text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Litvaga AQSh harbiylari va tanklari yetib keldi. Ular Belarus chegarasi yaqinida harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi Litvaga AQSh harbiylari hamda zirhli og‘ir texnikasi yetib keldi. Ular Belarus bilan chegara yaqinidagi general Silvestras Jukauskas nomli poligonda hamkorlikda mashg‘ulot o‘tkazadi. Bu haqda Litva mudofaa vazirligi xabar bermoqda. Mashg‘ulotlarda Amerikaning Abrams jangovar tanklari, Bradley platformalari, vezdexodlari va boshqa yordamchi texnikalari ishtirok etadi. Harbiy mashg‘ulotlarga shuningdek, Litva askarlari va NATOning Litvadagi bataloni qo‘shiladi. Litva mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, mashg‘ulotlar avvaldan rejalashtirilgan va "mintaqadagi biror-bir voqea bilan bog‘liq emas". Avvalroq Litva armiyasi vakili 14-25 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlarda AQSh qo‘shinlaridan tashqari Fransiya, Italiya, Germaniya, Polsha va boshqa mamlakatlarning 1000ga yaqin askari va samolyotlari qatnashishini ma'lum qilgandi.
2Dunyo
Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga tayinlandi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur 12-sentabr, payshanba kuni Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda diniy idoraning rasmiy veb-portali xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, mazkur tayinlov “Islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan ilmiy faoliyatni qayta tiklash va rivojlantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida” amalga oshirilgan. “Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining mas’uliyatli va sharafli yangi vazifalarida Alloh taboraka taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deyiladi diniy idora rasmiy veb-portalida e’lon qilingan axborotda. Shayx Abdulaziz Mansur (1944-yili Farg‘ona tumanida tug‘ilgan) Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma’hadi (1975—1979) va Sudan Islom universitetini (1980—1981) tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Sovet Sharqi musulmonlari” jurnalida mas’ul kotib sifatida boshlagan. U 1982—2006-yillarda diniy idora Fatvo bo‘limi mudiri, Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, “Movarounnahr” nashriyoti mudiri, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, Prezident davlat maslahatchisi, Toshkent Islom universiteti prorektori kabi lavozimlarda ishlagan. Shayx Abdulaziz Mansur 2006-yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi. U, shuningdek, 2018-yil iyun oyidan 2019-yil yanvariga qadar Toshkent shahriga bosh imom-xatib sifatida ham xizmat qildi. “Ziyouz.com”ning yozishicha, shayx Abdulaziz Mansur amalga oshirgan “Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri” qayta-qayta nashr qilingan. U “Sahihi Buxoriy”ni tarjima va sharh qilib, ikki jildda nashr ettirgan. “Gazeta.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, shayx Xalqaro fiqh Islom akademiyasi va Musulmon ulamolar oliy kengashi a’zosidir. Ma’lumot uchun, kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov ishdan olingani haqida xabarlar tarqalgan edi, so‘ng bu xabarlar rad etildi. Undan avvalroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatida o‘zgarishlar yuz bergan edi.
8O‘zbekiston
Andijonda “Vaziyatlarni nazorat qilish markazlari” tashkil etildi Andijon shahrida “Namunali hudud” tajribasini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar doirasida, Andijon shahar Ichki ishlar organlari Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 1, 2, 3, 4, 5, 6-sonli ichki ishlar bo‘limlarida jami 6 ta “Vaziyatlarni nazorat qilish markazlari” faoliyati tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, “Vaziyatlarni nazorat qilish markazlari”ni tashkil etish davomida kriminogen jihatdan og‘ir bo‘lgan hududlar, bozorlar hamda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar to‘planishi mumkin bo‘lgan maskanlar va huquqbuzarliklar ko‘p sodir etiladigan joylar o‘rganilib chiqilgan. Har bir IIB hududiga o‘rnatilgan umumiy 286 dona yuqori tiniq tasvirga tushirishga ega bo‘lgan, kun-u tun rejimida ishlovchi hamda yuz qiyofa orqali shaxsini aniqlovchi 12 dona videokuzatuv kameralari “Vaziyatlarni nazorat etish markazlari”ga ulangan. Qayd etilishicha, video kuzatuv moslamalari yordamida mast holda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga shubha uyg‘otgan 17 nafar shaxslar aniqlanib, hodisa joylariga zudlik bilan IIB xodimlarining yuborilishi natijasida hududlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldi olingan.
8O‘zbekiston
OAV: Pentagonda KXDR harbiy obektlariga ogohlantiruvchi zarba berish bo‘yicha reja bor Pentagon prezident Donald Tramp tegishli buyruq beradigan bo‘lsa, Shimoliy Koreya raketa obektlariga ogohlantiruvchi zarbalar berish bo‘yicha reja tayyorlab qo‘ydi. Bu haqda NBC manbalarga asosan xabar bermoqda. Ikki nafar yuqori mansabli harbiy amaldorning xabar berishicha, bu rejada Guamdagi harbiy-havo kuchlari bazasidan parvoz qiluvchi Rockwell B-1 Lancer og‘ir bombardimonchisini qo‘llash muhim band sifatida belgilab qo‘yilgan. Zarba raketalarni uchirish va sinov komplekslari maydonlariga beriladi. Avvalroq KXDR Amerikaga zarba berish rejasini ma'lum qildi.
2Dunyo
Andijonda 6 erkak oilali ayolni zo‘rlagani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Andijon viloyat IIBning ma'lum qilishicha, 3 may kuni fuqaro O.O 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani Qoraqalpoq mahallasida joylashgan dala shiyponida fuqarolar S.A. va O.M. o‘ziga nisbatan zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqada bo‘lganini ma'lum qilgan. Tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va videotasvirga olingan. Tergovga qadar tekshirish harakatlarining to‘laligini ta'minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo‘lgan qizil-qora rangli ayollar ko‘ylagi va boshqa kiyimlar daliliy ashyo tariqasida holislar ishtirokida olingan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid boilogik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertiza tayinlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Kun.uz'ning prokuraturadagi manbasiga ko‘ra, mazkur jinoyatni sodir etishda quyidagi shaxslar gumonlanmoqda: Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yilda nomusga tegish holatlari 28 foizga oshgan. 2021 yilning dastlabki uch oyi ichida huquq-tartibot idoralariga zo‘ravonlikka uchragan ayollar tomonidan 11 mingdan ortiq murojaat bo‘lgan.
8O‘zbekiston
Mehmonxona va sayyohlik xizmatlari soliq imtiyozlariga ega bo‘ldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 maydagi PF–5033 sonli farmoni bilan turizm sohasidagi biznes-sub'yektlariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etildi.  Xususan, joriy yil 1 iyunidan boshlab xususiy xorijiy investitsiyalarga taqdim etiladigan imtiyozlar mehmonxona va sayyohlik xizmatlariga ham qo‘llaniladi. Bu haqda Norma.uz sayti xabar qilmoqda. Ma'lumot uchun: yuridik shaxslarni daromad solig‘idan ozod etish, mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona daromad solig‘i hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan xalos etish kabi imtiyozlar quyidagi shartlarda qo‘llaniladi, ya'ni xorijiy xususiy investitsiyalar hajmi: 300 mingdan 3 mln AQSh dollarigacha – 3 yil; 3 mlndan 10 mln AQSh dollarigacha     – 5 yil; 10 mln dollardan ko‘p bo‘lganda            – 7 yil.   Bundan tashqari, yuridik shaxslar 5 yil muddatga belgilangan ro‘yxat asosida mehmonxona va motellar qurilishi hamda rekonstruksiyasi uchun zarur bo‘lgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, texnika, ehtiyot qismlar va materiallar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari) ozod etiladi.    Ushbu farmondan kelib chiqqan holda Prezidentning 2005 yil 11 apreldagi PF–3594 hamda 2016 yil 2 dekabrdagi PF–4861 sonli farmonlariga o‘zgartishlar kiritildi.
8O‘zbekiston
Oktabrda to‘qqizta magnit bo‘roni kutilmoqda O‘tgan dushanba kuni quyosh yuzasida kuchli chaqnash ro‘y berdi. Uning ta’siri esa 2—3 kun ichida Yerda o‘z aksini topadi. Kunduz kuni texnika vaqtinchalik ishdan chiqishi mumkin. Zaiflashgan va ob-havoga sezgir kishilar, qariyalar sog‘lig‘iga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Uz24” nashrining ma’lum qilishicha, 2013-yilning oktabr oyida bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradigan bunday magnit bo‘ronlaridan to‘qqiztasi kutilmoqda. Demak, ob-havo oson ta’sir qiladigan kishilar quyidagi kunlarda ehtiyot bo‘lishi zarur: Ta’kidlash joiz, yurak, qon-tomir tizimi jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarga moslasha olsa-da, ko‘pchilikda u atmosfera bosimi, namlik, harorat va magnit bo‘ronlariga ta’sirchan bo‘ladi. Shuning uchun yurak, qon-tomir tizimi kasalliklaridam azob chekadiganlar o‘z organizmini ob-havo o‘zgarishiga tayyorlashi lozim. Tinmay bosh og‘rishi, bosh aylanishi, haroratning besabab ko‘tarilishi, vaznning tushib ketishi holatlarida shifokorga zudlik bilan murojaat qilish lozim.
2Dunyo
O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan - Abdulla Aripov Prezident Bosh prokurorga bu borada tegishli topshiriqlar bergan, deb ma'lum qilindi bugun Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda. O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan ma'lum qilishlaricha, karantin va cheklov tadbirlarini buzganlik va kasallik o‘chog‘iga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlik haqidagi ma'lumotlarni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Jinoyat kodeksining Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, ya'ni 257-1-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash nazarda tutilgan. Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, ya'ni 54-moddasida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati bo‘yicha — fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan. Koronavirus aniqlangan dastlabki bemor Toshkentga 11 mart kuni Parijdan uchib kelgan bo‘lib, hozirda reysning 20dan ortiq boshqa yo‘lovchilari, bemorning oila a'zolari va u muloqotda bo‘lgan o‘nlab fuqarolar – jami 150 nafarga yaqin kishi izolyatsiyaga olingan. Ma'lumot uchun, O‘zbekiston 16 martdan boshlab barcha aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Endilikda O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlarda qolgan o‘zbekistonliklarning qaytishi uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barchasi karantinga joylashtiriladi. Yolg‘on ma'lumotlar tarqatganlik uchun jarima belgilanishi mumkin
8O‘zbekiston
Tramp AQShda favqulodda vaziyat tartibi kiritilishi mumkinligini aytdi AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishini kafolatlash uchun mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilishga tayyorligini aytdi.   Uning aytishicha, agar devor qurilishining kongressni chetlab o‘tgan holda moliyalashtirilishiga erishishning iloji bo‘lmasa, u shunday chorani qo‘llaydi. Tramp va kongressda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi demokratlar hozircha bu masala bo‘yicha kelishuvga erisha olishmayapti. Avvalroq AQShning vakillar palatasi 2019 yil 30 sentyabrgacha byudjyet haqidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Unda chegarani qo‘riqlash va himoya qurilmalariga 1,6 mlrd dollar ajratish rejalashtirilgan. Respublikachilar esa devor qurilishiga 5,6 mlrd dollar ajratilishini so‘rashgan edi.
2Dunyo
Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni ming kishidan oshdi (video) Afg‘onistonning Paktika viloyatida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 1000 kishidan, yaralanganlar soni esa 1500 dan oshdi. Bu haqda viloyat hokimiyati vakillari xabar qildi. Rasmiylarning aytishicha, falokatda jabrlanganlarni shifoxonalarga evakuatsiya qilish uchun vertolyotlar va tez yordam mashinalari hududlarga yetib borgan. Zilzila qator turar joy binolarini vayron qilgan. Dastlab zilzilada halok bo‘lganlar soni 250 kishidan oshgani haqida xabar berilgandi, qurbonlar soni yana ortishi mumkin. AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 22-iyun kuni erta tongda zilzila taxminan 51 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Germaniya Geologiya tadqiqot markazi esa zilzila 10 kilometr chuqurlikda yuzaga kelganini aytmoqda. Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonning 500 kilometrdan ko‘proq qismida sezilgan. Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Zilzila Surxondaryo viloyatida ko‘proq sezildi — 3 ball. Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 2 balldan sezildi.
2Dunyo
Samarada qolib ketgan 500 ga yaqin o‘zbekistonlik 6-avgust kuni Rossiyani tark etishi kutilmoqda Rossiya—Qozog‘iston chegarasi yaqinidagi Orenburg va Samara viloyatlarida to‘planib qolgan 3,5 mingdan ortiq Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vatanlariga yuborish boshlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. Orenburg viloyati rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya—Qozog‘iston chegarasida — Orenburgning Buzuluk tumani va Samara viloyatida 3 ming Qirg‘iziston fuqarosi hamda 500 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi to‘plangan. “Buzuluk tumani va Samara viloyatida hududidagi Qirg‘iziston fuqarolari bugun hamda ertaga Qozog‘iston chegarasi orqali vataniga yuboriladi. Qirg‘izistonga jo‘natiladigan fuqarolarning umumiy soni 3 mingga yaqin. Shuningdek, 500 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi uyga qaytish imkoniyatini kutib turibdi. Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, ular 6-avgust kuni chegarani kesib o‘tishlari mumkin. Ular o‘z vataniga temiryo‘l transporti orqali jo‘nab ketadi”, — deyiladi xabarda. Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida qolib ketgan qariyb 500 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytish uchun Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonning koronavirus pandemiyasi tufayli davlat chegaralarini yopgani oqibatida vatanga qayta olmayapti. Iyul o‘rtalarida chegara yaqinidagi chodirlarda minglab o‘zbekistonliklarning qolib ketgani haqida xabarlar berilgandi.  Biydek dalada: o‘zbekistonlik minglab migrantlar Rossiya—Qozog‘iston chegarasida qolib ketayotgani haqida
8O‘zbekiston
Rossiya Hamadondagi bazadan chiqib ketganini tasdiqladi Rossiya Erondagi harbiy bazadan chiqib ketdi, lekin, shunga qaramay, rasmiy Moskva kelajakda Eron infrastrukturasidan, shu jumladan, Hamadondagi bazadan Suriyada terrorchilarning marralariga zarba berishda foydalanishda biror cheklov yoki to‘siqqa duch kelmaydi. Bu haqda, Rossiyaning Tehrondagi elchisi Levan Jagaryanga asoslanib, Forbes’ning ruscha versiyasi ma’lum qilmoqda. Ilgariroq Eron matbuotida rossiyalik harbiylar Hamadondagi bazadan chiqib ketgani xabar qilingan edi. Bu borada bayonot bergan Eron TIV vakili Bahrom Qosimiy Rossiya tomonidan Shahid Nuja bazasining qo‘llanilishi yakuniga yetganini tasdiqlagan edi.
2Dunyo
Jurnalistlar uchun ijodiy tanlov: “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” COSCOM uyali aloqa operatori (Ucell savdo belgisi) jurnalistlar uchun “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili ” mavzusida tanlov e‘lon qiladi. Tanlov “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to′g′risidagi 5953-sonli Prezidentning farmonini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi. Tanlov maqsadi: – 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da axborot texnologiyalari, shu jumladan, uyali aloqani rivojlantirishdagi ijobiy o‘zgarishlar va tendensiyalar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish; – O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarining ijodiy va jamoat faoliyatini rag‘batlantirish; – Telekommunikatsiya sohasida yozuvchi jurnalist va blogerlarni qo‘llab quvvatlash. Tanlovda ishtirok etish shartlari va muddati: Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi elektron va nashriy ommaviy axborot vositalarining vakillari bo‘lgan jurnalist va blogerlar, ish tajribasi, faoliyat sohasi va shaxsiy qarashlari, e‘tiqodi, individual sifatlari bilan bog‘liq boshqa sabablardan qat‘i nazar, shaxsiy bloglar va internet resurslar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida: gazeta, jurnal, televideniye, radio, internet nashrlar (uz domeni) va shaxsiy bloglar, Telegram kanallar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot agentliklarida 2020-yil 7-sentabrdan 2020-yil 1-dekabrgacha e‘lon qilingan ishlar tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinadi. Tanlovga materiallar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi. Materiallarga talablar: Tanlovda qatnashayotgan materiallar sifatida: – internetda va/yoki bosma nashrda joylashtirilgan, audio va video formatda ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilingan notijorat materiallar ko‘rib chiqilishi mumkin; – axborot texnologiyalari, uyali aloqani rivojlanishi tufayli sharoitlar ijobiy tomonga o‘zgargani bo‘yicha tajriba; – internet tarmog‘idan foydalanishni kengaytirish namunalari, uyali aloqa tarmog‘ini va boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish misollari; – korxonalarda, o‘rta maktablarda va boshqa davlat muassasalarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun maxsus yaratilgan yoki yaratilayotgan sharoitlar; – mamlakatimizda raqamli infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan harakatlar; – “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) faoliyati; – dijitalizatsiyaning ijtimoiy ahamiyati va iqtisodiy hissasi. Konkursga yo‘naltiraladigan ishlarning tarkibi Nomzodlarning taqdim qilayotgan ishlari va hujjatlari quyidagi talablar bo‘yicha rasmiylashtiriladi: – yo‘natirilayotgan hujjatlarga konkursda ishtirok etayotgan shaxs haqida qisqacha ma‘lumot, u bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan ma‘lumotlar (e-mail majburiy), telefon va qaysi OAV nomidan qatnashayotgani to‘g‘risidagi axborotlardan tashkil topgan maxsus so‘rovnoma qo‘shiladi. So‘rovnomaga ilova qilinadigan materiallar quyidagi ko‘rinishda taqdim qilinishi mumkin: Nashriy OAV (gazeta, jurnallar). – nashriy ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilingan (350 ta so‘zdan kam bo‘lmagan) ishlarning asli yoki yetarlicha sifatida skaner qilingan nusxasi (sahifa va sarlavhani ko‘rsatgan tarzda) hamda maqola matnining elektron ko‘rinishi. Internet (saytlar, bloglar –.uz domeni): – Internet nashrlarda e‘lon qilingan (hajmi 350 ta so‘zdan kam bo‘lmagan) ishlar matnning elektron nusxasi va internetda materialning joylashgan manzili. Televideniye, radio, vloglar (YouTube, Mover, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar): –Televizion lavha (davomiyligi 3 minutdan kam bo‘lmagan) –fayl va/yoki elektron manzil, qaysi kun va vaqtda efirga uzatilgani to‘g‘risidagi ma‘lumot bilan birgalikda. – Radioreportaj (davomiyligi 3 minutdan kam bo‘lmagan) – fayl va/yoki elektron manzil, qaysi kun va vaqtda efirga uzatilgani to‘g‘risidagi ma‘lumot bilan birgalikda. Konkursga taqdim qilingan materiallar egasiga qaytarilmaydi va taqriz berilmaydi. Baholanish masalalari: Barcha taqdim etilgan ishlarni mustaqil ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati baholaydi. Jamoatchilikda ma’ruza ko‘targan va mavzuni ochishda o‘ziga xos yondashuv bilan ajralib turgan materiallarga ustuvorlik beriladi. Yakuniy ishlar: "Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” tanlovi g‘oliblari va laureatlari uchta nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi: 1. Internet va bosma ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, saytlar, bloglar - .UZ domeni). Ikkita birinchi o‘rin – netbuk. To‘rtta ikkinchi o‘rin – smartfon. Oltita uchinchi o‘rin – qattiq disk. Beshta rag‘batlantiruvchi mukofot – elektron soat 2. Televideniye va radio, vloglar (YouTube, Mover, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar) Birinchi o‘rin – netbuk. Ikkita ikkinchi o‘rin – smartfon. Uchta uchinchi o‘rin – qattiq disk. Beshta rag‘batlantiruvchi mukofot – elektron soat Tanlovning har bir ishtirokchisiga “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) tomonidan esdalik diplom taqdim etiladi. Sovrinlarni mustaqil ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati taqdim etadi. Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 2020-yil 1-dekabr. Natijalarni sarhisob qilish va e‘lon qilish 2020-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida bo‘lib o‘tadi. Sovg‘alar va diplomlarni topshirish kuni qo‘shimcha ravishda 2020-yil dekabr oyida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish talablariga qarab individual ravishda e‘lon qilinadi. “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” tanlovi uchun ishlar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: COSCOM MChJ 100031, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri V. Vohidov ko‘chasi, 118-uy. Tel .: +998931710051 Faks: +99878 1479803 Elektron pochta: [email protected] (“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” tanloviga, deb yozilsin) Tanlovga ariza: Ishtirokchining to‘liq ismi___________________________ Ishtirokchi to‘g‘risida ma‘lumot (shahri, yoshi, o‘qish (ish) joyi, ishtirokchi hamkorlik qiladigan OAV) Ijodiy ishning nomi. Creative competition for journalists: Digital Uzbekistan - 2030 Mobile operator “COSCOM” LLC (Ucell trademark) announces a creative thematic competition for journalists: “Digital Uzbekistan - 2030”. Works for the contest “Digital Uzbekistan - 2030” accepted at: COSCOM LLC 100031, Republic of Uzbekistan, Tashkent city Street V. Vakhidova, house 118. Tel .: +998931710051 Fax: +99878 1479803 Email: [email protected] (note on the contest “Digital Uzbekistan - 2030”) Application for the competition: Ful Name ___________________________ Information about the participant (city, age, place of study (work), the media where participant collaborates) Posisition. More information you can get here.
8O‘zbekiston
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etildi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Qarorga ilova qilingan nizomga ko‘ra, Agentlik iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi etib belgilandi. Iste'molchilarga tovarlar, ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma'lumotlarni olish imkoniyatini ta'minlash agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
8O‘zbekiston
Buxoroda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgan sex fosh etildi DXX G‘ijduvon tuman bo‘limi va tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin tarzda ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova xabar berdi. G‘ijduvon tumanidagi “Vazirshoh” mahallasida yashovchi 34 yoshli fuqaro N.J. daromad orttirish maqsadida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan. U o‘z xonadoniga Xitoyda ishlab chiqarilgan moyjuvoz uskunasini o‘rnatib, iste’mol uchun yaroqsiz paxta yog‘i ishlab chiqargan. Tuman DXX va ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligidagi tezkor reyd chog‘ida fuqaro N.J. o‘z uyida ayni ish ustida ushlangan. 200 litr paxta yog‘idan tashqari, 200 kilogramm kunjara va 110 kilogramm chigit mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi, 1-qismi (Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar) bilan ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
8O‘zbekiston
Qozog‘iston poytaxtida O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ramziy bog‘ichni kesib, yangi binoni tantanali ravishda ochdilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar elchixonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Zamonaviy bino yurtimiz quruvchilari tomonidan barpo etilgan. Xonalar milliy uslubda bezatilgan. Diplomatik vakolatxona hududida asosiy bino, konsullik bo‘limi, xodimlar uchun uy, diplomatik missiya rahbarining qarorgohi, bolalar va sport maydonchalari joylashgan. Muzokara xonalari, anjumanlar zalida barcha sharoitlar mavjud. Elchixonaning o‘z kutubxonasi ham bor. Ish jarayonlarini samarali tashkil etishga alohida e'tibor qaratilgan, axborot texnologiyalari keng joriy qilingan. Bu yerdagi interfaol uskunalar muzokaralarni onlayn shaklda o‘tkazish imkonini beradi. Konsullik faoliyati uchun “elektron navbat” tizimi o‘rnatilgan, bu yerga keluvchilar ma'lumotlarni interfaol tarzda olish imkoniyatiga ega. Alohida ehtiyojli odamlar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, yangi elchixona binosida barchasi ish sifati va samarasi yuqori bo‘lishiga, qardosh mamlakat bilan sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan. Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. “O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi asosiy vazifasi – ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirishdan iborat. Barcha diplomatlarga xalqlarimiz farovonligi yo‘lida O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘pqirrali sheriklikni yanada rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, deyiladi O‘zbekiston prezidenti qoldirgan qaydda. “Qozog‘istondagi yangi elchixona muborak bo‘lsin! Bu ikki qardosh xalqlarning do‘stligi yanada mustahkamlanishining yorqin timsoli. Elchilarga qozoq-o‘zbek xalqlari hamkorligi yo‘lidagi xizmatlarida omad tilayman”, deya yozgan Qozog‘iston prezidenti.
8O‘zbekiston
Peskov Ukrainada asirga tushgan amerikaliklar o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkinligini aytdi Rossiya Ukrainada asirga tushgan amerikaliklar o‘lim jazosiga hukm qilinmasligiga kafil bo‘la olmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov MSNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”. Jurnalistning amerikaliklarni avvalroq Donetsk Xalq Respublikasi sudi tomonidan o‘limga hukm qilingan britaniyaliklar Shon Pinner va Eydan Aslin hamda marokashlik Bragim Saadunning taqdiri kutyaptimi, degan savoliga Peskov: “Men hech narsaga kafolat bera olmayman, bu tergovga bog‘liq”, — deb javob berdi. 17-iyun kuni “Izvestiya” va RT nashrlarining Telegram-kanallarida o‘zlarini AQSH fuqarolari deb atagan ikki kishining videosi e’lon qilingan edi. Ular o‘zlarini Aleksandr Dryuk va Endi Xyun deb tanishtirgan. “Ular yollanma jangchilar va Ukraina hududida noqonuniy faoliyatga jalb qilingan. Ular bizning harbiylarimizni o‘qqa tutishda qatnashgan, ularning hayotiga xavf tug‘dirgan va o‘zlari amalga oshirgan jinoyatlar uchun jazoga tortilishi kerak”, — deya ta’kidladi prezident matbuot kotibi. Avvalroq The Telegraph Dryuk va Xyun Ukraina armiyasi tomonida turib jang qilgani va Xarkov yaqinida qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. Ularning oilalari CNN’ga ma’lum qilishicha, amerikaliklar bilan qariyb bir hafta aloqa uzilib qolgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar Izbitskoye qishlog‘i yaqinidagi jangda yo‘qolib qolgan, ularni qidirish ishlari natija bermagan. Ayni vaqtda AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays idora so‘nggi haftalar ichida uchinchi amerikalik g‘oyib bo‘lgani haqida ma’lumotga ega ekanini aytdi. 27-fevral kuni, Ukrainada Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin bir necha kun o‘tib, prezident Vladimir Zelenskiy Kiyev jangovar harakatlarda qatnashish uchun chet ellik ko‘ngillilarni jalb qilmoqchi ekanini aytgandi. Shunda u Ukraina hududiy mudofaasining xalqaro legion tashkil etilganini ham e’lon qilgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi chet ellik ko‘ngillilarni yollanma jangchilar deb ataydi va ularning yo‘q qilingani haqida bir necha marta hisobot bergan. 9-iyun kuni “Donetsk xalq respublikasi” Oliy sudi Ukraina tomonida turib jang qilgan britaniyaliklar Shon Pinner va Eyden Eslinni hamda marokashlik Bragim Saadunni o‘lim jazosiga hukm qilgandi. Ular ustidan sud jarayoni 7-iyun kuni boshlangan, ular DXR Jinoyat kodeksining 34-moddasi (“Bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish”), 323-moddasi (“Hokimiyatni majburan tortib olish yoki hokimiyatni majburan ushlab turish”) va 430-moddasi (“Yollanish”)  bilan ayblanmoqda. Mahbuslar o‘z ayblariga qisman iqror bo‘lgan. AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ularga o‘lim jazosi tayinlanganidan xavotir bildirdi. Britaniya rasmiylari ham ushbu hukmni qoraladi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass DXR sudining qarorini to‘qima va hech qanday qonunga asoslanmagan deb atadi.
