text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Gamburgdagi tartibsizliklar tufayli 300 ga yaqin kishi qo‘lga olindi G20 sammiti o‘z ishini yakunlagan Gamburgda qatorasiga uchinchi kecha tartibsizliklar davom etdi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda. 9-iyul, yakshanbaga o‘tar kechasi shaharning Shansen dahasida yana namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Politsiya suv purkagich, qalampir kukuni va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida 600 kishi ishtirok etgan daha qamalini tarqatib yuborishga urindi. Namoyishchilar bunga javoban politsiyachilarga shisha, tosh va pirotexnika vositalari uloqtirdi. Barrikadalar, avtomobillar yoqib yuborildi. Spiegel nashriga ko‘ra, G20 sammiti tufayli boshlangan norozilik aksiyalarida ishtirok etgan 144 kishi qo‘lga olindi, yana shuncha odam hibsda tutib turilibdi.
2Dunyo
“Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida Yangi turdagi COVID-19 koronavirus haqidagi yangiliklardan so‘ng, dorixonalarida tibbiyot niqoblariga bo‘lgan taqchillik yuzaga keldi. Ko‘chalarda odamlarning aksariyati niqobda. Bosh vazir tibbiy niqoblar va tibbiyot kombinezonlarini ishlab chiqarish hajmi oshirilgani, mamlakatda yetarli darajada zaxira shakllantirilganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, ayrim dorixonalarda tibbiyot niqoblari sotuvda qolmagan. Turli soha mutaxassislari OAV orqali chiqish qilib, virusdan himoyalanish uchun niqoblardan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Aslida ham shunday? Dorixonaga yugurish kerakmi? Meduza shu turdagi savollarga javob berdi. Qisqa qilib aytganda, yirik tibbiyot tashkilotlari kasal bo‘lmagan va shifoxona yoki poliklinikada ishlamaydigan odamlarga niqob taqishni tavsiya qila olmaydi, chunki niqoblarning himoya xususiyati isbotlanmagan hamda nazariy jihatdan niqoblar u qadar foydali ham emas. Tibbiyot niqoblarining ko‘plab kamchiliklari mavjud:  Koronavirusdan saqlanish uchun hamma amal qilishi lozim bo‘lgan tavsiyalar Niqoblarni yo‘tal yoki aksa urishi orqali virus yoki bakteriyalarni boshqalarga tarqatishi mumkin bo‘lgan bemorlarga taqish tavsiya etiladi. Shuningdek, niqoblarni jarrohlar ham taqishiga odatga aylangan, ammo bu operatsiya qilinayotgan jarohatning infeksiyadan himoya qilishni kafolatlaydigan ma’lumotlar yo‘q. Shuga qaramay, niqoblar shifokorni bemordan sachraydigan biologik suyuqlikdan himoya qila oladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘plab viruslardan himoyalanishning oddiy va universal usullarini tavsiya qiladi: Universal masalahat — niqoblar qadog‘idagi qo‘llanmaga rioya qilish. Ammo qo‘shimcha masalahatlar ham kerak bo‘ladi: Niqoblardan ko‘ra, FFP2 respiratorlari yaxshi foyda beradi (FFP1 respiratorlari borligini ham unutmaslik kerak, ularning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lsa-da, himoyasi kuchsiz). Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiyot xodimlariga aynan FFP2’dan foydalanishni tavsiya qiladi. Ammo uning ham o‘ziga yarasha kamchiligi bor:  Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha asosiy choralar
2Dunyo
Toshkentning ba`zi tumanlarida sovuq suv bo`lmaydi Suvsoz” DUK 31 martdan 16 mayga qadar Toshkent shahri tumanlarda galma-galdan sovuq suv bosimi pasayishi va o`chirilishi haqida ogohlantiradi. Ushbu suv o`chirilishi suv uzatish tarmoqlarida amalga oshiriladigan ta`mirlash ishlari hamda 2014 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan bog`liq. Suv o`chirilgan joylarga suv tashuvchi maxsus mashinalar yo`naltiriladi. Ma`lumot uchun quyidagi 256-10-95, 252-55-78, 252-60-08, 1054 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilish mumkin. Suv o`chirish jadvali bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin.
5Jamiyat
«Force India» jamoasi xo‘jayini Vidjay Mallya Buyuk Britaniyada qo‘lga olindi Formula-1 musobaqasida muntazam qatnashib kelayotgan «Force India» jamoasi egasi, hindistonlik tadbirkor Vidjay Mallya Skotlend-Yard tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Times of India xabar qilmoqda. Ayni vaqtda uni Hindistonga ekstraditsiya qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, tadbirkor London sudi savollariga javob berishi kerak.  Hindiston banklari sud orqali Mallyadan 1,4 mlrd dollar mablag‘larini undirishga harakat qilishmoqda. Banklarning uqdirishlaricha, tadbirkorga tegishli Kingfishe aviakompaniyasi shuncha miqdorda qarzdor. Shundan so‘ng, Hindiston politsiyasi tadbirkorni qidiruvga berdi.  2017 yil fevralida Markaziy tergov byurosi (CBI) «Force India» xo‘jayinini mamlakatdan 2,54 mlrd rupiy (39 332 000 mln dollar) hozirda mavjud bo‘lmagan aviakompaniyaga tegishli mablag‘larni olib chiqqanlikda ayblagan edi. Byuro Buyuk Britaniyadan tadbirkor ekstraditsiyasini so‘ragan edi.  London sudi Mallyani ekstradditsiya qilish uning inson huquqlariga zid emasligi borasida xulosa chiqarishi kerak.
2Dunyo
Eng arzon va eng qimmat mobil internetga ega davlatlar ma'lum qilindi Britaniyaning Cable.co.uk tadqiqot kompaniyasi dunyoning 230 mamlakatidagi mobil internet narxi haqidagi ma'lumotlarni o‘rganib, 1 gigabayt mobil trafikning o‘rtacha narxi reytingini tuzdi. Kompaniya 2018 yil 23 oktyabrdan 28 noyabrgacha bo‘lgan davr ichidagi  ma'lumotlarni hisobga olgan. Quyida eng arzon va eng qimmat mobil internetga ega davlatlar beshtaligi keltirilgan.     Eng qimmat mobil internet 1-o‘rin – Zimbabve 1 Gb trafik narxi – 75,20 dollar 2-o‘rin – Ekvatorial Gvineya 1 Gb trafik narxi – 65,83 dollar 3-o‘rin – Muqaddas Yelena oroli 1 Gb trafik narxi –55,47 dollar 4-o‘rin – Folklend orollari 1 Gb trafik narxi – 47,39 dollar 5-o‘rin – Jibuti 1 Gb trafik narxi – 37,92 dollar Eng arzon mobil internet 1-o‘rin – Hindiston  1 Gb trafik narxi – 0,26 dollar 2-o‘rin – Qirg‘iziston  1 Gb trafik narxi – 0,27 dollar 3-o‘rin – Qozog‘iston  1 Gb trafik narxi – 0,49 dollar   4-o‘rin – Ukraina 1 Gb trafik narxi – 0,51 dollar 5-o‘rin – Ruanda 1 Gb trafik narxi – 0,56 dollar O‘zbekiston 1 Gb mobil trafikning o‘rtacha narxi 3,27 dollar bilan ro‘yxatda 69-o‘rinni egallagan.
2Dunyo
Tirannozavr skeleti rekord narxga sotildi Yerda 67 mln yil avval yashagan tirannozavr skeleti auksionda 31,8 mln dollarga sotildi. Ta'kidlanishicha, bu qiymat ushbu turdagi auksion savdolari uchun yangi jahon rekordi hisoblanadi. Dinozavr skeleti Christie's auksion uyi orqali sotilgan.  “Christie's’da yangi jahon rekordi o‘rnatildi. Sten laqabli tirannozavr 31 mln 847 ming 500 dollarga sotildi”, deb ma'lum qilingan auksion uyida. E'tiborlisi, ushbu lot uchun 6-8 mln dollar qo‘lga kiritish kutilgan edi. Xabarda ma'lum qilinishicha, sotilgan skelet tirannozavrlarning eng to‘liq va yaxshi saqlanib qolgan skeletlaridan biri bo‘lib, unda 188 ta suyak bor. U 1987 yilda Janubiy Dakota shtatidagi qazilma ishlari davomida havaskor paleontolog Sten Sekrison tomonidan topilgan. Dastlab skelet o‘txo‘r tritseratops dinozavriga tegishli deb taxmin qilingan va 1992 yildagina olimlar topilma tirannozavr skeleti ekani haqidagi xulosaga kelishgan. Ekspertlarning baholashicha, topilgan tirannozavr 7-8 tonna kelgan. Bu esa Afrika fili vaznidan deyarli 2 marta og‘irroqni tashkil qiladi. Undagi tishlar uzunligi 27 smga yetgan. Bungacha 1997 yilda o‘rnatilgan rekord saqlanib kelinayotgandi. O‘shanda tirannozavr skeleti Chikagodagi Fild tabiat muzeyiga auksionda 8,36 mln dollarga sotilgandi.
2Dunyo
Las-Vegas «mergani» xonasida o‘nlab qurollar topildi, u o‘zini o‘ldirgan Las-Vegasdagi musiqa festivali ishtirokchilari ustiga o‘q yog‘dirgan Stiven Peddok o‘zini o‘ldirgan. Bu haqda Reuters agentligi shahar sherifi Jo Lobardoga asoslanib xabar tarqatdi. Bundan avvalgi xabarlarda politsiyachilar uni otib tashlagani aytilgandi. U «Mandalay Bey» mehmonxonasining 32-qavatida turib odamlar ustiga o‘t yog‘dirgan. U mehmonxonadagi nomerlardan birida 28 sentabrdan yashab kelayotgandi. Uning xonasidan o‘ndan ortiq qurol topildi. Qurollarning turlari ma'lum qilinmadi. Peddok «Mandalay Bey» mehmonxonasidan kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan, hozirda Nevadada istiqomat qiluvchi ayol — 62 yoshli Marilu Denli bilan birga xona olgan. Ular qanday munosabatda bo‘lgani ma'lum qilinmayapti. Otishmadan bir necha soat o‘tib politsiya ayolni qidirib topdi. Bundan tashqari, Peddokka tegishli ikki avtomobil ham aniqlandi. Uni ommaviy qotillikka undagan sabablar noma'lum. Qotil hech qanday talablarni ilgari surmagan, u qandaydir terrorchilik yoki ekstremistik guruhlarga aloqadorligi ma'lum emas. Ayni vaqtda politsiya uni yakka tartibda harakat qilgan qotil deb atamoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezlik oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan, 400dan ortiq kishi jarohatlangan holda shifoxonalarga olib kelingan.
2Dunyo
Jizzaxda bir guruh ayollar paxta terimi uchun pulini ololmayotganidan shikoyat qildi. Mehnat vazirligi holatni o‘rgandi 2020-yil 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh jizzaxlik ayollar 2019-yil noyabr oyida paxta yig‘im terimida ishtirok etganligi, paxta pulini esa hanuzgacha olmagani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, ayni masala 2020-yil 11-yanvar kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ullari tomonidan o‘rganilgan. Aniqlanishicha, paxta terimi jarayonida ishtirok etgan barcha terimchilarga terim pullari to‘liq berilgan, bundan tashqari rag‘batlantirish uchun o‘simlik yog‘i ham taqdim etilgan. 2019-yil noyabr oyida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish uchun Forish tuman aholi bandligiga ko‘maklashi markaziga tumandagi 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan jami 700 nafar fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish bo‘yicha buyurtmalar taqdim etilgan. Ular asosida monitoring o‘tkazilib, jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar ushbu davrda paxta terimida ishtirok etganligi sababli ish haqi to‘lanishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan. Murojaatchilarga paxta terimi hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinganlik uchun to‘lovlar tartibi to‘liq tushuntirilgan. Hozirda mazkur murojaatni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish chorasi ko‘rilyapti.
8O‘zbekiston
Aleksandr Lukashenko qarorgohidagi polizda yetishtirilgan kartoshkaning yarmini OMONga berdi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi qarorgohi polizida yetishtirilgan kartoshkaning yarmini militsiyaning maxsus topshiriqlar bo‘linmasi (OMON) xodimlariga berdi. Bu haqda Meduza xabar qildi. Ma’lum qilinishicha, Lukashenko kartoshkani “Drozdi” qarorgohidagi yer uchastkasidan tergan. Bu joyda nafaqat kartoshka, balki tarvuz ham yetishtiriladi. Mazkur uchastkadagi hosil avgust oyining oxirida yoki sentabr oyining boshida yig‘iladi. Odatda bu jarayonda Lukashenkoning o‘zi, uning kichkina o‘g‘li Nikolay va ko‘plab qizlar ishtirok etadi. Avvalgi yillarda Lukashenkoning uchastkasidan yig‘ilgan hosil bolalar, qariyalar va nogironligi bo‘lgan kishilar joylashtiriladigan ijtimoiy muassasalarga jo‘natilgan. Shuningdek, aktyor Stiven Sigalga ham sabzavotlar ulashilgan (Lukashenkoning shaxsan o‘zi aktyorga sabzi tozalab bergan). 2020-yilda Lukashenkoning uchastkasidan yig‘ilgan hosilning yarmi unga Belarusdagi namoyishlarni bostirishda yordam bergan militsiyaning maxsus topshiriqlar bo‘linmasiga taqdim etilgan. Kartoshka hosilining bir qismi OMONga taqdim etilishi ijtimoiy tarmoqlarning Belarus segmentida turli memlarning tarqalishiga olib keldi. омон: ждет квартирлукашенко: полведра картошки, take it or leave it pic.twitter.com/Der7TRWVo0 — вомбат (@Grungydude) October 23, 2020 https://twitter.com/ElenaBoroda/status/1319561060916101120 https://twitter.com/gypsynkov/status/1319552819767218176
2Dunyo
Sud himoyasi qanday ishlaydi 3 iyul kuni Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazildi. Unda sud korpusi vakillari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Sudyalar oliy kengashi vakillari va Bosh prokuror ishtirok etdi. Oliy sud Plenumining «Jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilindi, unda bir qator muhim jihatlar tushuntirib oʻtilgan. Sud himoyasi deganda nima tushuniladi? Sud himoyasi – mustaqil sud hokimiyati tomonidan odil sudlovni amalga oshirish orqali ta’minlanadigan, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilishga qaratilgan faoliyat. Sud himoyasidan qachon foydalanish mumkin? Birinchi instansiya sudida ish qoʻzgʻatish uchun zarur shartlar hisoblanadigan, qonunda nazarda tutilgan dastlabki shartlar mavjud boʻlganda, sud orqali himoya qilish uchun murojaat etish huquqini amalga oshirish mumkin. Ushbu shartlarning mavjud emasligi sud tomonidan murojaatlarni qabul qilish va koʻrishni rad etish uchun asos boʻladi. Sudga murojaat qilish shakllari. FPK, IPK va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq – bu: Boshqa masalalar boʻyicha sudga murojaatlar «Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaхslariga taalluqli murojaatlar sudga kelib tushganda, ular 5 kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoхud elektron shaklda хabar qilingan holda yuborilishi lozim. Murojaatlarni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sudga qilingan murojaatlar protsessual qonunlarda belgilangan qoidalarga muvofiq shakl va mazmunda rasmiylashtirilishi kerak. Xususan, murojaatlar elektron shaklda ERI bilan imzolangan holda yuborilishi mumkin. Sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish – sud himoyasi shakli. Bunday huquq quyidagilarga berilgan: a) fuqarolik ishlari boʻyicha sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini qonunda belgilangan tartibda tekshirish haqida faqatgina, ishda ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaхslar murojaat qilishga haqli; b) iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaхslar shikoyat berishga haqli. Biznes-ombudsman tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida yuzaga keladigan va tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan nizolar boʻyicha ishlar ustidan kassatsiya va nazorat shikoyati bilan murojaat qilish huquqi berilgan; v) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning qarori ustidan, oʻziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ shikoyat berish huquqiga ega;  g) jinoyat ishlari boʻyicha sud hukmi (ajrimi) ustidan quyidagilar shikoyat berishga haqlidir: Fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi taraflarning vakillari va advokatlarining sud qarori ustidan shikoyat qilish boʻyicha vakolatlari ularga berilgan ishonchnomada maхsus koʻrsatilishi lozim. Koʻrib chiqish muddatlari va sudyalarning javobgarligi. Quyidagi jihatlar alohida ta’kidlab oʻtilgan: Sudlar fuqarolar va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga asosan belgilangan kun va soatlarda qabul qilishni toʻgʻri tashkil etishi, sayyor qabullar oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilish lozim. Qabul qilish kunining asossiz ravishda koʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi zarur. Sudlarga jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini muntazam ravishda tahlil qilib borish tavsiya etilmoqda.
10Qonunchilik
Xitoydagi Osiyo chempionatida dzyudochilarimiz 2 oltin, 3 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi Xitoyning Xaynan shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Osiyo chempionati start olgani, unda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani haqida avval xabar bergan edik. Foto © news.uzreport.uz Unda sportchilarimiz 2 oltin, 3 kumush va 5 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Nufuzli musobaqaning kadetlar o‘rtasidagi bahsida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Kamron Nurillayev va Suhrob Tursunov o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo‘ldilar. Yana bir umidli polvonimiz Muhammadkarim Xurramov finalgacha bo‘lgan bellashuvlarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Rahim Subhonov va Renat Nazmetdinov uchinchi o‘rinni egalladi. O‘smirlar o‘rtasida G‘iyos Boboyev va Shohruh Usmonov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Sobit Xo‘jamov, Shahzod Sobirov va Elyor Masharipov bronza medallari bilan taqdirlandi.
13Sport
Saudiya Arabistoni qiroli Tramp bilan neft bozori barqarorligini muhokama qildi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol-Saud AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali Eronga qarshi sanksiyalar ortida uglevodorodlar bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlarni muhokama qildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.    Ma'lum qilinishicha, muloqot davomida gap “neft bozori barqarorligi va jahon iqtisodiyoti o‘sishini kafolatlash uchun eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa'y-harakatlar” haqida borgan.  Xabarda ta'kidlanishicha, qirol Tramp bilan ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik ortida munosabatlarni rivojlantirish, mintaqa va dunyodagi hodisalar rivojini muhokama qilgan.   OPeK+ a'zolari bir hafta oldin Jazoirda o‘tgan uchrashuv natijalariga ko‘ra AQSh sanksiyalari sababli Erondan neft eksporti qisqarishini qoplash uchun ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha hech qanday aniq rejalar e'lon qilishmadi. AQSh esa Erondan neft eksportining 5 noyabrdan to‘liq to‘xtatilishiga erishmoqchi.
2Dunyo
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mez O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 106-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 12-avgustdagi 480-son “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 19-avgustdagi 10-mh, 8 q/q, 41 q/q, 5-2019, 32, 25 q/q va 35-2019-q/q-son qarori (ro‘yxat raqami 3182, 2019-yil 16-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/3182/3754-son) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. I bo‘limning 1 va 2-boblari 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, II bo‘limning 1 va 2-boblari 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, III bo‘lim 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, VI bo‘lim 2-bobi 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, VII bo‘lim 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, VIII bo‘lim 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. V bo‘limda: nomidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” degan so‘zlar “olimpiya zaxiralari kollejlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3-pozitsiyaning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi ilova bilan to‘ldirilsin.
10Qonunchilik
​POLISIYaChI O`G`IRLIK QILMOQChI BO`LGAN YIGITGA KIYIM-BOSh OLIB BERDI Kanadaning Toronto shahrida yashovchi 18 yoshli yigit mahalliy gipermarketdan ishga kirishi uchun suhbatdan o`tishga zarur bo`lgan Walmart erkaklar ko`ylagini, bo`yinbog` va paypoqni o`g`irladi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri. O`g`rini qamoqqa olishga kelgan polisiyachi mazkur voqeadan larzaga tushdi. U yigitga zarur bo`lgan barcha kiyimlarni xarid qildi. Polisiyachi Niran Jeynasanning so`zlariga qaraganda, yigit o`ta kambag`alligidan mazkur jinoyatga qo`l urgan, uning oilasi ham muhtojlikda kun kechirar ekan. “Yigitning aytishicha, otasi kasalxonada davolanayotgan, oilasi esa och-nahor kun kechiryapti, ekan. U ishga kirish uchun suhbatga borishga ohorli kiyimi bo`lmaganligi uchun o`g`irlik qilishga majbur bo`lgan. U o`g`irlikni ham oilasiga yordam berish uchun qilgan”, dedi polisiyachi. Polisiyachi yigitni qamoqqa olmadi, aksincha unga zarur bo`lgan, o`g`irlagan kiyim-boshni sotib oldi. “Yigit meni aldamabdi, haqiqatan ham u suhbatga boribdi, ishga joylashibdi!”, dedi yigitdan minnatdorchilik maktubini olgan polisiyachi. Yigitning otasi ham sog`ayib, kasalxonadan chiqibdi. Polisiyachi mazkur ezgu ishi bilan bir yigitning hayotini, bir oilaning xotirjamligini saqlab qoldi.
