text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
DXX katta miqdordagi valyutaning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo`ydi Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan va Farg`ona viloyatlari bo`yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o`tkazildi.  Unda Farg`ona tumanining Qirg`iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududi bo`ylab harakatlanayotgan, 1980 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashina to`xtatilib, ko`zdan kechirilganida avtomashina salonida 373 ming 717 AQSh dollari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi, deya "Darakchi"ga ma`lum qilmoqda DXX. Aniqlanishicha, qonunbuzar 100 AQSh dollari evaziga ushbu xorijiy valyutalarni aylanma yo`llar orqali Qirg`iziston Respublikasiga o`tkazib berishi kerak bo`lgan. Shuningdek, tezkor qidiruv tadbirlari doirasida uning jinoiy aloqasi hisoblangan - Oltiariq tumanida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro ham hibsga olingan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
5Jamiyat
IIV Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta'limiga kimlar o‘qishga qabul qilinadi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3216-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga jismonan sog‘lom, ma'naviy yetuk va intellektual salohiyatli yoshlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi: 1. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  2017 yil 16 avgustdagi PQ-3216-son qarori bilan: 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta'lim shakliga o‘qishga qabul qilish maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat orqali kirish test sinovlarisiz amalga oshirilishi; Akademiyada kadrlar tayyorlashning bir pog‘onali tizimi bo‘yicha kunduzgi ta'lim shaklining muddati uch yil etib belgilanganligi; 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Akademiyaning kunduzgi ta'lim shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshirilishi; 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, Akademiyada ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun sirtqi ta'lim shakli joriy etilganligi, unda o‘qitish muddati oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun to‘rt yil, oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun to‘lov-kontrakt asosida uch yil etib belgilanganligi ma'lumot uchun qabul qilinadi. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta'lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi ta'lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi. 3.  Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomning 1-bandiga quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qo‘shildi: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi alohida nizom bilan belgilanadi”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyaning kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish shaffof va xolisona o‘tkazilishini ta'minlaydi hamda har qanday korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha ta'sirchan choralarni ko‘radi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklandi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta'lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, akademiyaning kunduzgi ta'lim shakliga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Akademiyaga yoshi o‘n sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari hamda ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsiplari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: dastlabki tanlov; maxsus kasbiy tanlov; yakka tartibdagi yakuniy suhbat. Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi. Nomzodlar sinovlarni o‘zbek yoki rus tillaridan birini tanlagan holda topshiradilar. Akademiyaga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanlov e'lon qilinadi. Unda ariza qabul qilinadigan manzil, tanlovni o‘tkazish muddatlari va joyi, o‘qishga qabul qilish shartlari xamda tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa ma'lumotlar aks ettiriladi. Akademiyaga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi tashkil etiladi. Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini qabul yilining 1 fevralidan 31 avgustiga qadar Akademiyada olib boradi. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni tavsiflovchi ma'lumotlarning ular kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi uchun mosligini va nomzodlarning sog‘lig‘i holatini aniqlashdan iborat. Akademiyaga o‘qishga kirish uchun nomzodlarning arizalari (Akademiyaga o‘qishga kirish uchun nomzod ichki ishlar organi xodimi bo‘lgan taqdirda, ularning bildirgilari) qabul yilidan oldingi yilning 15 noyabridan qabul yilining 15 fevraliga qadar qabul qilinadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ariza beruvchining pasporti nusxasi; ariza beruvchining tugilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma'lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu haqda FHDYo organining ma'lumotnomasi; ariza beruvchining yaqin qarindoshlari pasporti, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, nogironlik (agar mavjud bo‘lsa), qarindoshlarining o‘limi haqidagi guvohnomalari nusxalari; Akademiyaga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi; 3x4 santimetr o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 santimetr o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz); nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol; anketa (so‘rovnoma); o‘qish, ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) va yashash joyidan tavsifnoma hamda ma'lumotnoma (yashash joyidan berilgan ma'lumotnomada nomzodning oila a'zolari ko‘rsatiladi); ariza beruvchining ma'lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi hamda ularning baholar ko‘rsatilgan ilovasi nusxasi; harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi; doimiy ro‘yxatda turgan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma'lumotnoma (bo‘y-basti ko‘rsatilgan holda); mehnat daftarchasi nusxasi (agar mavjud bo‘lsa); oliy harbiy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirishga nomzodning ota-onasi rozilik xati. Arizani qabul qilgan ichki ishlar organi xodimi ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini tekshirib oladi. Ishchi guruh tomonidan xizmat o‘tash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli muassasadan qo‘shimcha hujjat yoxud ma'lumotlar talab qilib olinishi mumkin. Ichki ishlar organi xodimlarining bildirgisiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: yaqin qarindoshlarning pasporti, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘limi haqidagi guvohnoma nusxalari; Akademiyaga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi; 3x4 santimetr o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 santimetr o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz). Dastlabki tanlov bosqichida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi. Dastlabki tanlov: Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari bitiruvchilari hamda fuqarolar uchun - ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida; harbiy akademik litseylar bitiruvchilari uchun - (hujjatlarni to‘plash va o‘rganish tadbirlari) ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida va (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari) harbiy akademik litsey joylashgan hududdagi ichki ishlar organlarida; ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun - ularning xizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) o‘tkaziladi. Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish natijalarini tahlil qilish nomzod to‘g‘risidagi ma'lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish usuli bilan o‘tkaziladi. Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari dastlabki tanlov tadbirlari yakunlangunga qadar amalga oshiriladi. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish natijalari bo‘yicha nomzodning kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi mumkinligi to‘g‘risida Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan ishchi guruhlar tomonidan xulosa chiqariladi. Nomzodlar Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017 yil 26 sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq vazirlik va ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida nomzodning sog‘ligiga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida harbiy - tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi. Nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida ichki ishlar organlarida xizmat qilishga to‘sqinlik qiluvchi ma'lumotlar aniqlanganda yoki sog‘ligining holati bo‘yicha xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda hujjatlarni rasmiylashtirish to‘xtatilib, ularni ichki ishlar organlariga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to‘grisida ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan qaror qabul qilinadi va bu haqida nomzodga yozma xabar qilinadi. Dastlabki tanlov bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda shaxsiy hujjatlarining yig‘majildi to‘liq rasmiylashtirilgan nomzodlarni maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan xulosa ko‘rinishida tasdiqlanadi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlari bilan birgalikda ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan ishchi guruhlar tomonidan qabul yilining 20 may kuniga qadar Qabul komissiyasiga yuboriladi. Qabul komissiyasi taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini ro‘yxatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi. Maxsus kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodlarning ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashi uchun ularning sog‘ligi va psixofiziologik xususiyatlarining mos kelishini hamda nomzodlarning jismonan sog‘lomligi va intellektual salohiyatini aniqlashdan iborat. Quyidagilar maxsus kasbiy tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi: taqdim etilgan hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi materiallarni o‘rganish; nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini, sog‘lig‘ini o‘rganish; nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi, bilim darajasi va chet tillari bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholash; nomzodlarni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilish (maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha). Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: hujjatlarni o‘rganish; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; psixofiziologik o‘rganish; yozma ish (bayon yoki insho); umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash. Nomzodlar tibbiy ko‘rikdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017 yil 26 sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida nomzodning sog‘ligiga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqlilik darajasi to‘g‘risida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi. Sog‘ligining holatiga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. Psixofiziologik o‘rganish, yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajalarini baholash bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan nomzodlar qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilmaydi. Nomzodlarga maxsus kasbiy tanlovning psixofiziologik o‘rganish, yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajalarini baholash tadbirlari bo‘yicha sinovlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi huquqshunoslik, O‘zbekiston va jahon tarixi, adabiyot, ma'naviyat asoslari va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari bo‘yicha nomzodlarning bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan bo‘yicha kamida bir nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda o‘tkaziladi. Qabul komissiyasi tomonidan maxsus kasbiy tanlov natijalari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat bo‘yicha nomzodni Akademiyaga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilinadi. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Vazirlar Mahkamasining “Ta'lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 11 avgustdagi 610-son qarori asosida chet tillarini bilish darajasi haqida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan o‘tkaziladigan sinovdan ozod etiladi. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari Akademiyaga dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining taqdimnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz o‘qishga qabul qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari asosida xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari Qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra Akademiyaga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz o‘qishga qabul qilinadilar. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalarining Akademiyaga tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilishga tavsiya etilgan g‘oliblari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga o‘qishga qabul qilinadi. Akademiyaga o‘qishga kirgan nomzodlar kursantlar safiga qabul qilinadi. Qabul komissiyasi har yili 10 iyulga qadar nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli bayonnomani rasmiylashtiradi. Nomzodlar tanlovlar paytida Akademiya hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va foydalanishi qat'iy man etiladi. Nomzod tomonidan sinovlarga mikrokalkulyatorlar, lug‘at, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning o‘rniga kirishi, sinov o‘tkazish tartibini buzish deb hisoblanadi, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va qabul komissiyasi raisi o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlovlarning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi ta'lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, akademiyaga ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, yoshi o‘ttiz beshdan katta bo‘lmagan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi. Akademiyada o‘qish muddati oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun to‘rt yil, oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun uch yilni tashkil etadi. Akademiyada o‘qish oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona koidalari prinsiplari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: dastlabki tanlov; maxsus kasbiy tanlov; yakka tartibdagi yakuniy suhbat. Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi. Nomzodlar sinovlarni davlat tili yoki rus tilidan birini tanlagan holda topshiradilar. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi Akademiyada o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar haqidagi ma'lumotlarni, uning xizmat faoliyatidagi ko‘rsatkichlarini o‘rganish, ularni har tomonlama va xolisona baholashdan iborat. Maxsus kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodlarning ma'naviy- axloqiy xislatlari, intellektual salohiyati, umumiy dunyoqarashini, o‘z nuqtai nazarini asoslab berish qobiliyatini va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlashdan iborat. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzodning huquqshunoslik, adabiyot, ma'naviyat asoslari va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat. Vazirlar Mahkamasining “Ta'lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2017 yil 11 avgustdagi 610-son qarori asosida chet tillarini bilish darajasi haqida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan o‘tkaziladigan sinovdan ozod etiladi. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz o‘qishga qabul qilinadilar. Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyati davomida erishgan yutuqlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlangan nomzodlarga kompleks test sinovlari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat uchun ajratilgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyozli ball beriladi. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga o‘qishga qabul qilinadi. Akademiyaga o‘qishga kirgan nomzodlar kursantlar safiga qabul qilinadi.
8O‘zbekiston
Buenos-Ayres va London Folklend urushi qurbonlarini identifikatsiya qilishga kelishib oldi Argentina va Buyuk Britaniya hukumati Folklend urushida halok bo‘lgan askarlar identifikatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi sud tibbiy ekspertlari guruhini tashkil etishga kelishdi. Bu haqda 9-dekabr, juma kuni Argentina Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Ikki mamlakat vakillarining 8—9-dekabr kunlari Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida yuqoridagi kelishuvga erishildi. Erishilgan kelishuvga ko‘ra, Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi sud tibbiy ekspertlar guruhini tashkil etib, uning tarkibiga shaxsi aniqlanmagan askarlar DNKsini to‘plash maqsadida ikki nafar argentinalik ekspert kiritiladi. Shundan so‘ng ular o‘z ixtiyori bilan identifikatsiyaga rozilik bergan oilalar tomonidan to‘plangan namunalar bilan taqqoslanadi. Argentina tashqi ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, ekspertlar 2017-yilda identifikatsiyani boshlashi mumkin. Folklend orollari deyarli 200 yildan buyon Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi tortishuv sababchisi bo‘lib kelmoqda. 1982-yilning aprelida ikki mamlakat o‘rtasida qisqa urush bo‘lib o‘tgan edi. Unda Argentina mag‘lub bo‘lib, 649 nafar harbiy xizmatchisini yo‘qotdi. Britaniya tomonining yo‘qotishlari 255 kishini tashkil etdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
2Dunyo
“Notanish qotil”: Azamat Ahrorovning burnini sindirgan 180 mln so‘mlik film Sentabr oyida aktyor va rejissor Azamat Ahrorovning jangari janrda suratga olingan “Notanish qotil” nomli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan jurnalist Feruz Muhammad film muallifi bilan suhbat uyushtirdi. — “Notanish qotil” filmini tasvirga olish jarayonida juda ko‘p tan jarohati olgan ekansiz, shu rostmi? — Bu jangari film bo‘lgani uchun, tasvirga olish jarayoni boshqa filmlarimga qaraganda qiyinroq kechdi. Yoshlikdan sport bilan shug‘ullanganman, shu sababli barcha sahnalarni kaskadyorsiz o‘zim bajardim. Jang sahnalaridan birida Alixan aka (Nurmuhammadxon Husniddinov) burnimni sindirib qo‘ydi. Ham burnim singani, ham o‘sha vaqtda qishning sovuq kunlari bo‘lgani sabab, tasvirga olish ishlari uzoq vaqtga to‘xtab qoldi. — Gap-so‘zlarga qaraganda, bu filmni suratga olish uchun hatto uyingizni garovga qo‘ygan emishsiz. — Haqiqatan ham, hech bir filmimga bu qadar katta mablag‘ ketmagan. Aktyorlarning gonarari, qimmat avtomobillar va uylarning ijara haqi, film 4K formatda suratga olingani, tasvirga olish jarayonining cho‘zilib ketgani uchun ham juda katta mablag‘ sarflandi. Film uchun, taxminan, 170—180 million so‘m ketdi. Buncha mablag‘siz bu filmni suratga olib ham bo‘lmasdi. O‘zimga yoqqan mavzuda film olish uchun bor narsamni o‘rtaga qo‘yib bo‘lsa-da ishga kirishaman. Ammo uyimni garovga qo‘yganim yo‘q. Aksincha, “Notanish qotil” homiylar ko‘magi bilan suratga olindi. — Premyera kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda juda katta tayyorgarlik bo‘ldi-yu, ammo o‘zingiz taqdimotga kech qoldingiz. Siz va aktrisa Shahzoda Muhamedovaning kechikkani sabab, sizlarni hatto kelmaydi, deb o‘ylashdi. Buning sababi nima? — Bu mas’uliyatsizlik emas. Ham rejissorlik qilib, ham bosh rolda o‘ynaganim uchun tashkiliy ishlar o‘zimning bo‘ynimda qolib ketdi. Premyera kuni juda shoshib qoldim: viloyatdan kelgan mehmonlarni kutib olish, ularni ham premyeraga olib kelish kerak edi. Hammasini o‘rniga qo‘yib, premyeraga kelaman deganimda vaqt kech bo‘lgan edi. O‘zimga bog‘liq bo‘lmagan noqulayliklar uchun barchaga uzrimni aytib qolaman. — Film saundtrekini nega aynan Shohrux reper kuyladi? — Film xarakteri va mavzusini kuyda faqat Shohrux reper to‘la ochib berishi mumkin edi. To‘g‘risini aytsam, Shohruxning ijodi, uning yo‘nalishi o‘zimga ham juda yoqadi. U bilan ijodiy hamkorlik qilganimdan xursandman va bu hamkorlikni uzoq davom ettirmoqchiman. Film saundtrekiga ketgan pulni eshitganlar: “Bu pulga yana bir film olsa bo‘lardi”, degan fikrlarni ham bildirdi. Ammo har bir qilinayotgan ishning o‘z maqsadi, qadr-qimmati bo‘ladi. Saundtrekka ketgan pul o‘zini to‘la oqladi, deb o‘ylayman. — Odatda, saundtrekni kuylagan xonanda film premyerasiga ham kelar, saundtrekni ham kuylab ketardi. Shohruxni esa premyrerada ko‘rmadik. — Kelishuvimiz boshidan shunday bo‘lgan. Filmim Shohrux reperga yoqqani uchun, unga atab qo‘shiq kuylab, klipning trek joylariga videoga tushib berishlarini iltimos qilganmiz. Premyeraga kelish-kelmasliklari kelishuvimizda yo‘q edi. Agar premyera kuni gastrol safariga ketmaganida, menimcha, premyeraga ham kelgan bo‘lardilar. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
7Madaniyat
Venesuela oliy sudiga vertolyotdan hujum qilindi Venesuela poytaxti Karakasdagi oliy sud binosiga politsiya vertolyotidan hujum qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nikolas Maduro ma'lum qildi, deb xabar bermoqda NTN24. Venesuela yetakchisi sud binosiga vertolyotdan ikkita granata tashlangani, ulardan bittasi portlamay qolganini ma'lum qildi. Maduroning aytishicha, hujum vaqtida binoda odamlar bo‘lgan. "Bu yuzlab jabrlanganlarga olib kelishi mumkin edi", deb aytdi Maduro. Bundan tashqari, vertolyot ichki ishlar vazirligi binosi ustidan ham uchib o‘tgan. Maduroning ta'kidlashicha, vertolyotni sobiq ichki ishlar vaziri Migel Rodriges Torres boshqargan. Maduroning aytishicha, Torres "Markaziy razvedka boshqarmasi bilan bog‘langan".   RIA “Novosti” axborot agentligining ma'lum qilishicha, vertolyot ekipaji "350. Erkinlik" yozuvi bo‘lgan plakatni yoygan. Gap Venesuela konstitutsiyasining 350-moddasi haqida ketib, unda hokimiyat demokratik qadriyatlar, tamoyillar va kafolatlar hamda inson huquqlarini buzganda Venesuela fuqarolari uni tan olmasliklari mumkinligi haqida gapirilgan. Maduro ushbu hujumni terakt deb atagan va maxsus xizmatlardan tegishli choralar ko‘rishni talab qilgan. Mamlakat muxolifati Maduroning iste'fosini talab qilmoqda.
2Dunyo
Liviyada ro‘y bergan yirik YTHda 30 kishi halok bo‘ldi Liviya janubi-g‘arbida Somali va Eritreyadan tashrif buyurgan 30 nafar muhojir yirik yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Aytilishicha, Bani Valid shahri yaqinida trassadan o‘tayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Uning ichida 300 nafar muhojir bo‘lgani taxmin qilinmoqda. YTH oqibatida, shuningdek, yuzdan ortiq odam jarohatlangan.
2Dunyo
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkil etildi Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi. Bu Prezidentning 11.01.2019 yildagi PF-5621-son Farmonida nazarda tutilgan. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek, investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.  Shu bilan birga quyidagi tartib oʻrnatildi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida Xodimlarning malakasini oshirish oʻquv markazi tashkil etiladi. 2019 yil 1 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyaning yakuniy varianti ishlab chiqiladi. Unda hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari hamda ekspertlar jamoatchiligi orasidagi muhokamalarning natijalari va investitsiya siyosati strategiyasi hisobga olinadi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2019 yildan kuchga kirdi.   Oleg Gayevoy.
10Qonunchilik
“Chet tillarini o‘qitish va amaliy tilshunoslik” bo‘yicha IX xalqaro konferensiyaga ilk bor Toshkent mezbonlik qiladi Ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or g‘oyalarni yuzaga chiqarish maqsadida Toshkent shahri O‘rta Osiyoning bu sohada eng katta tadbiri hisoblangan “Chet tillarini o‘qitish va amaliy tilshunoslik” bo‘yicha IX xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiladi. Konferensiya chet tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik sohasiga qiziquvchi barcha o‘qituvchi, tarbiyachi, tadqiqotchi va bo‘lg‘usi mutaxassislar uchun tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Bu galgi konferensiyaning asosiy mavzusi til ta’limi hamda amaliy tilshunoslikda duch kelinadigan dolzarb trendlar, shu bilan birga qator muammolar va ularning yechimiga bag‘ishlanadi. Konferensiya olti mamlakatda joylashgan 12 universitet hamkorligida tashkil etilayotgan bo‘lib, unda Avstarliya, Yangi Zellandiya, AQSh, Yevropa Ittifoqi, O‘rta Osiyo, Yaponiya, Janubiy Koreya singari 40 dan ortiq davlatdan 350 ga yaqin delegat qatnashishi ko‘zda tutilgan. Anjumanning rasmiy tillari o‘zbek, rus va ingliz bo‘lib, konferensiyada nutq mazkur  tillarda taqdim qilinadi hamda tadbirdan so‘ng saralangan maqolalar University Press Publications nashrining maxsus sonida, xorijiy hamkor jurnallarda, shuningdek, “Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik jurnali” — Journal of Foreign Language Teaching and Applied Linguistics’da (J-FLTAL) chop etiladi. O‘zbekistonda ilk bor bo‘lib o‘tadigan ushbu konferensiya nafaqat nazariy bilim va ko‘nikmalar ulashish, balki madaniyatlararo tajriba almashish, yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochish uchun ham amaliy vosita vazifasini  o‘taydi. Anjuman tashkilotchilari: “Daryo” konferensiyaning rasmiy axborot hamkoridir. Konferensiya manzili: Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali. Konferensiyada qatnashish uchun quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:
14Texnologiya
Isroil armiyasi Misr hududidan raketa uchirilgani haqida xabar berdi Misrning Sinay yarim orolidagi chegaraga tutash tumanlaridan ikkita raketa uchirildi, ular Eshkol mintaqaviy kengashi hududiga kelib tushdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Isroil armiyasi matbuot xizmatiga tayanib. “Biroz vaqt avval ikkita raketa Sinay yarim orolidan Eshkol mintaqaviy kengashi hududiga uchirildi”, — deyiladi xabarda. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, ushbu tumanda havo trevogasi signali ishga tushirilgan edi.
2Dunyo
AQShdagi harbiy bazada eng qimmat F-35 qiruvchi samolyoti yonib ketdi AQSh harbiy-havo kuchlari (HHK)ning Aydaxo shtatidagi Mountain Home bazasida o‘quv parvozi oldidan F-35A qiruvchi samolyoti yonib ketdi. Bu haqda, HHK matbuot kotibi Mark Graff ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. Hodisa 23-sentabr, juma kuni tushki payt, samolyotning dum qismidagi dvigatel ishga tushirilganida ro‘y berdi. Havo kemasi Arizonada joylashgan 61-qiruvchi samolyotlar eskadrilyasiga tarkibida bo‘lgan. Ma’lumot uchun, F-35 tarixdagi eng qimmat harbiy samolyot sifatida nom chiqargan, uning narxi 135 million dollargacha borishi mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
2Dunyo
Unumdorlikni oshirish uchun anti-to-do ro‘yxatini tuzing Kundalik ro‘yxatdagi bajarilmay qolgan ishlar hafsalani pir qiladi va ishtiyoqni so‘ndiradi. Bu muammoni bartaraf qilishning yo‘li bor: qilinadigan ishlar ro‘yxati bilan birga anti-to-do ro‘yxatini tuzish. Bu usul sizdagi o‘z kuchingizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Anti-to-do ro‘yxatga kun davomida qilingan ishlarni kiritish kerak. Boshqacha qilib aytganda, bu erishilgan yutuqlar ro‘yxati bo‘ladi. Bu juda ishtiyoq uyg‘otuvchi usul bo‘lib, kun davomida hammasi bo‘lib qancha ish qilganingizni ko‘rib turasiz. Hatto agar bu ishlar qilishingiz kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatida bo‘lmasa ham. To-do ro‘yxatdagi bajarilgan ishlarni o‘chirib tashlaysiz. Anti-to-do ro‘yxatga esa rejalashtirilgan ishlardan tashqari qilingan qo‘shimcha ishlarni ham kiritasiz. Hafta oxirida u qilinadigan ishlar ro‘yxatida ko‘ringanidek unumsiz emasligiga amin bo‘lasiz. Kun davomida biz to-do ro‘yxatimizda ko‘rsatilganidan ham ko‘proq ishlarni bajarishimizga to‘g‘ri keladi. Ba’zan ular ko‘p vaqtni oladi, shuning uchun biz oldindan rejalashtirilgan ishlarni bajarishga ulgurmaymiz. Kun oxirida ro‘yxatdagi bajarilmay qolgan ishlarga qaraymiz va o‘zimizdan ko‘nglimiz to‘lmaydi. To-do ro‘yxatdagi vazifalarni biz oldindan o‘ylab qo‘yamiz. Bu shubhasiz maqsadga erishish uchun ancha foydali: kun uchun aniq rejani tuzishda biz ularni muhimligiga qarab joylashtiramiz. Lekin o‘z yutuqlarimizni yozar ekanmiz, amalga oshirilgan yangi ishlar orqali biz vazifalarni bajarish uchun o‘zimizda yanada ko‘proq ishtiyoq uyg‘otamiz. Bundan tashqari, bunday ro‘yxat sizdagi yuksalishni qayd qilib boradi. Uning yordamida siz o‘zingizda qanday yangi odatlar paydo bo‘lganini kuzatib borishingiz mumkin. Manba: “Layfxaker”
1Ayollar
P.Benkov maktabiga bir asr to`ldi Bu yil P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi tashkil etilganiga 100 yil bo`ldi. Ushbu sana O`zbekiston Badiiy akademiyasi a`zolari, rassomlar, san`at arboblari, professor-o`qituvchilar, diplomatik korpus vakillari, talaba-yoshlar ishtirokida nishonlandi.  P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi 1919 yilda Toshkent rassomlik texnikumi va P.Benkov nomidagi Samarqand rassomlik bilim yurti negizida Toshkentda tashkil qilingan. Bilim yurtida dastlab rassom-o`qituvchilar, teatr sahna bezagi, haykaltaroshlik bo`limlari bo`lgan. Keyinchalik (1952-1953) amaliy san`at, ganch, yog`och o`ymakorligi, kandakorlik, gilam to`qish, 1975 yilda badiiy bezatish, 1981 yilda miniatyura rassomligi kabi yo`nalishdagi bo`limlar ham tashkil etildi. O`zbekistonning XX asr tasviriy san`ati xazinasiga munosib hissa qo`shgan Pavel Petrovich Benkov, Aleksandr Nikolaevich Volkov, Zinaida Kovalevskaya, Abdulhaq Abdulllaev, Malik Nabiev, Lutfulla Abdullaev, Rashid Timurov, Rahim Ahmedov, Eduard Qalandarov, Ro`zi Choriev, Ne`mat Qo`ziboev, Zokir Inog`omov, Qutlug` Basharov, Shuhrat Abdurashidov, Telman Muhamedov va boshqa yuzlab rassomlarning ijodiy tarjimai holi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi tarixi bilan chambarchas bog`liqdir.
