text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Xiva va Urganchga qadar “Afrosiyob” poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston uchun 162 million dollarlik yangi kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, mablag‘lar Buxora—Miskin—Urganch—Xiva temiryo‘l tarmog‘ini elektrlashtirish uchun sarflanadi. Ushbu tarmoq modernizatsiya qilingach, u orqali “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari harakatlanishi va Toshkentdan Xivaga qadar bo‘lgan yo‘lni 7 soatda bosib o‘tishi mumkin bo‘ladi. Loyiha Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi CAREC koridorining bir qismi hisoblanadi. Elektrlashtirish O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarini yaxshilash va mintaqa tranziti uchun imkoniyatlarni kengaytirishga yordam beradi. “Ishonchli transport infratuzilmasi — iqtisodiy o‘sishning muhim omili hisoblanadi. Mazkur loyiha Xorazmning turistik mintaqalarini O‘zbekistonning qolgan qismlari bilan bog‘lash xizmat qiladi, bu esa turizmning qayta tiklanishini tezlashtiradi”, — deydi OTBning mintaqaviy direktori Yevgeniy Jukov. Ta’kidlanishicha, elektrlashtirish yakunlangach, yo‘lovchilar oqimi 3,5 barobarga oshadi — joriy yilgi 280 ming yo‘lovchidan 2026-yilga borib, 1 millionga qadar. Yuk tashish hajmi esa 11,8 million tonnaga yetadi. Kredit mablag‘larining bir qismi elektron chiptalarni joriy etish, shuningdek, turistik infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. OTB turizmni boshqarishda ayol kadrlarni tayyorlashni, shuningdek, vokzallar atrofidagi shahar muhitini moslashtirishni moliyalashtiradi. OTBning transport va kommunikatsiya bo‘yicha mintaqaviy direktori Xideaki Ivasakining ta’kidlashicha, loyiha nafaqat turizm, balki ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi uchun ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Bundan tashqari, u O‘zbekistonga zararli gazlarni kam chiqaradigan transportga o‘tishida yordam beradi — temiryo‘llarning dizeldan elektr tortishga o‘tishini ta’minlaydi. U mamlakatning Parij bitimi bo‘yicha majburiyatlarini bajarish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deya qo‘shimcha qiladi Ivasaki. Bundan tashqari, O‘zbekiston Osiyo infratuzilma investitsiya banki uchun 108 million dollar kredit so‘rab murojaat qilgan — uning bir qismini ham OTB ajratadi. Shu bilan birga, bank gender tenglikni ta’minlash harakatlariga 300 ming dollarli texnik grant ajratadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTB O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 million dollar ajratishi va STEM ta’limini rivojlantirishga 100 million dollar berishi xabar qilingandi. Shuningdek, noyabr oyida OTB Toshkent viloyatida oqava suvlar tizimini rivojlantirishga 161 million dollar kredit ajratgandi.
8O‘zbekiston
Shveytsariya dunyo futboli afsonasiga qarshi ish ochdi. Jiddiy ayblov Germaniyalik sobiq futbolchi 2006 yilgi JCh tashkiliy qo‘mitasi raisi Frants Bekkenbauer 2010 yilgi jahon chempionati mezbonini aniqlash jarayonida FIFAdan 1,7 mln yevro mablag‘ olgan. Bu haqda ARD nemis telekanali xabar tarqatdi. Qayd qilinishicha, Bekkenbauer Janubiy Afrika futbol federatsiyasiga mezbonlikni qo‘lga kiritish va uni o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar berib turgan. Yakunda JAR musobaqani o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Pul nemis mutaxassisining Gibraltardagi hisobiga o‘tkazilgan. Bu Shveytsariya huqumatining shubhasiga sabab bo‘lgan. 2016 yilning sentabrida Shveytsariya Bosh prokuraturasi Bekkenbauerga qarshi pulni o‘zlashtirish, noqonuniy yo‘llar bilan uni aylantirish yuzasidan tergov boshlangani haqida xabar berilgandi. Oldinroq, 2002 yilda o‘sha paytlarda Adidas kompaniyasi rahbari bo‘lgan Rober Lui-Dreyfus «Germany-2006» tashkiliy qo‘mitasi hisobiga 10,3 mln shveysariya franki (taxminan 6,7 mln. yevro) o‘tkazib bergani ma'lum bo‘lgandi. Mablag‘ Germaniyaning musobaqa mezbonligi uchun turli xarajatlariga sarflanishi kerak bo‘lgan. Biroq bu pul hech bir hisobotlarda va soliq deklaratsiyalarida ko‘rsatilmagan. Boshqa manbalarga ko‘ra, bu pul mezbonlik huquqi uchun ovoz beradiganlarni sotib olish uchun pora sifatida ishlatilgan.
13Sport
Tramp noroziliklar haqida: «professional namoyishchilar» Donald Tramp raqiblari prezidentlik saylovi natijalarini qabul qilishni hohlamayapti. Amerika shaharlari ko‘chalarida, ikkinchi kundirki, Donald Trampning prezident sifatida saylanishiga norozilik sifatida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Nyu-York, Chikago, Filadelfiya, Baltimor, Oklend, Miluoki va boshqa yirik shaharlarda shunday namoyishlar tashkil etilgan.  Siyosatchining o‘zi oshkora raqobatdagi g‘alabasini nishonlayotgan bir vaqtda, «professional namoyishchilar» OAVni tezlamoqda. Respublikachilar vakilining fikricha, bu adolatsiz usuldir. Donald Tramp, Twitter tarmog‘idagi sahifasida «Hozirgina, oshkora va muvaffaqiyatli prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Endi esa,  professional namoyishchilar OAVni targ‘ib qilib, mitingni boshlashdi. Bu adolatsizlikdir!», - degan fikrni bildirgan.  Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari namoyishlarda olingan suratlar va videolavhalarni faol e'lon qilmoqda. Internet tarmog‘ida «MeningPrezidentimemas» — #NotMyPresident xeshtegi ommalashib borayapti. Namoyishlar AQSh poytaxtida ham bo‘lib o‘tgan. Aktsiya qatnashchilari: «Biz saylangan prezidentni qabul qilmaymiz!», -deya baqirishgan.  Ayrim shaharlarda politsiya namoyishchilardan ayrimlarini hibsga olgan. Ular yo‘llardagi harakatni to‘sib qo‘yayotgani xabar qilinayapti. Bundan tashqari, Oregon shtati Portlend shahridagi namoyishchilar do‘kon va avtomobil oynalarini sindirgan.  Eslatib o‘tamiz, 9 noyabrda AQSh prezidentlik saylovining dastlabki natijalari e'lon qilindi. Unga ko‘ra, respublikachi nomzod Donald Tramp 290 nafar saylovchi ovoziga ega bo‘lib g‘alaba qozongan.
2Dunyo
Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilishi shartini ma'lum qildi AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha tinchlik kelishuvlariga erishilsa, ushbu davlatdan qo‘shinlarini olib chiqishga tayyorligini aytdi. “Birinchi marta ular [toliblar] vaziyatni tartibga solish, kelishuv haqida gapirmoqdalar. Agar bu yuz bersa, biz qo‘shinlarimizni uyga qaytaramiz. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Biroq jiddiy muzokaralar ilk bor o‘tmoqda”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga. Avvalroq AQSh hukumati amerikalik vakillar va toliblar o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli rivojlanish borligini ma'lum qilgan. AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Zalmoy Xalilzod taxminiy kelishuvlarga erishilganini ma'lum qilgan, biroq toliblar hozircha buni tasdiqlashmagan.
2Dunyo
Jurnalist tadbirda ma'lumot davlat tilida berilishi kerakligini aytdi. Deputat savolni rus tilida berishni so‘radi Anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yelena Babenko O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha strategiyasi haqida rus tilida ma'ruza va taqdimot qildi. Kun.uz sayti muxbiri Ilyos Safarov esa undan anjuman davlat tadbiri ekani va unda ma'ruza qiladiganlar ham o‘zbek tilida gapirishi kerakligini so‘radi. «Nega siz, deputat bu tadbirga o‘zbek tilida tayyorgarlik ko‘rmadingiz yoki tarjimon olib kelmadingiz?» – deya savol bilan yuzlandi jurnalist. Deputat Yelena Babenko esa jurnalistdan savolini rus tilida berishini so‘radi. «Savolingizni ruscha bersangiz. Men bu muloqotni o‘z kanalimga joylayman. Kanalimda Amerikadagi o‘zbek diasporasi vakillari ham bor va ular bajonidil ruscha gapirishadi. Siz ham savolni ruscha bersangiz, videoni kanalimga joylardim va ulardan holatni muhokama qilishlarini so‘rardim», dedi u. Ushbu javobdan keyin Ilyos Safarov Yelena Babenkoning qaysi hududdan deputatlikka saylangani, necha foiz ovoz olgani va u o‘z saylovchilariga qaysi tilda targ‘ibot olib borgani bilan qiziqdi.  «Andijon, «eski shahar», 85 foiz ovoz olganman», dedi Babenko savolga javoban. U shuningdek, O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha strategiyasi ham avval rus tilida yozilgani, keyinchalik o‘zbek tiliga tarjima qilinganini qo‘shimcha qildi. «Chunki ko‘plab xalqaro hujjatlar rus tilida yozilgan», deydi Qonunchilik palatasi deputati. Anjuman davomida tortishuvga «O‘zgidromet» bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev ham qo‘shildi va o‘z fikrlarini bildirdi. «Bizning sohadagilarning 85 foizi rusiyzabonlar. Men sohada ilmni ushlab qolish tarafdoriman. Men ilk bor bu sohaga kelganimda oldimizda rus tilida ishlash va davlat tilini qo‘llash masalasi turdi. Yelena Babenko ham iqlim o‘zgarishi bo‘yicha strategiyani ishlab chiqishda professional darajada ishladi. Muammo mutaxassis yo‘qligida, biz shundan qiynaldik. Bizning sohadagilarning 74 foizi o‘rta ma'lumotlilar. Ya'ni ilm tomondan ham qiynalganmiz. Katta olimlar bor, lekin yoshlarda uzilish bo‘lgan. Biz bu sohada Rossiya bilan yaqindan hamkorlik qilyapmiz, nega desangiz iqlim muammolari bo‘yicha bizga yaqini Rossiya. Bu davlat bilan qo‘shma fakultet ham ochyapmiz. Bu bilan biz Yevropa, Janubiy Koreya yoki Xitoy bilan hamkorlikni chetga surmaymiz. Mana shu fakultet bitiruvchilari sohaga kirib kelgandan keyin sohada atamalarni o‘zbek tilida qo‘llash ham oson bo‘ladi. Bizda ekologiya muammolarini ko‘taruvchi blogerlarning aksariyati rus tillilar. Biz shuning uchun ham o‘z ustimizda ko‘proq ishlaymiz», – Sherzodxo‘ja Habibullayev. Ma'lumot uchun, «O‘zbekistonning davlat tili haqida»gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta'minlanishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Oliy Majlis Senati 2021 yil 26 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni muhokama qildi.  «Qonunda amaldagisida mavjud bo‘lmagan ko‘pgina me'yorlar belgilanmoqda. Xususan, amaldagi «Davlat tili haqida»gi qonunda mazkur qonunning amalga oshirilishini ta'minlaydigan, bu sohada yagona davlat siyosatini olib boruvchi maxsus davlat organi va uning huquqiy maqomi bilan bog‘liq masalalar umuman ochib berilmagan. Bundan tashqari, davlat xizmatchilariga nisbatan davlat tilini bilishga oid talablarning belgilanmagani ham ushbu qonunning amalda ishlamasligiga olib kelmoqda. Shundan kelib chiqib, huquqiy sohada hamda milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq aks ettirish va «Davlat tili haqida»gi qonunning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishini ta'minlash maqsadida u yangi tahrirda ishlab chiqildi», deyiladi Senatning qonunga berilgan izohida. Ushbu qonunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat tilining qo‘llanishi, ish yuritish tili, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda davlat tilining qo‘llanishi, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularning loyihalarida foydalaniladigan til, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ishlatiladigan til, sud ishlari yuritiladigan til, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, fuqaroning shaxsini va huquqlarini tasdiqlashda qo‘llanadigan til masalalari ham batafsil belgilangan. Jumladan, uning 9–moddasida «Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy va kasbiy forumlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar, shuningdek, tantanalar, taqdirlash marosimlari va boshqa tadbirlar davlat tilida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi tashkil etadigan xalqaro darajadagi tadbirlar, shuningdek, tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan hamda mazkur tashkilotlar vakillari ishtirok etadigan tadbirlarda boshqa tillardan ham foydalanilishi mumkinligi belgilangan. Kun.uz muxbiri xabarni tayyorlash jarayonida Qonunchilik palatasi matbuot xizmati rahbari Navro‘z Rizayevdan deputat Yelena Babenkoning tadbirdagi harakatlari yuzasidan izoh so‘radi. «Amaldagi va parlamentning ikki palatasida ham tasdiqdan o‘tgan yangi qonunda ham O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tilida olib borilishi belgilangan. Xodimlarining davlat tilini o‘rganishiga sharoit yaratib berish esa tashkilot zimmasidaligi ko‘rsatilgan. Biz ham deputatlarimizning o‘zbek tilini o‘rganishi uchun sharoit yaratganmiz. Buning uchun alohida markaz ham qilindi. Umuman, davlat tilini hurmat qilgan deputatlar borki, davlat tilini o‘rganyapti. Mana masalan, deputatimiz Emma Aslonova va Viktor Pak . Emma Aslonova yaqinda katta bir ma'ruzasini ham davlat tilida qildi», dedi u. Bir muddat avval Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev ham davlat tilini bilmaydigan va unda gapirmaydigan rahbarlar haqida fikr bildirgandi. «Bu – sharmandalik, bu – uyat. Mayli, vazirlik yoki tashkilot rahbari Amerikada o‘qib kelgandir, Germaniya, Angliyada o‘qib kelgandir. Uning chet tillarini bilishi juda yaxshi, lekin O‘zbekistonda rahbar lavozimida ishlab, davlat tilini, ona tilini bilmaslik – bu sharmandalik», degandi u.
8O‘zbekiston
Xiaomi Mi MIX Fold sotuvga chiqdi: buklanuvchan va juda qimmat flagman Xitoyda Xiaomi’ning birinchi buklanuvchan smartfoni — Mi MIX Fold 9999 yuan (1530 dollar) narxida sotuvga chiqdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Taqqoslash uchun, Mi MIX Fold’ning eng yaqin raqobatchisi Samsung Galaxy Z Fold 2 undan qariyb 1,5 barobar qimmat va o‘tgan yilgi protsessorda ishlaydi. Samsung tez orada ushbu qurilmaning yangi avlodini taqdim etishi kerak. Mi MIX Fold Samsung Galaxy Z Fold 2 uslubidagi konstruksiyaga ega bo‘lgan. Uning ichida 8 dyuymli AMOLED-displey yashiringan bo‘lib, u teng ikkiga bo‘linadi — tomonlari nisbati 4:3 va piksellari soni 2480x1860. Tashqi tomoniga kichikroq qo‘shimcha ekran o‘rnatilgan. Katta ekranda o‘yin o‘ynash internetda video ko‘rish, brauzerdan foydalanish, hujjatlar bilan ishlash va boshqa ko‘plab vazifalarni bajarish mumkin. Tashqi qo‘shimcha ekran qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, xabarlar yuborish va boshqa oddiy amallar uchun mo‘ljallangan. Kompaniya smartfon bir million marotaba ochilib-yopilishga bardoshli ekanligiga kafolat bermoqda. Tashqi ekranning texnik tavsifi — piksellari soni 2520x820 va 90 gertsli yangilanish chastotasiga ega 6,52 dyuymli AMOLED. Kompaniya Mi MIX Fold uchun tizimning maxsus stol rejimi ishlab chiqqan bo‘lib, unda interfeys noutbuk va kompyuterlar uchun operatsion tizimni yodga soladi. Mazkur rejimda bir nechta oynalar bilan birdagina ishlash yoki ish stolini sozlash mumkin. Smartfon ichidan Snapdragon 888 protsessori, sig‘imi 5020 mA/soatga teng akkumulyator o‘rin olgan bo‘lib, u 67 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.
14Texnologiya
Aripov Toshkent shahar hokimligida yig‘ilish o‘tkazdi, ikkita tuman hokimi qattiq ogohlantirildi Joriy yilning 26 mart kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, Davlat budjeti daromadlari manbalari bo‘yicha 2019 yil 1-chorak yakunida kutilayotgan natijalar hamda budjetga tushumlar borasida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 1-chorakda Davlat budjeti daromadlari reja ko‘rsatkichi 4 trln. 485 mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlangan bo‘lib, 2019 yil 25 mart kuni holatiga reja ko‘rsatkichi 3 trln. 683 mlrd. so‘mga yoki 82 foizga bajarilganligi ta'kidlandi. Tasdiqlangan Davlat budjeti daromadlari daromadlar tushumi rejasi ijrosi Uchtepa tumanida 67 foiz, Mirobod tumanida 69 foiz, Bektemir tumanida 74 foiz, Yunusobod tumanida 76 foiz, Mirzo Ulug‘bek tumanida 77 foiz, Shayxontohur tumanida 83 foiz hamda Sergeli tumanida 83 foizni tashkil etgan. Reja bajarilishida qoloqlikka yo‘l qo‘yilganligi uchun Mirobod, Uchtepa tumanlari hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari, ushbu tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari qattiq ogohlantirilgan. Shayxontohur tumanida Davlat budjet daromadlarining tushum rejasi bajarilishida qoloqlikka yo‘l qo‘yilganligi va boshqa kamchiliklar uchun tuman hokimi va uning birinchi o‘rinbosari, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga hayfsan e'lon qilindi. Shuningdek, 1-chorak natijasi bilan tushum rejasi bajarilmagan taqdirda Toshkent shahri tumanlarining 4 ta sektor rahbarlari hamda tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ularga nisbatan qat'iy jazo choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantirilgan. Yig‘ilishda ishtirok etgan bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev tomonidan tumanlardagi mas'ullarning faoliyati qattiq tanqid qilindi va Toshkent shahrida 1-chorak daromadlar tushumi rejasini mart oyining oxirigacha bajarish uchun 801,9 mlrd. so‘m miqdorida tushumni qolgan qisqa muddatda amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi, deyiladi xabarda.
8O‘zbekiston
ZIDAN RONALDUNING ZAXIRADA QOLIIShNI OLDINDAN REJALAShTIRGANI MA`LUM BO`LDI Makedoniyaning Skope shahridagi “Filipp II” stadionida “Real” xamda “Manchester Yunayted” jamoalari o`rtasida UEFA Superkubogi uchun bellashuv bo`lib o`tdi. Unda “qirollik klubi” 2:1 hisobida Joze Mourino boshqaruvidagi “qizil iblislar”dan ustun keldi. Uchrashuvdan so`ng, “Real” ustozi Zinedin Zidan o`yin borasidagi fikrlarini bildirib o`tdi. “Biz katta hajmdagi ishni a`lo darajada bajardik. O`yinning birinchi yarmida biz umuman fantastik o`ynadik. Ikkinchi bo`limga kelib, to`pga kamroq muomalada bo`ldik va bir muncha qiynaldik. Biroq bu normal holatdir. Biz navbatdagi katta sovrinni qo`lga kiritdik. Mavsumni ajoyib boshladik. Bizning sirimiz? Sirimiz bizning jamoamizda va unda ishlayotgan insonlarda. Ronalduni zahirada qoldirish qiyin bo`lmadimi? Yo`q. Umuman, bu oldindan rejalashtirilgan edi. U biz bilan 3 kun mashg`ulot o`tkazdi xolos. Biroq uning o`rni biz uchun juda ham muxim. Ronalduda barchasi joyida va uning bor-e`tibori yakshanba kungi bahsga qaratilgan. Isko yangi shartnomaga munosib. U gol kiritdi va qanday o`ynash kerak bo`lsa, shunday o`ynadi”, – deb aytib o`tdi fransiyalik mutaxassis.
13Sport
O‘zbekistonda elektron tarzda kelib tushgan arizalarning chorak qismida nikohdan ajratish so‘ralgan Oliy sud, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida yaratilgan E-Sud tizimiga joriy yilning o‘tgan davrida 388 mingga yaqin murojaat kelib tushdi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA. Bundan 227593 tasi sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ariza, 160 mingdan ortig‘i esa da’vo tartibida hal qilinadigan arizalar. Elektron shaklda kelib tushgan da’vo arizalari va arizalar quyidagi toifalardan iborat: nikohdan ajratish — 25,6 foiz, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlash — 8,07 foiz, hujjatning tegishliligini belgilash — 7,1 foiz, qarzni undirish — 5,8 foiz va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq boshqa nizolar — 5,1 foiz. Sudlarga E-Sud tizimi orqali kelib tushgan arizalar va da’vo arizalarining o‘rtacha 20 foizi ayol foydalanuvchilar tomonidan berilgan. Bu xotin-qizlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, sudlarga elektron tarzda murojaat qilayotgan advokatlar soni ham ortib bormoqda. Xususan, bugungi kunda E-Sud tizimida 379 nafar advokat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular tomonidan shu yil boshidan buyon fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga jami 8 mingga yaqin elektron ariza topshirilgan.
8O‘zbekiston
Hozirda faqat buyurtma asosida olinadigan «AAA» seriyali avtomobil raqamlari qolgan — YHXBB 10 avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda YHXBB boshlig‘i Olimjon Saidov «UZB» yoki «AAA» kabi seriyali davlat avtomobil raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilayotganligi, hozirda 50 dona bunday raqamlar qolganligini aytib o‘tdi. YHXBB axborot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, hozirgi kunda auksion savdolariga qo‘yiladigan «AAA» seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qolmagan. Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda «AAA» seriyali buyurtma asosida olinadigan 30 tadan ortiq ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari mavjud. Qo‘shimcha qilinishicha, buyurtma asosida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini olish uchun hududiy YHXB ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limlariga murojaat qilish kerak. «Mavjud bo‘lgan bo‘sh ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisiga buyurtma berish hamda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan holda olish mumkin», — deyiladi boshqarma xabarida.
5Jamiyat
Eron rasmiylari tartibsizliklar chog‘ida qo‘lga olingan fuqarolarning ko‘pchiligini garov evaziga qo‘yib yubordi Eron rasmiylari mamlakatdagi tartibsizliklar chog‘ida qo‘lga olingan fuqarolarning ko‘pchiligini garov evaziga qo‘yib yubordi. Bu haqda Eron ichki xavfsizlik kuchlari rasmiy vakili Said Muntazir al-Mahdiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. “Isyonchilar tomonidan tartibsizliklarga jalb etilgan ko‘pchilik fuqarolar garov evaziga ozod qilindi. Bunga turtki berganlar hibsda saqlanmoqda va sud oldida javob beradi”, — dedi al-Mahdiy. Al-Mahdiy mamlakatdagi g‘alayonlar oqibatida 20 kishi, jumladan, kuch tizimi xodimi halok bo‘lganini tasdiqladi. Har bir holat bo‘yicha tekshiruv olib borilishini bildirdi.
2Dunyo
Ko‘rshapalaklar organizmida mingdan ko‘proq turdagi koronaviruslar aniqlandi. Ulardan ba'zilari yangi pandemiyaga olib kelishi mumkin Bu haqda The Big Picture Science podcast podkasti mualliflari ma'lum qilishdi. Olimlar ko‘rshapalaklarni tutib, ularning biologik ma'lumotlarini yig‘ishgan. Hammasi bo‘lib ko‘rshapalaklardan olingan 15 mingga yaqin so‘lak, qon va najas namunalari tahlil qilingan. Olimlar tadqiqot davomida namunalarning 10 foizida 1,5 ming turdagi koronaviruslarni aniqlashgan. Bu viruslar institutda saqlab qo‘yish uchun muzlatib qo‘yilgan. “Bu viruslardan aksariyati hech qachon odamlarga yuqmaydi, biroq ba'zilarida bunga moyillik bo‘lishi mumkin. Hozirda ulardan qaysi biri odamga o‘tishi mumkinligini aniqlash bo‘yicha tajribalar o‘tkazilmoqda”, deyilgan xabarda. Ta'kidlanishicha, topilgan ba'zi koronaviruslarga antitanalar Xitoy janubidagi qishloq aholisi qonida topilgan. Bu esa yangi turdagi SARS-CoV-2 koronavirusi Uhan shahridan emas, balki ko‘rshapalaklar ko‘plab yashaydigan g‘orlar yaqinida joylashgan qishloq joylaridan tarqalgan bo‘lishi mumkinligidan darak beradi.  Mutaxassislarning ta'kidlashicha, hali o‘zini “ko‘rsatmagan”, biroq kelgusida bunga qodir bunday ko‘p miqdorda koronaviruslar aniqlangani “sekin harakatga keluvchi bomba” hisoblanadi. Hozirgacha turli tipdagi koronaviruslar uchta epidemiyaga olib kelishga ulgurdi. Gap 2003 yilda atipik zotiljam keltirib chiqargan SARS, 2012 yilda avj olgan Yaqin Sharq respirator sindromi MERS va 2019 yil oxirida avj ola boshlagan hozirgi SARS-CoV-2 koronaviruslari haqida bormoqda.
2Dunyo
Avstraliyada gigant timsoh ushlandi (foto) Avstraliyaning Ketrin daryosida gigant timsohni ushlashdi. Uning uzunligi 4,7 metr, og`irligi esa – 600 kilogrammni tashkil etadi, deb yozmoqda 9 News nashri. Ta`kidlanishicha, ushbu timsohga ov 2010 yilda boshlangan. O`sha paytda mahalliy reynjerlarga timsohning taxminiy joyi haqida ma`lumot kelib tushgan. Ketrin daryosida tutilgan timsohlar orasida bu eng kattasi hisoblanadi "Timsoh Ketrin qishlog`ining 60 km pastlikdagi suv oqimida topildi", – deb aytdi NT Parks vakili.
