text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
Mobiuz ko‘proq Internet-trafik taqdim eta boshladi
Mobiuz 16 ta tarif rejasida MB va daqiqalar hajmini oshirdi, shuningdek oylik Internet-to‘plamlar narxlarini pasaytirdi.
2020 yilning oktabr oyida mobil aloqa operatori (2021 yilning 31 martigacha) maxsus aksiyalar doirasida tarif rejalari, oylik Internet-to‘plamlar va OnNet opsiyalarini taqdim etish shartlarini yanada qulay qilgan edi. Joriy yilning 1 aprelidan boshlab kompaniya ushbu qulayliklarni saqlab qoldi va ular doimiy tarzda bo‘lishini e'lon qildi.
Xususan, Mobiuz oylik va yillik abonent to‘loviga ega 16 ta tarif rejasini yangiladi. Ular qatorida: Mobi turkumiga kiruvchi 8 ta tarif (Mobi 20, 30, 40, 50, 70, 90, 110, 150), 5 ta yillik Mobi tariflari, Internet uchun 2 ta tarif rejasi (Gap Yo‘q va Gap Yo‘q Pro), shuningdek, Omad Plus ijtimoiy tariflaridir.
Masalan, Mobi 90 tarif rejasi bo‘yicha 65 000 MB, tarmoq ichida cheksiz suhbat, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 3 500 daqiqa va xuddi shuncha SMS-xabarlar taqdim etilmoqda. Uning abonent to‘lovi 90 ming so‘m. Gap Yo‘q Pro esa oyiga 75 ming so‘mga kunduzgi 35 000 MB, tungi 25 000 MB, 1 000 daqiqani o‘z ichiga olgan.
Shu bilan birga Mobiuz barcha oylik Internet-to‘plamlar narxlarini ham keskin arzonlashtirdi. Masalan, olti oy avval narxi 200 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 000 MBlik to‘plam hozirda atigi 75 ming so‘mga taqdim etilmoqda.
Har oyda avtomatik ravishda belgilanadigan OnNet to‘plamlari narxlaridagi o‘zgarishlar undanam sezilarli – ikkinchi oydan boshlab ular yanada arzonlashadi. 50 000 MB birinchi oyda 75 ming so‘mni tashkil qilsa, ikkinchi oydan boshlab uning narxi 67.5 ming so‘mgacha tushadi.
«O‘tgan oylar davomida aksiyalarni doimiy ravishda o‘tkazish bo‘yicha abonentlardan ko‘plab takliflar kelib tushdi. Natijada, Mobiuz mahsulot va xizmatlarining hamyonbop narx-navolari endi vaqtinchalik aksiya emas, balki mobil aloqa operatorining doimiy taklifidir. Bu orqali biz yana bir bor ta'kidlamoqchimizki, xizmatlarimizdan foydalanuvchi abonentlarga mehr va e'tibor ko‘rsatish biz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Yil davomida va kelgusida bu yo‘sindagi ijobiy o‘zgarishlarni davom ettiramiz", – deb ta'kidladi Mobiuz'ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.
Ayni paytda Mobiuz mobil aloqa operatori boshqa Internet mahsulot va xizmatlari narxlarini ham pasaytirish ustida ish olib bormoqda. Hozircha aksiya ko‘rinishida bo‘lgan va 23 maygacha davom etadigan faollik bo‘yicha kunlik Internet-to‘plamlar va “Tungi DRIVE” tungi cheksiz Internet xizmati arzonlashtirildi.
Bundan tashqari, 1 apreldan boshlab Mobiuz yana bir qulay tarif rejasini joriy qildi. U haqda ko‘proq ma'lumot olish uchun o‘zbek tilidagi t.me/MOBIUZuzb Telegram-kanaliga obuna bo‘ling. | 14Texnologiya
|
«Atletiko» yangi stadiondagi ilk o‘yinida g‘alaba qozondi
Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida «Atletiko» «Malaga» ustidan g‘alabaga erishdi. «Matraschilar» 68 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan «Vanda Metropolitano» nomli yangi stadionida o‘tgan uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Yangi stadiondagi ilk uchrashuvga 63 114 muxlis tashrif buyurgan.
«Atletiko»ning yangi stadionidagi birinchi gol 61-daqiqada Antuan Grizmann tomonidan urildi.
Endilikda «Atletiko» 8 ochko bilan Primera turnir jadvalida uchinchi o‘rinda joylashgan. «Malaga» hali ochko olmadi va oxirgi o‘rinda qolmoqda.
Ispaniya chempionati
4-tur
Atletiko – Malaga 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 61 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Godin, Lyuka Ernandes, Filipe Luis, Saul, Parti (Ferreyra Karrasko, 46), Gabi, Koke, Grizmann, Korrea (Torres, 66).
Malaga – Roberto, Rosales, Ernandes, Diyego Gonsales, Rikka, Resio, Rolon (Keko, 70), Mula (Rolan, 85), Gonsales, Chori Kastro (Anor, 64), Baston.
Ogohlantirishlar: Ferreyra Karrasko (64), Xuanfran (76), Keko (88), Resio (90). | 13Sport
|
Liga 1. PSJda g‘alaba, Di Mariyadan super gol, “Monako” yana yutqazdi (video)
Kecha, 2-sentabr sanasida futbol bo‘yicha Fransiya birinchi divizionining 4-turi nihoyasiga yetdi. Turning markaziy o‘yinida “Monako” o‘z uyida “Marsel”ni qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
PSJ esa safarda “Nim”ga qarshi mehmonda maydonga tushib, 2:4 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Anxel Di Mariya mazkur o‘yinda burchak to‘pidan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
“Lion” esa o‘z maydonida Mario Balotelli boshchiligidagi “Nitssa”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagon gol esa Marselo tomonidan avtogol sifatida “Nitssa”ga “hadya etildi”.
Liga 1
4-tur bellashuvlari
2-sentabr, yakshanba
Gollar: 1:0 – 12 Andre, 2:0 – 16 Bensebayni.
Gollar: 0:1 – 45 Mitroglu, 1:1 – 48 Tilemans, 2:1 – 53 Falkao, 2:2 – 74 Toven, 2:3 –89 Jermen.
1-sentabr, shanba
Gollar: 0:1 – 36 Neymar, 0:2 – 40 Di Mariya, 1:2 – 63 Bobishon, 2:2 – 71, penalti Savanye, 2:3 – 77 Mbappe, 2:4 – 90 Kavani.
Chetlatish: Mbappe (90), Savane (90).
Gollar: 1:0 – 21 Ajork, 1:1 – 34, avtogol Mitrovich, 1:2 – 45 Evanjelista, 1:3 – 59 Sala, 2:3 – 81 Da Koshta.
Gol: 0:1 – 77 Oyongo.
Gollar: 0:1 – 2 Gradel, 0:2 – 12 Sangare, 1:2 – 45 Tyuram.
Gollar: 0:1 – 21 Krivelli, 0:2 – 90 Bovyu.
Gol: 1:0 – 60 Traore.
Gol: 0:1 – 50, avtogol Marselo.
Skrinshot: “Championat.asia” | 13Sport
|
Qozog‘istonlik konchilar hindistonlik oligarx bilan uchrashuvni talab qilishmoqda
"Arselor Mittal Temirtau" korxonasining norozilik aksiyasini o‘tkazayotgan konchilari soni 12 dekabr kuni 684 kishiga yetdi. Ular yer ostida qolishmoqda va tepaga chiqishdan bosh tortishmoqda.
"Hozirda sakkizta kon, 684 kishi norozilik aksiyasini o‘tkazmoqda", - deya xabar berdi Qozog‘iston mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Tamara Duysenova.
Konchilar ish haqini ikki barobarga oshirish va 50 yoshda pensiyaga chiqish, shuningdek, kasallik vaqtidagi to‘lovni to‘la hajmda amalga oshirish va shahardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashni talab qilishmoqda. Ularning fikricha, shaharda hozirda faqat “pivaxonalar va supermarketlar” bor.
Shuningdek, ular kon egasi, hindistonlik milliarder Lakshmi Mittal bilan uchrashuv tashkillashtirilishini talab qilishmoqda. "U band odam, buni tushunamiz, biroq aloqa vositalari bor-ku, hozir XXI asr. U buni aloqa vositalari yordamida ham qilishi mumkin. Skayp, onlayn televideniye bor. Ma'lum bir odamni tanlash kerak – u savol beradi, Mittal ularning bariga javob qaytaradi, shuning o‘zi, xolos", - deya aytishgan ular.
Konchilar har bir kondan o‘z vakillarini kompaniya xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun yuborishgan. "Katta tashabbus guruhi ishlamoqda: ishchilarning 32 vakili ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda", - deya tasdiqlagan vazir.
Norozilik aksiyasida ishtirok etayotgan konchilarning hamkasblari konda bo‘lganlar bilan muzokaralar olib borishdi. "Kondagi yigitlarning aytishicha, ular qaror qabul qilinmagunga qadar chiqishmaydi", - deya tushuntirgan ular. Norozilik aksiyasini o‘tkazayotganlar uchun konga suv va ovqat tushirilmoqda, biroq ular u yerda yana qancha qolishlari – hozircha noma'lum. | 2Dunyo
|
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. 2015-yil 28-may kuni Seul shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish va almashtirish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organlar etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar to‘g‘risida tegishli bildirishnomani yo‘llasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
Lotin Amerikasida kuchli qor va sovuq ob-havo hukm surmoqda
Lotin Amerikasi mamlakatlarida anomal sovuq ob-havo hukm surmoqda: kunduzi havo harorati 20 darajagacha tushib ketdi, deb xabar bermoqda Misiones portali.
Hafta qit'aning ko‘plab shaharlaridagi kuchli qor bilan bog‘liq murakkabliklardan boshlandi. Sovuq atmosfera girdobi janubdan shimolga qarab harakat qilmoqda va Janubiy Braziliya, Paragvay, Peru hamda Urugvayning ba'zi mintaqalariga yetib bordi.
Xabar qilinishicha, Argentinaning turli hududlarida qattiq sovuqlar sabab kamida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Urugvayda havo harorati -10 darajaga qadar tushib ketdi, yaqin kunlarda kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. | 2Dunyo
|
Bugun O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari Urugvay va Hindistonga qarshi maydonga tushadi
22 mart kuni O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari 2019 yildagi ilk o‘yinlarini o‘tkazishadi.
Ektor Kuper qo‘l ostidagi milliy terma Xitoyning Nanning shahrida o‘tayotgan «China Cup-2019» xalqaro turniri doirasida Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:35da boshlanadi.
Urugvayga qarshi o‘yinni «Sport» telekanali soat 21:00dan boshlab yozib olingan holda efirga uzatadi.
Kecha mezbon Xitoy termasi Tailand bilan o‘yinda 0:1 hisobida yutqazdi. Natijada O‘zbekiston–Urugvay o‘yini g‘olibi finalda Tailandga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Uchinchi o‘rin uchun bahs va final uchrashuvi 25 martga belgilangan.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa Lyubinko Drulovich murabbiyligidagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi. Osiyo chempionati U-23 saralashining «F» guruhi bahslari Toshkentda bo‘lib o‘tadi, ilk uchrashuv O‘zbekiston va Hindiston olimpiyachilari o‘rtasida kechadi.
Bahs «Paxtakor» stadionida soat 17:00da boshlanadi. O‘yinga kirish bepul.
O‘zbekiston OTJ keyingi o‘yinini 26 martda Tojikistonga qarshi o‘tkazadi. Undan avval 24 mart kuni tojik va hind olimpiyachilari o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi. Guruh g‘olibi 2020 yil Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi; shuningdek, 11ta guruhda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkinchi o‘rin sohiblaridan 4tasi ham final bosqichiga chiqadi. | 13Sport
|
La Ligada mavsumning eng omadsiz o‘yinchisi va jamoasi ma’lum bo‘ldi
Marca talqiniga ko‘ra, “Atletiko” yarim himoyachisi Toma Lemar yakunlangan mavsum Ispaniya chempionatining eng omadsiz o‘yinchisi deb topildi.
Shuningdek, mavsumning eng omadsiz jamoasi nomi “Real”ga nasib etdi. “Qirollik klubi” La Liga jadvalida mavsumni 3-o‘rinda tugatib, musobaqa yetakchisi “Barselona”dan 18 ochko kam jamg‘ardi. Shu bilan birga madridliklar ketma-ket 2-mavsumda ham 1 va 2-o‘rinlarni egallay olmadi.
Lemar o‘tgan yozda “Monako”dan “Atletiko”ga 70 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Bu o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatidagi eng qimmat transfer bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, fransuz La Ligada joriy mavsum 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Andijonda 4 yigit 17 yoshli o‘smirning yo‘lini to‘sib, uning 430 ming so‘m pulini olib qo‘ydi
Andijon viloyati Asaka tumanida to‘rt nafar yigit 17 yoshli o‘smirning yo‘lini to‘sib, uning yonida bo‘lgan 430 ming so‘m pulini olib qo‘ydi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 3-iyul kuni soat 14:00 da 19 yoshli M.A. va A.S. 21 yoshli B.O., 20 yoshli S.P. bir guruh bo‘lib, Asaka tumani “Ulug‘bek” MFY hududida ketayotgan voyaga yetmagan 17 yoshli T.M.ni to‘xtatgan. Shundan so‘ng ular o‘smirni Nexia’da hech kim yo‘q joyga olib borgan hamda pichoq va tayoq bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan 430 ming so‘m pulni olib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur to‘rt fuqaro protsessual tartibda ushlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Dastlabki tergov jarayonida S.P.dan bir dona pichoq va bir dona yog‘ochdan ishlangan tayoq protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Jinoyat ishi bo‘yicha M.A., B.O. va S.P.ga Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandlariga (Qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bosqinchilik), A.S.ga nisbatan esa 164-moddasi 3-qimsi “a” bandiga (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bosqinchilik) ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Elektr tarmoqlariga tez va oson ulanishni istaysizmi? Marhamat!
Ana shunday yangi uy-joylar va tadbirkorlar uchun yaratilgan binolarga egalik qilishda, birinchi navbatda, kommunal xizmatlar, xususan, elektr energiyasiga ulanish muammosi yuzaga keladi. Ba'zida tashqaridan “elektrik” yollaysizu, uning xizmati sizni qoniqtirmasligi mumkin. Keyinchalik biron muammo chiqsa, uni topolmaysiz ham. Kafolat haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5278-sonli qarori hamda 2020 yil 31 yanvardagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5930-sonli Farmoniga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste'molchilarni elektr tarmoqlariga sifatli va tezkor ulash hamda mukammal shartnomaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida “Davlat va shartnomaviy xizmatlarni rivojlantirish” filiali tashkil etildi. Filial faoliyati yo‘lga qo‘yilganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsada, aholi va tadbirkorlik sub'yektlari ko‘rsatilayotgan xizmatlardan mamnun bo‘lmoqda.
Ayni kunda filial tomonidan murojaatchilarga quyidagi xizmatlar ko‘rsatilmoqda:
Ayni paytda filial tomonidan iste'molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal qilib berish maqsadida zamonaviy texnik vositalar va jihozlar xarid qilindi.
Shu bilan bir qatorda, filial tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 555-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektr tarmoqlariga ulanishning aniq muddatlarini belgilash, qurilish-montaj ishlarini olib borishda tabaqalashtirilgan tariflarni joriy etish, iste'molchilarga pudratchilarni tanlab olinishi uchun shaffof onlayn platforma yaritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Quyida hamkorlik qilishni istagan iste'molchilar uchun xizmat ko‘rsatish aloqa nomerlari taqdim etiladi.
Aloqa markazi: 1154 | 5Jamiyat
|
MIB Chirchiqda qurilish korxonasining 4 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirdi
Toshkent viloyatining Chirchiq tumanida qurilish korxonasidan katta miqdordagi qarzdorligi undirildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.
MIB Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituvidagi Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining qarorlariga asosan, qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxonadan Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga jami 1 milliard 776 million 561 ming 515 so‘m soliq qarzdorligi, davlat foydasiga 26 million 619 ming 765 so‘m davlat boji undirish belgilangan.
MIB o‘z faoliyati davomida eng qimmat uyni kimoshdi savdosiga qo‘ydi (foto)
Qarzdorga tegishli bo‘lgan Chirchiq shahridagi “Muruvvat” MFY hududida bo‘lgan qum va shag‘al mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi bino-inshootlari xatlanib,“E-auksion” elektron savdolariga qo‘yilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda korxonaning jami soliq qarzdorligi (1 milliard 776 million 561 ming 515 so‘m sud qarori mavjud, 2 milliard 348 million 364 ming 485 so‘m sudga da’vo ariza kiritilgan) ya’ni, 4 milliarld 124 million 926 ming so‘m pul mablag‘lari xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan qiymati shaklida naqd undirilib, budjetga yo‘naltirilgan.
Bundan avval MIB Kogonda 3 milliard so‘mga yaqin soliq qarzini undirgani haqida xabar berilgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Xitoyda muzqaymoq tarkibida koronavirus aniqlandi
Xitoy hukumatining ma`lum qilishicha, mamlakatning sharqidagi shaharda ishlab chiqarilgan muzqaymoqdan koronavirus aniqlandi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
“Shuning uchun Tyanszin shahridagi “Daqiaodao Food Co., Ltd” kompaniyasi faoliyati to`xtatildi va uning xodimlari koronavirus testini topshirmoqda” deyiladi shahar hukumatining bayonotida. Ammo, hozirgacha hech kim muzqaymoqdan virus yuqtirgani isbotlanmagan.
Koronavirus aniqlangan muzqaymoq partiyasi 29 mingtani tashkil qilib, ularning asosiy qismi hali sotuvga chiqarilmagan. Hozirda Tyanszinda sotilgan 390 ta muzqaymoqni olganlar qidirilmoqda va boshqa hududlardagi hukumatlarga ham ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoqlarni nazorat qilish haqida xabar berilgan.
Koronavirus aniqlangan muzqaymoq tarkibida Ukrainadan olib kelingan quruq sut va Yangi Zelandiyadan import qilingan zardob bo`lgan.
Koronavirus ilk bor 2019 yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. Ammo, Xitoy hukumati koronavirusning aslida xorijdan kelib chiqqanini ta`kidlab kelmoqda. Ular bundan oldin chetdan mamlakatga kirib kelgan baliq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida ham koronavirus aniqlanganini aytgandi. Biroq, xorijlik olimlar Xitoy hukumatining bu gaplariga shubha bilan qarashmoqda. | 2Dunyo
|
Ichki ishlar vaziri Denovdagi bog‘chada va Farg‘onadagi maktabda yuz bergan holatga munosabat bildirdi
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Denov tumanidagi bog‘chada va Farg‘onadagi maktabda yuz bergan holatga munosabat bildirdi.
Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov.
Bir necha oy avval ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bolalar bog‘chasida tarbiyachining bolalarni pichoq bilan qo‘rqitayotgani aks etgan video tarqalgan edi.
Keyinroq esa Farg‘onadagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni urayotgani aks etgan video tarmoqda paydo bo‘lgan edi.
Bu tasvirlarni Surxondaryo viloyati hokimiyati faollari bilan muhokama qildik. Bu voqealar haqiqatdan 2016-yilning sentabr oyida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida bo‘lgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va sud tomonidan aybdorlarga tegishli jazo belgilangan. Bog‘cha mudirasi va tarbiyachi qonuniy javobgarlikka tortilgan.
Farg‘onadagi maktabda yuz bergan holat yuzasidan ma’muriy javobgarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, sudga oshirilgan.
Abdusalom Azizov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor
Vazirning qayd etishicha, maktablarda bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Bir qator maktablar markazlashtirilgan qo‘riqlash xizmatiga ulandi. Ko‘plab maktablar videokuzatuv tizimi bilan jihozlandi. Bu tizimlar ichki ishlar idoralari uchastkalariga bog‘langan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 8O‘zbekiston
|
Bosh prokuratura: «Quvasoysement» ustidan jinoyat ishi tiklandi. Hissadorlar dividentini olishi mumkin
Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan «Quvasoysement» OAJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2012 yil 16 aprelda qo‘zg‘atilgan va keyinroq muzlatib qo‘yilgan jinoyat ishi tiklandi.
«Aniqlanishicha, «Quvasoysement» OAJ bosh direktori, Qozog‘iston fuqarosi S.D. va boshqalar tomonidan tamagirlik, o‘zganing ishonib topshirilgan juda ko‘p miqdordagi mulkini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste'mol qilish, mansab soxtakorligi, savdo qoidalarini hamda ekologiya xavfsizligiga oid normalarni buzish jinoyatlarini sodir etishib, davlat va aksiyadorlar manfaatlariga 58 mlrd. so‘m moddiy zarar yetkazishgan.
Ushbu zararni undirilishini ta'minlash maqsadida 57,5 mlrd. so‘m pul xatlangan.
S.D. tergovdan yashiringani sababli unga JKning 165-moddasi 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan sirtdan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e'lon qilingan va ishni unga nisbatan qismi JPKning 364-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan to‘xtatilgan.
«Quvasoysement» OAJ bosh xisobchisi D.M. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining qismi sudga yuborilib, JIB viloyat sudi tomonidan 12.12.2012 yilda ko‘rilib, depozit hisob-raqamda saqlanayotgan pullardan 38,1 mlrd. so‘mi qonuniy egalariga o‘tkazilgan.
Qolgan 19,4 mrd. so‘m pullar S.D. e'lon qilingan ayblov bilan bog‘liq bo‘lganligi va u qidiruvda ekanligi sababli ularning taqdiri tergov natijasiga ko‘ra sud tomonidan qonuniy hal etiladi.
03.06.2019 yilda Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tiklangan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga bergan xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, sud hukmi bilan pulning katta qismi qonuniy egalariga - hissadorlarga qaytarilgan, qolgan qismi tergov yakunidan keyin sud hukmi asosida hal etiladi. | 5Jamiyat
|
Olimpiadani tark etgan yettinchi bokschi, yakkalik bahslarini yakunlagan dzyudochilar. O‘zbekistonlik sportchilarning Tokio—2020 7-kunidagi natijalari
Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 30-iyul kungi chiqishlarini yakunladi.
Dzyudo
+100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboyev startni ko‘tarinki ruhda boshladi. U 1/16 finalda mo‘g‘ulistonlik Durenbayar Ulzibayarni ippon bahosi bilan yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. 1/8 finalda Olimpiadaning ikki karra sovrindori niderlandiyalik Henk Grol ippon orqali taslim etildi.
Chorak finalda Oltiboyevga Rio Olimpiadasi chempioni Lukash Krpalek duch kelib qoldi. Qiyin kechgan bahsda Bekmurod raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qayd etish kerak, chexiyalik dzyudochi yakunda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Mag‘lubiyatdan keyin Oltiboyev bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi. Biroq o‘tish bahsida ukrainalik Yakiv Xammoga yutqazib qo‘ydi.
Shu tariqa o‘zbekistonlik dzyudochilarning yakkalik bahslaridagi ishtiroki yakunlandi. O‘n nafar dzyudochidan faqat Davlat Bobonov bronza medaliga ega chiqdi, qolganlar esa musobaqani medalsiz tark etdi. 31-iyul kuni dzyudochilar jamoaviy bahslarda ishtirok etadi.
Boks
-69 kg vazn toifasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Bobousmon Boturov chorak finalda ushbu vaznning birinchi raqamli vakili Pet Makkormakka qarshi ringga ko‘tarildi. Teng kurashlar ostida kechgan bahsda hakamlar britaniyalik sportchining g‘alabasini qayd etdi.
Rayhona Qodirova (-60 kg) esa Olimpiadadagi ishtirokini 1/8 finaldan boshladi. Unga ushbu bosqichda Kongo DR vakili Yumba Naomiye duch keldi. Rayhona jangni ishonchli o‘tkazib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga chiqdi. Uning keyingi bosqichdagi raqibi amaldagi jahon chempioni braziliyalik Beatris Ferreyra bo‘ladi.
Shu bilan Olimpiada chorak finaliga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar soni ikki nafarga yetdi. Avvalroq Bahodir Jalolov bu ishni uddalagandi. 7 nafar bokschi musobaqalarni tark etdi.
Yengil atletika
Uch hatlab sakrash bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Roksana Xudoyorova saralash bosqichida ishtirok etdi. Uchta urinishda u qayd etgan eng yaxshi natija 13,02 metrni tashkil qildi. Bu esa final yo‘llanmasi uchun kamlik qildi va Roksana Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Suzish
50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Natalya Kritinina saralash bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatdi. Kritinina marrani bosib o‘tish uchun 26.93 soniya vaqt sarfladi, bu esa yarim final yo‘llanmasi uchun kamlik qildi. Shu tariqa suzish sportida ham O‘zbekiston vakillarining ishtiroki yakunlandi. | 13Sport
|
Fan olimpiadalari viloyat bosqichi karantin tufayli qoldirildi
«Maxsus komissiya qarori va Hukumat tomonidan qabul qilingan «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (23 mart 2020 y 176-sonli) qaroriga muvofiq, barcha tadbirlar, jumladan 23-28 mart kunlariga rejalashtirilgan fan olimpiadalari ham qoldirildi. Ta'til davri tugaganidan so‘ng o‘quv jarayonlariga ta'sir qilmagan holda fan olimpiadalari o‘tkaziladi. Bu haqda albatta ota-onalar va o‘quvchilar hamda pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi», dedi Anvar Umarov.
U maktabda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘z hisobidan mehnat ta'tiliga chiqarilayotgani holatiga ham izoh berdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi Farmonida belgilab berilganidek, bog‘cha yoki boshlang‘ich sinf yoshida bo‘lgan farzandlariga uyda qarab turishlari uchun lavozimidan qat'i nazar mehnat ta'tili beriladi. Buning uchun ularga barcha sharoitlar yaratilishi shart.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 176-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq ta'limi vazirining 2020 yil 24 martda tegishli buyrug‘i qabul qilindi.
Xodimlarni (maktab direktori yoki o‘rinbosarlaridan biri, qorovuldan tashqari) mehnat ta'tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib («onlayn» rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish belgilandi», deya vazirlik rasmiysining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. | 8O‘zbekiston
|
Qozog`istonda yirik YTH sodir bo`ldi
12 may kuni Almati-Bishkek trassasida «Lada» va «Toyota Camry» avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Mazkur hodisa tufayli 9 kishi halok bo`ldi, ulardan 3 nafari ayollardir. Bu haqda "Xabar uz" nashri yozmoqda.
Marhumlar shaxsiga aniqlik kiritilganda ular Almati va Chimkent shahri, Turkiston va Almati viloyatlaridan ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur hodisa yuzasidan polisiya tekshiruvi o`tkazilmoqda. Ekspetiza o`tkazilishi belgilangan. | 2Dunyo
|
Nursulton Nazarboyev shu haftada Toshkentga keladi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentabr kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma'lum qilgan.
Nazarboyev Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, prezidentlar ikki tomonlama munosabat istiqbollarini muhokama etishadi.
Qo‘shni davlat rahbari 16-17 sentabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi, 17 sentabr kunining ikkinchi yarmida Turkmanistonga yo‘l oladi. U Turkmanistonda V Osiyo o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etishni rejalashtirgan. | 8O‘zbekiston
|
“Manzil”: Mehnatkash mo‘ysafidlar qishlog‘i – Vaxshivor
Soddadil insonlarning sokin va bahavo manzillarini sizga tanishtirib kelayotgan “Manzil” vlogi bu gal Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining Vaxshivor qishlog‘iga bordi. Havosi kabi odamlarining ham ko‘ngli toza qishloq bilan siz ham tanishing: sizni shiddatli shahar hayotidan osuda qishloqqa g‘oyibona sayrga taklif qilamiz.
Vaxshivor qishlog‘i Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining tog‘li hududida joylashgan. Qishloqni sayr qilar ekansiz, nafaqat yoshlar, balki katta yoshli otaxon-u onaxonlar ham mehnat bilan bandligini ko‘rasiz.
Bu qishloqning o‘ziga xosligi shundaki, u yerda tariqat arbobi va mutasavvuf shoir So‘fi Olloyorning qabri va u inson tomonidan qurilgan masjid ham bor. Barchasiga videoda o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak va Chimboy tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
Qoraqalpog‘istonda 2 ta yangi hokim lavozimga tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, Utambetov Uzaqbergen Qorao‘zak tumaniga hokim etib tayinlandi. Utambetov avval Qoraqalpog‘iston o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Utambetov Uzaqbergen
Chimboy tumaniga esa Tajetdinov Aybek hokim etib tayinlandi. U bungacha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Tajetdinov Aybek
Nukus shahri va Qorao‘zak, Chimboy tumanlarining avvalgi hokimlarining qaysi ishga joylashgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Nukus shahriga yangi hokim, Buxoro viloyatiga hokimi vazifasini bajaruvchi va Denov tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
AQSh elchixonasi Bobomurod Abdullaevning ozod qilinishiga oid bayonot berdi
AQSh elchixonasining rasmiy saytida Bobomurod Abdullaevning ozod qilinishiga oid bayonot e`lon qilindi.
Shuningdek, barcha birga sudlanuvchilarning ham oqlanishiga oid bu qaror demokratik jamiyatda so`z erkinligi nechog`li muhim ahamiyat kasb etishini yana bir karra tasdiqlaydi, - deb ta`kidladi elchixona. | 5Jamiyat
|
“Sevol” halokatga uchragan vaqt kapitan rulda bo`lmagan
Janubiy Koreya sohillarida cho`kib ketgan “Sevol” kemasining tergov ishlari bilan shug`ullanayotgan mutaxassislar kema halokatga uchragan vaqt boshqaruv rulida kapitanning uchinchi yordamchisi bo`lganini aniqlashdi, deya xabar beradi Frans Press nashri.
“Halokat vaqtida kemani kapitanning uchinchi yordamchisi boshqargan. Halokat sodir bo`lgan payt kapitan kemani boshqarmagan”, - deydi tergov vakillaridan biri Park Je-Eok.
Uning so`zlariga ko`ra, kapitan boshqaruv xonasining orqa tomonida bo`lgan.
Avvalroq, cho`kayotgan kemani birinchilardan bo`lib tark etgan 69 yoshli kapitan Li Jun Sok halokat qurboni bo`lganlar va bedarak yo`qolgan yo`lovchilar oila a`zolaridan uzr so`ragan edi.
U halokat chog`ida kemani kim boshqargani, kema cho`kishiga nima sabab bo`lgani va nima sababdan bolalarga halokat vaqtida o`z joylarida qolish so`ralgani haqidagi savollarga javob bermadi.
Bortida maktab o`quvchilari bo`lgan “Sevol” yo`lovchi kemasi chorshanba kuni halokatga uchradi. “Renxap” axborot agentligining xabar qilishicha, juma kunga kelib 475 nafar yo`lovchidan halok bo`lganlar soni 25 kishi, bedarak yo`qolganlar soni esa 271 nafar ekanligi tasdiqlandi. | 2Dunyo
|
O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarida qancha xodim jinoiy javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi
29-iyun kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bosh prokuror o‘rinbosarining sog‘liqni saqlash, ta’lim va qurilish sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati yuzasidan axboroti eshitildi, deb xabar beradi Senat axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan tegishli mutaxassislar va ekspertlar jalb qilingan holda oliy ta’lim va kapital qurilish sohalarida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xarita”lari tasdiqlangan. Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish va “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” bo‘yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan. Majlisda oliy ta’lim, qurilish va sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ayrim kamchiliklar mavjudligiga e’tibor qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, tahlillar so‘nggi ikki yilda ta’lim tizimida 326 nafar xodim ta’lim jarayoni bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan. 317 nafar, ya’ni 97 foiz xodim sodir etgan qilmishlar korrupsiyaviy jinoyat hisoblanadi.
Bundan tashqari, 91 ta davlat oliy o‘quv yurtlarining 40 tasi yoki deyarli har ikkinchisida rahbar yoki professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’limga aloqador jinoyat sodir etilgan. Mavjud 970 ta kollej va litseylardan 131 tasi, ya’ni 14 foizida ta’limga bog‘liq jinoyatlar yuz bergan.
So‘nggi ikki yilda sog‘liqni saqlash tizimidagi 581 nafar xodim turli jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, ulardan 114 nafari, ya’ni har to‘rtinchisining sodir qilgan qilmishi korrupsion jinoyat ekanligini ma’lum bo‘ldi.
Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilingan.
Avvalroq Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida bo‘lib o‘tgani, unda Toshkent og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilishi bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
To‘yi buzilgan Munisa Rizayeva va Jasur G‘oyipov yuzlashtirildi (foto)
Xonanda Munisa Rizayeva hamda Jasur G‘oyipovning to‘yi bekor qilingandan so‘ng turli xil gaplar ko‘payib ketdi. Bu gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida “Sayyod” sayti xodimlari ularni yuzlashtirdi va ushbu suhbatdan rasmlar taqdim etdi.
“Sayyod” sayti vakillari xonandalarni alohida suhbatga deb taklif qilgan. Ular yuzlashtirilganda tarqalgan gaplarning barchasi yolg‘onligi fosh bo‘lgan. Suhbat davomida ikki tomon o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, bunga san’atkorlarning vakillari ham aralashgan.
Munisa Rizayevaning ta’kidlashicha, u to‘y to‘xtatilgandan so‘ng onasi bilan sobiq qallig‘ining uyiga borganida Jasur G‘oyipov u bilan gaplashishni istamagan va ketib qolgan. Munisa Jasurning ushbu harakatlarini reklama uchun qilingan, deb baholamoqda. Buni Jasur G‘oyipov rad etmoqda.
Xabarda to‘yning to‘xtalishiga asl sabab oshkor etilmagan. “Sayyod”ning ta’kidlashicha, sabablar ushbu suhbat suratga olingan video e’lon qilinganida ma’lum bo‘ladi. | 7Madaniyat
|
O‘zbekistonda 2016-yil birinchi choragi oxiridan istalgan plastik kartadan boshqa kartaga pul o‘tkazish imkoni taqdim etilishi kutilmoqda
Fevral oyi oxiriga qadar O‘zbekistonning kamida 10 banki plastik kartadan boshqa plastik kartaga pul o‘tkazish imkonini beruvchi PayMe servisiga ulanadi. Bu haqda, Yagona umumrespublika protsessing markazi direktori o‘rinosari Farrux Ziyoyevga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Boshqa banklarni servisga ulash ishlari yakuniga yetganidan so‘ng, turli banklarning kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi”, — dedi Farrux Ziyoyev. Hozirgi vaqtda banklar bilan muzokaralar olib borilmoqda (banklar nomi e’lon qilinmagan).
YaUPM vakilining so‘zlariga ko‘ra, plastik karta egalari 2016-yilning birinchi choragi oxiridan bir plastik kartadan boshqasiga pul o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. “Bizda texnik tomondan hammasi tayyor”, — dedi Ziyoyev.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda PayMe servisiga “Agrobank” va “Aloqabank” ulangan. | 8O‘zbekiston
|
Ichki ishlar vazirligi tizimida qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb yozadi “Uznews.uz” IIVning “Na postu” gazetasiga tayanib.
Xususan, IIVning “Postda”, “Na postu” gazetalari hamda “Qalqon”, “Shchit” jurnallari Birlashgan tahririyatining bosh muharriri etib podpolkovnik Turg‘unov Ilhom Turg‘unovich tayinlandi.
Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich IIV huzuridagi Tergov departamenti tergov faoliyatini tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Turdiyev Samad Teriqulovich bo‘ldi.
Kenjaboyev Valijon Aliyevich Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig‘i bo‘ldi.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Alimov Shahzod Qo‘rqmasovich tayinlandi.
Abdulhaqov Yahyojon Ortiqboyevich Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. | 8O‘zbekiston
|
Koreya Eksimbanki Toshkentda yangi shifoxona va kimyo-texnologiya markazi qurishga mablag‘ ajratadi
Tegishli kelishuv 28 yanvar kuni O‘zbekiston va Koreya Respublikalari prezidentlari videosammitida imzolangan. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda kattalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yurak-qon tomir jarrohligi, angionevrologiya, onkoginekologiya va rekonstruktiv ortopediya yo‘nalishlarida ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Markazda 300 ta o‘ringa ega jarrohlik bloki barpo etilib, yiliga kamida 8,5 mingta yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarilishi reja qilingan. Dekabr oyida tegishli hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgandi.
Ta'kidlanishicha, kimyo texnologiyalari markazi qurishdan asosiy maqsad – kimyo sohasidagi sanoat salohiyatini oshirish va mavjud tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Koreya prezidentlari sammitida qiymati jami 3,4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 55ta yangi loyiha haqida so‘z borgandi. | 8O‘zbekiston
|
90-yillarning mashhur ekstrasensi Alan Chumak vafot etdi
Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishlaricha, Rossiyadagi tabiblar ichida eng taniqlisi, televizordan turib millionlab xonadonlardagi suv va boshqa buyumlarni «zaryadlab» berish bilan mashhur bo‘lgan Alan Chumak 82 yoshida vafot etgan.