7Madaniyat
“Korrupsiya” atalmish “maxluq”ni kimlar oziqlantirmoqda? Toshkent shahar IIBB saytida korrupsiya muammosi haqida maqola e'lon qilindi. “Poraxo‘rlik muammosi haqida fikr yuritishar ekan, odamlar ko‘pincha o‘zlari bilib-bilmay uning rivojiga “hissa” qo‘shayotganlarini anglab yetmaydilar. Ba'zan bu “yebto‘ymas maxluq” balosidan ikki-uchta ishdan bo‘shatishlar bilan qutulish mumkindek tuyuladi. Lekin minglab odamlar – oddiy uy bekalaridan tortib firmalar xodimlari, avtomobil haydovchilari, boshqa o‘nlab kasb egalari o‘z qo‘llari bilan boqib turgan bu ofat balosini yuzlab poraxo‘rni vazifasidan chetlatish bilan ham bartaraf etish mumkin emasligini anglab yetmaydilar...”, deb boshlanadi maqola. Qayd etilishicha, bir paytlar O‘zbekiston va boshqa sharq xalqlari turmush madaniyatiga daxldor bo‘lgan, yaxshi xushxabar eshitganda – farzand yoki nabira ko‘rganligi, to‘y xabarini keltirgan kishiga ro‘molcha, belbog‘ sovg‘a qilish, ya'ni “suyunchi” berish go‘zal an'ana hisoblangan. “Bugungi kunda esa bu ajoyib odatning ko‘rinishi, “turqi” buzilgan. Endi deyarli har bir kishi uni ishga qabul qilayotgan idora rahbari yoki hujjatini rasmiylashtirayotgan xodimni oldindan “rozi qilish”ga intiladi. Buni zimmasidagi “majburiyat” sifatida qarashga o‘rganib qolgan. Agar bunga imkoniyati yo‘l bermasa u o‘ziga “nomunosib ish”ni berishlaridan cho‘chib turadi. Agar shunday holat yuz bergan taqdirda ham biror joyga shikoyat qilishga o‘zini nohaq, deb biladi. To‘g‘ri, bunday holatlar yuzasidan shikoyatlar tushib turadi. Ularning aksariyati to‘g‘ri, deb topiladi ham. Chunki ilgari imkoniyati borlardan “rag‘batlantirilgan” xodimlar endi har bir ko‘rsatgan yordami, xizmati uchun nimadir ta'ma qilishga odatlanib qolgan bo‘ladi”, deya davom ettiriladi maqola. Unda yozilishicha, shunday hollar ham uchraydiki, ba'zan odamlar bunday “suyunchi”larni xodimlarning qarshiligiga qaramay ularga tiqishtirishga intilishadi. Yana bunday ishlarini “agar olmasangiz xafa bo‘laman”, “buni chin ko‘ngildan berayapman” degan so‘zlar bilan oqlaydilar ham. Ba'zan bu gaplardan keyin “mukofotni” olmasdan iloji qolmaydi. “Bunga yorqin misol yaqinda O‘zbekistondagi ommaviy telegram-kanallardan birida ko‘rsatildi. Namoyish etilgan videoda adashib qolgan bolasini topgan baxtli ota bunga ko‘maklashgan ichki ishlar bo‘limi xodimlariga “suyunchi” berishga intilayotgani ko‘rinib turibdi. Bu ota ichki ishlar xodimlarining qarshiligiga qaramay, “suyunchini” tashlab, tashqariga otilib chiqmoqda. Ehtimol u o‘zining militsiya xodimlaridan naqadar minnatdor ekanligini izhor qilmoqchi bo‘lgandir, ammo beixtiyor keyinchalik uning mavjudligidan shikoyat qilishga majbur bo‘ladigan muammoning vujudga kelishiga ko‘maklashganini o‘ylab ham ko‘rmadi. Keyinchalik ushbu voqea xususida do‘stlariga so‘zlab berganida, “albatta, men ularni quruq qo‘ymadim, shu sababli sidqidildan intilishdi” deb ham qo‘shimcha qilishi ehtimoldan yiroq emas. Bu bilan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy ko‘maklashish markazi xodimining bolani topishga sarflangan beminnat xizmati, uni izlagan va markazga keltirgan boshqa kishilarning beg‘araz yordamiga nohaq soya solindi”, ta'kidlanadi maqolada. E'tirof etilishicha, shahar IIBB rahbariyati tomonidan huquq-tartibot organlarida korrupsiyaning ildizini qirqish, kadrlar tarkibini yangilash borasida katta ishlar qilinmoqda. “Lekin biz tomonimizdan jalb etilgan va tarbiyalanayotgan yosh kadrlarni ham odamlar o‘z “minnatdorchiligi”, “suyunchi”lari bilan eski oqimga tortmoqda. Gap bu yerda faqat ularning bajargan biror-bir ishidan nihoyatda roziligi, minnatdorchiligi xususida emas, balki ba'zi odamlarning ana shu yo‘l bilan o‘zi sodir etgan qonunbuzarchiliklarni xaspo‘shlashga intilishadi hamdir. Shunday vaziyatni ko‘z oldingizga keltiring: Yo‘l-patrul xizmatida o‘z vazifasiga vijdonan yondashadigan, rostgo‘y xodim ishlaydi. Kunlarning birida u yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchini to‘xtatadi. Bu odam ko‘zda yosh bilan undan ayni shu kunlarda hayotida og‘ir kunlar sodir bo‘lganligini aytib, kechirishini so‘raydi. Yo‘l-patrul xizmati xodimi o‘z vazifasiga tegishli yo‘riqnomalarni buzib bo‘lsa-da, uning ahvoliga tushunib haydovchini qo‘yib yuboradi. U esa ketish oldidan xodimning qo‘liga “minnatdorchilik”ni qistiradi. Ana shunday haydovchilarning bir nechtasiga duch kelgan va ulardan bunday “minnatdorchilik”larni qabul qilgan yo‘l-patrul xizmati xodimi keyinchalik bunday voqealarga oddiy hol sifatida qaraydigan bo‘ladi. Bir-ikki yildan so‘ng esa haydovchilarga ana shunday “rag‘batlantirishga” ishora qila boshlaydi yoki ochiqdan-ochiq beriladigan pora evaziga ularning qoidabuzarliklariga ko‘z yuma boshlaydi. Siz ana shunday yo‘l-patrul xizmati xodimiga duch kelishni istaysizmi? Albatta yo‘q! Unda bu singari xodimlarning “tug‘ilishi”ga sababchi bo‘lmang”, deya ta'kidlanadi IIBB matbuot xizmati tomonidan. “Ham kuladigan, ham kuyadigan joyi shundaki, yo‘l-patrul xizmati xodimi qo‘lidan avval o‘zini bechorahol, og‘ir ahvolda qolgan kishi sifatida ko‘rsatib qutulgan o‘sha haydovchi oradan ko‘p o‘tmay ichki ishlar xodimlarining “pulga sotilishi” haqida hikoya qilayotganini eshitsangiz hayron bo‘lmang. Bunday paytlar ular negadir o‘zlarini o‘sha xodim oldida “yolvoraman, ahvolimga tushuning, jon aka!” deya yalinib turgan lahzalarini va uning qo‘liga pul tiqishtirayotganini unutib qo‘yishadi. Poraxo‘rlik sodir bo‘lganligi haqidagi voqeadan ogoh bo‘lib, buni yashirgan shaxs porani bergan yoki olgan kishidek bir tarzda aybdordir. Rivojlangan hech bir jamiyatda mas'uliyatdan qochish rag‘batlantirilmaydi. Javobgarlikdan qochadigan shaxsni ular munosib inson, deb hisoblamaydi. To‘g‘ri, har kim ham xato qilishi mumkin, lekin asosiy ko‘rsatkich uning keyin o‘zini qanday tutishi, qilgan ishi uchun javobgarlik hissini tuyushidadir. Yo‘l harakati qoidasini buzganligingiz uchun hujjat rasmiylashtirilsa, avtomobilingiz jarima maydonchasiga olib ketilsa, buning uchun jarima to‘lasangiz behuda talvasaga tushmasligingiz lozim. Yo‘l harakati qoidasini buzdingizmi – huquqiy inson sifatida javobgarlikni ham bo‘yningizga oling. Korrupsiya atalmish “maxluq”ning uchinchi “jozibador” tomoni – odamlardagi o‘z hayotini mayda-chuydalardan xoli qilishga bo‘lgan jilovlanmagan intilishdir. Misol uchun, shifokorlar ko‘rigidan o‘tishga vaqt sarflamay poliklinikadan dalolatnoma sotib olish, boshqalarga o‘xshab navbat kutmay biror-bir xizmat ko‘rsatilishini pul evaziga tezlashtirish shular jumlasidandir. Bular vaqtdan yutishning faqat ikkita “oddiy va beg‘araz” usuli emas, balki bolalaringizning ham kelgusida qonunbuzarlik orqali o‘z ishini “tez va soz” bitkazishga o‘rgatuvchi siz ko‘rsatgan mash'um bir misoldir. Ya'ni ular ana shunday qonunbuzarliklarga sizning xatti-harakatlaringiz timsolida o‘rganib borishadi. Uning bilan mag‘rurlanish mumkin bo‘lgan kelajakni ko‘rmoqchimisiz? Bugundanoq turmush va fikrlash tarzingizni o‘zgartiring. Atrofingizdagilarni ham shunga undang. Qonun-qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘ymang. Avvalo, yo‘lda avtomobil tezligini oshirmang, qo‘shnilar eshigining oldiga chiqindilarni tashlamang, bahslashganda boshqalar sha'nini kamsitmang – bunda ham vaqtdan, ham puldan tejaysiz. Oqibatda o‘zingizga ham, jamiyatga ham foyda. Biror-bir ish siz o‘ylaganchalik bitmaydi, degan hayolda “mukofot” puli berishga shoshilmang. Agar natija sizni qoniqtirmasa bu haqda ulardan yuqori idoralarga xabar berishingiz, sanksiyalar qo‘llanilishiga erishishingiz mumkin. Agarda pora berishga undash hollariga duch kelsangiz belgilangan tartibda tegishli organlarga o‘z vaqtida murojaat qiling. Yo‘l qo‘ygan xatolaringiz uchun mas'uliyat hissini tuyushni o‘rganing. Jarimani davlat xazinasiga yoki biror-bir xodimning cho‘ntagiga to‘lash – boshqa-boshqa narsa ekanligini unutmang. Biri qonuniy bo‘lsa, boshqasi jinoyatdir. Bunda pensiya to‘lashga, maktablarni va shifoxonalarni ta'mirlashga sarflanadigan davlat budjetini to‘ldirish begona cho‘ntakni qappaytirish hamda shu bilan birga korrupsiyaga yo‘l ochishdan afzalligini unutmang. Agar sizga biror xizmat ko‘rsatishsa “rahmat”ni pul bilan emas, oddiy so‘z bilan aytishga o‘rganing. So‘z bilan minnatdorchilik bildiring, yordamingizga muhtojlardan ko‘magingizni ayamang. Bu bilan xayrli ish qilgan bo‘lasiz. Keksalarga hovli-joyini tartibga keltirishga ko‘maklashing, qariyalar uyida yashovchilarga e'tibor ko‘rsating. Bizning Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazimizga oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam bering. Boshqalarga yaxshilik qilish, himmat ko‘rsatishning yo‘li ko‘p – o‘zingiz tanlang. Ana shunda “korrupsiya” atalmish “maxluq” halokatga mahkum bo‘ladi. Faqat shundagina siz o‘zingizga va farzandlaringizga haqiqatdan ham mag‘rurlanish mumkin bo‘lgan kelajakni sovg‘a qilgan bo‘lasiz”, deya ta'kidlanadi maqolada.
5Jamiyat
15 avgustdan mashinada kun davomida harakatlanish mumkin bo‘ladi O‘zbekistonda bugungi pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqarorligini saqlab turish, aholining munosib turmush tarzi hamda tadbirkorlik sub'yektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlarni ta'minlash maqsadida Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi: 2020 yil 15 avgustdan boshlab: 2020 yil 17 avgustdan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi: a) hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovini tiklash; b) jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus qatnovi (metropoliten faoliyati bundan mustasno). Ushbu transport faoliyatini tashkil etish uchun:
8O‘zbekiston
Eron AQShni tibbiy terrorizmda aybladi Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQShni koronavirus pandemiyasi sharoitida sanksiyalar siyosatini davom ettirayotgani uchun tibbiy terrorizmda aybladi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.  Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Eronga nisbatan «tibbiy va iqtisodiy terrorizm»ni amalga oshirmoqda. U xususan, Vashingtonning maqsadi mamlakatga o‘z samolyot parkidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik va koronavirusga qarshi kurashishga xalaqit berish ekanligini aytdi.  Zarif bunday harakatlar insoniyatga qarshi jinoyat ekanligini bildirdi. 26 mart kuni Rossiya, Xitoy, Eron, Kuba, Suriya, Nikaragua, Venesuela va KXDR BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni ayrim mamlakatlardan koronavirusga qarshi kurashda xalal berayotgan sanksiyalarni olib tashlashni talab qilishga chaqirgandi.
2Dunyo
Akmal Saidov Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov 2020—2023 yilda Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi. Akmal Saidov, shuningdek, 2020−2021 yillar uchun moliya bo‘yicha kichik qo‘mita a’zosi etib ham tayinlandi. O‘zbekiston vakili ilk bor Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatida qayd etildi. Ushbu qaror tashkilotning Belgradda (Serbiya) bo‘lib o‘tgan Assambleyasi paytida qabul qilingan edi. O‘shanda Akmal Saidov nomzodi Ittifoqning Yevroosiyo guruhi tomonidan ilgari surilgan va tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan edi.
12Siyosat
Britaniyalik juftlikning to‘y suratlari Twitter’da shov-shuvlarga sabab bo‘ldi Britaniyalik Kevin Rayan ijtimoiy tarmoqqa o‘zining to‘y suratlarini joylagan. Twitter foydalanuvchilari suratlarga “eng zo‘r nikoh marosimi” deya izoh qoldirgan, deya “RIA Novosti” xabar bermoqda. Suratda turmush qurgan juftlik aks etgan, biroq orqa fonda polda yotgan qizning suratlarini ko‘rish mumkin. “Uch yil ilgari men butun umrlik muhabbatim bo‘lgan qizga uylandim, to‘yimizda singlim yiqilib tushgan”, — deya Kevin suratni izohlagan. Uning so‘zlariga qaraganda, singlisi havoning dimligi tufayli hushini yo‘qotgan. Qiz darhol o‘ziga kelgan, surat esa esdalikka qolgan. Twitter foydalanuvchilari yuzlab izohlar qoldirgan, ularning fikricha, surat shu vaqtga qadar internetda e’lon qilingan to‘y rasmlari ichida eng zo‘ridir. Three years ago, I married the love of my life and my sister fell over pic.twitter.com/9jaSazmiir — Kevin Kennedy Ryan II ? (@K_47) July 25, 2018
2Dunyo
Shveytsariya xakerlarga ovoz berish tizimini buzib kira olish uchun pul taklif qildi Shveytsariya xakerlarga ovoz berish elektron tizimining sinov tizimini 50 ming frank (50 ming dollar) mukofot puli evaziga buzib kirishni taklif qildi. Bu haqda mamlakat federal devonxonasi vakili Rene Lensin ma'lum qildi.  Uning aytishicha, elektron tizimni buzib kirish bo‘yicha ushbu sinov xavfsizlikni tekshirish uchun muhimdir. Mukofot puli vazifani eng yaxshi uddalay olganlarga, ya'ni ovoz berish natijalarini sezdirmay o‘zgartirib qo‘ya olganlarga beriladi. Bundan tashqari, ovoz berish sirini buzganlik uchun 10 ming frank, ovoz berish elektron qutisini buzganlik uchun 5 ming frank to‘lanadi. Tizim 2004 yildan beri qo‘llanadi va undan 26 ta kantondan 10 tasida foydalaniladi. Uni rasman tatbiq qilish uchun xavfsizlik sertifikatini olish va kodni oshkor qilish lozim. Tizimni buzib kirishda ishtirok etish uchun 1770 dan ko‘proq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 27 foizi Shveytsariyaning o‘zidan, 15 foizi Fransiyadan, 6 foizi esa AQShdan.  Sinov 25 fevraldan 24 martgacha davom etadi. Sinovda nafaqat xakerlar guruhlari, balki yakka xakerlar ham ishtirok eta oladi. Ro‘yxatdan o‘tish majburiydir, jumladan elektron pochta va mamlakatni ko‘rsatish lozim, biroq haqiqiy ismni ko‘rsatish shart emas.
2Dunyo
Toshkent harbiy okrugi yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirildi Bugun, 11-iyun kuni tongda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan okrug qo‘shinlari yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining navbatdagi harbiy o‘quvlari harbiy okrug hududida bo‘lib o‘tadi. Taktik harakatlar Mudofaa vazirligi poligonlarida o‘tkazilib, u yerda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi hududiy boshqarma va bo‘linmalari bilan hamkorlikda jangovar vazifalar bajariladi. “O‘quv mashg‘ulotlari davomida qo‘shinlarni turli yo‘nalishlarga tashlash ko‘zda tutilgan. Maxsus bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot aviatsiyasi yordamida tashlanadi. Qolgan bo‘linmalar esa avtomobil va zirhli texnikalarda katta masofalarga marsh uyushtiradi”, — deyiladi xabarda. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati mamlakat fuqarolaridan kolonnalarning harakatiga xalaqit bermaslikni va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘raydi.
8O‘zbekiston
5 yoshli qirg‘izistonlik bola o‘z ortidan 3 tonnalik jipni torta oldi 5 yoshli qirg‘izistonlik bola o‘z ortidan 3 tonnalik jipni torta oldi. Bu antiqa tadbir Bishkek markazida o‘tgan. “Bu tadbirdan maqsad xalqimizni birdamlikni saqlashga chaqirishdan iborat. Biz bo‘linmasligimiz lozim. Shu sababli bolaga Nur-Qirg‘iz taxallusini berdik. Uning haqiqiy nomi esa sir. U mening eng yosh shogirdim. U talaslik bo‘lib, bor-yo‘g‘i 21 kg keladi. U bilan 6 oydan beri birga shug‘ullanamiz. Bunday nomerni faqat bir marta bajarib ko‘rganmiz”, deb aytgan yosh bahodirning ustozi Nurlan Alisherov. Ta'kidlanishicha, bolada yaxshi istiqbol mavjud. “Amerikalik do‘stim uning chiqishlari bilan qiziqib qoldi. Uning aytishicha, bu chiqishlar AQShning barcha 50 shtatida muvaffaqiyat qozonadi”, deb qo‘shimcha qilgan Alisherov. Bolakayning kimligi sir bo‘lib qolgan, chunki u odamlar oldiga niqobda chiqqan. Katta jipga arqon mahkamlab, u bolaning yelkasiga tashlangan. Mashinani tortishda eng qiyini uni joyidan qo‘zg‘atib olish bo‘lgan. Keyin esa bolakay o‘z ortidan mashinani tortib, shahdam oldinga borgan. Natijada u 50 metrga yaqin masofani bosib o‘tgan. Ta'kidlanishicha, ko‘proq “Toshchaynar” laqabi bilan ma'lum bo‘lgan, bolaning ustozi Nurlan Alisherov o‘z vaqtida ekstremal chiqishlari bilan nom chiqargan. Misol uchun, u 2012 yilda boshi bilan mix qoqqan, 2014 yilda esa tishlari bilan Too-Ashuu dovonida 3 tonnalik avtobusni torta olgan.
2Dunyo
Xo‘jand davlat universiteti qoshida o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qayta tiklanadigan bo‘ldi Xo‘jand davlat universitetida “O‘zbek tili va adabiyoti” fakulteti qayta tashkil etildi. So‘nggi yillarda fakultetga talab kamligi tufayli u sharq tillari fakultetida o‘zbek tili va adabiyoti bo‘limiga aylantirilgan edi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi. Xo‘jand davlat universiteti Tojikiston va O‘rta Osiyodagi qadimiy universitetlardan biri sanaladi. U 1932-yili o‘rta maktablar uchun o‘qituvchilar tayyorlash kursi asosida tashkil etilgan bo‘lib, sho‘rolar davrida S.I.Kirov nomidagi pedagogika instituti deb atalardi. Tojikiston mustakilligining ilk yillarida institut unversitetga aylantirildi va bugungi kunda 10 mingdan ortik talaba bakalavr, magistratura, doktoranturada 76 kafedra, 16 fakultetda ilm olmoqda. Unversitetda 776 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 36 nafari fan doktori, 207 nafari fan nomzodi, 239 nafari katta o‘qituvchilar. O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchilari O‘rta Osiyo, Yevropa va Amerika Qo‘shma Shtatlarida ilmiy faoliyat olib bormoqda.
8O‘zbekiston
Germaniyada 2 ta harbiy samolyotning to‘qnashuvi aks etgan video tarqaldi (video) Germaniyada Eurofighter’ning ikkita jangari samolyoti bir-biriga urilgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. Kadrda samolyotlardan biri portlab yerga tushayotgani tasvirlangan. Keyin esa havoga qora quyuq tutun tarqalgan. To‘qnashuv 24-iyun. dushanba kuni Meklenburg-Old Pomereniya federal shtatida bo‘lib o‘tdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotlar dastlab to‘qnashib, keyin qulab tushgan. Halokat joyiga yaqin o‘rmonlarda yong‘in chiqqan. Uchuvchilardan bri tirik, ikkinchisi esa o‘lik holda topilgan.
2Dunyo
Aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim qilish va toʻlash tartibi oʻzgardi Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan Soliq kodeksiga aksiz soligʻi boʻyicha oʻzgartirishlar kiritildi. Qarorda belgilanishicha, 2016 yil 1 yanvardan boshlab, aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitob har oylik asosda keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinadi hamda toʻlanadi. Avval 2015 yilda aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitob har chorakda soliq davridan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinardi. Bunda hisobot choragi mobaynida aksiz soligʻining taхmin qilinayotgan choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyda joriy toʻlovlarni har oyning 25 sanasidan kechiktirmay amalga oshirish koʻzda tutilardi. Ushbu tartib 2015 yildan joriy qilingan. Bu oʻzgartirish shu bilan asoslanadiki, joriy toʻlovlarni har oyda amalga oshirish hisobot choragining joriy oyida realizatsiya kamaygan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda asossiz mablagʻlarni chiqarishga, tegishincha, chorakda aksiz soligʻini ortiqcha toʻlanishiga olib keladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish hajmi soliq solish ob’yekti ekanligini hisobga olgan holda, qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan oʻхshash jihatlari boʻyicha aksiz soligʻini haqiqatda realizatsiya qilingan hajmdan kelib chiqib toʻlashni joriy qilish taklif qilinmoqda. Qayd qilish lozimki, aksiz soligʻi toʻlovchilari uchun joriy toʻlovlarning mavjud emasligi – bu soliq toʻlashda muhim afzallik va yengillik. Aksiz hisob-kitobi va toʻlov muddatlari oʻzgarishining qiyosiy jadvali: Koʻrsatkichlar 2014y. 2015 y. 2016 y. kutilayotgan 1.Hisobot davri oy chorak Oy 2. Hisob-kitoblarni taqdim qilish tartibi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay 3. Joriy toʻlovlar joriy oyning 13 sanasidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi dekadasi uchun; joriy oyning 23 sanasidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi dekadasi uchun; keyingi oyning 3 sanasidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun har oyning 25 sanasidan kechiktirmay aksiz soligʻining choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida mavjud emas 4. Soliq toʻlash muddatlari Hisobot oyi yakunlari boʻyicha qayta hisob-kitob aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Jorilla ABDULLAYeV, ekspertimiz.
10Qonunchilik
Senat Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilish haqidagi qonunni tasdiqladi Bugun, 14 sentabr kuni, Oliy Majlis Senatining 22 yalpi majlisi o‘tkazildi. Unda senatorlar, hukumat a'zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.  Yalpi majlisda «Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni tasdiqlandi.  Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda 4 ta davlat: Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a'zolari hisoblanib, mazkur tashkilot 2009 yil 3 oktyabrda  Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan bitimiga muvofiq tasdiqlangan.  Tashkilot  Turkiy tilli davlatlarning rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Katta mansabdor shaxslari qo‘mitasi, Oqsoqollar kengashi va Kotibiyatdan tarkib topgan bo‘lib, a'zo mamlakatlarning iqtisodiy, investitsiya, bojxona, transport, ta'lim, turizm, axborot kabi sohalarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislari ishtirokida  uchrashuvlar tashkillashtirilib, har bir a'zo davlatning manfaatidan kelib chiqqan holda kelishuvlarga erishiladi.  Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmonovning ma'lumot berishicha, O‘zbekiston rahbari 2018 yil 3 sentyabrda Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammitida ishtirok etib, O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a'zo davlatlar bilan o‘zaro savdo hajmi 40 foizdan oshganini va bu ko‘rsatkichdan yuqori marraga ham erishish mumkinligini, buning uchun savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish zarur ekanligini ta'kidlagan.  «O‘zbekistonning mazkur tuzilmaga a'zo bo‘lishi mamlakat uchun savdo va investitsiyaviy jihatdan qulay sharoit yaratadi. Ta'lim, kapitallar, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanishiga, bank amaliyotidagi masalalarni yengillashtirishga yordam beradi», - deydi senator Alisher Kurmanov.
8O‘zbekiston
​Filippinlik qiz ketma-ket o`tkazilgan 3 ta plastik operasiyadan keyin vafot etdi Filippinnlik 29 yoshli qiz ketma-ket o`tkazilgan 3 operasiyadan keyin vafot etdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri. Shiril Saturnino 25 mart kuni Mandaluon shahridagi Icon shifoxonasiga keldi. Kechki soat beshda boshlangan operasiya tungi uchda yakunlandi. Operasiyani tugatayotgan vrachlar qizning yuragi urishdan to`xtaganini ko`rdi. O`tkazilgan reanimasiya muolajasiga qaramay, Shirilni qutqarishning iloji bo`lmadi. 28 mart kuni shifoxona ma`muriyati qizning o`limiga nima sabab bo`lganligini aniqlash yuzasidan barcha-chora tadbirlar ko`rilayotganligini, hammasi sud-tibbiyot ekspertizasidan keyin aniq bo`lishini, uning o`limiga tibbiyot xodimlari sabab bo`lgan bo`lsa, qonuniy chora ko`rilishini ma`lum qildi. Saturnino mazkur shifoxonaning doimiy mijozi bo`lib, ilgari ham bir necha marotaba plastik operasiyani boshdan kechirgan.