2Dunyo
“Keyingi 3-4 yilda ortiqcha tekshirishlar, to‘siq va g‘ovlarning ko‘piga barham berildi” – Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi Toshkent shahridagi O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi. Unda davlat rahbari nutq so‘zlamoqda, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. “Hurmatli tadbirkorlar siz kabi ishning ko‘zini biladigan, ishbilarmon yurtdoshlarimiz timsolida, biz chin ma’nodagi Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini ko‘ramiz. Mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularda hozirgi kunda, 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilmoqdalar. Agar biz, iqtisodiyotimizni yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarur. Albatta, keyingi 3-4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, ko‘chmas mulk va resurslarga ega bo‘lish, eksport kabi masalalarda,ko‘plab yangi-yangi imkoniyat va sharoitlarni yaratdik. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xom ashyo bo‘yicha mavjud cheklovlar, to‘siq va g‘ovlarning ko‘piga, barham berildi”, — deydi davlat rahbari. Prezidentning qayd etishicha, eng asosiysi, el orasida va davlat idoralarida tadbirkorlarga nisbatan munosabat o‘zgargan, jamiyatda ularning obro‘ va mavqei, kun sayin tobora ortib bormoqda. “Natijada, ichki va tashqi bozorda o‘z mustahkam o‘rniga, nufuzi va brendiga ega bo‘lgan, haqiqiy tadbirkorlarimiz sinfi kun sayin shakllana boshladi. Masalan, birgina Namangan viloyatida ‘Chust tekstil’ (aka-uka Ismatullayevlar), Art soft xolding (aka-uka Boboxonovlar), Toshkent shahridagi Texno Eksport (Sherzod Qosimov), Toshkent viloyatida ‘Nyu Vey Indastriz’ (Sardor Abbosxonov), Samarqandda ‘Oxalik Oltin bog‘i’ (Olim Soliyev) kabi korxonalar o‘z faoliyatini ‘nol’dan boshlab, hozirgi kunda, 10-15 million dollarlik mahsulot eksport qilmoqdalar. Ayni paytda ularning har biri, minglab ish o‘rinlarini yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Bular kabi yuqori samarali korxonalar, har bir hududda ko‘plab topiladi. Kamol Abdullayev, Qutlimurat Panayev, Murtazo Rahmatov, Ulug‘bek Sotiboldiyev, Ulug‘bek To‘xtaboyev, Murod Yoqubov, Zafar Hoshimov, Shavkat Jamolov, Murod Nazarov, aka-uka Mamasaidovlar, Farrux Fuzailov, Baxtiyor Azizxo‘jayev, Farhod Mamajanov, Bekzod Mamatqulov, Baxtiyor Umarov kabi nufuzli tadbirkorlarimiz, o‘z bizneslarini butun mamlakat miqyosida kengaytirmoqdalar”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.  Shavkat Mirziyoyev nomidan yuzlab tadbirkorlarga minnatdorchilik xatlari topshirildi (foto) Avvalroq Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani, O‘zbekiston Prezidenti bilan bo‘ladigan uchrashuvda tadbirkorlarning qaysi qatlami ishtirok etishi hamda Toshkentda o‘zganing tovar belgisidan noqonuniy foydalanib kelgan Subway kafesining rahbari jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz 14.12.2016 Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqi Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram Senat Raisi va senatorlar! Hurmatli Spiker va deputatlar! Xonimlar va janoblar! Avvalo, siz, azizlarga, sizlarning timsolingizda butun xalqimizga murojaat qilib, menga yuksak ishonch bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylagan barcha vatandoshlarimga chin qalbimdan yana bir bor minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. Bugun, mana shu yuksak minbardan turib, yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillariga, muhtaram otaxon va onaxonlarimizga, munis ayollarimiz, navqiron yoshlarimizga samimiy tashakkur bildiraman. Yuksak insoniy fazilatlar sohibi boʻlgan, mehnatkash va bagʻrikeng xalqimiz oldida bosh egib ta’zim qilishni oʻzim uchun ham qarz, ham farz deb bilaman. Siz, azizlarning, el-yurtimizning menga bildirgan mana shunday yuksak ishonchini oʻzim uchun katta sharaf va ulkan mas’uliyat deb hisoblayman. Hech narsa bilan qiyoslab, oʻlchab boʻlmaydigan bunday oliy ishonchni oqlash uchun bor kuch-gʻayratim, bilim va tajribamni, butun borligʻimni bagʻishlashga va’da beraman. Mening nomzodimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga koʻrsatgan va butun saylov kampaniyasi davomida qoʻllab-quvvatlagan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining barcha a’zolariga alohida minnatdorlik bildiraman. Shu bilan birga, muqobillik asosida oʻtgan ushbu saylovlarda ishtirok etgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Hatamjon Ketmonovga, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Sarvar Otamurodov va «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisi Narimon Umarovga yana bir bor oʻz tashakkurimni izhor etaman. Fursatdan foydalanib, menga oʻz tabrik va qutlovlarini yoʻllagan barcha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, siyosat va jamoat arboblariga, shuningdek, saylov jarayonida va har doim bizga xayrixoh boʻlib kelgan, bugungi yigʻilishimizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning yurtimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga oʻzimning chuqur minnatdorligimni, chuqur hurmat-ehtiromimni bildiraman. Qadrli yurtdoshlar! Barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat oʻzining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbekistonimizning koʻp asrlik tarixi va keyingi 25-yillik rivojlanish davri, oʻz davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan taraqqiyoti bu haqiqatni yana bir bor yaqqol tasdiqlab berdi. Ana shu bunyodkorlik jarayonining qudratli va hal qiluvchi kuchi, hech shubhasiz, koʻpmillatli xalqimizdir. O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, ogʻir sinovlar boʻlganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, toʻsiq va sinovlarni oʻz kuchi va irodasi bilan yengib oʻtishga qodir, deb baralla aytishga toʻla asos beradi. Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, oʻz hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bagʻishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz. Men bugun Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlari, butun xalqimizning sa’y-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, barchamiz uchun aziz va qadrli boʻlgan Islom Abdugʻaniyevich Karimov bizga vasiyat qilib qoldirgan yagona maqsad yoʻlida birlashtirishga da’vat etaman. Bu olijanob maqsad – izchil va barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etishdan iboratdir. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida oʻzining munosib oʻrni va mavqeiga ega. Biz dunyodagi barcha davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va amaliy muloqot uchun ochiqmiz. Boʻlib oʻtgan demokratik saylov jarayoni buning yana bir ishonchli va yaqqol tasdigʻi boʻldi. Saylovni kuzatish uchun dunyodagi 5 ta nufuzli xalqaro tashkilot hamda 46 ta davlatdan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi qatnashgani sizlarga yaxshi ma’lum. Ayniqsa, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining toʻlaqonli missiyasi birinchi marta yurtimizga tashrif buyurdi. Ya’ni, ushbu xalqaro tuzilmaning 32 ta mamlakatdan kelgan 200 nafarga yaqin vakili – bu albatta kichkina gap emas – aynan demokratik tamoyillar talablari asosida saylov jarayonini sinchiklab kuzatib bordi. Saylovda xalqimiz oʻzining xohish-irodasini, yuksak siyosiy ongi va faol fuqarolik pozitsiyasini yorqin namoyon etdi. Bu, oʻz navbatida, el-yurtimizning oʻz taqdiri va kelajagiga qanday katta ishonch va mas’uliyat bilan qarayotganini yaqqol ifoda etadi. Saylov natijalarini biz avvalo vatandoshlarimizning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olingan strategik taraqqiyot dasturimizga bergan xolis va haqqoniy bahosi, deb qabul qilamiz. Saylov siyosiy partiyalar oʻrtasida sogʻlom raqobat va kurash, milliy qonunchiligimiz talablariga, saylov boʻyicha umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga toʻla mos holda, erkinlik va ochiqlik ruhida oʻtganini barcha chet ellik kuzatuvchilar ochiq va baralla ta’kidladilar. Kuni kecha Markaziy saylov komissiyasi ham oʻzining saylov natijalari boʻyicha yakuniy xulosalarida shu haqiqatni yana bir bor qayd etdi. Hech shubhasiz, bunday yuksak e’tirof, bunday yuksak baho barchamizni quvontiradi. Muhtaram doʻstlar! Bugun men O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajarishga kirishar ekanman, buyuk davlat va siyosat arbobi, aziz ustozimiz Islom Karimovning ishlarini davom ettirgan holda, 32 millionlik katta xalq, katta mamlakatni boshqarish qanchalik mas’uliyatli va murakkab ekanini, davlat rahbari sifatida zimmamdagi juda ulkan javobgarlikni har tomonlama chuqur his qilib, anglab turibman. Birinchi Prezidentimiz oʻzining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʻp asrlik tarixida oʻchmas va yorqin iz qoldirdi. Buyuk Yurtboshimiz nafaqat O‘zbekistonda, balki butun jahon miqyosida katta hurmat va obroʻ-e’tiborga sazovor boʻlgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilgan edi. Shuning uchun ham ustozimizning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha minglab yurtdoshlarimizdan koʻplab taklif va tavsiyalar kelib tushmoqda. Ularning barchasi ayni paytda atroflicha oʻrganilmoqda va bu borada alohida qaror qabul qilinadi. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Bugun dunyodagi shiddatli globallashuv sharoitida, xalqaro maydonda turli manfaatlar toʻqnashuvi kuchayib borayotgan, jahon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi davom etayotgan keskin bir vaziyatda O‘zbekistonga rahbarlik qilishdek ulkan mas’uliyatni zimmamga olayotgan ekanman, men avvalo koʻpni koʻrgan, donishmand xalqimizga, siz, azizlarning yordam va koʻmagingizga tayanaman va ishonaman. Barchangiz xabardorsiz, saylov arafasida men saylovchilar hamda aholining turli qatlamlari vakillari bilan koʻplab uchrashuv va suhbatlar oʻtkazdim. Ana shunday ochiq muloqotlarda bildirilgan amaliy takliflar, qonuniy talablar, ularni amalga oshirish uchun koʻrilgan aniq chora-tadbirlar, ochigʻini aytaman, men uchun yana bir katta hayotiy maktab boʻldi. Ana shu uchrashuv va suhbatlarning yakuniy xulosalari mamlakat Prezidenti lavozimidagi oʻta muhim va mas’uliyatli faoliyatimda men uchun dasturiy qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi. Bugun zamonning oʻzi barchamizning oldimizga, birinchi navbatda, O‘zbekiston Prezidenti sifatida mening oldimga yangi va gʻoyat mas’uliyatli vazifalarni qoʻymoqda. Ana shu asosiy vazifalar haqida bugun ushbu yigʻilishimizda qisqacha axborot berishni oʻrinli, deb hisoblayman. Birinchidan, biz muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov boshlab bergan keng koʻlamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yoʻlini ogʻishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz. Bu yoʻl – erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir. Men mamlakat Prezidenti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini qat’iy va soʻzsiz bajarish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishni oʻzimning eng asosiy burchim va vazifam, deb hisoblayman. Ana shu fundamental tamoyillarni roʻyobga chiqarishga doir amaliy sa’y-harakatlar toʻgʻrisida men Konstitutsiyamizning 24-yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi ma’ruzamda oʻz fikrlarimni bayon qilganimdan albatta barchangiz xabardorsiz, deb oʻylayman. Shu munosabat bilan Qonunchilik palatasi Spikeri va deputatlar, Senat Raisi va senatorlardan Prezidentning Davlat maslahatchilari xizmatlari hamda Hukumat bilan birgalikda mamlakatimizda kelajakda amalga oshiriladigan islohot va oʻzgarishlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va mustahkamlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishni soʻrayman. Ikkinchidan, mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, oʻzaro hurmat va mehr-oqibat muhitini koʻz qorachigʻidek saqlash hamda mustahkamlashni oʻzimning ustuvor vazifam, deb hisoblayman. Ma’lumki, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bagʻrikenglik muhiti mustahkamlanmoqda. Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari oʻzaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Jamiyatimizda hukm surayotgan oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e’tiqodga mansubligidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta’minlash e’tiborimiz markazida boʻladi. Ularning oʻrtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal gʻoyalarni tarqatishga O‘zbekistonda mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor boʻlishni talab etmoqda. Shu borada O‘zbekiston chegaralarining xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha diqqatimiz markazida boʻladi. Bugun prinsipial jihatdan gʻoyat muhim boʻlgan bir fikrni yana ta’kidlab aytishni zarur deb bilaman: O‘zbekiston va uning bagʻrikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Lekin, zarur boʻlsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz. Shuning uchun men, xalqimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va shubha boʻlmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham yetarli. Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik xizmati, chegara va ichki qoʻshinlarning askar va serjantlari, ofitser va generallariga, barcha harbiy xizmatchilarimizga oʻzining harbiy qasamyodi va muqaddas burchiga sadoqati uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Ishonchim komilki, sizlar bundan buyon ham yuksak professional mahorat, mardlik va jasorat namunasini koʻrsatib, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash boʻyicha oʻz vatanparvarlik burchingizga sodiq boʻlib qolasiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashidan Mudofaa vazirligi va boshqa tuzilmalar rahbariyati bilan birgalikda Qurolli Kuchlarimizning 25-yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni munosib nishonlashga doir chora-tadbirlar kompleksini yaqin kunlarda taqdim etishni soʻrayman. Bu borada munosib harbiy xizmatchilarni nafaqat yaqinda ta’sis etilgan koʻkrak nishonlari bilan, balki yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha ham takliflar kiritish maqsadga muvofiqdir. Uchinchidan, xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qoʻyadigan adolat tuygʻusini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz, deb hisoblaymiz. Bu borada buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning: «Adolat har bir ishda hamrohimiz va dasturimiz boʻlsin!» degan chuqur ma’noli soʻzlari har birimiz uchun hayotiy e’tiqodga aylanishi zarur. Bu masala, eng avvalo, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, butun sud tizimi, prokuratura, ichki ishlar, nazorat organlari rahbarlari va xodimlarining, shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining bevosita vazifasidir. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yoʻl qoʻymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani toʻgʻrisidagi qonun talablarini amalda ta’minlash boʻyicha qat’iy choralar koʻrishimiz zarur. Deputatlar va senatorlar, keng jamoatchilik, butun xalqimiz huquqiy demokratik davlat qurishning ana shu muhim sohasidagi davlatimizning sa’y-harakatlarini albatta qoʻllab-quvvatlaydilar, deb oʻylayman va bunga ishonaman. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishda biz, ilgarigidek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari – mahallalar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin va xolis ommaviy axborot vositalari faol oʻrin egallaydi, deb ishonamiz. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan muhim tamoyilni amalga oshirishda biz avvalo ana shu ijtimoiy institutlarning kuch va imkoniyatlariga tayanamiz. Shu munosabat bilan xalq hokimiyatining eng muhim poydevori sifatida jamoatchilik nazorati institutini kuchaytirish boʻyicha mamlakatimiz Konstitutsiyasining 32-moddasida, shuningdek, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida», «Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi qonunlar va boshqa hujjatlarda muhrlab qoʻyilgan talablarning ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz. Bu muhim ishda biz barcha fuqarolarimiz, eng avvalo, yoshi ulugʻ, ulkan hayotiy tajribaga ega nuroniy oqsoqollarimiz, katta avlod vakillarining maslahatlari va faol koʻmagiga umid qilamiz va tayanamiz. Aynan shu avlodning fidokorona mehnati tufayli oʻz paytida mamlakatimizdagi yirik industriya komplekslari barpo etildi va modernizatsiya qilindi. Ularning aql-zakovati va sa’y-harakatlari bilan sanoatning yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlari tashkil etildi, noyob infratuzilma obyektlari qurildi, fermerlik harakati shakllantirildi, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tubdan oʻzgardi. Aynan ana shunday tabarruk insonlarning Vatanimizga boʻlgan buyuk mehr-muhabbati va jonkuyarligi tufayli mustaqil O‘zbekiston davlatining mustahkam zamini yaratildi. Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yurtimiz ravnaqi yoʻlidagi fidokorona xizmatlari uchun muhtaram nuroniylarimizga, qadrli mehnat faxriylariga oʻzimning yuksak hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni bildirishga, ularning barchasiga uzoq umr, mustahkam sogʻlik, baxtu saodat va farovonlik tilashga ruxsat bergaysizlar. Shu borada bir fikrga alohida urgʻu berib ta’kidlamoqchiman: yoshi ulugʻ insonlar, katta avlod vakillariga e’tibor va amaliy gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ularning pensiyalarini oshirish, tibbiy xizmat va ijtimoiy-maishiy ta’minotini yaxshilash bundan buyon ham Prezident uchun, Hukumatimiz va barcha hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifalardan biri boʻlib qoladi. Shu maqsadda pensionerlar, yolgʻiz qariya va nogironlarga davlat koʻmagini kuchaytirish boʻyicha ayni paytda keng qamrovli chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi va ular soʻzsiz amalga oshiriladi. «Nuroniy» va «Mahalla» jamgʻarmalarining xodimlar shtatlarini koʻpaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jamiyatimiz hayotida ularning oʻrni va mavqeini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha zarur choralar koʻriladi. Yaratganning bebaho moʻjizasi boʻlgan aziz ayollarimiz, qadrli onalarimiz, mehribon rafiqalarimiz, munis opa-singillarimiz, sevimli qizlarimiz va nabiralarimiz hayotda bizga barcha toʻsiqlarni yengib oʻtish, oldimizga qoʻygan maqsadlarimizga erishish yoʻlida doimo gʻamxoʻrlik qilib, hamisha cheksiz ishonch, kuch va madad beradilar. Sizlarning onalik mehringiz va saxovatingiz, ayollik tarovatingiz va mehr-oqibatingiz uchun biz sizlardan umrbod qarzdormiz. Shu sababli onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish, ayollarning turmush sharoitlarini hisobga olgan holda, ish bilan ta’minlash, opa-singillarimizning ogʻirini yengil qilish uchun har tomonlama imkoniyat yaratish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha davlat siyosatini faol davom ettirishni biz oʻzimizning eng muhim vazifamiz, deb bilamiz. Barchamizga ayonki, O‘zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega. Biroq bizning eng katta boyligimiz – bu xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir. Bu salohiyatni yaratish va yanada koʻpaytirishda hurmatli ziyolilarimiz – ilm-fan va texnika namoyandalari, birinchi navbatda qadrli va hurmatli akademiklarimiz, madaniyat, adabiyot va san’at, sport sohalarining vakillari butun vujudini berib, fidokorona mehnat qilayotganlarini biz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Ana shu zahmatkash insonlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni biz oʻzimizning birlamchi vazifamiz sifatida koʻrishimiz darkor. Shu maqsadda hukumatimiz tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bugungi kunda “Farzandlarimiz bizdan koʻra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli boʻlishlari shart!” degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam oʻrin egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir boʻlgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya boʻyicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-oʻqituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib oʻrin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga koʻtarishni davrning oʻzi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech ogʻishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga koʻtaramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. Toʻrtinchidan, iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan oʻsishini ta’minlashdek muhim tamoyil va ustuvor vazifani amalga oshirish, davlat rahbari sifatida men uchun strategik vazifa boʻlib qoladi. Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish boʻyicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz kerak. Tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida boʻlishi lozim. Buning uchun xorijiy sarmoyalar va ilgʻor texnologiyalarni hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol jalb etishimiz zarur boʻladi. Aynan shu asosda 2030-yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2 barobardan ziyod koʻpaytirishga erishishimiz darkor. Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri boʻlib qoladi. Eng avvalo, agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni harakatga keltiruvchi kuchi boʻlgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish – hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi. Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat oʻzini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror boʻlsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi”. Shuning uchun bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilish – davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga toʻsqinlik qilish, deb baholanadi. Prinsipial jihatdan gʻoyat muhim boʻlgan bu pozitsiyamizni yana bir bor alohida ta’kidlab oʻtishni muhim va zarur deb hisoblayman. Saylovchilar bilan uchrashuvlarda nafaqat tadbirkorlar, balki aholimizning keng qatlami ana shu talabni qat’iy qoʻllab-quvvatlaganiga shaxsan oʻzim chuqur ishonch hosil qildim. Beshinchidan, biz amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy oʻzgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta’sir koʻrsatayotgani bilan oʻlchanadi. Shu maqsadda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish boʻyicha biz aniq chora-tadbirlarni rejalashtirganmiz va ular albatta amalga oshiriladi. 2017-yildan boshlab aholini, avvalambor, litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasi boʻyicha yangi tizim joriy etiladi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish, jumladan, maqbul narxlar boʻyicha keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni toʻliq ta’minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi. Biz uchun bebaho boylik boʻlgan inson salomatligini asrash maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning birlamchi boʻgʻinidagi boʻlinmalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, tez tibbiy yordam va yuqori texnologiyalar asosida xizmat koʻrsatadigan, ixtisoslashgan maxsus markazlarni yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish Hukumatning e’tibor markazida boʻlishi darkor. Bu masalada kuni kecha Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi rahbar kadrlar toʻliq yangilandi va aytish mumkinki, ularning tarkibi kuchaytirildi. Barchangizning xabaringiz bor, dori vositalari va tibbiy buyumlarga narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha keyingi paytda aniq choralar koʻrilmoqda va biz bu ishlarni qat’iy davom ettiramiz. Bu boradagi islohotlar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish va dori vositalari bilan ta’minlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Xabaringiz bor, 2017-2021-yillarga moʻljallangan 15 ta maqsadli dasturning ayrimlari qabul qilinib, ularning ijrosiga kirishildi va yaqin vaqt ichida shu yoʻnalishdagi boshqa dasturlarning barchasini tasdiqlash boʻyicha ishlar toʻliq yakunlanadi. Mazkur dasturlarning barchasini yagona maqsad birlashtirib turadi. Ya’ni, ular yaqin 5-yilda aholi punktlarini, ayniqsa, qishloq joylar, tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini shakllantirishga doir bir qator dolzarb masalalarni hal etishga qaratiladi. Oltinchidan, aholi bilan doimiy muloqot qilish, uning qonuniy talablari, soʻrov va takliflarini amalga oshirish uchun aniq choralar koʻrishni men oʻzim uchun eng muhim va ustuvor vazifa, deb hisoblayman. Endi nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, hokimlarning ham bu boradagi faoliyati yakunlari boʻyicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga qarab ularning ishiga baho beriladi. Shu sababdan har bir rahbar va mansabdor shaxsdan ayni shu asosda tizimli va samarali ish olib borishni talab etaman. Sizlarga yaxshi ma’lumki, biz 2017-yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildik. Lekin, hammamiz tushunamizki, xalq bilan muloqot, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash – bu biz uchun faqat bir yillik ish emas. Bu masala kelgusi besh yillik faoliyatimizda ham eng ustuvor vazifa boʻlib qoladi va bu haqiqatni hammamiz chuqur tushunib, yaxshi anglab olishimiz shart. Chunki, biz yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat qurish yoʻlida qanday ish qilsak, ularning barchasini xalqimiz bilan bamaslahat qilamiz. Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham – shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak – odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak – avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi boʻladi. Xalq rozi boʻlsa, ishimizda unum va baraka boʻladi. Xalq bizdan rozi boʻlsa, Yaratgan ham bizdan rozi boʻladi. Shu ma’noda, buyuk Alisher Navoiy bobomizning «Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yoʻq xalq gʻamidin gʻami» degan satrlarida qanchalik chuqur hayotiy hikmat, falsafa bor. Ya’ni, bu dunyoda insonlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir, xalqning gʻamidan uzoq boʻlgan insonni odam qatoriga qoʻshib boʻlmaydi, deb ta’kidlamoqda ulugʻ bobomiz. Bu oʻlmas satrlar bizning bugungi hayotimiz bilan, bizning orzu-intilish va amaliy harakatlarimiz bilan naqadar hamohang ekani odamni hayratga soladi. Biz barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga oʻtishimiz darkor. Xususan, 2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, ilgari ham aytganimiz kabi, har bir tuman va shaharda, “Xalq qabulxonalari”ni tashkil etish va ularning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishini ta’minlashimiz zarur boʻladi. Bu qabulxonalarning huquqiy maqomini, ularning vakolat va majburiyatlarini ham aniq belgilab, birorta ham murojaat e’tiborsiz qolmaydigan tizim faoliyatini yoʻlga qoʻyish darkor. Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari qanday himoya qilinayotgani, ularga davlat xizmatlari koʻrsatishning sifati va ochiqligi biz uchun eng asosiy mezon boʻlishi shart. Shu borada bir fikrni yana takrorlab aytmoqchiman: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shu munosabat bilan eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar, tarmoq va hududlar boʻyicha maqsadli dasturlar, ustuvor investitsiya loyihalari va boshqa dolzarb vazifalar bajarilishini tanqidiy tahlil qilish yuzasidan amaldagi mavjud tizim samaradorligini oshirishimiz lozim. Ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining komplekslari va iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari hamda hokimlarning Prezident huzurida shaxsiy hisobotini eshitish amaliyoti yangitdan joriy etiladi. Hukumatga, hokimliklarga saylovchilar va aholining keng qatlamlari bilan uchrashuvlar yakunlari boʻyicha 2017-2021-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrini rivojlantirish borasidagi muammoli masalalarni hal etish yuzasidan ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlarni vazirlik va idoralar bilan birgalikda soʻzsiz amalga oshirish topshiriladi. Bugungi kunda nafaqat Bosh vazirning elektron pochtasi va qabulxonasiga, balki Prezident nomiga kelib tushayotgan fuqarolarning qonuniy murojaat va shikoyatlarini batafsil oʻrganish va ularda koʻtarilgan masalalarni yechish boʻyicha ishlarni faol davom ettirish gʻoyat muhim, deb hisoblayman. Umuman olganda, bundan keyin vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va hokimlarning faoliyati natijasi quruq iqtisodiy raqamlar bilan emas, balki ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal qilayotganiga qarab baholanadi va tegishli xulosalar chiqariladi. Ayni shu masalada ularning faoliyati ijobiy boʻlsa, xalq ulardan rozi boʻlsa, rahmat deymiz, aksi boʻlsa – biz bunday rahbarlar bilan xayrlashamiz. Hurmatli doʻstlar! Oldimizda turgan keng koʻlamli vazifalarni samarali hal etish, eng avvalo, davlat rahbari sifatida shaxsan mendan, davlat hokimiyatining uchta tarmogʻidan, shuningdek, barcha rahbar va mansabdor shaxslardan qat’iy intizomni talab etadi. Ishimizni toʻgʻri tashkil etish, uning samaradorligini ta’minlash, butun boshqaruv tizimi faoliyatini sifat jihatidan zamon talablari darajasiga koʻtarishni bugun hayotning oʻzi talab etmoqda. Albatta, biz rejalashtirayotgan barcha oʻzgarishlarning nihoyatda koʻpqirrali va oʻta muhim ekanini men chuqur tushunaman. Biroq, yoʻlimizda qanday toʻsiq va qiyinchiliklar, keskin va dolzarb muammolarga duch kelsak ham, shoshma-shosharlik bilan, pala-partish qarorlar qabul qilishga, yaxshi oʻylab koʻrilmagan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyishga haqqimiz yoʻq. Bizning vazifamiz – toʻplangan tajriba va ilgʻor xalqaro amaliyotga suyangan holda, oʻzimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va oʻrta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur. Shu maqsadda 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish boʻyicha Harakat strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi. Bu strategiya davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirishni jadallashtirish va faol tashqi siyosatni amalga oshirishga oid beshta asosiy ustuvor yoʻnalishni qamrab oladi. Xalqimiz bilan doimiy muloqot qilishga doir talabni amalda bajarish uchun ushbu Strategiyani qabul qilishdan oldin uni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib, el-yurtimiz oʻrtasida keng muhokama qilishni taklif etaman. Ishonchim komilki, bunday muhokamalar xalqimiz manfaatlarini yanada toʻliq inobatga olish uchun xizmat qiladi. Aziz doʻstlar! Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 98-moddasiga muvofiq, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning ustuvor vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun javobgarlik Vazirlar Mahkamasi, hukumatning har bir a’zosi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan. Bu, birinchi navbatda, Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan yuksak darajadagi shaxsiy mas’uliyatni, shuningdek, ularning zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali va toʻliq bajarishni talab etadi. Shu munosabat bilan bir taklif kiritmoqchiman. Ya’ni, Oliy Majlis palatalarining 2015-yil 23-yanvardagi va joriy yilning 8-sentabrdagi qoʻshma majlislarida taklif etilgan Vazirlar Mahkamasining harakat dasturini yanada aniqlashtirib, hozirgi talablardan kelib chiqqan holda, unga qoʻshimchalar kiritish lozim. Bu – kechiktirib boʻlmaydigan vazifadir. Umid qilamanki, bugungi majlisimizning ikkinchi qismida Bosh vazir lavozimiga koʻrsatiladigan yangi nomzod ushbu dasturning yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari va ustuvor vazifalari toʻgʻrisida axborot beradi. Bu borada asosiy diqqat-e’tiborni quyidagi strategik yoʻnalishlarga qaratish maqsadga muvofiq boʻladi, deb oʻylayman. Birinchidan, iqtisodiyotimizda yuqori oʻsish sur’atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutamizni yanada mustahkamlashni ta’minlash. Ikkinchidan, mamlakatimiz hududlarini, ya’ni shahar, tuman va mahallalarni, ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tuman va shaharlarni kompleks va jadal rivojlantirish. Uchinchidan, aholining real daromadlarini, turmush darajasi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish. Hukumat va shaxsan uning yangi rahbariyati faoliyati samarasini biz aynan shu mezonlar asosida baholashimiz zarur. Shu maqsadda yaqin kunlarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunday oʻzgartirishlardan asosiy maqsad – toʻplangan tajriba asosida va mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha oldimizda turgan keng koʻlamli yangi vazifalarga muvofiq, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining eng optimal va samarali tizimini ishlab chiqishdan iborat. Ana shu tizim markazida nafaqat iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini, balki, eng avvalo, hududlarni kompleks rivojlantirish va mamlakatimiz barcha fuqarolarining hayotiy manfaatlarini ta’minlashga va ularning daromadlarini koʻpaytirishga doir istiqboldagi muhim vazifalar turishi kerak. Oldimizda markaziy boshqaruv organlari – Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, bojxona tizimi va boshqa idoralar faoliyatini tubdan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi ham turibdi. Mamlakatimiz bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham dolzarb masala boʻlib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda. Shuning uchun biz bugungi yigʻilishimizga barcha yirik tijorat banklari rahbarlarini ham taklif etganmiz. Ularning bosh vazifasi – bundan keyin oʻz ish uslublarini tubdan oʻzgartirib, fuqarolarimiz va tadbirkorlarning haqiqiy ishonchini qozonishga va ularga haqiqiy koʻmakdosh boʻlishga erishishdan iborat. Shu bois davlat banklari oldiga quyidagi vazifalar qoʻyilmoqda. Ular har bir oila bilan muloqot tashkil qilish orqali fuqarolarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak. Shu maqsadda tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari, oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak va madad berishni zimmasiga oladi. Loʻnda qilib aytadigan boʻlsak, banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka oʻrgatishi va shunga yetaklashi lozim boʻladi. Shunda odamlar bogʻdorchilik, chorvachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat koʻrsatish, servis va boshqa sohalarda tadbirkorlik bilan shugʻullanib, kichkina boʻlsa ham oʻzining korxonasini tashkil etib, qonuniy asosda daromad topadi, oʻzini ham, oilasini ham moliyaviy jihatdan mustahkamlab, mahallamiz, tumanimiz va shahrimiz, viloyatimiz va mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshadi. Bu siyosatning asosiy maqsadi shundan iboratki, biz har bir fuqaro oʻzining kuch va imkoniyati, qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun keng sharoit va imkoniyat yaratib berishimiz kerak. Mana, 2016-yil yakuniga yetishiga ham 15 kun vaqt qoldi. Biz yilni muvaffaqiyatli yakunlash, belgilangan maqsadlarga erishish, yangi – 2017-yilda mamlakatimiz barqaror rivojlanishi va jadal oʻsish sur’atlarini ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratish maqsadida barcha vositalarni safarbar etishimiz lozim. Vazirlar Mahkamasi rahbariyatidan bu vazifalarni har tomonlama puxta bajarishni va kelgusi yil yanvar oyida oʻtkaziladigan Hukumat majlisida bu haqda batafsil hisobot berishni soʻrayman. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Mamlakatimiz Asosiy qonunining 78-moddasiga muvofiq, mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirishni ta’minlashda muhim oʻrin va javobgarlik Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga yuklangan. Buning uchun uchta vazifani amalga oshirish zarur. Birinchi vazifa – 2016-yil 7-dekabrdagi tantanali majlisda belgilab berilgan topshiriqlarning aniq bajarilishini ta’minlash kerak. Xabaringiz bor, men Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bagʻishlab oʻtkazilgan oʻsha yigʻilishda deputatlar va senatorlarga bir taklif bilan murojaat qilgan edim. Ya’ni, parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni oʻrganib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etishni taklif etgan edim. Buning uchun har qaysi viloyatdan saylangan Oliy Majlis deputatlari va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda boʻlib, hokimiyat idoralari, prokuratura va ichki ishlar boʻlimining faoliyatini puxta oʻrganib, tahlil qilishi hamda tegishli xulosa berishlari lozim boʻladi. Shu asosda hurmatli Spiker va Senat Raisi joylarda oʻzlari bosh boʻlib, mahalliy kengashlarda ana shunday muhokamalar oʻtkazish tizimi joriy etilsa, bu ishlar ertaga albatta oʻzining ijobiy samarasini beradi. Ikkinchi vazifa – «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi qonunning amaldagi ijrosini barcha sohalarda monitoring qilish, shuningdek, bu borada xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va joriy etish zarur. Shuning uchun kecha Oliy Majlis Senati yigʻilishida muhim bir masala muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi. Ma’lumki, mamlakatimizning chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijda respublikamizning iqtisodiy imkoniyatlarini keng targʻib qilish orqali uning xalqaro nufuzini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish, turizm sohasini yanada rivojlantirish iqtisodiy sohadagi ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Shu bois Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat idoralarining bu yoʻnalishlardagi faoliyati ustidan samarali parlament nazorati tizimini yaratish maqsadida Senat raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi va bundan buyon Senatning tegishli qoʻmitasi faoliyati tubdan takomillashtiriladi. Uchinchi vazifaning ahamiyati va muhimligini alohida ta’kidlamoqchiman – qonun talablarini bajarmaslik bilan bogʻliq har bir holat yuzasidan aniq huquqiy ta’sir choralarini koʻrish kerak. Joylardagi davlat hokimiyati organlari – barcha darajadagi hokimliklar, xalq deputatlari kengashlari faoliyatini takomillashtirishni davom ettirishimiz zarur. Shuning uchun Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari kengashlari ishini tashkil etish tajribasi joriy etilishi maqsadga muvofiq boʻladi. Ularning asosiy maqsadi va vazifasi – aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda boʻlish, fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlarini nafaqat oʻrganish, balki ularni ta’minlashdan iborat. Mavjud muammolarni amalda hal etish, shuningdek, aholi uchun erkin mehnat qilish, mazmunli dam olish va munosib turmush darajasini ta’minlash boʻyicha har tomonlama qulay sharoitlar yaratish lozim. Aynan ana shu mezonlardan kelib chiqib, mahalliy hokimiyat organlarining mamlakatimiz Konstitutsiyasining 100- va 101-moddalari talablarini bajarish boʻyicha faoliyati samaradorligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin va zarur. Shuning uchun ham 2017-yil yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganini alohida ta’kidlab aytmoqchiman. Hammamiz yaxshi tushunamizki, oldimizda turgan keng koʻlamli vazifalarni bajarish uchun kadrlar bilan ishlashning butun tizimini takomillashtirishga doir bir qator ishlarni albatta amalga oshirimiz kerak. Hozirgi vaqtda davlat va hokimiyat idoralarida koʻp hollarda kadrlar salohiyatidan foydalanish, ularning vazifa va vakolatlari taqsimoti oqilona va samarali yoʻlga qoʻyilmagani sezilmoqda. Eng yomoni, bu holat ishimizga xalaqit bermoqda. Bir idorani qarasangiz, yuzlab odam nomiga ishlab oʻtiribdi. Boshqa idorani qarasangiz, ish koʻp, vazifa koʻp, lekin ishlaydigan odam, kadr yetishmaydi. Bunday notoʻgʻri ish taqsimotiga mutlaqo chek qoʻyishning vaqti yetdi. Har bir davlat xizmatchisi oʻzining burchi va majburiyatini aniq-ravshan bilishi, sodda qilib aytganda, oʻz aravasini oʻzi tortishi lozim. Bu – zamon talabi. Oldimizga qoʻygan maqsad-muddaolarga yetish uchun bu ishlarni oʻzimiz qilmasak, boshqa hech kim bizga chetdan kelib qilib bermaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kadrlarning amaliy zaxirasini shakllantirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim masalalarini oʻz ichiga oladigan maqsadli dasturni ishlab chiqish vaqti keldi, deb oʻylayman. Asosiy vazifa – bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta oʻylangan, har tomonlama toʻgʻri qarorlar qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat. Bu borada hududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va shaharlari hokimliklari uchun malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Buning uchun oliy ta’lim muassasalari tizimi bilan birga, mamlakatimizdagi 6 ta akademiya, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi kabi tashkilotlarning ilmiy-amaliy salohiyati va imkoniyatlarini yanada faol safarbar etish darkor. Shu oʻrinda aytish kerakki, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi oʻziga yuklatilgan vazifani mutlaqo uddalamayapti, desak, toʻgʻri boʻladi. Shuning uchun ushbu akademiyani ham, uning ish uslubini ham tubdan oʻzgartirish va rahbar kadrlarini qayta koʻrib chiqish lozim. Ayni vaqtda mahalliy hokimliklarning vazifa va vakolatlarini ham takomillashtirish talab etilmoqda. Hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonunlar ijrosini ta’minlash, joylardagi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish borasidagi rolini hisobga olib, bugungi kunda mahalliy hokimliklarga qoʻshimcha vakolatlar berish borasida tegishli takliflar tayyorlanmoqda. Hurmatli doʻstlar! Davlatimizning tashqi siyosat sohasidagi yondashuv va pozitsiyasi Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan ma’ruzada atroflicha bayon etilgani sizlarga yaxshi ma’lum. Ana shu fikrlarga qoʻshimcha qilib aytmoqchimanki, biz jahondagi ilgʻor tajribalarni chuqur oʻrganish va amalda joriy etishni oldimizda turgan keng koʻlamli vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim shartlaridan biri, deb hisoblaymiz. Biz oʻzaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish asosida xorijiy davlatlar, eng avvalo, qoʻshni davlatlar, shu bilan birga, xalqaro institutlar bilan yaqindan hamkorlik qilishni bugungi kun talablari darajasida tashkil etamiz. O‘zbekistonda oʻzini ishonchli sherik sifatida koʻrsatgan ishbilarmonlar bilan hamkorlik munosabatlari albatta davom ettiriladi. Bu borada yangitdan tashkil etilgan Senat qoʻmitasidan zimmasiga yuklangan vazifalarni izchil amalga oshirish talab etiladi. Aziz va muhtaram yurtdoshlar! Hozirgi vaqtda oldimizda naqadar ulkan vazifalar turganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Biz Vatanimizning buyuk kelajagini siz, azizlar bilan, mard va olijanob xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, koʻzlagan maqsadlarimizga albatta erishamiz. Shu borada barchamizga Yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin! Barchangizga mustahkam sogʻliq, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha omon boʻlsin! E’tiboringiz uchun rahmat.
