Dataset Preview
Full Screen
The full dataset viewer is not available (click to read why). Only showing a preview of the rows.
Job manager crashed while running this job (missing heartbeats).
Error code:   JobManagerCrashedError

Need help to make the dataset viewer work? Make sure to review how to configure the dataset viewer, and open a discussion for direct support.

text
string
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR
AKADEMIYaSI ALIShER NAVOIY NOMIDAGI
TIL VA ADABIYoT INSTITUTI
Alisher Navoiy
(Foniy)
SITTAI ZARURIYa
(Olti zaruriy qasida)
Toshkent
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Fan nashriyoti
www.ziyouz.com kutubxonasiAlisher Navoiyning falsafiy va tarbiyaviy ahamiyatga
ega boʻlgan ushbu hasidalari 2008 yil yoshlar yili deb
e lon qilingani munosbati bilan chop etilmohda
Toʻplab, nashrga tayyorlovchi
Sayfiddin SAYFULLOH
Mas ul muharrir
Ibrohim HAQQUL
Tahrizchilar
Mamatqul Joʻraev
Ergash Ochilov
Alisher Navoiyning fors tilida yozgan Sittai zaru-
riya (Olti zaruriy hasida) asari va uning tarjimasi alo-
hida kitob holida nashr etilmoqda. Shoirning tasavvufiy,
adabiy va ma rifiy qasidalari har bir kitobxonni dunyo va
oxirat, hayot va oʻlim, insof va diyonat, savob va gunoh kabi
tushunchalar haqida mushohadaga undab, axloqiy va ruhiy ka-
molot hosil qilishga chorlaydi.
OʻzRFA Fan nashriyoti
Sayfqddin Sayfulloh, 2008Y.
www.ziyouz.com kutubxonasiQALBLAR OZUQASI
Sittai zaruriya Alisher Navoiy (Foniy)ning fors
tilida yozgan olti qasidasi majmuidan iboratdir. Shoir
qasidalarga bitgan debochasida e tirof etishicha, hazrat
Abdurahmon Jomiy unga fors tilida ham ijod qilishni
va bu tilda yozgan qasidalarini jamlashni tavsiya qiladi.
Lekin bu ish ba zi sabablarga koʻra hazrat Jomiyning
vafotlaridan soʻng 902 hijriy qamariy (1496 milodiy)
yil Sulton Husayn Boyqaro amri bilan amalga oshadi.
Navoiy debochada har bir qasidaning qaysi shoirga
tatabbu qilgani, mavzu yoʻnalishi va yozilish tarixi
haqida ma lumot beradi. Alisher Navoiy fors adabi-
yotining zabardast soʻz ustalari qasidalariga yuksak
mahorat bilan tatabbu qilgan. Shoir umrining soʻnggi
yillarida yozilgan bu qasidalarda uning bor diniy va
tasavvufiy bilimi, falsafiy va axloqiy qarashlari
hamda hayotiy tajribalari oʻz ifodasini topgan. Bu
qasidalarda, avvalo, Yaratuvchini tanish va uni sevish-
ga, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga ergashishga,
axloqan pok boʻlishga da vat etiladi. Alloh insonni
mukarram xilqat qilib yaratganligi, Xoliqi kibriyo
irodasi bilan har bir ashyoda hikmat, san at va muta-
nosiblik borligi, dunyoning foniyligiyu oxiratning
boqiyligi, iymon va diyonat bilan bogʻliq teran tushun-
chalar oʻrin olgan.
Navoiy har bir qasidasida avvalo insonni hushyor-
likka chaqiradi. Uni asl dushmanlari - nafsi ammora,
Shaytoni la in va yolgʻon dunyo muhabbatidan ogohlanti-
radi. Ibodatlarni sidq ila bajarish, gunohlardan saq-
lanish va axloqni goʻzallashtirish bilan Haq taologa
qurbat hosil qilishni, bir piri komil rahnamoligida
sayru suluk yoʻllarini ixlos va sabot bilan bosib
oʻtib, diyonatli va mahbub inson boʻlishni uqtiradi.
Hazrat Navoiy butun koinotni harakatga keltirib
turgan ilohiy nizom, yaratiqlarni uzviy bogʻlovchi qonu-
niyatlar va tartibotlarni sinchkovlik bilan kuzatadi ham-
da ularni badiiy san atlar va timsollar vositasida
www.ziyouz.com kutubxonasiQalblar ozuqasi
oʻ ch 1
balogʻat va fasohat bilan ifodalab, kitobxonni fikru
mushohada yuritishga undaydi.
Oʻquvchi qasidalarni mutolaa qilar ekan, oʻzida dunyo-
viy va uxraviy saodat haqida teran mulohaza yuritishga,
shoirning maqsad-muddaosini anglashga moyillik, inti-
lish sezadi. Navoiydek hurfikr Haq oshigani tushunish
ham bir ne matdir. Zotan, shoir hech bir insonning bu
dunyodan izsiz ketmasligini, hamma ham yaxshi va yomon
a moli uchun oxiratda javob berajagini eslatib turadi.
Tabiiyki, oʻlimni va qiyomat kunini eslagan kishi nek-
bin, xayrixoh va savobtalab insondir...
Amalsiz ilmning foydasi yoʻq. Zero, ilm dunyoniki,
amal oxiratnikidir. Shaytonning beqiyos ilmi bor edi,
amal qilmagani uchun bu ilmdan unga naf etmadi. Ya ni,
hazrat Navoiyni anglash, tushunish uchun inson sobit e ti-
qodli, taqvodor, muhabbatli va riyozatli boʻlishi shart.
Ulugʻ mutasavvif hamisha iymon va e tiqoddan, insof va
diyonatdan saboq beradi. Qasidalarni oʻqib yana bir bor
bunga amin boʻlasiz. Alloh hammamizni bu oʻgitlarni
anglash va amal qilishga musharraf aylasin.
Qoʻlingizdagi qasidalar ilk bor asl forscha matni
bilan toʻliq holda 20 jildlik Navoiy mukammal asar-
lar toʻplamining 20-jildida nashr boʻlgan edi. Biz oʻzbek
kitobxonlarini hazrat Navoiyning forsiy merosi va
uning tarjimasi bilan yaqindan tanishtirish va ushbu
qasidalarni keng kitobxonlar ommasiga etkazish orzu-
sida mazkur ishga bel bogʻladik. Navoiy asarlari mux-
lislariga taqdim etilayotgan bu qasidalar alohida ki-
tob holida chop etilmoqda.
Beayb Parvardigor Tarjima va nashr ishlarida yoʻl
qoʻyilgan ayrim kamchiliklar uchun Siz aziz navoiyxon-
lardan oldindan uzr soʻraymiz. Kitob haqidagi fikr va
End of preview.
README.md exists but content is empty. Use the Edit dataset card button to edit it.
Downloads last month
48