2Dunyo
O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 491 kishida koronavirus, 319 kishida pnevmoniya tasdiqlandi. Uch bemor vafot etdi O‘zbekistonda 13-iyul kuni 491 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 117 409 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Yangi kasallanish holatlarining koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 319 nafar kishida pnevmoniya tasdiqlandi. Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 528 kishi — Qoraqalpog‘istonda 67 nafar, Buxoroda 19 nafar, Jizzaxda 99 nafar, Qashqadaryoda 18 nafar, Navoiyda 12 nafar, Namanganda 45 nafar, Sirdaryoda 28 nafar, Surxondaryoda 74 nafar, Farg‘onada 48 nafar, Xorazmda 20 nafar, Toshkent viloyatida 37 nafar, Toshkent shahrida 61 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar soni 112 546 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 781 nafarni tashkil qilmoqda. Avvalroq Toshkentning 11 ta tumanida COVID-19 bemorlari uchun maxsus poliklinikalar tashkil etilgani, Buxorodagi OTMda koronavirusni tez fursatda aniqlash va aniq tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan ilmiy laboratoriya ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Shahrisabzdagi oromgohda COVID-19 bemorlarini davolash markazi tashkil qilindi
8O‘zbekiston
Tramp TikTok ilovasiga qarshi choralar haqidagi farmonni imzoladi Taqiq farmon e'lon qilinganidan 45 kun o‘tgach, ya'ni sentabr oyi oxirida kuchga kiradi.  «Qo‘shma Shtatlar o‘z milliy xavfsizligini himoya qilish maqsadida TikTok egalariga qarshi tajovuzkor harakatlarni amalga oshirishi shart», - deyiladi Tramp farmonida. Hujjatda ko‘rsatilishicha, TikTok «foydalanuvchilarning turgan joyi, kirgan saytlari, shuningdek, internet orqali izlagan axboroti haqidagi ma'lumotlarni to‘playdi». Bu esa «Xitoyga federal xizmatchilar va pudratchilarning turgan joyini kuzatib borish, shantaj maqsadida shaxsiy ma'lumotlarini to‘plash, shuningdek, sanoat josusligini amalga oshirish» imkonini berishi mumkin. «Shuningdek, TikTok ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy Kommunistik partiyasi sisyosiy ta'sirga ega deb hisoblaydigan kontentga nisbatan senzurani amalga oshiradi», - deyiladi farmonda. «Bu mobil ilovadan Xitoy Kommunistik partiyasiga manfaatli bo‘lgan dezinformatsiya kampaniyasini o‘tkazishda ham foydalanish mumkin», - deb hisoblamoqda Vashington. Hujjatda, misol tariqasida, TikTok «yangi koronavirusning kelib chiqishi haqidagi fitna nazariyalarini fosh qilib tashlash» haqidagi ma'lumotlarni tarqatayotgani ko‘rsatilgan. «Bu xatarlar haqqoniy», - deb hisoblamoqda prezident. 3 avgust kuni Tramp Microsoft yoki Amerikaning boshqa kompaniyasi 15 sentyabrga qadar TikTok ilovasini sotib olishi shartligini, aks holda, ijtimoiy tarmoq AQSh hududida taqiqlanishini aytgan edi. Bloomberg xabariga ko‘ra, Tramp ByteDance kompaniyasini TikTok ilovasining AQSh bo‘limidagi hissasidan voz kechishga majburlamoqchi. Qo‘shma Shtatlar ma'muriyati ilova rahbariyatining targ‘ibot bilan shug‘ullanayotgani va foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni Xitoy hukumatiga yetkazayotganidan xavotirga tushgan.
2Dunyo
O‘zbekiston maktablarida 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may, dushanba kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, mamlakatda axborot texnologiyalari sohasida 60 ming kishi mehnat qilmoqda. Bu yetarli emasligi ta’kidlanib, soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga eng avvalo mahalliy texnoparklar rezidentlarini jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Kelgusi o‘quv yilida “1 million dasturchi” loyihasiga 47 ming nafar o‘quvchini qamrab olish, sohaga zamin yaratish uchun maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.  O‘zbekistonda vazirlarning oylik mukofot puli tashkilotda АКТni qo‘llash darajasiga qarab belgilanadi Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 21-noyabrida O‘zbekistonda dasturchilarni bepul tayyorlovchi One Million Uzbek Coders loyihasi ishga tushirilgandi. Loyiha birinchi navbatda mahalliy aholiga, asosan, yoshlarga axborot texnologiyalari mutaxassisliklarida arzon va sifatli ta’lim olish imkoniyatini beradi. Loyiha Birlashgan Arab Amirliklari hukumati, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko‘magida amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil yanvar oyida Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida 2020-yil — “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab bergandi. Xususan, Prezident 2019-yilda barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin ikki yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan ta’minlash kerakligini aytib o‘tgandi.  O‘zbekistonda 2020-yilda barcha shifoxonalar va bolalar bog‘chalarini optik tolali internetga ulash rejalashtirilmoqda
8O‘zbekiston
So‘nggi bir oyda xorijdagi 28 ming nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun, chorshanba kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbari tadbir avvalida mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi o‘n kunda o‘rta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangani, hali xotirjamlikka o‘rin yo‘qligi ta’kidlandi. Ma’lum qilinishicha, oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. Ularning ko‘pchiligida kasallik aniqlangan. Shuningdek, qariyb 200 nafar xalqaro yuk tashuvchi haydovchida koronavirus aniqlangan. Umuman, hozirgi kunda uy sharoitida 26 ming, statsionarda 21 ming kishi karantinda qolmoqda. “Qizil” va “sariq” hududlar hisoblangan viloyat, shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish shartligi yana bir bor aytib o‘tildi. Eslatib o‘tamiz, 25—31-may kunlari 8 ta charter reys amalga oshirilgan hamda Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. Bundan tashqari, 25-maydan 7-iyun kunigacha 17 ta reys orqali xorijdagi fuqarolarni evakuatsiya qilish rejalashtirilgan va bu reyslar amalga oshirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda chet eldan olib kelingan O‘zbekiston fuqarolari soni 47 ming nafarni tashkil etayotgani ma’lum qilingandi. Keyingi 10 kunda esa 3,5 ming odam havo yo‘llari, 7 mingga yaqin vatandosh esa chegara postlari orqali O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani bildirilgandi. Shuningdek, 100 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytish istagini bildirib, navbat kutayotgani aytilgandi.
8O‘zbekiston
Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi Oliy Majlisning yigirma beshinchi yalpi majlisida ma'qullangan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi. Oliy Majlis Senati a'zosi Odiljon Iminovning yozishicha, mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 13 ta qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritishni, shuningdek 7 ta qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi 17 ta moddadan iborat. Jumladan, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunga  “bonus”, “imzoli bonus”, “tijoratbop topilma bonusi” tushunchalarini ochib berishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi. Shuningdek, yer qa'ridan foydalanuvchining tegishli litsenziya asosida foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan yer qa'ridan foydalanuvchilar tomonidan imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusini to‘lash muddatlari belgilandi. Shu bilan birga foydali qazilmaning turiga qarab imzoli bonusning eng kam miqdori ham belgilangan. Bundan tashqari, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tijoratbop topilma bonusini bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibini hamda Davlat soliq qo‘mitasiga yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berilgan yer qa'ridan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga taqdim etish muddati belgilandi. Shuningdek, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunlarga soliq va yig‘imlar to‘lash hamda ular to‘langach foyda kelishi tartibini nazarda tutadigan o‘zgartishlar kiritildi.
8O‘zbekiston
Afg‘onistonda jangarilar hujumi vaqtida 16 harbiy halok bo‘ldi Jangarilar Nangarhor viloyatidagi Haqqoniy shahrida xavfsizlik xizmatlari blokpostlariga zarba bergan. Qurbonlardan tashqari yaralanganlar ham bor.  Toliblar ushbu hujumni 12 sentyabrda Dohada o‘tishi rejalashtirilgan afg‘onlararo muzokaralar arafasida amalga oshirgan. Qatar poytaxtiga “Tolibon” rahbariyati a'zosi Abdul G‘ani Birodar boshchiligidagi delegatsiya yetib kelgan. Afg‘onistonda toliblarning hujumi haqida oxirgi marta 1 sentyabrda ma'lum qilingandi. O‘shanda jangarilar Gardiz shahrida kuch tuzilmalari xodimlariga hujum qilgan. Buning oqibatida 3 harbiy halok bo‘lgan, yana 5 nafari jarohatlangan. Ikki jangari otishma davomida yo‘q qilingan. 9 sentyabrda noma'lum kishilar Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti Amrulloh Solihga Kobulda suiqasd qildi. Hujum oqibatida Solihning qo‘riqlash xizmatidan 2 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi yaralangan. Siyosatchining o‘ziga hech narsa qilmagan.
2Dunyo
O‘zbekistonning transport tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi — Abdulla Aripov Bugun Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi. «Rivojlangan va zamonaviy yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish — bu nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishning, balki aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning garovidir. Mazkur masalalar ham yaqin muddatda va uzoq istiqboldagi muhim vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. Bu borada rivojlangan davlatlarning tajribasini o‘rgangan holda 2020−2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasining transport tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Mazkur strategiyalar ijrosini ta’minlash natijasida 2020−2025 yillarda jami 21 ming 167 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi vamintaqaviy ichki yo‘llar hamda 280 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar rekonstruksiya qilinadi vata’mirlanadi. Shuningdek, 1 ming 100 km uzunlikdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlab, xalqaro tranzit hajmini 3 baravarga oshirishga erishiladi. 2035 yilgacha bo‘lgan davrda yillik yuktashish hajmi 1,2 mlrd tonnadan 2,5 mlrd tonnaga, yo‘lovchi tashish hajmi 2019 yildagi 6 mlrd yo‘lovchidan 9 mlrd yo‘lovchiga yetkaziladi".
4Iqtisodiyot
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda mahalla idoralarining ishtiroki keskin kuchaytiriladi Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishida koronavirus pandemiyasini davrida kasallikning oldini olish, koronavirusga shubha bo‘lgan fuqarolarni shifoxonalarga yetkazish, karantin talablarini tushuntirish va bu jarayonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda joylarda mahalla idoralarining ishtirokini keskin kuchaytirish kerakligi uqtirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Bunday yo‘l tanlanishiga o‘zbek xalqi turli xil masalalarda birinchi navbatda mahallaga murojaat qilishga o‘rgangani sabab qilib ko‘rsatildi. Respublika bo‘yicha 9 ming 150 ta mahallada qariyb 40 ming odam budjetdan oylik olib ishlaydi. Ularning oyliklarini ham joriy yilda qariyb 1,5 barobarga oshirib berdik. Shunday og‘ir sharoitda nima uchun ular chetda turishlari kerak? O‘z aholisining ahvolidan yaxshi xabardor bo‘lgan, qaysi xonadonda qanday bemor borligini, kimning yashash sharoiti qandayligini, kim yordamga, kim vrachga muhtojligini ulardan yaxshi biladigan boshqa odamning o‘zi yo‘q pastki tizimda. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti Buning uchun hokimlar va sektorlar rahbarlari har bir mahallada mahalla raislari, profilaktika inspektori va boshqa xodimlar, mahalla faollari va nuroniylar, mahallalarga biriktirilgan tibbiyot muassasalari xodimlarini birlashtirib, o‘z hududidagi aholi, ayniqsa, keksalar holidan har kuni xabar olish, koronavirusga shubha bo‘lgan va kasallikka chalinganlarni tez tibbiy yordam xizmati va shifokorlar bilan bog‘lashni tashkil etishga bosh-qosh bo‘lishlari shartligi tayinlandi. Shuningdek, ular yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat, uyda davolanishga tavsiya qilingan bemorlarga dori-darmon yetkazib berish ishlarida faol ishtirok etishlari lozim. Bunga qo‘shimcha ravishda ular mahalla hududida aholining zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmasligi va to‘planmasligi, tibbiy maska taqib yurishi va ijtimoiy masofani saqlashi, to‘y va tadbirlarni vaqtincha o‘tkazmasligi kabi majburiy talablarni doimiy tushuntirishi va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishlari shart va zarur. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti Ushbu yig‘ilish davomida bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir hafta muddatda yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda vaksinani xarid qilish va O‘zbekiston aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish topshirig‘i berildi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini tikladi O‘zbekiston Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bojxonada rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni boshladi, deb xabar qilmoqda «Ukrtsukor» Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilar Milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati Ukraina Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligiga tayangan holda. Assotsiatsiya ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyining o‘rtalaridan boshlab Ukrainadan O‘zbekistonga yuborilgan shakar va boshqa yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish to‘xtatilgandi. O‘shanda «Ukrtsukor» korxonasi Ukraina Agrar va oziq-ovqat siyosati vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligiga O‘zbekistonga keltirilgan Ukraina mahsulotlari to‘xtatib qolinayotgani bo‘yicha vaziyatni aniqlashtirish hamda hal qilishni so‘rab murojaat qilgan, sababi aynan O‘zbekiston Ukraina shakarining asosiy importchisi bo‘lib turibdi. «Shakar kompaniyalari va zavodlari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish jarayoni boshlanganini tasdiqladi. Biz savdo munosabatlari yanada iliqlashishiga umid qilmoqdamiz. Sababi, barcha qiyinchiliklarga qaramay, noyabr oyida umumiy shakar eksportining 47 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi», - deya izoh bergan «Ukrtsukor» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ruslana Butilo. Joriy marketing yilining noyabr oyida Ukraina ishlab chiqaruvchilari 70,5 ming tonna shakar eksport qildilar, bu o‘tgan oyga nisbatan 21 foizga ko‘p. O‘zbekiston bu borada yetakchi bo‘lib qolmoqda - barcha eksportning 47 foizi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini to‘xtatib qo‘ygani xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Yaponiyada to‘fon yaqinlashayotgani sababli 55 ming kishiga evakuatsiya tavsiya qilindi Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi Miyako arxipelagida joylashgan Miyakodzima shahrining barcha aholisi “Maria” to‘foni yaqinlashayotgani sababli evakuatsiya qilinish tavsiyasini olishdi. To‘fon shu prefekturadagi Sakisima orollari guruhiga yaqinlashib qolgan. To‘fon markazidagi shamol tezligi 50 m/soniyani, kuchayganda esa 70 m/soniyani tashkil qilmoqda. 12 metrlik to‘lqinlar bo‘lishi, 350 mmgacha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ob-havo mutaxassislari oldindan xavfsizlik choralarini ko‘rish, dengizga yaqinlashmaslik va ko‘chaga zaruratsiz chiqmaslikka chaqirishmoqda.
2Dunyo
O‘zbekiston bosh prokurori eksportchilar bilan uchrashdi 2018 yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Otabek Murodov raisligida, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari N.Otajonov va Z.Mirzayevlar ishtirokida «Uzexpo» markazida mamlakatning 600 ga yaqin eksportchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Bosh prokuratura boshqarmalari boshliqlari va eksport bo‘yicha shtab a'zolari ishtirok etdi. Tadbir davomida bosh vazir o‘rinbosarlari va bosh prokuror tomonidan eksportchilarning muammolari atroflicha muhokama qilindi, tadbirkorlarning savollariga javob qaytarildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda meva va sabzavotlar eksportiga oid muammolar kuzatilayotgani xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Rossiyalik olimlar asab hujayralari tiklanishini isbotladi Rossiya Fanlar akademiyasining Moskva shahridagi Biologiyani rivojlantirish instituti olimlari ko‘z pardasi hujayralari orqali asab hujayralarini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur yangilik “Tibbiyotda hujayra texnologiyalarining yangi usullari” nomli birinchi Butunrossiya simpoziumida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Chto-proishodit.ru. Bir qancha tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar asab hujayralarini qayta tiklash uchun markaziy nerv tizimining istalgan qismidagi asosiy hujayralar inyeksiyasidan foydalanishni taklif qilmoqda. Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari asab hujayralarining tiklanishini kalamushlar miyasida sinab ko‘rdi. Tadqiqot natijasida olimlar nafaqat hujayralar tiklanishi, balki miyaning ayrim sohadagi faoliyati yaxshilanganini ham aniqladi. Shuningdek, jarohatlangan ko‘z pardasi bilan amalga oshirilgan tadqiqot ham ijobiy natija berdi. Ko‘chirib o‘tkazilgan hujayralar tufayli neyronlar javob berish vazifasi tiklandi. Biroq olimlar odamning jarohatlangan orqa miyasi hujayralar ko‘chirib o‘tkazilganda qanday javob qaytarishi haqida hozircha aniq ma’lumotga ega emas. Ular bu borada tadqiqot o‘tkazib, ijobiy natijaga erishsagina, olimlarning hujayralarni ko‘chirish asab tolalari tiklanishida ishonchli yo‘l ekanligi haqidagi fikri o‘z isbotini topadi.
2Dunyo
​Ayolning qotili o`z eri bo`lib chiqdi Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 19 aprel kuni soat 16.00larda, Birlik mahallasi Sharq ko`chasi 89-uyda yashovchi, 1967 y.t. V.Kardapolsev mast holda uyida o`zaro janjal oqibatida turmush o`rtog`i, 1971 y.t. E.Kardapolsevaning qorniga pichoq bilan urib jarohat etkazgan. Natijada E.Kardapolseva kasalxonaga yotqizilib ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. V.Kardapolsev qo`lga olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
6Jinoyat
O‘zbekiston Afg‘onistondagi masjidda yuz bergan portlashni keskin qoralaydi — TIV O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi masjidlarning birida sodir etilgan portlash yuzasidan rasmiy bayonot berdi. 15-oktabr kuni Afg‘onistonning Qandahor shahrida joylashgan shialar masjidida portlash sodir etildi. Hodisa qurbonlari soni 62 kishiga yetgan. Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Qandahor viloyatidagi masjidda sodir etilgan hamda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan navbatdagi terrorchilik harakatini keskin qoralaydi. “Bunday g‘ayriinsoniy hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi. Afg‘oniston hukumatining mamlakatda bu kabi hodisalarning oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish harakatlarini olqishlaymiz”, — deyiladi bayonotda. O‘zbekiston hukumati ushbu g‘ayriinsoniy hujumda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik va ta’ziya izhor etadi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi. Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni Afg‘onistondagi masjidda yuz bergan portlash oqibatida 100 ga yaqin odam halok bo‘lgandi. O‘shanda ham O‘zbekiston Qunduz shahrida juma namozi paytida ko‘plab qurbonlarni keltirib chiqargan terrorchilik harakatini keskin qoralagan edi.
8O‘zbekiston
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBI” TO‘G‘RISIDA Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarning Qizil kitobi — “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuklatilsin. Qizil kitob O‘zbekistonning yovvoyi hayvonlari va o‘simliklarini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bunday hayvonlar va o‘simliklarning noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja turlari, populyatsiyalari)ning ahvoli va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuidan iborat bo‘lishi kerak. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan birgalikda Qizil kitobni yuritish bilan bog‘liq ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash tartibini ishlab chiqsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Hayvonlar va o‘simliklar turlari holatini tahlil qilish va ularni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish haqidagi tavsiyalarni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzurida “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ni yuritish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini va u haqdagi Nizomni tasdiqlasin. Idoralararo komissiyaning taqdimi bo‘yicha hayvonlar va o‘simliklarni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. Davlatlararo va Xalqaro Qizil kitoblarga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarning turlari, agar hayvonlar va o‘simliklarning bu turlari respublika hududida vaqtincha yoki doimiy yashasa yoki o‘ssa, “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilishi kerak. 5. O‘zbekistonning butun hududida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash va o‘simliklarni yig‘ishtirib olish man etilsin, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir. Ko‘rsatib o‘tilgan hayvonlar va o‘simliklarni, ularning inlari, tuxumlari, mevalari, urug‘larini, shu hayvonlar va o‘simliklarning bo‘laklari hamda hayot faoliyati mahsulotlarini ovlash (yig‘ishtirib olish), tashqariga olib ketish hamda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarga zarar yetkazadigan hayvonlar va o‘simliklarni olib kelish favqulodda hollarda va faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining buyurtmasiga ko‘ra Qizil kitobning 10 yilda kamida bir marta qayta nashr etilishini ta’minlasin. 7. Davlat, kooperativ, boshqa jamoat tashkilotlari hamda fuqarolar Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarning nobud bo‘lishi haqidagi aniqlangan barcha hollar haqida davlat tabiatni muhofaza qilish organlariga xabar qilishlari shart, bundan tashqari hayvonlarning ommaviy nobud bo‘lishi yoki ommaviy kasallanishi hollari haqida esa zudlik bilan veterinariya va sanitariya nazorati organlariga xabar berishlari kerak. 8. “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarni g‘ayriqonuniy ovlash yoki yo‘q qilish natijasida yetkazilgan zarar miqdorini undirib olish uchun qat’iy baholar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 9. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRning kamdan-kam uchraydigan va yo‘qolib ketishi xavfi bo‘lgan hayvon va o‘simliklari turlari daftari — “O‘zbekiston SSRning Qizil daftari”ni ta’sis etish to‘g‘risida” 1978-yil 27-sentabrdagi 564-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zSSR QT, 1978-y., 9-son, 33-modda).
10Qonunchilik
Superliga. “Lokomotiv” o‘z uyida “Navbahor”dan ustun keldi Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 15-turida “Lokomotiv” jamoasi 15-sentabr, seshanba kuni “Navbahor”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi. Uchrashuvning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lmagan Avazbek O‘lmasaliyev “temiryo‘lchilar”ning kombinatsiyasini gol bilan yakunladi. O‘yin yakuniga qadar har ikki jamoada ham yana bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq hisob o‘zgarishsiz qoldi. Mazkur g‘alabadan keyin “Lokomotiv” ochkolarini 18 taga yetkazib oldi va 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Navbahor” (20) esa 7-pog‘onada bormoqda. “Lokomotiv” 16-turda “Buxoro” bilan o‘ynaydi, “Navbahor” esa “Andijon”ga qarshi bahs yuritadi. Coca-Cola Superliga 15-tur bahsi 15-sentabr, seshanba Gol: 1:0 – 65 O‘lmasaliyev. “Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Jahongir Abdumo‘minov (Avazbek O‘lmasaliyev, 64), Slavko Damyanovich (Jaloliddin Jumaboyev, 64), Marat Bikmayev (Ibrohim G‘anixonov, 90+4), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Azizbek Amonov (Javohir Alijonov, 90+4), Saveliy Abramov (Diyorjon Turopov, 46), G‘ulom Haydar G‘ulomov, Dilshodjon Komilov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev. “Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Ehsoni Panshanbe, G‘iyos Komilov (Pavel Golishev, 83), Azim Ahmedov, Ivan Solovyov (Ruslan Bolov, 73), Aziz Turg‘unboyev, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Islom Isoqjonov, 53), Zabihillo O‘rinboyev. Ogohlantirishlar: G‘ofurov (10), Damyanovich (57). Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Las-Vegasda yog‘gan qor (foto va video) 20-fevral kuni AQShning Nevada cho‘lidagi Las-Vegas  shahrida bir necha kunlik tanaffus bilan qor yog‘ish boshlangan. Milliy ob-havo xizmatining aytishicha, u so‘nggi 10 yil ichidagi eng kuchli qor ekan. Bu haqda TJournal xabar berdi. Haydovchilardan muzlagan avtomagistrallarda ehtiyot bo‘lishi so‘ralmoqda. 22-fevral kuni maktabdagi darslar bekor qilingan. Ob-havoning yomonligi sabab o‘nlab samolyot parvozlari to‘xtatilgan. Chunki mahalliy aeroportda yo‘lakni qordan tozalaydigan maxsus uskuna yo‘q bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar hududning suratlari va videolarini bo‘lishgan. Heavy snowshower (Complete with a lightning strike) is moving through the SW Vegas valley. Beware of snowcovered and icy roadways! This is a shot from Sunset and Rainbow! #VegasWeather pic.twitter.com/zYZ86vUVZt — NWS Las Vegas (@NWSVegas) February 21, 2019 https://twitter.com/hiplani/status/1097371505460035584 Snow at Red Rock #VegasSnow pic.twitter.com/JzjaawihFJ — Clarrissa Lovett (@ClarrissaL) February 22, 2019 Snow on the Las Vegas strip! pic.twitter.com/9wYUTGqOqD — Michael Arnot (@DaBeardedTavern) February 18, 2019
2Dunyo
O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin “O‘zgidromet” 7-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 38-40 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi. Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va realizatsiyasini nazorat qilish tartibi belgilandi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-oktabrdagi 834-son qarori bilan “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Nizomga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Ushbu ma’lumotlar asosida tadbirkorlarning hisobotlari, shuningdek, soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida tegishli tashkilotlardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat o‘tkaziladi. Kameral nazorat natijasida tafovut aniqlansa, soliq to‘lovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi. Tadbirkorlarning faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilsa, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
8O‘zbekiston
Pokiston Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi Kobul aeroportiga Pokiston gumanitar yuklari ortilgan samolyot yetib keldi, deb xabar berdi Interfaks Tolo News telekanaliga tayanib. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, gumanitar yuklar Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan. Ariana News telekanalining xabar berishicha, Pokistondan Kobulga shuningdek, un, o‘simlik moyi va dori-darmonlar keltirilgan. Qayd etilishicha, yaqin haftalar ichida Pokiston Afg‘onistonga yana ikkita samolyotda gumanitar yordam jo‘natadi.