2Dunyo
NATOning Sharqqa tomon kengayishi. Rossiyaga meros ziddiyat tarixi Rossiya va NATO munosabatlari yana muhokamalar markaziga chiqdi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATOning mamlakat chegaralari bo‘ylab kengayib borishi mintaqadagi tinchlikni ta'minlashga emas, aksincha vaziyat keskinlashishiga xizmat qilishini ma'lum qildi. Rossiya TIV AQSh Polshadagi askarlari sonini yana ming nafarga oshirishi borasidagi qarorini shunday izohladi. AQSh va Polsha o‘rtasida 15 avgust kuni imzolangan kelishuvga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shnisi bo‘lmish Polshadagi askarlari sonini yana ming nafarga oshirishi aniq bo‘ldi. Rossiya tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, Polshada «shundog‘am AQSh harbiylari soni juda ko‘p» va ular 4,5 ming nafarni tashkil etadi. Rossiya TIV bayonotida Polsha va AQSh 1997 yilda imzolangan Rossiya-NATO aktiga qarshi ish qilgani ta'kidlangan. NATO sharqqa (ya'ni Rossiya atrofida) kengayishi yangilik emas. Alyans tashkil etilganidan buyon bu borada muhokamalar to‘xtamaydi. Ayniqsa, Rossiyaning bir nechta to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shnilari NATOga qo‘shilgach, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tobora avj oldi. Keling, Rossiya TIVning bayonoti bahonasida NATOning tashkil etilishi, uning Sharqqa qarab kengayishi va Rossiyaning bunga munosabati mavzusiga atroflicha to‘xtalsak. Bir paytlar, Turkiyani inobatga olmaganda, NATOning chegaralari Yevropa markazidan o‘tmas edi. 1991 yilda SSSR, 1992 yilda Yugoslaviya parchalangach, Sharqiy Yevropada mustaqil bo‘lgan davlatlar birin-ketin NATOga qo‘shila boshladi. Shu tariqa Shimoliy Atlantika alyansi nazoratidagi hudud tobora kengayib bordi. Sobiq ittifoq parchalanishidan avval NATOga a'zo davlatlardan faqat Norvegiya va Turkiya SSSR bilan chegaradosh edi. Bugun esa SSSRning vorisi bo‘lgan Rossiya quruqlikda NATOga a'zo bo‘lgan Turkiya, Litva, Latviya, Estoniya, Polsha, dengizda (Qrim egallab olinganidan so‘ng) Bolgariya va Ruminiya kabi davlatlari bilan chegaradosh bo‘ldi. AQSh Germaniyadan olib chiqilayotgan harbiylarni Rossiya bilan chegaralar yaqiniga tashlaydimi? NATOning tuzilishi NATO (North Atlantic Treaty Organization) – Shimoliy Atlantika harbiy tashkiloti 1949 yil 4 aprel kuni Yevropaning 10ta, Shimoliy Amerikaning 2ta davlati: Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Fransiya, AQSh va Kanada davlatlari vakillari imzolagan shartnomaga binoan tuzilgan. O‘sha paytda bu tashkilotni tuzishdan maqsad Yevropani ikkinchi jahon urushidan keyin harbiy salohiyati nihoyatda kuchayib ketgan SSSRdan himoya qilish bo‘lgan. NATOni tuzish g‘oyasi 1947 yilda AQSh prezidenti Harri Trumen tomonidan ilgari surilgan. Tashkilot nizomi 14ta bo‘limdan iborat. Undagi eng muhimlaridan bo‘lgan 5-bo‘limda «Tashkilotga a'zo davlatlardan biriga hujum qilinsa, bu holat tashkilotning boshqa a'zolariga ham agressiya qilingan deb baholanadi va javob choralari ko‘riladi», deb yozilgan. Tashkilot nima maqsadda tuzilgani hech qachon sir saqlanmagan va bu haqda har doim oshkora gapirilgan. Masalan, 2009-2014 yillarda NATO bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritgan daniyalik siyosatchi Anders Fog Rasmussen alyans SSSRning Yevropaga ehtimoliy tajovuzlari oldini olish uchun tashkil etilganini aytgandi. «NATO dunyodagi vaziyat ancha xavfli bo‘lib turgan paytda tuzilgan edi. SSSRning Yevropaga ta'siri kuchayib borar ekan, o‘shanda 12ta davlat nafaqat xavfsizlik uchun, balki insoniyat uchun eng asosiy qadriyatlar – erkinlik, demokratiya, inson huquqlari kafolatlari, qonun ustuvorligini himoya qilish uchun birlashdilar», degan edi u. Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro maydonda insoniyatni fashizm balosidan qutqargan g‘olib sifatida SSSRning obro‘si nihoyatda oshib ketadi. Qolaversa, urushda sovet askarining qadami yetgan Yevropadagi har bir qarich yer SSSR ta'sir doirasiga tushadi. O‘sha paytda dunyoning aksariyat siyosatchilari SSSR o‘zi ozod qilgan mamlakatlarni har qanaqasiga o‘z ta'sir doirasida ushlab qolishini tushunib, OAV yoki boshqa vositalar orqali dunyo hamjamiyatini bundan ogohlantirishga urinar edi. Ammo Sharqiy Yevropadagi insonlarning bir qismi «fashizmni yo‘q qilishda SSSR bosh rolni o‘ynadi, demak, sotsialistik yo‘l noto‘g‘ri emas», deb zimdan o‘z mamlakatida kommunistik rejim o‘rnatilishiga rozi bo‘la boshladi. SSSR harbiylarining qadami yetgan mamlakatlarni shunchaki qo‘yib yubormasligi haqida ilk bor Stalin Potsdam konferensiyasida gapirgan edi. O‘shanda «dohiy» Sharqiy Yevropa mamlakatlari jon deb SSSRdagi do‘stlar yordamida sotsialistik davlat qurish niyatida ekanligi haqida AQSh prezidenti Harri Trumen va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill bilan o‘tkazilgan muzokaralarda gapiradi. O‘shanda Cherchill va Trumen hech bo‘lmaganda Polshani Stalin changalidan ajratib olishga urinishadi, ammo buning imkoni bo‘lmaydi. Stalin Londonda qochqinda yurgan muvaqqat hukumat vakillari Varshavaga qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi va Polshada polyak kommunistlaridan iborat «qo‘g‘irchoq hukumat» tuziladi. Shundan so‘ng, Trumen va Cherchill G‘arbiy Yevropaning xavfsizligi ustida bosh qotira boshlaydi va shu tariqa NATO tuziladi. NATOga SSSR ham a'zo bo‘lishni xohlagan Alyansga a'zo bo‘lishga qaror qilgan SSSR 1954 yil 31 martda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya hukumatlariga rasmiy nota yo‘llaydi. «Umid qilamizki, G‘arb davlatlari SSSRning arizasini qanoatlantiradi va NATO SSSRga qarshi emas, balki tinchlikni saqlash uchun tuzilganini isbotlaydi. NATO ayrim davlatlarning yopiq harbiy guruhi bo‘lmay, boshqa Yevropa davlatlarning qo‘shilishi uchun ochiq bo‘lsagina, Yevropada kollektiv xavfsizlik bo‘yicha samarali tizim yaratish va Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash uchun asosga ega bo‘lamiz», deyilgandi unda. O‘shanda Vyacheslav Molotov boshchiligidagi sovet diplomatiyasi ayyorlik qiladi va uning har qanday natijasi SSSR uchun o‘ziga xos foydali bo‘lishi ehtimoli bor edi. Agar NATOga qo‘shilish masalasida ijobiy javob olinsa, SSSR nafaqat o‘z raqiblari bilan bir safda bo‘lar, balki «NATOning rejalarini ichidan fosh qilish» imkoniyatiga ega bo‘lardi. NATOga SSSRni qabul qilishmasa, bu alyansni qoralash uchun bahona bo‘lardi. SSSRning NATOga qo‘shilish uchun qilgan ilk harakati tashkilot tuzilgan 1949 yilda boshlangan edi. O‘shanda SSSR tashqi ishlar vaziri Andrey Vishinskiy Buyuk Britaniya kommunistik partiyasi vositachiligi bilan Londonga Moskvaning NATOdagi ishtirokini muhokama qilish uchun boradi, ammo rad javobini oladi. SSSRning NATOga qo‘shilish masalasi ikkinchi marta 1952 yilda, alyansga Gretsiya va Turkiya qo‘shilganidan so‘ng yana kun tartibiga chiqadi. Turkiya NATOga qo‘shilgach, harbiy blok chegaralari SSSRning janubiy chegaralari bilan tutashadi. O‘shanda Fransiya elchisi Lui Joks bilan uchrashuv chog‘ida Stalin prezident Charlz de Gollning NATOni faqat tinchlik tashkiloti deb bilishini eshitib, Vishinskiydan istehzo bilan so‘raydi: «Unda biz ham bu tashkilotga qo‘shilishimiz kerak emasmi?». Ikkinchi urinish ham muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. SSSRning NATOga qo‘shilish uchun uchinchi jiddiy urinishi 1954 yilda, Stalin vafot etganidan bir yil o‘tib sodir bo‘ladi. O‘shanda SSSR tomonidan NATOga qo‘shilish uchun rasmiy ariza beriladi va uning tashabbuskori sovet ittifoqi TIV birinchi o‘rinbosari Andrey Gromiko edi. U 1954 yil 19 mart kuni KPSS Markaziy qo‘mitasi rayosatiga «Tashqi ishlar vazirligi NATOga qo‘shilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi», deyilgan bildirgi jo‘natadi. Qizig‘i shundaki, o‘shanda SSSR bilan birga BMTda a'zoligi bo‘lgan Ukraina va Belarus nomidan ham NATOga a'zo bo‘lish uchun ariza topshirilgan edi. G‘arbning yetakchi davlatlari hukumatlari Moskvaga ishonishmadi. Ular SSSRning birlamchi maqsadi AQShni Yevropadan quvib chiqarish va NATOni ichidan yemirish degan xulosaga kelishadi. Ammo shunda ham ular yaxshi niyatda ekanligini isbotlash uchun SSSRga Germaniya va Avstriyani tark etish, Koreya yarimoroli va Xitoydagi harbiy bazalarni tarqatib, qurollarni qisqartirish to‘g‘risida o‘zaro bitimlar imzolashni taklif qilishadi. SSSR rahbariyati G‘arb tomonidan qo‘yilayotgan bu shartlarga tabiiyki rozi bo‘lmaydi. SSSR rahbariyati mamlakat NATOga qabul qilinmagani uchun xafa bo‘ladi. Moskva tomonidan berilgan rasmiy bayonotda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning bu boradagi pozitsiyasidan afsus bildirilgan edi. 1955 yilda Fransiya NATOga qabul qilinadi. Shundan so‘ng SSSR rahbariyati hech qachon NATOga qo‘shila olmasligini tushunib yetadi va o‘sha yili Varshavada Yevropadagi sotsialistik davlatlarining harbiy ittifoqini tuzish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi. Bu tashkilot «Varshava shartnomasi tashkiloti» deb nom oladi. Oradan bir necha yil o‘tib, 1961 yilda NATO va VShT loyihalarida ishtirok etishni xohlamagan 120ga yaqin davlat dunyoda tinchlik saqlash yo‘lida yangi harakat – Qo‘shilmaslik harakatini tuzadi. NATOning kengayishi 1952 yil 18 fevralda NATOga Gretsiya va Turkiya a'zo bo‘lib kiradi. Bu tarixda «NATOning birinchi kengayishi» deb nomlangan. 1955 yil may oyida Germaniya Federativ Respublikasi, 1982 yil 30 mayda Ispaniya NATOga a'zo bo‘ladi. 1991 yilda SSSR tarqab ketishi ortidan u boshchilik qilib kelayotgan «sotsialistik lager» ham to‘zib ketadi va Sharqiy Yevropadagi davlatlarning barchasi sotsialistik tuzumdan kechib, G‘arbga, kapitalistik dunyoga yuzlanadi. Shundan so‘ng, 1999 yil 12 martda Vengriya, Polsha va Chexiya NATO a'zolariga aylanadi. 2004 yilda Bolgariya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya va Estoniya Shimoliy Atlantika harbiy alyansi – NATOga qo‘shiladi. 2009 yil 1 aprelda tashkilot o‘z safini Albaniya va Xorvatiya bilan, 2017 yil 5 iyunda esa Chernogoriya bilan kengaytiradi. NATOga hozircha oxirgi bo‘lib, 2020 yil 27 mart kuni Shimoliy Makedoniya a'zo bo‘lib kirdi. Shu tariqa, dastlab 12ta davlat ishtirokida tuzilgan alyans a'zolari soni 30taga yetdi. Shuningdek, yana 3ta davlat – Bosniya va Gersogovina, Ukraina va Gruziya NATOga a'zo bo‘lish uchun murojaat qilgan. NATOga a'zo bo‘lish uchun avvaliga ikkita shartga qaralgan. Birinchisi Yevropada joylashgan davlat bo‘lishi, ikkinchisi NATOga a'zo barcha davlatlarning roziligini olish. Keyinchalik SSSR tarqalib ketishi ortidan NATOga a'zo bo‘lish uchun ko‘plab davlatlar murojaat qilgach, alyansga a'zo bo‘lish shartlari murakkablashdi. Endi NATOga a'zo bo‘lmoqchi bo‘lgan nomzod mamlakatning nafaqat qo‘shnilari bilan turli kelishmovchiliklari, balki hududiy jihatdan ichki muammolari ham bo‘lmasligi, shuningdek, harbiy xarajatlar uchun tashkilot talab qiladigan a'zolik badalini ajrata oladigan darajada iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda bir misol, Makedoniya NATOga a'zo bo‘lish uchun tashkilotning 2008 yil Buxarestda o‘tkazilgan sammitigacha ariza topshirgan edi. Ushbu sammitda Gretsiya Makedoniyaning NATOga qo‘shilishiga qarshi bo‘ladi. Greklarning talabiga ko‘ra, Makedoniya Gretsiya viloyatlaridan birining nomi hisoblanadi va shu tufayli Makedoniya davlati o‘z nomini o‘zgartirishi kerak edi. Bir necha yil davom etgan bahslardan so‘ng, Makedoniya o‘z nomini Shimoliy Makedoniya deb o‘zgartirishga rozi bo‘ldi va nihoyat 2020 yil 27 mart kuni tashkilot safiga qabul qilindi. Vaziyatga tashkilotga a'zo bo‘lish shartlaridan kelib chiqib qaralsa, Bosniya Gersogovina, Ukraina va Gruziyaning NATOga a'zo bo‘lish orzusi yaqin kelajakda amalga oshishi dargumon. Ukraina va Gruziyada ichki muammolar bunga yo‘l qo‘ymasa, Bosniyada vaziyat biroz boshqacharoq: mamlakatning bir qismini tashkil etuvchi Serb respublikasi Bosniyaning NATOga qo‘shilishini xohlamaydi. Bosniya Gersogovina uchta: Bosniya va Gersogovina federatsiyasi, Serb respublikasi va Brchko okrugidan iborat. «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» Bugun NATOga a'zo davlatlar soni 30ga yetgan bo‘lsa-da, dunyoning yana ko‘plab davlatlari bu tashkilot bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Alyans 1994 yildan boshlab dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi asosida o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Bu dastur bo‘yicha hamkorlik qilinadigan davlatlar bir necha guruhga bo‘linadi. Masalan, Bosniya va Gersogovina «A'zolik uchun harakat» guruhiga kirsa, Ukraina va Gruziya «O‘zaro muloqotni jadallashtirish» doirasida hamkorlik qiladi. Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Moldaviya va Serbiya bilan «Yakka tartibdagi hamkorlik» rejasi bo‘yicha hamkorlik qilinadi. «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» yo‘nalishidagi umumiy guruhda esa Avstriya, Belarus, Irlandiya, Qirg‘iziston, Malta, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Finlyandiya, Shveytsariya va Shvetsiya davlatlari bilan hamkorlik qilinadi. O‘zbekiston va NATO o‘rtasida «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» bitimi 1994 yil 13 iyulda imzolangan. O‘shandan buyon O‘zbekiston ham NATO bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. NATOning sharqqa kengayishiga SSSRning munosabati AQSh va Kanada boshchiligida Yevropa mamlakatlari NATOni tuzar ekan, SSSR bunga xotirjam qarab tura olmas edi. Yuqorida yozilganiday, SSSR bu tashkilotga a'zo bo‘lish uchun bir necha marta urinib ko‘radi. G‘arb davlatlari SSSRni NATOga hech qachon a'zo qilmasligi oydinlashgach, SSSR boshqa yo‘ldan ketadi. 1955 yil 14 may kuni «sotsialistik lager»ga kiruvchi davlatlar: Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya demokratik respublikasi, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya va SSSR NATOga qarshi o‘laroq «Varshava shartnomasi tashkiloti» deb nomlangan harbiy ittifoq bitimini imzolaydi. Jami 36 yil faoliyat olib borgan mazkur tashkilot 1991 yil 1 iyul kuni tarqatib yuboriladi. Qolaversa, 1952 yilda Turkiyaning NATOga a'zo bo‘lishiga SSSRning bu davlatga nisbatan ilgari surgan hududiy da'volari sabab bo‘lgan edi. Rossiya-NATO munosabatlari Rossiya NATOning sharqqa qarab kengayishidan doim xavotir bildirib keladi. Bu xavotirlarning birinchisi Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin paytida bildirilgan edi. O‘shanda AQSh prezidenti Bill Klinton Yelsinga shunday degandi: «Boris, men sening xavotirlaringni yaxshi tushunib turibman. Shuning uchun senga NATOning sharqqa qarab kengayishini qabul qil demayman. Ammo xavotirga ham o‘rin yo‘q. NATO Rossiya bilan hech qachon to‘qnashmaydi. NATO-Rossiya munosabatlari har ikki tarafning qiziqishlari uchun xizmat qiladi va Rossiya NATOning haqiqiy hamkoriga aylanadi». NATOga Sharqiy Yevropada ilk bor Polsha, Vengriya va Chexiya a'zo bo‘lgan edi. Bu davlatlarda NATOga a'zo bo‘lish masalasida referendum o‘tkazilgan va aholining aksariyat qismi harbiy blokka kirish uchun ovoz bergan. O‘shanda bu uch davlat uchun sovetlardan qolib ketgan qurollardan voz kechish va NATO standartiga o‘tish oson bo‘lmagan. Ammo ular qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, bu ishni qilishdi. O‘shanda bu uch davlat rahbarlari o‘zlariga Rossiya tomondan aniq xavf-xatar bo‘lmasa ham, o‘zlarini baxavotir his qilishlari uchun NATOga a'zo bo‘layotganlarini bildirgan. Masalan, Polsha prezidenti Lex Valensa biroz keskinroq fikr bildiradi: «Biz hammamiz hanuz Rossiyadan qo‘rqamiz. Rossiya agressiv tashqi siyosatni yoqlaydi va uni Polsha hamda Ukrainaga qarshi qo‘llashi mumkin». Polsha prezidenti bu gapini 1993 yilda, Polshaning NATOga a'zo bo‘lishi masalasi hali tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilayotgan vaqtda aytgan edi. Rossiya va NATO o‘rtasidagi ilk ziddiyatlar 2008 yil boshida Ukraina va Gruziya ushbu harbiy tashkilotning «NATOga qo‘shilish uchun tayyorgarlik rejasi» safiga qo‘shilgani ortidan kelib chiqqan edi. O‘sha yili 8 avgustda Rossiyaning Gruziyaga kirishi ziddiyatni yanada kuchaytiradi. O‘shanda NATO rahbariyati Rossiyaning Janubiy Osetiyani himoya qilish uchun Gruziya bilan urushganini «Gruziyaga nisbatan agressiya» deb baholaydi. Shundan so‘ng Rossiya-NATO muloqotlari to‘xtab qoladi. Rossiya va NATO o‘rtasidagi navbatdagi jiddiy ziddiyat 2014 yil martida Ukrainadagi voqealar ortidan kelib chiqadi. Ukraina mojarolarida mamlakat sharqidagi ayirmachilarga Rossiyaning yordami haqida ma'lumotlar chiqavergach, NATO va Rossiya munosabatlariga yana sovuqchilik tushadi. Rossiya Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olgach esa munosabatlar tarixdagi eng yomon ko‘rinishga keladi. Shundan so‘ng, 2014 yil 25 dekabrda Vladimir Putin yangi harbiy doktrinani tasdiqladi va unga ko‘ra NATOning Rossiya chegaralari tomon kengayib kelishi mamlakat uchun jiddiy xavf deb hisoblanishi qayd etildi. O‘shanda Rossiya va NATO o‘rtasidagi sovuq munosabatlar uchun ikki tomon bir-birini ayblaydi. Rossiya tomoni bir necha marta o‘zaro munosabatlar sovuqlashishiga NATO sababchi bo‘lganini ta'kidlab, munosabatlarni izga tushirish uchun tashkilot sustkashlik qilayotganini bildiradi. NATO esa Rossiya o‘zining agressiv harakatlari va lozim bo‘lmagan o‘rinda aralashuvi bilan Ukraina sharqidagi vaziyat izdan chiqishiga hissa qo‘shgani, imkoniyati bo‘lishi bilanoq «Ukraina ssenariysi» boshqa davlatlarda ham ro‘y berishi mumkinligidan xavotirlarini bildiradi. Shuningdek, NATO Rossiyaning Qrimni qo‘shib olgani ham xalqaro kelishuv va normalarga zid holda amalga oshirilganini ta'kidlaydi. Masalan, 2014 yilda Rossiya Qrimni qo‘shib olganidan so‘ng NATOning o‘sha paytdagi bosh kotibi Anders Fog Rasmussen tashkilotning navbatdan tashqari yig‘ilishida, Rossiya tomonidan Qrimning qo‘shib olinishini nafaqat Ukraina, balki butun Yevropa uchun jiddiy xavf deb baholaydi. Qisqasi, har ikki tomon bir-birini qoralab kelishadi: Rossiya NATO chegaralari tobora o‘zi tomon siljib kelayotgani uchun, NATO esa rasmiy Moskvani yuritayotgan siyosat mintaqa uchun xavfli ko‘rinish olayotgani uchun ayblaydi. 2016 yilga kelib Rossiya-NATO muloqotlari qayta boshlanadi. Tomonlar o‘rtasida Ukraina sharqidagi vaziyatni barqarorlashtirish va IShIDga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari ko‘riladi. Ammo munosabatlar sovuqligicha qolaveradi. Rossiya TIV ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil NATOning Bryusselda o‘tkazilgan sammitida Rossiya bilan chegaralar yaqinida harbiy-siyosiy to‘siqlarni yaratish, qo‘shinlarni joylashtirish hamda harbiy infratuzilmani yanada yaxshilash uchun tashkilot imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalasi muhokama qilinadi. 2019 yil 15 aprel kuni Rossiya TIV o‘rinbosari Aleksandr Grushko «RIA Novosti»ga bergan intervyusida «Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani hamda fuqarolik va harbiy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik butunlay to‘xtab qolgani» haqida gapiradi. Ammo shunday bo‘lsa-da, bugungi kunda NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida Rossiyaning doimiy vakili o‘rni saqlanib turibdi. 2018 yil 22 yanvargacha bu vazifada Aleksandr Grushko ishlagan. U TIVga o‘tkazilgandan so‘ng, uning o‘rniga boshqa odam tayinlanmagan. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har ikki tomonning o‘zaro munosabatlari hanuz izga tushgani yo‘q. Zero, ikki qutb baribir tutashmaydi. G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi
2Dunyo
3,5 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fosh etildi O‘zbekiston bojxonachilari qariyb 3,5 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Joriy yilning 20−21 aprel kunlari Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan qonunbuzarlik holatlari fosh etildi. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.X. boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali Navoiy viloyatiga olib kelingan 10,6 ming donadan ortiq dori vositalari va 64 dona elektr hisoblagichlar borligi aniqlandi. Mazkur avtoulov bilan birgalikda Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan, fuqaro M.Q. boshqaruvidagi yana bir «Neksiya» rusumli avtoulov ham tezkor kuzatuvga olindi. Avtomashinadagi yuklar Zangiota tumanidagi xonadonlardan biriga tushirilayotgan vaqtda, davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini ko‘rib qolgan shaxs darrov rulga o‘tirib, qochishga urindi. Ushbu yuklar tushirilayotgan xonadon ko‘zdan kechirilganda esa bu yerda hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1081 dona dori vositalari, 330 kg. mis, 49 dona elektr hisoblagichlar borligi aniqlandi. Ushbu shaxs tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida ashyoviy dalillar bilan bojxonachilar tomonidan qo‘lga olindi. Uning boshqaruvidagi avtomashina ko‘zdan kechirilganida, avtomashinada hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 14 685 dona tibbiyot buyumlari va dori vositalari, alkogolli ichimliklar uchun mo‘ljallangan 400 ming dona qalbaki aksiz markasi, 830 dona bolalar so‘rg‘ichi va 36 dona elektr hisoblagichlar borligi aniqlandi. Yuqoridagi tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati taxminan 1,9 mlrd. so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy boyliklarning ichki hududda noqonuniy aylanishi oldi olindi. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ham shu kabi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi. «Namangan-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan fuqaro X.G‘. boshqaruvidagi yuk avtoulovi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu yuk avtomashinasida fuqaro M.Yu. tomonidan olib ketilayotgan, muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan qiymati taxminan 1,5 mlrd. so‘mlik 11,7 ming donadan ortiq «Herbalife» brendiga tegishli kosmetika vositalari, biologik faol qo‘shimchalar va boshqa xo‘jalik mollari borligi aniqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan fosh etilgan bojxona qonunbuzilishi holatida esa «Saratov-Toshkent» xalqaro yo‘nalishidagi poyezd yo‘lovchisi, fuqaro X.O.ning qing‘ir qilmishlari fosh etildi. Ushbu shaxs xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 75 mln. so‘mlik 3000 dona «Ketgut» nomli jarrohlikda foydalaniladigan tibbiyot iplarini perronda noqonuniy tushirib qoldirayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan 210 ta huquqbuzarlik holatida 9,5 mlrd. so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Ukraina prezidentligiga asosiy nomzod Pyotr Poroshenko Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olmasligini ma’lum qildi Ukraina prezidentligiga nomzodlardan biri — parlament deputati va oligarx Pyotr Poroshenko o‘z saylovoldi shtabi davomidagi matbuot anjumanida Qrimning Rossiyaga qo‘shilishini hamda Ukraina sharqidagi referendumlarni tan olmasligini ta’kidladi. Bu haqda Euronews xabar berdi. “Mamlakatimiz taraqqiyotining strategik tanlovi ukrain xalqi tomonidan amalga oshirilib bo‘ldi. 25-may kuni odamlar o‘z tanlovini qildi. Ushbu tanlov — Yevropa integratsiyasi”, — dedi u. Poroshenko milliy eksit-poll (ovoz berib, saylov uchastkasidan chiqib ketayotgan fuqarolardan ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan olinadigan so‘rov)da 55,9% natija bilan g‘olib chiqqan. Uning asosiy raqibi “Batkivshchina” yetakchisi Yuliya Timoshenkodir. U “ukrainaliklar saylaydigan prezident urushni to‘xtatish va ukrainaliklarning barcha umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan hamma imkoniyatlarga ega” ekani haqida bayonot bergan edi.
2Dunyo
Yirik olmos topib olgan Avstraliya kompaniyasining aksiyalari 32 foizga qimmatlashdi Avstraliyaning Lucapa Diamond kompaniyasi 404,2 karat og‘irlikdagi yirik olmos topilganligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Tjournal xabar beradi. Yangilik paydo bo‘lgandan keyin uning aksiyalari 32 foizga qimmatlashdi. Bu kattaligi bo‘yicha tarixdagi 27-olmos bo‘lib, Avstraliya kompaniyalari tomonidan topilganlari ichida eng yirigi hisoblanadi. Mutaxassislarning baholashicha, Lucapa Diamond kompaniyasining topilmasi 800 ming dollar, ishlov berilgandan keyin esa millionlab dollarga teng bo‘lishi mumkin.
2Dunyo
Sevara Nazarxon “V etom sne” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi (video) Sevara Nazarxon “Pisma” (“Maktublar”) albomidagi “V etom sne” (“Bu tushda”) qo‘shig‘iga klip ishladi, deya xabar bermoqda qo‘shiqchining rasmiy sayti. Videoklipda 1968-yilgi “Gorod i pesnya” (“Shahar va qo‘shiq”) filmi parchalaridan foydalanilgan. “Bu mening eng sevimli qo‘shiqlarimdan biri, — dedi Sevara. — Men dastlab unga Qora dengiz bo‘yida yoki Angliyadagi Brayton sohilida klip suratga olishni xohlagan edim. Biroq ‘Gorod i pesnya’ filmini ko‘rganimdan so‘ng, fikrim butunlay o‘zgarib ketdi”. Qo‘shiqning inglizcha matni O. Smit, ruscha matni P. Yevlaxov qalamiga mansub. Klip rejissori T. Primqulov.
7Madaniyat
Rustam Shoabdurahmonov Moskvada Rossiya sporti rahbarlari bilan uchrashdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov xizmat safari bilan Moskvada bo‘ldi. Qo‘mita axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, MOQ rahbari safar davomida Rossiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov va Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov bilan uchrashgan. Uchrashuvlar davomida bir qator sport turlari bo‘yicha qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, birgalikda sport tadbirlarini tashkil qilish, sport tibbiyoti, farmakologiya masalalarida hamkorlik qilishga kelishib olingan. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoalarining Sochi va Kislovodskdagi sport bazalarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi, sport universitetlaridagi professor o‘qituvchilarning malaka oshirishi borasida ham kelishuvlarga erishilgan. Tashrif davomida Shoabdurahmonovga MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushukur Sadikov hamrohlik qilgan va u Rossiyadagi sport tibbiyoti sohasi mutaxassislari bilan tajriba almashgan.
13Sport
AQSh 20 yildan so‘ng o‘lim jazosini ijro etishga qaytdi AQSh hukumati salkam 20 yillik tanaffusdan so‘ng, sudlarning federal darajada chiqargan oliy hukmlarini ijro etishga qaytdi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.  AQSh bosh prokurori Uilyam Barr mazkur qaror haqida AQSh qamoqxonalar federal boshqarmasi boshlig‘i Xyu Gurvitsani xabardor qilgan va qariyalar hamda bolalarni o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan 5 jinoyatchini qatl qilish muddatini belgilash vazifasini topshirgan. Gap eng dahshatli holatlar haqida bormoqda, jinoyatchilar jabrdiydalarni o‘ldirishdan avval zo‘rlagan va nomusiga tekkan. Taklif etilgan jadvalga ko‘ra, 5 jinoyatchi 2019 yil yanvaridan 2020 yil yanvarigacha bo‘lgan muddatda qatl etiladi.  Hujjatda qayd etilishicha, oliy jazo jinoyatchilarga pentobarbital moddasini ineksiya qilish orqali ijro etiladi.  AQShda 2003 yildan buyon federal darajada oliy jazo ijro etilmayotgan edi. Shuning barobarida, shtatlar hukumatlari oliy jazoni bekor qilish yoki bekor qilmaslikni mustaqil ravishda aniqlashga ruxsat berilgandi. Mamlakatning 23 shtatida o‘lim jazosi taqiqlangan.
2Dunyo
Toshkent shahridagi abituriyentlarga imtihon kunlari maxsus avtobuslar ajratilmaydi 2-sentabr, chorshanba kuni boshlanadigan 2020/2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari doirasida Toshkent shahri hududida imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun maxsus avtobuslar tashkil etilmaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi test sinovlari o‘tkaziladigan joylar va abituriyentlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan press-tur vaqtida Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Husniddin Mamadiyev tomonidan ma’lum qilindi. Bu Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tegishli ma’lumot hisoblanadi. Ushbu vazirlikning Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan tog‘-chang‘isi kabi maxsus imtihonlari bor. Shu kabi yo‘nalishlarda imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun hokimliklarga transport masalasi o‘rtaga qo‘yilgan. Bu degani, faqat Toshkent shahridan tashqarida bo‘ladigan imtihonlar uchun transport ta’minlab berish masalasi nazarda tutilgan. Hamma Toshkent shahrida imtihon topshiradigan abituriyentlarga transport qilib beriladi, degani emas. Faqatgina jismoniy tarbiya, sportga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari abituriyentlari uchun tashkil etiladi. Husniddin Mamadiyev, Olmazor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Avvalroq Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov hududlarda tuman hokimliklari tomonidan abituriyentlar uchun transport tashkil qilish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, bu yilgi imtihonlarda abituriyentlar 2 ta fandan test yechadi, test savollari osonlashtiriladi, abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi, sirtqi ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ham imtihonlar 2-sentabrdan boshlanadi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston jahon pasportlari indeksida pastladi Henley & Partners kompaniyasi turli mamlakatlar fuqarolari uchun harakatlanish erkinligi darajasini ko‘rsatadigan pasportlar reytingini yangiladi. O‘zbekiston bir pozitsiyani yo‘qotdi va hozir 81-o‘rinni egallab turibdi. Respublika fuqarolari vizasiz 58 mamlakatga tashrif buyurishi mumkin. Yaponiya, Singapur va Janubiy Koreya birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ushbu davlatlar fuqarolari 189 mamlakatga vizasiz borishi yoki kelganidan keyin viza olishi mumkin. Germaniya 188ta mamlakat ko‘rsatkichi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rindan besh davlat o‘rin oldi - Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Italiya va Shvetsiya (187 mamlakat). Buyuk Britaniya va AQSh 2015 yilda egallagan birinchi o‘rindan hamon uzoqlashib ketmoqda. Buyuk Britaniya hozirda 5-o‘rinni egallab turibdi (185 mamlakatga vizasiz), AQSh - 6-pog‘ona (184 mamlakat). Brexit Buyuk Britaniyaning indeksdagi pozitsiyasiga hozircha ta'sir qilmadi. Reytingda mamlakat pozitsiyasining pasayishi, birinchi navbatda, Osiyo mamlakatlari natijalari yaxshilanishi bilan bog‘liq. MDH mamlakatlari orasida Ukraina eng yaxshi ko‘rsatkichga ega (40-o‘rin, 128 mamlakat), undan keyin Moldova (45-o‘rin, 121ta mamlakat) va Rossiya (47-o‘rin, 118 mamlakat) bormoqda. Markaziy Osiyoda Qozog‘iston eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi (65-o‘rin, 76 mamlakat). Afg‘oniston va Iroq vizasiz 30 mamlakat ko‘rsatkichi bilan so‘nggi pog‘onalarda qolmoqda. Muqaddam Viza cheklovlari indeksi sifatida mashhur bo‘lgan Pasportlar indeksi Henley & Partners kompaniyasi tomonidan Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) bilan hamkorlikda 2006 yildan beri e'lon qilinadi.
8O‘zbekiston
Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasi bilan 2020 yilgacha qoladi Germaniya futbol federasiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda Sports.ru ma`lum qilmoqda. Bild nashrining ma`lum qilishicha, kelishuv muddati 2020 yilgacha mo`ljallangan bo`ladi. Yangi shartnoma borasida 31 oktyabr kuni rasman e`lon qilinadi. Ma`lumot uchun, 56 yoshli mutaxassis 2006 yildan buyon Germaniya termasiga bosh murabbiylik qilib kelmoqda.
