text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
O‘zbekistonda o‘tgan bir kechada 287 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 23 558 kishiga yetdi O‘zbekistonda 31-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 287 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 23 558 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Yangi kasallanish holatlarining Ayni paytda O‘zbekistonda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (58 foiz) sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 137 kishiga yetgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 143 nafarni tashkil etmoqda. Hozirda mamlakatda 9 741 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 436 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.  O‘zbekistonda koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘limlar statistikasi yangi tartibda yuritilishi mumkin
8O‘zbekiston
Rossiyaning X5 Retail Group kompaniyasi O‘zbekistondan meva va sabzavotlar xarid qiladi «O‘zagroeksport» kompaniyasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida Rossiyaning X5 Retail Group (oziq-oziq chakana savdosi) va «Agro-Layn» (go‘sht, saryog‘ va baliq yetkazib beruvchisi) kompaniyalari bilan 117 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda tashqi tijorat kompaniyasi matbuot xizmati xabar qilgan. X5 Retail Group bilan muzokaralar bir necha oy davom etdi. Iyul oyda Rossiyaning yirik riteyleri vakillari O‘zbekiston hududlariga tashrif buyurib, taklif etilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari sifati va yetkazib beruvchilarning salohiyati bilan tanishgan edi. X5 Retail Group «Pyaterochka» supermarketlari, «Karusel» gipermarketlari va «Perekrestok Ekspress» do‘konlari brendiga egalik qiladi. «O‘zagroeksport» ma'lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistondan Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi ikki barobarga oshdi.
8O‘zbekiston
Toshkentda AQSh fuqarosi boshqaruvidagi «Captiva» ayol kishini urib ketdi, u vafot etgan Kecha, 4 aprel kuni soat taxminan 17:00da Toshkent shahrining Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida AQSh fuqarosi bo‘lgan 25 yoshli M.A. «Captiva» rusumli mashinada ayol yo‘lovchi, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 1985 yilda tug‘ilgan A.O.ni urib yuborgan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda. Jarohat olgan yo‘lovchi shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan, biroq bugun ertalab u hayotdan ko‘z yumgan. Ma'lum bo‘lishicha ayol piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan bo‘lgan, shu paytda, o‘zining tan olib aytishicha, e'tiborsizlik qilgan «Captiva» haydovchisi piyodaga yo‘l bermay urib yuborgan. Haydovchi spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lmagani aytilmoqda.
5Jamiyat
XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIK QILISh DASTURINI AMALGA OShIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘FRISIDA Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ko‘maklashish tarmoq loyihalarini tayyorlash va ularni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish uchun rejalashtirilayotgan loyihalar ro‘yxati ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va ularni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan Bosh vazirning o‘rinbosarlari, Toshkent shahar hokimi: ikki hafta muddatda ishchi guruhlarni tashkil etsinlar va ularning rahbarlarini tayinlasinlar; Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida ishlab chiqiladigan loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar ishchi guruhlar tomonidan majburiy tartibda kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga taqdim etiladi; yangi loyihalarni moliyaviy ta’minlash uchun buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishib olingandan so‘ng Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti orqali Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga yuboriladi. 4. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qo‘shma loyihalar tayyorlash va ularni amalga oshirishning borishini jadallashtirish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari Makroiqtisodiyot va statistika vaziri B.S. Hamidov Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining ilovada ko‘rsatilgan qarz mablag‘lari hisobiga avans olish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidagi buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tizimini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
«XXI asr qaroqchiligi»: investorlar Telegram asoschisining xatti-harakatlaridan tashvishda - The Bell The Bell nashri bilan gaplashgan Telegram Open Network (TON)ning to‘rt investori Telegram faqat AQShlik investorlarga tikkan pullarini qaytarib berib, qolganlar uchun sud taqiqiga qaramasdan Gram kriptovalutasini muomalaga kiritishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini bildirishgan. 30 aprelgacha Telegram TON tarmog‘ini ishga tushirib, Gram kriptovalutasini muomalaga kiritishi lozim yoki loyiha bo‘yicha xarajatlarni ayirib tashlab, qolgan pullarni investorlarga qaytarib berishi kerak. (Bu jami jalb etilgan 1,7 milliard dollarning 72 foizini tashkil etadi). Kompaniya investorlarga hozircha o‘zining keyingi qadamlarini ham oshkor etmayapti, sud taqiqiga qaramasdan loyihani ishga tushirish rejalari haqida ham xabar bermayapti. «Umuman olganda, TON investorlari bilan aloqa doimo u qadar shaffof bo‘lmagan», — degan The Bell’ga hamsuhbatlaridan biri. Jurnalistlar suhbatlashgan investorlarning fikricha, Gram muomalaga chiqarilishi – ehtimoli eng yuqori ssenariydir. Ularning uch nafari bu haqda boshqa investorlar ham aytishayotganini bildirgan. The Bell bilan suhbatlashgan yana bir manbaga ko‘ra, TONga pul tikkan ko‘pchilik allaqachon bundan xabardor. The Bell’ning ikki hamsuhbatining fikricha, TONning ishga tushirilishi «loyiha investorlarini zarba ostida qoldiradi». Investorlardan birining aytishicha, sudya «Gram’ning har qanday ko‘rinishda joylashtirilishi sud qarorini buzish hisoblanishi»ni anglatishini va bu barcha davlatlar uchun amal qilishini aytib o‘tgan. «Bu juda qo‘rs harakat, qariyb XXI asr qaroqchiligi bo‘ladi. Agar ular Gram’ni muomalaga kiritishsa, formal jihatdan o‘z va'dasini bajargan bo‘lishadi va pullarni qaytarishga majbur bo‘lmaydi. AQSh qonunini buzgan ular, sen esa Gram’ni olib jinoiy sherik bo‘l yoki olmasdan pulsiz qol — ixtiyoring», — degan The Bell hamsuhbatlaridan biri. 2019 yilning oktyabrida AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (SEC) ICO Telegram ustidan sudga da'vo arizasi kiritib, Gram kriptovalutasini vaqtinchalik taqiqlashga erishgan. Bu vaqtga kelib kompaniya ICO uchun 1,7 milliard dollar to‘plashga ulgurgan edi. SEC’ning fikricha, Telegram kriptovaluta sotuvini qimmatbaho qog‘ozlar bilan bitim ko‘rinishida rasmiylashtirishi kerak bo‘lgan. Kompaniya bunday yo‘l tutmagan, shu sababli AQShdagilar bunda qonun buzilishini ko‘rishgan. Shu yil 25 mart kuni AQSh sudi Telegram kriptovalutasini qimmatbaho qog‘oz deb topgan va Gram tokenlarini xaridorlarga sotishni taqiqlagan. Sud qarorida ko‘rsatilishicha, TONning ilk investorlari tokenlarni ikkilamchi bozorda sotib bundan daromad qilishni ko‘zlashgan. Sud buni «qimmatbaho qog‘ozlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi hujjatlarsiz ommaviy tarqatish» deb baholagan.
2Dunyo
Erdo‘g‘on turk lirasining keskin qadrsizlanishi sababli Markaziy bank rahbarini ishdan bo‘shatdi Turkiya Markaziy banki boshlig‘i Murat Uysal mamlakat milliy pul birligi – lira kursining keskin pasayib ketishi ortidan prezident farmoni bilan lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga sobiq moliya vaziri Naji Aybal mamlakat Markaziy banki raisi etib tayinlandi. Naji Aybal Farmon 7-noyabr kuni e’lon qilindi. Uysal Markaziy bankni 16 oy davomida boshqarib kelayotgan edi. So‘nggi bir necha oy ichida lira AQSh dollariga nisbatan tarixiy antirekordlarni bir necha bor yangilab turdi. Bir yil ichida u 30 foizga qadrsizlandi. Avvalroq turk lirasi shiddat bilan qadrsizlanayotgani, bunga esa Erdo‘g‘on va Markaziy bank xatti-harakatlari sabab bo‘layotgani haqida xabar berilgandi.
2Dunyo
Tailandda Zika virusiga chalingan birinchi bemor aniqlandi Tailandda Lotin Amerikasida Zika epidemiyasi tarqalgandan buyon virusga chalingan birinchi bemor aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”. Vazirlikning qayd etishicha bu 2012-yildan beri beshinchi marta kasallikka chalinish holatidir, ammo mamlakat aholisi o‘rtasida vahimaga tushishga hojat yo‘q. Sog‘liqni saqlash vazirligi Tailandda kasallikning birdan avj olish ehtimoli yo‘qligini ma’lum qildi. Vazirlik kasallik tarqalishiga qarshi barcha choralar ko‘rilayotgani va virusga chalinganlar ko‘pincha tuzalib ketayotganini qayd etdi. Kuni kecha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virus global tahdid solayotgani uchun favqulodda vaziyat e’lon qildi. Bunga kasallikning Lotin Amerikasida, birinchi navbatda Braziliyada keng tarqalgani sabab bo‘ldi. Braziliyada homilador ayollarning virusga chalinishi oqibatida minglab bolalar tug‘ma kasalliklar bilan dunyoga kelmoqda.
2Dunyo
Andijonda tanishiga shar’iy nikoh o‘qigan fuqaro 15 sutkaga qamaldi Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tanishiga u xotini bilan qonuniy ravishda ajrashmaganiga qaramay, shar’iy nikoh o‘qib qo‘ygan fuqaroga tuman ma’muriy sudi tomonidan hukm o‘qildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida xabar berilgan. 2020-yil 15-avgust kuni Buloqboshi tumani “Xontepa” MFYda I.A. tanishi I.T.ning O.A. bilan shar’iy nikohini o‘qib qo‘ygan. I.T. tanishiga olti oydan beri turmush o‘rtog‘isiz yolg‘iz yashayotgani, yarashish uchun xotinining oldiga borganida unga rad javobi berilganini aytgan. I.T.ning birinchi xotini D.T. (ular 2009-yilda turmush qurgan, ikki nafar qiz farzandi bor) shar’iy nikoh o‘qilganidan xabar topgach, ichki ishlar organlariga shikoyat qilgan. Sudda I.A.ga shar’iy nikoh o‘qib qo‘yib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi 2-qismi diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzgani uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Andijon viloyati Buloqboshi tumanida noqonuniy tarzda shar’iy nikoh o‘qib qo‘yish holatlari avval ham kuzatilgan. Jumladan, may oyida Buloqboshi tumanida o‘g‘liga shar’iy nikoh o‘qigan ota 7 sutkaga qamalgan, shuningdek iyunda Buloqboshi tumanida yashovchi Abbos Soliyev (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘g‘li Ahror Soliyevga yashirincha shar’iy nikoh o‘qiganligi uchun uch sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
8O‘zbekiston
Senat «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni ma'qulladi Senatning 25-yalpi majlisida “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ma'qullandi.  Hozirgi kunga qadar mamlakatdagi investitsion muhit “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida” va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar hamda yuzdan ortiq qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelingan. Sohaning har bir yo‘nalishi turli qonunlar bilan nazorat qilingani investitsiya qonunchiligi samaradorligini pasaytirgan. Yangi qonun esa yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarni birlashtiradi. Ma'lum qilinishicha, o‘tgan yilda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 mlrd dollarni tashkil etgan. Shuningdek, joriy yilning hozirgi davriga qadar 2 mlrd 400 mln AQSh dollari investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p. “Yakunlanayotgan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davomida vazirlik, idoralar hamda xususiy sektor vakillari tomonidan investitsiyalarni jalb qilishga oid tahlillar o‘tkazildi. AQSh, Kanada, Rossiya, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki hamda Xalqaro valuta jamg‘armasi kabi moliya institutlari tajribasi asosida 12ta bob va 69ta moddadan iborat mazkur qonun hujjati ishlab chiqildi”, − deya Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. Yangi qonun mahalliy va xorijiy investorlar uchun bir xil huquqiy rejimni joriy etish, investorlar uchun huquqiy himoya choralarini qo‘llash, kamsitish (diskriminatsiya)ga yo‘l qo‘ymaslik, investitsiya kiritishda turli shakllardan foydalanishda davlat kafolatlarini berish, monopoliya vujudga kelishining oldini olish, korrupsiya elementlarini yo‘qotish, ma'naviy zararni qoplash va kompensatsiya kabi normalarni qamrab oladi.
8O‘zbekiston
BMT 2018 yilgi Olimpiada vaqtida mamlakatlarni yarashuvga chaqirdi BMT bosh assambleyaci 13 noyabrda 2018 yilgi qishki Olimpiada o‘tkazilishi vaqtida Olimpiya yarashuvini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ovoz berishsiz qabul qilingan hujjatda o‘yinlar “Koreya yarimorolida va Shimoli-Sharqiy Osiyoda tinchlik, taraqqiyot, sabr-toqatlik va hamfikrlik muhiti” yaratilishiga ko‘mak berishiga umid bildirilgan. BMT Olimpiadadan 7 kun avval boshlanadigan va Paralimpiya o‘yinlaridan 7 kundan keyin tugaydigan davrda davlatlarni alohida va birgalikda “Olimpiya totuvligiga” amal qilish hamda sportchilar va delegatsiyalar a'zolarining “o‘yinlarga xavfsiz borishini, ularda xavfsiz ishtirok etishini ta'mnlashga” chaqirgan. 100 dan ko‘proq davlat hammuallifligida tuzilgan hujjatda Olimpiada o‘tadigan Pxënchxan shahridagi stadionda va Olimpiya qishloqlarida BMT bayrog‘i ko‘tarilishi ta'kidlab o‘tilgan. Navbatdagi Olimpiada Janubiy Koreyaning Pxënchxan shahrida 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda Koreya yarimorolidagi vaziyat keskin bo‘lib qolmoqda.  Sport musobaqalari vaqtida yarashuv sulhini tuzish an'anasi qadimga borib taqaladi. Qadimiy Gretsiyada miloddan avvalgi 8-asrda paydo bo‘lgan bu an'ana sportchilarga musobaqalar joyiga xavfsiz yetib olish va ular tugagandan keyin uylariga xavfsiz qaytib olishga imkon bergan.
13Sport
Turkiyada kurdparast partiya ofislariga hujum qilishda gumondorlar qo‘lga olindi Turkiya xavfsizlik xizmati Demokratik xalqlar partiyasi ofislariga hujum qilishda gumonlanayotgan to‘qqiz kishini hibsga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. Ilgariroq partiyaning 20 nafar a’zosi Istanbulda va boshqa shaharlarda hujumlarga uchragani ma’lum qilingan edi. Hujum qilganlar partiyaga tegishli bir qancha obyektlarni yoqib yuborgani ma’lum. Partiya milliy ozchiliklar, shu jumladan, kurdlarning manfaatlarini himoya qilib keladi.
2Dunyo
Nazarboyev Aqto‘bedagi hujum qurbonlarining oilalariga yordam ko‘rsatishni topshirdi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Aqto‘bedagi terroristik hujum qurbonlarining oilalariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Nur Otan” partiyasi raisi o‘rinbosari Muxtor Qul-Muhammad va Aktyubinsk viloyati rahbari Berdibek Saparbayev qurbonlarning oilalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”. Ular halok bo‘lganlarning oila a’zolariga prezident nomidan chuqur hamdardlik bildirib, butun Qozog‘iston ular bilan birga qayg‘uda ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, jinoyatchilar qonunga muvofiq jazolanishi, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatilishi aytildi.
2Dunyo
Toshkentda yangi ko‘ngilochar maskan: bio-tek uslubidagi birinchi istirohat bog‘i Toshkentda eski hayvonot bog‘i hududida yangi bio-tek, ya'ni bionik uslubdagi istirohat bog‘i qurilmoqda. Bu haqda Afisha.uz xabar berdi.  12 Ga maydonga ega bog‘da mavjud bo‘lgan 4000dan ortiq daraxtlarning barchasi saqlab qolingan. Bundan tashqari, bog‘ ma'muriyati ekinlar va o‘simliklar sonini ikki karraga ko‘paytirishni maqsad qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, yana 5000 o‘simlik ekilishi ko‘zda tutilgan.  Bog‘da yashil tabiat bilan uyg‘un holda go‘zal manzaraga guvoh bo‘lasiz. Bu yerda turli sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish, oq qumli maydonda plyaj voleybolini o‘ynash mumkin.  The Tower Mall Management Group kompaniyasi zamonaviy sug‘orish tizimini joriy qiladi. Bu esa gazon ustida harakatlanish xavfsizligini ta'minlab beradi.    Istirohat bog‘iga kirish bepul bo‘ladi. Yangicha uslubdagi bog‘ 1 iyun - Xalqaro bolalar kunida ochilishi rejalashtirilgan.  Ishlash vaqti: 6:00dan - 23:00 gacha
5Jamiyat
Turkiya parlamenti Ozarboyjonga harbiylarni yuborishni ma'qulladi Erdo‘g‘anning farmonini hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi, muxolif Xalq-respublika partiyasi, Milliy birdamlik partiyasi va “Yaxshi partiya” deputatlari qo‘llab-quvvatlashgan. Turk harbiylari Rossiya bilan tuzilayotgan, Tog‘li Qorabog‘dagi o‘t ochish rejimiga amal qilinishi ortidan nazorat olib boruvchi markaz ishiga jalb qilinishi kutilmoqda.  Rossiya-Turkiya markazini tashkil etish haqidagi memorandum 11 noyabrda ikki davlat mudofaa vazirlarining videoaloqa orqali o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha imzolangan.
2Dunyo
AKFA Group hayvonlarni himoya qiluvchi faollar bilan tajriba almashdi 14-noyabr kuni AKFA Group tashabbusi bilan hayvonlarni himoya qiluvchi faollar, “Mehr va oqibat” hayvonlarni muhofaza qilish jamiyati NNT vakillari bilan “Boshpanasiz hayvonlar uchun boshpana” loyihasi masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Unda uy hayvonlarini saqlash va boshpananing faoliyati bo‘yicha o‘zari tajriba almashildi. Tadbir davomida hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari vakillari, faollar va ko‘ngillilar tomonidan loyihaning tafsilotlari va dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, davra suhbati davomida muassasa infratuzilmasi va jarayonlari, texnik jihozlanishi va rejalashtirish, normativ-huquqiy bazasi, kadrlar masalalari kabi mavzularga e‘tibor qaratildi. Bundan tashqari uchrashuvda qurilishning dastlabki loyihasi taqdim etildi. Aytish joiz, “Hayvonlar uchun boshpana” loyihasi tegishli muzokaralardan so‘ng amalga oshiriladi. Boshpana hududida yopiq volyerlardan tashqari xodimlar uchun mo‘ljallangan xonalar, tibbiyot bo‘limi shuningdek, yashil hududni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Yig‘ilishda hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari va bir guruh ko‘ngillilar boshpanani jihozlash va rejalashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Shuningdek, boshqarish borasida o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. AKFA kompaniyalar guruhi bu kabi loyihalar yuqori darajada ijtimoiy mas‘uliyatga ega ekanligini inobatga olgan holda bunday tadbirlarning ahamiyati va muhimligini yana bir bor ta‘kidlaydi.
8O‘zbekiston
Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-son “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 27-maydagi 2013-26-son qarori (ro‘yxat raqami 2475, 2013-yil 28-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 26-son, 349-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibini belgilaydi.”. 2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘rganish doirasida tekshirish o‘tkazish zarurati yuzaga kelsa, davlat soliq xizmati organi qisqa muddatli tekshirish o‘tkazishga ruxsat berishni so‘rab Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga belgilangan tartibda murojaat qiladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalarini, hisob-kitob terminallarini ishlatish, shuningdek o‘rnatilgan tartibda talon va cheklar berish, naqd tushumni o‘z vaqtida va to‘la hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan tekshirishlar bo‘yicha Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining ruxsatini olish talab etilmaydi.”. 3. 4-banddan “yoki uning tegishli hududiy komissiyalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 4. 21-banddagi “Davlat budjetining g‘azna ijrosi qoidalarida (ro‘yxat raqami 2007, 2009-yil 16-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 38-son, 422-modda)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarida (ro‘yxat raqami 2850, 2016-yil 22-dekabr)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
10Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA YaPONIYA O‘RTASIDA INVESTITSIYaLARNI LIBERALLAShTIRISh, RAG‘BATLANTIRISh VA HIMOYa QILISh TO‘G‘RISIDAGI BITIMNI (TOShKENT, 2008 YIL 15 AVGUST) RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida investitsiyalarni liberallashtirish, rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 2008-yil 15-avgust) ratifikatsiya qilinsin.
10Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-717-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2020-yil 11-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-717-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Putinning harbiy harakatlar boshlagan bayonoti, urushga qarshi namoyishlar, metroda jon saqlayotgan ukrainlar. 24-fevral suratlari Dunyoning turli nuqtalaridan olingan sara suratlarni taqdim etamiz. Tokioda Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” boshlangani haqidagi xabarlar efirga uzatildi. World of Banksy ko‘rgazmasi 25-fevraldan 29-mayga qadar Italiyaning Turin shahridagi temiryo‘l vokzalida bo‘lib o‘tadi.  “Yuzimni ochishlaridan qo‘rqmayman”. Chilonzorning “San’atzor” bo‘lishini xohlaydigan sirli rassom Inkuzart bilan suhbat Kiyev aholisi shaharni tark etmoqda. Rossiya “maxsus harbiy operatsiyasi” boshlangani e’lon qilingach, Ukrainaning turli shaharlarida, jumladan, poytaxtda ham portlashlar sodir bo‘lgan. Kiyev rasmiylari havo hujumi haqida xabar berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat harbiy infratuzilma obyektlariga berilganini ma’lum qildi.  Vayron bo‘layotgan shaharlar, yaralangan odamlar, shaharga qulagan raketa. Ukrainadan fotoreportaj Germaniyaning Kyoln shahrida an’anaviy karnaval boshlandi. NATOning beshta vertolyoti Vengriyadagi bazaga joylashtirildi.  NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya tarixni qayta yozish uchun kuch ishlatayotgani haqida gapirdi G‘arbiy Sohilda bodom gulladi. Kiyevdagi portlash oqibatlari. Milan moda haftaligida Sunnei kolleksiyasi namoyish etildi. Germaniyaning Kyoln shahrida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi  Ukrainada ayni vaqtda qancha O‘zbekiston fuqarosi borligi ma’lum qilindi Kashmirda kuchli qor yog‘di. Xarkov aholisi metroda raketa hujumlaridan himoyalanishmoqda. Daniel Medvedev Akapulkodagi tennis turnirida ispaniyalik Pablo Andujarni mag‘lub etib, 1/4 finalga chiqdi. Hindistonning Laknau shahridagi saylovning to‘rtinchi bosqichida saylov uchastkasida navbat. Pokiston bosh vaziri Imron Xon Moskvadagi Aleksandr bog‘ida, Kreml devori yonidagi noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda. Izboskan tumanining “Istiqlol” mahallasida cho‘zma pishirish jarayoni. Rafael Nadal Mexican Tennis Open turniri doirasida amerikalik Stefan Kozlovga qarshi o‘yinda qo‘lini sovitmoqda. Madriddagi 41-Xalqaro zamonaviy san’at yarmarkasida eksponatlarni tomosha qilayotgan tashrif buyuruvchi. Yarmarkada 30 ta davlatdan bir yuz sakson besh galereya ishtirok etmoqda. Ukraina harbiylari Ukrainaning Lugansk viloyatidagi hujumni qaytarishga tayyorlanmoqda. Tagonoura Minato bog‘idan ko‘rinib turgan Yaponiyaning eng baland tog‘i bo‘lgan – Fuji. Tokioning Shibuya okrugida Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga qarshi namoyish. Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
8O‘zbekiston
Livanda ayol birdaniga 6 chaqaloqni dunyoga keltirdi Livanlik ayol Bayrutning Avliyo Iosif tug`ruqxonasida birdaniga oltita chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bunday voqea Livanda birinchi marta sodir bo`ldi, deb yozmoqda «An-Nahor» gazetasi. Gazetaning ma`lum qilishicha, oilada to`rtta farzand bo`lgan. Ular beshinchi farzandni dunyoga keltirishni niyat qilishgan. Ayol homilador bo`lgandan keyingi tekshiruvlar natijasida ular olti nafar farzand kutayotganidan xabar topishgan. Chaqaloqlarning uchtasi o`g`il, uchtasi qiz. Bolalar ham, onasi ham sog`lom.
2Dunyo
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 3-aprel kuni shamol tezligi kuchayishi mumkin “O‘zgidromet” 3-aprel, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Avvalroq O‘zbekiston hududiga 2-aprel kuni Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirning janubiy hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib kelishi va hafta davomida salqin ob-havo saqlanib qolishi haqida xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Britaniya kelgusi yillarda Rossiya ta'sirining kengayishini taxmin qildi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi taxminiga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro maydondagi ta'siri kelgusi o‘n yil ichida ortib boradi. Bunday xulosalar vazirlik tomonidan e'lon qilingan Global Strategic Trends hisobotining oltinchi versiyasida e'lon qilingan. Ushbu hujjat Britaniya hukumatiga milliy mudofaa strategiyasini ishlab chiqishda yordam berishi kerak. Ta'kidlanishicha, hisobot «yangi xatarlarni» kamaytirish uchun zarur. Hujjatning bir qismi Rossiyaga bag‘ishlangan. Hisobot mualliflari xulosasiga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro ishtiroki Arktika, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada kengayib boradi. Qayd etilishicha, Rossiya o‘z qurollarining 60 foizini Osiyo-Tinch okeani mintaqasida sotmoqda va shu bois u ustuvor bo‘lib qoladi. «Rossiya Xitoy bilan savdo va mudofaa aloqalarini chuqurlashtirish uchun imkoniyatlarni izlayotgan bir paytda, u Janubiy-Sharqiy Osiyodagi loyihalar bo‘yicha kelishib olib, Hindiston bilan harbiy aloqalarni yo‘lga qo‘yib va Pokiston bilan yangi munosabatlarni o‘rnatib, boshqa mintaqaviy qudratli mamlakatlar bilan aloqalarni kengaytirishi mumkin», - deydi hisobot mualliflari. Shuningdek, ularning fikricha, Yevroosiyo Rossiyaning strategik siyosatida «hukmron hudud» bo‘lib qoladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiya Rossiyani Arktikadagi harbiy provokatsiyalarda ayblagandi.
2Dunyo
Xitoydagi harbiy paradda yangi texnika namoyish etildi Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi tashkil etilganiga 90 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda milliy mahsulot bo‘lmish yangi qit'alararo ballistik raketa namoyish etildi. TASS nashri Xitoy Markaziy televideniyesiga asoslanib xabar berishicha, DF-31AG raketasi 10 ming km masofagacha uchib bora oladi. Agentlikning qayd etishicha, paradda o‘n mingdan ortiq harbiylar va yuzlab harbiy texnikalar (129 samolyot va quruqlikda harakatlanuvchi 571 harbiy texnika) qatnashgan.  Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi 1927 yil 1 avgustida tashkil etilgan. 2015 yil sentabrida Si Jingpin Xitoy 2017 yil oxiriga qadar mamlakat armiyasi harbiylari soni 300 mingga qisqarishini ma'lum qilgandi. Shunga qaramasdan hozirda Xitoy armiyasi dunyodagi eng yirik armiya hisoblanadi, uning tarkibida 2 million harbiy xizmatchi bor.
2Dunyo
Britaniya esminetsi Shimoliy dengizda Rossiya suv osti kemasini to‘xtatib qoldi Buyuk Britaniya Qirollik floti esminetsi Shimoliy dengizda Rossiya suv osti kemasini to‘xtatib qoldi, deb yozadi “RBK” Sky News telekanaliga tayanib. “Bu harbiy-dengiz kuchlari Buyuk Britaniya xavfsizligini saqlash va bizni potensial xatardan himoya qilish uchun, xalqaro va hududiy suvlarda ogohlikni saqlab turishidan dalolat beradi”, — dedi Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fallon. Britaniya kemasi komandiri Daniel Tomas so‘zlariga ko‘ra, suv osti kemasi haqidagi ma’lumot NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar bilan hamkorlik natijasida qo‘lga kiritilgan. “Bunday qismlarga hamrohlik qilish Qirollik harbiy-dengiz floti uchun odatiy faoliyat hisoblanadi. Suv osti kemasi ko‘zdan ko‘rinmay ketgunicha kuzatib qo‘yiladi”, — dedi Tomas.
2Dunyo
“O‘zbektelekom” yangi UZ-IX piring tarmog‘ini ishga tushirmoqda “O‘zbektelekom” AJ tomonidan ishlab chiqilgan yangi piring tarmog‘i jahondagi mashhur internet-resurslar va portallarni mahalliylashtirish hamda sifatli milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar yaratish imkonini beradi. Bu internetdan foydalanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. O‘zbekistonda ushbu loyihaning amalga oshirilishi xalqaro internet-kanal yuklamasini ma’lum darajada maqbullashtirish imkonini beradi va internet-resurslarning oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda “O‘zbektelekom” AJ litsenziyalangan eng yirik media-kontent kutubxonasida (filmlar, teleseriallar va multfilmlarga) ega bo`lgan ivi onlayn-kinoteatri bilan hamkorlikda qo`shma loyihani tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirdi. Uz-IX tarmog‘i – bu “O‘zbektelekom” AJ boshqaruvi ostidagi infratuzilma bo‘lib, uning barcha ishtirokchilari (piring-sheriklari) o‘zaro trafik almashishlari mumkin. Ayni paytda tarmoqdan, xosting maydonchasidan yoki media-kontentdan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatgan va tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs piring tarmog‘i ishtirokchisi bo‘la oladi. Ta’kidlash joizki, Uz-IX yangi piring tarmog‘ining tashkil etilishi amaldagi TAS-IX piring tarmog‘ining muqobili yoki uning o‘rnini bosuvchi tarmoq hisoblanmaydi. “O‘zbektelekom” AJ avvalgidek TAS-IX “Ma’lumot uzatish tarmoqlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish markazi” nodavlat notijorat tashkilotining a’zosi va TAS-IX trafigi almashish tarmog‘i foydalanuvchisi hisoblanadi.
8O‘zbekiston
“Hududgaz Buxoro”: “17 kilometrdan ortiq gaz quvurlari rekonstruksiya qilinadi” “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Viloyatning barcha hududlarida gaz maromlash qurilmalari taftish qilinib, gaz quvurlari tartibga keltirilmoqda, bo‘yalmoqda. Bu haqda filial matbuot xizmati xabar berdi. Hozirda viloyatda 262 mingdan ortiq tabiiy gaz iste’molchisi bor. Ularning tabiiy gaz ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda mavjud muammolarning oldini olish uchun gaz ta’minoti xodimlari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.  “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Avezovga ko‘ra, 2022–2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davomida 17 km.dan ortiq gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. “7 mingdan ortiq gaz maromlash qurilmasi taftish qilinadi, 374 km gaz quvurlari havo bosimi yordamida tozalanadi va 502 km.dan ortiq quvurlarda tartibga keltirish, bo‘yoqlash ishlari bajariladi. Bu borada joylarda mutaxassislar tomonidan barcha ishlar samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Bugunga qadar 400 ga yaqin gaz maromlash qurilmasi tartibga keltirilib, taftish qilindi. 2 km.dan ortiq gaz quvurlari rekonstruksiya qilingandi. Shuningdek, 52 km.dan ortiq qvurlarda bo‘yoqlash ishlari olib borildi”, — deya ta’kidlaydi Sirojiddin Avezov.  Viloyatning olis hududi – Qorovulbozor tumanida 5 087 nafar aholi va 136 ta ulgurji iste’molchiga “Qorovulbozortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Tumanning Cho‘lquvar mahallasida joylashgan 2 ta gaz maromlash qurilmasi taftish qilindi, bo‘yoqlash ishlari olib borilgan. 400 metr gaz quvurlari esa bo‘yoqlanmoqda. Hududda 753 nafar iste’molchi muammosiz tabiiy gaz bilan ta’minlanadi. Shuningdek, tumanning Imom al-Buxoriy mahallasida joylashgan gaz maromlash qurilmasi orqali 955 nafar fuqaroga tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Ushbu gaz maromlash qurilmasi ham soha xodimlari tomonidan to‘liq taftish qilinib, xavfsiz holga keltirilgan. Hozirgacha tumandagi 22 ta gaz maromlash qurilmasi to‘liq taftish qilingan bo‘lib, jami 4 kmdan ortiq gaz quvurlari bo‘yoqlanib, tartibga keltirilgan.
8O‘zbekiston
To‘qqiz yilda 97 mamlakatga sayohat qilgan norvegiyalik fotograf O‘zbekistonga ham keldi (foto) Norvegiyalik Kristian Lindgren 18 yoshida maktabni tashlab, sayohatga otlandi. O‘tgan to‘qqiz yil ichida u 97 ta mamlakatga sayohat qilishga ulgurdi, deb yozadi “Tjournal.ru”. Lindgren odatda noodatiy sayohat yo‘nalishlarini tanlaydi va ularni UnusualTravel nomli blogida yoritib boradi. Biroq, ba’zida u ommabop joylarga ham safar uyushtiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2 marta Markaziy Osiyoda, 6 marta Nepalda, Janubi-Sharqiy Osiyoning har bir mamlakatida kamida uch martadan, bir necha marta Amerikada, o‘n martadan ko‘p Xitoyda bo‘lgan. Endi esa Yevropa, Yaqin Sharq, Papua—Yangi Gvineya va Madagaskarga safar qilishni rejalashtirmoqda. E’tiborlisi, u o‘z safarlari davomida O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan. Sayohatchining blogida O‘zbekiston haqidagi maqolalar 2015-yil iyul va avgust oylarida qoldirilgan. Lindgren O‘zbekistonda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Nukus va Mo‘ynoq shaharlarida, shuningdek, Orol dengizi bo‘yida bo‘lganini yozib, sayohat uchun ajoyib mamlakat ekanligini, o‘zgarishlar juda tez bo‘layotganini e’tirof etgan.
2Dunyo
Namanganda oziq-ovqat sanoati sohasidagi loyihalar uchun 60 mlrd so‘m yo‘naltirildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini yanada ko‘paytirish borasida ishlab chiqilgan dasturlariga ko‘ra, Namangan viloyatida 581 loyiha amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 95 foizi ishga tushirildi va bu maqsadlarga 60 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. Tijorat banklarining 27 milliard so‘mdan ko‘proq kredit mablag‘i ajratildi. Natijada 50 xo‘jalikda 1 ming 440 boshdan ziyod qoramol, 32 parrandachilik xo‘jaligida 440 ming bosh parranda boqish yo‘lga qo‘yilib, 172 gektar maydonda 36 yangi baliqchilik xo‘jaligi tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA. 2014-yilda viloyatda 605 ming tonna sabzavot, 218 ming tonna kartoshka, 203 ming tonna meva, 105 ming tonna uzum va 66 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirish hisobidan ichki va tashqi bozordagi salmoqni yanada oshirish rejalashtirilgan. Ayni paytda viloyatdagi sovutgich omborxonalari, qayta ishlash korxonalari ham so‘nggi rusumdagi texnika va texnologiyalar bilan jihozlanib, modernizatsiya qilinmoqda. Bu ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirib, sifatni xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish imkoniyatini berayotir. Kosonsoy tumanidagi “Chashmai safed” fermer xo‘jaligi singari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari safi ham tobora kengayib bormoqda. Bugungi kunda mazkur xo‘jalikda ming boshga yaqin qoramol parvarishlanmoqda. Jumladan, 350 bosh sigirdan sog‘ib olinayotgan kunlik 4-4,5 tonna sut qayta ishlanib, 18 turdagi sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarilayotir. Zamonaviy tarzda jihozlangan go‘shtni qayta ishlash sexida sakkiz turdagi kolbasa mahsulotlari tayyorlanmoqda.
8O‘zbekiston
Bolalarga erta yoshdan ta'lim berish loyihasiga 100,57 mln dollar ajratiladi Norma’ning yozishicha, umumiy qiymati 100,57 mln AQSh dollarini tashkil etadigan loyiha 2020–2024 yillarda bolalarning erta yoshdan ta'lim olish imkoniyatlarini oshirish, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim muhitini yaxshilash, ta'lim sifatini tizimli ravishda baholab borish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. O‘zbekiston va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) o‘rtasida «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 59,5 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolangan. 9,5 mln AQSh dollari miqdorida grant ajratish to‘g‘risida imzolangan bitim doirasida Ta'limda global hamkorlik tashkilotining grant agenti sifatida qatnashadi. Loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekistonning ulushi 26,72 mln AQSh dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari 16,9 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi. Maktabgacha ta'lim vazirligi kredit hamda grantlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas'ul ijro etuvchi organ etib belgilandi. Loyihani amalga oshirish davrida ijro etuvchi organ huzurida XTU krediti hisobidan moliyalashtiriladigan 10 shtat birligidan iborat bo‘lgan loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi. Kreditni qaytarish, shuningdek kredit bo‘yicha foiz to‘lovlari, xizmat ko‘rsatish haqi, 3,4 mln AQSh dollari miqdoridagi investorning daromadini to‘lash hamda soliq va bojxona imtiyozlarini berish bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Hujjat 16.12.2020 yildan kuchga kirdi.
8O‘zbekiston
JARda tsvan xalqining 10 000 kishi yashagan qadimiy shahri topildi (foto) JARga yevropaliklarning kelishidan ham oldin mavjud bo‘lgan, ammo fanga ma’lum bo‘lmagan yirik shaharlar aniqlandi. Bu haqda Travel Ask xabar berdi. JAR Vitvatersrand universiteti olimlari Yohannesburg tumanida izlanishlar olib borgan. U yerda qadimiy yirik shaharning izlari topilgan. Tarixchilarning aniqlashicha, bu joyda XV—XIX asrlarda Kveneng shahri bo‘lgan. Yevropaliklar kelgunicha u yerda tsvan xalqi yashab, mana shu shaharni qurgan. Tsvan xalqi vakillari hozirgi kunda ham ko‘pchilikni tashkil etadi. JAR, Nambiya va Zimbabveda besh millionga yaqin tsvanlar yashaydi. Kveneng shahrini qurgan tsvanlar chorvador xalq bo‘lgan. Qurilgan uylar va binolar 800 ta bo‘lgan. Bu o‘sha davr yevropa andozalariga ko‘ra ham yirik shahar bo‘lgan. Uy va boshqa binolar toshdan qurilgan. Ularga qarab, aholi 10 000 kishi bo‘lgan deya xulosa qilingan.