2Dunyo
Kiselyov va uning xodimlari musulmon-uyg`urlar uchun tuzilgan lagerlarni madh etishdi Jahon OAV, jumladan, Rossiyaning ham insoniyligini saqlab qolgan axborot vositalari Xitoy kommunistik mashinasining tegirmon toshi ostiga tushgan uyg`ur xalqining kulfatlariga e`tiborni jalb qilishga urinayotgan bir paytda RF davlat televideniesi… Xitoy siyosatini o`z ko`ksi bilan himoya qilishga qaror qildi, deb yozmoqda islamonline.uz.ga asoslanib tarjumon.  «Kreml Gebbelsi»ning o`zi – Dmitriy Kiselyov musulmon-uyg`urlar uchun Xitoy lagerlarini ochiqdan-ochiq madh etib chiqdi. Shu munosabat bilan maxsus tayyorlangan reportajda uning qo`l ostidagi odamlar G`arb ommaviy axborot vositalarining «Xitoyga qarshi targ`ibot»ni fosh qilishga qaror qildilar va uyg`urlar orasida «radikalizm va ekstremizm»ga qarshi kurash borasida «Xitoy hukumatining to`g`ri choralari»ni madh etdilar. Umuman olganda, Kiselyov-TV tomonidan namoyish etilgan ushbu Xitoy ertagini Pekinning bu boradagi rasmiy pozisiyasidan xabardor bo`lgan hamma biladi. Ma`lum bo`lishicha, islomchilar uyg`urlarni o`zlarining ta`siriga bo`ysundirishga harakat qilishgan va shuning uchun mamlakat rahbariyati ongsiz uyg`urlarni ommaviy ravishda qayta tarbiyalash orqali ekstremizmni blokirovka qilishlari kerak bo`lgan. Ammo bu ularga faqat foyda keltirdi – ular yuborilgan «o`quv markazlarida» yangi hayot uchun kasblarni o`zlashtirmoqdalar, shaxmat o`ynashni va raqs tushishni o`rganmoqdalar, u erdan qayta tarbiyalanib va baxtiyor bo`lib chiqmoqdalar. Shu bilan birga, ushbu lagerlar tashqarisida ular uyg`ur madaniyati gullab-yashnayotgan, masjidlar mavjud bo`lgan va uyg`ur bo`lishga ham, musulmon bo`lishga ham hech narsa to`sqinlik qilmaydigan, jadal rivojlanayotgan mintaqa kutmoqda. Bularning barchasi haqida Xitoy hukumati taklifiga binoan Kiselyov-TV xodimlari singari, uyg`urlarga qarshi zulmi haqida «g`arb feyklari»ni fosh qilish uchun Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoniga (ShUAR) tashrif buyurgan g`arbga qarshi qarashlarga amal qiladigan alban jurnalisti Olsi Djasekxi ajoyib tarzda gapirib berdi. Xuddi shu tarzda, u kommunistik-xitoycha ertaklarning barchasini tingladi va birinchi reportajlarida aks ettira boshladi, ammo joylarda muammolar chuqurlashgach… ko`zlarini ochdi va haqiqatdan dahshatga tushdi. Ammo alban jurnalistiga nima bo`lganini faqat bitta narsa bilan tushuntirish mumkin – uning vijdoni bor ekan – bu Kiselyov-TV xodimi uchun umuman xos bo`lmagan xususiyat. Shu sababli, birinchi holatda, Pekinning taklifiga binoan, ShUARdan chiqish dahshatli haqiqat bo`lib chiqdi, ikkinchidan, shunchaki dahshatli yolg`on va shunchaki uyg`urlarni emas, balki odamlarni ommaviy ravishda qayta dasturlash tizimini targ`ib qilish, chunki ertaga kimdir o`rnida bo`lishi mumkin, masalan, Rossiya yoshlari amaldagi rejimga qarshi namoyishlarda qatnashgani uchun «radikallashuv»da ayblanib hukm qilindi. Boshqa bir jihat haqida to`xtalib o`tmasak bo`lmaydi – lagerga kelgan uyg`urlarning xitoy qo`shnilariga dushmanlik qilishlari, xuddi boshqa millat va madaniyatdagi oddiy vatandoshlarga qarshi ksenofobiya masalasidek. Biroq, ushbu fitna asosan ularga murojaat qilingan ruslar tomonidan ushbu «ksenofobiya»ning mohiyatini tushunish juda oson bo`ladi. Buning uchun Gitler Germaniyasi Rossiyani zabt etgani va nemis mustamlakachilari yildan yilga Rossiya shaharlariga kelib, Xitoyga qo`shilgan Sharqiy Turkistonda bo`lgani kabi, o`z qoidalarini o`rnatganini tasavvur qilish kifoya. Bunday vaziyatda, ruslarning nemis «qo`shnilari» ga nisbatan «dushmanligi»ni «ekstremizm» va «ksenofobiya»ning namoyishi bo`lishi deb hisoblash, ulardan davolash lagerlarda qamoq jazosini talab qiladi, deb hisoblash kerakmi yoki bu ishg`ol qilingan odamlar tomonidan o`zini himoya qilishning tabiiy reasiyasi bo`ladimi? Va nihoyat. Shuni ta`kidlash kerakki, bunday insoniyatga nafrat ruhidagi reportajlar, asosan, fashistlar Germaniyasi qulaganidan keyin, nasistlarga tegishli bo`lgan yahudiylar uchun o`lim lagerlarini kurort sanatoriylari sifatida qabul qilish kabi qabul qilinishi kerak. Va bu nafaqat ularning mijozlariga – sharmandalikdan tamg`a qo`yadigan joyi qolmagan Kiselyovga, balki ushbu hisobot muallifi Aleksandr Baliskiy kabi to`g`ridan-to`g`ri ijrochilarga ham tegishli. Yo`q, hech qanday holatda biz unga qarshi jismoniy zo`ravonlik, unga qarshi tahdid va hokazolarga da`vat qilmaymiz. Biroq, «qo`l berib ko`rishmaslik» va «bo`ri chiptasi» kabi tushunchalar, da`vo muddatisiz jazolanishi kerak bo`lgan harakatlar mavjud – normal jamiyatda, ehtimol, surbet davlat yolg`on davridan keyin bunday jamiyat Rossiyada paydo bo`lishi mumkin.
2Dunyo
Prezident “Captiva” sovg‘a qilgan Alisher Qurbonov nima uchun Qoraqalpog‘istonga qaytdi? O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida fermer xo‘jalik rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashib, Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovga Qoraqalpog‘istonga qaytib ishlayotgani uchun Captiva avtomashinasini sovg‘a qilgani haqida ma'lumot berilgan edi. Xo‘sh, Alisher Qurbonov nima uchun va qanday qilib yana Qoraqalpog‘istonga qaytdi? “Yerkin Qaraqalpaqstan” nashri bu savolga javob olish uchun u bilan suhbatlashdi, deb yozmoqda Kruz.uz. “2017 yili "Panaev farms" fermer xo‘jaligi rahbari Islam Panayev Germaniyaga seminttal naslli qoramol sotib olishga bordi. Shunda men unga 60 bosh seminttal naslli mol, Avstriyadan 300 bosh echki sotib olishda o‘z maslahatlarim bilan yordamlashdim. Sentyabr oyida qishloqqa navbatdagi mehnat dam olishiga kelganimda, shu olib bergan mollarning holatini ko‘rish maqsadida fermer xo‘jaligida bo‘lganimda bu yerdagi ishlarda o‘zgarish kiritish shart va tartibga solish zarur bo‘lgan holatlarni ko‘rdim. Ana shundan boshlab ushbu xo‘jalikning ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va iqtisodiy tomondan tartibga solish bo‘yicha o‘zimning maslahatlarimni berib, menejyer lavozimida ishlab kelmoqdaman. Hozir bu xo‘jalikning chorvachilikdagi holati ancha yaxshi tomonga o‘zgardi. Bahorda sotib olib kelingan mollarimizning soni 130 boshga yetdi. Shuningdek, fermada Hollandiyadan olib kelingan golshteyn naslli qoramollar ham boqilmoqda. Hozirgi kunlari ularning har biridan kuniga o‘rtacha 20 litrdan sut sog‘ib olinib, o‘zlarimizda qayta ishlanib, "Panamilk" markasi bilan 55 turdagi sut mahsulotlari tayyorlanib, savdo o‘rinlariga yetkazib berilmoqda”, - deydi Alisher Qurbonov.
8O‘zbekiston
Videokameralar qaydlari asosida haydovchilarni jarimaga tortish jamoatchilik bilan muhokama etiladi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi “Mening yurtim” telekanali bilan hamkorlikda shu yilning 15 mart kunidan boshlab videokameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun haydovchilarni jarimaga tortish mexanizmi sinov tariqasida ishga tushirilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan muhokamada  qatnashish istagida bulganlarni taklif etadi.  Tadbir shu yilning 13 mart kuni soat 14:30da “Zarafshon” konsert zalida bo‘lib o‘tadi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishadi.  Tok-shou tarzida bo‘lib o‘tadigan tadbirda fikr-mulohazalar, takliflar, savol-javoblar, bahs-munozalar bilan o‘tishi kutilmoqda. Ishtirokchilar soni cheklangan.  Ma'lumot o‘rnida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida Ichki ishlar organlari faoliyatning shaffofligini, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni, ish natijalari to‘g‘risida aholini xabardor qilishni ta'minlash vazifasi belgilangan.  Bundan tashqari, yo‘l harakati xavfsizligini, yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish kabi masalalar Ichki ishlar organlari tomonidan 2017 yilning birinchi choragida hayotga tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Murojaat uchun telefonlar: (+998 71) 230-59-93, (+998 71) 239-01-92
5Jamiyat
Qo’rada pishirilgan tovuq sonlari Tovuq sonlari qo’rada eng ko’p pishiriladigan mahsulot bo’lib, u juda sersuv va yumshoq bo’lib pishadi. Bu taom mazali chiqishi uchun asosiysi yangi tovuqni tanlash va marinadni to’g’ri tayyorlashdir. Tayyorlaniladigan taomga taxminan 50 000 so’m pul sarflaniladi.* *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
9Pazandachilik
Kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddati 31 dekabrga qadar uzaytirildi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 15 dekabrdagi 10-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, 2021−2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021 yilning 15 noyabriga qadar to‘liq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy ta’lim muassasasiga taqdim etgan abituriyentlar va talabalarga to‘lov-kontrakt summasini to‘lashda bir martalik 10 foizli chegirmani qo‘llashga ruxsat berildi. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin oliy ta’lim muassasalarida 2021−2022-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilingandi.
5Jamiyat
Google messenjerlarda foydalanuvchi o‘rniga javob beruvchi chatbot chiqaradi Google messenjerlarda oddiy xabarlarga foydalanuvchi o‘rniga javob beruvchi chatbot yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Next Web xabar berdi.  Area 120 kompaniyasi laboratoriyasi Reply deb nomlangan ushbu tizimni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu tizim hozircha faqat Android’da ishlaydi, biroq keyinroq Hangouts, Allo, WhatsApp, Facebook Messenger, Android Messages, Skype, Twitter va Slack’ messenjerlarida ham ishlay oladi.   Chatbotning ishlash prinsipi oddiy: u sizni ishdan yoki mashina haydashdan chalg‘itmaslik uchun “Salom, ishlar qalay?” kabi xabarlarga avvaldan yozilgan javob variantlarini avtomatik tarzda taklif qiladi, misol uchun, “Yaxshi, rahmat, o‘zing yaxshimisan?” kabi. Tizim “Sen restorandamisan?” xabariga “Yaqin orada bo‘laman”, “Ha, shu yerdaman”, “Allaqachon shu yerdaman” va shu kabi ko‘rinishdagi javob berishni taklif qiladi. Bundan maqsad alohida ma'no kasb etmaydigan xabarlarni terishga vaqtni sarflamasdan, ularga telefonga bir tegish bilan javob berishdan iborat. Reply bunday oddiy funksiyalar bilan cheklanib qolmaydi. Dasturchilar “Bezovta qilinmasin” rejimini yaratmoqchi. Bu rejim siz mashina haydayotganingizda avtomatik ravishda ishga tushadi. Sizga xabarlar haqida ogohlantirish kelmaydi, bot sizning suhbatdoshingizga o‘zi “Men ruldaman, keyinroq yoz” deb javob beraveradi. Shu bilan birga “Qayerdasan? Seni yarim soatdan beri kutmoqdamiz” kabi shoshilinch xabarlar telefon “taqiq”da turgan bo‘lsa ham ekranga chiqadi. Dasturning yana bir qiziq funksiyasi “aqlli javoblar”dir. Dastur telefonning geolokatsiyasi va yoqtirgan transport turingizga qarab, “Sen qachon uyga kelasan?” savoliga daqiqagacha aniqlikda javob bera oladi. Reply’ni shuningdek “Ta'til” rejimiga qo‘yish mumkin. Bunda u sizning taqvimingizga mos ravishda ishingiz bo‘yicha murakkab bo‘lmagan xabarlarga javob beradi. Yangi dasturning chiqishi sanasi hozircha oshkor qilinmayapti, u endi sinovdan o‘tkazilmoqda. Ayni vaqtda chatbotlar foydalanuvchilarning muayyan savollarini hal qilishda yordam bera oladi, biroq shunchaki “undan-bundan” so‘zlasha olmaydi.
14Texnologiya
Yevrozonada ishsizlik darajasi yetti yil avvalgi ko‘rsatkichga qaytdi Yevrohududdagi ishsizlik darajasi joriy yilning oktabrida 9,8 foizga tushdi. Sentyabrda esa bu ko‘rsatkich 9,9 foiz edi, deb xabar qilmoqda Eurostat. Ma'lum bo‘lishicha, 2015 yilning oktabrida yevrozonadagi ishsizlik 10,6 foizni tashkil qilgan. Yevropa ittifoqida ishsizlik darajasi oktabrda 8,3 foizga pasaydi. Sentyabrda esa u 8,4 foiz ga teng edi. Ta'kidlanishicha, ishsizlikning eng kam darajasi Chexiya (3,8 foiz) va Germaniya (4,1 foiz)da, eng ko‘p esa – Gretsiya (23,4 foiz) hamda Ispaniya (19,2 foiz)da kuzatilgan.
5Jamiyat
Pavel Durov Sent-Kits va Nevis davlati fuqaroligiga ega bo‘ldi “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov Sent-Kits va Nevis federatsiyasi fuqaroligini olish uchun 250 ming dollar to‘ladi, deya xabar berdi gazeta.ru. Ushbu orol-davlat qonunchiligiga ko‘ra, 250 ming dollar miqdoridagi hadya avtomatik tarzda fuqarolikni qo‘lga kiritish huquqini beradi. Ta’kidlanishicha, Durov fevral oyidayoq Sent-Kits va Nevis Shakar fondiga fuqarolik uchun zarur summani o‘tkazgan. “Shakar sanoatini diversifikatsiyalash fondi ‘Investitsiyalar orqali fuqarolik’ dasturini amalga oshirishga ixtisoslashgan tashkilotdir”, — deyiladi xabarda. Ayni paytda Durov BAAga jo‘nab ketgan. U doimiy yashash joyi haqida aniq bir qarorga kelganicha yo‘q. “VKontakte” asoschisi BAAda ham rezidentlik vizasiga ega. Bunday viza bilan mamlakatda uch yilgacha yashash, keyin uni yana uzaytirish mumkin. Eslatib o‘tamiz, Durov o‘zining “VKontakte” bosh direktorligi lavozimidan ketishi haqida 1-aprel kuni xabar bergan, keyinroq esa ushbu xabar hazil bo‘lganini ta’kidlagan edi. Shunga qaramasdan, u 21-aprel kuni ishdan bo‘shatildi. Durov o‘zining ishdan ketganligi haqidagi xabarni matbuotdan bilib olganini aytgan. Shundan so‘ng u mamlakatni tark etgani va ortga qaytmasligini ma’lum qilgan. Sent-Kits va Nevis federatsiyasi — Karib dengizining sharqiy qismidagi Kichik Antil orollari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 261 km². Aholisi 51,134 ming kishi.
2Dunyo
OSIYO TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “AMU-ZANG MAShINA KANALI TIZIMINI TIKLASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Suv xo‘jaligi infratuzilmasini yanada takomillashtirish, irrigatsiya tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va suv resurslarini boshqarishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi “Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga qarz berishni ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, unga muvofiq: loyihaning 112,6 mln AQSh dollari miqdoridagi umumiy qiymati va uni moliyalashtirishda, shu jumladan Osiyo taraqqiyot bankining besh yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda 25 yil muddatda 1-ilovaga* muvofiq qaytariladigan 73,2 mln AQSh dollari miqdoridagi qarzini hisobga olgan holda tomonlarning ishtirok etishi sxemasi belgilangan; loyihani amalga oshirish besh yil muddatga belgilangan; loyiha Surxondaryo viloyatining beshta tumanida Angor, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrabod va Termiz tumanlarida amalga oshiriladi; loyihani amalga oshirish davrida (2004—2008-yillar) Osiyo taraqqiyot banki qarzi bo‘yicha foizlar va vositachilik haqini to‘lash qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 2. Quyidagilar: “Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini moliyalashtirishga ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarzini to‘lash sxemasi hamda jadvali 2 va 3-ilovalarga* muvofiq; 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va tanlab olingan tijorat banklari o‘rtasidagi qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi loyihani amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi agent etib belgilansin. Loyihani samarali amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga hamda Surxondaryo viloyati va loyihalarga kiritilgan tumanlar hokimlariga kredit mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish va hisobga olib borish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki tartibotlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash va kiritishni ta’minlash mas’uliyati yuklansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda: manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga loyihaning barcha xarajatlari yig‘ma smetasini, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki qarzining berilishi, undan foydalanish va uni qaytarish tartibini tasdiqlash uchun kiritsin; Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida loyihani boshqarish guruhini tashkil etsin. 8. Belgilansinki, loyihaga kiritilgan tumanlarda tajriba tariqasida: 2005-yil hosilidan boshlab, loyihani amalga oshirish davrida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish topshiriqlari o‘rniga Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimi shartlariga muvofiq paxta xomashyosi va don mahsulotlariga davlat xarid kvotalari belgilanadi; paxta xomashyosi va don mahsulotlari bo‘yicha davlat xarid kvotalarini bajargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan mahsulotlarni shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish huquqiga egadirlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi va loyihaga kiritilgan tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda loyihadagi tumanlarning qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun belgilanadigan xarid kvotalarini taqsimlash tartibini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, 2005-yildan boshlab har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda loyihani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ulushi moliyalashtirilishini nazarda tutsinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan bitimga hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq loyiha doirasida import qilinadigan (respublikada ishlab chiqarilmaydigan) asbob-uskunalar, materiallarning investitsiya davri mobaynida bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji to‘lovidan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar berilishini hamda vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi PF-4216-sonli “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 18-19-son, 137-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman: 1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 13-son, 99-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq 2010-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. 1. Muqaddimadan “va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. 1-bandning birinchi xatboshisi, 29-bandning birinchi xatboshisi, 178-bandning ikkinchi xatboshisi, 225—231-bandlar, 239-band, 241-bandning uchinchi xatboshisi, 252-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 254 va 256-bandlar, 275-bandning uchinchi xatboshisi, 280-band, 336 va 365-bandlardagi “davlat notariusi” va “Davlat notariusi” degan so‘zlar tegishlicha “notarius” va “Notarius” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “Notarial idoradan” degan so‘zlar “Davlat notarial idorasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 9-banddagi “notarial idora” va “notarial idoraga” degan so‘zlar tegishlicha “davlat notarial idorasi” va “davlat notarial idorasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 16-bandda: birinchi xatboshidan “yoki xususiy notariusning idorasida ishlovchi shaxslar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidagi “notarial idorada” degan so‘zlar “davlat notarial idorasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 26-bandda: birinchi xatboshidagi “(tarif bo‘yicha haq)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin hamda “notarial idoraning” degan so‘zlar “davlat notarial idorasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “(tarif bo‘yicha haq)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 8. 27-bandning birinchi xatboshisidagi “notarial idoralarda” degan so‘zlar “davlat notarial idoralarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 31-bandning birinchi xatboshisi, 94 va 130-bandlar, 153-bandning ikkinchi xatboshisi, 316-bandning ikkinchi xatboshisi va 347-banddagi “notarial idorada” va “Notarial idorada” degan so‘zlar tegishlicha “davlat notarial idorasida” va “Davlat notarial idorasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 10. 34-bandda: birinchi xatboshidagi “Davlat notariusi” degan so‘zlar “Notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin. 11. 42 va 43-bandlar, 45-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi, 95-bandning yigirma birinchi xatboshisi, 107-bandning o‘ninchi xatboshisi, 112-bandning to‘rtinchi va oltinchi xatboshilari, 117-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi, 125-bandning o‘n beshinchi xatboshisi, 126, 303 va 313-bandlar, 316-bandning ikkinchi xatboshisi, 331 va 334-bandlardan “(tarif bo‘yicha haq)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 12. 46-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 13. 127-bandda: birinchi xatboshidagi “davlat notariusi” degan so‘zlar “notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 14. 163-banddagi “notarial idora” degan so‘zlar “davlat notarial idorasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 15. 205-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat notariusiga” degan so‘zlar “notariusga” degan so‘z bilan almashtirilsin. 16. 206-banddagi “davlat notariusiga” va “davlat notariusi” degan so‘zlar tegishlicha “notariusga” va “notarius” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 17. 228-bandning birinchi xatboshisi, 284 va 366-bandlar, 372-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat notariuslari” va “davlat notariuslari” degan so‘zlar tegishlicha “Notariuslar” va “notariuslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 18. 229-bandning birinchi xatboshisi, 242-bandning birinchi xatboshisi va 334-banddagi “notarial idoraga” degan so‘zlar “davlat notarial idorasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 19. 282-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 20. 285-bandda: birinchi xatboshidagi “Davlat notariuslari” degan so‘zlar “Notariuslar” degan so‘z bilan almashtirilsin hamda “shuningdek xususiy notariuslarning tegishli xabarnomalarini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidagi “Davlat notariusi” degan so‘zlar “Notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin. 21. 324-bandda: birinchi xatboshidagi “Davlat notariuslari” degan so‘zlar “Notariuslar” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 22. 337-banddagi “davlat notariusining” degan so‘zlar “notariusning” degan so‘z bilan almashtirilsin. 23. 339-banddan “va xususiy notariusning” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 24. 367-banddagi “notarial idoraga” va “davlat notariusi” degan so‘zlar tegishlicha “davlat notarial idorasiga” va “notarius” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 25. 369-bandning birinchi xatboshisidagi va 370-banddagi “davlat notariuslari va xususiy notariuslar” degan so‘zlar “notariuslari” degan so‘z bilan almashtirilsin.
10Qonunchilik
“Real” muxlislari “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoa futbolchilarini haqorat qildi “Real”ning bir qator muxlislari “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoa futbolchilariga nisbatan o‘z noroziliklarini bildirdi, deb xabar beradi “Uff.uz”. Ular klub bazasiga kelib, futbolchilar o‘yindan qaytishini poylab turdi. Futbolchilar yaqinlashganda ularga nisbatan haqoratomuz hayqiriqlarni yo‘lladi. Shuningdek, Garet Beylning avtomobilini pachoq qilishdi. Xese esa muxlislarning kaltaklari ostida qolishiga oz qoldi.
13Sport
AQShda to‘liq quyosh tutilishi kuzatildi (foto) 21-avgust, dushanba kuni AQShda to‘liq quyosh tutilishi kuzatildi: Oy soyasi mamlakat hududi bo‘ylab g‘arbdan sharqqa qarab harakatlandi. Bu kabi kamyob hodisaga barcha faol tayyorgarlik ko‘rdi: oddiy amerikaliklar maxsus himoya ko‘zoynaklarini sotib olishdi, NASA esa Oy soyasining ketidan qiruvchi samolyotlarni uchirdi. Meduza AQShda quyosh tutilishi vaqtida olingan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
3Foto
«To‘polang» suv omboridan xavfsiz foydalanish chora-tadbirlari qabul qilindi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi «To‘polang» suv omboridan xavfsiz va samarali foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Hujjat bilan Suv xo‘jaligi vazirligi, «O‘zbekgidroenergo» AJ, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «To‘polang» suv omborini «O‘zbekgidroenergo» AJga uning ustav kapitalidagi davlat ulushini obekt balans qiymatiga oshirish hisobiga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. Suv xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligiga «O‘zbekgidroenergo» AJ bilan birgalikda bir oy muddatda obekt barcha inshootlari, asosiy vositalari (mexanizmlar, avtotransport vositalari) va tovar-moddiy boyliklari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini ta'minlash topshirildi. «O‘zbekgidroenergo» AJga: a) 2021 yil davomida obekt boshqaruv tizimini o‘z ichiga oluvchi suv resurslarini boshqarish, obekt texnik holati ishonchliligini kuzatish ishlarini muntazam amalga oshirishga qaratilgan nazorat-o‘lchash va seysmik xavfsizlik qurilmalari, lokal xabar berish tizimini avtomatlashtirish hamda qo‘riqlash muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlash ishlari amalga oshirilishini; b) obektdan foydalanishda: uning xavfsiz va ishonchli ishlashini, jumladan suvni to‘plash va chiqarishda suv omboridan foydalanish qoidalariga qat'iy amal qilinishini; suv omboridan Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lumotlari va o‘rtacha ko‘p yillik suv sarflariga ko‘ra ishlab chiqilgan va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan jadval asosida suv chiqarilishini; suv hisobi va hisoboti «To‘polang GESlar kaskadi» UK tomonidan amalga oshirilishini hamda ma'lumotlar tizimli ravishda Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etib borilishini ta'minlash topshirildi.
8O‘zbekiston
«O‘zbekiston tashqi shoklarga ko‘nikishi kerak» — Timur Ishmetov O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini ochar ekan, tashqi shoklarga ko‘nikishi kerak, chunki hamkor mamlakatlardagi vaziyat har doim ham ijobiy bo‘lavermasligi mumkin, dedi Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov «Gazeta.uz"ga bergan intervyusida. Avvalroq MB o‘z hisobotida O‘zbekistonning makroiqtisodiy holati uchun Rossiya va boshqa asosiy hamkor davlatlardagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashishini asosiy xavflardan biri sifatida keltirib o‘tgan edi. 12 fevral kuni AQSH qonunchilar guruhi Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar paketini joriy etish taklif qilingan qonun loyihasini taqdim etdi. «Biz o‘z iqtisodiyotini yanada kengroq ochayotgan mamlakat sifatida tashqi shoklarga ko‘nikishimiz kerak, chunki hamkor mamlakatlarda har doim ham barchasi yaxshi bo‘lavermaydi. Har doim barchasi bizga bog‘liq bo‘lavermaydi. Biz eksportga yo‘naltirilgan mamlakatmiz. Eksport — iqtisodiyotimizning o‘sishini ta’minlovchi asosiy tarkibiy qismlardan biri, shuning uchun har qanday holatda ham savdo sheriklarimizdagi iqtisodiy vaziyat, albatta ta’sir ko‘rsatadi. Eksport hajmini oshirish uchun xaridor mamlakatlarda iqtisodiy vaziyat yaxshi bo‘lishi kerak. Bundan qochib bo‘lmaydi», — dedi Timur Ishmetov. Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Rossiya anchadan buyon sanksiyalar bosimi ostida bo‘lsa ham O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishda davom etganini ta’kidlab o‘tdi. «Gap faqat Rossiyada emas, boshqa mamlakatlar ham bor», — dedi u. O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tegishli makroiqtisodiy siyosat olib borish va islohotlarga urg‘u qaratish lozim, deb hisoblaydi Markaziy bank mutasaddisi. «Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiyoti, eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish, investitsiyalar jalb qilish, ehtimoliy salbiy shoklar ta’sirini kamaytirish uchun islohotlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlarning [mamlakat iqtisodiyotiga] ta’siri har qanday savdo sherigimizdagi iqtisodiy vaziyatdan kengroq, [uning o‘zgarishi] ham ijobiy, ham salbiy tomonga. Ushbu sanksiyalarni dastaklab olmaslik kerak, yaxshisi hamma o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lsin», — dedi Timur Ishmetov.