13Sport
London gipertovushli raketa ishlab chiqishni rejalashtirmoqda Rossiyada gipertovushli raketalar mavjudligi bois London gipertovushli qurol ishlab chiqishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Toni Radakin ma’lum qildi. "Bizda bunday raketalar yo‘q, ammo bo‘lishi shart", - dedi Radakin. U shuningdek, oxirgi 20 yil ichida Rossiya suvosti kemalarining faolligi misli ko‘rilmagan darajada oshganini aytdi. Radakinning so‘zlariga ko‘ra, bu suvosti kabellari tizimiga xavf solishi mumkin. "Dunyodagi axborot va trafikning katta qismi aynan ular orqali o‘tadi", - dedi Radakin.   Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yil dekabrda Rossiya "Tsirkon" gipertovushli raketalarini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgandi. "Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tdi", - degandi Putin.
2Dunyo
«Osten» liftlari EOII sertifikatini oldi TEXNOPARK MCHJ «Osten» brendi ostida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy yo‘lovchi, panoramali, yuk va shifoxona liftlarining ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning yillik quvvati 2000 donaga teng. Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) mamlakatlarining texnik reglamentlariga muvofiqlikni sertifikatlash — bu «Osten» korxonalaridagi ishlab chiqarish va sifatni nazorat qilish yuqori standartlarga muvofiq ekanligining tan olinishi demakdir. Hujjat eksport salohiyatini kengaytirish va Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘izistondagi yangi bozorlarga kirish imkonini beradi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining texnik reglamentlariga muvofiqlik sertifikati — mahsulotning YeOII texnik reglamentida belgilangan sifat va xavfsizlik bo‘yicha barcha majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Sertifikat yo‘lovchi va yuk-yo‘lovchi liftlarining xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan EN 81−20: 2014 Yevropa standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi. Bunga TEXNOPARK`da 60 metrli, 14 qavatli va 4 shaxtali sinov liftli minorasidan foydalanish orqali erishildi. Akkreditatsiyadan o‘tgan «Kazliftkonsalting» sertifikatlashtirish tashkiloti texnik reglament va Yevropa standarti talablariga muvofiq zarur testlarni o‘tkazdi. Bu minoraning borligi barcha turdagi liftlarni va bugungi kunda mavjud barcha xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinab ko‘rish imkoniyatini yaratadi. YeOII sertifikati TEXNOPARK MCHJ`ning yuqori ishlab chiqarish salohiyatining yana bir xalqaro e’tirofidir. «Osten — bir pog‘ona yuqorida». Reklama huquqlari asosida.
5Jamiyat
O‘zbekistonda “daftarlar”ga kiritilgan fuqarolarni teatr, muzey va konsertlarga bepul chiptalar bilan ta’minlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-aprel kuni “Saxovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylari hamda maxsus maktab internatlari faoliyati bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri. Qayd etilishicha, prezident videoselektor davomida mahallalarni obod, ozoda va yashil makonga aylantirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. “Poytaxt – madaniyat va ma’rifat bulog‘i’ loyihasi doirasida, taniqli san’atkorlar, ijodkorlar, madaniyat va san’at sohasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida 400 dan ziyod mahallada mumtoz kuy-qo‘shiq va maqom kechalari uyushtirildi. Aholi uchun 40 ta spektakl, 70 dan ziyod milliy film namoyishi, 20 dan ortiq gala-konsert tashkil qilindi. Yaqinda ‘Turkiston’ saroyida 5 kun davomida ‘Alisher Navoiy’ spektakli namoyish qilinib, mahallalardan 4 mingdan ziyod kishi qamrab olindi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident Toshkent shahar hokimligi hamda Madaniyat vazirligiga “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlariga kiritilgan aholini teatrlar, muzey va konsertlarga bepul chiptalar bilan ta’minlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishi kerakligi bo‘yicha topshiriq bergan. “Mahallada duv-duv gap’ loyihasi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 56 nafar farzandining sunnat to‘ylari o‘tkazib berilgani, xalqimizga xos mehr-oqibat va muruvvatning yana bir namunasi bo‘ldi”, — dedi prezident.
8O‘zbekiston
Navoiy viloyatida yangi sement zavodi ishga tushdi O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan 29 avgust kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida “Oq oltin kapital servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 33 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan sement zavodi foydalanishga topshirildi.  Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 300 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, korxonada 120 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi.  Obektning ochilish marosimida Navoiy viloyat hokimi Q.Tursunov, viloyat prokurori X.Karimov hamda tuman hokimi Sh.Nabiyevlar ishtirok etib, barchani bayram bilan qutlar ekan, yangi zavod voha sanoati rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.  Qayd etish kerak, korxonani barpo etish loyihasi 2016 yilda boshlangan bo‘lib, o‘tgan davrda zavod hududiga eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy uskunalar o‘rnatilib, 3 ta sex tashkil etildi. Endilikda bu yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham yo‘naltiriladi.
4Iqtisodiyot
Termizda 3 ming dollar evaziga ikki kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida ikki kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, B.X. ikki nafar fuqaroga o‘zini harbiy qismlarning birida yuqori lavozimda ishlovchi xodim sifatida tanishtirib, ularni 3 000 dollar evaziga harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. Kelishilgan puldan 400 dollarni olgan vaqtida departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Avvalroq Toshkentda 4 ming dollar evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani, fuqarolarni 6500 dollar evaziga vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xodimlari qo‘lga tushgani, Farg‘onada yangi qurilayotgan tug‘ruqxonaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 10 kishidan 5,7 ming dollar pora olgan tibbiyot xodimlari qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
AGMK O‘zbekiston Kubogini yutgan tarixdagi 8-klub, endi jamoa 2019-yil OChLda o‘ynaydi ​Biroz oldin Farg‘onada futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining final bellashuvi yakuniga yetgani, unda AGMK “Paxtakor”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘lgani haqida xabar berilgandi. O‘z tarixida ilk bor finalga chiqqan olmaliqliklar mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan hisob bo‘yicha sakkizinchi klubga aylandi. Endi AGMK 2019-yilda Osiyo Chempionlar Ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Jamoa musobaqani guruh bosqichiga chiqish uchun saralashdan boshlaydi.
13Sport
Vashington va Toshkent o‘rtasida radiomuloqot bo‘lib o‘tdi 30-may kuni AQSh davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari Elis Uells bir guruh o‘zbekistonlik jurnalistlar bilan radiomuloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Amerikalik yuqori lavozimli diplomat O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga amalga oshirgan tashrifiga yuqori baho berar ekan, “bu tashrif bizning fikrimizcha, yangi imkoniyatlarni ochuvchi tarixiy” bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi. “Bizning fikrimizcha, mazkur tashrif Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi davri boshlanganidan, Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekistonning jahon sahnasiga qaytishidan dalolat beradi”, — deya ta’kidladi Elis Uells. Uning fikricha, Shavkat Mirziyoyevning tashrifi nafaqat ikki tomonlama aloqalarning rivojida, balki Markaziy Osiyodagi aloqalarning, shuningdek, Afg‘oniston va butun dunyo bilan aloqalarning mustahkamlanishida O‘zbekistonning beqiyos salohiyatini namoyon etdi. Amerika kompaniyalari bilan 4,8 milliard dollarlik bitimlarning imzolanishini o‘ziyoq O‘zbekiston bozoriga va ishbilarmonlar imkoniyatlari kengayotgan joy sifatida qiziqish kuchayotganidan dalolatdir. “Toshkent konferensiyasi ishtirokchisi sifatida ayta olamanki, O‘zbekiston bu mamlakatda tinchlik o‘rnatish va tinchlik muzokoralarini o‘tkazishda juda ham katta rolni bajardi”, — dedi Elis Uelss. U so‘nggi uch yil mobaynida bu masala bo‘yicha ikki tomonmala va S5 platformasi doirasida ishlar olib borilayotganini qayd qildi. U O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha sa’y-harakatlariga yuqori baho berib, bu intellektual mulk huquqini kengaytirishiga xizmat qilishi, bundan mazkur mamlakatga investitsiya kiritishni istayotgan amerikalik ishbilarmonlar ham manfaatdor ekanligini qayd etdi. Shundan so‘ng Elis Uells o‘zbekistonlik jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Jumladan, mintaqadagi mavjud masalalarni muhokama qilish maqsadida Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining o‘zaro muloqoti yo‘lga qo‘yilganiga yuqori baho berdi.
8O‘zbekiston
Pelin Karaxan — “Muhtasham yuz yil” serialidagi Mehrimoh rolini ijro etgan aktrisa haqida 10 ta qiziqarli fakt “Muhtasham yuz yil” serialida sulton Sulaymon va Xurram sultonning qizi Mehrimoh rolini gavdalantirgan Pelin Karaxan turk kino olamida o‘z o‘rniga ega aktrisalardan biri hisoblanadi. “Lisa.ru” nashri aktrisaninig hayoti va ijod yo‘li haqida ma’lumot berdi. Otasiz voyaga yetgan aktrisa Aktrisa Pelin Karaxan Anqarada kino olami bilan aloqasi bo‘lmagan oddiy oilada tug‘ilgan. Pelinning ota-onasi u sakkiz oylik bo‘lganida ajrashgan. Bo‘lajak aktrisaning tarbiyasi bilan faqat onasi shug‘ullangan. “Otasiz o‘sganimga qaramay, menda erkinlik yetarli edi. Onam bilan barcha qayg‘u va muammolarni birga boshdan kechirdik. Keyinroq onam yana turmushga chiqdi va singlim dunyoga keldi. Avvallari ajrashgan, yolg‘iz o‘zi bolalarini tarbiyalayotgan ayolga boshqacha qaralar edi. Bunday ayol va uning bolalari o‘sha paytda nochor va himoyasiz hisoblangan. Onam hech qayerda o‘qimagan bo‘lsa ham, uzoq vaqt interyer dizayneri bo‘lib ishladi. Biz moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirdik ”, — deydi aktrisa. Turizm bo‘yicha mutaxassis Karaxan maktabni tugatgach, universitetga o‘qishga kirdi, biroq u ijodiy mutaxassislikni tanlamadi, ya’ni aktrisa turizm va mehmonxona biznesini o‘rgana boshladi. Aktrisa bu sohada diplom ololmaydi, chunki u kinoga qiziqib qoladi. Universitetdagi ish Pelin avval universitetda ishlashi, talabalarga dars berishi kerak edi. Dastlab uning kino sohasiga kirishi qiyin bo‘lgan. U o‘z faoliyatini moda bo‘yicha jurnallar va reklamalarda suratga tushishdan boshlagan. Psixologga bo‘lgan ehtiyoj Aktrisa “Orzu qiluvchilar” seriali orqali mashhurlikka erishdi. Serialni suratga olish jarayonlari besh yil davom etgan va uch yildan keyin Pelin o‘zining kimligini — Pelinmi yoki Aslimi tushunmay qoldi. Aktrisa o‘zini tushunish uchun psixologga murojaat qilishi kerak edi. “Men uzoq vaqt ishlashim kerak edi. Tushkunlikka tusha boshladim, psixologik muammolarim bor edi. Men psixologga murojaat qila boshladim. Qahramonimning ismi Asli edi. Serial muxlislari meni ko‘chada ko‘rib, menga emas, Asliga murojaat qilishdi. Men kimligim haqida o‘ylay boshladim”, — deb shikoyat qilgan Karaxan. Mashhurlik keltirgan rol  Aktrisa 2011-yilda “Muhtasham yuz yil” serialida rol o‘ynay boshladi, bu esa aktrisaning butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishishiga sabab bo‘ldi. Ko‘p qismli tarixiy serialda aktrisa sulton Sulaymonning va uning rafiqasi Xurram sultonning yagona va sevimli qizi Mehrimoh rolini ijro etdi. Mehrimoh oilasi uchun va onasining talabiga binoan, o‘zi yoqtirmagan Rustam Poshoga turmushga chiqishi kerak edi. Birinchi turmush Turk kino yulduzining birinchi turmush o‘rtog‘i fitnes va pilates bo‘yicha murabbiy bo‘lgan. Juftlik Barselonada dabdabali to‘y qilishgan va ularning fotosuratlari ko‘plab turk jurnallarining muqovalarida chiqqan. Ajralish Biroq bu turmush qisqa umr ko‘rdi va tez orada juftlik ajrashayotgani ma’lum bo‘ldi. Ayriliq Karaxanning xiyonati tufayli bo‘lgan, degan mish-mishlar tarqalgan. Biroq aktrisa bu taxminlarning barchasini rad etgan. Aktrisaning ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuvi  Pelin 2014-yilda biznesmen Bedri Gyuntoyga turmushga chiqdi. Juftlik sport klubida uchrashgan: Bedri aktrisaning do‘stlari bilan qaysi tizza fiksatorlarini sotib olish haqida maslahatlashganini eshitib qoladi. U Karaxanning telefon raqamini topib, unga qo‘ng‘iroq qiladi, uchrashishni taklif qiladi va uchrashuvda u o‘sha tizza fiksatorlarini aktrisaga sovg‘a qiladi. Baxtli turmush Keyinchalik aktrisa Gyuntoyda o‘zi izlagan insonni ko‘rganini aytgan. Bugungi kunda juftlik juda baxtli va ularning ikki o‘g‘il farzandi bor. Eng yaxshi narsalarga ishonish Pelinning tan olishicha, u har doim muvaffaqiyatli martaba va shaxsiy hayotga ega bo‘lishini bilgan. U bunga juda qattiq ishongan va bu niyati amalga oshgan. “Menga g‘amxo‘rlik va himoya qiladigan insonni qidirdim. Bunday inson bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lganimda, uni yo‘qotishni xohlamadim. Ota-onasi ajrashgan ko‘plab bolalar turmush qurish ularni baxtli qilishiga ishonmaydi. Biroq menda buning aksi bo‘lgan. Bolaligimdan oilam bo‘lishini xohlardim”, — dedi aktrisa.
7Madaniyat
Germaniya 2022-yil oxiriga borib Rossiya neftini import qilishni to‘liq to‘xtatmoqchi Germaniya 2022-yil oxirida Rossiyadan neft importini to‘liq to‘xtatishni maqsad qilgan. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ma’lum qildi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Vazir Berlinning Rossiya gazidan ham iloji boricha tezroq voz kechishi kerakligini qayd etgan. “Bu boradagi aniq va dangal javobim shunday: Ha, Germaniya Rossiya energiya resurslari importidan bosqichma-bosqich voz kechadi”, — degan Berbok Litva, Latviya hamda Estoniya tashqi ishlar vazirlari bilan birga o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida. Germaniya federativ respublikasi tashqi ishlar vaziri mamlakatning yozda neft importini ikki baravar qisqartirishi, yil oxirida esa Rossiya neftidan butunlay voz kechishini va keyingi bosqich gaz borasida shunday qaror qabul qilish ekanligini ta’kidladi. “Rossiya gazini import qilishni to‘xtatamiz, bu ishni ertaga qoldirmasdan, bugun amalga oshirgan yaxshi”,— deya qo‘shimcha qilgan diplomat. Berbokning fikricha, Germaniya o‘tmishda xatolar qilgan va endi Rossiya energiya resurslarini import qilishdan voz kechishi lozim. Yevropa ittifoqi oltinchi sanksiyalar paketida Rossiya neftiga nisbatan cheklovlar o‘rnatishni muhokama qilmoqda. Avval Bryussel Rossiyadan ko‘mir olib kirilishiga embargo joriy qilgandi. YIga a’zo bir qator davlatlar Rossiyadan gaz importiga cheklovlar o‘rnatishga qarshi chiqmoqda.
2Dunyo
1 martdan e’tiboran terminalsiz savdo qilish va хizmat koʻrsatish taqiqlanadi Hujjatga koʻra, 1.03.2017 yildan tadbirkorlik sub’yektlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida aholidan plastik kartalar vositasida toʻlovlarni qabul qilishni ta’minlovchi hisob-kitob terminalini majburiy oʻrnatmasdan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega emas. Barcha savdo shoхobchalarini terminallar bilan jihozlash uchun ularni roʻyхatdan oʻtkazish jadallashtirilgan tartibda – tadbirkorlik sub’yektidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab 3 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida amalga oshiriladi. Shuningdek, savdo va хizmat koʻrsatish sohasida narхlarni belgilash ustidan ham nazorat kuchaytirildi. Hisob-kitob shaklidan kelib chiqqan holda sun’iy ravishda narхlarni oshirish yoki tushirish hisob-kitob terminallarini qoʻllashning belgilangan tartibini buzish deb baholanadi. Bunday harakatlar EKIHning 30 barobari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Bu muhim! Davlat soliq qoʻmitasiga narхlarni sun’iy ravishda oshirish yoki tushirish, NKM va hisob-kitob terminallaridan foydalanish, talon va cheklar berish hamda naqd puldagi tushumlarni oʻz vaqtida va toʻliq inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlarini doimiy asosda tekshirish topshirilgan. Ammo nazoratning bunday shakli soliq tekshiruvi hisoblanmaydi va Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining maхsus ruхsatnomasini talab etmaydi. Markaziy bank jihozlashni kengaytirish va amaliy foydalanish uchun ancha qulay shart-sharoitlar yaratishni inobatga olgan holda hisob-kitob terminallarini tadbirkorlik sub’yektlariga ijaraga berish va sotish meхanizmini qayta koʻrib chiqishga koʻrsatma oldi. Shuningdek, iste’mol talabini va tadbirkorlik su’bektlarining ishlab chiqarish faoliyatini ragʻbatlantirish, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish maqsadida хalqaro amaliyotda foydalanilayotgan plastik karta orqali aholiga qisqa muddatli iste’mol kreditlarini berishning zamonaviy meхanizmlarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg ZAMANOV,  ekspertimiz.
10Qonunchilik
Hindistonda poezd va avtomobil ishtirokidagi YTH yuz berdi Poezd va avtomobil ishtirokidagi yo`l-transport hodisasi Hindiston sharqidagi Jarxand shtati markazi Ranchi shahridan 70 kilometr uzoqlikda sodir bo`lgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Hodisa yuz bergan temir yo`l nazorat qilinmagan. Engil avtomobil ichida ibodatdan qaytayotgan oila a`zolari bo`lgan. Mashina temir yo`ldan o`tayotgan paytda tiqilib qolgan. Yaqinlashib kelayotgan poezd ovozini eshitgan odamlar mashinadan sakrab chiqishga uringan, ammo ulgurmagan. Poezd avtomobilni 100 metr masolfagacha sudrab borgan. Mashina ichidagi 13 nafar yo`lovchilarning barchasi halok bo`lgan. Mamlakat temir yo`lchilari yo`lni kesib o`tishning xavfsizligini ta`minlamagani mahalliy aholi vakillarini g`azablantirmoqda. Mahalliy hokimiyat vakillari bu borada tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta`kidlamoqda.
2Dunyo
Koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari va ularning qadoqlari orqali yuqish xavfi haqida ma’lumot berildi Britaniya hukumati koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari va ularning qadoqlari orqali yuqish xavfi haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Daily Post. Qayd etilishicha, koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqish ehtimoli juda kam. Sababi respirator kasalliklar “oziq-ovqat mahsulotlari yoki ularning qadoqlari orqali tarqalmaydi”. Hisobotda aytilishicha, agar virus oziq-ovqatlar yuzasiga o‘rnashib olsa ham u termik qayta ishlovdan keyin o‘ladi. Mutaxassislar, shuningdek, sarhil mahsulotlarni issiq suv bilan yuvishni va ularning po‘stini archib tashlab yeyishni tavsiya qilmoqda. Bundan tashqari, har bir qadoqni ushlagandan so‘ng qo‘lni yuvish kerak.
11Salomatlik
Buyuk Britaniyada xorijga chiquvchilar uchun 17 maydan boshlab vaksinatsiya pasportlari joriy etiladi 17 maydan boshlab xorijga safarga otlanayotgan britaniyaliklar uchun vaksinatsiya pasportlari joriy etiladi. Bu haqda The Times gazetasi xabar berdi. Xabarda aytilishicha, smartfon va planshetlar uchun ilova ko‘rinishidagi ushbu pasportlar milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) tomonidan beriladi. Pasportlar faqat vaksinaning ikki dozasini olgan britaniyaliklargagina berilishi ko‘zda tutilgan. Xohlovchilar 119 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib emlanganligini tasdiqlovchi qog‘oz guvohnoma olishlari mumkin. Xorij safariga otlangan britaniyaliklar vaksinatsiya pasportiga ega bo‘lishi shart. Ilovadan foydalanish uchun fuqarolar xorijga chiqishdan kamida ikki hafta oldin ro‘yxatdan o‘tishi lozim.  Hozirga qadar katta yoshli britaniyaliklarning 67 foizi (35,5 mln kishi) koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan, 34 foizi (17,9 mln kishi) esa har ikki dozasi bilan emlangan.
2Dunyo
O'zbekistondan Rossiyaga ketayotgan fura Qozog'istonda yonib ketdi — video O'zbekistondan Rossiyaga trikotaj mahsulotlari olib ketayotgan fura Nursulton — Pavlodar trassasida yonib ketdi. Bu haqda “KazTag” xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, 12 fevral kuni soat 01:38 da (Nursulton vaqti bilan) yuk mashinasida yong'in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan. “2010 yilda ishlab chiqarilgan Renault Premium rusumli yuk mashinasi butunlay yonib ketdi”, deyiladi Pavlodar viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida. Ma'lum bo'lishicha, yuk mashinasi O'zbekistondan Rossiyaga ketayotgan bo'lgan. Furani boshqargan ikki haydovchi Qalqaman qishlog'idagi issiqlik punktiga evakuatsiya qilingan. Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo'q. Ta'kidlanishicha, yong'in soat 05:00 da o'chirilgan. Hodisada elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo'lgani aytilgan. Hozirda keltirilgan zarar miqdori o'rganilmoqda. Avvalroq Jizzaxda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgandi. Shuningdek, Qashqadaryodagi gaz “zapravka”da “Kamaz” yongandi.
2Dunyo
KXDR qo‘lga olingan AQSh fuqarolaridan “ayirboshlash puli” sifatida foydalanmoqchi emas Pxenyan “mamlakatda qonunga zid xatti-harakatlari uchun qo‘lga olingan AQSh fuqarolaridan Vashington bilan muzokaralarda ayirboshlash puli sifatida foydalanmaydi”. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vazirligi vakilining “Nodon sinmun” gazetasida chop etilgan bayonotida aytiladi, deb yozadi “TASS”. Diplomat Amerika OAVlarida Pxenyan Amerika fuqarolarini Vashington bilan muzokaralarda ulardan qalqon va ayirboshlash puli sifatida foydalanish maqsadida garovga olgani haqida paydo bo‘lgan xabarlarga javob qildi. TIV vakili so‘zlariga ko‘ra, KXDRda qo‘lga olingan amerikaliklarga nisbatan “respublikada amal qiluvchi qonunlar asosida, jinoiy faoliyatga aloqadorlik ayblovi bo‘yicha tergov olib borilmoqda”. Pxenyan AQSh fuqarolari qo‘lga olinishini “dushman kuchlarining KXDR rahbariyatini chetlatish maqsadida jinoyat sodir etishga urinishlari” bilan bog‘lamoqda. Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni Pxenyandagi fan va texnologiyalar universiteti xodimi Kim Xak Son qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. U qo‘poruvchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Kim Xak Son Shimoliy Koreyada tutib turilgan AQShning to‘rtinchi  fuqarosi bo‘ldi.
2Dunyo
«MIFI» filiali 17 iyundan hujjatlar qabul qilishni boshlaydi Rossiya milliy yadro tadqiqot institutining “Moskva injyenerlik-fizika instituti” (MYaTI MIFI) shu yili yozda Toshkentda ochilishi kutilayotgan filialiga birinchi abituriyentlarni qabul qilishga tayyor. Bu haqda “O‘zatom” xabar bermoqda. Institutning qabul hay'ati o‘z ishini joriy yilning 17 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti “Fizika fakulteti” binosida boshlaydi. Hujjatlarni qabul qilish 2 iyulga qadar davom etadi.  Abituriyentlar MYaTI MIFI filialiga fizika, matematika va rus tili bo‘yicha o‘tkaziluvchi imtihon natijalariga ko‘ra qabul qilinadi. Imtihonlar 3 iyuldan 9 iyulga qadar rossiyalik o‘qituvchi va mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, javoblar 12 iyul kuni e'lon qilinadi.    Eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar talaba davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinib bepul ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  Bu yilgi qabul bakalavriatning quyidagi to‘rt ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi:    •  Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi;  •  Yadro fizikasi va texnologiyalari; •  Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi; •  Elektr energetikasi va elektr texnikasi. Institut talabalari yadroviy energetika va issiqlik fizikasi sohasida xalqaro me'yorlar asosida injyener-texnik mutaxassisligi bo‘yicha ta'lim oladilar.  Filialning barcha bitiruvchilari O‘zbekistonda tan olinadigan Rossiya andozasidagi diplom oladilar hamda o‘qishni tugatganlaridan so‘ng, “O‘zatom” agentligi tizimida doimiy ish bilan ta'minlanadilar.
8O‘zbekiston
Jahon internet kompaniyalari O‘zbekistonda serverlarini joylashtirishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi 16 apreldan boshlab ijtimoiy tarmoqlar va jahon internet kompaniyalari «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 27−1-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashlari shart. Ushbu qoidaning ijrosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida o‘rganildi, deya xabar bermoqda quyi palata matbuot xizmati. Yig‘ilishda «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonunning 20-moddasi hamda ushbu hujjatning 15 aprel kuni kuchga kirishi nazarda tutilgan 271-moddasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitilgan. Endi Facebook Inc. (Facebook Messenger, Instagram, WhatsApp), Google (Google Messenger, YouTube), Mail.ru (Vkontakte, Odnoklassniki), Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter, Yandex (Yandeks.taksi, Yandeks.kartы, Yandeks.messenjer, Yandeks.dengi) kabi internet kompaniyalar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarni jisman mamlakat hududida joylashgan texnik vositalarda hamda bazalarda yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi hamda shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishi shartligi belgilangan. «Bu esa, ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalar O‘zbekiston Respublikasida qonuniy faoliyat yuritishni istashsa, o‘z texnik vositalarini O‘zbekiston hududiga o‘tkazishlari shartligini yoki belgilangan tartibda ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligini anglatadi», — deyiladi xabarda. Davlat personallashtirish markazi rahbari Ulug‘bek Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda markaz tomonidan bugungi kunga qadar bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Xususan, yuqorida sanab o‘tilgan xorijiy kompaniyalarga O‘zbekiston qonunchiligi talablariga rioya qilish to‘g‘risida xatlar yuborilgan. Shu bilan birga, «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonunning 20-moddasi talablarining ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan «Pd.gov.uz» axborot tizimi orqali shaxsga doir ma’lumotlar bazalari mulkdor va (yoki) operatorlarini shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Deputat Shuhrat Sharafutdinov qonunchilikka bunday normalarning kiritilishi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat ekanini aytib, bu huquq Konstitutsiyaning 13- va 27-moddalari bilan mustahkamlab qo‘yilganini qayd etgan. Deputatlarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mazkur ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalarga turli kiberhujumlar uyushtirib kelinmoqda. Natijada O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari ham o‘g‘irlangan. Qonun normasi kuchga kirganiga 1 oy bo‘lgan bo‘lsada vakolatli davlat organi tomonidan mazkur soha bo‘yicha ko‘zga ko‘rinadigan natijalarga erishilmaganligi deputatlarning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi, deyiladi Oliy Majlis quyi palatasining xabarida.
