text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Abituriyent PAYNET ga boradi Hozir Oʻzbekistonning barcha mintaqalarida turli toʻlov dastaklaridan foydalangan holda elektron tayyorlov testlarini sotib olish mumkin. Bunday imkoniyatni abituriyentlarga “Mening shahrim. Ta’lim” loyihasi taqdim etdi. Avval biz Click tizimi orqali OTM, litsey va kollejlar abituriyentlari uchun elektron testlarni qanday хarid qilish haqida batafsil soʻz yuritgandik, shuningdek yangi imkoniyat – PAYNET tizimi orqali seriya raqamlarini sotib olish haqida ham ma’lum qilgandik. Biroq, ayrim хaridorlar PAYNET tizimidan foydalanishga uringanlarida qiyinchiliklarga duch kelishdi. Bugun biz ularni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida soʻz yuritamiz. Birinchi navbatda zarur elektron testlarning toʻliq komplektini shu dasturiy ta’minot bilan ishlaydigan kompyuterga yuklash kerak. Namoyish versiyasini oʻrnatgandan soʻng yaqin oradagi PAYNET dan tanlangan dastur uchun seriya raqami хarid qilish kerak хolos. Shuni bilish muhimki, seriya raqamini Oʻzbekistonning istalgan burchagidagi har qanday PAYNET dan хarid qilish mumkin. Biroq, hamma operatorlar ham seriya raqamini sotish mumkinlidan voqif emaslar (shunchaki sms-joʻnatmalarni oʻqishmaydi).   Bunday vaziyatda shuni tushuntirish lozimki, kerakli opsiya “Xizmatlar” boʻlimida joylashgan boʻlib,  Abitur.mg.uz deb nomlanadi. U tarkibida testlar mavjud bir nechta dasturlarni taqdim etadi. Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar uchun seriya raqamlarini хarid qilish mumkin: "Mening shahrim. Ta’lim oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan); " Mening shahrim. Ta’lim litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan); " Mening shahrim. Ta’lim Rossiya oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan); "Matematika" elektron oʻquv qoʻllanma. Zarur dastur tanlangandan soʻng tizim chekni shakllantiradi. Seriya raqami хaridor toʻlovni amalga oshirganda oladigan chekda koʻrsatiladi Bitta seriya raqami dasturni bitta kompyuterda aktivatsiya qilish uchun moʻljallangan. Aktivatsiya kodini internet orqali olganda “Mahsulot turi”ni, ya’ni seriya raqami uning uchun хarid qilingan dasturni toʻgʻri tanlash muhimdir. Mahsulot turini tanlash qoʻlda amalga oshiriladi. Dasturni aktivatsiyalashda qiyinchiliklar, shuningdek boshqa teхnik qiyinchiliklar vujudga kelganda “Mening shahrim. Ta’lim” loyihasi mutaхassislari bilan (71) 283-39-34 telefon raqami orqali bogʻlanishingiz zarur. Loyihaning mahsulotlari haqida batafsil ma’lumotni http://www.mg.uz rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.
10Qonunchilik
Karles Puyol Toshkentda. U Messi-Ronaldu mavzusi, Gvardiola, Qatar-2022 va O‘zbekiston termasi haqida gapirdi Karles Puyol bilan Toshkentda ikkinchi bor matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Birinchisi bundan 9 yil avval o‘tkazilgandi. 2008-yil ham Toshkentga kelgandim, u hamon xotiramda turibdi. Yana bir bor O‘zbekistonda ekanimdan xursandman. Safarim qisqa bo‘lgani uchun, mamlakatingizdagi barcha diqqatga sazovor joylarni ko‘rganim yo‘q. Aytishim kerakki, dunyoning hech qaysi davlatida bunchalik shirin mevalarni yemaganman. Palovni esa hali tatib ko‘rmadim. Faoliyatimni tugatgach, nima qilish haqida ko‘p o‘yladim. Keyin FIFA Legend loyihasida ishlashga rozi bo‘ldim. Shuning doirasida O‘zbekistonga keldim. Yosh futbolchilarga master-klass o‘tish va futbol ommaviyligini oshirish asosiy maqsadimiz hisoblanadi. Karles Puyol, futbol yulduzi Garchi O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi mundialga chiqa olmagan bo‘lsa ham, yaqin vaqt ichida bunga erishasizlar deb umid qilaman. Yoshlarga e’tibor qaratilayotgani ajoyib. Agar shu ishdan tiyilmasanglar, Qatar-2022 ga chiqasizlar. Masalan, Barselonadagi “La Masiya” akademiyasida yoshlar avvalo futbolchi emas, inson bo‘lib yetishishi uchun ishlanadi. “Real” yoki “Barselona”da o‘ynash talablari juda katta. Ularda o‘ynash uchun ko‘p mehnat qilishi kerak. Karles Puyol, futbol yulduzi Gvardiola ajoyib murabbiy. U bilan bir mavsumda 6 ta sovrin yutgandik. Tunlari bizga qo‘ng‘iroq qilishi, albatta, hazil edi. Qo‘ng‘iroq qilganida ham, men unga javob bermasdim (kuladi). Lui Van Galmi yoki Gvardiola? To‘g‘risi, kimnidir ajratib ko‘rsata olmayman. Chunki Van Gal futbolchi bo‘lib yetishishimga katta hissa qo‘shgan. Gvardiola bilan esa dunyodagi barcha sovrinlarga ega chiqqanman. Shu bois ikkisi ham men uchun qadrli. Karles Puyol, futbol yulduzi Jahon tarixidagi eng kuchli ikki futbolchi haqida gap ketmoqda. Messini har kuni mashg‘ulotlarda ko‘rardim. Uni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bilaman. Ronaldu ham kuchli, yildan-yilga o‘smoqda. Agar yaqin kelajakda ularning o‘rnini kim bosadi deb so‘rasangiz, Neymar deya javob beraman. Ammo menimcha, yaqin 7—10 yilda Messi va Ronaldu qolganlardan ustun bo‘laveradi. Ko‘p kuchli hujumchilarga qarshi o‘ynaganman. Masalan, Messi mashg‘ulotlar vaqtida menga juda ko‘p qiyinchilik tug‘dirardi. Bundan tashqari, Didye Drogbaga qarshi o‘ynash doim og‘ir bo‘lgan. U jismonan baquvvat va tezkor hujumchi edi. Eng kuchli himoyachi Jerar Pike. Sababi futbol tez o‘zgarmoqda, Pikening uslubi esa o‘zgarishlarga moslashib ketaveradi. U hujumda ham yaxshi o‘ynay oladi. Karles Puyol, futbol yulduzi Puyolning aytishicha, u hozir 40 yoshda va murabbiylik litsenziyaga ega emas. Hayotda esa hamma narsa bo‘lishi mumkin, deydi sobiq futbolchi. Kelajakda taklif bo‘lib qolsa, u O‘zbekiston termasini boshqarish variantini ko‘rib chiqishi ham mumkin. Sobiq futbolchi “Barselona” Parijdan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytayotganida dadil fikr bildirib, Kataloniyada katta kambek bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi. Uning aytgani rost chiqdi va “Barsa” 6:1 hisobida zafar quchdi. Bugun Puyol “Paxtakor” — “Olmaliq” o‘rtasidagi bellashuvni tomosha qiladi. Uchrashuv uning to‘pga teginishidan so‘ng start oladi.
13Sport
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish elektron kitobining mobil versiyasi ishlab chiqildi Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarning qonuniyligi ustidan nazoratni ta'minlash Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, deb yozadi vazirlik rasmiy sayti. Shunga ko‘ra, vazirlik tomonidan tekshirishlarni ro‘yxatga olish elektron kitobi takomillashtirilib, uning mobil versiyasi ham ishlab chiqildi. Ushbu tizimdan foydalanish uchun tadbirkorlik sub'yekti (foydalanuvchi) elektron raqamli imzodan foydalangan holda etk.minjust.uz saytiga kirishi hamda parol olishi lozim. Tadbirkorlik sub'yektlari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron tizimidan foydalanish orqali tekshirishlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va tekshirishlarning reja-jadvali bilan tanishish, adliya organlarining «ishonch telefoni» raqamlariga hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu tizim nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida o‘tkazilayotgan tekshirishlarning qonuniyligiga tezkorlik bilan baho berishga, ularning faoliyatiga noqonuniy ravishda aralashuvlarga chek qo‘yishga, buzilgan huquq va manfaatlarni tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
8O‘zbekiston
Toshkent metropoliteni 42 yoshini qarshiladi 1960-yillarda shaxsan O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov sobiq ittifoq rahbari Leonid Brejnevni Toshkentda metro qurishga ko‘ndirgan va jadal qurilish ishlaridan keyin 1977 yilda Chilonzor yo‘nalishining birinchi stansiyalari ochilgan. Toshkent metrosining birinchi liniyasi – Chilonzor yo‘nalishi 1977 yil 6 noyabrda o‘z faoliyatini boshlagan. Dastlab yo‘nalish uzunligi 12,2 kmni tashkil qilgan va unda 9 stansiya bo‘lgan. 1980 yil 18 avgustda ushbu yo‘nalishning yana 3 ta yangi stansiyasi ishga tushirilib, yo‘nalishning umumiy uzunligi 16,8 kmgacha uzaytirilgan.  Poytaxt metrosi kengayishda davom etib, 1984 yilda uning ikkinchi – “O‘zbekiston” yo‘nalishi, 2001 yilda esa uchinchi – Yunusobod yo‘nalishi ochilgan. Hozirda Yunusobod yo‘nalishida qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Bugungi kunda metroning umumiy uzunligi 36,2 kmni, stansiyalari soni 29 tani tashkil qiladi. Yunusobod yo‘nalishida yana ikkita yangi stansiyani qurish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Sergeli tumanida yer usti metrosi qurilishi ishlari jadal olib borilmoqda, u 6 ta stansiyadan iborat bo‘ladi. Sergeli yo‘nalishini Navro‘z bayramiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.    Toshkent metrosi qurilishi boshlanganda, uni yadro urushi holatida panohgoh sifatida qo‘llash ham rejalashtirilgandi. Metro strategik muhim obekt hisoblangani sababli, unda foto va videotasvir olib borish taqiqlangan edi. Biroq 2018 yil yozida Toshkent metrosi sayyohlarni jalb qilishi hisobga olinib, O‘zbekiston hukumati metrodan harbiy obekt maqomini olib tashlagan hamda unda foto va videotasvirga 41 yil amal qilgan taqiqni bekor qilgan. Ta'kidlanishicha, sobiq ittifoq vaqtida aholisi soni million kishidan oshgan shaharga metro qurish huquqi berilgan. Sobiq ittifoqda qurilgan metrolardan farqli ravishda, Toshkentda chuqur bo‘lmagan qurish tizimi qo‘llangan. Toshkent metrosi mintaqaning yuqori seysmikligi hisobga olingan holda qurilgan. Ta'kidlanishicha, poytaxt metrosi konstruksiyalari MSK-64 shkalasi bo‘yicha 9 ballik zilzilalarga bardosh bera oladi. Yaqinda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent metrosini 2025 yilgacha rivojlantirish loyihasini taqdim qildi. Unga ko‘ra, 2025 yilda metro uzunligi 4 martaga ortib, 157 kmni tashkil qiladi. Unda 74 ta yangi stansiya paydo bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Toshkent axborot texnologiyalari kolleji Samsung bilan hamkorlikda uyali telefonlarni ta’mirlovchi ustalarni tayyorlaydi Joriy yildan Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji uyali telefonlarni, shuningdek televizorlarni ta’mirlash yo‘nalishlarini ochadi. Bu haqda Samsung Mobile Uzbekistan’ning Facebook’dagi rasmiy sahifasiga asoslanib “Mobinfo.uz” xabar bermoqda. Bu to‘g‘ridagi kelishuv o‘quv muassasida kollej rahbariyati va Samsung Electronics’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati paytida imzolangan. Samsung Service Academy nomli loyiha o‘quv yurtida ma’ruzalar zali, uyali telefonlar va televizorlarni ta’mirlash uchun zarur barcha uskunalar bilan ta’minlangan ta’mirlash xonalarini tashkil etishni ko‘zda tutadi. Yangi yo‘nalishlarga qabul joriy yildanoq boshlanadi.
14Texnologiya
Ekvadorda koronavirus qurbonlari birodarlik qabristoniga ko‘miladi Ekvadorning koronavirusga chalinganlar eng ko‘p qayd etilgan yirik shahri Guayakilda virus qurbonlari birodarlik qabristoniga ko‘miladi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda meriya departamentlaridan birining rahbari Gustavo Suniga 27-mart kuni Ecuavisa telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoni hal qilish uchun shahar atrofidan 300 jasadni ko‘mishga mo‘ljallangan mos joy tanlanadi. Zarur bo‘lsa uning sig‘imi yana kengaytiriladi. Mozor to‘lishi bilan marhumlarning xotirasiga bag‘ishlab maqbara qurish rejalashtirilmoqda. Guayakilda mamalakatdagi barcha kasallanganlarning 71 foizi istiqomat qiladi. Avvalroq mamlakat ichki ishlar vaziri Mariya Paula Roma so‘nggi uch kun ichida kamida 100 kishining jasadi shahardagi uylaridan olib chiqilganini, ammo o‘limlarning hammasi ham koronavirus bilan bog‘liq emasligini aytgan. Ekvador Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 1 627 kishi koronavirusga chalingan, 41 kishi virusdan vafot etgan. Avvalroq AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketgani, mamlakatda kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshgani xabar berilgandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari esa COVID-19 koronavirus infeksiyasidan butun dunyoda 100 mingdan ortiq odam xalos bo‘lganini ma’lum qilgan. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.
2Dunyo
SpaceX Falcon 9 raketalarining ispan yo‘ldoshi bilan birgalikdagi parvozini amalga oshirdi SpaceX kompaniyasi Falcon 9 eltuvchi raketalarini Ispaniyaning Hisdesat kompaniyasiga tegishli PAZ sun’iy yo‘ldoshi bilan birga uchirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Bunga qadar parvoz bir necha marta qoldirilgan edi. Falcon 9 ning birinchi ustuni allaqachon kosmosga parvoz uchun qo‘llangan. PAZ sun’iy yo‘ldoshi Yevropaning Airbus konsorpsiumi tomonidan yaratilgan. Apparat kartografiya, atrof-muhit monitoringi, suv, yer va o‘rmon resurslari holatini baholash uchun mo‘ljallangan. Falcon 9 Starlink loyihasi doirasida orbitaga ikkita tajriba yo‘ldoshini ham olib chiqishi kerak. Loyihaning yakuniy maqsadi Yerning uzoq hududlaridagi o‘n millionlab kishilarga internet aloqasini ta’minlash hisoblanadi. Buning uchun mazkur apparatdan bir necha mingta kerak bo‘ladi.
14Texnologiya
Iroqda 5 oydan beri neft quduqlari yonmoqda Iroqning Naynava viloyatidagi Al-Kayayra shahri atrofidagi neft quduqlaridagi yong‘inni mana 5 oydirki o‘chirib bo‘lmayapti. 24 avgustda IShID jangarilari bu yerdan chekinish vaqtida 10 dan ko‘proq neft qudug‘ini yoqib ketgan. Yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda, ko‘rilgan ziyon esa millionlab dollarlarga qarab ketmoqda. Bundan tashqari, yonayotgan quduqlar aholi salomatligiga xavf solmoqda. O‘t o‘chiruvchilar yong‘in o‘chog‘ini qum va suv qo‘llab o‘chirishmoqchi. Ma'lum qilinishicha, bugungi kungacha 11 ta quduqdagi yong‘in o‘chirilgan, yana 11 ta quduq yonishda davom etmoqda. Iroqning North Oil Company kompaniyasi xodimlari jangarilar chekinish vaqtida quduqlar yonida kamida 30 ta portlovchi qurilma portlatishgan, deb taxmin qilishmoqda.
2Dunyo
Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘zgardi Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva va Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev qatnashgan. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nigora Rabbimova o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan. Mazkur vazifaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Marhabo G‘afurova nomzodi taklif etilib, boshqaruv a’zolari tomonidan ma’qullangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
8O‘zbekiston
Kim Chen Inning akasini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ayol qo‘lga olindi Malayziya politsiyasi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namning o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Malayziyaning Bernama davlat axborot agentligiga tayangan Reuters gumonlanuvchi ayol Myanma fuqarosi ekanligini qayd etdi. Shu bilan bir vaqtda ChannelNewsAsia nashri muxbiri o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Malayziya politsiyasi bayonotining suratini joyladi. Unda qo‘lga olingan ayoldan Vyetnam fuqaroligiga oid hujjatlar topilgani qayd etilgan. Ayol Kuala-Lumpur aeroportining terminallaridan birida qo‘lga olingan. Malayziya huquqni mufohaza qilish organlari vakillari gap videokuzatuv kamerasida aniqlangan surati avvalroq Janubiy Koreya OAVlarida e’lon qilingan ayol haqida ketayotganini ma’lum qildi. Politsiya rahbariyatining ta’kidlashicha, ayol aynan shu surat yordamida aniqlangan. Kim Chon Nam Malayziya poytaxtida 13-fevral kuni vafot etdi. Vafot etgan shaxs Kim Chon Nam ekanligi 14-fevral kuni Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlandi. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR yetakchisining akasi Kuala-Lumpur aeroportida ikki ayol tomonidan zaharlangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
2Dunyo
Xalqaro gimnastika federatsiyasi Kongressi Toshkentda o‘tkaziladi 2014-yilning oktabrida Toshkentda Xalqaro gimnastika federatsiyasining Kongressi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Podrobno” xabar bermoqda. Xalqaro gimnastika federatsiyasi Prezidenti Bruno Grandining aytishicha, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining xalqaro tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazib kelayotgani sababli O‘zbekiston eng muhim xalqaro voqealardan biriga mezbonlik qilish sharafiga ega bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, Xalqaro gimnastika federatsiyasi Nizomiga ko‘ra, Kongress har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi va uning asosiy qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi.
13Sport
Videokonferentsaloqa tizimi ishga tushgandan buyon nechta sud majlisi bu tizim orqali ko‘rib chiqildi? Ma'lumki, sud majlisi ishtirokchilariga qulayliklar yaratish maqsadida 2014 yil 1 sentabrdan iqtisodiy sudlarda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimi orqali o‘tkazish amaliyotining yo‘lga qo‘yilgani ijobiy samarasini berib kelmoqda. Videokonferentsaloqa rejimini jinoyat, ma'muriy va fuqarolik ishlarini ko‘rishda ham qo‘llashni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2017 yil 24 iyunda Oliy sud Plenumining "Fuqarolik, jinoyat va ma'muriy ishlarni ko‘rishda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida o‘tkazishning ayrim masalalari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi. Prezidentimizning 2017 yil 30 avgustdagi "Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ham barcha sudlar faoliyatiga videokonferensiya rejimida ishlarni ko‘rish tizimini tatbiq etishga alohida e'tibor qaratilgan. Sud majlislarini videokonferentsaloqa tizimi orqali o‘tkazish - boshqa hududda joylashgan sud ishtirokchilari shu sudga kelmasdan o‘zlari yashaydigan joydagi sudning binosida videokonferentsaloqa tizimi orqali sud majlisida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarda sud majlislarini videokonferentsaloqa tizimi orqali o‘tkazish imkoniyatini beruvchi barcha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘rnatilgan.  Sohadagi bu yangilik sud protsessi ishtirokchilariga katta qulaylik yaratdi.  Bugungi kunda boshqa viloyatdagi sud majlisiga borish, buning uchun sarf-xarajat qilish, ortiqcha vaqt yo‘qotish kabi tashvishlar deyarli barham topdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda videokonferentsaloqa tizimi ishga tushgan kundan buyon jami 55 ta sud majlisi ushbu tizim orqali ko‘rib chiqildi. 249 nafar sud ishtirokchilari o‘zlari joylashgan hududlardan chiqmagan holda videokonferentsaloqa orqali sud protsesslarida qatnashdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati. Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining  2017 yil 21 apreldagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244-2 moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan K.Hamidovning himoyachisi  X.Shomurodova mahkumga nisbatan og‘ir jazo tayinlangani, sudlanganning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ham unga tayinlangan jazoni yengillashtirish masalasida iltimosnomalar berganligi to‘g‘risida Oliy sudga nazorat tartibida shikoyat bilan murojaat qilgan. Aniqlanishicha, himoyachi X. Shomurodova Samarqand viloyatida ishlashi, 1960 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, o‘rta ma'lumotli, 6 nafar farzandning otasi bo‘lmish mahkum K. Hamidov Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashagani, ayni paytda Navoiy viloyatida jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotganligi aniqlanib,  ishni ko‘rishda ishtirok etuvchilarni Toshkent shahriga kelishi, mahkumni etap qilish va boshqa ishtirokchilarning yo‘l xarajatlarini qisqartirish maqsadida Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati tomonidan K. Hamidovga oid jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand hamda Navoiy viloyatlari sudi binolarida sud ishtirokchilarining uch tomonlama videokonferentsaloqa rejimida ko‘rib chiqilishi belgilandi.  Sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi binosida himoyachi X. Shomurodova, K. Hamidovning oila a'zolari hamda Urgut tumani “O‘ramas” QFY “Quyi-Algar” mahallasi faollari, Navoiy viloyati sudi binosida jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum K. Hamidov ishtirok etdi. Videokonferentsaloqa tizimi orqali sud majlisida K. Hamidov aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, 2-guruh nogironi ekanligi, muqaddam sudlanmaganligi, jinoyatdagi ishtirokchilik darajasi, oilaviy ahvoli, olti nafar farzandlari borligi sababli yengillik so‘radi. Shuningdek, u yashaydigan Urgut tumani “Quyi-Algar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va boshqa faollari K. Hamidov tuzalish yo‘liga o‘tgani, K. Hamidovning yoshini, oilaviy ahvolini, birinchi marta sudlanishini e'tiborga olib, unga tayinlangan jazoni yengillashtirishni so‘radi. Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati jazoni yengillashtiruvchi holatlarni e'tiborga olib, K. Hamidovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgartirib, unga tayinlangan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llagan holda 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga kamaytirdi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 13-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2011-yil 25-iyuldagi 227-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2259, 2011-yil 28-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 13-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan va sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xizmat ko‘rsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud-tibbiyot ekspertizasi, mazkur organlar (shaxslar) joylashgan hududdagi sud-tibbiy ekspertiza muassasasida tegishli ekspertiza turini o‘tkazishning imkoni bo‘lmagan hollarda (tekshirishlarni o‘tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar bo‘lmasa), ushbu muassasa tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin.”. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Eron shimoli-g‘arbda 3,7 balli zilzila yuz berdi Eron shimoli-g‘arbda 3,7 balli zilzila yuz berdi, deb xabar beradi “Vestnik Kavkaza”. Yerosti silkinishlari Tabriz shahridan 83 kilometr shimoli-g‘arbda qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i besh kilometr chuqurlikda joylashgan. Vayronalar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
2Dunyo
AQSh bir nechta davlatda hokimiyatni o‘zgartirishga umid qilmoqda Vashington nafaqat Venesuelada, balki Nikaragua va Kubada ham hokimiyatni almashtirishni ko‘zlamoqda, deb aytdi AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo.  Uning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati “nodemokratik tuzumlar”ni o‘zgartirishga qaratilgan ishni davom ettiradi.  “Ma'muriyat buni nafaqat Venesuelada, balki, albatta, Nikaragua va Kubada ham amalga oshirmoqda va buni davom ettiradi. Xalqlar bu harakatlarni o‘z zimmalariga olishlari kerak va ular ham buni qilish istagidalar. Amerika xalqi esa ularni qo‘llab-quvvatlaydi”, deb aytgan Pompeo Tolemundo telekanaliga bergan intervyusida.   Jurnalistlar Venesueladagi voqealardan keyin AQSh Lotin Amerikasining boshqa davlatlarida ham tuzumlar o‘zgarishiga umid qilayotgani yoki yo‘qligi haqida qiziqishgan. “Umid qilamanki, bu davlatlarning fuqarolari ularga suqishtirilgan avtoritarizm zulmini zaruriy deb hisoblashmaydi va yaxshiroq siyosiy qarorga erishish uchun sa'y-harakatlarni amalga oshirishadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Pompeo. 20 fevralda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Nikaragua prezidenti Daniel Ortega hokimiyati yaqin orada poyoniga yetishini aytgan. Uning aytishicha, AQShda Orteganing “kunlari bitgan va xalq yaqin orada ozod bo‘ladi” deb hisoblanmoqda.