1970 yildan 1980 yilgacha Alan Chumak oddiy jurnalist bo‘lib ishlagan va ekstrasensorikaga aloqasi borligi xayoliga ham kelmagan. U davolash holatlari haqida material tayyorlay turib, o‘zi ham g‘ayrioddiy quvvatga ega ekanligini sezib qoladi. O‘tgan asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida Chumak teleekranlarga chiqib, televizor orqali turli predmetlarni «zaryadlagan» va o‘sha narsalarni iste'mol qilgan yoki ulardan foydalangan insonlar go‘yoki shifo topa boshlagan.
Oradan biroz vaqt o‘tib, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Alan Chumakning chiqishlarini taqiqlagan. Shunga qaramay, ekstrasens aslo qo‘l qovushtirib o‘tirmadi. U butun kuchini boshqa yo‘nalishga qaratib, yozuvchiga aylandi. 2009 yilgacha u uchta kitob yozib chop etdi. Ekstrasensorikani ham tashlab yubormadi, faqat shaxsan murojaat qilgan insonlarni davolab yurdi. | 5Jamiyat
|
Chempionlar xalqaro kubogi. “Roma” va “Tottenhem” muxlislarga dramatik o‘yin sovg‘a qildi
Chempionlar xalqaro kubogining AQSh turnesida ishtirok etayotgan Rimning “Roma” va Londonning “Tottenhem” klublari o‘zaro to‘qnash keldi.
Bellashuv italiyalik futbolchilar g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. 70-daqiqada kiritilgan ikkinchi goldan keyin “Roma” xotirjamlikka berilib, bellashuv yakuniga qadar o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yuborgandi. Ko‘pchilik penaltilar seriyasini kutib turganida esa rimliklar uchinchi golni ham urishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur jamoalar bunga qadar “PSJ” bilan o‘yin o‘tkazib ulgurgandi. “Roma” parijliklarga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Tottenhem” raqibi ustidan 4:2 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi.
Chempionlar xalqaro kubogi
Nyu-Jersi, AQSh
25-iyul, seshanba
Gollar: Diyego Perotti, 13-pen (1:0). Jengiz Under, 70 (2:0). Harri Uinks, 87 (2:1). Vinsent Yanssen, 90+1 (2:2). Marko Tumminello, 90+2 (3:2). | 13Sport
|
Samarqandda o‘zganing plastik kartasidan salkam 3 mln so‘m o‘g‘irlagan “uddaburon”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyatida o‘zganing plastik kartochkasidan 2 million 790 ming so‘m o‘g‘irlagan “uddaburon”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
2020-yil 16-avgust kuni viloyatning Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaro X. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-sonli IIBga murojaat qilib, notanish fuqaro uning plastik kartasidan 2 million 790 ming so‘m pullarini yechib olganligini ma’lum qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 15-aprel kuni X. Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” banki filiallaridan biriga borib, plastik kartochkasini telefon apparatiga ulamoqchi bo‘lgan. Shu payt uning yoniga fuqaro Z. kelib, plastik kartochkasini telefon apparatiga ulab, pullarni boshqa plastik kartochkasiga o‘tkazib berishda yordam berishini aytgan.
Amaliy yordam vaqtida Z. plastik kartochkadagi kodlarni eslab qolib, X.ga “pullaringizni o‘tkazib bo‘lmadi” degan va plastik kartasini qaytarib bergan. Fuqaro X. bankdan ketganidan so‘ng plastik kartochka kodlarini o‘zining telefon apparatiga ulab, undan 2 million 790 ming so‘m pulni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan ketgan.
Samarqand viloyat IIB JQB Tezkor-qidiruv hamkorligi bo‘limi hamda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-sonli IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahri Motrid qo‘rg‘onida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan M.Z. sodir qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida tadbirkorlik subyektlarini pasportlashtirish bo‘yicha eksperiment boshlandi
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54 ta mahallada tadbirkorlik subyektlarining pasportlari tuzila boshladi, deya xabar berdi Norma Davlat soliq qo‘mitasiga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 26.06.2018-yildagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3802-son qaroriga muvofiq, 2018-yil 1-oktabrdan ko‘zdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishini boshlash rejalashtirilmoqda. To‘plangan dalillar keyinchalik soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Pasport tuzish jarayonida:
Eksperiment o‘tkazish davomida qonunbuzarliklar aniqlandi. Xususan, 1 070 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani, 277 ta yakka tartibdagi tadbirkorda 507 nafar shaxs tegishli ravishda rasmiylashtirilmasdan yollanma xodim sifatida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu va boshqa aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
IIV Straus House’dan jabrlanganlarni hududlardagi tergov bo‘limlariga murojaat qilishga chaqirdi
Straus House MChJ ta’sischisi Ibrohim Isroilovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Straus House rahbari Ibrohim Isroilov qamoqqa olindi
Nashr tomonidan qayd etilishicha, Tergov departamenti Straus House MChJ mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyat natijasida jabr ko‘rgan fuqarolardan tergov organiga murojaat qilishni so‘ragan.
Tergov departamenti tomonidan ma’lum qilinishicha, hozirda Straus House MChJ mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyat natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ortiqcha ovoragarchiliklarining oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIB huzuridagi Tergov boshqarmalari, shuningdek, respublikaning barcha shahar va tuman IIBlari huzuridagi Tergov bo‘limlarida tergov guruhlari tashkil etilgan.
“Agarda siz Straus House MChJ mansabdor shaxslarining jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin bo‘lgan ichki ishlar bo‘limiga, shuningdek, Tergov departamentining +998712314628 va +998712336534 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi Tergov departamenti ma’lumotida.
Ma’lumot uchun, markazlashgan tergov guruhi Tergov departamentida tashkil etilgan.
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 1-uy.
Markazlashgan tergov guruhi rahbari: Tergov departamenti katta tergovchisi Utemuratov Azat Minajovich.
Murojaat uchun telefon: +998982792580 va +998712314128.
Straus House ta’sischisi Ibrohim Isroilov mijozlaridan olgan pullarni nimalarga sarflagani ma’lum bo‘ldi | 8O‘zbekiston
|
APL chempionligi uchun kurashayotgan olti klubning “Yunayted”dan boshqa hammasi yevrokuboklardan chetda qoldi
Yevropa ligasining nimchorak finalini muvaffaqiyatli yakunlagan “Manchester Yunayted” xalqaro maydondagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.
Angliya chempionligi uchun kurash olib borayotgan olti klubning 5 tasi esa yevrokuboklardan chiqib ketgan. Peshqadam “Chelsi” va “Liverpul” o‘tgan yilgi muvaffaqiyatsiz natijalari sabab xalqaro maydon chiptasidan quruq qolishgandi. “Arsenal” Chempionlar ligasida “Bavariya, “Manchester Siti” esa “Monako” dovonidan o‘ta olmadi. “Tottenhem” Yevropa ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi.
Chempionlar ligasida Angliyadan “Lester” ishtirokini davom ettirayotgan bo‘lsa-da, mazkur klub o‘z mamlakatida chempionlik uchun emas, ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. Yevropa ligasida esa faqatgina “Manchester Yunayted” bor.
Men “Manchester Siti”ning Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan afsuslandim. Hazillashayotganim yo‘q, jiddiy aytyapman. Chunki bu bizga ko‘p tomonlama qiyinchilik tug‘diradi.
Bizdan oldinda borayotgan besh klubning birortasi xalqaro maydonda ishtirok etayotgani yo‘q. Demak ular mavsumning qolgan qismida haftada 1 ta uchrashuv o‘tkazadi. Ular charchash nima ekanini juda yaxshi biladi. Biz esa haftasiga ikki marta o‘ynash uchun kurashamiz.
Joze Mourinyo, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi | 13Sport
|
Yaponiyalik gubernator Putin sovg‘a qilgan mushuk qanday yashayotganini ma’lum qildi
Yaponiyaning Akita prefekturasi gubernatori Satake Norixisa Rossiyaning Primorye o‘lkasi deputatlariga prezident Putin sovg‘a qilgan mushuk qanday yashayotganligi haqida hikoya qildi. Bu to‘g‘risida o‘lka qonunchilik yig‘ini saytida ma’lum qilindi.
Gubernatorga ko‘ra, u Mir laqabli mushukka juda bog‘lanib qolgan. Jonivor ko‘z ochib yumguncha ulg‘ayib bormoqda.
Prefektura saytida uning oxirgi suratlari e’lon qilinganida ko‘pchilik mushukning qiyofasi tobora yaponcha ko‘rinishga kirib borayotganini qayd etgan.
2012-yilda Satake Putinga Rossiya Yaponiyaga tabiiy ofat vaqtida ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik ramzi sifatida akita-inu kuchugini sovg‘a qilgandi. O‘z navbatida, Putin gubernatorga Sibir mushugini hadya qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 2Dunyo
|
2013-yilda Buxoroda odam savdosi bilan bog‘liq 32 ta jinoyat aniqlandi
Buxoroda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo viloyat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, huquqni muhofaza qilish idoralari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi, deya xabar berdi O‘zA.
Foto © stoptaskforce.com
Mamlakatimizda bunday jinoyatning oldini olish, unga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.
Viloyatda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishda samarali natijalarga erishilmoqda. Ichki ishlar idoralari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar jarayonida 2013-yilda 32 ana shunday jinoyat aniqlandi. Ularni sodir etishda aybdorligi isbotlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatildi.
O dam savdosiga qarshi kurashishga doir profilaktik choralarning ijrosi yuzasidan viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Odam savdosiga qarshi kurashish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’rifiy-huquqiy targ‘ibot tadbirlarini, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan jamoatchilik hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. | 8O‘zbekiston
|
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabar berishlaricha, Asqar Mamin O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi “ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, mamlakatlar o‘rtasida temiryo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, shuningdek, mintaqalararo ahamiyatga ega yirik loyihalarni amalga oshirish va Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqaro transport koridorlarini yaratishda faol ishtirok etganligi uchun” mukofotlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning sentabrida Asqar Mamin boshchiligidagi Qozog‘iston hukumati delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lgan, xususan, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Infografika. Iqtisodiyotning turli sohalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan va soddalashtirilgan tartibi joriy qilindi.
Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartibini infografika ko‘rinishida taqdim qildi. | 4Iqtisodiyot
|
FILIPP LAM GERMANIYaDA YIL FUTBOLChISI DEB TAN OLINDI
O`tgan mavsum so`nggida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Filipp Lam Germaniya jurnalistlari talqiniga ko`ra mamlakatning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
Ikkinchi o`rinni “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos egallagan bo`lsa, kuchli uchlikka “Borussiya D” hujumchisi Per-Emerik Obameyan yakun yasadi.
Filipp Lam 2001 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Shu vaqt davomida u 8 karra Germaniya chempioni, 6 bor mamakat Kubogi sohibi va bir martadan EChL hamda klublar o`rtasidagi JCh g`olibi bo`lgan. | 13Sport
|
Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi Termizda sezildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 2021 yil 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:28da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,07 gradus shimoliy kenglik; 68 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 78 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 587 km janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Termiz: 144 km, 2 ball. | 8O‘zbekiston
|
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi, 52-avtobus liniyasi yopiladi
12 mart sanasidan boshlab Toshkent shahridagi 5 ta avtobus yo‘nalishida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi «Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 157-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari faoliyati muvofiqlashtiriladi. Jumladan, Toshkent shahri aholisidan va korxonalardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2021 yil 12 mart kunidan boshlab 36, 52, 59, 78, 184-sonli avtobus yo‘nalishlari faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritildi.
2021 yil 10 mart kunidan boshlab 12-sonli Qo‘yliq dehqon bozori – Boshliq mavzesi avtobus yo‘nalishining ikki tomonlama harakati Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Tolimarjon, Sariko‘l, Yangi zamon, A.Fitrat, A.S.Banokatiy, G.Aliyev, Temiryo‘lchilar, Sariko‘l, KHY, Turkiston, T.Shevchenko, Nukus ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirilgan edi. Shuningdek, yangi 196-sonli Obod makon majmuasi – Gulobod ko‘chasi avtobus yo‘nalishi tashkil etilgan.
Avvalroq Toshkentda ikki yo‘nalishda metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi aytilgan edi. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari kamqonlikni davolovchi yangi preparat yaratdi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari mahalliy xomashyo asosida kamqonlik kasalligini davolovchi eritim preparatini yaratdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Hayvonlarning bezidan olingan ushbu shifo vositasi organizmda temir moddasi yetishmovchiligida yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi va uni tibbiyot amaliyotiga qo‘llashga ruxsat etildi.
“Eritim analoglariga ko‘ra bir necha barobar samarador jihatlari bilan ajralib turadi, — deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor Abbosxon To‘rayev. – Uning asosida muolaja o‘tkazilganda kasallikni davolash muddati bir necha barobar qisqardi va bemorning salomatligi tez tiklanishi ma’lum bo‘ldi”.
Keyingi yillarda institut olimlari yaratgan o‘n beshdan ziyod innovatsion ishlanma tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi sohasiga tatbiq etildi. Yana yigirmaga yaqin ishlanma sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Institut olimlari tomonidan ayni paytda davlat granti asosida qirqdan ziyod fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Samarqandda harakatlanayotgan “Jiguli” yukxonasiga Malibu’ni videoga olish uchun tasvirchini joylashtirgan haydovchi jarimaga tortildi
Samarqandda tasvirchini harakatlanayotgan “Jiguli” yukxonasida ketishi uchun sharoit yaratib bergan haydovchi javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqda “Uddalab bo‘lmas topshiriq bajarildi” izohi bilan video tarqaldi. Unda harkatlanayotgan qizil rangli “Jiguli” yukxonasiga o‘tirib olib, Malibu’ni [aftidan to‘y korteji — tahr.] videoga olib ketayotgan tasvirchini ko‘rish mumkin.
Aniqlanishicha, videodagi holat Samarqand viloyati Toyloq tumanida sodir bo‘lgan.
Video viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidani chetlab o‘tgan haydovchi F.Ya.ga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Samarqandda dabdabali to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi (video) | 8O‘zbekiston
|
“Miss Koinot” xalqaro go‘zallik tanlovida filippinlik qiz g‘olib bo‘ldi
“Miss Koinot” xalqaro go‘zallik tanlovida filippinlik qiz g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Xalqaro tanlovning final bosqichi Bangkokda bo‘lib o‘tdi.
Unda dunyoning eng go‘zal qizi nomiga Filippin vakili Katriona Grey sazovor bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni Venesuela vakili Stefani Guterres egalladi.
Miss Universe 2018 is... PHILIPPINES! pic.twitter.com/r2BkN8JpXh
— Miss Universe (@MissUniverse) December 17, 2018 | 2Dunyo
|
O‘zbekistonda Webster universitetini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi
2019-yilning 5-fevral kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Webster universiteti o‘rtasida ta’lim xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi Bosh kelishuvni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Kelishuvning imzolanishi O‘zbekistonda Amerika universitetining birinchi, doimiy filialining ochilishidan dalolatdir.
Tadbirda Davlat departamenti, Ta’lim departamenti, USAID, Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi, Jahon Banki, XVJ, AQShning ta’lim va tahlil doiralari vakillari ishtirok etdi.
Tantanada AQShga ishchi tashrif bilan borgan bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev va “Uztekstilprom” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov ishtirok etdi.
Webster universiteti O‘zbekistonda MDH mamlakatlaridagi birinchi to‘laqonli filiali bo‘ladi. Unda biznesni boshqarish, marketing va tadbirkorlik, kompyuter fanlari, jurnalistika va media soha, sog‘liqni saqlash, STEM-ta’lim va innovatsiyalar hamda boshqa sohalarda bakalavr va magistraturaning barcha dasturlari to‘liq tarkibda o‘qitiladi.
Toshkent shahrida AQShning Webster universiteti filiali ochilishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilning 20-sentabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—AQSh biznes forumida kelishuv imzolangandi. | 8O‘zbekiston
|
Toshkentda katta xalqaro musobaqaga start berildi
Bugun poytaxtimizda O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy A'zamov xotirasiga bag‘ishlangan "Tashkent Open XIIl" xalqaro turniri boshlandi.
Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa bosh hakami Gretsiyalik Panagiotis Nikolopolus o‘z so‘zida, yurtimiz shaxmatchilarining so‘nggi yillardagi yutuqlari va ushbu musobaqaning nufuzi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tushdan so‘ng musobaqaga rasmiy start berildi.Bu yilgi turnirda AQSh, Ukraina, Armaniston, Eron, Belorussiya, Rossiya va boshqa davlatlardan, ja'mi 14 davlatning 200 ga yaqin shaxmatchilari dona surishadi. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi- 20 000 AQSh dollaridan iborat. Reyting darajasi 1800dan yuqori shaxmat ustalari "A" guruhida, reytingi 1800 gacha bo‘lgan ishtirokchilar "B" guruhida kuch sinashadilar.
Ushbu turnirda qatnashayotgan shaxmatchi yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz.Oxirgi tur bahslari 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Turnirning A guruhi eng yosh ishtirokchisi hamyurtimiz 9 yoshli Humoyun Bekmurodovdir. U uch karra jahon chempioni, FIDE ustaligiga nomzod hisoblanadi.
Hamza Umarov tayyorladi | 13Sport
|
Shavkat Mirziyoyev Trampga ta'ziya bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga Florida shtatida ro‘y bergan shafqatsiz jinoyat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
AQShning Parklend shahridagi (Florida shtati) Marjory Stoneman Douglas maktabida 17 kishi otishma qurboni bo‘ldi, yana 14 kishi jarohatlandi, ularning 3 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Ommaviy qotillik ijrochisi shu maktabdan haydalgan Nikolas Kruz bo‘ldi. U Marjory Stoneman Douglas maktabidan bekorga haydalmagandi. Unga tegishli bo‘lgan Instagram sahifasiga o‘tochar va sovuq qurollar suratlari joylashtirilgandi. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasi e'lon qilindi
Prezidentning “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Strategiyaning asosiy maqsadi – avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishning, ularning ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirishning iqtisodiyot barqaror va ildam rivojlanishiga, respublika mudofaa qobiliyati va iqtisodiy xavfsizligi mustahkamlanishiga, aholi turmush darajasi o‘sishiga ko‘maklashadigan yo‘nalishlari, yondashuvlari va mexanizmlarini belgilab olish.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun Strategiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Quyidagilar avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘ini barpo etishning bosh prinsiplariga aylanishi kerak:
mamlakatning yo‘l tarmog‘idan va ichki hamda tashqi hududlarga chiqish yo‘llaridan teng foydalanish imkoniyatlari;
yo‘l tarmog‘i faoliyatining iqtisodiy samaradorligi;
avtoyo‘l marshrutlarini mintaqalararo va xalqaro avtomobilda tashishning maksimal samaradorligini ta'minlaydigan tarixan yuzaga kelgan yoki eng qisqa yo‘nalishlar bo‘yicha geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda shakllantirish zarur;
transportning har xil turlaridan foydalangan holda eng iqtisodiy intermodal tashuvlarni rivojlantirishga imkon qadar ko‘maklashish maqsadida transport magistral turlarining transport kommunikatsiyalari, tugunlari va terminallariga kirishni ta'minlash.