2Dunyo
O‘zbekistonda “yashil” energiyaga investitsiya kiritgan kompaniyalar 10 yilga mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi O‘zbekistonda 2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya (QTE) manbalari ulushini 25 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.  “Yashil” energiyani rivojlantirish, imtiyozlarni taqdim etish orqali ushbu soha tadbirkorlari uchun qulay soliq muhitini yaratish qo‘llab-quvvatlanmoqda. Kompaniyalar uchun imtiyozlar QTE manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun energiya ishlab chiqaruvchilar 10 yil muddatga mol-mulk solig‘idan ozod etiladi. Bundan tashqari QTE manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko‘proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari 10 yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi.  Aholi uchun imtiyozlar Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda QTE manbalaridan foydalanuvchi shaxslarga 3 yil muddatga mol-mulk solig‘i solinmaydi. Bundan tashqari ular 3 yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi. Avvalroq O‘zbekistonda vodorod transport vositasi ishlab chiqilishi haqida xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Toshkentdagi O‘sh ko‘chasining bir qismi 11-fevraldan aprelgacha yopiladi Toshkent shahri O‘sh ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati. Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumanining O‘sh ko‘chasi bo‘ylab Qorasuv kanali ustidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li ko‘prigi rekonstruksiya qilinadi. Shu sababli O‘sh ko‘chasi “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘i ko‘prigi bilan kesishmasidan Boysun ko‘chasi kesishmasigacha va undan O‘sh 1-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliq 2022-yilning 11-fevralidan mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi. Toshkent shahar hokimligi haydovchilardan aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilib, keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.  YHXBB Bo‘stonliqning tog‘ yo‘llarida yuzaga kelgan bir necha kilometrlik tirbandlik haqida ma’lumot berdi
8O‘zbekiston
Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida Jinoyat-protsessual qonuniga o‘zgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonunning bir xil va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori ish holatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirilishini ta’minlash, jinoyat sodir etilishi sabablari va unga imkon yaratgan shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishda protsessual qonun normalariga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) muvofiq sud jinoyat ishini muhokama qilishga, faqat JPK 49-bobida nazarda tutilgan barcha zarur harakatlar bajarilgandan keyin kirishishga haqli. 3. JPK 406-moddasiga muvofiq, har bir jinoyat ishi aynan bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, vakolat muddati yakunlangani, boshqa sudyalik lavozimiga yoki boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan sudyaning (shu jumladan, xalq maslahatchisining) vakolatlari tugagan taqdirda, ko‘rilishi tugallanmagan ish sudning boshqa tarkibida boshidan ko‘rib chiqilishi lozim. 4. JPK 407-moddasida nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etgan zaxiradagi xalq maslahatchisi sud majlisida ish muhokamasi boshlangandan tugagunga qadar uzluksiz ishtirok etishi shart. Qonun mazmuniga ko‘ra, zahiradagi xalq maslahatchisi dalillarni tekshirishda ishtirok etishga, raislik qiluvchi ruxsati bilan so‘roq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga haqli. 5. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ishning barcha holatlari sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘liq, xolisona tekshirilishini ta’minlash va haqiqatni aniqlash maqsadida qonun sud majlisida raislik qiluvchiga sud muhokamasini tashkil etish bo‘yicha muayyan vakolatlar yuklatadi. Sud majlisida raislik qiluvchi butun sud muhokamasi davomida jinoyat protsessining, sud ayblov yoki himoya tarafida bo‘lmasligi va ularning hech qanday manfaatlarini ifodalamasligi, balki xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda, taraflar o‘z protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berishini nazarda tutuvchi muhim prinsipini ta’minlashi shart. 6. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 25-moddasining oltinchi qismi, 26-moddasining birinchi qismi, 409 va 439-moddalariga ko‘ra, prokuror sud protsessining ishtirokchisi sifatida odil sudlovni amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, bular davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasining (ayblov dalolatnomasining) xulosa qismida bayon etilgan ayblovni o‘qib eshittirish, dalillarni tekshirishda bevosita ishtirok etish: sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarni so‘roq qilish, ekspertlarning xulosasini tinglash, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish, sudda bayonnomalar va ishning boshqa hujjatlarini o‘qib eshittirishdan iborat. Qonunda bayon etilgan vazifalarni bajarish suddan jinoyat qonuni normalarini qo‘llash, sudlanuvchining harakatlarini kvalifikatsiya qilish, unga jazo turi va miqdorini belgilash, jinoyat sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar to‘g‘risida xolisona fikr bayon qilish uchun prokurorga imkoniyat yaratish maqsadida jinoyat ishi muhokamasi chog‘ida uning uzluksiz ishtirok etishini ta’minlashni talab etadi. JPK 412-moddasining birinchi qismi talabiga muvofiq, prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda, sud jinoyat ishi muhokamasini keyinga qoldiradi. Prokuror uzrli sababsiz kelmay qolgan taqdirda, sud bu haqda yuqori turuvchi prokurorga xabar berishi shart. 7. Shuni nazarda tutish lozimki, JPK 410 — 412-moddalariga muvofiq, sudlanuvchi, himoyachi va prokurorning sud majlisiga kelishi ularning majburiyati hisoblanadi, chunki bu ish materiallarini to‘liq, har tomonlama va xolisona tekshirish zarurati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bunga rioya etmasdan qonuniy va adolatli qaror qabul qilish imkoniyati yo‘q. Shu munosabat bilan qayd etilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi (JPK 410-moddasining uchinchi qismi bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) va uning sudga kelishini ta’minlash bo‘yicha qonunda nazarda tutilgan choralar ko‘rilishi lozim. 8. JPK 410-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lib, sudga kelishdan bo‘yin tovlasa, uning yo‘qligi esa ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmasa, sud ishni sudlanuvchi ishtirokisiz ko‘rishga haqli. Sud majlisini sudlanuvchi ishtirokisiz o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda, sudya JPK 388-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sudlanuvchining himoyachisiga ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi nusxasi topshirilgan-topshirilmaganligini tekshirishi lozim. 9. JPK 414-moddasiga ko‘ra, birinchi instansiya sudida jinoyat ishini muhokama qilish faqat ish bo‘yicha ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarga nisbatan va e’lon qilingan ayb doirasida amalga oshiriladi. Sudlanuvchiga yoki ishga ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb etilgan yangi shaxslarga nisbatan yangi, og‘irroq yoki haqiqiy holatga ko‘ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bo‘yicha ish faqat JPK 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan shartlar va tartibga rioya etgan holda muhokama qilinishi mumkin. 10. JPK 420-moddasiga muvofiq, ko‘rilishi boshlangan jinoyat ishi quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin: sudlanuvchi suddan yashirinsa; sudlanuvchi sud majlisiga kelishiga imkoniyat bermaydigan ruhiy yoki boshqa og‘ir kasallikka chalinganda; sud tomonidan prokurorga JPK 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qo‘shimcha protsessual harakatlar amalga oshirilishini topshirish haqida ajrim chiqarilsa. JPK 420-moddasida nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib, sud ishni biror sudlanuvchiga nisbatan yoki butunlay to‘xtatishi mumkin. 11. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, barcha protsessual harakatlarni izchil bajarmasdan va sud majlisining tayyorgarlik qismida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlamasdan turib, sud tergovini JPK 52-bobi talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish uchun sharoit yaratib bo‘lmaydi. Sud muhokamasining ushbu qismida raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsi bilan bog‘liq (JPK 434-moddasi) barcha masalalarni sinchkovlik bilan aniqlashi lozim. Sud majlisining tayyorgarlik qismida raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi shaxsiga oid ma’lumotlarning aniqlanishi sudni sud tergovi davomida jazo chorasini va jazoni ijro etish muassasasi turini belgilashga oid masalalarni hal qilish uchun ahamiyatli bo‘lgan sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlarni (JPK 82-moddasi) sinchkovlik bilan o‘rganish majburiyatidan ozod etmaydi. 12. JPK 438-moddasi mazmuniga ko‘ra, sud muhokamasi ishtirokchilarining yangi guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirish to‘g‘risidagi, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish to‘g‘risidagi iltimosnomalari bevosita ular arz qilingan va muhokama qilingandan so‘ng hal etilishi lozim. Sud muhokamasi ishtirokchilari doirasini aniqlash va ishning harakati bilan bog‘liq boshqa barcha iltimoslar ham (jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar sifatida tan olish to‘g‘risida, ishni to‘xtatish yoxud uning muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida, ishni tugatish to‘g‘risida va boshqalar), ular sud majlisining tayyorgarlik qismida yoki sud muhokamasi davomida arz qilinganligidan qat’iy nazar, shu qoidalar asosida hal qilinadi. Ish sudga kelib tushganidan so‘ng, lekin sud muhokamasi boshlangunga qadar kelib tushgan iltimosnomalar sud majlisining tayyorgarlik qismida hal qilinishi lozim. Biroq, ularning to‘g‘ri hal qilinishini ta’minlash maqsadida ish bo‘yicha raislik qiluvchi iltimosnomani ko‘rib chiqishni keyinga qoldirishi va muayyan harakatlarni (ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va hokazo) amalga oshirishi mumkin. Qonunga ko‘ra (JPK 438-moddasining uchinchi qismi), iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish tarafni ushbu iltimosnomani boshqa asoslar bo‘yicha sud muhokamasi davomida qayta arz qilish huquqidan mahrum etmaydi. 13. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ehtiyot chorasini qo‘llash, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi, pasport harakatini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi, rad etish to‘g‘risidagi, jinoyat ishini to‘xtatish yoki uni prokurorga o‘tkazish to‘g‘risidagi, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan ajrimlar, shuningdek, xususiy ajrimlar alohida xonada (maslahatxonada) alohida hujjatlar ko‘rinishida chiqariladi. Boshqa masalalar bo‘yicha ajrimlar sud majlisining o‘zida, sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan chiqarilishi mumkin va JPK 423-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq qaror qabul qilinishi sabablarini ko‘rsatgan holda sud majlisi bayonnomasiga kiritib qo‘yiladi. Sud tomonidan sud majlisi davomida hal qilinadigan barcha masalalar bo‘yicha ajrimlar darhol e’lon qilinishi lozim (JPK 423-moddasining beshinchi qismi). 14. Sudlanuvchining ko‘rsatmalari faqat JPK 104-moddasida nazarda tutilgan hollarda o‘qib eshittirilishi mumkin va sud tomonidan sud tergovi davomida tekshirilishi lozim. 15. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari JPK 55, 57, 59, 61, 63-moddalariga muvofiq o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha sud majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar. Shu sababli bu shaxslarning keyingi sud majlislarida ishtiroki ixtiyoriy (ularning ishtiroki sud tomonidan zarur deb topilgan hollar bundan mustasno) bo‘lib, bu haqda ish muhokamasi keyinga qoldirilganda sud majlisi bayonnomasida qayd etgan holda tushuntirilishi shart. 16. Sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlar sifatida voyaga yetmagan shaxslar ishtirok etgan ish muhokama qilinayotganda, ishning alohida holatlarini aniqlash bunday shaxslarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olib, sudlar har bir holda bunday holatlarni tekshirish chog‘ida sud zalida voyaga yetmaganlar hozir bo‘lishi zarurligi masalasini muhokama qilishlari lozim. 17. Ishning muayyan holatlarini aniqlash uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlar zarur bo‘lgan barcha hollarda, ekspertiza o‘tkazish zarurligi yoki bu holatlar sud muhokamasiga mutaxassisni jalb etish orqali aniqlanishi mumkinligi masalasi hal qilinishi lozim. Mutaxassis dalillarni tekshirish chog‘ida sudga yoki sud protsessi ishtirokchilariga maxsus bilim va ko‘nikmalar zarur bo‘lib qolganda (masalan, texnologik yoki ishlab chiqarish jarayonini, u yoki bu kasbning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishda va hokazo) sud muhokamasiga taklif etiladi. Mutaxassis fikri sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi shart. Mutaxassis oldiga ekspert vakolatiga kiradigan savollarni qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi. Uning fikrini ekspert xulosasiga tenglashtirib bo‘lmaydi. Ekspert xulosasi qonunga muvofiq dalil turlaridan biri hisoblanadi va tadqiqotlarni amalga oshirish asosida beriladi. Ekspert oldiga mutaxassis vakolatiga kiruvchi savollar qo‘yilishi mumkin. Sudlar ekspertiza o‘tkazish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, ekspertiza o‘tkazishni ekspertni so‘roq qilish bilan almashtirishga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. 18. Sudlarning e’tibori ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashda ashyoviy dalillar, hujjatlarni tekshirish, joy va binoni ko‘zdan kechirish muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilsin. Ashyoviy dalillar va hujjatlar sud majlisida ish bo‘yicha boshqa dalillar bilan teng ravishda sinchkovlik bilan tekshirilishi (tegishlicha ko‘zdan kechirilishi, o‘qib eshittirilishi) lozim bo‘lib, ayni paytda ular taqdim etilgan shaxslar ularni tekshirish bilan bog‘liq u yoki bu holatlarga sudning e’tiborini qaratishlari mumkin. Sudning ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish va hujjatlarni o‘qib eshittirish bo‘yicha barcha harakatlari sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi kerak. 19. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JPK 262-moddasining birinchi qismiga muvofiq, guvoh sudga kelishdan uzrli sabablarsiz bosh tortganda, u majburiy keltirilishi mumkin. Jumladan, quyidagilar guvohning sudga kelmasligiga uzrli sabablar deb tan olinishi mumkin: uni sudga kelish imkoniyatidan mahrum etuvchi kasallikka chalinganda; oila a’zosi kasallikka chalinib, uni parvarishlashni boshqa birovga topshirishning imkoni bo‘lmaganda; chaqiruv qog‘ozi unga o‘z vaqtida topshirilmaganda; tabiiy ofat oqibatida kelishning iloji bo‘lmaganda; guvohning sudga belgilangan muddatda kelishiga to‘sqinlik qilgan boshqa obyektiv sabablar bo‘lganda. 20. JPK 296-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash sud muhokamasining muhim tarkibiy qismi ekanligini hisobga olib, sudlar har bir jinoyat ishini ko‘rib chiqish chog‘ida yetarli asoslar mavjud bo‘lganda, xususiy ajrim chiqarishlari lozim. Sud surishtiruv yoki dastlabki tergov o‘tkazilishi davrida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlasa, xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan bunga tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini qaratishi lozim. 21. Sud majlisi bayonnomasi ish bo‘yicha eng muhim protsessual hujjatlardan biri ekanligini nazarda tutib, sudlar uni tuzish sifatini oshirish choralarini ko‘rishlari kerak. Bayonnoma JPK 426-moddasi talablariga qat’iyan muvofiq tarzda tuzilishi lozim. Bunda quyidagilar bayon etilishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim: sud muhokamasi ishtirokchilari tomonidan berilgan iltimosnomalar va ularning muhokamasi tartibiga; maslahatxonaga kirmasdan sud majlisida chiqarilgan sud ajrimlariga; sudlanuvchining unga nisbatan e’lon qilingan ayblov mazmuni bo‘yicha, guvohlar va jabrlanuvchilarning ish holatlari bo‘yicha bergan ko‘rsatuvlariga; dalillarni tekshirish jarayoniga. Bayonnoma sifatli va o‘z vaqtida tuzilishi uchun raislik qiluvchi bilan bir qatorda sud majlisi kotibi javobgar bo‘lib, u JPK 32-moddasiga muvofiq, bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek, sud muhokamasi ishtirokchilari harakatlarini to‘liq va to‘g‘ri bayon qilib borishi shart. Bayonnoma bir necha sud majlisi kotibi tomonidan yuritilganda, ulardan har biri bayonnomaning o‘zi yuritgan qismini imzolaydi. 22. JPK 449-moddasiga muvofiq, taraflar muzokarasi davlat va jamoat ayblovchisi nutqi bilan boshlanadi. So‘ngra jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so‘zga chiqadi. Sudlarga tushuntirilsinki, muzokaralar tugagandan so‘ng taraflar JPK 457-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan o‘zlari taklif etgan qaror mazmunini sudga yozma tarzda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi muzokaralar tugagandan so‘ng sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar sudga o‘zlarining yozma taklifini berishga majbur. 23. Taraflar muzokarasi ishtirokchilari o‘z so‘zlarida, sudlanuvchi esa, shuningdek, oxirgi so‘zida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar to‘g‘risida xabar bersalar, sud, sud tergovini JPK 452-moddasi talablariga muvofiq, yangidan boshlab, sudlanuvchini ushbu holatlar to‘g‘risida batafsil so‘roq qilishi hamda ularni protsessual qonunning sud tergoviga oid talablariga rioya etgan holda sinchkovlik bilan tekshirishi lozim. 24. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rayotganda birinchi instansiya sudlari tomonidan jinoyat-protsessual qonuni normalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratish, ularni qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish tavsiya etilsin. 25. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10Qonunchilik
Rossiya harbiy politsiyasi Il-20 urib tushirilishiga aloqador barcha suriyaliklarni hibsga oldi – OAV Rossiyaning Il-20 samolyotini urib tushirgan havo hujumidan mudofaa tizimi raketasining uchirilishiga aloqador bo‘lgan Suriya armiyasining barcha harbiylari hibsga olingan, deb xabar qildi Isroilning 9tv kanali arab OAVga tayanib. Xabarda aytilishicha, bundan tashqari, Suriya armiyasining 44-batalonida S-200 zenit-raketa majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi barcha ko‘ngilli fuqarolar ham qo‘lga olingan.   Hibsga olishlar Rossiya harbiy politsiyasi vakillari tomonidan amalga oshirilgan. Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yo‘qotgani xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Il-20 Suriya kuchlariga qarashli S-200 majmuasi raketasi yordamida urib tushirilgan. Qayd etilishicha, bunga Isroilning F-16 qiruvchilari Rossiya samolyoti orqali o‘z xatti-harakatlarini berkitishga uringani sabab bo‘lgan.
2Dunyo
Pakyao WBA chempionlik kamarini himoya qildi (video) Filippinlik taniqli bokschi Menni Pakyao yarim o‘rta vaznda WBA Regular chempionlik kamarini himoya qildi. U Edriyen Bronerga qarshi ringga ko‘tarildi, deb xabar berdi “Sports.ru”. Jang Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi. Hakamlar bir ovozdan 117-111, 116-112, 116-112 hisobida filippinlik bokschi foydasiga qaror chiqardi. Bu Pakyao uchun 61-g‘alaba hisoblanadi. Uning hisobida 7 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang natija mavjud. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KIChIK VA O‘RTA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShGA KO‘MAKLAShUVChI JAMG‘ARMANI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA Bozor munosabatlarini rivojlantirishni, bozorga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarni takomillashtirishni, kichik va o‘rta tadbirkorlikka ta’sirchan moddiy va moliyaviy yordam berishni kuchaytirish maqsadida, shuningdek respublika tadbirkorlarining ko‘pgina murojaatlarini hisobga olib: 1. O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armani ta’sis etish to‘g‘risidagi “Ipak yo‘li” va “Agroxizmat” aksionerlik jamiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkor” aksionerlik-tijorat banki, “Rustambank” universal tijorat banki, “Yuniteks Interneyshnl” va boshqa qo‘shma korxonalarning takliflari ma’qullansin. 2. Quyidagilar ta’sis etilgan Jamg‘armaning asosiy vazifalari ekanligi inobatga olinsin: kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bozorga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarni shakllantirish yo‘li bilan bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish sohasida davlat siyosatini o‘tkazishga ko‘maklashish; mahsulot va xizmatlar bozorini o‘rganish, Jamg‘armaning moliyaviy mablag‘larini birinchi navbatda taqchil xalq iste’moli mollari va jihozlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik tuzilmalariga, shuningdek yangi ish joylarini vujudga keltirishga, chetdan keltiriladigan mahsulot o‘rnini qoplash va eksportni kengaytirish tadbirlarini amalga oshirishga, ishlab chiqarishni ko‘paytirish va respublikaning bozorlarini mollar bilan to‘ldirishga ajratish; kichik va o‘rta tadbirkorlik tuzilmalarining innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, raqobatbardoshli tayyor mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirish, muayyan loyihalarni amalga oshirish uchun respublikamizning va xorijiy sarmoyalarni jalb etish; tadbirkorlik tuzilmalarining ularga Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘larni samarali foydalanish ustidan nazorat qilishning mexanizmini ishlab chiqish. 3. Kichik va o‘rta tadbirkorlikni vujudga keltirishda davlat yo‘li bilan moddiy va moliyaviy yordam berish uchun jamg‘armani tashkil etishga Vazirlar Mahkamasi zaxirasidan 500 million so‘m ajratilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida ta’sischilarning Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va uning ishini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash haqidagi takliflarini ko‘rib chiqsin.
10Qonunchilik
O‘zbekistonda yangi bolalar maktablari tashkil etiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlari negizida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabini; “Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar markazlari negizida “Barkamol avlod” bolalar maktablarini; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari”ni; 2020-2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini rivojlantirish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktablari huzurida 100-200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazalari”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi. Belgilanishicha: “Bolalar kutubxonalari” umumta'lim muassasalari kutubxonalariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, o‘quvchilarning milliy va jahon bolalar badiiy adabiyotlari durdona asarlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, ularni kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni (“Yosh kitobxon”, “Kitobxon maktab”, “Eng yaxshi kutubxonachi” va boshqalar) tashkil etishga ko‘maklashish; “Bolalar sayyohlik bazalari” “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “yosh sayyoh”, “yosh ekskursovod”, “yosh o‘lkashunos” to‘garak a'zolari uchun o‘lkamiz tarixi, qadimiy va muqaddas qadamjolar, milliy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va asrash, bolalar o‘rtasida ekologiya hamda sayohat qilish madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etiladi. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalari etib belgilandi: yosh avlodni ma'naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta'minlash, bunda ularning san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish hamda qizlarni ijtimoiy faol hayotga tayyorlashni tashkillashtirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish; robototexnika, mexatronika, muhandislik va kompyuter dasturiy ta'minoti yo‘nalishlaridagi to‘garaklarni doimiy rivojlantirib borish; bolalar va ta'lim turizmlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish; o‘quvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan, dunyo bozoriga milliy an'analarimiz asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a'zolari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida “Art shop” elektron do‘konlarini tashkil etish va sotuvini yo‘lga qo‘yish; maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga o‘quvchilar qamrovini oshirish, o‘quvchilar qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklarni tashkil etish va doimiy faoliyat olib borishini ta'minlash; bolalarda kasbni egallash bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, tarmoq to‘garaklari faoliyatini metodik ta'minlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyatini zamonaviy ta'lim dasturlari orqali takomillashtirish; yetakchi tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda “Barkamol avlod” bolalar maktablarida robototexnika va texnik ijodiyot yo‘nalishida foydalanadigan xomashyolar ro‘yxatini shakllantirish va yangilab borish; bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Bolalar texnoparki” loyihalarini tashkil etish; “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ning xalqaro hamda respublika tanlovlari g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish; tizimda ilmiy va amaliy tajriba almashish ishlarini olib borish maqsadida xorijiy mamlakatlarda xodimlarning malaka oshirishi hamda maqsadli xizmat safarlarini tashkil etish; bolalar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ko‘chma kutubxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bolalar va maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish; maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining bo‘sh turgan bino va yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta'minlash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish. Belgilanishicha: “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “STEAM – ta'lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – muhandislik, Art – san'at, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi; eksperiment tariqasida har bir tumanda bitta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida muassasa moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib hamda o‘quvchilar qiziqishiga ko‘ra “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq to‘garaklari tashkil etiladi; “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash, shuningdek, mazkur obektlarni jihozlash ishlari O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; 2020 yil 1 yanvardan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablarini maxsus asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta'minlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Ta'lim” sohasi uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida va “Barkamol avlod” bolalar maktablarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; 200 o‘quvchiga mo‘ljallangan “Barkamol avlod” bolalar maktablari, 100-200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazalari”, 100 o‘quvchiga mo‘ljallangan “Bolalar kutubxonalari”ni yangidan qurish ishlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Qurilish vazirligi bilan kelishilgan yakka tartibda tasdiqlangan loyihalarga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini bajarishda shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim muassasalari xodimlari va to‘garak rahbarlarini tegishli mutaxassislik yo‘nalishida malaka oshirish tizimini joriy etish maqsadida 2020 yil 1 yanvardan boshlab A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Maktabdan tashqari ta'lim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi tashkil etiladi. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida, shu jumladan, masofaviy ta'lim texnologiyalarini qo‘llagan holda ixtisoslashtirilgan to‘garaklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim muassasalari xodimlarini malaka oshirishning va qayta tayyorlashning amaldagi normalariga muvofiq qayta tayyorlash va malakasini oshirish Kafedraning asosiy vazifasi etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini 2020 yil 1 yanvardan: direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun 1,55 baravarga; to‘garak rahbari uchun 1,5 baravarga oshirish; instruktor-uslubchilar va uslubchilar mehnatiga haq to‘lash tartibini bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib amalga oshirish va ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini to‘garak rahbarlari bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
8O‘zbekiston
Turkmaniston fuqarolari JSSTga murojaat qilib, hukumatga koronavirusni tan oldirishni so‘radi Turkmaniston fuqarolik jamiyati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga maktub yo‘llab, undan Turkmaniston hukumatini COVID-19 ni tan olishga majbur qilishni so‘radi, deb yozmoqda Asia-Plus. Maktub mualliflarining ta’kidlashicha, Turkmaniston hukumati “haligacha mamlakatda COVID-19 mavjudligini inkor etib, aholining kasallanish va o‘lim darajasini yashirmoqda”. Ularning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi shifoxonalarda odam gavjum, aksariyat aholining kasalxonada davolanishga puli yo‘q. “Biz COVID-19 ning barcha alomatlariga ega, shuningdek, koronavirusdan vafot etgani taxmin qilinayotgan o‘nlab odamlarning ismlarini bilamiz. Ishonchimiz komilki, COVID-19 dan o‘lim holatlari juda ko‘p, lekin marhumlarning qarindoshlari va sog‘liqni saqlash xodimlari ma’lumot bilan bo‘lishishdan qo‘rqishi tufayli koronavirusni o‘lim sababi sifatida tasdiqlashning iloji yo‘q”, — deyiladi JSSTga yo‘llangan murojaatda. Maktub mualliflarining ishonch bilan qayd etishicha, “Turkmaniston hukumati tomonidan COVID-19 pandemiyasining rad etilishi, mamlakatda amalda bo‘lgan axborotni olish va tarqatish erkinligini taqiqlab, fuqarolarning yaqinlashib kelayotgan xavfdan xabar topmasligini oldindan belgilab qo‘ygan”. Shu munosabat bilan ular JSSTdan hukumatni bemorlarning biologik materiallarini tekshirish haqidagi va’dasini bajarishga majburlashni so‘radi va bu “Turkmanistonning o‘z hududida COVID-19 pandemiyasi borligini tan olish yo‘lida muhim qadam” bo‘lishini bildirdi. Azatlyk Radiosy muxbirlariga ko‘ra, Ashxoboddagi kasalxonalar odam bilan to‘lib ketgan, koronavirus alomatlariga ega aholining ko‘pchiligi kasalxonaga yotqizilmagan. Tahririyat olgan fotosuratlarda Ashxoboddagi kasalxona hududida yuzlab odamlar to‘planganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, oxirgi bir oy mobaynida mamlakatning turli viloyatlarida butun bir aholi punktlari izolyatsiyaga olingani haqida xabar qilingan. Hozirgi vaqtda Toshhovuz viloyatining Niyozov etrapi yakkalanish rejimida. Turkmaniston hukumati mamlakatda koronavirus yo‘qligini ta’kidlashda davom etmoqda. O‘z navbatida, mustaqil OAV mamlakatda COVID-19 uzoq vaqtdan beri mavjudligini va undan ko‘p odamlar vafot etganini yozmoqda. Shu bilan birga, Turkmanistonda qat’iy cheklovlar amal qilmoqda, odamlar niqob taqishga majburlanmoqda. Rasmiylar buni Orol dengizidan tarqalayotgan “zararli chang” xavfi bilan izohlamoqda. Turkmanistonda koronavirusga test o‘tkaziladi, lekin COVID-19 borligini bildiruvchi ijobiy natija haqidagi ma’lumotnoma bemor qo‘liga berilmaydi.
2Dunyo
Iroq ko‘ngillilari Suriyada IShIDga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda Iroqning asosan shialardan iborat ko‘ngillilari qo‘mondonligi Suriya hududida IShIDga qarshi oxirgi ikki hafta mobaynida uchinchi operatsiya o‘tkazilgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda. Jang bevosita Suriya va Iroq chegarasida kechgani bildirilmoqda. IShID jangarilari Abu Kamol shahri shimolida chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq ularga zarba berilgan. Terrorchilarni ta’qib qilib, ko‘ngillilar Suriya chegarasidan o‘tgan va bir necha kilometr ichkariga kirgan. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
2Dunyo
POLIETILEN IShLAB ChIQARADIGAN ShO‘RTAN GAZ-KIMYO MAJMUI QURILIShI TO‘G‘RISIDA Ishlatiladigan tabiiy gaz komponentlaridan samarali foydalanish import o‘rnini qoplaydigan va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. ABB Lummus Global (AQSh) kompaniyasi tomonidan: yiliga 125 ming tonna polietilen ishlab chiqaradigan hamda qo‘shimcha mahsulotlar — 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 37 ming tonna nobarqaror kondensat olinadigan Sho‘rtan gaz-kimyo majmui qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashlar ishlab chiqilganligi; ushbu loyihani bajarish bo‘yicha ABB Lummus Global (AQSh), «Nisho Ivai» va «Mitsui» (Yaponiya)dan iborat tarkibda konsorsium tashkil etilganligi; loyihani mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan AQSh va Yaponiyaning eksport-import banklaridan, Buyuk Britaniyaning ECGD eksport-kredit agentligidan dastlabki takliflar olinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasiga «ABB Lummus Global» «Nisho Ivai» va «Mitsui» konsorsiumi bilan Sho‘rtan gaz kimyo majmui qurilishi loyihasi bo‘yicha dastlabki loyihalashni bajarish to‘g‘risidagi bitimni imzolashga ruxsat etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasi bilan birgalikda xorijiy eksport-kredit agentliklarida loyiha prezentatsiyasini o‘tkazsin va ular bilan loyihani mablag‘ bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
“MARKAZIY FARG‘ONANING HAYDALADIGAN YERLARI MELIORATIV TARMOQLARINI YaXShILASh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati berayotgan mablag‘lardan foydalangan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “China National Machinery Import & Export Corporation” (XXR) o‘rtasida “Markaziy Farg‘onaning haydaladigan yerlari meliorativ tarmoqlarini yaxshilash” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 8,48 mln. AQSh dollari miqdorida uskunalar, ehtiyot qismlar yetkazib berish va ularni shef-montaj qilish bo‘yicha shartnoma tuzildi; mazkur shartnomani moliyalash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobidan XXR Eksimbankining besh yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 20 yil muddatda to‘lash sharti bilan 8,48 mln. AQSh dollari miqdorida berilgan qarz mablag‘larini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan amalga oshirib boriladi. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish va loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi agentlik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti bo‘yicha qarz oluvchi hisoblanadi; asosiy qarzni uzish, foizlar, komissiyalarni to‘lash va kreditga xizmat ko‘rsatish hamda moliyalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan loyihaning texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq; loyiha bo‘yicha XXR Eksimbanki qarz mablag‘lari, foizlar va komissiyalarni to‘lash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani moliyalashtirish uchun: XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini; XXR Eksimbanki qarz mablag‘larini qayta moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kredit shartnomasini tuzsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi nomidan kafolat berishga vakil qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi kafolati bo‘yicha qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda yuridik xulosa taqdim etsin. 7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, qarz bitimining shartlariga muvofiq quyidagilar: XXR Eksimbanki O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undirib olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan; loyihani amalga oshirish doirasida XXR Hukumatining kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalarini konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek ularning vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Toshkentda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda yangi bosqichidir” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov va boshqalar millatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xalq orasida bag‘rikenglik, insonparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirish, turli millat va elatlar o‘rtasida hamjihatlik, o‘zaro hurmat, birodarlik xislatlarini mustahkamlash, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanligini ta’kidladi. Seminarda yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatdagi barcha millat va elatlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, an’ana hamda urf-odatlarini asrash, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda ta’sirchan targ‘ibot ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish lozimligi qayd etildi.