2Dunyo
Ronaldu va Messi Ibitsa orolida dam olmoqda (foto) Argentinalik futbolchi Lionel Messi va uning portugaliyalik raqibi Krishtianu Ronaldu Ibitsa orolida o‘z ta’tillarini o‘tkazmoqda, deb yozadi “Isport.ua”. Shunisi qiziqki, futbolchilarning yaxtalari bitta bandargohda bir-biridan bir necha o‘n metr narida turibdi.
13Sport
23-noyabr kuni soat 10:00 dan 23:00 gacha — Toshkent savdo markazi (sobiq Turkuaz)da Dream Friday bo‘lib o‘tadi! Ushbu juma kuni ayollar, erkaklar, bolalar kiyimlari va aksessuarlarini 70 foiz chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin! Aksiyada Climber, NCS, Xsport, AVVA, Terra Pro, OTG, Selfie Edgart va boshqa ko‘plab do‘konlar ishtirok etadi. Shuningdek, shu kuni tashrif buyuruvchilarga animatorlar tomoshasi, kechqurun esa “Novella” va “Ummon” guruhlari chiqishi namoyish etiladi. Manzil: Shayxontohur tumani “Chorsu” maydoni, 3 A-uy (sobiq Turkuaz)
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus va pnevmoniya bilan kunlik kasallanish holati pasaymoqda O‘zbekistonda 12-sentabr kuni 526 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 164 890 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Yangi kasallanish holatlarining koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shu kuni jami 644 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 66 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 21 nafar, Samarqand viloyatida 131 nafar, Surxondaryo viloyatida 28 nafar, Farg‘ona viloyatida 81 nafar, Toshkent viloyatida 92 nafar, Toshkent shahrida 203 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 157 139 nafarga yetdi. Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1159 nafarni tashkil qildi. Bundan tashqari, 12-sentabr kuni 96 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 25 382 nafarga yetdi. So‘nggi sutkada ularning 247 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 19 822 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 205 nafarga yetdi. Qayd etish joizki, mamlakatda koronavirus va pnevmoniya bilan kunlik kasallanish holati kamaymoqda. 11-sentabr kuni 594 kishida koronavirus, 122 kishida pnevmoniya aniqlangandi, 10-sentabrda bu ko‘rsatkich mos ravishda 662 va 145 nafarni, 9-sentabrda 687 va 159 nafarni tashkil etgandi.  “Kasallik to‘lqini ortda qoldi, deb xulosa chiqarish uchun hali vaqt bor” — Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi
8O‘zbekiston
Yeryong’oqli pasta Mazali va foydali bo’lmish yeryong’oqli pastani uyda tayyorlash usulini bilasizmi? Bu juda ham oson. Bu borada qovurilgan yeryong’oq asosiy mahsulot sanaladi. Bu juda xushbo’y va to’yimli shirinlik bo’lib, pechenye va nonga ham surtib yeyishga juda qulaydir. Bunday pastadan muzqaymoqqa qo’shib yeyishga ham juda yaxshi. Pishiriqlaringizga yeryong’oqli pasta qo’shib yangi ta’mlar yarating!
9Pazandachilik
APL. “Arsenal” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Tottenhem” so‘nggi daqiqada gol urib 3 ochkolik bo‘ldi (video) Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 26-turida 16-fevral, yakshanba kuni “Tottenhem” va “Arsenal” jamoalari o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi. “Tottenhem” safarda “Aston Villa” bilan o‘ynadi. Uchrashuvning 8-daqiqasida londonliklar himoyachisi Tobi Alderveyreld o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 27-daqiqada esa Alderveyreld xatosini tuzatgan holda chiroyli golga muallif bo‘ldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Son Hyon Min mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 53-daqiqada Byorn Engels muvozanatni tiklashga erishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggisida Son “shporlar”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. Shu tariqa Joze Mourinyo shogirdlari ochkolarini 40 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Aston Villa” (25) esa 17-pog‘onaga tushib ketdi. Mikel Arteta qo‘l ostidagi “Arsenal” o‘zida “Nyukasl”ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Pyer-Emerik Obameyang (54), Nikolya Pepe (57), Mesut O‘zil (90) va Aleksander Lyakazettning (90+5) gollari London klubiga uch ochko keltirdi. Mazkur g‘alabadan keyin “Arsenal” 34 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. APL 26-tur bahslari 16-fevral, yakshanba Gollar: 1:0 – 9, avtogol Alderveyreld, 1:1 – 27 Alderveyreld, 1:2 – 45 Son Hyon Min, 2:2 – 53 Engels, 2:3 – 90 Son Hyon Min. “Aston Villa”: Reyna, Gilber, Konsa, Engels, Targett, Grilish, Drinkuoter (Nakamba, 60), Al-G‘ozi (Trezege, 70), Duglas Luis, Hoz, Samatta (Baston, 83). “Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Devis, Orye, Alderveyreld, Alli (Jedson Fernandesh, 83), Uinks, Bergveyn (Vertongen, 90), Lukas Moura, Son Hyon Min, Dayer (Lo Chelso, 60). Ogohlantirishlar: Gilber (86), Nakamba (90). Gollar: 1:0 – 54 Obameyang, 2:0 – 57 Pepe, 3:0 – 90 O‘zil, 4:0 – 90+5 Lyakazett “Arsenal”: Leno, Mustafi, David Luiz, Belerin, Jaka, Sebalyos (Torreyra, 82), O‘zil, Pepe, Nketia (Lyakazett, 85), Obameyang, Saka. “Nyukasl”: Dubravka, Klark (Sher, 83), Fernandes (Ritchi, 75), Lassels, Rouz, Bentaleb, Lazaro (Heyden, 74), Longstaff, Sen-Maksimen, Almiron, Joelinton. Ogohlantirishlar: Jaka (9), Saka (82). Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
“Akademnashr” qadimgi hind masallari to‘plami — “Hitopadesha”ni nashrdan chiqarmoqda “Akademnashr” qadimgi hind afsonalari va masallari to‘plami bo‘lmish “Hitopadesha” kitobini nashrdan chiqarmoqda. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ma’lum qildi. Mazkur qadimiy adabiyot durdonasi hikmatli hikoya, g‘aroyib sarguzashtlarga hamda mardlik, qahramonlik, sadoqat va adolatni tarannum etuvchi voqealarga boy afsonalar majmuasidan iboratdir, deyiladi xabarnomada. “Hitopadesha”ning qahramonlari majoziy zarbulmasallardagi kabi turli hayvon va qushlardan iboratdir. Do‘stlik va dushmanlik, samimiylik va munofiqlik, saxovatpeshalik va makkorlikni biri-biridan farqlay bilish san’atidan saboq beruvchi kitobdan jonivorlar tili bilan bayon etilgan maroqli sarguzashtlarga boy hikoya va bir-biriga ulanib ketgan mantiqiy-falsafiy masallar o‘rin olgan. “Hitopadesha” qariyb ming yil avval yaratilgan bo‘lishiga qaramay, sodda, ammo ma’no jihatdan chuqur mantiqqa asoslangan ibratli hikoyalardan tashkil topgan. Adabiyotshunos olimlarning ta’kidlashicha, “Hitopadesha” butun dunyoda mashhur bo‘lishining sababi bitta — yoshlarni ilm cho‘qqilarini egallashga da’vat qilishi. Asarning bosh falsafiy o‘zagi uning qahramonlari tilidan quyidagicha “Barcha ezgu-manfaat va boyliklar ichida bilimdan ziyodasi yo‘qdir: uni hech kim o‘g‘irlay olmaydi, uning bahosi yo‘q va u hech qachon tugamaydi” degan so‘zlar bilan ifodalangan. Qadimiy durdona asar kitobxonlarga o‘zbek tilida ilk bor taqdim etilmoqda.
8O‘zbekiston
Vazir o‘rinbosari: O‘zbekistondagi ishsizlik darajasi 10 foiz atrofida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Erkin Muhiddinov 11 yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi ishsizlik darajasi haqida ma'lumot berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.   Vazir o‘rinbosarining aytishicha, 2020 yilda ishsizlik darajasi keskin sur'atda oshgan. Ushbu o‘zgarish pandemiyaning salbiy oqibatlari bilan izohlanadi. «O‘zbekistonda pandemiyadan oldin normal ishsizlik ko‘rsatkichi 9,3-9,4 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yilning yarmiga borib 13 foizdan oshib ketdi. Sentyabr oxirida 11,1 foizga tushdi. Hozirda ishsizlik darajasi 10 foiz atrofida. 2020 yilda 1 million 32 ming jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatdik. Buning uchun bandlikka ko‘maklashish va jamoat ishlari jamg‘armasiga 677 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. O‘tgan yilda 362 ming ishsizlarni doimiy ish o‘rniga joylashtirdik. Bundan tashqari, pandemiyani hisobga olib vaqtinchalik ishlarga ham e'tibor qaratdik. O‘tgan yili 519 ming, ya'ni yarim million nafardan ortiq fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi. Tadbirkorlik bo‘yicha 9900 aholi band qilindi», – dedi vazirlik rasmiysi. Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti parlamentga qilgan murojaatida kambag‘allikdan chiqib ketish maqsadlari uchun 2021 yilda bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar yuzasidan ma'lumot bergandi.  Ushbu maqsadda har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratiladi. Ehtiyojmand aholi bandligini ta'minlashga Bandlikka ko‘maklashish hamda Jamoat ishlari jamg‘armalaridan 500 milliard so‘m yo‘naltirilishi aytilgan. 2021 yilda jami 40-60 ming fuqaroning kasbiy malaka darajasini tasdiqlash rejalashtirilgan. Shu yili ishsizlik nafaqasi miqdori 3 barobargacha oshiriladi. Mazkur tizimning joriy etilishi natijasida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nafaqalar uchun 2021 yilga 50,0 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
8O‘zbekiston
Yuk mashinasi bosib ketgan eshak arava yo‘lovchisi halok bo‘ldi 26 may kuni Farg‘ona viloyatida yuk mashinasi eshak aravani bosib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi, deya xabar qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati. Soat 06:30 da Buvayda tumani Yangiqadam qishlog‘i hududidan o‘tgan O‘sh-Toshkent A-373 avtomobil yo‘lining 215-kilometrida 28 yoshli M.G‘. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasida Toshkent shahar yo‘nalishida harakatlanib kelib, avtomashina qatnov qismining o‘ng chetida eshakka ulangan aravada borayotgan 46 yoshli J.E. va uning voyaga yetmagan farzandi 13 yoshli Z.J., larni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Mazkur YTH oqibatida eshak aravada bo‘lgan J.E., hodisa joyida vafot etgan, Z.J., esa turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Arab dengizida katta miqdorda rus va xitoy qurollari ortilgan kema qo‘lga olindi AQSh harbiy-dengiz kuchlari 5-floti ma'lumotlariga ko‘ra, kemani ushlash bo‘yicha amaliyot neytral suvlarda USS Monterey kreyseri jamoasi ko‘magida o‘tkazilgan. Amaliyot ikki kundan ortiqroq davom etgan. Amerikalik harbiylar kema bortida Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan minglab avtomatlar, shuningdek, rossiyaliklarning tankka qarshi raketa majmualari, merganlik miltiqlari va pulemyotlar bo‘lgani haqida xabar bergan. «Kemada yashirilgan qurol orasida Rossiyada ishlab chiqarilgan tanklarga qarshi boshqariluvchi o‘nlab raketalar, Xitoyda ishlab chiqarilgan minglab miltiqlar, pulemyotlar, tanklarga qarshi granatomyotlar aniqlangan», deyiladi flotning rasmiy tvitterida. Topilgan qurollar musodara qilingan. Noqonuniy qurolni tashiyotgan kema ekipaji so‘roq qilingach, qo‘yib yuborilgan. Hozirda AQSh hukumati bu yuklar qayerdan chiqqani va kimga mo‘ljallanganini aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda. AP agentligi amerikalik harbiylarga asoslangan holda bu yuk Yamandagi husiychilar uchun atalgan bo‘lgani haqida xabar tarqatdi. Bu qurollar Erondan chiqqani taxmin qilinmoqda. Bu amerikaliklar kemasi Arab dengizi hududida yirik miqdorda qurol-yarog‘ ortilgan kemalarni to‘xtatishi bilan bog‘liq ilk holat emas. 2020 yil boshida ham amerikalik harbiylar qurol ortilgan eronliklar kemasini to‘xtatgandi.
2Dunyo
2016 yilda Oliy sud 87 foiz fuqarolik ishlarini qayta ko‘rib chiqishga yuborilgan 2016 yilda O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan 87 foiz fuqarolik ishlari (446 ishdan 390 tasi) qayta ko‘rib chiqish uchun quyi bosqichlarga yuborilgan. Atigi 13 foiz ish bo‘yicha Oliy sudda yakuniy qaror qabul qilingan. Sohadagi eng dolzarb masala — fuqarolarning sudma-sud sarson-sargardon yurishining oldini olish, bu boradagi muammolarni bartaraf etish Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilingan asosiy mavzulardan bo‘ldi. Joriy yil iyun oyining o‘zida Oliy sudda 24 fuqarolik ishiga yakuniy nuqta qo‘yildi, jinoyat ishlari bo‘yicha kiritilgan protestlarni ko‘rish natijasida, harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmagani uchun 7 shaxs oqlandi, 4 nafari jazodan ozod etildi, 2 nafariga nisbatan jinoyat ishi tugatildi, 17 shaxsga nisbatan tayinlangan jazo muddatlari kamaytirildi. Yig‘ilishda qayd etilganidek, keyingi paytda Prezidentning Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga bo‘layotgan murojaatlarning sezilarli qismi aynan sud idoralari va sudyalar faoliyati bilan bog‘liq ekani bu yo‘nalishda ko‘plab muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Bu borada Oliy sudga kuniga o‘rtacha 250 dan ortiq murojaat kelib tushmoqda. Tadbirda ushbu murojaatlarni hal etishda viloyat, tuman sudlari sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani, ayrim tuman sudlari murojaatlarni hatto ochib ko‘rmayotgani qattiq tanqid qilindi. Viloyat sudlari raislari haftada kamida uch kun tumanlarga, joylarga chiqib, sudlarning ish yurituvini o‘rganishi shart ekani, bunday o‘rganishlar har bir sudlarda o‘tkazilishi ta’kidlandi. Bu borada Oliy sud rayosatining shu yil 24 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar rejasi amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur qaror bilan sud tizimida zudlik bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Uning ijrosiga mas’ul bo‘lgan Oliy sud ishchi guruhlari tuzildi. Mazkur dasturlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Sudlarda uzoq muddatlardan buyon yakuniy yechimini topmay kelayotgan ishlar ro‘yxati tuzildi, ularni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Sudlarda ishlarning kamida 30 foizini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Oliy sud rayosatining «Sayyor sud majlislarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi, uslubiy tavsiyalar va sayyor sud majlislari o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan ishlar ro‘yxati tasdiqlanib, barcha sudlarga yuborildi. Oliy sud va viloyat sudlari tomonidan quyi sudlar ish yurituvidagi murakkab toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni olib birinchi instansiyada ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etildi. Iqtisodiy sudlar samarali qo‘llab kelayotgan ishlarni videokonferensaloqa tizimi orqali ko‘rib chiqish amaliyoti fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar hamda ma’muriy sudlarga ham tatbiq etilmoqda.
12Siyosat
O‘zbekiston fuqarosi birovning pasporti bilan Rossiyaga kirmoqchi bo‘ldi Rossiyaning Astraxan viloyati chegarachilari mamlakat chegarasini birovning pasporti bilan kesib o‘tishga uringan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi, deb yozadi “Podrobno.uz”. Hibsga olingan shaxsning mamlakatga kirishi 2020-yil avgustiga qadar taqiqlangan, chunki u bungacha Leningrad viloyatida bir qator ma’muriy qoidabuzarliklarni amalga oshirgan. Shu sababli Rossiya hududiga kirish uchun o‘zbekistonlik o‘z akasining pasportidan foydalangan, ularning tashqi ko‘rinishi esa o‘xshash bo‘lgan. Fuqaro Toshkentdan Saratovga ketayotgan poyezdga o‘tirgan. Ammo “Aksarayskiy” o‘tkazish punktida chegara nazoratidan o‘tishda yolg‘on fosh bo‘lgan. Qonunbuzarga nisbatan “Rossiya Federatsiyasi Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
8O‘zbekiston
O`zbekiston termasining Eron va Xitoyga qarshi o`yinlari vaqti ma`lum bo`ldi Futbol bo`yicha Jahon chempionati–2018 tuniriga saralashining uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Eron va Xitoy terma jamoalariga qarshi o`yin o`tkazadi. "A" guruhi doirasidagi ushbu ikki uchrashuvning boshlanish vaqtlari va joyi ma`lum bo`ldi, deya ma`lum qildi O`FF matbuot xizmati. Shunday qilib, O`zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi uchrashuvi 6 oktyabr kuni, soat 18:00da start oladi. O`zbekiston - Xitoy uchrashuvi 11 oktyabr kuni, 18:00da boshlanadi. Har ikki o`yin ham Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo`lib o`tadi. Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston milliy terma jamoasi saralashning uchinchi bosqichi, dastlabki ikki turida g`alaba qozonib, 6 ochko bilan o`z guruhi peshqadami bo`lib turibdi.
13Sport
La Liga prezidenti: «El-klasiko»da kimga g‘alaba tilashimni hamma biladi» La Liga prezidenti Xaver Tebas «Real» va «Barselona» uchrashuvi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Klasiko barcha uchun bayram bo‘lishini, faqat ijobiy xotiralar bilan hammaga namunali uchrashuv bo‘lib qolishini istayman. Men bugun kimga g‘alaba tilashim haqida gapirmoqchi emasman. Shundoq ham siz buni bilasiz. Bu uchrashuvda qaysi jamoaning g‘alaba qozonishiga qarab chempionlik poygasi qanday ko‘rinish olishi aniq bo‘ladi. Oldinroq bu uchrashuvda kim g‘alaba qozonishini ko‘proq istashim haqida ko‘p gapirganman. Ammo bugun bu ishni qilmayman», – degan Tebas. Eslatib o‘tamiz, Tebas «Real»ning ashaddiy fanati sanaladi.
13Sport
Muvofiqlikni baholashda – yangi tartiblar 2020 yil 1 yanvardan boshlab muvofiqlikni baholash tizimida yangi qoidalar amal qilishni boshlaydi, sinov laboratoriyalari kompleksi qayta tashkil etiladi (15.08.2019 yildagi PQ-4419-son qaror). Eng avvalo, “Oʻzstandart” agentligining Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korхonasiga (“UzTest” ) aylantiriladi. Tegishincha, hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari oʻrniga “UzTest” filiallari paydo boʻladi. Poytaхtda esa хalqaro tashkilotlarning (ISO, IEC, UNECE, EN, CODEX STAN) standartlari, talab va me’yorlariga muvofiq mahsulotlarning sinovlarini toʻliq amalga oshiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan iborat Sinov va nazorat kompleksi ochiladi. Maхsus sinovlar bilan bir qatorda bu yerda “Oʻzstandart” agentligining hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining buyurtmalari (ish rejalari)ga asosan davlat nazorati bilan bogʻliq sinovlar (oʻsimliklar karantini хizmati va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) amalga oshiriladi. Bundan tashqari, kelgusi yildan boshlab quyidagi yangiliklar amaliyotga joriy etiladi (oʻsimliklar karantini хizmati va farmatsevtika mahsulotlariga tatbiq etilmaydi): birinchidan, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari mahsulot sinovlarini “Oʻzstandart” agentligi rasmiy saytida joylashtirilgan sinov dasturlari asosida oʻtkazadi; ikkinchidan, bir turdagi mahsulotga nisbatan tasdiqlangan sinov dasturini 2 ta va undan ortiq хususiy sinov laboratoriyalari toʻliq хalqaro talablar asosida oʻzlashtirgan taqdirda, davlat organlari tizimiga kiradigan sinov laboratoriyalari tomonidan mazkur mahsulotning sinovi faqat davlat monitoringi hamda nazorati maqsadlarida amalga oshiriladi; uchinchidan, mahsulot sifati va хavfsizligini tasdiqlovchi ruхsat beruvchi hujjatlar va muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish idoraviy boʻysunuvidan qat’iy nazar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida oʻtkazilgan ijobiy sinov natijalariga asosan amalga oshiriladi; toʻrtinchidan, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari хalqaro standartlarga asosan yangi sinov uslubini oʻzida joriy etsa, 3 oy ichida akkreditatsiya doirasini kengaytirish majburiyatini olgan holda ushbu uslub boʻyicha muvofiqlikni baholash ishlarini amalga oshirishlariga ruхsat etiladi. Yangi sinov uslublarini qoʻllashga akkreditatsiya sohasini kengaytirish uchun taqdim etilgan buyurtma asos boʻladi; beshinchidan, muvofiqligi tasdiqlanishi shart boʻlgan mahsulotlar sinovini amalga oshirmaydigan va tashkilotlarning oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tashkil etiladigan sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish oʻrniga ularning teхnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi joriy etiladi. Bu hali hammasi emas. 2020 yildan boshlab: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
10Qonunchilik
Samarqandda mas'uliyatsizlik uchun ikkita tumanning «zamhokim»lari ishdan bo‘shatildi, biri hayfsan oldi Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun Samarqand viloyati hokimligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Uni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov o‘tkazgan. Ma'lum qilinishicha, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarida mas'uliyatsizlik qilgani uchun Kattaqo‘rg‘on va Samarqand tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilgan. Ishtixon tuman hokimi o‘rinbosariga hayfsan berilgan. Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida 379,5 ming gektar sug‘oriladigan yerlar bor. Ularning suvga bo‘lgan talabi 3,5 milliard m³ni, viloyatga ajratilgan suv limiti esa 2,2 milliard m³ni tashkil etadi. Viloyatda suv tanqisligi o‘rtacha 1 milliard m³. Kuz-qishda yog‘ingarchilikning kam bo‘lishi suv zaxiralari kamayishiga sabab bo‘ldi. Bunday vaziyat suv tejovchi texnologiyalardan ko‘proq foydalanishni taqozo etadi. Ammo viloyatda bu masalada holatni qoniqarli deb bo‘lmaydi. Ta'kidlanishicha, prezidentning 2020 yil 11 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, viloyatda 2021 yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ikki barobarga, jumladan, 38 ming gektardan oshiq maydonni tashkil etishi kerak. Ammo viloyatda bu sohada olib borilayotgan ishlarda yetarlicha kamchiliklar bor. Jumladan, maxsus tuzilgan ishchi guruh hisobotiga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Samarqand, Ishtixon, Narpay va Qo‘shrabot tumanlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan. Bundan tashqari, viloyatda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlariga mablag‘ ajratishi lozim bo‘lgan tijorat banklari ham sustkashlikka yo‘l qo‘ygan.