12Siyosat
Braziliyaning sobiq prezidenti politsiyaga taslim bo‘ldi Braziliya sobiq prezidenti Mishel Temer sudning uni hibsga qaytarish haqidagi qaroridan so‘ng politsiyaning San-Pauludagi shtab-kvartirasiga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Rio-de-Janeyro federal sudi 8-may kuni qator korrupsiyaviy mojarolar bo‘yicha tergovlar ketayotgani uchun Temerni hibsga qaytarish haqida qaror qabul qildi. U dastlab 21-mart kuni San-Pauluda hibsga olingan biroq oradan 4 kun o‘tib qo‘yib yuborilgan edi. Hozirda Temer politsiyaning kelgusi taqdiri bilan bog‘liq qarorini kutmoqda.
2Dunyo
Biznes va boshqaruv oliy maktabi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi Muhokama uchun e'lon qilingan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish hamda uni Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabi sifatida qayta nomlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin. Quyidagilar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi: korporativ boshqaruv, loyiha boshqaruvi, menejment, xususiylashtirish, baholash faoliyati, davlat-xususiy sheriklik, komplayens va audit sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash; xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning boshqaruv organlari a'zolari, xususan davlat ishtirokidagi korxonalar, korporativ boshqaruv sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, fond bozori, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, ichki nazorat, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat tahlili sohalarida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qilishni amalga oshirish; aholining keng qatlami uchun ularning korporativ boshqaruv, minoritar aksionerlar huquqlarini himoya qilish, fond bozori sohalarida huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan imtiyozli shartlarda qisqa muddatli trening kurslarni tashkil etish; kuzatuv kengashlarining mustaqil a'zolari va korporativ boshqaruv bo‘yicha mutaxassislarning reyestrini yuritish va ushbu sohada maqsadli kurslarni tashkil etish; korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etishda uslubiy ta'minlash, shuningdek, ushbu sohada rahbar kadrlarni xalqaro talablar va standartlarga muvofiq ravishda tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilg‘or mamlakatlar, shu jumladan Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya tajribasini joriy etish; Oliy maktabni xalqaro miqyosda tan olingan 200 ta jahonning eng nufuzli biznes maktablari reytingiga kiritish choralarini ko‘rish; biznes va korporativ boshqaruv sohasidagi biznes maktablarining xalqaro reytinglarini olish uchun yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish; davlat-xususiy sheriklik asosida “ikki diplom” (double degree) qo‘shma dasturlarini amalga oshirish va IELTS, TOEIC, TOEFL va GMAT talablarini hisobga olgan holda ularga nomzodlarni saralashni yuqori darajada tashkil qilish. Oliy maktabga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda: magistrlarni tayyorlashning Davlat ta'lim standartlari talablariga muvofiq professional boshqaruv kadrlari (menejyerlari) uchun xalqaro miqyosda tan olingan biznes-ta'lim dasturlari asosida o‘quv rejalari, dasturlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablarini tasdiqlash; jahondagi ta'lim faoliyatiga doir eng namunali amaliyot va mehnat bozorining real talablarini hisobga olgan holda normativ va qisqartirilgan muddatlarda, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda magistraturada o‘qishni tashkil etish, shuningdek, Oliy maktab dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun nomzodlarni tanlab olish mezonlarini belgilash; Oliy maktab professor-o‘qituvchilari faoliyatining turlari bo‘yicha vaqt me'yorlarini, shuningdek, ular uchun cheklangan o‘quv yuklamasini belgilash; Oliy maktab va uning filiallari tuzilmasi, shtatlar jadvali, xodimlari va jalb etiladigan konsultantlar (ekspertlar) mehnatiga, shu jumladan, soatbay haq to‘lash miqdori va tizimini belgilash huquqi beriladi. Oliy maktabga: a) pulli asosda: zamonaviy standartlar va korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, shuningdek seminar, trening va forumlarni, shu jumladan xalqaro miqyosda tashkil etishni o‘z ichiga olgan konsalting xizmatlarini; xalqaro ilg‘or tajribalarni umumlashtirish asosida tegishli tavsiyalar berish bilan tashkilotlarda korporativ boshqaruv va menejment tizimlari diagnostika qilish bo‘yicha xizmatlarini; menejment tizimini takomillashtirish maqsadida qo‘llanmalar va ichki korporativ hujjatlar namunalarini ishlab chiqishga; b) Oliy maktab professor-o‘qituvchilari tarkibiga xorijiy yetakchi oliy o‘quv yurtlarining yuqori malakali o‘qituvchilarini jalb qilishga ruxsat beriladi.
8O‘zbekiston
«Xastimom majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil qilamiz» - Prezident Prezident Olmazor tumanidagi Imom Termiziy jome' masjidida bo‘ldi.  «Buyuk bobolarimiz tafakkuri mahsuli bo‘lgan tarix, adabiyot, san'at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, me'morlik, din va boshqa sohalarga oid minglab noyob qo‘lyozmalar bizning bebaho boyligimizdir. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.  Islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshimiz Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda», deyilgan O‘zA xabarida.  «Biz baxtiyor avlodmiz, baxtli xalqmiz, chunki shunday buyuk ajdodlarning vorisimiz. Xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan ishlarimiz bilan ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lishimiz kerak. Bu barchamizdan yuksak mas'uliyat talab qiladi», degan prezident.   Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan suhbatda dunyoning turli hududlarida islom dinini niqob qilib olgan kimsalar qanchadan-qancha begunoh odamlarning umriga zomin bo‘layotganini, bunday qabih harakatlar muqaddas dinimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini, farzandlarimizni ana shunday yovuz niyatli kuchlar, ekstremistik g‘oyalar ta'siridan asrab-avaylashimiz zarurligini qayd etdi.  «Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil qilamiz. Yurtdoshlarimiz, mamlakatimizga keladigan mehmonlar bu yerda buyuk allomalarimizning bebaho merosi namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim», degan Shavkat Mirziyoyev.  Prezident mutasaddilarga masjidni rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
8O‘zbekiston
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya termasi BAA klubini mag‘lub etdi Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining “Ajman” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. BAA Pro-ligasi vakiliga qarshi kechgan ushbu nazorat uchrashuvi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning har ikki taymida O‘zbekiston olimpiyachilari murabbiylar shtabi ikki xil tarkibni maydonda sinab ko‘rdi. Birinchi bo‘limda harakat qilganlardan Jamshid Iskanderov, Doston Hamdamov hamda Eldor Shomurodov o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishni uddaladi va taym 3:0 hisobida o‘zbekistonliklar foydasiga yakun topdi. Ikkinchi bo‘limda ham O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yana bir golni nishonlashga erishdi. O‘yindagi so‘nggi golni Javohir Rasulov 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalalga oshirgan holda kiritdi – 4:0. Nazorat uchrashuvi Gollar: J. Iskaderov, D. Hamdamov, E. Shomurodov, J. Rasulov.
13Sport
Xitoy viloyati milliarderlar soni bo‘yicha Kaliforniyani ta'qib qilmoqda Xitoyning Chjetszyan viloyati milliarderlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali. Hurun Report oylik jurnali ma'lumotlariga ko‘ra, Chjetszyanning 72 nafar fuqarosi kamida bir milliard dollar boylikka ega. Shunday qilib, ushbu viloyat va uning poytaxti Xanchjou shahri milliarderlar soni bo‘yicha AQShning Kaliforniya shtatiga imkoniyatni boy bermoqda.  Xabarlarga binoan, Chjetszyanda Xitoy aholisining 5 foizi va mamlakatdagi badavlat insonlarning 15 foizi istiqomat qiladi.  Masalan, Xanchjouning mashhur fuqarolaridan biri, xitoylik milliarder, Alibaba internet-giganti asoschisi Jyek Madir. Tadbirkorning ta'kidlashicha, viloyat tadbirkorlari o‘z muvaffaqiyatlari bilan mintaqaning boy madaniy merosi hamda qulay jug‘rofiy joylashuvi oldida qarzdordir.  Chjetszyan shuningdek, Neyl Shen (Sequoia Capital China), Din Ley (NetEase), Frenk Van (DJI), Li KuFu (Geely Auto Group) kabi boylarning ham vatanidir.
2Dunyo
Qashqadaryoda urush faxriylariga mashina olish uchun sertifikatlar topshirildi Qashqadaryoda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, yoshlar Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriylari xonadonida bo‘lib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatmoqda, ko‘ngillarini ko‘tarib, uy yumushlariga ko‘maklashmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA. O‘zbekiston Prezidentining 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z uy-joyiga ega bo‘lmaganlarga turar joy ajratish kabi ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillarni bir martalik navbatsiz sotib olish va ularga bepul texnik xizmat ko‘rsatish uchun imtiyozli sertifikatlar tantanali ravishda topshirilmoqda. Bunday tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda. Urush yillarida viloyatimizdan 47 mingdan ortiq fuqaro, jumladan, 96 xotin-qiz janggohlarda ishtirok etgan. Ularning yarmidan ko‘pi ortga qaytmagan. Ayni paytda viloyatda 120 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hayot. Ularga doimiy ravishda tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Nogironlik aravachasi va boshqa zarur vositalar ajratilib, sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda. Yanvar Inoyatov, “Nuroniy” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
8O‘zbekiston
Elektr energiya tizimining ertasi qanday? Yoqilg‘i-energetika kompleksi O‘zbekiston iqtisodiyoti tarkibidagi yetakchi tarmoqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Eskirgan texnologiyalar va sohada energiya tejovchi amaliy mexanizmlarning yo‘qligi nafaqat sanoatning o‘sishini, balki respublikaga kiruvchi investitsiyalar oqimini ham to‘xtatib turibdi. 2017 yilning noyabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumat majlisida ko‘plab jiddiy kamchiliklar to‘planib qolgan, doimiy oshib borayotgan qarzdorlikka olib keluvchi, energetika resurslarini yetkazib berishda tizimli uzilishlar va soha korxonalaridagi og‘ir moliyaviy vaziyatni yuzaga keltirgan mamlakatni elektr va gaz bilan ta'minlovchi korxonalar faoliyatini nazorat qiluvchi hamda hisobga oluvchi samarali tizimning yo‘qligiga ishora qilgan edi. O‘zbekistonda aksariyat energetika resurslari bizga tabiat tomonidan in'om etilgan, deb hisoblashga o‘rganib qolgan - bu esa o‘z-o‘zidan fuqarolarni elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovdan ozod qiladi. To‘lovga layoqatsizlikning boshqa bir tomoni - davlat energetika kompaniyalari foydasiga tariflarning to‘xtovsiz o‘sishiga doir tezis. So‘nggi bir necha yilda respublikadagi energiya tashuvchilarning ichki narxi muntazam ravishda oshib borgan, biroq kichik taqqoslov keltirishga jazm qildik. Xususan, bugunga kelib mamlakat aholisi uchun elektr energiya tariflari - o‘rtacha 0,03 dollar 1/kVts atrofida. Taqqoslash uchun – 2017 yilning birinchi yarim yilligida 1/kVts elektr energiya narxi Germaniyada - 0,3 dollar, Turkiyada - 0,13 dollar, Rossiyada - 0,05 dollar va Belarusda 0,06 dollarni tashkil qildi. Tabiiy gaz narxi bo‘yicha ham xuddi shunday vaziyat. Shunday ekan, O‘zbekistondagi elektr energiya resurslari bahosi avvalgidek ancha past. Energetika narxining ayniqsa Yevropa mamlakatlarida balandligi bu mamlakat hukumat va iste'molchilarini energiya tejovchi mexanizmlarni faol tatbiq qilishga majbur qiladi. Masalan, 2009 yilda Buyuk Britaniyada cho‘g‘lanma lampalardan foydalanishga taqiqlov kuchga kirdi. Ta'kidlash joizki, mazkur tashabbus aholi orasida norozilik kayfiyatini keltirib chiqarmadi, holbuki fluorossent lampa narxi oddiy lampadan deyarli 10 baravar yuqori. 2009-2017 yillarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida elektr energiya iste'mol darajasini oshiruvchi maishiy texnika sotuvlarini qisqartirishga oid dastur amalga oshirildi. 1992 yildan boshlab AQShda elektr energiya kam iste'mol qiluvchi maishiy texnika sotuvlarini ko‘zda tutuvchi Energy Star dasturi amaldadir. Elektr energiya resurslari bahosi ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bunday tashabbuslar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ongli ravishda elektr energiya tejovchi texnologiyalarni tanlashga asoslangan yangi iste'molchi madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bizning jamiyatimizda elektr energiya iste'moli madaniyati endigina shakllanmoqda, ba'zi holatlarda esa umuman yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, undirilgan qarz hajmi taxminan 5,4 trillion so‘mni tashkil qildi. Ekspertlarning tahlili to‘lovga layoqatsiz kishilarning aksariyati oddiy fuqarolar ekanini ko‘rsatmoqda. Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va byuro elektr energiya iste'molini yashirish va noto‘g‘ri hisoblash holatlarini qayd etmoqda, oddiy fuqarolar magistral elektr tarmoqlari va gaz quvurlariga noqonuniy ulanishda davom etishmoqda. So‘nggi bir yarim yilda "O‘zbekenergo" va "O‘ztransgaz" korxonalarining 700 ga yaqin xodimi, shuningdek Adliya vazirligining sobiq Sud departamentining 40 nafar xodimi qonunbuzarlik sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. Umuman olganda, amaldagi elektr energiya tariflari O‘zbekistonda elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazib berish va taqsimlash bilan bog‘liq amaldagi barcha xarajatlarni qoplash imkonini beradi. Biroq joriy narxlar sohaning uzoq muddatli xarajatlarini qoplamaydi, bu esa 10 milliard dollarga baholanuvchi uzoq muddatli istiqbolli elektr energiya investitsion ehtiyojlarini ta'minlash uchun zarur. Shu bois elektr energiya resurslarini hisobga olish, taqsimlash va to‘lov kiritish muammosi, shuningdek bu jarayonlar nazoratini keng qamrovli - boshqaruv islohotlari, energiya tejovchi texnologiyalarni tatbiq qilish, jamiyatda oqilona iste'molchilik dasturini qabul qilish orqali hal qilish kerak. Ekspert, Dilshod Akmalov
4Iqtisodiyot
Jismoniy shaхslar nima uchun va qanday qilib oʻz STIR rekvizitlarini kuzatib borishlari lozim 1 sentyabrga kelib korхona va tashkilotlarning kadrlar boʻyicha хizmatlari amaldagi mehnat shartnomalarini Yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT) roʻyхatdan oʻtkazishni yakunladilar. Ushbu tajribadan kelgusida koʻp foyda koʻrish mumkin. Misol uchun, sizning STIRni olaylik. Uning rekvizitlariga lozim darajada e’tibor qaratilmasa, u eng noqulay paytda nafaqat siz uchun, balki ish beruvchingiz uchun ham bosh ogʻrigʻiga aylanishi mumkin. Bu haqda batafsil – buxgalter.uz sharhida. «Norma» kompaniyasining kadrlar boʻyicha katta inspektori, kadrlar ishini yuritish sohasi eksperti Valeriya LYaNDRES shaхsiy tajribasi bilan oʻrtoqlashdi: – Xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini YaMMTda roʻyхatdan oʻtkazib boʻldim. Ikki marta, bu esa men roʻyхatdan oʻtkazgan shartnomalar umumiy miqdorining taхminan 1%ini tashkil etadi, pasport ma’lumotlari va JShShIRni kiritish chogʻida dastur «KOD: 108. Foydalanuvchi «soliq.uz» tizimida topilmadi» deb javob berdi. Buning sababini surishtirib, shuni aniqladim: ushbu хato хodimning STIR rekvizitlarida eski pasport ma’lumotlari yoki oldingi propiska qilingan joyi qayd etilganini anglatar ekan. Ushbu muammoni hal qilmay turib хodimning mehnat shartnomasini YaMMTda roʻyхatdan oʻtkazishning iloji yoʻq. Birinchi holatda Mirzo Ulugʻbek tuman DSI bilan bogʻlandik. U yerdagilar muammoimizni tez anglab, uni hal qilishda yordam berdilar. Soliq organlari хodimi faqatgina хodimning pasporti va STIRi fotosuratini Telegram-kanal orqali joʻnatishni soʻradi. Uning oʻzi aхborotni tekshirib, yangi pasport ma’lumotlariga koʻra хodim DSIda qayd etilmaganini bildirdi. Ehtimol pasportini «tuman IIB»dagi emas, balki «shahar IIB»dagi propiska qilingan joyidan olmagandir. Soliq organi хodimlari 20 daqiqa ichida STIR rekvizitlariga kerakli oʻzgartirishlarni kiritdilar. Shundan soʻng хodimning mehnat shartnomasini YaMMTda roʻyхatdan oʻtkazdik. Ikkinchi holatda хodima propiska qilingan joydagi Yunusobod tuman DSIga murojaat qildik. U yerdagilar u DSIga shaхsan kelishini talab qildilar. DSIga kelganda хodima 2004 yilda STIRni olgan paytdan  buyon yashash joyini oʻzgartirgani va ikki marta pasportini almashtirganini tekshirdilar. Soliq organlari хodimlari boshqa joyga koʻchganda manzili oʻzgargani haqida soliq organlarini хabardor qilishi kerak boʻlganini aytib, unga tanbeh berdilar. Yunusobod DSI nomuvofiqlik sabablarini aniqlash va bartaraf etish uchun bu хodimani STIR rasmiylashtirilgan joydagi Angren DSIga yoʻlladi. Xodima soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali Angren DSIga vaziyatni bayon etgan holda soʻrovnoma yubordi, u yerdan mazkur masalalar faqat haqiqatda propiska qilingan joyda hal qilinadi, degan rasmiy javobni oldi. Bunday holatdan chiqish uchun DSQga yordam soʻrab murojaat qilmagunimizcha masala hal etilmadi. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
10Qonunchilik
O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish yoshi uzaytirildi “Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qo‘shimchalarga muvofiq, nogironlik pensiyalari Chernobil AESdagi avariya oqibatida III guruh nogironi bo‘lgan shaxslarga ham to‘lanadi. Ilgari faqat I va II guruh nogironlariga to‘lanishi belgilangandi. Oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari (bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar) yoshi 18 yoshgacha etib belgilandi. Ilgari 16 yoshgacha edi.  O‘quvchilar va talabalar o‘qishi davomida, 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 18 yoshgacha edi. Bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri 6 yil etib belgilandi. Ilgari jami 3 yildan ko‘p bo‘lmagan davr kiritilgan.
8O‘zbekiston
14-fevral kuni O‘zbekistonda o‘zgaruvchan ob-havo kutilmoqda Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-6, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi, deb yozadi O‘zA. Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 3-8, Ustyurt bo‘ylab kechasi 13-18, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi. Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha, shiddat bilan 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda yanvar-iyul oylarida 48,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.  Amalga oshirilgan qurilish ishlari mulkchilik shakli, davlat va nodavlat bo‘lgan korxona va tashkilotlar tarkibi bo‘yicha bo‘linadi.  2020 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 39,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 mingtaga oshdi.  Jami qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili bu bino va inshootlar qurish ishlarining o‘tgan yilga nisbatan 11,0 foizga (jami qurilishdagi ulushi 58,0 foiz), fuqarolik obektlarini qurish 29,8 foizga (jami qurilishdagi ulushi 9,6 foiz), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining 30,5 foizga (jami qurilishdagi ulushi 32,4 foiz) o‘sishidir.  Joriy yilning yanvar-iyul oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 13,3 trln so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2019 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 24,5 foizga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 4,1 foiz punktga ko‘payib, 27,3 foizni tashkil etdi.
8O‘zbekiston
“O‘ztadbirkoreksport” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida “O‘ztadbirkoreksport” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini yanada oshirish, uning barqaror moliyaviy va iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirish, buning asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, dehqon va fermer xo‘jaliklariga ularning mahsulotlarini eksport qilishda samarali yordam ko‘rsatishni ta’minlash, respublika hududlarida eksport faoliyatiga yangi ishtirokchilarni jalb etish, shuningdek, mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining xorijda “O‘ztadbirkoreksport” AJning keng joylashishini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, chet el hamkorlari sonini kengaytirish, “O‘ztadbirkoreksport” AJ nomini aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidagi “O‘ztreyd” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasiga (keyingi o‘rinlarda “O‘ztreyd” AJ) o‘zgartirish yo‘li orqali tashqi bozorlarda ishonchli va barqaror kompaniya imidjini shakllantirish taklifiga rozilik berilsin. 2. “O‘ztreyd” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga tashqi bozorlardagi talab va taklifni tizimli o‘rganish va buning asosida tayyor raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishga buyurtmalarni joylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklarining mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha yangi bozorlarni izlash va o‘zlashtirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda zamonaviy ishlab chiqarishlar, issiqxonalar, muzlatish kameralari, keyinchalik ularni eksport qilish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash, qadoqlash va qayta ishlash bo‘yicha quvvatlarni tashkil etish; eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni sertifikatlash, reklama tadbirlarini o‘tkazish, ularning xalqaro yarmarkalar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishini tashkillashtirish, mahsulotlarni eksport qilishda axborot va konsultativ qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha dehqon va fermer xo‘jaliklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan yordam ko‘rsatilishini ta’minlash; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari buyurtmalariga ko‘ra respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallarni belgilangan tartibda yetkazib berishni amalga oshirish. 3. “O‘ztreyd” AJning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 39 nafardan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. “O‘ztreyd” AJ va mazkur qarorning 2-ilovasiga* muvofiq uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga o‘z mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni amalga oshirayotgan, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilayotgan korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari joriy etilsin. 5. “O‘ztreyd” AJga: oziq-ovqat uni va bug‘doyni konsignatsiya shartlarida, oziq-ovqat bug‘doyidan foydalanishning tasdiqlangan balansi hajmlari doirasida “O‘ztreyd” AJning xorijdagi savdo uylari manziliga tushirish; istisno tariqasida, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari mahsulotlarini bank kafolatlari yoki siyosiy va tijorat xavflaridan eksport shartnomalarini sug‘urtalash polislarini taqdim etmasdan, respublika tashkilotlarining umumlashtirilgan ulushi bilan bir qatorda, savdo uyining ustav fondidagi “O‘ztreyd” AJning 51 foizdan kam bo‘lmagan ulushini hisobga olgan holda konsignatsiya shartlarida eksport qilinadigan mahsulotlarni savdo uylari manzillariga tushirishga ruxsat etilsin. 6. “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki va Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga “O‘ztreyd” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga aylanma mablag‘larni shakllantirish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik tadbirkorlik subyektlarining eksportoldi moliyalashtirilishini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit liniyalarini ajratish tavsiya etilsin. 7. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va budjetga bo‘lgan to‘lovlar intizomini mustahkamlash respublika komissiyasi (R.S. Azimov) qayta tashkil etilayotgan “O‘zmarkazimpeks” AJ va “O‘zinterimpeks” AJ tashqi savdo kompaniyalarining imkonsiz debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish bo‘yicha takliflarni bir oy muddatda ko‘rib chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi: ikki oy muddatda ularning aktivlarini keyinchalik “O‘ztreyd” AJning ustav fondini shakllantirish uchun o‘tkazgan holda “O‘zmarkazimpeks” AJ va “O‘zinterimpeks” AJ tashqi savdo kompaniyalarini qayta tashkil etish jarayonlarini belgilangan tartibda yakunlasin; belgilangan tartibda “O‘ztadbirkoreksport” ITSKni tugatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin; Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. “Eso Natural Samarqand” MChJ 2. “Eso Natural Qashqadaryo” MChJ 3. “Sevaz Androniks” MChJ 4. “Inter Agro Fresh Parkent” MChJ 5. “Inter Agro Frozen Kokand” MChJ 6. “Inter Textile Mills” MChJ 7. “Pastdargom Tikuvchi” MChJ 8. “Andijon To’quvchi” MChJ 9. “Oqdaryo Mevalari” MChJ 10. “Kitob Mevalari” MChJ 11. “Inter Garden Kokand” MChJ 12. “Inter Grape” MChJ 13. “Parkent Packing” MChJ 14. “Milk foods” MChJ 15. “Inter milk” MChJ 16. “Markaz Invest” MChJ 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-iyuldagi “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-1581-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “O‘ztadbirkoreksport” AJ” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari tegishincha “O‘ztreyd” AJ” va “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1604-son qarorining 7 va 8-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ustav kapitali hajmini oshirish uchun qo‘shimcha badallar kirituvchi Jamg‘arma ta’sischilari ro‘yxatining 5-bandidagi “O‘ztadbirkoreksport” AJ” so‘zlari “O‘ztreyd” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2515-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-2463-son qarori rus tilidagi matnida: a) 2-bandda: ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “o reorganizatsii vneshnetorgovix kompaniy AO “Uzmarkazimpeks” i AO “Uzintreimpeks”, sozdav na ix baze AO “Uztadbirkoreksport”, s vozlojeniyem na nego funksii po okazaniyu sodeystviya subyektam malogo biznesa i chastnogo predprinimatelstva, a takje dexkanskim i fermerskim xozyaystvam v realizatsii ix produksii na eksport”; quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “o likvidatsii SVTK OOO “Uztadbirkoreksport””; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; b) 3-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Uztadbirkoreksport” so‘zi “Uztreyd” so‘zi bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshida: “AO “Uztadbirkoreksport” so‘zlari “AO “Uztreyd” so‘zlari bilan almashtirilsin; “SVTK OOO “Uztadbirkoreksport” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 4-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; g) 5-bandidan “AO “Uztadbirkoreksport” i” so‘zlari chiqarib tashlansin; d) 7-bandidan “AO “Uztadbirkoreksport” i” so‘zlari chiqarib tashlansin; e) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10Qonunchilik
Qarshi va Shahrisabz shaharlarida O‘zbekistonning yetakchi OTMlari filiallari ochiladi Qarshi va Shahrisabz shaharlarida Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tayanib, O‘zA xabar berdi. Xabarda qayd etilishicha, 2019/2020-o‘quv yilidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshidagi filiali, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabzdagi filiallari talabalarni o‘qitishni boshlaydi.