4Iqtisodiyot
Qozog‘iston BMT XKning Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyadagi kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya mandatini uzaytirmadi, deb xabar bermoqda "Xabar 24". Xabarda aytilishicha, hujjatga Xavfsizlik Kengashining 11 a'zosi ovoz bergan, jumladan uchta doimiy a'zo – AQSh, Fransiya hamda Buyuk Britaniya. Rossiya va Boliviya esa qarshi ovoz bergan. Qozog‘iston hamda Xitoy betaraf qoldi. Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarovning ta'kidlashicha, Ostona komissiya vakolatlari uzaytirilishi tarafdori, biroq avval 26 oktabrda taqdim etiladigan uning ish faoliyati bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqishni mantiqan to‘g‘ri, deb hisoblaydi.  Eslatib o‘tamiz, kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya mandati 16 noyabr kuni tugaydi.
2Dunyo
Chilidagi 6,7 magnitudali zilzila natijasida 100 mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilindi Yakshanba kuni Chilining Tinch okeani sohillarida 7,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Yer silkinishlari UTC vaqti bilan 21:16  (Toshkent vaqti bilan 2:16)da ro‘y bergan. Epitsentr Tinch okeanida Chilining Ikike shahridan 64 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i yer yuzasidan 33 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Uning magnitudasi 6,7 ni tashkil qilgan. 5,1 magnitudali ikkinchi silkinish 10 daqiqadan so‘ng, undan ancha kuchsiz bo‘lgan uchinchi silkinish esa bir soat o‘tib sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar milliy xizmati direktori Rikardo Toroning ma’lum qilishicha, Chilida sodir bo‘lgan zilzila natijasida sohibo‘yi hududlardan 100 mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilingan. Yer silkinishi jiddiy oqibatlarga olib kelmagan, jumladan elektr uzatish tizimi zarar ko‘rmagan. Ta’kidlash joiz, Chilidagi zilzila bilan deyarli bir vaqtda Toshkentda ham kuchli bo‘lmagan 1,5—2 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.
2Dunyo
«Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir» - «Tolibon» vakili «Tolibon» Xitoyni o‘zining asosiy hamkori sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda toliblar vakili Zabihulla Mujohid Repubblica gazetasiga bergan intervyusida aytdi. «Xitoy bizning asosiy hamkorimiz hisoblanadi, u biz uchun fundamental va o‘ziga xos imkoniyat taqdim etadi, chunki investitsiya kiritish va mamlakatimizni tiklashga tayyor», — dedi u. Mujohid Xitoy ilgari surayotgan «qadimiy Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklaydigan» «Bir kamar – bir yo‘l» tashabbusiga e'tibor qaratdi. «Bundan tashqari, bizda xitoyliklar yordamida qayta tiklanadigan va modernizatsiya qilinadigan boy mis konlari bor. Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir», — dedi toliblar vakili. 18 avgust kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan Xitoy «Tolibon» hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
2Dunyo
“O‘zgidromet” 23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 23-iyun, seshanba kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi. Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Bir insonning e'tiborsizlarcha qamalish voqeasi: Prokuror va sud dalillarni “unutib qo‘ydi”mi? Odil sudlov haqida gap ketar ekan, ko‘z o‘ngimizda barchadan mustaqil, faqat qonun doirasida ish ko‘ruvchi, barcha dalillarni sinchiklab o‘rganib chiqib odilona qaror chiqaruvchi sudyalar gavdalanadi. Biroq ming afsuski amaliyotda doim ham bunday odil sudyalarni topa olmaysiz. Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridek, qo‘l uchida ishni ko‘rishi, yaqqol dalillardan ko‘z yumishi, tergov organlari aytgan gapga chippa-chin ishonib, hatto qonunni ham chetlab o‘tuvchi holatlar ham mavjudligi dilimizni xira qiladi. Biz quyida bayon qiladigan Samarqand viloyatida bo‘lgan sud majlislari gapimizning yaqqol isboti bo‘lishi mumkin. Maqolamiz qahramoni haqida Mushtariylarda tasavvur hosil bo‘lishi uchun sud hukmi bilan aybdor deya topilgan maqolamiz qahramoni haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tamiz. Qahramonimiz Umarov Shuxrat Xalikulovich Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati raisi sifatida 2017 yilning 14 martidan 2017 yilning 18 iyuligacha mehnat faoliyatini amalga oshirgan. U rahbarlik qilgan davrida korxona faoliyatida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilgan, xususan: - “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qo‘shni Afg‘oniston davlatiga 4000 tonna bug‘doy eksport qilingan, natijada korxona hisob-raqamiga xorijdan 760.000 AQSh dollari kelib tushgan; - Turkiya davlati bilan jamiyat o‘rtasida 120 tonnalik yangi tegirmon qurishga shartnoma imzolangan; - korxonaning mavjud tegirmon sexi ta'mirlanib, ishlab chiqarish quvvati 82-85 foizgacha ko‘tarilgan, omixta yem sifati yaxshilangan, ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshgan; - sobiq rahbariyat davrida korxonada xodimlarning ish haqidan, byudjyet va byudjyetdan tashqari to‘lovlardan boqimanda qarzdorliklar hamda mol yetkazib beruvchi tashkilotlardan vujudga kelgan 3,5 mlrd so‘mlik kreditor qarzdorlikning qariyb yarmi yopilgan; - bir necha yillardan buyon ish haqilarni o‘z vaqtida olaolmasdan, oylik ish haqi o‘rniga qisman natura holida non va omixta yem mahsulotlari olib kelayotgan, oxirgi 6 oydan buyon oylik ish haqi olmagan ishchilar oylik ish haqini o‘z vaqtida va to‘liq olishni boshlagan; - korxona ishchi-xizmatchilariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida bir necha yillardan buyon korxona hududida ko‘rinmay qolgan “Otoyo‘l” avtobuslari olib kelinib ta'mirlangan, korxonaning hududi obodonlashtirilib, jamiyat xodimlari uchun “Ishchilar oshxonasi” qurish, ma'muriy binoni ta'mirlash ishlari boshlangan edi. Ariza kelib tushdi Lekin hayot doim ham bir tekisda ketavermaydi. Kunlarning birida, aniqrog‘i 2017 yil 12 iyul kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi g‘allachilik-sabzavotchilik yo‘nalishidagi “Nargiza Musavvar dalasi” fermer xo‘jaligi raisi A.Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i nomiga Pastdarg‘om tumanidagi “Juma Elevatori” AJ yuristi “Fazliddin” 15 tonna omuxta yem olish uchun 1.500.000 so‘m va shartnoma tuzib berish evaziga 200.000 so‘m talab qilayotganini aytib, “Juma Elevatori” AJ yuristi “Fazliddin”ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan. Amalga oshmay qolgan “tadbir” “Juma Elevatori” AJ yuristi “Fazliddin”ni “qo‘lga olish” tadbiri rejalashtirilgan kuni, ya'ni 2017 yil 18 iyul kuni fermer xo‘jaligi raisi A.Usmonov o‘zi bilan olib kelgan “Kamaz”ga 14 740 kg yem ortib ketishi oldidan yurist “Fazliddin”ni rosa qidiradi va topa olmaydi. O‘sha kuni AJ raisi Sh.Umarov uni ertalab ish bilan Toshkentga yuborgan bo‘ladi. Fermer xo‘jaligi raisi A.Usmonov yurist Fazliddinni topa olmagach, “tadbir” tashkilotchilari bilan maslahatlashib, tadbirga atalgan pulni omuxta yem sexi texnologi S.Jumanovga berib ketishga qaror qiladi va A.Usmonov yem ortgan ishchilar bilan hisob-kitob bo‘lganidan so‘ng omuxta yem sexi texnologi S.Jumanovni oldiga borib, “Sizdan o‘zlari olib ketishadi” deb 1,5 mln so‘m miqdoridagi pulni tashlab ketadi. Pulni berganligiga ishora qilganidan so‘ng, S.Jumanov tezkor tadbir bilan qo‘lga olinadi. Ish bo‘yicha pora predmeti sifatida o‘tgan 1.500.000 so‘mni “Sizdan o‘zlari olib ketishadi” deb tashlab ketilgani tezkor tadbirda ishtirok etgan xolislarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlanadi. AJ raisi Sh.Umarov arizachi A.Usmonovdan pul so‘ramagan, omuxta yem sexi texnologi S.Jumanovga arizachi A.Usmonovdan pul olib qolgin demagan, S.Jumanov ham AJ raisiga qarshi ko‘rsatuv bermagan bo‘lsada, “tadbir tashkilotchilari” Sh.Umarovni o‘sha kuni hibsga olishadi. Asoslanmagan ayblov Dastlabki tergov tomonidan Sh.Umarov davlat ishtirokidagi tashkilot mansabdor shaxsi deya baholanib, Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, ya'ni o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda mulkiy naf ko‘rish maqsadida bir guruh shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, qonunga xilof ekanligini bila turib, tamagirlik yo‘li bilan pora olishda ifodalangan tasniflanishi jihatidan og‘ir bo‘lgan jinoiy qilmishni qasddan sodir etganlikda ayblangan. Jinoyat ishini sudda ko‘rish davrida na “Juma elevatori” AJ boshqaruvi raisi Sh.Umarov, na “Juma elevatori” AJ omuxta yem sexi texnologi S.Jumanov arizachi A.Usmonovdan tovlamachilik yo‘li bilan pora so‘ramaganligi (so‘zlashuvlar stenogrammasining biror yerida ularning A.Usmonovdan pora so‘raganligi qayd etilmagan), ya'ni pora talab qilmaganligi yoki pora berishga majbur etadigan sharoitga solib qo‘ymaganligi (juma kuni pul o‘tkazgan fermerga dushanba kuniyoq mashinasiga yem yuklashga ruxsat bergan) ma'lum bo‘lgan. Sudda arizachi – “Nargiza Musavvar dalasi” fermer xo‘jaligi raisi A.Usmonov “Juma elevatori” AJ raisi Sh.Umarov undan pul so‘ramaganligini, pulni yurist “Fazliddin” so‘raganini aytib ko‘rsatma bergan, omuxta yem sexi texnologi S.Jumanov ham Sh.Umarov unga arizachi A.Usmonovdan pul olib qolgin demaganligini, pulni “o‘zlari kelib olib ketishadi” deb tashlab ketganini aytib ko‘rsatma bergan. Biroq Sh.Umarovning tamagirlik yo‘li bilan pora olganligini tasdiqlovchi dalillar bo‘lmasligiga qaramay, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman sudining 2017 yil 1 dekabrdagi hukmi bilan “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining sobiq raisi Sh.Umarov Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan hamda “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati omuxta yem sexi texnologi S.Jumanov Jinoyat kodeksining 28, 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan ayblangan hamda javobgarlikka tortilgan. Qonunning noto‘g‘ri talqini O‘z tasdig‘ini topmagan jinoyatda ayblangani yetmaganidek, Sh.Umarovga e'lon qilingan ayblov xato bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi. Ya'ni, tadbir uyushtirilgan 2017 yil 18 iyul kuni “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan, dastlabki tergov ham, sud ham, Sh.Umarovga nisbatan e'lon qilingan ayblovga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan mazkur asosiy holatni hisobga olmagan. Nahot, ishni tergov qilgan tergovchi va ishni ko‘rgan sudya ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan tashkilotning mansabdor shaxsi Jinoyat kodeksining 210-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan pora olish jinoyatining sub'yekti bo‘la olmasligini bilmasa?! Axir 2015 yil 20 avgustdagi qonun asosida ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, davlat ulushi bo‘lmagan tashkilotning mansabdor shaxsi 210-moddaga ko‘ra pora olish jinoyati bo‘yicha javobgarlikka tortilmasligi, aksincha bunday holatda ularga yangi kiritilgan 192-9-modda (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) qo‘llanishi belgilangan edi. Nahotki tergovchi yoki sudya 3 yil oldin qonunchilikka kiritilgan ushbu o‘zgarishdan haligacha bexabar bo‘lsa?! Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman sudining 2017 yil 1 dekabrdagi hukmidan norozi bo‘lib, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat kassatsiya sudiga hukmni chiqargan sud orqali 2018 yil 5 fevralda kassatsiya shikoyati topshirilgan. Sh.Umarovning jinoyat ishini kassatsiya sudida ko‘rish davomida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatida davlat ulushi mavjud emasligi to‘g‘risida bir necha vakolatli organlardan ma'lumotnomalar taqdim etilgan. Jumladan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan berilgan ma'lumotnomada “Juma elevatori” AJ ustav kapitalida 2017 yil 30 dekabr holatiga ko‘ra davlat ulushi mavjud emasligi ko‘rsatildi (hukm chiqarilgan paytda davlat ulushi mavjud emasligi to‘g‘risida); 2. Qimmatli qog‘ozlarni markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi vakolatli organ Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2015 yil 7 oktabr holatiga ko‘ra, “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati ustav fondida davlat ulushi mavjud emasligi ko‘rsatilgan (jinoyat sodir etilgan paytda davlat ulushi bo‘lmagan); 3. Respublikada donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasidagi boshqaruvni amalga oshiradigan “O‘zdonmahsulot” AK dan olingan ma'lumotnomada ham 2017 yil 12 may holatiga ko‘ra “Juma elevatori” AJ ustav fondida davlat ulushi mavjud emasligi ko‘rsatildi (jinoyat sodir etilgan paytda davlat ulushi bo‘lmagan). Ko‘rinib turganidek, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi kassatsiya instansiyasi sudlov hay'atiga uchta vakolatli organdan “Juma elevatori” AJ ustav fondida davlat ulushi mavjud emasligi ko‘rsatilgan ma'lumotnomalar taqdim etildi. Prokuror chalg‘itdi, sud ishondi Kassatsiya sudida avvalgi sud majlislarida ishtirok etmagan prokuror S.Usmanov o‘zining muzokara fikrida “Juma elevatori” ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lmasada, biroq mazkur aksiyadorlik jamiyati “O‘zdonmahsulot” AK qoshidagi jamiyat hisoblanadi, shu sababli hukm qonuniy bo‘lgan, deb hukmni o‘zgarishsiz qoldirishni so‘radi. Vaholanki, prokurorning mazkur fikri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 oktabrdagi “Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2635-son qarori talablariga zid edi. Ushbu qarorning 5-bandiga asosan, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi hisoblanishi; xo‘jalik boshqaruv organlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi hisoblanmasligi belgilangan. Ya'ni, davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati boshqa bir korxonani tashkil etsa, bu o‘sha yangi tashkil etilgan korxonada davlat ulushi bo‘ladi, degani emas. Shunga asosan “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi “O‘zdonmahsulot” AK ning ulushi davlat ulushi hisoblanmaydi. Shunday bo‘lsada, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat kassatsiya sudi ham o‘z ajrimi bilan 1-instansiya sudining hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi. “Tasodifan” unutilgan dalillar Eng qizig‘i Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat kassatsiya sudi ajrimida “Juma elevatori” AJ ustav fondida davlat ulushi mavjud emasligi to‘g‘risida uchta vakolatli organdan olingan ma'lumotnomalar umuman qayd etilmagan, biror joyda eslab ham o‘tilmagan. Go‘yoki kassatsiya sudi ish uchun eng ahamiyatli bo‘lgan dalillarni esidan chiqarib qo‘ygan. Axir, JPKning 22-moddasidan kelib chiqib, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak emasmi? Sud ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim emasmi? Asossiz asos Kassatsiya sudi o‘z ajrimida “Juma elevatori” AJ ustav kapitalida davlat ulushi mavjud ekanligini quyidagi dalil bilan asoslashga harakat qilgan: Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 avgustdagi 376-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq, “Juma elevatori” AJ “O‘zdonmahsulot” AK tarkibiga kiruvchi don mahsulotlari korxonasi hisoblanishi va don mahsulotlari korxonalaridagi davlatga tegishli aksiyalar (paylar) ulushi 25-26 foizni tashkil qilib, ular «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berilgani qayd etilgan. Ya'ni haqiqatdan “Juma elevatori” AJ tashkil etilgan paytda unda davlat ulushi bo‘lgan. 2018 yil 4 aprel kuni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotnomada, “Juma elevatori” AJ 1996 yil 4 iyulda 200/6 son reyestr raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, unda davlat ulushi 26,3 %, “O‘zdonmahsulot” AK ulushi 37,6 % hamda aksiyadorlar ulushi 36,1 % ni tashkil qilishi ko‘rsatilgan. Kassatsiya sudi o‘z ajrimiga asos sifatida olgan ushbu ma'lumotnoma sudga advokatlar tomonidan taqdim etilgan va mazkur xatning oxirida shunday deyilgan edi: “Biroq, O‘zbekiston Respublikasi “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasining ikkinchi xatboshisiga asosan, jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish uchun qimmatli qog‘ozlar egalarining depo hisobvaraqlari holatiga ko‘ra markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli, jamiyatning aksiyadorlari haqidagi so‘nggi to‘liq ma'lumotni olish uchun vakolatli organ hisoblangan Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysiga murojaat qilish maqsadga muvofiq”. Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi bergan ma'lumotini esa yuqorida qayd etdik, unda 2015 yil 7 oktabr holatiga, “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati ustav fondida davlat ulushi mavjud emasligi qayd etilgan. Ya'ni davlat mazkur aksiyadorlik jamiyatidagi o‘z ulushini allaqachon sotib yuborgan. Aktsiyadorlik jamiyatida davlat ulushi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi rasmiy ma'lumotni berishi mumkin bo‘lgan yagona tashkilot o‘z xulosasini aytgan, ammo sud bu xulosani “unutib qo‘ygan”. Xo‘p, sudning qo‘lida ikki xil mazmundagi ma'lumot to‘planibdi, sud uni aniqlashtirish, shubha-gumonni bartaraf qilishi kerakmasmidi? Sudning bu beparvoligini qanday izohlash yoki oqlash mumkin? Davlat ulushi bo‘lmasa nima bo‘ladi? Halidan buyon “Juma elevatori” AJda davlat ulushi yo‘qligini isbotlashga harakat qilyapmiz, xo‘sh, o‘zi bu fakt nimani o‘zgartiradi? Davlat ulushi bo‘lsa nimayu, bo‘lmasa nima? Gap shundaki, bu jazo tayinlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchiligimiz Jinoyat kodeksidagi 210-modda – pora olish jinoyati haqida ko‘p eshitganmiz. Pora olish jinoyati 2015 yilgacha hamma uchun bir xil edi. O‘sha yili tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq keng ko‘lamli islohotlar natijasida pora olishni ikkiga ajratishdi va tijoratdagi pora uchun alohida modda (192-9-modda) joriy etildi. Endi jazo tayinlashdagi farqini ko‘rib chiqamiz. Sud hukmida Sh.Umarovga qo‘yilgan ayblov (garchi uning asosliligi to‘laqonli isbotlanmagan bo‘lsa ham) uchun 210-moddasi 2-qism “v” bandi, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot mansabdor shaxsining pora olishi 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Endi xuddi shu qilmish davlat ulushi bo‘lmagan nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsi tomonidan sodir etilsa: Farq qanchalar katta ekanligini ko‘ryapsizmi? Sud va prokurorlarning qonunni noto‘g‘ri talqin qilishi, dalillarni sinchiklab o‘rganmasligi natijasida bir necha oylardan buyon bir aybsiz aybdor qamoqda saqlanmoqda. O‘z ishiga mas'uliyatsiz insonlarning kasriga jabr chekmoqda. Hali Sh.Umarovga qo‘yilgan ayblov aslida mavjud emasligi haqida ko‘p ham gapirmadik. Bu alohida mavzu. O‘zganing aybini to‘laqonli asoslab bera olmagan sud va tergov organlari dard ustiga chipqondek hech bo‘lmasa ayblovni Jinoyat kodeksidagi tegishli modda bilan malakalay olmaganiga nima deyish mumkin? Biz mazkur holatga tez orada tegishli mutasaddi tashkilotlar – Oliy sud hamda Bosh prokuratura e'tibor qaratishi va huquqlari poymol bo‘layotgan Sh.Umarovga qonun doirasida yordam berishlaridan umidvormiz. Voqealar rivojini Kun.uz saytida kuzatib boring. Zafarbek Solijonov
5Jamiyat
Tibbiyot muassasasi rahbariga ustama – tarif stavkasining 50%igacha Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyхat raqami 1537-1, 2017 yil 10 noyabr) bilan Tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.  Ma’lumot uchun: Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi 1.01.2006 yildan boshlab barcha byudjet tibbiyot tashkilotlarida mavjud. Nizomga binoan ishga vijdonan munosabati va koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tibbiyot хodimlarining tarif stavkasiga oylik ustamalar tegishli хodim tarif stavkasining 5 dan 20%igacha miqdorda belgilanadi. Toʻlovlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Eslatib oʻtamiz, vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlarining faoliyati samaradorligi reyting baholash yoʻli bilan aniqlanadi (batafsil). Hujjatga aniqlik kiritildi. Unga koʻra tibbiyot muassasalari rahbarlarining oshirilgan oylik ustamalari yuqori turuvchi tashkilotning qaroriga binoan tarif stavkasining 50%idan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh  boshqarmasi qayta tashkil etilganligi  bois, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tekshirish Sogʻliqni saqlash vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat хizmati hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Hujjat 13.11.2017 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov,  ekspertimiz.
10Qonunchilik
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida ikkita bolalar bog‘chasi ochildi (foto) 23-noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. Jami 370 nafar bolani tarbiyalashga mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida vazir Agrippina Shin ishtirok etdi. Sergeli tumanidagi ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlari turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan. “Sergeli tumani qurilish zichligi va yosh oilalarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta’lim vazirligi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda aholini zarur ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlashga harakat qilmoqda. Biz yangi obyektlarni qurmoqdamiz va mavjudlarining imkoniyatlarini oshirmoqdamiz. Yangi MTT turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan bo‘lib, u ota-onalar va bolalar uchun qulaydir. Hammasi bo‘lib ikkita maktabgacha ta’lim muassasasida 7 ta kunlik guruhlar va 4 ta qisqa muddatli guruhlar ikki smenada faoliyat yuritadi”, — deydi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin. Oziq-ovqat mahsulotlari ikki xil tarzda tashkil qilinadi: — autsors tarzida jalb qilinuvchi firmalarga MTT hududida ovqat tayyorlash uchun ularga oshxonalar, jihozlar va boshqa uskunalardan foydalanish imkoniyatini berish; — keytering, ya’ni tayyor ovqatni MTTga yetkazib berish. Shuningdek, ikkita maktabgacha ta’lim muassasasining ochilishi pedagog va yordamchi xodimlar uchun qo‘shimcha 41 ta ish o‘rnini yaratadi. Ikkala MTT ham 2019-yil dekabr oyida ishga tushadi.
8O‘zbekiston
Toshkent xalqaro investitsiya forumi yuqori saviyada oʻtadi 27.01.2020 Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada tashkil etish masalasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Oxirgi yillarda mamlakatimizda investitsiya muhiti yanada yaxshilandi. Bu boradagi qonunchilik yangilanib, investorlar uchun huquqiy kafolatlar mustahkamlandi. Oʻtgan Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida investitsiyalar hajmi sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018-yilgiga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar oʻsdi. Davlatimiz rahbari kuni kecha Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida iqtisodiyotni yuqori surʼatlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosati izchil davom ettirilishi, joriy yilda oʻzlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalar va kreditlar boʻlishini alohida qayd etdi. Xususan, 2020-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga 5,8 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish belgilangan. Shu maqsadda mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Forumning asosiy maqsadi iqtisodiyot drayverlari hisoblangan energetika, mashinasozlik, elektrotexnika, axborot texnologiyalari, toʻqimachilik, qishloq hoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish sohalari hamda hududlarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirishdir. Yigʻilishda ushbu anjumanni yuqori saviyada tashkil etish uchun aniq tashkiliy vazifalar belgilab berildi. Xususan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tarmoq va hududlar rahbarlari bilan birga xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli loyihalar boʻyicha taqdimot materiallari tayyorlash vazifasi qoʻyildi. Hududiy loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy investorlar oʻrtasida bevosita hamkorlik oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi. Tashqi ishlar vazirligiga yetakchi xorijiy kompaniyalar, xalqaro moliya tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini forumga jalb etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Anjuman oʻtkaziladigan joylarni yuqori saviyada tayyorlash, uni ommaviy axborot vositalarida keng targʻib etish va yoritib borish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Mutasaddilar forumga tayyorgarlik ishlari va erishilishi moʻljallanayotgan kelishuvlar haqida hisobot berdi.
12Siyosat
Toshkentda jip-trial bo‘yicha shahar hokimi kubogi musobaqasi o‘tkaziladi 14-aprel kuni avtopoyga ishqibozlari uchun jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Musobaqada g‘ildirak formulasi 4x4 bo‘lgan istalgan avto bilan qatnashish mumkin. Notekis yo‘llarda o‘zini mahoratli deb biluvchi poygachilar o‘z imkoniyatlarini “standart” hamda “ekstrim” yo‘nalishlarida sinab ko‘rishlari mumkin. Jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi Bektemir tumanidagi maxsus maydonda o‘tkaziladi. Tadbirda ishtirok etishni xohlaganlar 10-aprelga qadar http://4x4energy.uz. saytiga kirib, buyurtma berishlari mumkin. 14-aprel kuni soat 10:00 dan ro‘yxatga olish ishlari olib boriladi, soat 12:00 da esa musobaqaga start beriladi. Jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi O‘zbekistondagi ekstrimal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Turizmni rivojlantirish departamenti hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.
8O‘zbekiston
Eron hukumati yarim yil ichida ikkinchi sportchini qatl etdi Eronning Dizful shahridagi qamoqxonada 30 yoshli kurashchi Mehdi Ali Husayniy qatl etildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Husayniy 2015-yilda ommaviy mushtlashuv paytida bir kishini o‘ldirishda ayblangan. Jabrlanuvchining oilasi uni afv etishdan bosh tortgani sababli Husayniyning o‘lim jazosi haqidagi hukm kuchda qoldi. Eron kurashi qahramoni, Olimpiya o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlarining oltin medali sovrindori Hamid Suryan jabrlanuvchining oilasiga murojaat qilib, Husayniyga rahm-shafqat so‘radi, ammo bundan hech ish chiqmadi. Olimpiya o‘yinlarida kurashni nazorat qiluvchi United World Wrestling (UWW) sportchining vafoti munosabati bilan bayonot berdi. Xususan, matnda Husayniy milliy yoki xalqaro turnirlarda qatnashmaganligi, faqat mahalliy musobaqalarda qatnashgani aytilgan. UWW ushbu vaziyat haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmaguncha, qatl haqida izoh berishdan bosh tortdi. Boshqa bir eronlik jangchi — 27 yoshli Navid Afkariy 2020-yil sentabr oyida qatl etilgandi. U 2018-yilning yozida norozilik namoyishlarida qatnashgan. Sportchi odam o‘ldirishda ayblanib hibsga olingan, ammo inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari uning jinoyatiga iqror bo‘lish qiynoqlarning natijasi ekanligini va sportchi siyosiy sabablarga ko‘ra qatl etilganini ta’kidlamoqda. Avvalroq Eronda millionlab aholi kriptovalyuta fermalari tufayli elektr ta’minotidan uzilib qolgani, Jo Bayden Eron bilan yadro bitimini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.