8O‘zbekiston
Rossiyada migrantlarning mamlakatdan chiqib ketishi kuzatilmoqda. Endi nima bo‘ladi? Bu xizmat ko‘rsatish, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga ta’sir qiladi. Rossiyadagi o‘zbek, ozarbayjon, tojik va qozoq migrantlari vakillari “Vedomosti” nashriga Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilgandan so‘ng fevral oyi oxirida boshlangan mehnat muhojirlarining o‘z vatanlariga chiqib ketishi haqida gapirdi.  Bu rubl kursi tushib ketgani bilan bog‘liq tabiiy jarayon, — deydi Moskvadagi ozarbayjonlar jamiyati raisi Shamil Tagiyev. Nega migrantlar ketishmoqda? Agar odamlar pul topish va uylariga pul jo‘natish uchun kelgan bo‘lsa, bu rubl kursi tufayli ular uchun foydasiz bo‘lib qoldi, — dedi qirg‘izistonlik mehnat muhojirlari uchun “Bilim” moslashuvi loyihasi asoschisi Maqsatbek Abdunazar.  Pul jo‘natish vositalari ancha kam. Agar ilgari ular Western Union, “Sberbank”, VTB va boshqa banklardan foydalangan bo‘lsa, endi Mastercard va Visa orqali pul o‘tkazmalari mumkin emas, — dedi Moskvadagi o‘zbek diasporasi vakili, huquqshunos Bahrom Ismoilov “Vedomosti” nashriga. Qolaversa, qurilish materiallari narxi oshgani uchun qurilish loyihalari va ta’mirlashga buyurtmalar kamayib bormoqda, bu sohada ko‘pincha migrantlar ish bilan band. U muhojirlar oqimi ko‘lamini baholashda qiynalib, hatto Ichki ishlar vazirligining statistik ma’lumotlari ham to‘liq aniq bo‘la olmasligini ta’kidladi. Chunki unda faqat ro‘yxatdan o‘tgan migrantlar hisobga olinadi.  Migrantlar huquqlarini himoya qiluvchi huquqshunoslar, shuningdek, yopiq chegaralar, bekor qilingan reyslar va chiptalar narxining oshishi sababli Rossiyadan chiqib ketish imkoni yo‘qligi haqida shikoyat qilmoqdalar. Migrantlar Rossiyada qamoqdagi kabi qolishgan. Tegishli: Rasmiylar sanksiyalar tufayli mehnat bozorini qo‘llab-quvvatlash uchun 160 milliard rubl ajratishi mumkin Mavsumiy ishlar uchun bu yerga kelganlar, mehnat muhojirlari hozir deyarli barcha reyslar bekor qilinganiga duch kelishmoqda, bu juda qimmat – 30 000 dan 200 000 rublgacha. Migrantlar uchun bu to‘lab bo‘lmas darajada katta pul, — deydi Tagiyev.  Uning so‘zlariga ko‘ra, Dog‘istondagi Rossiya—Ozarbayjon chegarasida 1000 ga yaqin odam to‘plangan. Turli millatlarga mansub mehnat muhojirlarining sezilarli darajada chiqib ketishi kuzatilmoqda, dedi mehnat migratsiyasi bo‘yicha ekspert Asilbek Egemberdiyev “Vedomosti” nashriga.  Asosan yoshlar ketmoqda. Ammo ular uylariga emas, balki boshqa mamlakatlarga yangi ish izlab ketishadi. Ular inqirozni tugashini kutmoqchi va qaytishni o‘ylashmoqda, — deydi Egemberdiyev. Ularning o‘rnini kim egallaydi Bo‘shatilgan ish o‘rinlari asta-sekin ruslar tomonidan to‘ldiriladi, deb hisoblaydi Egemberdiyev.  2020-yildan beri, ya’ni pandemiya boshlanganidan beri biz ruslar ilgari mehnat muhojirlari bo‘lgan ish o‘rinlarining qariyb 20 foizini egallaganini kuzatdik, — deydi u. Iqtisodiyot va biznesning ko‘plab tarmoqlari ma’lum darajada migrantlar kuchiga tayanadi: qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, umumiy ovqatlanish, chakana savdo, yetkazib berish xizmatlari Rossiya yalpi ichki mahsulotining, taxminan, 8-10 foizini tashkil qiladi,  Rocket Work bosh direktori Anastasiya Uskovaning so‘zlariga ko‘ra, ishchi kuchining chiqib ketishi mehnat unumdorligining pasayishiga, rivojlanishning sekinlashishiga va foydaning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. U pandemiya boshida muhojirlar oqimi sekinlashganini esladi. Shu bilan birga, bo‘sh o‘rinlarni bir zumda ruslar bilan osongina almashtirish mumkin emasligini ta’kidladi. Bunday “almashtirish” uchun korxonalar bo‘sh ish o‘rinlarini yanada manfaatliroq qilish uchun xodimlarning mehnat sharoitlari va ish haqini qayta ko‘rib chiqishlari kerak bo‘ladi. Va bu biznes marjinalligining pasayishiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar tannarxining sezilarli darajada oshishiga olib kelishi mumkin, bu iste’molchilarning xatti-harakatlariga salbiy ta’sir qiladi va biznesni yana xavf ostiga qo‘yadi, — deydi Uskova. Rossiya fuqarolari va mehnat muhojirlari hech qachon ish o‘rinlari uchun raqobatlashmagan, ya’ni mehnat muhojirlari Rossiya fuqarolari bormagan yoki borishni istamagan joylarni egallab olishgan, deya ta’kidladi o‘zbekistonlik Ismoilov. Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi migrantlarga oid yangi qonunni qabul qilgan edi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston termasiga qit’a chempionatida 4 ta oltin olib kelgan janglar videosi Kecha — 6-may kuni to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z vazn toifasida Osiyo chempioniga aylandi. Bugun — 7-may sanasida termaning yana besh bokschisi finalda jang qiladi. Quyida janglari yakuniga yetgan vazn toifalarining final janglarini tomosha qilish mumkin.
13Sport
Qozog‘iston Suriya bo‘yicha Ostona uchrashuvlari natijasini yuqori baholaydi Qozog‘iston hukumati Suriya bo‘yicha Ostonada bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi halqaro uchrashuv natijalarini yuqori baholaydi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bayonotida so‘z yuritilmoqda, deb xabar bergan TASS agentligi.   "Qozog‘iston Suriya bo‘yicha Ostonadagi to‘rtinchi xalqaro uchrashuvni ushbu mamlakatda tinchlik o‘rnatish borasida tashlangan qadam deb baholaydi hamda tomonlarni barcha kelishuvlarni bajarishga chaqiradi. Shu bilan birga, Suriya mojarosini siyosiy yo‘l bilan hal etishda xalqaro sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildiradi", - deyiladi xabarda. Ta'kidlanishicha, bu safargi uchrashuvda erishilgan eng yuqori natija kafolat beruvchi mamlakatlar tomonidan Suriyada xavfsizlikni ta'minlash maqsadida maxsus hududlarni tashkil etish memorandumi bo‘ldi. U "mamlakatda zo‘ravonliklarga barham berish, mamlakat hududiy yaxlitligi va birligini saqlash, ziddiyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish"ga xizmat qiladi. "Imzolangan hujjatda ta'kidlanishicha, to‘rtta xavfsizlik hududlari chegarasida barcha ziddiyatli tomonlar jangovar harakatlarni to‘xtatishi kerak. Ushbu hududlarga  Idlib viloyati va Latakiya, Xama va Halab viloyatlarining bir qismi, Xoms viloyatining shimoliy hududlar va Sharqiy Guta, shuningdek, Suriya janubidagi Dara va Al Kunaytra mintaqalari kiritilgan. Bu hududlarda har qanday turdagi qurol-yarog‘lar, jumladan aviatsiyadan foydalanish taqiqlangan. Gumanitar yordamlarni yetkazish, qochqinlarning o‘z uylariga xavfsiz qaytishlari uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilgan".  Eslatib o‘tamiz, 3-4 may kunlari Qozog‘iston shahri poytaxti Ostona shahrida Suriya bo‘yicha Ostona uchrashuvlarining to‘rtinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
2Dunyo
Prezident maktablariga hujjatlarning onlayn qabuli 1 iyundan boshlanadi Joriy yilning 1-22 iyun kunlari Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi Prezident maktablarida hujjatlarni qabul jarayoni bo‘lib o‘tadi. Mazkur ma'lumot Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2019 yil 27 mayda e'lon qilindi. Prezident maktablari davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 20 fevraldagi «Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan tashkil etilib, mamlakatda iqtidorli yoshlarni o‘qitish tizimini yaratish hamda kelgusida ularda rahbarlik va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Birinchi Prezident maktablari 2019-2020 o‘quv yilida Toshkent, Namangan, Nukus va Xivada ishga tushiriladi. Dastlab, Prezident maktablarini cheklangan miqdorda tashkil etilishi mazkur muassasalarni boshqarishning butunlay yangi modelini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Ushbu sinov muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, kerakli xulosalarni olib 2020-2021 yillarda Prezident maktablari respublikaning boshqa barcha viloyatlarida tashkil etiladi. Shu bilan birga, maktablarni boshqarishda Kembrij dasturining ijobiy tajribasi va uni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganadigan mahalliy ekspertlar guruhi tuziladi. Prezident maktablari yurtimizda ta'lim sifatini oshiruvchi lokomotiv shakllantiriladi. Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov bu haqda shunday deydi: - Xalq ta'limi vazirligi Prezident maktabiga nomzodlarni saralashda barchaga teng sharoit yaratish uchun harakat qilmoqda. Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi Prezident maktablari uchun tanlov jarayonini nazorat qiladi. Mazkur tashkilot butun dunyoda o‘tkazadigan imtihonlari jarayonida adolat va shaffoflikni ta'minlaydi. Albatta, barcha ota-onalar farzandlarini Prezident maktablarida bilim olishini xohlashadi. Lekin eng iste'dodli o‘quvchilargina bunday imkoniyatga ega bo‘lishadi. Cambridge Assessment International Education mutaxassislari bolaning ota-onasi yoki ularning moddiy imkoniyati haqida ma'lumotlarga ega bo‘lmaydi. Ingliz kompaniyasi uchun o‘g‘il-qizlar iste'dodi, tanqidiy va mantiqiy fikrlash darajasi baholashning asosiy mezon hisoblanadi. Nomzodlarga qo‘yilgan talablar: Prezident maktablariga hujjatlar 2019 yilning 1 iyunidan 22 iyunigacha topshiriladi.  Joriy yilda Namangan, Nukus, Xiva va Toshkentdagi Prezident maktablariga o‘quvchilar 5-10-sinflariga, kelgusi yillardan boshlab esa 5-sinfga qabul qilinadi. Nomzodlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, 2018-2019 o‘quv yilidagi tabelining asl nusxasi  hamda ta'lim olayotgan maktabidan belgilangan shakldagi ma'lumotnomani taqdim etishi kerak. Arizachilar ichidan eng maqbulini saralash va arizachilar sonini maqbullashtirish maqsadida hujjat topshirish uchun STEM yo‘nalishi bo‘yicha fanlardan a'lo baho olish talabi joriy etiladi. Ya'ni, 4-sinf bitiruvchilari matematika va tabiatshunoslik kabi fanlardan baholari 5 «a'lo» bo‘lishi kerak. Shuningdek, 5-sinf bitiruvchilari matematika faniga qo‘shimcha tarzda biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari, shu bilan birga 6-sinf bitiruvchilari ham matematika faniga qo‘shimcha biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika fanlaridan baholari a'lo bo‘lishi talab etiladi. 7-9-sinflarni bitirgan o‘quvchilar algebra, geometriya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha baholari 5 «a'lo» bo‘lsagina hujjat topshirishi mumkin. Hujjatlarni topshirish faqat ariza beruvchining tahsil olayotgan hududi bo‘yicha amalga oshiriladi. Arizachi o‘qiyotgan maktabning hududiy joylashuvi Prezident maktabi ochilayotgan hududga mos kelishi kerak. Boshqa viloyatlar maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar 2020-2021 yillarda respublikamizning boshqa viloyatlarida tashkil etiladigan Prezident maktablariga hujjat topshirishi mumkin. Hujjatlar qanday topshiriladi? Aholiga qulaylik yaratish maqsadida nomzodlar Prezident maktablarining pm.xtv.uz. rasmiy saytiga hujjat topshirishlari mumkin. Onlayn qabul 21 iyun kuni soat 24: 00da yakunlanadi. Buning uchun hech qayerga borishning hojati yo‘q. Bundan tashqari, internetdan foydalanish imkoniyati yo‘q ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi qabul markazlarida ham hujjatlar qabul qilinadi. Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 22 iyun kuni soat 17:00 da yakunlanadi. 17:00 dan boshlab hujjatlar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi. Ishonchsiz ma'lumotlar taqdim etgan nomzod tanlovning istalgan bosqichida imtihondan chetlashtirilishi mumkin. Prezident maktablarida imtihon o‘tkazish tartibi: Imtihon jarayonlari Namangan, Nukus, Xiva va Toshkentdagi Prezident maktablarida nomzodlar soniga ko‘ra bir necha bosqichda o‘tkazilishi mumkin. Agar ariza beruvchilar soni bir o‘rin uchun 20 kishidan oshsa, dastlabki imtihonlar matematika fani bo‘yicha o‘tkaziladi. Mazkur jarayonda matematika fanidan berilgan 20 ta testni yechishga bir soat vaqt ajratiladi. Nomzodlar imtihonning asosiy bosqichida talabgorlar soni bir o‘ringa 20 nafardan oshmagan holda ishtirok etadi. Imtihonlarning asosiy bosqichi axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha (16 ta masala), mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan (24 ta masala) hamda ingliz tili (55 ta test savoli) fanlaridan iborat bo‘ladi. O‘quvchilar to‘plagan ballarning asosiy qismi (80 foizi)ni tanqidiy fikrlash va mantiqiy bilimni talab etuvchi topshiriqlarni bajarish orqali yig‘ishlari mumkin. Ballarning faqat 20 foizigina ingliz tili faniga to‘g‘ri keladi. Shu bois nomzodlar ingliz tilidan mukammal tayyorgarlikka ega bo‘lmay, tanqidiy va mantiqiy fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lsa ham, ularning Prezident maktablariga qabul qilinish ehtimoli yuqoriligicha qoladi. Nomzodlar istagiga ko‘ra ushbu yo‘nalishdagi imtihon savollari ingliz tilida emas, davlat tilida berilishi mumkin. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun ingliz tilining ahamiyati qariyb 40 foizdan ziyod bo‘lishi kutilmoqda. Sababi ular kelgusida xorijlik o‘qituvchilar o‘tadigan STEAM-fanlarni o‘rganish uchun yetarli salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. O‘quvchi xohishiga ko‘ra tanqidiy fikrlash va mantiq bo‘yicha imtihonlarni ingliz tilida ham topshirilishi mumkin.    Agar talabgorlar bir xil miqdorda ball yig‘sa qabul komissiyasi nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi. Suhbatda o‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakillari), zarur hollarda esa, psixolog hamda tibbiyot xodimlari ham ishtirok etishi mumkin. Mazkur jarayonda audio va videotasvirga olishga ruxsat beriladi. Cambridge Assessment International Education qaroriga ko‘ra, nomzodlar va ularning ota-onalari imtihon natijalari yuzasidan apellyatsiyaga berish hamda imtihon ishlarini tekshirish huquqiga ega emas. O‘quv jarayoni: Prezident maktablari internat sifatida faoliyat yuritadi. Ya'ni, o‘quvchilarga haftaning 5 kuni mobaynida maktabda o‘qish va yashash imkoni beriladi. Dam olish kunlari ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin. Prezident maktablari o‘quvchilari bepul ovqat va maktab formasi bilan ta'minlanadi. Prezident maktablaridagi o‘qitish jarayoni “STEAM — ta'lim” (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — san'at, Mathematics — matematika) dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu esa barkamol avlodning fikrlash qobiliyatini, irodasi, ijodiy salohiyati va kirishuvchanligini yanada rivojlantirish imkonini beradi. Mazkur yo‘nalishdagi darslar ingliz tilida o‘tiladi. Yosh avlodni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun Prezident maktablarida o‘zbek tilida chuqurlashtirilgan holda olib boriladigan ona tili va adabiyot, tarix va boshqa fanlarga ham alohida ahamiyat qaratiladi. Ayni paytda Prezident maktablari uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislarni tanlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda (www.pm.xtv.uz). Prezident maktabida ta'lim jarayoni 9-11-sinf o‘quvchilarining qiziqishlariga ko‘ra tashkil etiladi. Prezident maktablari bitiruvchilariga belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi. Prezident maktablariga topshiriladigan hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: 1. Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Salom ko‘chasi 1, 241-maktab binosi 2. Namangan shahri, Boborahim Mashrab ko‘chasi, Barkamol avlod bolalar markazi 3. Xiva shahri, Yangiturmush mahallasi, R. Majidiy ko‘chasi 12-uy, Xiva shahar xalq ta'limi bo‘limi 4. Nukus shahri, Olloyor Do‘stnazarov ko‘chasi, Ibrohim Yusupov nomli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati.
8O‘zbekiston
Bundesliga. Roys va Gerreyru gol urgan o‘yinda “Borussiya D” g‘alaba qozondi Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 30-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Borussiya D” 21-aprel, chorshanba kuni “Union” bilan bahs yuritdi. Dortmundda kechgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi. “Arilar”ga Marko Roys va Rafael Gerreyruning gollari g‘alaba keltirdi. Ushbu g‘alabadan keyin “Borussiya”ning ochkolari soni 52 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 5-o‘rinni band etgan. “Union” (43) 8-pog‘onada bormoqda. Bundesliga 30-tur bahslari 21-aprel, chorshanba Gollar: 1:0 – 27 Roys, 2:0 – 88 Gerreyru. “Borussiya D”: Hits, Pishchek, Hummels, Akanji, Gerreyru, Reyna (Brandt, 76), Azar (Sancho, 59), Jan (Daud, 59), Bellinghem (Reynyer, 90), Roys, Holand. “Union”: Lyute, Trimmel, Knoxe (Shlotterbek, 73), Fridrix, Lens, Andrix, Premel (Gentner, 80), Endo (Byulter, 58), Kruze (Toyxert, 73), Ingvartsen, Musa (Poxyanpalo, 73). Ogohlantirishlar: Knoxe (48), Bellinghem (69), Hummels (72). Gollar: 0:1 – 25 Plea, 0:2 – 45 Lazaro, 1:2 – 48 Kramarich, 2:2 – 60 Bebu, 3:2 – 65 Kramarich. Gol: 0:1 – 16 Salai. Gollar: 0:1 – 13 Shlager, 0:2 – 29 Vegorst, 0:3 – 65 Gerxardt, 1:3 – 90 Kastro.
13Sport
Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni buyurdi Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar, seshanba kuni transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda avtomobil va jamoat transporti sohasida ham muayyan kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tilgan. Prezident matbuot xizmatining yozishicha, aholiga qulay va sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida yo‘nalishlar uchun ochiq tenderlar o‘tkazish, jamoat transportiga oid tarif va tartiblarni qayta ko‘rib chiqib, raqamlashtirish lozimligi qayd etilgan. Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash masalasiga ham to‘xtalib, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tez fursatlarda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Transport vazirligi huzuridagi nazorat organlarining ish uslubi eskicha ekani ko‘rsatilib, ularning faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish zarurligi ta’kidlangan. “Mutasaddilar yig‘ilishda qayd etilgan muammolarni hal etish va ustuvor vazifalarni bajarish rejalari yuzasidan axborot berdi”, — deya qo‘shimcha qilingan rasmiy axborotda.
8O‘zbekiston
Hakamga suv idishi otgani uchun “Bunyodkor” vitse-prezidenti jarimaga tortildi “Bunyodkor” klubi vitse-prezidenti Baxtiyor Boboyev 3-tur doirasida o‘tkazilgan “Bunyodkor”–“Olmaliq” uchrashuvidagi xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan jazolanadi. Bu haqda PFL sayti xabar berdi. “Championat.asia”ning ma’lum qilishicha, Boboyev o‘yindan so‘ng hakam yordamchisi Husniddin Shodmonovni haqoratlagan va unga ichimlik idishi (“baklajka”)ni otgan.“Nohavaskor va yarim professional futbol klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan 2014-yilgi O‘zbekiston chempionati reglamenti”ning buzilgani bois, Tartib-intizom kodeksining 5,53-moddasi hamda 5-modda, 2-qism, 5,36-punktlariga binoan “Bunyodkor” vitse-prezidenti jarimaga tortildi. Agar mazkur holat yana takrorlansa, Boboyevga nisbatan jiddiy jazo qo‘llaniladi.
