbatan jinoiy ta'qib amalga oshirilayotgan shaxs; – ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan shaxs; – ota-onalik huquqlarini suiiste'mol qilgan, bola bilan shafqatsiz muomalada bo‘lgan shaxslar; – surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar; – sobiq tutingan ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar, agar bolalarni tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv yoki farzandlikka olish bekor qilingan bo‘lsa; – o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud o‘z huquqlarini suiiste'mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxs; – sog‘lig‘i tufayli jamoat tarbiyachisi majburiyatini bajara olmaydigan shaxs; – o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishdan uch marotaba bosh tortgan jamoat tarbiyachisi. Jamoat tarbiyachisi quyidagi huquqlarga ega: – voyaga yetmagan shaxsni yashash va o‘qish joyi bo‘yicha borib ko‘rish; – voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘rish; – voyaga yetmagan bilan yakka tartibda ishlash dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda mutasaddi tashkilot va muassasalardan uslubiy va amaliy yordam olish; – Komissiyadan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) to‘g‘risida zarur ma'lumotlarni talab qilib olish; – voyaga yetmagan shaxsga oid Komissiya yig‘ilishlarida qatnashish hamda fikr va takliflar bildirish. Jamoat tarbiyachisi quyidagi majburiyatlarga ega: – har bir voyaga yetmaganga individual yondashgan holda uning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olib Dastur tuzish va Komissiya bilan kelishish; – voyaga yetmaganning Dasturda belgilangan chora-tadbirlarga rioya etishi ustidan nazorat qilish; – voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini tuzatish, mavjud salbiy odatlarni bartaraf etish va huquqbuzarliklar sodir etishini oldini olish choralarini ko‘rish; – voyaga yetmaganni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, unda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mas'uliyatlilik, fidoyilik, dunyoqarashi keng mustaqil va komil inson bo‘lishga intilish tuyg‘usini shakllantirish; – voyaga yetmaganlarni o‘qishini davom ettirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni to‘garaklarda ishtiroki, hordiq olishi, bandligini ta'minlash choralarini ko‘rish; – ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan voyaga yetmaganni tarbiyalash, ularning hayoti va kelajagi uchun javobgar ekanligi borasida tushuntirish ishlari olib borish; – voyaga yetmagan shaxs tomonidan Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni bajarilmagan taqdirda bu haqda Komissiyaga xabar berish; – ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda bu haqda Komissiyaga xabar berish; – har oyda Komissiyaga amalga oshirilgan ishlar va bolada kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida hisobot taqdim etish. Voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari: – voyaga yetmagan shaxs jamoat tarbiyachisining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan Komissiyaga shikoyat qilish huquqiga ega; – voyaga yetmagan shaxs Dasturga amal qilishi va unda belgilangan chora-tadbirlarni so‘zsiz ijro etishi lozim. Jamoat tarbiyachisi quyidagi holatlarda almashtiriladi: – jamoat tarbiyachisi o‘z vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda; – voyaga yetmaganlar, ularning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan Komissiyaga jamoat tarbiyachisi ustidan kelib tushgan shikoyatlari asosida; – voyaga yetmagan yoki jamoat tarbiyachisi yashash joyini o‘zgartirganda. – jamoat tarbiyachisining o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortganda. Jamoat tarbiyachisining faoliyati Komissiya qarori bilan quyidagi hollarda tugatiladi: – jamoat tarbiyachisi tayinlash muddati tugaganda; – voyaga yetmagan shaxs o‘n sakkiz yoshga to‘lganda yoki emansipatsiya qilingan taqdirda; – voyaga yetmagan shaxs ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganda; – voyaga yetmagan shaxs boshqa davlatga doimiy yashash uchun ketganda; – voyaga yetmagan shaxs vafot etganda. Jamoat tarbiyachisini almashtirish yoki uning faoliyatini tugatish haqida Komissiya qaror qabul qiladi. Yuklatilgan vazifalarni faol va vijdonan bajargan hamda ijobiy natijalarga erishgan jamoat tarbiyachilari Komissiyaning taqdimnomasiga asosan mahalliy budjet hisobidan rag‘batlantirilishi mumkin.
8O‘zbekiston
Ozdiruvchi, yoshartiruvchi, tinchlantiruchi shirinliklar Holva Organizmni qarishdan asraydi. Tarkibidagi A, E va V guruh vitaminlari teriga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, yurak–qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi. Quruq terilar uchun kosmetik vosita sifatida niqoblar tayyorlab, ishlatish ham mumkin. Asal Shakarga nisbatan kam kaloriyali. Shakarli shirin choy o`rniga asalli ichsangiz, ham sog`liqqa, ham qomatga foydali. Chunki bu mahsulotda organizm uchun zarur bo`lgan vitamin, mineral va aminokislotalar mavjud. Yagona sharti, tabiiy asal iste`mol qilish. Meva va rezavorlar Vitaminlar, mikorelementlar, minerallarga boyligi sabab ular salomatlik va go`zallik uchun beqiyos boylik hisoblanadi. Tarkibidagi efir yog`lari, oqsil, uglevod va klechatkalar sog`ligingiz garovidir. Yana sir emaski, ozish istagidagilar uchun ham bu shirinliklar qo`l keladi. Shakar sepilgan meva po`stlog`lari (sukat) Tabiiy toza mahsulot tarkibida vitaminlar, beta-karotin, askorbin kislotasi mavjud bo`lib, ularni iste`mol qilish charchoqni engadi, asabni tinchlantiradi, xotirani mustahkamlaydi. Buning ustiga, kam kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Qora shokolad Kaloriyasi va shakar miqdori kamligi sabab ham boshqa tur shokoladlarga qaraganda foydalidir. Kalsiy, oqsil, temir, magniy va vitaminlarga boy. Eng muhimi, ortiqcha kilogrammlarga sabab bo`lmaydi. Murabbo To`g`ri tayyorlangan murabbolar salomatlik uchun koni foyda. Ayniqsa, qorag`at, malina, yong`oq murabbolari xastaliklarni davolashda yaxshi samara beradi. Zefir Boshqa shirin pishiriqlarga qaraganda zefir kam kaloriyali. Tarkibidagi temir, fosfor va oqsillar mushak to`qimalarini mustahkamlaydi.