8O‘zbekiston
AQSh va Rossiya Suriyada xavfsizlikni ta'minlash mexanizmini tiklashdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 12 apreldagi uchrashuvda Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ishonchning past darajada ekanligini qayd qilishdi va uni tiklashga qaror qilishdi, deb ma'lum qildi Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner. "Davlatlarimiz o‘rtasida ishonch darajasi deyarli tarixiy past ko‘rsatkichda ekanligi tan olindi", deb aytdi Toner. "Putin bilan uchrashuvda nima uchun bunday holga tushib qolganimizning tarixi eslab o‘tildi. Ularning ikkisi nima uchun bir davlat ba'zi sohalarda boshqa davlatga nisbatan achchiqlanayotganini yaxshiroq tushunishga harakat qilishdi. Oxir-oqibat ular bu ishonchning biror qismini bo‘lsa ham tiklash uchun yo‘llar, imkoniyatlar topish yo‘li borligini tan olishdi", deb aytdi Toner. Shuningdek, muzokaralar natijalariga ko‘ra, ikki davlat harbiylari o‘rtasida ixtiloflarning oldini olish mexanizmini tiklashga kelishib olindi.   "Kelishuv qanchalik o‘zgarganini bilmaymanu, biroq tushunishimcha, u amal qilmoqda", deb aytdi Toner.  Avvalroq Rossiya bu mexanizmni to‘xtatgani yuzasidan aniqlik kiritish borasida berilgan savolga Toner "U tiklandi", deb javob berdi. "Biz ixtiloflarni bartaraf etishning bu kanalini juda muhim deb hisoblaymiz, chunki u Suriyada harbiy vazifalarni bajarayotganimizda bizning ham, Rossiya uchuvchilarining ham zaruriyatsiz bir-birlarini xavfga qo‘ymasliklarini ta'minlashga imkon beradi", deb qo‘shimcha qildi Toner. O‘z navbatida Pentagonda ayni vaqtda bu memorandum amal qilayotgani haqida izoh berishdan bosh tortildi. Pentagon vakili mayor Edrian Renkayn-Gallouey "koalitsiya va Rossiya o‘rtasidagi suhbatlar ommaviy oshkor qilinmasligini" aytdi. Memorandum Vashington Suriyadagi aviabazaga raketa zarbasi bergandan keyin Moskva tomondan to‘xtatib qo‘yilgandi. Keyinroq Rossiya Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Viktor Ozerov memorandum prezidentdan tegishli buyruq olingandan keyin tiklanishini ma'lum qilgandi.
2Dunyo
Fotogalereya: Futbol yulduzlari sochsiz qanday ko‘ringan bo‘lardi? Bloger Khalid10 zamonaviy futbol yulduzlarini fotoshop dasturi yordamida sochsiz holda tasavvur qilib ko‘rdi. Quyida ushbu suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
13Sport
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 6-son, 175-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 8-maydagi 118-son “Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1039, 2001-yil 8-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 11-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son), Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son) va Jinoyat-ijroiya kodeksiga (bundan buyon matnda JIK deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 6-son, 175-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarining (bundan buyon matnda JIEM deb yuritiladi) ichki tartibini belgilaydi. 1. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi JIEMlar tomonidan amalga oshiriladi. 2. JIEMlarga quyidagilar kiradi: jazoni ijro etish koloniyalari; tarbiya koloniyalari; turmalar. 3. Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan JIEMlar vazifasini bajaradi. 4. Jazoni ijro etish koloniyalari voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarga bo‘linadi: manzil-koloniyalar; umumiy tartibli koloniyalar; qattiq tartibli koloniyalar; maxsus tartibli koloniyalar. 5. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. 6. Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. 7. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, mahkumlarning huquqlari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Manzil-koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar. Manzil-koloniyalarda: mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida o‘tkazilgan voyaga yetgan mahkumlar; ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni o‘taydi. 9. Manzil-koloniyalarga ijobiy tavsifga ega va: og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini o‘tagan mahkumlar; o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tagan mahkumlar o‘tkaziladi. 10. Manzil-koloniyalarga quyidagilar o‘tkazilmaydi: o‘ta xavfli retsidivistlar; uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar; majburiy davolanishdan o‘tayotgan mahkumlar; mehnatga qobiliyatsiz mahkumlar. 11. Bitta manzil-koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saqlanishi mumkin. 12. Manzil-koloniyalarda mahkumlar: soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar; ertalab o‘rindan turishdan kechki yotishgacha bo‘lgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar; agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan ta’lim taqozo etsa, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin; fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar; yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin; cheklanmagan miqdorda telefon orqali so‘zlashishlari, posilka, yo‘qlov va banderollar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. 13. Mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, odatda, ishdan bo‘sh vaqtda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida o‘tkazilishi mumkin. Manzil-koloniya hududidan tashqarida harakatlanish chegaralari mahkumlarga tilxat olinib, ma’lum qilinadi va tilxat ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. Mahkumlarga mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda qat’iy hisobda turuvchi guvohnoma beriladi. 14. Mahkumlar xonalarga bo‘lingan yotoqxonalarda yashaydilar. Mahkumlarning ismi va otasining ismi bosh harflari hamda familiyasi yozilgan ro‘yxat xonalar eshigining tashqi tarafiga osib qo‘yiladi. 15. Saqlash rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga JIEM boshlig‘ining mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki undan tashqarida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. Bunday shaxslar mazkur Qoidalarning VIII bobi 4-paragrafida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish uchun hozir bo‘lishlari shart. Manzil-koloniya ma’muriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin. 16. Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati JIKda belgilab qo‘yilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. 17. Mahkumlarni boshqa ishga o‘tkazishni tashkilot manzil-koloniya ma’muriyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi. 18. Mahkumlarga JIEM joylashgan erdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan o‘qishga ruxsat etiladi. 19. Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, JIKning 48-moddasida ko‘rsatilgan ayollar bundan mustasno. 20. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; JIKning 129-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida o‘tkazilgan mahkumlar; qasddan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar; rag‘batlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o‘taganidan keyin turmalardan o‘tkazilgan mahkumlar o‘taydi. 21. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi. 22. Umumiy tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o‘tkazilgan mahkumlar jazoni bu erga o‘tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o‘taydilar. 23. Tarbiya koloniyasidan o‘tkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida o‘taydilar. 24. Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. 25. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 26. Mahkumlar yil mobaynida: to‘rt marta qisqa muddatli va to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv; olti marta telefon orqali so‘zlashuv; oltita posilka yoki yo‘qlov; oltita banderol olish huquqiga ega. 27. Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. 28. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan rag‘batlantirish tarzida o‘tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o‘taganidan so‘ng turmalardan o‘tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar o‘taydi. 29. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi. 30. Qattiq tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o‘tkazilgan mahkumlar jazoni bu erga o‘tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o‘taydilar. 31. Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. 32. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim baravarigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 33. Mahkumlar yil mobaynida: uch marta qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv; to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv; to‘rtta posilka yoki yo‘qlov; to‘rtta banderol olish huquqiga ega. 34. Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. 35. Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi. 36. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar o‘taydilar. 37. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi. 38. Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o‘tkazilgan mahkumlar jazoni bu erga o‘tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o‘taydilar. 39. Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashaydilar. 40. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdori summasigacha har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 41. Mahkumlar yil mobaynida: ikki marta qisqa muddatli va ikki marta uzoq muddatli uchrashuv; uch marta telefon orqali so‘zlashuv; uchta posilka yoki yo‘qlov; uchta banderol olish huquqiga ega. 42. Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘rishi taqiqlanadi. 43. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga mo‘ljallangan. 44. Tarbiya koloniyalarida: o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan; birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni o‘tagan mahkumlardan alohida saqlanadilar. 45. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi. 46. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. 47. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yarim baravarigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 48. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida: olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv; o‘n ikki marta telefon orqali so‘zlashuv; oltita posilka yoki yo‘qlov; oltita banderol olish huquqiga ega. 49. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy ta’minot va boshqa jazo o‘tash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 50. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar JIKning 102-moddasida nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralaridan tashqari: JIEM hududidan tashqarida o‘tkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini ko‘rishga yuborish; qisqa muddatli uchrashuv o‘rniga ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha bo‘lgan muddatga erkinlikka chiqarish; hibsxonada bo‘lish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida rag‘batlantirilishlari mumkin. 51. Jazoni o‘tash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga JIKning 105-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qo‘llanilishi mumkin. 52. Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi intizomiy jazo o‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan mahkumlarga yetti sutkagacha, o‘n olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi. 53. Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qo‘yilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi. 54. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga to‘lgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldiriladi. 55. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish muassasa boshlig‘ining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshiriladi. 56. Mahkumlar yigirma bir yoshga to‘lganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyin jazo o‘tashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga o‘tkaziladi. 57. Jazo o‘tashni davom ettirish uchun mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish masalalari sud tomonidan JPKning 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. 58. Turmalar turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarni, shuningdek umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni o‘tash tartibini ashaddiy buzganligi uchun o‘tkazilgan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan. 59. Turmalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; sud tomonidan jazoni ijro etish koloniyalaridan o‘tkazilgan jazo o‘tash tartibini ashaddiy buzuvchilar o‘taydilar. 60. Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazish JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 61. Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatidan oldin o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, mahkumni sog‘lig‘iga ko‘ra tegishli tibbiy xulosa asosida o‘tkazish hollari bundan mustasno. 62. Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek I va II guruh nogironlari turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida o‘taydilar. 63. Turmalarda mahkumlar umumiy kameralarda saqlanadilar. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qo‘yilishini ta’minlash maqsadida JIEM boshlig‘ining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori asosida uni bir kishilik kamerada saqlashga yo‘l qo‘yiladi. 64. Turmada mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 65. Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish va yil mobaynida: ikki marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv; ikki marta telefon orqali so‘zlashuv; ikkita posilka yoki yo‘qlov; ikkita banderol olish huquqiga ega. 66. Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilgan mahkumlarga rag‘batlantirish tarzida har kunlik sayr muddati bir soatga uzaytirilishi mumkin. 67. Mahkumlar, JIK va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. 68. Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 69. Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida, o‘z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish; JIEM ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji bo‘lmagan taqdirda javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni mahkum murojaat etgan tilga tarjima qilib berish JIEM tomonidan ta’minlanadi; tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning xizmatidan foydalanish; o‘quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish; sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko‘ra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish; ijtimoiy ta’minot, shu jumladan qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiya olish. ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish; JIEMning psixologik xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamni olish. Mahkumlarning psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi; mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to‘lanishi. 70. Mahkum chet el fuqarolari, shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega. 71. Mahkumlar: jazoni o‘tash tartibi va shartlariga rioya etishga; JIEM ma’muriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar. 72. Jazoni o‘tash shartlari: JIEM mol-mulkini asrab-avaylash; mehnatga vijdonan va halol munosabatda bo‘lish; yashash va ish joylarini ozoda saqlash, yotish joyi, ko‘rpa-to‘shaklarini bir xil qilib yig‘ishtirish, belgilangan namunadagi kiyim kiyib yurish (manzil-kaloniyalardagi mahkumlar bundan mustasno), oziq-ovqat mahsulotlarini, narsa va buyumlarini saqlash talablariga rioya etish; mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi mahkumlar kiyimlarining namunaviy belgilarini taqib yurish; JIEMning bino va inshootlarini tozalash hamda uning hududini obodonlashtirish; JIEMga tegishli ish qurollari, asbob-uskunalar va inventarlarni saqlash; navbat bilan kamera bo‘yicha navbatchilik qilish; JIEM ma’muriyati bilan, shuningdek o‘zaro xushmuomalada bo‘lish. 73. Mahkumlarning o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 74. Mahkumlarga quyidagilar taqiqlanadi: JIEM hududini, shuningdek JIEM hududi doirasidan tashqarida yashashga ruxsat etilgan mahkumlarga esa, belgilangan hududni ruxsatsiz tark etish; JIEM ma’muriyatining ruxsatisiz bir-biridan batamom ajratilgan uchastkalar va sahnlarning hududidan tashqariga chiqish; JIEM ma’muriyatining ruxsatisiz o‘zlari yashamaydigan va ishlamaydigan umumiy turar joylar (yotoqxonalar) yoki ishlab chiqarish obyektlarida bo‘lish; mazkur Qoidalarning 4-ilovasidagi ro‘yxatda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarni saqlash; belgilanmagan joylarda chekish; biror-bir manfaatni ko‘zlab o‘yinlar tashkil qilish va o‘ynash; tatuirovka chizish; jargon so‘zlar ishlatish va laqab qo‘yish; devorlarga va jihozlarga yozish, chizish, shuningdek qog‘ozlar, fotosuratlar, adabiyotlar, davriy matbuot nashrlari va boshqalarni qirqib yopishtirish; JIEM ma’muriyatining ruxsatisiz yotoq joyini o‘zgartirish va unga parda tutish; ishlab chiqarish ehtiyojlariga bog‘liq bo‘lmagan holda ish qurollari va asbob-uskunalardan, elektr energiyasi hamda boshqa materiallardan foydalanish; diniy ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish hamda ularga rioya etishga majburlash; parrandalar va hayvonlarni boqish hamda saqlash, shuningdek polizchilik bilan shug‘ullanish, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tayotgan mahkumlar bundan mustasno. 75. Mahkumlar, agar bu mazkur Qoidalarni, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, JIEM xonalarida diniy rasm-rusumlarni ado etish, JIEM kutubxonasidagi diniy adabiyotlardan, diniy ibodat narsalaridan foydalanish, fuqarolik-huquqiy va oilaviy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega. 76. Mahkumlarga JIEM kutubxonasidagi diniy adabiyotlar, diniy ibodat narsalari, shuningdek sanchuvchi va kesuvchi narsalardan tashqari madaniy va tarixiy qimmatga ega bo‘lgan narsalarni o‘zlari bilan olib yurishiga ruxsat etiladi. 77. Mahkumlar huzuriga, ularning iltimosiga ko‘ra, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. 78. Mahkumlar bevosita yoxud o‘z vakillari orqali fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega. 781. JIEMlarda saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun JIEM ma’muriyati tomonidan alohida xona ajratiladi. Mazkur xona veb-kamera hamda Jahon axborot internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikasi bilan texnikasi bilan jihozlanadi. 79. Mahkumlarning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova; 1997-y., 2-son, 56-modda) va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. JIEM ma’muriyati mahkumlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoit yaratilishini ta’minlaydi. Mahkumlarning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq uchrashuvlari soni ularga uchrashuvlar berilishida hisobga olinmaydi. 80. Mahkumlar, agar qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasa, nikoh tuzish, nikohdan ajralish hamda boshqa oilaviy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega. 81. Mahkumlarning fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 82. Nikohni qayd etish jarayonida nikohga kiruvchilar tomonidan taklif etilgan shaxslarning umumiy soni ikki kishidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 83. Nikoh qayd etilgach nikohlanuvchilardan birining arizasiga muvofiq navbatdan tashqari uzoq muddatli uchrashuv beriladi. Bunda berilgan uchrashuv mahkumning olishga haqli bo‘lgan uchrashuvlari soni hisobiga kiritilmaydi. 84. Nikohni qayd etish va nikohni bekor qilish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat boji hamda transport xarajatlari nikohga kiruvchilar hisobidan amalga oshiriladi. 85. JIEM hududiga kirish va undan chiqish shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. 86. JIEM xodimlari, qorovul qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari hamda JIEMda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi ishchi va xizmatchilar JIEM hududiga doimiy ruxsatnoma asosida kirib chiqadi. 87. JIEM hududiga kirish va undan chiqish uchun ruxsatnoma berish ma’muriyat tomonidan, shuningdek JIEM hududiga kirish va undan chiqish tartibini ta’minlash qorovul qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi. 88. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar JIEMlarga kirish huquqiga ega. 89. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi JIEMlarga moneliksiz kirish huquqiga ega. 891. JIEM ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) mahkumlar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart, uchrashuv va suhbat JIEM xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi. 90. Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirish va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, mahkumlar xavfsizligini va qo‘riqlanishini ta’minlovchi obyektlarni tasvirga olishga esa, JIEM ruxsati bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. 91. Nazorat qiluvchi prokuror JIEMga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga haqli. 92. JIEM ma’muriyati ushbu JIEMga hamda mahkumlar ishlayotgan obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini ko‘zdan kechirishga haqli, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 93. JIEM hududiga taqiqlangan narsa va buyumlarni olib kirish man etiladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv qo‘llanmalar hamda boshqa narsa va buyumlarni JIEMning turar joy sahniga olib kirishga ruxsat etiladi. 94. JIEMga kirayotgan shaxslar kiyimlari hamda narsa va buyumlari ko‘zdan kechirilishidan oldin taqiqlangan narsa va buyumlarini topshirishi lozimligi haqida ogohlantiriladi. 95. JIEM hududiga kirish uchun ruxsat berilgan shaxslar o‘zlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini, narsa va buyumlarini nazorat-o‘tkazish joyida saqlash uchun qoldiradi. Mazkur narsa va buyumlar JIEMdan chiqish vaqtida o‘z egalariga qaytarib beriladi. Uzoq muddatli uchrashuvga kelgan shaxslarga o‘zlarining narsa va buyumlarini olib kirishiga ruxsat beriladi. Bunda mazkur narsa va buyumlar ko‘zdan kechiriladi. 96. Ko‘zdan kechirish narsa va buyumlarning egasi ishtirokida amalga oshiriladi. Ko‘zdan kechirish ko‘zdan kechirilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi JIEM vakillari tomonidan navbatchilik qismi yoki nazorat-o‘tkazish joyida o‘tkaziladi. 97. Ko‘zdan kechirishni o‘tkazayotgan shaxs ko‘zdan kechirilayotgan shaxslarga nisbatan xushmuomala bo‘lishi hamda ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi shart. 98. Bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsni ko‘zdan kechirish taqiqlanadi. 99. Shaxsiy transport vositalarining JIEM hududiga kirishi taqiqlanadi. 100. Mahkumlar, ularning narsa va buyumlari hamda kiyimlari, shuningdek JIEMlarning obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda ko‘zdan kechirilishi mumkin. Tintuv qilish va ko‘zdan kechirish reja asosida, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda esa to‘satdan o‘tkazilishi mumkin. Tintuv qilish va ko‘zdan kechirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 101. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Turar joy binolarini ularda mahkumlar bo‘lgan chog‘da tintuv qilishga kechiktirib bo‘lmaydigan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. 102. Shaxsiy tintuv to‘liq yoki to‘liqsiz shaklda o‘tkazilishi mumkin. 103. To‘liq shaxsiy tintuvda mahkum yechintirilib, uning badani, kiyimi, poyabzali, agar mavjud bo‘lsa, tibbiy xodim nazorati ostida protezlari, plastir yopishtirilgan, gipsli va boshqa bog‘langan joylari birma-bir sinchiklab tekshiriladi. 104. To‘liqsiz shaxsiy tintuvda mahkum yechintirilmasdan ko‘zdan kechiriladi va uning kiyimi, poyabzali paypaslab tekshiriladi. 105. Shaxsiy tintuvda mahkumga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar natijasida shikast yetkazilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuzilib, JIEM boshlig‘iga ma’lum qilinadi. 106. JIEM hududi doirasidan tashqaridagi ishlab chiqarish obyektlari hududida tintuv yoki ko‘zdan kechirish harbiy naryad va ishlab chiqarish obyektidagi JIEM vakillari tomonidan o‘tkaziladi. 107. Tintuv qilish va ko‘zdan kechirishda mahkumlarning narsa va buyumlari, ko‘rpa-to‘shaklari va boshqa shaxsiy narsalariga zarar yetkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 108. Mahkumlarning xulq-atvori muntazam ravishda nazorat qilib turiladi. Qorovul qo‘shinlarining kunlik harbiy xizmatchilari xizmatni o‘tash vaqtida JIEM boshlig‘ining yordamchisi — tezkor navbatchiga (bundan buyon matnda tezkor navbatchi deb yuritiladi) bo‘ysunadi. 109. Qochishga moyilligi bo‘lgan mahkumlar ustidan nazorat qilishning samaradorligini oshirish, shuningdek ularning qilmishlarida jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, tezkor-qidiruv choralarini ko‘rish maqsadida ularga mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda varaq ochiladi. 110. Mahkumlar tomonidan saqlash rejimi buzilganligi va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar qilinganligi aniqlangan taqdirda, nazoratchilarning harbiy naryadi g‘ayriqonuniy harakatlarning oldini olish chorasini ko‘radi hamda natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuzib tezkor navbatchiga beradi. 111. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, mahkumlar ularning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ular tomonidan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar qilinishining oldini olish maqsadida tezkor navbatchi tomonidan mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi qaror asosida yigirma to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatga intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilishi mumkin. Mahkumlarning yigirma to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatga intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilishi intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi. Bunda yigirma to‘rt soat ichida JIEM boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan mahkumga nisbatan intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yish tarzidagi jazoni qo‘llash yoki qo‘llamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinishi lozim. 112. Mahkumga nisbatan intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yish tarzidagi jazoni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, mahkumning yigirma to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatga intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilgan davri uni intizomiy bo‘linmada saqlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi. 113. Mahkumlarga tamg‘alangan ish qurollari, asbob-uskunalar va inventarlar foydalanish uchun beriladi. 114. Oshxonalardagi xo‘jalik ishlarida, uchrashuvlar o‘tkaziladigan xonalarda, kiyim va poyabzal ta’mirlash ustaxonalarida, yotoqxonalarda va JIEMning boshqa obyektlarida foydalaniladigan sanchuvchi-kesuvchi narsalar, ularning jarohat yetkazish darajasi mumkin qadar bartaraf etiladigan holda charxlangan bo‘ladi. 115. Mehnatga jalb etilgan mahkumlarga berilgan ish qurollari va asbob-uskunalarning hisobi mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi daftarda yuritiladi. 116. Ish qurollari va asbob-uskunalardan muntazam ravishda foydalaniladigan joylar va obyektlarda foydalanish uchun beriladigan ish qurollari va asbob-uskunalar ro‘yxati osib qo‘yiladi. Ushbu ro‘yxat JIEM boshlig‘ining tartibot va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. 117. Mahkumlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni to‘xtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chog‘ida, agar boshqa usullar bilan JIEM ma’muriyatining qonuniy talablarini ta’minlashning iloji bo‘lmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. 118. Jismoniy kuch ishlatish natijasida mahkumlar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida darhol prokurorga xabar qilinadi. 119. Mahkumlarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarini to‘xtatish, shuningdek o‘ziga o‘zi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin. 120. Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qo‘lkishanlar yoki boshqacha bog‘lash vositalari, xizmat itlari, ko‘zdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalari, to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy to‘xtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi. 121. Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo‘llaniladi: mahkumlarning JIEM ma’muriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va o‘zga shaxslarga hujumini daf etish chog‘ida; mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishlarni to‘xtatish, JIEM ma’muriyatiga ashaddiy bo‘ysunmayotgan yoki qarshilik ko‘rsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chog‘ida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chog‘ida; mahkumlarni qo‘riqlab borish va qo‘riqlab turish chog‘ida — qochishning oldini olish uchun; JIEMdan qochgan mahkumlarni ushlash chog‘ida. Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin. 122. Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qo‘llash mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim. 123. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilingan hollar bundan mustasno. 124. Maxsus vositalarni qo‘llash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida prokurorga xabar qilinadi. 125. Mahkumlarga nisbatan, agar ular jazavaga tushsalar, tinchlantirish ko‘ylagini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. 126. Tinchlantirish ko‘ylagi tibbiy xodim ishtirokida qo‘llaniladi hamda uni qo‘llash muddati ikki soatdan oshmasligi kerak. 127. Tibbiy xodimning mahkumga nisbatan tinchlantirish ko‘ylagini qo‘llab bo‘lmasligi yoki bunday ko‘ylakni qo‘llashni to‘xtatish to‘g‘risidagi yozma talabi darhol bajarilishi kerak. Tinchlantirish ko‘ylagi qo‘llanilgan har bir holat yuzasidan mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. 128. Tinchlantirish ko‘ylagi voyaga yetmagan mahkumlarga va mahkuma ayollarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 129. Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, eng so‘nggi chora sifatida o‘qotar qurol qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. 130. O‘qotar qurol quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: JIEM ma’muriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va o‘zga shaxslarni ularning hayoti va sog‘lig‘iga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qo‘lga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etish chog‘ida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chog‘ida; JIEMning qo‘riqlanadigan obyektlariga, transport vositalariga guruh bo‘lib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoxud mahkumlarni zo‘rlik bilan ozod qilishga urinishlarni to‘xtatish chog‘ida; JIEMlardan qochayotgan yoki qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan mahkumni ushlash chog‘ida; mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini to‘xtatish chog‘ida. O‘qotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin. 131. O‘qotar qurolni qo‘llashdan oldin qurol qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi o‘q otish kerak. Quyidagi hollarda o‘qotar qurol ogohlantirishsiz qo‘llanilishi mumkin: qo‘qqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, JIEMlaridan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki ko‘rish cheklangan sharoitda qochilganda. 132. O‘qotar qurol qo‘llanilganda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun iloji boricha barcha choralar ko‘rilishi zarur. 133. O‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir hodisa haqida bildirgi yoziladi va darhol prokurorga xabar qilinadi. 134. Mahkumlarni JIEMlarga qabul qilish JIEM ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi. Mahkumlar JIEM boshlig‘i rahbarligidagi komissiya tomonidan qabul qilinadi. 135. Turli noaniqliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida mahkumlar JIEMga shaxsiy hujjatlar yig‘majildlaridagi ma’lumotlar asosida so‘rovdan o‘tkazilgach qabul qilinadi. 136. JIEMga qabul qilish vaqtida mahkumlar to‘liq shaxsiy tintuvdan o‘tkaziladi, ularning narsalari va buyumlari ko‘zdan kechiriladi. 137. Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar JIEM boshlig‘ining mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi qaroriga binoan olib qo‘yiladi hamda mahkum ozod bo‘lgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yo‘q qilib tashlanadi yoxud davlat daromadiga o‘tkaziladi va bu haqda tegishli hujjat (kvitansiya, dalolatnoma yoki qaror) tuziladi. 138. Mahkumning JIEM omborxonasiga saqlash uchun topshirilgan narsalari va buyumlari bo‘yicha mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada kvitansiya to‘ldirilib, uning bir nusxasi mahkumga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. Mahkumning yo‘q qilingan narsalari va buyumlari bo‘yicha mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi mahkumning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi, ikkinchi nusxasi esa, tartibot bo‘limida saqlanadi. 139. Tezkor navbatchi olib qo‘yilgan pul va qimmatli buyumlarni bir sutka ichida ularni olib qo‘ygan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan dalolatnoma yoki bildirgi orqali moliya bo‘limiga topshiradi. Olib qo‘yilgan pul va qimmatli buyumlarning hisobi mazkur Qoidalarning 12-ilovasida nazarda tutilgan daftarda yuritiladi. 140. Narsalar va buyumlarni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi mazkur Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi. 141. JIEMga yetib kelgan mahkumlar ularning shaxsini o‘rganish va sharoitga moslashib olishlari uchun o‘n besh sutkagacha muddatga, odatda, qabul bo‘limiga joylashtiriladi, manzil-koloniyaga kelgan hamda xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonalari va turmalarda qoldirilgan shaxslar bundan mustasno. 142. Turmalarda mahkumlar sudning ajrimiga asosan qaysi rejim turidagi koloniyadan kelganligi yoki turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o‘tab bo‘lgach, qaysi rejim turidagi koloniyaga yuborilishi inobatga olingan holda mazkur Qoidalarning 14-ilovasiga muvofiq kameralarga joylashtiriladi. 143. JIEM ma’muriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni mazkur Qoidalarning 15-ilovasiga muvofiq shaklda xabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga mazkur Qoidalarning 16-ilovasiga muvofiq shaklda JIEM manzilini ko‘rsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yo‘qlov va banderollar olish, telefon orqali so‘zlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart. 144. Mahkumlarni qabul bo‘limida saqlash davrida ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va ularda yuqumli kasalliklar aniqlanmasa, JIEM ma’muriyati suhbatidan o‘tkazilib, komissiya tomonidan brigada va turkumlarga taqsimlanadi. 145. JIEMga yetib kelganlaridan so‘ng mahkumlarga jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida kerakli axborot beriladi, shuningdek ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi. 146. Maxsus bo‘lim tomonidan sudning qaroriga muvofiq aliment to‘lashi yoki moddiy zararni qoplashi lozim bo‘lgan mahkumlar ro‘yxati JIEMning moliya bo‘limiga, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolanishi lozim deb topilgan mahkumlar ro‘yxati esa tibbiyot bo‘limiga topshiriladi. 147. Mahkumlarga mazkur Qoidalarning 17-ilovasidagi ro‘yxatda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarni sotib olish hamda yonida saqlashga ruxsat etiladi. Taqiqlanmagan, lekin belgilangan miqdordan ortiqcha narsa va buyumlar JIEM omborxonasida saqlanadi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Mahkumning omborxonada saqlanayotgan zarur narsa va buyumlari uning arizasiga asosan beriladi. 