13Sport
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga tashrif buyurdi O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 1 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi. Shavkat Mirziyoyev Shirin shahridagi mintaqadagi eng yirik Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida bo‘ldi. Bu stansiya O‘zbekiston energiya tizimining markaziy qismi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan asosiy manbadir. Umumiy quvvati 3050 MVt bo‘lgan 10 energiya blokdan iborat ushbu issiqlik elektr stansiyasida yiliga 16,1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 1972−1981- yillarda bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilgan ushbu stansiyada uskunalar eskirgani ishlab chiqarish quvvati pasayishiga olib kelmoqda, shu bois bu yerda so‘nggi yillarda muntazam rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Birinchi Prezidentining “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidagi ikkita energoblokni to‘liq modernizatsiya qilish” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq 2014 yilning iyul oyidan 2015 yilning mart oyiga qadar ikkita energiya blok modernizatsiya qilindi. Shavkat Mirziyoyev mutaxassislar bilan Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi quvvatini oshirish, ishlab turgan energobloklarni modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qildi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarxini pasaytirish, stansiya uskunalarini ta’mirlash uchun zarur bo‘ladigan ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha vazifalar topshirildi. Iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash, elektr energiyasi hisobini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. Shavkat Mirziyoyev shu yilning 1 oktyabridan dastlabki mahsulot ishlab chiqarishni boshlagan viloyat markazidagi “Guliston medtexnika” O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida ham bo‘ldi. Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan ushbu qo‘shma korxonani barpo etish uchun 7,3 million AQSH dollari yo‘naltirilgan. Yangi korxonada yiliga 216 million dona shprits va 26 million dona infuziya sistemasi ishlab chiqariladi. Ushbu mahsulotlarni ichki bozordan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonga eksport ham qilish rejalashtirilmoqda. Qo‘shma korxonadagi 210 ish o‘rnining yarmiga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari qabul qilingan. Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida bunyod etilishi rejalashtirilayotgan kam ta’minlangan oilalar uchun mo‘ljallangan ko‘p qavatli zamonaviy uylar loyihasi bilan ham tanishdi. Bunday uy-joylarni jamoatchilik ishtirokida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga imtiyozli kredit asosida adolatli ravishda berish lozimligi ta’kidlandi. Mamlakatimiz Prezidenti vazifasini bajaruvchi viloyat paxta dalalarida bo‘lib, yig‘im-terim ishlarining borishi bilan tanishdi, Guliston tumani fermerlari bilan hududda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuqori unumli navlarni ekish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish masalalarini muhokama qildi. Qishloq joylarda zarur muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmaga ega yakka tartibdagi zamonaviy ixcham uy-joylar qurish loyihalari muhokama etildi. Qisqa muddatlarda bunday ixcham, energiya tejamkor ko‘p xonali uylar barpo etilishi qishloq joylarda kam ta’minlangan va yosh oilalarning yashash sharoitini qisqa vaqt ichida yaxshilash imkonini berishi ta’kidlandi. Sirdaryo viloyati faollari bilan uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olinib, hurmat bajo keltirildi. Viloyatning shahar va tumanlari markazlarida zamonaviy, shinam uy-joylar barpo etish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan istiqbolli bosh rejalarni hayotga tatbiq etish asosida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga doir masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, viloyat eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi. Yig‘im-terim ishlari, kuzgi ekinlarni ekish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini g‘amlash, uy-joylar va ijtimoiy inshootlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, sanoat va viloyat iqtisodiyotining boshqa sohalari uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda Guliston tumani misolida viloyatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kompleks dasturi ko‘rib chiqildi. Xususan, yaqin ikki yilda ushbu tumanda qariyb 900 ish o‘rni yaratish imkonini beradigan 11 sanoat korxonasi tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ichki bozorda sotish bilan birga, tashqi bozorga chiqarish ham mo‘ljallanmoqda. Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev viloyat rahbarlari va faollarini hukumat portalida ochilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasi manziliga hudud aholisidan kelayotgan murojaatlar bilan tanishtirdi. Viloyat mutasaddilariga ushbu masalalarni ko‘rib chiqish va tezkor hal qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
12Siyosat
Qay darajada shikastlangan kupyuralar toʻlov uchun qabul qilinadi MB valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida banknotalar muomalaga yaroqli yoki yaroqsiz deb hisoblanishiga sababchi boʻladigan shikastlanishlarning tuzatish kiritilgan roʻyхatini taqdim etdi (MB Boshqaruvining 29.06.2018 yilda 3029-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori). Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). ini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Shunday qilib, banklar quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan kupyuralarni qabul qilishni rad eta olmaydilar: Bu – muhim! Banklar bunday kupyuralarni milliy valyutaga ayirboshlashlash, shu turdagi shikastlanmagan kupyuralarga almashtirish, maydalash, yiriklash, konversiya operatsiyalarini amalga oshirish uchun qabul qilishlari shart. Bunda ularni keyinchalik boshqa operatsiyalar boʻyicha mijozlarga berish taqiqlanadi.   Quyidagi hollarda banknota muomalaga yaroqsiz hisoblanadi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.07.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
10Qonunchilik
Qarshida Islom Karimov haykali ochildi, Mirziyoyev nutq so‘zladi Bugun O‘zbekistonda respublika birinchi prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda. Islom Karimov rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatida ham xotira tadbirlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati. 30 yanvar kuni Qarshi shahrida birinchi prezident haykalining ochilish marosimi o‘tkazildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Davlat rahbari Islom Karimovning mamlakat mustaqilligi va taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari Vatan tarixida o‘chmas iz qoldirganini ta'kidladi. Islom Karimovning haykalini Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova ochdi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar, mamlakatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan faollar ishtirok etdi.
8O‘zbekiston
USADA rahbari Rossiyani Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan chiqarib tashlashga chaqirdi AQSh antidoping agentligi (USADA) rahbari Trevis Taygart Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ga doping tizimini yaratgani uchun Rossiyani jazolash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda. USADA rahbarining fikricha, XOQ Rossiya olimpiya terma jamoasini Rio–2016 o‘yinlaridan oldin jazolashi kerak edi. Taygartning aytishicha, Richard Maklaren boshchiligidagi Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning mustaqil komissiyasi hisobotining ikkinchi qismidan so‘ng XOQda Rossiya olimpiya qo‘mitasini tashkilot a’zoligidan vaqtincha chetlashtirish va Rossiyaga xalqaro turnirlarni o‘tkazishga ruxsat bermaslik uchun yana bir imkoniyat paydo bo‘ldi. “Rossiyada doping bilan ishlash tizimi tegishli normalarga o‘zgarmagunicha shunday qilish kerak. Shu yo‘l orqali XOQ ‘toza sportchilarni’ qo‘llab-quvvatlashi quruq gap emasligiga signal bergan bo‘lar edi”, – dedi Taygart. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
13Sport
Gavayiga dahshatli parvoz: 363 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot dvigateli havoda qulab tushdi 13-fevral, seshanba kuni Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi 1175-reysi yo‘lovchilari o‘z hayotidagi eng mudhish voqeani boshdan kechirdi. Gavayiga yo‘l olgan samolyotning dvigateli havoda qulay boshladi. Bu haqda Hawaii News Now xabar bermoqda, deb yozadi “Inform.kz”. Samolyot Gonolulu aeroportiga qo‘nganligi va hech kimga shikast yetmaganligiga qaramasdan nosoz samolyotda uchgan yo‘lovchilar qattiq qo‘rqqan. “Samolyot qo‘nishidan 40 daqiqa avval qasirlagan ovoz eshitildi... shundan so‘ng samolyot qo‘rqinchli tebrana boshladi”, — deydi yo‘lovchilardan biri Ellison Sudikal. Qulagan dvigatel yaqinida o‘tirgan yo‘lovchilar uning suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Hozircha nima yuz berganligi noma’lum, suratlardan dvigatelning obtekateli qulab tushganligi haqida xulosa qilish mumkin. Havo kemasi bortida 363 nafar yo‘lovchi va o‘n nafar ekipaj a’zosi bo‘lganligini ta’kidlash joiz.
2Dunyo
Rossiya va Turkiya IShIDning Suriya shimolidagi pozitsiyalariga aviazarbalar berishdi Turkiya va Rossiya bombardimonchi samolyotlari IShIDning Suriya shimolidagi pozitsiyalariga zarba berishdi. Bu haqda Reyter agentligi turk harbiylariga asosan xabar qilmoqda. Xabarga ko‘ra, turk aviatsiya va artilleriyasi Suriyada so‘nggi sutka davomida IShIDning 22 jangarisini yo‘q qildi. Shuningdek, turk harbiylarining ma'lum qilishicha, Rossiya havo kuchlari IShIDning mamlakat shimolida joylashgan Al-Bob shahridagi bir necha nuqtalarini yo‘q qilgan. Ma'lumot uchun, Vladimir Putin dekabr oxirida Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar qilgandi. Unga ko‘ra uchta hujjat imzolandi: birinchisi – Suriya hukumati va qurollangan muxolifat o‘rtasida mamlakat hududida o‘t ochishni to‘xtatish, ikkinchisi – tinchlik kelishuvini nazorat qilish bo‘yicha choralar majmuasi, uchinchisi – Suriya mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish borasidagi muzokaralarga oid. Kelishuv “Jabhot an-Nusra” va IShID terrorchilik guruhlarini nazarda tutmaydi.
2Dunyo
Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi mojaro sababli MAK samolyoti Toshkentga qaytdi 27 fevral kuni Toshkentdan Hindistonning Amritsar shahriga parvoz qilgan Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767 samolyoti poytaxtga qaytdi. MAK samolyoti 12:35 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Samolyotning ortga qaytishiga Pokiston tomonidan mazkur havo yo‘lagi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishga taqiq qo‘yilgani sabab bo‘ldi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning MAKdagi axborot manbasi. Ayni vaqtda Hindistonga parvozlarni amalga oshirish uchun aylanma yo‘nalishlarni ishlab chiqish masalasi hal etilmoqda, deya xabar qildi Uzbekistan Airways matbuot xizmati. 26 fevral kuni Hindiston Pokiston hududidagi «Jaishi Muhammad» jangarilar guruhi lageriga havo zarbalari berilganini ma’lum qildi. «Jaishi Muhammad» 14 fevral kuni Kashmirdagi terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Hujum oqibatida 45 nafar hind politsiyachisi halok bo‘lgan edi. Chorshanba kuni Pokiston harbiy havo kuchlari ikkita hind harbiy samolyotini urib tushirdi. Bu haqda Tvitterda Pokiston Qurolli kuchlari rasmiy vakili Asif G‘afur Tvitterda ma’lum qildi. Asif G‘afur bir uchuvchi katapulta qilishga ulgurgani va yerga qo‘nganidan so‘ng qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Boshqa ikki hind harbiy xizmatchisining taqdiri hozircha noma’lum.
12Siyosat
2019-2020-yillarda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sug‘orish quduqlarini qazishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berishni yaxshilash uchun sug‘orish quduqlarini qazishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2019-2020-yillarda suv ta’minoti og‘ir, iste’molga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish maqsadida sug‘orish quduqlarini qazish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) va uni amalga oshirish uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari “Tomorqa xizmati” MChJga kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratiladigan kredit resurslari 1-ilovaga; suv ta’minoti og‘ir hududlarda artezian quduqlarni burg‘ulash ishlarini tashkil etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Dasturga kiritilgan mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi aholi tomorqalarini har tomonlama o‘rganib, ushbu tomorqalardagi bog‘larni va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishni zamonoviy resurs tejovchi ilg‘or texnologiyalar asosida va muqobil energiya vositalaridan foydalanishni tashkil etilishini nazarda tutsinlar. 3. Kengash: Dasturni amalga oshirish doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirsin; Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin, yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida hal qilish uchun zarur choralarni ko‘rsin; zarur hollarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda mazkur Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin. 4. Dasturga muvofiq sug‘orish quduqlarini burg‘ulash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi quduqlarni qazish loyihalariga ekologik ekspertiza xulosalari va Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi gidrogeologik xulosalar belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin. 5. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati 2019-2020-yillarda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan aholi maskanlarida quriladigan sug‘orish quduqlarining elektr tarmoqlariga belgilangan tartibda ulanishini hamda ularga elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasin. 6. Kengashning Dasturdagi suv ta’minoti og‘ir, iste’molga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sug‘orish quduqlarini qazish ishlarini tashkil etish bo‘yicha “Tomorqa xizmati” MChJ hamda “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalarini buyurtmachi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Dasturda nazarda tutilgan quduqlarni qazish va burg‘ulash uchun, shu jumladan energiya manbalari uskunalarini o‘rnatish va ularni kelgusida ekspluatatsiya qilish uchun zarur yer maydonlarini o‘rnatilgan tartibda ajratib berilishini ta’minlasin. 8. Dasturga kiritilgan sug‘orish quduqlarini qazish hamda suvni aholi tomorqalariga yetkazib berish ishlarini moliyalashtirish: Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini, “Tomorqa xizmati” MChJlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga, “Tomorqa xizmati” MChJlarga imtiyozli kreditlar berish maqsadida “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va “Xalq banki” ATBga joylashtiriladigan resurslar hisobidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarining fermer va dehqon xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqa egalariga sug‘orish moslamalari (nasoslar, sug‘orish quduqlari va boshqalar) xarid qilish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar; belgilangan tartibda hamkorlik dasturlari doirasida jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari; “Tomorqa xizmati” MChJlarning va tashabbuskorlarning (sug‘orish qudug‘idan foydalanuvchilar) o‘z mablag‘lari hamda qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Jamg‘arma Dasturga kiritilgan tumanlardagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MChJlarga burg‘ulash uskunalari xarid qilish, quduq qazish hamda mavjud quduqlarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratishi mumkin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik dasturlarni shakllantirishda aholi tomorqalariga suv yetkazib berish bo‘yicha innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini nazarda tutsin. 10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov va Suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
"Tokio-2020" Olimpiya o`yinlarida qatnashuvchi O`zbekiston terma jamoa a`zolari koronavirusga qarshi emlash oldi tekshiruvidan o`tkazilmoqda MOQning xabariga ko`ra, "Tokio-2020" Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan terma jamoa vakillari  koronavirusga qarshi emlash oldidan tibbiy tekshiruvdan o`tkazilmoqda. Dastlabki tibbiy nazorat ishlari gimnastika va sport kurashlari bo`yicha terma jamoalaridan boshlandi. Mutasaddilar dastavval kurashchilarning bazasiga tashrif buyurib, u erda mashg`ulot olib borayotgan erkin va yunon-rum kurashchilar, murabbiylar hamda shifokordan qon va PZRga surtma tahlillar olishgan. Kurashchi qizlardan esa 3 may kuni namunalar olish rejalashtirilgan.   Ishchi guruhning boshqa vakillari esa badiiy gimnastikachilarning bazasida bo`lishdi. Qayd etish joiz, ular Rossiyada o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazayotgan davrlarida “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanishgan edi. Shu bois, tekshiruv davomida sportchi qizlarimiz, murabbiy, shifokor va massajchilarning salomatligi nazoratdan o`tkazildi. Yakuniy xulosalarga ko`ra, hech bir atletimizning salomatligida jiddiy kamchiliklar aniqlanmagan.
13Sport
Lola Karimova-Tillayeva YUNESKOdagi elchi lavozimini tark etdi Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili lavozimini tark etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi. «Bugun mening O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi sifatidagi so‘nggi kunim. So‘zsiz, diplomat sifatidagi 10 yillik faoliyatim hayotimning muhim qismi bo‘ldi. Ushbu bebaho tajribadan, menga bahramand bo‘lishga sababchi bo‘lgan insonlardan, ko‘p narsalarni o‘rganish imkoniyati va eng asosiysi o‘z Vatanimga xizmat qilishdan minnatdorman», — deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva. YUNESKO elchisi lavozimidan ketishiga qaramasdan, u madaniyat, ta’lim, fan va ekologiya sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda davom etishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, «Sen yolg‘iz emassan» bolalar jamg‘armasining gumanitar faoliyatini davom ettirib, fransuz mutaxassislari bilan hamkorlikda murakkab bolalar yurak jarrohligi, imkoniyati cheklangan bolalar reabilitatsiyasi hamda O‘zbekistonda bolalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha boshqa loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi 2008−2017 yillardagi faoliyati mobaynida Navro‘z xalq bayrami, Katta ashula, o‘zbek palovi an’analari, Boysun madaniy merosi, Shashmaqom va Askiya YUNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2016 yili dunyodagi eng katta tog‘ tizmalaridan biri, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududini qamrab olgan G‘arbiy Tyan-Shan Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kirildi. 2017 yil dekabr oyida atlas va adras to‘qish an’anaviy texnologiyasi YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ilg‘or tajribalar ro‘yxatidan joy oldi, deyiladi xabarda.
12Siyosat
Dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi kuzda kasallikning avj olishi ortidan yana ko`payishi mumkin Koronavirusning jahonga tarqalish darajasi pasaymoqda. Evropada ko`rsatkichlar bahorgi darajaga qaytdi. Jami 24,5 million insonda koronavirus aniqlangan — bu umumiy hisobda dunyo aholisining 0,3 foizidan ko`prog`ini tashkil qiladi. Ularning 65,4 foizi sog`aygan. Hafta davomida tuzalganlarning soni 1,45 millionga ko`payib, 16 millionga etdi.  So`nggi 7 kun davomida dunyoda koronavirusga chalinish holatlari soni 1,8 millionga ortdi. Iyul oxiridan boshlab haftalik o`sish kuzatilmoqda. Biroq nisbatan olganda, pandemiya boshlanganidan beri bu tendensiya minimal darajaga tushdi — 7,5 foiz.  Yangi infeksiyaning shartli o`lim darajasi (yakuniysi pandemiya tugagach aniqlanishi mumkin) minimal darajani yangilab, 3,4 foizgacha tushdi. Ammo mutaxassislar bu ko`rsatkich kuzda kasallikning avj olishi ortidan yana ko`tarilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.  Etti kun davomida koronavirus sababli o`tgan haftadagi kabi qariyb 38 ming kishi vafot etdi. Umuman olganda, dunyoda ushbu yangi kasallik bilan bog`liq 832 ming o`lim holati qayd etilgan.
2Dunyo
Patriarx Kirill va papa Fransiskning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (fotogalereya) Kubada katolik va pravoslav cherkovlarining rahbarlari tarixda birinchi marta uchrashdi. Muzokaralar Gavana aeroportida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”. Ularning uchrashuvi oxirgi o‘nyilliklar davomida muhokama qilib kelingan. Biroq tomonlar amaldagi mojarolarni tartibga solish va tadbirning kun tartibi masalasida bir fikrga kelishga muvaffaq bo‘lmagan edi. Diniy sammit natijalari bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya imzolangan. Pontifik va patriarxning uchrashuvi qanday o‘tganligini quyidagi fotogalereyada ko‘rishingiz mumkin:
2Dunyo
Obama Netanyaxuning Falastin haqida bildirgan fikrini tanqid qildi — OAV AQSh prezidenti Barak Obama Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga u saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Falastin davlatchiligi g‘oyasini yana tanqidga yo‘liqtirgach, Vashington Amerika-Isroil aloqalarini va Yaqin Sharqdagi diplomatiyani “qayta ko‘rib chiqishi” haqida ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakiliga tayanib, “RBK” xabar berdi. Obamaning qo‘ng‘irog‘idan so‘ng bo‘lib o‘tgan televizion intervyuda Isroil bosh vaziri o‘z safsatasini biroz o‘zgartirdi. Nashr ta’kidlashicha, Vashington bu bilan Isroilni BMTda xalqaro bosimdan himoya qilish siyosatini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini tushuntirib qo‘ydi.
2Dunyo
Turkmanistondagi 5,8 balli zilzila kuchi Nukusda sezildi 26 oktabr kuni kechqurun, Toshkent vaqti bilan soat 19:20 atrofida Turkmanistonda 5,8 balli zilzila kuzatildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar bergan. Zilzila o‘chog‘i Kaspiy dengizi bo‘yidagi Balkanabad shahridan 11 km sharqda joylashgan. Zilzila epimarkazi 28 km chuqurlikda joylashgan. Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida yashovchi fuqaroning xabar qilishicha shaharda yer osti silkinishlari sezildi. «Tahririyatimiz yangi turar-joy binolaridan birining katta vitrinali oynalarga ega birinchi qavatida joylashgan. Zilzila besh soniyacha sezilib turdi, oynalarning kuchli silkinishi eshitildi», — deya «Nukusskaya nedelya» gazetasi bosh muharriri Azamat Davletmuratovning so‘zlarini keltirgan «Gazeta.uz».