2Dunyo
Kosonliklar karantin paytida uyi buzilayotganidan shikoyat qildi Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi aholi karantin paytida yashab turgan uyi buzilayotganidan shikoyat qilgan. Ularning aytishicha, joriy yil 27-aprel kuni hududga buldozer “borgan” va ular yashayotgan uyni buzishga harakat qilgan. Voqealar tafsilotini o‘rgangan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning yozishicha, tumanning Gulbog‘ qishlog‘i hududidagi aholi yashagan noturar joy 2018-yil tadbirkor tomonidan sotib olingan bo‘lib, ayni kunda tadbirkor hududda qurilish ishlarini boshlashni niyat qilgan va aholi bilan muammo kelib chiqqan. Aholi yashab kelayotgan maishiy xizmat uyi “15 yildan beri shu yerda yashab kelamiz. 1987-yil bizni Dehqonobod tumanidan majburlab ko‘chirib kelishgan va hududni o‘zlashtirishimiz aytilgan. O‘tgan 15 yil davomida tuman hokimligi va mas’ul tashkilotlarga murojaat qilib, yashab turgan uyimizga egalik huquqi berilishini so‘radik. Ammo shu paytga qadar hujjat qilib berishmadi. Bugungi kunga kelib esa, 15 yil yashagan uyimizdan haydab chiqarishmoqchi”, — deydi murojaatchi Mahmarajab Sharipov. Mahmarajab Sharipov Uyni buzish harakati boshlangan kun “Karantinda qayerga chiqamiz, kimning uyiga boramiz. Shuncha paytdan beri shu yerda yashab kelgandik. Uyimizga egalik huquqini olamiz deb ancha harakat qildik. Ammo hujjat qilib berishmadi, endi esa hech kim biz haqimizda o‘ylab ko‘rmayapti”, — deydi shu xonadonlarda yashovchi fuqarolardan yana biri Nazokat Jo‘rayeva. Nazokat Jo‘rayeva Shikoyatchilarning ma’lum qilishicha, 1987—1988-yillar davomida Dehqonobod tumanining Boyqo‘rg‘on, G‘injak qishloqlarida yashovchi 50-60 ta xonadon vakillari ushbu hududga ko‘chirib kelingan va uy-joy qilib berilgan. Ana shunday xonadonlarning beshtasi uy-joy yo‘qligidan maishiy xizmat uyiga joylashtirilgan. Shu yerda yashashni boshlagan aholi yillar davomida maishiy xizmat uyi atrofida o‘zboshimchalik bilan turar joylar ham qurgan. Koson tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Rajabovning 2018-yil murojaatchilarga yozgan javob xatidan anglashilishicha, mazkur maishiy xizmat uyi 1985-yil qurib bitkazilgan bo‘lib, egalik huquqi 2011-yil “Siroj o‘g‘li Behzod” fermer xo‘jaligiga berilgan. 2018-yil 7-sentabr kuni fermer xo‘jaligi rahbari hamda tadbirkor Renat Yusupov kelishuviga ko‘ra bino tadbirkor ixtiyoriga o‘tgan. “Men mazkur binoni 2018-yil sotib olganman va shu joydan bolalar bog‘chasi qurish uchun davlatdan kredit oldim. Vaqtim ketyapti. Qurilish qilishim kerak. Shu bois ham maishiy xizmat uyida yashovchi aholiga vaziyatni tushuntirib, chiqib ketishlari lozimligini aytdim. Ammo ular tushunishni istamayapti”, — deydi tadbirkor Renat Yusupov. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 27-aprel kuni tadbirkor yollagan ishchilar va texnika hududdagi eski binolarni surib, qurilish uchun joy ochish harakatiga tushgan. Buni ko‘rgan aholi esa, uyi buzilishidan qo‘rqib, tadbirkorga e’tiroz bildirgan. Qarshilik ko‘rsatgan, hatto tuman hokimligiga qo‘ng‘iroq qilib, mas’ullarni ogohlantirgan. Uyni buzish harakati boshlangan kun “Menga qo‘ng‘iroq qilib ‘uyimizni buzishyapti’ deyishgach, barcha ishlarimni tashlab, voqea joyiga yetib keldim. Kelsam, vaziyat aholi vahima qilganchalik emas. To‘g‘ri, tadbirkor qurilish ishlarini boshlayman deb harakatga tushgan. Ammo shunga qaramasdan karantin paytida odamlar yashab turgan uyning buzilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Tadbirkorga ham tushuntiryapmiz”, — deydi Koson tumani hokimi o‘rinbosari Sobir Eshov. Sobir Eshov Hokim o‘rinbosarining ma’lumot berishicha, mazkur muammo besh yildan beri davom etib kelmoqda. “Maishiy xizmat uyida yashovchilarga besh yil ilgari vaziyat tushuntirilib, bino shaxsiy mulk ekanligi aytilgan. Hatto uy qurish uchun yer uchastka ham taklif qilingan. Ammo ular ‘uy qurishga qurbimiz yetmaydi’ deb, bu yerdan chiqib ketishni istamayapti”, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari. “Tadbirkorning puli bo‘lsa, qarovsiz va tashlandiq yerni obod qilib, bog‘cha qursin. Nega biz yashab turgan joyga yopishadi. Biz ham necha yildirki, umid bilan shu yerda yashab kelyapmiz. Endi qayerga chiqib ketamiz”, — deydi aholi vakillaridan yana biri Fotima Qarshiyeva. Maishiy xizmat uyida yashovchi aholining aytishicha, ular ko‘chib kelgan payt uy qarovsiz holatda bo‘lgan. “Ko‘chib kelganimizdan so‘ng, atrofni obodonlashtirdik. Imkon qadar yashash uchun shart-sharoit yaratdik. Agar o‘sha paytda biz kelib, bu yerga egalik qilmaganimizda bugungi kunga kelib, maishiy xizmat uyining ‘ahvoliga maymunlar yig‘lardi’, talon-toroj bo‘lardi”, — deydi Mahmarajab Sharipov. Malika To‘laganova “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan aholi vakillaridan yana biri — Malika To‘laganovaning aytishicha, o‘g‘li Shavkat To‘laganovning shart-sharoiti juda og‘ir. Agar ular yashab turgan uyidan chiqarib yuborilsa, ko‘chada qolishi tayin. “Hech kim ko‘chada qolmaydi. Beshta xonadonning ikkitasiga tadbirkorning o‘zi homiylik qilib, uy-joy qilib berishini aytgan. Qolgan uchta oilaga esa yer beramiz. Uy qurib olishadi. Tadbirkor ularga ham sement, shifer kabi qurilish materiallarini beraman degan. Hokimlik yer bersa, tadbirkor qurilish materillarini bersa, uy qurish uchun mehnat qilish qoladi, xolos, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari Sobir Eshov. Aholi esa mazkur holatdan ham norozi. “Qachonki, uyimiz bitib, tayyor holatga kelgach, bu yerni tark etamiz, ungacha bizga zarar berishmasin”, — deydi Malika To‘laganova. Aholi vakillari bilan suhbatlashgan hokim o‘rinbosari Sobir Eshov karantin paytida hech kim ularni bezovta qilmasligini yana bir bor ta’kidlab, karantindan so‘ng hokimlik tomonidan beriladigan yerda uy qurish harakatini boshlashi lozimligini tushuntirdi.
8O‘zbekiston
Yerni magnit bo'ronlari qoplashni boshladi Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi va geliofizika asboblari laboratoriyasi mutaxassislari soat 08:00 da Yerda to'satdan magnit bo'ronlari boshlanganini e'lon qildi. Kuzatilagn kosmik hodisa G1 toifaga kiradi, ya'ni uning faollik darajasi past. Agar magnit bo'roni kuchayib ketmasa, u aholi tomonidan sezilmaydi. Magnit bo'roni faolligi 18 iyungacha davom etadi. Shu bilan birga, 23 dan 25 iyungacha magnit bo'roni kuzatiladi, ular quyidagi shkalada qayd etilishi kutilmoqda: Magnit bo'roni inson organizmiga qanday ta'sir qilishi mumkin? Mutaxassislarning fikriga ko'ra, magnit bo'ronlari, hatto o'rta kuchga ega bo'lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Magnit bo'ronining salbiy ta'sirining eng keng tarqalgan ko'rinishlari quyidagilar: Avvalroq mutaxassislar iyun oyida kuzatiladigan magnit bo'ronlari sanasini ma'lum qilgandi.
14Texnologiya
Raneri APLga qaytdi Italiyalik murabbiy Klaudio Raneri «Fulhem» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilingan. London jamoasining sobiq ustozi Slavish Yokanovich qoniqarsiz natijalar ortidan ishdan olingan. Klub APLning 12 turidan so‘ng 9 ochko bilan jadvalning eng quyi pog‘onasini band etib turibdi. «O‘z an'analari va tarixiga ega «Fulhem»ni qabul qilib olish men uchun katta sharaf. Bu jamoaning maqsadi hech qachon faqat Premer-ligada jon saqlab qolishgina bo‘lishi kerak emas. Biz doimiy xavfli raqibga aylanishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz kerak», - deb aytib o‘tgan Raneri. 67 yoshli murabbiy bunga qadar «Napoli», «Valensiya», «Atletiko», «Chelsi», «Yuventus», «Inter», «Roma», «Monako» va «Lester Siti» kabi jamoalardagi faoliyati bilan jamoatchilik nazariga tushgan. U 2015/16 yillar mavsumida «Lester»ni Angliya chempionligi sari boshlab borgan edi. O‘sha yili Raneri FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.
13Sport
"LUKoyl" prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi "LUKoyl" prezidenti Vagit Alekperov O‘zbekiston Prezidenti majburiyatlarini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uning Buxoro viloyatiga tashrifi vaqtida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilish maydonida uchrashdi. Alekperov va Mirziyoyev o‘rtasidagi suhbatning asosiy mavzusi majmua qurilishining borishi bo‘ldi. Mirziyoyev loyihaning amalga oshirilish sur'atlariga yuqori baho berdi. U, shuningdek, kompaniyaning O‘zbekiston neft-gaz sohasidagi qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi faol ishtirokini qayd qilib o‘tdi.  Bugungi kunda kompaniya O‘zbekistonda katta salohiyatga ega Hovzak-Shodi, Qo‘ng‘irot va Qandim guruhi gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsion loyihalarni amalga oshirmoqda, Janubi-g‘arbiy Hissor va Ustyurt mintaqasining neft-gaz hududlarini burg‘ilash va ishga tushirish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
4Iqtisodiyot
Facebook noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qoldi Facebook ijtimoiy tarmog‘i ishlamay qoldi. Saytga kirishga urinishda yoki dasturdan foydalanmoqchi bo‘lganda servis xato haqida xabar bera boshladi. Skrinshot: Daryo Nosozlik Toshkent vaqti bilan taxminan 12:55 da boshlandi. Xatolik sabablari haqida hozircha xabar berilmayapti. Boshqa ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar Facebook ishlamay qolganidan shikoyat qila boshlashdi. у фейсбука что-то пошло не так — суркова (@lady__bomzh) June 19, 2014 Ba’zi saytlar yuklanish bilan muammo paydo bo‘lmasligi uchun Facebook vidjetlarini vaqtincha olib tashladi, deb yozadi TJournal. “VKontakte” matbuot kotibi esa vaziyatdan foydalanib, barchani Rossiya ijtimoiy tarmog‘ini ishlatishga chaqirdi. https://twitter.com/lobushkin/statuses/479533684799066112 Facebook oradan yarim soat o‘tib, 13:25 da yana ishlab ketdi.
14Texnologiya
Jizzaxda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi “Niva” ikki voyaga yetmagan piyodani urib yubordi Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida otasining mashinasini boshqargan 10-sinf o‘quvchisi ikki voyaga yetmagan piyodani urib yubordi, deya xabar qiladi YHXBB. Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 13-noyabr kuni soat 19:45 larda Sharof Rashidov tumani “Qorayantoq” MFY Tinchlik ko‘chasi shu tumanida yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 30-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli “VAZ-2121” avtomashinasida harakatlanib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodalarni urib yuborgan. Oqibatda ushbu hodisada jabrlanganlar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga yetkazilgan. YTHni sodir etgan shaxs voqea joyidan qochib ketgan. Kelgusida shunday YTHlarning oldini olish maqsadida Jizzax viloyati IIB YHXB tuman IIB xodimlari tomonidan sodir etilgan hodisa yuzasidan 400 kishi qatnashgan kengaytirilgan muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Avvalroq Popda Lacetti’ning Damas’ga urilishi oqibatida bir kishi vafot etgani, Toyloqda yuqori tezlikda harakatlangan Nexia haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgani hamda Farg‘onada Spark daraxtga urilishi natijasida haydovchi va yo‘lovchi vafot etgani haqida xabar qilingandi.
0Avto
Belarusdagi yodgorlik tankida qaydnoma qoldirgan o‘zbekistonlik Chori Eshboyev Surxondaryodan topildi Belaruslik jurnalistlar o‘zbek hamkasblari va befarq bo‘lmagan fuqarolar yordami bilan Grodno shahrida o‘rnatilgan yodgorlik tankida 1967-yilda qaydnoma qoldirgan Chori Eshboyevni topdi, deb yozadi “Qashqadaryo yangiliklari”. Chori Eshboyev hozirda 73 yoshda, u Surxondaryo viloyatida yashaydi. Eshboyevni topishga birinchi urinish Belarusning “Hrodno” nashri xodimlari tomonidan yozda amalga oshirildi, biroq u muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Noyabr oyida jurnalistlar qidiruvni davom ettirdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar darhol tarqaldi va bir kundan keyin natija berdi. Eshboyev 1965—1968-yillarda Belarusda tanklarni ta’mirlash bilan shug‘ullanadigan harbiy qismda xizmat qilganini so‘zlab bergan. Shu bilan birga, askarlar Ikkinchi jahon urushi janglarida ishtirok etgan harbiy mashinalarga atab yodgorliklar o‘rnatgan. Eshboyev avlodlar uchun qaydnoma qoldirishga qaror qildi. U yodgorlik tankini o‘zbekistonlik askarlar o‘rnatganini odamlar bilishi uchun “O‘zbek xalqining o‘g‘li Chori Eshboyev” deya qaydnoma qoldirdi. Eshboyev xizmatdosh do‘stlarining ismlarini eslay olmaydi, chunki oradan 50 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Biroq, uning xotirasida podpolkovnik Sidorovning ismi saqlanib qolgan. Chori Eshboyev Belarusdan uyga qaytgach, 30 yildan ortiq suv xo‘jaligi tashkilotida haydovchi bo‘lib ishlagan. 2004-yilda muvaffaqiyatsiz o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng u butunlay ko‘r bo‘lib qogan. Shu voqeadan uch yil o‘tib, unga birinchi guruh nogironligi belgilangan. Otaxon 1 million 400 ming so‘m pensiya oladi. Uning o‘g‘li Bunyodning aytishicha, joriy yilning yozida mahalliy harbiy qism orqali Eshboyevni Grodno shahri kuniga taklif qilishgan. Biroq otaxon sog‘lig‘i tufayli Belarusga uchib bora olmagan.
8O‘zbekiston
Yanvar oyidagi blekautga O‘zbekistondagi uzilish sabab bo‘lgan — davlatlararo komissiya Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika tizimlarining tizim operatorlari vakillaridan iborat «Energiya» muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining («Energiya» MDM, Toshkent shahrida joylashgan) maxsus komissiyasi 25 yanvar kuni sodir bo‘lgan elektr uzilishi sabablarini tekshirishni yakunladi. Bu haqda Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi saytida xabar berildi. «Komissiya avariyaga O‘zbekiston energetika tizimidagi uzilish sabab bo‘lganini aniqladi», — deyiladi xabarda. Shu kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:59 da «Sirdaryo IES va 500 kV „Toshkent“ podstansiyasini bog‘lovchi 500 kV yuqori kuchlanishli havo uzatish liniyasining chiziqli ajratgichida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan». «Keyinchalik birinchi va ikkinchi 500 kV shina tizimlarining differensial himoyasining haddan tashqari ishlashi Sirdaryo IESda ishlab chiqarishning sezilarli darajada qisqarishiga, stansiyaga tutash elektr tarmoqlarida bir necha marta uzilishlarga va Qozog‘istonning Yagona elektr energetika tizimining (YAET) 500 kV shimoliy-sharqiy-janubiy tranzitiga 2100 MVt quvvat yuborilishiga (ruxsat etilgan darajadan 7 baravar yuqori) olib keldi», — deyiladi xabarda. «Qozog‘iston janubidagi KEGOC elektr tarmoqlari va elektr stansiyalarining avariyaga qarshi avtomatikasi tizimdagi avariya holatlarida energiya tizimini ajratish talablarini inobatga olgan holda normal rejimda ishladi. Buning evaziga Qozog‘istonning janubiy zonasidagi iste’molchilarning to‘liq uzilishining oldini olish, mamlakat janubidagi iste’molchilarning qariyb 60 foizini elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin bo‘ldi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetika tizimlari to‘liq quvvatsizlantirildi», — deyiladi xabarda. KEGOC’dan qo‘shimcha qilinishicha, avariyani bartaraf etish va barcha iste’molchilar uchun cheklovlarni olib tashlash uchun Qozog‘istonda 4 soat vaqt ketgan, Qirg‘izistonda bir sutkadan ko‘proq vaqt ichida sxema va rejim tiklangan, O‘zbekistonda esa iste’molchilarni energiya bilan ta’minlash to‘rt kun davom etgan. KEGOC blekautga avariya yuz bergan kuni Sirdaryo IESdagi nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qilgandi. 26 yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi vakili ushbu issiqlik elektr stansiyasida nosozlik yuz berganini tasdiqladi. Siyosatshunos, energetika sohasi eksperti Petr Svoik ham «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida kollapsga Sirdaryo IESdagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ta’kidladi. 25 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan avariya sabablarini o‘rganish bo‘yicha bosh vazir raisligida hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya hozircha uzilishlar sabablarini ma’lum qilgani yo‘q. Prezident ishtirokida 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston energetika tizimi 200−500 kV magistral tarmoqlarga to‘liq ulanmagani uzilish sabablaridan biri ekanligi aytildi. Shavkat Mirziyoyev energiya ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va elektr ta’minotini avtomatlashtirish loyihasini tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.
5Jamiyat
O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga nechtadan avtomobil va kompyuter to‘g‘ri kelishi aytildi 2017 yil yakunlariga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan shaxsiy kompyuterlar 50 donani tashkil etgan bo‘lsa, 2000-2017 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta'minlanganligi 14,4 barobarga oshdi (2017 yil yakuniga kelib har 100 ta uy xo‘jaligiga 257 tadan, ya'ni har bir uy xo‘jaligiga 2,6 tadan uyali aloqa telefonlari to‘g‘ri keldi). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi saytida xabar qilingan. Aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta'minlanganlik darajasi 2017 yil yakunlariga kelib har 100 ta uy xo‘jaligiga 44 taga yetdi.  Shuningdek, har 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan televizorlar soni 154 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 1,7 martaga oshgan.  Bundan tashqari, konditsionerlar – 34 dona (2000 yilga nisbatan o‘sish - 3,1 barobar), elektr changyutgichlar – 54 dona (o‘sish 1,8 barobar), kir yuvish mashinalari – 80 donani (o‘sish 1,1 barobar) tashkil etdi. Ushbu ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining kundalik hayotida zarur bo‘lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, kompyuterlar hamda konditsionerlar kabi maishiy texnika vositalariga hali hamon ehtiyoj mavjud. O‘z navbatida, ushbu ma'lumotlar respublikada bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda xorijiy davlatlardan tovarlarni import qiluvchi tashkilotlar uchun egallanmagan katta qismdagi iste'mol bozorining mavjud ekanligidan dalolat beradi.
8O‘zbekiston
Gulistonda bir oylik chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi Joriy yilning 23 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda. Tadbir davomida Sardoba tumanida yashovchi "L" va "M" ismli shaxslar "L" ismli shaxsning 2020 yilning may oyida tug‘ilgan chaqaloq farzandini 18.000 AQSh dollari evaziga sotgan vaqtida qo‘lga olingan. Tadbir davomida “L” hamda “M” ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 18.000 AQSh dollari olingan. Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Xitoy Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. AQSh bunga qarshi chiqqandi Qonun chiqaruvchi hokimiyat bo‘lgan Butunxitoy Xalq vakillari kengashining Doimiy qo‘mitasi Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post (SCMP) o‘z manbalariga tayanib. Shunday xabar RTHK teleradiokompaniyasida ham paydo bo‘lgan. SCMP’ning qayd etishicha, qonun yig‘ilish boshlanganidan 15 daqiqa o‘tib  qo‘mita a’zolarining 162 nafari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan. U 1-iyuldan kuchga kirishi kutilmoqda. Qonun tafsilotlari keyinchalik Sinxua nashri tomonidan e’lon qilinadi. Nashrning yozishicha, qonun matni birinchi marta jamoatchilikka taqdim etiladi. Yangi qonun davlat hokimiyatiga tahdidlarning oldini olish, jumladan, g‘alamislik, terrorizm, hokimiyatni susaytirish va tashqi kuchlarning Gonkong ishlariga aralashishining oldini olishga qaratilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qonunda belgilangan qoidalarni buzganlik uchun keskin jazolar, shu jumladan, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, AQSh ushbu qonun qabul qilinishiga qarshi chiqqandi. Donald Tramp Xitoyning Gonkong avtonomiyasini cheklash harakatlaridan norozi ekanligini va bu holatda “erkin shahar” xalqaro moliyaviy markaz maqomini saqlab qololmasligini bildirgan, Trampning iqtisodiy maslahatchisi Larri Kudlou “Xitoy katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda”, deb aytgandi. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo esa Xitoyning Gonkongdagi xatti-harakatlarini Ikkinchi Jahon urushi davridagi natsist Germaniyasiga taqqoslagan. Qonun qabul qilingudek bo‘lsa, AQSh Xitoy va Gonkongga qarshi sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilgandi. Xitoy esa AQSh Gonkong ishlariga aralashishni davom etsa, bunga qarshi zaruriy choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirgan. Ma’lumot uchun, Gonkong Xitoy tarkibiga 1997-yilda qaytgan. Ungacha Buyuk Britaniya tomonidan boshqarilgan. Xitoy va Gonkongning qo‘shma deklaratsiyasiga binoan, shaharga 50 yil davomida keng avtonomiya va’da qilingan. Ushbu maqom tufayli Gonkong AQSh bilan erkin aloqalar o‘rnatgan. Buyuk Britaniya Xitoyni Gonkong avtonomiyasini hurmat qilishga chaqirdi.  Yevropa Ittifoqi Xitoyning harakatlari sababli Gonkongning avtonomiyasiga putur yetishidan xavotirlanmoqda
2Dunyo
AQShda och it sakkiz juft ichki kiyim va soch uchun mo‘ljallangan 62 tasmani yeb qo‘ydi AQShda Tiki laqabli och labrador soch uchun mo‘ljallangan 62 tasma, sakkiz juft ichki kiyim va bintni yeb qo‘ydi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, jonivorning oshqozonidagi bu buyumlarning barchasi jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangan. Noodatiy bemorni Good Shepherd's Veterinary Hospital’ga diareya, qusish va ishtaha yo‘qolishidan shikoyat qilib olib kelishgan. Tikining organizmi dorilarni qabul qilmaganidan so‘ng, shifokorlar uni rentgendan o‘tkazishdi va oshqozonida begona buyumlar borligini aniqlashdi. Shifokorlar ikki soat davomida jonivorni operatsiya qilishdi. Klinikaning hayratda qolgan xodimlari jonivorning oshqozonidan soch uchun 62 tasma, sakkiz juft ichki kiyim va bintni olishdi. It egasi Sara Vayssning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Tiki plastik nayzachani yutib yuborgan, biroq u tabiiy yo‘l bilan chiqib ketgandi.