148. JIEMga qabul qilingan har bir mahkum to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Mahkumlar harakatining hisobini yuritish va ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini qayd etish daftari”ga qayd etib boriladi. 149. Mahkumlarga mavsumga qarab beriladigan kiyim, ko‘rpa-to‘shak va inventarlarning qayd varaqalari (armatura kartochkalari) (bundan buyon matnda ta’minot varag‘i deb yuritiladi) berilib, shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. 150. Mahkum butun jazo muddatini, odatda, bitta JIEMda o‘taydi. 151. Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni o‘tashni davom ettirish uchun o‘tkazishga uning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning roziligini olgan holda, shuningdek mahkumning mazkur JIEMda qolishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa hollarda yo‘l qo‘yiladi. 152. Mahkum kasal bo‘lib qolgan taqdirda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan davolash muassasasiga o‘tkazishga tibbiy xulosa asosida yo‘l qo‘yiladi. 153. Mahkumlarni bir JIEMdan boshqasiga ko‘chirish JIKning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. 154. Mahkumlar tergov qilinayotgan shaxslardan alohida ko‘chiriladi. 155. Homilasi yigirma to‘rt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar boshqa mahkumlardan alohida ko‘chiriladi. 156. Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat bo‘lganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida ko‘chiriladi. 157. Mahkumlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan tarzda ko‘chirishga yo‘l qo‘yiladi. 158. Ko‘chirish chog‘ida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari beriladi. 159. Mahkumlarni ko‘chirish davlat hisobidan, soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi. 160. Ko‘chirilayotgan mahkumlarning har biri uchun uch nusxada ro‘yxat tuziladi, uning bir nusxasi mahkumlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari bilan birgalikda soqchilar boshlig‘iga, ikkinchi nusxasi soqchilar boshlig‘i tomonidan berilgan tilxat bilan JIEMning maxsus bo‘limiga, uchinchi nusxasi esa o‘zaro hisob-kitob qilish uchun moliya bo‘limiga topshiriladi. 161. Maxsus bo‘lim mahkumni ko‘chirishdan oldin quyidagi hujjatlarni yig‘adi va uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yadi: moliyaviy ma’lumotnoma va ijro varaqalari; tibbiy karta va boshqa tibbiy hujjatlar (kasallik tarixi va tibbiy tekshirish natijalari haqidagi ma’lumotnoma); ta’minot varaqasi va taqsimot; mahkumning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid hujjatlari; yakka tartibda olib borilgan tarbiyaviy ishlar daftari; tavsifnoma; mazkur Qoidalarning 18-ilovasiga muvofiq shakldagi mahkumning uchrashuvlari, telefon orqali so‘zlashuvlari, yo‘qlov, posilka va banderollarining hisobini yuritish varag‘i. Mahkumni mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlardan birortasi mavjud bo‘lmagan holda ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 162. Maxsus bo‘lim boshlig‘i JIEM boshlig‘ini mahkumni ko‘chirilmaganlik sababini ko‘rsatgan holda bildirgi orqali xabardor qiladi. Bunda JIEM boshlig‘i tomonidan ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish tayinlanadi va aybdor xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. 163. JIEM ma’muriyati tomonidan mahkumlar uchun mazkur Qoidalarning 19-ilovasiga muvofiq shaklda kun tartibi tuziladi. 164. Kun tartibini tuzishda mahkumlar bilan olib boriladigan ishlarning xususiyati, mehnatni tashkil etish, yil fasli, mahalliy sharoitlar, shuningdek yuz berishi mumkin bo‘lgan tezkor vaziyatlar va boshqa shu kabi holatlar inobatga olinadi. 165. JIEMlarda ish jarayoni mahkumlarning ertalab o‘rinlaridan turishlaridan kechki yotishlarigacha bo‘lgan vaqt uchun, uch smenali ishlab chiqarish bilan bog‘liq ishlarda esa tungi vaqt uchun ham o‘zgaruvchan jadval asosida tashkil etiladi. 166. Dam olish va bayram kunlari JIEMlarda rahbar xodimlarning navbatchiligi tashkil etiladi. 167. Mahkumlar tomonidan kun tartibining bajarilishini ta’minlash maqsadida JIEMlarda signal va buyruqlar berish tizimi joriy etiladi. 168. Mahkumlar har kuni ikki marotaba nazorat varaqchalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Zarur hollarda, mahkumlar sutkaning istalgan vaqtida qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Bunda muassasa ma’muriyati tomonidan mahkumning sakkiz soat uxlashga bo‘lgan huquqi ta’minlanishi shart. 169. Ro‘yxatdan o‘tkazishdan o‘n besh daqiqa oldin tezkor navbatchi tomonidan tegishli xabar beriladi va safda bo‘lishi shart bo‘lgan mahkumlar sonini aniqlash uchun ularning hisobi ro‘yxat va nazorat varaqchalari bo‘yicha solishtiriladi. 170. Ro‘yxatdan o‘tkazish tezkor navbatchi, qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda brigada va turkum boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. 171. Ro‘yxatdan o‘tkazish muddati qirq daqiqadan oshmasligi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish ob-havoni inobatga olgan holda bino ichkarisida yoki boshqa pana joylarda amalga oshirilishi mumkin. 172. Ish vaqtidan keyin dam olayotgan, statsionardagi yoki kasalligi tufayli ishdan ozod qilingan, uzoq muddatli uchrashuv berilgan, smena bilan, shuningdek uzluksiz ishlarda ishlayotgan mahkumlar o‘zlari turgan joyda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, bunday mahkumlar ro‘yxati JIEM boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. 173. Mahkumlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, turkum boshliqlari va qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari boshlig‘i safdagi mahkumlarni ro‘yxat bilan solishtirib, natijasi bo‘yicha tezkor navbatchiga ma’lum qiladi. 174. Ishlab chiqarish obyektlarida ishlayotgan mahkumlar JIEMning mas’ul xodimi, qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari boshlig‘i, sexlar (uchastkalar) boshliqlari va masterlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish ustidan nazorat qilish JIEM boshlig‘ining tegishli o‘rinbosari yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs va tartibot bo‘limi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 175. Mahkumlarning kam sonli guruhlari ishlayotgan va nazoratchilar bo‘lishi nazarda tutilmagan vaqtinchalik ishlab chiqarish obyektlarida ro‘yxatdan o‘tkazish qorovul qo‘shinlari kunlik harbiy xizmatchilari boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 176. Ro‘yxatdan o‘tkazish mahkumlarning soni hamda ro‘yxat va nazorat varaqchalari o‘rtasida noaniqliklar aniqlangan taqdirda takroran amalga oshiriladi. 177. Qabul bo‘limi va intizomiy bo‘linmalar kameralaridagi hamda turmalardagi mahkumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kameralar bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish tezkor navbatchi, intizomiy bo‘linma bo‘yicha qorovul qo‘shinlari kunlik harbiy xizmatchisi va JIEM ma’muriyatining navbatchi vakili tomonidan amalga oshiriladi. 178. Mahkumlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari tezkor navbatchi tomonidan JIEM boshlig‘iga ma’lum qilinadi. 179. JIEMda saqlanayotgan mahkumlar yiliga kamida ikki marta nazorat varaqchalari bilan solishtirilgan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 180. Mahkumlarga ovqatlanish kun tartibida belgilangan soatlarda brigada, turkum va bo‘lim bo‘yicha oshxonada yoki ishlab chiqarish obyektlarining ovqat tarqatish joylarida amalga oshiriladi. Oshxona turar joy sahni bilan ishlab chiqarish sahni orasida joylashgan bo‘lsa, ishlayotgan mahkumlarning ovqatlanishi oshxonada amalga oshiriladi. Bunda ularning ishga olib chiqilmagan mahkumlardan batamom ajratib qo‘yilishi ta’minlanishi shart. 181. Tarbiya koloniyalarida nonushta, tushlik va kechki ovqatlanish oshxonalarda tashkil etiladi. 182. Kommunal-maishiy obyektlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida JIEM boshlig‘i tomonidan ushbu obyektlarda ishlayotgan mahkumlarning alohida ovqatlanishiga ruxsat berilishi mumkin. 183. Kameralarda saqlanayotgan mahkumlarga ovqat kamerada yoki ish joylarida beriladi. 184. Qabul bo‘limida saqlanayotgan mahkumlarga ovqat maxsus ajratilgan joyda kamera bo‘yicha beriladi. 185. JIEM ma’muriyati ovqatlanish vaqtida tartib saqlanishini ta’minlashi lozim. 186. Mahkumlarni ishga olib chiqish va ishdan olib qaytishdan yigirma daqiqa oldin tezkor navbatchi tomonidan saflanish uchun tegishli signal beriladi va ular ajratilgan joylarda brigada va turkum bo‘lib saflanadilar. Bunda mahkumlarning soni va tashqi qiyofalari turkum boshliqlari tomonidan tekshirib chiqiladi. Ishga olib chiqish va ishdan olib qaytish e’lon qilinganidan keyin mahkumlar besh nafardan brigada bo‘lib saflanadi. Bunda har bir brigada oralig‘i besh metrdan bo‘lishi kerak. 187. Mahkumlar qorovul qo‘shinlarining kunlik harbiy xizmatchilari va turkum boshliqlari tomonidan tezkor navbatchi rahbarligida nazorat varaqchalari asosida ishga olib chiqiladi va ishdan olib qaytiladi. 188. Ishga olib chiqilayotgan mahkumlar JIEM boshlig‘ining buyrug‘iga asosan vaqti-vaqti bilan, ishdan qaytishda esa har doim to‘liqsiz shaxsiy tintuvdan o‘tkaziladi. 189. Mahkumlar JIEM ma’muriyati tomonidan JIEM boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan jadval asosida shaxsan qabul qilinadi. Bunda mazkur jadvaldan ko‘chirma turar joylar sahnlariga osib qo‘yiladi. 190. JIEM ma’muriyati tomonidan shaxsan qabul qilingan mahkumlarning hisobi mazkur Qoidalarning 20-ilovasiga muvofiq shakldagi daftarda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda JIEBB deb yuritiladi) va tegishli jazoni ijro etish boshqarma va bo‘limlarining (bundan buyon matnda JIEB deb yuritiladi) xodimlari tomonidan qabul qilingan mahkumlarning hisobi esa alohida daftarda qayd etiladi va ular JIEMning devonxona kotibida saqlanadi. 191. Mahkumlarni JIEM ma’muriyati tomonidan shaxsan qabul qilish natijalari bo‘yicha qarorlar ijrosi JIEM boshlig‘i yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. 192. JIEM ma’muriyati mahkumning yaqin qarindoshlari va boshqa fuqarolarni JIEM boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul qiladi. 193. Mahkumning yaqin qarindoshlari JIEM ma’muriyatidan mahkumning ahvoli, sog‘lig‘i hamda unga nisbatan qo‘llanilgan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari to‘g‘risida yozma va og‘zaki axborot olish huquqiga ega. Mahkumning yaqin qarindoshlari JIEMga bevosita kelgan holda murojaat qilgan taqdirda, JIEM ma’muriyati tomonidan darhol javob berilishi lozim. 194. Mahkumning yaqin qarindoshlariga, shuningdek advokatga ularning so‘roviga asosan mahkumning xulq-atvori yuzasidan yozma ravishda tavsifnoma beriladi. 195. Mahkumlar o‘z shaxsiy hisobvarag‘idagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishlari mumkin. 196. JIEMda mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishlari uchun do‘kon tashkil etiladi hamda ushbu do‘konning har kuni ishlashi ta’minlanadi, dam olish kunlari bundan mustasno. Mahkum oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish uchun mazkur Qoidalarning 21-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan JIEM boshlig‘iga yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsga murojaat qiladi. 197. Mahkumlar oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun JIEMdagi do‘konga olib chiqiladi. Turmalarning kameralarida hamda umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlarida saqlanayotgan mahkumlarni do‘konga olib chiqish taqiqlanadi. Ular oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni, odatda, turkum boshliqlari orqali sotib oladi. 198. Mahkumning shaxsiy hisobvarag‘ida yetarli pul mablag‘i hamda ushbu oy uchun oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish huquqi borligi tekshirilgach, mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishga ruxsat beriladi. Xarid amalga oshirilgach, JIEM xodimi mahkumdan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olganligi haqida tilxat olib, moliya bo‘limiga topshiradi. 199. Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori JIEMning tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. 200. Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari rag‘batlantirish tarzida, mahkumlarga eng kam ish haqi belgilangan miqdorining o‘n foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha pul sarflashga ruxsat etiladi. 201. Qo‘shimcha pul sarflash huquqi beriladigan mahkumlar ro‘yxati JIEM boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan tasdiqlanadi. 202. Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim: umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch baravaridan; qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yarim baravaridan; maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki baravaridan; turmalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim baravaridan; tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, homilador ayollar va JIEMdagi bolalar uyida bolalari bo‘lgan ayollar uchun — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch yarim baravaridan. Ushbu bandda belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar tibbiy xulosa asosida qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega. 203. JIEM boshlig‘i yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik foizigacha, manzil-koloniyalarda esa — to‘liq miqdorigacha bo‘lgan summada avans berishga haqli. Mahkumning arizasiga ko‘ra berilgan avans uning keyingi oydagi ish haqidan ushlab qolinadi. 204. Mahkumlar JIEMga yetib kelgan kundan boshlab posilka, yo‘qlov va banderol olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. Posilka, yo‘qlov va banderollar ko‘zdan kechiriladi. 205. Bitta posilka yoki banderolning og‘irligi pochta qoidalarida belgilab qo‘yilgan normadan, yo‘qlovning og‘irligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas. 206. Olinadigan posilka, yo‘qlov va banderollarning miqdori JIEMning tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. 207. Posilka, yo‘qlov va banderollarni qabul qilish vaqti, tartibi va ularning soni hamda miqdorini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlardan ko‘chirmalar JIEMga kelgan shaxslarga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi. Posilka, yo‘qlov va banderollarni qabul qilib oluvchi nazoratchilar oq xalatda bo‘lishlari shart. 208. Yo‘qlov olib kelgan shaxs mazkur Qoidalarning 22-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ariza to‘ldiradi. Arizalar va yo‘qlov uni olib kelgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan birga nazoratchiga taqdim etiladi. 209. Mahkum yo‘qlov olish huquqiga ega bo‘lgan taqdirda, yo‘qlov nazoratchi tomonidan uni olib kelgan shaxs ishtirokida tekshirilib, qabul qilib olinadi. 210. Olib kelingan non va kolbasa mahsulotlari, shuningdek pishloq, tuzlangan va dudlangan baliq bo‘laklarga ajratilib tekshiriladi, maxorka, shakar va shu kabilar maxsus elakdan o‘tkaziladi, konfetlar o‘ramsiz qabul qilinadi, tamaki mahsulotlari qutisidan chiqarilgan holda, suyuq mahsulotlar va konservalar ochilib boshqa idishga solinib ko‘zdan kechiriladi. Yozishmalarni hamda taqiqlangan narsa va buyumlarni yashirish mumkin bo‘lgan boshqa barcha mahsulotlar ham shu tartibda tekshiriladi. Tekshiruv jarayonida texnik vositalardan foydalanilishi mumkin. 211. Mahkumdan yo‘qlovning qabul qilib olganligi to‘g‘risida tilxat olinib, arizaning bir nusxasi yo‘qlovni olib kelgan shaxsga tilxatni ko‘rsatgan holda qaytarib beriladi, arizaning ikkinchi nusxasi esa tilxat bilan birga mahkumning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. 212. Yo‘qlovlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi va ularni olib kelgan shaxslarga qaytarib beriladi: mahkum yo‘qlovni olish huquqiga ega bo‘lmaganda; mahkum yo‘qlovni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda; yo‘qlovni olib kelgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmaganda; taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar olib kelinganda. Bunda yo‘qlovdagi taqiqlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar mahkumning roziligi bilan qabul qilinishi mumkin; yo‘qlovning soni yoki umumiy og‘irligi belgilangan normadan ortiq bo‘lganda, uning ortiqcha qismi; mahkum JIEMdan ikki sutkadan ortiq vaqtga olib ketilganligi sababli, yo‘qlovni shaxsan qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda; mahkum boshqa JIEMga o‘tkazilgan yoki ozod etilganda; mahkum vafot etganda. 213. Posilka va banderollar uch kishidan iborat komissiya tomonidan ochiladi hamda ularning ichidagi oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar posilka yoki banderolning ustidagi ro‘yxat bilan solishtiriladi. 214. Posilka va banderollar quyidagi hollarda ularni jo‘natgan shaxslarga qaytarib yuboriladi: mahkum ularni olish huquqiga ega bo‘lmaganda; soni yoki umumiy og‘irligi belgilangan normadan ortiq bo‘lganda, uning ortiqcha qismi; mahkum posilka va banderolni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda; mahkum ozod etilganda; mahkum vafot etganda. 215. Boshqa JIEMga ko‘chirilgan mahkumlar nomiga kelgan posilka va banderollar JIEM tomonidan ular ko‘chirilgan joyga yuboriladi. 216. Posilka, yo‘qlov va banderollarda jinoiy maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan, JIEM hududiga kiritish taqiqlangan narsa va buyumlar yashirilganligi aniqlangan taqdirda, JIEM boshlig‘iga bildirgi orqali ma’lum qilinadi. JIEM boshlig‘ining tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha topshirig‘iga asosan tezkor xizmat tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. 217. Posilka, yo‘qlov va banderollarning saqlanishi oqibatida ularning tabiiy buzilishi hamda ularni ko‘zdan kechirish natijasida tashqi ko‘rinishini yo‘qotganligi uchun JIEM ma’muriyati javobgar bo‘lmaydi. Bu haqda yo‘qlov olib kelgan shaxs yo‘qlovni qabul qilish vaqtida ogohlantirilishi shart. 218. Mahkumga ozod bo‘lishidan bir oy oldin pochta orqali yuborilgan yoki bevosita olib kelingan mavsumiy fuqarolik kiyimi va poyabzali saqlab turish uchun qabul qilinishi mumkin. Bunda mavsumiy fuqarolik kiyimi va poyabzali posilka, yo‘qlov yoki banderollar hisobiga kiritilmaydi. Mavsumiy fuqarolik kiyimi va poyabzali mahkumga ozod bo‘ladigan kuni beriladi. 219. Mahkumlar posilka, yo‘qlov va banderollarda yozuv ashyolari, adabiyotlar olishlari, shuningdek ularni savdo shoxobchalari orqali sotib olishlari, cheklanmagan miqdorda gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishlari mumkin. 220. Mahkumlarga urushni, milliy va diniy adovatni, zo‘rlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi nashrlarni, shuningdek behayo nashrlarni olish, sotib olish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi. 221. Mahkum savdo shoxobchalari orqali sotib olgan adabiyot u olishga haqli bo‘lgan posilka va banderollar soniga kirmaydi. 222. Hukm qilingan homilador ayollarning va JIEMdagi bolalar uyida bolalari bo‘lgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga ko‘ra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb e’tirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlarining tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo‘shimcha posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi. 223. Bemor mahkumlarning roziligiga ko‘ra ularning qarindoshlari va boshqa shaxslar olib kelgan yoki yuborilgan zarur dori vositalari JIEM tibbiy xodimining xulosasi asosida qabul qilib olinishi mumkin. Qabul qilib olingan dori vositalarining hisobi mazkur Qoidalarning 23-ilovasiga muvofiq shakldagi daftarda qayd etib boriladi hamda mahkumning tibbiy kartasiga va kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi. JIEM tibbiy xodimining xulosasi asosida qabul qilib olingan dori vositalari mahkumning olishga haqli bo‘lgan posilka, yo‘qlov va banderollari hisobiga kiritilmaydi. 224. Mahkumlarga yuborilgan posilka va banderollar mazkur Qoidalarning 24-ilovasiga muvofiq shakldagi daftarda, har bir mahkumning posilka, yo‘qlov va banderollar olishining hisobi esa tegishli varaqda qayd etib boriladi. 225. Mahkumlar posilka va banderollar yuborish uchun JIEM boshlig‘iga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada posilka yoki banderollarni yuborish sabablari, undagi narsa va buyumlarning ro‘yxati hamda posilka yoki banderollar yuborilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili ko‘rsatiladi. Posilka va banderollarni yuborish mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Posilka va banderollarni yuborilganligi to‘g‘risidagi kvitansiya mahkumga tanishtirilib, uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. 226. Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul jo‘natmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul jo‘natmalari mahkumning shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushadi va mahkum bu haqda xabardor qilinishi shart. Mahkumlar o‘zlariga yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat JIEM ma’muriyatining ruxsati bilan pul jo‘natmalari yuborishlari mumkin. 227. Mahkumlar mazkur Qoidalarning 25-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza orqali pul jo‘natmalarini yuborishi mumkin. Bunda mahkum pul jo‘natmalari yuborilganligi haqida xabardor qilinishi shart. 228. Mahkumlar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. JIEMlar pochta qutilari bilan ta’minlanadi va ular JIEM ma’muriyati tomonidan har kuni tekshirib turiladi. 229. Xatlar konvertlarda yopishtirilmagan holda pochta qutilariga tashlanadi yoki bevosi
10Qonunchilik
FUQARO MUHOFAZASI TO‘G‘RISIDA Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi; fuqaro muhofazasi xizmati — fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmui; himoya inshootlari — aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirg‘in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo‘ljallangan muhandislik inshootlari majmui; fuqaro muhofazasi kuchlari — qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funksional va obyekt tuzilmalari. Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat: aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish; obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash; boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish; xalq xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish; aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish; fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash; aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o‘tkazish; aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash; radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish; qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish; harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish; aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish. Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan fuqaro muhofazasi sohasidagi hamkorligi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan xalqaro shartnomalar va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig‘idir. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishincha lavozimiga ko‘ra fuqaro muhofazasining boshlig‘i bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko‘ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasining boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari amalga oshiradilar. Fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish; aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; fuqaro muhofazasi bo‘yicha direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish; o‘z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni o‘tkazishga jalb etish; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha direktivalari, buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari barcha tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiydir. Aholini va hududlarni zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi; fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi; tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini ta’minlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va o‘tkazilishiga rahbarlik qiladi; hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynovchi yoki aholi xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga ta’siriga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi; fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga o‘tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi; himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa obyektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi; davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi; o‘z vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi; harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi; fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini ko‘zlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari yetkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi; xabar berishni tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo‘yicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi; fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini ta’minlaydi; shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatilishini tashkil etadi; fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Vazirliklar va idoralar: fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini ishlab chiqadilar va ularning amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar; xodimlar zamonaviy qirg‘in vositalaridan himoyalanish usullariga va urush davri sharoitidagi harakatlarga tayyorlanishi va o‘rgatilishini tashkil etadilar; zamonaviy qirg‘in vositalari taqdid solganda va qo‘llanilganda tarmoq xodimlarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar; urush davrida tarmoq va xalq xo‘jaligi obyektlari barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar; tashkilotlarni xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadilar; fuqaro muhofazasi moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini yaratadilar hamda ularning to‘planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va qo‘llanishga shay holatda saqlab turilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar; tarmoq fuqaro muhofazasi ahvoli to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot taqdim etadilar; fuqaro muhofazasi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar; xabar berish tizimini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalarini vujudga keltiradilar hamda ularni doimiy shay holatda saqlaydilar; fuqaro muhofazasining holatini nazorat qilib boradilar; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: fuqaro muhofazasi rejalarini ishlab chiqadilar va ularning tegishli hududda amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar; tegishli hududdagi tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadilar va nazorat qilib boradilar; fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tayyorlanishini hamda shay holatda saqlab turilishini ta’minlaydilar; tashkilotlar rahbarlari va aholining zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o‘rgatilishini tashkil etadilar; zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilgan sharoitda aholi hayot faoliyatining ta’minlanishini kafolatlovchi fuqaro muhofazasiga oid mol-mulk, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil zaxiralar hajmlarini belgilaydilar hamda ularning to‘planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va shay holatda saqlab turilishi uchun javob beradilar; urush davrida, idoraviy bo‘ysunuvidan qati nazar, tashkilotlarning barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etadilar va amalga oshiradilar; fuqaro muhofazasi sohasida axborotlar yig‘ish va almashinishni, shuningdek zamonaviy qirg‘in vositalarining qo‘llanilish tahdidi yoki qo‘llanilganligi to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlaydilar; aholini evakuatsiya qilish va bo‘lib-bo‘lib joylashtirishga, uning xavfsiz zonalarga o‘rnashib olishiga tayyorgarlik ko‘rish hamda shu ishlarni tashkil etish, davolash muassasalari va boshqa tashkilotlar ishini yo‘lga qo‘yish tadbirlarini amalga oshiradilar; qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etadilar va amalga oshiradilar, o‘z tasarruflaridagi hududda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydilar; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. Tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida: fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar; urush davrida barqaror ishlashni ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradilar; o‘z xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatishni amalga oshiradilar; xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ularni foydalanishga doimo shay holatda saqlab turadilar; xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratadilar; moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalarning zaxiralarini yaratadilar. Potensial xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ega bo‘lgan, shuningdek muhim mudofaa va iqtisodiy ahamiyatga molik tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yaratadilar va ularni doimo shay holatda saqlab turadilar. Bunday tashkilotlarni belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: fuqarolarning zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o‘rgatilishiga ko‘maklashadilar; harbiy harakatlar olib borilishi bilan bog‘liq yoki shu harakatlar oqibatida xavflarning yuzaga kelishi tahdid etgan taqdirda tegishli hududdagi fuqarolar xabardor qilinishini tashkil etadilar; aholining hayot faoliyati ta’minlanishi sohasida tadbirlar tayyorlanishi va bajarilishini amalga oshiradilar; qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshiradilar. Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega: o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi; umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish; harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o‘zlari yo‘liqishlari mumkin bo‘lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to‘g‘risida axborot olish. Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko‘rsatiladi. Fuqarolar: ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qilishlari; fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o‘tishlari; fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari; jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko‘rsatishni bilishlari; davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko‘maklashishlari; fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart. Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatish umumiy va majburiydir. Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus o‘quv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi. Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targ‘ib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi. Bilimlarni targ‘ib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin. Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek obyekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi xizmatlarining ro‘yxati, shuningdek ular to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo‘shinlari tuzilmalaridan tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan belgilab qo‘yiladi. Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo‘linmalari ham jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: zararlanish o‘choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish; qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish; aholini va xalq xo‘jaligi obyektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish; aholi hayot faoliyatini ta’minlash obyektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining faoliyati, ularni butlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish prinsipiga ko‘ra tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari: bo‘ysunuviga ko‘ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda obyekt (xalq xo‘jaligi obyektlaridagi) tuzilmalariga; belgilangan vazifasiga ko‘ra — umumiy maqsaddagi (zararlanish o‘choqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni o‘chirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo‘linadi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko‘rsatmasiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar, sakkiz yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, o‘rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno. Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi budjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan, tashkilotlarda esa — o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro muhofazasi harbiy qismlarining o‘quv-moddiy bazasi obyektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki bo‘lib, fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari ko‘rsatib o‘tilgan va o‘zlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor boshqaruv huquqidan foydalanadilar. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarini joylashtirish va ularning doimiy faoliyati uchun yer uchastkalari, joylar, omborlar va boshqa obyektlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ularga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi. Fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulki jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining himoya inshootlari hamda yer usti binolari kompleksiga ega bo‘lgan boshqaruv punktlari; fuqaro muhofazasining alohida va tutash qurilgan himoyalanish, radiatsiyadan saqlanish joylari; mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari; yakka muhofazalanish vositalari, radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik nazorat priborlari; aloqa va xabar berish vositalari; davlat mulki bo‘lgan, shuningdek fuqaro muhofazasi maqsadida foydalanish uchun tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga yaratilgan yoki sotib olingan boshqa moddiy-texnika vositalari. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini ta’minlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan fuqaro muhofazasi mol-mulki zaxiralari yaratiladi. Tashkilotlarning boshqaruv tarkibiy tuzilmalari va xo‘jalik yuritish faoliyati shakllari o‘zgargan taqdirda, ular zimmasida fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkidan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek bunday obyektlar hamda mol-mulklarni hosil etish va to‘plash topshiriqlari qolaveradi. Fuqaro muhofazasi obyektlarini barpo etish va mol-mulkidan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
10Qonunchilik
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Anvar qori Tursunov bilan uchrashdi Shu kunlarda O‘zbekiston yirik islomiy xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilmoqda. “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida” nomli anjuman ishtirokchilari O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari, masjid, madrasalarni ziyorat qilmoqdalar.   Martabali mehmonlar 19 oktabr kuni Toshkent shahrining yana bir muazzam majmuasi “Minor” jome masjidiga tashrif buyurdilar. Bu yerda martabali mehmonlarni kutib olgan Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov masjid O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqillik asoschisi, barcha sohalarda yurt taraqqiyotini ta'minlagan Islom Karimovning bevosita amaliy g‘oya va tashabbuslari bilan bunyod etilgani, jomening qurilish jarayoni, undagi sharqona va milliy bezak ishlari doimo u kishining e'tiborlarida bo‘lgan haqida so‘zlab berdi.  Shundan so‘ng, mehmonlar masjidda Peshin namozini ado etishdi. Yurtimizdagi masjid va madrasalar ko‘rki, ulardagi ahil jamoat fayziga yuksak baho bergan ulamolar qo‘shni mamlakatlarning ezgulik va ma'rifat yo‘lidagi aloqalari doimo mustahkam bo‘lishini tilab duolar qildilar.
5Jamiyat
Dekabrda ZTE O‘zbekistonda to‘rtta yangi modeldagi telefonlarni ishlab chiqara boshlaydi Xitoyning ZTE kompaniyasi shu yilning dekabrida O‘zbekistonda 4—5 xil yangi modeldagi telefonlarni ishlab chiqarishni boshlamoqchi. Bu haqda UZTE kompaniyasi bosh direktori Xao Veyga tayanib, “Podrobno” ma’lum qildi. “Yangi telefonlar Pengzhong Xingsheng O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi bazasida Sirdaryo viloyatidagi mavjud liniyada yig‘ila boshlaydi. Barcha telefonlar raqobatbardosh xususiyatlarga ega bo‘lib, 200—300 dollar atrofidagi o‘rtacha narx segmentiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bugungi kunda liniyaning umumiy quvvati yiliga 150 mingta telefon ishlab chiqarishga teng bo‘lsa, shularning 40 foizini yangi modellar tashkil etishi rejalashtirilgan”, — deya ta’kidladi Xao Vey. Kompaniya ishlab chiqarishni kengaytirishga 2 million dollar saflamoqchi. Bundan tashqari, noyabr—dekabr oylarida Toshkentdagi “Fleshka” majmuasida firma do‘konini ochish ko‘zda tutilgan, u yerda telefonlar va ularga mo‘ljallangan firma aksessuarlari sotiladi. Ayni paytda UZTE savdo belgisi ostida to‘rt xil modeldagi smartfonlar ishlab chiqariladi, bular Grand V808, Grand M, Grand X Quad va Grand X II. Eslatib o‘tamiz, korxona 2013-yil iyulda ochilgan, uning smartfonlari esa noyabr oyi oxiridan O‘zbekistonda sotila boshlagan edi.
14Texnologiya
iPhone 14 Pro Max’ning yuqori sifatli maketi namoyish qilindi — video YouTube’dagi “Unbox Therapy” kanali iPhone 14 Pro Max’ning sifatli maketi qanday ko'rinishdaligini namoyish qildi. Ma'lum qilinishicha, 2021 yili ushbu kanal iPhone 13 haqida shunga o'xshash video e'lon qilgan va u chiqarilgan Apple smartfonlari maketlar bilan juda o'xshash bo'lgan. Yangi videoda iPhone 14 kamera blokining kattalashishi tufayli qalinlashishi ta'kidlangan. iPhone 14 Pro Max oldingi avlod smartfoniga juda o'xshaydi. Sezilarli farq bu telefon orqasidagi kamera blokidadir. Yangi iPhone’da ham displey ramkasi ingichka bo'lishi va bu displeyni biroz kattaroq qilib ko'rsatishi keltirilgan. Uning iPhone 14 Pro Max’da diagonali 6,69 dyuymga teng bo'ladi. Smartfon kattaroq batareya sababli qalinroq bo'lishi kutilmoqda.
2Dunyo
So‘rovnoma: Krishtianu Ronaldu futbol o‘ynashi kerakmi yoki murabbiyning ishiga aralashishi? Yevro—2016 final uchrashuvining 24-daqiqasida maydondan chiqib ketgan Krishtianu Ronaldu, jamoasining Fransiya ustidan qozonilgan g‘alabasiga maydonning o‘zidan hissa qo‘sha olmadi. O‘yin yakuniga yetib borishi arafasida esa u yechinish xonasidan chiqib, futbolchilarga ko‘rsatma berishni boshladi. Quyidagi videolavhada uning hatti-harakatlari aks etgan. Krishtianu Ronalduning finaldagi xatti-harakatiga sizning munosabatingiz qanday? Error while processing playbuzz: 0
13Sport
Angela Merkel koronavirusni jilovlash uchun fuqarolarni o‘zaro aloqalar va sayohatlarni kamaytirishga undadi «Biz virus nazoratdan chiqib ketishining oldini olish uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Har kuni muhim ahamiyat kasb etadi», dedi Merkel o‘z videomurojaatida. Germaniyada virus yuqtirish darajasi Yevropaning aksariyat davlatlariga qaraganda pastroq bo‘lsa-da, Robert Kox instituti bergan ma'lumotga ko‘ra virusning tarqalishi tezlashgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 33taga ko‘payib, 9767 kishiga yetgan. Germaniya rahbarlari bu hafta koronavirusning ikkinchi to‘lqinini ushlab turish uchun yangi choralar bo‘yicha kelishuvga erisha olmadilar. Ayni paytda, bir nechta mintaqalardagi sudlar kasalliklar o‘choqlaridan tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxonada turish taqiqlarini bekor qildi. Siyosatchilar va sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari aholini ortiqcha ixtiyoriy choralar ko‘rishga, shu jumladan niqob taqishga, boshqalar bilan yaqin aloqada bo‘lmaslikka va qo‘llarni tez-tez yuvishga chaqirdi. - Biz yanada ko‘proq harakat qilishimiz kerak, - degan Merkel. - Uyda yoki tashqarida odamlar bilan kamroq uchrashing. Iltimos, muhim bo‘lmagan har qanday sayohat va marosim-tadbirlarni keyinroqqa qoldiring.
2Dunyo
Aleppo shahrida yana 10 ta kvartal ozod qilindi Aleppo shahrining sharqiy qismida Suriya hukumat qo‘shinlari yana o‘nta kvartalni jangarilardan tozaladi. Rossiya dushman taraflarni yarashtirish markazi axborotiga ko‘ra, ayni paytda sharqiy Alepponing 45 kvartali armiya nazorati ostida, deb xabar beradi “Kommersant.ru”. Bir muddat ilgari jangarilar Aleppo shimoli-sharqidagi qadimiy kvartallarni maxsus koridor orqali tark etib, shaharning janubiy tumanlarida o‘rnashgani ma’lum bo‘lgan edi.
2Dunyo
O‘zbekistonda 8 ta xususiy tibbiyot muassasasida koronavirusga test topshirish mumkinligi aytildi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusufaliyev xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 8 ta muassasada koronavirusga test topshirish mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u “O‘zbekiston 24” telekanalidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida gapirib o‘tgan.  Koronavirusga qayta chalinish ehtimoli va antitanachalar tahlili borasidagi savollarga aniqlik kiritildi “Bugungi kunda respublikada 43 ta davlat agentliklari tarkibidagi laboratoriya faoliyat ko‘rsatyapti. U yerda 92 ta PZR laboratoriya mavjud. Bu degani, oxirgi xarid qilgan 45 ta PZR laboratoriyamiz 2 baravar ko‘paytirildi. Va u yerda test topshirish bepul. Lekin hozirgi paytda biz xususiy sektorni qo‘shayapmiz, bu ishga jalb qilyapmiz. Bugungi kunda bizda 8 ta xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan muassasamiz bor. Ular, albatta, hozirgi kunda pullik xizmat ko‘rsatadi va aholidan tegishli test namunalarini oladi. Yusufaliyev, shuningdek, davlat va xususiy sektordagi muassasalarda test olishda xizmat ko‘rsatish sifati, testlarning javob chiqish muddati haqida ham gapirib o‘tgan.  “O‘zbekistonda kuniga 1—1,5 mingta koronavirusga chalinish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimimiz qulaydi” — Habibulla Oqilov “Endi to‘g‘risini aytishimiz kerak, mana oxirgi kunlarda kasallanish ko‘payishini inobatga olib test javobi chiqishi muddati davlat sektorida xususiy sektorga nisbatan sal sekinlashdi. Chunki juda ko‘p kasallarning ko‘paygani hisobiga. Lekin shu bilan birga, ularning sifati bir xil”, — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston adliya vazirining maslahatchisi Shahnoza Soatova o‘zida koronavirus belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, test topshira olmayotganini yozib qoldirgan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi esa xususiy klinikalarga koronavirusga test olishni to‘xtatish haqida topshiriq berilgani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga mos kelmasligini bildirgan edi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun dam oladi O‘zbekistonda 2021 yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan budjet tashkilotlarida ishlovchilar ketma-ket uch kun dam olishadi. Shu yil fevraldagi prezident farmoniga binoan, Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi. Avvalroq qabul qilingan boshqa bir farmonga ko‘ra, 2021 yil 21 va 22 iyul kunlari – ish haftasining turidan qat'i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kunlari hisoblanadi. Bunda, haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) ish kunlari mos ravishda 21 iyul va 22 iyulga ko‘chiriladi. Har yillik mehnat ta'tilining davomiyligi mazkur qisqartirish hisobga olingan holda, 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi belgilangan.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda tushumi 1 mlrd so‘mda oshgan tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxs tartibida to‘laydi O‘zbekistonda tushumi 1 mlrd so‘mda oshgan tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxs tartibida to‘laydi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020—2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan. Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan quyidagi tartib o‘rnatiladi: Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to‘lovini 4 foiz stavkada to‘lashga o‘tkaziladi; Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlab qolinadi; Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydi. Davlat soliq qo‘mitasiga 2019-yil 1-fevralga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar to‘lash tartibini tasdiqlash topshirildi.
8O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda vazir o‘rinbosari tuman hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi Bugun Shukurullo Ataniyazov To‘rtko‘l tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi. U tayinlovga qadar joriy yilning mart oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Ma'lumot uchun, Shukurullo Ataniyazov bilan birga 2021 yilning mart oyida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziriga Qallibek Bekbergenov va Arislanbek Alliyarovlar ham o‘rinbosar qilib tayinlangandi. Shuningdek, Shukurullo Ataniyazovgacha To‘rtko‘l tumani hokimining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida Valijan Niyazimbetov faoliyat olib borayotgandi. Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda bundan oldingi tayinlov Turizm va sport bosh boshqarmasida amalga oshirildi. Bayram Kukeyev boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar etib tayinlangandi.
8O‘zbekiston
Samarqandda o`zganing shaxsiy ma`lumotlarini “Tik tok”da tarqatish bilan qo`rqitgan shaxs qo`lga olindi Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1989 y.t.  fuqaro IIB ga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 26 yanvar kuni noma`lum shaxs telefon orqali o`zini samarqandlik "Fedya" deb tanishtirib, tanishi B. o`rtasidagi shaxsiy suhbatlar, fotosuratlar va video tasvirlarni internet tarmog`ining “Tik tok” sahifasiga tarqatish bilan qo`rqitganini ma`lum qilgan.  Tovlamachi ma`lumotlarni tarqatmasligi uchun fuqarodan 1 million so`m berishni talab qilgan.  27 yanvar kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toyloq tumani Jumabozor qishlog`ida yashovchi, 1998 y.t. B.F. va 1992 y.t. F.B. lar fuqaro A. ga tegishli bo`lgan sim kartani 1 million so`mga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.  Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
6Jinoyat
WhoScored “Jenoa” — “Sampdoriya” uchrashuvi futbolchilarining reytingini e’lon qildi “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 25-turi doirasida “Sampdoriya”ga qarshi kechgan 3-mart kungi uchrashuvda (1:1) asosiy tarkibda maydonga tushdi. WhoScored portali o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinini 6,8 ballga baholagan. SofaScore esa Eldorga 6,9 ball qo‘ygan. Shomurodov maydonda harakat qilgan 82 daqiqa davomida 42 marta to‘pga tegindi. Uning 22 uzatmasidan 16 tasi (73%) aniq chiqdi. 25 yoshli futbolchi maydonda 14 marta yakkakurashga kirishib, ularning yarmida muvaffaqiyat qozondi. Havodagi 7 urinishning esa 4 tasida ustun keldi. Eldor shuningdek, uch urinishda ikkita muvaffaqiyatli dribling ishlatdi va darvoza tomon bir marta (noaniq) zarba berdi. Shomurodov A Seriya 2020/21-yilgi mavsumida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 3 gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
«BTA Bank» pullarini o‘g‘irlaganlikda gumon qilinayotgan shaxs O‘zbekistondan ekstraditsiya qilindi 26 yanvar kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 20 yanvar kuni Toshkentda qo‘lga olingan Artur Trofimovni Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlariga topshirdi, deya xabar qildi nazorat organi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga. Ekrtraditsiya qo‘lga olingan shaxsni Qozog‘iston Bosh prokuraturasiga topshirish to‘g‘risidagi so‘rovi asosida amalga oshirildi. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Artur Trofimov 2005—2009 yillarda «BTA Bank"dan juda yirik miqdordagi pullarni o‘g‘irlash, ularni qonuniylashtirish hamda jinoiy guruh tashkil etish va unga rahbarlik qilishda gumonlanmoqda. Qozog‘istonning Tengri News nashri xabariga ko‘ra, 2011 yil dekabrida Moskva Tver sudi «Yevraziya Logistik» MCHJ direktorlar kengashi raisi Artur Trofimovni hibsga olish to‘g‘risida hukm chiqargan. Uning jinoiy guruh tarkibida «BTA Bank"dan eng kamida 730 mln dollarni o‘zlashtirganlik ayblanmoqda.
5Jamiyat
Tailandda avtobus 12 kishini urib ketdi va 60 ta transport vositasiga shikast yetkazdi Tailandning markaziy qismidagi Patxumtxani provinsiyasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 12 kishi jarohat oldi. Bu haqda 2-noyabr, chorshanba kuni mahalliy politsiya ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Huquq-tartibot xodimlarining ma’lum qilishicha, yo‘lovchilarsiz ketayotgan avtobus haydovchisi katta tezlikda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda avtobus dastlab yo‘l chetiga to‘xtatib qo‘yilgan 18 ta avtomobilga shikast yetkazgan, keyin esa mototsikl sotuvchi do‘konga borib urilgan. Do‘konda 43 ta transport vositasiga shikast yetkazgan. YTH oqibatida jabrlangan 12 kishidan yetti nafari shifoxonaga yotqizilgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus tormozidagi nosozlik avariyaga sabab bo‘lgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
2Dunyo
«AMILOV» va Belorussiya «Kommunarka» qandolatchilik fabrikalari qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish buyicha hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolashdi 2018 yilning 24 avgustida O‘zbekiston va Belarus Respublikalari hukumatlararo komissiya doirasida «AMILOV» qandolatchilik fabrikasiga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari N.S. Otajonov va Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari M.M. Rusiy tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifda O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi N.S. Yusupov, O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor elchisi L.A. Marinich, Belarus Respublikasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Vaziri o‘rinbosari V.V. Grakun, «O‘zbekoziqovqatxolding» XK boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.X Salimov, «Kommunarka» OAJ bosh direktori I.I. Danchenko va Belarus Respublikasi hukumati va ishbilarmonlik doiralarining boshqa vakillari ishtirok etdilar. Delegatsiya vakillari tashrifi doirasida «AMILOV» qandolatchilik fabrikasi va «Kommunarka» OAJ o‘rtasida qandolat mahsulotlarini hamkorlikda ishlab chiqarish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Kelajakda «Kommunarka» OAJ va «AMILOV» qandolatchilik fabrikasi o‘rtasida «Kommunarka» OAJga qarashli bo‘lgan mahsulot belgilaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya shartnomalarini tuzish orqali hamkorlik o‘rnatish yulga qo‘yildi. O‘zbekiston «AMILOV» qandolat fabrikasi o‘zining keng turdagi mahsulotlari bilan Belarus Respublikasi va MDHning boshka davlatlarining ichki bozoriga kirib kelish niyatida. Belarus Respublikasi delegatsiya vakillari«AMILOV» qandolatchilik fabrikasiga tashrifi chog‘ida fabrikaning ishlab chiqarish quvvati va uskunalariga yuqori baho berib, Yevropa va MDH davlatlari fabrikalaridan qolishmasligini aytib o‘tdi. Shuningdek, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha «AMILOV» fabrikasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. «Kommunarka» OAJ – Belarus Respublikasidagi yirik qandolatchilik fabrikalaridan biridir.
8O‘zbekiston
Toshkent viloyatida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan Chirchiq shahrida tashkil etilgan tadbirda ushbu komissiya a’zolari, viloyat, tuman va shahar komissiyalari raislari, a’zolari ishtirok etdi.  — May–iyun oylarida o‘tkaziladigan saylovda viloyatda 1158 fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 11 mingdan ortiq maslahatchisi saylanadi, – deydi fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Toshkent viloyati komissiyasi raisining o‘rinbosari Islomjon Ergashxo‘jayev. – Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi muqobillik, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilishi qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan.  Seminarda saylovni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi hududiy komissiyalar hamda ishchi guruhlar oldida turgan vazifalar xususida fikr almashildi.
8O‘zbekiston
“Oliy darajali “Do‘stlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xaqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Oliy darajali “Do‘stlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
AQUALAND — unutilmas zavq, betakror hordiq! Mazza qilib dam olish uchun Toshkentni tark etish shart emas — bir necha yildan beri poytaxtda shahar aholisi va mehmonlarining sifatli hordiqqa bo‘lgan ehtiyojini qondirishga tayyor kompleks faoliyat ko‘rsatmoqda. AQUALAND suvning billurdek sofligiga, har bir basseynida suvning optimal haroratini tanlashga erishgan, ikki jakuzi, kattalar, o‘smirlar va bolalar uchun basseynlarga ega, unutilmas zavq beruvchi akvaparkdir. Bolalar basseynida mayda-chuydasigacha hamma narsa o‘ylangan: suv harorati, yassi qirg‘oqlar va bolalar uchun xavfsiz “tepalik”lar. Bolalar basseynining maksimal chuqurligi 50, minimal chuqurligi esa 35 santimetr. Bu yerda g‘amxo‘r ota-onalar uchun mo‘ljallangan bir necha shezlongni ko‘rish mumkin. Kattaroq yoshdagi bolalarni esa professional yo‘riqchi-qutqaruvchilarga ishonib topshirsa bo‘ladi: ko‘zdan qochirishmaydi, yordam berishadi, hatto suzishga ham o‘rgatishadi! Yana 8 nafar qutqaruvchi boshqa basseynlar yonida navbatchilik qiladi. Park markazida suv hajmi 450 kubometr bo‘lgan to‘lqinli basseyn joylashgan. Bu yerda, dengizdagi kabi to‘lqinlar havoning shiddatli oqimi yordamida hosil qilinadi. Basseyndagi harorat ham dengizdagi kabi tetiklantiruvchi — 26 daraja. To‘lqinlar balandligi 3,5 metr, bundan ortig‘i bolalar uchun xavfli. To‘lqinli basseyn ortida parkdagi eng katta suv havzasi (hajmi 1100 kub metr, suv harorati 27 daraja) — kattalar basseyni joylashgan. Bu yerda ikki “tepalik” — tezkor va “kamikadze”ni ko‘rish mumkin. Ikkovi ham hafsala bilan va qoyilmaqom loyihalashtirilgan. 15 metrli balandlikka qaramay butkul xavfsiz (albatta, parkning barcha me’yor va qoidalariga rioya etganda): choklar har kuni tekshiriladi va sayqallanadi, suvdagi finish esa jarohatlardan saqlanish uchun qisqa tashlanmada amalga oshiriladi. Yana uchta “tepalik” (to‘g‘ri, vintli va bir vaqtning o‘zida butun oila yoki guruh bilan tushish mumkin bo‘lgan oilaviy) 7 metrli minoradan o‘smirlar basseyniga tushadi. Mazkur basseynda suv hajmi 580 kub metr, harorati esa 28 daraja. AQUALAND parkining “iftixori”- 50 va 30 kishiga mo‘ljallangan ikki basseyn-jakuzidir. Ularda nafaqat massaj olish, balki tanaga iliqlik baxsh etish ham mumkin — suv harorati 32 darajani tashkil etadi. Parkda chekish uchun 5 ta alohida hudud mavjud, suv yaqinida chekish man etiladi. Shezlong yonida esa bemalol tamaddi qilish yoki to‘laqonli taomlanish mumkin. Park hududida jami 500 ta quyoshdan oq mato bilan himoyalangan va ultrabinafsha nurlari tushishiga imkon bermaydigan shinam shezlong joylashgan. AQUALAND mehmonlarga xizmat ko‘rsatish va akvaparkni ochiq osmon ostidagi bayram manziliga aylantirishga tayyor 3 oshxona va 40 nafar ofitsiantga ega. Bayram muhitini musiqali kliplar va konsertlar namoyish etiladigan ulkan ekran boyitadi. AQUALAND raqs tushish va yugurish uchun xavfsiz, chunki park hududida sirpanish mumkin bo‘lmagan fakturali plitkalar terilgan. AQUALAND o‘zining shaxsiy GPS-navigatsiya tizimi — kelish-ketish va har bir mehmonning parkda harakatlanishini kuzatish imkonini beruvchi magnit bilaguzuklarga ega. Ular shaxsiy javonchalarga kalit bo‘lib ham hisoblanadi. Qimmatbaho buyumlar uchun park videokuzatuv yordamida qo‘riqlanadigan alohida qutilar taklif etadi. Oilaviy yoki guruh bo‘lib dam olishga chog‘langanlarga GoldenValley’da xona olish va kompleksning mehmonxona mijozlari uchun imtiyozidan — akvaparkda 3 soat davomida bepul bo‘lishdan foydalanish taklif etiladi. GoldenValley xorijiy va boshqa shaharlardan kelgan mehmonlar hamda Toshkent aholisini qabul qilishga tayyor. Mehmonxona qoshidagi sauna va basseynlar haqida, shuningdek, boshqa ma’lumotlarni gvhotel.uz saytida topish mumkin. Chuqur o‘ylangan infrastruktura va bayram muhiti har bir tashrif buyurgan mijoz yodida saqlanib qolishi, shubhasiz. AQUALAND butun yoz bo‘yi o‘z mehmonlariga suv mashg‘ulotlaridan olinadigan olam-olam lazzatni baxsh etadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Telefonlar: +99871 212-01-54, +99871 212-01-55 Facebook : http://www.facebook.com/aqualend Instagram: https://www.instagram.com/aqualand_tashkent/
8O‘zbekiston
Toshkent IIBB: Endi jarimalarni billing texnologiyalari asosida to‘lash mumkin Toshkent shahar IIBB YHXBda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun haydovchilar tomonidan to‘lanadigan ma'muriy jarimalarning yangi tartibi joriy etilmoqda. Avvallari, yo‘l harakati qoidasi buzilgan vaziyatda YPX inspektori bayonnoma asosida qoidabuzarning haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yar edi. Haydovchi esa guvohnomasini qaytarib olish uchun dastlab YHXBga borishga majbur edi. Bu yerda to‘lov kvitansiyasini olib, belgilangan jarima summasini to‘laganidan so‘ng hujjatlarini qaytarib olardi. Bunday ish uslubi fuqarolarning vaqtini olar, navbatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lardi. Yangi tartibga ko‘ra, YPX noziri sodir etilgan ma'muriy qoidabuzarlik haqidagi bayonnomani maxsus elektron dastur orqali YHXBning Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiradi. O‘z navbatida tizim avtomatik ravishda «elektron» bayonnomani «O‘zbekiston pochtasi» AJga yuboradi. Shundan so‘ng, qoidabuzarning uyiga jarima to‘lovi haqidagi ma'lumotnoma keladi. Ushbu turdagi jarimalar faqatgina billing tizmi orqali to‘lanadi. Billing tizimi orqali jarima to‘lovlarini istalgan bank muassasasida plastik kartochkasi yoki elektron to‘lovlar tizimi yordamida amalga oshirish mumkin. Bu jarayonda avvalgidek kvitansiyalar to‘ldirilmaydi. Jarima to‘lovi haqidagi ma'lumotnomalarning har biri o‘ziga xos identifikatsion raqamlardan iborat bo‘ladi. To‘lovlarni 15 kun ichida amalga oshirish talab etiladi. Aks holda qarzdorlik haqidagi ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro Byurosiga taqdim etiladi.
8O‘zbekiston
O‘zA: Navoiyda 17 ming fuqaro chet elga ishlash uchun ketgan, 23 ming kishi ishsiz Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar tashkil etildi, deb yozadi O‘zA. “Vaqtincha ishsiz aholini jamoat ishlariga keng jalb etish, ularga haq to‘lash tizimi joriy etilgani joylarda bandlik masalasiga samarali yechim bo‘lmoqda. Ushbu tizim dastlab 2017-yilda Karmana tumanida tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilib, joriy yildan viloyat bo‘yicha tatbiq etilmoqda. Oxirgi uch oy davomida 3 ming fuqaro mazkur tizim asosida ish bilan ta’minlanib, ular uchun 3 milliard so‘mga yaqin mablag‘ oylik maosh sifatida berilgan”, — deyiladi xabarda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Navoiy viloyatidan 17 ming fuqaro chet elga ishlash uchun ketgan, 23 ming kishi ishsiz. Tadbir yakunida viloyat shahar va tuman bandlikka ko‘maklashish markazlariga Damas avtomashinalari kaliti topshirildi.