8O‘zbekiston
Dzanetti bo‘lolmagan Mauro. «Xoin»ga aylangan qahramon haqida Bir do‘stim bor. «Inter»ning ashaddiy muxlisi. Mauro Ikardi porlab chiqqanda mana, Dzanettidan keyin endi sizlarda ham kiroyi yetakchi bor deganimda, Dzanetti bilan Ikardini taqqoslash mantiqsizlik ekanini aytgandi. Chindan ham, «Inter» muxlisi uchun Dzanettidan yaxshiroq futbolchi yo‘q. Axir Yevropaga kelgach, faqat «Inter»da o‘ynagan, butun faoliyatini shu klubga bag‘ishlagan Dzanetti qayoqda-yu, do‘stining xotinini bola-chaqasi bilan birga «olib qochgan» bezori qayoqda, to‘g‘rimi? Lekin bu nuqtai-nazar bilan qarash ham unchalik to‘g‘ri emasdek. «Inter» Mauro Ikardidan sardorlik bog‘ichini olib qo‘ydi. 4 yildan buyon jamoa sardori bo‘lib kelayotgan futbolchi bu qarorni o‘zining hamiyatiga tegish deb qabul qildi. Maydondan tashqaridagi voqealar uchun futbolchini bu tarzda jazolash to‘g‘rimi? Quyida shu haqda mulohaza yuritamiz. Avval «Inter» muxlislari nega Ikardini yomon ko‘rib qolishganini eslasak. 2014 yilda Ikardi Argentina milliy terma jamoasidagi va klubdagi do‘sti Maksi Lopesning xotini Vanda Naraga uylandi. U do‘stining xotini bilan oldindan uchrashib yurgani katta mojarolarga sabab bo‘ldi. Bu voqeadan keyin Ikardiga futbolchi sifatida emas, badaxloq sifatida qaray boshlashdi. Biroq Mauro o‘yindan-o‘yinga ochilib, 2014/15 yilgi mavsumda 27ta gol urdi. Hujumchining samaradorligi jamoa o‘yiniga ijobiy ta'sir qilayotganini sezgan rahbariyat 2015 yil yozda sardorlik bog‘ichini 22 yoshli Ikardiga topshirdi. Bunga klubning muxlislari, ayniqsa «ultras» a'zolari (ashaddiy fanatlar guruhi, bunday muxlislar uchun futbolning uncha qizig‘i yo‘q. Ular o‘yinlar vaqtida olov yoqish va janjal chiqarish bilan band bo‘lishadi) bundan norozi bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, klub sardorlik bog‘ichini Andrea Ranokkiadan olib, Ikardiga topshirdi. «Inter» afsonasi Xaver Dzanetti 2014 yilda futboldan ketgach, sardorlik bog‘ichini aynan Ranokkiaga qoldirgandi. Ikardi sardor bo‘lgach, uning o‘yini yanada ochildi. Uni asta-sekin yaxshi ko‘ra boshlashdi, lekin haligi muxlis deyishga arzimaydigan to‘da Ikardiga tosh otishda davom etdi. O‘yinlardan birida Mauro gol urib, uni nishonlash uchun muxlislar oldiga yugurib bordi. U yerda turgan bir bolakay Maurodan libosini so‘raydi. Ikardi libosini bolakayga berib, uni xursand qiladi. Biroq «ultras» safidan bittasi chiqib, bolaning qo‘lidan Ikardining kiyimini olib, uni futbolchiga qarab uloqtiradi. Shunda Mauro jahli bilan o‘sha muxlisni so‘kadi. Ikardi bu voqeani o‘zining avtobiografiyasida keltirgach, unga bo‘lgan norozilik yanada kuchaydi. Stadionda har xil bannerlar paydo bo‘ldi. Ularda futbolchini haqorat qilishdi, tahqirlashdi. Lekin Mauro gollar urishda davom etdi. Ayniqsa Milan derbilarida Ikardining qahramon bo‘lishi odatga aylandi. Joriy mavsum avvalida ham «Inter» hamshahari «Milan»ni aynan Ikardining goli evaziga mag‘lub etdi. O‘sha gol urilgach, «Inter» uchun Ikardi derbi tarixiga kirdi. Ikardi Milan derbilaridagi «Inter»ning oxirgi 5ta goliga mualliflik qildi. Bunaqasini «ko‘k-qoralar» tarixidagi hech bir hujumchi eplolmagandi. Ikardi «Inter»ning A Seriyadagi rekordchisi ham hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 29ta gol urib, A Seriya to‘purariga aylandi. Qizig‘i, «Inter»ning biror futbolchisi Italiya chempionatining bir mavsumida aqalli 27ta gol urolmagandi. 1958/59 yilgi mavsumda Antonio Anjyelillo Italiya chempionatida 26ta gol urgan va bu natija «Inter» futbolchilari uchun eng yaxshisi bo‘lib kelayotgandi. Ikardi yarim asrdan ortiq saqlanib turgan rekordni yangilab, «Inter» sardorlik bog‘ichini bekorga taqib yurmaganini isbotladi. «Inter» xitoylik rahbarlar qo‘liga o‘tgach, qanchadan-qancha yulduzlarni sotib olmadi deysiz, lekin «Yuventus», «Milan», «Napoli» kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarda tabloning «Inter» urgan gollarni hisoblaydigan tomonida bitta familiyani ko‘raverdik: Ikardi... Klub uning maoshini ko‘tarishga o‘ylanib qoldi – Ikardi gol urishda davom etdi, muxlislar uni xoin deb atab, banner ko‘tarishdi – Mauro yana gol uraverdi. Unga kimsan «Real» taklif bilan chiqdi – Mauro ketishni xayoliga keltirmay, «Inter» sardori ekanidan faxrlanishini aytdi. Ikardi o‘zini tarbiyalab, Yevropaga tanitgan «Barselona» darvozasiga Chempionlar Ligasi o‘yinida gol urdi va bu golini ehtiros bilan nishonladi. Mauro «Men «Inter»ning sardoriman!», deb mag‘rur izohladi bu nishonlashni. Italiya nashrlari Ikardi va uning xotini haqida mish-mishlar tarqatayotganda Mauro mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani sharafiga jamoadoshlariga «Roleks» soati sovg‘a qilib, ularni yaxshi ko‘rishini aytdi. Messiga yoqmagani sabab (Leo Maksi Lopesning do‘sti. U Argentina milliy jamoasida asosiy inson ekani sir emas) Ikardini Argentina terma jamoasiga chaqirishmadi, lekin Mauro dunyoning eng zo‘r futbolchisi Messi ekanini takrorlayverdi, kek saqlamadi. Uni alqash uchun mana shuncha sabablar bor, lekin «Inter» uni qadrlash o‘rniga sardorlik bog‘ichini olib qo‘ydi. Oxirgi yillarda «Inter» qaysidir futbolchiga bu qadar bog‘lanib qolganini eslaysizmi? Ha, Dzanettiga. U klub afsonasi, 4-raqam Dzanetti sharafiga boshqa hech kimga berilmaydi. U zamonaviy futbol tarixidagi eng namunali futbolchilardan biri edi. Xo‘sh, undan keyin «Inter» kimga bog‘lanib qoldi? Mourino bilan Chempionlar Ligasini yutgan futbolchilarni eslaylik: asosiy qahramon Uesli Sneyder. Mourino ketgach, zaxirada qolishni boshlab, oxir-oqibat Osiyo turnesini boshlab yubordi. Orada «Nitssa»ga borib, «dam olib» keldi. Diyego Milito. YeChLdagi super mavsumdan so‘ng yana bir mavsum yorqin o‘ynadi va Argentinaga ketdi. Samuel Eto’O. Keyingi mavsumdayoq «Inter»dan ketib, hozirgacha yana 8ta jamoada o‘ynashga ulgurdi. Xullas, «Inter»da bu qadar uzoq vaqt yuqori saviyada o‘ynagan futbolchi ko‘rinmagandi. Chempionlar Ligasini yutgan futbolchilar, shubhasiz, klub uchun tarix yaratishgan, lekin ular Ikardi kabi jamoaga foydali bo‘lishmaganini tan olish kerak. O‘sha jamoaning asosiy qahramoni Mourino edi. Ikardi esa de Bur kabi omadsiz murabbiy vaqtida ham gol urishdan to‘xtamadi. Ammo «Inter» uning qadriga yetish o‘rniga jamoadan haydash payiga tushdi... Xo‘p, Ikardi axloqsizdir, xo‘p, uning rafiqasi ham axloqsizdir, lekin buning futbolga nima aloqasi bor? Ueyn Runining xotini futbolchi haqida shunday degandi: «U shilqimlik qilmagan dugonam qolmagan». Runi orada ichib, qoidani buzgani uchun axloq tuzatish koloniyasida ham «javlon urdi», lekin «MYu» ham, «Everton» ham uni boshiga ko‘tardi. Yoki Rayan Giggzning qanday xunuk ishlar qilganini bilamiz. «MYu» uni bemaza qiliqlari sabab haydab solmadi. «Barselona» Xavini ayollarga suyagi yo‘qligi sabab sardorlikdan mahrum qilmadi. Uzoqqa bormaylik, «Real» Ronalduni AQSh mehmonxonalarida «taqiqlangan yo‘llarga oralagani uchun» jamoadan haydab solmagandi. Lekin «Inter» o‘z safidagi eng top-futbolchini quvish payida. Ikardi Yevropaning istalgan top-klubida asosiy tarkibda o‘ynay oladi. Hatto «Real»da ham. Biroq «Inter» o‘z tarkibida qanday super futbolchi borligini to‘liq anglamagan ko‘rinadi. Klub futbolchi atrofidagi voqealar ularga ma'qul emasligini yotig‘i bilan tushuntirganida, hammasi bu qadar murakkablashib ketmagan bo‘larmidi. Bu yerda muammo katta ehtimol bilan futbolchining agenti va xotini Vanda Naraning boshqa biror klub bilan muzokara olib borganida bo‘lgan. Lekin bunday futbolchiga katta klublar taklif bilan chiqishi oddiy hol-ku? Gapimiz quruq bo‘lmasin, Ikardiga rasman taklif bilan chiqqan jamoalarni sanasak. «PSJ», «Napoli», «Tottenhem», «Real». «Yuventus» ham Ikardini ko‘ndira olmagach, Iguainni olgandi. Dunyoda «Real»ga yo‘q deydigan futbolchilar juda kam. Mauro shunday buyuk klubni ham rad etgan (sodir bo‘layotgan voqealardan so‘ng «Real»ga hozircha yo‘q deyapti, desak to‘g‘ri bo‘ladi). «Inter» esa o‘ziga bo‘lgan sadoqatni javobsiz qoldirdi. Endi nima bo‘ladi? Sardorlik bog‘ichi olib qo‘yilishi dangalini aytganda, klub futbolchini haydadi degani. Endi Ikardi «Inter»da qolmasa kerak. Katta ehtimol bilan u yozda Milanni tark etadi. Balki «Yuventus»ga borar, balki «Real»ga o‘tar, balki «Barselona» uni ortga qaytarar (agar Messi ruxsat bersa), balki Mauro Angliyaga ketishga qaror qilar. Xullas, bunday darajadagi futbolchi ko‘chada qolmaydi. Biroq «Inter» yana Ikardi darajasidagi futbolchini topishi qiyin bo‘ladi. Chunki Lautaro Martines kabi endi porlayotgan yosh futbolchilar ham klubning o‘z sardoriga bo‘lgan munosabatini ko‘rib, agentlariga «Xo‘sh, bizga qaysi jamoalardan taklif bo‘lyapti?», deb xabar yozishi hech gap emas. Nima bo‘lganda ham Ikardining maydonga tushmayotganidan futbol yutqazyapti. Bunday futbolchilar qahramon bo‘lishga munosib, xoin emas... O‘tkir Jalolxonov
13Sport
Britaniya bosh vaziri musulmonlar xavfsizligini ta'minlashga va'da berdi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey musulmonlarning xavfsizligi ta'minlash uchun barcha ishni qilishga va'da berdi. Bu haqda RIA Novosti’ga hukumat rahbarining dushanbaga o‘tar kechasi favqulodda holat yuz bergan masjidga kelganlar bilan uchrashuvi qatnashchilaridan biri xabar qilgan. "Mey xonim mamlakatdagi musulmonlar hamjamiyati xavfsizligini ta'minlash ustida ishlashini aytdi. U buning uchun barcha ishni qilishini ma'lum qildi", - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi. Shuningdek, London hokimi Sodiq Xonning dushanba kuni ma'lum qilishicha, shahardagi masjidlar kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlana boshlanadi. Dushanba kuniga o‘tar kechasi London shimolida furgon tungi ibodatdan qaytayotgan musulmonlarga qarab haydab borildi. Politsiyaning xabar berishicha, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 10 inson jarohatlandi. 48 yoshli oqtanli erkak buni amalga oshirganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. "Yaqin soatlar va kunlarda, ayniqsa Ramazon oyi yakunlanishi arafasida masjidlar yonida politsiyachilar soni ko‘paytiriladi", - dedi Xon jurnalistlarga. Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada bu so‘nggi uch oyda ro‘y bergan to‘rtinchi teraktga bo‘ldi.
5Jamiyat
Foto: Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Bokudagi norasmiy uchrashuvda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi xodimi Davut Gazi Benli Facebook'dagi sahifasida O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlarining bugun, 15 oktabr kuni Bokudagi uchrashuvidan ba'zi suratlarni e'lon qildi. Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarboyjon poytaxtiga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida qatnashish uchun kelishgan. Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi xodimi taqdim etgan suratlarda Mirziyoyev va Erdo‘g‘an quyuq salomlashib, ochiq kayfiyatda suhbat qurayotgani, norasmiy davrada mezbon Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jyeyenbekov ham borligini ko‘rish mumkin. Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev Boku sammiti kun tartibidagi masalalar bo‘yicha takliflarini bildirgani xabar qilingan edi.
8O‘zbekiston
«Nega bunga yo‘l qo‘yildi?» - Jamoatchilik Toshkentda qizil bayroq ko‘tarilishi bo‘yicha rasmiylardan izoh so‘ramoqda 1 may kuni Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida, «G‘alaba qo‘shiqlari» konserti vaqtida SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani o‘zbekistonliklar o‘rtasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bir qator ziyolilar va ijtimoiy muloqot tarmog‘i foydalanuvchilari voqeadan xavotir bildirgan. «Toshkentda qizil bayroq ko‘tarilishiga rasmiylardan reaksiya bo‘lmayotgani dahshatli» — Mubashshir Ahmad Voqelikni xavotir bilan qarshi olganlardan biri – taniqli diniy ulamo Mubashshir Ahmad. «1 may kuni Toshkentda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganini ko‘rib, juda qattiq dahshatga tushdim. Karantin bo‘lishiga qaramay, shuncha odam to‘plangan, bu bir tomoni, lekin shu tadbirda qizil bayroq ko‘tarilgani hammasidan o‘tib tushdi», – dedi ulamo Kun.uz muxbiri bilan suhbatda. U SSSR bayrog‘i ko‘tarilishiga masalan, Boltiqbo‘yi respublikalari yoki umuman, mustaqil davlatchiligini hurmat qilgan biror mamlakatda yo‘l qo‘yilmasligini aytib o‘tdi. «Poytaxtimizda qizil bayroq ko‘tarilishi juda qo‘rqinchli va dahshatli hodisa. Ammo bunga rasmiylardan hech kim reaksiya bildirmayotgani undan-da dahshatli. Munosabatning ikkinchi muqobili – odamlarning e'tiroz bildirib namoyishlarga chiqishiga esa qonunlarimiz yo‘l qo‘ymaydi. Men qo‘rqyapman, qo‘rqyapmanki, bu kelajakda kattaroq voqealarga, qaytadan mustamlaka bo‘lishimizga debocha bo‘lmasin. Ukraina va Gruziyaning ma'lum qismlari qanday egallab olinganini yaxshi bilasiz», – dedi Mubashshir Ahmad. «Maydonda ittifoq bayrog‘ining hilpirashi – siyosiy nostalgiya» — Abdurahmon Tashanov O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning fikricha, so‘z erkinligi va demokratiya parvarishlanib boruvchi murakkab jarayon. «Uni majoziy ma'noda qaqrab yotgan dashtga suv quyishga o‘xshatish mumkin. Suv bilan esa, avvalo, yovvoyi o‘tlar ko‘karadi. So‘z erkinligi jarayonida ham avvaliga radikallar, siyosiy ekstremistlar va psevdo-demokratlarning ovozi ko‘proq eshitiladi. Toshkentning Xalqlar do‘stligi maydonida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, «Rossotrudnichestvo»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Rossiya elchixonasi tomonidan tashkil qilingan «G‘alaba qo‘shiqlari» nomli konsert dasturi davomida sobiq SSSR bayrog‘ining hilpirashiga ham xuddi shu nuqtayi nazardan qarash mumkin. Xayriyatki, jamoatchiligimiz orasida bu holat o‘ta keskin qarshilik bilan kutib olindi. Hatto siyosiy partiyalarimizdan biri uni provokatsiya o‘laroq baholab, bosh prokurordan nimadir qilishni talab qilmoqda. Bu yaxshi, albatta. Holbuki, har qanday chaqiriq va mitinglar bilan tarix ortga qaytmaydi. Sovet ittifoqining mavqeyini qayta tiklashning o‘zi xomxayoldir. Ammo ana shu aksiyalar orqali Kremlning bir hovuch shovinistlari tilidagi tushovlargina yechiladi, shunisi yomon», – dedi Tashanov. Huquq faoliga ko‘ra, sovet davrini qo‘msab qolish, maydonda o‘tmishning bayrog‘ini tiklashning sababi siyosiy maqsadlardan ko‘ra ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy istaklarga borib taqaladi. Ya'ni sobiq ittifoqning «jannatiy hayoti»ni qo‘msaguvchilarning ko‘pchiligi – og‘ir tirikchilik va korrupsiyadan bezgan odamlar. «Men bu yerda qandaydir siyosiy strategiyani ko‘rmayapman. Ammo ana shu olomon ortida uni olovlantiruvchi ayrim toifalarning ham bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Siyosiy partiya talab qilganidek, bayroq ko‘targanlarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish masalasi biroz murakkabdir. Bayroqdorlar o‘z harakatlarini turlicha talqin qilishi mumkin va bu – demokratiya. Masalani siyosiylashtirish esa kutilmagan noxush vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Bu yerdagi yagona xato va uquvsizlik – hamma tadbirlarga ham birdek bag‘rikeng bo‘lmagan rasmiylarimizning ana shu xildagi tadbirlarga nisbatan xayrixohligidir. Niyati va maqsadi ayon bo‘lgan toifalarga sharoit yaratish meni hayratga soldi. Lekin aytish kerakki, voqealar rivoji qanday kechishi aniq bo‘lmagan bu kabi aksiyalar olomon zehniyatida sobiq ittifoqqa qaytish nostalgiyasini qo‘zg‘atadi va bu yomondir. Agar rasmiylarimizning bu ro‘yxushligi ortida shunchaki mas'uliyatsizlik emas, balki Kreml va uning katta siyosatdagi mavqeyiga nisbatan moyillik bo‘lsa, urdi xudo», – deya ta'kidladi «Ezgulik» jamiyati raisi. «Milliyligimiz va davlatchiligimizni asrash, qo‘riqlash bilan bog‘liq omillar bo‘yicha hech qachon ikkilanmaylik» — Azamat Ziyo O‘zFA Tarix instituti direktori, senator Azamat Ziyo ham voqelik yuzasidan fikrlarini bildirdi. «Davlat tili bo‘ladimi, boshqa masalalarmi, tortishuvlar bo‘lishi tabiiy. Biroq bu milliy birligimiz sustlashdi, degani emas. Shu bahona, yurtdoshlarimizga aytar so‘zimiz: talashaylik, tortishaylik, ammo bir masalada kelishib olaylik: milliyligimiz va davlatchiligimizni asrash, qo‘riqlash bilan bog‘liq omillar bo‘yicha hech qachon ikkilanmaylik», – deya yozdi u Facebook sahifasida. «Davlatchiligimizga zid harakat» — Ulug‘bek Hamdam Yozuvchi Ulug‘bek Hamdam Toshkentda qizil bayroq ko‘tarilishi haqida gapirarkan, fikrlarini O‘zbekiston mustaqilligi uchun juda uzoq va mashaqqatli yo‘l bosib o‘tilganidan boshladi. «Qariyb 130 yil. Oqilgan qonlar ichlarga, yuraklarga to‘ldi. Ammo biz bu qonlarning qadriga yetadigan avlodni tarbiyalay oldikmi, o‘zimiz shunday bo‘lib yetishdikmi?.. Hamma gap mana shunda bo‘lib turibdi... 1 may kuni «Xalqlar do‘stligi» saroyi qarshisida begona bayroqlarning paydo bo‘lishini O‘zbekiston davlatchiligiga zid harakat sifatida qattiq qoralayman. Men barcha xalqlar tinch-totuv yashashi tarafdoriman, lekin bu degani mustaqil bir yurtning ona maydonlaridan birida o‘tmishga aylangan imperiyaning bayroqlari hilpirashi mumkin, degani emas», – dedi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda. «Xalqimizning eng qora kunlari timsoli bo‘lgan bayroqning yana poytaxtda hilpirashi – o‘ta darajada sharmandali holat» — Baxtiyor Shohnazar «Biz farzandlarimizni mustaqil yurtning erkin farzandi sifatida tarbiyalashga harakat qilyapmiz. Ta'limda shunga intilyapmiz. Lekin poytaxtning qoq markazida qora kunlarimiz tamsili bo‘lgan bayroq ko‘tarilishi shuncha harakatlarimizga qarshi kurash degani-ku. Bu o‘ta darajada sharmandali. Nega mas'ullar bunga yo‘l qo‘yib berdi? Nega bunga yo‘l qo‘yganlar hamon sukut saqlamoqda? Ikkinchidan, hozir pandemiya davri. Tadbir suratlarida ishtirokchilarning ko‘pchiligi niqobsiz ekanini ko‘rish mumkin. Bu minglab, balki millionlab odamlar salomatligini xavf ostiga qo‘yishdir. Qani kuchaytirilgan karantin tartibi?» – deydi advokat va mustaqil jurnalist Baxtiyor Shohnazar. «Bayroq odamlar ongiga ta'sir o‘tkazmaydi, deb o‘ylash kamida xato, bo‘lmasa ko‘rlikdir» — Xurshid Botirov Huquqshunos Xurshid Botirov Twitter'dagi sahifasida sobiq SSSR bayrog‘i bugun tarixiy belgi emas, balki odamlar ongida SSSRni eslatuvchi, uni ulug‘lovchi siyosiy qurolga aylanayotgani haqida yozdi. «Sobiq ittifoq bayrog‘i – imperializm g‘oyasi o‘tida SSSRni ulug‘lovchilarning bizga berayotgan signali. Mustaqillikning 30 yilligi arafasida bu voqea tahdid deb qaralmog‘i zarur. Bayroq odamlar ongiga ta'sir o‘tkazmaydi, deb o‘ylash kamida xato, bo‘lmasa ko‘rlik. Hozir ham shu bayroqning ko‘tarilishi odamlarni ikkiga bo‘lyapti. Sobiq qizil imperiya millionlab odamlarni qatag‘on qilgani, begunoh odamlar, xalqlarni surgunlik va ochlikka mahkum etgani va shu sabab begunoh odamlarning qoniga botganini aslo unutmasligimiz kerak. Umuman, ongi va shuuri qul bo‘lmagan odamda bu bayroq SSSRning qilgan jinoyatlarini eslatishi kerak, nostalgiyani emas», – deb yozdi u. *** Eslatib o‘tamiz, 1 may kungi konsertni Rossiya TIVning Rossotrudnichestvo agentligi o‘tkazgan bo‘lib, agentlik press-relizida tadbirni O‘zbekiston hukumati qo‘llab-quvvatlagani aytiladi. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi 3 may kuni bergan bayonotida vazirlik konsert dasturining O‘zbekistonda o‘tkazilishida hamkor ekani va «faqat sahnadagi jarayonlarga javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini» bildirdi. Kun.uz'ga hukumatdagi manbalar orqali yetib kelgan ma'lumotga ko‘ra, tadbir uchun O‘zbekiston hukumatidan rozilik olinishiga Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Mixail Turetskiyning O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga yozgan xati asos bo‘lgan. Kun.uz'dagi ma'lumotga ko‘ra, bosh vazir Abdulla Aripov tadbirni o‘tkazishga rozilik bildirib, uni tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi qator mutasaddilarga topshiriq bergan. «Taklifga rozilik berilsin. Madaniy tadbirni 2021 yil 1 may kuni Xalqlar do‘stligi san'at saroyining old maydonida sanitariya-epidemiologiya hamda jamoat xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etgan holda tashkil etishingizni so‘rayman», – deya topshiriq bergan bosh vazir Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Milliy gvardiya rahbarlariga. Ilyos Safarov tayyorladi.