2Dunyo
Toshkent viloyatida Isuzu avtobusi yonib ketdi (video) Ijtimoiy tarmoqda Yangiyo‘l tumanida avtobus yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi. IIV YHXBB mazkur holatga yuzasidan ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, 11-mart kuni soat 17:00 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, “Yangiyo‘l” MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 838-kilometrida haydovchi K.T. (1957-yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtobusda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtobusga zarar yetgan. Ushbu hodisa yuzasidan Yangiyo‘l tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Avvalroq Qamchiq dovonida yuk avtomobili, Samarqandda “Jiguli”, Qashqadaryodagi zapravkada “KamAZ” yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Avstriyada masjidlarni yopmoqchi va imomlarni chiqarib yubormoqchi bo‘lgan kanslerga tahdidlar ko‘paydi Avstriya hukumati kansler Sebastyan Kurts va vazirlarni qo‘riqlash xizmatini kuchaytirishga qaror qildi. Bunga mamlakat hududida yettita masjid yopilishi va o‘nlab imomlar chiqarib yuborilishi haqidagi xabarlardan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ularga tahdidlar ko‘paygani sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda OE24. Ta'kidlanishicha, tahdidlar Facebook va Instagram orqali bildirilgan. Shunday xabarlar ko‘payganidan so‘ng, Avstriya Konstitutsiyani himoya qilish va terrorizm bilan kurash bo‘yicha Federal mahkamasi bu ish bilan shug‘ullana boshladi. Kurts mamlakat hukumati Turkiya islom uyushmasining 40 nafar imomini mamlakatdan deportatsiya qilish qaroriga kelgani haqida ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstriya hududida yettita masjid ham yopiladi.   Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Avstriya hukumatining masjidlarni yopish va imomlarni chiqarib yuborish qarorini qoralagandi.
2Dunyo
Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi ma'lum bo‘ldi O‘zbekiston poytaxtida isitish mavsumi joriy yilning 16 oktabridan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2018/2019 yilgi isitish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.  Unga ko‘ra, 2018 yil 16 oktabrdan ijtimoiy soha obektlarida, 2018 yil 19 oktabrdan sinov tariqasida turar joy binolarida muntazam isitish boshlanadi. Ma'lumot uchun, 2017/2018 yil isitish mavsumi ijtimoiy soha obektlarida 2017 yil 10 noyabrdan, turar-joy binolarida 2017 yil 12 noyabrdan boshlangan.
8O‘zbekiston
Samarqand va Qashqadaryoda voyaga yetmaganlar hamda ayollar jinoyatchiligi ortmoqda – vazirlik Videoselektorda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida oilaviy ajrimlar va jinoyatchilik bilan bog‘liq holatlar tahlil qilindi. «Qashqadaryo viloyatida umumiy jinoyatchilik holati joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 46,1 foizga oshgan bo‘lib, bunda voyaga yetmaganlar, yoshlar, xotin-qizlar, ishsiz fuqarolar, ilgari sudlanganlarning ulushi sezilarli darajada ko‘paygan. Viloyatda yil boshidan shu vaqtga qadar 583ta oilaviy ajrim qayd etildi. Achinarlisi, mazkur ajralishlar natijasida 459 nafardan ortiq voyaga yetmagan bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bo‘lib qolmoqda», dedi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev. Qayd etilishicha, Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida ishsiz fuqarolar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda. «Pandemiya sharoitida aholining ehtiyojmand qatlami, xususan, kam ta'minlangan oilalarda yashovchi mehnatga layoqatli, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va kambag‘allikdan chiqarish borasida Bulung‘ur, Jomboy va Payariq tumanlarida sustkashliklar kuzatilmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyatida oilaviy ajrimlar sabablari o‘rganilganda, ularning 21tasi xiyonat, 69tasi migratsiya tufayli, 35tasi uzoq muddat davomida birga yashamaslik, 23tasi ichkilik va giyohvandlik, 42tasi oilaga uchinchi shaxsning aralashuvi, 454tasi turli kelishmovchiliklar natijasida yuzaga kelgani aniqlangan», dedi Botir Parpiyev.
5Jamiyat
Toshkent viloyatida 8 yil oldin bedarak yo‘qolgan qiz jasadi topildi. Uni o‘ldirib, yerto‘laga ko‘mib yuborishgan Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan dala hovlilardan birining yerto‘lasidan bundan 8 yil muqaddam bedarak yo‘qolgan qizning jasadi topildi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB axborot xizmati xabar qildi. 18 yoshga to‘lmagan N. so‘nggi bor 2012-yil 25-sentabr kuni Shayxontohur tumanida joylashgan Eski jo‘va bozorida o‘gay otasi, ya’ni onasidan 9 yosh kichik bo‘lgan, onasi bilan shar’iy nikohda bo‘lgan S. chaqirgani sababli uning oldiga borgan va uyiga qaytib kelmagan. N.ning yaqinlari shu vaqtgacha qizni izlab IIO va prokuraturaga ariza bilan murojaat qilib kelgan. Ushbu qotillik 1984-yilda Surxondaryoda tug‘ilgan T.S. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, T.S. N.ning bo‘yin qismidan choyshab bilan bo‘g‘ib, uning vafot etganiga ishonch hosil qilgach, jasadni dala hovlining yerto‘lasiga ko‘mib yuborgan. Holat yuzasidan qotillikni sodir etgan shaxs Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) bilan Toshkent viloyati sudi tomonidan 20 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
8O‘zbekiston
Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Jaxongir Abdiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi Nigoh Telegram-kanali. Shu kungacha u DSQ Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
12Siyosat
«Strit-art shahar muhitiga o‘zgacha tarovat beruvchi vositaga aylanmoqda» — senat raisi Novda Group kompaniyasi illyustratorlari Tokio-2020 olimpiadasi sovrindorlariga bag‘ishlangan suratlarni taqdim etdi. Hozirda mazkur illyustratsiyalarni ko‘p qavatli uylarning devorlariga tushirish taklif etilmoqda. Ushbu tashabbusni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva qo‘llab-quvvatladi. Uning ta’kidlashicha, o‘tgan yildagi pandemiya davrida shifokorlarga bag‘ishlangan Sergeli tumanida yosh rassom Xasan Maycheyev tomonidan yaratilgan mural ko‘pchilikka manzur kelgan. «Tibbiyot xodimlariga san’at orqali ehtirom ko‘rsatish tashabbusi barchaga ma’qul keldi va o‘zbek tasviriy san’atida yangi janr rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi», — degan edi u. Senat raisi tashabbuskor rassom-illyustratorlarning ko‘p qavatli uylarning devorlarida sportchilarning Tokio-2020 olimpiadasidagi chiqishlariga bag‘ishlangan murallarni yaratish va ularning sportdagi yutuqlarini tarixga muhrlash taklifi quvontirganini ta’kidladi. «Shaxsan men ushbu tashabbus g‘oyasini qo‘llab -quvvatlayman. Uning amalga oshishi Vatanimiz sharafini yuksaltirayotgan sportchilarimizga chuqur ehtiromimiz belgisidir», — dedi u. «San’atni qo‘llab-quvvatlash zarur. Aslida tarix san’atda o‘z aksini topadi. San’atning strit-art va pablik-art kabi zamonaviy yo‘nalishlari ijodkor yoshlarimiz qo‘lida shahar muhitiga o‘zgacha tarovat beruvchi vositaga aylanib bormoqda», — deydi senat raisi.
5Jamiyat
Pensiyaga - muddatidan oldin Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi bilan Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 588-4, 04.05.2021 y.). Hujjat "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-642-son Qonunga muvofiq qabul qilingan. Yoʻriqnoma quyidagi sabablarga koʻra ishdan ozod etilgan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibini belgilaydi: teхnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, хodimlar soni (shtati) yoki ish хususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoхud korхonaning tugatilganligi. Mazkur shaхslarga ular rasman ishsiz deb e’tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega boʻlgan taqdirda muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiyaga chiqish huquqi taqdim etiladi: Birinchidan, "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi munosabati bilan ularga muvofiq Yoʻriqnoma qabul qilingan NHHlar aniqlashtirildi - "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi Qonunning 49-moddasining 8-qismi, "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi Qonunning 14-moddasi, MKning 100-moddasi 2- qismining 1-bandi. Ikkinchidan, belgilanishicha, ishdan ozod etilgan shaхslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng 30 kalendar kun ichida hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga murojaat qilsalar, markaz хodimlari 3 oylik davr ichida (ilgari - agar ishdan ozod etilganlar 10 kun ichida murojaat qilsalar) maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak. Agarda ozod etilgan shaхslar 30 kalendar kundan keyin murojaat qilsalar, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi хodimlari 10 kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak. Boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.05.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
10Qonunchilik
OTM talabalari o‘rtasida respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi oydinlashdi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Belgilab qo‘yilishicha: a) respublika fan olimpiadalarini tashkil qilish xarajatlari: olimpiada o‘tkazilayotgan oliy ta'lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan; b) talabalarning olimpiadalardagi ishtirokini ta'minlash bilan bog‘liq, shu jumladan kunlik, yashash va transport xarajatlari olimpiadaga yuborayotgan oliy ta'lim muassasasining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida; v) respublika olimpiada g‘oliblari hamda ularning ilmiy rahbarlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari bilan bog‘liq xarajatlar talaba o‘qiyotgan oliy ta'lim muassasasining hamda ilmiy rahbarining asosiy ish joyining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, olimpiadaning maqsadi - talabalarning o‘quv-bilish, o‘quv-tadqiqotchilik faoliyatini rag‘batlantirish; yoshlarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish; iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratish; har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan iborat. Quyidagilar olimpiadaning asosiy vazifalari hisoblanadi: iste'dodli talabalarni aniqlash, ular faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan muvofiqlashtirib borish, sohada ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda respublika va xalqaro tajribalarni inobatga olish; iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, intellektual o‘sishi uchun sharoit yaratish; talabalarda o‘quv faoliyatiga va bo‘lajak kasbiga qiziqishni oshirish; talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda interfaol usullarni tatbiq etilishini ta'minlash; Olimpiada gumanitar, tabiiy ilmiy fanlar hamda umumkasbiy, ixtisoslik fanlari bo‘yicha alohida-alohida o‘tkaziladi. “Gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” blogi bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadada bakalavriatning kunduzgi bo‘lim 2-kurs talabalari, “Umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlari” bo‘yicha 3-, 4-va undan yuqori kurs talabalari ishtirok etadi.  Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish ikki bosqichda: a) birinchi bosqichi o‘quv yilining mart-aprel oylarida barcha OTMlarda; b) ikkinchi bosqichi vazirlikning buyrug‘i bilan belgilangan muddatda tegishli fanlardan olimpiadani tashkil etish va o‘tkazishga mas'ul etib belgilangan OTMlarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning yuqori saviyada o‘tkazilishiga shaxsan OTM rektori (filial direktori, harbiy OTM boshlig‘i) mas'ul hisoblanadi. Olimpiadaning 1- va 2-bosqichlarini o‘tkazish uchun OTMda jamoatchilik asosida Tashkiliy qo‘mita tuziladi. Tarkibi rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va quyidagi shaxslardan iborat bo‘ladi: Rektor (Rais); Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (Rais o‘rinbosari); Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i (Mas'ul kotib). A'zolari: Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor; O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor; OTM “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti vakili; Fakultet dekanlari, OTMning yetakchi olimlari va mutaxassislari. Olimpiada o‘tkaziladigan gumanitar va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlar bo‘yicha birinchi bosqich topshiriqlari fan dasturiga mos holda, tegishli kafedralar tomonidan ko‘p variantli qilib tuziladi va OTM Tashkiliy qo‘mitasiga topshiriladi. Mazkur qo‘mita mavjud variantlar asosida yangi variantlarni tuzadi. Variantlar maxfiyligini ta'minlagan holda olimpiadaning tegishli turi boshlanish vaqtiga qadar maxsus seyfda saqlanadi va olimpiadaning tegishli turi boshlanishidan oldin Hakamlar hay'atiga topshiradi. Olimpiadaning ikkinchi bosqichida sinov o‘tkazilayotgan fanlar bo‘yicha topshiriqlar fan dasturiga mos holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan taqdim etilgan variantlar asosida va olimpiadaning tegishli turi boshlanishidan oldin Hakamlar hay'atiga topshiriladi. Olimpiadaning 1 va 2 - bosqichlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: ijodiy ish tayyorlash; yozma ish yoki amaliy, laboratoriya, test va og‘zaki topshiriqlarni bajarish (yoki matn tarjima qilish). Ijodiy ishni tayyorlash tartibi va muddatlari OTM tomonidan belgilanadi. Olimpiada ikki kun davomida to‘rtta turda o‘tkazilishi rejalashtiriladi: 1-kun 2 turdan iborat: ijodiy yoki laboratoriya ishlari hamda yozma ish; 2-kun 2 turdan iborat: test sinovlari va og‘zaki suhbat. Har bir tur vazifalarini bajarishga ikki soat vaqt beriladi. Har bir tur 100 ballik tizimda Hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi va to‘plangan baholar o‘rtacha qiymati hisoblanib, talabaning shu turdan olgan bali aniqlanadi. Talabaning 4 ta tur bo‘yicha natijasi asosida egallagan o‘rni belgilanadi. Hakamlar hay'ati 280 va undan yuqori ball to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligi bo‘yicha I, II, III-o‘rinlarni aniqlaydi va qaydnomani rasmiylashtiradi. Keyingi o‘rinlar ballar ketma-ketligida yuqoridan pastga qarab aniqlanadi. Agar barcha talabalarning to‘plagan ballari maksimal ballning 70 foizidan (280 ball) kam bo‘lsa, ushbu fan bo‘yicha g‘olib aniqlanmadi deb hisoblanadi.
8O‘zbekiston
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ 124 222 250 so‘m jarimaga tortildi “O‘zenergoinspeksiya”ning Qashqadaryo hududiy bo‘limi va Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining qo‘shma ish rejasiga asosan hududlarda iste'molchilarning elektr energiyasidan foydalanish qoidalari bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.  Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, energiya resurslaridan samarasiz foydalanishlarning oldini olish, elektr energiyasi haqini o‘z vaqtida to‘lash, energiya resurslarini tejash, iste'mol madaniyatini oshirish, hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni oldini olish maqsadida shu yilning o‘tgan oyidagi o‘rganishlar mobaynida Qarshi tumanidagi iste'molchi “Islom Muxtor Hamkor” MChJ tomonidan elektr energiyasidan foydalanishdagi yashirincha o‘g‘irlik turi aniqlandi.  Iste'molchi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish maqsadida hisoblagichning ichki qismiga maxsus qurilma (chip) o‘rnatgani, ushbu qurilma pult orqali boshqarilib, qurilma ishga tushirilgan vaqtda elektr hisoblagich oqib o‘tayotgan elektr energiyasini hisobga olmasligi aniqlandi.  Ushbu holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Majburiy ijro byurosi tomonidan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va iste'molchi elektr tarmog‘idan uzildi. “O‘zenergoinspeksiya”ning Qashqadaryo hududiy bo‘limi mutaxassisi xulosasi asosida Qarshi tuman elektr ta'minoti korxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan iste'molchi “Islom Muxtor Hamkor” MChJ ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha 124 222 250 so‘m jarimaga tortildi.
8O‘zbekiston
Britaniyalik olimlar: filmlar tomosha qilish og‘riq qoldirishga yordam beradi Ko‘z yosh to‘ktiruvchi, ta'sirli filmlarni tomosha qilish insonlarni yaqinlashtirishga xizmat qiladi, deydi olimlar. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari dramalar yig‘latadigan bo‘lishiga qaramay, ularga bo‘lgan qiziqishimizni asoslab beradi. Oksford universiteti olimlaridan iborat jamoaning ma'lumotiga ko‘ra, fojiali yoki melodramatik filmlarni tomosha qilish endorfin - quvonch va lazzatlanish garmonlarini ishlab chiqarishga yordam beradi. Organizmdagi bu kabi kimyoviy jarayonlar tabiiy og‘riq qoldirish ta'sirini ko‘rsatadi, shuningdek, atrofdagilar bilan yaqinlashtirishga ham xizmat qiladi, deyiladi Qirollik jamiyatining Open Science jurnalida chop etilgan hisobotda. Badiiy timsollarga bo‘lgan ehtiros - inson jamiyatining ajralib turadigan jihatlaridan biri, biroq olimlar hozirga qadar bu holatning evolyutsiya xususiyatlarini o‘rganmoqda. "Badiiy fantastika janriga bo‘lgan moyillik - inson jamiyatining barcha madaniyatlarga xos juda muhim jihat bo‘lib, u keng miqyosda gumanitar olimlar tomonidan o‘rganiladi. Biroq nima sababdan fikshn ommani shu qadar jalb qiladi va uning funksiyalari qanday - bu savollar olimlar tomonidan hali ham tadqiq etilmagan", - deb tushuntiradi tadqiqot rahbari, psixolog Robin Danbar. "Folklor katta ijtimoiy ahamiyatga ega: uning yordamida biz kelasi avlodga hikmatni qoldiramiz va bizlarni birlashtiruvchi umumiy qadriyatlarni anglaymiz. Bularning bari juda muhim, lekin nima sababdan bizni doim xushnud etishi kerakligi tushuntirilmagan", - davom etadi olim. Psixologlar va adabiyotchilardan iborat Oksford olimlari jamoasi dramalar tomosha qilish chindan ham endorfinlar ishlab chiqarishini tekshirishga qaror qilishdi. Ular tajribada qatnashayotgan guruhlardan biriga "Styuart: O‘tgan hayot" filmini qo‘yib berishdi. Unda baxtsiz bolalikni boshdan kechirgan uysiz inson hayoti hikoya qilinadi. Ikkinchi guruh neytral mavzulardagi hujjatli filmlarni tomosha qilishdi. Olimlar ko‘ngillilarning og‘riqli nuqtalaridagi tomoshadan avvalgi va keyingi o‘zgarishlarni mashq orqali tekshirishdi, ya'ni unga ko‘ra kishi xuddi kursida o‘tirgandek devorga uzoq vaqtgacha suyanib turishi kerak bo‘ladi. "Ta'sirli filmlarni ko‘rib, emotsional holatga berilganlar og‘riqqa chidab, yuqoriroq ko‘rsatkich qayd etishdi va guruhdagilar bilan ko‘proq aloqada bo‘lishdi", - deydi professor Danbar. Endorfin ta'siri shuningdek,  komediya tomosha qilganlarda, kuylagan va raqs tushganlarda ham kuzatildi. "Biz buni kimyoviy jarayon - dramaga bo‘lgan yagona moyillik, deb atamaymiz, sababi inson psixologiyasining boshqa jihatlari ham mavjud. Biroq bu biz nima uchun badiiy filmlardan rohat olishimizni tushuntirib beradigan muhim holatdir", - deydi olim. Shekspir ijodini o‘rganuvchi mutaxassis Sofi Dunkanning fikricha, ular badiiy adabiyot insonlarga nima sabab va qanday ta'sir ko‘rsatishini o‘rganishga urinishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, biz berilib film ichiga sho‘ng‘ib ketishimiz endorfinlar ishlab chiqishiga sabab bo‘ladi.   "Fojia yoki dramaga boy film tomosha qilish sog‘liq uchun foydali. U tabiiy og‘riq qoldiruvchi vosita bo‘lgan endorfinlarni erkin qiladi", - deydi Dunkan.