8O‘zbekiston
Tanzila Narbaeva Rossiya Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisiga “Do`stlik” ordenini topshirdi 2021 yil 26 noyabr kuni MDH PA 53-yalpi majlisi doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi V. Matvienkoga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev nomidan “Do`stlik” ordenini topshirdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi.  Prezident Sh.Mirziyoevning Farmoniga muvofiq O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi do`stlik, strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yo`lida faol sa`y-harakatlari va shaxsiy hissasi, ikki davlat o`rtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishni har tomonlama qo`llab-quvvatlagani, O`zbekiston-Rossiya ko`p qirrali hamkorlik, shu jumladan, mintaqalararo hamkorlik va ikki tomonlama madaniy-gumanitar almashinuv salohiyatini to`liq ochib berishga qaratilgan dastur va loyihalarni samarali amalga oshirishga ko`maklashgani uchun  Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Ivanovna Matvienko “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
12Siyosat
Rossiya uyali aloqa operatorlari ishonchsiz sim-kartalar egalarini tekshira boshlashdi Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurituvchi uyali aloqa operatorlari "Aloqa to‘g‘risida"gi federal qonunga tuzatish kiritishga kirishishdi, o‘zgarishlar shaxsi tasdiqlanmagan ishonchsiz abonentlarni aloqa xizmatlaridan uzishga taalluqli ekani aytilmoqda. Mazkur talab 2018 yilning 1 iyunidan kuchga kira boshlaydi. Bunda qonun nafaqat yangi kelishuvlarga, balki avval tuzilgan bitimlarga ham tegishli bo‘ladi.  «VimpelKom» («Bilayn» brendi ostida ishlaydi) matbuot kotibi Anna Aybashevaning RBKga ma'lum qilishicha, kompaniya o‘z mijozlari shaxsini tasdiqlash uchun yetarlicha vaqt berish va aloqa uzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida abonent bazasini oldindan tekshira boshlagan.  "Biz qonun talablarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida maxsus ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha mijozlar bitimlarining qo‘shimcha tahlilini o‘tkazdik. Shubha tug‘ilgan shartnomalar bo‘yicha abonentlarga qo‘ng‘iroq qilib, ofisga kelib, pasport ma'lumotlariga tuzatishlar kiritishni taklif qila boshlaymiz", - deydi Aybasheva. Uning aniqlik kiritishicha, operator mijozlar ma'lumotlarini tasdiqlash uchun davlat axborot tizimlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. MTS matbuot xizmati vakili Aleksey Merkutov ham kompaniya 1 iyundan qonun talablariga muvofiq faoliyat yuritish uchun choralar ko‘rayotganini ma'lum qildi. "Bu mavjud billing ustida qo‘shimcha ishlashni talab qiladi, bu muayyan xarajatlar bilan bog‘liq bo‘ladi, biroq yangi ma'lumotlar bazasini yaratishga hojat yo‘q", - deydi u. Bundan tashqari, operatorlar sim-kartalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi vositachilar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yishmoqchi va ularning noqonuniy sotilishiga qarshi kurashishmoqchi.
2Dunyo
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Gretsiyaga foiz bo‘yicha qarzini uzishi uchun 2040-yilgacha muddat berishni taklif qildi Xalqaro valyuta jamg‘armasi Gretsiyaning Yevrozonadagi kreditorlariga qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash muddatini 2040-yilga qadar surishni taklif qildi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda. Jamg‘arma rasmiylari Gretsiya 2080-yilgacha qarzni to‘liq uzish imkoniyatini berish lozim deb hisoblamoqda. Shuningdek, tashkilot kreditlar stavkasini 30–40 yilga 1,5 foiz qilib belgilab qo‘yishni maqsadga muvofiq deb sanamoqda. Taklif qilinayotgan choralar inobatga olinsa, Gretsiya har yili to‘laydigan pul YaIMning 15 foizidan oshmaydi. Yevrozona hukumatlari, birinchi navbatda Germaniya rahbariyati mazkur tashabbusga qarshi chiqmoqda. Gretsiya shu paytga qadar Yevropa davlatlaridan moliyaviy yordam rejasi asosida 200 milliard yevro oldi. Oxirgi kredit paketi yana 60 milliard yevroning taqdim etilishini ko‘zda tutadi.
2Dunyo
Telegram’da yangi botlar, iOS xabar tarjimasida yangi tillar, JavaScript’dan foydalanish va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi Telegram jamoasi ilovaning yangi versiyasini taqdim qildi. Shaxsiy bildirishnoma ohanglarini o‘rnatish Endi Telegram’da maxsus tovushlarni yaratish mumkin. Buni qisqa audiofayl yoki ovozli xabar bilan qilsa bo‘ladi. Bildirishnomalar ovozini ma’lum muddatga o‘chirish Oldin Telegram’da bildirishnomalardan tanaffus qilish uchun chatlarni vaqtincha o‘chirib qo‘yish mumkin edi, masalan, 8 soatga yoki 2 kunga.  Endi bildirishnomalarni ma’lum bir muddat, masalan, tushlik yoki ta’til vaqtida to‘xtatib qo‘yish mumkin. Avtomatik o‘chirish menyusi Suhbatni maxfiyroq yoki tushunarliroq qilish uchun har qanday chatda avtomatik o‘chirishni yoqish mumkin. Endi 2 kun, 3 hafta, 4 oy va boshqa istalgan vaqtga xabarlarni o‘chirish muddatini belgilash mumkin. Botlardagi o‘zgarishlar Telegram’da 2015-yildan beri millionlab odamlar fayllarni almashish, onlayn xarid qilish va soliqlarni to‘lash uchun botlardan foydalanishadi. Telegram botlari uzluksiz avtorizatsiyani, 15 ta to‘lov provayderlari (Google Pay va Apple Pay bilan birga) orqali to‘lovlarni qayta ishlashni, fikr-mulohazalarni yig‘ishni, foydalanuvchilarga bildirishnomalarni yetkazib berishni va boshqa ko‘p vazifalarni bajaradi. JavaScript Hozirda bot yaratuvchilariga mashhur dasturlash tillaridan biri bo‘lgan JavaScript bilan cheksiz moslashuvchan interfeyslarni yaratish imkoniyati berildi. Bu bilan Telegram botlari har qanday veb-sayt o‘rnini bosa olishi mumkin. Bot sozlamalari Telegram botlari qo‘shimcha funksiyalar qo‘shish, jarayonlarni avtomatlashtirish, chat boshqaruvi kabi vazifalarni ham hal qila oladi. Endi bot profilidan shaxsiy guruhlar yoki kanallarga botlarni qo‘shish va ularni sozlash mumkin. iOS tizimida xabarlar tarjimasi iOS qurilmalarida tarjima funksiyasi yangilandi. Hozir iOS ham Android ilovasi bilan bir xil tillardan tarjima qila oladi, masalan, ukrain tilidan. Yangi animatsiyalar Sozlamalardagi telefon raqamni o‘zgartirish interfeysi yangilandi — yangi animatsion o‘rdaklar qo‘shildi.
14Texnologiya
Jinoyat kodeksida jazo sanksiyasini oshirish ma'qullandi Senatning 19-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Qonuni ma'qullandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.  Qonun bilan kodekslarga uchta yo‘nalishdagi tuzatishlar nazarda tutilmoqda. Bular: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida 2016 yilda 4102ta, 2017 yilda 5245ta yoki 2016 yilga nisbatan 47 foizga o‘sish va 2018 yilda 6043ta yoki 2017 yilga nisbatan 15 foizga ortiq huquqbuzarliklar sodir etilgani qayd etilgan. «Hozirda ko‘rib chiqayotgan o‘zgartishlar hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan jinoyatlar va Ma'muriy javobgarlik kodeksida ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun javobgarlikni oshirish yo‘li bilan jinoyat va huquqbuzarliklar oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan», - deydi senator Shuhrat Cho‘lliyev. Unga ko‘ra, kodeks ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan normalar bilan mustahkamlanmoqda.  Ma'lumot uchun, ov qilish va baliq ovlash yoxud o‘simliklarning dori-darmon va oziq-ovqat maqsadlarida foydalaniladigan turlarini yig‘ish yoki tayyorlash tartibini buzish ifodalangan jinoyatlar uchun 2016 yilda 10, 2017 yilda 4 va 2018 yilda 11 nafar fuqaro jinoiy javobgarlikka tortilgan. «Huquqni qo‘llash amaliyoti tahliliga asosan, hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun jinoiy jazo choralari yetarli emas va bu holatni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartishlar belgilangan jazolarning sanksiyasini oshirishni nazarda tutmoqda», - deydi senator Shuhrat Cho‘lliyev.
8O‘zbekiston
“Bizga boshidan ‘kitob’ yoziladigan konkurs kerak emas”. Jahongir Otajonov “The cover up” loyihasi haqida keskin gapirdi (video) Xonanda Jahongir Otajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Suhbat davomida xonanda “The cover up” loyihasi haqidagi haqiqatlarni gapirdi. ‘The cover up’ loyihasining 2-mavsumidan ko‘nglim to‘lmadi. Chunki bir qizning bahosini past qo‘ygandim. Qanday qilib bo‘lsa-da bu qizni qaytarishdi. Boshidan shunaqa ‘kitob’ yozilgan. Bizga boshidan ‘kitob’ yoziladigan konkurs kerak emas. Bugun davlat rahbarimiz bizni ishlashga chaqiryapti. Chunki yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirish kerak. Yo‘qotish oson, qayta bunyod qilish uchun avlodlar qancha aziyat chekadi. Har bir kasb egasi sidqidildan xizmat qilmasa xalqning ishonchini oqlay olmaydi. Shuning uchun ham to‘g‘ri xizmat qilish kerak, to‘g‘ri gapirish kerak. Xalqni alday olmaysiz. Hamma mehnatiga yarasha haqqini olyapti. Sizga ham manga ham pul to‘lashadi. Xudo xohlasa siz bilan yana 20 yildan keyin suhbatlashadigan bo‘lsak men yutib chiqaman. Chunki men o‘zimga to‘g‘riman. Kimki noto‘g‘ri bo‘lsa u baribir yutqizadi. Hozirdan ularga aytaman, haliyam kech emas, sizlarning ichingizni faqat Yaratgan biladi, faqatgina u yashira oladi. Ertaga bizning oldimizda sharmanda bo‘lmanglar. Jahongir Otajonov, xonanda Jahongir Otajonovning fikricha “loyihada hakamlik qilayotgan xonandaga bu ishtirokchi loyihadan chiqib ketishi kerak”, degan gapni aytishi kerak emas. Bunday gap hakamni chalg‘itib, noxolislikni yuzaga keltirishi mumkin ekan. Alisher Uzoqov meni hurmat qiladi, buni his qilgan holda men ham uni hurmat qilaman. Loyihada Alisher yonimga kelib ‘Jahongir aka mana shu ishtirokchilar chiqib ketishi kerak’ dedi. U aytgan ishtirokchilar yaxshi bo‘lgandir, balki ularga yo‘llangan sms ovozlar chindan kamdir, bilmadim, ammo buni hay’at a’zosiga aytish kerak emas edi. Bu hay’at a’zosini psixologik tomondan adashtiradi. Menga o‘xshab to‘g‘ri baholashga harakat qiladigan odam qo‘shiqni har tomonlama o‘rganadi. Chunki qo‘shiq faqat ovoz bilan aytilmaydi. Uning juda ham ko‘p nozik tomonlari bor. Qo‘shiqdagi nafaqat so‘zning har bir harfning o‘z yuki bor. Bu narsalarni Alisher ham, The cover up’ni o‘ylagan odam ham bilmaydi. O‘sha kuni ‘Arvachi’ qo‘shig‘ini aytgan bola yoki Mushtariy ismli qiz chiqib ketishini aytishdi. Men u qizni Alisher aytgani uchun chiqarmadim. U qiz bilan ishlagan muzikant bolalar yaxshi chalishardi. Ularni yaxshi tanirdim. Bu bolalar bilan o‘zim ham ishlaganman. Ammo men bahoni Mushtariyning o‘ziga qo‘ygan edim. Mushtariyga ikki bahoni qo‘yganimning o‘zi xato. Unga ball qo‘yish kerak emas edi. Men hech qachon hech kimga baland bal qo‘ymayman. Agarda Zo‘r TV’ning rahbari kelib mana bunga baland baho qo‘y desa, ‘marhamat o‘zingiz o‘tiring’, derdim. Xullas bu qiz yana qaytib kelibdi. 3-mavsumga meni chaqirishmadi, chaqirishsa ham bormasdim. Bilasizmi ular hatto hay’at a’zolarini tanlay olishmaydi. Bu borada ularning ilmi yo‘q, yana musiqaning cover versiyasi bilan shug‘ullanishyapti. Cover – bu ma’lum bir xit darajadagi qo‘shiqning boshqacha ‘oranjirovka’da ijro etilishi. Qo‘shiq o‘zgarmaydi, faqat ‘oranjirovka’si o‘zgaradi. Mushtariy aytgan cover cover emas, bu umuman yangi ashula. Qo‘shiq boshqa musiqa bilan aytilgan. She’r meniki emas, u xohlaganiday aytishga haqli. Xullas bu cover versiya emas edi. Shuning uchun ham ball qo‘ya olmadim. ‘The cover up’ loyihasidagi hay’at a’zolaridan biri ‘vistupleniya’ qani deb so‘rayapti. Muzikantning bunaqa savol berishga haqqi yo‘q. Men tushunmadim, cover versiyada ‘vistupleniya’ kerak degan joyi yo‘q. O‘qimaganda, shuning uchun ham shunaqa deyishdi. Chetdan kuzatib turib kulgim keldi, to‘g‘risi. Loyihada Kamron Otajonov, mening jiyanim ham qatnashdi. To‘g‘risi u bilan aloqalarimiz yaxshi emas. U bilan urushganimdan keyin u menda boshqa soz chalmay ketgan. Lekin musiqachi sifatida men uni muhofaza qilishim kerak. U juda yaxshi muzikant. Kerak bo‘lsa hammani ‘o‘qitadi’. Men o‘qimaganman. Musiqa internatidan 7-sinfda haydalganman. Lekin musiqada o‘zimni bilimim, kitobim bor. O‘zimni fikrim bor. O‘zimga kerakli narsani internetdan o‘qib olaman. Xudoga shukur musiqachilar fikrimni eshitishadi. Kamronga ham aytdim, ‘nima uchun fikrlaringni aytmaysan, gapira olmasang, xaraktering bo‘lmasa qanday san’atkor bo‘lmoqchisan’, dedim. Odam birinchi o‘rinda bo‘lishi uchun uning xarakteri bo‘lishi kerak. Jahongir Otajonov, xonanda
7Madaniyat
Aktyorlarning ruhiyatini sindirishiga oz qolgan mashhur rollar (foto) AdMe aktyorlar orasidan ma’lum bir rolga o‘ta berilib ketgan o‘z ishining ishqibozlarini qidirib topdi. Ushbu rollar ular uchun ruhiy muammolarni keltirib chiqarishgacha borgan. Aktyor o‘zi o‘ynagan obrazning nosog‘lom hayot tarziga sho‘ng‘ib ketgan. Dahshatli filmni suratga olish chog‘ida aktrisa, o‘z so‘zlariga ko‘ra, “narigi dunyo”dan xabarlar olgan. Sakkiz oylik suratga olish ishlaridan so‘ng, multfilm obrazlari aktyorni “ta’qib qila boshlagan”. Aktyor qahramonning dunyosiga shunchalik chuqur kirib ketganki, oxir-oqibat, tinchlantiruvchi va uxlatuvchi, keyinroq og‘riq qoldiruvchi dorilar ichishiga to‘g‘ri kelgan. O‘limidan keyin esa ushbu roli uchun “Oskar” bilan taqdirlandi. Roliga kirishish uchun aktyor mol-mulkidan voz kechgan, yaqinlari bilan aloqalarini uzgan, hatto, ovqat yemay qo‘ygan. Aktrisa ushbu roli uchun uzun sochlarini oldirib tashlagan, 15—20 kunda 10 kilogrammga ozgan, bularning barchasi uning ruhiy salomatligiga ham ta’sir qilgan.
3Foto
Erdo‘g‘on: Turkiya muhojirlarni qabul qilishga 25 mlrd dollar sarfladi Turkiya muhojirlarni qabul qilishga davlat budjetidan 12 milliard dollar, jamoat tashkilotlari ko‘rsatgan yordam ham inobatga olinsa, jami 25 milliard dollar sarfladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”. Erdo‘g‘on G20 sammiti yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu bilan bog‘liq ravishda Suriyada xavfsizlik zonasini tashkil etish masalasini ko‘tardi. “Suriya shimolida xavfsizlik zonasining tashkil etilishi muhojirlar muammosini hal qilishga yordam beradi. Biz bu haqda ilgari ham aytganmiz va bugun sammit ishtirokchilariga yana bir bor takrorladik. Hech kim qarshi fikr aytmadi, lekin hech bir mamlakat bu yo‘nalishda konkret qadamlar ham tashlamadi”, — dedi u. Erdo‘g‘onning fikricha, G‘arb davlatlarining muhojirlar masalasidagi nuqtai nazari uyatlidir: “Ular muhojirlar mavzusidagi imtihonni topshira olmadi. Bizda 3 million suriyalik va iroqlik yashaydi. Biz ularga 12 milliard dollar, jamoat tashkilotlari yordami inobatga olinsa, 25 milliard dollar sarfladik. G‘arbning umumiy yordam miqdori esa 1,3 milliard dollarni tashkil etdi”.
2Dunyo
Italiya Kubogi. Final ostonasida to‘qnash kelgan Milan va Rim jamoalari g‘olibni aniqlay olmadi Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining yarim finalidan joy olgan “Milan” va “Latsio” klublari o‘rtasidagi bellashuvda hisob ochilmadi. Yarim finalning birinchi juftligida “Yuventus” “Atalanta” mehmoni bo‘lib, Gonsalo Iguainning yagona goli sabab zafar quchgandi — 1:0. Javob o‘yinlarining har ikkisi ham 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Italiya Kubogi Yarim final 31-yanvar, chorshanba
13Sport
Zimbabvening birinchi raqamli xonimi o‘zini prezidentdek his qilishini aytdi Zimbabvening birinchi raqamli xonimi Greys Mugabe hukumatdagi yuqori lavozimlarga da'vogarlik qilishiga hojat yo‘q, deb hisoblaydi. Zero u shundoq ham eri bilan birga davlat boshqaruviga oid masalalarni hal qiladi. U Mashonalend uest provinsiyasi ayollar ligasi bilan bo‘lgan uchrashuvda shu haqida ma'lum qildi.  "Men prezidentning turmush o‘rtog‘iman, demak davlat rahbariman. Barcha ishlarni o‘zim rejalashtiraman va prezident bilan birga amalga oshiraman, bundan ortiq yana nima kerak?!", - deya birinchi xonimning so‘zlarini keltiradi News Day. 51 yoshli Greys Mugabe hukmron ZANU-PF ayollar ligasini boshqarib keladi. So‘nggi paytlarda uning vitse-prezident bo‘lish istagida ekanligiga doir xabarlar paydo bo‘ldi. OAVga ko‘ra, shundan keyin u 92 yoshli eri Robert Mugabening o‘rnini egallashi mumkin. Kuzatuvchilar Greys va birinchi vitse-prezident Emmerson Mnangagvuni dunyoning eng keksa davlat rahbari o‘rniga asosiy nomzod deb hisoblashmoqda.  Mugabening o‘zi hukmron partiyada kelgusi prezident nomzodligi uchun kurash ketayotganligidan xabardor. "Mening o‘limimni kutayotgan va nima uchun hali-hanuz tirikligim ekanligimga ajablanadigan odamlar bor ekanligini yaxshi bilaman. Parvardigor meni hali chaqirmagan bo‘lsa, nima uchun o‘lishim kerak ekan?", - deydi prezident.  Prezident o‘z lavozimini tark etadigan vaqt kelganda bu ishni munosib amalga oshirishini ta'kidladi. Biroq Janubiy Afrika yetakchisi tafsilotlarga berilmadi.  Zibmabveni 1980 yildan buyon boshqarib kelayotgan Mugabe bir necha marotaba davlatni 100 yoshgacha boshqarish niyati borligini bildirgan. Konstitutsiya unga yana bir muddatga saylanish huquqini beradi, shunday bo‘lgan taqdirda, u 2018 yilda prezident lavozimiga qayta saylanib, Zibmabveni 99 yoshgacha boshqarishi mumkin.
2Dunyo
Shuhrat Qayumovning o‘limi haqida asossiz ma’lumot tarqatganlarga hamkasblari tomonidan raddiya berildi (video) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 22-sentabr kuni olamdan o‘tdi. Oliy toifali suxandonlar Surayyo Ablakulova hamda Namuna Zohirova Shuhrat Qayumovning o‘limi bilan bog‘liq asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni iltimos qildi. Suxandonlar bu haqda YouTube’dagi YashinTV’ga bergan xotira intervyusida ma’lum qildi. Kechadan boshlab internetda juda ham ko‘p, har xil ma’lumotlar berilyapti. Hozir ham bir joyda intervyu berib keldik, o‘sha yerda ham iltimos qildim. Yana bir bor iltimos qilmoqchiman: iltimos, bilmasanglar, noto‘g‘ri ma’lumot bermanglar. Kelinglar, ijodlari haqida, o‘zlari haqida ko‘proq gapiraylik, chunki har xil noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu turli gap-so‘zlarni ko‘paytiradi. Duo qilaylik, bu insonning ibratli fazilatlari haqida ko‘proq gapirsak yaxshi bo‘lardi. O‘pkasi kasal edi, unday edi, bunday edi degan gaplar asossiz. Surayyo Ablakulova, oliy toifali suxandon Oliy toifali suxandon Namuna Zohirova ham Shuhrat Qayumovning vafoti haqida uning oilasi, ayoli gapirgani ma’qulligini ta’kidladi: “Bu haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lgan oilasi, turmush o‘rtog‘i gapirgani maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Hozircha faqatgina ularning haqqiga duoda bo‘laylik”.
7Madaniyat
Neymar ma`lum vaqt davomida yura olmaydi Shifokor Rodrigo Lasmar Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning holati haqida xabar berib o`tdi, deya yozadi Uff.uz sayti. “Afsuski, Neymar Jahon chempionatida boshqa o`ynay olmaydi. Jarohat operasiya talab qilmaydi. Ammo Neymar umurtqa pog`onasi tiklanishi uchun ma`lum vaqt yura olmaydi”, - deydi Lasmar. Eslatib o`tamiz, Neymar Kolumbiyaga qarshi o`yinning 88-daqiqasida umurtqa pog`onasidan jarohat oldi. Uni 6 hafta davomida maydonga tusholmasligi aytilmoqda.
13Sport
Ishdan olingan Surxondaryo hokimi, hibsxonada vafot etgan sobiq bozorqo‘m, Anqara va Istanbulda yutqazgan Erdo‘g‘an hamda kunning boshqa xabarlari Yakunlanib borayotgan 2 aprel, seshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.   O‘zbekiston xabarlari  ·       Manba: Surxondaryo viloyati hokimi ishdan olindi ·       Ekspert Prakash Kejrival AQSh o‘zbek paxtasiga taqiqlovni bekor qilishi bo‘yicha izoh berdi ·       Gulnora Karimovaning advokati u hozir qayerdaligini ma'lum qildi ·       IIV genom ma'lumotlarning milliy bazasini yaratishni taklif etmoqda ·       O‘zbekiston Rossiya bilan o‘nta Mi-35M vertolyoti bo‘yicha shartnoma imzolagan   Iqtisodiyot  ·       Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistonga neft yetkazib berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi ·       O‘zbekiston 2030 yilgacha 25ta quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda ·       Ekspert O‘zbekiston iqtisodiyotining dollarlashuvi xatarlari haqida gapirdi ·       O‘zbekiston elektr energiyasi yetishmovchiligi tufayli har yili 6 mlrd dollar yo‘qotmoqda   Jamiyat  ·       Adliya vazirligi Toshkent propiskasi shartlarini qat'iylashtirishni taklif etmoqda ·       «Bek To‘pi»ning sobiq rahbari hibsxonada vafot etdi ·       Toshkent viloyatida fotoradarga tushuvchilar o‘rtasida yetakchilik poytaxt haydovchilarida ·       Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlangan mol-mulklarning elektron ma'lumotlar banki shakllantiriladi   Reportajlar, surishtiruvlar, intervyular  ·       Surxondaryoda aholi noroziliklari. «Sel ishi» doirasidagi 2 milliard mablag‘ qayerga yo‘qolgan? ·       «Ko‘rinmas qalpoqchali hokimiyat vakili». O‘rikzor bozoridagi voqeadan keyingi hangomalar ·       Kechlikka mog‘orlagan non. «O‘zneftgazquduqta'mirlash» ishchilari og‘ir sharoitlarda ishlab, oylik olishmayapti ·       OAV OAK haqida yozmoqda. Sohada islohotlar davom ettiriladimi? ·       Qumqo‘rg‘on tuman hokimining raddiyasi asoslimi?   Jahon xabarlari ·       Erdo‘g‘an Anqara va Istanbulni «boy berdi». Turkiyadagi mahalliy saylovlar natijalari nimani anglatadi? ·       G7 davlatlari Ukrainadagi saylovlarni baholadi ·       Bloomberg reytingi: Alisher Usmonov 16,3 mlrd dollar bilan 70-o‘rinni egalladi ·       AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqchi ·       Buyuk Britaniya Brexit sababli 114 milliard dollar yo‘qotdi   Qiziqarli xabarlar  ·       BMT sayyora aholisi sonini ma'lum qildi ·       Bloomberg versiyasiga ko‘ra dunyodagi top-10 milliarder ·       Dunyoning piyoda o‘tish uchun eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ma'lum qilindi ·       Urushlar va ixtiloflarga sabab bo‘layotgan bahsli hududlar   Sport xabarlari ·       Kelishilgan o‘yinlar mojarosi — O‘FA nimani yashirmoqda? ·       Boks terma jamoasining Osiyo chempionati uchun tarkibi ma'lum. Meliqo‘ziyev va Latipov tarkibdan chetda qoldi ·       2018 yilda eng ko‘p daromad olgan futbolchilar reytingi e'lon qilindi ·       «Atletiko» prezidenti: «Ming foizga aniq – Grizmann safimizda qoladi»
8O‘zbekiston
Shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarorida nimalar ko‘zda tutilgan? 14 yanvar kuni «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori e'lon qilingandi. Qaror ijrosi uchun mas'ul hisoblangan bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha mazkur prezident qarori asosida amalga oshiriladigan ishlar xususida Kun.uz'ga ma'lumot berdi. Prezident qarorida shaxmatni 2025 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Agar bu vazifalar amalga oshirilsa, mamlakatda shaxmat bilan bog‘liq vaziyat mutlaqo yangicha tus oladi. FIDE'da yuqori o‘nlikka kirish vazifasi qo‘yilgan Hozirda O‘zbekiston Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida 162 davlat ichida 32-o‘rinni egallab turibdi. Qarorga ko‘ra, bu reytingda 2025 yilda yuqori o‘nlikka kirish vazifasi qo‘yilgan. Ayni damda mamlakatda xalqaro grossmeysterlar soni 22 nafarni tashkil etadi. 3 154 kishi shaxmat bilan professional darajada shug‘ullanadi va ulardan 580 nafari ayollar. 14 ta tuman va shaharda shaxmat qo‘shimcha sport turi sifatida rivojlantiriladi 2025 yilga qadar mamlakat aholisining 3 foizi shaxmat bilan muntazam shug‘ullanishiga erishish ko‘zda tutilmoqda. Shaxmat maktablari va klublari faoliyatiga ko‘mak berish maqsadida Shaxmat klublari assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida shaxmat bo‘yicha ta'lim yo‘nalishi ochiladi. Shuningdek, Shaxmatni ommaviylashtirish va rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Respublikadagi 150 ta maktab shaxmatga ixtisoslashtiriladi va o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan holda shaxmatga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, 1 000 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabida jismoniy tarbiya fani doirasida 18 soat shaxmat darslari joriy etiladi. Umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sinf toifasidan kelib chiqib (1-4 sinf, 5-9 sinf, 10-11 sinf) o‘quvchilar o‘rtasida tuman/shahar, viloyat va respublika darajasida turnirlar tashkil etilib, yaxshi natijalarni ko‘rsatgan qatnashchilarning xalqaro turnirlardagi ishtiroki ta'minlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, maktab o‘quvchilari va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari o‘rtasida har yili shaxmat bo‘yicha respublika birinchiligini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda bittadan – jami 14 ta tuman/shaharda shaxmat qo‘shimcha sport turi sifatida rivojlantiriladi. Shaxmat yo‘nalishida o‘qiydigan talabalar Xalqaro shaxmat akademiyasida amaliyot o‘taydi Qaror ijrosida oliy ta'lim muassasalarida shaxmat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning Xalqaro shaxmat akademiyasida amaliyot o‘tashini tashkil etish rejalashtirilgan. Iqtidorli kadrlarni saralab olish jarayonini qulaylashtirish maqsadida shaxmat bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar, talabalar, o‘qituvchilar va murabbiylarning yagona elektron bazasi yaratiladi. Bundan tashqari, 2021 yil 1 maygacha uzchess.uz – shaxmat bo‘yicha musobaqalar va turnirlarni onlayn o‘tkazish platformasi ishga tushiriladi. Rustam Qosimjonov xalqaro turniri tashkil etiladi Shaxmatga qiziqishni oshirish maqsadida xalqaro darajadagi musobaqalarni tashkillashtirish ham ko‘zda tutilgan. Xususan, shaxmat bo‘yicha XVII Jahon chempioni Rustam Qosimjonov xalqaro turnirini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Unda dunyoning yuqori reytingli shaxmatchilari ishtiroki ta'minlanadi. Shu jumladan, Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri, o‘zbekistonlik birinchi xalqaro grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir ham o‘tkaziladi. Shuningdek, Samarqand va Xiva shaharlarida ham xalqaro darajadagi musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Har yili an'anaviy tarzda tuman/shahar rahbarlari, viloyat rahbarlarining kubogini o‘tkazish orqali shaxmatchilar zaxirasi shakllantiriladi. Shaxmat bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari pul mukofoti oladi Har yili imkoniyati cheklangan shaxmatchilar orasida O‘zbekiston birinchiligi uchun alohida musobaqalar tashkil etiladi, bu sportchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratiladi. Shaxmat bo‘yicha respublika hamda xalqaro musobaqalar va olimpiadalar g‘oliblari, xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi, xalqaro unvonlarga ega bo‘lgan murabbiy [yoki hakam] unvonini qo‘lga kiritgan shaxmatchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Iste'dodli shaxmatchilar Xalqaro shaxmat akademiyasiga tavsiya qilinadi Mahalla bolalari o‘rtasida har yili yozgi ta'til kunlarida «Mahalla kubogi» respublika musobaqasi tashkil etiladi. Unda yaxshi natija ko‘rsatgan shaxmatchilarni kelajakda imkoniyatlarini rivojlantirish uchun Xalqaro shaxmat akademiyasiga tavsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Oilalarning jamoaviy tarzda ishtirok etishini ko‘zda tutuvchi «Shaxmatchi oila» turnirlari mahallalar doirasida tashkil etiladi. Bundan tashqari, shaxmatga bo‘lgan ishtiyoqni vizual muhit orqali kuchaytirish ham rejalashtirilgan. Buning uchun xiyobonlar va saylgohlar hududlarida katta shaxmat maydonchalarini barpo etish, shaxmat donalarini turli animatsion qahramonlar ko‘rinishida tasvirlash takliflari ilgari surilmoqda.