8O‘zbekiston
Makkadagi mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatida 1,5 ming ziyoratchi evakuatsiya qilindi Saudiya Arabistonining Makka shahridagi mehmonxonada chiqqan yong‘in oqibatida haj amallarini bajarish uchun kelgan kamida 1,5 ming ziyoratchi evakuatsiya qilindi. Yamanning to‘rt nafar fuqarosi yong‘indan jabrlangan, deb xabar beradi “TASS”. Qirollikning Fuqaro mudofaasi kuchlari 15 qavatli turar-joy majmuasida yuz bergan yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in mehmonxonaning 11-qavatidagi xonalardan birida, elektr simlarida muammo borligi tufayli chiqqan. Qutqaruvchilar odamlarning hayotiga hech narsa xavf solmasligini bildirganidan so‘ng, ziyoratchilar o‘z xonalariga qaytgan. 17-sentabrda ham Makkadagi mehmonxonalardan birida yong‘in yuzaga kelgan va 1 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan edi. O‘shanda ikki kishi jabrlangan edi. Eslatib o‘tamiz, 11-sentabr kuni Makkadagi Al Haram masjidiga kran qulashi natijasida 107 kishi halok bo‘ldi.
2Dunyo
Ekstremistik tashkilotlar tarafdorligida gumonlanayotgan 24 nafar fuqaro qo‘lga olindi Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida ekstremistik tashkilotlarga aloqadorlikda gumonlanayotgan bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berdi. Ushlangan shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida, ekstremistik oqim va xalqaro terrorchilik tashkiloti targ‘ibotchilarining aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hamda taqiqlangan materiallari topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olingan. Aniqlik kiritilishicha, tadbirlar natijasida ekstremistik tashkilotlarga aloqadorlikda gumonlanayotgan 24 nafar shaxs ushlangan. Ularga nisbatan tergov davom etmoqda. «Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da’vatlariga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklarini, ularni saqlamasliklarini va tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz», — deb ogohlantirdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati vakili.
5Jamiyat
Chilidagi jurnallardan biri Messini masxara qildi Chilining The Clinic jurnali yangi soni muqovasiga “O‘zga sayyoralik” filmi qahramonining suratini joylashtirib, unda argentinalik hujumchi Lionel Messini masxara qildi, deb xabar beradi ushbu nashr sayti. Jurnal muqovasi Chili va Urugvay o‘rtasida bo‘lib o‘tgan chorak final o‘yinlarida Gonsalo Xara va Edinson Kavanilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hodisani o‘quvchilar yodiga soladi. Undagi o‘zga sayyoralikning barmog‘i to‘q sariq rangga bo‘yalgan holatda tasvirlangan hamda “Tayyorlan, Messi” so‘zlari qo‘shimcha qilingan. Jurnal argentinalik futbolchini kelgindi bilan qiyoslagan, chunki ko‘plab o‘yinchilar va mutaxassislar uni o‘zga sayyoralik deb ataydi.
13Sport
AQShga kirib keluvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tekshiriladi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi Amerika vizasini olish uchun ariza berganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘rganib chiqish ularni tekshirish jarayonining bir qismiga aylantiruvchi rejani ishlab chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal bergan ma’lumotlarga asosan, “Vesti.ru” xabar qiladi. Tekshirish jarayoniga kiritilayotgan o‘zgarishlarning tafsiloti hozircha ma’lum emas, biroq nashrning xabar qilishicha, u yanada keng ko‘lamli islohotlarning bir qismi xolos. Bu, odatda, rasmiy yozuv va hujjatlarga asoslanib kelgan Ichki xavfsizlik vazirligi endilikda ijtimoiy mediaga ham e’tibor qarata boshlashini anglatadi. Bundan tashqari, bu o‘zgarishlar yaqinda San-Bernardinoda ekstremistlar tomonidan 14 kishining o‘ldirilishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisaga javoban kiritilmoqda. Keyinroq aniq bo‘lishicha, terrorchilardan biri AQSh vizasini olishdan avval uchta alohida tekshiruvdan o‘tgan. Lekin tekshiruvlarning hech biri terrorchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidagi jihodni qo‘llab-quvvatlash mazmunidagi xabarlarini aniqlay olmagan.
2Dunyo
Moskva bosh ravvini musulmonlardan uzr so‘radi (video) Chechen respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘z instagramida yangi video taqdim etdi. Unda Yevropa ravvinlar kengashi raisi va Moskva bosh ravvini Pinxas Goldshmidt musulmonlardan uzr so‘ragani aks etgan. Gap shundaki, u RIA "Novosti"ga bergan intervyusida dunyodagi terrorchilarning 99 foizi Muhammad diniga mansub ekanini aytgan.  Goldshmidtning izohlashicha, uning so‘zlari "Trampning AQShga musulmonlarning kirishini taqiqlovchi yangi farmoni konteksti"da aytilgan. U umumiylashtirishni jamiyatning eng asosiy muammolaridan biri deb hisoblab, "radikal va haqiqiy Islomni farqlash"ga chaqirgan. Ravvin o‘z fikrini bildirishda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yganini tan olib, so‘zlari ranjitishi mumkin bo‘lgan mo‘minlardan uzr so‘ragan.  Bundan avval Rossiya musulmonlar ma'naviy kengashi muftiysi va Federal jamoatchilik palatasi a'zosi Albir Krganov ham Goldshmidtdan uzr so‘rashni talab qilgan. Islam news axborot agentligiga bergan izohida u ravvinning so‘zlarini hissiy bayonot, aqlsizlik va  mo‘minlarni haqorat qilish deb hisoblashini aytgan.   Goldshmidtning uzr so‘ragan videosini taqdim etgan Qodirov "OAV ko‘pincha suhbat mohiyatini buzib, siyosatchi va diniy arbobni keskin bayonotlar bildirishga majbur qilishi va ikkinchi darajali narsalarni oldingi planga olib chiqishini" ta'kidlagan.
5Jamiyat
Shamol ob-havo ma'lumotlari boshlovchisini jonli efirda chetga surib ketdi Irlandiyada ob-havo ma'lumotlari boshlovchisi Derek Xartigan jonli efirda  ma'lumot berayotganda kuchli shamol bilan kamera qarshisidan chetga surib ketildi. Derek kamera qarshisida katta soyabon ostida turib so‘zlayotganda birdaniga kuchli shamol kelib, uni soyaboni bilan chetga surib ketgan. Derek kutilmaganda kelgan shamolni yengib, sanoqli soniyalarda yana kamera qarshisiga qaytgan. U teskarisiga ochilib qolgan soyabonni to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘lolmay, uni apil-tapil yig‘ishtirishga tushgan. Oxir-oqibat soyabon yaroqsiz holga kelgan. TV3 kanalidagi ertalabki teleko‘rsatuv boshlovchilari hamkasblarining bunday "parvozi"dan kulgilarini tiya olmaganlar.
5Jamiyat
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Nyu-Yorkka parvozlar sonini oshirmoqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi joriy yilning 5 aprelidan boshlab Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ikkinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bermoqda. Parvozlar payshanba kunlari Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt): Payshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00 Payshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1) 2018 yil 29 maydan 17 sentabrga qadar esa Nyu-Yorkka qatnovlar haftasiga uch marta, seshanba kunlari ham «orzu laynerlari»da quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (mahalliy vaqt): Seshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00 Seshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1) Hozirda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Nyu-Yorkka Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida haftasiga bir marta yakshanba kunlari yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirilmoqda.
8O‘zbekiston
“Barselona” 2015/16-yilgi mavsum uchun yangi liboslarini taqdim etdi Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi keyingi mavsum uchun uy va safar liboslari to‘plamini namoyish qildi, deb xabar beradi “Sport-express.ru”. Klubning 115 yillik tarixida birinchi marta ko‘k-anor rangli chiziqlar vertikal emas, gorizontal tarzda joylashtirildi. Mehmon formasida Kataloniya bayrog‘i ranglaridan foydalanildi. Liboslarni Nike kompaniyasi ishlab chiqardi. 25-iyundan boshlab ushbu formalarni jamoaning rasmiy do‘konlaridan xarid qilish mumkin.
13Sport
Turkmaniston Adliya vazirligi internetga ulanish qoidalarini e’lon qildi Turkmaniston Adolat (Adliya) vazirligi veb-saytida jismoniy va yuridik shaxslar uchun internetga ulanishni tartibga soluvchi “Turkmanaragatnashik” (“Turkmanaloqa”) davlat agentligining bir qator qoidalari e’lon qilindi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar qildi. Qoidalarga ko‘ra, internetga ulanish uchun nafaqat pasport yoki yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma, balki internet ulangan binoga egalik, ijara yoki bepul foydalanishni tasdiqlovchi hujjat nusxasini ham taqdim etish kerak. Bu ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga tegishli. Agar yuridik shaxs ijara asosida binoga egalik qilsa, internetga ulanish uchun bino egasining roziligi talab qilinadi. Hujjatda internet-kafe va Wi-Fi ulanish nuqtalarining ishlash qoidalari aniq ko‘rsatilgan. Ularning egalariga quyidagilar taqiqlanadi: Internet-kafelarga tashrif buyuruvchilar xizmatdan foydalanishdan oldin pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, haydovchilik guvohnomasi, harbiy bilet) taqdim etishi shart. Shuningdek, qoidalar xosting xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Unda, xususan, “xosting operatori va veb-sayt egasi ma’lumotlar egasi va foydalanuvchi oldida Turkmaniston qonunchiligiga muvofiq axborotga qo‘yilgan cheklovlar uchun javobgar emas”. Hujjatda hatto elektron pochta orqali ro‘yxatdan o‘tish talablari mavjud. Qoidalarda shunday deyilgan: “Elektron pochta xabarlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, provayder iste’molchiga xizmatlar ko‘rsatishi va foydalanuvchi nomiga internet orqali xabarlarni qabul qilishi, shuningdek, ushbu xabarlarni ko‘rsatilgan manzilga yuborishi shart. Foydalanuvchi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashi va ulardan belgilangan shartnoma va Turkmanistonning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq foydalanishi shart”. Qoidalarda, shuningdek, davlat xizmatlari Turkmanistondagi maxsus veb-sayt orqali, agar aniq internet xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati Turkmaniston qonunlarida taqiqlanmagan bo‘lsa ko‘rsatiladi. Qoidalarga ko‘ra, ma’lumot egasi va axborot tizimining operatori: Bundan tashqari, qoidalarda ta’kidlanishicha, Turkmanistonning davlat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida maxsus vakolatli shaxslar uchun ochiq, shuningdek, davlat sirlarini o‘z ichiga olgan axborotni himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmasdan faoliyat yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Avvalroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasi bilan qorbola yasagani, Turkmanistonda mashinalar kuzovida qora rangli elementlar bo‘lishi taqiqlangani hamda Turkmanistonda 50 yoshdan kattalarning hududlar bo‘ylab harakatlanishi taqiqlab qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
2Dunyo
Axborot texnologiyalari vazirligining harbiy xizmatchilari sug‘urtalanadi Vazirlar Mahkamasining 26.01.1994 yildagi 38-son “Harbiy xizmatchilar va harbiymajburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.   Endilikda ushbu hujjatning amal qilishi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiylashtirilgan bo‘limlariga ham tatbiq etiladi. Sug‘urtalash vazirlikka byudjyetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Sug‘urta shartnomasi “O‘zbekinvest” EIMSK bilan tuziladi. Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 611-son qarori bilan tegishli tuzatishlar kiritilgan.   Ma'lumot uchun: sug‘urta summasi quyidagi hollarda to‘lanadi: •  sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida halok bo‘lganda yoki xizmat (harbiy yig‘inlar)dan bo‘shagandan so‘ng bir 1 yil mobaynida olingan jarohat(kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda - uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda); •  sug‘urtalanagan shaxs xizmatdan bo‘shagandan keyin 1 yil mobaynida unga xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik belgilanganda; •  sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida og‘ir jarohatlanganda.
8O‘zbekiston
Dunyo xaritasida yangi davlat paydo bo‘ldi Afrikadagi oxirgi mutlaq monarx — Svazilend qiroli Msvati III o‘z davlatini Esvatini Qirolligi deb qayta nomladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TengriNews”. Svati tilidan tarjima qilganda yangi nomlanish “svazi yeri” ma’nosini anglatadi. Qirol o‘z qarori haqida svazi xalqi mustaqilligining 50 yilligi va o‘zining 50 yoshi sharafiga uyushtirilgan bayram tadbirida e’lon qildi. U qayta nomlashning sabablaridan biri nomlarni adashtirish ekanligini ma’lum qildi: “Qayerga bormaylik, odamlar bizni Shveysariya deb ataydi” (Swaziland — Switzerland). Esvatini Afrika janubi, JAR va Mozambik oralig‘ida joylashgan. Qirollik 1968-yilda Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lib chiqqan.
2Dunyo
Yo`l qurish printeri Yo`lakka g`isht terish ko`p vaqtni olishi mumkin. Bir xodim bir kunda nari borsa, 100 kvadrat metr maydon yo`lakka g`isht teradi. “Tiger Stone” yo`l printerlari bu jarayonni nisbatan tezlashtiradi. Uning yordamida 300 kvadrat metrgacha tosh yo`lakni “nashr qilish” mumkin. “RoadPrinter RPS” deb nomlangan boshqa yo`l printeri esa 500 kv. metrgacha yo`llarni “nashr qiladi”. U g`isht va chag`irtoshlarni ma`lum naqsh ko`rinishida sifatli ko`rinishda terib chiqadi. Ular elektr toki yordamida ishlaydi va ortiqcha shovqin chiqarmaydi. Bu yo`laklar hatto asfaltdan ham qulayroq. Ular suvni filtrlaydi, muzlagan payti kengayadi va uzoq muddat xizmat qiladi.
14Texnologiya
Donald Tramp o‘zining menyusi haqida ma'lumot berdi AQSh prezidenti Donald Tramp iTV telekanaliga bergan intervyusida o‘zining ruhiy holati qanday ahvolda ekanini aytib o‘tdi. «Men barqaror holatdaman va men dahoman», - deya Qo‘shma Shtatlar yetakchisining so‘zlarini keltirgan SBS News. Shu bilan birga, Tramp o‘zining har kungi menyusi haqida ham ma'lumot berdi. «Men eng yuqori sifatdagi mahsulotlarni iste'mol qilaman, bu mahsulotlar dunyodagi eng yaxshi oshpazlar tomonidan tayyorlanadi. O‘ylashimcha, men yaxshi ovqatlanib kelmoqdaman», - deya aytib o‘tdi AQSh prezidenti. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp obakidandonni yaxshi ko‘rishi ma'lum bo‘lgandi.
2Dunyo
Shayxontohurda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi Bugun, 14-avgust kuni poytaxtning Shayxontohur tumanida Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar IIBB, Toshkent shahar prokuraturasi va shahar soliq xizmati rahbar xodimlari boshchiligida ommaviy tozalash va obodonlashtirish tadbiri tashkil etildi, deb yozadi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati. Shayxontohur tumani 13-dahasida qarovsiz o‘sgan daraxtlarning shox-shabbalarini tartibga keltirishdan boshlangan hashar ishlari davomida yon-atrof chiqindilardan tozalandi, yo‘llarda ruxsatsiz o‘rnatilgan to‘siqlar olib tashlandi. Hududda joylashgan 19-umumta’lim maktabi hududida ham qurilish-rekonstruksiya ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari, ayni vaqtda mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosida qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ikkita ko‘p qavatli turar joy o‘rtasida maqsadsiz qoldirilib ketilgan bo‘sh maydon o‘rnida esa endilikda yangi ko‘p qavatli uy qad rostlaydi. Har bir ko‘p qavatli uylar oldida zamonaviy bolalar maydonchalarining qurilishi rejalashtirilgan. Dahadagi 31-ko‘p qavatli uyda shu kungacha tom bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lib, tuman sektor mutasaddilari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlaridan so‘ng hududdagi shu va boshqa masalalar ham to‘liq bartaraf etildi. Shayxontohur tumanining “Shodlik” mahallasi aholisini ko‘pdan buyon qiynab kelayotgan muammolar, ya’ni ko‘p qavatli uylar tomidan chakka o‘tishi yoki bo‘lmasa yerto‘lalarda suv toshishi, kirish yo‘laklarining esa ta’mirtalab ahvolga tushib qolgani bu yerda yashovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgan edi. Toshkent shahrining 1-sektoriga mas’ul mutasaddilar sa’y-harakati bilan bu kabi uzoq yillik muammolarga ham ijobiy yechim topildi, ta’mirlash ishlari uchun imtiyozli kredit ajratildi. Amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari natijasi o‘laroq ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholining turmush sharoiti ham yaxshilanmoqda. Yangi ta’mirdan chiqqan va zinapoyalari gullar bilan bezatilgan yo‘laklar kishiga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. Mahalla hududidagi eski garajlar o‘rnida hozirda zamonaviy avtoturargoh barpo etildi. Ilgari ko‘p qavatli uylar yo‘lagi oldida betartib qoldiriladigan va yo‘llarni to‘sib qo‘yadigan avtoulovlar endilikda yog‘ingarchilik va turli favqulodda holatlardan himoyalagan alohida to‘xtab turish joylariga ega bo‘ldi. “Mannon Uyg‘ur” nomli mahallaning 23 ta ko‘chasiga yangi asfalt qoplamalari yotqizildi. Bugungi obodonlashtirish ishlari doirasida maktabgacha ta’lim muassasasida ham qurilish va tozalash ishlari olib borildi. Toshkent shahar IIBB tomonidan ayni paytda Toshkent shahridagi qator MTM va bolalar sport maydonchalari ta’mirlanib, ularda jajji bolajonlar uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ana shu sa’y-harakatlar natijasida Shayxontohur, Yunusobod, Uchtepa, Olmazor va Yashnobod tumanlarida bolalarga zavq ulashuvchi maskanlar barpo etildi.
8O‘zbekiston
“Atlas Mebel”dan “Piyoda keling” aksiyasi Oilangiz uchun qulay mebel xarid qiling va xursandchiligingizni yangi Nexia 3 avtomobili bilan davom ettiring. “Atlas Mebel” – bu zamonaviy mebellar bozori bo‘lib, unda siz 40 dan ortiq mahalliy va chet el brendlarining sifatli mebellarini topasiz. Keng assortiment, turli uslubdagi mebellar sizga qulaylik va tanlovda erkinlik beradi. Bular “Atlas Mebel Chilonzor”dan uy jihozlari sotib olish uchun hamma sabablar emas: 11-fevral kuni eng yirik mebel majmuasi “Piyoda keling” aksiyasini boshlaydi, unda har bir xaridor Nexia 3 avtomashinasini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aksiyada ishtirok etish uchun oddiy shartlarni bajarishingiz kerak: — 31-martgacha “Atlas Mebel Chilonzor”dan 1 000 000 so‘mdan ortiq mebel sotib oling; — kuponni to‘ldiring; — aksiya natijalarini kuting. Kuponlar soni cheklanmagan. Har 1 000 000 so‘m uchun sizga kupon beriladi va avtomobil yutib olish imkoniyatingiz oshadi. Aksiya g‘olibi 2-aprel kuni e‘lon qilinadi. Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, M.Shayxzoda ko‘chasi, 1A uy. Mo‘ljal: Sut zavodi, Aygen liboslar do‘koni. Qo‘shimcha ma‘lumot uchun tel.: +998 71 203 77 44 Instagram: https://www.instagram.com/atlasmebeluz/ Facebook: https://www.facebook.com/atlasmebeluz/ Telegram: https://t.me/atlasmebeluz/
8O‘zbekiston
“Maymunlar sayyorasi: Urush” AQShda kutilgan yirik tijoriy muvaffaqiyatni keltirmadi Rejissor Mett Rivzning “Maymunlar sayyorasi: Urush” filmi kutilgan yirik tijoriy muvaffaqiyatni keltirmadi. Kartina AQSh bozoridagi ilk premyera haftasida 56,5 million dollar to‘pladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Bu mazkur turkumdagi avvalgi film — “Maymunlar sayyorasi: Inqilob” filmi namoyishining ilk haftasida keltirgan tushumdan (72,6 million dollar) ancha kam. Mutaxassislar AQSh bozorida kartina 60—65 million dollar ishlab topishini kutgandi.  Tashqi bozorlarda (“Maymunlar sayyorasi: Urush” 60 dan ortiq davlatda namoyish etilmoqda) film 46 million dollar yig‘di. Bu borada Buyuk Britaniya (9,5 million dollar), Rossiya (5 million dollar) va Ispaniya (3,4 million dollar) yetakchilik qilmoqda. Shu tariqa filmning birinchi haftadagi umumiy yig‘imlari 102,5 million dollardan iborat bo‘ldi. “Maymunlar sayyorasi” turkumidagi uchinchi kartinani yaratishga 150 million dollar sarflangandi.