5Jamiyat
“Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha attestatsiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2014-yil 3-oktabrdagi 25-B-son “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2623, 2014-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 44-son, 541-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
JSST jismoniy faollik kamligi tufayli yiliga 5 million kishi vafot etishini ma'lum qildi “Har qanday turdagi va davomlikdagi jismoniy faollik sog‘liqni va kayfiyatni yaxshilashi mumkin. Bunda jismoniy faollik qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi”, deb aytgan JSSTning sog‘liqni mustahkamlash masalalari bo‘yicha departamenti direktori Ruyediger Krex. “Agar siz o‘tirgan holatda, misol uchun, ishda yoki maktabda, ko‘p vaqt o‘tkazsangiz, sizga nofaol turmush tarzining vayronkor oqibatlariga qarshi turish uchun ko‘proq jismoniy faollik zarur”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.  AP’ning ta'kidlashicha, JSST tavsiyalarining yangi varianti dunyoda ko‘plab odamlar pandemiya sababli turli cheklovlarga to‘qnash kelayotgan vaqtda chiqarildi. JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni vaqtda katta yoshlilarning 25 foizi va yoshlarning 80 foizi yetarlicha jismoniy faol emas, pandemiya esa bu boradagi vaziyatni yanada chuqurlashtirgan.  JSST katta yoshlilarga jismoniy harakatlarga haftasiga 2-2,5 soat, yoshlarga esa kuniga 1 soat vaqt ajratishni tavsiya qilmoqda. JSSTda tushuntirilishicha, muntazam jismoniy faollik yurak xuruji, qand kasalligi va saratondan qochishdagi muhim omil hisoblanadi, u tushkunlik va bezovtalikka qarshi yordam beradi, miya faoliyatini yaxshilaydi. JSST ma'lumotlariga ko‘ra, aholi orasida jismoniy faollik kamligi turli davlatlar sog‘liqni saqlash tizimlariga yiliga 54 mlrd dollarga tushadi.
2Dunyo
Davlat rahbari Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida boʻldi 22.07.2017 «Greenfoodtrade» MChJ tomonidan tashkil etilayotgan mazkur markaz qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bilan shugʻullanadi. 2018-yilning uchinchi choragida toʻla quvvat bilan ishga tushirilishi moʻljallanayotgan ushbu loyiha mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ichki bozorni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, yer maydonlaridan unumli foydalanish, yangi ish oʻrinlari yaratish imkonini beradi. Qirq gektardan ortiq maydonni egallagan majmuada 5 kross-doking, gipermarket, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash va saqlash ombori, 10 ming tonnalik muzlatgich, 150 oʻrinli mehmonxona quriladi. Prezidentimizga mazkur majmua haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu yerda Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. Qibray tumanidagi Agrologistika markazi meva-sabzavot mahsulotlarini quritish va qadoqlash, issiqxona, muzlatgich, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni oʻz ichiga oladi. 2018-yilning birinchi yarmida ishga tushiriladigan markazda 500 ga yaqin ish oʻrni yaratiladi. «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi «Sardorkom» mas’uliyati cheklangan jamiyatida olmadan sharbat tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Parkent tumanida tashkil etiladigan korxonada meva-sabzavotni muzlatish, qadoqlash va saqlash majmuasi, zamonaviy issiqxona barpo etiladi. Erlardan unumli foydalanish kerak, dedi davlatimiz rahbari. Bugungi zamon toʻgʻri kelgan narsani emas, foyda keltiradigan, bozori chaqqon mahsulotlar yetishtirishni talab qilmoqda.  Prezidentimizga tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilayotgan yirik loyihalar haqida ham soʻzlab berildi. Loyihalarda qogʻoz mahsulotlarini qayta ishlash, meva-sabzavotlarni qadoqlash uchun gofrakarton qutilar ishlab chiqarish, parrandachilik sohasini rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini quritish koʻzda tutilgan. Toshkent viloyati tumanlarida rentabelligi va hosildorligi past boʻlgan sugʻoriladigan ekin maydonlariga ekiladigan ekin turlarining sxematik xaritasi haqida soʻzlab berildi. Viloyat qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini monitoringdan oʻtkazish ishlarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bunda kvadrokoptor yordamida yer maydonlarini oʻlchash, ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish, yer maydonlarini aerofotos’emka qilishga e’tibor qaratilgan. Yer maydonlarini AN-2 samolyoti va kvadrokopter yordamida oʻlchash natijalari taqqoslandi. Ma’lum boʻlishicha, 100 gektar maydonni samolyot yordamida 20 soatda oʻrganilsa, kvadrokopter qoʻllanilganda xuddi shu hajmdagi ishlarga 4 soat sarflanar ekan. Bundan tashqari, ekinlarga agrodron, OVX purkagichi va samolyot yordamida ishlov berishning qiyosiy koʻrsatkichlari ham namoyish etildi. Ish unumdorligini oshirishda zamonaviy agrodronlarning imkoniyatlari yuqori baholandi. Bu kabi zamonaviy qurilmalar qishloq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega, dedi Shavkat Mirziyoyev. Agar sohaning ertangi kunini oʻylasak, bunday zamonaviy tizimga tezroq oʻtishimiz kerak. Dronlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, bu borada qoʻshma korxona tuzish va kadrlar tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim.  2017-2018-yillarda qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish innovatsion loyihasi ham koʻrsatildi. «O‘zagrotexsanoatmashxolding» kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari namoyish qilindi. Kompaniya qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish, mashina-traktor parklari va lizing xizmatlarini oʻzida jamlagan. Loyihalardan mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari va istiqboldagi rejalar oʻrin olgan. Mamlakatimizda belaruslik investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarilmoqda. Prezidentimiz ushbu texnikalar turlarini koʻzdan kechirdi. Investorlar bilan mazkur tizimni yanada takomillashtirish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari haqida suhbatlashdi.
12Siyosat
Poroshenkoning Maydandagi “jasorati”ni fosh qiluvchi video paydo bo‘ldi Internetda 2014 yil Ukrainadagi  fojiali voqealar aks etgan video paydo bo‘ldi. Videoda o‘q ovozlarini eshitish, Maydandagi norozilik namoyishlarida ishtirok etgan odamlarni ko‘rish mumkin. Ular orasida Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko ham bo‘lgan. Ukraina prezidenti avvalroq Maydan voqealarida otishmalar davom etayotgan bir vaqtda halok bo‘lganlar jasadini shaxsan o‘zi olib chiqqanini ma'lum qilgandi. E'lon qilingan videoda esa Poroshenko haqiqatan ham yerda yotgan odam oldiga kelib, u tomon engashganini ko‘rish mumkin. Shu vaqtda uning atrofida suratga olish guruhi paydo bo‘lib, kimdir “Suratga ol! Suratga ol!” deb buyura boshlagan. Bir necha soniyadan keyin Poroshenko qaddini rostlab, tansoqchilari hamrohligida “qaynoq nuqta”ni tark etganini ko‘rish mumkin. Ushbu rolik internet foydalanuvchilar orasida qizg‘in munosabat keltirib chiqargan. Ko‘pchilik Poroshenko Maydandagi voqelardagi ishtiroki va rolini bo‘rttirayotganidan hayron emasliklarini aytishgan.
2Dunyo
Fransiyalik taniqli aktyor Mishel Pikkoli vafot etdi Fransiyalik kino yulduzi, taniqli teatr aktyori, kinorejissyor  Mishel Pikkoli 94 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda Vesti xabar berdi. O`zining ijodiy faoliyati davomida u 220 dan ortiq badiiy va televizion filmlarda suratga tushgan. Uning o`ndan ortiq filmlari Fransiya va jahon kinosining durdona asarlari sirasiga kiradi.   Pikkoli 1988 yilda Kann kinofestivalining "Eng yaxshi aktyor" nominasiyasi sovrindori bo`lgan. U yana boshqa bir qancha xalqaro kinofestivallarning mukofotiga sazvor bo`lgan.
2Dunyo
Kontrafakt matbaa mahsulotlariga qarshi kurash bo‘yicha qanday takliflar bildirilmoqda? 2018 yil 27 sentabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi bilan hamkorlikda kontrafakt matbaa mahsulotlari ishlab chiqarilishining oldini olish, ular savdosiga qarshi hamkorlikda kurashish, ota-onalarni bu kabi mahsulotlarni xarid qilmaslikka chaqirish, bu jarayonga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida “Kontrafakt – sog‘lik, sifat va iqtisodiyot kushandasi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Aytib o‘tish kerakki, respublika hududiga kontrafakt matbaa mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish, tarqatish manbalarini aniqlash va bu jarayonlarning oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan doimiy ravishda turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda respublika va hududiy teleradiokanallar, matbuot nashrlari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam chiqishlar qilinayotganini alohida ta'kidlash lozim. Xususan, aholini kontrafakt mahsulotlaridan ogohlikka chaqiruvchi mavzuda bir nechta ijtimoiy roliklar tayyorlanib, efirga uzatildi. – Bugungi kunda muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va samarali tatbiq etib kelinayotgan Harakatlar strategiyasi doirasida jamiyatimizning barcha sohalarida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda, - deydi O‘zMAA Bosh direktori L.Tangriyev. – Xususan, ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilik, axborot-kutubxona tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 10dan ortiq qonun hujjatlari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Nashriyot-matbaa ijodiy uylari, noshirlarimiz turli xalqaro miqyosdagi ko‘rgazma va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda. Umuman olganda sohaga zamonaviy texnologiyalar kiritilmoqda, innovatsion g‘oyalar tatbiq etilyapti. Bular, albatta, quvonarli, ammo sohada yetarlicha xatolarning mavjudligi, kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi achinarli hol. Ma'lumot o‘rnida aytish zarurki, bugungi kunda mamlakatda faoliyat olib borayotgan matbaa korxonalarining umumiy soni 1718 tani tashkil etadi. Shulardan 82 tasi kitob va darsliklar, 294 tasi davriy bosma nashrlar, 51 tasi daftar, 91 tasi kantselyariya va blanklar, 385 tasi reklama, 815 tasi esa boshqa yo‘nalishdagi matbaa mahsulotlarini chop etishga ixtisoslashgan. Mazkur korxonalarning 992 tasi (57,7 foizi) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, 726 tasi (42,3 foizi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlar hududlarida joylashgan. – Agentlikda bu sohada yetarlicha mutaxassislar mavjudligini hisobga olib, ular tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarda DSQ xodimlari, albatta, ishtirok etadi va aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi, – deydi DSQ bosh inspektori I.Ergashev. – Kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularning savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun, aniqroq qilib aytganda asarlar yoki turdosh huquqlar obektlaridan noqonuniy foydalanish, shu barobarida asarlar yoki turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarini tayyorlash, tarqatish, omma e'tiboriga yetkazish yoxud asarlar yoki turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarida tayyorlovchilar, ishlab chiqarish joylari, shuningdek mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalari haqida yolg‘on ma'lumotlarni ko‘rsatganlik uchun “Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksga ko‘ra, fuqarolarga – eng kam oylik ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinishi belgilab qo‘yilgan, – deya o‘z so‘zini yakunladi I.Ergashev. Hozirda qonuniy asosda faoliyat yuritib, jamiyat va mamlakat rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan va bu orqali yaxshigina daromadga ega bo‘layotgan korxonalar soni talaygina, ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, sohada qonun talablarini mensimaydigan, shaxsiy manfaat yo‘lida davlat iqtisodiyoti va kishilar sog‘lig‘iga zarar yetkazishdan toymaydigan “uchar”lar ham uchrab turadi. Agentlik tomonidan 2018 yilning o‘tgan davrida o‘ndan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, Navoiy viloyatida yakka tartibdagi tadbirkor G. Isayeva “Bayoz” nashriyoti grifi ostida chop etilgan qalbaki kitob savdosi bilan shug‘ullangan. Qashqadaryo viloyati Qamashi shahrida joylashgan “Kitoblar durdonasi” do‘konida esa qo‘lbola usulda tayyorlangan maktab darsliklari sotilayotgani aniqlangan. Yoki “Smart Brain” OK, “Sun Trade Group”, “Brok class servis” va “Qog‘oz Kapital Biznes” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan davlat standartlariga zid ravishda ishlab chiqarilgan 12 hamda 48 varaqli daftarlar poytaxt bozorlarida sotuvga chiqarilgan. Toshkent shahridagi “Chorsu” bozori atrofida joylashgan savdo do‘konlari va rastalarida, Toshkent viloyati hududida joylashgan “Ilm shu'lasi” ulgurji bozorida ham bir qator faktlar aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yuborilgan. Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, bozor va savdo rastalarida turli xildagi sifatsiz, milliy ma'naviyatimizga zid, “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi mahsulotlar savdosi kamaymayotgani kuzatilmoqda. Ayniqsa, maktab bozorlarida xorijiy mamlakatlardan keltirilayotgan mahsulotlar kelajak avlod ongi va ruhiyatiga, ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi bilan tashvishlidir. Bunday holatlarning yuzaga kelishi, avvalo, ayrim olg‘ir tadbirkorlarning nafsga qul bo‘lib, yashirin sexlarda o‘zganing mahsulotidan nusxa ko‘chirib, soliqdan qochib, savdo qilayotganligi, ko‘proq foyda olish uchun standartda belgilangandan ko‘ra, yengil va sifatsiz qog‘ozni ishlatayotganligi, turli qing‘ir yo‘llar bilan xorijdan milliy standartlarimizga zid mahsulotlar kirib kelayotganligi bilan bog‘liq. Tadbir ishtirokchilari tomonidan kontrafakt matbaa mahsulotlari ishlab chiqarilishi va savdosiga qarshi kurash bo‘yicha quyidagi takliflar kiritildi: - kontrafakt matbaa mahsulotlar ishlab chiqarilishining oldini olish, ota-onalarni ularni xarid qilmaslikka chaqirish, bu mahsulotlar yetkazishi mumkin bo‘lgan zararlar haqidagi ijtimoiy roliklarni tayyorlash, ularni televideniye, radio, bosma nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish; - kontrafakt matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarganlik yoki uning savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun jarima miqdorini oshirish; - ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish; - bosmaxona-nashriyot-xaridor o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzilishini yo‘lga qo‘yish; - Matbuot va axborot agentligi, DSQ, “O‘zstandart” agentligi va boshqa mutasaddi vazirlik hamda idoralar uchun yagona monitoring o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek uni amalga kiritish.
8O‘zbekiston
Toshkentdagi mudhish YTHda 20 yoshli qiz halok bo‘ldi 16-noyabr kuni soat taxminan 18:30 da Toshkentning Yunusobod tumanida Spark avtomobili ichida o‘tirgan haydovchi va yo‘lovchi bilan “Qoraqamish” kanaliga quladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda. Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, Spark haydovchisi katta tezlikda boshqaruvni eplay olmagan, buning oqibatida mashina kanalga qulagan. Bu YTH oqibatida haydovchi miya chayqalishi jarohatini, turli darajadagi yopiq jarohatlar oldi va shifoxonaga yetkazildi. Mashina salonida o‘tirgan yo‘lovchi — 1997-yili tug‘ilgan qiz shifoxonaga olib ketilayotgan chog‘da og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etdi.
8O‘zbekiston
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti AQShning Favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 sentyabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qo`shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlenni qabul qildi. Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, ko`p qirrali va o`zaro manfaatli O`zbekiston – Amerika Qo`shma Shtatlari aloqalarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashga AQSh elchisi shaxsan salmoqli hissa qo`shganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil may oyida Amerika Qo`shma Shtatlariga rasmiy tashrifining samarali natijalari mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va strategik sheriklik munosabatlarining yangi davri uchun mustahkam zamin yaratdi. Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo`yicha konstruktiv siyosiy muloqot yo`lga qo`yildi. Parlamentlararo almashuvlar faollashdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda. Fan, ta`lim va madaniyat sohalarida, shuningdek, hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda. AQSh elchisi davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Amerika Qo`shma Shtatlari ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratishi hamda mamlakatimiz bilan ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishi qat`iy ekanini qayd etdi. Uchrashuv yakunida mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo`shgan katta hissasi uchun AQShning Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen "Do`stlik" ordeni bilan taqdirlandi. O`zA
12Siyosat
Aziz Abduhakimov - jamoat hojatxonalari, qishki olimpiada boykoti va Orolga kelayotgan pullarning qanchalik shaffofligi haqida Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish uchun jalb qilinayotgan mablag‘larning qay darajada to‘g‘ri sarflanayotgani haqida — Biz bugungi forumda «Orolni saqlab qolish» dasturi taqdimotini qildik. Bu jamoatchilik nazoratida bo‘ladigan jamoatchilik loyihasi. Bu loyihaning eng katta yutug‘i – barcha kelib tushgan va sarflangan mablag‘lar jamoatchilikka ochiq ko‘rsatiladi. Loyiha mualliflari ham taniqli jurnalist va blogerlar. 2022 yil uchun yoshlarga tavsiyalar — Bugun yoshlarning o‘z hayotiy yo‘lini, maqsadlarini topib olishi katta muammo. Bu birinchi navbatda ularni ish bilan ta’minlashda ko‘rinadi. O‘ylashimcha, hozir tilni bilgan, o‘z ustida ishlaydigan yoshlar nafaqat yaxshi ish topa oladi, balki ularni yirik korxona va kompaniyalar qidirmoqda ham. Shuning uchun yoshlarga bir kun ham yo‘qotmasdan xorijiy tillarni o‘rganish, ko‘proq kitob o‘qish va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishni maslahat bergan bo‘lardim. O‘zbekistonda jamoat hojatxonalari muammosi haqida — Bu bo‘yicha bizda Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori qabul qilingan. Bu qarorlar aniq tizim yaratishga sharoit beradi. Bizda bu bo‘yicha faqat viloyatlarda ishlovchi maxsus guruh bor. O‘ylashimcha, hozir ko‘p gapirish o‘rni emas, keling, men sizga o‘sha maxsus guruh bilan joylarga chiqishni va qilinayotgan ishlarni yoritishni taklif qilaman. Yoshlar forumi – 2021 haqida — Yoshlar biz kutmagan juda yaxshi takliflar bilan chiqyapti. Bu yerda berilgan ayrim takliflar bo‘yicha maxsus loyihachilarni ham jalb qilamiz. Xitoyda o‘tadigan qishki olimpiada o‘yinlarini dunyoning ayrim davlatlari siyosiy sabablar bilan boykot qilayotgani haqida — O‘ylashimcha, sport va siyosatni bir-biriga aralashtirish noto‘g‘ri. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, sportchilar butun hayotini sportga bag‘ishlaydi. Ular ijodkorlar, jurnalistlarga o‘xshab, o‘z kasbiga fidoyilik bilan xizmat qilishga harakat qiladi. O‘ylab ko‘ring, sportchi butun hayotini sportga bag‘ishlasa-yu, to‘siqlardan o‘tsa-yu, kimningdir siyosiy sababi bilan musobaqada o‘z mahoratini ko‘rsatolmasa. O‘ylashimcha, bu xato. Shuning uchun O‘zbekiston bu turnirda, albatta, ishtirok etadi. Hozir bizda bu olimpiadaga bitta litsenziya bor, shuningdek, yana bir litsenziyani qo‘lga kiritishimiz mumkin.