8O‘zbekiston
Fotojamlanma: Toshkentda birinchi qor Bugun 1 dekabr kuni 2017 yilning so‘nggi oyi, qishning esa, ilk kuni kirib keldi. Kuz faslida yer xazon bilan o‘ransa, qishda qor yerga yopinchiq bo‘ladi. Qor ham o‘z fursatini kutib turgandek qishning ilk kunida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida o‘z "taft"ini namoyon qildi.  KUN.UZ fotomuxbiri kech bo‘lishiga qaramay, Toshkentning turli nuqtalaridan ajoyib manzaralarni suratga oldi va quyida e'tiboringizga ilk qor manzaralarini havola etadi.
8O‘zbekiston
Markaziy Osiyo energetika bozorlariga biznes jalb etiladi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda MOMIH (Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi) va mintaqa davlatlari energetika vazirlarining sentabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston Respublikasining energetika sohasidagi o‘zgarishlarga alohida e'tibor qaratayotgani va bu jarayonda faol ishtirok etayotgani, buning yorqin misoli sifatida joriy yilning 20-21 sentyabrida O‘zbekiston poytaxtida MOMIH mamlakatlari energetika vazirlari muloqoti va MOMIH Energetika investitsion forumi o‘tkazilayotgani ta'kidlab o‘tildi. Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) dasturi Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning tashabbusi bilan 1997 yilda ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda MOMIHda mintaqaning 11 mamlakati - O‘zbekiston, Xitoy, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘iliston, Tojikiston, Afg‘oniston (2005 yildan beri), Pokiston, Turkmaniston (2010 yildan boshlab) va Gruziya (2016 yildan boshlab), shuningdek, xalqaro donor tashkilotlar: OTB, Jahon banki, YeTTB, XVF, BMT Taraqqiyot dasturi, Islom taraqqiyot banki ishtirok etmoqda. Shu munosabat bilan birinchi marta o‘tkazilayotgan MOMIH energetika vazirlarining mintaqaviy muloqoti o‘zida mamlakatlar va kompaniyalarni birlashtirgani hamda ushbu hududning energetik xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilish bilan muhim ahamiyatga ega. Ishonchli elektr ta'minoti aholi farovonligi uchun zarur bo‘lish bilan birga, zamonaviy iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Va ushbu maqsadga erishish MOMIH energetika vazirlarining umumiy vazifasi hisoblanadi. Sentabr forumi doirasida energetika sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish uchun mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan. Tadbir mavzusi bo‘yicha Xalqaro energetika agentligi (XEA), Xalqaro energetika kengashi, dunyoning yetakchi kompaniyalari rahbarlarining chiqishlari rejalashtirilgan. Hukumatlararo muloqotning birinchi kunida energetika vazirlarining deklaratsiyasini qabul qilish va imzolash kutilmoqda. Kunning ikkinchi yarmida Energetika investitsion forumi (EIF) o‘z ishini boshlaydi. Mutaxassislar unda biznesni energetika, xususan, Markaziy Osiyo energetika bozorlariga jalb etish masalalarini muhokama etadilar. O‘zbekiston energetika sohasida tizimli islohotlar davom etmoqda. Bu 2030 yil uchun yangi mintaqaviy energetika strategiyasini ishlab chiqish jarayonida MOMIH energetika siyosatining rivojlanishi bilan hamohangdir. Shu munosabat bilan, EIF-2019 investorlarga o‘tish davridagi tez o‘zgaruvchan shart-sharoitlarga  moslashishga yordam beradi, hukumatlar, investorlar va kelgusi avlod tadbirkorlarining biznes loyihalarini rag‘batlantiradi. Forum doirasida shuningdek, OTB MOMIH birinchi startaplar tanlovini taqdim etadi. Tanlangan finalchilar o‘z biznes g‘oyalarini TedTalk formatida namoyish etishadi va g‘oliblar tomoshabinlarning ovozlari soni bilan aniqlanadi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi IHTning yangi bosh kotibiga nomzodlar ko‘rib chiqiladigan sessiyada ishtirok etadi 2016 yilning 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Makka shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan. Majlisda ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan IHT yangi Bosh kotibi nomzodini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. "O‘zbekiston delegatsiyasining Makka shahriga tashrifi doirasida IHT Bosh kotibiyatida hamda boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekistonning tashkilot TIVKdagi raisligining ustuvor maqsadlarini amalga oshirish jarayoni hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi", — deyilgan xabarda. Alyansning sobiq Bosh kotibi Iyad Madaniy Misr prezidenti haqida aytgan latifasidan so‘ng 1 noyabr kuni iste'fo bergandi. Saudiya Arabistoni qirollikning ijtimoiy masalalar bo‘yicha vaziri Yusuf Bin Ahmad al-Usaymin nomzodini alyans bosh kotibligiga ilgari surmoqda. Ma'lumot uchun, IHT 1969 yilning sentabrida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda Islom birdamligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. 2011 yilga qadar u Islom anjumani tashkiloti deb atalgan. Bugungi kunda IHTga a'zo mamlakatlar soni 57taga yetgan.
8O‘zbekiston
“Bolam orqamda qolsin”: xasta o‘g‘lining dardida kuygan ona iltijosi Inson uchun bolasining baxtli va salomat yashashidan ortiq xursandchilik bera oladigan nima bor? Toshkentlik Arofat aya shunday baxti kulgan ayollardan biri edi. Ammo hozir bunday emas. Ayaning 36 yoshli navqiron o‘g‘li Saidkamol Tolipov og‘ir dardga chalinishi oilaning kulfatiga aylandi. Ikkala buyragi qurigan bemor o‘g‘lini olib yaqinlarining ko‘magida Hindistonga ketgan ona o‘zi donor bo‘lishni niyat qilgan edi. Ammo musofir yurtda ular boshqa kutilmagan holatga duch kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bemorning onasi Arofat Tolipovada qandli diabet kasalligi borligi sabab uni donorlik uchun qabul qilishmagan. Xorijdagi tibbiyot muassasasida gemodializ muolajalarini olayotgan Saidkamolga endi turmush o‘rtog‘i donor bo‘lmoqchi. “O‘zimdayam qandli diabet bor edi, lekin boshlang‘ich jarayoni bo‘lgani uchun donorlikka ma’qul topishgandi. Afsuski, bu yerga kelganimizda qonimda qand miqdori juda baland chiqdi. Tahlillar uchun ham ancha mablag‘ sarfladik. Endi kelinim donor bo‘lish uchun Hindistonga kelyapti. Shu shaharga umid bilan kelgandik, ammo operatsiyaga mablag‘imiz yetarli emas. O‘g‘limning ikki farzandi bor. Ular uchun yashashi kerak, ishqilib orqamda qolsin” deya iltijo qiladi ona. Yigitning boshiga tushgan ko‘rgiliklar qanchalik og‘irligini his qilish uchun uning bir paytlar zabardast va baxtiyor qiyofasi aks etgan suratlarga boqish kifoya qiladi. U yana shunday hayotga qaytishi uchun yordam qo‘llarini cho‘zganlarga dard begona bo‘lsin! Saidkamol Tolipovga oid ma’lumotlar: O‘zkard: 8600 4929 8028 9348 otasi Saidmurod Talipovga tegishli
5Jamiyat
O‘qituvchilar attestatsiyasi: Mashmashaga aylangan e’tirozlar va rasmiylar javobi Mart-iyun oylarida 22 ta fan bo‘yicha o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun 280 ming nafardan ortiq o‘qituvchidan ariza kelib tushgan. Ko‘p sonli o‘qituvchi imtihon topshirayotgani uchun ham o‘qituvchilar o‘rtasida hozir kun mavzusi attestatsiyalar bo‘lib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarni kuzatib, attestatsiyani ma’qullaydiganlar va uni kerak emas deb hisoblovchi o‘qituvchilar borligini anglash mumkin. Muhokamalarda bildirilayotgan ayrim fikrlarni e’tiboringizga havola qilamiz: Attestatsiyaning sifati haqida salbiy fikrlardan tashqari, imtihondan o‘ta olmay asabiylashib, qon bosimi oshgan, stressga tushgan o‘qituvchilar haqida ham izohlar yozildi. Attestatsiya nega kerak o‘zi? Attestatsiya orqali o‘qituvchilar malaka toifasini (oliy, birinchi, ikkinchi darajali) olishi mumkin. Bir marta imtihondan o‘tib toifa olgan o‘qituvchi 5 yilgacha uni saqlab qoladi. Toifasiga qarab o‘qituvchilarning oyliklari ham farq qiladi. Oliy toifa o‘qituvchi birinchi toifaga qaraganda, birinchi toifa esa ikkinchi toifaga qaraganda ko‘proq maosh oladi. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning toifalari maktablar reytingini aniqlashda ham ahamiyatga ega. Ko‘rinib turibdiki, attestatsiyadan o‘tish o‘qituvchilarning oyligiga, qolaversa, maktabning reytingiga ta’sir qiladi. Shu sabablar uchun ham o‘qituvchilar attestatsiyani og‘riqli qabul qilayotgan bo‘lishi mumkin: imtihonni yaxshi topshira olmagan oliy toifali o‘qituvchi birinchi toifaliga aylansa, maoshi ham shunga muvofiq kamayadi. Qolaversa, mutaxassis darajasidagi o‘qituvchi attestatsiyadan o‘ta olmasa, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmagani sabab u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga ham haqli. O‘qituvchilar toifasi raqamlarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, maktablarda ishlayotgan 670 682 nafar o‘qituvchining 30 095 nafari oliy, 86 356 nafari birinchi, 150 643 nafari ikkinchi hamda 247 341 nafari mutaxassis toifasida. Foizda ko‘rsak, oliy toifalilar atigi 4,5 foiz, birinchi toifali o‘qituvchilar esa 12,9 foiz ekani anglashiladi. Ya’ni oliy va birinchi toifali o‘qituvchilarning umumiy ulushi 18 foizga ham yetmaydi. Attestatsiyada o‘qituvchi 100 ball to‘plashi kerak bo‘lib, uning 20 balli o‘qituvchining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligiga qarab maktab tomonidan qo‘yiladi. Qolgan 80 ball esa 40 ta testni ishlash orqali to‘planishi kerak. Har bir toifa uchun o‘tish ballari belgilangan, buni o‘qituvchilar yaxshi biladi. Attestatsiya kimlarga pulli? Attestatsiyadan o‘qituvchilar 5 yilda bir marta majburiy tarzda o‘tkaziladi, lekin o‘qituvchilar navbati kelishidan oldin ham attestatsiyadan o‘tishlari mumkin. Buning uchun ular 5 yil o‘tishini kutishi shart emas. Faqat to‘lovi bor – 1 BHM (270 ming so‘m) miqdorida. Murojaat my.gov.uz portali yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy sayti orqali murojaat qilinganda, yig‘im summasidan 10 foiz imtiyoz beriladi. To‘lanadigan mablag‘ning 50 foizi Ta’lim inspeksiyasiga o‘tkaziladi. Qayd etilishicha, bu mablag‘ malaka (test) sinovlari uchun test tuzadigan va ekspertizadan o‘tkazadigan ekspertlarga shartnoma asosida haq to‘lash, xalqaro ekspertlarni jalb qilish, sinovlarni tashkil qilishda pedagoglarga sharoit yaratish, yuqori tezlikdagi internetga ulanish, zarur jihoz va uskunalar xarid qilish va boshqa shu kabi maqsadlar uchun sarflanadi. Imtihondagi sharoitlar Attestatsiyaning ilk kunlarida o‘qituvchilarning ko‘chada sovuqda o‘tirib (mart oxiri yog‘ingarchiliklar hali butunlay tugamagani bois yerlar nam edi), navbatini kutayotgan surati tarqaldi. Ba’zi o‘qituvchilar belgilangan vaqtdan kechroq imtihonga kirgani haqida ham aytildi. Ta’lim inspeksiyasi izohiga ko‘ra, bu yil imtihonda qatnashayotgan o‘qituvchilar soni ko‘proq ekani sabab sinovlar uchun kattaroq binolar tayyorlangan. Hukumat tomonidan mahalliy hokimliklarga ushbu jarayonlarda zarur shart-sharoitlar yaratish, internet va elektr toki uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Har bir o‘qituvchiga testga kirish vaqtidan yarim soat oldin kelishi xabar qilingan. Bir guruhda birdaniga 100-200 kishi attestatsiyada qatnashsa, taxminan 200 kishi uchun kutish joylari tashkillashtirilgan. “Biroq ko‘pincha tushdan keyin testga kiradigan o‘qituvchilar o‘z navbatlaridan xabarlari bo‘lsa-da, boshqa hamkasblaridan testlar haqida taassurotlarini so‘rash, savollari haqida bilish uchun ertalab kelib olishmoqda. Hattoki, ayrim holatlarda attestatsiyaga o‘sha kuni kirmaydigan pedagoglar ham borib, testga kirib chiqqanlar bilan suhbatlashishmoqda. Bu vaziyatda kutish joyida emas, ko‘chada boshqa joyda o‘tirishni ma’qul ko‘rishmoqda. Tan olib aytish kerak: ayrim hududlarda elektr tokidagi uzilish yoki boshqa sabablar bilan pedagoglar belgilangan vaqtdan sal kechroq testga kirgan holatlar ham kuzatildi”, deya izoh berdi inspeksiya Kun.uz'ga. Savollar sifati haqida e’tirozlar Attestatsiya savollarining darslikdan tashqari manbalardan tushgani, asosan, yodlashga asoslangani haqida ham e’tirozlar bor. Bunga Ta’lim inspeksiyasi quyidagicha izoh berdi: “Nazorat savollari, asosan, darsliklarga emas, davlat ta’lim standartlariga suyangan holda pedagogning kompetentligini va pedagogik mahoratini ochib berishga qaratilgan. Test savollarini haqiqiy imtihon jarayonida ishlatish uchun, ekspertiza, aprobatsiya, validlik va ishonchlilik tahlillari kabi bir necha jarayonlardan o‘tkaziladi. Shu bilan birgalikda, alohida ta’kidlash lozimki, test savollarini shakllantirishda har bir fanga alohida yondashiladi. Chunki matematika fani uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy fanlardan farq qilishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda bu o‘rinda barcha fanlarni umumlashtirib, test jarayonlarida berilgan 40 ta savoldan aynan qanchadir qismi mantiqiy yoki nazariy savollarga ajratiladi, deyish biroz mushkul. Biroq bu o‘rinda nazariy savollar deganda bevosita yodlashga qaratilgan topshiriqlarni tushunmaslik lozim. Topshiriqlar, asosan, nazariy bilimlarning bevosita amaliyot yoki dars jarayonlariga tatbiq qilinishi bilan bog‘lanadi. O‘tgan yildan boshlab, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan barcha 33 ta umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yori) va baholash mezonlari e’lon qilindi. O‘qituvchilar ular bilan tanishishi mumkin. Bundan tashqari, har yili malaka (test) sinovlari oldidan haqiqiy imtihon holatiga yaqinlashtirilgan, test topshiriqlari formatiga mos tarzda namunaviy savollar orqali o‘z bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratilgan”. O‘qituvchilarning natijalari qanday? Hozir attestatsiya davom etayotgani uchun o‘qituvchilarning qanday ball olayotgani to‘la tahlil qilinmagan. Biroq taxminan 55 foiz o‘qituvchi ijobiy natijaga erishgan. 1 aprel kunigacha 73,9 ming o‘qituvchi attestatsiya topshirgan va 92ta holatda o‘qituvchilar qoida buzgani uchun dalolatnoma tuzib testdan chetlashtirilgan. Dalolatnoma tuzilgan o‘qituvchiga ball berilmaydi. Lekin keyingi sinovda qatnashishiga taqiq yo‘q. “Hafta og‘ir o‘tdi” Ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Rashid Tojiboyev Telegram-kanalida shunday yozadi: “Oldinlari oliy ma’lumotli o‘qituvchi oliy toifani olish uchun 13 yil kerak bo‘lgan bo‘lsa, hozirda kamida 1 yarim yil talab etiladi. Nafaqadagi, ko‘p yillik mehnat stajiga ega o‘qituvchilar, o‘quvchilari xalqaro olimpiadalar sovrindorlari, xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilarga imtiyozlar berilgan. Barcha fanlardan test formatlari (fan qamrovi, fan mazmuni, savollar turi, vaqt me’yorlari va baholash mezonlari) e’lon qilindi. Tayyorgarlik uchun namunaviy test savollari sinov rejimida joriy qilindi. Test savollari takomillashtirilib, o‘qituvchiga yangi bo‘lgan manbadan foydalanildi. Lekin baribir malaka sinovidan o‘ta olmagan o‘qituvchilarning e’tirozlari to‘xtamayapti. 14 martdan beri apellyatsiya komissiyasida ishlayotgan bo‘lsam, o‘qituvchilar tomonidan turli tahdidlar, tamagirlik holatlari, pora taklif qilishlar, so‘kish va qarg‘ishlar bo‘lmoqda. Test savollariga yangicha yondashilgani bois, darslikda isbotlab berish talab etilmoqda. Ta’lim inspeksiyasi saytidan shaxsiy nomerimni olib, ertalabgacha 30 martalab telefon qilish holatlari bo‘lmoqda. Barchasi bilan ZOOM orqali bog‘lanib, o‘zining savollar kitobi bilan tanishtirganimda, xatolarini ko‘rib birdan unsiz bo‘lib qolmoqda. Xullas, hujjat topshirgan 281 mingta o‘qituvchiga yoqishning imkoni bo‘lmayapti”. Ikki tomonning ham o‘z haqiqati bor O‘qituvchilarni har tomonlama tushunish mumkin: bir sinfda ko‘p sonli bola bilan ishlash, darsdan keyin ham ma’lum vaqtni daftar tekshirish va boshqa shunga o‘xshash ishlar uchun ajratish, qolaversa, maktablarda ham tadbirlar tashkillashtirish, ochiq darslar o‘tish kabi o‘ziga xos tashkiliy ishlar bo‘ladi. Bulardan ortib yana o‘zi ustida ishlashi kerak. Ehtimol, maktablar reytingi sabab attestatsiyadan o‘ta olmaganlar direktordan gap eshitishi ham mumkin. Qolaversa, yoshi katta ustozlar o‘zlaridan ancha kichik shogirdlarining toifalari o‘zlaridan baland bo‘lishini ham qabul qilishi qiyin bo‘lishi mumkin. “Necha yillik tajribaga ega bo‘la turib, mendan toifasi baland bo‘ladimi?” deb o‘ylashlari ham mumkin. Lekin hozir raqobat davrida hamma sohada ham yaxshi kadrlar boshqalarga qaraganda ko‘proq maosh olishni, ko‘proq imtiyozlardan foydalanishni xohlaydi. Bunga moslashish va harakatchan bo‘lish orqali ilmlilar qatoriga kirish mumkin. Zilola G‘aybullayeva tayyorladi.
8O‘zbekiston
Toshkentda kovid-markazlar qayta ochilmoqda Toshkentda koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma majmuasi bazasida, «Universal» va «Yoshlik» sport majmualarida qayta ochilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Davlat xavfsizlik xizmati balansida bo‘lgan «Yoshlik» sport-sog‘lomlashtirish majmuasiga tashrif buyurdi. Bu yerda 2 iyul kuni soat 00:00dan boshlab koronavirusga shubha qilingan bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun taqsimlash markazi ochiladi. Shuningdek, Jahongir Ortiqxo‘jayev 3 iyulga o‘tar kechasi «Universal» sport majmuasi negizida 770 o‘rinli taqsimlash markazini ochish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.  Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimi dushanba kuni «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma majmuasi negizidagi 700 o‘rinli taqsimlash markazi ishini tiklash haqida topshiriq bergan. Umuman olganda, deyarli 2000 nafar bemor uchun joylar zaxirasi shakllantirilishi rejalashtirilgan.  Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda mamlakatda 476ta yangi kasallanish holati aniqlanib, 600dan ortiq kishi tuzalgani va 4 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
8O‘zbekiston
Shimoliy Koreya o‘z tarixidagi eng yirik yadroviy sinovlarni o‘tkazganini e’lon qildi KXDR o‘z tarixidagi eng kuchli atom bombasi sinovlarini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Meduza. Bu sinovlar haqida dastlab Janubiy Koreya va Yaponiya hukumatlari xabar berdi, keyinroq Pxenyanning o‘zi bu xabarlarni rasman tasdiqladi. Shimoliy Koreya televideniyesi orqali o‘qib eshittirilgan bayonotda ta’kidlanishicha, KXDR endi ballistik raketalarni yadroviy kallaklar bilan ta’minlashga qodir. Rossiya Mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, Shimoliy Koreyada sinalgan yadroviy bombaning quvvati taxminan 10 kilotonnaga yaqin. 9-sentabr kuni portlatilgan yadroviy bomba KXDR tarixidagi beshinchi yadro sinovi bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, mazkur sinovlar Shimoliy Koreya tashkil etilgani bilan bog‘liq bayram tantanalariga bag‘ishlangan. “Janubiy Koreya prezident Pak Kin Xening ta’kidlashicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In jahon hamjamiyatining yadroviy dasturdan voz kechish haqidagi chaqiriqlariga qaramay, ‘vasvasaga tushgancha o‘ylamay ish qilishda’ davom etmoqda”, — deyiladi Reuters axborotida. Shimoliy Koreya yadro quroliga ega ekani haqida 2005-yili e’lon qilgan, 2006-yili esa birinchi marta yadroviy sinovlarni o‘tkazgan edi. Mazkur sinovlar sabab, mamlakat xalqaro sanksiyalar ta’siri ostida qolgan. Pxenyan iqtisodiy yordam va sanksiyalarni bekor qilish evaziga o‘z yadroviy dasturini to‘xtatish bo‘yicha bir necha bor muzokaralar boshlagan. Biroq muzokaralarga urinishlar hozircha natija bergani yo‘q, KXDR esa yadroviy sinovlarni o‘tkazishda davom etmoqda, bunga javoban esa yangi sanksiyalar joriy etilmoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
2Dunyo
Akmal Saidov: Toshkentdagi voqeadan hamma xulosa chiqarganida, O‘zbekistonning obro‘siga dog‘ tushadigan keyingi ishlar bo‘lmasdi Tadbirkorning uyini noqonuniy buzilishini o‘rganish bo‘yicha Toshkent shahar hokimiga O‘zbekiston milliy markazi rahbari kiritgan xat uchun Akmal Saidovni bir oy ko‘zini ochirishmagan. Saidov bu haqda 6-avgust kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov. Eslatib o‘tamiz, Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 27-aprel kuni shahar hokimligi binosida investor Muhammadbobur Xo‘jayev va uning sherigi, xususiy quruvchi Aziz Zokirov bilan muloqot o‘tkazgandi. Unda Muhammadbobur Xo‘jayevga o‘ziga tegishli Rishton ko‘chasidagi 106-uyning buzilishi natijasida 600 kishi ishsiz qolib, tadbirkor 1,35 million dollar zarar ko‘rgani bo‘yicha masalalar o‘rtaga tashlanib, ikki tomon muzokara olib borgan. Uchrashuv avvalida hokim Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi rahbari Akmal Saidov tomonidan yuborilgan xatni o‘qib eshittirgandi. Xatda tadbirkorning shikoyati o‘rganib chiqilishi hamda OAVda tarqalayotgan xabarlarni qonuniy va adolatli ko‘rib chiqish so‘ralgan. Anjumanda Akmal Saidov uylarni noqonuniy buzilmasligini birinchi bo‘lib Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz aprel oyida ko‘tarib chiqqanini ta’kidladi. “Xususiy uy muqaddas-ku, sudni qarorisiz uyni buzish mumkin emas. Bunga hokim janoblari qachon amal qiladi? Xo‘jayevning uyi buzib yuborilganda Ortiqxo‘jayev janoblari bilan kim uchrashuv tashkil qildi? Ortiqxo‘jayev menga murojaat qilib, rosa kesatdi-ku: ‘Janob Saidov menga xat yozdi’, deb. Men oddiy fuqaro kelsa ham yozaman, qabul qiling, deb aytdim, qabul qildi. O‘shanda hammasi to‘xtab, qolganlar ham quloq solganda edi, hozirgi kundagi ahvolga kelmas edik. Hamma katta-katta rahbarlar Saidov shunaqa debdi deb, bir oy meni ko‘zimni ochirmadi. Tadbirkor tug‘ushgan qarindoshim emas, kelib: ‘Yordam bering, hokim meni qabul qilsa bo‘ldi, masalani tushuntirib beraman’, dedi. Xatda buzilishlar qonun doirasida bo‘lishini yozdim. Qurishda qonun buzilgan bo‘lsa, uyni buzish kerakdir? Lekin sud qarori bilan buzish kerak! Qurilish qoidalari buzilgan bo‘lsa, u meni ishim emas, uni tartibga soluvchi ekspertizasi va boshqa tegishli idoralari bor. Lekin buzilgan uyning mablag‘ini kim qaytaradi? Buzishga buzibsizlar, mayli, kompensatsiyasini to‘lab beringlar, quruvchi pul sarflagan-ku dedim”, — dedi Saidov. Markaz rahbarining ta’kidlashicha, agar o‘sha vaqtda hamma bosh ko‘tarib, bunga qarshi chiqqanida, balki hozirgidek Yakkabog‘dagi hokim o‘rinbosariga o‘t qo‘yishlar, Rishtondagi dod-voylar, Urganchdagi kabi katta e’tirozlar bo‘lmas edi. “Gazak olib ketdi. Hech kim indamadi, faqat meni bir oy ko‘zimni ochirishmadi. Agar o‘shanda to‘xtatilganda, boshqalar ham quloq solganda, hozirgi kundagi noxushliklar bo‘lmasdi. O‘zbekistonning xalqaro obro‘siga katta dog‘ tushirgan harakatlarni bittasi shu bo‘ldi. Xalqaro darajaga chiqib ketishiga o‘zimiz sharoit yaratib berdik. Xususiy mulk daxlsiz bo‘lmasa, xorijiy sarmoyador keladimi? Investor: ‘O‘zbekistonda hozir qurilgan uy buzib tashlanayotgan ekan, qanday borman?’, deydi. Men chet elda ishlaganman, chet eldagi hamkasblar bilan muloqot qilaman, ularni qonunga, xususiy mulkka munosabatini bilaman-ku. Ertaga mulkini himoya qila olishiga ishonch beruvchi mustaqil sud va ta’ziq o‘tkazmasliklariga asos kerak. Shunda O‘zbekistonga birov keladi. Bitta odamning uyini buzishning katta siyosiy ahamiyati ham bor. Biz mamlakat miqyosida emas, xalqaro miqyosda fikrlashimiz lozim”, — dedi markaz rahbari. Avvalroq tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev va Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev uchrashuvidan so‘ng Davlat soliq qo‘mitasi soliq qonunchiligini buzgani iddao qilingan tadbirkor ishini o‘rganishni boshlagani xabar qilingan edi. Lekin o‘rganish natijalari e’lon qilingani yo‘q. Shuningdek, uchrashuvda Artel va Akfa xodimlari Ramziddin Qo‘chqorov va Bahodir Hakimovning 4,8 milliard so‘mni “qora bozor” dan qariyb 500 ming dollarga ayirboshlangani haqida o‘zlari aytib bergan edi. Lekin hanuzgacha huquqni muhofaza qiluvchi organlar katta miqdordagi valyutani noqonuniy ayriboshlash bo‘yicha ish ochilgani haqida xabar bermadi.
8O‘zbekiston
Pokistonda poyezd va avtobus to‘qnashuvi 29 kishi hayotiga zomin bo‘ldi Pokistonning Panjob viloyatida poyezd va avtobusning to‘qnashuvi 29 kishining halok bo‘lishiga olib keldi.   PTI nashrining mahalliy amaldorlarga tayanib xabar berishicha, avtobusda Peshovardan Nankan-Sohibga ziyoratchilar ketayotgan bo‘lgan. Halokat 3 iyul mahalliy vaqt bilan soat 13:30 atrofida Laxor shahridan 60 km uzoqlikda yuz bergan.  Avtobus haydovchisi temir yo‘l izlarini belgilanmagan joydan kesib o‘tayotganda avtobusga Karachidan Ravalpindiga yo‘nalayotgan Shah Hussain Express poyezdi kelib urilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay, yo‘l bo‘sh-bo‘shmasligini tekshirmagan. Shuningdek, 23 kishi jarohat olgani, ulardan 18 nafari og‘ir ahvoldaligi ma'lum qilingan. Mahalliy aholi qutqaruvchilar kelgungacha jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatib turgan.  Ayni vaqtda baxsiz hodisa yuzasidan tergov boshlanib, uning davomida barcha tafsilotlar aniqlashtiriladi. Pokiston bosh vaziri Imron Xon halokat yuzasidan o‘z hamdardligini bildirgan, temir yo‘llar vaziri Shayx Rashid esa aybdorlarni jazolashni buyurgan.