8O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida dunyo musulmonlariga taroveh namozini uyda o‘qish tavsiya qilindi Saudiya Arabistoni Ulamolar kengashi butun dunyodagi musulmonlarni Ramazon oyi davomida barcha namozlarni, jumladan, taroveh namozini ham uyda o‘qishga chaqirdi. Bu haqda SPA agentligi xabar tarqatgan. Murojaatda ommaviy yig‘ilishlardan uzoqroq bo‘lish, ya’ni iftorliklarni o‘z xonadonlarida, oilaviy tarzda uydan chiqmay o‘tkazish so‘ralgan. “Musulmonlar hayotning qadriga yetish va ezgu ishlarni qilish Alloh tomonidan buyurilgan vojib amallardan biri ekanini unutmasliklari lozim”, — deyilgan bayonotda. Saudiya Arabistoni bosh muftiysi shayx Abdul Aziz al-Shayx 17-aprel kuni musulmonlarga murojaat qilib, Ramazon oyida uyda namoz o‘qishga chaqirgandi. Infeksiya tarqalishi to‘xtamaydigan bo‘lsa, Hayit bayrami ham ommaviy tarzda nishonlanmasligi mumkin. Mart oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoni qirolligida jamoat namozlari vaqtincha to‘xtatilgan va faqat ikkita — Makka hamda Madinadagi masjidda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga ruxsat berilgandi. Biroq keyinchalik koronavirus tarqalishi xavfi sabab Al-Harom va Nabaviy Masjidda ham namoz o‘qish to‘xtatildi. 23-mart kuni Saudiya Arabistonida komendantlik soati joriy etilgan, 24-mart kuni mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etilgan. Shuningdek, mamlakatda aholi hamda xorijlik ziyoratchilar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish tadbirlari ham noma’lum muddatga qoldirilgan. Saudiyada xalqaro aviaparvozlar vaqtincha to‘xtagan, sport tadbirlari ham bekor qilingan. Mamlakatda COVID-19 yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat mart oyi boshida qayd etilgan va Erondan Bahrayn orqali kelgan fuqaroda infeksiya aniqlangandi.  18-aprel holatiga ko‘ra qirollikda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 8274 ta holat qayd etilgan, 92 nafar inson kasallikdan vafot etgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham Ramazon oyi yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan musulmonlarga murojaat qilib bu boradagi tavsiyalarini bergan. Jumladan, ularga ijtimoiy masofani saqlab, oraliqning 2 metr bo‘lishini ta’minlash, ommaviy joylarda muloqotni cheklash va omma ko‘p to‘planadigan yerlarga bormaslik, chilim chekishni qisqartirish va boshqa maslahatlar berilgan.  OAV: Saudiya Arabistonida 150 nafardan ortiq shahzoda koronavirus yuqtirib olgan 7-aprelda Saudiya Arabistoni Ramazon oyida masjidlarni ochishni rejalashtirmayayotgani aytilgan, 13-aprel kuni Ramazon oyida Saudiya Arabistonida taroveh namozlari uyda o‘qilishi haqida fatvo berilgani xabar qilingan, keyinchalik shu kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilindi. 18-aprel kuni Tojikistonda masjidlar yana yopilgani, juma va taroveh namozlari masjidlarda o‘qilmasligi, ushbu choralar koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
2Dunyo
Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlarida bolalar qanday o‘yinchoq o‘ynaydi Dunyoda turli xil millatlari yashagani kabi, ularning har biri o‘z an’anasiga, tarixiga va mentalitetiga ega. Ularning hammasi bir-biridan ham tashqi ko‘rinishi bilan, ham hayot tarzi va fikrlashi bilan tubdan farq qiladi. Faqatgina bolalar millati, yashash joyi va turmush darajasidan qat’iy nazar bir narsani xohlaydi — ular o‘ynagisi keladi. Ammo ularning o‘yinchog‘i har xil. Bir kuni Anna Rosling Ryonnlund ismli qiz dunyoning turli mamlakatlaridagi daromadi har xil bo‘lgan fuqarolar qanday yashashiga qiziqdi. Keyin esa Dollar Street loyihasini amalga oshirdi. Loyiha doirasida fotograflar dunyoning barcha burchaklariga yuborildi. U yerdan esa haqiqiy hayot tasvirlangan suratlarni olib keldi. Travel Ask loyiha davomida turli mamlakat bolalari qanday o‘yinchoq o‘ynashi aks etgan suratlarni taqdim etdi. Tailand Tunis Janubiy Koreya Zimbabve Nepal Kolumbiya Burkina-Faso Kamerun Shvetsiya Gaiti Bolgariya Braziliya Kolumbiya
3Foto
Rossiya 18 ta mamlakat sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan “Soyuz” raketasini uchirdi (video) Rossiyaning bortida 38 ta kosmik qurilma bo‘lgan “Soyuz-2.1a” raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi, deb yozadi “RBK” “Roskosmos” davlat korporatsiyasiga tayanib. “Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan dunyoning 18 mamlakatiga tegishli 38 ta kosmik qurilma ortilgan ‘Soyuz-2.1a’ ‘Fregat’ tezlashtiruvchi bloki bilan start oldi”, — deyiladi xabarda. Keyinroq “Soyuz”dan uchta tabaqaning barchasi muvaffaqiyatli ajralib chiqqan. Первое включение и выключение двигательной установки разгонного блока «Фрегат» прошло штатно.А пока давайте посмотрим повтор этого красивого пуска @gk_launch ? pic.twitter.com/rL4JSEQ3to — РОСКОСМОС (@roscosmos) March 22, 2021 Raketaning asosiy yuki — Janubiy Koreyaning CAS500-1 sun’iy yo‘ldoshi. Shuningdek, u Yaponiyaning “kosmik chiqindi”ni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan ELSA-d qurilmasini va GRUS seriyasidagi Yerni masofadan turib zondlash sun’iy yo‘ldoshlarini, Saudiya Arabistonining Yer tasvirlarini olish va aloqani ta’minlash uchun NAJM-1 qurilmasini, Berlin texnika universiteti va Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi ilmiy-tadqiqot instituti sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga olib chiqadi. Qurilmalar uchta quyosh-sinxron orbitalarga chiqariladi. Fevral boshida Rossiyada “Soyuz-2.1b” tashuvchi raketa koinotga uchirilgan, u harbiy sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqan edi. 28-fevral kuni esa Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Soyuz-2.1b” tashuvchi raketasi Arktika mintaqasida iqlim va atrof-muhitni monitoring qilish uchun mo‘ljallangan “Arktika-M” kosmik qurilmasi bilan birga uchirilgan edi.
2Dunyo
Konfederatsiyalar Kubogi—2017 ning rasmiy to‘pi “Krasava” deb ataldi 2017-yilning 17-iyun kuni start olib, 2-iyulga qadar davom etadigan Konfederatsiyalar Kubogi musobaqasi uchun ishlab chiqariladigan maxsus to‘p “Krasava” nomini oldi, deb yozdi “Chempionat”. Avvalroq Jahon Chempionati—2018 timsoli sifatida “Zabivaka” nomli bo‘ri tanlangandi. Nashrning “R-Sport”ga asoslanib ma’lum qilishicha, Konfederatsiyalar Kubogi uchun qur’a tashlash marosimi 26-noyabr kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirda JCh mezboni sifatida Rossiya, amaldagi mundial chempioni sifatida Germaniya, shuningdek, o‘z qit’asida tengsiz bo‘la olgan Chili, Meksika, Avstraliya, Portugaliya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar ishtirok etadi. Konfederatsiyalar Kubogi uchun chiptalar savdosi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning ilk kunida 30 mingta chipta sotib bo‘lingan.
13Sport
Komil Allamjonovga o‘rinbosarlar tayinlandi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosarlari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. Unga ko‘ra, mehnat faoliyatini​ «Jahon» axborot agentligida boshlagan​, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasida press-attashe​ lavozimida ishlagan Avazbek Xojimetov agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U shunga qadar Prezident matbuot kotibi, Prezident matbuot xizmati Axborot-tahlil ishlari bo‘yicha sektori mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. ​A. Xojimetov Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida davlat axborot siyosatini amalga oshirish, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta'minlash, axborot tahlili hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish uchun mas'ul bo‘ladi. Agentlik direktorining boshqa o‘rinbosari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Media markazida Bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan Nargiza Rahimova tayinlandi. Shuningdek, "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi​ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan G‘ayrat Bozorov endilikda agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida ish boshlaydi.  Bozorov Agentlik direktorining o‘rinbosari sifatida litsenziyalash va nazoratni tashkil etish, nashriyot-matbaa sohasi, kitob savdosi va axborot kutubxona resurslari faoliyatini rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish uchun mas'ul bo‘ladi.
8O‘zbekiston
GM Uzbekistan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda GM Uzbekistan 25-yanvardan mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni olish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazishni boshlaydi, deb xabar qildi O‘zbekiston-Amerika QK matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga. "2017-yil O‘zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. O‘zbekiston rahbariyati aholi hamda tadbirkorlar duch kelayotgan mavjud muammolarni hal etish vazifasini qo‘ydi", — deya qayd etadi kompaniya. So‘rovnoma 3-fevralga qadar davom etadi. So‘rovnoma davrida kelgan barcha taklif va tavsiyalar tahlil etilib, GM Uzbekistan faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha reja-dastur qabul qilinadi. Hukumat darajasida qaror qabul qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqish uchun mamlakat rahbariyatiga yuboriladi. GM Uzbekistan barchani mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etish hamda mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish borasidagi takliflarni quyidagi so‘rovnoma orqali kiritishini so‘raydi: o‘zbek tilida; rus tilida.
4Iqtisodiyot
Pokiston O‘zbekistonga mol go‘shti yetkazib berishni boshladi Pokiston O‘zbekistonga halol mol go‘shtining birinchi partiyasini jo‘natdi, deb yozdi Spot mahalliy Business Recorder nashriga tayanib. 9 mart kuni Karachidan taxminan 40 ming dollarlik 18 tonna go‘sht solingan muzlatgich-konteyner jo‘nab ketdi. Yuk Toshkentga kelasi hafta yetib kelishi kutilmoqda. Yuk Pokistonning Shaheen Group va Pyramid Logistics kompaniyalari tomonidan jo‘natilgan. Jo‘natish marosimida Shaheen rahbari Malik Sher Xon mart oyida O‘zbekistonga yana 50 konteyner (jami 900 tonna) go‘sht jo‘natilishini aytdi. Kelgusi oylarda go‘sht eksporti ortadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston O‘zbekiston bozoriga yaqinda, imtiyozli savdo to‘g‘risida bitimlar tuzilganidan so‘ng va tovar ayirboshlash hajmi ko‘payganidan so‘ng diqqat bilan qaray boshlagan. Pyramid Logistics kompaniyasi direktori Navid Marvat O‘zbekiston bozorining Pokiston go‘shti uchun katta salohiyati borligini qayd etdi. 4 mart kuni ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi va tranzit savdo to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon transafg‘on temir yo‘lini yanada rivojlantirishga kelishib oldi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlovchi qarorni imzolagandi. O‘zbekiston bir necha yildan buyon transport yo‘nalishlari va eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish choralarini ko‘rmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘lining ahamiyati haqida bir necha bor gapirgan. Uning qayd etishicha, O‘zbekiston Rossiya yoki Qozog‘iston orqali mahsulot eksport qilishi kerak edi. Transafg‘on temir yo‘li ishga tushirilishi bilan O‘zbekiston Pokistonning Karachi va Gvadar portlariga chiqish niyatida, qo‘shni davlatlar esa o‘zbek mahsulotlari tranziti uchun tariflarni pasaytira oladi. «Agar bu bozorga kira olsak, dengiz portlari orqali boshqa bozorlarga ham kira olamiz», — dedi prezident. Spot nashrining yozishicha, 2021 yilning noyabrida O‘zbekistondan ilk tranzit yuk Pokistonga yetib kelgan. Pokiston tomoni buni «yangi hamkorlik davrining boshlanishi» deb ta’riflagan. Ko‘p o‘tmay Pokiston O‘zbekistondan yuk tashuvchilar uchun bojxona tartiblarini soddalashtirdi. Jumladan, yuk mashinalari mamlakatga kirish to‘lovi bo‘yicha garov puli to‘lamasdan kirishi mumkin. Bu Gvadar, Karachi va Qosim portlari orqali kiruvchi va chiquvchi yuklarning tranzitini kengaytiradi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida Pokiston O‘zbekistonga oziq-ovqat eksport qiluvchi davlatlar orasida 6,1 mln dollarlik (o‘sish 7,5 barobar) mahsulot eksport qilgan holda 5-o‘rinni egalladi. Xususan, kartoshka yetkazib berish 23,5 baravarga oshib, 3,3 mln dollargacha, mandarin yetkazib berish esa 5,8 barobarga o‘sib, 2,69 mln dollargacha yetdi. Oliy Majlis Senatining budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev 2021 yilning kuzida aholining chorvachilikka bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun mamlakatda tibbiyot me’yorlarga muvofiq 1,5 mln tonna (bir kishi boshiga yiliga 42,8 kilogramm) go‘sht zarurligi haqida ma’lumot bergandi. 2021 yilda 1,4 million tonna ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi, bu 2020 yilga nisbatan 4 foizga ko‘pdir. «Bu miqdor aholi iste’moli talabining 93 foiziga teng. Demak ehtiyojning qolgan qismi import go‘sht hisobidan qoplanishi kerak», — degan edi u. 2021 yilning 11 oyi davomida O‘zbekiston 27,6 ming tonna go‘sht import qildi, shundan 67 foizi yoki 18,7 ming tonnasi Belarus hisobiga to‘g‘ri keldi. Qozog‘istondan 4200 tonnaga yaqin , Ukrainadan — 2600 tonna go‘sht import qilingan. Prezident qarori bilan 2022 yil 31 dekabrga qadar besh turdagi tovarlar, jumladan, go‘sht, sariyog‘, un va sovun importi uchun bojxona to‘lovlari stavkalari nolga tushirildi. 30 aprelga qadar go‘sht, sariyog‘, kartoshka, chorva mollari va baliqlarni import qilishda ham QQS stavkasi nolga teng bo‘ladi.
4Iqtisodiyot
«Saylovdan bir kun avval targ‘ibot materiallarini yig‘ib olish majburiy emas, lekin yangisini tarqatish taqiqlanadi» - MSK Bu haqda MSKning bugun, 17 sentabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida eslatildi. «2019 yilgacha nomzodlarning tashviqot materiallarini saylovga bir kun qolganda yig‘ib olish majburiyati bor edi. Bu siyosiy partiyalar uchun ham, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun ham katta qiyinchilik tug‘dirardi. Chunki tashviqot tadbirlari kechki payt tugaydi va ertasiga ovoz berish boshlanishi kerak. Dunyo amaliyotida bu kabi materiallar saylov kuni ham, u o‘tgach ham turadi. Shuning uchun 2019 yildan boshlab bu amaliyotdan biz ham voz kechganmiz. Demak, siyosiy partiyalarda saylov oldidan plakatlarni yig‘ib olish majburiyati yo‘q. Lekin saylovga bir kun qolganda qo‘shimcha targ‘ibot materiallarini tarqatish, ilib qo‘yish taqiqlanadi. Hozir saylovchilar saylov bo‘yicha eng katta ma'lumotni qayerdan oladi? Ijtimoiy tarmoqlardan. Mantiqan olsak, biz ijtimoiy tarmoqlardan ham barcha materiallarni yig‘ib olishimiz kerak bo‘lardi, lekin buning iloji yo‘q. Shu nuqtayi nazardan olganda, saylovoldi targ‘ibotlarning turishi qonunga zid emas», – deya Markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatov so‘zlarini keltirdi Kun.uz muxbiri. Ma'lumot uchun, MSKning bugun o‘tkazilgan majlisi qarori bilan prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boshlanishi belgilandi.
8O‘zbekiston
Bayram kunlari Samarqandga 47 ming so‘mga uchib ketish mumkin “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent — Samarqand va qaytish yo‘nalishi bo‘ylab reklama tariflarining amal qilishini 2015-yilning martiga qadar uzaytirdi. Bu haqda kompaniya vakillariga asoslangan “Podrobno.uz”ga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda. Shunday qilib, bir tomonga mo‘ljallangan “ekonom-klass” chiptasi narxi 47 ming 803 so‘m qilib belgilangan. Chet el mamlakatlari fuqarolari uchun esa chipta narxi 19,4 dollar qilib belgilangan. Reklama aksiyasi doirasidagi so‘nggi reys 2015-yil 27-mart kuni soat 6:55 da Toshkentdan Samarqandga amalga oshiriladi. Samarqanddan 28-mart kuni tonggi 8:15 yoki 29-mart kuni kechki soat 19:20 dagi reys bilan Toshkentga qaytish mumkin bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Toshkentdan Nurafshonga qadar metro qurish rejalashtirilmoqda Toshkentdan Nurafshonga — Toshkent viloyatining ma’muriy markaziga — metropoliten tarmog‘ini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 19 fevral kuni viloyat ma’muriyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov ma’lum qildi. Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Nurafshondagi viloyat hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ishtirok etdi «Yaqin istiqbolda Nurafshon shahriga metro qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, — dedi Ochilboy Ramatov. — Shuningdek, infrastrukturani rivojlantirish masalalari bo‘yicha ayni paytda viloyat hokimligi bilan qat’iy ish olib borayapmiz. Ichimlik suvi, yo‘l qurilishi, kommunikatsiya va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar jadal davom etmoqda». 2017 yil yozida Nurafshon shahri (sobiq To‘ytepa) Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilangan edi (ilgari viloyatning ma’muriy markazi bo‘lmagan). Viloyat hokimligi bu yerga Toshkentning markazidan ko‘chirildi. Hozirda shaharni to‘liq qayta qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. U O‘zbekistonning birinchi «aqlli» shahriga aylanishi kutilmoqda.
5Jamiyat
Xizmatda boʻlmasangiz – mol-mulkni хatarga qoʻymang Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 apreldagi 234-son Qarori bilan Ichki ishlar organi хodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Belgilanishicha, ichki ishlar organi хodimi yoki uning yaqin qarindoshlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, bolalari, eri-хotini, shuningdek eri-хotinining ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni хodimning хizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi. Zararni qoplash masalasini oʻrganish boʻyicha ichki ishlar organlarida doimiy komissiyalar tuziladi. Zararni qoplash masalasini hal qilish uchun ichki ishlar organining kadr хizmati 3 kun ichida komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Komissiya hujjatlarni 15 kun ichida koʻrib chiqadi. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha zararni qoplash yoki buni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va 3 kun ichida manfaatdor shaхslarga yetkaziladi. Zararning haqiqiy summasini aniqlash ichki ishlar organi tomonidan baholash tashkilotini jalb qilgan holda mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaхsning ishtirokida amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar naqd yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Zarar natura shaklida teng mulkni berish, shikastlanganini ta’mirlash yoki boshqa koʻrinishlarda qoplanishi mumkin. Yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha tegishli qaror qabul qilingandan soʻng ichki ishlar organlari tomonidan 10 kun ichida manfaatdor shaхslarga yetkazilgan zarar qoplab berilishi lozim. Zararni qoplagan ichki ishlar organi aybdor yuridik yoki jismoniy shaхslardan ushbu summalarni undirish choralarini koʻradi. Ichki ishlar organi moliya хizmati tomonidan zarar qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomasi, chiqim kassa orderlari, toʻlov vedomostlari, hisob-faktura va boshqalar) nusхalari 2 kun ichida ichki ishlar organining yuridik хizmatiga yuboriladi, yuridik хizmat tomonidan aybdor shaхslarga nisbatan 10 kun ichida da’vo kiritiladi. Aybdor shaхslar mavjud boʻlganda ichki ishlar organining yuridik хizmati: Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 1 mayda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini  ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV  tayyorladi.
10Qonunchilik
Samvel Babayan oldiga O‘zbekiston termasini JCh—2018’ga olib chiqish vazifasi qo‘yildi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Samvel Babayan “Interfutbol” nashriga intervyu berdi. - Samvel aka, avvalambor mazkur mas’uliyatli lavozimga tayinlanganingiz bilan tabriklaymiz… - Tabrik uchun rahmat. Ammo, bilasizmi, shaxsan men uchun ham bu taklif va qaror kutilmagan bo‘ldi. Terma jamoalar murabbiylari Kengashida qilingan qaror va O‘FF prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonovni ishonchi menga katta kuch bag‘ishladi. Shuning uchun ham bunday og‘ir vazifani o‘z bo‘ynimga olishga jazm etdim. O‘ylaymanki, bu mas’uliyatli ishni menga ishonishgan ekan, bor imkoniyatimni ishga solishga harakat qilaman. - O‘FF bilan tuzilajak shartnomangi muddati qanchani tashkil qiladi? - Bu borada ish olib borilmoqda. Shartnoma muddati esa ish jarayonida aniqlanadi. Yoki belgilangan vazifalarni qanchalik bajarilishiga qarab shartnoma muddati o‘zgarib boradi. Bu zamonaviy futbolning bir ko‘rinishi. - Sizning oldingizga qanday vazifalar qo‘yildi? - Avvalambor, jangovor ruhdagi milliy terma jamoamiz JCh—2018 (OK—2019) saralash guruhida birinchi o‘rinni egallashi lozim. Ikkinchidan, bosh jamoamiz Rossiyada o‘tkaziladigan JCh final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi kerak. Olimpiya va yoshlar termalarimiz bosh jamoamizning kelajagi sifatida ularni doimiy tarzda kuzatib borishim ham talab etilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda barcha termalar uzviy tarzda bog‘langan holda faoliyat ko‘rsatadi. - Demak, mazkur vazifalarni bajarishga ishonasiz...? - Albatta, men terma jamoamizga ishonaman. Termamizda mahoratli va tajribali futbolchilar jamlanishgan. Aksariyat futbolchilarimiz, xususan Ahmedov, Denisov, Haydarov, Ismoilov, Sergeyev kabilar hozirda ayni kuchga to‘lgan paytlari hisoblanadi. Ular atrofidagi ajoyib hujumkor jamoa o‘yinini takomillashtirib borsak bo‘lgani. Albatta, bu borada menga barcha terma jamoalar murabbiylari, Oliy liga klublarining ustozlari, xullas futbol jamoatchiligi yaqindan ko‘mak beradi, deb o‘ylayman. Barcha hamkasblarimni fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda ish yuritsak albatta maqsadga erishamiz. Shuningdek, Siz jurnalistlar ham bu borada menga yordam berishingizni iltimos qilib qolaman. O‘rinli tanqid har doim ham foydali hisoblanadi va men buni to‘g‘ri, samimiy qabul qilaman hamda bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishga intilaman. Lekin o‘rinsiz tanqidlar har doim ham, har qanday kishini ruhan va jismonan holdan toydiradi. - Terma jamoa murabbiylar shtabi xususida… - Hozircha menga yagona yordamchi Ravshan Haydarov tasdiqdan o‘tdi. Yaqin kunlarda esa terma jamoa rahbariyatining tarkibi ommaga e’lon qilinadi. - “Paxtakor” jamoasida sizning vorisingiz kim bo‘ladi, aniqrog‘i yangi bosh murabbiy haqida so‘zlab bersangiz... - Oliy liga birinchi davra oxirigacha “Paxtakor”da yangi bosh murabbiy ish boshlaydi. Hozircha mazkur lavozimga kim tayinlanishi xususida aniq nomni aytolmayman.
13Sport
Namanganda kelinini urib, yuzini ko‘kartirgan qaynona javobgarlikka tortildi Namangan viloyatida o‘tgan yil mobaynida ayollar ishtirokida sodir etilgan huquqbuzarliklar 6599 tani tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 383 taga yoki 6,2 foizga ko‘paygan. Bu haqda jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumani chog‘ida viloyat ma’muriy sudi raisi Salohiddin Tursunov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri. Sud raisining qayd etishicha, ushbu huquqbuzarliklarning 21,8 foizini haqorat qilish, 21,9 foizini mayda bezorilik, 11,6 foizini esa yengil tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq holatlar tashkil etgan. Masalan, o‘tgan yil dekabr oyida Namangan tumanida yashovchi ayol yashash xonadonida kelini bilan gap tortishib qolganidan so‘ng uni urib, yengil tan jarohati yetkazadi. Kelinning otasi qizidan xabar olish uchun borganida yuzini ko‘karganini ko‘rib, darrov shifoxonaga olib boradi va tuman IIBga murojaat qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol oldinroq ham kelinini urib, qovurg‘asini sindirib qo‘ygan ekan. Tuman ma’muriy sudi ushbu ishni ko‘rib chiqib, unga nisbatan jarima jazosi tayinlagan. Viloyat ma’muriy sudining yakunlangan yildagi amaliyotida ijobiy ko‘rsatkichlar ham kuzatilgan. Jumladan, o‘tgan yili voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilgan huquqbuzarliklar 2018-yilga nisbatan 63 taga yoki 38,5 foizga kamaygan. Bunda ma’muriy sudlarning Yoshlar ittifoqi mahalliy kengashlari bilan tig‘iz hamkorligi salmoqli ta’sirini ko‘rsatgan.
8O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda 3000 dan ortiq rahbar ayol borligi ma’lum bo‘ldi Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 250 nafardan ziyod xotin-qiz turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga 8 nafar, shahar va tuman Kengashlariga 76 nafar xotin-qiz deputat etib saylangan. 165 nafar olima ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilmoqda.  Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2013-yilda xotin-qizlar uchun qariyb 21 ming yangi ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda 8 800 ga yaqin ayol tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda. O‘tgan yilda 1 298 nafar tadbirkor ayolga 27,538 milliard so‘mdan ziyod kredit mablag‘i ajratilib, 2 382 yangi ish o‘rni yaratildi.
8O‘zbekiston
Word'ni doskada chizishga majbur bo‘lgan o‘qituvchi Microsoft’dan sovg‘a oladigan bo‘ldi Fevral oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Ganadagi kichik qishloqda dars beruvchi informatika o‘qituvchisi Richard Akotoning suratlari tarqab ketdi. Mahalliy boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida kompyuterdan foydalanish imkoni yo‘q, shuning uchun afrikalik o‘qituvchi doskada Microsoft Word nusxasini turli rangdagi bo‘r bilan batafsil chizib ko‘rsatgan. Akotoning Quartz bilan suhbatda ta'kidlashicha, har bir darsda doskada turli dasturlarni chizadi, bu ularni bolalarga ko‘rsatish uchun qilinadi. O‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, u mashhur bo‘lib ketishini kutmagan edi: Feysbuk foydalanuvchilari unga maktab uchun pul va texnika taklif qila boshlashdi. 27 fevral kuni bu o‘ziga xos harakatga Microsoft ham qo‘shildi – kompaniya Akotoga kompyuter yuborish va ta'lim dasturlaridan foydalanish imkonini taqdim etishga va'da berdi. Qishloqda to‘laqonli ta'lim uchun bitta emas, balki 50 ta kompyuter kerak. O‘qituvchi taklifni qabul qildi, biroq Gana qishlog‘idagi sinfga to‘laqonli ish uchun taxminan 50 ta qurilma kerak ekani, bitta kompyuter esa ko‘p narsani o‘zgartirmasligini alohida qayd etib o‘tdi. Akotoning bosh maqsadi – bolalarni informatika bo‘yicha milliy imtihonga tayyorlash, u yerda badavlat shaharlar va qishloqlardan bo‘lgan bolalar bir xildagi masalani yechishiga to‘g‘ri keladi. «Butun umri davomida to‘xtovsiz ravishda kompyuterdan foydalangan va kompyuter sichqonchasini ilk marta ko‘rgan odamni o‘zaro taqqoslash mumkin emas», - deya ta'kidlab o‘tdi ganalik.
2Dunyo
Koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan 21 mln aholidan qariyb 5 foizi to‘liq emlandi — Nurmat Otabekov Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida vaksinatsiya jarayonlari haqida ma’lumot berdi. «Biz shu kunga qadar 1 mln 34 ming kishini koronavirusga qarshi to‘liq emlab bo‘ldik. Shu paytgacha vaksina olgan aholining soni 6 mln dan oshdi (SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 22 iyul holatiga ko‘ra vaksinaning birinchi dozasi bilan emlanganlar soni bundan ancha kamroq, ya’ni 3 mln 779 ming 709 kishini tashkil etadi — tahr.). Albatta, 6 mln dan ortiq emlanganlar orasida bir marta, ikki marta, uch marta emlanganlar mavjud», — deydi u. Ta’kidlanishicha, mutaxassislar, Respublika maxsus komissiyasi hamda SSVning bevosita rahbarligida amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, 21 mln aholini emlash rejalashtirilmoqda. «Hozirgi kunda kelib 21 mln aholining 4,9 foizini emlash bilan qamrab oldik», — deya qo‘shimcha qiladi Nurmat Otabekov. Aytilishicha, O‘zbekistonda bugungi kunda 4,1 mingta emlash punktlari faoliyat ko‘rsatyapti. Mazkur punktlarda bir kunda bitta punktda 19 kishi emlanmoqda. «Aslida esa, imkoniyatimiz kuniga 70 odamni emlashga yetadi», — deya ta’kidladi Otabekov. Ma’lumot uchun, 22 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 5 mln 945 ming 130 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan: Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 3 779 709 kishiни tashkil etmoqda. 14 iyul kuni Nurmat Otabekov O‘zbekiston bo‘ylab emlash tadbirlari uchun yaratilgan imkoniyatlarning teng yarmidan foydalanilayotgani haqida aytgan edi. U har bir bir emlash punktida kuniga 36 nafar fuqaro vaksina olayotganligi, rejada esa 70 kishi emlanishi kerak bo‘lganligini ta’kidlagandi. Shuningdek, avvalroq Nurmat Otabekov aholini COVID-19ga qarshi majburiy emlash g‘oyasini to‘g‘ri deb hisoblashini ma’lum qilgan edi.