Avtoyo‘llarning zamonaviy, keng tarmoq otgan tarmog‘ini yanada takomillashtirish quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutadi:
respublika va xalqaro transport tizimiga samarali integratsiyalashish uchun respublika, viloyat, tuman va shahar uchun eng muhim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olib, yagona, ichki tarmoqlangan va tashqi integratsiyalangan transport makonini shakllantirish;
G‘arb va Sharqni hamda Shimol va Janubni bog‘laydigan, xalqaro va viloyatlararo avtomobilda tashishning o‘ziga jalb etuvchanligi, raqobatbardoshligi, shuningdek samaradorligini ta'minlaydigan mamlakatning yagona transport tarmog‘idan iborat bo‘lgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘i saqlanishini ta'minlashni yanada takomillashtirish;
pulli asosda va davlat-xususiy sheriklik asosida tezyurar avtomagistrallar (avtobanlar), tunnellar va avtomobillar yo‘llari yaratish;
viloyat, mahalliy va shahar avtomobil yo‘llarini yanada rivojlantirish, ular ta'mirlanishi va tegishlicha saqlab turilishini ta'minlash.
Yo‘l harakati xavfsizligi va ishonchliligi darajasini quyidagilar orqali oshirish nazarda tutilmoqda:
avtoyo‘llarni harakatlanishni tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlashni davom ettirish, yo‘l harakatini boshqarishning va ular texnik holatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;
ixtisoslashgan oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida mutaxassislarni ishlab chiqarishdan ajratmagan holda sirtqi tayyorlash kurslarini tashkil etish;
yetakchi xorijiy o‘quv yurtlarida o‘qitish kurslarini va tajriba almashish bo‘yicha xorijiy kompaniyalarda amaliyot o‘tashni, shuningdek xorijlik mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilgan va taklif etgan holda seminarlar tashkil etish;
qulay va xavfsiz harakatlanishni ta'minlash uchun avtoyo‘llarni tegishlicha ekspluatatsiya qilish, shuningdek avtoyo‘llarni ekspluatatsiya qilishda yo‘l harakati xavfsizligini va favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish bo‘yicha organlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish tizimini takomillashtirish.
Rivojlangan, zamonaviy yo‘l chetidagi infratuzilmani yaratishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
yo‘l chetidagi servis va xizmatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura-landshaft dizaynini yanada rivojlantirish hamda avtomobil yo‘llariga tutash hududlarda transportning bulg‘ashi va tashlanmalarining salbiy ekologik ta'sirini kamaytirish choralari quyidagi yo‘nalishlarni ko‘zda tutadi:
avtomobil yo‘llarini qurish va qayta qurish loyiha hujjatlari tarkibida ko‘kalamzorlashtirish, arxitektura-badiiy loyihalash va landshaft dizayni ishlarini kiritish;
ilg‘or zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribalarning keng qo‘llanilishini hisobga olgan holda tomchilab sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK korxonalarining manzarali o‘simliklar ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalarida yetishtirilgan yashil ko‘chatlaridan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yashil ko‘chatlar, butalar va gullarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta'minlash.
Yo‘l-qurilish sanoati samaradorligi quyidagilar yordamida oshiriladi:
yo‘l-qurilish sanoatining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash;
loyiha hujjatlari tarkibiga qurilish va rekonstruksiya qilish uchun zarur yo‘l-qurilish sanoati obektlarini xarid qilishni kiritish;
yo‘l-qurilish sanoatining yangi korxonalarini qurish va amaldagilarini rekonstruksiya qilish;
xorijiy kompaniyalar bilan qurilish materiallar ishlab chiqarish, xomashyo resurslarini qayta ishlash va pudrat kompaniyalari qurilishini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish;
yo‘l-qurilish texnikasiga xizmat ko‘rsatish va uni ta'mirlash uchun zamonaviy ta'mirlash-ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish.
Yo‘l tarmog‘i xodimlarining ijtimoiy himoyasi quyidagilar yordamida amalga oshiriladi: | 2Dunyo
|
Yaponiya mudofaa kuchlarining samolyoti yo‘qolib qoldi
Yaponiyada 1700 qutqaruvchi mamlakat mudofaa kuchlarining radarlardan yo‘qolib qolgan samolyotini qidirishga jalb qilindi.
NHK telekanalining ma'lum qilishicha, samolyot Xokkaydo prefekturasida yo‘qolib qolgan. LR-2 razvedkachi-samolyoti oxirgi marta Xakodate aeroportidan g‘arbga tomon taxminan 30 km lar uzoqlikda tog‘lar ustidan uchib o‘tayotganda qayd qilingan.
Samolyot bortida 4 kishi bo‘lgan.
Nazorat qiluvchi idoralarning ta'kidlashicha, yerdagi xizmatlar samolyot yo‘qolgunga qadar hech qanday noodatiy holatni payqashmagan. | 2Dunyo
|
Samarqand tumanidagi bir nechta bog‘chalarda tekshiruv o‘tkazildi
Joriy yilning 1-aprel kuni Samarqand tuman hokimligi va iste’molchilar huquqini ximoya qilish jamiyati tuman bo‘limi vakillari tomonidan 1, 19, 9, 13, 25, 33-maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi., deb xabar berdi “Zarnews”.
Aniqlangan kamchiliklar bir dunyo: maktabgacha ta’lim muassasalarida sifatli o‘quv jarayoni yetarli darajada tashkil etilmagan, past malakali pedagog kadrlar, shuningdek, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish tashkil etilmagan, sanitar holatlar talabga javob bermaydi.
Samarqand tuman hokimi Shuhrat Jamolov rahbarligida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimidagi mavjud dolzarb muammolar va kamchiliklar muhokama qilindi. Kamchilikka yo‘l qo‘ygan 3 nafar xodim vazifasidan ozod etildi, 2 nafar xodimga oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yil 19-iyul kuni tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom talablari yana bir bor tushuntirildi. Barcha bo‘g‘in rahbarlari sanitariya qoidalari va me’yorlari buzilgan holatda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi. | 8O‘zbekiston
|
Kim Chen In Vetnamga Tramp bilan uchrashuvdan bir necha kun avval keladi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tadigan Vetnamga 25 fevralda keladi.
Bu haqda Kim Chen Inning jadvalidan xabardor bo‘lgan uchta manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Shimoliy Koreya rahbari Xanoyda Vetnamning rasmiy shaxslari bilan uchrashadi. Kim Chen In, shuningdek, Baknin viloyati va Xayfong shahriga tashrif buyuradi, Vetnam prezidenti Nguyen Fu Chong bilan uchrashadi.
Avvalroq Tramp uning Kim Chen In bilan ikkinchi uchrashuvi Vetnam poytaxtida 27-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgandi. | 2Dunyo
|
Tereza Meyga «kuydirgili» maktub yuborgan shaxsga hukm chiqarildi
Buyuk Britaniyada Old-Beyli Markaziy jinoiy ishlar bo‘yicha sudi mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga tahdid qilgan Vinsent Potterni 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deya yozmoqda The Independent.
Ta'kidlanishicha, 60 yoshli Potter Meyga kuydirgi sporasi (gulsiz o‘simliklarning va ba'zi bir hujayrali jonivorlarning urchish organi) bo‘lgan maktub jo‘natgan. Unga bunga qadar portlovchi modda ishlab chiqargani tufayli ham ayblov hukmi o‘qilgandi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, u shizofreniya (ruhiy kasallikning bir turi) kasalligiga chalingan.
«Mening fikrimcha, bunday qo‘rqinchli maktublarni bosh vazirga yuborgan erkak... zudlik bilan ozodlikdan mahrum qilinishi kerak», - dedi sudya.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada o‘z joniga qasd qilish holatlari bilan kurashadigan vazir tayinlangandi. | 2Dunyo
|
"Zenit" Vitselning Xitoyga o‘tganini e'lon qildi
"Zenit" va "Tyantszin Tsyuantszyan" klublari belgiyalik yarim himoyachi Aksel Vitsel transferi borasida kelishuvga erishdi. Avvalroq OAVda futbolchi Xitoyda 80 mln dollar ishlab topishi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Vitsel peterburgliklar tarkibiga 2012 yil kelib qo‘shilgan va 5 yil ichida 180ta uchrashuvda maydonga tushib, 22ta gol va 13ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
""Zenit" Aksel Vitseldan Peterburgda o‘tkazgan vaqti uchun minnatdor va unga yangi jamoada muvaffaqiyat tilaydi", – deb yozadi klub rasmiy sayti. | 13Sport
|
O‘zbekistondagi sport maktablarida davlat buyurtmasi asosida razryadli va unvonli sportchilarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni sport ta’limini rivojlantirish va Olimpiya zaxiralarini tayyorlash masalalariga doir taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 15 ta olimpiya zaxiralari kolleji, 344 ta sport maktabi va 7 ta oliy sport mahorati maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda 380 ming nafar yosh 100 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
So‘nggi uch yilda Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari xalqaro musobaqalarda 723 ta, respublika turnirlarida 10 mingdan ziyod medallarni qo‘lga kiritgan. Qariyb 4 ming 500 nafar o‘quvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalariga qabul qilingan.
Bu sohani yanada rivojlantirish uchun sport ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, murabbiylar malakasini oshirish zarur.
Xususan, ushbu muassasalarda ishlayotgan 14 mingga yaqin murabbiylarning qariyb 6 ming nafari oliy ma’lumotga ega emas. Shuningdek, joylarda ot sporti, zamonaviy besh kurash, regbi, o‘q otish, kamondan otish, velosport, suvga sakrash va sinxron suzish bo‘yicha murabbiylar yetishmaydi.
Taqdimotda sport ta’limi tizimini tubdan yaxshilash, zamonaviy dastur va metodikalarni joriy etish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilab, sport ta’limini takomillashtirish, o‘quvchi va talabalar sonini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Sohadagi ta’lim muassasalarining Paralimpiya bo‘limlariga 10 foizgacha qo‘shimcha kvota ajratilishi hamda ota-onalar tomonidan to‘lov tartibi bekor qilinishi belgilandi. Shuningdek, qizlar uchun kvotani ko‘paytirish orqali Xalqaro olimpiya qo‘mitasining gender tenglikka doir tamoyillari ta’minlanadi.
Seleksiya ishlarini kuchaytirish, bu jarayonda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlab, korrupsiya holatlariga barham berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Olimpiya zaxiralari kollejlariga o‘quvchilarni qabul qilish, iqtidorli sportchilarni saralash va musobaqalar tashkil etish bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Prezident Olimpiya zaxiralari kollejlarini sport federatsiyalari bilan uzviy bog‘lash, iqtidorli yoshlarni o‘stirishda promouter, skaut, agent kabi mutaxassislar faoliyatini keng qo‘llash va bu yo‘nalishlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Sportchilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holatini hamda farmakologik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Sportchilarni tayyorlash va o‘quv muassasalarini boshqarish tizimini ilmiy asoslangan ravishda rivojlantirish zarurligi aytildi.
2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, sport maktablarida davlat buyurtmasi asosida razryadli va unvonli sportchilarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Murabbiylar yetishmayotgan sport turlari bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, ularga mahalliy murabbiy va talabalarni biriktirib, tajribasini o‘rganish kerakligi qayd etildi.
Sport ta’limi muassasalarini qurish va ta’mirlash, zamonaviy jihozlar va sport adabiyotlari bilan ta’minlash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik masalalariga ham e’tibor qaratildi. Sportchilarimiz Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan ushbu nufuzli musobaqaga jami 126 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Davlat rahbari sportchi va murabbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yaxshi natijalarga erishishi uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, 2024-yili Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Bundan avval sportga ajratiladigan 100 milliard so‘mdan O‘zbekistondagi har bir bog‘chaga 2 millionlik, maktablarga 5 million so‘mlik sport jihozlari olinishi hamda O‘zbekistondagi maktablarda 2021/2022-o‘quv yilidan jismoniy tarbiya darsi haftada 2 soatdan o‘tilishi haqida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
Italiyada Ronaldu – Shomurodov to‘qnashuvi, Angliyada «MYu» Mourinoga qarshi
Ushbu haftaning dam olish kunlari muxlislarni bir qator qiziqarli va shiddatli o‘tishi kutilayotgan o‘yinlar kutib turibdi. Jumladan, Ispaniyada butun dunyo nigohi «El-Klasiko»ga qadalsa, Angliyada Mourino boshchiligidagi «Tottenxem» «Manchester Yunayted»ga qarshi saf tortadi. Apenin yarim orolida esa Eldor Shomurodov to‘p surayotgan «Jyenoa» Turinda «Yuventus» mehmoni bo‘ladi.
La Liga. 30-tur
10 aprel (shanba)
ReAL – BARSeLONA
O‘yin boshlanish vaqti: 23:59
TV-translatsiya: UzReportTV
Mavsum boshida «Atletiko» katta farq bilan peshqadamga aylangach, ko‘pchilik Suares yetakchiligidagi jamoaning muddatdan avval chempion bo‘lishi haqida gapira boshlagandi. Ammo Simeone jamoasi so‘nggi o‘yinlardagi omadsizliklari tufayli «Barselona» va «Real» deyarli yetib olishdi. Endi bir ochkolik farqqa qaramay, «Atletiko» emas yana o‘sha «Barsa» va «Real»ning chempionlik uchun imkoniyati ko‘proq sanalmoqda.
Shanba oqshomida butun dunyo nigohi Madridda o‘tadigan «El Klasiko»ga qaratiladi. Bahs oldidan jamoalar orasidagi farq 2 ochkoni tashkil etayotgani bois ikki tomon ham chempionlik uchun katta qadam tashlashi uchun faqat g‘alabani ko‘zlaydi. Bu bahsda Zidan jamoasiga jarohat tufayli Serxio Ramos, koronavirus sababli Rafael Varan singari himoyachilar yordam bera olmasa, Kuman jamoasiga Pike yordam bera olmasligi mumkin.
APL. 31-tur
11 aprel (yakshanba)
TOTTeNHEM – MYu
O‘yin boshlanish vaqti: 20:30
TV-translatsiya: FutbolTV/UzReportTV
Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun kurashda 2-o‘rindagi «Manchester Yunayted» «Manchester Siti»dan katta farq bilan ortda qolayotgan bo‘lsa-da, top-4lik uchun kurashda Sulsher jamoasi katta ustunlikka ega. Bu safargi bahsda «MYu» Londonda «Tottenhem»ga qarshi saf tortadi. «Yunayted»ning Joze Mourino jamoasiga qarshi bahsi barchaning diqqatini tortadi. Ayniqsa, bu klublar o‘rtasidagi birinchi davradagi o‘yinda Mourino shogirdlari Manchesterdan 6:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytganligini mankunianlar unutgani yo‘q. Shunday ekan, «MYu» shu kuni revansh o‘tida yonsa, «Tottenhem» Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi top-4likdagi o‘rin uchun kurashishda davom etadi.
APL. 31-tur
11 aprel (yakshanba)
VeST HEM – LeSTeR
O‘yin boshlanish vaqti: 18:05
TV-translatsiya: FutbolTV/UzReportTV
Premer-liganing ushbu turidan yana bir qiziqarli bahs o‘rin olgan. Ko‘pchilik uchun kutilmaganda top-4likdan joy olib turgan «Vest Hem» o‘z maydonida 3-o‘rinni egallab turgan «Lester»ga qarshi saf tortadi. Shotlandiyalik Devid Moyyes va shimoliy irlandiyalik Brendan Rojyers murabbiyligidagi jamoalar to‘qnashuvida haqiqiy britancha futbol guvohiga aylansak, ajabmas. O‘yindagi g‘alaba Londonning eng yaxshi klubi bo‘lib turgan «Vest Hem»ga «Lester»ga yaqinlashib olish imkonini bersa, «Lester» «MYu» bilan farq kattalashib ketmasligi ilinjida o‘ynaydi.
A Seriya. 30-tur
11 aprel (yakshanba)
YuVeNTUS – JYeNOA
O‘yin boshlanish vaqti: 18:00
TV-translatsiya: FutbolTV/UzReportTV
Eldor Shomurodovning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin hamyurtimizning o‘yinida nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, Eldor «Yuventus» bilan bahsda yana turinliklar e'tiboriga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ronaldu yetakchiligidagi «keksa sinoralar» so‘nggi ikki o‘yinda ochko yo‘qotishdi, ayniqsa «Benevento»dan uchralgan mag‘lubiyat turnir jadvalida «Benevento»ning yonidan o‘rin olgan «Jyenoa»ga ham Turinda g‘alaba qozonish umidini bergan bo‘lsa, ajab emas. Shu kuni hujumkor mezbonlar va himoyaviy o‘yinni ma'qullaydigan Ballardini jamoasi o‘rtasidagi bahs murosasiz va shiddatli o‘tishini kutsa bo‘ladi.
Boshqa o‘yinlar:
10 aprel (shanba)
MANCheSTeR SITI – Lids (16:30), BAVARIYa – Union Berlin (18:30), LIVeRPUL – Aston Villa (19:00), Strasbur – PSJ (20:00), Parma - MILAN (21:00), Shtutgart – BORUSSIYa D (21:30), Kristal PELAS – Chelsi (21:30).
11 aprel (yakshanba)
INTeR – Kalyari (15:30), Sheffild – ARSeNAL (23:00), Betis – ATLeTIKO (23:59). | 13Sport
|
Markaziy Osiyo — AQSh hamkorligining yangi formati – “S5+1”ni tashkil etish ma’qullandi
Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 1-noyabr kuni Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
Majlisni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ochdi.
Uchrashuvda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov, Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ishtirok etdi.