5Jamiyat
Mahsulot va mollarni o‘z vaqtida tanlab olib ketmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida Sud amaliyotining bir xilda bo‘lishini ta’minlash maqsadida Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 46-moddasiga amal qilgan holda, qaror qiladi: Sudlar sharhi tartibida tushuntirilsinki, o‘z vaqtida tanlab olib ketmaslik deganda yetkazib beruvchining omboridan mahsulotni (mollarni) shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda tashib ketish (olish) yuzasidan shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning sotib oluvchi tomonidan bajarilmasligi tushuniladi. Etkazib beruvchi mahsulot (mollar) o‘z vaqtida tanlab olib ketilmasligi uchun sotib oluvchidan neustoyka undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishda shartnoma belgilangan muddatda uning mahsulot (mollar) olib ketiladigan omborda yoki bazasida mazkur yetkazib berish muddati uchun shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va assortimentda mahsulot (mollar) mavjud bo‘lganini hamda bu mahsulot (mollar) sifati, navi, qadoqlanishi, o‘rab joylashi va boshqa shu kabilar bo‘yicha shartnoma shartlariga muvofiqligini hamda da’vo qilinayotgan paytda mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinishi shart. Bunday da’volarni ko‘rib chiqishda xo‘jalik sudlari mazkur mahsulotni o‘z vaqtida olib ketish (topshirish)ning taraflar uchun majburiy qoidalari yoki shartnoma bilan belgilangan tartibiga asoslanishlari va taraflar ushbu tartibga qanday rioya etganliklarini tekshirishlari lozim. Chunonchi mahsulot (mollar)sotib oluvchi tomonidan yetkazib beruvchining mahsulot topshirishga taxtligi haqidagi bildirish xatida ko‘rsatilgan muayyan muddat mobaynida olib ketilishi lozim bo‘lgan hollarda, yetkazib beruvchi tomonidan mazkur bildirish xati jo‘natilgan yoki jo‘natilmaganini tekshirish zarur. Agar shartnomada sotib oluvchining mahsulotini olish uchun aniq kelish muddatlari belgilangan bo‘lsa, yoxud aniq muddatlar belgilanmagan va yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot topshirishga taxtligi haqida bildirish xati o‘z vaqtida yuborilgan, sotib oluvchi (oluvchi) esa mahsulotni olish uchun yetkazib beruvchining omboriga (bazasiga) kelmagan hollarda yetkazib beruvchi sotib oluvchining (oluvchining) kelmaganligi faktini isbotlamasligi kerak. Sotib oluvchining (oluvchining) mahsulotining olish uchun yetkazib beruvchining omboriga (bazasiga) o‘z vaqtida kelganligi, shuningdek sotib oluvchi kelgan paytida shartnomada shartlashilgan mahsulotning yetkazib beruvchining omborida (bazasida) yo‘q ekanligini isbotlash majburiyati ana shu sotib oluvchining zimmasida bo‘ladi, Agar shartnoma shartlariga ko‘ra mahsulot berishni rad qilish yoki uning yetkazib beruvchining omborida (bazasida) shartlashgan assortimentda yo‘qligi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim bo‘lsa, xo‘jalik sudi bunday dalolatnoma tuzilgan yoki tuzilmaganligini tekshirishi kerak bo‘ladi. Sotib oluvchi maxsus buyurtma bo‘yicha aynan shu sotib oluvchi uchun yetkazib beruvchi tayyorlangan mahsulotni (mollarni) tanlab olib ketishdan voz kechgan va yetkazib beruvchi bunday mahsulotni (mollarni) boshqa xaridorga sotish imkoni yo‘qligini isbotlasa, u sotib oluvchi mahsulotini tanlab olib sotib ketish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatida ko‘rilgan zararni undan undirib olishga haqlidir. Bunday holda yetkazib beruvchi zararlar summasiga maxsus buyurtma bo‘yicha tayyorlangan mahsulot (mollar) qiymatini ham qo‘shishga haqlidir. Shartnomada mahsulotni (molni) sotib oluvchidan o‘zga qabul qilib oluvchi tanlab olib ketish nazarda tutilgan hollarda tanlab olib ketmaganlik uchun shartnoma bo‘yicha sotib oluvchi javobgar bo‘ladi.
10Qonunchilik
O‘zbekistonga o‘qotar qurollar uchun gilzalar olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi O‘zbekiston bojxona xodimlari tomonidan o‘qotar qurollar va ularni harakatga keltiruvchi turli mexanizmlarning mamlakat hududiga olib kirilishiga qarshi olib borilgan tadbirda yashirinchi ravishda olib kirilayotgan gilzalar fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro M.D.ga tegishli Lada Largus rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada ushbu shaxs avtotransport vositasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 12 millimetr kalibrli o‘qotar qurollar uchun mo‘ljallangan jami 337 dona gilza hamda 15 kilogramm drobni noqonuniy ravishda O‘zbekiston hududiga olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
8O‘zbekiston
Insonning rizqi uning harakatiga bog‘liqmi? - Islom moliyasi bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat - Alloh taolo Qur’oni Karimda «Yer yuzida o‘rmalagan jon borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir», (Xud surasi, 6 oyat) deya marhamat qiladi. Inson hech narsa qilmasa ham rizqi kelaveradimi yoki rizq harakatga bog‘liqmi? Bu oyatlarni qanday qilib to‘g‘ri tushunishimiz mumkin? - Inson hech qanday ish qilmasa ham Alloh uning rizqini yetkazishi mumkinmi, mumkin. Bunga dalil sifatida (Oli-Imron surasida) Maryam onamiz kichkinaliklarida oldilariga har doim Zakariyo alayhissalom kirganlarida, u yerda o‘sha mavsumda o‘smaydigan taomlar bo‘lgan. Alloh taolo Maryam onamiz hech narsa qilmay o‘tirsa ham rizqini oldiga yetkazib qo‘ygan. Alloh taolo biz hech narsa qilmay o‘tirsak ham rizqimizni berishga qodir. Lekin biz musulmonlarga chiqib mehnat qilish va hamma sabablarini ushlash buyurilgan. Boshqa suralarda (Maryam surasida) Maryam onamizning qissalari davom etgan. Maryam onamiz homilador bo‘lib, shaharning chetiga chiqib ketadi. Daraxtning tagida o‘tirib, ko‘zlari yoriydi va Iso alayhissalom dunyoga keladi. O‘shanda Maryam onamizning ahvollari qiyin bo‘lsa-da, yurib daraxtni silkitishni buyurgan. Keyin, onamiz daraxtni silkitgan va xurmo daraxtining mevasi tushgach, shuni tanovul qilgan. Alloh taolo Maryam onamizga yoshligidagi kabi hech qanday harakatsiz ham taom berib qo‘yishi mumkin edi. Lekin hozir katta odam bo‘lgach, hech bo‘lmaganda qo‘lidan kelgan ish - daraxtni silkitishni, rizq talabi yo‘lida harakat qilishni so‘radi. Xulosa qilib, aytish mumkin, Alloh taolo bizga hamma narsani berishga qodir. Lekin biz sabablarini ushlashga buyurilganmiz. To‘liq suhbat bilan yuqoridagi videoda tanishish mumkin. Suhbat davomida, shuningdek, musulmon kishining pulga munosabati, biznesni boshlashda niyat, baraka omillari, qarz olish, ehson qilishga doir masalalar hamda barakali oyliklarga doir mulohazalar berilgan. Farrux Absattarov suhbatlashdi. Tasvirchi va montaj ustasi Muhiddin Nido. Videolavha va maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli ekspertiza xulosalari asosida tayyorlangan.
5Jamiyat
Internetda tarqalgan Avazbek Olimov haqidagi videoga Madaniyat vazirligi izoh berdi Internet saytlarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Avazbek Olimov haqidagi videoga aniqlik kiritildi.   "O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda "O`zbekkonsert" DM san`atkor Avazbek Olimovdan tarqalgan video yuzasidan izoh so`radi. A.Olimov haqiqatdan ham xunuk holat sodir bo`lganini tan oldi. Yo`l qo`ygan xatosini inkor etmasdan, o`z tushuntirish xatida bu holatlar boshqa takrorlanmasligi  va`da berdi", deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati. Vazirlik izohida aytilishicha A.Olimovga qaerda, qay holatda bo`lishidan qat`iy nazar, o`zini madaniyat sohasi vakiliga munosib tutishi lozimligi uqtirilgan.
7Madaniyat
BlackBerry egasi klaviaturali Android-smartfonni taqdim etdi Xitoyning TCL kompaniyasi MWC-2017 ko‘rgazmasida klaviaturali Android-smartfonni namoyish qildi. Ushbu kompaniya BlackBerry nomi ostida telefonlar ishlab chiqarish huquqiga ega. Telefon BlackBerry KeyOne deb nomlanadi va 549 AQSh dollariga yaqin turadi, deb yozadi Business Insider. Qurilmaga joylashtirilgan klaviatura o‘ziga xos sensorlik vazifasini ham bajaradi. Masalan, kaftingizni klaviatura uzra yon tomonga harakatlantirish bilan suratlarni o‘tkazish mumkin. Probelga barmoq izining skaneri joylashtirilgan. Bundan tashqari, har bir tugmachaga ma'lum bir ilovani biriktirsa bo‘ladi. Jumladan, «S» harfi uzoq bosilsa, Snapchat ilovasi ishga tushadi.  Smartfon 4,5-dyuymli, 1620*1080 pikselli ekranga ega. Business Insider nashrining yozishicha, bu zamonaviy smartfonlar bozoridagi eng kichik ekranlardan biridir.  KeyOne o‘rta darajadagi Qualcomm Snapdragon 625 protsessoridaa ishlaydi. Biroq, 3500 mA/soatlik batareya uning ancha uzoq vaqt ishlashini ta'minlashi kerak. Smartfonga, shuningdek, 3 Gb operativ, 32 Gb ichki xotira o‘rnatilgan, bunda ichki xotirani microSD yordamida 2 Tbga yetkazish mumkin. Asosiy kamera 12, old kamera 8 megapikselli.  Yangi telefon Android 7.1 Nougat dasturiy ta'minotida ishlaydi. Unga BlackBerry ilovalari, misol uchun BlackBerry Messenger ham o‘rnatiladi.  TCL BlackBerry KeyOne telefonini shu yil apreldan sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda.
14Texnologiya
Oyligi oshgan o‘qituvchilar, majburiy akkreditatsiya va ruxsatnoma so‘ralmaydigan “urug‘”lar – 1 sentabrdan nimalar o‘zgaradi? 2018 yil 1 sentabrdan bir qator qonun hujjatlaridagi normalar kuchga kiradi. “Huquqiy axborot” kanali ularning ayrimlari bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi. 1. 2018 yil 1 sentabrdan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarga quyidagi huquqlar berildi: • tegishli litsenziya asosida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish; • akkreditatsiya asosida, ishlash uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarining malakasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish. 2. Bojxona rasmiylashtiruvi soddalashadi. Bugundan e'tiboran: • chegara bojxona postlarida nazorat o‘tkazilganda veterinar, fitosanitar, ekologik va sanitar-epidemiologik nazorat ham amalga oshiriladi; • iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a'zo davlatlarning akkreditatsiyadan o‘tgan organlari tomonidan muvofiqlik sertifikatlari berilgan, O‘zbekistonga olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan majburiy muvofiqlik sertifikatlashtirishni amalga oshirish talab etilmaydi; • tovarlarning “erkin muomalaga chiqarish (import)” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni davlat tilida majburiy markirovka qilish talab etilmaydi; • “bojxona ombori” rejimida olti oydan ko‘p bo‘lgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan bojxona to‘lovlari yuzasidan taqdim etilgan imtiyozlar qo‘llanilmaydi. 3. “Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq endilikda shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida ishlovchi fuqarolarni band bo‘lgan shaxs sifatida hisobga olish mexanizmi joriy etiladi. 4. Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, shuningdek, oliy ta'lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha 25 foizga, ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining ish haqi miqdori esa 30 foizdan 100 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorda oshiriladi. 5. Bugundan boshlab tadbirkorlik sub'yektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar, shuningdek, soha faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinadi. Endilikda tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi. 6. 2018 yil 1 sentabrdan: • davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yiladi; • yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi; • jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma'muriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli organlarning byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi. 7. Mulkchilik shaklidan qat'i nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga o‘qitish va tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari endilikda majburiy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. 8. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari shu bugundan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1,1 baravarga, yuqori sinf o‘qituvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha, direktor, uning o‘rinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshiriladi. Shuningdek, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, psixolog shtat birligi maktabdagi o‘quvchilar soni 250 nafargacha 1 shtat birligi, 250 nafardan 800 nafargacha 1,5 shtat birligi, 800 nafardan 1600 nafargacha 2 shtat birligi, 1600 nafardan 3000 nafargacha 2,5 shtat birligi, 3000 nafardan ortiq 3 shtat birligi etib belgilanadi. Bundan tashqari, maktab psixologlarining bazaviy tarif stavkalar mutaxassis o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkalarining 90 foiziga tenglashtiriladi. 9. “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, universitet huzurida tashkil etilgan Oliy diplomatiya maktabida bugundan boshlab quyidagi xodimlar toifalari majburiy tartibda qayta tayyorlanadi va malaka oshiradi: • Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklari, tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb qilingan boshqa vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma'muriy-boshqaruv xodimlari – uch yilda bir marta; • tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida vazifalarni bajarish bilan bog‘liq rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun zaxiraga olingan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa ixtisoslashtirilgan davlat muassasalari xodimlari; • O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari hamda xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston uchun ajratilgan kvotalariga diplomatik va ma'muriy-texnik lavozimlarga tayinlanadigan xodimlar, shu jumladan, ularning turmush o‘rtoqlari; • xalqaro munosabatlar hamda siyosiy fanlar, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro ommaviy hamda xususiy huquq, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari – uch yilda bir marta. 10. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini eksport qilishda ruxsatnoma talab qilinmaydi. Endilikda bitta viloyatda o‘ntadan ko‘p, bitta tumanda beshtadan ko‘p donli boshoqli ekinlarning rayonlashtirilgan navlarini, shuningdek, bitta viloyatda beshtadan ko‘p, bitta tumanda ikkitadan ko‘p g‘o‘zaning rayonlashtirilgan navlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi (sinov o‘tkazish uchun joylashtiriladigan yangi navlar bundan mustasno). Shuningdek, donli boshoqli ekinlar va g‘o‘za navlarini sinovdan o‘tkazish muddati ikki yildan, boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinovdan o‘tkazish muddati bir yildan oshmasligi, O‘zbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining navlarini (donli boshoqli ekinlar, g‘o‘za va kartoshka urug‘laridan tashqari) majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish va Davlat qishloq xo‘jalik ekinlari reyestriga kiritish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi. 11. 2018 yil 1 sentabrdan boshlab: • tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma'lumotli o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta'lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda – 30 foizga; • oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma'lumotli tarbiyachining o‘rinbosarlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini – 20 foizga; • maktabgacha ta'lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini – 10 foizga tabaqalashtirib oshiriladi.
8O‘zbekiston
Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan Rustam Karimjonov Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, Rustam Karimjonov 2019-yil sentabr oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Sarvar Boboxo‘jayev o‘rniga kelgan. Tayinlovga qadar Rustam Karimjonov Xalq ta’limi vazirligi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya” markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ma’lumot uchun, Rustam Karimjonov 2009-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini (bakalavr) va 2011-yilda Janubiy Koreyadagi Solbrij xalqaro biznes maktabi (magistratura)ni tamomlagan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil noyabrdagi qaroriga ko‘ra, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari vazifasini bajarib kelgan Alisher Umarov xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, vazir o‘rinbosari vazifasini bajarib kelgan Otabek Nazirov va Sarvar Boboxo‘jayev vazir o‘rinbosari lavozimlariga tayinlangandi.  Temurjon Komilov xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
8O‘zbekiston
Yangi yil oqshomida Toshkentning Qorasuv dahasida Spark “Jiguli”ni, Bobur ko‘chasida esa Matiz svetoforni ag‘dardi Toshkent shahrida 2016-yilning so‘nggi kuni — 31-dekabrda bir qator yo‘l-transport hodisalari qayd etildi. Bu haqda toshkentlik avtohavaskorlarning Facebook’dagi guruhlarida fotoxabarlar qoldirilgan. Xabar berishlaricha, Bobur va Nukus ko‘chalari kesishgan chorrahada Spark va Matiz mashinalari to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida Matiz chorrahadagi svetoforlardan biriga borib urilgan. Jabrlanuvchilar haqida ma’lumotlar yo‘q. Shu kuni Qorasuv-6 dahasida Spark va VAZ-2107 avtomobillari ishtirokida avariya yuz bergan. To‘qnashuv natijasida “Jiguli” ag‘darilib ketgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida axborot yo‘q. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
0Avto
Turar joyni noturarga aylantirishga hokimning qarori kerak bo‘lmaydi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4546-son qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalariga o‘tkazildi. Qarorga muvofiq, turar joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat berish davlat xizmati bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining qaror chiqarish tartibi bekor qilinib, ularning vakolatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga o‘tkazildi va amalda qaror ijrosi ta'minlandi. 2020 yil 1 yanvardan boshlab tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari tomonidan turar joyni noturar toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish tizimi ishga tushirilgan. Mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijasida biznes jarayonining bir necha martaga qisqarishi, sifatining oshishi, qonunbuzilishi holatlarining oldi olinishi aytilmoqda. Shuningdek tegishli ruxsatnomalar 8 kun muddatda shakllantirilib, QR kod asosida vakolatli idoraning mas'ul xodimi tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etilgan. Sir emaski, bugungi kunda biznes faoliyatini boshlash va yo‘lga qo‘yish uchun noturar joy obektlarining yetishmovchiligini tadbirkorlarni qiynayotgan asosiy muammolardan biri sifatida sanash mumkin.
8O‘zbekiston
“Hukumat so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashni o‘zining asosiy burchi deb bilishi lozim” — Sodiq Safoyev Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusidagi davra suhbatida so‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekistondagi so‘z erkinligi, OAVning tutgan o‘rni keskin ravishda o‘zgargani haqida gapirdi. Sodiq Safoyev ilgari Senat yalpi majlislariga kirish uchun akkreditatsiya qilish qanday mashaqqat bo‘lganini, hozir Senat majlislari nafaqat onlayn, balki interaktiv tarzda o‘tayotgani, Senat majlisida berilgan savollar, ko‘tarilgan masalalarni shu zahoti, shu joyning o‘zida hal qilishga intilish borligini alohida ta’kidlab o‘tgan. “So‘zsiz, hech qanday shak-shubhasiz, OAV bugungi kunda xalq ovozi, to‘rtinchi hokimiyatga aylanib bormoqda. Hali balki katta ko‘p cho‘qqilarga yetganimiz yo‘q, lekin birinchi siljishlarni inkor qilish mumkin emas. Bu, albatta, muhim”, — deydi Sodiq Safoyev. U so‘z va matbuot erkinligisiz demokratiyaga erishib bo‘lmasligini qayd etgan. BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining e’tirofi bo‘yicha so‘z erkinligi — bu inson rivojlanishining ajralmas bir omilidir. Biz mana shuni bilishimiz kerak. Agar bugun biz renessans haqida gapirayotgan bo‘lsak, insonning manfaatlari haqida gapirmoqchi bo‘lsak, bunga demokratiyasiz, so‘z va matbuot erkinligisiz erishib bo‘lmaydi. So‘z erkinligi, matbuot erkinligi — demokratiyaning qon aylanish tizimidir. Hukumat faoliyati haqida aholini xabardor qilish, ayni vaqtda hukumatga xalq fikri, umidlari, balki noroziliklarini yetkazish, hokimiyat shaffofligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish jamiyat barqaror rivojlanishining omilidir. Hech qanday shak-shubhasiz, buni hammamiz tan olamiz, so‘z va matbuot erkinligi zamonamiz talabidir. Agar o‘z vaqtida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich tomonidan mana shu islohotlar boshlanmaganida, agar jamiyatimizda so‘z, matbuot erkinligi joriy etilmaganida pandemiya sharoitida bizning ahvolimiz ancha murakkab bo‘lardi. Biz OAV, shu jumladan, elektron manbalar va blogerlarga aholining manfaatlarini, pandemiya davridagi muammolarini keskin ravishda ko‘targanligi uchun, uni hokimiyat oldida dadil qo‘yganlari uchun ham markazda, ham joylarda cheksiz minnatdor bo‘lishimiz kerak. Bugun shu so‘zni aytishni burchim deb bilaman. Birinchi navbatda shuni tushunishimiz kerakki, hukumat, parlament, fuqarolik jamiyati so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, OAV huquq va imtiyozlarini kafolatlashni o‘zining asosiy burchi va vazifasi deb bilishi kerak. Buning uchun eng muhimi, davlat rahbarining siyosiy irodasi bor. Boshidan Prezidentimiz bizning bugungi siyosatimizni amalga oshirishda OAV va ularning yangi shakllarini, blogerlar haqida nihoyatda muhim fikrlarni ilgari surganlar. Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Avvalroq “Gazeta.uz”, “Daryo.uz”, “Podrobno.uz” koronavirus statistikasiga shubha bildirgani va o‘z materiallarini rasmiy idoralar bilan bog‘lanib, aniqlik kiritmagani sabab, “Kun.uz” esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining gaz va elektr ta’minoti muammosiga oid izohlarini e’lon qilgani uchun ogohlantirish olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. AOKAning ma’lum qilishicha, nashr qonunchilik talablariga mos kelmaydigan axborotni tarqatgan. Shundan so‘ng BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va qator xorijiy davlatlarning Toshkentdagi elchilarida mamlakatdagi mustaqil onlayn-OAVga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga kelgan ogohlantirish xatlariga munosabat bildirib, agentlikning bu kabi xatti-harakatini tanqid qilgandi.
8O‘zbekiston
Qisqa fursatda aholi tadbirkorligi uchun qariyb 242 milliard so‘m kredit ajratildi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki “2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalarni yil boshida qat’iy belgilab olgan edi. Unga ko‘ra 2017-yilda mamlakatda xususiy tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, aholining bankka nisbatan ishonchini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangandi. Ushbu dastur asosida “Oddiy aholini tadbirkor qilish” shiori ostida aholini sohaga yanada kengroq jalb qilish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tashkiliy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida bank tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Agrobank” ATB tomonidan aholini tadbirkorlik turlariga keng jalb qilish, ayniqsa, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanishini tashkil etish maqsadida o‘tgan fursatda respublikaning barcha hududlaridagi 1 million 300 mingdan ziyod xonadon qamrab olindi. Buning uchun aholi bilan muloqotlarni sifatli tashkil etishga qaratilgan maxsus jadval ishlab chiqilgan bo‘lib, shu asosda qishloq hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda joylarda uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Erkin muloqot tarzida tashkil etilgan bunday uchrashuvlarda bugun tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida mamlakatda boshlangan yangi bosqichdagi islohotlarning mazmun-mohiyati, tadbirkorlikdan keladigan davlat hamda xalq manfaatlari xususida batafsil tushuncha va ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, har bir xonadonga bank tomonidan maktublar yo‘llandi. Unda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hamda aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini aniqlashga qaratilgan maxsus so‘rovnomalar ham yuborildi. Bank xodimlari har bir xonadonga kirib, ularning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha imkoniyat va sharoitlarini o‘rgandi, maxsus so‘rovlar ham o‘tkazdi. Bundan tashqari, aholining sohaga qiziqishini orttirish hamda bu jarayonlardan xabardorligini yanada oshirish maqsadida maxsus buklet shaklidagi namunaviy biznes loyihalar tarqatildi. Bankning imtiyozli kreditlash tartibotlari, bu boradagi boshqa yo‘l-yo‘riq va me’yoriy hujjatlardan iborat tadbirkorlik burchaklari loyihalari joylarga yetkazildi. Shu asosda fuqarolar yig‘inlari va bank binolarida maxsus tadbirkorlik burchaklari tashkil etildi. Bu jarayonlarda tuman, qolaversa, fuqarolar yig‘inlari joylashgan hududning imkoniyatlariga ham e’tibor qaratilmoqda. Bu esa namunaviy shakllar asosida biznes loyihalarni taklif etish, aholining ishbilarmonlik faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik turlariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda albatta, hududning xom ashyosi va mehnat resurslari, mahalliy an’analariga e’tibor qaratilayotgani ham ijobiy samaradorlikka sabab bo‘lmoqda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan va kreditga talabi bor oila vakillarining biznes loyihalari bank filiallari tomonidan qisqa muddatlarda o‘rganilib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda yaqindan ko‘mak berilmoqda. Tizimli tartib asosida kredit ajratish jarayonini har bir kreditlash tarmoq boshqarmalari tomonidan muntazam kunlik monitoring qilib borilmoqda. Bunday sa’y-harakatlarning samarasi o‘laroq o‘tgan qisqa fursat davomida aholi punktlari va mavzelarida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida aholining asosiy qismi tadbirkorlikning u yoki bu turi, ayniqsa, bog‘dorchilik, chorvachilik, ixcham issiqxona, parrandachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish, servis va boshqa sohalar bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Shu asosda kreditlash muntazam davom etmoqda. Shu kunga qadar bank tomonidan qariyb 37 ming nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqaroga jami 242 milliardga yaqin kreditlar ajratildi. “Bugun har bir kishidan biroz hafsala va haarakatchanlik bo‘lsa bas. Barcha sharoit va imkoniyatlar asosida o‘z biznesini boshlash imkoniyati mavjud. Men ham bugun yurtimizda boshlangan yangi islohotlardan ilhomlanib, biznes boshlashga qaror qildim. O‘ylab ko‘rsam bekor yotgan qo‘shimcha tomorqamda bog‘dorchilikni rivojlantirish imkoniyatim mavjud ekan. Bog‘ bo‘lganda ham bozorda xaridorgir mevaning ko‘chatlarini ekishni niyat qildim. Bunday kuzatsam, hududimizda bodom deyarli yetishtirilmas ekan. Shuning uchun ushbu mevani ko‘paytirishga qaror qildim. Biroq ko‘chat xarid qilishga mablag‘im yetmasdi. 400 tup bodom ko‘chati sotib olish uchun Agrobankka murojaat qildim. Bank mutasaddilari qisqa fursatda murojaatimni o‘rganib, menga 7 million so‘m kredit ajratishdi. Yer amal olgach ko‘chatlarni olib kelib ekamiz”, — deydi Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanilik Jahongir Inomov. Samarqand viloyati Jomboy tumanida yaqinda ish boshlagan “Sarchashma ishonch” oilaviy korxonasi ham bugungi islohotlar samarasidir. Ushbu oilaviy korxonaga bank tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida 100 million so‘m kredit ajratildi. Natijada beshta ish o‘rni yaratildi. Sirdaryolik Nargiza Abduqahhorova bankning Shirin filialidan 7,4 million so‘m kredit olib, milliy shirinlik mahsulotlari tayyorlash va sotishni yo‘lga qo‘ydi. “Bank xodimlari uyimizga kelib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni taklif qilishganida, avvaliga unchalik ham xohlamadim. Agrobank mutaxassislari hovlimizdagi sharoit bilan tanishgach, bu yerda ixcham issiqxona tashkil etish mumkinligini va buning ortidan olinadigan daromad haqida ham erinmay tushuntirishdi. Shundan keyin hovlimizda ixcham issiqxona tashkil etishga qaror qildik. Shu maqsadda Agrobankning Pop filialidan 2,9 million so‘m kredit oldik. Kunlar iliy boshlagach ishlarni boshlab yubordik. Issiqxonaga limon ekmoqchimiz. Bunga qo‘shimcha kamida 50 ta tovuq boqishni rejalaganmiz. Buning sababi bor, albatta. Qish kunlari tovuqlar ana shu issiqxonada saqlansa, parrandalar tanasidan chiqayotgan issiqlik bu yerdagi iliq haroratni bir me’yorda ushlab turar ekan. Issiqxonani isitish uchun ortiqcha xarajatga hojat qolmas ekan. Bu haqda ham bank mutaxassislari tushuntirib berishdi”, — deydi namanganlik Yulduzoy Bo‘tayeva. Bankdan kredit olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan bu kabi fuqarolar safi kun sayin kengayib bormoqda. Eng muhimi xalqimizda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish va bu sohaning kelajagiga bo‘lgan ishonch ortmoqda. Xulosa qilib aytganda Agrobank o‘z oldiga qo‘ygan rejalarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Maqsad esa bitta, u ham bo‘lsa, xalqimiz hayotini yanada yaxshilash, buning uchun esa ularni qo‘shimcha daromad manbalaridan foydalanishga o‘rgatish va shu orqali yurt farovonligini ta’minlashdir.