2Dunyo
Qashqadaryoda Lacetti`dagi gaz balloni yorildi Bugun, 29 sentabr kuni soat 08:05 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Mustaqilik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli avtomobilning gaz balonida yorilishi yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda. Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. Ma’lumot uchun avtomashinada faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan, deyiladi xabarda. Hodisa sababi aniqlanmoqda. Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan. FVV haydovchilardan transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qa’tiy rioya etishlarini so‘radi.
5Jamiyat
«Oltin globus» mukofotlarini qo‘lga kiritganlik bo‘yicha rekord o‘rnatildi «La-La Lend» musiqali filmi yettita mukofotni qo‘lga kiritib «Oltin globus» rekordchisiga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda. Kartina rejissyorlik, ssenariy va eng yaxshi komediya va myuzikl uchun mukofotlarga ega chiqdi. Bundan tashqari, filmdagi bosh rollarni ijro etgan Rayan Gosling va Emma Stoun, bastakor Jastin Gurvits hamda uning hammualliflari mukofotga loyiq topilgan. Ma'lumot uchun, avvalgi rekord «Kakku uyasi uzra uchib o‘tayotib» hamda «Yarim tungi ekspress» filmlariga tegishli bo‘lib, ularning har biri oltita mukofotni qo‘lga kiritgan.
5Jamiyat
Toshkentdan “Tashmore”gacha alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov 11-oktabr kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining “Toshkent viloyatida jamoat transporti (bus rapid transit — BRT) harakatini xalqaro tajribalarni keng qo‘llagan holda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga imzo chekdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi. Istanbuldagi BTR yo‘lagi. Hujjatda qayd etilishicha, Architects Engineers Planners Advisors kompaniyasi bilan Toshkent (Bektemir tumani)–Nurafshon–Toshkent dengizi (Tuyabo‘g‘iz suv ombori) yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar avtobus tranziti qurilishining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish to‘g‘risida shartnoma imzolangan. Qarorda aytilishicha, loyihaning konsepsiyasi allaqachon ishlab chiqilgan. Texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun viloyat budjetidan 6,9 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan. Hujjatda ta’kidlanishicha, bu qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida viloyatga tashrifi chog‘ida berilgan ko‘rsatmalarga, shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning mart va iyun oylarida bergan ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilingan. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, Architects Engineers Planners Advisors mas’uliyati cheklangan jamiyati aprel oyida Toshkentda 3 million so‘mlik ustav kapitali bilan tashkil etilgan. Asosiy faoliyat turi – qurilish loyihalarini ishlab chiqish. MChJ ta’sischilari – Turkiya fuqarosi Erisen Savash, Goktug Chihan Mazlum va Shimsek Orxun, ularning har biri kompaniyaning uchdan bir qismiga egalik qiladi. Agar loyiha ishga tushsa, bu O‘zbekistondagi birinchi BRT liniyasi bo‘ladi. 2021-yilning noyabr oyida Prezidentga Toshkentda yettita BRT liniyasini ishga tushirish rejalari taqdim etilgan, ularning to‘rttasi O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida, ya’ni 2021-yil sentabrigacha ochilishi kerak edi. Mazkur rejalarning qaysi bosqichda ekani noma’lum.
8O‘zbekiston
Yaponiyada issiqlik sababli bir hafta ichida 57 kishi vafot etdi Yaponiyada o‘tgan hafta davomida issiq urishdan kamida 57 kishi vafot etdi, deyarli 20 ming kishi shifoxonaga tushdi. Bu haqda Yaponiyaning favqulodda vaziyatlar vazirligi va tez yordam xizmati vazifalarini bajaruvchi o‘t o‘chirish bosh boshqarmasi xabar berdi.   Ta'kidlanishicha, o‘tgan hafta butun Yaponiya bo‘ylab kuchli issiq harorat kuzatilgan, ba'zi hududlarda u 39 darajaga yetgan. Vafot etganlardan aksariyati keksa odamlar bo‘lib, ular tejamkorlik maqsadida uylarida konditsionerlarni yoqmaydilar. Mamlakat mutasaddi idoralari aholini bosh kiyimlari kiyib yurish, ko‘proq suyuqlik ichish va quyoshda uzoq vaqt qolmaslikka chaqirgan.  2018 yilda Yaponiyada rekord darajadagi issiq harorat sababli 150 dan ko‘proq odam vafot etgandi, o‘n minglab odam shifoxonaga tushgandi.
2Dunyo
Toshkentdagi “Malika” savdo markazida eng arzon iPhone 7 4,66 mln so‘mdan sotilmoqda “Terabayt.uz” nashri Toshkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan iPhone narxlari bilan tanishtirdi. Narxlar 2017-yil 20-fevral holatiga ko‘ra keltirildi. Apple iPhone 6 seriyasi Apple iPhone 6 (16 Gb, gold, Koreya varianti) – 3 040 000 so‘m Apple iPhone 6 (64 Gb, gold, Koreya varianti) – 3 315 000 so‘m Apple iPhone 6+ seriyasi Apple iPhone 6+ (16 Gb, gold, Koreya varianti) – 3 450 000 so‘m Apple iPhone 6s seriyasi Apple iPhone 6s (16 Gb, rose) – 3 450 000 so‘m Apple iPhone 6s (32 Gb, silver, grey, rose) – 3 970 000 so‘m Apple iPhone 6s (64 Gb, rose, Koreya varianti) – 4 000 000 so‘m Apple iPhone 6s (64 Gb, silver, grey, rose) – 4 140 000 so‘m Apple iPhone 6s (128 Gb, gold) – 4 485 000 so‘m Apple iPhone 6s+ seriyasi Apple iPhone 6s+ (16 Gb, grey, Koreya varianti) – 3 795 000 so‘m Apple iPhone 6s+ (16 Gb, grey) – 3 935 000 so‘m Apple iPhone 6s+ (16 Gb, rose) – 4 070 000 so‘m Apple iPhone 6s+ (64 Gb, grey, silver, rose) – 4 590 000 so‘m Apple iPhone 6s+ (128 Gb, gold) – 4 830 000 so‘m Apple iPhone SE seriyasi Apple iPhone SE (16 Gb, grey) – 2 760 000 so‘m Apple iPhone SE (16 Gb, rose) – 2 625 000 so‘m Apple iPhone SE (64 Gb, grey) – 3 230 000 so‘m Apple iPhone SE (64 Gb, gold, silver) – 3 175 000 so‘m Apple iPhone SE (64 Gb, rose) – 3 105 000 so‘m Apple iPhone 7 seriyasi Apple iPhone 7 (32 Gb, black, rose, silver) – 4 657 000 so‘m Apple iPhone 7 (128 Gb, black) – 5 315 000 so‘m Apple iPhone 7 (128 Gb, black, Koreya varianti) – 5 245 000 so‘m Apple iPhone 7 (128 Gb, jet) – 5 280 000 so‘m Apple iPhone 7 (128 Gb, gold, rose) – 5 245 000 so‘m Apple iPhone 7 (128 Gb, silver) – 5 175 000 so‘m Apple iPhone 7+ seriyasi Apple iPhone 7+ (32 Gb, silver, rose) – 5 245 000 so‘m Apple iPhone 7+ (32 Gb, black) – 5 315 000 so‘m Apple iPhone 7+ (128 Gb, jet, Yevropa varianti) – 5 935 000 so‘m Apple iPhone 7+ (128 Gb, jet, gold, black, silver, rose) – 5 935 000 so‘m Apple iPhone 7+ (256 Gb, black) – 6 485 000 so‘m Apple iPhone 7+ (256 Gb, jet, gold, rose, silver) – 6 420 000 so‘m Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
14Texnologiya
Eriell Group xodimlar malakasini oshirishga jiddiy yondashadi Eriell Group o‘z xodimlarining malakasini oshirish masalasiga jiddiy va mas’uliyat bilan yondashadi. Har kuni o‘zgarib borayotgan voqeliklar, neft va gaz qazib olish sohasida texnologiyalarni rivojlantirish va yangi ish usullarini joriy etish asnosida zamon bilan hamnafas bo‘lish, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish muhim. Shu maqsadda burg‘ilash eritmalari xizmati tomonidan xodimlar uchun qiya yo‘naltirilgan burg‘ilash, burg‘ilash texnologiyasi, tozalash tizimi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. Quduqlarni burg‘ilash doim yuqori xavf-xatar darajasi bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Shuning uchun bu jarayonda barcha qoida va talablarga rioya qilish muhim. Eriell Group xavfsizlik texnologiyalari va choralariga qat’iy rioya qiladi. Bu kompaniyaga ishonchli va mas’uliyatli burg‘ilash pudratchisi maqomiga erishish imkonini berdi. Bu borada Eriell Group eng innovatsion yuqori texnologik asbob-uskunalar va burg‘ilash texnikasi, shuningdek, ortish-tushirish va boshqa maxsus texnikalarning katta parkidan foydalanib kelmoqda. Dunyo ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda neft va gaz bozorida ishonchli hamkor sifatida e’tirof qozongan statsionar, eshelon va mobil qurilmalar shular jumlasidandir. Mutaxassislarni o‘qitish Qashqadaryo viloyatidagi Beshkent IChXKB hududida o‘tkazilib, qiya yo‘naltirilgan burg‘ilash, burg‘ilash texnologiyasi asoslari, burg‘ilash eritmasini tozalash tizimining ishlash tamoyili, shuningdek, Rig Pass kirish kursini o‘z ichiga oldi. Mazkur o‘qitish tizimi texnika xavfsizligi va burg‘ilash tarmog‘ida o‘qitish bo‘yicha professionallar tomonidan ishlab chiqilgan. Kursning maqsadi xodimlarning xavfsizligini oshirish va salomatligini yaxshilash, shuningdek, atrof-muhit himoyasi va muhofazasini ta’minlashdan iborat. Quduqlarni ishlash va burg‘ilashda Eriell Group tomonidan o‘simlik va hayvonot olamini saqlashga alohida e’tibor qaratayotgani, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘layotganini qayd etish muhim. Chiqindilarni minimallashtirish dasturi korporativ siyosatning tarkibiy qismi hisoblanib, u sifatni boshqarish dasturiga kiritilgan. Kompaniya loyihalari amalga oshirilayotgan barcha obyektlarda qattiq chiqindilar hajmini qisqartirish, ularning alohida to‘planishi, tegishlicha saqlanishi, shuningdek, ifloslangan oqava suvlar sizib chiqishining oldini olish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar atrof-muhitga antropogen ta’sirni kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Qiya yo‘naltirilgan burg‘ilash, burg‘ilash texnologiyasi, tozalash tizimi bo‘yicha o‘qitish nafaqat burg‘ilash eritmalari, balki quduqlar qurilishiga doir keng bilimlarni o‘zlashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Chunki quduqlarni burg‘ilash juda murakkab va ko‘p mehnat talab etadigan jarayondir. O‘qitish Eriell Group’ning o‘z kuchi bilan o‘tkazilib, unda ko‘p yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar dars berganini ta’kidlash joiz. Eriell Group matbuot xizmati
8O‘zbekiston
Kelajak raqamli ta’lim ortida Yaqin kelajakda ta’lim tizimi qanday o‘zgarishi mumkin va nima uchun mukammal maktab dasturlarini yaratish kerak? Shu va boshqalar haqida ta’lim tizimi uchun innovatsion darsliklar yaratish guruhi rahbari Komil Allamjonov so‘zlab berdi. — Raqamli darsliklarni nima uchun yaratmoqchisiz? — Hayotimiz har jihatdan texnika va texnologiyalar bilan bog‘liq: ertalab soat bongidan boshlab to kun rejasini tuzish va o‘qish bilan yakunlashgacha. Biz ta’lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni istadik. Qachonki, planshet ta’lim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o‘qish jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi. Bu o‘yin bilan klassik ta’limni birlashtirishga tengdir. Natijada o‘qish jarayoni yaxshilanadi, o‘zlashtirish, ta’lim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi. Bilimli avlod, professional kadrlar — bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining garovidir. — Raqamli darsliklar qanday ko‘rinishda bo‘ladi? — Loyihani boshlashdan avval biz fokus-guruh tashkil qildik, axborotni qabul qilishning samarali usullari bo‘yicha tadqiqotlar olib bordik. Shuningdek, texnologiyalarning sog‘liqqa ta’sirini tahlil qilish maqsadida bu jarayonga psixologlar, tibbiyot xodimlarini jalb etdik. Natijada biz yaratayotgan o‘quv darsliklari bilim olish jarayonini qiziqarli, yengil, esda qolarli va zararsiz qilishga yo‘naltirildi. Buning uchun deyarli barcha sezgi organlari hamda axborotni qabul qilishning barcha usullari harakatga keltiriladi. Birgina sahifada bir vaqtning o‘zida ham matn, ham audiotushuntirish, ham videorolik, ham 3D-animatsiya bo‘lishi mumkin. Zarur hollarda musiqa yoki tovushlar, masalan, yurak urishi va hokazolar ham bo‘ladi. Ya’ni darslikni qismlarga ajratish, yig‘ish, eshitish va his qilish imkoniyati bor. — Bunday darslik bo‘yicha qaysi fanlarni o‘rganish mumkin? — Jamoamiz fizika va anatomiya bo‘yicha darsliklar ustida ishlamoqda. Fokus-guruhimizning tadqiqotlariga ko‘ra, darsliklarimiz vizual, multiformatli va interaktiv bo‘lgani sababli ishtirokchilar 80 foiz axborotni eslab qoladi. Kelajakda mukammal elektron kutubxona yaratishni rejalashtirganmiz. Unga 1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan boshlang‘ich va 5-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan yuqori sinf uchun dasturlar kiritiladi. — Bola — o‘quvchining planshetda o‘yin o‘ynamasdan faqat o‘qishiga qanday kafolat bor? — Bolaning o‘qish jarayonidagi o‘zlashtirishini, davomat va tartib-intizomni nazorat qiluvchi dasturiy ta’minot mavjud. Ota-onalarga bolaning shaxsiy kabinetiga kirishiga ruxsat beriladi. Bunda bola yangi mavzuni qachon ko‘chirib olganini, qachon uni ko‘rganini, qancha vaqt o‘rganganini, qanday mavzu va savollarga javob berganini kuzatish mumkin. Ushbu ma’lumotlarga ota-onalar bilan birga o‘qituvchiga ham ruxsat bor. Raqamli darsliklar shunday qurilganki, birorta mavzuni o‘zlashtirmasdan keyingisiga o‘tishga imkon berilmaydi. Bu shaffof va to‘ppa-to‘g‘ri nazorat tizimidir. — Darsliklarni yaratishda qanday o‘quv dasturiga tayanyapsiz? O‘zbekistondagi standartlargami? Darsliklar qaysi tilda bo‘ladi? — Albatta, birinchi o‘rinda bizning auditoriyamiz — O‘zbekiston. Lekin bu bilan cheklanib qolmaymiz. Nyuton qonuni yoki qon aylanish tizimi har qaysi mamlakatda universaldir. Biz mavzularning asosini to‘plab, o‘zbek, rus va ingliz tillarida darslik yaratamiz. Tayyor mahsulotni istalgan mamlakatning va xohlagan o‘quv dasturining talabiga qarab moslashtirish mumkin. — Mazkur loyihani Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Butunjahon GESS ta’limi sohasida innovatsiya ko‘rgazmasida taqdim etib keldingizlar. Bunga qanday baho berildi? — Ha, biz 2015-yilda o‘z mahsulotimizni GESS ko‘rgazmasida namoyish etdik. Bizning taqdimotimizga BAA ta’lim vaziri qiziqish bildirdi va hamkorlik qilishni taklif etdi. Hamkorlik qilish bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda. Shu narsa aniqki, BAAda raqamli darsliklarga o‘tish to‘g‘risida davlat dasturi qabul qilindi. Arab bolalarini qog‘oz darsliklar bilan ushlab turish borgan sari qiyinlashib bormoqda. — Raqamli darsliklarning kelajagini qanday ko‘ryapsiz? U davlatga qo‘shimcha sarf-xarajatdan tashqari yana nima beradi? — Shu yerda gapingizga qo‘shilolmayman. E-learning’dagi uzoq muddatli investitsiya istiqboli bu — texnologiya tendensiyasiga shunchaki soliq solish emas, balki budjet mablag‘larini iqtisod qilish imkoni hamdir. Tasavvur qiling, davlat har yili dunyo bo‘yicha qog‘oz darsliklarni chop etish va yangilashga qancha mablag‘ sarflaydi? AQShda, masalan, bu yiliga deyarli 7 milliard dollarni tashkil qiladi. Davlat elektron jihozlanishga bir marta investitsiya kiritib, keyin tejaydi-ku. Jihozlarni har yili sotib olish kerak bo‘lmaydi. Faqat kontent o‘zgaradi. Bundan tashqari, agar kelajakda “bulutli” texnologiyalar yordamida yagona elektron kutubxona yaratilsa, davlat raqamli darsliklar sotuvidan daromad olishi mumkin. — Buning uchun nima kerak? — Bizning darsliklarimiz universal formatda yaratiladi. Hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi, ya’ni ulardan foydalanishda faqat Apple, Samsung yoki yana boshqa ishlab chiqaruvchilar texnikalari kerak, degan tushuncha yo‘q. Masalan, milliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda barcha o‘quv dasturlarini Artel planshetlariga o‘rnatish mumkin. Maktab uchun ma’lum bir miqdorda planshetlar, server va boshqa kerakli jihozlar sotib olinadi. O‘quvchi darsga kirib, o‘qituvchining yo‘l-yo‘rig‘i bilan mavzular va vazifalarni ko‘chirib oladi. O‘qituvchilarga ham yengil o‘zlashtiriluvchi vizual materiallar bilan dars o‘tish qulay. Bu har tomonlama foydali yirik loyihadir. Elektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga bu — katta buyurtmadir. Davlat uchun bu — ta’lim tizimi samaradorligini yengillashtirish va oshirishdir, shu bilan birga, nashr qilishdan tejashdir. Dasturchilar uchun bu — yangi dasturlar yaratish va mahsulotni takomillashtirish imkoniyatidir. Iste’molchilar, ya’ni o‘quvchilar uchun esa ta’lim olish oson o‘zlashtiriluvchi va qiziqarli bo‘ladi. — Yaqinda Toshkentdagi maktablardan birida smart-sinf yaratildi. Demak, raqamli kelajak yaqin ekan-da? — Ha, O‘zbekistonda intreraktiv sinf doskalari, planshetlar va boshqa texnikalardan foydalaniladigan taraqqiylashayotgan maktablar ko‘payib bormoqda. Axborot texnologiyalari keng tarqalishi turgan gap. Bunda muhimi, mazkur texnologiyalar uchun kontent yaratishdir. Va kontent San-Fransisko yoki Gonkongdagi mutaxassislar tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak emas, balki bizning milliy mahsulot bo‘lmog‘i darkor. Ta’lim muhim g‘oyaviy tarkibga ega. Har qaysi millat unga o‘z qiziqishlarini qo‘shadi. Shu nuqtai nazardan kelajak ta’lim tizimi kontenti bu — yana axborot xavsizligi va g‘oyaviy immunitet masalasini ham ko‘ndalang qo‘yadi. — O‘z farzandlaringiz uchun mukammal maktabni qanday tasavvur qilasiz? — To‘liq ravishda zamonaviy AKT, raqamli darsliklar bilan jihozlangan va, albatta, yuqori malakali o‘qituvchilari bilan faxrlanadigan maktabni tasavvur qilaman. Bunday maktabda AKT o‘quv jarayonini qiziqarli, samarali va oson qiladi. Ta’lim har bir kishining kelajagini belgilaydi. Agar biz ta’lim sifati masalasini hal eta olsak, bu, so‘zsiz, davlatimizga zarur bo‘lgan rivojlanishga, madaniyatni oshirishga, professional kadrlarning ko‘payishiga olib keladi.
8O‘zbekiston
Poroshenko Yevropa va AQSh Rossiya kemalari uchun o‘z portlarini yopishi kerakligini aytdi Kiyev agarda Yevropa mamlakatlari va AQSh Rossiya kemalari uchun o‘z portlarini yopishga rozi bo‘lishsa, bu borada zudlik bilan ishga kirishishga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi. "Rossiya Ukraina hududiy suvlarida harakatlanish erkinligini cheklamoqda. Yevropa va AQSh Rossiya kemalari uchun o‘z portlarini yopishlari kerak va bu borada zudlik bilan qanday choralar ko‘rilishi borasida hamkorlik qilishga tayyormiz", - ta'kidladi Poroshenko.  U yana bir bor Rossiyaning ehtimoliy hujumidan himoyalanish uchun G‘arbdan qurol olmoqchi ekanligini bildirdi.
2Dunyo
Hindistonda 4,5 mln kishi toshqin xavfi ostida qoldi Hindistonda 4,5 million kishi shiddatli yog‘ingarchilik bois toshqin xavfi ostida qolgan hududda yashab kelmoqda. Ob-havo mutaxassislarining ta’kidlashicha, yomg‘irlar bir necha kun davom etishi mumkin. Bu haqda, NDTV telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, eng katta zarar Bixar shtatiga yetkazildi — u yerda 2,7 million kishi xavf zonasida qolib ketdi. Undan keyingi o‘rinda mamlakat shimolidagi Assam shtati turibdi (1,6 million kishi). Tabiiy ofat tufayli halok bo‘lganlar soni 75 kishini tashkil etmoqda.
2Dunyo
Rossiya Olmaliqda misni qayta ishlash fabrikasi majmuasini qurish uchun 712 mln yevro ajratadi VEB.RF va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ (OKMK) o‘rtasida kredit shartnomasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi arafasida imzolangan.  VEB RF kompaniyasining 712 million yevro miqdoridagi krediti Olmaliqda yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega misni qayta ishlash fabrikasi majmuasi qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.  Loyiha Yoshlik I konini o‘zlashtirish va keyinchalik uni mavjud Qalmoqqir koni bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Qo‘shma kon mis rudasi zaxiralari bo‘yicha dunyodagi eng yirik konlardan biriga aylanadi. OKMK ma'lumotlariga ko‘ra, MDH hududida birinchi marta bunday quvvatga ega fabrikani qurish rejalashtirilgan. Uni amalga oshirish uchun Chili va Perudagi mis karerlarida shunga o‘xshash tarmoqlar o‘rganildi.  Mablag‘lar loyiha doirasida Rossiya uskunalari va xizmatlari uchun haq to‘lashga, shuningdek, uni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplashga yo‘naltiriladi.  Loyihaning ikkinchi bosqichini hisobga olgan holda, OKMK rudani qayta ishlash hajmini yiliga 160 million tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda, bu esa 2028 yilga borib katodli mis ishlab chiqarishni yiliga 400 ming tonnagacha oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, OKMK 2028 yilgacha yiliga 270 tonna kumush va 50 tonna oltin qazib oladi.  Fabrikaning qurilish qiymati 2 milliard dollarni tashkil etadi. Loyihani moliyalashtirishda Gazprombank va EKSAR ham ishtirok etmoqda. Avvalroq, VEB RF OKMKga tog‘-kon samosvallari va tog‘-kon uskunalarini sotib olish uchun kreditlar ajratgandi.