Majlisda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida Markaziy Osiyoning besh mamlakati va AQSh o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. Tadbir ishtirokchilari olti davlat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida umum manfaatdor masalalar yuzasidan muntazam siyosiy muloqot o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning yangi formati – “S5+1”ni tashkil etishni ma’qulladi. | 8O‘zbekiston
|
Qarag‘andalik qariya 40 daraja sovuqda bir futbolkada yurishni odat qilgan
Qozog‘istonning Qarag‘andasida yashovchi pensioner Bayildi Tere 40 daraja sovuqni pisand qilmay, egnida bir futbolka va yupqa shimda yurishdan qo‘rqmaydi. 65 yoshli erkak uchun bunday sovuq havoda yupun kiyinish odatga aylangan. Saryarqa telekanali bu noodatiy erkak haqida lavha tayyorladi.
Qariya pensiyaga chiqqach, uyida qo‘l qovushtirib o‘tirishni istamadi. U Qarag‘andadagi harbiy qismlardan biriga farrosh bo‘lib ishga kirgan. “Sovuq havo tanani jangovar holatda ushlab turadi. Tana qizg‘in holda bo‘lganda, hech qanday kasalliklar bo‘lmaydi. Fikrimcha, barcha kasalliklarning davosi bizning miyamizdadir. Aytishadi-ku, nima o‘ylasang, shuni olasan”, deb aytadi erkak.
Qariya qishki havoda ko‘chaga yupun holda chiqishni 25 yil avval boshlagan. O‘shanda u hech qancha sovuq qotmagan. U shundan keyin buni takror-takror qaytargan. Keyin esa organizmi bunga ko‘nika boshlaganini anglagan. O‘shandan beri u biror marta kasal bo‘lmagan va shifokorga murojaat qilmagan.
“Buni birinchi marta qilganimda yo noyabr, yo dekabrmidi, qor yoqqandi. Men yo‘lakka chiqib, eshikka yaqinlashganimda kurtkamni esdan chiqarganim yodimga tushgan. Shunda qandaydir kuch menga ortimga qaytishga yo‘l bermagan. Va men shunday holimda ko‘chaga chiqib ketganman. Meni yupun holda ko‘rganlar kiyimlarini yechib menga bermoqchi bo‘ladilar. Men esa ularga menga sovuq emasligini, kiyim kerakmasligini tushuntirib, rahmat aytaman”, deydi “sovqotmas odam”.
Qariya chiniqishni istovchilarga dastlab o‘z organizmini bunga tayyorlash kerakligini maslahat qilmoqda. Qalin kiyimlarni yechib, ko‘chaga darrov chiqib ketish yaramaydi, chunki bunda shokka tushish mumkin. Shu sababli buni sekin-astalik bilan amalga oshirish lozim. Ayniqsa, bu yoshi kattalarga taalluqlidir. | 5Jamiyat
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QO‘MITASI (“O‘ZISTIQBOLSTAT” DAVLAT QO‘MITASI) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 6-avgustdagi Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining Bosh hisoblash markazi hamda O‘zbekistonning Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot institutining hisoblash markazi negizida Bosh hisoblash markazi.
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
eng muhim xalq xo‘jaligi muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish, tahliliy materiallarni, respublikani istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish parametrlari prognozlarini ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek alohida olimlar va yirik mutaxassislarni jalb etish;
berilgan vakolatlar doirasida me’yoriy va metodik hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
respublika iqtisodiy idoralari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar va tashkilotlarning statistika axborotini to‘plash va qayta ishlashning metodik birligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
respublika hududida bo‘lgan barcha yuridik shaxslardan, ularning idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolardan davlat hisobotini hamda barcha hisobga olish-statistika ishlari bo‘yicha zarur ma’lumotlar va materiallarni belgilangan hajmlarda va muddatlarda tekin olish huquqi berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi istiqbolni belgilash va statistika qo‘mitasi 20 kun muddat ichida:
istiqbolni belgilash va statistika hududiy boshqarmasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqsin;
Davlat qo‘mitasining yangi funksiyalari va faoliyat yo‘nalishlarini hisobga olgan holda uning to‘g‘risidagi nizom loyihasini, shuningdek davlat statistika hisoboti berishning belgilangan tartibini buzganlik va uning noto‘g‘riligi uchun rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti hamda o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlar to‘g‘risidagi Nizomni, ularning xodimlari soni va tuzilmasini tasdiqlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga “Iqtisod va hisobot” (“Ekonomika i statistika”) oylik jurnalini ta’sis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Raisiga:
Qo‘mita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartishlar kiritish;
O‘zbekistonning istiqbolini belgilash va statistika qo‘mitasi xodimlari uchun ular “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasida ishlagan davrda ularga belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari saqlab qolinsin.
8. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Toshkent shahar, O‘zbekiston ko‘chasidagi 45-uyga; Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti hamda Bosh hisoblash markazi Toshkent shahar, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi 63-uyga; Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi, “Iqtisod va hisobot” jurnali tahririyati Toshkent shahar, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi 42-uyga joylashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlar sonining 4-ilovaga muvofiq qisqartirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin hamda bir oy muddat ichida respublika Hukumatiga axborot bersin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-fevraldagi 66-son va 1992-yil 19-fevraldagi 70-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish o‘rtoq A. M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin. | 10Qonunchilik
|
Pentagon Afg‘onistonga yana 3 ming harbiy jo‘natishni taklif qildi
AQSh Mudofaa vazirligi Afg‘onistonga yana qo‘shimcha kuch yuborishni o‘z ichiga olgan yangi harakatlar rejasini taqdim etdi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon Afg‘onistonni “mushkul ahvoldan olib chiqish”ga yo‘naltirilgan rejani AQSh prezidenti Donald Trampga keyingi hafta taklif qilmoqchi.
Ba’zi OAVlarning ma’lum qilishicha, gap Afg‘onistonga yana 3 ming harbiyni jo‘natish haqida ketmoqda.
Oq uy ushbu rejani ma’qullagan taqdirda, yordamchi kuchlarni Afg‘onistonga yuborishda NATO boshchiligidagi mahalliy harbiylar va politsiyani o‘qitish hamda “Tolibon”ga qarshi kurashishda yordam ko‘rsatish missiyasi ham ishtirok etadi. | 2Dunyo
|
Disney kompaniyasi Chaos bilan hamkorlikda iPhone g‘iloflarini ishlab chiqarishni boshladi
Disney kompaniyasi Chaos aksessuarlar brendi bilan hamkorlikda iPhone uchun g‘iloflar yaratdi. Ularda barcha uchun sevimli bo‘lgan multqahramonlar tavirlangan. Masalan, qizil g‘ilofda Vinni Pux, havorangda — Zolushka, ko‘kdan — “Lilo va Stich” multfilmidagi Stich o‘rin olgan, deb xabar beradi “Afisha.uz”.
Bu kabi g‘iloflarning reklama kampaniyasida Kara Delevin, Paloma Elzesser, Vinni Xarlou va boshqa ko‘plab taniqli insonlar ishtirok etdi.
“Ushbu hamkorlik uzoq orzu edi! Qahramonlarni tanlaganimiz boisi ularning xarakterida kamchilik mavjud bo‘lib, bu har birimizda kuzatilishi mumkin. Ular bizga individuallikni va o‘zni sevish naqadar muhimligini ko‘rsatadi”, — deydi kompaniya muassislaridan biri Sharlotta Stokdeyl.
Hozirda ushbu noodatiy smartfon g‘iloflarini Chaos sayti orqali 110 dollardan xarid qilish mumkin.
Xitoyliklar eski “ayfon”larni yangi iPhone 12’ga aylantirish usulini o‘ylab topdi | 14Texnologiya
|
Foto: Toshkentning Bunyodkor—Muqimiy chorrahasidagi yangi qurilgan ko‘prik avtomobillar harakati uchun ochildi
Davomi: Fotoreportaj: Bunyodkor—Muqimiy chorrahasidagi yangi ko‘prik
Toshkentning Bunyodkor—Muqimiy ko‘chalari kesishmasida qurilgan ko‘prik bo‘ylab avtomobillar harakati aks etgan fotosuratlar Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilindi.
Guruhning bir qator a’zolari ko‘prik bo‘ylab harakatlanishga ulgurganini ham ma’lum qilgan. Telegram’dagi @vtchannel kanalida ma’lum qilinishicha, avtomobillar hozircha ko‘prik bo‘ylab faqat bir yo‘nalishda — “Novza” metro bekati tarafidan “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati tomon harakatlanmoqda, “Mirzo Ulug‘bek”dan “Novza” tomon harakat hozircha ochilmagan.
Avvalroq ko‘prik atrofida 25-mart kuni erta tongdan yo‘l nazoratchilari juda ko‘pligi, inshoot shu kunda foydalanishga topshirilishi ehtimoli kattaligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 0Avto
|
FJShMQMI saylovoldi kampaniyasi monitoringini boshladi
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (FJShMQMI) 4-dekabrda o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilayotgan saylovoldi kampaniyasi monitoringini boshladi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, monitoring chog‘ida saylov okrug va uchastkalari, saylov komissiyalarining tashkil etilishiga, prezidentlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun saylovchilarning imzolarini to‘plash, nomzodlarni ilgari surish, saylovoldi tashviqotini tashkil etish jarayonlariga alohida e’tibor qaratiladi. Yakuniy bosqichda esa FJShMQMI mutaxassislari saylovning o‘zini va uning yakunlarini monitoring qiladi.
Monitoringning dastlabki natijalari va yakunlari keng jamoatchilikka taqdim etiladi. Hisobotlarda saylov qonunchiligi ijrosi va unga rioya etilishi tahlil qilinadi, shuningdek, mamlakat saylov qonunchiligini rivojlantirish va uni amalda qo‘llashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Yakunlar keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, aholi saylov madaniyatining oshishiga xizmat qiladi.
FJShMQMI monitoringi saylov jarayonining shaffofligi va ochiqligi kafolati bo‘lib xizmat qiladi, deb ma’lum qilindi institut matbuot xizmatida. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekiston atrofida shakllantiriladigan “farovonlik kamari”, poytaxt ko‘chalaridagi 9-mayga bag‘ishlangan avtokolonna marshi, Toshkentda paydo bo‘lgan yangi Malibu’lar va kunning boshqa muhim xabarlari
28-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston yon-atrofida “farovonlik kamari”ni shakllantirmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri Qobil Xidirov fikr yuritgan.
2. Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan avtomobillar kolonnasi marshi tashkil etildi. Xabar berishlaricha, tadbir O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
3. O‘zbekiston chegarachilari 2016-yilda 2,7 million dollarning mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishi oldini oldi. 2016-yilning birgina 20-iyul kunida Namangan viloyatida 2,5 million dollarning Qirg‘izistonga chiqib ketishi to‘xtatib qolingan.
5. Toshkentda yirik mebel sexlaridan biri yonib ketdi. Ayni damda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 8O‘zbekiston
|
“Soyuz” raketasi qozog‘istonlik fazogir bilan Boyqo‘ng‘irdan uchdi
“Soyuz TMA-18M” kosmik kemasi “Soyuz-FG” tashuvchi raketasida Xalqaro kosmik stansiyaning yangi ekipaj a’zolari bilan birga Boyqo‘ng‘irdan uchdi. Bu haqda “Newskaz.ru” xabar beradi.
Raketa tashuvchi Moskva vaqti bo‘yicha 7:32 da uchdi. Uning yangi ekipaj a’zolari fazogir Sergey Volkov (“Roskosmos”), qozog‘istonlik fazogir Aydin Aimbetov va Yevropa kosmik agentligi astronavti Andreas Mogensendan iborat.
“Soyuz TMA-18M” kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiyaga parvozi avval rejalashtirilgandek olti soat emas, ikki sutka davom etadi. Kemaning stansiyaga tutashuvi 2-sentabrdan 4-sentabrga ko‘chirildi. | 2Dunyo
|
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor bir qator dolzarb qonun loyihalari ko‘rib chiqilgan edi. Kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri «O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-1-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ayniqsa quyi palatadagi barcha siyosiy partiya fraksiyalari o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaraga sabab bo‘ldi.
Oliy sud tomonidan kiritilgan mazkur qonun loyihasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning injyenerlik, transport va ijtimoiy infratuzilma obektlaridan to‘sqinliksiz foydalana olishini ta'minlash bo‘yicha talablarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.
Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yuqoridagi kabi qulayliklarni yaratish bo‘yicha talablarni bajarmaslik – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan (amalda o‘n baravar) yigirma baravarigacha (amalda o‘n besh baravarigacha) miqdorda, xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan (amalda o‘n besh baravar) qirq baravarigacha (o‘ttiz baravar) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Muhokamalar chog‘ida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari nogironligi bo‘lgan shaxslar davlatimiz, jamiyatimizning doimiy e'tiborida bo‘lib kelayotganini ta'kidlash bilan birga, masalaning boshqa jihatlariga ham e'tibor qaratdilar. Xususan, mazkur loyihani qabul qilishdan avval jamiyatimizning bunga tayyorligi hamda shart-sharoitlarni ham hisobga olish maqsadga muvofiqligini qayd etdilar. Ayni paytda bu qonun loyihasi qabul qilinsa, tadbirkorlar, ayniqsa, bugungi kunda ko‘pchilikni tashkil etadigan, kichik biznes sub'yektlari hamda yirik bo‘lmagan ijtimoiy infratuzilma obektlari egalari uchun qator muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Hozirda ayrim davlat idoralari hamda tadbirkorlik sub'yektlari ko‘p qavatli uylarda, baland qavatlarda joylashgan. Fraksiya a'zolarining fikricha, deylik, moslashtirilmagan, ilgaridan loyihalashtirib bo‘lingan bunday bino va inshootlarda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub'yektlari uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘sqinliksiz foydalanishda barcha imkoniyatni yaratib berishning imkoni mavjud emasligini hisobga olish lozim. Fraksiya a'zolari qonun loyihasida mamlakat iqtisodiyotining tayanchlaridan hisoblangan tadbirkorlik sub'yektlarining manfaatlari ham albatta inobatga olinishi lozimligini bildirdilar. Shuningdek, qonunning amaldagi normalarini qoldirish maqsadga muvofiq ekanini ta'kidladilar.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari esa, mazkur qonun loyihasi mamlakatimizning insonparvarlik siyosatiga hamohang tarzda nogironligi bo‘lgan shaxslar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar. Biroq hozirgi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilma obektlaridan foydalanishidagi muammolar tufayli elektorat vakillari barcha fuqarolar kabi teng imkoniyatga ega emasligiga e'tibor qaratdilar. Shuningdek, qonun loyihasidan ko‘zlangan asosiy maqsad jarima miqdorini ko‘paytirish emas, balki nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni ta'minlash, ijtimoiy infratuzilma obektlaridan to‘sqinliksiz, erkin foydalanish imkonini yaratishga qaratilganini qayd etib, loyihani qo‘llab-quvvatlash taklifini bildirdilar.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari qonun loyihasining jarima solish amaliyoti va mexanizmi xususida to‘xtalib o‘tishdi. Qonun loyihasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga injyenerlik, transport va ijtimoiy infratuzilma obektlaridan to‘sqinliksiz foydalana olishini ta'minlash bo‘yicha talablarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolati Mehnat vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari va mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslariga berilmoqda. Holbuki, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bilan sobiq Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ilgari shug‘ullangan. Keyinchalik esa bu vakolat Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilgan. Shunday ekan, fraksiya a'zolarining fikricha, nogironligi bo‘lgan shaxslarga munosib sharoit yaratilishi ustidan nazorat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari masalaning mamlakatimiz aholisi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olib, keng jamoatchilik fikrini ham o‘rganish lozimligini qayd etdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida bu borada Vazirlar Mahkamasiga qator vazifalar belgilab berilgani, avvalo, mazkur vazifalarning ijrosi qay tariqa bajarilayotganini o‘rganish yuzasidan Hukumatga so‘rov yuborish maqsadga muvofiq, degan yakdil fikrga keldilar. | 8O‘zbekiston
|
Fotogalereya: Kinoda suratga tushmasdan katta maosh oladigan Gollivuddagi kasblar
AdMe aktyorlar va rejissorlarga aloqasi bo‘lmagan holda kino sanoatida faoliyat ko‘rsatadigan kasb xodimlarining maoshlari to‘g‘risida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
O‘rtacha maoshi — yiliga 59 ming dollar.
O‘rtacha maoshi — soatiga 20 dollar.
O‘rtacha maoshi yiliga 50 ming dollarni tashkil etadi. | 3Foto
|
Basketbolchini o‘z safiga qo‘shib olgan klub 2 soatdan keyin undan voz kechdi. Sportchi 415 ming dollar ishladi
Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA)ning “Golden Steyt Uorriorz” jamoasi 1-mart kuni Xose Kalderonni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. Ikki soat o‘tib klub Kalderon xizmatlaridan voz kechdi, deb yozadi Meduza.
Ispaniyalik 35 yoshli basketbolchi jamoasi safida 1 daqiqa ham o‘ynamay, 2 soat ichida 415 ming dollar ishlab oldi.
Kelishuv og‘zaki ravishda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, “Golden Steyt Uorriorz” basketbolchiga tovon puli to‘lashga qaror qildi.
2015-yilni NBA chempioni tarkibida kutilmaganda hujumchi jarohat olgani uchun, jamoaga aynan mana shu pozitsiyada o‘ynaydigan basketbolchi kerak bo‘ldi. Shu sababli klub Xose Kalderon xizmatlaridan voz kechdi— u hujumchi emasdi.
Xose Kalderonga “Golden Steyt Uorriorz” futbolkasini kiyish nasib qilmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 13Sport
|
O`zbekistonda dollar kursi tushdi. Uning qiymati 4 martdan boshlab...
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Ma`lum qilinishicha, dollar kursi pasaygan.
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan 4 martdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 12,49 so`mga arzonlashib, 10 487,54 so`mni tashkil qildi. Evroning qiymati esa 84,63 so`mga oshib, 12 692,02 so`m bo`ldi.
Rossiya rubli esa 1,74 so`mga ko`tarildi va 142,44 co`mni tashkil qildi. | 4Iqtisodiyot
|
Xonanda Lola Moskvaga sayohat qildi (foto)
Xonanda Lola Yo‘ldosheva ham o‘zbek estradasining boshqa vakillari kabi yozgi ta’tilni maroq bilan o‘tkazmoqda. Biroq qo‘shiqchi boshqalar kabi serquyosh plyajlari bilan tanilgan shaharlarga emas, balki salqingina Moskvaga safar qildi. Lola Facebook sahifasida ushbu sayohati aks etgan ba’zi suratlarni e’lon qildi: | 7Madaniyat
|
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Alkogol qimmatlashadi, hisoblagichlarni tekshiruvdan oʻtkazishning yangi qoidalari kuchga kiradi, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi oʻzgartiriladi, Suv хoʻjaligi vazirligida qisqartirishlar boʻladi.