2Dunyo
Venesiya kinofestivalining bosh sovrini «Joker»ga nasib etdi Rejissyor Todd Fillipsning «Joker» filmi 76-Venesiya kinofestivali bosh sovrini «Oltin sher»ni qo`lga kiritdi, deya xabar bermoqda Meduza. Bu filmda bosh rolni Xoakin Feniks ijro etgan. Mukofot kinofestivalning 7 sentyabr kuni bo`lib o`tgan yopilish marosimida o`z egalariga topshirildi. Eng yaxshi rejissyorga beriladigan «Kumush sher» mukofotiga esa «Cheksizlik haqida» («About Endlessness») nomli filmi uchun Roy Anderson loyiq ko`rildi. Roman Polanskining «Dreyfus ishi» («J’accuse») nomli filmi festival hakamlar hay`atining maxsus sovrini bilan taqdirlandi. Luka Marinelli «Martin Iden» filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi aktyor, Arian Askarid «Gloriya Mundi» filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi. Eng yaxshi ssenariy uchun mo`ljallangan mukofot esa «Cherri Leyndagi 7-uy» («No.7 Cherry Lane») animasion lentasi uchun xitoylik rejissyor Yunfanga nasib etdi.
2Dunyo
Amerikalik olimlar insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni yetishtirdi Garvard universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot qandli diabetning 1-turi bilan og‘rigan bemorlarni har kuni insulinni inyeksiya qilishdan ozod etishi taxmin qilinmoqda. Qonda qandni zarur miqdorda ushlab turadigan gormon — insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni yetishtirish imkoni paydo bo‘ldi. Olimlar hatto ko‘chirib o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan millionga yaqin hujayra yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar bermoqda. Amerikalik professor Dag Melton 20 yildan ko‘proq umrini qandli diabet uchun dori qidirishga sarfladi. Mazkur kasallik bilan uning o‘g‘li Sem ham og‘rigan. Hozirda tadqiqot deyarli o‘z nihoyasiga yetgan. “Biz sinovlarni yakunlashdan bir qadam ortda turibmiz”, — dedi professor. Insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni yaratishda embrion tana hujayralaridan foydalaniladi. Shuning uchun ham yangi hujayralar avvalgilariga o‘xshash bo‘lib, yaxshi ishlaydi. Ayni damda tadqiqot hayvonlarda o‘tkazilmoqda. Ularning organizmida hujayralar ko‘chirib o‘tkazilganidan boshlab bir necha oy davomida insulin ishlab chiqariladi. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, ular sichqonlardagi diabetni 10 kun ichida davolashga muvaffaq bo‘lgan. Biologlar yaqin yillarda odamlarni ham mazkur kasallikdan forig‘ qilishga umid bog‘lamoqda.
2Dunyo
«Apollon-17»ga 45 yil: moviy sharcha va Oydagi eng oxirgi odam Roppa-rosa 45 yil muqaddam, 1972 yilning 7 dekabr kuni, Floridadagi kosmodromdan «Apollon» dasturi doirasida AQShning 11- va eng so‘nggi astronavtlarga ega ekpeditsiyasi parvoz qildi. «Apollon-17» missiyasi ekipaji tarkibidan qo‘mondon Yujin Sernan, jamoaviy modul piloti Ronald Evans va geolog Harrison Shmitt joy oldi. Ekspeditsiya davomida qator rekordlar o‘rnatildi va insoniyat tarixidagi eng mashhur suratlardan biri olindi - The Blue Marble, Yerning 29 ming kilometrlik masofadan ko‘rinishi. Bundan tashqari, missiya inson Oyga qadam qo‘ygan eng so‘nggisiga aylandi. «Apollon-17» rekordlari, NASA arxiv suratlari missiya yubileyiga bag‘ishlangan quyidagi fotojamlanmada taqdim etiladi Astronavt Jyek Shmitt, Yer va Amerika bayrog‘i, 1972 yilning 12 dekabri  «Apollon-17» missiyasi kemasidan Yerning ko‘rinishi, 1972 yilning dekabri «Apollon-17» starti, 1972 yilning 7 dekabri Astronavtlar Yujin Sernan va Ronald Evans Oyga parvoz chog‘ida jamoaviy modulda, 1972 yilning dekabri Qo‘mondon Yujin Sernan oy moduli va «Oy Roveri» yonida AQSh bayrog‘iga salyut vaqtida, 1972 yilning dekabri Qo‘mondon Yujin Sernan oy moduli yonida «Oy Roveri»ning test-drayvi vaqtida, 1972 yilning 11 dekabri Astronavt Jyek Shmitt namunalarni yig‘ish chog‘ida, 1972 yilning dekabri Jamoaviy modul piloti Ronald Evansning rafiqasi va farzandlari «Apollon-17» missiyasi vaqtida televizor yonida, 1972 yilning 11 dekabri «Apollon-17» missiyasi vaqtida oy orbitasidan Yerning ko‘rinishi, 1972 yilning dekabri Astronavt Jyek Shmitt Oydagi qoya yonida, 1972 yilning 13 dekabri Astronavt Jyek Shmitt «Oy Roveri»da, 1972 yilning 13 dekabri Qo‘mondon Yujin Sernan Oyga uchinchi chiqishdan so‘ng, 1972 yilning dekabri Astronavt Jyek Shmitt namunalarni yig‘ish chog‘ida, 1972 yilning dekabri Astronavt Ronald Evans panoramali kamera plyonkasi bilan, 1972 yilning 17 dekabri Astronavt Jyek Shmitt oy moduli qo‘ngan joyda uzatgich quyosh batareyalarini ochish vaqtida, 1972 yilning dekabri «Apollon-17» missiyasi jamoaviy modulining Tinch okeanida suvga qo‘nishi, 1972 yilning 19 dekabri Yerga qo‘nishdan so‘ng astronavtlarning qidiruv vertolyoti bortiga ko‘tarilishi, 1972 yilning 19 dekabri. Orqa planda - «Tikonderoga» aviatashuvchisi Astronavt Yujin Sernan va Amerika pochtasi vakili Kennedi kosmik markazida «Odam oy bo‘lib ketmoqda» markasining taqdimoti paytida, 1999 yilning iyuli
5Jamiyat
Forbes 2017: AQShning eng yirik xususiy kompaniyalari o‘ntaligi 2017 yilda umumiy hisobda 225 ta kompaniya Forbes jurnali tomondan chop etilgan AQShning eng yirik xususiy kompaniyalarining 33-an'anaviy reytingiga kirdi. Bu kompaniyalarning umumiy daromadi 1,57 trln dollarni tashkil qiladi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 3 foiz kamroqdir. Bu kompaniyalarda 2017 yilda 4,7 mln kishi faoliyat yuritmoqda. 2016 yilda bu miqdor 4,5 mln kishi bo‘lgan. Reytingning yetakchilari an'anaviy ravishda Cargill va Koch Industries kompaniyalari bo‘ldi. Bu kompaniyalar 1- va 2-o‘rinlarni egallagan. Cargill reytingning eng yuqori pog‘onasini qatorasiga 10 yildan beri hech kimga bermay kelmoqda. Biroq shunga qaramay, kompaniyaning o‘tgan yilga nisbatan daromadlari uncha ko‘p oshmagan: kompaniya daromadi bor-yo‘g‘i 2 foizga, ya'ni 109,7 mlrd dollargacha oshgan. Yetakchi beshtalikka, shuningdek, Albertsons oziq-ovqat reteyleri (3-o‘rin) va ikkita auditorlik kompaniyasi – Deloitte va PricewaterhouseCoopers (mos ravishda, 4- va 5-o‘rin) kirgan.   Mars reytingidagi mavqeini yaxshilab, 6-o‘ringa ko‘tarilib olgan. Yanvarda kompaniya VCA veterinar klinikalari tarmog‘ini 9,1 mlrd dollarga xarid qilishini e'lon qilgan. Bu bitim yakunlanganda, uy hayvonlarini parvarishlash biznesi ulushiga kompaniyaning 50 foizdan ko‘proq daromadi to‘g‘ri keladi. Mars, shuningdek, Pedigree, Wiskas va Royal Canin kabi uy hayvonlari oziqalari brendlariga egalik qiladi.  Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek,  Publix Super Markets supermarketlar tarmog‘i (7-o‘rin), Bechtel muhandislik va qurilish kompaniyasi (8), Ernst & Young servis kompaniyalari tarmog‘i (9) va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qiluvchi C&S Wholesale Grocers (10) joy olgan. Ro‘yxatga kirmagan eng yirik kompaniyalardan biri Dell bo‘ldi. 2016 yil reytingida Texas kompaniyasi 4-o‘rinni egallagandi. 2016 yil sentabrda Dell EMC Corporation bilan birlashishni yakunladi va Dell Technologies sifatida savdo qila boshladi. Dell’dan tashqari yana 8 ta kompaniya reytingdan chiqib ketgan. Bu holat bir necha sabablarga ko‘ra yuz bergan: kompaniyalarning daromadlari 2 mlrd dollarlik qiymatdan pasayib ketgan, ular xususiy kompaniya bo‘lmay qolganlar yoki xorijliklarga sotib yuborilganlar.   Shu bilan birga reytingdan 11 ta yangi kompaniya joy  olgan. Ular orasida 52-o‘rinni egallagan Uber bor. U reytingga kirgan yagona xususiy texnologik kompaniya bo‘ldi.  Reytingning yetakchi o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan: 1. Sargill Yillik daromadi: 109,7 mlrd dollar Xodimlari soni: 150 000 2. Koch Industries Yillik daromadi: 100 mlrd dollar Xodimlari soni: 100 000 3. Albertsons Yillik daromadi: 59,7 mlrd dollar Xodimlari soni: 273 000 4. Deloitte Yillik daromadi: 36,8 mlrd dollar Xodimlari soni: 244 400 5. PricewaterhouseCoopers Yillik daromadi: 35,9 mlrd dollar Xodimlari soni: 223 000 6. Mars Yillik daromadi: 35 mlrd dollar Xodimlari soni: 80 000 7. Publix Super Markets Yillik daromadi: 34 mlrd dollar Xodimlari soni: 191 000 8. Bechtel Yillik daromadi: 32,9 mlrd dollar Xodimlari soni: 58 000 9. Ernst & Young Yillik daromadi: 29,6 mlrd dollar Xodimlari soni: 231 000 10. C&S Wholesale Grocers Yillik daromadi: 28,1 mlrd dollar Xodimlari soni: 17 500
4Iqtisodiyot
«Tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi xavfsiz» - mutaxassis COVID-19’ning kechishidagi isitma haqida ma'lumot berdi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Kun.uz sayti va «Milliy TV» telekanali hamkorlikda yangi «Tez yordam» ko‘rsatuvini tashkil etmoqda. Unda malakali mutaxassislar jonli efirda telefon orqali kelib tushgan koronavirusga oid savollarga javob berib borishadi. 19 iyul kuni dasturning ilk sonida DeFactum Laboratories tibbiyot klinikasi immunolog-infeksionisti, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xo‘jayeva COVID-19’da tana harorati ko‘tarilishi haqida so‘z yuritdi. «Tana haroratining ko‘tarilishi – organizmning kasallikka universal reaksiyasidir. Sog‘lom tana O‘RVI, gripp, koronavirus kabi kasalliklarda o‘z kurashuvini isitma orqali namoyon qiladi. Bu paytda organizmning immun tizimi virus bilan kurashish uchun interferon ajratib chiqaradi. Interferon esa virusni yo‘qotish uchun harakat qiladi. Isitma tushirildimi, demak, virusning ko‘payishi uchun qulay muhit qilib berildi, chunki interferonning ajralib chiqishi susayadi. Tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi xavfsiz. Ammo 38 darajadan ko‘tarila boshlasa, keyin paratsetamol yoki boshqa dori berish mumkin. Shuningdek, bemor turli sabablar bilan (surunkali kasalliklarning mavjudligi, organizmning o‘ziga xosligi, yosh bolalar) isitmani og‘ir kechirsa, o‘zini o‘ta noxush his qilsa, isitma tushiruvchi dori berish kerak bo‘ladi», – deydi mutaxassis. Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra'no Qosimovaga ko‘ra, virus bilan kurash jarayonida hammada ham isitma kuzatilmasligi mumkin. «Harorat oshishi hamma bemorlarda ham bo‘lmaydi. Turli gormonlar qabul qilish, surunkali kasalliklar bo‘lishi natijasida immunitet zaifroq bo‘lishi va isitma namoyon bo‘lmasligi mumkin. Koronavirusda isitma ko‘tarilishi o‘rtacha hisobda 5-6 kun davom etib, shundan keyin 70-80 foiz bemor tuzalib ketmoqda. Ammo kasallik chuqurlashgan, o‘pkaga o‘tgan bo‘lsa, isitma uzoq davom etishi mumkin», – deya ta'kidladi Ra'no Qosimova.
8O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidenti Jeenbekovni respublika bosh vazirligiga tayinladi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Sooronbay Jeenbekovni respublika bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan. "Qirg‘iziston respublikasi prezident Sooronbay Jeenbekovni respublika bosh vazirligiga tayinladi", — deyilgan xabarda. Qirg‘iziston parlamentining yangilangan koalitsiyasi 3 noyabr kuni sobiq bosh vazir Jeenbekov nomzodini hukumat rahbarligi uchun ilgari surgandi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra chorshanba kuni Jeenbekov o‘z dasturini, tuzilmasi va hukumat tarkibini taqdim etdi va bu taklif ko‘pchilik tomonidan ma'qullandi. Yangi tarkib deyarli o‘zgarishlarsiz, deyarli barcha vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qolishgan. Bosh vazir o‘rinbosari Gulmira Kudayberdiyeva Qirg‘iziston ta'lim va fan vaziri etib tayinlandi, uning o‘rnini esa «Qirg‘iziston» partiyasi deputati Cholpon Sultanbekova egalladi. Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev o‘rnini Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi aksilkorruptsion xizmatining endilikda sobiq rahbari Ulan Isroilov egalladi.
2Dunyo
Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan Jamshid Abruyev Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi vazirlikning matbuot xizmati. Tayinlovga qadar, Jamshid Ismailovich Abruyev Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan. Ma’lumot uchun, Jamshid Abruyev (1979 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan) 1999 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti va 2004 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlarini tamomlagan. J. Abruyev o‘z faoliyatini 2000 yilda Samarqand shahar Temir yo‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi “Markazlashgan xisobxona” hisobchisi, bosh hisobchi o‘rinbosari lavozimida boshlagan. 2004 yildan 2012 yilga qadar Samarqand viloyat hokimligining Moliya boshqarmasi 1-toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i muovini lavozimlarini egallagan. Moliya vazirligi tizimida J. Abruyev 2012 yilda Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining Umumiy o‘rta va maktabgacha ta’limni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi sifatida boshlagan, keyinchalik bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2017 yilda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshliq o‘rinbosari. 2017 -2018 yillarda esa Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Eslatib o‘tamiz, 7 iyul kuni prezidentining qarori bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib kelayotgan Shaxrux Sharaxmetov tayinlangandi.
12Siyosat
BMT Mosuldan chiqqan dastlabki 900 qochqin haqida ma’lum qildi Iroq hukumat qo‘shinlari Mosul shahri qamalini boshlaganidan so‘ng shahardan 900 kishi qochdi. Bu haqda BMT qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakillari BBC’ga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Qochqinlar Suriya hududida, Iroq chegarasi yaqinida o‘rnatilgan chodirli qarorgohga joylashtirildi. Shahardagi vaziyat barqarorlashmaguniga qadar qochqinlar o‘sha yerda qoladi. Shu bilan birga, BMT qochqinlar qiyofasida Mosuldan jangarilar chiqishi mumkinligidan xavotirdaligini bildirdi.
2Dunyo
Xitoyda 50 nafarga yaqin yuqori martabali harbiy amaldor iste'foga chiqmoqda XXR Milliy-ozodlik armiyasining 50 nafarga yaqin yuqori lavozimli amaldori iste'fo berishi kutilmoqda. South China Morning Post nashri vaziyatdan xabardor manbaga asoslanib bergan ma'lumotga ko‘ra, hukumat armiya boshqaruvini yangi avlodga topshirishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, iste'foga ketayotgan amaldorlarning 18 nafari general lavozimida. Shuningdek, ba'zi amaldorlarning iste'foga chiqishi ularning yoshi o‘tib qolgani bilan bog‘liq.
2Dunyo
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarish, shuningdek elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslari bilan integratsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) yangi versiyasi ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yagona portalda joriy etish maqsadida davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi; Yagona portalda davlat xizmatlariga bo‘lgan eng ko‘p talabni baholash natijasida aniqlangan eng ko‘p talab qilinadigan davlat xizmatlari joriy etiladi; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish “O‘zinfokom” markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zinfokom” markazi deb ataladi) Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator hisoblanadi; tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan shartnoma asosida talabgor elektron davlat xizmatlarini Yagona portalda va rasmiy veb-saytlarda joriy etishda ishtirok etadilar. 4. “O‘zinfokom” markaziga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin: Yagona portalni texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash; Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish; Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam ko‘rsatish; Yagona portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash; Yagona portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarining ro‘yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni ta’minlasin: ikki oy muddatda davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash; davlat organlari bilan birgalikda mavjud bo‘lgan eng talabgor bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini Yagona portalning yangi versiyasiga bosqichma-bosqich o‘tkazish; davlat organlariga Yagona portaldagi davlat organining shaxsiy kabinetidan foydalana olishlarini ta’minlash. 6. Davlat organlari: bir hafta muddatda markaziy apparatning va ularning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan xodimlarini belgilasinlar, ularni “Elektron hukumat” (id.gov.uz) tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish Yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi so‘rovi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarini avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish uchun tegishli veb-servislar ishlab chiqilishini va kuzatib borilishini ta’minlasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) maqsadini, vazifalarini va ish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomning amal qilishi davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) rasmiy veb-saytlari orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibiga ham tatbiq etiladi. 2. Yagona portal faoliyati “Elektron hukumat” tizimi bazasida faoliyat ko‘rsatgan holda uning axborot, uslubiy, texnik kuzatuvi va ma’murchiligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “O‘zinfokom” markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zinfokom” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Davlat organlari rasmiy veb-saytlarida Yagona portalda mavjud bo‘lgan elektron davlat xizmatini tegishli havola (giperhavola)ni joylashtirish yo‘li bilan joriy qilinishiga yo‘l qo‘yiladi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri — davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan hamda Yagona portalda e’lon qilinadigan elektron davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxatini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa axborotni o‘z ichiga olgan butunjahon Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursi; “Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (Identifikatsiyalashning yagona tizimi) — jismoniy va yuridik shaxslarning haqiqiy identifikatsiyalanishini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini ta’minlovchi davlat axborot tizimi; so‘rov — jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmati ko‘rsatish uchun davlat organlariga yuboriladigan talabi; idoralararo elektron hamkorlik — davlat organlari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali ma’lumotlar almashuvi; elektron davlat xizmati reglamenti (Reglament) — elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat; elektron hujjatlarning repozitoriysi — elektron hujjatlarni qayta ishlashni va saqlashni ta’minlovchi, shuningdek Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etuvchi axborot resursi; elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. 4. Quyidagilar Yagona portalning maqsadlari hisoblanadi: ariza beruvchilarga davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlovchi axborot tizimlarining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashuvini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish orqali ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish. 5. Yagona portal quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: ariza beruvchilarga elektron davlat xizmatlaridan kafolatlangan va xavfsiz foydalana olishlarini ta’minlash; elektron davlat xizmatlari olish uchun so‘rovlarni va boshqa hujjatlarni yo‘llash hamda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasini qabul qilish; davlat organlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish yuzasidan so‘rovlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijasini ariza beruvchilarga yuborish imkoniyatini yaratish; to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn-to‘lov imkoniyatlarini amalga oshirish; elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning holati va borishini kuzatish; elektron hujjatlarni shakllantirish, saqlash va ularning haqiqiyligini tekshirish; kelib tushgan so‘rovlar va ko‘rsatilgan elektron davlat xizmatlar asosida statistik ma’lumotlarni shakllantirish. 6. Yagona portalda elektron davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash mezonlariga muvofiq tahlil qilgan holda joriy qilinadi. 7. Elektron davlat xizmatlari foydalanish uchun qulay bo‘lishi va ariza beruvchilarning ehtiyojlari hamda manfaatlariga mos bo‘lishi kerak. Yagona portalning asosiy tili davlat tili hisoblanadi, shuningdek qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa tillardagi versiyalari ham bo‘lishi mumkin. 8. Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari shaklida ko‘rsatilishi mumkin. Ariza beruvchilarning axborotga ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish va boshqacha tarqatish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmati axborot davlat xizmati hisoblanadi. Ariza beruvchiga ushbu shaxs va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organi o‘rtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yo‘li bilan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmati interaktiv davlat xizmati hisoblanadi. Interaktiv davlat xizmati avtomatlashtirilgan davlat xizmati shaklida amalga oshirilishi mumkin, uning ko‘rsatilishi faqat axborot tizimlaridan va “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlar bazalaridan, shu jumladan idoraviy axborot resurslari va ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. 9. Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida taqdim etiladigan axborot dolzarb, ishonchli bo‘lishi va ruxsatsiz foydalana olish, chiqib ketishi, yo‘q qilinishi, buzib ko‘rsatilishi, blokirovka qilinishdan himoyalangan bo‘lishi kerak. Elektron davlat xizmati ko‘rsatish yoki undan foydalanish jarayonlarining ishtirokchisi bo‘lmagan shaxslarga elektron davlat xizmati ko‘rsatilishida Yagona portalda shakllangan ma’lumotlardan Vazirlik bilan kelishilmagan holda foydalanish taqiqlanadi. 10. Elektron davlat xizmatlari pulli yoki bepul ko‘rsatiladi. Pulli elektron davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun ariza beruvchilar tomonidan to‘lovni amalga oshirish tartibi va usullari Reglamentda belgilanadi. Davlat organlari Reglamentda nazarda tutilgan holatlarda, shu jumladan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari va tartib-taomillari qisqartirilishida elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun boshqa to‘lov miqdorini belgilashi mumkin. 11. Ariza beruvchilarning haqiqiyligini ta’minlash darajasi bo‘yicha elektron davlat xizmatlari quyidagilarga bo‘linadi: past — shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilmaydigan xizmatlar; o‘rta — haqiqiy shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan xizmatlar; yuqori — ularni ko‘rsatish uchun so‘rovlar elektron raqamli imzodan foydalanib yuboriladigan xizmatlar. Davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ariza beruvchilarning haqiqiylik darajasini Vazirlik bilan kelishgan holda belgilaydi. 12. Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar Reglamentda belgilanadi. Reglament davlat xizmati ko‘rsatish natijasini taqdim etuvchi davlat organi tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va kelishuv Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida ro‘yxatga olish uchun asos hisoblanadi. 13. Reglament: elektron davlat xizmati bir nechta davlat organlari ishtirokida ko‘rsatilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi; elektron davlat xizmati bitta davlat organi tomonidan ko‘rsatilgan taqdirda — tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 14. Reglamentda quyidagilar bo‘lishi kerak: davlat xizmatining nomi; uni ko‘rsatishning quyidagi tartibotlari tavsifi: a) ariza beruvchidan so‘rovni qabul qilish tartiboti bo‘yicha: elektron davlat xizmati ko‘rsatiladigan shaxslar toifasi; so‘rov berish usuli; so‘rovda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar (arizadagi ma’lumotlar ro‘yxati, ariza blankasi); so‘rov elektron shaklda berilganda ariza beruvchi haqiqiyligining talab qilinadigan darajasi; elektron davlat xizmati ko‘rsatish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning ro‘yxati va namunalari; b) so‘rovni ko‘rib chiqish va qayta ishlash tartibotlari bo‘yicha: elektron davlat xizmati ko‘rsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan olinadigan ma’lumotlar ro‘yxati va tarkibi hamda ularni taqdim etuvchi (oluvchi) davlat organlari ro‘yxati; so‘rovni ko‘rib chiqish (qayta ishlash) muddatlari va usuli, axborot tizimidan foydalanilgan taqdirda — uning davlat organlari davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestridagi nomi va tartib raqami; so‘rovni ko‘rib chiqish (qayta ishlash) muddatlari; xizmat ko‘rsatish narxi va to‘lov usuli (xizmat pulli bo‘lgan taqdirda); v) natijani saqlash va javobni yuborish tartiboti bo‘yicha: davlat xizmati ko‘rsatish natijasini saqlash usuli va turi; davlat xizmati ko‘rsatish natijasini taqdim etish shakli; davlat xizmati ko‘rsatilishini rad etish uchun asoslar. 15. Elektron davlat xizmatini joriy etishda Reglament bilan birgalikda Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatning (keyingi o‘rinlarda Texnik hujjat deb ataladi) bo‘lishi ham talab etiladi. 16. Texnik hujjat davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlik huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda “O‘zinfokom” bilan kelishilgandan so‘ng Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. 17. Texnik hujjatda Yagona portalda joriy etiladigan elektron davlat xizmatini tuzish va loyihalashtirishda talab etiladigan grafik va yozuvli ma’lumotlar, shu jumladan quyidagilar: elektron davlat xizmati ko‘rsatilayotgan shaxslar toifasi; elektron davlat xizmati ko‘rsatilishi tartibi va bosqichlarining tasnifi; elektron davlat xizmatining texnik ko‘rsatkichlari; elektron davlat xizmatini ko‘rsatish muddati va unga mas’ul bo‘lgan davlat organlarini ko‘rsatgan holda tartibining grafik tasviri; davlat xizmatini ko‘rsatish narxi va to‘lov usullari (xizmat pulli bo‘lgan taqdirda); ariza beruvchidan so‘rovni qabul qilishda, so‘rovni ko‘rib chiqishda, natijasi saqlanishida hamda javob yo‘llanishida tomonlarning huquq va majburiyatlari; Yagona portal bilan davlat organlarining tegishli axborot tizimlari idoralararo elektron hamkorligi tartibi mavjud bo‘ladi. Texnik hujjat elektron davlat xizmatining texnik jihatdan amalga oshirilishi uchun talab etiladigan boshqa turdagi ma’lumotlarni ham o‘zida jamlashi mumkin. 18. Yagona portalda elektron davlat xizmatlari quyidagilar orqali taqdim etiladi: ariza beruvchining shaxsiy kabineti; davlat organining shaxsiy kabineti. Yagona portaldagi shaxsiy kabinetga kirish qonunchilikda belgilangan tartibda Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali amalga oshiriladi. 19. Elektron davlat xizmatlari olish uchun so‘rovlar ariza beruvchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi. 20. Ariza beruvchining shaxsiy kabineti elektron davlat xizmatidan foydalanish, elektron davlat xizmatini ko‘rsatish holatini kuzatib borish, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash hamda elektron davlat xizmat ko‘rsatish sifatini baholash imkoniyatlarini beradi. Ariza beruvchining shaxsiy kabineti “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridagi, shu jumladan idoraviy axborot resurslari va ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlar asosida foydalanuvchilarni ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan elektron davlat xizmatlari haqida xabardor qilish imkonini beradi. 21. Elektron davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha so‘rovlarni qabul qilish va ularga javob yuborish davlat organining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Bunda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari xizmatni ko‘rsatish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan mustaqil ravishda oladi. Elektron davlat xizmati ko‘rsatish uchun so‘rovni ko‘rib chiqish va qayta ishlash, uni ko‘rsatish natijasini saqlash idoralararo va idoraviy axborot tizimlaridan, shu jumladan axborot resurslari va ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. 22. Davlat organining shaxsiy kabineti elektron davlat xizmati ko‘rsatishda kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va taqdim etish imkoniyati orqali davlat organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan kelib tushgan so‘rovlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. 23. Davlat organining kabinetidan foydalanish huquqi vakolatli mansabdor shaxsga mazkur davlat organi rahbarining rasmiy so‘rovi asosida Vazirlik tomonidan taqdim etiladi. Davlat organining rasmiy so‘rovida Yagona identifikatsiyalash tizimi ro‘yxatidan o‘tgan elektron davlat xizmati ko‘rsatish uchun davlat organi vakolatli mansabdor shaxslari haqida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: a) vakolatli mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; b) egallab turgan lavozimi; v) foydalanuvchiga Yagona identifikatsiyalash tizimida identifikatsiyalash uchun berilgan ma’lumotlar. 24. Davlat organlarining elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari elektron hukumatning infratuzilmasi bilan integratsiyalashgan va qonunchilikda belgilangan talablarga mos bo‘lishi kerak. 25. Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda, uni ko‘rsatish natijasi ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha shakllantiriladi va taqdim etiladi. 26. Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlar shaklidagi elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish natijalari davlat organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda qog‘oz manbada beriladigan hujjatlarga tenglashtiriladi. 27. Ariza beruvchi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha so‘rovini ko‘rib chiqish natijasi to‘g‘risidagi javobni olish shaklini tanlash huquqiga ega. Agar ariza beruvchi so‘rovda javobni qog‘oz manbada yuborish talabini ko‘rsatgan bo‘lsa, davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasi jismoniy shaxs xohishiga ko‘ra doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatda turgan pochta manzilidagi joyiga, yuridik shaxsga esa — pochta manziliga muvofiq joylashgan joyiga yuboriladi. 28. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish natijalari davlat organlaridan elektron hujjat shaklida olingan ma’lumotlar asosida ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi. 29. Ariza beruvchi Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatni qog‘oz nusxasini ariza beruvchining shaxsiy kabineti orqali olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 30. Elektron hujjatlarning qog‘ozli manbadagi nusxalari davlat xizmatlari olish uchun an’anaviy so‘rovda ularni ariza beruvchilar tomonidan taqdim etish uchun mo‘ljallangan (shaxsan kelib, pochta yoki faksimil aloqa orqali). 31. Davlat organlari Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatni Elektron hujjatlar repozitoriysining rasmiy veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR–kodni skaner qilish yo‘li bilan ariza beruvchilardan olingan elektron hujjatlarning qog‘ozli manbadagi nusxalarining haqiqiyligini tekshirish va ular bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 32. Davlat organlari idoraviy axborot tizimlaridan va ma’lumotlar bazalaridan taqdim etiladigan axborotning haqiqiyligi va dolzarbligini ta’minlaydi. 33. Vazirlik Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlardagi axborotning buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi va idoraviy axborot tizimlaridan olingan elektron shakldagi axborotning muvofiqligini ta’minlaydi. 34. Elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qat’iyan taqiqlanadi. 35. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 36. Davlat organlarining rahbarlari elektron xizmatlar ko‘rsatilishini asossiz rad etish va ularning sifatsiz taqdim etilishi uchun javobgar hisoblanadi. 37. Ariza beruvchilar noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganliklari, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun tuhmat va haqoratlardan iborat so‘rovlar berganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali to‘g‘risidagi nizomda: a) 6-bandning birinchi xatboshidagi “rahbar yoki rahbar tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa shaxs” so‘zlari “mansabdor shaxslar, davlat organining rahbarlari yoki o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa vakolatli shaxs” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 10-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Portalga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam berish”; v) 11-bandning uchinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 13-banddagi “tegishli” so‘zidan keyin “manbalari bo‘lmish” so‘zlari qo‘shilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 8-son, 50-modda.), shuningdek qarorga 2-ilova. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining davlat axborot resurslarini hamda interaktiv davlat xizmatlarini hisobga olishni takomillashtirishga oid ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 20-avgustdagi 239-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 8-son, 61- modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 38-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 3-son, 12-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qaroriga 3-ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 6-son, 25-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 1-fevraldagi 24-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 2-son, 3-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 87-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 11-son, 79-modda). 7. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 12-son, 95-modda). 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 5-son, 34-modda). 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 55-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 9-son, 64-modda). 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 7-son, 73-modda). 11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 3-son, 22-modda). 12. Vazirlar Mahkamasining ““Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 6-son, 47-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
10Qonunchilik
«Borussiya» «Real» bilan uchrashuvda YeChL rekordini qayd etdi Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Marko Roysning YeChL guruh bosqichi 6-turidagi «Real»ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:2) urgan goli nemislar jamoasi uchun ushbu bosqichdagi 21-golga aylandi. Shu tariqa, «Borussiya» Chempionlar ligasining guruh bosqichida urilgan gollar bo‘yicha rekord o‘rnatdi. «Borussiya» avvalgi turlarda «Legiya»ni 6:0 va 8:4, «Sporting»ni 2:1 va 1:0 hisoblarida yenggan, «Real» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Ma'lumot uchun, «Real» (2013/14-mavsum), «Barselona» (2011/12-mavsum, 2016/17-mavsum) va «Manchester Yunayted» (1998/99-mavsum) klublari bitta bosqichda 20 gol urib bir xilda eng yaxshi natijalarni qayd etib turishgandi.