7Madaniyat
FormulaPlus-zamonaviy va so‘nggi rusumdagi disklar makoni! O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoati yo‘lga qo‘yilganidan keyin mamlakatda yengil avtomobillar soni ham keskin oshdi. Shuning barobarida avtohavaskorlarning sifatli avtomobil ehtiyot qismlari, jihozlariga bo‘lgan talabi ham shunga yarasha ortib bormoqda. O‘tgan yillar mobaynida turli rusumdagi yengil avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi, ularga disklar, shinalar va boshqa mahsulotlarni chakana va ulgurji ko‘rinishda yetkazib beruvchi tadbirkorlar tarmog‘i ham shakllandi. Bozorlarda ko‘zni qamashtiruvchi mahsulotlarning ko‘pligi esa, xaridorni biroz chalg‘itadi. Shu vaqtda, ishonchli, bir necha yillik tajribaga ega tadbirkor tanishingizning borligi joningizga oro kirishi shubhasiz. Aytish joizki, bugungi kunda jozibador, ko‘zni qamashtiruvchi disk va yap-yangi shina o‘rnatilgan avtomashinani boshqarishni xohlamaydigan avtohavaskorni topishning o‘zi amrimahol. “O‘zbekistonga olib kirilayotgan alyuminiy qorishmali disklarning barchasi quyma hisoblanadi. Bundan tashqari, disklarning toblangan yana bir turi bo‘lib, u ham alyuminiy qotishmali bo‘ladi, biroq unga ishlov berilishi va mustahkamlik darajasi yaxshiroq bo‘lgani bois, bizlar taklif etayotgan alyuminiy qorishmali disklardan bir necha barobar qimmat bo‘ladi. Shu bilan birga, po‘lat disklarga chiroyli dizayndagi ishlov berib bo‘lmaydi, qolaversa ularning vazni ham og‘ir bo‘ladi.”, - deydi FormulaPlus Group asoschisi – Ubaydulla Xamidullayevich. 2003-yilda shinalar savdosi bilan faoliyat boshlagan FormulaPlus Group bugungi kunda, bemalol aytish mumkinki, O‘zbekistonda shu kabi mahsulotlar savdosining hajmi borasida oldingi saflarda. Firma do‘konlarida respublikada ishlab chiqilayotgan mahalliy avtomobillar uchun turli xil rang, ko‘rsatkich va o‘lchamdagi disklar hamda ularga mos ravishda shinalar sotiladi. Sifati kafolatlangan disklar Xitoyning taniqli ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beriladi. Shinalar borasida so‘z yuritadigan bo‘lsak, ular orasida Yevropa, Xitoy, Koreya, Tayvandda chiqarilgan ballonlardan yoqqanini tanlash imkoniyati mavjud. Do‘konda turli narx diapazonidagi, o‘zingizga ma'qul kelgan sifatli shinalarni bemalol topish mumkin. Ta'kidlash o‘rinliki, FormulaPlus Group o‘zi hamkorlik qiladigan kompaniyalarning O‘zbekistondagi rasmiy dileri hisoblanadi. FormulaPlus Group Toshkent shahri Kichik xalqa yo‘li yoqasida asosiy do‘koniga ega. Ikkinchisi Sergeli avtomobil bozorida faoliyat yuritadi. Firma o‘z savdo qamrovini kengaytirish maqsadida uchinchi do‘konini yaqin orada ishga tushirishni rejalashtirgan.Bundan tashqari FormulaPlus Group har bir viloyatda savdo hamkorlariga ham ega. Qolaversa, yangi dizayndagi mahsulotlar keltirishdan avval bozor jiddiy o‘rganiladi, hamkorlar, mijozlar bilan maslahatlashilgandan so‘ng, O‘zbekiston bozori uchun yangi dizayn va namunadagi disklarga buyurtma beriladi. Albatta FormulaPlus Group o‘zi sotayotgan disklar sifati jahon andozasiga mos kelishi borasida ham jiddiy qayg‘uradi. Shu boisdan har bir disk va shinalar to‘plami uchun sifat sertifikatlari olingan. Firma tomonidan keltirilayotgan disklarning laklari, rangi, tusi tashqi ta'sirlarga, haroratga sezilarli chidamli hisoblanadi. Shuningdek, dizaynlar doimiy ravishda yangilanib turiladi. Narxlar ham xaridorlar uchun hamyonbop. Misol uchun: R17diskning bir to‘plami (4 donasi) 260 AQSh dollari ekvivalentidan boshlanadi. Sifatli, chiroyli dizayndagi, zamonaviy avtomobil disklari kerakmi? Formula Plus Group firmasiga bemalol murojaat qilib, adashmaysiz.   Qolaversa, tadbirkorlik sub'yekti ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘z sahifalariga ega: Facebook: Formulaplus.uz Instagram: Formulaplusuz Telegram: t.me/formulaplus www.Formulaplus.uz Murojaat uchun telefonlar: 99 860 0660 | 97 4508777            Yagona Call center nomeri: 71 200 8 555 Bizni quyidagi manzildan topasiz:
5Jamiyat
IHTT vakili: «Prokuratura organlarining sud hokimiyati faoliyatiga aralashuvini cheklash kerak» O‘zbekistonda sud sohasida antikorrupsion muhitni hosil qilish uchun ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan omillar ma'lum qilindi. 23 may kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida korrupsiyaga qarshi kurash tarmog‘i kotibiyati korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi doirasida O‘zbekistonda olib borilgan to‘rtinchi monitoring yakunlarini ma'lum qildi. «Sud hokimiyati vakillarining nafaqat umumiy, balki alohida, individual mustaqilligi ta'minlanishi lozim. Shuningdek, O‘zbekistonda haligacha prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvi mavjud bo‘lib qolmoqda. Buni cheklash kerak» , – deydi IHHT vakili Irina Tsakadze. IHHT eksperti M.Kaluginning qayd etishicha, korrupsiyaga chek qo‘yishning muhim qadamlaridan biri davlat xizmatchilarining maqomini aniq belgilab berish hisoblanadi. – O‘zbekistonda antikorrupsion ruhda ko‘plab harakatlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy-normativ hujjatlar ishlab chiqilyapti, ammo ular shunchaki tashabbus bo‘lib qolmasligi, amaliyotga tatbiq qilinishi va real natija berishi nazorat qilinishi kerak. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyasi faoliyatining natijadorligini ta'minlash uchun kadrlarning shu yo‘nalishda qayta tayyorlanishini yo‘lga qo‘yish kerak, – deya ta'kidladi IHHT kotibiyati vakili Tatyana Xavanska. Ma'lumot uchun, Istanbul harakatlar rejasi 2003 yilda tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston unga 2010 yilda qo‘shilgan. Unga ko‘ra, harakatlar rejasiga qo‘shilgan mamlakatlar bir-biridagi milliy antikorrupsion tizimni baholash, korrupsiyaga qarshi samarali kurash mexanizmlarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishlari nazarda tutiladi.
8O‘zbekiston
Yaponiya iyun oyida Shimoliy Koreya ehtimoliy hujumlariga qarshi bir necha mashg‘ulot o‘tkazadi Yaponiya qurolli kuchlari bo‘linmalari shu oyda Patriot PAC-3 mobil komplekslari ishtirokida Shimoliy Koreya raketa hujumi ehtimoliga qarshi bir necha mashg‘ulot o‘tkazadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Tomomi Inada. “Shimoliy Koreya ballistik raketalari muvaffaqiyatli uchirilayotganini inobatga olib, zarurat tug‘ilganda aksil choralar ko‘rish, taktik tayyorgarlikni mustahkamlash o‘ta muhim ahamiyatga ega. Fuqarolar ham ehtimoliy raketa zarbasiga hozirlik ko‘rishi maqsadga muvofiq”, — dedi mudofaa vaziri Tomomi Inada. Rejaga ko‘ra, mashg‘ulotlar Gifu, Kumamoto, Saytama va Fukuoka prefekturalaridagi 4 ta bazada bo‘lib o‘tadi. Ularda asosan raketaga qarshi mudofaa tizimlarini shoshilinch safarbar etish davomidagi harakatlar mashq qilinadi.
2Dunyo
Britaniya politsiyasi Londondagi terakt chog‘ida halok bo‘lgan ispaniyalikning o‘ldirilishi uchun aybni o‘z zimmasiga olmadi Skotlend-Yard Londondagi terakt chog‘ida halok bo‘lgan ispaniyalik Ignasio Echeberria politsiya o‘qlarining qurboniga aylanganini inkor qildi. Bu haqda, EFE agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda va Ispaniya matbuotida bu kabi taxminlar bildirilgan edi. O‘z navbatida, Skotlend-Yard vakillari biror kishi politsiya tomonidan otib o‘ldirilganini tan olishdan bosh tortdi. Politsiya bayonotida aytilishicha, chet ellik bir kishi otishma chog‘ida jabrlangan, ammo uning yaralari tibbiyot xodimlari tomonidan jiddiy deb topilmagan.
2Dunyo
Ozodbek Nazarbekov: “Yoshlar” teleradiokanali rahbarligidan ketishim noto‘g‘ri talqin qilindi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” teleradiokanali direktorligidan qog‘ozbozlik tufayli ketmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Yoshlar” teleradiokanali rahbarligidan ketishim noto‘g‘ri talqin qilindi, men telekanaldan qog‘ozbozlikni sabab qilib ketmadim. Kanaldagi faoliyatimda tashkilotchilik ishlari bilan band bo‘lishni istagan edim. Madaniyat vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyatimga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, tashkiliy ishlarni ham, hujjatlar bilan ishlashni ham bir maromda olib boryapman, deb o‘ylayman. Madaniyat va san’at sohasida boshqaruv organi hisoblanuvchi Madaniyat vazirligida, eng avvalo, ijro intizomi muhim. Shu jihatdan olib qarasa, hujjatlar bilan ishlash, vazifalar taqsimotini qilishni qog‘ozbozlik sifatida tushunmayman. Barcha berilayotgan va yuklanayotgan vazifalar, avvalambor, hujjatlarga borib taqaladi, shu o‘rinda “hujjatbozlik” bilan ishni olib borishga mas’ulman. Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
7Madaniyat
Senatning yalpi majlisi kun tartibiga nimalar kiritilgan? O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ​Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisini joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bergan. Senatning yalpi majlisi muhokamasiga 2018 yilgi O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari hamda soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masala kiritilmoqda. Senatning yalpi majlisi kun tartibiga 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalarning izchil ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari va masalalar kiritilmoqda. Shu bilan bir qatorda yalpi majlisda senatorlar 2018 yilda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2017 yildagi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitadilar. Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi. Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining o‘n uchinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi.
8O‘zbekiston
Rassom Stefan Bryush tomonidan yaratilgan banan ustidagi san`at asarlari Niderlandiyaning Rotterdam shahrida istiqomat qiluvchi rassom Stefan Bryush banan po`stlog`i ustida san`at asarlarini yaratadi. Har biri ijtimoiy saytlarga joylashtirilar ekan, minglab muxlislar uning ishlariga yuqori baho berayotganini ko`rish mumkin. Keling biz ham uning ishlari bilan tanishamiz.
2Dunyo
Toshkentda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi berish bo‘yicha Prezident farmoni bajarilyaptimi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qarori qabul qilingan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi xabarida aytiladi. Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish uchug Toshkent shahri bo‘yicha 2 600 dan ortiq arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan faqat 79 ta murojaat bo‘yicha mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimligining qarori chiqarilgan bo‘lsa, 2 500 dan ortiq arizalar ijrosi ta’minlanmasdan qolmoqda. Bektemir, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida shu kunga qadar birorta ham noqonuniy qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga nisbatan tuman hokimligi qarori qabul qilinmagan. Mirzo Ulug‘bek tumanida 16 ta (murojaatlar soni 250 ta), Mirobod tumanida 21 ta (murojaatlar soni 170 ta), Yunusobod tumanida 41 ta (murojaatlar soni 900 ta) va Yashnobod tumanida 1 ta noqonuniy uy-joyga nisbatan (murojaatlar soni 350 ta) mulk huquqi e’tirof etish haqida hokim qarori qabul qilingan xolos. Tuman Davlat soliq inspeksiyalari, Ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlari, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Toshkent shahar boshqarmasi Vazirlar Mahkamasining 461-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarmasdan kelmoqdalar. Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi vakolatli davlat organlari mutassadi xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rilishiga, shuningdek MJtKning 2155-moddasiga ko‘ra 31 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilganligia qaramasdan, yuqorida ko‘rsatilgan Farmon va qarorning ijrosi ta’minlanmasdan qolmoqda. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning noroziligiga va yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga, shuningdek davlat organlariga bo‘lgan ishonchi pasayib borishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur Qarorning 5-bandida ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlari “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pog‘onali prinsip bo‘yicha amalga oshirilishi, shuningdek 10-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob berishlari belgilab qo‘yilgan.
8O‘zbekiston
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Yaponiya Parlamenti” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhini tashkil etish to‘g‘risida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Yaponiya Parlamenti” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin: 2. Ushbu Qo‘shma qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin. 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Koronavirus: O‘zbekistonda davolanishda bo‘lgan bemorlar soni 3 mingga yaqinlashdi Yangi holatlar (+578) Kun davomida respublikaning 10 hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlangan va jami holatlar soni 46 ming 850taga yetgan. Tuzalganlar (+488) Kun davomida respublikaning 9 hududida jami 488 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 43 ming 511 nafarga yetdi. O‘lim holatlari (+6) Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 386taga yetdi. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2 953 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 475 nafari og‘ir, 231 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
8O‘zbekiston
Stress vaqtida nima iste’mol qilish kerak: tinchlantiruvchi xususiyatga ega 10 ta mahsulot Stress vaqtida ba’zi odamlar umuman hech nima iste’mol qilmaydi, ayrimlar esa to‘g‘ri kelgan oziq-ovqat mahsulotini tanovul qiladi. Maxsus tarkibi tufayli stressni bartaraf etishga yordam beradigan mahsulotlar ham mavjud, deb yozadi Marie Claire. Yeryong‘oq Yaxshi kayfiyat uchun kuniga uchta yeryong‘oq iste’mol qilish kerak, degan qarash mavjud. Ular tarkibidagi selen tufayli asab tizimiga tinchlantiruvchi va tasalli beruvchi ta’sir ko‘rsatadi, organizmning hissiy tiklanishini tezlashtiradi. Do‘konda ularni tanlayotganda, vazn va zichlikka e’tibor berish lozim. Yaxshi yeryong‘oq qattiq, og‘ir va qarsillab turadi. Klyukva Tabiatdagi eng foydali mevalardan biri. Uning tarkibida A, K, E va B guruhi vitaminlari hamda stress gormoni kortizol darajasini pasaytiradigan rekord miqdorda askorbin kislota mavjud. Klyukva kuchli hissiy stressni boshdan kechirayotgan odamlar uchun tavsiya etiladi, chunki u kayfiyatni yaxshilaydi va umumiy psixo-fizik holatni me’yorlashtiradi. Bu qon tomirlarining ishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi va yomon xolesterin darajasini pasaytiradi. Bundan tashqari, mevani 25 yoshdan keyin ayollarning ratsioniga kiritish tavsiya etiladi, chunki polifenollarning yuqori miqdori tufayli u nafaqat teriga yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, balki erta qarishning ham oldini oladi. Moychechak choyi Deyarli har bir oshxonada topilishi mumkin bo‘lgan eng mashhur giyoh. Choyning tinchlantiruvchi ta’siri moychechak tarkibidagi apigenin bilan izohlanadi, bu hissiy holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va asablarni tinchlantiradi. Bunday choy, shuningdek, zamonaviy insonning muammosi deb atash mumkin bo‘lgan uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi. Asosiysi, ertalab shishgan yuz bilan uyg‘onmaslik uchun choyni yotishdan oldin bir yarim-ikki soatdan kechiktirmasdan ichish. Selder Qanchalik hayratlanarli tuyilmasin, selder stressni yengillashtiradigan ajoyib vositadir. U nafaqat asablarni tinchlantirishga yordam beradi, balki mikroelementlarning maxsus muvozanatiga ham hissa qo‘shadi. Kaliyning yuqori miqdori va C, B1 va E vitaminlari hissiy holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, zo‘riqishni yengillashtiradi va stressni yengishga yordam beradi. Salat bargi Bunday salat bargi kalsiy va kaliyga boy bo‘lib, ular hissiy holatni tenglashtirishga yordam beradi. Salat bargi haddan tashqari asabiy odamlar va uyqusizlikdan aziyat chekadiganlar uchun tavsiya etiladi. Ammo bu mahsulot peshob tizimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlar uchun buyurilmaydi. Qora shokolad Shokoladda anandamin moddasi mavjud bo‘lib, u dofamin ishlab chiqarishga ta’sir qiladi, bu ham dam olish va xotirjamlik hissi uchun javobgardir. Bundan tashqari, shokolad tarkibida tabiiy antidepressant deb ataladigan aminokislota — triptofan mavjud bo‘lib, u tezda uxlab qolish, asabiylashish va tajanglikni kamaytirish, shuningdek, kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi. O‘rik O‘riklar B2 vitamini yoki riboflavinga boy, bu ruhiy stress uchun ajralmas hisoblanadi. U bosh og‘rig‘ini yengishga yordam beradi va konsentratsiyani yaxshilaydi. Aqliy faoliyat, masalan, o‘qish yoki qiyin vazifalar ustida ishlashni yengillashtirish uchun o‘rik iste’mol qilish lozim. O‘rikni yangi holatida iste’mol qilinadi, lekin quritilgan holda ham hissiy holatni nazorat qilishda yordam berishi mumkin. Bodom Kuniga bir nechta bodom iste’mol qilish ko‘plab diyetologlar tomonidan tavsiya etiladi. Bodom jismoniy salomatlik uchun foydalidir, chunki u organizmga erkin radikallar bilan kurashish va erta qarishni oldini olishga yordam beradi, hissiy holat uchun ham stressni bartaraf etadi. Bodomda yuqori miqdorda mavjud bo‘lgan E vitamini hissiy stressni kamaytiradi va xotirjam bo‘lishga yordam beradi. Sabzi Sabzi A vitaminiga boy bo‘lib, u stressdan xalos bo‘lishga va uyquni yaxshilashga yordam beradi. Asabiy simptomlarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kun davomida sabzi iste’mol qilish yoki uxlashdan oldin bir stakan sabzi sharbatini ichish uyqu va ish vaqtida to‘plangan barcha tashvishlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Asosiysi, me’yorni bilish, chunki sabzini ortiqcha iste’mol qilish uyquchanlik, holsizlik va bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin. No‘xat No‘xat aminokislota glitsinga boy bo‘lib, u organizmda xotirjamlik tuyg‘usini keltirib chiqaradi, asabiylikni kamaytiradi va tashvishlarni bostiradi. Bundan tashqari, no‘xat ruhiy o‘zgarishlardan aziyat chekadiganlar uchun ham tavsiya etiladi.
11Salomatlik
«Mingo‘rik» yodgorligi yonidagi qurilish ishlari ruxsat olinmasdan boshlangan — Senat «Mingo‘rik» arxeologiya yodgorligining muhofaza hududida Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmasidan ruxsat olmasdan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining «Ma’naviyat va ma’rifat markazi» qurilish ishlari boshlab yuborilgan.Bu haqda Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi ma’lum qildi. Avvalroq Anhor.uz yodgorlik yaqinida boshlangan qurilish ishlari madaniy meros ob’ektlarining davlat reyestriga kiritilgan qadimiy manzilgohni bosqichma-bosqich yemirilishini tezlashtirishi mumkinligi haqida yozgan edi. Yoriqlar undan avval ko‘rinib turgan. Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi tomonidan 4 maydagi 240-sonli xat bilan Toshkent shahar prokuraturasiga holat yuzasidan chora ko‘rilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan. 6-may kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasiga taqdim etilgan qurilish bilan bog‘liq loyiha hujjatlari Madaniy meros departamenti huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi tomonidan rad qilingan va navbatdagi ilmiy kengashiga taqdim etish taklifi bildirilgan. «Ushbu masala Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi doimiy nazoratida», — deyiladi bayonotda.
5Jamiyat
“Qora Pantera” filmi yulduzi Chedvik Bouzman vafot etdi Amerikalik aktyor, “Qora Pantera” (2018) filmida bosh rol ijro qilgan 43 yashar Chedvik Bouzman saraton tufayli vafot etdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, 2016-yil Bouzmanning ​yo‘g‘on ichagida saraton borligi aniqlangan. Chedvik ​Los-Anjelesda joylashgan uyida, oila davrasida hayotdan ko‘z yumgan. View this post on Instagram Ma’lumot uchun aktyor 1976-yilda AQShda dunyoga kelgan. U “Adolat” (2011), “42” (2013), “Misr Xudolari” (2016), “Kapitan Amerika: Jahon urushi” (2016), “Marshall”(2017), “Qasoskorlar: Abadiyat urushi” (2018), “Qasoskorlar: Final” (2019), “21 ko‘prik” (2019) singari filmlarda rol ijro qilgan.  Gollivud aktyori Jon Travoltaning rafiqasi, aktrisa Kelli Preston vafot etdi
7Madaniyat
Shimoliy Koreya AQShdan Janubiy Koreyadagi "BMT qo‘mondonligini" tugatishni talab qildi Shimoliy Koreya BMT "Koreya yarimorolida mustahkam tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash vazifasiga zid keluvchi maqsadlarda foydalaniladigan amaliyotni bas qilishga chaqirdi". Bu haqda Shimoliy Koreya vakili hozirda o‘tayotgan BMT Bosh assambleyasi 71-sessiyasi davomida o‘tgan huquqiy masalalar bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishidagi nutqida aytib o‘tdi. Bu vakilning nutqi matni Koreya markaziy telegraf agentligi kanallari orqali tarqatilgan.      Shu munosabat bilan Shimoliy Koreya vakili AQShdan "Janubiy Koreyada noqonuniy ravishda yaratilgan "BMT qo‘mondonligi"ni zudlik bilan tarqatib yuborishni va uning hududidan BMT Bosh assambleyasining 30-sessiyasidayoq qabul qilingan qarorga mos ravishda tajovuzkor harbiy kuchlarni olib chiqishni" talab qilgan.    Vakilning aytishicha, hozirda 1950-1953 yillardagi Koreya urushi vaqtida yaratilgan bu harbiy mexanizm "BMT qo‘shinlariga hech qanday aloqasi yo‘q va AQSh tomonidan Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlarcha siyosatni amalga oshirish uchun qo‘llanadi". Unda ishtirok etgan barcha BMTga a'zo davlatlar o‘z qo‘shinlarini Koreya yarimorolidan allaqachon olib chiqib ketishgan va faqatgina AQSh o‘zining qo‘shinlarini qoldirgan". Shimoliy Koreya vakilining aytishicha, Vashington "BMT qo‘mondonligini" "NATOning Osiyo versiyasini yaratish uchun ko‘pmillatli kuchlar qo‘mondonligiga" aylantirmoqchi. Shimoliy Koreyada bu harbiy tuzilmaning saqlanib qolishi "eskilik sarqiti bo‘lib, BMTning asosiy hujjatlari qoidalarini buzadi, Koreya yarimorolida tinchlik va xavfsizlikka erishishga to‘sqinlik qiladi", deb aytilmoqda.  Shimoliy Koreya BMT qo‘mondonligini zudlik bilan tugatish va "ba'zi davlatlarga o‘z siyosiy manfaatlarida BMTdan foydalanishga imkon beruvchi noqonuniy amaliyotga chek qo‘yish kerak" deb hisoblamoqda.