8O‘zbekiston
Muxlislar Bilichni terma jamoa murabbiyligi uchun eng munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda Bugun O‘zbekiston futbol federatsiyasi mamlakat bosh jamoasiga murabbiy izlash ishlarini davom ettirayotgani haqida aytib, bu borada muzokara olib borilayotgan 9 nafar nomzod nomini ko‘rsatib o‘tdi. Bular Dan Petresku, Slavolyub Muslin, Miodrag Radulovich, Anjyelio Alessio, Bernd Shtork, Branko Ivankovich, Slaven Bilich, Valter Matstsari va Bert van Maarveykdir. «Kun» saytining Telegram kanalida o‘quvchilardan bu nomzodlardan qaysi biri terma jamoa boshqaruvi uchun mosligi haqida so‘raldi. Natijalarga ko‘ra, 2010 yilda Xorvatiya terma jamoasini jahon chempionatiga olib borgan 46 yoshli mutaxassis Slaven Bilich muxlislar tomonidan terma jamoa bosh murabbiyligi uchun eng maqbul deb topilgan. So‘rovnomada qatnashgan 4000 kishidan 77 foizi xorvatiyalik murabbiy variantini tanlagan. Keyingi o‘rinlarni Bert van Maarveyk (9 foiz) va Valter Matstsari (5 foiz) egallagan. Eslatib o‘tamiz, Bilich shu oyda Londonning «Vest Hem» klubidan iste'foga chiqqandi. U 2006—2012 yillar davomida Xorvatiya milliy termasida ishlab nom qozongandi. U keyinroq Moskvaning «Lokomotiv» va Istanbulning «Beshiktosh» klublarida faoliyat ko‘rsatgan. U Turkiyada ikki marta bronza medalini qo‘lga kiritgan. Ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasini Ro‘ziqul Berdiyev vaqtinchalik murabbiy sifatida boshqarib turibdi.
13Sport
Rossiya Oliy sudi Putinning prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinishini noqonuniy deb topishdan bosh tortdi Rossiya Oliy sudi Vladimir Putinning prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinishini noqonuniy deb topishdan bosh tortdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Sud shu tariqa Putinni nomzod sifatida ro‘yxatga olgan Rossiya markaziy saylov komissiyasi harakatlarida qonun buzilishlarini qayd etmadi. Shuningdek, amaldagi davlat rahbari nomzodi ilgari surilishi konstitutsiyaga zid emas deb topdi. Oldinroq Rossiya prezidentligiga nomzodlardan biri, teleboshlovchi Kseniya Sobchak sudga shikoyat berib, Putin prezidentlik lavozimini uch muddat egallagani sababli saylovlarda ishtirok etishga haqqi yo‘qligini bildirgandi.
2Dunyo
2016-yilning birinchi choragida Rossiya aviakompaniyalari milliardlab zarar ko‘rdi Rossiya aviakompaniyalarining moliyaviy ahvoli yomonlashmoqda, bozor ishtirokchilari sohaning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kutmoqda. Bu haqda 12-iyul, seshanba kuni Havo transporti foydalanuvchilari uyushmasining prezidenti Vladimir Tasun ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”. Uning ma’lumotlariga qaraganda, Rossiyaning eng yirik aviakompaniyalari 2016-yilning birinchi choragida 24 milliard rubl zarar ko‘rgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 16 milliard rublni tashkil etgan. Aviakompaniyalarning sarf-xarajatlari birinchi chorakda 15 foizga oshib, 225 milliard rublni tashkil qilgan. “Tariflarni oshirish yoki, misol uchun, Turkiyaga charter yo‘nalishlarini ochish orqali talabni tiklab bo‘lmaydi”, — dedi uyushma prezidenti. Tasun sohaga oid hukumatning yanada tezkor reaksiyasi va sohani qo‘llab-quvvatlashning davom ettirilishi zarur ekanligini ta’kidladi.
2Dunyo
Britaniyadagi eng yirik energetika kompaniyalaridan biri bankrot bo`lishi mumkin Sky News agentligi xabar berishicha, Britaniyada yirikligi jihatidan ettinchi o`rinda turuvchi Bulb energetika  kompaniyasi bankrot bo`lishi arafasida.  Qayd etilishicha, hukumat muammodan xabardor va muammoni hal qilish uchun favqulodda harakatlar rejasini jadallashtirishga harakat qilmoqda. Ammo vazirlar ham, Ofgem energiya regulyatori ham 1,7 million kishiga xizmat ko`rsatuvchi Bulb bankrot bo`lishi yaqin. Kompaniyani qutqarib qolish ehtimoli bor, ammo moliyaviy yordamsiz noyabrda ham ushbu vaziyatdan chiqib ketish qiyin.  Ma`lumot uchun, Buyuk Britaniyada 13ta energetika kompaniyasi bankrot bo`lgan.
2Dunyo
Koronavirus: AQShda kunlik rekord yangilanib, 99 mingdan ortiq odamning kasallangani aniqlandi Jon Hopkins universiteti olib borayotgan statistikaga ko`ra, AQShda o`tgan 24 soat ichida koronavirus bilan kasallanish bo`yicha rekord yangilandi va 99 mingdan ortiq odamga COVID-19 tashxisi qo`yildi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi. Qo`shma Shtatlarda seshanba kuni soat 20:30 dan chorshanba kuni 20:30 gacha bo`lgan vaqt ichida 99660 kishining koronavirusga chalingani aniqlangan. Shuningdek,  yana 1112 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan. Ayni paytda AQSh dunyoda koronavirusdan eng ko`p zarar ko`rayotgan mamlakat bo`lib, bu erda hozirgacha 9.4 million kishi COVID-19 ga chalingan va ularning 233 mingtasi vafot etgan. Qo`shma Shtatlarda oktyabrning o`rtalaridan boshlab virus tarqalishi yana avj olishni boshladi va yangi rekodlar qayd etilmoqda. Ba`zi shtatlardagi tibbiyot sohasi rasmiylari kasalxonalarda bo`sh joy qolmaganini ma`lum qilishgan.
2Dunyo
Krishtianu Ronaldu: Men futbol afsonasiman, bunga statistika guvoh Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini afsonaviy futbolchi deb hisoblashini bildirdi, deb yozadi “Uff.uz”. “Men dunyo futboli tarixiga kirganim haqida gapirish ham shart emas. Men afsonaman va statistika bunga guvoh. Men shu qadar yuqori saviyaga erishganmanki, uni yanada yaxshilash juda qiyin”, — deydi Ronaldu. Shu bilan birga, Ronaldu yana 5—6 yil futbol o‘ynash niyati borligini aytgan. Avvalroq u o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilishini ta’kidlagan edi.
13Sport
Krishtianu Ronaldu: Messining ko‘z yoshlarini ko‘rish men uchun og‘ir Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”dagi hamkasbi Lionel Messining Argentina milliy terma jamoasidan ketishi haqidagi qaroriga o‘z fikrini bildirdi. “Messi qiyin qarorda to‘xtaldi. Muxlislar esa buni tushunib, qabul qilishlari kerak. U yutqazishga va ikkinchi bo‘lishga o‘rganmagan”, — deb Krishtianuning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Chempionat”. “Agar sen penaltidan gol ura olmasang, bu yomon o‘yinchi ekanligingni bildirmaydi. Menga Messining ko‘z yoshlarini ko‘rish og‘riqli. Umid qilamanki, u o‘zi juda kerak bo‘lgan milliy terma jamoaga qaytadi”, — deya fikrini yakunladi Krishtianu Ronaldu.
13Sport
Saratonga chalingan ayol farzandli bo`ldi Ikki qizni dunyoga keltirgan ayol, endi o`g`il farzand ko`rish haqida orzu qildi, ammo unga qo`yilgan dahshatli leykoz – “oq qon” tashxisi, uzoq muddatli kimyoterapiya kursi barcha orzu-umidlariga nuqta qo`ydi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri  Vrachlar uning farzand ko`rish ehtimoli atigi 1 % ekanligi haqida ogohlantirishdi... Kayli Gilbertda kasallikning ilk belgilari bundan ikki yil ilgari paydo bo`lgandi. U har doim o`zini behol his qilar, birov indamasa, sutkasiga 18 soatlab uxlashi mumkin edi. Ayolning ishda zo`rg`a yurganini ko`rgan boshlig`i unga kasalxonaga borishni tavsiya qildi. Qon tahlili natijalari Kaylining leykoz, ya`ni oq qon tanachalari saratoniga chalinganini ko`rsatdi.  “Menga qo`yilgan tashxisni eshitib, dahshatga tushdim, bir paytlar saratonga chalingan odamlar haqida eshitganimda, dahshatli kasallik menga ham daf qilishi mumkinligi haqida o`ylab ham ko`rmagan ekanman”, deb xotirlaydi ayol. Vrachlar zudlik bilan kimyoterapiya olish kerakligini, bo`lmasa 72 soat davomida vafot etishi mumkinligi va kimyoterapiyadan keyin hech qachon farzand ko`ra olmasligi haqida ogohlantirishdi. “Vrachlarning gapini eshitib, tushkunlikka tushdim, chunki har doim o`g`lim bo`lishini orzu qilardim”, — deydi Kayli. Kimyoterapiya qabul qilgandan keyin u Kaylining ichaklariga aks ta`sir qildi va operasiyani boshdan kechirdi. Shundan keyin ayol o`zini bir muncha engil his qildi, vrachlar ham remissiyani qayd etishdi. Ammo oradan ma`lum fursat o`tgach, Kayli o`zini yana yomon his qila boshladi. Qon tahlillari va UTT tekshiruvi natijasida uning 4,5 oylik homilasi borligi aniqlandi. Buni eshitib, ayolning boshi ko`kka etdi, u sog`-salomat, sog`lom o`g`il farzandni dunyoga keltirdi va uni Eylon deb atadi. “Ilk marotaba o`g`limni qo`lga olganimda, nimani his qilganimni oddiy so`zlar bilan ifodalab bera olmayman. Yaratgan Egam iltijolarimni eshitdi! Hozir ortimga qarab, qanday kunlarni boshdan o`tkazganimni, endi esa qanchalar baxtli ekanligimni his qilyapman”, — dedi  Kayli. U har olti oyda kasalxonaga borib, sog`lig`ini tekshirtirib turadi.
2Dunyo
Umid Ahmadjonov “Andijon” va “Qo‘qon-1912”ning 10 nafardan muxlisini xorijga bepul yuborishga va’da berdi “Andijon” va “Qo‘qon-1912” futbol klublarining eng faol 10 nafardan muxlisi “Nasaf”ning Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan joy olgan safar uchrashuvlariga bepul tashrif buyuradi. Bugun — 2-fevral kuni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Andijon va Qo‘qon shaharlariga tashrif buyurib, futbolning bu maskanlardagi holati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, “Qo‘qon-1912”ning rekonstruksiya qilinayotgani stadioniga bordi. Tashrifi davomida Ahmadjonov andijonlik va qo‘qonlik futbol muxlislari bilan uchrashdi. Sir emaski, “Andijon” va “Qo‘qon-1912” klublarining uy uchrashuvlariga muxlislar tashrifi yaxshi. Shundan kelib chiqib, Umid Ahmadjonov har ikki klubning eng faol 10 nafardan muxlislarini rag‘batlantirishga qaror qildi. Unga ko‘ra, har ikki klubning 10 nafardan muxlisi “Nasaf”ning Chempionlar Ligasidagi safar uchrashuvlariga borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda ular O‘zbekiston klubiga muxlislik qiladi. Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma olgan “Nasaf” Amirliklarning “Al-Vasl”, Qatarning “As-Sadd” hamda Eronning “Persipolis” klublariga raqiblik qiladi.
13Sport
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: naslli mahsulot (material) — nasldor hayvon, uning urug‘i va embrionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urug‘i; sertifikat — nasldor hayvonning kelib chiqishi, mahsuldorligi va boshqa sifatlarini, shuningdek urug‘ yoki embrionning sifatini tasdiqlovchi hujjat; naslchilik subyektlari — naslchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar va xo‘jaliklar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat-sinov stansiyalari, embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar – naslli mahsulot egalari; 2. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirish nasldor hayvonlarning kelib chiqishi va mahsuldorligini, ularda genetik nuqsonlar yo‘qligini, shuningdek urug‘ yoki embrionlarning kelib chiqishi va sifatini aniqlash hamda hujjatlar bilan tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi. 3. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan seleksiya markazlari, chorvachilik nazorat-sinov stansiyalari, ippodromlar, sut, jun sifatining seleksiya nazorati laboratoriyalari va immunogenetik ekspertiza laboratoriyalari ishtirokida amalga oshiriladi. 4. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish uchun naslchilik subyekti tomonidan tegishli hududiy inspeksiyaga naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilinadi. Arizaga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda naslli mahsulot (material) haqida ma’lumotnoma, shuningdek tegishliligi bo‘yicha naslli mahsulot (material) bonitirovkasi va nasldor erkak hayvonlarni baholash natijalari bo‘yicha ma’lumotlar ilova qilinadi. 5. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Bunda naslli mahsulot (material) uning kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlar yordamida zootexnik-seleksioner ishtirokida ekspertizadan o‘tkaziladi. 6. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish jarayonida naslchilik subyekti tomonidan hududiy inspeksiyaga taqdim etilgan hujjatlar yoki ulardagi ma’lumotlar to‘liq emasligi aniqlangan taqdirda, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch ish kunigacha muddat beriladi. 7. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha hududiy inspeksiya tomonidan “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan seleksiya markazlari, chorvachilik nazorat-sinov stansiyalari, ippodromlar, sut, jun sifatining seleksiya nazorati laboratoriyalari va immunogenetik ekspertiza laboratoriyalari ishtirokida naslli mahsulotga (materialga) sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish haqida xulosa tuziladi. Ushbu xulosaga asosan, hududiy inspeksiya tomonidan mazkur Nizomning 2 — 15-ilovalariga muvofiq shakllarda tegishli sertifikat rasmiylashtiriladi. 8. Mazkur Nizomning ilovalarida nazarda tutilmagan naslli mahsulotlarga (materiallarga) ularning xususiyatlari inobatga olingan holda sertifikat rasmiylashtiriladi. 9. Har bir sertifikat qat’iy hisobda turuvchi blanka bo‘lib, o‘z seriyasi va raqamiga ega bo‘ladi. 10. Sertifikatning seriyasi quyidagilardan iborat bo‘ladi: “UZ” qisqartma belgisi; mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar nomlarining lotin alifbosidagi qisqartmasi; mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq tuman va shaharlarning kodi. 11. Sertifikatning raqami quyidagilardan iborat bo‘ladi: mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq tegishli turdagi naslli mahsulotning (materialning) shartli kodi; har bir naslli mahsulotning (materialning) hududiy inspeksiya tomonidan beriladigan oltita raqamdan iborat kodi. 12. Naslchilik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan yoki ulardagi kamchiliklar uch ish kuni ichida bartaraf etilmagan taqdirda, sertifikat berish rad etiladi va bu haqida asoslantirilgan yozma javob beriladi. 13. Sertifikat berish rad etilgan taqdirda, naslchilik subyekti tegishli hududiy inspeksiya tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli. Bunda sertifikat berishni ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Hududiy inspeksiyalar tomonidan mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shaklda Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni ro‘yxatga olish kitobi yuritiladi. 15. Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni ro‘yxatga olish kitobi ip o‘tkazib tikilgan va tegishli hududiy inspeksiya boshlig‘ining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur. 16. Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishda yo‘l qo‘yilgan xato bir chiziq bilan o‘chiriladi va keyingi qatorga to‘g‘ri yozuv kiritiladi. 17. Hududiy inspeksiyalar tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 3-sanasigacha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasiga Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni ro‘yxatga olish kitobidan ko‘chirma taqdim etiladi. 18. Naslli mahsulotga (materialga) berilgan sertifikat yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, naslchilik subyektining arizasiga muvofiq uch kun ichida uning dublikati beriladi. 19. Naslli mahsulotga (materialga) berilgan sertifikat noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilganligi aniqlangan taqdirda, hududiy inspeksiya tomonidan bekor qilinadi. 20. Naslchilik subyektlari naslli mahsulotlarga (materiallarga) sertifikat olish uchun taqdim etgan hujjatlaridagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgardir. 21. Hududiy inspeksiyalar va “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan seleksiya markazlari, chorvachilik nazorat-sinov stansiyalari, ippodromlar, sut, jun sifatining seleksiya nazorati laboratoriyalari va immunogenetik ekspertiza laboratoriyalari naslli mahsulotlarni (materiallarni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazishning mazkur Nizomda belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun javobgardir. 22. Mazkur Nizom O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
10Qonunchilik
Neymarning «Real»ga qachon o‘tishi ma'lum bo‘ldi «PSJ» hujumchisi Neymar yozda «Real» bilan shartnoma imzolaydi. Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalik mavsum yakunlanganidan so‘ng, Qirollik klubi tarkibiga qo‘shiladi. «Real» futbolchining transferi uchun 222 million yevro to‘laydi. Ma'lumki, Neymar aynan shu qiymatga «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. Futbolchining «Real»dagi maoshi 40 million yevroga teng bo‘ladi.
13Sport
Navoiyda tibbiyot xodimlari bayrami nishonlandi Bugungi kunda Navoiy viloyatida tibbiyot sohasida 7 ming nafarga yaqin turli toifaga ega shifokorlar mehnat qilmoqda. Hududda davlat tasarrufidagi davolash muassasalari bilan birga 123 ta xususiy shifoxona ham faoliyat yurityapti. 10 noyabr kuni Navoiy shahridagi «Xursand» tantanalar saroyida tibbiyot sohasi vakillarining bayrami keng nishonlandi. Tadbirda viloyat hokimi Q.Tursunov soha fidoyilarini qutlar ekan, ularning el salomatligi yo‘lidagi sa'y-harakatlarini e'tirof etdi. Tadbir davomida bir guruh shifokor hamda hamshiralar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, ularning har biri qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, 11 nafar viloyat hokimligi tashabbusi bilan respublika poytaxtidan taklif etilgan mutaxassis vrachlar hamda yosh shifokorlarga yangi xonadonlar kalitlari topshirildi. Bayram kechasida ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda tibbiyot sohasi vakillarining alohida o‘rni borligini ta'kidladi. Taniqli artist o‘z repertuaridan qo‘shiqlar ijro etib berdi.   Bektemir Pirnafasov
5Jamiyat
46 yoshli Oksana Chusovitina Jahon Kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi Ozarbayjonning Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon Kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Jahon Kubogining tayanib sakrash mashqi bo‘yicha o‘tkazilgan final bahsida 13,226 ochko to‘plab, 1-o‘rinni egalladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jami to‘rt bosqichdan iborat bo‘lgan ushbu musobaqaning uchta bosqichida qatnashib, ularda ikkita oltin va bitta kumush medalga sazovor bo‘lgan Oksana tayanib sakrash yo‘nalishida Jahon Kubogi sohibasiga aylandi. Avvalroq Chusovitina Dohadagi musobaqada oltin, Qohiradagi turnirda esa kumush medaliga ega chiqqandi. Chusovitina Tokio Olimpiadasidan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Biroq 2021-yilning oktabr oyida katta sportga qaytganini e’lon qildi. “Osiyo o‘yinlari—2022 ga tayyorgarlikni boshlashga qaror qildim. Faoliyatimni O‘zbekiston uchun birorta ham medal qo‘lga kiritmay turib yakunlay olmayman”, — degandi o‘shanda Chusovitina. Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi Osiyo o‘yinlari sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.
13Sport
Harbiy xizmatchilar uchun Abdulla Oripov nomidagi maktab-internat bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi (foto) Qashqadaryo viloyatida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati harbiy xizmatchilari tomonidan 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. Tadbirda JG‘MHO qo‘mondonligi, Qarshi shahar bosh imom-xatibi Ahmad Boyqobilov, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti dotsenti Qahramon Mahmanazarov, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Isoq To‘rayev ishtirok etib, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida so‘z yuritdilar. Xususan, “Vatanparvarlik oliy fazilat”, “Din ‘ommaviy madaniyat’ni qoralaydi” hamda “G‘oya va mafkuraning o‘rni” mavzusida ma’ruzalar o‘qildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi maktab-internatiga ekskursiya uyushtirildi. Maktabda Abdulla Oripov muzeyi ham joy olgan bo‘lib, u yerdagi eksponatlar harbiy xizmatchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Qarshi shahrida joylashgan mazkur maktab-internat 2017—2018-o‘quv yilidan 5—9-sinflarda 150 nafar iqtidorli o‘quvchi hamda 16 nafar o‘qituvchi, 7 nafar tarbiyachi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Maktab-internatda eng zamonaviy texnologiyalar, so‘nggi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlangan 14 ta o‘quv xonasi, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun laboratoriya xonalari, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilgan kutubxona, 50 o‘ringa mo‘ljallangan, barcha shart-sharoitga ega yotoqxona hamda o‘quvchilarning ijod qilishlariga mo‘ljallangan zamonaviy ko‘rinishdagi ijodxona mavjud. Kechga yaqin esa shahar markazida joylashgan “Yoshlar xiyoboni”da okrug harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar shahar aholisiga o‘zgacha kayfiyat bahsh etdi.
8O‘zbekiston
Donald Tramp qizining shaxsiy yordamchisida koronavirus aniqlandi OAV xabar berishicha AQSh prezidenti Trampning qizi yordamchisida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Rednum xabar bermoqda. Yordamchining so`zlariga qaraganda, u ikki oydan beri masofadan turib ishlab kelgan va shu sabab anchadan beri Ivanka Tramp bilan uchrashmagan. Ivanka Trampning yordamchisini testdan o`tkazib tekshirilishiga sabab, ehtiyot choralarini ko`rish maqsadida amalga oshirilgan edi va natija ijobiy bo`ldi. Shundan keyin Ivanka Tramp va uning turmush o`rtog`i Jared Kushner 8 may kuni COVID-19ga test topshirishgan. Ularda virusga test natijalari ijobiy chiqmagani aytilmoqda.
2Dunyo
“Davlat yaxshi menejer emas” — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori O‘zbekistonda 2025-yilga qadar davlat korxonalari soni 75 foizga qisqartiriladi. Bu haqda 27-may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari o‘z chiqishi davomida bugungi kunda “deyarli har bir davlat organi yoki mahalliy hokimiyat organi davlat korxonasi ta’sischisi ekanini” ta’kidlab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2541 ta davlat korxonalari mavjud, ularning deyarli yarmi (1210 tasi) unitar korxona sifatida faoliyat ko‘rsatadi. “Davlat ishtirokidagi korxonalarning katta qismi samarasiz. Bu davlat yaxshi menejer emasligini yana bir bor tasdiqlaydi”, — deydi direktor. Shuningdek, u davlatning iqtisodiyotdagi aralashuvi hamon oldingidek yuqori va bu ko‘rsatkich 50 foiz atrofida ekanini qo‘shimcha qilgan. Uning ta’kidlashicha, Janubiy Koreyada mazkur ko‘rsatkich 22 foizni, Germaniyada 18 foizni, AQShda 11 foizni va Yaponiyada 5 foizni tashkil etadi. Akmal Ortiqov mart oxirida tasdiqlangan 2021—2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini eslab o‘tgan. Hujjatda keltirilgan asosiy vazifalardan tashqari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori davlat korxonalarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun eksklyuziv imtiyozlar, preferensiya va davlat kafolatlarini berish amaliyotini bekor qilinishini aytib o‘tgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, 2025-yilga borib davlat korxonalarining ijro kengashlaridagi mustaqil a’zolar soni 30 foizga yetkaziladi. Ijro organlari lavozimiga nomzodlar, shuningdek, tanlov asosida uch yillik muddatga tayinlanadi. Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qator hududiy boshqarma rahbarlari faoliyatidagi kamchiliklar tufayli ishdan olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Choy ichishning 8 qoidasi haqida eshitganmisiz? Och qoringa mumkin emas Nonushta qilmasdan avval ichilgan choy oshqozon suyuqligiga ta`sir etib, ba`zilarda me`da kislotasi me`yorini o`zgartirib yuboradi. Bu esa oshqozon faoliyati bilan bog`liq bezovtaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, ishtaha yo`qolishiga ham sabab bo`ladi.  Og`izni kuydirmasin Qaynoq choy og`iz bo`shlig`i, halqum va tilning shillik qavatini zararlantirishi mumkin. Qolaversa, muntazam qaynoq choy ichilganida tomoq achishishi kuzatiladi. Eng ma`quli, iliq holatda ichilganidir. Takroran ishlatilsa... Ba`zilar ertalab damlangan choyni kechqurun qaynatib, ichishadi. Ammo qaynatilgan choyda kofein miqdori faollashishini unutmang. Kofein ta`siri ortganida esa bosh og`rig`i, uyqusizlik, hazm faoliyati bilan bog`liq bezovtaliklar kelib chiqadi.  Uzoq qaynatmang Choy damlayotganda uni gaz pechi ustiga qo`yib qaynatib olishni istasangiz, 2-3 daqiqadan ortiq ushlamang. Aks holda, ichimlik rangi to`qlashib, ta`mi tahirlashadi. Tarkibidagi antioksidantlar va aminokislotalar ham parchalanadi.  Xaltachalilari: 1 martalik xolos Maxsus xaltachalarga solingan choylar aslida bir martalik foydalanish uchun mo`ljallangan. Takror ishlatilganida esa foydali xususiyatini yo`qotadi. Ta`mi ham o`zgaradi.  Ovqatdan oldin tavsiya etilmaydi Taomiliga ko`ra ovqatlanishdan oldin choy ichilmaydi. Aksi bo`lganida esa oshqozonga tushgan suyuqlik ta`m bilish reseptorlariga ta`sir etishi, shuningdek organizmga oqsil singishini sekinlashtirishi mumkin. Eng ma`quli taomlanib bo`lgach, 10-15 daqiqadan so`ng choy ichishdir. Dori vositalarini choy bilan ichish Choy tarkibidagi moddalar dori tarkibidagi birikmalarni organizmga singishiga to`sqinlik qiladi, preparat keraklicha ta`sir ko`rsatmaydi. Dori vositalarini, yaxshisi, qaynatilgan yoki gazsiz suv bilan ichish lozim.  Kechagisi... Choynakdagi choy oshxonangizda tong orttirgan bo`lsa, uni bankaga olib qo`ymay, yaxshisi to`kib yuboring. Chunki bu tariqa saqlangan choyning na foydasi bor, na mazasi.  Bakteriya va zamburug`lar uchun qulay muhit bo`lib xizmat qiladi, xolos.
11Salomatlik
Ikki sudlanuvchi va jabrlanuvchi ota-onalar. Samarqanddagi bog‘chada bolalarga igna sanchgan tarbiyachilarga oid ish sudda ko‘rilmoqda Ko‘p o‘tmay holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ushbu ish yuzasidan sud jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Ikki nafar bog‘cha xodimi ayblanuvchi sifatida jalb etilgan, deb xabar bermoqda sud majlisida bevosita ishtirok etgan Kun.uz muxbiri. Kecha, 16 iyun kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudlanuvchilarning advokatlari, sudlanuvchilar va jabrlanuvchilar – «Golden kids» xususiy bog‘chasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari (bir qismi) tinglangan. Prokuror, advokatlar va sudlanuvchilarning talabiga ko‘ra sud majlisidan foto va video tasvirga olishga ruxsat berilmagan. Sudda jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatma bergan aksar ota-onalar farzandining tanasida paydo bo‘lgan jarohat izlariga holat bo‘yicha video internetda tarqalganidan keyin e’tibor berganini aytishdi. Ulardan birining aytishicha, 3,5 yoshli bolasining tanasida 5 ta shunday igna iziga o‘xshash jarohat bo‘lgan, avvalroq ham farzandi tarbiyachi qorniga igna sanchganini aytgan, lekin ona bunday bo‘lishiga ishonmay e’tibor bermagan. Yana bir jabrlanuvchining aytishicha, video tarqalgach bolasining qorni, bo‘yni va tizzasida o‘tkir igna izlariga o‘xshash jarohatni payqagan. Yana bir jabrlanuvchi avvaliga farzandi bog‘chaga xursand bo‘lib borgani, mana shu voqea sodir bo‘lishidan avval esa bog‘chaga borishni istamay qolganini gapirib berdi. Yana bir jabrlanuvchi onaning so‘zlariga ko‘ra, bolasining tanasidagi o‘zgarishlardan keyin tarbiyachilarga murojaat qilganida doim boshqa bolalar bilan urushgani uchun shunday bo‘lgani borasida javob olgan va shu sabab bunga e’tibor bermagan. Sudda ishtirok etgan ruhshunos-mutaxassis bolalar bilan bog‘cha xodimlari ishtirokida psixologik suhbat olib borgani, bunday turdagi ruhiy zarba ta’siri bolada uning ruhiyatiga qarab turli muddatgacha saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi. Ayblanuvchilardan birining advokati himoyasi ostidagi shaxs qilgan ishidan pushaymon ekanini aytib, jabrlanuvchilardan uni kechirishlarini so‘radi. O‘z navbatida ayblanuvchi ota-onalardan kechirim so‘rashni istagani, bunga bog‘cha rahbariyati yo‘l qo‘ymaganini aytdi. Sud majlisi tanaffus e’lon qildi. Ma’lumot uchun, Samarqand shahridagi «Golden kids» xususiy bolalar bog‘chasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi bilan ayblov e’lon qilingan. O‘tkir Jalolxonov,  Kun.uz muxbiri.