13Sport
Ukrainada aviahalokatga uchragan Boeing tergov ishlarining natijalari 9 sentyabr e`lon qilinadi Ukraina hududida aviahalokatga uchragan Boeing tergov ishlarining ilk natijalari 9 sentyabr kuni e`lon qilinadi. Bu haqda Gollandiya xavfsizlik kengashi ma`lumotiga asoslanib “ITAR-TASS” agentligi xabar beradi. “Dastlabki hisobot soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 13:00 da)  taqdim etiladi”,-deyiladi xabarda. “Hisobotda asosli manbalardan olingan faktlar keltiriladi. Tergovni davom ettirish hamda yakuniy hisobotni tuzib chiqish uchun bir necha oy kerak bo`ladi. Xavfsizlik kengashi bir yil ichida yakuniy hisobotni taqdim etishga umid qilmoqda”,-deb qayd qilib o`tilgan hujjatda. Eslatib o`tamiz,  Ukraina hududida qulagan Malayziya layneri urib tushirilgan bo`lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Amsterdam-Kuala-Lumpur reysi bo`yicha uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 17 iyul kuni Ukrainaning Donesk  viloyatida qulagan.  Layner bortida bo`lgan barcha 298 kishi halok bo`lgan.
2Dunyo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti AQSHning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar boʻyicha elchisini qabul qildi 18.09.2018 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan AQSHning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi Samuel Braunbekni qabul qildi. Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Joriy yil may oyida Vashington shahrida boʻlib oʻtgan, Oʻzbekiston – AQSH strategik sherikligida yangi davrni boshlab bergan oliy darajadagi muzokaralar natijalari yuksak baholandi. Oʻzbekiston inson salohiyatini rivojlantirish, shu jumladan, diniy erkinlik va konfessiyalararo totuvlikni taʼminlash sohasidagi konstruktiv muloqotga muhim ahamiyat qaratayotgani qayd etildi. Prezidentimiz Oʻzbekistonning din sohasidagi siyosati barcha konfessiya vakillari uchun teng sharoitlar yaratishga asoslanganini taʼkidladi. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida diniy-maʼrifiy sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish borasida aniq choralar koʻrildi. Bagʻrikenglik, mehr-oqibat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, bilimga intilish kabi xalqimiz mentalitetining maʼnaviy-ahloqiy asoslarini saqlash va boyitish, dinga aloqador madaniy merosni asrab-avaylash boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi. Oʻzbekiston barchaning taʼlim olishiga keng imkoniyat yaratish, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, vijdon va din erkinligi hamda eʼtiqod qiluvchilarning boshqa huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” nomli BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. Samuel Braunbek samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, AQSH Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli oʻzgarishlarni yuqori baholashi va qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi. Mamlakatimiz diniy erkinlik va inson huquqlarini taʼminlashda katta muvaffaqiyatlarga erishgani alohida qayd etildi. Tomonlar Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi koʻp qirrali, xususan, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, bagʻrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni taʼminlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekani bildirildi.
12Siyosat
La Liga. Rakitichning goli «Barselona»ni yana peshqadamga aylantirdi Ispaniya La Ligasi 31-turi doirasida «Barselona» «Kamp Nou»da Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qildi. Uchrashuvning 64-daqiqasida Buskets o‘rniga maydonga tushgan Ivan Rakitich 7 daqiqa o‘tib hisobni ochdi. Jarima maydoni ichida Messidan to‘pni qabul qilib olgan xorvatiyalik yarimhimoyachi Unai Simon darvozasini nishonga oldi - 1:0. Yakunda ushbu minimal hisob Kataloniya klubiga g‘alaba keltirdi. 31-turdan keyin ochkolari sonini 68taga yetkazgan «Barsa» hozircha yana peshqadamga aylanib oldi.  Bungacha karvonboshchilik qilayotgan «Real» 24 iyun chorshanba kuni o‘z maydonida «Malorka»ni qabul qiladi. La Liga. 31-tur Barselona – Atletik 1:0 Gol: 1:0 – 71 Rakitich. Barselona – ter Stegen, Alba, Semedu, Langle, Pike, Buskets (Rakitich, 64), Vidal, Artur (Puch, 56), Suares (Breytueyt, 85), Grizmann (Fati, 65), Messi. Atletik – Unai Simon, Balensiaga, De Markos, Yyeray Alvares, Lekue (Kapa, 69), Unai Lopes (Dani Garsiya, 57), Vesga, Kordoba (Muniain, 57), Sanset (Raul Garsiya, 78), Nunes, Uilyams (Vilyalibre, 69).
13Sport
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish 700dan oshdi «2022 yil 12 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 202473 (+714) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda. Toshkent shahrida kunlik o‘sish 400ga yaqinlashgan, O‘zbekistonda so‘nggi marta kunlik holatlar soni 700dan yuqori bo‘lishi 2021 yil 2 sentyabrida (+736) kuzatilgandi. So‘nggi 8 kunda kunlik kasallanishlar soni tezlik bilan ko‘paydi: 5 yanvar — 146 ta; 6 yanvar — 251 ta; 7 yanvar — 214 ta; 8 yanvar — 369 ta; 9 yanvar — 389 ta; 10 yanvar — 425 ta; 11 yanvar — 604 ta; 12 yanvar — 714 ta. Yangi kasallanish holatlarining: Kecha kun davomida: Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1508 nafarni tashkil qildi. «Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi omikron shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir. Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda omikron shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda OITS bilan kasallanganlar soni 45 mingga yetgani ma’lum qilindi O‘zbekistonda OITS (SPID) bilan kasallangan fuqarolarning umumiy soni 45 ming nafarga yetdi, deb xabar berdi O‘zA. Respublika bo‘yicha kasallikka chalinganlarning: Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida ichki migratsiya hamda aholi sonining ko‘pligi hisobiga OITS bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqori. Respublika OITSga qarshi kurashish markazi qoshidagi maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra, OITS 3 ta yo‘l, jinsiy, parentral va vertikal yo‘llar orqali bir odamdan ikkinchi odamga yuqadi. Shuningdek, hozirda bu kasallik ko‘proq erkaklar orasida uchraydi. Bunga sabab so‘nggi yillarda erkaklarning xorijga ishlashga borib, u yerda noto‘g‘ri turmush tarziga berilishi, ya’ni jinsiy aloqa yo‘llari orqali OITSni yuqtirib olishi ko‘paygani ekanligi aytilgan. «Ular vatanga, oilasiga qaytganlaridan so‘ng ayoliga yuqtirishadi. O‘zida OITS borligini bilmagan ayol farzandiga yuqtirish ehtimoli aniqlanmoqda», — dedi shifokor Farrux Hamroyev. Shu bilan birga shifokor kasallikning ilk belgilari tana haroratining ko‘tarilishi bilan boshlanishini, agar o‘sha holatda OITS aniqlansa, unga qarshi kurashish oson bo‘lishini ta’kidladi. «Aniqlangan holatdan keyin ham davolanmasa, dispanser nazoratida turmasa 5 yildan so‘ng o‘zining har xil oqibatlarini sezdira boshlaydi. Immunitet tushganidan so‘ng har xil kasalliklar — birdaniga ozib ketish, besabab ich ketish, tez-tez shamollash, o‘pka yallig‘lanishi, ya’ni pnevmoniya, sil kasalliklari, har xil gerpes toshmalar toshishi mumkin», — dedi shifokor Nafisa Rahimova. Kasallikning bir odamdan ikkinchi odamga yuqishi sabablari o‘rganilganda, «tibbiy va notibbiy muolajalar ham ahamiyatga egaligi, kesuvchi yoki sanchuvchi jihozlar ishlatilishi natijasida yuqish holatlari uchrashi» keltirilgan. Go‘zallik salonlarida yoki stomatologlarda gigiyenaga amal qiladigani ham, qilmaydigani ham bor, — dedi Nafisa Rahimova. — Chunki spirt bilan artgan bilan bu infeksiyani o‘ldirib bo‘lmaydi. Xususan, go‘zallik salonlarida amalga oshiriladigan tatuaj, tatuirovka, persilga o‘xshagan notibbiy amaliyotlarida bemor odamga ishlatilgan kesuvchi jihoz stirillanmasdan boshqa odamga foydalanilsa, kasallik yuqishi uchun sharoit yaratib beradi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, barcha nikohlanuvchi yoshlar majburiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi belgilangan. Shu vaqtda nikohlanuvchi insonlarni bemorlar va sog‘lomlar guruhiga ajratib olish oson bo‘ladi. «Lekin so‘nggi yillarda qonuniy nikohdan o‘tmasdan, shar’iy nikoh orqali, ikkinchi, uchinchi oila qurish holatlari ham uchrab turibdi. Misol uchun, beva ayol boshqa erkak bilan ikkinchi, ya’ni qo‘shxotinlik tarzida oila qurganida tibbiy ko‘rik natijalari bo‘lmaydi. Ularni ORVI statuslari noma’lum bo‘ladi. Natijada sog‘lom odamga bemordan jinsiy yo‘l bilan yuqish holatlari oshib boryapti. Bu ham OITSning tarqalishiga sabab bo‘layotgan omillardan», — dedi Farrux Hamroyev. OITS aniqlangan har bir bemorga kasallik oqibatlari, uni boshqalarga yuqtirmaslik uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlari haqida tavsiya beriladi. Ta’kidlanishicha, bunday bemorlar soqol, tirnoq oluvchi uskunalardan alohida foydalanishlari kerak. Oila a’zolari va boshqa shaxslar bundan foydalanishi mumkin emas. Lekin boshqa shaxslarga qasddan yuqtirish holatlari bo‘lsa, unga nisbatan javobsharlik belgilangan. Ma’lumot uchun Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, agar shaxs o‘zida OITS infeksiyasi borligini bila-turib o‘zga shaxsga kasallikni yuqtirsa yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirsa, unga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu BHMning 59 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishi, yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishga sabab bo‘lishi mumkin. Avvalroq, Buxoroda ayol qariyb 40 kishiga OITS yuqtirgani uchun 6,5 yilga qamalgani haqida yozgandik.
5Jamiyat
Paxtachi tumani hokimligi o‘z joniga qasd qilgan fermer yigit haqidagi xabarga munosabat bildirdi 30-yanvar kuni qator OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “20 yashar fermer yigit uyi molxonasida osilgan holda topildi” maqolasiga Samarqand viloyat Paxtachi tuman hokimligi munosabat bildirdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda. Qayd etilishicha, tuman hokimligi, huquq-tartibot idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, Istiqbol mahallasi faollari 2019-yilning 28-yanvar kuni o‘z joniga qasd qilgan O.N.ning xonadonida bo‘lib, uning oila a’zolaridan hol so‘ragan. Mahalla faollari ushbu oila tinch-totuv yashagani, uyda hech qanday janjal bo‘lmagani, ro‘zg‘orda iqtisodiy yetishmovchilik mavjud emasligini ta’kidlagan. Ular ixtiyorida 26 sotix yer maydoni bo‘lib, shundan 8 sotixida issiqxona barpo etilgan. Oila uchun daromad yetarli bo‘lgan. Marhum fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanmagan va hech bir fermer xo‘jaligida ham ishlamagan. U onasi  va akasi bilan Navoiy shahridagi mebel do‘konida yollanma ishchi bo‘lib ishlab kelgan.
8O‘zbekiston
Toshkentda o`tkazilgan ommaviy qabullar natijalari qanday? Davlatimiz rahbari topshirig`iga asosan tuzilgan o`ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlaridan tashil topgan Respublika ishchi guruhining Toshkent shahridagi uch kunlik ommaviy qabullari ham bir haqiqatni yana bir bor isbotladi: hayot davom etar ekan, inson bor ekan, murojaatlar bo`lishi tabiiy va Prezidentimiz asos solgan xalq bilan muloqot tizimi bois ko`plab insonlarni ancha vaqtdan beri o`ylantirib kelayotgan masalalarga echim topilmoqda. “Ommaviy qabullar uch oyligi” doirasida Sergeli, Chilonzor, Yunusobod tumanlarida tashkil qilingan ochiq-jonli muloqotlar maydonida o`ttizga yaqin vazirlik, qo`mita va respublika tashkilotlari rahbarlari qariyb 2 ming 270 ta masalani ko`rib chiqqan bo`lsa, deyarli har uch masaladan bittasi joyida hal qilindi. Ichki ishlar vazirligi mas`ullari ko`rib chiqqan 265 ta murojaatning 137 tasi shu erda hal qilib berildi. Aytaylik, 2013 yili ichki ishlar tizimidan ishdan bo`shatilgan Jasur Rahimov sud-huquq sohalarida amalga oshirilgan islohotlar tufayli huquqiy maydonda o`zining haqligini isbotlashga erishdi. Avval tashkil qilingan xuddi shunday ommaviy qabullardagi murojaatidan so`ng uning ishi Oliy sudda ko`rilib, oqlov hukmi chiqarilgan edi. Bu galgi muloqotlar maydonidagi murojaatidan so`ng esa Jasur Rahimov ichki ishlar tizimiga ishga qabul qilindi. Oradagi 9 yillik uzilish uning ham xizmat muddatiga qo`shildi. Bu jarayonda yashnobodlik sobiq ichki ishlar xodimi Narimon Bekqulovning ham ko`p yillik masalasiga echim topildi. Ancha yil muqaddam ishdan tashqari vaqtda katta janjalning oldini olishga harakat qilib, buning oqibatida og`ir tan jarohati ham olgan kapitan Bekqulov batafsil tekshiruvlarsiz ishdan bo`shatilgan ekan. Biroq bunda uning aybdor emas, aslida jabrlanuvchi ekani inobatga olinmagan. Ommaviy qabuldagi murojaatidan so`ng Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bu ishni tezkor va batafsil o`rgangach, Narimon Bekqulovni ichki ishlar tizimiga ishga tiklaydigan bo`ldi. Yakkasaroylik Karina Pankratovaning Bosh prokuratura mas`ullariga aytishicha, poytaxtimizdagi qurilish korxonalaridan biri ular yashayotgan Yakkasaroy tumani Mirobod ko`chasidagi hududda qurilish qilmoqchi, biroq bu maydon aslida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirib berilgan. Bu masala Toshkent tumanlararo ma`muriy sudida ko`rilgan va aholi foydasiga hal qiluv qarori chiqarilgan, Toshkent shahar ma`muriy sudi appelyasiya instansiyasi esa bu qarorni bekor qilgan. Karina opa va mahalladoshlari bu masalani har tomonlama chuqur, batafsil o`rganishni va Yakkasaroy tumani qurilish bo`limining bu boradagi ruxsatnomasini haqiqiy emas deb topishni so`ramoqda. Ularning bu boradagi murojaatlari asosida Toshkent shahar prokuraturasi Toshkent shahar ma`muriy sudi appelyasiya instansiyasining  qarorini bekor qilish bo`yicha protest keltirdi. Karina Pankratova mas`ullarga mazkur protest uchun minnatdorlik bildirarkan, bu masalani yana bir marta nazoratga olishni so`radi. Ushbu protest asosida mazkur nizoli masala yaqinda Oliy sudda tomonlar va prokuratura vakillari ishtirokida qonuniy-adolatli ko`rib chiqiladigan bo`ldi. Muloqotlar asnosida Dilorom Imomboevaning sud hukmiga nisbatan protest keltirish, Elmurod Boyxonovning ish haqini undirish yuzasidan sud qarorini ijro qildirish, Muqaddas Sharipovaning tergovda qonuniylikni ta`minlash singari o`rganish va muddat talab qiladigan jami 176 ta masala Bosh prokuratura nazoratiga olindi. Chilonzorlik tadbirkor Abduraim Alimov avtomashinalar uchun import o`rnini bosuvchi yon oynalar ishlab chiqaradi, 40 nafar kishini doimiy ish bilan ta`minlagan. Yaqinda tadbirkor aylanma mablag`dan qiynalib, buyurtmalarni etkazib bera olmay qolgan. Ayni shu masalaga echim izlab kelgan tadbirkorga Toshkent shahar 2-sektori ko`magi bilan 200 ming dollar kredit ajratilgani yana bir korxonaning barqaror ishlab ketishiga katta yordam bo`ldi. Qabullardagi xuddi shunday murojaatlar asosida Ozoda Toyirovaga aliment undirib berilgan bo`lsa, Muzaffar Haydarovning kreditdan yuzaga kelgan noreal qarzdorligi bartaraf etib berildi. Mamlakatimizda inson qadrini ulug`lash, har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta`minlash yo`lidagi islohotlar natijasida yashnobodlik Aziza Ashurovaning ham 2004 yili auksion orqali sotib olgan 6 sotix er maydonida uy-joy qurish bo`yicha loyihani tasdiqlatish bilan bog`liq 18 yillik masalasi Qurilish vazirligi mas`ullari bilan muloqotdan so`ng hal qilindi. Ayolning uy-joy barpo qilishga oid loyihasi tasdiqlanib, qurilishga ruxsat berildi. Umuman, Qurilish vazirligi mas`ullari bilan muloqotlardan so`ng shu singari 33 ta masala joyida hal qilindi. Chilonzorlik Baxtiyor Xo`jaev esa Prezident Xalq qabulxonasiga murojaatidan so`ng 12 yil deganda doimiy foydalanish huquqi asosida turar-joy bilan ta`minlandi. Davlat soliq qo`mitasi mas`ullariga murojaatdan so`ng uchtepalik tadbirkor Muxlisa Akramovaga ortiqcha hisoblangan qo`shimcha qiymat solig`i qaytariladigan bo`ldi. Bir so`z bilan aytganda, davlatimiz rahbari topshirig`i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Toshkent shahridagi ommaviy qabullarida 2 ming 212 ta masala ko`rib chiqilib, ularning 725 tasi joyida hal qilindi. 484 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo`lsa, qolgan mingdan ziyod masalani hal qilish bo`yicha aniq muddat va mas`ullar belgilanib, Prezident Administrasiyasi va Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olindi.
5Jamiyat
Toshkent metrosidagi ba’zi bekatlarda kechki payt vestibullardan biri yopilishiga yo‘lovchilarning kamligi sabab Toshkent metrosining ba’zi bekatlarida kechqurun soat 19:00 dan keyin ikkita vestibulning biri yopiladi. Xalqaro press-klubning 9-avgustda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ana shu masala o‘rtaga tashlandi. Savolga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari va “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining rahbari Oybek Xudoyqulov javob berdi. Oybek Xudoyqulov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Uning so‘zlariga ko‘ra, vestibullardan birining 19:00 dan keyin yopilishiga yo‘lovchilar oqimining kamaygani sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda Toshkent metrosidan bir sutkada 200 ming kishi foydalanmoqda. “Yunusobod yo‘nalishining ikkita bekati va Sergeli yo‘nalishi qurib bitkazilgach yo‘lovchilar sonining 50 foizga ko‘payishi, ya’ni 300 ming kishiga yetishi kutilmoqda”, — deb qo‘shimcha qildi Oybek Xudoyqulov. “Olmazor”, “Beruniy”, “Paxtakor” kabi bekatlar yaqinidagi avtobuslarning oxirgi bekatlari olib tashlanishi oqibatida metro yo‘lovchilari soni kamaya boshladi. Natijda 2014-yilni 14 milliard so‘m, 2015-yilni 10 milliard so‘m ziyon bilan yakunladik. Yuzaga kelgan qiyin vaziyatni bartaraf qilish va metropolitenning ahvolini yaxshilash maqsadida 2016-yildagi Prezident qarori bilan Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibiga o‘tkazildi. Oybek Xudoyqulov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari “Metropoliten yo‘lovchilarini ko‘paytirish maqsadida “Toshshahartransxizmat” bilan hamkorlikda metro yo‘nalishlarini takrorlovchi avtobus yo‘nalishlarini qisqartirish borasida ishlar olib boryapmiz”, — dedi Oybek Xudoyqulov.