8O‘zbekiston
EPSILON (EDC): Ilonli-1 qudug‘idan neftning sanoat oqimi olindi Joriy yilning 22 fevral kuni quduqni o‘zlashtirish jaryonidagi olib borilgan to‘liq ta'mirlash va GRP ishlaridan so‘ng, undan kunlik hajmi 15 t ni tashkil etgan neftning sanoat oqimi olindi. Qazib olinayotgan uglevodorodlarning hammasi mamlakat ichki bozoriga yo‘naltirilmoqda. Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi hamda “Afrosiyob”ning Samarqandgacha harakatlanishiga ruxsat berildi O‘zbekistonda “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat berildi. Bu haqda 14-iyun kuni Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asoslanib, Telegram’dagi @koronavirusinfouz kanali xabar berdi. Qayd etishlaricha, fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida va respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Respublika maxsus komissiyasi quyidagi poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat bergan: “Bunda, Transport vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poyezdlar qatnov rejasini belgilab boradi”, — deyiladi Respublika maxsus komissiyasi qarorida. Shuningdek, Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berilgan.
8O‘zbekiston
“Raqamlarga yashiringan tarix” “O`zbekkino” Milliy agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning 2019 yil 6 avgustdagi 08/1-220 son buyrug`iga asosan, O`zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha chora-tadbirlar rejasining 3 qismi 14 bandiga muvofiq, Respublikada arxiv sohasining tarixi va bugungi rivojlanish bosqichlari haqida “Raqamlarga yashiringan tarix” nomli 1 qismli hujjatli film ishlab chiqarishga tushurildi... Ssenariy muallifi-Shoxida Eshonboboeva  Hujjatli filmni yaratish yosh debyutant rejissyor - Sarvarbek Maxkamboevga topshirildi. Bundan tashqari filmda opretaor - Davlatbek O`rozaliev, ovoz rejissyori - Marip Pirmuxammedov, rejissyor assistenti-Botir Zokirov, grimyor - Gulnoza Turg`unova, badiiy rahbar - Murodjon Odilov hamda kartina direktori - Ikrom Ochilovlar filmni talab darajasida chiqishi uchun mehnat qilmoqdalar. Hozirda film ijodkorlari s`yomka jarayonlari bilan band.
7Madaniyat
Banklarning likvidliligi stress testlar orqali tekshiriladi 2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 13 avgustda 2709-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Tijorat bankining likvidliligini boshqarishga boʻlgan talablar toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyхat raqami 559, 1998 yil 2 dekabr), shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimcha oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi. Umuman olganda, quyidagi farqlardan tashqari yangi Nizom eskisining me’yorlarini saqlab qolgan. Yangi Nizomda «yuqori likvidli aktivlar» tushunchasi va ular javob berishi lozim boʻlgan talablar keltirilgan. Aniqlashtirilishicha, har bir bankda likvidlilikni boshqarish siyosati (alohida hujjat sifatida) ishlab chiqiladi va bank Kengashi (ilgari – bank Boshqaruvi) tomonidan har yili 1 fevralgacha tasdiqlanadi. Bank Kengashi tomonidan har chorakda kamida bir marta likvidlilikni boshqarilishi muhokama qilinishi va natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishi lozim. Shuningdek har bir bankda Likvidlilikni boshqarish qoʻmitasi (ilgari – Resurslarni boshqarish qoʻmitasi) tuzilishi lozim. Avvalgidek, bank Boshqaruvi raisi qoʻmita faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning a’zolarini bankning asosiy tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan tayinlaydi. Ilgarigidek, bankda likvidlilikni boshqarish uchun mas’ul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tashkil etilishi lozim. Endilikda ushbu tarkibiy boʻlinma davriy ravishda likvidlilik holati yuzasidan hisobotlarni tuzadi va faqat bank Boshqaruviga (ilgari – bank Boshqaruvi va Kengashiga) taqdim etib boradi. Avvalgidek, joriy likvidlilik koeffitsiyenti (joriy aktivlar summasi/joriy majburiyatlar summasi) 30 foizdan kam boʻlmasligi lozim. Yangi Nizomda nazarda tutilishicha, banklar oʻzlarining likvidlilik holatlarini har chorakda kamida bir marta stress testlaridan oʻtkazishlari lozim. Uning natijalari boʻyicha banklar tavakkalchilikni boshqarish strategiyasini toʻgʻrilab borishlari va kutilmagan stress holatlarida qoʻshimcha mablagʻlar bilan ta’minlash rejalarini ishlab chiqishlari zarur. Banklar stress testlari natijalari va koʻzda tutilmagan moliyalashga doir tuzilgan rejalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar haqida Markaziy bankka ma’lumotlar taqdim etishlari lozim. Belgilanishicha, likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyenti (yuqori likvidli aktivlar/keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim summasi) quyidagi miqdordan kam boʻlmasligi lozim: 2016 yil 1 yanvardan boshlab – 80 foizdan; 2017 yil 1 yanvardan boshlab – 90 foizdan; 2018 yil 1 yanvardan boshlab – 100 foizdan. Ilgari 2015 yil 1 yanvardan boshlab ushbu koeffitsiyent 100 foizdan kam boʻlmasligi lozimligi nazarda tutilgan edi. Avvalgidek, banklar 2018 yil 1 yanvardan boshlab sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyentini (barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi/barqaror moliyalashtirishning zarur summasi) 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda ta’minlashlari shart. Faqat endilikda barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga, boshqalar bilan bir qatorda, balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarning 15 foizi kiradi. Yangi Nizomda sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyentini hisoblash namunasi keltirilgan. Hujjatda boshqa farqlar ham mavjud. Hujjat davlat tilida qabul qilingan.   Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 17 avgustdagi 32-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.     Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 17 avgustdagi 32-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
10Qonunchilik
TIV Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga maxsus ma'lumot bilan chiqdi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga konsullik xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2019 yilning 1 iyul sanasidan O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi konsullik bo‘limi negizida yetti kanalli Call-center ishga tushirildi. Call-center orqali O‘zbekiston fuqarolari avtomatik tarzda o‘zbek va rus tillarida konsullik-huquqiy sohasiga doir axborotlarni (Rossiyaning turli hududlaridagi konsullik muassasalarining manzili, ish tartibi va hududiy taqsimoti, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda har bir xizmat uchun zarur bo‘lgan hujjatlar) olish imkoniga egalar. Yuzaga keladigan savollarni aniqlashtirish uchun operator bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud. Avtomatik javob berish tizimi qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxsga ma'lumot olish yoki operator bilan bog‘lanish uchun harakatlar ketma-ketligini tushuntiradi. Shuningdek, operatorlar yaqin muddatda javob berishi mumkinligi va murojaat qiluvchining kutish navbati ham aytiladi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida barcha qo‘ng‘iroqlar yozib olinadi. Call-center raqamlari: +7 499 2300076, +7 499 2383620. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva oblasti, Moskva shahri, Oryol oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Yaroslav oblasti) kirishi eslatib o‘tilgan. - O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi (Uzoq Sharqiy federal okrug): 690003, Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy. e-mail: [email protected], tel.: +74232604808, +74232604800; - O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi (Ural federal okrugi): 620075, Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi, 22-uy, 6-qavat. e-mail: [email protected], tel.: + 7 (343) 2723133; +7 965 5194222 faks: + 7 (343) 2723166 - O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi bosh konsulxonasi (Volgabo‘yi federal okrugi): 420107, Qozon shahri, Spartak ko‘chasi, 6-uy, «Suvar-plaza» biznes-markazi. e-mail: [email protected], tel.: +7 843 5265565, +7 843 5265564, faks: +7 843 5265563; - O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi (Sibir federal okrugi): 630005, Novosibirsk shahri, Lomonosov ko‘chasi, 55B-uy. e-mail: [email protected], tel.: +7(383) 2460485, 2460484, 2460463, 2460464; Faks: +7(383) 2460462; - O‘zbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi bosh konsulxonasi (Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrug): 344066, Rostov-Don shahri, Suvorov ko‘chasi, 28. Tel: +7 (863) 285 50 57; - O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi (Shimoli-g‘arbiy federal okrug): 190005, Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy; e-mail: [email protected], Tel: +7 812 6010628, Telegramdagi raqam +7-965-029-41-49.
8O‘zbekiston
Qozog‘istonlik dijey yilning eng yaxshi remiksi uchun “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi Amerika musiqa mukofoti − “Gremmi” laureatlari e’lon qilindi. Yilning eng yaxshi taronasi Billi Aylishning “Everything I Wanted”, eng yaxshi albomi esa – Teylor Sviftning “Folklore” to‘plami deb topildi. Qozog‘istonlik dijey Imanbek Zeykenov “Roses” treki remiksi uchun mazkur mukofotga sazovor bo‘ldi. Los-Anjelesda AQSh Milliy san’at va fanlar akademiyasining 63-“Gremmi” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir onlayn olib borildi. “Yil taronasi” nominatsiyasida Billi Aylish “Everything I Wanted” taronasi bilan g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, ijrochining Jeyms Bond haqidagi “O‘lishning vaqti emas” filmi uchun kuylagan “No Time to Die” ijrosi “Eng yaxshi saundtrek” nominatsiyasida mukofotga loyiq deb topildi. Teylor Svift “Folklore” to‘plami bilan “Yil albomi” nominatsiyasi bo‘yicha “Gremmi”ni qo‘lga kiritdi. “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasida afroamerikalik Jorj Floyd xotirasiga bag‘ishlangan “I Can’t Breathe” kompozitsiyasi muallifi − xonanda H.E.R. g‘olib bo‘ldi. Qozog‘istonlik 20 yoshli dijey – Imanbek Zeykenov amerikalik reper Saint Jhn’ning “Roses” kompozitsiyasi remiksi uchun “Gremmi” g‘olibi bo‘ldi. U mukofotni qo‘lga kiritgan ilk qozog‘istonlik bo‘lib, uning versiyasidagi trek 20 haftadan ko‘proq ketma-ket Billboard Hot 100’ning eng yaxshi o‘ntaligiga kirgan. Imanbek aslida professional musiqachi emas. Ma’lum bo‘lishicha, u musiqa bilan shug‘ullanishdan avval Pavlodar viloyatida temiryo‘l xodimi bo‘lib ishlagan. “Gremmi-2021” laureatlari “Gremmi” g‘oliblarining birinchi taqdirlash marosimi 1959-yil 4-may kuni bo‘lib o‘tgan. Mukofot tarzida taqdim etiladigan grammofon haykalchasi 84 kategoriya bo‘yicha o‘z egalariga topshiriladi.
3Foto
Frenk Lempard ijara asosida “Manchester Siti”da o‘ynaydi AQShning “Nyu-York Siti” jamoasi yarim himoyachisi Frenk Lempard ijara asosida “Manchester Siti”da to‘p suradi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda, deb yozadi “Kun”. Londonning “Chelsi” jamoasi sobiq sardori Premyer-liganing amaldagi g‘olibi safida bir necha oy davomida to‘p suradi. Lempard “shaharliklar” o‘yinchisi sifatida Angliya chempionati va Chempionlar ligasiga zayavka qilinishi kutilmoqda. 36 yoshli futbolchining AQSh MLS ligasida ishtirok etuvchi “Nyu-York Siti” jamoasi bilan amaldagi shartnomasi ikki yil muddatga mo‘ljallangan. Angliyalik yarim himoyachi 13 yil davomida Londonning “Chelsi” jamoasida to‘p surgan. “Ko‘klar” safida Lempard uch marta Angliya chempioni bo‘ldi, bir martadan Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi. Futbolchi to‘rt marta Angliya Kubogida, ikki marta esa Angliya Liga Kubogida g‘olib chiqqan. Angliya terma jamoasi safida 106 o‘yinda maydonga tushgan Lempard ushbu o‘yinlarda 29ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Avvalroq, AQShning “Nyu-York Siti” jamoasi boshqa bir mashhur futbolchi Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” sobiq hujumchisi David Vilya bilan shartnoma imzolagandi. Biroq bu futbolchi ham uch oy davomida ijara asosida Avstraliyaning “Melburn Siti” jamoasida to‘p suradi.
13Sport
O‘zbekistonda 1-noyabrdan daraxtlar kesilishiga moratoriy joriy etiladi O‘zbekiston Prezidenti “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deb xabar berdi O‘zA. Farmonga ko‘ra, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi va jamoatchilikning davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Belgilanishicha: Moratoriy: Vazirlik va idoralar, shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ob’ektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, temir yo‘l hamda avtomobil yo‘llari va boshqalar) barpo etishda, shu jumladan, daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini qo‘llash orqali ularning saqlab qolinishini qat’iy ta’minlaydi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi daraxtlar va butalarni himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan, daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, ularga zarar yetkazish yoki yo‘q qilish uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ikki hafta muddatda tasdiqlashi belgilandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda daraxtlar va butalarni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligidan kelib chiqqan holda, moratoriyning amal qilishini uzaytirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif kiritishi mumin.
8O‘zbekiston
Ukraina muvaqqat prezidenti Donetskdagi ayirmachilarni mahalliy aholi qo‘llayotganini tan oldi Ukraina prezidenti vazifasini bajaruvchi Aleksandr Turchinov Donetsk viloyatidagi mahalliy aholining aksariyati ayirmachilarning harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotganini tan oldi, deya xabar bermoqda “UNN”. Muvaqqat prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Mariupolda shu kecha-kunduzda sodir bo‘layotgan voqealarni mahalliy aholining ko‘magisiz amalga oshirib bo‘lmas edi. “Bu o‘ta ketgan tartibsizlik, bu dahshatli terror, bu aqlsizliklar, afsuski, mahalliy aholining ko‘plab vakillari ko‘magida amalga oshirilmoqda”, – dedi Turchinov Ukraina Birinchi Milliy telekanali orqali qilgan chiqishida. Uning qayd etishicha, ayirmachilarga mahalliy aholi tomonidan yordam berilayotgani aksilterror operatsiyasining eng murakkab muammosi bo‘lib turibdi, deb yozadi “Kun”. “Mahalliy aholi qo‘llab-quvvatlamaganida edi, ayirmachilar hozirda bu qadar tajovuzkor bo‘lmas edi”, — deya qayd etdi Turchinov. 9-may, juma kuni Ukraina kuch ishlatish tizimlari Mariupol shahridagi ayirmachilarning namoyishlarini to‘xtatishga kirishdi. Donetsk viloyat davlat ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, shahardagi to‘qnashuvlarda kun davomida yetti kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin kishi jabrlangan.
2Dunyo
Gonkong narx-navo eng qimmat shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi (fotogalereya) AQShning Mercer tahliliy kompaniyasi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni Gonkong (Xitoy) egalladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Undan keyingi pog‘onalarni Luanda (Angola) va Syurix (Shveysariya) egalladi. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Singapur, Tokio (Yaponiya), Kinshasa (Kongo Demokratik Respublikasi), Shanxay (Xitoy), Jeneva (Shveysariya), Njamena (Chad) va Pekin (Xitoy) kirdi. Ushbu reyting G‘arb yashash narxi bo‘yicha Osiyo va Afrikaga o‘rin bo‘shatib berayotganini yaqqol ko‘rsatadi, deb qayd qilib o‘tdi The Business Insider nashri. Mercer’ning reytingi yirik kompaniyalar rahbarlariga chet elga yuborilayotgan xodimlarning xarajatlarini hisoblashga yordam beradi.
3Foto
Haydovchilar mobil videokamerasiz ishlayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega bo‘ladi Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Adliya vazirligi telegram-kanalining yozishicha, nizomga muvofiq YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oshirishda quyidagilarga majbur: vazifalarini mobil videokameradan foydalanib olib borish va bu haqida yo‘l harakati qatnashchilariga ma'lum qilish (2019 yil 1 iyuldan); yo‘l harakati qatnashchisi to‘xtatilganda uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish, lavozimi, unvoni familiyasi haqida ma'lumot berish hamda ularga “Siz” deb murojaat qilish; tibbiy yordamga muhtojlarni belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko‘rsatish; haydovchini tezlikni oshirgani haqidagi maxsus moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish, talabiga ko‘ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish. Yo‘l harakati qatnashchilari mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega (2019 yil 1 iyuldan). Eslatib o‘tamiz, avvalroq belgilanmagan asoslar bo‘yicha transport vositalarini to‘xtatib tekshirish taqiqlangandi. Bundan tashqari, YPX xodimi haydovchidan mashinadan chiqishni talab qilishi mumkin bo‘lgan holatlar ham belgilandi. Shuningdek, YPX xodimiga o‘z xizmat vazifalarini yashirin usulda olib borish taqiqlandi.
8O‘zbekiston
Cadillac XT4 o‘z egasining yuzidan tanishni “o‘rganib oldi” Cadillac XT4 subkompakt krossoveri Xitoyda bir qator yangi funksiyalarga ega bo‘ladigan yangilanishni amalga oshiradi. Ular qatorida Face ID tizimi ham bor, bu orqali avtomobil o‘z egasini yuzidan taniy oladi, deb xabar beradi Motor. Kompaniya yangi funksiyani “eng zamonaviy kalitsiz ochish tizimi” deya izohlagan va u sutkaning istalgan vaqtida, har qanday ob-havo sharoitida ishlay oladi. Tizim kuzovning markaziy qismidagi ustunga o‘rnatilgan ikkita infraqizil kameradan foydalanadi. Mashina egasi avtomobilga yaqinlashgach, tizim Bluetooth orqali uning mobil telefoni signalini ushlaydi va “uyg‘onadi”: u yuzni skaner qiladi, shundan so‘ng eshik ochiladi va dvigatelni kalitsiz o‘t oldiradi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan yangi tizim qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘ladi — avtomobilni barmoq izi yoki parol yordamida ochish. U sakkizta profilga, xususan, administrator profiliga ega bo‘lib, u qolgan yetti kishiga ruxsat bera oladi. Xitoyda Cadillac XT4’ga yangi tizimni o‘rnatish 1480 dollarga tushadi. Krossover Face ID’dan tashqari, Cadillac User Experience (CUE) multimedia tizimi hamda 214 ta buyruqni bajara oladigan ovozli yordamchiga ega bo‘ladi. Xitoyda XT4 narxi 38 ming dollardan boshlanadi. Avvalroq Xitoyning tutqich va qulflarsiz elektron tarzda ochiluvchi olti eshikli HiPhi X krossoveri haqida ma’lumot berilgan edi.
0Avto
2018-yilda dunyoda eng ommabop bo‘lgan bolalar ismlari ma’lum qilindi Buyuk Britaniya qirollik oilasi a’zolarining ismlarini bolalarga qo‘yish 2018-yilda trend bo‘ldi. Bu haqda Baby Centre’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi. Shahzoda Garri va Megan Marklning nikoh to‘yidan keyin Megan ismining ommabopligi 49 foizga o‘sgan. Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning o‘g‘li Luining ismi mashhurligi 17 foizga o‘sgan. Portal tomonidan 2018-yilda 9 ta mamlakatdagi qizlar va o‘g‘li bolalar ismlarining eng ommabop 10 taligi e’lon qilingan. AQSh va Buyuk Britaniyada eng ommabop qiz bolalar ismlari qatoridan Emma, Ava, Mia, Oliviya o‘rin olgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar ismlari orasida Noa, Liam, Jekson va Lukas eng ommabop bo‘lgan. Arab mamlakatlarida bolalarning eng ommabop ismlari Maryam va Muhammad bo‘lgan.
2Dunyo
OAV: Trampning yordamchilari uni adliya vaziri Jeff Seshnsni lavozimidan chetlashtirmaslikka ko‘ndirishga urinmoqda AQSh prezidenti Donald Trampning yaqin yordamchilari oxirgi hafta davomida uni adliya vaziri va bosh prokuror Jeff Seshnsni lavozimidan chetlashtirmaslikka ko‘ndirishga urinib kelmoqda. Bu haqda The New York Times ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Tramp va Jeff Seshns. Yordamchilar prezident Seshns sha’niga oshkora tanqidni to‘xtatishi lozimligi, uning iste’fosiga ko‘plab respublikachi senatorlar qarshi chiqishini ta’kidlamoqda. Ular Tramp hech yo‘q ma’lum muddat vazirni bo‘shatmasligiga umid qilmoqda. Shu bilan birga, u hamon Seshnsga nisbatan salbiy munosabatda ekanligini yashirishmadi. 19-iyul kuni Oq uy xo‘jayini Seshnsni adliya vaziri lavozimiga tayinlaganidan afsus bildirdi. Bunga uning Rossiya tomonidan saylovlarga aralashuv bo‘yicha tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi.