8O‘zbekiston
ULUG‘ VATAN URUShI YILLARIDA HARBIY MAJBURIYATLARINI BAJARGAN YOKI MAMLAKAT IChKARISIDA IShLAGAN ShAXSLARGA PENSIYALARNI TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA 1. “Ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘lash to‘g‘risida” 1995-yil 20-noyabrdagi 1289-son Farmonga qo‘shimcha ravishda shu narsa belgilab qo‘yilsinki, Ulug‘ Vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan, hozirda ham ishlab turgan pensionerlarga 1996-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta’minot, mudofaa, ichki ishlar, moliya vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati va Ijtimoiy sug‘urta fondi “Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘lash tartibi”ga bir hafta muddat ichida tegishli qo‘shimchalarni kiritsinlar hamda respublikaning barcha vazirliklariga, idoralari, korxonalari va tashkilotlariga yetkazsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonunlarni ushbu Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirish borasidagi takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Trampning yordamchisi: Yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv faqat Eron uchun manfaatli Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma umumqamrovli reja faqat rasmiy Tehronga manfaat keltiradi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”. “Bu mavjudlari ichida eng yomon kelishuvdir. Men u xalqaro hamjamiyatga ziyon keltirishi haqida gapiryapman. Bunda u eronliklarga so‘zsiz manfaat keltiradi. Majburiy ijro mexanizmlari juda zaif ishlab chiqilgan”, — dedi u. Siyosatchi kelishuv doirasida Eron amalga oshirayotgan ishlarni jiddiy tekshirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u Eron rasmiylarini Yaqin Sharqni beqarorlashtirish, mintaqadagi siyosiy va gumanitar foijani konservatsiyalashda aybladi. “Ular butun mintaqa bo‘ylab terrorchi guruhlar va o‘z nazoratlari ostidagi isyonchi kuchlardan foydalanib, o‘z manfaatlarini ilgari suradi va qo‘shnilariga tahdid soladi”, — dedi Gerbert Makmaster.
2Dunyo
XDP prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisova nomzodini ilgari suradi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 7 avgust kungi IV plenumida 2021 yilgi prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisovani nomzod sifatida ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi. Plenum davomida Maqsuda Vorisova nomzodi partiya qurultoyida nomzod sifatida ilgari surish taklifi bildirildi. So‘zga chiqqanlar bu taklifni bir ovozdan ma'qulladi. M.Varisova 1961 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1984 yili Toshkent meditsina institutini tugatgan. Ko‘p yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimida , shuningdek, Senat a'zosi sifatida faoliyat yuritgan. 2020 yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari. O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – «Adolat» SDP, «Milliy tiklanish» DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega. Saylov 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.  Qonunchilikka ko‘ra, partiya yuqori organi uning nomzodini ma'qullashi, Respublikadagi jami saylovchilarning kamida 1 foizi nomzodni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishi kerak bo‘ladi. Bundan oldinroq, Ekopartiya prezidentlik saylovi uchun partiya raisi Narzulla Oblomurodov nomzodini, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzodini, «Milliy tiklanish» partiyasi partiya rahbari Alisher Qodirov nomzodini tavsiya etgandi.
8O‘zbekiston
Avstriya koronavirus sababli lokdaun e'lon qildi Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda keskin cheklov choralari joriy etilishini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. 17 noyabrdan boshlab Avstriyada qisman komendantlik soati kiritiladi. Aholi uyidan faqat ishga, do‘konga, sport bilan shug‘ullanish yoki muhtojlarga yordam berish uchun chiqishi mumkin. Ushbu rejim 6 dekabrgacha amal qiladi. Faqat birinchi zarurat mollari bilan savdo qiladigan do‘konlargina ishlaydi. Ko‘ngilochar maskanlar va restoranlar ikki haftadan buyon yopiq, endi ular qatoriga kutubxonalar, sartaroshxona va sport zallari ham qo‘shiladi. Maktablar onlayn-rejimga o‘tadi. Kursning so‘zlariga ko‘ra, Avstriyada oxirgi haftada 100 ming kishiga 550ta yangi holat to‘g‘ri kelgan – bu hukumat hisoblagan me'yordan 11 baravar ko‘p. Avstriya sog‘liqni saqlash vazirligi faqat qat'iy lokdaun shifoxonalar tizimini inqirozdan saqlab qolishi mumkinligini qayd etgan.
2Dunyo
Nyu-Yorklik shaxs bir chelak tillani o‘g‘irlab ketdi Nyu-Yorkda noma'lum shaxs ochiq qoldirilgan inkassator furgonidan og‘irligi 39 kg va qiymati 1,6 mln dollar bo‘lgan tilla chelakni o‘g‘irlab ketdi. O‘g‘irlik kuzatuv kameralirida qayd etilgan. Videoda ko‘rinishicha, noma'lum erkak ochiq qoldirilgan zirhli mashina oldiga yaqinlashadi va xotirjam tarzda undan tilla to‘ldirilgan chelakni o‘g‘irlab ketadi.
5Jamiyat
«Avto 60 oy»dan olingan mashinalar xatlanishi mumkin 2 mart kuni Interpol milliy markaziy byurosida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i Azizbek Dolixo‘jayev «Avto oltmish oy» MJCh faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar berdi. «Tergov davomida 18 818 nafar mijoz jamiyatga 57 milliard 412 million so‘m to‘lov qilgani aniqlandi. Shundan mijozlarga avtomashina sotib olib berish uchun «Qibray avto-moto servis» MChJga 24 milliard 6 million so‘m ko‘chirib berilgan, bu pulga 130ta mashina sotib olingan, shundan 96tasi mijozlarga yetkazib berilgan, xolos. Mashina yetkazib berilgan fuqarolar ham jabrlanuvchi sifatida tergovga jalb qilingan. Sababi ularga yetkazib berilgan avtomobillar ham odamlar tomonidan jamiyat hisobiga to‘langan pullarga sotib olingan. Ertaga ushbu mashinalar ham jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zararni qoplashga qaratiladigan bo‘lsa, ularning egalari jabrlanuvchiga aylanib qolishi mumkin. Chunki ular avtomashina uchun faqat boshlang‘ich va boshqa to‘lovlarni to‘lagan. Avtomobil tannarxining qolgan qismi odamlar to‘lagan pullar hisobidan qoplangan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. Tadbirda «Qibray avto-moto servis» MChJdan sotib olingan, biroq mijozlarga yetkazib berilmagan 34ta mashina «Avto oltmish oy» MChJ rahbari va boshqa mansabdorlari tomonidan jinoiy yo‘llar bilan o‘zlashtirilgani, jamiyat ehtiyojlari uchun ishlatilgani ma'lum qilindi. Qayd etilishicha, tergov davomida aniqlangan 28ta turli rusumdagi umumiy bahosi 2,1 milliard so‘mga teng bo‘lgan transport vositalarini xatlash choralari ko‘rilmoqda. «96 nafar mijozga mashina olib berilgan. Deylik, men mijoz sifatida borib 3 mln to‘lagan bo‘lsam, 80 millionlik mashina olib berilgan. 80 mln so‘mni men 60 oy mobaynida to‘lashim kerak edi. Bu boshqa odamlarning firmaga to‘lagan puli evaziga olingan. Shu sababli «Avto oltmish oy» MChJdan mashina olgan fuqarolarga to‘g‘ri tushuntirgan holda imkoniyat beryapmiz. Dastlabki tergov yakuniga qadar mashinaning pulini to‘liq to‘lab berishsa, keyinchalik sud orqali mashinaga egalik huquqini saqlab qolishlari mumkin. Agar pullar qaytarilmaydigan bo‘lsa, 96ta mashina qonunda belgilangan tartibda xatlanishi va hozirgi egalaridan olib qo‘yilishi mumkin», deydi Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i Oybek Qulbekov. Matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri jinoyat sodir etilgan davrda javobgarlarning qarindosh-urug‘lari, do‘stlari, tanishlari nomiga turli mol-mulklar olingani bo‘lishi mumkinligi, tergov jarayonida bu kabi omillar hisobga olingani bilan qiziqdi. «Agar fuqarolar har qanday qarindoshining nomiga ko‘char yoki ko‘chmas mulk sotib oladigan bo‘lsa, tergovchilarda bu qaysi mablag‘lar hisobidan olingan degan shubha tug‘diradi va surishtiruv davomida bu masala o‘rganib chiqilib, tergov o‘z fikrini bildiradi. Agar shubha tasdig‘ini topadigan bo‘lsa, mazkur mol-mulk xatlanib, kelgusida jabrlanuvchilarga to‘lab berish choralari ko‘riladi», deydi Azizbek Dolixo‘jayev. Tadbirda mulkiy jinoyatlar, ya'ni talon-toroj, kimgadir zarar yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda ayblanayotgan shaxslardan tashqari IIV tizimidagi moliyaviy-razvedka va tezkor xizmatlar orqali ularning yaqinlari va qarindoshlari doirasi aniqlanadi, kerakli tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilishi bildirildi. «Pul mablag‘lari qayerga chiqib ketdi, kimning nomiga rasmiylashtirildi, qanday qilib legallashtirildi – barchasi o‘rganiladi. Qo‘limizda bu bo‘yicha ma'lumotlar bor. Birovlarning nomiga olingan mol-mulklar ham aniqlangan. Ular kimning nomiga olingani, qanday o‘zlashtirilganini tergov yakunlanib, ish sudda ko‘rib chiqilgandan keyingina oshkor qilishimiz mumkin. Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra sudning qonuniy hukmi e'lon qilinmaguncha hech kimni aybdor deb aytib bo‘lmaydi», deydi Oybek Qulbekov. Eslatib o‘tamiz, «Avto oltmish oy» MChJ ta'sischisi va boshqa mansabdorlari fuqarolarga foizsiz, pulini 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan avtotransport olib berishni va'da qilib, odamlardan transport vositasi turiga qarab 2 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha pul olgan, 19 mingga yaqin mijozdan jami 57 milliard 412 million so‘m yig‘ilgan. Jabrlanuvchilarga yetkazilgan umumiy zararning undirilgan qismi 34 milliard 148 million so‘m bo‘lib, shundan naqd pul shaklidagisi 26 milliard so‘m, xatlangan mol-mulklar esa 8 milliard 148 million so‘mdan iborat. Kamomad 23 mlrd 264 mln so‘mni tashkil etmoqda. Tergov departamenti «Avto oltmish oy» MJCh rahbari Jamshid Bahodirov jinoiy sxemani bir o‘zi o‘ylab topishga qodir emasligini ta'kidlagan. Uning jinoiy sheriklari bor va ayni vaqtda ularning sonini aniqlash davom etmoqda. Ushbu ish bo‘yicha gumonlanuvchilar ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanmoqda, bir nafar gumonlanuvchiga nisbatan «garov» ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hujjatli taftish yakuni bo‘yicha qolgan shaxslar va jamiyatning viloyatlardagi filiallaridagi menejyer hamda kassirlarining harakatlariga huquqiy baho berilishi aytilmoqda. «Avto oltmish oy» MChJ rahbari va boshqa mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilish uchun belgilangan muddat 7 oygacha, ya'ni 2020 yilning may oyigacha uzaytirilishi kutilmoqda. Hozirgacha mazkur jinoyat ishi bo‘yicha qariyb 17 ming nafar fuqaro so‘roq qilingan. Jabrlanuvchilar to‘liq so‘roq qilinib, zarar miqdori aniqlangandan keyingina tergov yakunlanadi va ish sudga oshiriladi.
5Jamiyat
Emiliano Sala uchgan samolyotning yo‘qolib qolish sabablari taxmin qilindi Aviatsiya mutaxassislari argentinalik futbolchi Emiliano Sala uchgan samolyot qanotlarining muzlashi natijasida radarda ko‘rinish bermagan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi. Ularning fikriga ko‘ra, uchuvchi qurilmaning ustki qatlami va qanotlari muz bilan qoplanishi odatiy belgilardan sanaladi. 28 yoshli futbolchi samolyot qulayotgan vaqtda WhatsApp’dan xabar bergan, deb taxmin qilinmoqda. Avvalroq Gernsi orollari politsiyasi bortida argentinalik futbolchi Emiliano Sala bo‘lgan samolyot yo‘qolgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini qaytadan yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Alibazar'ning ilk qurilish mahsulotlari supermarketi ochildi Alibazarning birinchi qurilish mahsulotlari supermarketi o‘z ishini boshladi. Ta'mirlash uchun kerak bo‘ladigan barcha mahsulotlarni endi bir do‘kondan xarid qilishingiz mumkin! Alibazar'ning ilk qurilish mahsulotlari supermarketi ochildi pic.twitter.com/EhLkdKE5vw Endi bozorma-bozor yurishga hojat yo‘q, hammasi bir joyda – Alibazarda. Alibazar kompaniyasi o‘z mijozlarining ishonchini qisqa fursatda oqlab, mahsulotlarni eng arzon narxlarda va qulay sharoitlarda taklif qilmoqda. Mahsulotlarni ALIBAZAR.UZ sayti orqali, @alibazar_bot telegram bot orqali yoki supermarketga tashrif buyurib, xarid qilishingiz mumkin.  Tel: +99871 200 3332 Bizning manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi. Qurilish markazi.
5Jamiyat
«Hamma gap korrupsiyada, befahm». Amerika jurnali Trampga munosabat bildirdi Amerikaning New York Magazine jurnali o‘zining yangi soni muqovasiga AQSh prezidenti Donald Trampning cho‘chqa obrazidagi suratini joylashtirdi. Nashr jurnalisti Yashar Ali tvitterdagi sahifasida Trampning shunday suratini joylashtirdi. «Maxfiy til biriktirish emas. Noprofessionallik ham emas. Shafqatsizlik ham emas. Hamma gap korrupsiyada, befahm», - deyiladi jurnal muqovasidagi yozuvda. Jurnalning ushbu sonidagi asosiy maqola muallifi Jonatan Chayt «korrupsiya» hamda «ochko‘zlikni» Tramp prezidentligining asosiy jihatlari deb aytgan. New cover of @NYMag Cover story by @jonathanchait: https://t.co/xFhlgA6M0x pic.twitter.com/3PcXI0Izue
2Dunyo
Tokio—2020. Oksana Chusovitina 8-Olimpiadasidagi ishtirokini saralash bahslarida yakunladi Tokio—2020 Olimpiadasining 25-iyul, yakshanba kungi musobaqalari o‘tkazilmoqda. Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Oksana Chusovitina saralash bahsidagi ishtirokini yakunladi. Oksana tayanib sakrash yo‘nalishida 14.166 ochko jamg‘arib, 11-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Qayd etish lozim, oldinda sportchilarning yana bir guruhi bor. Agar ushbu guruhdan hech kim Oksanadan yaxshiroq natija ko‘rsata olmasa, u 11-o‘rinda qoladi. Shu tariqa 46 yoshli Oksana o‘zining 8-Olimpiadasida ishtirok etdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylandi. Oksana ushbu Olimpiada professional faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekistonning ikki bayroqdoridan biri Oksana Chusovitina bo‘lishini e’lon qilingandi. Ikkinchisi esa boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi Bobousmon Boturov bo‘lishi lozim edi. Biroq ochilish marosimiga bir kun qolganda bayroqdorlar o‘zgardi va marosimda bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘lishi e’lon qilindi. Mazkur holat yuzasidan MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov bayonot bergan, O‘zbekiston bayroqdorlarini tanlashda har bir sport turi bo‘yicha musobaqalar taqvimi, shuningdek, barcha delegatlar va sportchilarning fikri inobatga olingani haqida aytgandi. Oksana Chusovitina bayroqdorlar o‘zgargani borasida hech kim unga izoh va tushuntirish bermagani, bu voqeadan keyin ishtiyoqi so‘ngani haqida gapirdi. Turizm va sport vazirligi esa o‘z bayonotida Chusovitina o‘zining so‘nggi Olimpiadasiga jiddiy hozirlik ko‘rish maqsadida o‘z o‘rnini bo‘shatgani haqida ma’lum qildi.  Oksana Chusovitina bayroqdorlar “mashmashasi” yuzasidan muxlislarga murojaat qildi
13Sport
“British Airways” kompaniyasining samolyoti favqulodda qo`nishni amalga oshirdi “British Airways” kompaniyasiga tegishli samolyot Kanadaning Kalgari aeraportiga favqulodda qo`nishni amalga oshirdi, deya ma`lum qildi Rambler nashri. Londondan parvozni amalga oshirgan samolyot aslida Ikaluit shahriga qo`nishi lozim edi. Hodisaga havo layneri bortida tutun paydo bo`lgani sabab bo`lgan. Uning bortida bo`lgan 200 nafar yo`lovchi beshikast samolyotdan olib chiqildi.
2Dunyo
LOTEREYaLAR O‘TKAZIShNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA Lotereyalar o‘tkazishni tashkil etishni yanada takomillashtirish, shuningdek ularning qatnashchilari huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ustav fondining eng kam miqdori 200 mln. so‘m miqdorida belgilansin, shundan kamida 50 foizi pul mablag‘lari bilan shakllantiriladi. Lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 2. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror qabul qilingunga qadar lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxslar, ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z ustav fondi miqdorini mazkur qarorning 1-bandi bilan belgilangan eng kam miqdorga muvofiqlashtirishi shart. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil o‘tgandan keyin ustav fondi miqdori belgilangan eng kam talablarga muvofiq bo‘lmagan yuridik shaxslar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaydi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ustav fondini mazkur qaror talablariga muvofiq shakllantirmagan, shuningdek belgilangan tartibda litsenziya olmagan yuridik shaxslar tomonidan lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyat amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari o‘tkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 6-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “litsenziat ustav fondining shakllantirilgan miqdori lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun 200 mln. so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak, shundan ellik foizi pul mablag‘lari bilan shakllantiriladi. Bunda lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish to‘g‘risida ariza berilgan vaqtda litsenziya talabgorining ustav fondi ko‘rsatib o‘tilgan eng kam miqdorda to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
10Qonunchilik
Bektemirda voyaga yetmagan qizni “g‘ayritabiiy usul”da zo‘rlagan shaxs qo‘lga olindi Toshkent shahrining Bektemir tumanida 17-iyun kuni soat taxminan 12:00 larda Dilshod Rahimovich Toshmuhamedov ismli shaxs o‘z xonadonida voyaga yetmagan qizning ojizligidan foydalanib o‘z jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgan. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (“jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy ravishda qondirish, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan sodir etish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Toshmuhamedovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari doirasida uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
8O‘zbekiston
DXX Andijonda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi DXX Andijon shahrida hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan guruh faoliyatiga chek qo‘ydi, deb xabar berdi O‘zA. 1988 va 1991 yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan aka-uka ikki nafar qarindoshlarini jalb etgan holda kishiga vaqtinchalik sarxushlik beradigan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosini yo‘lga qo‘yganligi aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, dastlab viloyat markazidagi «Navoiy» shox ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1997 y.t., muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning salon qismida 70 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi. So‘ngra uning ko‘rsatmasi asosida guruhning boshqa bir a’zosi — muqaddam 3 marotaba sudlangan, 1983 y.t. ayolning yashash xonadonida tekshiruv o‘tkazildi. Natijada tarkibida psixotrop moddalar turkumiga kiruvchi «trigeksifenidil gidroxlorid» moddasi bo‘lgan 75 dona «Siklodol» dori vositasi, shuningdek, 1715 dona «Regapen», 211 dona «Tropikamid», 200 dona «Zardeks», 185 dona «Lirika» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur guruh yetakchilari bo‘lgan aka-ukaning A.Haydarov ko‘chasida joylashgan yashash xonadonlarida va shaharning «Amir Temur» ko‘chasida joylashgan ularga tegishli «XXX» tungi klubida va avtomashinalar yuvish shahobchasida tintuv-tergov harakatlari olib bordi. «Gumondorlar tomonidan kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan, Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan umumiy qiymati 103 mln so‘mlik 3000 dona „Tropikamid“, „Regapen“, „Lirika“ nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan», — deyiladi xabarda. Yana ularning oldidan «bita» tayoqlari, o‘tkir tig‘li jismlar, aloqa vositalari, katta miqdordagi pul mablag‘lari, hisob-kitob daftarlari, garov sifatida qoldirib ketilgan haydovchilik guvohnomasi, diplom, nikoh guvohnomasi, fuqarolik pasportlari chiqqan. Boshqa bir holatda esa DXX xodimlari Andijon shahrida yashovchi 1986 y.t. fuqaro boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasini «Do‘stlik» MFY hududida to‘xtatib tekshirishgan. Natijada unda 2296 dona «Lirika», 1598 dona «Tropikamid» va 337 dona «Regapen» dori vositalari borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan. Bundan tashqari, Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tadbirda «Namangan — Andijon» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomashinasida 4032 dona «Regapen» hamda 971 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1984 y.t. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t. ikki nafar fuqaro ushbu dori vositalarini Andijon shahrida sotishni rejalashtirgan. Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Asakada mast haydovchi tomonidan boshqarilgan Lacetti kanalga tushib ketdi Andijon viloyati Asaka tumani “Ko‘rkam” MFY hududidan o‘tuvchi Asaka—Andijon avtomobil yo‘lining 163-kilometrida avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Telegram’dagi “Andijonliklar” kanalida xabar berildi. Lacetti haydovchisi mast holda avtomobil boshqarib, yo‘l chetidagi kanalga tushib ketgan.  YTH oqibatida bir kishi jarohat olgan. Avvalroq Andijonning Jalaquduq tumanida yuz bergan boshqa YTH haqida ma’lumot berilgan edi.
8O‘zbekiston
Polshada prezident saylovlarining hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda Ovoz berishdan oldin ularning g‘alaba qozonishga imkoniyatlari deyarli teng baholangan. 2-bosqichda g‘alaba qozonish uchun nomzod raqibidan ko‘proq ovoz to‘plashi kifoya qiladi. 28 iyunda o‘tgan 1-bosqichda nomzodlardan birortasi g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovoz yig‘a olmagan: Dudaga 43,50 foiz ovoz, Tshaskovskiyga 30,46 foiz ovoz berilgan. 2-bosqich oldidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Dudaga saylovchilarning 45,9 foizi, uning raqibiga 46,4 foizi ovoz berishga tayyorligini bildirgan.
2Dunyo
Barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Hind aktrisasi Shridevi rol ijro etishdan bosh tortgan eng mashhur filmlar (foto) Marhum hind aktrisasi Shridevi ko‘plab rang-barang rollarni ijro etgan, uning karyerasida 300 dan ortiq film mavjud. U o‘z davrida Bollivudning superyulduziga aylangan. Shunga qaramay, u bir nechta filmlarda rol ijro etishdan bosh tortgan. Garchi bu filmlar muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, aktrisa ishtirokida tamoman boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Jasur (1986) “Har Kisi ko nahi milta” taronasida Shridevi va Feruz Xonni unutib bo‘lmaydi. Qizig‘i shundaki, “Jasur” filmi uchun bosh rolga Shridevi tanlangan, ammo keyinchalik u Dimpl Kapadiyaga almashtirilgan. “Qora shahzoda Ajuba” (1991)  “Qora shahzoda Ajuba” filmida rejissor Shashi Kapur Shridevi va Amitabh Bachchan juftligini orzu qilgan. Ammo aktrisa filmda rol ijro etishni rad etgan, chunki unga boshqa aktyorlar bilan beriladigan bir xil maosh va rolning davomiyligi ma’qul kelmagan edi. Shu sababdan uning o‘rnini yana Dimpl Kapadiya egallagan. “Vaqt tuzog‘i” (1990)   “Vaqt tuzog‘i” filmidagi asosiy rol Shridevi uchun maxsus yozilgan va hatto Lata Mangeshkar ham uning ushbu loyihada rol ijro etishini xohlagan. Ammo o‘sha vaqtda aktrisaning otasi vafot etgan va rol yana Kapadiyaga nasib etgan. “O‘g‘il” (1992) Madhuri ijro etgan rol ham aynan Shridevi uchun yozilgan bo‘lib, aktrisa buni rad etishga qaror qilgan. Chunki u Anil Kapur bilan bir nechta filmlarga shartnoma imzolagan edi. “Muhabbat va qo‘rquv” (1993)  Rejissor Yash Chopra ham ushbu filmda Shridevi rol ijro etishini xohlagan. Ammo aktrisaga qahramon yoqmagan. Shuning uchun ham uning o‘rniga Juhi Chavla tanlangan, bu balki yaxshi ham bo‘lgan. “Firibgar” (1993) Filmga ham dastlab Shridevi taklif qilingan, u egizak opa-singillar rolini ijro etishi kerak edi. Keyinchalik rejissorlar Shohrux Xonning rolini tomoshabinlar e’tiborsiz qoldirishi mumkin, degan qarorga kelgan va rollarga Shilpa Shetti hamda Kajol taklif etilgan. “Shoqol” (1994) Ushbu filmda ham aktrisa rolni rad etgan, keyinchalik uning o‘rniga Divya Bxarti tanlangan. Ammo uning o‘limidan keyin Ravina Tandon rolga tasdiqlangan. Nima bo‘lganda ham film muvaffaqiyat qozongan. “Devona qalb” (1997) Bu aktrisaning Shohrux Xon bilan birga rol ijro etishdan bosh tortgan to‘rtinchi filmi edi. U shunga o‘xshash rollarni ijro etishdan charchagan va xarakterda yangilik yo‘qligi uchun ham rejissorga rad javobini bergan. “Oshiqlar” (2000) Aditya Chopra ushbu filmda Shridevi uchun alohida rol yozgan. Ammo aktrisaning loyihani rad etishi bois butun ssenariy qaytadan yozilgan. “Yoqimli xotiralar” (2001) Rati Agnixotri ijro etgan qahramon aslida Shridevi uchun mo‘ljallangan edi. Film ham tomoshabinlarda unchalik katta taassurot qoldirmagan. “Bog‘bon” (2003) Shrideviga ushbu rol ekranlarga qaytish uchun taklif qilingan edi. Ammo aktrisa obrazni o‘ziga unchalik ham mos deb bilmagan. Natijada omad Hema Maliniga nasib etgan. “Baxubali” (2015) Shridevi karyerasi davomida bir necha loyihalarni rad etgan. Ammo ushbu filmdagi Shivagami rolidan voz kechishi ommaviy axborot vositalarida juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan. Uning nega filmda rol ijro etishdan bosh tortgani, afsuski, noma’lumligicha qoldi.
7Madaniyat
Messi Ronalduni shunchaki hurmat qilishini aytdi “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi doimiy raqibi hisoblangan “Real” a`zosi Krishtianu Ronaldu bilan o`zaro munosabati haqidagi fikrlar bilan o`rtoqlashdi.   “Biz  professional futbolchilarmiz. O`z klubimiz sharafini himoya qilamiz va faqatgina maydonda raqibmiz. Ba`zida uning, ba`zida esa mening to`p surayotgan jamoam g`alaba qozonadi. Men Ronalduni shunchaki hurmat qilaman, bundan ortiq emas.  Shaxsiy rekordlarga kelsak, ular meni umuman qiziqtirmaydi. Chunki, rekordlar sovrin olib kelmaydi Milliy terma jamoa bilan yutuqlarga erishishni istayman”, — deydi argentinalik iqtidor egasi.
13Sport
Rossiya gazdan qurol sifatida foydalanmoqda – Oq uy Yevropaga gaz yetkazib berishning qisqarishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning energiyadan qurol sifatida foydalanishga tayyorligining yana bir namoyishi, dedi AQSh milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi. Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Oq uydagilar gaz yetkazib berish texnik muammolar sababli uzilib qolganiga ishonmaydi. «Bu janob Putinning energiyadan qurol sifatida foydalanishga tayyorligining yana bir ifodasi, deb o‘ylaymiz. Biz ushbu vaziyat bo‘yicha Rossiyaning hech bir bayonotiga ishonmaymiz», — dedi u.  Yevrokomissiyaning bildirishicha, YeIning 12 mamlakatiga Rossiyadan gaz yetkazilishi hajmi qisqargan.
2Dunyo
Qamchiq dovonida piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi Namangan viloyati Pop tumani Qamchiq dovonida 22-oktabr kuni soat taxminan 20:55 da noma’lum haydovchi piyodani urib yuborgan, so‘ng bu piyodaning ustidan yana bir necha mashina o‘tib ketgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Mazkur hodisa sababchisi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda — Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qatortol mahallasida yashagan 41 yoshli Erkin Ergashboyev olgan jarohatlari oqibatida hodisa joyining o‘zida vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l transport hodisasini Andijon shahrida yashovchi B.Z. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
8O‘zbekiston
Fuqaro va Oliy sud o‘rtasida xonadonga oid nizo yuzasidan sud muhokamasi boshlandi Kun.uz saytida tergov va sud idoralarining noqonuniy qarori va hukmi sabab fuqaro Rustam Kamalovning yashab turgan uyi tortib olingani va unga bugungi kunda Oliy sud egalik qilib kelayotgani yoritilgandi. Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Respublika ko‘p tarmoqli Agrosanoat birjasi Toshkent filialiga nisbatan auksion bayonnomasini haqiqiy emas deb topish va Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadonni Oliy sud egaligidan qaytarib olish haqida sudga da'vo arizasi kiritgan edi. 12 noyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudida mazkur ish bo‘yicha sud muhokamasi jarayonlari boshlandi. Unda da'vogar R.Kamalov, javobgarlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Respublika ko‘p tarmoqli Agrosanoat birjasi Toshkent filiali vakillari ishtirok etdi. Da'vogar o‘zining da'vo talablarini to‘liq quvvatlab, uyi natura shaklida qaytarilishini so‘radi. Respublika ko‘p tarmoqli Agrosanoat birjasi Toshkent filiali vakili da'vogarning da'vo talablarini tan olmadi va Fuqarolik kodeksining 229-moddasini qo‘llab, arizani qanoatlantirishni rad etishni so‘radi. Sudda javobgarning ishonchli vakili sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi yuridik xizmati xodimi Saidkamol Asqarov da'vo talablari asosli ekanligini va fuqaroning uyini davlat egaligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi sud hukmi bekor bo‘lganligini bildirib, xozirda Oliy sud egaligida turgan xonadonni Rustam Kamalovga qaytarish yoki unga muvofiq keladigan pulni to‘lab berish masalasini hal etishni sudga havola qildi. Taraflardan biror-bir iltimosnoma yoki talab bo‘lmasa-da, sudya Nazarov o‘z tashabbusi bilan ishga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan mutaxassis taklif qilishni lozim topdi. Sud majlisi 24 noyabr kuniga qoldirildi, deb xabar bermoqda sud jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan Kun.uz muxbiri.  Eslatib o‘tamiz, Oliy sud Rayosatining joriy yil 7 may sanasidagi qarori bilan Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadonni davlat egaligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi sud hukmi bekor qilinib, Rustam Kamalovga xonadon yoki uning qiymati qaytarilishi masalasida fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan. 21 iyul kuni AOKAda Oliy sud vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov Rustam Kamalovning ishida hech qanday muammo bo‘lmasligini, uy bo‘shatib qo‘yilganini, u yerda yashab turgan Oliy sud sudyasi boshqa uyga ko‘chirilganini, fuqaro shu uyda o‘zi yashashi kerakligi haqida hulosa qilinganini aytgandi.
5Jamiyat
Gonkongda ikki bolaga homilador qizcha tug‘ildi Gonkongda ikki ukasiga homilador qizcha tug‘ildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Live Science’ga tayanib. Bunday hodisa har yarim millionta homiladan bittasida sodir bo‘lishi mumkin. Buning sababi bo‘yicha esa olimlar turli fikrlarni bildiradi. Masalan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tug‘ilgan chaqaloq ichidagi homilani teratoma (shish turi) deb hisoblaydi, biroq Gonkong shifokorlari uning organizmida homiladorlik davomida yutib yuborilgan o‘z egizak ukalarining homilalari topilganini ta’kidlamoqda. Oxir-oqibat uch haftalik chaqaloq qizni operatsiya qilib, jigari va buyragi orasidan ikkita — 9,3 grammlik va 14,2 grammlik homilalarni topishdi, bu muddatlar homiladorlikning sakkizinchi va o‘ninchi haftasiga mosdir. Har ikkala homilada qizcha qornidagi yo‘ldoshsifat massaga ulangan kindiklarni aniqlashdi. Xulosa qilinishicha, ular aslida uch egizaklar bo‘lgan, biroq noma’lum sababga ko‘ra, ikkita kichik homilani uchinchisi yutib yuborgan.
2Dunyo
WikiLeaks’ga axborot taqdim etgan harbiy xizmatchi Menning qamoqdan ozod qilindi Amerikalik harbiy xizmatchi, WikiLeaks tashkilotiga maxfiy ma’lumotlarni taqdim etgani uchun sudlangan Bredli Menning qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda, AQSh armiyasining rasmiy vakiliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Menning Kanzas shtatidagi Fort-Livenuort harbiy qamoqxonasini yaqindagina tark etdi. Harbiy razvedka tahlilchisi Menning 2010-yili AQShning Kuvaytdagi harbiy bazasida hibsga olingan edi. U WikiLeaks’ga 700 mingdan ortiq harbiy va diplomatik hujjatlarni taqdim etganlikda ayblangan edi. Shuningdek, WikiLeaks vakillari qo‘liga AQShning Iroqdagi operatsiyasiga oid videomateriallar ham tushgan edi.
2Dunyo
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmonini amalga oshirish yuzasidan va Respublika tibbiyot markazlari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq; Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq; Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq; Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: respublika aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan Markazlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta’minlasin; bir hafta muddatda — Markazlarning direktorligiga nomzodlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin. 4. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ishtirokida ikki hafta muddatda Markazlarning mehnat jamoalari yig‘ilishlari o‘tkazilishini ta’minlasinlar, yig‘ilishlarda Markazlar kengashlari to‘g‘risidagi Nizom hamda ularning shaxsiy tarkibi, Markazlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa zarur hujjatlar tasdiqlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda joriy xarajatlarga budjet mablag‘lari sarfini 2004-yildan boshlab bosqichma-bosqich pasaytirish, shuningdek 2008-yildan kechikmay o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash va o‘zini o‘zi qoplashga o‘tishni nazarda tutgan holda Markazlarni mablag‘ bilan ta’minlash tartibi va manbalari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. Belgilansinki: tashkil etiladigan Markazlar qayta tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalarining huquqiy vorislari hisoblanadi; Markazlarga berilayotgan davlat mulki daromad (foyda) solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi; Markazlarning davlat mulki hisoblangan mol-mulki faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishgan holda garov, almashtirish yoki oldi-sotdi mavzusi bo‘lishi mumkin. 8. Tashkil etilayotgan Markazlarning zarur moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: Toshkent shahridagi 15-shahar klinik shifoxonasining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi balansiga; Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi balansiga bersin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda: tashkil etilayotgan Markazlarning mol-mulkini puxta xatlovdan o‘tkazsin, asosiy vositalar (tibbiyot muassasalarining binolari va inshootlari, asbob-uskunalar, anjomlar, inventar va boshqalar) shaklidagi davlat mulki ro‘yxati va qiymatini, muomaladan tashqari aktivlar hajmi va Markazlarning ustav fondlariga ishonchli boshqaruv huquqi bilan berilayotgan investitsiya maqsadlari uchun ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari hajmlarini aniqlasin; har bir Markazning ustav fondi miqdorini, Markaz ta’sis etilayotgan paytda davlat mulki va mehnat jamoasi ulushi miqdorini belgilasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda o‘tkazilayotgan eksperiment borishining ta’sirchan monitoringini ta’minlasin hamda natijalar bo‘yicha har yili yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining faoliyatini tashkil etish va uni mablag‘ bilan ta’minlash tartibini belgilaydi. 1. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi (keyingi o‘rinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori asosida urologiya bo‘yicha davolash-profilaktika va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiruvchi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Urologiya ilmiy markazi negizida tashkil etilmoqda. 2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi banklarda belgilangan tartibda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi, o‘zining to‘liq nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, o‘z nomi yozilgan shtamplar va blankalarga, o‘z ramziga (belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vizual identifikatsiyalash vositalariga) ega bo‘ladi. Markaz Toshkent shahri — 700109, S. Rahimov tumani, Xo‘jayev ko‘chasi, 1-tor ko‘cha, 1-uyda joylashgan. 4. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadlari hisoblanadi: sifat darajasi yuqori va jahon standartlaridagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani hamda o‘z urologiya maktabini shakllantirish; urologiya kasalliklari tashxisi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha aholining ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishga bo‘lgan talabini qondirish. 5. Markazning asosiy vazifalari: a) quyidagi bemorlarga: davlatning qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyojmand bo‘lgan shaxslarga (imtiyozli toifa) poliklinikaning mavjud o‘rin fondi va quvvatining 20 foizigacha hajmda davlat budjeti mablag‘lari hisobiga; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ustun darajada pulli asosda tashxis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologiya yordam ko‘rsatish; b) mavjud tibbiyot texnikasi parki va apparatlarini doimiy ravishda yangilash va zamonaviylashtirishni ta’minlash, Markazni jahon yutuqlari darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash; v) Markaz faoliyatini to‘liq o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash va o‘zini o‘zi qoplash shartlarida ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish yuzasidan menejmentni va marketing ishlarini tashkil etish; g) Markaz tibbiyot xodimlarining kasb darajasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaxassislarning eng ko‘p tarqalgan urologiya kasalliklari tashxisi va davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha yetakchi xorijiy tibbiyot o‘quv yurtlari va klinikalarida stajirovkada bo‘lishlarini tashkil etish hisobiga oshirish va takomillashtirish; d) eng ko‘p yoyilgan urologiya kasalliklari profilaktikasi, tashxisi va ularni davolashning o‘z ilg‘or usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish; e) urologiya kasalliklarini davolash va tashxis qo‘yishning patentlangan o‘z usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro e’tirof etilishiga erishish; j) urologiya kasalliklari va ularning asoratlari tashxisi, ularni davolash va profilaktikasi bo‘yicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish; z) yetakchi xorijiy urologiya markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tashxis qo‘yish va davolashning yuqori texnologiyali usullaridan foydalanish, shuningdek ularni takomillashtirish bo‘yicha to‘plangan tajribani, mutaxassislar va axborotni keng ayirboshlashni ta’minlash. 6. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq: respublika aholisining urologiya kasalliklariga tashxis qo‘yish, davolash va ular profilaktikasining jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyalari usullariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi; eng ko‘p tarqalgan urologiya kasalliklari tashxisi, ularni davolash va ular profilaktikasining ilg‘or samarali usullari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi; o‘zining urolog mutaxassislar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi hamda respublikaning boshqa muassasalarini o‘z ixtisosi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlaydi; dori-darmon preparatlari, tibbiy maqsaddagi vositalarni, shuningdek urologiya kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarini ishlab chiqadi, klinik sinovlar o‘tkazadi va amalga oshiradi; ilmiy-tadqiqot faoliyatni amalga oshiradi hamda Markaz tomonidan ishlab chiqilgan urologiya kasalliklari tashxisi va ularni davolash metodikasining respublikadagi boshqa tibbiyot muassasalarida keng joriy etilishi yuzasidan metodologik ishlar olib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga urologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi; chet elda tibbiyot olamida urologiya bo‘yicha o‘z ilmiy va texnologiya yutuqlarini ifodalaydi; urologiya bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-metodik va axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr etadi; tibbiyot kadrlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi, ularning malakasini oshiradi. 7. Markaz faoliyatning barcha sohalarida o‘z munosabatlarini shartnomalar, bitimlar, kontraktlar asosida quradi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik, shuningdek Markaz faoliyatining maqsadlari va sohasi doirasida ularni yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzadi. 8. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha ko‘rsatilayotgan tibbiyot xizmatlarining, bajarilayotgan ishlarning, chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil belgilashga haqlidir. 9. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda: Markazning ustav fondiga berilayotgan davlat mulkini Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rtasida tuziladigan mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqarish va undan belgilangan tartibda foydalanish; rivojlanishning biznes-rejalarini, o‘z budjetini mustaqil shakllantirish, ularning hajmlarini, xarajatlarni shakllantirish va yo‘naltirish manbalarini aniqlash; aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologiya yordami ko‘rsatish; asosiy vositalarni ijaraga olish, kreditlar, qarzlar, grantlar va boshqa moliyaviy yordamni belgilangan tartibda jalb etish; budjet mablag‘lari va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq mustaqil belgilash; urologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish; o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish; yuridik shaxs bo‘lmagan alohida bo‘linmalar (filiallar va vakolatxonalar) tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Markaz faoliyati sohasiga zid bo‘lmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish. 10. Markaz quyidagilarga majbur: yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologik yordamga muhtoj bemorlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash sifati va standartlarini zamonaviy jahon talablari darajasida saqlash va rivojlantirishni ta’minlash; aholiga tasdiqlangan tariflar bo‘yicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologik yordam ko‘rsatish; imtiyozli bemorlar kontingentiga poliklinikaning mavjud o‘rinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologik yordam ko‘rsatish; Markaz xodimlarining yetakchi xorijiy urologik klinikalarda tor ixtisosli qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muntazam ravishda o‘tishini amalga oshirish; Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va ish haqi to‘lash shart-sharoitlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy muhofaza qilishni va aniq mo‘ljalli ijtimoiy muhofazani ta’minlash; Markazning moddiy-texnika bazasini o‘z mablag‘lari hisobiga zamonaviy tibbiyot texnikasi hamda texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish; mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanish, ularning saqlanishini ta’minlash; amaldagi qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish. 11. Markaz direktori, shuningdek aloqador xodimlari odamlar salomatligiga zarar yetkazilishi yoki Markaz xodimlari aybi bilan sodir bo‘lgan o‘lim hollari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘liq moddiy, ma’muriy va jinoiy javob berishadi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi orqali davlat hamda manfaatini Markaz Kengashi ifodalaydigan Markaz mehnat jamoasi Markazning muassislari hisoblanadilar. 13. Markazning ustav jamg‘armasi: asosiy vositalar (tibbiyot muassasasi binolari va inshootlari, tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar, inventarlar va shu kabilar) va aylanmadan tashqari aktivlar tarzidagi davlat mol-mulki; investitsiya maqsadlariga ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari; tibbiy xizmatlar, ishlarni amalga oshirishdan, mahsulotlar sotishdan olinadigan moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirishga, shuningdek tibbiy asbob-anjomlar va texnologiyalar sotib olishga yo‘naltiriladigan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi. 14. Markazning ustav jamg‘armasiga beriladigan davlat mulki qiymati O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Markaz ta’sis etilayotgan vaqtda belgilanadi. Davlat mulki Markazga ishonchli boshqaruv huquqlari bilan, Markazning maqsadi va vazifalariga qat’iy muvofiq ravishda foydalanish uchun beriladi. 15. Markazning moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish va mustahkamlashga va zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari sotib olishga yo‘naltiriladigan daromadlari mehnat jamoasi ulushi sifatida ustav jamg‘armasiga kiritiladi. Mehnat jamoasining Markaz ustav jamg‘armasidagi ulushi jamoa mulki hisoblanadi va bo‘linmaydi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra Markazning ustav jamg‘armasiga berilgan davlat mulki imtiyozli shartlarda uning jamoasiga mulk sifatida sotilishi mumkin. 17. Markaz, yuridik shaxs sifatida, egallab turgan yer uchastkalariga O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va boshqa qonunchiligiga muvofiq doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqiga egadir. 18. Markazning davlat mulki hisoblanadigan mol-mulki faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda garov, almashtirish predmeti bo‘lishi yoki sotilishi mumkin. 19. Markazga ishonchli boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 20. Markaz tarkibiga kuniga 300 bemorga xizmat ko‘rsata oladigan maslahat poliklinikasi va 100 o‘rinli statsionar kiradi. 21. Markaz Kengashi Markazni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. Markaz Kengashi tarkibida Markaz direktori, Markazning yetakchi tibbiy va ilmiy xodimlari bo‘lgan 7 kishidan iborat bo‘ladi. Markaz Kengashi ishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligidan vakolatli vakillar ishtirok etishadi. Markaz Kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz mehnat jamoasi umumiy majlisi qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash a’zolari obyektiv zarurat va/yoki mehnat jamoasi umumiy majlisi ko‘pchilik qatnashchilari talabiga ko‘ra qayta saylanishi mumkin. Markaz Direktori ayni bir vaqtda Markaz Kengashining raisi hisoblanadi. Kengash majlislari har oyda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi. 22. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: Markazni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, uning investitsiya va ilmiy-texnikaviy siyosati asosiy yo‘nalishlarini belgilash; yillik biznes-rejalarni va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash; aholiga pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlash; Markaz tuzilmasini va Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallari va vakolatxonalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash; Markazning moliya-xo‘jalik va tibbiy faoliyatini boshqarish, shuningdek Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyanomalarni ishlab chiqish. 23. Markazning joriy faoliyatiga Direktor rahbarlik qiladi, u O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 24. Markaz Direktori: o‘z faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning joriy moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnoma va kontraktlar tuzadi, Markazning joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal qiladi; direktor o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun Markaz Kengashiga kiritadi, zarurat bo‘lganda ilmiy-uslubiy va tibbiy Kengashlarni shakllantiradi; Markaz xodimlari ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi, o‘z vakolatlari doirasida Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi; Markaz faoliyati uchun javob beradi. Markaz direktori o‘rinbosarlari, filiallari va vakolatxonalari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga ko‘ra Markaz Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 25. Quyidagilar Markazning ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlovchi asosiy tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi: qabul qilish bo‘limi, konsultatsiya poliklinikasi, statsionar, laboratoriya-tashxis va patologoanatomiya bo‘limlari, shuningdek ma’muriy-xo‘jalik va texnik xizmatlar, ilmiy-tadqiqot bo‘limi va boshqalar. 26. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar va vakolatxonalar belgilangan tartibda Markazning tashkiliy tuzilmasiga kirishi mumkin. Filiallar va vakolatxonalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Filiallar va vakolatxonalar to‘g‘risidagi nizomlar hamda ularga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar amaldagi qonunchilikda va ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markaz tomonidan tasdiqlanadi. 27. Markazning normativ bazani, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha faoliyati ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi. 28. Markaz faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash aralash shaklda, shu jumladan: Markazning o‘z daromadlari; davlat budjeti mablag‘lari; grantlar va homiylik yordami; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 29. Markazning o‘z daromadlari: aholiga pulli asosda tibbiy xizmat ko‘rsatish; uning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining soha mutaxassislarini tayyorlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 30. Davlat budjeti mablag‘lari quyidagi maqsadlarga: bemorlarning imtiyozli kontingentiga poliklinikaning mavjud o‘rinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologik yordam ko‘rsatish uchun Markaz xarajatlarini qoplashga; Markazni O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi hamda har yilgi investitsiya dasturlari doirasida zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari va texnika bilan jihozlashga; ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar tarzida; ro‘yxati Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tibbiy yordamning ayrim murakkab yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlari bo‘yicha aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini qoplashga ajratiladi. Markaz xarajatlarini davlat budjeti mablag‘laridan mablag‘ bilan ta’minlash tartibi tibbiy xizmatlarning ushbu turiga bo‘lgan talabga qarab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi va Markaz bilan birgalikda belgilanadi. Bunda: budjet mablag‘lari Markazga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har oyda, alohida qatorda, moddalarga bo‘lmasdan ajratiladi; davlat budjeti mablag‘laridan mablag‘ bilan ta’minlash hajmini Markazning moliyaviy ta’minoti mustahkamlanishiga qarab bosqichma-bosqich kamaytirib borish nazarda tutiladi. 31. Markaz xodimlari soni, ularning ish haqi va moddiy rag‘batlantirish miqdorlari Markaz Kengashi tomonidan, bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab mustaqil ravishda belgilanadi. 32. Markaz mustaqil ravishda, ajratilgan budjet mablag‘lari va o‘z daromadlari doirasida: Markazning biznes-rejasini hamda daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Markaz xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; shtatlar jadvalini tasdiqlaydi va Yagona tarif setkasi bo‘yicha bazaviy maoshlardan kelib chiqqan holda lavozim maoshlarini hamda cheklangan miqdorlari chegaralanmaydigan ustamalarni belgilaydi. 33. Markaz soliqlarning barcha turlaridan hamda o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun to‘lovlardan tashqari) 10 yilga — 2003-yil 1-martdan 2012-yil 31-dekabrgacha ozod qilinadi, bo‘shab qolgan mablag‘lar Markazni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli ravishda yo‘naltiriladi. Markaz, shuningdek sotiladigan tibbiy xizmatlar hajmidan Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi. 34. Markaz xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati natijasida olgan foydasi, tegishli majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin, Markaz tasarrufida qoladi va undan belgilangan tartibda: Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, zamonaviylashtirish va kengaytirishda, zamonaviy tibbiy texnika, anjomlar va asbob-uskunalar sotib olishda; ustav jamg‘armasining mehnat jamoasi ulushi qismini ko‘paytirishda; Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirishda; aylanma fondlarni to‘ldirishda; Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda; mahsulot va xizmatlarni reklama qilishda; Markaz faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Bunda Markaz ushbu bandda ko‘rsatilgan xarajatlarning ustuvorligi, yo‘naltirish tartibini va nisbatlarini mustaqil ravishda belgilaydi. 35. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Sog‘liqni saqlash vazirligiga barcha zarur smeta-moliya hujjatlarini taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan ro‘yxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi. 36. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish soliq va moliya organlari, davlatning boshqa organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, zarur hollarda — auditorlik xizmatlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 37. Markazni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining faoliyatini tashkil etish va uni mablag‘ bilan ta’minlash tartibini belgilaydi. 1. Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi (keyingi o‘rinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ko‘p profilli jarrohlik bo‘yicha davolash-profilaktika va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiruvchi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami ko‘rsatuvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Akademik V.Vohidov nomidagi jarrohlik ilmiy markazi negizida tashkil etilmoqda. 2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi banklarda belgilangan tartibda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi, o‘zining to‘liq nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, o‘z nomi yozilgan shtamplar va blankalarga, o‘z ramziga (belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vizual identifikatsiyalash vositalariga) ega bo‘ladi. Markaz Toshkent shahri — 700115, Chilonzor tumani, Farhod ko‘chasi, 10-uyda joylashgan. 4. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadlari hisoblanadi: yuqori darajada sifatli va jahon talablaridagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani hamda o‘z jarrohlik maktabini shakllantirish; jarrohlik kasalliklari tashxisi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha aholining ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishga bo‘lgan talabini qondirish. 5. Markazning asosiy vazifalari: a) turli jarrohlik kasalliklari bo‘lgan quyidagi bemorlarga: davlatning qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyojmand bo‘lgan shaxslarga (imtiyozli toifa) poliklinikaning mavjud o‘rin fondi va quvvatining 20 foizigacha hajmda davlat budjeti mablag‘lari hisobiga; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ustun darajada pulli asosda tashxis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish; b) mavjud tibbiyot texnikasi parki va apparatlarini doimiy ravishda yangilash va zamonaviylashtirishni ta’minlash, Markazni jahon yutuqlari darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori malakali jarrohlik yordami ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash; v) Markaz faoliyatini to‘liq o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash va o‘zini o‘zi qoplash shartlarida ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish yuzasidan menejmentni va marketing ishlarini tashkil etish; g) Markaz tibbiyot xodimlarining kasb darajasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaxassislarning eng ko‘p tarqalgan jarrohlik kasalliklari tashxisi va davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha yetakchi xorijiy tibbiyot o‘quv yurtlari va klinikalarida stajirovkada bo‘lishlarini tashkil etish hisobiga oshirish va takomillashtirish; d) eng ko‘p yoyilgan jarrohlik kasalliklari profilaktikasi, tashxisi va ularni davolashning o‘z ilg‘or usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish; e) jarrohlik kasalliklarini davolash va tashxis qo‘yishning patentlangan o‘z usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro e’tirof etilishiga erishish; j) ko‘krak organlari, qorin bo‘shlig‘i va tomir kasalliklari va ularning asoratlari tashxisi, ularni jarrohlik yo‘li bilan davolash yangi usullarini yaratish bo‘yicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish; z) yetakchi xorijiy jarrohlik markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tashxis qo‘yish va davolashning yuqori texnologiyali usullaridan foydalanish, shuningdek ularni takomillashtirish bo‘yicha to‘plangan tajribani, mutaxassislar va axborotni keng ayirboshlashni ta’minlash. 6. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq: respublika aholisining ko‘krak organlari, qorin bo‘shlig‘i va tomir kasalliklariga tashxis qo‘yish, ularni ilg‘or jahon yutuqlari darajasida jarrohlik yo‘li bilan davolashning eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi; jarrohlik kasalliklari tashxisi, ularni davolashning ilg‘or samarali usullari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi; o‘zining jarroh vrachlar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi hamda respublikaning boshqa muassasalarini jarrohlik bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlaydi; dori-darmon preparatlari, tibbiy vositalarni, shuningdek jarrohlik kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarini ishlab chiqadi, klinik sinovlar o‘tkazadi va amalga oshiradi; jarrohlik kasalliklari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi hamda Markaz tomonidan ishlab chiqilgan jarrohlik kasalliklari tashxisi va ularni davolash metodikasining respublika boshqa tibbiyot muassasalarida keng joriy etilishi yuzasidan metodologik ishlar olib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga urologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi; chet elda tibbiyot olamida jarrohlik bo‘yicha o‘z ilmiy va texnologiya yutuqlarini ifodalaydi; jarrohlik bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-metodik va axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr etadi; tibbiyot kadrlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi. 7. Markaz faoliyatning barcha sohalarida o‘z munosabatlarini shartnomalar, bitimlar, kontraktlar asosida quradi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, shuningdek Markaz faoliyatining maqsadlari va sohasi doirasida ularni yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzadi. 8. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning, bajarilayotgan ishlarning, chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil belgilashga haqlidir. 9. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda: Markazning ustav fondiga berilayotgan davlat mulkini Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rtasida tuziladigan mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqarish va undan belgilangan tartibda foydalanish; rivojlanishning biznes-rejalarini, o‘z budjetini mustaqil shakllantirish, ularning hajmlarini, xarajatlarni shakllantirish va yo‘naltirish manbalarini aniqlash; aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish; asosiy vositalarni ijaraga olish, kreditlar, qarzlar, grantlar va boshqa moliyaviy yordamni belgilangan tartibda jalb etish; budjet mablag‘lari va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq mustaqil belgilash; jarrohlik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish; o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish; yuridik shaxs bo‘lmagan alohida bo‘linmalar (filiallar va vakolatxonalar) tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Markaz faoliyati maqsadi va sohasiga zid bo‘lmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish. 10. Markaz quyidagilarga majbur: yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamiga muhtoj bemorlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash sifati va standartlarini zamonaviy jahon talablari darajasida saqlash va rivojlantirishni ta’minlash; aholiga tasdiqlangan tariflar bo‘yicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami ko‘rsatish; imtiyozli toifadagi bemorlar kontingentiga poliklinikaning mavjud o‘rinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami ko‘rsatish; Markaz xodimlarining yetakchi xorijiy jarrohlik klinikalarida tor ixtisosli qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muntazam ravishda o‘tishini amalga oshirish; Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va ish haqi to‘lash shart-sharoitlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy muhofaza qilishni va aniq mo‘ljalli ijtimoiy muhofazani ta’minlash; Markazning moddiy-texnika bazasini o‘z mablag‘lari hisobiga zamonaviy tibbiyot texnikasi hamda texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish; mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanish, ularning saqlanishini ta’minlash; amaldagi qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish. 11. Markaz direktori, shuningdek aloqador xodimlari odamlar salomatligiga zarar yetkazilishi yoki Markaz xodimlari aybi bilan sodir bo‘lgan o‘lim hollari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘liq moddiy, ma’muriy va jinoiy javob berishadi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi orqali davlat hamda manfaatini Markaz Kengashi ifodalaydigan Markaz mehnat jamoasi Markazning muassislari hisoblanadilar. 13. Markazning ustav jamg‘armasi: asosiy vositalar (tibbiyot muassasasi binolari va inshootlari, tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar, inventarlar va shu kabilar) va aylanmadan tashqari aktivlar tarzidagi davlat mol-mulki; investitsiya maqsadlariga ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari; tibbiy xizmatlar, ishlarni amalga oshirishdan, mahsulotlar sotishdan olinadigan moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirishga, shuningdek tibbiy asbob-anjomlar va texnologiyalar sotib olishga yo‘naltiriladigan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi. 14. Markazning ustav jamg‘armasiga beriladigan davlat mulki qiymati O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Markaz ta’sis etilayotgan vaqtda belgilanadi. Davlat mulki Markazga ishonchli boshqaruv huquqlari bilan, Markazning maqsadi va vazifalariga qat’iy muvofiq ravishda foydalanish uchun beriladi. 15. Markazning moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish va mustahkamlashga va zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari sotib olishga yo‘naltiriladigan daromadlari mehnat jamoasi ulushi sifatida ustav jamg‘armasiga kiritiladi. Mehnat jamoasining Markaz ustav jamg‘armasidagi ulushi jamoa mulki hisoblanadi va bo‘linmaydi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra Markazning ustav jamg‘armasiga berilgan davlat mulki imtiyozli shartlarda uning jamoasiga mulk sifatida sotilishi mumkin. 17. Markaz, yuridik shaxs sifatida, egallab turgan yer uchastkalariga O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va boshqa qonunchiligiga muvofiq doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqiga egadir. 18. Markazning davlat mulki hisoblanadigan mol-mulki faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda garov, almashtirish predmeti bo‘lishi yoki sotilishi mumkin. 19. Markazga ishonchli boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 20. Markaz tarkibiga kuniga 300 bemorga xizmat ko‘rsatuvchi maslahat poliklinikasi va 300 o‘rinli statsionar kiradi. 21. Markaz Kengashi Markazni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. Markaz Kengashi tarkibida Markaz direktori, Markazning yetakchi tibbiy va ilmiy xodimlari bo‘lgan 7 kishidan iborat bo‘ladi. Markaz Kengashi ishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligidan vakolatli vakillar ishtirok etishadi. Markaz Kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz mehnat jamoasi umumiy majlisi qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash a’zolari obyektiv zarurat va/yoki mehnat jamoasi umumiy majlisi ko‘pchilik qatnashchilari talabiga ko‘ra qayta saylanishi mumkin. Markaz Direktori ayni bir vaqtda Markaz Kengashining raisi hisoblanadi. Kengash majlislari har oyda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi. 22. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: Markazni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, uning investitsiya va ilmiy-texnikaviy siyosati asosiy yo‘nalishlarini belgilash; yillik biznes-rejalarni va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash; aholiga pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlash; Markaz tuzilmasini va Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallari va vakolatxonalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash; Markazning moliya-xo‘jalik va tibbiy faoliyatini boshqarish, shuningdek Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyanomalarni ishlab chiqish. 23. Markazning joriy faoliyatiga Direktor rahbarlik qiladi, u O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 24. Markaz Direktori: o‘z faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning joriy moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnoma va kontraktlar tuzadi, Markazning joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal qiladi; direktor o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun Markaz Kengashiga kiritadi, zarurat bo‘lganda ilmiy-uslubiy va tibbiy Kengashlarni shakllantiradi; Markaz xodimlari ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi, o‘z vakolatlari doirasida Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi; Markaz faoliyati uchun javob beradi. Markaz direktori o‘rinbosarlari, filiallari va vakolatxonalari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga ko‘ra Markaz Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 25. Quyidagilar Markazning ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlovchi asosiy tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi: qabul qilish bo‘limi, konsultatsiya poliklinikasi, statsionar, laboratoriya-tashxis va patologoanatomiya bo‘limlari, shuningdek ma’muriy-xo‘jalik va texnik xizmatlar, ilmiy-tadqiqot bo‘limi va boshqalar. 26. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar va vakolatxonalar belgilangan tartibda Markazning tashkiliy tuzilmasiga kirishi mumkin. Filiallar va vakolatxonalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Filiallar va vakolatxonalar to‘g‘risidagi nizomlar hamda ularga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar amaldagi qonunchilikka va ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markaz tomonidan tasdiqlanadi. 27. Markazning normativ bazani, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha faoliyati ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi. 28. Markaz faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash aralash shaklda, shu jumladan: Markazning o‘z daromadlari; davlat budjeti mablag‘lari; grantlar va homiylik yordami; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 29. Markazning o‘z daromadlari: aholiga pulli asosda tibbiy xizmat ko‘rsatish; uning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining soha mutaxassislarini tayyorlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi. 30. Davlat budjeti mablag‘lari quyidagi maqsadlarga: bemorlarning imtiyozli toifadagi kontingentiga poliklinikaning mavjud o‘rinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami ko‘rsatish uchun Markaz xarajatlarini qoplashga; Markazni O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi hamda har yilgi investitsiya dasturlari doirasida zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari va texnika bilan jihozlashga; ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar tarzida; ro‘yxati Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tibbiy yordamning ayrim murakkab yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlari bo‘yicha aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini qoplashga ajratiladi. Markaz xarajatlarini davlat budjeti mablag‘laridan mablag‘ bilan ta’minlash tartibi tibbiy xizmatlarning ushbu turiga bo‘lgan talabga qarab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi va Markaz bilan birgalikda belgilanadi. Bunda: budjet mablag‘lari Markazga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har oyda, alohida qatorda, moddalarga bo‘lmasdan ajratiladi; 2011 — 2015-yillar mobaynida Markazning asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili budjetdan zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostika tibbiyot asbob-uskunalari (texnikalari) bilan to‘liq jihozlash va ularni xarajat materiallari, implantantlar bilan ta’minlashga mablag‘lar ajratilishini kamaytira borib, 2012-yilga budjetdan tashqari mablag‘lar ulushini 50 foizgacha yetkazgan holda budjetdan qisman dotatsiya qilinadigan ayrim yuqori texnologiyali operatsiyalar sonini bosqichma-bosqich kamaytirish nazarda tutiladi. 31. Markaz xodimlari soni, ularning ish haqi va moddiy rag‘batlantirish miqdorlari Markaz Kengashi tomonidan, bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab mustaqil ravishda belgilanadi. 32. Markaz mustaqil ravishda, ajratilgan budjet mablag‘lari va o‘z daromadlari doirasida: Markazning biznes-rejasini hamda daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Markaz xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; shtatlar jadvalini tasdiqlaydi va Yagona tarif setkasi bo‘yicha bazaviy maoshlardan kelib chiqqan holda lavozim maoshlarini hamda cheklangan miqdorlari chegaralanmaydigan ustamalarni belgilaydi. 33. Markaz soliqlarning barcha turlaridan hamda o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun to‘lovlardan tashqari) 10 yil muddatga — 2003-yil 1-martdan 2012-yil 31-dekabrgacha ozod qilinadi, bo‘shab qoladigan mablag‘lar Markazni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli ravishda yo‘naltiriladi. Markaz, shuningdek sotiladigan tibbiy xizmatlar hajmidan Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi. 34. Markaz xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati natijasida olgan foydasi, tegishli majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin, Markaz tasarrufida qoladi va undan belgilangan tartibda: Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, zamonaviylashtirish va kengaytirishda, zamonaviy tibbiy texnika, anjomlar va asbob-uskunalar sotib olishda; ustav jamg‘armasining mehnat jamoasi ulushi qismini ko‘paytirishda; Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirishda; aylanma fondlarni to‘ldirishda; Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda; mahsulot va xizmatlarni reklama qilishda; Markaz faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Bunda Markaz ushbu bandda ko‘rsatilgan xarajatlarning ustuvorligi, yo‘naltirish tartibini va nisbatlarini mustaqil ravishda belgilaydi. 35. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Sog‘liqni saqlash vazirligiga zarur smeta-moliya hujjatlarini taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan ro‘yxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi. 36. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish soliq va moliya organlari, davlatning boshqa organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, zarur hollarda — auditorlik xizmatlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 37. Markazni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazining faoliyatini tashkil etish va uni mablag‘ bilan ta’minlash tartibini belgilaydi. 1. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi (keyingi o‘rinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘yicha davolash-profilaktika va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiruvchi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi sifatida Toshkent viloyat ko‘z mikroxirurgiyasi markazi negizida tashkil etilmoqda. 2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi banklarda belgilangan tartibda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi, o‘zining to‘liq nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, o‘z nomi yozilgan shtamplar va blankalarga, o‘z ramziga (belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vizual identifikatsiyalash vositalariga) ega bo‘ladi. Markaz Toshkent shahri — 700143, M. Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 178-uyda joylashgan. 4. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadlari hisoblanadi: yuqori sifatli va xalqaro talablar darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani hamda o‘z oftalmologiya maktabini shakllantirish; ko‘z kasalliklari tashxisi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha aholining ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishga bo‘lgan talabini qondirish. 5. Markazning asosiy vazifalari: a) ko‘z organlari kasalliklari bo‘lgan quyidagi bemorlarga: davlatning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga (imtiyozli toifa) poliklinikaning mavjud o‘rin fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda davlat budjeti mablag‘lari hisobiga; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ustun darajada pulli asosda tashxis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan oftalmologiya yordami ko‘rsatish; b) mavjud tibbiyot texnikasi parki va apparatlarini doimiy ravishda yangilash va zamonaviylashtirishni ta’minlash, Markazni jahon yutuqlari darajasida ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali oftalmologiya yordami ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash; v) Markaz faoliyatini to‘liq o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash va o‘zini o‘zi qoplash shartlarida ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish yuzasidan menejmentni va marketing ishlarini tashkil etish; g) Markaz tibbiyot xodimlarining kasb darajasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaxassislarning eng ko‘p tarqalgan ko‘z kasalliklari (katarakt fakoemulsifikatsiyasi, vitreoretinal jarrohlik, uzoqdan va yaqindan yaxshi ko‘rmaslik va astigmatizm holatlarida lazer jarrohligi) tashxisi va davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha yetakchi xorijiy tibbiyot o‘quv yurtlari va klinikalarida stajirovkada bo‘lishlarini tashkil etish hisobiga oshirish va takomillashtirish; d) eng ko‘p tarqalgan ko‘z kasalliklari profilaktikasi, tashxisi va ularni davolashning ilg‘or o‘z usullari va texnologiyalarini yaratish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish; e) oftalmologiya kasalliklarini davolash va tashxis qo‘yishning patentlangan o‘z usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro e’tirof etilishiga erishish; j) ko‘rish zaifligi, ko‘z ojizligi profilaktikasi va ko‘rish bo‘yicha nogironlikni kamaytirish bo‘yicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish; z) yetakchi xorijiy oftalmologiya markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tashxis qo‘yish va davolashning yuqori texnologiyali usullaridan foydalanish, shuningdek ularni takomillashtirish bo‘yicha to‘plangan tajribani, mutaxassislar va axborotlarni keng ayirboshlashni ta’minlash. 6. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq: respublika aholisining ko‘z kasalliklariga tashxis qo‘yish va ular profilaktikasining jahon yutuqlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi; eng ko‘p tarqalgan ko‘z kasalliklari tashxisi, ularni davolash va ular profilaktikasining ilg‘or samarali usullari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi; o‘zining oftalmolog vrachlar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi hamda respublikaning boshqa muassasalarini o‘z sohasi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlaydi; ko‘z kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarini ishlab chiqadi, dori-darmonlarni tibbiy vositalarni ishlab chiqaradi va klinik sinovdan o‘tkazadi; ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi hamda Markaz tomonidan ishlab chiqilgan ko‘z kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarining respublikadagi boshqa tibbiyot muassasalarida keng joriy etilishi yuzasidan metodologik ishlar olib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga urologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi; chet elda tibbiyot olamida ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘yicha o‘z ilmiy va texnologiya yutuqlarini ifodalaydi; o‘zining ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘yicha ilmiy, o‘quv-metodik va axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr etadi; tibbiyot kadrlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi. 7. Markaz faoliyatning barcha sohalarida o‘z munosabatlarini shartnomalar, bitimlar, kontraktlar asosida quradi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, shuningdek Markaz faoliyatining maqsadlari va sohasi doirasida ularni yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzadi. 8. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning, bajarilayotgan ishlarning, chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil belgilashga haqlidir. 9. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda: Markazning ustav fondiga berilayotgan davlat mulkini Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rtasida tuziladigan mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqarish va undan belgilangan tartibda foydalanish; rivojlanishning biznes-rejalarini, o‘z budjetini mustaqil shakllantirish, ularning hajmlarini, xarajatlarni shakllantirish va yo‘naltirish manbalarini aniqlash; aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish; asosiy vositalarni ijaraga olish, kreditlar, qarzlar, grantlar va boshqa moliyaviy yordamni belgilangan tartibda jalb etish; budjet mablag‘lari va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilash; ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish; o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish; yuridik shaxs bo‘lmagan alohida bo‘linmalar (filiallar va vakolatxonalar) tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Markaz faoliyati maqsadi va sohasiga zid bo‘lmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish. 10. Markaz quyidagilarga majbur: ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘yicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash sifati va standartlarini zamonaviy jahon talablari darajasida saqlash va rivojlantirishni ta’minlash; aholiga tasdiqlangan tariflar asosida ko‘z kasalliklari bo‘yicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish; ko‘z kasalliklari bo‘lgan imtiyozli bemorlar kontingentiga poliklinikaning mavjud o‘rinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish; Markaz xodimlarining yetakchi xorijiy oftalmologiya klinikalarida tor ixtisosli qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muntazam ravishda o‘tishini amalga oshirish; Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va ish haqi to‘lash shart-sharoitlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy muhofaza qilishni va aniq mo‘ljalli ijtimoiy muhofazani ta’minlash; Markazning moddiy-texnika bazasini o‘z mablag‘lari hisobiga zamonaviy tibbiyot texnikasi hamda texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish; mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanish, ularning saqlanishini ta’minlash; amaldagi qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish. 11. Markaz direktori, shuningdek aloqador xodimlari odamlar salomatligiga zarar yetkazilishi yoki Markaz xodimlari aybi bilan sodir bo‘lgan o‘lim hollari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘liq moddiy, ma’muriy va jinoiy javob berishadi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi orqali davlat hamda manfaatini Markaz Kengashi ifodalaydigan Markaz mehnat jamoasi Markazning muassislari hisoblanadilar. 13. Markazning ustav jamg‘armasi: asosiy vositalar (tibbiyot muassasasi binolari va inshootlari, tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar, inventarlar va shu kabilar) va aylanmadan tashqari aktivlar tarzidagi davlat mol-mulki; investitsiya maqsadlariga ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari; tibbiy xizmatlar, ishlarni amalga oshirishdan, mahsulotlar sotishdan olinadigan, moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirishga, shuningdek tibbiy asbob-anjomlar va texnologiyalar sotib olishga yo‘naltiriladigan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi. 14. Markazning ustav jamg‘armasiga beriladigan davlat mulki qiymati O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Markaz ta’sis etilayotgan vaqtda belgilanadi. Davlat mulki Markazga ishonchli boshqaruv huquqlari bilan, Markazning maqsadi va vazifalariga qat’iy muvofiq ravishda foydalanish uchun beriladi. 15. Markazning moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish va mustahkamlashga hamda zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari sotib olishga yo‘naltiriladigan daromadlari mehnat jamoasi ulushi sifatida ustav jamg‘armasiga kiritiladi. Mehnat jamoasining Markaz ustav jamg‘armasidagi ulushi jamoa mulki hisoblanadi va bo‘linmaydi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra Markazning ustav jamg‘armasiga berilgan davlat mulki uning jamoasiga mulk sifatida imtiyozli shartlarda sotilishi mumkin. 17. Markaz, yuridik shaxs sifatida, egallab turgan yer uchastkalariga O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va boshqa qonunchiligiga muvofiq doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqiga egadir. 18. Markazning davlat mulki hisoblanadigan mol-mulki faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda garov, almashtirish predmeti bo‘lishi yoki sotilishi mumkin. 19. Markazga ishonchli boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 20. Markaz tarkibiga kuniga 250 bemorga xizmat ko‘rsata oladigan maslahat poliklinikasi va 70 o‘rinli statsionar kiradi. 21. Markaz Kengashi Markazni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. Markaz Kengashi tarkibida Markaz direktori, Markazning yetakchi tibbiy va ilmiy xodimlari bo‘lgan 7 kishidan iborat bo‘ladi. Markaz Kengashi ishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligidan vakolatli vakillar ishtirok etishadi. Markaz Kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz mehnat jamoasi umumiy majlisi qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash a’zolari obyektiv zarurat va/yoki mehnat jamoasi umumiy majlisi ko‘pchilik qatnashchilari talabiga ko‘ra qayta saylanishi mumkin. Markaz Direktori ayni bir vaqtda Markaz Kengashining raisi hisoblanadi. Kengash majlislari har oyda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi. 22. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: Markazni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, uning investitsiya va ilmiy-texnikaviy siyosati asosiy yo‘nalishlarini belgilash; yillik biznes-rejalarni va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash; aholiga pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlash; Markazni boshqarish tuzilmasini va Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallari va vakolatxonalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash; Markazning moliya-xo‘jalik va tibbiy faoliyatini boshqarish, shuningdek Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyanomalarni ishlab chiqish. 23. Markazning joriy faoliyatiga Direktor rahbarlik qiladi, u O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 24. Markaz Direktori: o‘z faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning joriy moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnoma va kontraktlar tuzadi, Markazning joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal qiladi; direktor o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun Markaz Kengashiga kiritadi, zarurat bo‘lganda ilmiy-uslubiy va tibbiy Kengashlarni shakllantiradi; Markaz xodimlari ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi, o‘z vakolatlari doirasida Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi; Markaz faoliyati uchun javob beradi. Markaz direktori o‘rinbosarlari, filiallari va vakolatxonalari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga ko‘ra Markaz Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 25. Quyidagilar Markazning ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlovchi asosiy tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi: qabul qilish bo‘limi, konsultatsiya poliklinikasi, statsionar, laboratoriya-tashxis bo‘limlari, shuningdek ma’muriy-xo‘jalik va texnik xizmatlar, ilmiy-tadqiqot bo‘limi va boshqalar. 26. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar va vakolatxonalar belgilangan tartibda Markazning tashkiliy tuzilmasiga kirishi mumkin. Filiallar va vakolatxonalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Filiallar va vakolatxonalar to‘g‘risidagi nizomlar hamda ularga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar amaldagi qonunchilikda va ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markaz tomonidan tasdiqlanadi. 27. Markazning normativ bazani, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha faoliyati ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi. 28. Markaz faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash aralash shaklda, shu jumladan: Markazning o‘z daromadlari; davlat budjeti mablag‘lari; grantlar va homiylik yordami; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 29. Markazning o‘z daromadlari: aholiga pulli asosda tibbiy xizmat ko‘rsatish; uning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining soha mutaxassislarini tayyorlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi. 30. Davlat budjeti mablag‘lari quyidagi maqsadlarga: bemorlarning imtiyozli kontingentiga poliklinikaning mavjud o‘rinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan oftalmologiya yordami ko‘rsatish uchun Markaz xarajatlarini qoplashga; Markazni O‘zbekis
10Qonunchilik
O‘zbekistonda nikoh shartnomasi tuzishni barcha yoshlar uchun majburiy qilish taklif etildi 2018-yilda O‘zbekiston notarial idoralarida 219 ta nikoh shartnomasi tuzilgan. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda. Nikoh shartnomasini notarial tasdiqlash uchun davlat bojining bekor qilinishi bunday harakatlarning oshishiga sabab bo‘ldi. Afsuski, barcha oilalar ham birgalikdagi hayotini saqlab qola olmaydi. “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi vakili, huquqshunos Gulnora Eshonxonova xalqaro tajribaga tayanib, aynan yuqoridagi holatlar uchun nikoh shartnomasi institutini ommalashtirish zarur deb hisoblaydi. Chunki nikoh bekor qilingandan so‘ng oilalar mol-mulkni taqsimlash muammosiga duch keladi va ularga hech narsasiz qolish tahdid qiladi. Aksariyat hollarda farzandlari bilan yolg‘iz qolgan va ularni boqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ayollar ana shunday muammolar bilan turli instansiyalarga murojaat qiladi. “Oila kodeksining nikoh shartnomasiga oid me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish zarur. Ehtimol, nikoh shartnomasi tuzishni majburiy qilib belgilash yo‘lidan borish mantiqiy yechim bo‘lar. Unda nafaqat er-xotinning mulkka oid huquqlari, balki nikohdagi farzandlarni boqish va tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlar ham kelishilishi lozim”, — deydi Gulnora Eshonxonova.
8O‘zbekiston
Panjsher arsloni. Marhum Ahmadshoh Mas‘ud xotirasi suratlarda Bundan roppa-rosa 20 yil avval Panjsher arsloni deya nom qozongan, Sovet qoʻshinlariga qarshi togʻlarda yurib qarshilik harakatini boshqargan, afgʻon mujohidlarining yirik liderlaridan biri Ahmadshoh Mas‘ud «Al Qoida» terroristik guruhining yollanma qotillari tarafidan oʻldirilgan edi. «Bugun suratlari» ruknining ushbu sonini Ahmadshoh Mas‘udning xotirasiga bagʻishlaymiz. Mujohidlar guruhi bilan sovetlarga qarshi kurashayotgan Ahmadshoh Mas‘ud Panjsher togʻlarida. Ahmadshoh Mas‘ud Panjsher togʻlarida aholi bilan koʻrishmoqda. Panjsher togʻlarida otda yurgan Ahmadshoh Mas‘ud. Mujohidlar radio orqali yangiliklarni diqqat bilan tinglamoqda. Ahmadshoh Mas‘ud Panjsherdagi qishloqlardan birida qishloq kattalari bilan gaplashmoqda. Kechki namozni oʻqiyotgan mujohidlar guruhi. Ular orasida Ahmadshoh Mas‘ud ham bor. Ahmadshoh Mas‘ud va yosh Abdulla Abdulla (chapda) mujohidlar orasida. Ahmadshoh Mas‘ud va Richard Makkenzi. Ahmadshoh Mas‘ud va mujohidlar guruhi. Ahmadshoh Mas‘ud Parijda. Uning yonidagi esa fransiyalik doʻsti, fransuz faylasufi, adibi Bernard Anri Levi. Bugungi qarshilik harakatini ancha faol qoʻllab-quvvatlayotgan kam sonli shaxsiyatlardan biri. Panjsherda uning sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik surat. Surat sotadigan doʻkondagi Ahmadshoh surati. Mamlakatning turli nuqtalarida unga bagʻishlangan devoriy suratlar ham chizilgan. Panjsher darasidagi Ahmadshoh Mas‘ud maqbarasining umumiy koʻrinishi. Bernar Anri Levi hamda Ahmadshoh Mas‘udning oʻgʻli yosh Ahmad Mas‘ud.
3Foto
Palladiy narxi 16 yil ichida ilk bor oltinnikidan oshdi 5 dekabrdagi birja savdolari vaqtida palladiy narxi oltinnikidan oshdi. Ta'kidlanishicha, bu holat 16 yildan beri kuzatilmagan. Savdolar vaqtida palladiy narxi uchlik untsiyasi (31,1035 gramm) uchun 1236,48 dollarni, oltinniki esa 1235,37 dollarni tashkil qilgan. Palladiy narxi avtomobilning ishlangan gazlarini filtrlash tizimini ishlab chiqarishda qo‘llanadigan ushbu qimmatbaho metall tanqislashishi mumkinligi xavotiri sababli oxirgi 4 oy ichida 25 foizga qimmatlashgan. Iste'molchilarning dizel dvigatelli avtomobillardan benzinlilari foydasiga voz kechishlari palladiyning ishlab chiqarishda qo‘llanishi oshishiga turtki bo‘lmoqda.       “Palladiy juda cheklangan miqdorda yetkazib beriladi. Shu bilan birga oltin va palladiy narxlarining yaqinlashishi palladiyning kuchli ko‘rsatkichlari va oltinning past dinamikasi natijasidir”, deb aytgan Metal Focus Ltd. maslahatchisi Chirag Shet. “Odamlar palladiyning har bir untsiyasi uchun kurashmoqdalar”, deb qo‘shimcha qilgan BMO Capital Markets mutaxasssisi Tay Vong.
2Dunyo
Tramp ikki so‘z bilan Putinga ta'rif berdi AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali boshlovchisi iltimosiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni  ikki so‘z bilan ta'riflab berdi.  "Men uni bilmayman, biroq unga uncha-bunchaning tishi o‘tmaydi. Men u Rossiya uchun qanday ekanligini bilmayman, biroq vaqti kelib buni bilib olamiz", deb aytgan Tramp. AQSh prezidenti Putinga nisbatan so‘zma-so‘z tough cookie (tosh yong‘oq) iborasini ishlatgan. Boshlovchi Trampdan yana bir necha odamga ta'rif berishni iltimos qilgan. Jumladan, Tramp o‘zining maslahatchisi Killian Konveyni "juda yoqimtoy ayol", Xillari Klintonni "hafsalasi pir bo‘lgan" deb ta'riflagan. Tramp musiqiy klipida unga o‘xshab kiyinib olgan masxarabozga o‘q uzgan rep ijrochi Snup Dogga ta'rif berarkan, artistning "faoliyati yakun topayotgani" sababli undalgan bunday xatti-harakatini hech kimga, kimligidan qat'iy nazar, qo‘llab bo‘lmasligini aytgan.
2Dunyo
Yigit cho‘ngatidagi akkumulyator sababli alanga ichida qoldi (video) Marokashdagi savdo markazlaridan birida ko‘ngilni xira qiluvchi voqea yuz berdi: markaz bo‘ylab aylanib yurgan bir yigitning ust-boshi birdaniga yonib ketgan. Aniqlanishicha, uning cho‘ntagida gadjyetlarni quvvatlash uchun tashqi akkumulyator bo‘lgan. Aynan shu qurilma portlashi oqibatida yigit alanga ichida qolgan. Voqea guvohlari va markaz xodimlari ushbu hodisadan esankirab qolishgan va yong‘inni o‘chirishga tushib ketishgan. Birozdan keyin alanga o‘chirilgan, biroq bungacha yigitning ustidagi kiyim deyarli butkul yonib bo‘lgan.  Voqea joyiga shifokorlar chaqirtirilgan va yigit og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.
2Dunyo
Shahrixon tumanida 4 sotix er uchun texnik xulosa berish evaziga 500 AQSh dollari olgan mas`ul ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shahrixon tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Katta Farg`ona magistral kanali 2-Shahrixon bo`limi boshlig`i E.O`. haydovchisi T.X. orqali fuqaro Z.ga Kanal bo`limiga qarashli muhofaza hududidan 4 sotix er maydoniga engil konstruksiyali inshoot qurish uchun texnik xulosa olib berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
6Jinoyat