Alkogol narхi oshirildi
Alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ulgurji va chakana sotish uchun yangi eng kam narхlar tasdiqlandi. Tegishincha, ilgari tasdiqlangan narхlar bir kalendar yildan kamroq muddat saqlanib turdi (1 yanvardan kuchga kirgan edi, tahr. izohi). Oʻrtacha ulgurji narхlar 9,3%ga, chakana narхlar – 8%ga oshirildi. 1 noyabrdan har bir alkogol turiga belgilangan narхlar – bu yerda.
Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari ochiladi
1 noyabrdan boshlab «Mehpibonlik» uylari va bolalar shaharchalarida tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Tuman (shahar) hokimliklari kurslarning muassasislari boʻladi. Nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaхslar ham Xalq ta’limi vazirligi va mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda tayyorlov kurslarini tashkil etishi mumkin. Kelgusi yildan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) yoki oilaviy bolalar uyiga olayotgan shaхslar uchun moʻljallangan kurslar tinglovchilariga sertifikatlar beriladi.
Suv хoʻjaligi vazirligida – shtat qisqaradi va ish haqi oshiriladi
Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi byudjet tashkilotlarining shtatlar soni 10%ga qisqartiriladi, boshqaruv хodimlari soni 83 birlikka kamayadi. Optimallashtirish qolgan хodimlarning ish haqini oshirishga imkon yaratadi. 1 noyabrdan ularning bazaviy tarif stavkalariga 1,1 miqdorda tuzatish koeffitsiyenti qoʻllaniladi. Ya’ni bazaviy lavozim maoshlari 10%ga indeksatsiyalanadi.
Bundan tashqari, noyabrdan boshlab suv хoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari har chorakda tuman хalq deputatlari Kengashiga suv resurslarini boshqarish, suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini yaхshilash, suv tejovchi sugʻorish teхnologiyalarini joriy etish holati toʻgʻrisida hisobot kiritadilar.
Hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish – yangi qoidalar boʻyicha
Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatishning yangi tartibi kuchga kiradi. Xususan, qiyoslashlar oʻrtasidagi interval 2 baravarga: yuridik shaхslar uchun – 2 yildan 4 yilgacha, jismoniy shaхslar uchun esa – 4 yildan 8 yilgacha oshirildi. Hisoblagichni oʻrnatish, yechish va qiyoslashdan oʻtkazishga davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali buyurtma beriladi.
Yangi qoidalar boʻyicha 1 noyabrga qadar rasmiylashtirilgan qiyoslash sertifikatlarining amal qilish muddati oʻz kuchida qoladi – ular koʻrsatilgan muddat tugaguniga qadar haqiqiy hisoblanadi.
IMEI-kodlarni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi oʻzgaradi
Roʻyхatdan oʻtkazish 1 apreldan 1 noyabrgacha avtomatik tarzda amalga oshirilar edi – qurilmangizga (telefon, smartfon, planshet, choʻntakda olib yuriladigan personal kompyuter va boshqalar) SIM-kartani joylashning oʻzi kifoya qilardi, bunda tizim uni avtomatik tarzda roʻyхatdan oʻtkazardi.
1 noyabrdan qurilmalarni olib kiradigan jismoniy shaхslar yoki qurilmalari mobil tarmoqqa ulanmagan shaхslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar tizim operatoriga va registratorga murojaat qilishlari lozim. Buni shaхsan kelgan holda, SMS va/yoki USSD-soʻrovlar, pochta aloqasi, YaIDXP yoki operator sayti orqali amalga oshirish mumkin (ariza beruvchining toifasiga bogʻliq boʻladi).
Qurilmangizning IMEI-kodi roʻyхatdan oʻtkazilganligini uzimei.uz saytida tekshirish mumkin. 1 dekabrga qadar roʻyхatdan oʻtkazish bepul, undan keyin esa – haq toʻlash kerak boʻladi.
Fuqarolar yigʻinlariga – turistik maqom
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi eng yuqori turizm salohiyatiga ega boʻlgan fuqarolar yigʻinlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) roʻyхatini shakllantiradi. Ularda 20 tadan kam boʻlmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va turistlar uchun kamida 5 хil хizmat turlari (yashash va yoki ovqatlanish boʻyicha хizmatlardan tashqari) koʻrsatilgan taqdirda ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlogʻi» yoki «Turizm ovuli» maqomi beriladi.
Suvni tejashning yangi meхanizmlari uchta tumanda sinovdan oʻtkaziladi
Bu Navoiy viloyatining Nurota, Samarqand viloyatining Qoʻshrabot hamda Jizzaх viloyatining Zomin tumanlarida amalga oshirilgan. 2019 yil 1 noyabrdan 2021 yil 31 dekabrgacha bu yerlarda yer osti chuchuk suv buloqlari keng tarqalgan zonalarda quduqlarni qazishga ruхsatnoma olishning alohida tartibi amal qiladi.
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tomonidan Suv хoʻjaligi vazirligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligi (suvni tejash teхnologiyalarini joriy etish hisobga olingan holda sugʻorish maqsadlari uchun) hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda tegishli tumanlar hokimliklari bilan (hududiy rivojlantirish dasturlari va oqilona foydalanish hisobga olingan holda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida) kelishilgan holda ruхsatnoma beriladi.
Oleg Zamanov. | 10Qonunchilik
|
Andijonlik 30 nafar urush qatnashchisiga tilla soatlar sovg`a qilindi
Andijonlik 30 nafar urush qatnashchisiga Prezident nomidan bir martalik pul mukofoti hamda tilla suvi yurgizilgan soatlar tantanali ravishda topshirildi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Tadbir keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida o`tkazildi. Urush va mehnat faxriylariga bayramona dasturxon yozildi. Ularga hurmat va extirom ko`rsatildi. Tashrif buyurgan maktab va kollej o`quvchilari hamda faxriylar uchun qurol-aslaha va harbiy texnika ko`rgazmasi namoyish etildi. Shu bilan birga keksa avlod vakillari yoshlarga bosib o`tgan hayot yo`llari, turmush saboqlari hamda urush xotiralarini so`zlab berdi. Mustaqillik, tinchlik bebaho ne`mat ekanligi, uni asrab-avaylash va ona Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashash har bir insonning muqaddas burchi ekanligi ta`kidlandi.
"Bayramona tadbir yakunida Andijon garnizoni harbiy orkestri hamda el ardog`idagi xonandalar tomonidan konsert dasturi taqdim etildi. Tadbirda sovg`alarni Mudofaa vazirining o`rinbosari polkovnik A. Ikramov hamda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov topshirdi", - deyiladi xabarda. | 5Jamiyat
|
Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja yana O‘zbekistonga keldi
15-iyun kuni Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja yana O‘zbekistonga keldi. Bu haqda advokat o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
Advokat Zangiotadagi koloniyada ikki soatdan beri Gulnora Karimova bilan uchrashishni kutib o‘tirganini yozgan.
Greguar Manja aprel oyida Gulnora Karimovaning Zangiotadagi 21-ayollar koloniyasida saqlanayotganini ma’lum qilgan edi. U o‘shanda o‘zbek hamkasblarini “indamas” deb atagandi.
Gulnora Karimovaning qizi DXX raisi va Bosh prokuraturaga ariza yozdi
Bosh prokuratura: Gulnora Karimovaning xorijga olib chiqib ketgan mablag‘larini qaytarish bo‘yicha harakatlar xalqaro huquq normalari asosida amalga oshirilmoqda | 8O‘zbekiston
|
Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Uychi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Muhammadzokir Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar berdi Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Muhammadzokir Mamatxonov 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
2016−2017 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. 2018 yildan 2020 yilga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
U 2020 yil 16 iyuldan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Uychi tumanida 4 sektor rahbari, shu jumladan tuman hokimi Muxammadayubxo‘ja Apaqov lavozimidan ozod qilingan edi. | 12Siyosat
|
“Adolat” SDP: Jazo o‘tayotgan shaxslar ta’qib qiluvchi organlar qo‘lida bo‘lmasligi lozim
Biz sud tizimini kompleks rivojlantirish, sudlarning mavqeyini oshirish, sudyalarning daxlsizligini ta’minlash adolatli jamiyat qurishning muhim sharti, deb hisoblaymiz.
Biz insonlar sarson bo‘lishining oldini olish va sud faoliyati sifatini oshirish maqsadida amaldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish orqali fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman, shahar va viloyat sudlari negizida umumiy yurisdiksiya sudlari tashkil qilishni, ularga “xalq sudlari” maqomi berishni, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga nazorat instansiyasi vakolatini yuklash taklifini beramiz.
Ma’lumki, inson huquqlarini ta’minlash va uni munosib himoya qilishda advokatura institutining o‘rni va roli beqiyos. Shu bois biz advokatlarning maqomini yanada ko‘tarish, ularni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, har bir advokat malakali huquqiy xizmat ko‘rsatishi uchun zarur choralarni ko‘rishi, bu boradagi amaldagi qonunlar ijrosi yuzasidan kuchli va samarali nazorat o‘rnatish, sud jarayonida advokatura va prokuratura huquqlari tenglik prinsipini ta’minlash uchun kurashamiz.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sud qarorlarini ijro qilish vakolati prokuratura va ichki ishlar organlariga berilgan bo‘lib, bu holat xalqaro talablarga javob bermaydi. Qolaversa, jazo o‘tayotgan shaxslar ta’qib qiluvchi organlar qo‘lida bo‘lmasligi lozim. Shu munosabat bilan biz barcha ijro bilan bog‘liq vakolatlarni va jazoni ijro etish muassasalarini surishtiruv hamda tergov vakolatiga ega bo‘lmagan, xolis organ – adliya idoralari boshqaruviga berishni maqsadga muvofiq, deb bilamiz. Shunda surishtiruv va tergovdan noroziliklar barham topadi, har qanday noqonuniy xatti-harakatlarning, qiynoq va tayziqlarning oldi olinadi, ijro jarayonida inson huquqlari ta’minlanadi.
Biz huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik oldida hisobot berib borish tartibini qo‘llab-quvvatlaymiz va uning shaffofligini yanada oshirish choralarini ko‘ramiz.
Bugungi kunda dastlabki tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, IIV va DXX tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastlabki tergov organlarining tarqoqligi natijasida inson huquqlarining buzilishi holatlari yuz berayotganligi saylovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bosh prokuratura va uning quyi organlarining tergov jarayoni ustidan nazorat funksiyasi tobora pasayib bormoqda. Ushbu holatni bartaraf qilish, dastlabki tergov ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mamlakatda yagona tergov organi – Tergov qo‘mitasini tashkil etish tashabbusini ilgari suramiz.
Baxtiyor Ibrohimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod | 8O‘zbekiston
|
«Kechiktirilgan El Klasiko»
Saudiya Arabistonida tashkillashtirilayotgan «Ispaniya superkubogi»dagi bir holat kulgimni qistatyapti.
Arablar bu turnirga pul tikayotganda (3 yilga 120 million yevro) albatta, moliyaviy jihatdan foyda ko‘rishni o‘ylaganlar, buning uchun o‘yinlardan biri aynan El Klasiko bo‘lishi qiziqishni bir necha barobar oshirib yuborishi turgan gap. Tashkilotchilar ham finalda aynan Real va Barselona to‘qnash kelishini istaganliklari shubhasiz.
Endi qarang, aslida, hech qanday qur'asiz va shartlarsiz El Klasikoni uyushtirish mumkin edi. To‘rtlikda eng nufuzlisi kim? Mamlakat chempioni. Ya'ni «Barselona». Kichik reyting bo‘yicha eng pastdagi jamoa - «Real», chunki ular o‘tgan mavsumda kubok sohibi ham emas, hatto 2-o‘rinni ham olishmadi. Yarim finalda qur'a tashlab o‘tirmay, aynan «Real» - «Barselona», «Atletiko» - «Valensiya» juftliklarini hosil qilish birovning e'tiroziga sabab bo‘lmasdi. Bunday holatlarda 1-4, 2-3 juftliklardan yarim final yasash uchrab turadigan praktika. Ham, El Klasiko ko‘rardik.
Yo‘q, bunday o‘yin finalga ko‘proq yarashadi. Balki shunday o‘ylashgandir, balki qur'ada ataylab uyushtirishgan, balki hammasi halol, shunchaki El Klasiko finalini orzu qilishgan xolos. Balki. Baribir «Real» «Valensiya»ni, «Barselona» «Atletiko»ni yengishiga qattiq ishonishgandir. Axir «Atletiko» «Barselona»ni Ispaniya miqyosidagi biror turnirda oxirgi marta yutganiga fevralda 10 yil to‘lardi.
Qarangki, «Barselona» finalga chiqa olmadi, turnir tashkilotchilari 8 yildan beri «Real» va «Barselona»ni ro‘para qila olmayotgan Chempionlar Ligasi holiga tushib qolishdi. Bechoralar.
Shunga yaqin holat o‘tgan yili Xitoyda ham bo‘lgandi, esingizdami? Xitoyliklar Urugvay, O‘zbekiston, Tailand jamoalarini taklif qilib, to‘rt jamoa bilan «Xitoy kubogi» turnirini tashkil qilishdi. Tabiiyki, asosiy raqib - Urugvay, turnir g‘olibi kim bo‘lsayam, Xitoy Urugvay bilan o‘ynab olishi kerak, aks holda, buni tashkillashdan ne foyda to‘g‘rimi? Urugvayga yaxshigina pul to‘lab olib kelingani aniq. Urugvay - Xitoy finali esa, turnir tashkilotchilarining asosiy rejasi.
Xullas, Urugvay- O‘zbekiston bir juft, narigi yarim finalda Xitoy o‘ziga raqib qilib, eng kuchsiz - Tailandni tanladi va... Yutqazib qo‘ydi.
Natijada finalga Tailand va Urugvay chiqdi. O‘zbekiston va Xitoy 3-o‘rin uchun kuch sinashishdi. Ya'ni, aslini olganda, Tailand va O‘zbekistonning Urugvay bilan o‘ynashi uchun Xitoy katta pul sarflagan bo‘lib chiqdi. Bechora Xitoy O‘zbekiston va Tailand bilan o‘ynash uchun «Urugvay narxini» to‘ladi.
Agar boshqatdan imkon berilsa, albatta, xitoyliklar naqdini, Urugvay bilan yarim finalda bo‘lsayam o‘ynab olishni tanlagan bo‘lardilar, menimcha.
Mana ko‘rasiz, kelasi yili ham Saudiya Arabistoni o‘tadigan Ispaniya Superkubogidagi to‘rt jamoa ichida albatta, «Real» va «Barselona» bo‘ladi. Va ular yarim finalda o‘zaro kuch sinashishadi. Men aytdi, dersiz.
Qahramon Aslanov | 13Sport
|
Madaniyat vazirligi To‘ti Yusupovaning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi
Madaniyat vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Ayni paytda san’atkorning ahvoli yaxshi. Shu bois bu borada OAV vakillari va yurtdoshlarimizdan asossiz xabar tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Daryo.uz 85 yoshli aktrisaning aprel oyi oxirida 1957 yildan beri ishlagan O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi bilan xayrlashganini eslab o‘tdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva may oyida bergan intervyularidan birida To‘ti Yusupovaning ahvoli og‘ir ekanligini bildirgan edi. | 5Jamiyat
|
O‘zbekiston yana bitta Boeing-787-8 samolyotini xarid qiladi
Uzbekistan Airways 2021-yilning mart oyida yangi Boeing-787-8 samolyotini xarid qilishi kutilmoqda. Bu haqda 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturida ma’lum qilindi.
Dreamliner’ning xarid qiymati 141,7 million dollar bo‘lib, shundan 107,1 million dollari Xitoy davlat taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ta’kidlanishicha, samolyot xaridining milliy valyutadagi qiymati 1 trillion 544 milliard so‘m bo‘lib, shundan 7,6 milliard so‘mi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Xarid maqsadida jalb etilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya esa 369,5 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
Hukumatning tegishli qarori bilan 2020-yil 16-mart kuni “To‘rtta yangi Boeing-787-8 samolyotini xarid qilish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangandi.
Hujjatga ko‘ra, Boeing-787-8 samolyotlari oxirgi 3 yilda Xitoy davlat taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan sotib olingan. Shuningdek, samolyotlar xaridi uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari, boshqa moliyalar ham yo‘naltirilgan.
Ma’lumot uchun, Boeing-787-8 havo kemalari yonilg‘i sarflash samaradorligini oshirish, shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga CO2 gazining ajralib chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari bilan jihozlangan.
Avvalroq Boeing 787 Dreamliner’larini ishlab chiqarishda yangi nuqson aniqlangani hamda ikkita aviahalokatdan so‘ng birinchi marta Boeing 737 MAX samolyoti yo‘lovchilar bilan parvoz qilgani haqida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
Quddus rasmiylari falastinliklar tumanida joylashgan yahudiy mahallasida 176 ta uy qurishga ruxsat berdi
Quddus shahri ma’muriyati shaharning Sharqiy Quddus tumanidagi Nof Zion yahudiy mahallasida yana 176 yangi uy qurilishini ma’qulladi. Bu haqda shahar meri o‘rinbosari Meir Turjem The Times of Israel nashriga ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Aytilishicha, mahalla ayni paytda 91 uydan iborat. Nof Zion mahallasi asosan falastinliklar istiqomat qiladigan Jobir al-Mukabbar tumanida joylashgan.
O‘z navbatida, falastinliklar yahudiy mahallasi kengaytirilishini xalqaro huquq me’yorlarining buzilishi sifatida baholamoqda. Yangi uylar qurilishi tumandagi yahudiylar sonining oshishiga olib keladi. | 2Dunyo
|
O‘zbekistonda “zagranpasport”ni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish yo‘lga qo‘yildi
2022-yil 1-yanvardan boshlab bir qator xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan. Bu haqda DXA matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi. Bunda, O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravarini (270 ming so‘m) tashkil etadi (avval BHMning 1,2 baravari bo‘lgan).
Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan Davlat xizmatlari markazlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Ta’kidlanishicha, 2022-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 2021-yil 1-yanvardan boshlab o‘zbekistonliklar chet elga faqat “qizil pasport” bilan chiqishi tartibi joriy etilgan. Qayd etish joiz, O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyundan boshlab bunday pasportni rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda “zagranpasport” 20 foizga arzonlashadi
Avvalroq O‘zbekistonda propiska tizimini soddalashtirish uchun 3 mlrd so‘m yo‘naltirilishi, O‘zbekistonda 1-yanvardan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
Germaniyada noma’lum erkak avtobusda pichoq bilan 14 kishini jarohatladi
Germaniyaning Lyubek shahrida noma’lum erkak avtobus yo‘lovchilariga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, jinoyatchi avtobusga chiqqanidan so‘ng ryukzakdan pichoq chiqarib, odamlarga tashlangan. Hujum oqibatida 14 kishi jarohatlangan.
Haydovchi avtobusni to‘xtatganida, jinoyatchi unga ham hujum qilgan.
Yaqin atrofdan o‘tib ketayotgan patrul mashinasi voqeaga guvoh bo‘lgan. Mashinadan chiqqan politsiyachilar jinoyatchini ushlagan.
Hujum oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-445-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
2. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-426-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-436-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-417 a-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-438-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-441-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
7. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-442-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
8. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-443-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
9.“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-444-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
10. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-446-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
11. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida. | 10Qonunchilik
|
Buxarestdagi tungi klubda ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 56 kishiga yetdi
Buxarestdagi tungi klubda ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 56 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
16-noyabr, dushanba kuni Ruminiya poytaxtidagi “Avliyo Ioann” kasalxonasida og‘ir ahvolda yotgan 18 yoshli qiz hayotdan ko‘z yumgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq tungi klubdagi fojia oqibatida 50 kishi nobud bo‘lgani haqida xabar bergandik. | 2Dunyo
|
Farg‘onada 18 yoshli yigitning 2 qop bodomi va Samsung Galaxy A20 telefonini tortib olgan shaxslar ushlandi
Farg‘ona viloyati Quva tumanida olti kishi 18 yoshli yigitga tegishli bo‘lgan ikki qop bodom va Samsung Galaxy A20 telefonini tortib olib, talonchilik sodir etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 27-avgust kuni soat 03:40 da Quva tumani O‘zbekiston ko‘chasiga Matiz avtomashinasida kelgan noma’lum shaxslar 18 yoshli X.T.ning jag‘ sohasiga musht tushirib, unga tegishli jami narxi ikki million so‘m bo‘lgan ikki qop bodom va Samsung Galaxy A20 telefon apparatini tortib olgan va hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli I.M., F.G‘., D.M., 25 yoshli N.U., 26 yoshli M.K., 22 yoshli T.Q. sodir etganligi aniqlangan. Matiz mashinasini I.M. boshqarganligi aniqlanib, X.T.ga tegishli Samsung Galaxy A20 telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, I.M. va uning sheriklari Farg‘ona viloyatining boshqa tumanlarida shu kabi jinoyatlar sodir etganligi aniqlangan va ularning barchasi ushlangan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M. shu tumanda jinoyat sodir etib ushlanganligi sababli, ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. | 8O‘zbekiston
|
«Betis»ning yosh futbolchisi o‘yindan keyin Ronaldu bilan suratga tushish uchun uni 20 daqiqa kutib turdi
Transfer huquqi «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan «Betis» jamoasi yarim himoyachisi Charli Musonda Ispaniya chempionati doirasida «Real»ga qarshi o‘yindan keyin 20 daqiqa davomida madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduni kutib turdi. U o‘z kumiri bo‘lmish futbolchi bilan suratga tushish hamda futbolkaga imzo qo‘ydirish uchun raqiblar futbolchisini yo‘lakda kutib turgan.
Belgiyalik bu 20 yoshli futbolchi madridliklarga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgandi. | 13Sport
|
1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
«Gazeta.uz» 2022 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar ro‘yxatini taqdim etadi. Dayjest Adliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. Quyida ularni to‘liqligicha e’tiboringizga havola etamiz.
Prezidentning 28 iyundagi [PQ-298-son] qarori bilan 1 iyuldan boshlab yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori BHMning 8 baravari — 2,4 mln so‘m etib belgilandi.
Prezidentning 17 maydagi [PF-136-son] farmoniga asosan viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadi.
Mablag‘lar Davlat budjetidan ajratiladi. Bunda, mazkur bandda ko‘rsatilgan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim.
Prezidentning 24 apreldagi [PQ-215-son] qaroriga ko‘ra, olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
Bundan tashqari, ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobari — 150 mln so‘mdan oshmagan miqdorda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Prezidentning 4 apreldagi [PQ-190-son] qaroriga muvofiq, respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida «Xavfsiz yo‘l» indeksi yuritiladi. Bunda:
Prezidentning 25 maydagi [PQ-261-son] qarori bilan O‘zbekistondagi davlat muzeylariga qo‘yidagilarga ruxsat berilmoqda:
Prezidentning 29 iyundagi [PQ-300-son] qaroriga asosan 1 iyuldan Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Buning uchun mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi tashkil qilindi.
2022 yil 1 noyabrgacha mahallalardagi xotin-qizlar faollari har 2 haftada Hududiy shtablarga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
Prezident 16 maydagi [PQ-243-son] qaroriga ko‘ra, har yili respublika aholisini virusli gepatit «V» va «S» turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit «S» turi bilan kasallangan bemorlarni davolash 10,5 ming nafargacha yetkaziladi.
Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratiladi.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit «V» infeksiyasiga qarshi emlanadi.
Har yili keng tarqalgan virusli infeksiyalar muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga tanlovlar asosida mablag‘lar ajratiladi.
Prezident 21 apreldagi [PQ-214-son] qaroriga muvofiq, kasanachilarga daromad solig‘i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda ko‘pi bilan 1 million so‘mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi.
Kasanachilar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Olis va chekka hududlardagi mahallalarda (jami 252 ta) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Prezidentning 28 iyundagi [PF-162-son] farmoni bilan 1 iyuldan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga va ushbu obyektlar bilan band yerlarga mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibi bekor qilindi.
Mazkur sanadan boshlab:
Prezidentning 27 yanvardagi [PF-60-son] farmonining dasturiga asosan 1 iyuldan «oilaviy shifokor» yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.
2022 yil 1 iyulgacha 2022 yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshiriladi. Qolaversa, xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
Prezident 16 iyundagi [PQ-281-son] qaroriga ko‘ra, «Parrandasanoat» uyushmasiga a’zo parrandachilik xo‘jaliklariga 2024 yil 1 yanvargacha davrda parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya miqdori 12 ming so‘m etib belgilandi.
Parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlari bo‘yicha kredit mablag‘lari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi. | 5Jamiyat
|
Superliga. «Neftchi» yana mag‘lubiyatga uchradi
Superliga 13-turida «Neftchi» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qildi.
Mehmonlar qarshi hujumlarda samarali o‘ynab, har ikkala taym boshida urilgan gollar evaziga g‘alaba qozonishdi. Shohruz Norxonov 3-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Oybek Nurmatov 56-daqiqada uni oshirdi.
Bu natijadan so‘ng, «So‘g‘diyona» 12 ochko bilan 10-o‘rinda, «Neftchi» esa 5 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Superliga, 13-tur
25 may, Farg‘ona
Neftchi (Farg‘ona) – So‘g‘diyona (Jizzax) - 0:2
Gollar: Shohruz Norxonov (3), Oybek Nurmatov (56)
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, R.Lutfullin.
Nazoratchi – A.Abdullayev.
Neftchi: Vitaliy Mirniy, Shukurali Po‘latov, Abbos Maxstaliyev (Islombek Karimov, 67), Abrorbek Ismoilov, Avazbek O‘lmasaliyev, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Alisher Samatov, Avaz Agaliyev (Husniddin G‘ofurov, 79), Xurshidbek Asqaraliyev (Abdul Aziz Yusupov, 61), Dostonbek Tursunov
So‘g‘diyona: Dilshod Hamroyev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov, Doniyor Hasanov (Nurillo To‘xtasinov, 70), Sardor Azimov, Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 88), Tohir Shamsiddinov, Oybek Nurmatov (Izzat Abdullayev, 76), Ruslan Melziddinov
Ogohlantirishlar: Dilshod Hamroyev 71, Abdurahmon Abdulhaqov 83 | 13Sport
|
AQSh senati FQBning yangi direktorini tasdiqladi
Amerika senati Kristofer Reyni Federal qidiruv byurosi direktori lavozimiga tasdiqlagani haqida e’lon qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 92 senator uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan, ikki kishi esa qarshi ovoz bergan.
Shu tariqa, Rey FQBning AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan iste’foga chiqarilgan direktori Jeyms Komi o‘rnini egalladi.
2003—2005-yillarda AQSh bosh prokurori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan 50 yoshli huquqshunos va siyosatchi Reyning nomzodi 2017-yilning bahorida Tramp tomonidan taklif etilgan edi. Iyulda nomzodni huquqiy masalalar bo‘yicha senat qo‘mitasi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan edi. | 2Dunyo
|
“Qiyinchiliklar vaqtida, futbolni tashlab ketar mahalim yana maydonga qaytargan inson otam bo‘ladi”. Odil Ahmedov faoliyati va marhum otasi haqida
2021-yil 18-dekabr kuni o‘zbek futbolining yorqin namoyondasi Odil Ahmedov faoliyatiga bag‘ishlangan kecha o‘tkazildi. Unda Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Tadbirda Odil Ahmedov so‘zga chiqib, bosib o‘tgan yo‘li, faoliyatini tugatgani haqida gapirib o‘tdi.
Bugungi tadbirda qatnashayotganingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Har bir futbolchi vatani oldida, muxlislarni oldida o‘zining hisobot kuni bo‘lishi kerak deb o‘ylayman. Shuning uchun bugun mening hisobot kunim.
Kichkina qishloqning kichik bir oilasida dunyoga keldim. Futbolga qiziqishim judayam kuchli bo‘lgan. Onajonim futbolga qiziqishimni bilardi, lekin vaqt o‘tib, terma jamoa sardori bo‘lishimni xayoliga keltirmagani aniq. Yoki akam, opam men uchun borini berardi, ammo vaqti kelib, “Paxtakor”ning yetakchi futbolchisi bo‘lishimga ishonmagan. Juda ko‘p inson mening bu darajaga chiqishimga ishonmagan. Lekin bitta inson har doim menga: “O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishing kerak”, “Terma jamoa sardori bo‘lishing kerak”, “Sen Yevropada o‘ynashing kerak”, deb, qiyinchilik mahalda, futbolni tashlab ketar mahalim, yana maydonga qaytargan inson otam bo‘ladi. U kishini orangizda bo‘lishini xohlagandim, afsus, endi yonimizda yo‘q.
Har bir narsani boshi va oxiri bor. Yaqinda O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilgandim. Bugun yana bir o‘zim uchun qiyin qaror qabul qildim. Bugun sizning ko‘z oldingizda futbolchilik faoliyatimni tugatganimni e’lon qilaman. Bu juda og‘ir qaror. Bir umr futbolga oshno bo‘lganman, endi undan ayrilish juda ham qiyin. Ko‘pchilik futbol o‘ynashda davom etishim kerakligini ta’kidladi. Men uchun futbol o‘ynash — maydonda borini berish deganidir. Shunchaki familiya maydonda yurishi kerak emas. Shuning uchun ushbu qarorimni to‘g‘ri deb qabul qilaman. Shu fursatdan foydalanib, men bilan birga ishlagan, Namanganda, Toshkentda professional futbolgacha olib borgan barcha murabbiylarimga, professional futbolda esa barcha terma jamoalardagi barcha murabbiylarga, ayniqsa, meni xalqqa tanitib, Odil Ahmedov bo‘lishimga yordam bergan “Paxtakor” jamoasiga, O‘zbekiston terma jamoasidagi murabbiylarga, mutasaddilarga, O‘FAning sobiq prezidenti Mirabror Usmonovga, hozirgi prezident Abdusalom Azizovga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Oilamga, do‘stlarimga, barcha yaqinlarimga rahmat deyman. “Krasnodar”, “Anji”, “Shanxay” va Xitoydagi barcha klublarimga gaplarim juda ko‘p. Hozir judayam hayajondaman. Aslida bu yerda ota-onam turishga haqli. Ulardan minnatdorman. Sportga, ayniqsa, futbolga katta e’tibor qaratayotgan muhtaram prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
So‘zim so‘ngida yosh futbolchilarga aytadigan gapim bor: orzu qiling, maqsad qiling, harakat qiling, albatta erishasiz. Biz, albatta Jahon Chempionatiga chiqamiz. Rahmat e’tibor uchun.
Odil Ahmedov
Odil Ahmedovning otasi Olimjon Ahmedov 2020-yilning 31-oktabrida 65 yoshida vafot etgandi.
Ahmedov shu kungacha Xitoyning “Chanchjou Mayti Layons” klubi safida to‘p surib kelayotgandi. Ungacha esa “Paxtakor” (2006—2011), “Anji” (2011—2014), “Krasnodar” (2014—2016) va “Shanxay SIPG” (2017—2021) kabi jamoalarda to‘p surgan.
Ahmedov 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga chiqa olmaganidan keyin 2021-yilning 19-iyun sanasida terma jamoadagi faoliyati yakunlanayotganini e’lon qilgandi. Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyut o‘yinini 2007-yil 13-oktabrda Xitoy Taypeyiga qarshi (9:0) o‘tkazgan. 34 yoshli futbolchi mamlakat bosh jamoasi safida 108 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta golga mualliflik qilgan. | 13Sport
|
12 800 dollarni o‘g‘irlagan ayol ushlandi
Buxoro shahrida 28 iyuldan 31 iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs fuqaro Sh.A. ismli ayolning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, xonasidan 12 800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Romitan tumani Gazli shaharchasida yashovchi S.J. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. | 5Jamiyat
|
Svetoforlar avtomatik ravishda boshqariladi
Tez orada Toshkent shahridagi chorrahalarda svetoforlarni avtomatik ravishda boshqarish tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda Respublika IIV YXXBB polkovnigi X.Saydaliyev Xalqaro press-klub tashkil etgan brifing chog‘ida ma'lum qildi.
Shu paytgacha kameralar qizil chiroq va tezlikni qayd etayotgandi. Endilikda svetoforlar mashinalar oqimiga qarab, ma'lum bir yo‘nalishda ko‘proq ruxsat bera boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15 martidan poytaxtning 115 chorrahasida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi videokameralar tizimi ishga tushdi.
Qayd etish kerakki, Toshkentda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd qilish videotizimining ishga tushishi poytaxtning markaziy qismida tiqilinchlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgandi.
Haydovchilar shahar ichida o‘rtacha tezlikni pasaytirishdi, svetoforning sariq va qizil chiroqlarida to‘xtaydigan bo‘lishdi, bu albatta harakatlanish tezligini susaytirdi. | 8O‘zbekiston
|
Yunusoboda tumanida IIB formasini kiygan qoidabuzar qo`lga olindi
2021 yil 6 fevral kuni internet tarmog`ida tarqalgan videoda ichki ishlar organlari xodimining formasida bo`lgan noma`lum shaxs avtotransport kapotida bo`la turib yo`l bo`ylab harakatlangan. Mazkur videlavhani suratga tushirishda qatnashgan shaxslar Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan aniqlangan.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, 2021 yil 18 yanvar kuni 24 yoshli Abdurahmon Z. tanishi 24 yoshli Alim K. bilan birga videlavha suratga olish niyatida do`konlardan birida ichki ishlar organi xodimining formasini ijaraga olishgan, shuningdek bozordan yo`l-patrul xizmati xodimining jezliga o`xshash jezl ham xarid qilishgan. Mazkur shaxslar tanishi 34 yoshli Otabek K.dan «VAZ-2106» (davlat raqami 10 G 603 SA) rusumli avtomobilni vaqtinchalik foydalanish niyatida olishgan, ammo uni boshqarishga huquqlari bo`lmagan.
Shundan so`ng Yunusobod tumani Turg`unboev ko`chasi «Iftixor» mahallasida Alim K. ichki ishlar organi xodimining formasini kiygan holda qo`lida jezl bilan avtomobil kapotiga yotgan. Shu tarzda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining obro` va sha`nlariga zarar etkazuvchi videolavha suratga tushirilib, internet tarmog`ida tarqatilgan.
Ikkala shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183 moddasi («Mayda bezorilik») va 209 moddasi prim. 1 («Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish») bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, Abdurahmon Z.ga nisbatan transport vositasini ishonchnomasiz boshqargani uchun O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 135 moddasi («Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish») bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil esa jarima maydonchasiga joylandi.
2021 yil 8 fevral kuni Yunusobod tumani jinoyat ishlari bo`yicha sudi tomonidan Alim K. va Abdurahmon Z.larga nisbatan besh sutkalik ma`muriy qamoq jazosi belgilandi. | 6Jinoyat
|
O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Raisi bilan uchrashdi
25.04.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi 25-aprel kuni ertalab Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvdan boshlandi.
Xitoy rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun XXRga tashrifi bilan qutladi. Si Szinpin Xitoy O‘zbekiston bilan hamkorlikning bugungi holatini yuksak qadrlashi hamda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari xalqaro forumda ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirib, ushbu tadbir ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni va mamlakat xalqini yaqinlashib kelayotgan muhim sana – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 70 yilligi bilan muborakbod etdi.
- Hurmatli Prezident, siz birinchi forumda ham ishtirok etganingizni mamnuniyat bilan eslayman, - dedi Si Szinpin. - Shu ma’noda, sizni “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusining asoschilaridan biri sifatida qabul qilamiz. O‘zbekistonning forumga e’tibori va undagi ishtiroki mamlakatlarimiz hamkorligi rivojidan dalolat beradi. Ikki tomonlama koʻplab kelishuvlarga erishilgan va ular izchil amalga oshirilmoqda. Ishonchim komilki, O‘zbekiston - Xitoy munosabatlarining istiqboli porloq.
O‘zbekiston va Xitoy – har tomonlama strategik sheriklar. Toshkent Pekinning tashqi siyosiy kursi va yagona Xitoy masalalari boʻyicha qat’iy pozitsiyasini, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi olib borayotgan kurashini qoʻllab-quvvaytlaydi. Xitoy mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va O‘zbekistonning mintaqaviy siyosatini olqishlaydi. Davlatlar xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlik qilmoqda.