11Salomatlik
Sadir Japarov qirg'iz-tojik mojarosiga munosabat bildirdi Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov qirg'iz-tojik chegarasidagi mojaroga munosabat bildirdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi. “Biz demokratik yo'ldan siljimaymiz. So'z erkinligi va inson huquqlari, albatta, saqlanib qoladi va hurmat qilinadi. Mamlakatimizda har kim o'zi xohlaganini aytishi, turli aktsiyalarda qatnashishi mumkin. Hech qanday cheklovlar yo'q. Qo'shni davlatlar bilan mojarolar haqida gap ketganda, ma'lumotni buzib ko'rsatadigan va ushbu davlatlar rahbarlarini haqorat qiluvchi turli video va foto materiallarni tarqatishga yo'l qo'ymang. Bu axloqiy me'yorlarga javob bermaydi. Shunday qilib, vaziyatni og'irlashtirasiz va ikki xalq o'rtasida janjal qo'zg'atasiz. Ha, chegara muammosi bor”, — degan davlat rahbari. Shuningdek, u bu muammo 30 yildan buyon hal etilmagani va ehtiyotkorlik talab qilishini aytib, hozirda muzokaralar olib borilayotganini qo'shimcha qilgan. “Belgilanmagan kilometrlar ko'p. Bu vaqt talab etadi. xudo xohlasa, prezidentlik muddatim tugaguncha bu masalani hal etish niyatidaman”, — deb yozadi Qirg'iziston prezidenti. Sadir Japarov jurnalistlarga murojaat qilib, “so'z erkinligi orqasiga yashirinib”, yolg'on ma'lumot tarqatmaslikka chaqirgan. “Bir oy oldin soxta akkaunt ostida Qirg'iziston go'yoki Ukrainaga og'ir harbiy texnika va askarlarni tashishni boshlagani haqida ma'lumot tarqaldi. Rasmiy OAV orqali shunday ma'lumotlarni tarqatgan fuqarolar ham bo'ldi. Bunday qilish uyat hisoblanadi. Qirg'iziston jahon hamjamiyatiga yolg'on ko'rinishda taqdim etilmoqda. Agar muxolifat bo'lmoqchi bo'lsangiz, shaxsan menga bo'lsin, mamlakatni tinch qo'ying. Urush bilan o'ynashmang. Allohim xalqimizni urushdan asrasin”, — degan u. Avvalroq Qirg'iziston va Tojikiston chegaradagi otishma bo'yicha muzokara o'tkazgandi. Shuningdek, O'zbekiston–Qirg'iziston chegarasida otishma sodir bo'lgandi.
2Dunyo
Parijdagi Notr-Dam cherkovi yaqinida noma’lum erkak politsiyaga hujum qildi Fransiya politsiyasi xodimi Parijdagi Notr-Dam cherkovi yaqinidagi maydonda hujumga uchradi. Bu haqda, BFMTV’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. Aytilishicha, noma’lum shaxs politsiyachiga bolg‘a bilan zarba bermoqchi bo‘lgan, ammo u bunga javoban quroldan o‘t ochgan. Ikki o‘qdan so‘ng hujum qilgan kishi yerga yiqilgan. “Yaralangan erkak zararsizlantirildi va hozir cherkov kirishi oldida yotibdi, u yer o‘rab olingan”, — deyiladi AFP xabarida.
2Dunyo
O‘zbekiston va Qozog‘iston 5 yanvar kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi O‘zbekiston va Qozog‘iston 5 yanvar kuni Toshkent – Chimkent – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot xizmatidan ma'lum qilingan. Yo‘nalishning umumiy uzunligi 145,2 kilometrni, yo‘l vaqti – 3 soatni tashkil etadi. Reyslarni texnik to‘xtashlarsiz amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida Samarqand – Toshkent – Ostona xalqaro tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilgandi. Undan avval esa Olmaota – Toshkent temiryo‘l yo‘nalishi ochildi.
8O‘zbekiston
Kolumbiya g‘arbidagi ko‘chki oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi Kolumbiya g‘arbidagi Medelyin va Kibdo shaharlari oralig‘idagi shosseda, Choko departamentida kutilmaganda yuz bergan ko‘chki oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 9-iyun, payshanba kuni mamlakat yo‘l qurilishi milliy instituti vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Mamlakat favqulodda vaziyatlar milliy xizmatiga ko‘ra, “hodisa yo‘l xizmati ishchilari oldinroq tosh qulashidan shikastlangan yo‘lni tartibga keltirish bilan mashg‘ul bo‘lganida ro‘y bergan. Voqea joyida bir necha ekskavator va yuk mashinalari ishlayotgan bo‘lgan, biroq ko‘chki barcha texnika, ishchilar va yaqin atrofdagi odamlarni olib ketgan”. Kolumbiya OAVlari dastlab ko‘chki tufayli 30 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolganini bildirgandi, lekin keyinchalik ularning aksariyati yaqinlari bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgani aniqlandi.
2Dunyo