2Dunyo
«Bunyodkor» futbol klubi 2021 yilgi mavsum uchun marketing bo‘yicha hamkorlarni muzokaralarga chorlaydi «Bunyodkor» futbol klubi va uning brendi – ishbilarmon, tadbirkor, biznesmenlar hamda turli soha kompaniyalari uchun reklamaning ayni makonidir. Hozirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Bunyodkor» futbol klubining yagona ta'sischisi etib belgilanishi klubning marketing sohasidagi faoliyatida yana ham keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratmoqda. Biz o‘z biznesini «Bunyodkor» bilan birgalikda yuksaltirishni istagan barchani hamkorlikka chorlaymiz. Sizda o‘z kompaniyangiz imijini futbolchilarimiz sport liboslari va o‘yin kiyimlarida, stadion tablosidagi videorolik, maydon atrofidagi reklama shitlari, matbuot anjumanlari zalidagi va mikst-zonadagi bannerlar, kirish chiptalari, uchrashuvlar oldidan chiqariladigan anons posterlar, klubimiz veb-sayti, Instagram, Telegram va Facebook kanallari orqali reklama qilish imkoni mavjud. Umid qilamizki, o‘zaro hamkorligimiz, albatta, ikki taraflama foydali bo‘ladi. «Bunyodkor» Sizning biznesingizning haqiqiy bunyodkori bo‘la oladi! Murojaat uchun telefon: +998 90 317 00 77
13Sport
O‘zbekiston 2019-yilda xorijga 1,55 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qiladi Bugun, 28-mart kuni O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish masalalari” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi. Anjumanda “O‘zoziqovqatsanoatxolding”, “O‘zagroekspert” kompaniyalari rahbarlari, Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi mas’ullari ishtirok etib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va meva-sabzavotlar eksporti masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. “O‘zagroeksport” AJ xorijiy hamkorlar bilan bevosita eksport shartnomalari asosida yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot eksportini amalga oshiradi. Shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qayta ishlash korxonalari bilan tuzilgan komissiya shartnomalari asosida ishlaydi. “O‘zagroeksport” AJning asosiy faoliyati mamlakatda yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlarning eksport hajmi, turi va geografiyasini ko‘paytirgan holda jahon bozorlarida raqobatga kirishishdir. Bugungi kunda kompaniya xorijiy mamlakatlarda 20 ta savdo uylarini tashkil etdi. 2016—2017-yillar mobaynida eksport hajmi 525,95 million dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilda eksport 103,0 million AQSh dollarini tashkil etdi. “O‘zagroeksport” tomonidan eksport geografiyasini kengaytirish borasida yangi bozorlar muntazam o‘rganilmoqda. UzAgro brendi yaratilishi eksport hajmining yanada oshishiga turtki bo‘ldi. Ayni paytda ushbu brend ostida O‘zbekistonda yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar Xitoy, Koreya, Yevropa, Arab mamlakatlari va Magnit, X5, Mariya-Ra singari yirik savdo tarmoqlariga eksport qilinmoqda. Kompaniya moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida vositachilarsiz, asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport shartnomalari asosida faoliyat yuritadi. Mazkur yilda ham “O‘zagroeksport” UzAgro brendi ostida Rossiya, MDH davlatlari Xitoy, Koreya, Hindiston, Tailand, Yevropa va Arab davlatlariga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishni rejalashtirilgan. Joriy yilda 2,2 million tonnalik, qiymati 1,55 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi meva-sabzavot eksporti amalga oshirish rejalashtirilgan.
8O‘zbekiston
Lavrov Ukrainadagi “maxsus operatsiya”ning yangi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi. U yadroviy quroldan foydalanmaslikka va’da berdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov India Today telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaga qarshi “maxsus operatsiya”ning navbatdagi fazasi boshlanganini ma’lum qildi. Intervyudan parchalarni “Interfaks” tomonidan e’lon qilingan. “Ushbu operatsiya davom etmoqda. Operatsiyaning navbatdagi fazasi hozirda boshlanmoqda. Ishonchim komilki, bu butun maxsus operatsiya uchun muhim lahza bo‘ladi”, — deydi vazir. Lavrovning aytishicha, maxsus operatsiya “Donetsk va Lugansk Respublikalarini to‘liq ozod etishga” qaratilgan. Rossiya TIV rahbarining ma’lum qilishicha, mamlakat maxsus operatsiya davomida yadroviy quroldan foydalanish niyatida emas. “Rossiya Ukrainada yadroviy quroldan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, gap oddiy qurollanish haqida ketmoqda”, — deydi Lavrov. Sergey Lavrovning intervyusini to‘liq versiyasi hozircha e’lon qilinmagan. India Today telekanalining sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida intervyudan parchalar joylashtirilgan. Ukrainadagi urush vaqtida Rossiya yadroviy quroldan foydalanishi mumkinligiga oid savollar bir necha bor paydo bo‘ldi. Fevral oxirida, urush boshlanganidan bir necha kun o‘tgach, Rossiya prezidenti Vladimir Putin turli ballistik raketalarni o‘zida jamlagan to‘xtatuvchi kuchlarni maxsus shay holatga keltirishni buyurgandi.   Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. U o‘z maqsadlarini Ukrainani demilitarizatsiya qilish va Donbass aholisini “genotsid”dan himoya qilish deb atadi.
2Dunyo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasiga iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy parametrlar va moliya-valyuta balansi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimi kiritilsin.
10Qonunchilik
«O‘zbeknavo» o‘rnida tashkil etilgan davlat muassasasiga rahbar tayinlandi «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi va «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi negizida tashkil etilgan «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga rahbar tayinlandi. «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 19 maydagi 236-son «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi direktori Haydarov Azamat Haydarovich «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtinchalik bajarish yuklatildi.  Haydarov Azamat Haydarovichning kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz», deyilgan «O‘zbeknavo» matbuot xizmati xabarida.
5Jamiyat
Jizzaxda O‘zMU filiali tashkil etiladi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali orqali xabar berildi. Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin. Loyihaga ko‘ra, filialning asosiy vazifalari etib quyidagi va boshqa ehtiyoj yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash belgilangan: psixologiya; pedagogika; matematika va tabiiy fanlar; mexanika; mexatronika. Qaror loyihasida filialga 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanishi ko‘zda tutilgan.
5Jamiyat
Gidrometeorologiya хizmati a’lochilarini mukofot kutadi Vazirlar Mahkamasining 09.06.2021 yildagi 356-son qarori bilan "Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni ta’sis etildi. Tasdiqlangan nizomga asosan, koʻkrak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qoʻshgan, yosh mutaхassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi. "Oʻzgidromet" gidrometeorologiya хizmati markazi tizimidagi tashkilotlar hamda hududiy boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1 aprelga qadar taqdim etadi. Bunda nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida ma’lumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida sohada amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma taqdim etiladi. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrganib, har yili 20 aprelga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy хulosa qabul qiladi. Koʻkrak nishoni har yili 7 may - "Oʻzgidromet" tashkil topgan kun arafasida topshiriladi. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
10Qonunchilik
MIKROKREDIT TAShKILOTLARI TOMONIDAN MOLIYAVIY OPERATSIYALARNI AMALGA OShIRISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 17 va 51-moddalari hamda “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Mikromoliyalash to‘g‘risida” va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi. 1. Mikrokredit tashkilotlari mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing, shuningdek boshqa mikromoliyaviy xizmatlar, shu jumladan qonunchilikka muvofiq iste’mol kreditlarini berish borasida xizmatlar ko‘rsatadi. 2. Mikrokredit tashkilotlari operatsiyalarni mazkur Qoidalarga va tashkilotning mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiradi. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalari mikrokredit tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi va unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: mikrokredit tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmat turlari; mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartlari; mikromoliyaviy xizmatlarning miqdori, muddatlari, to‘lovi va to‘liq qiymati. Mikrokredit tashkilotlari banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa moliya tashkilotlarning agenti sifatida agentlik xizmatlarini faqat naqdsiz shaklda ko‘rsatish va agentlik bitimining mavjudligi to‘g‘risida axborotlarni oshkor qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari normalarini bajarish sharti bilan qatnashish huquqiga ega. 21. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tarif va haqlar faqat milliy valyutada belgilanadi. 3. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalari ochiq ma’lumotlar bo‘lib, barchaning tanishib chiqishi uchun qulay joyda joylashtirilishi kerak. 4. Mikrokredit tashkilotining kapitali quyidagi komponentlardan iborat: a) ustav kapitali; b) zaxira kapitali; v) taqsimlanmagan foyda; g) boshqa o‘z mablag‘lari. 5. Mikrokredit tashkiloti faoliyati davomida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun zaxira fondi yaratilishi ko‘zda tutilishi mumkin va uning miqdori mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. 6. Mikrokredit tashkiloti: qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga; jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilishga, bundan o‘z muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno; o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlashning boshqa usullarini taqdim etishga; mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llashga; kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, mikrokreditlar (mikroqarzlar) ajratish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan mikrokreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari so‘ndirilganligi uchun neustoyka undirishga haqli emas. jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokreditlar (mikroqarzlar) berish va mikrokreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olishga; ilgari olingan mikrokreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga. 7. Mikrokredit tashkiloti barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun shakllantirilgan jami kapitalning miqdori mikrokredit tashkilotining jami aktivlarining 10 % kam bo‘lmagan darajada bo‘lishi kerak. 8. Mikrokreditlar to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladi. Mikroqarzlar berish muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa to‘lovlilik sharti asosida amalga oshiriladi. 9. Bir qarzdorga berilgan mikroqarz miqdori 50 mln so‘mdan oshishi mumkin emas. Bir qarzdorga berilgan mikrokredit miqdori 300 mln so‘mdan oshishi mumkin emas. 91. Mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli (blankli) kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil ravishda belgilaydi. 10. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qoplash maqsadida qarzdor quyidagi ta’minotlarni taqdim etishga haqli: bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati; uchinchi shaxslarning kafilligi; mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari hamda qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanadi. Bunda, mikrokredit tashkilotlariga jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar ta’minotiga ko‘chmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish taqiqlanadi. 101. Mikrokredit tashkilotlari potensial qarz oluvchini masofadan turib identifikatsiyalash, ma’lumotlar xavfsiz almashuvini amalga oshirish va skoring modeli asosida qarz oluvchining kredit qobiliyatini baholashni ta’minlash sharti bilan jismoniy shaxslarga onlayn-kreditlar (mikroqarzlar) berish huquqiga ega. 11. Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk (bundan buyon matnda mikrolizing obyekti deb yuritiladi) olish hamda lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir. 12. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladi. Mikrolizing bo‘yicha xizmat 600 mln so‘mdan oshishi mumkin emas. 13. Mikrolizing xizmatini (bundan buyon matnda mikrolizing deb yuritiladi) rasmiylashtirishda mikrolizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: mikrolizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa; mikrolizing shartnomasining muddati mikrolizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lsa; lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi; mikrolizing shartnomasi davrida mikrolizing to‘lovlarining jami summasi mikrolizing obyekti qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa. 14. Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk mikrolizing obyektlari bo‘lishi mumkin. Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk mikrolizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas. 15. Mikrolizing shartnomasiga bog‘liq ravishda sarflangan mablag‘lar qaytarilishining kafolati sifatida lizing beruvchi lizing oluvchidan ta’minot berilishini, shu jumladan mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, bank yoxud sug‘urta tashkilotining kafolati yoki uchinchi shaxsning kafilligi ko‘rinishidagi ta’minot berilishini talab qilishi mumkin. 16. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda foydalanilmagan va mikrokredit tashkiloti ixtiyorida qolgan pul mablag‘lari depozit sifatida bankka qo‘yilishi mumkin. 17. Mikrokredit tashkilotining bo‘sh pul mablag‘larini joylashtirish mikrokredit tashkilotining vakolatli organi qaroriga asosan amalga oshiriladi. 18. Mikrokredit tashkiloti buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlar tuzishni Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi. 19. Mikrokredit tashkilotining hisoboti qonunchilikka muvofiq har yili audit tekshiruvidan o‘tkaziladi. 20. Mikrokredit tashkilotining auditorlik tekshiruvi Markaziy bank tashabbusi bilan, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazishi mumkin. 21. Belgilangan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari buzilgan taqdirda Markaziy bank mikrokredit tashkilotiga uning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni qo‘llashi mumkin.
10Qonunchilik
Joriy yilda paxta xarid narxi o‘zgarishi kutilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat solig‘ining tatbiq etilishi munosabati bilan paxta xomashyosining 2019 yil hosili uchun yangi xarid narxlarini tasdiqlashi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.  O‘zbekiston Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoni loyihasiga ko‘ra, paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilar 2019 yil hosilidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi nazarda tutilgan.  Bunda, ularga 2019 yildagi paxta xomashyosini yetishtirish uchun ishlatilgan va 2018 yilning 1 oktyabridan keyin haqiqatda olingan tovarlar (ish, xizmatlar) uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi beriladi.   Ayni paytda farmon jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilingan. Agar u o‘zgarishlarsiz qabul qilinsa, hukumat paxta xaridi uchun yangi narxni belgilashi lozim bo‘ladi.  2018 yil yakunlari bo‘yicha paxta tolasining umumiy eksport hajmidagi ulushi (1,6%) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaygandi. Xom-ashyo asosan mahalliy ishlab chiqarish uchun yuborilgan va paxta ekin maydonlari qisqartirilgan.  Shuningdek, hukumat paxta xarid narxini keskin oshirish hisobiga dalalarda majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi kurash e'lon qilgandi.
4Iqtisodiyot
Tashkiliy qo‘mita: «Qatarning konservativ qonunlari JCh-2022ning yorqin o‘tishiga to‘siq bo‘lmaydi» Qatardagi qat'iy qonun-qoidalar va ahloq normalari 2022 yilgi Jahon chempionatining yorqin o‘tishiga halaqit bermaydi. Bu haqda JCh-2022 tashkiliy qo‘mitasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Fatma Al-Naymi TASSga ma'lum qildi. «Mamlakatning konservativ turmush tarzi va ahloq normalari Jahon chempionatini o‘tkazish va turli mamlakatdan tashrif buyuradigan muxlislarning bemalol xursandchilik qilishlariga to‘siq bo‘lmaydi. Biz bir qator maxsus zonalar bo‘yicha loyiha ishlab chiqqanmiz. Bunday zonalar ishqibozlarlarning o‘yin vaqtida va o‘yindan keyingi his-hayajonga to‘la vaqtichog‘liklarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Biz, shuningdek, muxlislar uchun shaharning diniy ahamiyatga ega joylari va tarixiy tumanlaridagi asosiy xulq-atvor qoidalari aks etgan maxsus eslatmalar tayyorlaymiz. Ko‘ngilochar tadbirlarga kelsak, tashkiliy qo‘mita a'zosi sifatida aytishim mumkinki, har bir mamlakatning o‘ziga xos mentalitetini hisobga olgan holda dasturlar ishlab chiqamiz», - dedi Al-Naymi. Keyingi mundial 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Unga Qatarning 7ta shahri mezbonlik qiladi.
13Sport
Toshkent shahrining bosh rejasi borligi ma'lum qilindi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 15 iyun kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi bosh direktori o'rinbosari Sherzod Ziyaev 2022 yil oxirigacha poytaxtning bosh rejasini taqdim etish rejalashtirilganini ma'lum qildi. Bu haqda “Bugun.uz” muxbiri Rigina Madjitova xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, shahar bosh rejasi 2041 yilgacha amal qiladi. “Toshkentning bosh rejasi bor, hozir uni takomillashtirish va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda, chunki jahon standartlari allaqachon boshqacha”, — deydi Ziyaev. Bosh rejani tayyorlash muddati bir necha bor qoldirilgandi. 2012 yil yozida Toshkent shahri va uning atrofidagi shahar hududining 2030 yilgacha hisoblangan bosh rejasi texnik-iqtisodiy asoslari muhokama qilingan. Prezidentning 2018 yil avgustdagi qarorida poytaxt bosh rejasining yo'qligi “tartibsiz qurilishga olib kelishi, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini yanada kengaytirishni belgilash imkonini bermayotgani, shuningdek, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgani” aytilgan. Shahar hokimiga 2018 yil 1 oktyabrga qadar bosh reja loyihasi va bosh rejaning o'zini ishlab chiqish bo'yicha xalqaro tanlov o'tkazish topshirilgan. 2019 yil fevralida poytaxt hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo'yicha sobiq birinchi o'rinbosari Davron Hidoyatov (hozirda Chirchiq shahri hokimi) aprel oyi oxirigacha Toshkent shahrining bosh rejasi kontseptsiyasi 3D formatda tayyorlanishi haqida xabar bergan. Uni yaratish ustida xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ish olib borayotgani ta'kidlangan. Keyinchalik muddatlar o'zgargan — turk kompaniyasi jalb qilingan loyiha 2020 yilda topshirilishi rejalashtirilgandi. Qurilish vazirining sobiq birinchi o'rinbosari Sherzod Hidoyatov (hozirgi uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri) 2020 yil dekabr oyida Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish 2022 yil oxirigacha yakunlanib, aholiga taqdim etilishi rejalashtirilganini ma'lum qilgan. Bu muddat hukumat tomonidan tasdiqlangan muddatga to'g'ri keladi. Prezidentning 2020 yil noyabrdagi qarori bilan 2025 yilgacha O'zbekistondagi barcha shaharlar va shahar posyolkalarining chorak qismi bosh reja bilan qamrab olinishi belgilangan. Shu bilan birga, loyiha hujjatlari jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanishi kerak. Qurilish vaziri o'rinbosari Shukurullo Jahongirov O'zbekistondagi shaharlarning 98 foizida bosh reja ishlab chiqilganini bildirgan. Uning so'zlariga ko'ra, 120 ta shaharning 118 tasida bosh reja ishlab chiqilgan. Respublikada jami 120 ta shahar, 1080 ta qishloq bor. Vazir o'rinbosari 205 ta aholi punktida ham ishlar olib borilgani, qishloq aholi punktlarining 30 foizi arxitektura-rejalashtirish loyihalari bilan ta'minlanganini ta'kidlagan. Mahallalarning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha 3 yillik dastur asosida bugungi kunga qadar 214 ta mahallaning bosh rejasi takomillashtirilgan. “Bu ko'rsatkich 2022 yilda yana ortadi. Gap shundaki, 2022 yil oxirigacha 108 ta fuqarolar yig'inining bosh rejasi nihoyasiga yetkaziladi. Bu jarayonlarda, albatta, jamoatchilik fikri o'rganiladi va inobatga olinadi”, — deya tushuntirgan u. Qurilish vazirligining “2022–2024 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan shahar, shaharcha va qishloqlarning bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun 200 milliard so'm mablag' ajratilgan. “Ushbu mablag'lar 28 ta shahar va aholi punktlari, 108 ta qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, jami 31 ta ‘Yangi O'zbekiston’ning qurilish loyihalarini amalga oshirishga yo'naltirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, dasturda 2023–2027 yillarga mo'ljallangan 17 ta shaharning avval ishlab chiqilgan bosh rejalariga o'zgartirishlar kiritish, 292 ta shahar va 649 ta qishloq aholi punktlarining bosh rejasiini ishlab chiqish loyihasi kiritilgan”, — degan qurilish vaziri o'rinbosari Jalol Arashov. Bundan tashqari, shaharlarning 100 foizini, shahar tipidagi aholi punktlarining 48 foizini va qishloq aholi punktlarining 40 foizini shaharsozlik hujjatlari bilan ta'minlash rejalashtirilgan. 2018–2022 yillarga mo'ljallangan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 1944 ta mahallaning bosh rejalari ishlab chiqilgan. Niderlandiyadan kelgan mutaxassis Bart Maskins bir necha oy davomida boshqa mutaxassislar bilan birgalikda mamlakatning maxsus milliy bosh rejasi ustida ishlaganini ta'kidlagan va uni ishlab chiqishning murakkabligini tushuntirgan. “Bu hukumatning yaqin 20 yilga, 2040 yilgacha bo'lgan strategik siyosati, ya'ni davlat qanday rivojlanishi haqida. Va bu har qanday davlat uchun qiyin savol. Biz aholining o'sishi, iqtisodiyoti, mamlakat 20 yildan keyin qanday ko'rinishda bo'lishini oldindan aytishimiz kerak. Bu O'zbekiston tarixidagi birinchi bosh rejadir”, — deya xulosa qilgan u. Avvalroq Shavkat Mirziyoev Termiz xalqaro savdo markazi bosh rejasi bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.