8O‘zbekiston
“Manchester Siti” “Chelsi”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritdi 24-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi “Uembli” stadionida Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” bilan bahs olib bordi. Bellashuvning asosiy vaqtida ham qo‘shimcha 15 daqiqalik bo‘limlarda ham g‘olib nomi aniqlanmadi. Manchester klubi penaltilar seriyasida London jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etdi va Angliya Liga Kubogi sovrindoriga aylandi. Eslatib o‘tamiz, “Aristokratlar” musobaqaning yarim finalida Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” bilan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:2 hisobida o‘ynab, penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketgandi (4:2). Mazkur bosqichda “mankunianlar” esa umumiy hisobda “Byorton” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urib, g‘alabani naqd qilgan edi. Angliya Liga Kubogi Final bahsi 24-fevral, yakshanba “Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, David Luis, Ryudiger, Emerson, Jorjinyo, Kant, Barkli (Loftus-Chik), Villian (Iguain, 95), Azar, Pedro (Xadson-Odoi, 79) “Manchester Siti”: Ederson, Zinchenko, Lyaport (Kompani, 46), Otamendi, Uoker, Fernandinyo (Danilo, 91), David Silva (Gundo‘g‘on, 79), De Bryuyne (Sane, 86), Bernardu Silva, Sterling, Aguero Ogohlantirishlar: David Luis (30), Fernandinyo (58), Ryudiger (72), Jorjinyo (88), Otamendi (90) Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Respublika aholisini toza va sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari qamrovini oshirish orqali ularning munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda sog‘lig‘ini saqlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga asosan: respublika aholisining ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini 87 foizga yetkazish, 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash; markazlashgan ichimlik suv bilan qisman ta’minlangan 4 658 ta va markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanmagan 2 263 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida loyiha takliflarini ishlab chiqish hamda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash asosiy maqsadli ko‘rsatkichlardan etib belgilanganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: markazlashgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish xizmati bilan qamrov darajasini oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; respublikadagi ichimlik suv ta’minoti og‘ir holatdagi mahallalarning 2022 — 2025-yillarda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlari va dasturi 2 — 2o-ilovalarga muvofiq; 2022 — 2024-yillarda respublika hududlarida ichimlik suv tarmoqlarini uy xo‘jaligigacha yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq; umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalarini 2022 — 2025-yillarda ichimlik suv bilan ta’minlash dasturi 4 — 6-ilovalarga muvofiq; avvalgi yillarda qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan yoki foydalanishga topshirilmagan ichimlik va oqova suv obyektlarini to‘liq foydalanishga topshirish bo‘yicha tarmoq jadvali 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, “O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin: suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 1 545 ta mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazish va ularni toifalarga ajratish; hududlarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan quduq qazish, suv minorasi qurish hamda tarmoq tortish ishlarini amalga oshirish, xususan xonadonlargacha suv tarmoqlarini tortish ishlarini aholining tashabbuslari va takliflariga asosan ular bilan hamkorlikda bajarish; mahallalarda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining ijtimoiy buyurtmasi asosida suv inshooti hamda tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish; quduq qazish va markazlashgan tarmoq tortib kelish imkoni bo‘lmagan mahallalarda tashib kelinadigan suv hisobiga markaziy suv hovuzlarini qurib, xonadonlarga tarmoq tortish. 3. Belgilansinki: a) 2023-yildan boshlab, har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6074-son Farmoniga asosan davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suv va oqova suv chiqarish xizmati bilan ta’minlash loyihalarini moliyalashtirish uchun Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 50 mlrd so‘m ko‘zda tutiladi; b) mazkur qarorning: 2 — 2o-ilovalarida ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy budjetlardan jami 444,6 mlrd so‘m, shu jumladan joriy yilda 106,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Bunda, tuman hokimliklari tomonidan har yili mahallalar kesimida amalga oshirish mexanizmlari (xususiy sektorni jalb qilish, aholi bilan hamkorlikda, davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida) va moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi; 3-ilovasida ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 180 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi; 4 — 6-ilovalarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan jami 50 mlrd so‘m, 2023-yildan boshlab har yili respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda 50 mlrd so‘mdan, jami 100 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutiladi. Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirliklar bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalarining xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin va natijalariga ko‘ra birinchi navbatda ichimlik suv bilan ta’minlanadigan ijtimoiy obyektlar bo‘yicha aniq manzilli dasturlarni ishlab chiqsin. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: a) 2023-yil 1-yanvardan boshlab: aholiga qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarni yangisiga almashtirish “O‘zsuvta’minot” AJ va hududiy suv ta’minoti korxonalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; respublika hududiga texnik talablarga javob bermaydigan suv hisoblagichlarni va ularning qo‘shimcha vositalarini olib kirish hamda o‘rnatish taqiqlanadi; b) ichimlik suv ta’minoti obyektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan taqdirda (o‘lchov uskunalari o‘rnatilib, ichimlik suv uy xo‘jaligigacha yetkazilgan taqdirda) aholining ixtiyoriga ko‘ra davlat xizmatlari markazlari orqali yoki “O‘zsuvta’minot” AJ bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzishga va o‘lchov uskunalarini tamg‘alashga ruxsat beriladi; v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi. Bunda: mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan zamonaviy suv hisoblagichlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta zamonaviy suv hisoblagich uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berilsin; 2024-yil 1-yanvardan boshlab masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi; g) yuridik shaxs bo‘lgan iste’molchilarning ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari yuzasidan debitor qarzdorligi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi imzolangan taqdirda, qarzni undirish iste’molchining bankdagi hisob raqamiga to‘lov talabnomasini qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi; d) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida tashkil qilingan Ichimlik suv ta’minoti korxonalarining elektron reyestrini yuritadi hamda ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi. 5. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ: Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi nomidan olingan davlat tashqi qarzlari bo‘yicha 2022-yil 1-may holatiga shakllangan muddati o‘tgan qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilsin va mazkur qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin; Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarining turlariga nisbatan texnik talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. “O‘zsuvta’minot” AJ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zsuvta’minot” AJ qoshida Sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish hamda o‘rnatish bo‘yicha metrologiya xizmatini va uning hududiy filiallarini tashkil etsin. Bunda, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi “O‘zsuvta’minot” AJ qoshida tashkil etiladigan metrologiya xizmatini va uning hududiy filiallarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatsin. 7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda: bir oy muddatda billing tizimining zarur ma’lumotlar bazalari (notarial, kadastr, ichki ishlar, davlat xizmatlari, to‘lov tizimlari va boshqalar) bilan to‘liq integratsiyasini ta’minlagan holda uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini yakunlasin; jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlarini hisobga olish bo‘yicha to‘liq ishga tushirilgan billing tizimining to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida doimiy ekspluatatsiya qilinishini ta’minlab borsin. 8. Belgilab qo‘yilsinki: a) Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan: har yili birinchi chorak yakuniga qadar yer osti chuchuk suv resurslari kamayib ketayotgan hududlarning ro‘yxati tasdiqlanadi; yer osti chuchuk suv resurslari kamayib ketayotgan hududlarda suvdan foydalanuvchilarga ular tasarrufida bo‘lgan burg‘i quduqlari uchun texnik pasportlar bir yil davomida beg‘araz tayyorlab beriladi; b) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan har ikki yilda bir marta Tashqi ishlar vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda respublikada faoliyat yuritayotgan barcha suv ta’minoti korxonalarini, xalqaro va xorijiy tashkilotlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladigan “Tashkent Water Conference” xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi o‘tkaziladi. 9. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda ikki oy muddatda ochiq suv havzalari va joylarning relyefiga oqiziladigan tozalangan oqova suvlarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan konsentratsiya miqdorini qayta ko‘rib chiqsin va natijasi bo‘yicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ uch oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “Yakkabog‘-Qarshi” magistral suv quvurini xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit mablag‘lari hisobidan qurish va mavjud suv taqsimlash inshootlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 100 million AQSh dollarini jalb qilish hamda loyihalashtirish va qurilish ishlarini 2022 — 2024-yillarda amalga oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. Qashqadaryo viloyati hokimligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “Koson va Muborak tumanlari markazlari hamda Kitob-Shahrisabz yer osti suv konidan suv olish quvuriga yaqin bo‘lgan qishloq aholi punktlari suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasi yuzasidan suv olish quduqlari, inshootlar va magistral tarmoqlarini qurish uchun 19,6 gektar yer maydoni belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin. 12. “O‘zbekneftgaz” AJ G‘uzor tumanidagi “Obod”, “Do‘stlik”, “Buyuk karvon yo‘li”, “Tinchlik”, “Amir Temur” mahallalaridagi 12,5 mingdan ko‘proq aholini ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida 23,5 milliard so‘m mablag‘ Moliya vazirligi huzuridagi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasiga bosqichma-bosqich joriy yil 1-sentabrga qadar o‘tkazilishini ta’minlasin. 13. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ quyidagilarni: 2023-yilning I yarim yilligida Jahon banki bilan birgalikda amalga oshirilayotgan qiymati 78 million AQSh dollari bo‘lgan “Nukus shahri hamda Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish” loyihasi bo‘yicha qurilish ishlarini boshlasin; bir oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 10 milliard so‘m mablag‘lar Nukus shahri ichimlik suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilishga yo‘naltirilishini ta’minlasin. 14. “O‘zsuvta’minot” AJ: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Nukus, Beruniy, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Amudaryo tumanlari ichimlik suv tizimini yaxshilashga doir, qiymati 172 million AQSh dollari bo‘lgan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi yirik loyiha bo‘yicha qurilish ishlarini 2024-yilda yakunlash choralarini ko‘rsin; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va suv yo‘lidagi aholi punktlarini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash” loyihasining 2-bosqichi bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasi doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rsin. 15. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ “Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va suv yo‘lidagi aholi punktlarini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash” loyihasining 2-bosqichi bo‘yicha qurilish ishlarini 2023-yilning II yarim yilligida boshlasin. 16. Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda Surxondaryo viloyatida suv taqsimlash inshootlari va tarmoqlarini yangidan qurish va boshqarish loyihasining davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin va 2023-yil 1-martga qadar o‘rnatilgan tartibda loyihaning konsepsiyasi, texnik va moliyaviy modellarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 17. Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ tegishli loyiha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar ichimlik va oqova suv hamda issiqlik ta’minotiga oid shaharsozlik normalari va qoidalarini xatlovdan o‘tkazib, ularga zamonaviy talablardan va xorijiy tajribadan kelib chiqib o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin. 18. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) mazkur qaror doirasida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin. 19. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) mazkur qaror doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin. 20. “O‘zsuvta’minot” AJ boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga ko‘tariladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni va ushbu mamlakat delegatsiyasi a’zolarini mehmondo‘st O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, Tojikiston bizning asrlar sinovidan o‘tgan yaqin qo‘shnimiz, sodiq do‘stimiz va ishonchli strategik sherigimiz ekanini yana bir bor ta’kidladi. «O‘zbekiston xalqi birodar tojik xalqi bilan tarix, madaniy-ma’naviy meros va ajdodlarimizning ezgu an’analari mushtarakligiga asoslangan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qadrlaydi. Yorug‘ kunlarda ham, sinovli damlarda ham biz doimo yelkama-yelka turganmiz, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaganmiz», – dedi davlatimiz rahbari. Prezident birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarda haqiqatdan katta marralarga erishishga, ularni juda yuqori darajaga ko‘tarishga muvaffaq bo‘linganini ta’kidladi. Aynan shu tufayli bugun chinakam tarixiy ahamiyatga ega qaror qabul qilingani, Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangani qayd etildi. «O‘zbekiston prezidenti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini Tojikistonda juda qadrlashadi. Joriy yil oktabr oyida Tojikiston va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining o‘ttiz yilligini nishonlaydilar. Ahamiyatlisi, biz uchun muhim bo‘lgan aynan shu yilda munosabatlarimizni ittifoqchilik darajasiga ko‘tarish bo‘yicha tarixiy qaror qabul qildik», – dedi Imomali Rahmon. Keyingi yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi qariyb 40 barobarga, joriy yil boshidan esa 35 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tashrif arafasida Dushanbe shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, Toshkent shahrida esa biznes forum o‘tkazilib, ularning yakunida qiymati 1 milliard dollardan ziyod salmoqli hujjat va shartnomalar imzolandi, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Shu yil 20 iyun kunidan boshlab Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Tomonlar yangi tranzit yo‘laklarini shakllantirish va zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish, havo, temir yo‘l transporti va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish, birgalikda agroklasterlar va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqishga kelishib oldilar. Energetika va suvdan oqilona foydalanish borasida samarali hamkorlik uchun noyob imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Shu munosabat bilan Tojikiston prezidentining Muzliklarni asrash xalqaro fondini tashkil etish va 2025 yilni Muzliklarni himoya qilish xalqaro yili deb e’lon qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Muzokaralarda parlamentlararo muloqot va xalq diplomatiyasini yanada kengaytirish, hududlararo aloqalarni rivojlantirish va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. «Birodar xalqlarimizni o‘zaro boyitish va yaqinlashtirishga, mamlakatlarimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan milliatlarimizning ko‘p sonli vakillari bizni birlashtiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Biz milliy madaniy markazlarning muvaffaqiyatli faoliyati uchun bundan buyon ham zarur sharoitlar yaratishga tayyor ekanimizni tasdiqladik», – dedi O‘zbekiston prezidenti. Bundan tashqari, O‘zbekiston har yili Tojikiston fuqarolari uchun ajratiladigan ta’lim grantlari sonini ko‘paytirmoqchi. Mamlakatlarimizda kino, madaniyat kunlari va turli festivallarni muntazam o‘tkazib borish davom ettiriladi. Ma’lumki, joriy yilda buyuk shoirlarimiz Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning yaqin do‘stligiga bag‘ishlangan qo‘shma filmni suratga olish boshlanadi. «O‘ylaymanki, film namoyishi davlatlarimiz o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 30 yilligini keng nishonlash doirasida uzoq kutilgan voqea bo‘ladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlarining alohida ahamiyatini, xalqaro tashkilot va tuzilmalar doirasida konstruktiv muloqot va o‘zaro ko‘makni davom ettirish zarurligini qayd etdilar. Tadbir yakunida O‘zbekiston prezidenti Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning tarixiy tashrifi natijalari, hech shubhasiz, xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro anglashuv va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
8O‘zbekiston
AQSh kreyseri va Janubiy Koreya kemasi xalqaro suv hududida to‘qnashib ketdi Amerikaning Lake Champlain raketa kreyseri va Koreya Respublikasi baliq ovlovchi kemasi Yapon dengizining xalqaro suv hududida to‘qnashib ketdi. Bu haqda 9-may, seshanba kuni AQSh harbiy doiralari vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Nashr manbasining ma’lum qilishicha, to‘qnashuv Koreya yarimorolidan sharqdagi xalqaro suv hududida yuz bergan. Pentagon vakili hodisa aynan qanday vaziyatlarda yuz berganligiga aniqlik kiritmagan. Lake Champlain kreyseri bir necha hafta avval KXDR qirg‘oqlariga ko‘chirilgan Amerika aviatashuvchi zarba berish guruhining bir qismi hisoblanadi. AQSh Harbiy-havo kuchlari yozma bayonotiga ko‘ra, hodisa oqibatida har ikkala tomondan hech kim jabrlanmagan.
2Dunyo
MOQda o‘zgarish: Umid Ahmadjonov iste’foga chiqariladi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgan Umid Ahmadjonov iste’foga chiqariladi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 15-may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Unda Ahmadjonov iste’foga chiqarilib, qo‘mitaning yangi prezidenti e’lon qilinishi kutilmoqda. Hozircha amaldagi rahbarning ishdan ketish sabablari ochiqlanmagan. Qayd etish joiz, Ahmadjonov qo‘mitaga prezidentlik qilgan davrda o‘zbekistonlik sportchilar medallarni qo‘lga kiritish bo‘yicha mamlakatning Osiyo o‘yinlaridagi rekordini yangilagandi. Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov 2018-yil 16-yanvar kuni Alisher Sultonov o‘rniga qo‘mita prezidenti etib saylangandi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
RFPL. «Lokomotiv», «Zenit» va «Spartak»da g‘alaba Rossiya premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan «Spartak» Permda «Amkar» mehmoni bo‘lib Aleksandr Samedovning yagona goli evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Zenit» Samarada Artyom Dzyubaning dubli va Xavi Garsiyaning goli evaziga g‘alaba qozonib, YeChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan TsSKA bilan oradagi farqni bir ochkogacha qisqartirdi. «Lokomotiv» esa «Orenburg»ni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov maydonga tushmagan bo‘lsa, yarimhimoyachi Vadim Afonin mehmonlar tarkibida 58 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi. Yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Krasnodar» esa «Ural» uyida so‘nggi daqiqada kiritilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishning uddasidan chiqdi. Rossiya premer-ligasi, 28-tur Ural – Krasnodar 1:1 (1:0) Gollar: Naldo (42, avtogol) – Klasson (90). Ural: Arapov, Kulakov, Balajits, Tabidze (Novikov, 37), Dantsev, Pavlenko (Fidler, 58), Yemelyanov, Manucharyan (Lungu, 68), Bikfalvi, Dimitrov, Ilin. Krasnodar: Sinitsin, Kaleshin (Ramires, 76), Naldo, Grankvist, Torbinskiy, Gazinskiy, Kabore, Pereyra (Joaozino, 61), Jigulev (Mamayev, 46), Klasson, Vanderson. Ogohlantirishlar: Pereyra (50), Naldo (64), Grankvist (90). Amkar – Spartak 0:1 (0:0) Gol: Samedov (50). Amkar: Xomich, Zaytsev, Zanev, Balanovich (Kostyukov, 60), Milkovich, Gasilin, Gol, Idovu, Komolov (Salugin, 78), Bodul, Gigolayev (Prokofev, 86). Spartak: Selixov, Kutepov, Bokketti, Djikiya, Tigiyev, Glushakov (Timofeyev, 72), Samedov, Leontev, Melgarexo (Promes, 58), Ananidze, Luis Adriano (Ze Luish, 58). Ogohlantirish: Zanev (76). Krilya Sovetov – Zenit 1:3 (0:3) Gollar: Ivanovich (55, avtogol) – Dzyuba (1, 8), Garsiya (35). Krilya Sovetov: Loriya, Zotov, Bato, Bojin, Yatchenko, Miyaylovich (Nadson, 43), Zinkov (Bashkirov, 43), Tkachev (Zuyev, 76), Paskuato, Bryuno, Kornilenko. Zenit: Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Krishito, Jirkov (Netu, 77), Tsallagov, Garsiya, Mollo (Kokorin, 63), Juliano, Danni (Ernani, 85), Dzyuba. Ogohlantirishlar: Bato (39), Bojin (59), Zotov (81). Lokomotiv – Orenburg 4:0 (1:0) Gollar: Ari (37, 50), Mixalik (72), Fernandesh (85). Lokomotiv: Gilerme, Mixalik, Peychinovich, Kverkveliya, Tarasov, Igor Denisov, Fernandesh, Loskov (Miranchuk, 13), Ignatev (Rotenberg, 81), Maykon, Ari (Miranchuk, 73). Orenburg: Rudenko, Poluyaxtov, Andreyev, Sivakov, Vadim Afonin (Vorobev, 58), Malyx, Georgiyev, Dragun, Parnyakov (Yefremov, 78), Lobjanidze, Dyurish (Koronov, 69). Ogohlantirishlar: Georgiyev (16), Tarasov (32).
13Sport
Tergov departamenti «Human» agentligi ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini yakunladi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «HUMAN xususiy bandlik agentligi» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakunlandi. Bu haqda Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Qulbekov Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi. IIV rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 20 sentabr kuni jamiyat rahbari Shohinur Fayzullayevga JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov jarayonida mingdan ziyod fuqaro jabrlanuvchi va fuqaroviy da'vogar, deya e'tirof etildi hamda ularga MChJ tomonidan jami 21 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi.  Dastlabki tergov davomida Sh.Fayzullayevga tegishli bo‘lgan xonadonlar va avtomashinalar olingan bo‘lib, ular 6 milliard so‘mdan ko‘proq narxga baholangan. Bundan tashqari, jamiyat ofisida va boshqa joylarda bo‘lgan mol-mulklar ham xatlanib, 350 million so‘mdan ziyod narxga baholangan.  Shuningdek, zararni qoplash maqsadida Sh.Fayzullayev tomonidan turli xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning hisob raqamlariga o‘tkazilib, kelib chiqishiga qonuniy tus berilgan 1,5 milliard so‘mga yaqin pul mablag‘lari xatlanib, IIV huzuridagi depozit hisob raqamiga topshirilgan. Ushbu mol-mulklar keyinchalik sudning qonuniy qarori bilan sotilib, depozitdagi pul mablag‘lariga qo‘shiladi va jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash uchun qaytariladi.  «Shuni ta'kidlash lozimki, tergov idorasi fuqarolarga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash choralarini ko‘rish maqsadida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida MChJ mansabdor shaxslari tomonidan odamlardan olingan juda ko‘p miqdordagi jami 15 milliard so‘mga yaqin pul mablag‘lari 11ta xo‘jalik yurituvi su'bektlarga «turli xil maqsadlarda» o‘tkazilib, ularni kelib chiqishiga qonuniy tus berilgani va qing‘ir niyatli «tadbirkorlar» yordamida naqdlashtirilib, o‘zlashtirilgani aniqlandi. Ayni paytda mazkur soxta ishbilarmonlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biz ulardan ushbu pul mablag‘larini qaytarishga qaratilgan barcha kuch-vositalarni ishga solib, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralarini ko‘ramiz», dedi Tergov depatramenti boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Qulbekov.  Ta'kidlanishicha, shu yilning 7 dekabr kuni Shohinur Fayzullayevga qarshi e'lon qilingan ayblov J.K.ning «firibgarlik», «savdo qoidalarini buzish», «rasmiy hujjatlarni qasddan nobud qilish», «soxta tadbirkorlik», «jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish» va «nodavlat tijorat tashkiloti mansabdor shaxsi tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilish» jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan to‘ldirilgan.  Hozirda jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasi tuzilib, ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sud idorasiga mazmunan ko‘rib chiqish uchun berish maqsadida prokuratura idorasiga yuborildi.
8O‘zbekiston
Nokia kabel tarmoqlari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyani xarid qilmoqchi Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi AQShning kabel tarmoqlari uchun yangi avlod texnologik yechimlari bilan shug‘ullanuvchi Gainspeed kompaniyasini sotib olmoqchi. Xarid rejasini Nokia matbuot xizmati e’lon qildi, deb xabar beradi “TASS”. Kelishuv 2016-yilning 3-choragida yopilishi rejalashtirilmoqda. Gainspeed’ga 2012-yilda asos solingan. U Kaliforniya shtatida joylashgan. Kompaniyada 70 xodim faoliyat yuritadi.
14Texnologiya
Shotland politsiyasi yo‘l qoidasini buzgan tovuqni ushladi Shotlandiyaning Dandi shahri politsiyasi yo‘l harakati qoidasini buzgan tovuqni ushlagani haqida hisobot berdi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda.  Huquq-tartibot muassasalariga erta tongda yo‘lning qatnov qismida tovuqni ko‘rgan haydovchilar murojaat qilishgan. Voqea joyiga politsiya naryadi yetib kelib, "qoidabuzarni" qidira boshlagan. Birozdan keyin tovuq topilgan. Tovuq mahalliy politsiya bo‘limiga yetkazilgan, so‘ngra Hayvonlarga qattiqqo‘llik qilishning oldini olish qirollik jamiyati vakillariga berilgan. Endi departament xodimlari tovuqning egasi topiilishi va tovuq nima maqsadda yo‘lni kesib o‘tayotganini aniqlashga umid qilishmoqda.
5Jamiyat
Zaxarova: Snouden Rossiyada qancha istasa shuncha qolishi mumkin Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden boshqalarning ko‘rsatmasi va majburlovlarisiz Rossiyada qancha qolishni hal qila oladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yahoo Global News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. “O‘ylashimcha u buni mustaqil hal qiladi”, — dedi Zaxarova Snouden Rossiyada uzoq muddat qolishi mumkinmi degan savolga javob bera turib. “U bilan hech qachon uchrashmaganman, suhbatlashmaganman ham. U shunchaki bir inson, o‘z irodasiga ega, qayerda yashashini mustaqil hal qilishga qodir”, — deya ma’lum qildi Rossiya tashqi siyosat boshqarmasi vakili. Advokat Anatoliy Kucherena nashrga AQSh prezidentining yangi ma’muriyati Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden bilan aloqaga chiqmaganligini ma’lum qildi. “Bugungi kunda deyarli hech narsa o‘zgarmadi, u Rossiyada yashamoqda va ishlamoqda”, — dedi Kucherena. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
2Dunyo
Eron milliy valutasidagi 4ta nolni olib tashlaydi Eron hukumati milliy valuta – rialdan 4ta nolni olib tashlashni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatdagi yuqori inflatsiyaga qarshi chora sifatida ma'qullandi. Bu haqda Eron hukumati matbuot kotibi Ali Rabiiy ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda DW.  Eron markaziy banki o‘z rejasini yanvar oyi boshida taqdim etgandi.  EIR Donald Tramp Amerika ma'muriyati boshqaruviga kelgach, Vashington tomonidan joriy qilingan iqtisodiy jazo choralari bois, valuta inqirozini boshdan kechirmoqda.  Eron pul birligi rialning 1 dollarga nisbatan qadri 2015 yilgi 32 ming rialdan, sanksiyalar joriy qilingach, bugungi kundagi 120,000 rialgacha ko‘tarilib ketdi.  Bu o‘z navbatida pul qadrsizlanishiga olib keldi. Mamlakatdagi narx-navo, shu jumladan oziq-ovqat va dori-darmonlar qimmatlashdi. Aksar fuqarolar do‘konlarda u-bu xarid qilishga 1 mln rialdan ko‘p sarflamoqda, deyiladi xabarda.
2Dunyo
Janubiy Koreya prezidenti lavozimiga 5 nomzod da'vogarlik qilmoqda 9 mayga belgilangan Janubiy Koreya prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun 5 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda YTN telekanali xabar bermoqda.   Oxirgi reytinglarga ko‘ra, nomzodlar orasida mamlakatdagi eng yirik muxolif partiya hisoblanuvchi "Demokratik partiya" nomzodi Mun Chje In yetakchilik qilmoqda. Uni 30 foiz ovoz beruvchilar qo‘llab-quvvatlamoqda.  "Xalq partiyasi"dan An Chxol Su nomzodi bildirilgan, unga 20 foiz ovoz berilgan. "Erkin Koreya partiyasi" o‘z nomzodi sifatida Kyonsan-Namdo viloyati gubernatori Xon Chjun Pxyoni, bu partiyadan ajralib chiqqan "Adolatli siyosiy partiya" esa Yu Son Min nomzodini bildirgan.  "Adolat partiyasi" Janubiy Koreya parlamenti deputati Sim San Chjonni nomzod sifatida ko‘rsatgan. Janubiy Koreyada prezidentlik saylovlari hokimiyatdan sobiq prezident Pak Kin Xening chetlatilishi va hibsga olinishi sababli muddatdan avval o‘tkazilmoqda. Prokuratura sobiq prezidentni poraxo‘rlik, hokimiyatni suiste'mol qilish va yot odamga maxfiy ma'lumotni berishda ayblamoqda.
2Dunyo
O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlariga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Bugun, 29 noyabr kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekistonning «2019-2021 yillarga mo‘ljallangan tizimli islohotlar asosiy yo‘nalishlarining yo‘l xaritasi» mavzusidagi taqdimot-muzokara ko‘rinishidagi xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi. Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Jahon bankining ishchi guruhi bilan birgalikda, tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadida beshta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan «islohotlar yo‘l xarita»sini ishlab chiqqan. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshlab berdi.  Kun.uz muxbiri xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev va Jahon bankining sobiq vitse-prezidenti, Jorj Vashington universiteti professori Denni Leyptsiger yig‘ilganlarga yo‘l xaritasi taqdimotini tanishtirishdi. Taqdimot marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va davlat idoralari, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, qator xalqaro moliya institutlari va konsalting muassasalari vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakchi mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi. Yo‘l xaritasi quyidagicha ko‘rinish oladi: Birinchi, tegishli institutlarni mustahkamlash, modernizatsiya qilingan soliq-byudjyet siyosati va soliq islohotlari natijasida hosil bo‘ladigan makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash. Xususan, makroiqtisodiy ma'lumotlar yig‘ish va tahlil qilish tizimini va pul-kredit siyosatini takomillashtirish, ichki va tashqi qarzlarni boshqarish, davlat xarajatlarining samaradorligi va hisobdorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Ikkinchi, raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonining tezlashishi. Yer va kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish, moliya bozorlarini isloh qilish masalalari qarab chiqilmoqda. Savdo siyosati va eksportni yanada liberallashtirish, aviatsiya sektorini isloh qilish va AKT sohasini rivojlantirish jahon iqtisodiyotiga birikishni jadallashtirishning kelgusi chora-tadbirlari sifatida ko‘rildi. Xususiy sektor faoliyatidagi cheklovlarni olib tashlash, raqobatbardosh biznes muhitini mustahkamlash, investitsion muhit va monopoliyaga qarshi tartibga solish ishlari davom ettiriladi. Qishloq xo‘jaligini, suv ta'minoti va energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan qayta tiklanadigan energetika sohasini rivojlantirish strategiyalari individual sanoatlarning ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Uchinchi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularga xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish. Ta'lim va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishning milliy strategiyasini hamda mehnat bozori, penciya va sud tizimini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. To‘rtinchi, kuchli bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuchaytirish. Uni ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisidan, davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish, davlat ulushiga ega korxonalarni isloh qilish hamda tovar va xizmatlar narxlarining ikkilamchi tartibini bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektor hamkori ko‘rinishiga almashtirish rejalashtirilmoqda. Davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish davlat xizmatlarini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqishga yordam beradi. Jamoatchilik xabardorligini oshirish uchun fuqarolarning zamonaviylashtirish jarayonlarida ishtirokini ta'minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi. Beshinchi, atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirish. Uni himoya qilish uchun «yo‘l xaritasi» ni, suvni tejash dasturini, sug‘orish va melioratsiya tizimini rivojlantirishni rejalashtirilmoqda. Tadbir doirasida o‘tkazilgan davra suhbati davomida islohotlarning yo‘l xaritasi, iqtisodiy islohotlarning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risida fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
4Iqtisodiyot
“Batareya o‘tirdi”: Inson quvvatini o‘g‘irlaydigan 5 odat Tayinli ish yoki yumush bilan shug‘ullanmasa ham kishi o‘zini lohas his qilishi bunga esa nafaqat stress, balki xayolga ham kelmagan boshqa odatlar sabab bo‘lishi mumkin. Ish stolining tartibsizligi Qanchalik g‘alati tuyilmasin, atrofingizdagi tartibsizlik energiyangiz va o‘zingizni his qilishingizga ta’sir ko‘rsatadi. Prinston universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotda, ish stolidagi ortiqcha narsa va buyumlar miyaga ta’sir qilishi, e’tibor va diqqatni chalg‘ishiga sabab bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek, oshxonadagi surunkali tartibsizlik ham jiddiy stress rivojlanishiga olib keladi. Energetiklarga mukkasidan ketish Tarkibida shakar mo‘l bo‘lgan energetiklar vaqtincha sizni energiya bilan ta’minlashi, biroz vaqt o‘tib esa odatdagidan ham ko‘proq bo‘shashishingizga sabab bo‘lishi mumkin. Bu xuddi energiyani kreditga olib keyin katta foizda qaytarish kerakligiga o‘xshaydi. Avvaliga keskin ko‘tarilgan qand miqdori keyinroq odatdagidan ham pasayadi. Bukchayish Energiyaga to‘la bo‘lishning eng oson yo‘li qomatni tik tutish hisoblanadi. Biofeedback jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda yozilishicha, kishining yurishi va qaddi qomatini tik tutishi energiya va depressiya darajasiga ta’sir qiladi. Ikki-uch soat davomida qaddini bukib, oyoqlarini sekin harakatlantirib yuradigan bo‘lsa, tushkun kayfiyat va uyqu bosishi kuzatilishi mumkin. Toza havoda faol sayr qilish, qo‘llarni harakatlantirib, qadni tik tutish esa aksincha, energiyaga to‘la bo‘lishga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham bo‘shashib, o‘zingizni energiyasiz his qilsangiz, qaddingizni tik tutish va ko‘proq jismoniy faol bo‘lishga harakat qiling. Yetarlicha suv ichmaslik Organizmning suvsizlanishi bosh og‘rishi, charchoqni his qilish, diqqat qilishga qiynalish hamda kognitiv vazifalarni bajarishda muammo kuzatilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kun davomida yetarlicha suv ichish va organizmning suvsizlanishiga sharoit  yaratmaslik tavsiya qilinadi. Vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qilmaslik B guruhi vitaminlari, magniy va D vitaminining yetishmasligi energiyaning doimiy ravishda past bo‘lishining boisi hisoblanadi. Ratsioningizda ushbu moddalar yetishmasligidan shubhalansangiz qon tahlili topshirish va natijaga qarab taomnomaga o‘zgartirish kiritish kerak.
11Salomatlik
KXDR Janubiy Koreyaning birlashish bo‘yicha takliflarini eshitishga tayyor KXDR Janubiy Koreyaning birlashishga yo‘naltirilgan har qanday takliflarini eshitishga tayyor. Bu haqda bugun, 16-may kuni mamlakat rahbari Kim Chen Inning Koreya mehnat partiyasi syezdidagi yarim orolni birlashtirish bo‘yicha so‘zlari munosabati bilan chop etilgan Shimoliy Koreya hukumati, siyosiy partiyalari va jamoatchilik tashkilotlarining qo‘shma bayonotida aytildi, deb xabar bermoqda “TASS”. “Agar Janubiy Koreya mustaqil milliy birlashishga yordam beradigan taklif bilan chiqsa, KXDR uni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi bayonotda. Shu bilan birga, hujjatda ta’kidlanishicha, rasmiy Seul ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash uchun harakat qilishi va bu yo‘lda to‘g‘ri qadamlar tashlashi lozim. Bayonotda, shuningdek, Janubiy Koreyaning yadroviy qurol muammosiga munosabati tanqid ostiga olindi.
2Dunyo
Tim Kuk Apple’dan salkam 90 mln dollar mukofot oldi Apple bosh direktori Tim Kuk 560 ming dona aksiya ko‘rinishidagi mukofot oldi. Bu kompaniyada rahbarlar uchun ko‘zda tutilgan mukofotning eng yuqori darajasi, deya xabar beradi TJournal. Kompaniya Kukning mukofoti haqida e’lon qilganda Apple aksiyalari 159,27 dollar atrofida savdo qilinayotgandi. Shundan kelib chiqib, bosh direktor 89,2 million dollarga ega bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Ma’lumot uchun, Tim Kuk bunday bonuslarni 2011-yilda Apple bosh direktorligini egallaganidan beri olib kelyapti va bu uning to‘rtinchi mukofoti. U oldinroq mablag‘larining katta qismini xayriya maqsadlariga sarflashini bildirgandi.
14Texnologiya
Rossiyalik tinchlikparvarlar Armanistonning Goris shahriga kirib keldi (video) Rossiya tinchlikparvar kuchlarining avtokolonnalari Armanistonning Goris shahriga kirib bordi. Harbiy texnikalarning harakatlanayotgani tasvirlangan video RT telekanali tomonidan e’lon qilingan. Ta’kidlanishicha, tinchlikparvarlar Tog‘li Qorabog‘ tomon harakatlanmoqda. Avvalroq bortida rossiyalik tinchlikparvarlar bo‘lgan oltita “Il-76” samolyotlari havoga ko‘tarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Eslatib o‘tamiz, Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya yetakchilari 9-noyabr kuni kechqurun Qorabog‘da janglarni to‘xtatish haqida uch tomonlama shartnoma imzoladi. Sulh shartlari Kelbajar, Agdam, Lachin tumanlari va Gazax tumanida Armaniston tomoni egallab turgan hududlar Ozarbayjon nazorati ostiga berilishini nazarda tutadi. Urush tugagani e’lon qilingach, Armanistonda noroziliklar boshlangan. Yerevanda Armaniston parlamenti binosi yonida norozilik namoyishlarini uyushtirayotganlar Milliy majlis spikeri Ararat Mirzoyanni do‘pposlagan.
2Dunyo
AT “Savdogarbank” yana valuta birjasi savdolarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi 2019 yil 19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valuta qonunchiligi sohasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun AT “Savdogarbank”ga nisbatan valuta birjasi savdolarda ishtirokini cheklash choralari qo‘llandi. Shu bilan birga chet el valutasini sotib olish va sotish bo‘yicha mijozlarning barcha talablari ichki valuta bozorida to‘liq qondirildi. Belgilangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi natijasida bank 2019 yil 26 martdan valuta birjasi savdolarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Hozirgi vaqtda bankda barcha bank operatsiyalari o‘rnatilgan tartibda bajarilmoqda. AT “Savdogarbank” mijozlariga ularning ishonchi va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.