2Dunyo
O‘zbekiston jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha Ispaniya bilan bitim imzoladi 2013-yil 4—7-noyabr kunlari tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Ispaniya Qirolligiga rasmiy tashrif buyurdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi. Ispaniya Deputatlar kongressi binosi. Foto © abertal.org Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari Bosh kortes (parlament) palatalari rahbariyati — Senat raisi Pia Garsiya-Eskudero Markes va Deputatlar kongressi prezidenti  Xesus Posado Moreno bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Ispaniya tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Xose Manuel Garsiya-Margalyo, sanoat, energetika va turizm vaziri Xose Manuel Soriya Lopes hamda savdo masalalari bo‘yicha davlat kotibi Xayme Garsiya Legas bilan muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida ikki mamlakatning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, tashrif doirasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik bitimi izmolandi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda ayrim nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga stipendiya ham beriladi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan: Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarni Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi orqali badiiy adabiyotlar bilan muntazam ta’minlash uchun har yili 5 milliard so‘m yo‘naltiriladi. 2023—2025-yillarda 10 ta hududda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan “Imkon” ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish choralari ko‘riladi. Qarorga ko‘ra: 2022-yil 1-maydan Saxovat uylarida yashovchi zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun har oyda tegishli nafaqa miqdorining 20 foizini to‘lash tartibi joriy qilinadi. Qarorga ko‘ra, Afg‘on urushida ishtirok etgan nogironligi bo‘lgan jangchi-faxriylar individual o‘lchovlar asosida tayyorlanadigan tegishli zamonaviy protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlanadi. 2023-yil 1-yanvardan: Shuningdek, 2022–2023-yillarda davlat ijtimoiy muassasalarining qurish va ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 600 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
8O‘zbekiston
PSJ Fransiya Superkubogida “Marsel”ni taslim etib, Pochettino qo‘l ostidagi ilk sovringa ega chiqdi Futbol bo‘yicha Fransiya Superkubogi uchun kechgan bahsda PSJ va “Marsel” jamoalari 13-yanvar, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Mauro Ikardi parijliklarni oldinga olib chiqdi. 85-daqiqada Neymar penaltini aniq ijro etgan holda jamoasining ikkinchi golini urdi. Bunga “Marsel” futbolchilari 89-daqiqada Dmitri Payetning goli bilan javob qaytardi. Shu tariqa PSJ ketma-ket 8-marta mamlakat Superkubogiga ega chiqdi. Bu Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi jamoa uchun ilk sovrin bo‘ldi. Fransiya Superkubogi 13-yanvar, chorshanba Gollar: 1:0 – 39 Ikardi, 2:0 – 85, penalti Neymar, 2:1 – 89 Payet. PSJ: Navas, Florensi, Diallo, Kurzava (Kimpembe, 65), Markinyos, Verratti, Errera (Sarabiya, 90), Paredes (Danilu Pereyra, 88), Di Mariya (Neymar, 65), Mbappe, Ikardi (Kin, 88). “Marsel”: Mandanda (Pele, 46), Nagatomo (Lirola, 66), Sakai, Chaleta-Sar, Kamara, Payet, Guye (Sanson, 56), Radonich (Benedetto, 56), Ronjye (Jermen, 80), Toven, Alvaro Gonsales. Ogohlantirishlar: Radonich (17), Nagatomo (26), Lirola (72), Alvaro Gonsales (77). Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Farg`onada19 yoshli yigit qaynotasi va homilador xotinini chopib tashladi Farg`ona viloyati Buvayda tumani “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig`inida sodir etilgan dahshatli qotillik yuz berdi. 19 yoshli yigit homilador xotini va qaynotasini chopqi bilan chopib tashladi. Bu haqda UzA xabar berdi. Qayd etilishicha, Komiljon aka hamda Dilbarxon opaning qiziga sovchi qo`ygan yigit Asror ular orzu qilgan kuyov bo`lib chiqmaydi. Ota-onalar bo`lajak kuyov haqida turli gaplarni eshitishganidan so`ng, fotihani bekor qilishadi. Boshqasiga turmushga uzatmoqchi bo`lganida esa Asror qizga tazyiq o`tkazishni boshlaydi.  Uyiga bostirib kelib, pichoq tirab “ agar menga tegmasang, ota-onangni o`ldiraman” deya tahdid qiladi. Yaqin insonlarining hayotini afzal bilgan Odina ota-onasiga Asrorga turmushga chiqishini aytadi. Oradan hech qancha vaqt o`tmay, ular to`ysiz, shar`iy nigoh bilan oila qurishadi. Hammasi shundan keyin boshlanadi. Kuyov arzimas bahonalar bilan Odinani urar, yosh kelinchakning ko`z ochib ko`rgani dahmaza bo`ladi xolos. Oylab ota-onasinikiga jo`natmas, har kungi janjallar, kelishmovchiliklar uni kemirib borardi. Ota-onasiga aytay desa, turmush o`rtog`i ularni o`ldirishi bilan qo`rqitardi. Kelinchak o`z dardini ichiga yutgancha, hayot shu ekanda deya yashay boshladi. Tazyiqlardan charchagan Odina hammasiga nuqta qo`yishni o`ylab qolar, ota-onasining halovati va ko`cha kuydagi gap -so`zlarni o`ylab yana shashtidan qaytardi. Ota-ona diydorini ko`rmaganiga ikki oydan oshganida turmush o`rtog`idan uyiga borishiga ruxsat so`ragan ayol, undan yana har doimgidek yo`q javobini eshitadi. Kelinchak bu bilan qutulmaydi, Asror uni beayov kaltaklaydi. Janjallardan zerikkan Odina shundan so`ng uyiga ketib qoladi. Afsuski, uning salomatligi yomonlashib, Buvayda tuman shifoxonasiga yotqizildi. Shifokorlarning aytishicha, 14 kunlik homila qorin qismiga berilgan zarb tufayli nobud bo`lgan. Buni eshitgan Odina endi u inson bilan yashamaslikka qaror qiladi. Bu qarorini yaqinlari ham qo`llab-quvvatlashadi.  Bu ishlardan so`ng, tuman IIB holat bo`yicha tergov tekshiruvni boshlaydi. Ma`muriy huquqbuzarlik bo`yicha Asrorga sud tomonidan jazo tayinlanadi. U bundan g`azablanib, yo`liga to`g`onoq bo`layotgan qaynota va qaynotasini o`ldirishni maqsad qiladi. Asror mudhish rejasini amalga oshirish payida Qaynotasining uyini darvozasi yo`qligi sababli ichkariga kirib chap tomondagi bitmagan xonada qulay fursatni poylay boshlaydi. Vaqt bo`lgach, qaynona-qaynotasi yashaydigan  xonaga qaraganida xona chirog`i yoniq bo`lib, uy ichida qaynotasi va bir ayol ko`rpaga o`ranib yotganini ko`radi. Ularni aynan o`ljasi ekaniga ishonch hosil qilib, qaynotasini chopqida chopa boshlaydi. Xona burchagida uxlayotgan Odina otasining dodlagan ovozidan cho`chib uyg`onib ketdi. Boshini ko`targanida kuchli zarb urildi. Hech narsa anglay olmasdi. Faqat ko`z o`ngida otasini kimdir tinimsiz chopqilardi. Urayotgan odamga e`tibor bilan qaradi, yuzida niqob bo`lishiga qaramay bo`y basti va kiyimidan turmush o`rtog`i ekanligini bildi. Yordam so`ramoqchi bo`lib, baqirgan zahoti uni ham chopqilay ketadi. Qaynota og`ir tan jarohati olib, ko`rsatilgan birinchi tez tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan. Odina esa shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan va shifokorlarning sa`y-harakatlari bilan uning hayoti saqlab qolingan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning 2021 yil 26 martdagi xulosasida marhum K.I.ning bosh miya ochiq shikasti, kalla suyaklarining sinishi, miya yumshoq pardalari ostiga va miya moddasiga qon quyilishi, bosh miya lat eyishidan kelib chiqqani, ushbu jarohatlar uning o`limiga olib kelgan og`ir tan jarohat hisoblanishi ko`rsatilgan. Jinoyat ishlari bo`yicha Yozyovon tuman sudi raisi Rahmatjon Arapovning ma`lum qilishicha, sudning 2021 yil 17 avgustdagi hukmi bilan Asror Ibrohimov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v», «j» bandlari (aybdorga ayon bo`lgan ojiz ahvoldagi shaxsni o`ta shafqatsizlik bilan o`ldirish) 25, 97-moddasi 2-qismi «a», «v», «j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
6Jinoyat
Markaziy bank ayrim metro bekatlarida o‘rnatilgan bankomatlar nega ishlamasligiga izoh berdi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 10-sentabr kuni Markaziy bank va Banklar assotsiatsiyasi mutasaddilari ishtirokida “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AOKA matbuot xizmati xabar berdi. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan 8 ta qonun va qonunosti hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Shuningdek, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, 2018-yil 1-iyuldan boshlab barcha banklarning xizmat ko‘rsatish hududiga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz kirish mumkinligi belgilandi. Orif Bo‘tayev, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Brifingda, shuningdek, metrolar va shaharning ayrim joylarida o‘rnatilgan bankomatlarning ishlamasligi, bu borada kim mas’ul ekani va uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish borasida qanday choralar ko‘rilayotgani haqida ham to‘xtab o‘tildi. Bugungi kunda 600 dan oshiq bankomat 24/7 rejimida ishlaydi. Hali ishga tushirilmagan, lekin o‘rnatilgan bankomatlarimiz soni ham ancha. Metrolarda bankomatlarning ishlamasligi texnik sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ya’ni aloqa kanallari o‘rnatish ishlarini yo‘lga qo‘ymoqdamiz va bu borada metropoliten bilan hamkorlikda choralar ko‘rilmoqda. Lekin alohida ta’kidlab aytaman, savdo markazlari va bank yaqiniga o‘rnatilgan barcha bankomatlar kecha-yu kunduz ishlab turibdi. Dilshod Ikramov, Markaziy bank to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori Uning aytishicha, shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida markazlashgan monitoring tizimi o‘rnatilmoqda. Unda har bir o‘rnatilgan bankomatlar masofadan turib nazorat qilinadi.
8O‘zbekiston
AQShda hamshirani garovga olgan mahbus bartaraf etildi AQShning Illinoys shtatidagi Jyeniva shahridagi shifoxonada mahbus tomondan bir necha soat garovda ushlab turilgan hamshira ozod etildi. Mahbus bir necha soat davom etgan muzokaralar foyda bermagach, tezkor guruh xodimlari tomondan o‘ldirildi, deb xabar bermoqda ABC7 telekanali. Keyn okrugidagi turmada saqlanuvchi va Delnor shifoxonasida davolanayotgan mahbus unga biriktirib qo‘yilgan politsiyachining qurolini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lib, shifoxona hamshiralaridan birini garovga olgan. Shu tufayli shifoxonaning qabulxonasi yopib qo‘yilgan, voqea joyiga tezkor guruh yetib kelgan. Shifoxonadagi bemorlarni evakuatsiya qilishga hojat yo‘q, deb qaror qilingan. Bartaraf etilgan 22 yoshli Tauon Solters ismli mahbus mashina o‘g‘irlagani uchun ikki oylik qamoq muddatini o‘tayotgan bo‘lgan. U shifoxonaga 8 may kuni keltirilgan va alohida palatada nazorat ostida davolangan. Hamshira voqea oqibatida jiddiy jarohat olmagan va hozirda oilasi bilan qolmoqda. Ta'kidlanishicha, shifoxona qabulxonasi va tez yordam xizmati tez orada yana me'yordagidek ishlay boshlaydi.
2Dunyo
Ayni damda Xorazmda qor yog`moqda Ayni damda Xorazmda qor yog`moqda.  Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tabiat hodisasi aks etgan tasvirlar tarqala boshladi. Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekistonda harorat keskin sovishi kutilayotgani, aynan shu antisiklon oxirgi paytlarda janubdan tinmay rivojlanayotgan yomg`irli janubiy siklonlar faolligiga ''chek qo`yishi" haqida yozgandik. Shu jumladan, bugun tongda Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida, shuningdek O`zbekistonning tog`li hududlarida qor yog`ishi kutilayotgani haqida xabar bergandik.
5Jamiyat
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 2,7 milliondan ortiq dozasi emlash uchun topshirildi 20-oktabr kuni Jurabek Laboratories MChJ qo‘shma korxonasida tayyorlangan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 2 755 820 dozasi emlash uchun topshirildi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati. Shunday qilib, O‘zbekistonda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 34 951 358 dozani tashkil qilmoqda. Ulardan: Shundan hozirga qadar vaksinalarning 24 506 587 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan. Eslatib o‘tamiz, Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan o‘zbek-xitoy vaksinasining 1 458 820 dozadan iborat birinchi partiyasi 30-sentabr kuni topshirilgandi. 13-oktabr kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi partiyasi ishlab chiqarilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berilgan edi.
8O‘zbekiston
Sankt-Peterburg markazida o`zbekistonlik ettinchi sinf o`quvchisi zo`rlandi Sankt-Peterburgning Markaziy tumanida tojikistonlik bir mehmon mehmonxonada ettinchi sinf o`quvchisini zo`rlagan. Bu haqda 78.ru saytiga huquqni muhofaza qilish manbasi xabar berdi. 1 mart kuni soat 01: 24da Primorsk tumani milisiyasiga 1986 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi murojaat qilgan. U huquq-tartibot idoralariga 27 fevral kuni ertalab soat uchlarda, Sadovaya ko`chasidagi mehmonxonada Sankt-Peterburgga ishlash uchun kelgan 18 yoshli Tojikiston fuqarosi, 2005 yilda tug`ilgan, 38-maktabning 7-sinf o`quvchisiqizini zo`rlaganligini ma`lum qilgan. Ta`kidlanishicha, qizning onasi 2019 yil oktyabrida va 2020 yil fevral oyida ota-ona majburiyatlarini bajarmaganliklari to`g`risida ogohlantirishlar olgan. Zo`rlanganlikda gumon qilinayotgan haqida u Sankt-Peterburgga ishlash uchun 2020 yil 2 yanvarda kelgani ma`lum. Biroq, u hali ham biron joyda ishlamaydi. Ayni paytda yigit polisiya tomonidan qidirilmoqda.
2Dunyo
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga AQShdan o‘zbekistonlik mutaxassis taklif qilindi Yana bir o‘zbekistonlik vataniga qaytdi. U Turizmni rivojlantirish qo‘mitasida yetakchi lavozimlardan birini egalladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma‘lum qilgan. Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining raisi birinchi o‘rinbosari lavozimini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. Qosimxo‘jayev qo‘mitada faoliyat olib borish uchun AQShdan taklif qilingan. Ulug‘bek Qosimxo‘jayev 1978-yili Andijonda tug‘ilgan. 2000-yili AQShdagi Peys universiteti bakalavriatini “Biznesni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2007-yili AQShdagi Barri universiteti magistraturasining “Sarmoyalar” yo‘nalishini tugatgan. 2007—2013-yillarda AQShdagi Barri va Zanderberd universitetlarida dars bergan. 2014-yili Ulug‘bek Qosimxo‘jayev AQShda turizm va sarmoyalar bo‘yicha o‘zining shaxsiy biznesini ochgan.
8O‘zbekiston
8 iyun kuni Orol bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi 7−8 iyun kunlari Toshkentda «Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar» mavzusida xalqarokonferensiya bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston ekologik harakati matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsad Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OKXJ) faoliyati doirasida mintaqa davlatlarining Orolbo‘yi muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy harakatlarini kelishish, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish yo‘llarini muhokama qilish va belgilab olish, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilishdan iborat. Konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari deputatlari, vazirlik va idoralari rahbarlari, xorijiy mutaxassislar, 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxasslari, BMT, OQXJ, MOMEM, Jahon banki ekspertlari, xorijiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, yetakchi moliya institutlari vakillari ishtirok etadi. Konferensiya ishtirokchilari Orolbo‘yiga, jumladan, Nukus, Muynoqdagi «Kemalar qabristoni"ga va boshqa ob’ektlarga tashrif buyurib, hududdagi ekologik vaziyat bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mahalliy aholi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Anjuman O‘zbekiston ekologik harakati, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
5Jamiyat
Davit Modzmanashvili yarim finalda yutqazdi. O‘zbekistonning 2 vakili bronza uchun kurashadi O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining 125 kg vazn toifasidagi vakili Davit Modzmanashvili Osiyo o‘yinlarida finalga chiqa olmadi. U yarim finalda eronlik Parviz Hadizodaga qarshi kurashib, 8:11 hisobida (6:4, 2:7) hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi Modzmanashvili bronza medali uchun hindistonlik Sumit Sumitga qarshi gilamga chiqadi. Davit Modzmanashvili nimchorak finalda indoneziyalik Dimas Septo Anugharani 10:0, chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Natsagsuren Zolboo ustidan 3:0 (1:0, 2:0) hisobida g‘olib chiqib, yarim finalga yetib kelgandi. Bundan avvalroq ayollar kurashida 50 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Dauletbike Yaxshimuratova yarim finalda yutqazgani va bronza uchun kurashishi ma'lum bo‘lgandi. Uning medal uchun raqibi janubiy koreyalik Kim Hyungju bo‘ladi.
13Sport
​Bokschilarimiz «Gubernator kubogi»da umumjamoa bo`yicha birinchi o`rinni egallashdi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo`yicha «Gubernator kubogi» sovrini uchun musobaqa yakunlandi. Xabar berganimizdek, hal qiluvchi kun bellashuvlarida 3 nafar bokschimiz Abdumalik Xalakov, Iqboljon Xoldorov va Kozimbek Mardonov oltin medal uchun bahs olib bordi. Quvonarlisi, ushbu vakillarimizning barchasi jangni g`alaba bilan yakunlab, o`z vazn toifalarida musobaqaning oltin medaliga ega bo`lishdi. G`olib va sovrindorlar yaqin o`tmishning mashhur bokschisi Roy Jons tomonidan taqdirlandi. -56 kg: Abdumalik Xalakov – Aleksey Moskvin (Rossiya) 4:1-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Fernando Luis (Braziliya) 5:0-81 kg: Kozimbek Mardonov – Andrey Kosenkov (Rossiya) 3:2
13Sport
«Jasliq»da 100 ga yaqin mahkum saqlanmoqda — huquq himoyachisi O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Kun.uz ga bergan intervyusida rasman yopilgani e’lon qilingan Jasliq qamoqxonasi faoliyat yuritishda davom etayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ayni paytda u yerad umrbod ozodlikdan mahrum qilingan yuzga yaqin mahkum saqlanmoqda. Ular uchun hozirda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yangi muassasa qurilmoqda. Ma’lumot uchun, 2019 yilda prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi (Jasliq koloniyasi) tugatilishi e’lon qilingan edi. «Bu masala bir necha yillar davomida muammolarni yashirishga o‘rganib qolganimiz bilan bog‘liq. Muammoni ko‘mib qo‘yganingiz bilan u tuproq tagida yanada nish otib ketadi. Shubhasiz, prezidentimiz tashabbusi bilan Jasliq yopilishi juda katta hodisa bo‘lgandi. Lekin masalaning ikkinchi tomoniga e’tibor berish kerak», — dedi Abdurahmon Tashanov. U Jasliqdagi mahkumlarning boshqa qamoqxonaga ko‘chirishga sharoit bo‘lmaganligini ham ta’kidlab o‘tgan. «Prezident tez orada yopamiz, dedi, lekin mavjud sharoit bunga tayyor emasdi. Chunki Jasliqda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahkumlar bor edi. Ularni to‘g‘ri kelgan qamoqxonaga ko‘chirib bo‘lmasdi, chunki bunday mahkumlar uchun sharoitlar sal boshqacharoq bo‘lishi kerak. Bu borada dunyo standartlari boshqacha. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar alohida zonada saqlanishi kerak», — dedi u. Shuningdek, uning aytishicha, prezidentga «hammasi hal bo‘ldi, muammo bo‘lmaydi» deb hisobot berilgan bo‘lishi ham mumkin. «Lekin u yerda saqlanayotgan mahbuslarning qarindoshlari bor, ular doim uchrashuvlarda bo‘ladi. Bir necha mahbuslarning yaqinlari bizga murojaat qildi. Jasliq hali to‘liq yopilmaganini, u yerda yuzga yaqin umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahkumlar saqlanayotgani haqidagi xabarni chiqarishga shoshilganimiz yo‘q, surishtirdik, so‘radik», — deya ma’lum qildi Abdurahmon Tashanov. Uning jazoni ijro etish tizimidagi manbalarga asoslangan holda ma’lum qilishicha, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni saqlash bo‘yicha dunyo standartlariga mos keluvchi zamonaviy qamoqxona qurilmoqda. «Shu qamoqxona bitsa, hozir Jasliqda olib qolingan mahkumlar u yerga ko‘chirilarkan. Bu — normal holat. Lekin buni yashirib o‘tirish yoki bundan qandaydir uyat his qilish, „o‘sha paytda yopildi deb qo‘ygandik, to‘liq yopilmagani oshkor bo‘lsa, yolg‘onchiga chiqib qolamiz“, deb hadiksirash noto‘g‘ri», — deydi u.
5Jamiyat
Laureus Awards. Useyn Bolt yilning eng yaxshi erkak sportchisi, 19 yoshli Simona Baylz esa eng yaxshi ayol sportchi Go‘zal Monakoda nufuzli Laureus Awards dunyoning eng kuchli sportchilarini yig‘ib, 2016-yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshilarni aniqladi. Unga ko‘ra, yamaykalik yengil atletikachi Useyn Bolt hamda amerikalik gimnastikachi Simona Baylz eng yaxshilar qatorida e’tirof etildi. 30 yoshli Boltga yilning eng yaxshisi bo‘lish uchun amerikalik basketbolchilar — Stefan Karri va LeBron Jeyms, britaniyalik atlet Mo Fara va shu o‘lkadan bo‘lgan tennischi Endi Marrey, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu raqobatchilik qilgandi. Rio—2016 Olimpiadasida o‘z hisobiga 4 ta oltin va 1 ta bronza medalini yozib qo‘ygan 19 yoshli Simona Baylz barchaning olqishi bilan yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng yaxshi ayol sportchisi uchun atalgan sovrinni qabul qilib oldi. Unga bu borada dunyoning ikkinchi raketkasi — germaniyalik Anjelika Kerber, Rio Olimpiadasi chempionlari — britaniyalik velosportchi Lora Trott, amerikalik atlet Ellison Feliks, yamaykalik yengil atletikachi Eleyn Tompson, suzish bahslarida Olimpiadaning to‘rt karra g‘olibasi amerikalik Keti Ledeki raqobat hosil qildi. “Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, turli nominatsiyalarda Formula-1 poygachisi Niko Rosberg, Angliya chempioni “Lester”, “Chikago Kabs” beysbol klubi ham g‘oliblar qatorida e’tirof etilgan.
13Sport