11Salomatlik
“Chelsi” Yevropa Ligasi rekordini o‘rnatdi “Chelsi” Yevropa Ligasi yarim finalining javob o‘yinida “Ayntraxt”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi (2:2, penaltilar seriyasi — 4:3). Coral’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, bu London klubining mazkur musobaqada ketma-ket 17 ta uchrashuvdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi hisoblanadi (14 ta g‘alaba, 3 ta durang). Natijada “aristokratlar” ushbu ko‘rsatkichni qayd etgan musobaqa tarixidagi dastlabki jamoa bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 29-may kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan final bahsida Londonning boshqa bir klubi “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Shavkat Mirziyoyev: Qoraqalpog‘istonga qarsak uchun emas, ishlash uchun, xalqning ko‘zini ko‘rish uchun keldim Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukusda Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, shahar va tumanlari sektor rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etmoqda. Prezident hududda hali jiddiy muammolar ko‘pligini, sanoatni rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar yetarli emasligini ta’kidladi. —Bu yerga qarsak uchun emas, ishlash uchun, xalqimiz ko‘zini ko‘rish uchun keldim, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlari oyog‘imizga kishan. Ishga kirgan bitta xotin-qizning baxtini tasavvur qilasizlarmi? Yoshlarni kim yetaklaydi, to‘g‘ri yo‘nalish beradi? Mo‘ynoq misolida ko‘rdilaringiz. Odamlarning ko‘zlarida “qilsa bo‘lar ekan-ku” degan nur bor. Lekin endi bu tarix. Hamma tumanlarda shunday o‘zgarishlar qilish kerak. Birinchi yarim yillikda Qoraqalpog‘istonda sanoat ishlab chiqarish hajmi atigi 0,5 foizga o‘sgani, Taxtako‘pir, Shumanay, Nukus, Chimboy, To‘rtko‘l, Kegayli tumanlarida sanoat deyarli yo‘qligi tanqid qilindi. Xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik rivoji ham sustligi ko‘rsatib o‘tildi. — Oxirgi uch yil mobaynida tub islohotlar natijasida ko‘plab sohalarni erkinlashtirdik, ularning rivojiga xalaqit bergan cheklovlarni bekor qildik. Qoraqalpog‘istonda ham har bir sektor rahbari cheklovlarni bekor qilaman, tadbirkorga xizmat qilaman, degan qoida, shior bilan ishlashi kerak, — deya ta’kidladi Prezident.
8O‘zbekiston
ROSSIYa O`ZBEKISTON BILAN YILQIChILIK VA OT SPORTI SOHASIDA HAMKORLIK QILADI Rossiya ot sporti federasiyasi prezidenti Marina Sechina hamda O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi o`rinbosari Eldor Anorboev o`zaro hamkorlik to`g`risidagi kelishuvga imzo chekdilar. Rossiya hamda O`zbekiston o`rtasida qaror topgan chuqur tarixiy an`analar inobatga olingan holda qabul qilingan ushbu hujjat har ikki mamlakatda ham ot sportini rivojlantirish yo`lida muhim qadamga aylanishi, shubhasiz. O`zaro hamkorlik doirasida O`zbekiston va Rossiya hududida ot sportini har tomonlama rivojlantirish hamda qo`llab-quvvatlash, sohaga zamonaviy ish uslublarini tatbiq etish hisobiga ot sportida erishiladigan muvaffaqiyatlarni ko`paytirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining barcha yosh toifasini ushbu sport turiga keng jalb etish, nasldor va sport yilqichiligini ravnaq toptirish asosiy vazifalar sifatida belgilab olindi. Qolaversa, xalqaro musobaqalar tashkil qilish, mutaxassislar tayyorlash, moddiy-texnika bazani yaratish borasida qator ishlarni bajarish rejalashtirilmoqda. Dastlabki qo`shma loyihani esa shu yilning yoz mavsumida amalga oshirish ko`zda tutilgan.
13Sport
Peruda 10 dan ortiq odamlar ovqatdan zaharlanish natijasida hayotdan ko`z yumdi Peruda 10 dan ortiq odamlar ovqatdan zaharlanish natijasida hayotdan ko`z yumdi, deb xabar bermoqda RT.com nashri. Voqea Andes viloyatida dafn marosimi vaqtida ro`y bergan. Marosimga kelgan mehmonlarda birin-ketin kasallik alomatlari kuzatilib, shifoxonaga etkazildi. Hodisa tufayli kamida 10 kishi halok bo`lgan, yana o`nlab odamlar zaharlangan. Og`ir ahvolda qishloq kasalxonasiga etkazilganlar shahar markaziga olib o`tildi. Sog`liqni saqlash vazirligi o`tkazgan tekshirish natijasiga ko`ra, ular iste`mol qilgan mahsulotlardan o`simliklarni zararlantirishda ishlatiladigan pestisíd kimyoviy moddasi borligi aniqlangan. Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan oyda ham shu kabi holat sodir bo`lgan edi. Endilikda mazkur hodisa yuzasidan tergov ishlari olib boriladi.
2Dunyo
Notariuslar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar shakllarini tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Notariuslar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar shakllari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: notariuslar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar shakllari “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma’lumotlardan foydalangan holda to‘ldiriladi va har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasiga elektron shaklda taqdim etiladi; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi statistik ma’lumotlarning “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma’lumotlar bilan muvofiqligi, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasiga taqdim etilishi uchun mas’uldir. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan kelishilgan. 6. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Germaniyada favqulodda holat joriy qilindi Germaniyaning janubiy hududlarida noqulay ob-havo sharoiti tufayli favqulodda holat tartibi joriy qilindi, deya xabar bermoqda Rambler nashri. Mintaqadagi barcha o`rta maktablarda darslar bekor qilindi. Temiryo`llarda ham poezdlar harakati sekinlashgan. Ayrim reyslar esa noma`lum muddatga bekor qilindi. Yo`l transport hodisalari bilan bog`liq hodisalar soni esa tobora ortib bormoqda. Joylarda qisqa muddat ichida yoqqan qorning qalinligi yarim metrdan oshgan.
2Dunyo
Surxon qo‘riqxonasida mehmonxona qurishga noqonuniy ravishda yer ajratilgani ma’lum bo‘ldi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi O‘rol Boboqulovning Surxon davlat qo‘riqxonasining biologik xilma-xilligi va uning noyob ekotizimini xavf ostiga qo‘ygan noqonuniy harakatlari to‘g‘risida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”. Qayd etilishicha, 30-iyun kuni tuman hokimi tadbirkor B.Eshboyevga (“Ko‘xitang sharsharali bog‘lari” kompaniyasi) qo‘riqxona hududidan mehmonxona qurishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan. Vaholanki davlat qo‘riqxonasi hududida nazorat qilinuvchi ilmiy izlanishlardan tashqari har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan. Ular Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kengashining (IUCN) I toifasi qo‘riqlanuvchi hududlaridan hisoblanadi. “Mazkur harakatlar O‘zbekiston Respublikasining ‘Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida’gi qonunining qo‘pol ravishda buzilishidir. Qo‘riqxona muhofaza qilinadigan umumdavlat ahamiyatiga ega tabiiy hudud hisoblanadi. Uni tashkil etish, hududini o‘zgartirish va qayta tashkil etish bilan bog‘liq barcha qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi darajasida qabul qilinadi”, — deya ta’kidladi Davlat ekologiya qo‘mitasi vakili. Davlat ekologiya qo‘mitasi tuman va viloyat hokimiyatlari, shuningdek, Sherobod tuman prokuraturasiga qonunbuzarlik to‘g‘risida ma’lumot yubordi. “Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Sherobod tuman hokimiyatiga murojaat qildi. tuman hokimiyati murojaatni inkor etmoqda. So‘ngra boshqarma bizga (Davlat ekologiya qo‘mitasiga) murojaat qildi. Biz noqonuniy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rasmiy xat bilan tuman va viloyat hokimiyatlariga chiqdik”, — deya xabar qiladi qo‘mita. Munosabat bo‘lmagani sababli 10-avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari Surxon qo‘riqxonasiga borib, hokim qarorining qonunga zid ekanini tushuntirish uchun tadbirkor va Kadastr boshqarmasi vakillari bilan uchrashgan. So‘ngra ular Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov bilan uchrashgan. Uchrashuvda O‘zbekiston qator xalqaro biologik bitim va konvensiyalar, jumladan, BMTning biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyasi ishtirokchisi ekani qayd etilgan. Mamlakat o‘z majburiyatlari doirasida birinchi navbatda bioxilma-xillikni saqlashga mo‘ljallangan muhofaza qilinuvchi tabiiy hududlar maydonini oshirishi va ushbu maqsadda davlat qo‘riqxonalarini tashkil etishi borasidagi vazifalarini bajarishi lozim. Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ushbu masalaning tez orada yechimini topishi ma’lum qilingan.
8O‘zbekiston
Gulistonda kredit mablag`ini o`zlashtirgan soxta eksportchi aniqlandi Departamentning Guliston tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B” MChJ rahbari F.X. tanishi J.N. bilan oldindan o`zaro jinoiy til biriktirib jinoyat sodir etgani aniqlandi. U o`zi rahbarligidagi “B” MChJ nomiga “qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olish va eksport qilish” uchun bank muassasasidan ajratilgan 1 mlrd. so`m kredit mablag`larini belgilangan maqsad uchun sarflamasdan naqdlashtirish orqali foydalanib yuborganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
6Jinoyat
Huquqshunos: Rossiyadagi elchixona bilan bog‘liq qator muammoli masalalar bor KUN.UZ Moskva shahrida “LeksMobayl” yuridik firmasiga asos solib, mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatib kelayotgan Botirjon Shermatov bilan suhbat qildi. Muloqot davomida Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi va u bilan bog‘liq masalalar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. “O‘zbekiston elchixonasi bilan bog‘liq masalalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, biz mobil dastur ishlab chiqilishini so‘ragan bo‘lardik. Unda kerakli bo‘lgan tillarda zarur ma'lumotlar tezkorlik bilan berilib turilsa yaxshi bo‘ladi. Bizda elchixonada rasmiylashtiriladigan hujjatlar bilan bog‘liq muammolar bor. Bitta misol: chetda pasportini yo‘qotgan, u yaroqsiz holga kelgan yoki uning muddati tugagan fuqarolarimiz vatanga qaytish uchun vaqtinchalik guvohnoma olishadi. U bir oy muddatga beriladi. Shu narsani olishda juda ko‘plab muammolar bor. Birinchi navbatda – narxi. Hozirgi kunda O‘zbekiston elchixonasida shunday guvohnomani olish 55 dollar turadi. Qirg‘izistonda 35 dollar, Tojikistonda esa 10 dollar ekan. O‘rtadagi tafovut katta. Bundan tashqari, ularda bu narsani rasmiylashtirish oson. Bizda esa qiyin. Elchixonani saytida qaysi hujjatlar kerakligi yozilgan, ammo qancha muddatda qilinishi yozilmagan. Shuningdek, guvohnomani olish uchun kerak bo‘lgan hujjatlarning ichida fuqaro pasportini olgan bo‘linmadan ma'lumotnoma taqdim etishi kerak, degan joyi bor. Bu bilan doimiy muammolar bor. Bu narsa konsullik bo‘limining o‘zining qo‘lidagi ish, odamlarni qiynamasdan shu narsalar qilinsa, ancha kishilarning vaqti sarsongarchilikdan qutilardi.  Yaqinda Moskvadagi deportatsiya bo‘lgan xorij fuqarolarini vaqtinchalik ushlab turish joyiga bordik. Bu yerda O‘zbekistonning 200 dan ortiq fuqarosi bor ekan. U yerda bir muammo bor - odamning o‘zida chipta olishga mablag‘i bo‘lmasa, davlat tomonidan pul ajratilishini kutishga majbur. Bu esa cho‘ziladigan jarayon. Bundan tashqari, u yerda pasporti yo‘q odamlar ham bor. Ular uning fuqaroligini tasdiqlatish maqsadida O‘zbekiston elchixonasiga so‘rov yuboradi. Bizning elchixonamiz esa o‘sha tashkilot tomonidan 55 dollar to‘lanmaguncha o‘sha guvohnomani bermay turgan ekan. Ularning aytishicha, hozirgi kunda faqatgina O‘zbekiston, Turkmaniston va Afrikaning bir davlati elchixonasi o‘z fuqarolari uchun pul talab qilar ekan. Boshqa davlatlar o‘sha yerda o‘tirgan fuqarosiga hujjatni bepul beradi va ular chiqib ketadi. Bunday narsalar odamning 4-5 oylab o‘tirishiga sabab bo‘lmoqda”, - deydi Shermatov. Ma'lumot uchun, Botirjon Shermatov bilan suhbatning to‘liq shakli saytda tez orada taqdim etiladi.
5Jamiyat
Oziq-ovqat sohasida strategik tadqiqotlar markazi tashkil etildi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tashkil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish hisoblanadi. 2022-2023 yillarda bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlari tashkil qilinadi. Markaz davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan va yakunlangan loyihalar bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalarga oid ma’lumotlarni o‘zining saytida muntazam e’lon qilib boradi.
8O‘zbekiston
Tanqiddan so‘ng: Asossiz deportatsiyaga hukm qilingan ayolning huquqlari Oliy sudda tiklandi Shu yilning 1 iyul kuni Kun.uz «Terminal» filmining o‘zbekcha talqini yoxud mantiqsizlik mahkumasi» sarlavhali maqola e'lon qilgan edi. Unda sudning tushunarsiz qarori natijasida arosatda qolayotgan ayol taqdiri hikoya qilingandi. Maqola qahramoni – Qarshi shahrida yashovchi Intizor Mamadaliyeva Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2013 yil 18 yanvardagi hukmiga ko‘ra, fuqarolik pasportini noqonuniy tarzda qo‘lga kiritgan deb topilib, uni O‘zbekistondan Qirg‘izistonga deportatsiya qilish belgilanadi. I.Mamadaliyevaning sud hukmiga apellyatsiya tartibida kiritgan shikoyati viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib (2013 yil 26 fevral), sud hukmi o‘zgartirishsiz qoldiriladi. Deportatsiya chorasi belgilanishining mantiqsizligi shunda ediki, I.Mamadaliyeva Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi hisoblanmas edi. Buning oqibatida I.Mamadaliyeva na Qirg‘izistonga deportatsiya qilinadi va na fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida yashash guvohnomasiga ega bo‘ladi. Sud tomonidan atroflicha o‘rganilmay belgilangan mazkur chora tufayli O‘zbekiston fuqarosining rafiqasi va uch nafar O‘zbekiston fuqarosining onasi bo‘lgan I.Mamadaliyeva mana shunday arosatda qolib kelayotgan edi. Oradan yillar o‘tib, I.Mamadaliyevaning deportatsiya chorasini bekor qilishni so‘rab nazorat tartibida Oliy sudga yo‘llagan bir qator shikoyatlari sud qarorlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi vaji bilan rad etib kelindi. Nihoyat, I.Mamadaliyevaning o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud qarorlaridagi deportatsiyaga oid qismini bekor qilishni so‘rab yo‘llagan navbatdagi shikoyati Oliy sudda nazorat tartibida ko‘rib chiqildi. Mazkur ish bo‘yicha Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'atining 2020 yil 1 dekabr kuni chiqargan ajrimiga binoan I.Mamadaliyevaga nisbatan chiqarilgan JIB Qarshi shahar sudining 2013 yil 18 yanvardagi hukmi va JIB Qashqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2013 yil 26 fevraldagi ajrimi o‘zgartirilib, mazkur sud hujjatlaridagi I.Mamadaliyevaning Qarshi shahar IIB organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilishini belgilashga oid qismlari bekor qilindi. «Sud I.Mamadaliyevaning aybi isbotlangani haqida asosli xulosaga kelib, uni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish (deportatsiya)ni belgilab xatoga yo‘l qo‘ygan», – deyiladi Oliy sud ajrimida. Endilikda, I.Mamadaliyeva fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lishi, o‘z oilasi bag‘rida xotirjam yashashi mumkin.
5Jamiyat
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Markaziy Kengashi hisobot taqdim etishning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 217-moddasida belgilangan muddatiga bundan buyon rioya etsin.
10Qonunchilik
Qashqadaryoda bodi-kamera taqmagan YPX inspektori haydovchidan hujjat talab qildi. Haydovchi esa bunga e’tiroz bildirdi (video) Qashqadaryoda bodi-kamera taqmagan YPX inspektori haydovchini to‘xtatdi. Va hujjat talab qildi. Haydovchi esa bunga e’tiroz bildirdi. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan haydovchi Dilbek Yo‘ldoshev voqea joriy yil 31-yanvar kuni sodir bo‘lganini aytib, inspektorga bodi-kamerasi yo‘qligini aytgani, e’tiroz bildirgani yoqmaganini ta’kidlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, YPX inspektori Damas haydovchisi Dilbek Yo‘ldoshevni Qarshi shahridan Koson tumanining Guvalak qishlog‘iga qaytayotgan payt yo‘lda to‘xtatgan. Hamda qizil chiroqda harakatlangani bois to‘xtatganini aytgan. — YPX inspektori meni to‘xtatgan payt bodi-kamera taqmagandi, ammo shunday bo‘lsa-da, hujjatlarimni ko‘rsatishimni talab qildi, — deydi Dilbek Yo‘ldoshev. — Aslida bodi-kamerasi bo‘lmagan inspektor haydovchini to‘xtatishga va hujjat talab qilishga haqlimas-ku. Qolaversa, men qizil chiroqda ko‘ra bila turib harakatlanmayman. Videoda ko‘rinishicha, haydovchi YPX inspektoriga bodi-kamerasi yo‘qligini aytib, e’tiroz bildiradi. Xodim esa mashinasidan bodi-kamerasini olib, qo‘lida ushlab turgan holda haydovchidan hujjat talab qila boshlaydi. — Mashinam eshigini majburan ochib, kalitimni ham tortib oldi, — deydi Dilbek Yo‘ldoshev. — Xodimning bunga haqqi bormi? Murojaatchining ta’kidlashicha, YPX inspektori unga to‘xtash ishorasini bermagan. Uni to‘xtatish uchun mashinasida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib, o‘zi ham yo‘l qoidasini qo‘pol ravishda buzgan. — Xodim menga to‘xtash ishorasini bermagandi, qolaversa xodimning jileti va jezla tayoqchasi ham yo‘q edi. To‘xtatish uchun o‘zining mashinasida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib, yo‘limga chiqdi, — deydi haydovchi Dilbek Yo‘ldoshev. — Xodim haydovchini to‘xtatish uchun o‘zi qoidabuzarlik qilsin deb belgilanmagan-ku. Qoida hamma uchun bir xil. Hamma unga amal qilishi kerak. Qoidani buzdimi o‘zi ham jarimaga tortilsin. Video davomida haydovchi xodimning xatti-harakati noto‘g‘riligini aytib, unga e’tiroz bildirishda davom etadi. Xodim esa “bunga men javob beraman”, — deydi. — Hujjatlarimni taqdim etganimdan so‘ng, xodim hujjatimni olib ketib qoldi, — deydi haydovchi. — Qoidabuzarligim bo‘lsa, o‘sha yerda ma’muriy bayonnoma tuzsa bo‘lardi-ku. Video davomida ko‘rinishicha, haqiqatan ham YPX inspektori haydovchi hujjatlarini olgach, “yo‘lning narigi tomoniga o‘ting” deb avtomobillar harakatiga qarama-qarshi turgan avtomobilida voqea joyidan ketadi. Dilbek Yo‘ldoshevning qo‘shimcha qilishicha, ko‘chaning narigi tomonida unga svetaforning qizil chirog‘ida harakatlanib kelish aybi qo‘yilib, ma’muriy bayonnoma tuzilgan. — Nohaqlik bo‘lganini aytib, hamma joyga murojaat qildim, ammo foydasi yo‘q. Hech kim meni eshitmayapti, — deydi Dilbek Yo‘ldoshev. — Haqiqat qaror topishini istayman.
8O‘zbekiston
Singlisi bilan gaplashmaslikni tayinlagan akani pichoqlagan andijonlik fuqaroga sud hukmi o`qildi Jinoyat ishlari bo`yicha Shahrixon tuman sudida singlisi bilan gaplashmaslikni tayinlagan akani pichoqlagan 18 yoshli yigitga sud hukmi o`qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, sudlanuvchi Botir Sodiqov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) 2020 yil 20 iyun kuni soat 10:00 da kitobini topshirish uchun o`zi o`qiydigan maktabga borgan. Maktabdan chiqib ketayotganda o`zidan oldinda yurib borayotgan sinfdoshi Sojida Xursandbekovaning oldiga borgan. Sinfdoshlar gaplashib turganida ularning yoniga Sojidaning akasi Qobil Lacetti mashinasida kelib, Botirni singlisi bilan gaplashayotgani uchun bir necha marotaba urib, tan jarohati etkazgan. «Shu kuni soat 14:00 da uyga kelib dam oldim. Kechki payt soat 18:00 da oshnalarim bilan futbol o`ynash maqsadida kiyimlarim solingan sumkamni olib, ‘stadion`ga keldim. ‘Stadion`da Sojidaning akasi Qobilning do`sti Ilhomni ko`rib qolib, unga vaziyatni tushuntirib, u meni urgan bo`lsa ham kechirim so`ramoqchiligimni, lekin telefoniga tusha olmayotganimni aytdim. Ilhom mendan Qobilning singlisi bilan munosabatim haqida so`radi. U qiz bilan hech qanday aloqam yo`qligini aytganimdan keyin do`stiga qo`ng`iroq qilib, qaerda ekanligini so`radi. U Andijon shahridan qaytib kelayotganini aytdi. Soat 20:00 da Qobil men tanimaydigan sherigi bilan yonimizga keldi. Ilhom do`stiga mening gapim borligini aytib, notanish bolani olib, besh-o`n metr nariga ketdi. Qobil meni to`liq eshitmasdan yana yuzimga urdi. Bundan achchiqlanib, sumkamda pichoq borligi yodimga tushdi. O`zimni himoya qilish uchun pichoqni olib, uning qorniga urdim. Pichoq sinib, uchi Qobilning qornida, dastagi qo`limda qoldi. Shundan qo`rqqanimdan dastakni erga tashlab, voqea joyidan qochdim. Men bunaqa bo`lishini xohlamagandim. Buning uchun barchadan kechirim so`rayman», — dedi sudda so`z olgan Botir Sodiqov. Sud Botir Sodiqovni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlagan. Shuningdek, unga Shahrixon tumani IIBning ruxsatisiz yashash joyini o`zgartirmaslik, viloyat hududidan chiqmaslik, alkogolli ichimliklar iste`mol qilmaslik kabi qo`shimcha taqiqlar yuklangan. Sud hukmi bilan unga nisbatan qo`llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, darhol viloyat IIB 3-sonli tergov hibsxonasidan ozod qilingan.
6Jinoyat
Siz ham aynan mana shu yil Xitoyga grant asosida o‘qishga kirishingiz mumkin! O‘zbekistonning barcha hududlaridan, 17 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar, hech qanday kirish imtihonlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyning nufuzli universitetlariga grant asosida bakalavr darajasiga o‘qishga qabul qilinishlari mumkin. China Education orqali dunyoning nufuzli universitetlari qatoriga kirgan ta'lim muassasalarida grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud! «Chet tilini mukammal bilmasdan turib, IELTS yoki HSK sertifikatlarisiz va buni ustiga hech qanday kirish imtihonlarisiz qanday qilib grant asosida xalqaro universitet talabasi bo‘lish mumkin?», – degan savol tug‘iladi kishida. Ha, China Education sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. Xo‘sh, buning iloji bo‘lsa, bundan Xitoyga nima foyda? Ma'lumki, Xitoy Xalq Respublikasining asosiy maqsadlaridan biri xitoy tilini jahon miqyosida keng tarqatishdir. Shuning uchun ham barcha birinchi kurs talabalaridan yil oxirida xitoy tilini bilish darajasini aniqlovchi test (HSK) olinadi. Yana bir muhim jihati – diplom xalqaro bo‘lib, butun dunyoda amal qiladi va xohlagan talaba o‘z oliy ta'limini Markaziy Osiyodan tortib, Yevropa va Amerikada ham davom ettirishi mumkin! Nima uchun aynan China Education? Talabalar qayerda yashashadi? Universitet hududida xorijlik talabalar uchun maxsus yotoqxonalar tashkil etilgan bo‘lib, asosan 2-4 kishilik xonalardan iborat. Har bir xonada alohida yuvinish xonasi, har bir qavatda esa oshxona va kir yuvish xonasi mavjud. Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan 70 foizdan 100 foizgacha grantga ega bo‘lish talablari: Hujjatlar 25 oktyabrgacha qabul qilinadi, o‘qish esa 2019 yil noyabr oyidan boshlanadi! Murojaat uchun telefonlar: +998 99 860 71 73 +998 95 145 71 73 Shoshiling! Biz bilan bog‘lanib hujjatlar va talablar haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘ling! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram Instagram Rasmiy saytimiz: www.chinaedu.uz Eslatma: Kun.uz sayti reklama beruvchilarning materiallarini joylashtirishdan avval uning mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshiradi. Shunga qaramay, tahririyat reklamadan foydalanuvchilarga tegishli mahsulot (tovarlar, xizmatlar) dan foydalanishdan oldin reklama tarqatuvchi bilan tuziladigan shartnoma shartlarida reklama materialida aytilayotgan kafolatlarning mavjudligiga e'tibor qaratishni tavsiya etadi.
5Jamiyat
FIFA2018 yoki PЕS2018 o‘ynaysizmi? Ular “Real” va “Barselona” futbolchilari qiyofasini qanchalik o‘xshata oldi? Yangi yil arafasida FIFA2018 hamda PЕS2018 yangi loyihalarini taqdim etdi. “Championat.asia” nashri bu ikki raqobatchi “Barselona” va “Real” futbolchilarini qanchalik o‘xshata olganiga e’tibor qaratdi.
13Sport
O`quvchi o`qituvchini suvarakka qarshi dori bilan zaharlamoqchi bo`ldi Argentinaning Buenos-Ayresi shahridagi maktablardan birining 12 yoshli o`quvchisi uning hissiyotlarini xush ko`rmaganligi uchun o`qituvchisini suvarakka qarshi dori bilan zaharlashga uringan. U bir shisha suvga dorini aralashtirgan. 67 yoshli qanndli diabet kasalligi bilan og`ruvchi erkak o`qituvchi tabletka ichishga qaror qiladi. Ana shu paytda o`quvchilardan biri suvga zahar aralashtirilganligini aytadi. Tez orada o`qituvchi o`zini yomon his qila boshlaydi. Uni zudlik bilan reanimasiya xonasiga olib kirishadi va oshqozoninin yuvishadi. "Men bunday voqea sodir bo`lishini tasavvur ham qilmagandim”, - deydi o`qituvchi jurnalistlarga. Endi o`qituvchi dars berishni tashlash haqida bosh qotirmoqda. Qizni maktabdan haydashdi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda TASS.
2Dunyo
Livan maxsus kuchlari Tripolidagi jandarmlarga hujum qilgan terrorchini yo‘q qildi Armiya maxsus kuchlari otryadi 4-iyunga o‘tar kechasi Tripoli shahridagi jandarmlarga hujum qilgan terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Qayd etilishicha, IShID terrorchilik guruhiga aloqador Abdul Rahmon Mabsut ismli jangari bir qator qurolli hujumlarni amalga oshirgan. Xususan, jandarmlar patruliga granata otgan, oqibatda soqchilardan biri halok bo‘lgan, qolgan ikki nafari yaralangan. Shuningdek, Livan banki va shahardagi harbiy blokpostga ham hujum uyushtirgan. Terrorchilar bilan otishmada bir nafar askar halok bo‘lib, to‘rt nafar tinch aholi vakillari yaralangan. Armiya maxsus kuchlari otryadi avval hujumchi yashiringan uyni o‘rab olgan. Terrorchi qo‘lida asirga olinganlar yo‘qligiga ishonch hosil qilingach, maxsus operatsiya o‘tkazilib, terrorchi yo‘q qilingan. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
2Dunyo
Lavrov: IShID jangarilari Mo‘suldan Suriyaga o‘tishi mumkin IShID terrorchilik guruhi jangarilari Iroqning Mo‘sul shahridan Suriya hududiga o‘tib ketishi xavfi bor. Bu haqida RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva jangarilarning Mo‘suldan Suriyaga o‘tish xavfi bilan bog‘liq vaziyatni baholamoqda.  "Biz bu operatsiyani kuzatyapmiz, albatta. Zero barchamiz IShIDni mag‘lub etishdan manffatdormiz", - dedi Lavrov.  U AQSh boshqaruvi ostidagi xalqaro koalitsiyaning ham bu masalaga e'tibor qaratishiga umid bildirdi. "Bilishimcha, shahar to‘liq o‘rab olinmagan. Bunga nima sababligini bilmayman - ehtimol, bunga xohish yo‘qligi emas, shunchaki uddasidan chiqa olmaganlik sabab bo‘lgandir", - deya qo‘shimcha qildi RF TIV rahbari.