5Jamiyat
Video: Sirtlonlar qurshovida qolgan leopard Janubiy Afrika Respublikasidagi Kryuger milliy bog‘iga tashrif buyurgan turistlar yovvoyi tabiatda omon qolishga intilayotgan leopardni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi National Geographic. Kadr: YouTube Videoda bir to‘da sirtlonlar kasalligi yoki qarib qolgani sabab kuchsizlanib qolgan leopardga tashlanayotgani tasvirlangan. Leopard qiyinchilik bilan sirtlonlardan qochib ketgan. Shunga qaramay yirtqichlar to‘dasi uni kuzatishda davom etgan. Leopardlar mushuksimonlar oilasiga kiruvchi epchil jonzot hisoblanib, ularning kattaligi 2—2,5 mtergacha yetadi. Uzunligining asosiy qismini dumi tashkil etadi. Yoldor sirtlonlarning kattaligi esa 1,3 metrgacha yetadi. Har qanday mojaroli vaziyatda ham leopard sirtlonlar bilan urushmaydi, shunchaki daraxtga chiqib qolib berkinishni ma’qul ko‘radi.
2Dunyo
9-may kechasi Toshkentda bayram salyuti otilishi ma’lum qilindi 9-may kuni soat 21:00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab bayram salyuti (feyerverki) otiladi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati. “Ushbu salyutlar xizmatlari hech qachon unutilmaydigan qadrli faxriylarimiz uchun bayram sovg‘asi bo‘ladi”, — deyiladi xabarda. Hozircha salyut Toshkentning qaysi hududida otilishi haqida matbuot xizmati oydinlik kiritmagan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 9-mayga bag‘ishlab salyutlar O‘zbekiston Milliy bog‘ining “Navro‘z” maydonida otilgan edi.
8O‘zbekiston
Sizni yashashga undaydigan 20 ta surat (fotogalereya) AdMe hayot qaynab, turli bo‘yoqlar mavj urib turgan fotosuratlar to‘plamini taqdim etdi.
3Foto
«Urushga tayyor emasmiz»: Yevropa NATO harakatlariga dosh bera olmaydi NATOning Yevropadagi a'zolari ayni paytda Rossiya bilan urushga tayyor emaslar, deya tan olgan alyansning xalqaro harbiy shtabi rahbari Yan Bruks. Generalning so‘zlariga ko‘ra, harbiy blok qo‘shinlarning mobilligiga ega emas, shuningdek logistika bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duchor bo‘lgan. Ilgariroq Rossiya TIV NATOning Trident Juncture 2018 harbiy mashqlarini Rossiyaga qarshi qaratilgan, deya hisoblashini ta'kidlagan edi. NATO xalqaro harbiy shtabi generali rahbari general-leytenant Yan Bruks alyansning Yevropadagi ishtirokchi davlatlari ayni vaqtda Rossiya bilan urushga tayyor emasliklarini hikoya qilib bergan. Uning so‘zlarini Defense News jurnali keltirmoqda. Generalning so‘zlariga ko‘ra, harbiy blok qo‘shinlarning ko‘chirilishida yetarli darajada mobillikka ega emas, shuningdek logistika sohasida jiddiy muammolarga duchor bo‘lgan. Harbiy amaldorning aytishicha, NATO kuchlari harbiy texnikaga dosh beradigan yo‘l topishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bundan tashqari, asosiy bandargohlar eskirgan temir yo‘llarni ta'mirlashga har doim ham tayyor emas. «Agar biz uchun muhim bo‘lgan ta'minlovchi kuchlar — ta'minot poyezdlari va kemalari bo‘lmasa bizda buyuk barqudrat davlatlar bilan raqobat qilish salohiyati yo‘q», — degan Bruks. Harbiy NATO mobilligiga raxna soluvchi boshqa omillarni ham tilga olgan. Uning ta'kidlashicha, alyans ishtirokchisi bo‘lgan davlatning quruqlikdagi yoki havodagi chegarasini kesib o‘tish uchun kerakli ruxsatnoma olinishi kerak. Boz ustiga, bu masala Yevropa Ittifoqi organlari vakolatiga kiradi. Bu chiqishdan uch kun avval The Straits Times nashri e'lon qigan materialda Shimoliy Atlantika alyansi va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat tobora kuchayib borishi haqda hikoya qilinadi, chunki tomonlar bir vaqtning o‘zida harbiy mashqlarga start berishgan. Rossiya Markaziy Osiyodagi ittifoqchilari bilan «Buzilmas birodarlik – 2018» mashqlarini boshlagan va u NATOning «sovuq urush» davrlaridan buyon ilk marta o‘tkazilayotgan eng keng miqyosdagi Norvegiyadagi Trident Juncture 2018 («Yagona uchish») mashqlariga o‘ziga xos javob bo‘ldi. O‘sha maqolada aytilishicha, Rossiya so‘nggi vaqtlarda Yevropaning shimolida harbiy ishtirokini kengaytirish niyatida ekanligi borasida ko‘p signal yuborgan va Arktika qo‘shinlarini kuchaytirgan. NATO mashqlari go‘yoki G‘arbning nafaqat Shimoliy Yevropadagi, shuningdek Boltiqbo‘yidagi Latviya, Litva va Estoniya kabi kichik va ojiz ittifoqchilarini himoya qilish qat'iyati kuchli ekanligini Moskvaga namoyish qilib qo‘yishga yo‘naltirilgan, deb yozishadi mualliflar. NATO amaldorlari yirik harbiy mashqlar Rossiya bilan tobora yomonlashib borayotgan munosabatlar oqibati va taranglashayotgan konfrontatsiyani anglab yetish natijasida yuzaga kelganini yashirishmayapti, deyiladi maqolada. Rossiya TIV Moskva Trident Juncture 2018 harbiy mashqlarini Rossiyaga qarshi qaratilgan deb hisoblashini ta'kidlab o‘tgan. «Alyans vakillari va unga a'zo davlatlarning no‘noqlarcha bunday harbiy faollikni mudofaa maqsadlarida o‘tkazilayapti, deyishlariga qaramasdan, bu harbiy salohiyatning namoyishi ochiq-ravshan aksilrossiya yo‘nalishida ekanligi ko‘rinib turibdi. Mohiyatan, Trident Juncture 2018 doirasida NATO harbiy mutaxassislarining Rossiyani kuch bilan «tiyib turish» bo‘yicha so‘nggi ishlanmalari bizning iqlimimizga maksimal yaqin sharoitda amalda sinab chiqiladi», — deyiladi RF TIV kommyunikesida. Diplomatik idora bunga isbot sifatida NATO harbiylari tomonidan «mos keluvchi raqib» bilan «yuqori intensivlikda» quruqlikda, dengizda, havoda, shuningdek kibermuhitda nafaqat mudofaa, shuningdek hujumkor operatsiyalarni o‘tkazish ko‘nikmasi mashq qildirilganini keltiradi. Alyans mashqlarning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri harbiy xizmatchilarni past haroratda harakatlarga tayyorlashdan iborat. Bu orada NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Trident Juncture 2018 mashqlari chog‘ida Rossiya bilan yangi qurollanish poygasida ishtirok etishni istamayotganini bildirgan. «Biz qurollanish poygasini istamaymiz, shu sababli biz Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashimiz kerak», — degan Shimoliy Atlantika alyansi rahbari. U shuningdek Rossiya va G‘arb o‘rtasida yangi «sovuq urush» avj olishi tahdidini ham inkor etdi. «Biz «sovuq urush» holatida emasmiz, biz jamoaviy mudofaani mashq qilmoqdamiz. Gap mojaroni provokatsiya qilish emas, uni bartaraf etish haqda bormoqda, chunki tinchlikni saqlashning eng yaxshi yo‘li — kuchli tiyib turish vositasiga ega bo‘lishdir», — degan Stoltenberg. Atlantika harbiy ittifoqi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, SSSR va Rossiyaga qarshi turish o‘rtasida «juz'iy farq bor» — XX asrda AQSh va sovet ittifoqi doimiy harbiy tayyorgarlik holatida bo‘lishgan, biroq vaziyat oldindan aytish mumkin bo‘lgan darajada edi. Bugun esa, aksincha, ziddiyat ko‘lami kamroq, biroq hech narsani oldindan aniq aytib bo‘lmaydi. U shuningdek Norvegiyada — Rossiya chegaralari yaqinida raketa uchirishlar har ikki tomon uchun xavfsiz ekanligini ishonch bilan ta'kidladi. NATOning Trident Juncture 2018 harbiy mashqlarida alyansning 30 davlatidan 50 mingga yaqin harbiy askarlar, 130ta samolyot va 60ta kema ishtirok etdi. Boshqa texnikalar qatori, manyovrlarda Bundesverning 100ta tanki ishtirokida harbiy harakatlar mashq qilingan.
2Dunyo
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi Markaziy bank 7-yanvardan valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 7-yanvar kunidan 0,33 so‘mga qimmatlab, 9507,89 so‘mni tashkil etadi. Yevro kursi esa 15,80 so‘mga arzonlab, 10 608,90 so‘mga yetadi. Rubl kursi 0,26 so‘mga ko‘tarilib 153,43 so‘mga teng bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Isroil armiyasi: G‘azo sektori chegarasidagi tartibsizliklarda 40 mingga yaqin falastinliklar ishtirok etmoqda G‘azo sektori chegarasidagi namoyish va tartibsizliklarda 40 mingga yaqin falastinliklar ishtirok etmoqda. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi. "Ayni paytda G‘azo sektori chegarasidagi namoyish va tartibsizliklarda 40 mingga yaqin falastinliklar ishtirok etmoqda. Aksariyat namoyishchilar G‘azo sektori ichida o‘rnatilgan chodirlardan uzoqlashmayapti", - deyiladi xabarda. Ayrim hududlarda esa falastinliklar va Isroil harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelmoqda.  "Tartibsizliklar qatnashchilari toshlar uloqtirishmoqda va mashina g‘ildiraklarini yoqishmoqda. Bundan tashqari, ular bir necha bor granata va portlovchi qurilmalarni uloqtirishdi. Isroil harbiylari olomon ustidan nazoratni tiklash uchun vositalarni qo‘llashmoqda va o‘rnatilgan tartibda o‘t ochishmoqda", - deyiladi harbiylar tomonidan. Al-Mayadeen telekanalining ma'lum qilishicha, isroillik askarlar bilan to‘qnashuvlarda ikki falastinlik halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan.
2Dunyo
Hududiy bojxona boshqarmalari rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi F-5488-son Farmoyishiga binoan bojxona xizmati polkovnigi Olimjon Hamidjonovich Hojimatov Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. O‘z navbatida, shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, bojxona xizmati polkovnigi Xayrullo Narzullayevich Fayzullayev prezident farmoyishi bilan lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi lavozimiga tayinlangan.
8O‘zbekiston
Markaziy bank boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Turdaliyev Abrorxo‘ja Akbarovich Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu xabarni Markaziy bank «Gazeta.uz»ga tasdiqladi. Abrorxo‘ja Turdaliyev shu kungacha Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
12Siyosat
Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATO’ga kirishini qo'llab-quvvatladi Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATO’ga a'zo bo'lish tashabbuslarini qo'llab-quvvatladi. Bu haqda “CNN” xabar berdi. Finlyandiya prezidenti Madriddagi NATO sammiti oldidan uch davlat ushbu masala bo'yicha qo'shma memorandum imzolaganini aytgan. Unda davlatlar bir-birining tahdidlarga qarshi har tomonlama qo'llab-quvvatlash majburiyatini olgan. Ta'kidlanishicha, NATO’ga qo'shilish bo'yicha aniq qadamlar yaqin bir necha kun ichida ittifoqchilar tomonidan kelishib olinishi kerak. “Ammo endi bu qaror muqarrar”, — degan Finlyandiya prezidenti. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg hozirda Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga a'zo bo'lishi uchun yo'l ochadigan kelishuv borligini aytgan. U memorandumda Turkiyaning qurol eksporti va terrorizmga qarshi kurash bilan bog'liq xavotirlari inobatga olinganini ta'kidlagan. Avvalroq Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaga NATO’ga a'zolik bo'yicha ultimatum qo'ygandi. Shuningdek, Rossiya Finlyandiyaga NATO’ga qo'shilish borasida tahdid qilgandi.
2Dunyo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING TOJIKISTON RESPUBLIKASINING SIYOSIY PARTIYALARIGA, JAMOAT HARAKATLARIGA, BARChA AHOLISIGA MUROJAATNOMASI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining siyosiy partiyalariga, jamoat harakatlariga, barcha aholisiga Murojaatnomasi qabul qilinsin. (ilova qilinadi). Aziz tojik birodarlar va opa-singillar! Qardosh tojik xalqi uchun bu og‘ir damlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi sizlarga keyingi paytda qo‘shni respublikada avj olib ketgan fojiali voqealar munosabati bilan g‘oyat chuqur tashvish va anduh so‘zlari bilan murojaat etmoqda. Asrlar mobaynida O‘zbekiston bilan Tojikiston xalqlari o‘rtasida chambarchas bog‘lanib ketgan do‘stlik, ularning qon-qardoshligi, yaxshi va yomon kunlarni birgalikda boshdan kechirganliklari, tarixiy ildizlarimizning mushtarakligi bizga shunday qilish huquqini beradi deb o‘ylaymiz. Biz sizlarga shu boisdan murojaat etmoqdamizki, tojik zaminida otilgan har bir o‘q O‘zbekiston aholisining qalblariga nayzadek botmoqda. Birodarkushlik muhorabasida halok bo‘lgan va shikastlanganlar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘z shaxsiy qayg‘umiz, kulfatimizdek qabul qilmoqdamiz. Biz Tojikiston Respublikasining hamma siyosiy partiyalari, jamoat harakatlariga, respublikaning barcha aholisiga yuzaga kelayotgan ziddiyatlar tamomila tinch siyosiy vositalar yo‘li bilan, qonun doirasida hal etilishi uchun urush olovini darhol to‘xtatish maqsadida imkoni bo‘lgan hamma ishni qilish da’vati bilan murojaat etmoqdamiz. Tojikistondagi o‘zaro kurashayotgan kuchlar murosaga kelish yo‘lini topishlariga, yuzaga kelgan muammolarni hamjihatlik, tinch muloqot yo‘l bilan hal etishga erishishlariga ishonchimiz komil. Ko‘hna xalqning asriy va tarixiy tajribasi tantana qilajak. Tojikiston Respublikasi Oliy Kengashi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatlarining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari murojaatnomasiga javoban O‘zbekiston Tojikiston xalqiga qo‘lidan kelgancha insonparvarlik yordami ko‘rsatadi. Biz Tojikiston rahbariyatining tinchlik o‘rnatuvchi qo‘shimcha kuchlarni yo‘llash to‘g‘risidagi iltimosini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ko‘pmillatli, mustaqil Tojikistonda, uning har bir xonadonida, har bir oilada tinchlik tezroq qaror topishiga, uning barcha fuqarolari totuvlikda va farovonlikda yashashlariga tilakdoshmiz.
10Qonunchilik
“Bu, albatta, kamchilik” — Toshkent metropoliteni rahbari bekatlardagi xodimlarining ingliz tilini bilmasligi va tizim vakillarining maoshi haqida Transport vazirligi va AOKA hamkorligida 7-may, juma kuni jurnalistlar uchun tashkil etilgan press-turda OAV vakillariga intervyu bergan Toshkent metropoliteni rahbari Oybek Xudoyqulov metro bekatlaridagi xodimlarning ingliz tilini bilmasligi hamda tizim vakillarining oylik maoshiga oid savollarga javob qaytardi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. “Xodimlarimizning ingliz tilida muloqot qila olmasligi, albatta, kamchilik. Bizda, asosan, o‘zbek va rus tillariga e’tibor berilganligi uchun xodimlarimiz shu ikki tilni yaxshi bilishadi. To‘g‘ri, ular boshqa chet tillarini bilishmaydi. Hozir bu bo‘yicha ishlar olib borilyapti, bugungi talab ham mana shunday bo‘lyapti. Endilikda ishchi olayotganda shunga ham ahamiyat qaratamiz. Ingliz tilini chuqur bilishmasa-da, hech yo‘q, boshlang‘ich darajadagi bilimga ega bo‘lishadi”, — dedi Xudoyqulov. U metro xodimlari va mashinistlarning maoshi qancha ekanligini ham aytib o‘tdi. “Mashinistlarning maoshi o‘rtacha 3—3,5 million so‘m. Undan yuqori oluvchilar ham bor. Bu borada ularning toifasi ham rol o‘ynaydi. Bir joyda ko‘p yildan beri xizmat qilayotganlarning maoshini 4 million so‘mgacha olib chiqdik. Metrodagi oddiy xodimlarning oyligi o‘rtacha 2 million 150 ming so‘m. Bu, albatta, kam. Shuni alohida aytishim kerakki, pandemiya davrida besh oy metro faoliyati to‘xtatildi. O‘sha vaqtda ham xodimlarimizga davlatimiz rahbari tomonidan ajratilgan puldan har oy maosh berib borildi”, — dedi Toshkent metropoliteni rahbari.
8O‘zbekiston
Skruj Makdak eng boy to‘qima personajlar ro‘yxatida yetakchilik qildi “O‘rdaklar haqida qissalar” (Duck Tales) multseriali qahramoni Skruj Makdak Forbes jurnalining eng badavlat to‘qima personajlar ro‘yxatida yetakchilik qildi. Nashr eng boy o‘rdakning mol-mulkini 65,4 milliard dollar miqdorida baholadi. Skruj Makdak Makdak hajmi doimiy ravishda oshib boradigan mablag‘ni (masalan, 2002-yilda Forbes uning xazinasini 8,2 milliard dollar deb baholagan edi) qazilma xomashyolarni tayyorlash konserni orqali qo‘lga kiritadi. Forbes reytingining ikkinchi o‘rnida Jon Tolkiyen asaridagi ajdarho Smog joylashdi. Ma’lumki, u mitti odamlar (gnomlar) xazinasiga egalik qiladi. Jurnal uning mablag‘ini 54,1 million dollar deb baholadi. Eslatib o‘tamiz, u yaqinda Piter Jeksonning “Xobbit” trilogiyasida suratga tushdi. Uchinchi pog‘onani “G‘ira-shira” (Twilight – Sumerki) filmlar ketma-ketligidagi vampir jarroh Karlayl Kallen band qildi. U omadli sarmoya kiritish orqali 46 milliard dollar jamg‘argan. Reytingning keyingi o‘rinlarida Toni Stark (Ironman), Bryus Ueyn (Batman), Lara Kroft kabi mashhur kino qahramonlarni ko‘rish mumkin.
2Dunyo
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start olmoqda 8 fevral kuni xokkey bo‘yicha O‘zbekiston birinchi chempionati boshlanadi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada «Binokor», «Humo», «Semurg‘» va «Toshkent» jamoalari ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi. O‘yinlar «Ice City» muz arenasida tashkil qilinadi. Ikki oy davom etadigan chempionat doirasida 24 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 1 fevral kuni «Ice City» majmuasining ochilish marosimida O‘zbekiston xokkey federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston chempionati tashkil etilishi haqida ma’lum qilingandi. 8 fevral kuni «Toshkent» hamda «Binokor» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan O‘zbekiston I chempionati start oladi. Ushbu bahsdan so‘ng muzga «Humo» hamda «Semurg‘» jamoalari chiqib keladi. Ochilish marosimi soat 18:00 da boshlanadi. Muntazam chempionat 17 mart kuni yakunlanadi. 20 martdan boshlab esa ikki raunddan iborat pley-off bahslari boshlanadi. Unda o‘yinlar uchta g‘alabagacha o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi 2018 yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifasi mamlakatda xokkeyni ommalashtirish va rivojlantirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xokkey bo‘yicha respublika chempionati, kubogi, O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkil qilishdan iboratdir.
13Sport