Davlat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari va siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Bugun siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qishloq xoʻjaligi, qurilish, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
Xitoy – O‘zbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri. O‘zaro tovar ayirboshlash izchil oʻsmoqda. O‘tgan yil yakunlariga koʻra uning hajmi 6,4 milliard dollardan, joriy yilning birinchi choragida esa 50 foizga oshgan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan Xitoy investitsiyalari va kreditlari hajmi 8 milliard dollardan oshdi. Prezidentimizning 2017 yil may oyida XXRga amalga oshirilgan davlat tashrifi natijasida umumiy qiymati 4,5 milliard dollardan ziyod loyihalar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish masalalari muhokama qilindi, oʻzaro savdo hajmini yaqin yillarda 10 milliard dollarga yetkazishdan manfaatdorlik bildirildi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya, innovatsiya va texnologiyalar jalb etish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollariga, turli sohalarda hamkorlik boʻyicha yangi qoʻshma loyihalar ishlab chiqish, mintaqaning tranzit va transport-kommunikatsiya salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini toʻliq qoʻllab-quvvatlashi va uning keng koʻlamda amalga oshirilishiga amaliy hissa qoʻshishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Xitoy Raisi O‘zbekistonning bu boradagi ishtiroki va tashabbuslari Xitoy bilan O‘zbekiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi. | 12Siyosat
|
Namanganda muxlislar hujumiga uchragan MTRK avtomobili ta'mirlab berildi
«Ayrim muxlislar tomonidan tartibsizliklar uyushtirilgan va buning natijasida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tegishli bo‘lgan Ko‘chma televizion stansiyaning maxsus avtomobili shikastlangandi. Tartibsizliklar uyushtirgan muxlislar jazoga tortilishdi. MTRK avtomobili esa ta'mirdan chiqarildi.
Umid qilamizki, endi bunday tartibsizliklar yuz bermaydi hamda jamoamiz ishqibozlari muxlislik madaniyatiga amal qilishadi», - deyiladi «Navbahor» klubi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» - «Paxtakor» uchrashuvidan keyingi tartibsizliklar uchun 7 kishi javobgarlikka tortilgan, O‘FA qaroriga ko‘ra «Navbahor» ishtirokidagi ikki uy uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi haqida ma'lum qilingandi. | 13Sport
|
Samarqandda 90 sotix erni 42 000 dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
Samarqandda boshqa maqsadlarda foydalanmaslik sharti bilan issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan 90 sotix erni 42 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan V.D. Samarqand tumanidagi o`ziga qarashli agrofirma hududidan vaqtinchalik 5 yil muddatga boshqa maqsadlarda foydalanmaslik sharti bilan issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan 90 sotix suvli er maydonini sotmoqchi bo`lgan.
V.D. er maydonini hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va`da qilib, fuqaroga 42 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Ushbu mablag`dan 20 ming dollarini olayotgan vaqtda esa ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan hamda tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Hozirda fuqaro V.D. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atish rejalashtirilgan. | 6Jinoyat
|
Namanganda 21 yoshli qizga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma beriladigan bo‘ldi
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sitora G‘ofurjonova tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini endi oldi, deb xabar beradi O‘zA.
Mutasaddi tashkilotlarning befarqligi tufayli Sitora shu paytga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini ololmagan. U hamma qatori avval bog‘chaga, keyin maktabga qatnagan. Biroq, ushbu muassasalarda undan hujjat so‘ralmagan.
Faqat Sitora G‘ofurjonova hujjatsiz ishga kira olmagani uchun bu masalani hal qilishga uning o‘zi kirishgan. Bu borada u tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo‘limiga murojaat qilgan. Bu yerda murojaati rad etilgach u Uchqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudiga shikoyat arizasi yo‘llagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Sitora ota-onasi ajrashib ketgach dunyoga kelgan. FHDYo bo‘limi uning arizasini tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani berish uchun yetarli hujjatlari mavjud emasligi sababli rad etgan.
“Sud jarayonida taraflar va guvohlarning ko‘rsatmalari eshitildi hamda ishga qo‘shilgan hujjatlarni atroflicha muhokama qilindi. Aniqlagan holatlarga ko‘ra, FHDYo bo‘limi Sitora G‘ofurjonovaning vajlarini to‘liq o‘rganmagan. U taqdim qilgan hujjatlar orasida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tug‘ruq majmuasi tomonidan Sitoraning onasi Sh.G‘ofurjonova nomiga berilgan ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan. Unda ayolning 1997-yil 22-noyabrda qiz farzand tuqqani bayon etilgan. Ushbu tibbiy ma’lumotnoma FHDYo tomonidan asossiz ravishda inobatga olmagan”, —deydi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov.
Ushbu sabablarga asosan sud Sitora G‘ofurjonovaning shikoyat arizasini qanoatlantirdi. FHDYo bo‘limi zimmasiga Sitoraga tug‘ilganlik haqida guvohnoma yozib berish majburiyati yuklandi. Bu hujjatni olgach u pasport olishi mumkin bo‘ladi. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekiston IIVda Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligida vazir o‘rinbosari polkovnik Akromxon Boboxonov joriy yilning 11 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari militsiya general-mayori Kursan Asanov bilan uchrashdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bergan.
Ushbu tashrif O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan tub islohotlarni o‘rganish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tizimga joriy etish yuzasidan tajriba almashish maqsadida, mehmonlar taklifiga asosan tashkil etildi.
Uchrashuvda Akromxon Boboxonov respublika ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan tub islohotlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tizimga joriy etilishi yuzasidan mehmonlarga ma'lumot berdi. K.Asanov ham o‘z o‘rnida Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimlarida o‘tkazilayotgan islohotlar haqida o‘rtoqlashdi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish doirasida fikr almashdilar.
Suhbat davomida K.Asanovni mahallalarda tashkil etilgan ichki ishlar organlari tayanch punktlarining faoliyati qiziqtirdi. Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi a'zolari Toshkent shahridagi Ichki ishlar bo‘limlari va tayanch punktlarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrifning keyingi kuni Qirg‘iziston delegatsiyasi a'zolari Samarqand shahrining diqqatga sazovar joylari bilan tanishdilar.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri politsiya generali V.Kolokoltsev ishchi tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Shavkat Mirziyoyev Eron tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan murakkab sharoitlarga qaramay O‘zbekiston-Eron munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Vazir Muhammad Javod Zarif, o‘z navbatida, samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik masalalariga, savdo aloqalarini rivojlantirish va yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.
Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekani ta'kidlandi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb jihatlari, shu jumladan mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayonini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Eron tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralariga ko‘maklashish, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka jalb etish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. | 8O‘zbekiston
|
AQSh prezidentligi uchun saylovda saylovchilardan biri “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga ovoz berdi
AQSh prezidentligi uchun saylovda ishtirok etgan mamlakat fuqarolaridan biri Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi futbolchisi Lionel Messiga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
“Chempionat”ning yozishicha, saylovchi byulletenda na Tramp va na Klintonni ko‘rsatdi, balki Lionel Messi deya yozib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, AQSh prezidentligi uchun saylov Donald Trampning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. U hal qiluvchi pallada asosiy raqobatchisi Xillari Klintonni ortda qoldirdi. | 13Sport
|
Jizzaxning to`rtta tumaniga sel keldi
Bugun, 20 aprel kuni kuzatilgan kuchli yog`ingarchiliklar oqibatida Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G`allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida sel oqimlari yuzaga keldi. Bu haqda FFV xabar bermoqda.
Natijada ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlandi.
Ayni paytda Baxmal tumanining Nurafshon MFY, Gulobod qishlog`i, G`allaorol tumanining Moltob QFY Moltob qishlog`i, Sh.Rashidov tumani Kuyovboshi MFY hamda Forish tumani Egizbuloq MFYlarida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari kuch va vositalari tomonidan yog`ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko`rilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo`lganlar yo`q. | 5Jamiyat
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi va tushumlari to‘g‘risidagi hisobotlar, tushumlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdi
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi va tushumlari to‘g‘risidagi hisobotlar, tushumlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi va tushumlari to‘g‘risidagi hisobotlar, tushumlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdim qilish tartibini belgilaydi.
1. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan hisobot davri uchun ularda mavjud ma’lumotlar hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida:
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har chorakda choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga (yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga) qadar qog‘oz shaklda;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushumlari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 5 — 8-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga qadar tegishli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga elektron shaklda (har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga qadar qog‘oz shaklda) taqdim etiladi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan mazkur Nizomning 2 va 6-ilovalariga muvofiq shaklda tayyorlangan hisobotlarning elektron shakli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga taqdim etish belgilangan muddatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) tegishli tuman (shahar) bo‘linmalariga taqdim qilinadi.
2. Davlat soliq boshqarmasi hisobot davri uchun ularda mavjud ma’lumotlar hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida:
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har chorakda choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga (yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga) qadar qog‘oz shaklda;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushumi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 5 — 8-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga elektron shaklda (har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar qog‘oz shaklda) taqdim etiladi.
Davlat soliq boshqarmalari tomonidan mazkur Nizomning 2 va 6-ilovalariga muvofiq shaklda tayyorlangan hisobotlarning elektron shakli va nusxalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etish belgilangan muddatlarda Pensiya jamg‘armasining tegishli boshqarmalariga taqdim qilinadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmalari tomonidan hisobot davri uchun ularda mavjud ma’lumotlar hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida:
Davlat budjetiga boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot tayyorlanib, har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar;
Davlat budjetiga boshqa majburiy to‘lovlarning tushumlari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan, davlat soliq xizmati organlarida mavjud ma’lumotlar, ularning hisobotlari hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida:
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalar budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har chorakda choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga (yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga) qadar qog‘oz shaklda;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalar budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushumlari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 5 — 8-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘n yettinchi ish kuniga qadar (operativ hisobotlardan tashqari), mos ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Pensiya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi (bundan buyon matnda Respublika yo‘l jamg‘armasi deb yuritiladi) va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga elektron shaklda (har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘n yettinchi ish kuniga qadar qog‘oz shaklda) taqdim etiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan davlat bojxona organlarida mavjud ma’lumotlar, ularning hisobotlari hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida:
Davlat budjetiga boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot tayyorlanib, har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘n yettinchi ish kuniga qadar;
Davlat budjetiga boshqa majburiy to‘lovlarning tushumlari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘n yettinchi ish kuniga qadar (operativ hisobotlardan tashqari), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
6. Mazkur Nizomning 11 — 17-ilovalariga muvofiq elektron shaklda tuzilgan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining hisobot davrida tushgan daromadlari bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kunlik taqdim etib boriladi.
7. Mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari, shuningdek Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining hisobot davrida tushgan daromadlari bo‘yicha yillik hisobotni mazkur Nizomning 18 — 21-ilovalariga muvofiq shaklda hisobot yilidan keyingi yilning 15-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga va Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga taqdim etadi.
8. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning uchinchi ish kuniga qadar:
Davlat budjetiga 23402 — “Respublika budjetining mablag‘lari” balans hisobvarag‘i orqali tushgan tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq;
Pensiya jamg‘armasiga tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 23-ilovasiga muvofiq;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 24-ilovasiga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 25-ilovasiga muvofiq shaklda solishtirish dalolatnomalari tuziladi.
Solishtirish dalolatnomalari xizmat ko‘rsatuvchi bank ko‘chirmalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida tayyorlanib, tegishli davlat soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan imzolangandan keyin kelishish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka (jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi.
9. Xizmat ko‘rsatuvchi banklar tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning to‘rtinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari tegishli bank rahbari tomonidan imzolanadi va kelishish uchun tegishli tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalariga (jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’lumotlarga bank tomonidan aniqlik kiritiladi.
10. Tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimidagi ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari tegishli tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Bunda:
mazkur Nizomning 22, 24 va 25-ilovalariga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalari kelishish uchun tegishli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga, mazkur Nizomning 23-ilovasiga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomasini esa, Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘linmasiga kelishish uchun taqdim etiladi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’lumotlarga tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan aniqlik kiritiladi.
11. Tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari hamda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning oltinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari tegishli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari yoki Pensiya jamg‘armasining bo‘linmalari rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari hamda Pensiya jamg‘armasining bo‘linmalari imzolangan solishtirish dalolatnomalari nusxalarini tegishli davlat soliq inspeksiyasi, xizmat ko‘rsatuvchi bank va G‘aznachilik bo‘linmasiga keyingi ish kunidan kechiktirmasdan yuboradi.
12. Imzolangan solishtirish dalolatnomalarining bir nusxasi hisobot oyidan keyingi oyning yettinchi ish kuniga qadar:
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan tegishli davlat soliq boshqarmasiga;
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan Markaziy bankning tegishli Bosh boshqarmasiga;
tuman (shahar) G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasiga;
tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmasiga;
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan Pensiya jamg‘armasining tegishli boshqarmasiga taqdim etiladi.
13. Davlat soliq boshqarmalari taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalari asosida (Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan 23402 — “Respublika budjetining mablag‘lari” balans hisobvarag‘i orqali tushadigan tushumlarni ham hisobga olgan holda) hisobot oyidan keyingi oyning to‘qqizinchi ish kunigacha:
Davlat budjetining 23402 — “Respublika budjetining mablag‘lari” balans hisobvarag‘i orqali tushadigan tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq shaklda;
Pensiya jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha mazkur Nizomning 23-ilovasiga muvofiq shaklda;
Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha mazkur Nizomning 24-ilovasiga muvofiq shaklda;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha mazkur Nizomning 25-ilovasiga muvofiq shaklda solishtirish dalolatnomalarini tuzadi.
Solishtirish dalolatnomalari tegishli hududiy davlat soliq boshqarmasi rahbari tomonidan imzolangandan keyin kelishish uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga (jumladan, elektron shaklda) taqdim etadi.
14. 23403 — “Bojxona to‘lovlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari” balans hisobvarag‘ining tegishli Shartli hisobvaraqlari ochilgan xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli hududiy boshqarmalari va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmalariga va Markaziy bankning tegishli Bosh boshqarmasiga 23403 — “Bojxona to‘lovlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari” balans hisobvarag‘ining tegishli Shartli hisobvaraqlari bo‘yicha bank ko‘chirmalari va ilovalari elektron va qog‘oz shaklda kunlik taqdim etib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmalari tomonidan mazkur Nizomning 26-ilovasiga muvofiq shaklda solishtirish dalolatnomalari tuziladi. Mazkur solishtirish dalolatnomalari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazining ko‘chirmalari va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi banklar ko‘chirmalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida tayyorlanib, Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmasi va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmasi rahbari tomonidan imzolangandan keyin kelishish uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga hisobot oyidan keyingi oyning yettinchi ish kunigacha (jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi.
15. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi hududiy davlat soliq boshqarmasi va davlat bojxona boshqarmasi va unga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmasi tomonidan taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan banklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi rahbari tomonidan imzolanadi va kelishish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tegishli G‘aznachilik boshqarmalariga (jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tegishli G‘aznachilik boshqarmasi taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning o‘n birinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimidagi ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari tegishli G‘aznachilik boshqarmasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Bunda:
mazkur Nizomning 22, 24, 25 va 26-ilovalariga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalari kelishish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga, mazkur Nizomning 23-ilovasiga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomasini esa, Pensiya jamg‘armasining tegishli boshqarmalariga taqdim etiladi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’lumotlarga tegishli G‘aznachilik boshqarmasi tomonidan aniqlik kiritiladi.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari hamda Pensiya jamg‘armasining boshqarmalari taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning o‘n ikkinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari ularning rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari va Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari imzolangan solishtirish dalolatnomalari nusxalarini tegishli davlat soliq, bojxona boshqarmasi va unga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmasi, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalariga keyingi kunidan kechiktirmasdan taqdim qiladi.
18. Imzolangan solishtirish dalolatnomalari hisobot oyidan keyingi oyning o‘n uchinchi ish kunigacha:
davlat soliq boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga;
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga;
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasiga;
Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etiladi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi quyi turuvchi organlar tomonidan taqdim qilingan solishtirish dalolatnomalarni ko‘rib chiqadi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Bunda:
mazkur Nizomning 22 va 26-ilovalariga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Hududlar moliyasi bosh boshqarmasiga;
mazkur Nizomning 24-ilovasiga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalarini Respublika yo‘l jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasiga;
mazkur Nizomning 25-ilovasiga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalarini Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasiga hisobot oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar taqdim etiladi.
20. Solishtirish dalolatnomalarning belgilangan muddatlarda tuzilishi, tasdiqlanishi va yuqori tashkilotlarga taqdim qilinishi bo‘yicha javobgarlik Davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari, Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari va Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushumi to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishini ta’minlash maqsadida, hisobotlardagi xatoliklarni bartaraf qilish va hisobotlarga zarur o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida tegishli hududiy moliya, soliq, bojxona, G‘aznachilik organlari va bank muassasalariga yozma shakldagi ko‘rsatmalar berishi mumkin.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotlardagi xatoliklarni bartaraf qilish va ularga zarur o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalar yuzasidan tegishligi bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy bankni xabardor etishi zarur.
22. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan. | 10Qonunchilik
|
Olimlar baliq ovlovchi beshiktebratarni aniqladi
Biologlar Hindistonda beshiktebratarlarning g‘aroyib populyatsiyasini aniqladi. Ular boshqa hashorotlarni emas, daryo va ko‘llarning yuzasiga suzib keladigan baliqlarni ovlaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, beshiktebratarlar aniq turdagi o‘lja, ayniqsa, oson tutiladigan o‘ljani uchratish mumkin bo‘lgan joyni eslab qola oladi. Bu esa ularga yashab qolish va “baliqli joylarga” qaytish imkonini beradi. Keyingi kuzatuvlar buning qanchalik haqiqat ekanligini ko‘rsatadi.
Beshiktebratarlar Yerdagi eng yirik yirtqich hashorotlar turiga kiradi. Ular nafaqat umurtqasiz hayvonlarni, balki kichkina kaltakesaklar, qurbaqalar va qushlarni ovlaydi.
Bu hasharotlarning qiziqarli tomoni shundaki, urg‘ochi hashorot juftlashish vaqtida erkagini yeb qo‘yishi va shu tariqa kelgusi avlodi uchun oqsilni zaxira qilishi mumkin. Beshiktebratarlarning ko‘plab turlariga taalluqli erkaklari murakkab strategiya ishlab chiqqan bo‘lib, turli o‘zlashtirish darajasi bilan urg‘ochilarni ularni juft sifatida qabul qilishga majbur qiladi. | 14Texnologiya
|