2Dunyo
MEREM UZERLI QIZINING YaNGI SURATLARI BILAN BO`LIShDI «Muhtasham yuz yil» serialidagi Xurram Sulton roli bilan hammaning mehrini qozongan sevimli aktrisa ulg`ayib qolgan qizchasi Lara bilan tushgan suratlarini o`zining Instagram sahifasida bo`lishdi.Fotosuratlar muxlislar tomonidan iliq kutib olingan va ko`plab «layk»lar hamda ijobiy izohlar to`plagan. #Sunday #lovemood #mybaby #myboss #mylife #myeverything #mybiglove❤️ ❤️ 02.07.2022, 11:14 01.07.2022, 16:15 30.06.2022, 12:14
7Madaniyat
Sukerberg “Yulduzlar jangi” filmiga bo‘lgan sevgisini izhor qildi Facebook asoschisi Mark Sukerberg “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida xabar qoldirdi, deya xabar bermoqda Buzzfeed. Sukerberg saganing yettinchi epizodining 19-dan 20-oktabrga o‘tar kechasi e’lon qilingan treylerini ajoyib deb atadi va “Yulduzlar jangi”ni sevib tomosha qilishini qo‘shib qo‘ydi. Rasmiy akkaunt ma’murlari sevgi izhoriga javoban: “Biz buni bilamiz”, — deb yozdi. Sukerberg tilga olgan “Yulduzlar jangi”ning yettinchi epizodi treyleri ikki daqiqalik bo‘lib, u tomoshabinlarni saganing yangi qahramonlari bilan tanishtiradi.
2Dunyo
Nasiba Abdullayeva: Bitta to‘yda faqat bir xonanda qatnashsin degan talab qo‘yilsa, san’atkorlar ishsiz qolib ketadi (video) “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning to‘y-marosimlarda ishtirok etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabar bermoqda. Yig‘ilishda dabdabali to‘y-marosimlarni cheklash ishlari doirasida bitta to‘yda nechta xonanda qatnashishi mumkinligi masalasi ham muhokama qilingan. “Bitta to‘yda bitta san’atkor bo‘lishi kerak” ko‘rinishidagi taklif xalq artistlari tomonidan ham ko‘p ma’qullanmagan. Xususan, O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bu taklif 1 million aholi tomonidan ma’qullangani bilan, buni qolgan 30 million kishi ham shu fikrda deb aytish qiyin, deya fikr bildirgan. To‘ylarda bitta san’atkor bo‘lishi kerak degan taklifni bir million kishi ma’qullab chiqqan bo‘lsa ham, buni 30 million odamning fikri deb bo‘lmaydi. Hozir haqiqatan ham qonun chiqadigan bo‘lsa-yu, bitta to‘yda faqat bitta san’atkor xizmat qiladi, degan talab qo‘yiladigan bo‘lsa, san’atkor nomini ko‘tarib yurganlarning bari ishsiz qolib ketadi. Nasiba Abdullayeva, O‘zbekiston xalq artisti
7Madaniyat
Yaponiyaga to‘fon yopirildi. Bu yarim asrdagi eng yirigi bo‘lishi mumkin Yaponiyaning katta qismini kuchli shamol va yomg‘irlar qamrab oldi. «Xagibis» to‘foni so‘nggi 60 yildagi eng yirigi bo‘lishi mumkin. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 18 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangan. Yana 16 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Dastlab qurbonlar soni 5 nafarligi aytilgandi. Itixara shahrida kuchli shamol tufayli avtomobil ag‘darilib ketdi va 50 yashar haydovchi olingan jarohatlar oqibatida olamdan o‘tdi. Kavasakida 60 yoshli yerkak suv ostida qolgan kvartirada jonsiz holda topildi. Totigi prefekturasida bir ayol kanalga yiqilib tushib, cho‘kib ketdi. Tomi shahrida daryoda suv sathi ko‘tarilishi tufayli uchta mashina ko‘prikdan pastga qulagan. Ularda jami 6 kishi bo‘lgan: uch kishi qutqarilgan, yana uch kishining taqdiri noma'lum. Tokio ko‘rfazida Panama bayrog‘i ostida harakatlanuvchi kema cho‘kib ketgan. Uning bortida 12 kishi bo‘lgan, ulardan 3 nafari qutqarilgan. Ekipajning qolgan 9 a'zosi bedarak yo‘qolgan.   7 milliondan ortiq kishi suv toshqinlari xavfi va ko‘chkilar haqidagi ogohlantirishlar tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Ammo hozirda vaqtinchalik turarjoylarga faqat 50 ming kishi kelgan. To‘fon shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat kechqurungi 7da Tokio shahriga yetib keldi va shimolga harakatlana boshladi. To‘fon markazida shamol tezligi soatiga 225 kilometrgacha yetadi. Hukumat bu 1958 yildan buyon kuzatilgan eng kuchli to‘fon bo‘lishidan xavotirlanmoqda. 61 yil muqaddam «Kanogava» to‘foni 1200 kishini hayotdan olib ketgandi. Talofat bundan ham katta bo‘lishi mumkin Meteoxizmatlar shanba va yakshanba kuni yog‘adigan yomg‘irlar hajmi poytaxt hududida 500 mm.gacha yetishi mumkinligi va suv toshqinlari hamda ko‘chkilar ro‘y berishi ehtimoli «yuqori darajada»ligi haqida ogohlantirgan. Shahardagi daryolar qirg‘oqlaridan toshib chiqishi mumkin. Ayni vaqtda poyezdlar harakati to‘xtatilgan, yuzlab aviareyslar bekor qilingan. Davlat televideniyesida ma'lum qilinishicha, 270 mingdan ortiq xonadon elektr ta'minotisiz qolgan.  Shanba kunga belgilangan sport tadbirlari ham qoldirilgan: «Formula 1» gran-prisi va regbi bo‘yicha jahon chempionati kubogi doirasidagi Angliya-Fransiya hamda Yangi Zelandiya-Italiya o‘yinlari. To‘fonga «Xagibis» nomi berilishi sababi, Filippin aholisining to‘rtdan bir qismi foydalanadigan tagalog tilida bu so‘z «tezlik» ma'nosini beradi. Yaponiya hukumati avvaldan bu tabiiy ofatga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Sentabr oyida ham ko‘lami nisbatan kichikroq bo‘lgan «Faksay» to‘foni Yaponiyada 30 mingdan ortiq xonadonga shikast yetkazgandi. «O‘tgan oyda vaqtinchalik boshpanaga ko‘chib turishimga to‘g‘ri keldi, chunki uyimning tomi uchib ketdi va hammayoqni suv bosdi. Endi men uyim butunlay vayron bo‘lishidan xavotirdaman», degan Tiba prefekturasining Tateyama shahrida yashovchi 93 yoshli kishi NHK muxbiriga.
2Dunyo
Buxoroda 6 oy davomida 38 nafar voyaga yetmagan shaxs jinoyat sodir etdi 2017 yilning 6 oyida Buxoro viloyatida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar o‘tgan 2016 yilning shu davriga nisbatan 27,6 foizga, ya'ni 8 taga (29-37) ko‘paygan. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni turlari bo‘yicha tavsiflaganda, 1 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 2 ta talonchilik, 3 ta bezorilik va 31 ta o‘g‘rilik jinoyatlari qayd qilingan bo‘lib, mazkur jinoyat turlarining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshganligi kuzatildi. Jinoyatlarni sodir etishda ishtirok etgan voyaga yetmaganlar soni ham viloyatda 9 nafarga ko‘payib, 38 nafarni tashkil qilgan, bular 11 nafar maktab, 26 nafar kasb-hunar kollej o‘quvchilaridir. Achinarlisi, 4 nafar qiz bolalar tomonidan ham jinoyat sodir qilinganligi kuzatilgan. Jinoyat sodir qilgan 5 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasi ajrashganligi yoki ulardan biri vafot etganligi sababli yolg‘iz ona yoxud yolg‘iz ota qaramog‘ida tarbiyalanayotganlardir. Shuningdek, 4 nafari ota-onasi uzoq muddatga ketganligi yoki ajrashib boshqa oila qurganligi tufayli qarindoshlari qarmog‘ida bo‘lgan o‘smirlarni tashkil qilgan. 2 nafari mehribonlik uyida tarbiyalanib, hozirgi vaqtda Buxoro neft va gaz kollejida tahsil olib, shu kollej yotoqxonasida yashayotgan chin yetimlar tomonidan ham o‘zlari yashayotgan yotoqxonada telefon o‘g‘riligi jinoyatini sodir qilganlar.  O‘z navbatida, boshqa viloyatlardan kelib, qarovsiz va nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlarni o‘z vaqtida aniqlanmayotganligi oqibatida, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashovchi, Sirdaryo tibbiyot kolleji o‘quvchisi,  2000 yilda tug‘ilgan Farrux Abduraxmonov ota-onasi bilan o‘zaro kelishmasdan, uyidan o‘zboshimchalik Buxoro viloyatiga qochib kelib, G‘ijduvon tumanida ijarada yashab, puli qolmaganligi uchun Buxoro shahar hududida fuqarolarga tegishli savdo do‘konlaridan 2 ta o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir qilgan. Jinoyatlarda ishtirok etgan 4 nafar voyaga yetmaganning ota-onalaridan biri farzandini ona yoki ota tarbiyasida qoldirib, o‘zi ishlash maqsadida yashash manzilidan uzoq muddatga chiqib ketgan. Bundan tashqari, 6 nafari  iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan oilalarda tarbiyalanyotgan o‘smirlarni tashkil etgan. Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari bo‘yicha tahlil qilinganda, 4 tasi (bezorilik va og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlari) o‘zaro kelishmovchilik tufayli, 1 tasi tanishidan pullarini qaytarib olib bilmaganligi sababli, 32 tasi tengqurlaridan kam bo‘lmaslik, zamonaviy texnika buyumlariga egalik qilish, oilasidagi muhtojlik va tekin boylik orttirish maqsadida sodir etilganligi aniqlandi. Ta'lim muassasalaridan asosan Buxoro avtomobil va yo‘llar, Buxoro iqtisodiyot va bank, Buxoro neft va gaz, Buxoro tibbiyot, Vobkent agrosanoat, Qorako‘l sanoat va transport hamda Vobkent qurilish va transport kasb-hunar kollejlaridan 2-3 nafardan voyaga yetmaganlar jinoyat ko‘chasiga kirganliklari qayd qilingan.
5Jamiyat
Tokio-2020: Nurxon Qurbonova Paralimpiya o`yinlarida ikkinchi medalini qo`lga kiritdi Para-engil atletika bo`yicha F54 toifasida ayollar o`rtasida nayza uloqtirish bahslaridan xushxabar. Unda qatnashgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova kumush medalga sazovor bo`ldi. Sportchimiz mazkur mashqda qayd etgan 18.38 metr natijasi unga kumush medalni taqdim qildi. Eslatib o`tamiz, ushbu sportchimiz yadro uloqtirish sektorida bronza medaliga ham sazovor bo`lgan edi. Bu delegasiyamizning joriy Paralimpiadadagi beshinchi kumush medali bo`ldi. Shuningdek, hisobimizda 7 ta oltin va 6 ta bronza medallari ham mavjud.
13Sport
“Bir kun televizorda ko‘rmasam, sizni sog‘inib qolaman, Shavkat Miromonovich!”. Prezident sardobalik nuroniyga rahmat aytdi (video) O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Prezident viloyatning har bir tumani vakillari bilan videokonferens-aloqa orqali muloqot qildi. “Xalqim, quvon, boshingga mard, jasur sulton keldi!”. “Tahlilnoma”da konimexlik shoiraning Shavkat Mirziyoyevga o‘qigan she’ri eshittirildi (video) Yig‘ilishdan reportaj “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etildi. Unda Sardoba tumanidan so‘z olgan ikkinchi vakil Prezident siyosatini olqishlab, unga tuman ahli nomidan minnatdorchilik bildirganiga guvohi bo‘lish mumkin. Assalomu alaykum, Shavkat Miromonovich! Men — mehnat faxriysi Otabek Egamberdiyevman. Siz olib borayotgan ishlarning qamrovini gapirish uchun menga bir soat ham kamlik qiladi. Eng asosiy bir masalani aytmoqchiman — “Qo‘shning tinch, sen tinch” qabilida Tojikiston, Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlar bilan juda katta ishlar olib bordingiz. Bizda qirg‘iz, tojik millatiga mansub aholi juda ko‘p. Shu xalqlar nomidan, o‘z nomimizdan ham minnatdorchilik bildiraman. Sizni nuroniylar nomidan duo qilib qolamiz. Men “O‘zbekiston 24” telekanalini ko‘rmay biror joyga ketmayman yo uxlamayman — oldin sizni ko‘rib olaman. “O‘zbekiston 24” sizni bir kun ko‘rmasam, sizni sog‘inib qolaman, Shavkat Miromonovich! Mana shunga o‘rganganmiz, shuning uchun siz bajarayotgan ishlar ko‘lamini bola-chaqalarimiz, farzandlarimizga aytamizki, Shavkat Miromonovich shunday shijoat bilan ishlaganida mingdan biricha bo‘lsa ham ishlanglar, mehnat qilinglar deb yoshlarimizni mehnatga, tadbirkorlikka targ‘ib qilamiz. Sizni Alloh doimo o‘z panohida asrashini so‘rab duo qilamiz. Biz nuroniylar sizga yelkadosh bo‘lib, yoshlarimizni tarbiyalashda, tinchlikning oliy ne’mat ekanini targ‘ib qilishda hech qachon charchamaymiz. Xalqimizning xursandchiligi, roziligini sizga yetkazishdan mamnunman. Rahmat! Otabek Egamberdiyev, sardobalik mehnat faxriysi Oqsoqolning iliq so‘zlaridan mamnun bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga uyushtiradigan keyingi tashrifi davomida Sardoba tumaniga borishga ham va’da berdi. Katta rahmat! Mana shunday shukronalik, mana shunday bir baraka bilan aytgan gaplaringiz men uchun juda katta dalda. Yoshlarga aytgan gaplaringizga men uchun juda katta qudrat. Sardoba tumanining og‘ir sharoitini men juda yaxshi bilaman. Institutda o‘qish, ishlash bilan o‘tgan yoshlik vaqtlarimni 100 foiz deb olsak, shuning 70 foizi Sardoba tumanida o‘tgan o‘zi. Har bir ko‘chasi, har bir xo‘jaligini juda yaxshi bilaman. Sardoba ko‘p millatli el ekani ham bilaman. Kelgusi tashrifimda albatta Sardoba tumaniga boraman. Iloyim, sizga o‘xshagan nuroniylarning mana shunday pok niyatlari, duolari ijobat bo‘lib, elimiz tinch bo‘lsin, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Islom nurli din ekanini inobatga olib, dunyo hamjamiyatiga katta tashabbuslar bilan chiqayotganimiz bejiz emas. Adashgan ukalarimizning ham bugun chiqib aytgan gaplari bu sizlar — nuroniylarning ham ijobiy ta’siridir. Iloyim, yurtimizda mana shunday hamjihatlikka ko‘z tegmasin! Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Insonning xato qilishga haqi bor (video)
8O‘zbekiston
Farg‘onada Coca-cola, Pepsi va Fanta nomli ichimliklar ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida Coca-cola, Pepsi va Fanta nomli salqin ichimliklar ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati. Ma’lum qilinishicha, departamentning Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan “Coca-cola ichimligi Uzbekistan – LTD” MChJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.E. yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, sanitariya va gigiyena talablariga javob bermaydigan sharoitda Coca-cola, Pepsi va Fanta nomi ostida salqin ichimliklarni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, voqea joyidan tayyor mahsulotlar, bo‘sh yelim idishlar, rangli suyuqlik va boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Bundan avval Namanganda noqonuniy ravishda dori ishlab chiqarayotgan yashirin korxona aniqlangani, Zangiotada qalbaki Persil, Ariel, Mif, Tide kir yuvish kukunlari ishlab chiqarilayotgan sex fosh etilgani hamda Buxoroda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgan sex aniqlangani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
OAV: Germaniyada yengil qurol sotuvi bir yil ichida 2 baravarga yaqin ortdi Germaniyada yengil qurol va o‘z-o‘zini mudofaa qilish vositalari sotuvining oshishi kuzatilmoqda. Yil davomida yengil qurol olib yurish va saqlash uchun berilgan litsenziyalar soni ikki baravarga yaqin oshdi. Bu haqda Der Spiegel nashri ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. “Biz qurol sotib oluvchilarning butunlay yangi toifasiga guvoh bo‘layapmiz. Ular bu yerga birinchi marta kelmoqda”, — deydi Germaniya qurol-yarog‘ sotuvchilari uyushmasining direktori Ingo Meynxard. U yengil qurol barchaga ham to‘g‘ri kelavermasligi, chunki undan to‘g‘ri foydalanishni bilish zarurligini qo‘shimcha qildi. Statistikaga ko‘ra, 2015-yilning sentabrida 273 ming germaniyalik yengil qurol saqlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 440 ming nafarga yetgan. Shimoliy Reynning Vestfaliya, Bavariya va Quyi Saksoniya federal yerlari yengil qurol olib yurish uchun ruxsatnoma berilishining ortishi bo‘yicha yetakchi ekanligi ta’kidlanmoqda.
2Dunyo
Kashmirdagi otishmada pokistonlik va hindistonlik harbiylar halok bo‘ldi Kashmirda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nazorat chizig‘idagi otishmada Pokistonning 3 harbiysi va Hindistonning 5 harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press Of Pakistan axborot agentligi xabar berdi.  Ta'kidlanishicha, to‘qnashuvlar “ko‘plab yaradorlar va istehkomlarga shikast yetishiga” olib kelgan. Hindistonning ANI axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib, hind harbiylari halok bo‘lgani haqidagi xabarni rad etgan, biroq pokistonlik harbiylar halok bo‘lganini tasdiqlagan.  Kashmir knyazligi hududi 1947 yildan beri ikki davlat o‘rtasidagi bahsga sabab bo‘lib kelmoqda. Ayni vaqtda hududda davlat chegarasi mavjud bo‘lmay, uning hududi nazorat chizig‘i bilan ajratilgan. Kashmirning Hindistondagi hududida Hindistondan ajralish uchun kurashuvchi guruhlar harakat qiladi.
2Dunyo
Shimoliy Makedoniyaning yangi prezidenti qasamyod qabul qildi (Video) Shimoliy Makedoniya prezidenti etib saylangan Stevo Pendarovski o`z lavozimiga rasman kirishish uchun qasamyod qabul qildi, deya xabar qildi Gazeta.ru nashri. Bir hafta avval o`tkazilgan saylovlarning ikkinchi bosqichida u 52 foiz ovoz to`plab, g`alaba qozongan edi. 56 yoshli Pendarovski mamlakatning beshinchi prezidenti hisoblanadi. U Evropa Ittifoqiga va NATOga qo`shilishni o`zining asosiy vazifasi sifatida ko`rsatmoqda. Shuningdek, yangi dalat rahbari mamlakatni qayta nomlashni qo`llab-quvatlaydi.
2Dunyo
Avstraliyalik olimlar mevalar qandli diabet rivojlanish xavfini kamaytirishini isbotladi Avstraliyalik olimlar mevalarni iste’mol qilishi ikkinchi darajali qandli diabet yuzaga kelish ehtimolligini 36 foizga qisqartirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Journal of Clinical Endocrinology and Metabolism jurnalisda chop etilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. “Biz meva iste’mol qilish va insulinga ta’sirchanlik markerlari orasidagi bog‘liqlikni topdik. Bundan kelib chiqadiki, ko‘proq meva yeydigan insonlar organizmdagi glyukoza miqdorini kamaytirish uchun ko‘proq insulin ishlab chiqarishi kerak. Bu juda muhim, chunki giperinsulimnemiya — qondagi insulin miqdorining ortib ketishi — nafaqat diabet bilan, balki yuqori qon bosimi, semirish va yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga ham bog‘liq. Sog‘lom diyeta va hayot tarzi ostida nazarda tutilayotgan mevalar iste’moli — bizda ikkinchi darajali qandli diabet paydo bo‘lish xavfini kamaytirishning to‘g‘ri usulidir”, — deudi tadqiqot muallifi Nikola Bondonno. Edit Kouen universiteti vakillari 7675 nafar avstraliyalikning ma’lumotlarini talil qilib chiqqan va mevalar hamda meva sharbatlarining iste’molini diabet tarqalishi darajasiga bog‘liqligini baholagan. Tadqiqot besh yil davom etgan. Aniqlanishicha, minimum ikki porsiya — 300 gramm meva iste’mol qilganlarda yarim porsiya meva yeganlarga qaraganda insulinga yuqori sezgirlik paydo bo‘ladi. Biroq sharbat borasida bu kabi tafovut kuzatilmaydi, bunga uning tarkibida shakar ko‘pligi sabab bo‘lishi mumkin. “Mevalar nafaqat vitamin va minerallarga, balki insulinga sezgirlikni oshiradigan fitokimyoviy moddalarga ham boy hisoblanadi. Mevalar qonga shakar so‘rilishini, shuningdek, to‘qlik tuyg‘usini his qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, aksariyat mevalarning glikemik indeksi past — mevadagi shakar organizmga hazm qilinib, unga sekin so‘riladi”, — deydi Bondonno. Avvalroq olimlar ochlikni o‘chirib qo‘yadigan “tugma”ni topgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
11Salomatlik
Kurtkaning ichki cho`ntagiga nima yashirilgan edi? Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qo`shni davlatga ketayotgan  fuqaro Sh.I. boshqaruvidagi “DAF Te105xf” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda. Natijada, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan, 700 000 qozoq tengesi, 90 000 rossiya rubli hamda 7291 AQSh dollari naqd xorijiy valyutalarini yashirgan holda olib chiqmoqchi bo`lganligi fosh qilindi. Shu kunning o`zida  “OPEL Zafira” rusumli avtotransport vositasini boshqarib qo`shni davlatga yo`l olgan yana bir fuqaro Sh.A. bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, uning egnidagi shimining o`ng cho`ntagida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan 6500 AQSh dollari hamda 10 000 Rossiya rubli naqd xorijiy valyutalarini yashirib olib o`tishga bo`lgan xarakatlariga ziyrak bojxona xodimlari chek qo`yishdi. “Oybek” chegara bojxona posti xodimi tomonidan qo`shni davlatga yo`l olgan fuqaro X.Q. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, uning egnidagi kurtkasining ichki cho`ntagida va shimimning cho`ntagida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 140 000 Rossiya rubli, 5000 AQSh dollari naqd xorijiy valyutalari yashirilganligi aniqlandi. Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
6Jinoyat
Britaniya Yevroittifoqdan chiqish jarayonini boshlashga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlamoqda Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayonini (Brexit) boshlashga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda, Sky News telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. Birinchi loyihasi tayyorlanayotgan yangi qonun Lissabon kelishuvining 50-bandini rasman ishga tushirishi ko‘zda tutilmoqda. Hukumat parlamentni rezolyutsiya qabul qilish yo‘li bilan jarayonni tezlashtirishga ko‘ndirishga urinib ko‘radi. Ammo parlament bunga ko‘nishi noma’lum bo‘lgani sababli vazirlar mahkamasi uzoq istiqbolli ssenariy ustida ham ishlamoqda. Unga ko‘ra, qonun loyihasi ishlab chiqilib, u ikki palata tomonidan qo‘mitalarda uch o‘qishda muhokama qilinadi va qabul qilinadi. Ilgariroq London sudi Britaniya hukumat Brexit’ni parlament roziligisiz boshlashni taqiqlagan edi. Shundan so‘ng mamlakat bosh vaziri Tereza Mey parlamentni mamlakatning Yevroittifoqdan chiqish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullashga chaqirdi.
2Dunyo
Baxtiyor Boboyev klubdan ketishi bilan “Bunyodkor” Mirjalol Qosimovga taklif bilan chiqqani aytildi Toshkentning “Bunyodkor” klubi bosh direktori Baxtiyor Boboyev o‘z vazifasidan ozod etilgani taxmin qilingandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy axborot bermasidan turib, “Championat.asia” nashri navbatdagi yangilik haqida bong urdi. Xabarda aytilishicha, “Bunyodkor” klubi Mirjalol Qosimovga taklif bilan chiqqan bo‘lishi mumkin. So‘nggi uch yil davomida “qaldirg‘ochlar” Sergey Lushchan bilan muvaffaqiyatga erisha olmadi. Qosimov davrida esa “Bunyodkor” o‘zining eng katta yutuqlarini qo‘lga kiritgandi. Baxtiyor Boboyevning “Bunyodkor”dagi o‘rnini katta ehtimol bilan Murod Aliyev egallaydi. Bunga qadar Madaniyat va sport ishlarining vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Aliyev bugun — 18-aprel kuni klubga rasman tanishtirilishi kutilmoqda. Klub bosh murabbiyi Sergey Lushchan iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini vaqtinchalik Hikmat Ergashev ham egallashi mumkin. Agar “Bunyodkor”ni Mirjalol Qosimov qabul qilib olsa, jamoa bilan xayrlashgan bir qator tajribali futbolchilar yana ortga qaytish istagini hozirdanoq bildira boshlagan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bunga qadar Dubay safarida bo‘lgan Mirjalol Qosimov Toshkentga yetib kelgan.
13Sport
Samarqandda Xotira va Qadrlash kuni qanday nishonlandi – fotogalereya 9 may – Xotira va Qadrlash kuni Samarqand shahrida viloyat rahbarlari, davlat idoralari, harbiylar va jamoatchilik, aholi, ayniqsa yoshlar vakillari ishtirokida keng nishonlandi. Ertalab hamma shahardagi Motamsaro ona haykali oldida jam bo‘ldi. U yerda gul qo‘yish, urushda farzandlarini yo‘qotgan onalar va ikkinchi jahon urushida qahramonona halok bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasiga ta'zim bajo etildi. Viloyatdagi barcha tashkilotlar xodimlari va yoshlar harbiy orkestr sadolari ostida haykal poyiga gullar qo‘yishdi. So‘ngra Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi bo‘ylab milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar organlari va harbiylar ishtirokida parad bo‘lib o‘tdi. So‘ngra hamma Ko‘ksaroy maydoniga taklif etildi. U yerda viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev so‘zga chiqib, urush qatnashchilari va nuroniylarni fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabriklab, «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limiga «Captiva», shahar va tuman bo‘limlariga «Damas» avtomashinalarining kalitini topshirdi. «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Hasan Normurodov so‘z olib, davlatimiz tomonidan qariyalarga ko‘rsatilayotgan e'tibor uchun barchaning nomidan o‘z tashakkurini izhor etdi. Ko‘ksaroy maydonida xalq sayli boshlanib ketdi. Sho‘x ashula va raqslar, retro avtomobillar hamda harbiy texnika ko‘rgazmasi kishilarda, ayniqsa bolajonlarda juda katta qiziqish uyg‘otdi. Maydonning o‘zida dala oshxonasi, sahnalashtirilgan harbiy gospital tashkil etilib, urush faxriylari va nuroniy otaxonlarga frontcha bo‘tqa va salqin ichimliklar tortiq etildi. Shunisi e'tiborga sazovorki, bayramga taklif etilgan qariyalarga, urush qatnashchilarining har biriga yoshlar orasidan volontyorlar beminnat ko‘makchi bo‘lishdi, shuningdek, ularning jismoniy holati mudom tibbiy tez yordam shifokorlari nazorati ostida ushlandi. Faxriylar bayram tantanalari o‘tadigan joylar bo‘ylab avtobus va elektrobuslarda tashildi. Shaharda Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan yoshlar o‘rtasida poyga va velomarafon o‘tkazildi. G‘oliblar shahar hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi. Ayni paytda shaharni bayram shukuhi tark etgani yo‘q. Shaharning Teatr maydonida harbiy kuy-qo‘shiqlar, barcha sevib tinglaydigan sho‘x yallalar ijro etilmoqda. Shahar aholisi favvoralarning kishiga huzur baxsh etuvchi salqini ostida sayr qilishda davom etishmoqda. Shuhrat Shokirjonov, Kun.uz muxbiri
5Jamiyat