5Jamiyat
Qarshida yashovchi oila 10 yil yashab qonuniy nikohdan o`tishdi Oila qadim-qadimdan muqaddas qo`rg`on hisoblangan. Uning tinch-osoyishtaligi uchun er va xotin mas`uldir. Lekin shunday vaziyatlar bo`ladiki, arzimagan birgina qog`oz tufayli oila tinchligi buzulishi mumkin.  Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.Qosimov 2011 yilda fuqaro F.Jo`raeva bilan sha`riy nikohdan o`tadi, Nikoh guvohnomasini olishda beparvolik qilishadi. Bu orada birin -ketin farzandlar dunyoga keladi. Oila kattalashgan sari muammolar ham kattalasha boshlaydi. Oiladagi etishmovchilik tufayli guvohnoma olish yana qolib ketadi. Nikoh guvohnomasining yo`qligi oradan 10 yil o`tib oilani tashvishga sola boshlaydi. Uy- joy olish uchun ham Nikoh guvohnoma olish kerakligini kech anglab etgan  B.Qosimov veb sayt orqali prezident portaliga murojaat qiladi. Murojaatlarni o`ganish vaqtida Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi ushbu oilani moddiy tomondan ahvoli og`irligi hisobga olinib, fuqaroga moddiy ko`mak berildi.Tez orada Qarshi tuman FXDY bo`limi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi va nikoh guvohnomasi o`z egalarini topshirildi. "Eshikma eshik sarson bo`lamanmi, degan qo`rquvda yurar edim. Oilada boquvchi faqat xo`jaynim. Kunlik topgan maoshi arang kunlik xarajatlarga etadi. Bugun yaxshi insonlarni ko`magi bilan biz nikoh guvohnomasini oldik. Insonlarda xaliyam oqibat yuqolmaganligiga bugun amin bo`ldim" deydi fuqaro F.Jo`raeva
5Jamiyat
Otabek Shukurov BAA klubi bilan shartnomasini uzaytirdi O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov BAAning «Sharja» klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Klub rasmiy saytining ma'lum qilishicha, tomonlar hamkorlikni 2022 yilga qadar davom ettirishga kelishib olishgan. Shukurov sharjaliklar safiga 2017 yilning dekabrida erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. 22 yoshli xavbek bunga qadar «Bunyodkor», «Mash'al» va «Buxoro» klublari sharafini himoya qilgan. Ma'lumot uchun, «Sharja» BAA chempionatining 2018/19 yillar mavsumida 12ta turdan so‘ng peshqadam bo‘lib turibdi. Klub amaldagi chempioni «Al-Ayn» bilan teng ochko to‘plagan bo‘lib, asosiy raqobatchisini qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ortda qoldirmoqda. Otabek Shukurov 12ta turning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va deyarli almashtirishlarsiz o‘ynamoqda. Uning hisobida ikkita gol va ikkita sariq kartochka bor.
13Sport
Dubayda dunyodagi eng yirik ko‘ngilochar majmua quriladi WL Group investitsiya kompaniyasi Dubayda dunyodagi eng katta ko‘ngilochar bog‘ qurishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net. Yangi majmua to‘rtta alohida mavzuli qismlardan iborat bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ularning har biri turli multfilm va komikslarga bag‘ishlanadi. Shuningdek majmua tarkibiga dunyodagi eng yirik suvosti bog‘i kiritiladi, uning 2020-yilda ochilishi ko‘zda tutilgan. Bog‘ 2500 m² maydonda joylashadi va keng turdagi attraksionlarni o‘z ichiga oladi. Muhandislar jamoasi Sarguzashtlar bog‘i loyihasini barcha yoshdagi kishilar uchun faol hordiq oladigan mukammal joy sifatida tuzdi.
2Dunyo
Boʻsh ish oʻrinlari yagona bazasi Adliya vazirligi saytida joylashtiriladi Shuningdek, dasturda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlarida faoliyat yuritayotgan 3040 nafar хodimlar toʻgʻrisida shaхsiy ma’lumotlar, ularning attestatsiyadan oʻtganligi va malaka oshirganligi hamda martaba darajalariga ega ekanligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ham mavjud. Bugungi kunda, mazkur ma’lumotlar bazasi Adliya vazirligining rasmiy saytida joylashtirilgan boʻlib, undan hamma erkin foydalanishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning “Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandida Adliya vazirligiga vazirlikning rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi yagona, hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar bazasini yaratish hamda uning muntazam ravishda yangilanib turilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan edi. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
10Qonunchilik
Taksilardagi koʻchatlar, yashin urgan Xalqaro savdo markazi, Tailanddagi hukumatga qarshi namoyishlar — 14 sentyabr suratlari Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan UNESCO koʻmagida oʻtkazilgan «Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorrahasida» xalqaro madaniy forumi doirasida Oʻzbekistonda madaniy meros haftaligi va Butunjahon jamiyatining «Oʻzbekiston madaniy merosi — Yangi Renessans poydevori» V kongressi boʻlib oʻtdi. 2021 yilgi tadbirlar Toshkent, Xiva va Nukus shahrida oʻtkaziladi. Kongress oʻtkazish uchun «Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida» turkumidan 15 ta yangi kitob-albom tayyorlangan. Kitoblarning umumiy soni 50 ga yaqinlashgani ta‘kidlangan. Kongress loyihasi oʻtkazishning oʻziga xos yutugʻi Hindistonning Boburiy me‘moriy yodgorliklari epigrafik yozuvlarini ochish va oʻqishga bagʻishlangan jildni tayyorlash boʻyicha ishlarning yakunlanishi ekani qayd etilgan. Bu jild nafaqat Oʻzbekiston, balki chet eldagi yodgorliklar bilan ham tadqiqot ishlarining boshlanishini anglatuvchi «Oʻzbekiston me‘moriy epigrafiyasi» turkumining davomi hisoblanadi. «Tolibon» harakati Afgʻoniston muvaqqat hukumati rahbari mulla Muhammad Hasan Oxundning zamonaviy suratini birinchi marta e‘lon qildi. Falastinlik bir kishi bedanani ushlab olgach, uni toʻridan chiqardi. Tailandda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari, mana, bir necha oydirki davom etmoqda. Nyu-Yorkda Black Lives Matter namoyishlari paytida polisiyaga oʻdagʻaylab turgan namoyishchi. AQShda, shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinalashga doir tadbirlardan norozi boʻlganlar «ozodlik yurishi»da qatnashmoqda. Nyu-Yorkda joylashgan Xalqaro savdo markazining tomiga oʻrnatilgan minorasini chaqmoq urdi. Panjob polisiya kuchlarining Shakti jamoalaridan biri — ayollarga qarshi jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida tuzilgan ayollar guruhlari ishga tushirish marosimida qatnashadilar. Bangkokda taksi haydovchilari pandemiya sababli ishlatilmaydigan mashinalarda umumiy sabzavot bogʻini tashkil qildi. Nyu-Yorkdagi «Metropolitan» muzeyida Kostyum san‘ati institutining an‘anaviy bali boʻlib oʻtdi. Uzoq kutilgan marosim oʻtgan yili pandemiya sabab bekor qilingan edi. Marosimning rasmiy dress-kodi «Amerika ozodligi» deb nomlandi. Suratda Gollivud aktrisasi Kim Kardashyan oʻzining antiqa libosida.
3Foto
O`z chaqalog`ini hojatxonaga tashlagan kelinchakka hukm o`qildi 2018 yil 3 aprel kuni soat 19:00larda Oltiariq tumanida yashovchi sudlanuvchi X.B. o`zining yashash uyi hojatxonasida sog`lom qizaloqni dunyoga keltiradi. Bir oylik kelinchak ushbu holatdan sharmanda bo`lishdan qo`rqib, chaqalog`ini qasddan o`ldirish maqsadida uni hojatxona ichiga tashlab yuborib, chaqaloqni yashirish maqsadida hojatxona ichiga xom va pishgan g`isht bo`laklarini chaqaloqni ustiga tashlab yuborgan. Shundan so`ng X.B mazkur holatni yaqinlaridan yashirib, qornida bo`lgan bir oylik homilasi tushish xavfi bo`layotganligi sababli qon ketayotganligini aytganligi uchun yaqinlari tomonidan Oltiariq tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Bu vaqtda xonadonda qolgan fuqaro F.M hojatxona ichidan chaqaloq yig`isi kelayotganligini eshitib, hojatxona ichida bo`lgan chaqaloqni qo`shnilar yordamida olib chiqib, tuman markaziy shifoxonasiga olib borgan. Oltiariq tuman Markaziy shifoxonasida chaqaloqqa ko`rsatilgan birinchi tibbiy yordam natijasida chaqaloqning hayoti saqlab qolinib, X.Bning jinoiy qilmishi oshkor bo`ladi. Sudda sudlanuvchi X.B aybiga to`liq iqror bo`ldi va qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini aytdi. Jinoyat ishlari bo`yicha Buvayda tuman sudihukmi bilan X.Bga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U.Mehmonaliev, Jinoyat ishlari bo`yicha Buvayda tuman sudining sudyasi
6Jinoyat
Rossiyaning VTB moliyaviy guruhi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga 1 mlrd dollar kredit beradi Tegishli bitimni imzolash Toshkentda «O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar yutuqlari va ularning istiqbollari» forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. «NKMK bilan tuzilgan shartnoma VTB uchun O‘zbekistondagi eng yirik bitim hisoblanadi. Umid qilamizki, u korxona, butun kon-metallurgiya sanoati va mamlakatning tegishli tarmoqlarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz o‘z hamkasblarimizga nafaqat moliyaviy, balki investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha yordam berishga, shuningdek, ESG dasturini amalga oshirish bilan bir qatorda, xalqaro kapital bozorlarida ishlashda ham ko‘mak ko‘rsatishga tayyormiz», dedi VTB banki boshqaruvi raisi Andrey Kostin.  «NKMK bilan tuzilgan bitim kombinatga uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha birinchi va eng yirigi bo‘ldi, shuningdek, bu davlat nazorati ostidagi barcha korxonalar o‘rtasida biznesni rivojlantirish uchun bir martalik qarz mablag‘larini eng katta jalb qilish hisoblanadi. Kelishuv tog‘-kon sanoati va NKMKning 2018 yilda boshlangan keng ko‘lamli transformatsiyasi tufayli amalga oshdi. Kompaniyani o‘zgartirish 2021 yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Shuningdek, biz VTB va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan iqtisodiyotning har bir sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga umid qilamiz», dedi O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda yosh robototexniklar o‘rtasida RoboCUP televizion musobaqasi o‘tkaziladi Innovatsion rivojlanish vazirligi, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorlikda yosh robototexniklar o‘rtasida RoboCUP televizion musobaqasini e’lon qiladi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi. Musobaqa “Robo-sumo” hamda “Robo-futbol” yo‘nalishlaridan iborat bo‘lib, 2 yosh toifasi o‘rtasida o‘tkaziladi. “Robo-sumo” yo‘nalishi arduino platformasida yasalgan, o‘zini o‘zi boshqaruvchi 16 ta robot o‘rtasida o‘tkaziladi. Ushbu yo‘nalishda qatnashish uchun 2 kishidan iborat bo‘lgan jamoa o‘z robotini yasashi kerak. Musobaqa g‘oliblariga Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Asian Science Camp oromgohiga borish uchun yo‘llanma beriladi. “Robo-futbol” yo‘nalishi Lego konstruktorlarida yasalgan robotlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Musobaqa g‘oliblari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga kirish uchun 30 foiz qo‘shimcha ballarga ega bo‘ladi hamda esdalik sovg‘alari topshiriladi. Musobaqaga qatnashish uchun barcha jamoalar onlayn ariza to‘ldirishlari talab etiladi. Arizalar 2019-yilning 5-martiga qadar reg.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.
14Texnologiya
Islom Karimov «Yandeks» tizimida eng ko‘p qidirilgan shaxslar ro‘yxatidan joy oldi Rossiyaning “Yandeks” qidiruv tizimi yil yakunlarini sarhisob qilib, 2016 yilda foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p izlangan so‘rovlarni ma'lum qildi.  Qidiruv talablari orasida yetakchilik hamon – “ob-havo” va ijtimoiy tarmoq nomlarida qolgan.  “Mamlakat va dunyodagi hodisalar” reytingida birinchi o‘rinda RF Davlat dumasiga saylovlar, ikkinchi – AQSh prezidenti saylovlari, uchinchi pog‘onada esa “Rossiyadagi cho‘chqa grippi” so‘rovlari qayd etildi.  “Yandeks”ga ko‘ra eng ko‘p qidirilgan erkaklar ro‘yxatidan AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp, aktyor Leonardo DiKaprio va xonanda Valeriy Obodzinskiy joy oldi. Shuningdek, o‘nlikdan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, jurnalist Pavel Sheremet va musiqachi Devid Boui ham o‘rin egalladi. “Ayollar” qismida esa ko‘proq Kseniya Sobchak izlangan. Ro‘yxatdan manekenchi ayol Regina Zbarskaya, AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Xilari Klinton va AQShning bo‘lajak birinchi xonimi Melaniya Tramp ham joy oldi. Eng shov-shuvli premera deb esa iPhone yangi modellarining chiqarilishi tan olindi.  Sport olamidagi eng ommabop voqeaga – Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada aylandi.
8O‘zbekiston
Mammolin va Sperolin: bepushtlikni davolashda jiddiy qadam! Farzand – Yaratganning buyuk ne'mati, har bir oilaning quvonchi, ota-onaning davomchisidir. Ammo ko‘pchilik juftliklarda ma'lum sabablarga ko‘ra farzandsizlik kuzatilmokda. Biz taklif qilayotgan MAMMOLIN va SPEROLIN bu jiddiy muammoni bartaraf qilishda yordam berishi mumkin. Ayollarimiz uchun MAMMOLIN kombinatsiyalangan maxsus tarkibga ega bo‘lib: MAMMOLIN – ayollarni homiladorlikka tayyorlash uchun kombinatsiyalangan vitamin kompleksidir. MAMMOLIN mahsuloti: MAMMOLIN'ning faol tarkibiy qismi – kombinatsiyalangan vitaminlar kompleksi: L-Arginin – organizmda va tuxumdonda qon aylanishini yaxshilaydi, hujayralarni kislorod bilan ta'minlaydi. E vitamini – homila tushishining oldini oladi. Rux – chaqaloqning tug‘ma nuqsonlarsiz tug‘ilishiga yordam beradi. B6 vitamini – yangi organizm hujayralari uchun asosiy vosita hisoblanib, bolaning miya va asab tizimi normal rivojlanishini ta'minlaydi. Selen – fertillik (jinsiy aloqaga bo‘lgan xohish)ni xamda homilador bo‘lish qobiliyatini oshiradi. Magniy – ruhiy tushkunlik natijasida kelib chiqadigan bepushtlikning oldini oladi. Foliy kislotasi – yangi qon-tomirlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi, homiladorlikning erta tugashi va qon ketish xavfini kamaytiradi. C vitamini – qon-tomir va suyak devorlarining asosiy biriktiruvchi elementi hisoblanadi. SPEROLIN – erkaklar uchun maxsus tarkibli vitamin kompleksi va uning foydali jihatlari: SPEROLIN takribida quyidagilar mavjud: Rux – testosteron (erkaklik garmoni) sintezini yaxshilash va uni oshirishga xizmat qiladi. Selen – libido (jinsiy aloqaga bo‘lgan xohish)ni oshiradi. Foliy kislotasi (B9) – spermatozoidlarning nuqsonsiz va sog‘lom yetilishini ta'minlaydi. L-karnitin – spermatozoid morfologiyasini yaxshilaydi va erta eyakulyatsiya (erta bo‘shanish)ning oldini oladi. Ye vitamini – spermatozoidlar soni va harakatchanligini oshirishga yordam beradi. Farzand – oila quvonchi. SPEROLIN va MAMMOLIN oilangizga quvonch olib kelishi mumkin! Murojaat uchun telefon: (71) 200-08-05 Sayt: www.planbaby.uz BFQ dori vositasi emas! Foydalanishdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
5Jamiyat
“Liverpul” va “Manchester Siti” Paulo Dibalani tekinga qo‘lga kiritmoqchi “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala “Liverpul” va “Manchester Siti” qiziqishlar doirasiga tushdi. TuttoMercatoWeb xabariga ko‘ra, mersisaydliklar hujumchi bilan bog‘langan. Ammo muzokaralar qanday natija bilan yakunlangani haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, Dibalaga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda. “Shaharliklar” argentinalik futbolchiga yiliga 10 million yevro maosh va’da qilgan. Hujumchining Manchester jamoasiga o‘tishini bosh murabbiy Pep Gvardiolaning shaxsan o‘zi xohlamoqda. “Yuventus” Dibalaning yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 8 million yevro maosh va bonus sifatida yana 2 million olish shartiga rozi bo‘lmadi. Turin jamoasi aksincha 28 yoshli argentinalikning maoshini kamaytirmoqchi. Rahbariyatning fikriga ko‘ra, qishki transfer oynasi yakunlanganiga qadar futbolchiga yaxshiroq taklif bo‘lmaydi. Avvalroq, argentinalik hujumchiga “Inter” jamoasi qiziqayotgani haqida xabar qilingandi. Bundan tashqari, “Tottenhem”, “Barselona” va “Atletiko” ham Dibalani o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurash olib bormoqchi. Paulo Dibalaning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. “Liverpul” ushbu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi va futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi. Dibala 2021/22-yilgi mavsumda A Seriya doirasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol muallifiga aylangan.
13Sport
2 aprel kuni havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 2 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi. Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Lacoste, Tommy Hilfiger, Levi’s, United Colors of Benetton va Kids Fashion firma do‘konlarida 30% chegirmalar! Mango’da 50% gacha chegirmalar! Fashion Corner’da mo‘jizalar vaqti! Franchayz do‘konlari tarmog‘i “Mo‘jizalar vaqti” shiori ostidagi yoqimli shoping o‘tkazishga taklif etadi! 25-dekabrdan 31-dekabrgacha Lacoste, Tommy Hilfiger, Levi’s, United Colors of Benetton va Kids Fashion firma do‘konlari tovarlariga 30% gacha chegirmalar e’lon qilinadi! Shuningdek, Mango’da 50% gacha chegirmalar! Fashion Corner kompaniyasi do‘konlari O‘zbekistondagi jahon brendlarining yagona rasmiy vakillari hisoblanadi. Bu yerda siz butun oilangiz: erkaklar, ayollar va bolalar uchun garderobni yangilashingiz mumkin! Lacoste Lacoste do‘konining narsalar qatori, brend barcha to‘plamlarining mavsumiy modellarini o‘z ichiga oladi, jumladan, sport to‘plamlarini ham! Manzil: Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 38-A uy Telefon: + 99871-235-5555 Tommy Hilfiger Amerika mashhur Tommy Hilfiger brendi namoyish etadi: yosh erkak va ayollar uchun - asosiy garderob, klassik uslub, turli xil denim va chiqishlar uchun ko‘rinishlar. Manzil: Markaz 2, 5-uy Telefon: + 998 71-236-1146 Levi’s Levi’s do‘koni mavsumdan mavsumgacha keng tanlovli ayollar va erkaklar djinslarini, shuningdek: ustki kiyim, trikotaj, poyabzal va aksessuarlar ko‘rinishidagi garderobning qo‘shimcha elementlarini namoyish etib kelmoqda. Manzil: Markaz 1, Shahrisabz ko‘chasi 1 Telefon: + 99871-236-1908 United colors of Benetton United Colors of Benetton jins, ijtimoiy guruh va millatga urg‘u bermasdan, o‘z hayot falsafasini trikotaj narsalar ishlab chiqarishga qaratadi. Bu yerda ham ayollar ham erkaklar kiyimlari to‘plamlari namoyish etilgan. Manzil: Markaz 1, Shahrisabz ko‘cha 1 Telefon: +99871-236-1181 Kids Fashion Muhlislarga yaxshi tanish Harmont&Blaine, Antony Morato, Loredana brendlari va boshqalari qatorida, do‘konda kompaniya franchayz do‘konlari bolalar to‘plamlari mavjud. Manzil: Markaz 1, Shahrisabz ko‘cha 1 Telefon: +99871-234-4444 Mango Mango’da har bir jozibador ayol uchun xaridlar oqilona narx, ajoyib sifat va turli xil kiyim uslublarining keng tanlovi tufayli quvonchga aylanadi. Manzil: Markaz 1, Shahrisabz ko‘chasi 1 Telefon: +99871-232-0603 Do‘konlardagi konsultant-maslahatchilar yaqinlaringiz va do‘stlaringizda zavq hissini uyg‘otadigan ajoyib sovg‘a tanlashingizga yordam berishadi. Eng zo‘r jahon brendlaridan noyob takliflar, barcha uchun hamyonbop zamonaviy yangi yil syurprizi bo‘la oladi! Fashion Corner savdo kompaniyasi kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi! Sizga va yaqinlaringizga baxt, farovonlik, sog‘lik tilaymiz! Sayt: fashioncorner.uz Tafsilotlarni ko‘p kanalli telefon orqali bilib olishingiz mumkin: +99871-200-11-11
8O‘zbekiston
Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha konferensiya o‘tkaziladi «Hindiston - Markaziy Osiyo» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston ishtirokidagi birinchi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot matni e'lon qilindi. «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining vazirlar darajasidagi Afg‘oniston ishtirokidagi birinchi uchrashuvi 2019 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Afg‘oniston Islom Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. Tomonlar Hindiston va Markaziy Osiyo o‘rtasida madaniy, savdo va gumanitar aloqalar azaldan mavjudligini qayd etib, Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi izchil, samarali va do‘stona munosabatlarni o‘zaro manfaatli hamkorlikni ikki va ko‘p tomonlama shakllarda mustahkamlash borasidagi intilishlari qat'iy ekanini ta'kidladilar. Tomonlar xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash maqsadida hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, dolzarb masalalarni birgalikda hal qilishga bo‘lgan intilishlarini tasdiqladilar. Shu ma'noda, uchrashuv ishtirokchilari 2018 yil 15 mart kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi ishchi (maslahat) uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tkazilganini qutladilar. Tomonlar barcha shakl va ko‘rinishdagi terrorizmni qoralab, butun dunyo xalqlari va iqtisodiyotga tahdid solayotgan terrorizmga qarshi kurashishda hamkorlikka kelishib oldilar. Vazirlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishiga doir muammo va vazifalarni o‘zaro kelishilgan holda hal etishni ta'minlaydigan loyihalarni teng huquqlilik, o‘zaro foyda va manfaatlarni hurmat qilish tamoyillari asosida ishlab chiqish va amalga oshirish muhim ekanini alohida ta'kidladilar. Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun real imkoniyatlar yaratish, o‘zaro erkin savdo uchun qulay sharoitlarni ta'minlash maqsadida hamkorlikni mustahkamlashga intilishini bildirdilar. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro savdo hajmini oshirishga ko‘maklashish, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohalariga investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar jalb etishdagi hamkorlikning istiqbolli imkoniyatlari va yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Tomonlar ishbilarmon doiralar va biznes tashkilotlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishga, kompaniya va korxonalar kooperatsiyasining yangi shakllariga o‘tishga ko‘maklashishga tayyor ekanligini tasdiqladilar. Kichik va o‘rta biznes, startaplar, venchur biznesi darajasida hamkorlikni ilgari surish zarurligini ta'kidladilar. Tarmoq biznes forumlari va boshqa o‘zaro biznes tadbirlarini doimiy asosda o‘tkazish muhimligini qayd etdilar. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari mintaqaning investitsiya muhiti va investitsion jozibadorligini, Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqaro makondagi ishbilarmonlik imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan sa'y-harakatlarni amalga oshirish muhimligini ta'kidladilar. Vazirlar Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlari va shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro manfaatli iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish zarurligiga alohida e'tibor qaratib, bu yo‘nalishda ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Vazirlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining tranzit va transport-kommunikatsiya salohiyatini rivojlantirish, mintaqaning transport-logistika tizimini takomillashtirish borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mintaqaviy va xalqaro transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar. Xususan, ishtirokchilar Xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish bo‘yicha Ashxobod Bitimiga Hindistonning qo‘shilganini ijobiy baholadilar. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston o‘rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirish zarurligini qayd etib, hamkorlikning ko‘p tomonlama mexanizmlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq ekanini ta'kidladilar. Vazirlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston o‘zaro sayyohlar oqimini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishda intilishi qat'iy ekanini ta'kidladilar. Tomonlar Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqaviy turizm yo‘nalishlari va turli sayohatlarni tashkil etish muhimligini qayd etdilar. Tomonlar madaniyat, ilm-fan, ta'lim va sport sohalarida, jumladan, BMT Bosh Assambleyasining A/RES/73/128 "Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik" rezolyutsiyasini amalga oshirish doirasida yoshlarga oid qo‘shma loyihalari hayotga tatbiq etilishiga alohida e'tibor qaratdilar. Vazirlar qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish orqali madaniyat, fan, ta'lim, tibbiyot, axborot sohalarida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan, shuningdek, "xalq" diplomatiyasi doirasida madaniy-gumanitar almashuvlarni qo‘llab-quvvatlash, ekspert-tahlil va jamoatchilik doiralari, OAV o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Tomonlar umumiy madaniy meros va tarixiy yodgorliklarni asrash va o‘rganish masalalaridagi hamkorlikka ustuvor ahamiyat qaratdilar. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ko‘p tomonlama forumlar va tashkilotlar doirasida hamkorlikni davom ettirish, jumladan, pozitsiyalarni kelishish, axborot almashish, nomzodlarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Vazirlar mintaqaviy hamkorlik, tovarlar va energiya resurslari tranzitining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan Afg‘onistonning "Hindiston –Markaziy Osiyo" muloqotining birinchi uchrashuvidagi ishtirokini ma'qullab, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindistonning Afg‘onistonda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, ushbu mamlakatda bevosita afg‘on xalqi rahbarligida va sa'y-harakatlari bilan tinchlik jarayonini o‘rnatishga ko‘maklashishda, shuningdek, qo‘shma infratuzilmaviy, tranzit-transport, energetika va boshqa loyihalarni amalga oshirish, jumladan, mintaqaviy hamkorlik va investitsiya loyihalari orqali Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor va bu borada intilishlari qat'iy ekanini ta'kidladilar.  Tashqi siyosat idoralari rahbarlari afg‘onistonlik xotin-qizlarni mamlakat ijtimoiy hayotiga jalb etish orqali Afg‘onistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash muhimligini ta'kidladilar hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ushbu masalalarga doir konferensiya va forumlar muvaffaqiyatli o‘tkazilishini ma'qulladilar. Vazirlar 2017 yil noyabr oyida Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha yettinchi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi (RECCA VII) natijalarini qayd etib, Afg‘oniston bo‘yicha sakkizinchi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasini (RECCA VIII) 2019 yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida o‘tkazishga hozirlik doirasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini tasdiqladilar. Ishtirokchilar Afg‘oniston bilan birgalikda madaniy tadbirlar, ta'lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda qo‘shma tashabbuslar uchun ulkan salohiyat mavjudligiga e'tibor qaratib, Afg‘oniston tomonining xalqaro yoshlar forumi, festivali, tanlovlar, ilmiy konferensiyalar, ko‘rgazma va boshqa qo‘shma tadbirlarda ishtirok etishiga yordam berishga tayyor ekanini bildirdilar. Tomonlar uchrashuvning Samarqand shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda uni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasiga chuqur minnatdorlik bildirdilar. Ishtirokchilar tashqi ishlar vazirlari darajasidagi "Hindiston –Markaziy Osiyo" muloqotini Afg‘oniston ishtirokida o‘tkazishni muntazam davom ettirishga hamda ushbu formatda 2020 yilda Nyu-Dehli shahrida uchrashishga kelishib oldilar.
8O‘zbekiston
Xalq ta’limi vazirligi: Birinchi sinfga bolalar tanlovsiz qabul qilinadi Ma’lumki, poytaxtdagi ayrim maktablar birinchi sinfga bolalarni imtihon orqali saralagan holda qabul qiladi. Aslida bu qanchalik to‘g‘ri? “Xabar.uz” ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi. O‘zbekiston Respublikasida har bir maktab yoshidagi bola bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim olishi Konstitutsiya bilan kafolatlangan bo‘lib, ushbu huquqning so‘zsiz amalga oshirilishi ta’minlanadi. Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom asosida amalga oshiriladi. Nizomning 39-bandiga muvofiq maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Ushbu Nizomga ko‘ra umumta’lim muassasalarining 1-sinfiga 6—7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq (42-band), tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno (44-band). Nizomning 43-bandida bolalarni umumta’lim muassasasining 1-sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshirilishi belgilangan: Umumta’lim muassasasi rahbari mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi. Hozirda amalda bo‘lgan tartibga asosan, ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 43-bandida “Ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda)” deb aniq belgilab qo‘yilgan. Maktab rahbari umumta’lim muassasalariga bolani o‘qishga qabul qilish uchun fuqarolardan hujjat talab qilishda yuqorida keltirilgan normativ-huquqiy hujjatdagi normalarga tayanadi. Direktorning amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilmasligi esa unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llashga asos bo‘lishi mumkin.
8O‘zbekiston
Snouden Rossiyadan boshpana muddatini uzaytirishni so‘ramoqda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya hukumati bilan mamlakatda qolish muddatini cho‘zish haqida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Snoudenning advokati Jessilina Redek Ridenaur mukofotini topshirish marosimida ma’lum qilgan, deya xabar berdi Look At Me. Advokat hozircha kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, uning “ehtimoli yuqori” ekanini qo‘shimcha qilgan. Edvard Snoudenning Rossiyadan boshpana olish huquqi 2014-yil iyuni oxirida tugaydi. Avvalroq Snouden o‘z vataniga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lish maqsadida advokat Plato Kacheris orqali Vashington bilan muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
2Dunyo
AQSH O‘zbekiston qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,4 mln dollar ajratadi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistondagi qishloq ayollari iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishi uchun qo‘shimcha ravishda 2,4 million dollar ajratadi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu haqda USAID’ning Osiyo byurosi ma’muriyati yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qilingan. Uchrashuv chog‘ida tomonlar USAID va vazirlik o‘rtasida “Agrobiznesni rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida bog‘dorchilik, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan. “USAID joriy yil yozida O‘zbekiston qishloq ayollari iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishi uchun qo‘shimcha ravishda 2,4 million dollar ajratishini e’lon qilishdan juda mamnunman. Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston, ayniqsa, Orolbo‘yi hududidagi qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish, kasb-hunar berish, mikromoliyalashtirish, murabbiylik va bandlik dasturlarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi”, — deydi Anjali Kaur. Bundan oldin USAID O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha 2,5 million dollar ajratgan. Shuningdek, maktablariga qiymati 10 million dollarlik 385 mingta kitob taqdim etgan va Sog‘liqni saqlash vazirligiga sil kasalligini aniqlash uchun 30 ta GeneXpert uskunasini sovg‘a qilgan.
8O‘zbekiston