8O‘zbekiston
«Oriyent Finans» bankdan «Uyda qoling» aksiyasi Endi siz bankning www.ofb.uz sayti orqali onlayn tarzda quyidagi plastik kartalarga buyurtma berishingiz mumkin: Kartalar sterillangan maxsus konvertlarda to‘g‘ri uyingizga BePUL yetkazib beriladi. Aksiya Toshkent (barcha turdagi kartalar) va Samarqand (faqat UZCARD) shaharlarida o‘tkaziladi. Buyurtmani qanday rasmiylashtirish mumkin? Kartangizni OFB24 ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazib, quyidagi amallarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lasiz: Ma'lumot uchun telefon: +998 71 200-88-99 Batafsil ma'lumotni quyidagi manzillardan olishingiz mumkin: Sayt: ofb.uz/about/card-rules Instagram: @orientfinansbank
5Jamiyat
Pochta orqali qorako‘l terisi, gilza va narkotik moddalar jo‘natilishi oldi olindi Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari qator bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bergan. Xususan, poytaxtda istiqomat qiluvchi B.D. nomiga Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, ov qurollari uchun mo‘ljallangan salkam 9 kg. og‘irlikdagi 1250 dona bo‘sh gilzalar yuborilganligi aniqlandi. Oradan 10 kun o‘tmay xuddi shu manzildan pochta jo‘natmasi orqali yana ushbu fuqaroga 9 kg.dan ortiq og‘irlikdagi 1300 dona bo‘sh gilzalar yuborilgan. Shuningdek, ushbu postda pochta jo‘natmasi orqali giyohvandlik vositalarini jo‘natish holati ham fosh qilindi. Gollandiyadan Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Q.Q. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasini ko‘zdan kechirish davomida bojxonachilar ushbu jo‘natmada 10 gr.ga yaqin marixuana va gashish narkotik moddalari yuborilganligi aniqlandi. Amaldagi tartiblarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish taqiqlangan. Xalqaro pochta ittifoqi a'zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasida ham Xalqaro pochta Konventsiyasi talablariga muvofiq, jo‘natilayotgan pochta jo‘natmalari bo‘yicha CN 22 yoki CN 23 shaklidagi bojxona deklaratsiyalari to‘ldiriladi va unda jo‘natmada yuborilayotgan barcha tovarlarning nomlari qayd qilinishi belgilab qo‘yilgan. Ammo, ayrim shaxslarning tovarlarni noto‘g‘ri deklaratsiyalash, ya'ni tovarlar haqida noto‘g‘ri ma'lumotlar berishga uringani fosh bo‘ldi. Jumladan, Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi A.N. Rossiya Federatsiyasiga yuborayotgan pochta jo‘natmasidagi tovarlarni deklaratsiyada ayollar kurtkasi deb qayd etadi. Ammo, pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda kurtka o‘rniga qiymati 4,8 mln. so‘mlik 24 dona qorako‘l terilari yuborilganligi fosh bo‘ldi. Xuddi shunday yana bir holatda esa buxorolik N.S. Ukrainaga qiymati 11 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan 56 dona qorako‘l terilarini deklaratsiyada go‘yoki erkaklar kurtkasi sifatida ko‘rsatib, jo‘natmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi U.A. esa qorako‘l terilarini pochta orqali noqonuniy ravishda olib chiqishning g‘ayroddiy usulini “kashf” qildi. Deklaratsiyaga muvofiq, ushbu shaxs tomonidan pochta jo‘natmasida Rossiyaga ko‘rpa yuborilayotgan edi. Ammo, ko‘rpa astari orasiga paxta qavish o‘rniga, qiymati 6 mln. so‘mlik 30 dona qorako‘l terilari joylashtirilgan ekan. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda. Joriy yilning sakkiz oyi davomida Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan 130 ta qonunbuzarlik holatlarida qiymati 1 mlrd. 361 mln so‘m bo‘lgan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
5Jamiyat
Hukumat tarkibiy bo‘linmalarining ba'zi rahbarlari lavozimidan ozod qilindi Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalarining rahbar xodimlarini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat bilan Zafar Zoirovich Saidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimidan; Muzaffar Rahimjonovich Rasulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimidan ozod qilindilar. Bildirilishicha, 3.Saidov va M.Rasulovlarning avvalgi lavozimi bo‘yicha belgilangan tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari saqlab qolinadi. Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 26 mart kuni ushbu qarorni imzoladi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida bosh vazir o‘rinbosarlari - iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha komplekslari rahbarlari lavozimlari, shuningdek ularning apparatlari (kotibiyat), komplekslari, tarmoqlari, sohalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentlari tugatilgan. Ushbu qarorning 1-ilovasiga ko‘ra, sohalar bo‘yicha kotibiyatlar tashkil etilishi va xodimlarning cheklangan 178 nafari tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan edi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lsa-da, boshqa mamlakatlar sharafini himoya qilishga qaror qilgan tennischilar Denis Istomin bugungi kunda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi hisoblanadi. Aslida u Orenburgda tavallud topgan va keyinchalik O‘zbekiston fuqaroligini qo‘lga kiritgan. “Olamsport” nashrida aksincha, O‘zbekistonda tug‘ilib, keyinchalik faoliyatini boshqa mamlakatlarda davom ettirishga qaror qilgan sportchilar borasida maqola chop etildi. Muallif Xusniddin Mirzaliyev bunda to‘rt nafar raketka ustasiga e’tibor qaratib o‘tgan. Lepchenko Varvara Petrovna 1986-yilning 21-may kuni Toshkentda tug‘ilgan. U Butrus hamda Larisa Lepchenkolar oilasida dunyoga kelgan, Jane ismli singlisi ham bor. Toshkentlik tennischi yetti yoshidan tennis o‘ynashni boshladi. Faoliyatining dastlabki yillarida Varvara O‘zbekistondagi xalqaro musobaqalarda qatnashdi. Biroq federatsiya bilan ziddiyat tufayli, u keyinchalik o‘z chiqishlarini to‘xtatdi. 2000-yildan buyon Lepchenko AQShning Nyu-York shahrida doimiy yashaydi. 2007-yilning 17-sentabridan esa AQSh bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etishga harakat qildi. 2011-yilga kelib Varvara AQSh fuqaroligini qo‘lga kiritgan bo‘lib, shundan so‘ng u rasman amerikalik raketka ustasi sifatida turnirlarda tanishtirila boshlandi. Varvara faoliyati davomida 10 dan ortiq ITF musobaqalarida g‘alaba qozongan. Bir marta WTA turnirida finaligacha yetib borgan. U TOP-100’ning doimiy a’zolaridan biri. Lepchenkoning reytingdagi eng yuqori ko‘rsatkichi 2012-yilning 10-oktabriga to‘g‘ri keladi. O‘shanda tennischi 19-o‘ringacha ko‘tarila olgandi. Hozirgi esa 63-pog‘onadan joy olgan. Bu tennischining asl ismi Hamdamov Marsel Qahhorovich. U 1987-yil 11-iyun kuni Samarqandda tug‘ilgan. Ayni vaqtda Turkiya sharafini himoya qiladi. Marsel — Qahhor hamda Mariya Hamdamovalarning yagona o‘g‘lidir. U 6 yoshidan boshlab Samqaranddagi sport maktabida tennis bilan shug‘ullandi. 2006-yilning kuzida familiyasini Ilhan deb o‘zgartirdi va Turkiya bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok eta boshladi. Hozirda Istanbul shahrida yashaydi. Ilhan shu kunga qadar chellenjerning 4 ta musobaqasida, fyuchers turkumiga kiruvchi musobaqalarning yakkalikda 18 tasida, juftlik bellashuvlarida esa 2 marta g‘alaba nashidasini surgan. Reytingdagi eng yuqori cho‘qqisi 2015-yilning 2-martiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Marsel 77-o‘ringacha ko‘tarila olgandi. Shundan so‘ng sportchini ketma-ket jarohatlar bezovta qila boshladi. Hozirgi vaqtda 305-pog‘onani egallab turibdi. 1989-yilning 14-martida O‘zbekistonda tug‘ilgan Vlada Yakshibarova professional faoliyatini 2003-yilda boshlagan va 2016-yilgacha O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. Tennischiga Dror Divish hamda otasi Kostya Miller murabbiylik qilardi. U 2016-yildan buyon Isroil sharafini himoya qilmoqda. Faoliyati davomida ITF turkumiga kiruvchi musobaqalarning 20 tasida g‘olib chiqqan. Shulardan 8 tasida Vlada yakkalikda, 12 marotabasida juftlikda zafar quchgan. Reytingdagi eng yuqori natijasi 2008-yilning 14-iyuliga to‘g‘ri keladi —352-o‘rin. Faoliyati davomida Vlada Turkiya, Isroil, Tailand, Qozog‘iston kabi davlatlar mezbonligida o‘tgan musobaqalarni yutgan. Yuqoridagi tennischilar orasiga Gleb Saxarovni ham qisman qo‘shsak bo‘ladi, deb yozgan muallif. U 1988-yilning 10-iyunida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Biroq o‘smirlik davrida Fransiyaga ko‘chib o‘tgan. Hozir Fransiya fuqarosi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston uchun xalqaro musobaqalarda umuman ishtirok etmagan. Gleb faoliyati davomida fyuchers turkumiga kiruvchi musobaqalarning yakkaligida 10 marta, juftligida 9 marta zafar quchgan. Bu mavsum Gleb uchun ayniqsa omadli kelib, u 13-noyabr kungi reytingga ko‘ra, o‘zi uchun eng yuqori bo‘lgan 155-o‘ringacha ko‘tarildi.
13Sport
RPL. Shomurodov gol urgan o‘yinda “Rostov” durang qayd etdi (video) Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 20-turida “Rostov” 29-fevral, shanba kuni “Axmat” bilan bahs yuritdi. “Axmat Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanladi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Eldor Shomurodov jamoasining pozitsion hujumini gol bilan yakunladi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Odise Roshi penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi. Valeriy Karpin shogirdlari ochkolarini 35 taga yetkazib olgan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Axmat” (20) esa 12-o‘rinda bormoqda. Turning markaziy uchrashuvida “Zenit” va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Mazkur bahsda nursiz durang qayd etildi. RPL 20-tur bahslari 29-fevral, shanba Gollar: 0:1 – 72 Bikfalvi, 1:1 – 90 Fernandes. Gollar: 0:1 – 29 Bakayev, 0:2 – 62 Zobnin. Gollar: 0:1 – 45 Shomurodov, 1:1 – 49, penalti Roshi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Olimlar Eynshteyn bashorat qilgan gravitatsiya to‘lqinlarini qayd etdi Olimlar gravitatsiya to‘lqinlarini qayd etdi. Ularni Albert Eynshteyn bashorat qilganiga qaramay, to‘lqinlar mavjudligi tajriba orqali endi isbotlandi, deya xabar bermoqda Meduza Vashingtondagi matbuot anjumaniga tayanib. Aniqlashga erishilgan to‘lqinlar manbasi Yerdan milliard yorug‘lik yili masofasidagi ikkita qora tuynukning o‘zaro tutashishi bo‘lib chiqdi. To‘lqinlar tadqiqotda qatnashgan ikkala observatoriyada ham qayd etildi. Olimlar qora tuynuklar qo‘shilishidan chiqqan tovushni yozib olishga muvaffaq bo‘ldi. Tutashish natijasida ajralib chiqqan energiya qiymati uchta Quyoshga tengdir. Nashr hodisani sodda tarzda tushuntirib berdi. 1,2 milliard yil avval olis galaktikada ikkita qora tuynuk bir-biri atrofida aylangan. Ularning yirikrog‘i massasiga ko‘ra 36 ta Quyoshga, kichikrog‘i — 29 ta Quyoshga teng bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan tuynuklar o‘zaro yaqinlashib va tezlashib borgan, oxir-oqibat bitta ulkan qora tuynukka birlashgan. Shu lahzada barcha tomonlarga yorug‘lik tezligida gravitatsiya to‘lqinlari tarqala boshlagan. Biroq ular asta-sekin so‘nib borgan, Yerga yaqinlashganida esa ularni sayyoradagi boshqa vibratsiyalardan ajratib bo‘lmay qolgan. Gravitatsiya to‘lqinlarini tutish uchun bir-biridan taxminan uch ming kilometr uzoqlikda ikkita observatoriya qurildi. Ulardagi uskunalar o‘ta darajada ta’sirchanligi natijasida, to‘lqinlarni tutishga muvaffaq bo‘lindi. Quyidagi videoda esa gravitatsiya to‘lqinlari haqida tushuncha berilgan:
2Dunyo
Asensio «Real»ning yubiley golini urdi Ispaniya chempionatining 24-turida «Betis» Madridning «Real» klubini qabul qildi. Sevilyadagi «Benito Vilyamarin» stadionida kechgan uchrashuv 5:3 hisobida mehmonlar jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Mezbonlar safida Ayssa Mandi, Serxio Leon gollarga muallif bo‘ldi, shuningdek, madridliklar jamoasi himoyachisi Nacho avtogol urdi. «Real» safida Marko Asensio dubl qayd etdi, Serxio Ramos, Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema bittadan gol urishdi. Asensioning ikkinchi goli madridliklar jamoasining Ispaniya Primerasi o‘yinlaridagi yubiley 6000-goli bo‘ldi. Kuchli beshlikda faqat «Everton» (6961), «Arsenal» (6769), «Liverpul» (6756), «Aston Villa» (6608) va «MYu» (6430) jamoalari bu dovondan oshgan. «Real» ayni vaqtda 45 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
13Sport
O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki prezidentini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-York shahrida Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashdi.  Davlatimiz rahbari Jahon banki O‘zbekistonning ishonchli va strategik sherigi ekanini alohida ta'kidladi.  Mazkur bank va mamlakatimiz moliya muassasalari o‘rtasida amaliy muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda o‘zaro hamkorlik energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini qamrab olgan.  O‘tgan yili qabul qilingan 2020 yilgacha hamkorlik qo‘shma dasturiga 27 ta muhim loyiha kiritilgan. Ularning umumiy qiymati 4 milliard dollardan iborat bo‘lib, shundan 3 milliard dollari Jahon banki kreditlaridir.  Uchrashuvda mamlakatimizda Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilingani, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.  Xalqaro valyuta jamg‘armasi tavsiyalari asosida valyuta sohasida bozor mexanizmlari joriy etilgani, savdodagi turli to‘siqlar olib tashlangani, ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxshilanayotgani alohida ta'kidlandi.  Prezidentimiz ushbu islohotlarni amalga oshirishda Jahon bankining ulkan tajribasi qo‘l kelishi, O‘zbekiston bank bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini ta'kidladi.  Mamlakatimizda samarali mikromoliyalash tizimini joriy etish, irrigatsiya-drenaj va yo‘l-transport infratuzilmalarini modernizatsiya qilish, agrosanoat kompleksini rivojlantirish va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  Jahon banki prezidenti O‘zbekistonda bank-moliya tizimini takomillashtirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar biznes rivojiga xizmat qilishini ta'kidladi.  Muloqotda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar, istiqbolli loyihalar muhokama etildi.
8O‘zbekiston
“Tolibon” Afg‘onistonning sobiq amaldorlariga zo‘ravonlik qilganlarni qattiq jazolashga va’da berdi “Tolibon” Afg‘oniston sobiq hukumatining harbiylari va amaldorlariga nisbatan zo‘ravonlik qilgan barchani, jumladan, jangarilarini ham qattiq jazolashini e’lon qildi. “Mujohidlar amnistiya to‘g‘risidagi farmonni bajarishga to‘la sodiqdir, sobiq ma’muriyat amaldorlari (“Tolibon”ga nisbatan) avvalgi qarshiliklari tufayli ta’qib qilinmaydi”, — deya ma’lum qilgan “Tolibon” tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdulqahhor Balxiy. “Agar Islom Amirligining biror-bir a’zosi amnistiya to‘g‘risidagi farmonga bo‘ysunmasa, u qonun bo‘yicha jazolanadi”, — deb yozgan Balxiy Twitter’da. Uning so‘zlariga ko‘ra, “har bir voqea chuqur o‘rganiladi, asossiz mish-mishlarni haqiqat sifatida qabul qilmaslik kerak”. Avgust oyida Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon” rahbariyati sobiq hukumat amaldorlariga umumiy amnistiya e’lon qilgandi. Toliblar davlat xizmatchilariga rasmiy murojaat qilib ulardan o‘z ish joylariga qaytishni, huquqlari cheklab qo‘yilishidan xavotirlanmaslikni so‘ragan edi. Tashkilotning rasmiy vakili “Tolibon” a’zolari Kobul ko‘chalarida xavfsizlikni ta’minlashi va sobiq amaldorlarga hujum qilmoqchi bo‘lganlarni hibsga olishini ma’lum qilgan. 30-noyabr kuni Human Rights Watch (HRW) xalqaro inson huquqlari tashkiloti “Tolibon”ning 2,5 oylik hukmronligi davrida — 15-avgustdan 31-oktabrgacha G‘azni, Hilmond, Qandahor va Qunduz viloyatlarida sobiq hukumatning yuzdan ortiq harbiy va xizmatchilari o‘ldirilgani haqida ma’lumot e’lon qilgan.  “Interfaks”ning Baxtar axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, “Tolibon” noqonuniy daraxt kesish va kontrabandaga qarshi kurashish uchun qurolli “kitayi sabz” (“yashil bo‘linma”) maxsus bo‘linmasini yaratishga qaror qilgan. Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi qoshida tashkil etiladigan ushbu bo‘linma qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlanadi. Hokimiyatga kelganidan beri “Tolibon” hukumati noqonuniy daraxt kesish hamda ularni Pokiston va Eronga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tish masalasini bir necha bor ko‘targan.
2Dunyo
Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan qoplab beriladi; vakolatli organlarning 2020-yil 1-yanvardan boshlab berilgan zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlikning buyurtmanomalariga asosan vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qaroriga muvofiq nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplab berilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi eksportga rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali Agentlikka taqdim etib borsin. Agentlik Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portalini bir oy muddatda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi bilan integratsiyalashtirish ishlarini amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Agentlikka Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan foydalanishga ruxsat berish tavsiya qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: vakolatli organlar — “O‘zstandart” agentligining “UzTest” davlat korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, “O‘zbekekpertiza” AJ; eksport qiluvchi tashkilot — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan, mahsulotlarni xorijiy davlatlardagi xaridorlarga eksport shartnomalariga (invoysga) asosan sotuvchi, shuningdek, eksport va (yoki) vositachilik shartnomalariga asosan yuk jo‘natuvchi tadbirkorlik subyekti, shu jumladan, uning vakolatli vakili; meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, dukkakli, yong‘oq, uzum va poliz mahsulotlari, muzlatilgan, quritilgan sabzavot va mevalar (TIF TN bo‘yicha tovar kodi 07, 08, 0904, 1202); to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlari — kalava ip, gazlama va matolar, trikotaj matolar, tikuv va trikotaj buyumlari, gilamlar, paypoqlarning barcha turlari (TIF TN bo‘yicha tovar kodi 5002, 5003 (faqat ipak momig‘i eksporti uchun), 5004 — 5007, 5111 — 5113, 5208 — 5212, 5309 — 5311, 54, 5512 — 5516, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 63); meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlar — muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologik xulosa, fitosanitar sertifikati, tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat. 3. Quyidagi hollarda vakolatli organlar tomonidan berilgan ruxsatnoma va sertifikatlar uchun to‘lovlar eksport qiluvchi tashkilot tomonidan to‘lanadi: vakolatli organlar tomonidan avval berilgan, xarajatlari Agentlik tomonidan qoplab berilgan ruxsatnoma va sertifikatlarni qayta rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar; eksport qiluvchi tashkilot zarur ruxsatnoma va sertifikatlar olingandan keyin uch oy muddat ichida belgilangan mahsulotlar eksport qilinmaganida; vakolatli organlar tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan mahsulotlar bilan birga boshqa bir mahsulotlar uchun ham bitta zarur ruxsatnoma va sertifikat berilganda. 4. Agentlik tomonidan vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish uchun eksport qiluvchi tashkilot O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatiga olingan bo‘lishi zarur. 5. Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Vakolatli organlar tomonidan Agentlikka har haftaning juma kuni quyidagi hujjatlar umumlashtirilgan holda taqdim etiladi: ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza; berilgan sertifikat va ruxsatnomalarning ro‘yxati, berilgan sanasi, narxi, eksport qiluvchi tashkilotning nomi, mahsulot turi va Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilgan reyestri. Taqdim etilgan reyestr bo‘yicha ma’lumotlar xaqqoniyligiga vakolatli organlar mas’ul hisoblanadi. 7. Vakolatli organlardan ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab etish taqiqlanadi. 8. Vakolatli organlar kompensatsiya olish uchun arizani Agentlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi. 9. Vakolatli organlar tomonidan kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri taqdim etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hollarda ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 10. Vakolatli organlar tomonidan kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etilganda, ammo ariza bilan birga ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, Agentlik bir ish kuni davomida hujjatlarni Agentlikning mansabdor shaxslari imzolagan va rad etish sabablari ko‘rsatilgan asosli xulosa bilan birga vakolatli organlarga qaytaradi. 11. Ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar bilan birga to‘liq taqdim etilgan arizalar Agentlik tomonidan uch ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan xulosa qabul qilinadi. 12. Agentlik vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan talablar va shartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi. 13. Agentlik vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan talablar va shartlarga muvofiqligini axborot tizimlari, shu jumladan, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi va “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali hamda so‘rovnomalar yuborib, javoblar olish orqali o‘rganib chiqishi mumkin. 14. Vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlarining aniqlanishi, berilgan zarur ruxsatnoma va sertifikatlar o‘rnatilgan tartibda bojxona yuk deklaratsiyasi asosida rasmiylashtirilmaganligi vakolatli organlarga xarajatlarni qoplab berishni rad etish to‘g‘risida xulosa berish uchun asos bo‘ladi. 15. Ushbu Nizom talablaridan boshqa asoslarga ko‘ra, vakolatli organlarga xarajatlarning qoplab berilishini rad etish to‘g‘risida xulosa berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Vakolatli organlar rad etish to‘g‘risida xulosa olingandan keyin ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, xarajatlarni qoplash bo‘yicha mablag‘lar olish uchun Agentlikka ariza bilan o‘n ish kuni davomida qayta murojaat qilishga haqli. Arizani qayta ko‘rib chiqishda Agentlik tomonidan rad etishning avval yozma ravishda aytilmagan sabablarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. Vakolatli organlarning xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qarori doirasida Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi (agar vakolatli organlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lsa, qilingan xarajatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi bilan ko‘rsatiladi va qoplanadi). 18. Vakolatli organlar moliyaviy yilning III choragi yakuniga qadar keyingi moliyaviy yil uchun Agentlikka budjet prognozi bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etadi. 19. Har bir moliyaviy yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qaroriga muvofiq Agentlikning tasdiqlangan smeta bo‘yicha buyurtmanomasi olingan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Agentlikni moliyalashtiradi. Moliyaviy yil davomida vakolatli organlar taqdim etgan arizalarga muvofiq moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan smetaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 20. Moliya yili yakuni bo‘yicha Agentlik shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi. 21. Agentlik vakolatli organlarning zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish yuzasidan xulosa qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni davomida kompensatsiya mablag‘larini ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan buyurtmanomalarga muvofiq uch ish kuni davomida kompensatsiya mablag‘larini Agentlikning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. Agentlik hisobvarag‘iga kompensatsiya mablag‘lari tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya mablag‘larini vakolatli organlarning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 22. Agentlik va vakolatli organlar har oy yakuni bilan meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlar hamda ularni qoplash uchun ajratilgan mablag‘lar yuzasidan o‘zaro taqqoslash dalolatnomalarini rasmiylashtiradi. 23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 24. Budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Agentlikka yuklanadi. 25. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu Nizomga muvofiq vakolatli organlarga meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha Agentlik faoliyatining samaradorligini monitoring qiladi va har oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot kiritadi.
10Qonunchilik
Shavkat Mirziyoyev davlat budjeti ijrosini ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-noyabr kuni joriy yilda davlat budjetiga tushumlar prognozi ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Videoselektor yig‘ilishida Soliq qo‘mitasiga noyabr—dekabr oylarida salohiyatiga nisbatan soliq tushumlari yetarli bo‘lmagan Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Urganch, Qo‘qon shaharlari hamda Zangiota, G‘ijduvon, Urgut, Xazorasp va Toshkent shahrining o‘n bitta tumanida soliqlarni to‘liq undirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish topshirildi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, xorijiy va milliy ekspertlar ishtirokida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Joriy yil 1-oktabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. Soliq siyosatida olib borilayotgan islohotlarning keyingi bosqichi soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishdir. Shu munosabat bilan, zamonaviy usullar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, yashirin faoliyat yuritish orqali soliqdan qochishning oldini olish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Binobarin, barcha sohalarda “xufiyona iqtisodiyot” ko‘lamlarini keskin qisqartirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqib, ijrosi ta’minlanadi. Jumladan, qurilish sanoatida soliqdan qochishning oldini olish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini aniq hisoblash tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab ishga tushirilayotgan yangi 145 ta yirik quvvatlarda ishlovchi zavodlar shu yilning o‘zida mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ular budjetga qo‘shimcha daromad olib kelishini nazoratga olish zarurligi qayd etildi. Ma’lumki, davlat budjetining barqarorligini ta’minlashda aholi va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan to‘lovlar ham muhim rol o‘ynaydi. 2020-yildan boshlab mahalliy budjetni shakllantirish tartibi tubdan o‘zgaradi, hududlar o‘z sarf-xarajatlarini mustaqil ravishda hal qiladi. Shu munosabat bilan, endi hokimlar mahalliy budjet daromadlarini ko‘paytirish uchun ko‘proq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tashkil etishi, soliqlarni mustaqil ravishda yig‘ishi va bu boradagi mas’uliyatini kuchaytirishi kerak bo‘ladi. Videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va hokimlarning hisobot va takliflari eshitildi.
8O‘zbekiston
Markaziy bank rahbari O‘zbekistonda raqamli valyuta yaratilishi mumkinligi haqida xabar berdi O‘zbekistonda raqamli valyutani bosqichma-bosqich ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Bu haqda Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurodov “PLAS” jurnaliga ma’lum qildi. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan avval xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy tadqiqot olib boriladi. Bundan tashqari, kelgusida xalqaro ochiq banking amaliyotini o‘rganib chiqish ko‘zda tutilmoqda. Mamarizo Nurmurodovning ta’kidlashicha, bularning barchasi bozor tendensiyalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Raqamli valyuta o‘zi nima? Bu muqobil yoki qo‘shimcha valyuta sifatida foydalaniladigan elektron pullardir. Ko‘pincha ularning bahosi milliy valyuta qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.  Xitoy, Yaponiya, Ekvador, Niderlandiya, Qozog‘iston, Rossiya kabi davlat hukumatlari yoki markaziy banklari o‘zining milliy raqamli valyutasini joriy qilish haqidagi rejalari haqida ma’lum qilgan. Virtual iqtisodiyotdagi (masalan, onlayn o‘yinlar) valyutalardan farqli o‘laroq raqamli valyutalar real tovarlar va xizmatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishda foydalaniladi. Shunga qaramay, virtual valyutalar atamasi ham raqamli valyutalarga sinonim sifatida qo’llaniladi.  Avvalroq o‘zbek so‘mi birinchi marotaba o‘zining rasmiy grafik belgisiga ega bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston