text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
Toshkentda o`zbek-turk inkubasiya markazining ochilish marosimi bo`lib o`tdi (video)
Joriy yilning 28 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyasining 6-yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
Ushbu yig`ilishga Turkiya Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Inson resurslarini boshqarish idorasi Prezidenti Salim Atay boshchiligidagi Turkiya hukumati delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi.
Avvalroq, 2020 yilning 4 noyabr kuni «Innoweek.uz-2020» innovasion g`oyalar xalqaro haftaligi doirasida Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Inson resurslarini boshqarish idorasi o`rtasida Toshkent shahrida Inkubasiya markazni tashkil etish bo`yicha hamkorlik to`g`risida bayonnoma imzolangan edi.
Innovasion rivojlanish vazirligi va Turkiya Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Inson resurslarini boshqarish idorasi o`rtasida erishilgan kelishuvlarga ko`ra, joriy yilning 28 iyun kuni Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Turkiya Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Inson resurslarini boshqarish idorasi Prezidenti Salim Atay o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv davomida, tomonlar investisiya loyihasini amalga oshirish doirasida hamkorlik yo`nalishlari muhokama qilindi va Toshkent shahridagi O`zbek-Turk Inkubasiya markazining Nizomi imzolandi.
Hujjatlar imzolangandan so`ng, Innovasion rivojlanish vazirligi binosida O`zbekiston-Turkiya Inkubasiya markazining tantanali ochilish marosimi o`tkazildi.
Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Turkiya Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Inson resurslarini boshqarish idorasi Prezidenti Salim Atay O`zbekiston-Turkiya Inkubasiya markazining ochilishi sharafiga qizil tasmalarni kesdilar. Ushbu loyiha O`zbekiston-Turkiya Inkubasiya markazi negizida Texnopark tashkil etishni nazarda tutadi.
Loyihani ishga tushirilishi tadbirkorlar va iqtidorli yoshlarni birlashtiruvchi platformani yaratish, Turkiya Respublikasida qisqa muddatli amaliyot o`tash orqali inkubasiya va ta`lim dasturlarini amalga oshirish imkonini beradi, shuningdek ikki mamlakatning istiqbolli innovatorlari o`rtasida qo`shma innovasiya va startap loyihalarni amalga oshirilishini ta`minlaydi.
O`zbekiston-Turkiya Inkubasiya markazining asosiy faoliyat yo`nalishlari quyidagilar:
- axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bo`yicha qulay shart-sharoitlarni yaratirish;
- zarur infratuzilma bilan ta`minlash (kovorking maydoni, ofis binosi va ilmiy-tadqiqotlar uchun zamonaviy laboratoriyalar);
- marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlarini ko`rsatish, shuningdek inkubasiya va akselerasiya dasturlarini o`tkazish, startap loyihalarni amalga oshirishda ko`maklashish;
- ilmiy, tadqiqot, o`quv va ishlab-chiqarish tashkilotlari faoliyatining o`zaro integrasiyalashuviga yordam berish;
- mahorat darslari, treyninglar va malaka oshirish kurslarini, shuningdek ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o`tkazish;
- turli mavzularda nov-xau va tajribani o`rgatish maqsadida texnologik vositalar va usullardan foydalangan holda o`quv mashg`ulotlari va kurslarni o`tkazish;
- mahalliy va xorijyi investorlarni jalb qilishda rezidentlarga yordam berish, shu jumladan kenchur moliyalashtirish va boshqa sohalarda.
Ushbu hamkorlik innovasion rivojlanishning asosiy mezonlaridan biri sifatida Turkiya Respublikasi bilan innovasion rivojlanish vazirligining qo`shma loyihalar, innovasion texnologiyalarni joriy etish va inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi aloqalarini mustahkamlaydi va kengaytiradi. | 4Iqtisodiyot
|
Aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi
Oliy Majlis Senatining o`n ettinchi yalpi majlisida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalasi ko`rib chiqildi.
Ma`lumki, fuqarolarning huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta`minlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada 2016 yilda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni qabul qilinib, unga muvofiq tashkil etilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasi fuqarolar bilan mutasaddi idoralarni bog`lovchi tizimga aylandi.
Shu bilan birga, ushbu yo`nalishda joriy yilning 23 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilishlariga majbur qilayotgan muammolarni mahallaning yoki hududlarning o`zida hal qilish tizimi to`liq yo`lga qo`yilmaganligi qattiq tanqid qilingan va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish bo`yicha bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlis Senatiga aholi murojaatlarida ko`tarilayotgan masalalarni hal etish bo`yicha vazirlik, idora va hudud rahbarlarining hisobotini har chorakda, mahalliy hokimliklar hisobotini esa mahalliy Kengashlarda har oyda eshitib borish amaliyoti yo`lga qo`yish vazifalari berildi.
Shu asnoda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo`mitalari tomonidan Senatga kelib tushayotgan murojaatlarni chuqur tahlil qilgan holda vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining axborotlarini tanqidiy ko`rib chiqqan holda parlament nazoratini kuchaytirib boradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari esa har chorakda tegishincha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining axborotini eshitish va tanqidiy jihatdan muhokama qilish, shuningdek, jamiyatda qizg`in bahslarga sabab bo`lgan murojaatlar yuzasidan tezkor eshituvlar tashkil qilgan holda mutasaddi shaxslardan izoh talab qilib, kamchiliklarni o`z vaqtida bartaraf etish choralarini ko`rish yuklatildi.
O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fuqarolardan eng ko`p kelib tushayotgan murojaatlar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`layotgan masalalarni tahlil qilgan holda ular yuzasidan tushuntirishlar berib borish bo`yicha vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas`uliyatini kuchaytirish yuzasidan zarur choralar ko`rish topshirildi.
Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi. | 12Siyosat
|
“Yabloko” partiyasi “Putin” filmining “Birinchi kanal”da efirga uzatilishini noqonuniy tashviqot deb atadi
“Yabloko” partiyasi 12-fevraldan boshlab Oliver Stounning “Birinchi kanal”da efirga uzatila boshlangan 4 qismli “Putin” filmini noqonuniy saylovoldi tashviqoti deya hisoblamoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.
“Yabloko” yetakchisi Emiliya Slabunova Markaziy saylov komissiyasiga Putin haqida filmning namoyish etilishini to‘xtatish uchun zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rishni so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, “Yabloko” noqonuniy tashviqot uchun Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat qilishni rejalashtirgan.
Partiya vakillarining ko‘rsatishicha, filmni ishlab chiqarish va namoyish qilish Vladimir Putinning saylov fondidan to‘lanmagan. Bundan tashqari, mazkur film televideniyeda saylovoldi tashviqoti taqiqlangan paytda namoyish etilmoqda. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti xarajatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yilgi Davlat budjetining xarajatlari tasdiqlangan parametrlardan 10 foizdan oshgan qismiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma belgilangan tartibda kiritilganligini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjetining daromadlar bazasi kengaytirilishi va qo‘shimcha daromad zaxiralari aniqlanishi evaziga hosil bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish uchun yo‘naltirilayotganligi sababli Davlat budjetining ilgari tasdiqlangan 107118,4 mlrd. so‘m miqdoridagi xarajatlari 113040 mlrd. so‘mni tashkil etishi yoki 2019-yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlari 5,5 foizga oshishi kutilmoqda.
Ta’kidlab o‘tilsinki, Davlat budjeti xarajatlarining 5409,4 mlrd. so‘mi (10,9 foizga ortiq) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga, 1100,0 mlrd.so‘mi (36,9 foizga ortiq) uy-joylar qurish dasturini birgalikda moliyalashtirishda ishtirok etayotgan banklarga kredit liniyalari uchun qo‘shimcha mablag‘larni ko‘paytirishga, 3437,7 mlrd. so‘mi (24,4 foizga ortiq) iqtisodiyotdagi xarajatlarga, 1082,8 mlrd. so‘mi (27,3 foizga ortiq) markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga, 512,6 mlrd. so‘mi (13,7 foizga ortiq) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlashga, 104,9 mlrd.so‘mi (11,5 foizga ortiq) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari xarajatlariga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilgan bo‘lsa, 95,2 mlrd. so‘mlik mablag‘lar (12,6 foizga kam) fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlarining kamaytirilishi olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 144-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti parametrlariga taqdim etilgan o‘zgartishlarni kiritishga ruxsat berilsin.
2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 10Qonunchilik
|
JCh-2022ga qur`a tashlandi
Qatarda o`tadigan 2022 yilgi jahon chempionati guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
JCh-2022. Qur`a tashlash marosimi yakunlari:A guruhi: Qatar (mezbon), Senegal, Ekvador, NiderlandiyaB guruhi: Angliya, AQSh, Eron, Uels – Shotlandiya/UkrainaC guruhi: Argentina, Saudiya Arabistoni, Meksika, PolshaD guruhi: Fransiya, Daniya, Tunis, Peru – Avstraliya/BAAE guruhi: Ispaniya, Germaniya, Yaponiya, Kosta-Rika/Yangi ZelandiyaF guruhi: Belgiya, Kanada, Xorvatiya, MarokashG guruhi: Braziliya, Serbiya, Shveysariya, KamerunH guruhi: Portugaliya, Gana, Uruguvay, Janubiy Koreya.
Musobaqa noyabr-dekabr oylarida o`tkaziladi. | 13Sport
|
Samarqanddagi uyda davolanayotgan bemorlar haqida ma'lumot berildi
Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Samarqand viloyati shtabi Kun.uz`ga hududdagi bemorlar haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, viloyatda 734 nafar fuqaroda Covid-19 tashxisi rasman tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda ularning 110 nafari viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida davolanmoqda. Kasallikning yengil formasini o‘tkazayotgan 62 nafar bemor esa uy sharoitida davolanyapti.
Shuningdek, 346 kishi quyidagi hududlardagi maxsus karantin punktlari hamda davolash-profilaktika muassasalarida karantinga olingan:
viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 110 nafar, Kattaqo‘rg‘on shahridagi reabilitatsiya markazida 14 nafar, Toyloqda 19 nafar, Samarqand tumanida 23 nafar, Paxtachida 14 nafar, Nurobodda 4 nafar, Past Darg‘omda 20 nafar, Payariqda 15 nafar, Qo‘shrabotda 11 nafar, Oqdaryoda 26 nafar, viloyat XOSPeS markazida 90 nafar. Bundan tashqari, 3507 nafar samarqandliklar uy sharoitida karantinda bo‘lib turishibdi. | 8O‘zbekiston
|
Odil Ahmedovning jamoasi Yevropa ligasi guruh bosqichiga chiqdi
Yevropa ligasida pley-off bosqichining javob uchrashuvlari o‘tkazildi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik Odil Ahmedov to‘p tepayotgan Rossiyaning “Krasnodar” klubi safarda Finlandiyaning “Xik” jamoasi mehmoni bo‘lib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Ilk o‘yindagi yirik hisobdagi g‘alaba evaziga “Krasnodar” Yevropa Ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi.
“Qayrat” (Qozog‘iston) – “Bordo” (Fransiya) 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 1, avtogol Yambere, 2:0 – 66 Kuat, 2:1 – 77 Krivelli.
Ogohlantirishlar: Traore (21), Seve (21), Timoshuk (38), Xazri (39), Yambere (63), Krivelli (85), Soares (88).
Birinchi o‘yin: 0:1
“Qorabog‘” (Ozarboyjon) – “Yang Boyz” (Shveysariya) 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4, penalti Rishard, 2:0 – 43 Reynaldo, 3:0 – 61 Ismailov.
Ogohlantirishlar: Gonsales (16), Bertone (51), Rishard (51), Xadergonay (88).
Chetlatish: fon Bergen (4).
Birinchi o‘yin: 1:0
“Yablonets” (Chexiya) – “Ayaks” (Gollandiya) 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirishlar: Milik (5), Srnkich (16), Bazur (33), Gregush (42), El-Gazi (86), Travnik (90).
Chetlatish: Bazur (59).
Birinchi o‘yin: 0:1
“Videoton” (Vengriya) – “Lex” (Polsha) 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 57 Kendzera.
Ogohlantirishlar: Tomalla (39), Feyesh (49), Leyks (56), Shimon (68), Formella (90).
Birinchi o‘yin: 0:3
“Xik” (Finlandiya) – “Krasnodar” (Rossiya) 0:0 (0:0, 0:0)
“Xik” – Dene, Xeykkilya, Oyala (Xeykkinen, 64), Lextinen, Peyponen, Shyuller, Klinga (Lingman, 77), Zeneli, Mendi, Mussi, Jallo (Tanaka, 68).
“Krasnodar” – Dikan, Kaleshin (Yenjeychik, 70), Markov, Grankvist, Sigurdsson, Odil Ahmedov, Torbinskiy, Petrov, Strannberg, Vanderson (Laborde, 67), Ari (Smolov, 75).
Ogohlantirishlar: Shyuller (36), Mendi (44), Torbinskiy (69), Yenjeychik (90).
Birinchi o‘yin: 1:5 | 13Sport
|
Osiyo o‘yinlari 2023-yilda o‘tkaziladi
Osiyo Olimpiya kengashi bir yilga kechiktirilgan Xanchjou-2022 XIX Osiyo o‘yinlarining yangi sanalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, musobaqa 2023 yilning 23 cyentyabr — 8 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Biroq koronavirusning yangi to‘lqini sababli 6 may kuni Toshkentda o‘tgan OOK Ijroiya qo‘mitasining 77-yig‘ilishida musobaqa boshqa muddatga ko‘chirilishi e’lon qilindi. | 13Sport
|
Yilning eng yaxshi poygachisi ma'lum qilindi
«Formula-1»ning «Mersedes» jamoasi piloti Lyuis Hemilton Autosport Awards har yilgi marosimida ikkita sovrin sohibiga aylandi, deb xabar bermoqda RT.
Hemilton tomoshabinlarning ovoz berishi jarayoni yakunlari bo‘yicha 2017 yildagi eng yaxshi poygachi nominatsiyasida g‘alaba qozondi. Shuningdek u britaniyalik eng yaxshi poygasi deb e'tirof etildi.
Shu tariqa Hemilton yilning eng yaxshi poygachisi nomini beshinchi marta qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Lyuis Karl Devidson Hemilton (ingliz. Lewis Carl Davidson Hamilton) 1985 yilning 7 yanvar kuni tug‘ilgan bo‘lib, jahonning to‘rt karra chempioni sanaladi - 2008, 2014, 2015 va 2017 yilda. Ayni vaqtda u dunyodagi eng yaxshi poygachilardan biri bo‘lib turibdi. | 13Sport
|
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Putin bilan muzokara o‘tkazadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RF rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.
Uning qayd etilishicha, muzokaralar davomida OPeK bilan kelishuv masalasi muhokama qilinishi mumkin.
«Bu rejalashtirilmoqda», - deya javob qaytargan Peskov tegishli savolga.
Shu bilan birga, prezident matbuot kotibining ta'kidlashicha, Putin valiahd shahzoda bilan OPeKdan chiqish ehtimolini muhokama qilishni mo‘ljallamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etadigan davlat rahbarlari ma'lum qilingandi. Ular orasida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ham bor. | 2Dunyo
|
Shavkat Mirziyoyev Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasini yangilash bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasini borib ko‘rdi.
Ma’lum qilinishicha, bu shifoxona 1975-yilda qurib bitkazilgan. Keyinchalik joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan. Klinikaga yiliga o‘rtacha to‘qson mingdan ortiq murojaat bo‘ladi. O‘ttiz mingdan ziyod bemor statsionar tarzda davolanadi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari amaliy mashg‘ulotlarini shu yerda o‘tkazadi.
Lekin shifoxonada buning uchun sharoitlar yetarli emas. Binolar eskirib, ta’mirtalab bo‘lib qolgan.
Davlat rahbari bu yerdagi ahvolni ko‘zdan kechirdi. Klinikani to‘liq rekonstruksiya qilib, uning negizida vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, ko‘z kasalliklari va urologiya bo‘yicha murakkab operatsiyalar o‘tkazadigan tibbiyot markazi tashkil etishga ko‘rsatma berdi.
Prezident shifokorlar bilan suhbatlashdi.
“Inson qadrini ulug‘lash, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlash uchun, eng avvalo, odamlarning salomatligi va yashash sharoitini yaxshilashimiz kerak. Bu institut va klinika shu borada katta markazlardan biri bo‘la oladi. Buning uchun zarur sharoitlarni yaratamiz. Faqat ta’lim metodikasini yangilash, dunyo tibbiyotida qo‘llanilayotgan ilg‘or uslublarni tatbiq etish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda Andijon viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi. Mutasaddilariga aholisi ko‘p Shahrixon tumani misolida tibbiy ko‘rik o‘tkazib, kasallik turlari bo‘yicha davolashning yangi uslublarini amaliyotga joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev asosiy qismi uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi Farg‘onadagi mahallaga tashrif buyurgani hamda Shavkat Mirziyoyev Qo‘shtepada g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasini ko‘zdan kechirgani haqida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
2019 yildan boshlab kinoga elektron chiptalar sotiladi
Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 272-son qarori bilan Aholiga kinovideo хizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va 2018–2019 yillarda milliy kinoprokat tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
«Respublika kinoprokat markazi» DUK tashkil etiladi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
«Respublika kinoprokat markazi» DUK tarkibida kinoprokat tizimining yillik repertuar rejasiga kiritiladigan milliy va хorijiy filmlarning maqbul nisbatini belgilab beruvchi metodik kengash tashkil etiladi.
Korхonaga Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod koʻchasi, 25-uyda joylashgan binolarni tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi bilan bepul beriladi. «Respublika kinoprokat markazi» DUK ustavi va tuzilmasi bir oy muddatda tasdiqlanadi va roʻyхatdan oʻtkaziladi.
Hududlarda yagona repertuar siyosatini amalga oshirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek aholiga kinovideo хizmati koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash «Oʻzbekkino» agentligining hududiy boʻlinmalariga topshiriladi.
Hujjat qator muhim topshiriqlarni oʻz ichiga olgan. Chunonchi, bir oy muddatda yagona respublika kinoprokat elektron tarmogʻi tuzilishi bilan «Respublika kinoprokat markazi» DUK bazasida «Oʻzbekkino» tizimidagi kinoteatrlar birlashtiriladi. Unga хususiy kinoteatrlar oʻzaro manfaatli shartlar asosida kirishi mumkin.
1.06.2018 yildan boshlab filmlarni raqamli yetkazib berish maqsadida, ushbu kinoteatrlar optik tolali aloqa liniyasi orqali yagona respublika kinoprokat elektron tarmogʻiga bosqichma-bosqich ulanadi. 2019 yildan mazkur kinoteatrlarda elektron kinochiptalarning tezkor hisobini yuritish va sotishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.04.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Anvar Irkaхoʻjayev. | 10Qonunchilik
|
Chirchiqdagi institutga Toshkentdan avtobus marshruti yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya a'zolari yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti yoshlari bilan uchrashib, institutning birinchi mehmoni sifatida talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Institutning asosiy o‘quv binosida qizg‘in ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Oliygohning bugungi kundagi ahvoli, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishish davomida talaba va pedagogik jamoa qulayligi uchun zarur bo‘lgan bir qator masalalar mavjudligi ko‘rindi. Jumladan, institutda talabalar uchun o‘quv-laboratoriya bazasini shakllantirish, talabalar turar joylari, isitish tizimini ta'mirlash, o‘quv binosi auditoriyalari hamda talabalar turar joyini o‘quv va yotoqxona mebellari bilan jihozlashda bir qator muammolar bor.
Shu bois, Institut faoliyati bilan tanishuv davomida komissiya qisqa muddatlarda Kommunal xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, «O‘zbekenergo» AK, Toshkent viloyati hokimligiga institutning talabalar turar joyini ta'mirlash, o‘quv, yotoqxona mebellari bilan jihozlash, institutni uzluksiz energiya bilan ta'minlash choralarini ko‘rish, talabalarning aksariyati uchun qatnash qulay bo‘lgan Toshkent shahrining «Buyuk ipak yo‘li metrosi – Chirchiq davlat pedagogika instituti», Toshkent shahrining «Qo‘yliq bozori – Chirchiq davlat pedagogika instituti» yo‘nalishlarida avtobus marshruti qatnovini yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur takliflar bilan chiqishga qaror qildi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 27 iyuldagi «Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2017/2018 o‘quv yili uchun Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan, ushbu viloyat tumanlaridagi ta'lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta'lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta'lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan shakllantiradi.
Tasdiqlangan kvotaga ko‘ra, mazkur oliy o‘quv yurtiga joriy yilda jami 20ta yo‘nalishda 750 talaba qabul qilingan. | 8O‘zbekiston
|
Xelsinkida Tramp va Putinning uchrashuviga qarshilar va xayrixohlar namoyishlar uyushtirmoqda
Finlyandiya poytaxti Xelsinkida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu aksiyalarni AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning tarafdorlari hamda bu tadbirga qarshilar o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ikki davlat rahbarining tez kunda Xelsinkiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan tashkil etilgan o‘nlab namoyishlarning eng yirigi Helsinki Call deb ataladi.
Tashkilotchilar 15 ming ishtirokchini kutmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, shahar markazida 2500 kishi to‘plangan. | 2Dunyo
|
Kam uchrovchi kasallikdan aziyat chekuvchi “daraxt odam” qo‘llarini kesib tashlashni so‘radi
Bangladeshda kam uchrovchi kasallikdan aziyat chekuvchi va “daraxt odam” deb ataluvchi Abul Bajandar chidab bo‘lmas og‘riq sababli qo‘llarini kesib tashlashlarini so‘radi. Bu haqda AsiaOne axborot portali xabar berdi.
Bajandar verrutsiform epidermodisplaziyasi kasalligidan aziyat chekadi. Bu kasallik tufayli uning tanasi daraxt po‘stlog‘iga o‘xshash katta o‘lchamli so‘gallar bilan qoplangan. 2016 yilda 28 yoshli erkak bu so‘gallarni oldirib tashlash bo‘yicha 25 ta operatsiyani boshdan o‘tkazgan.
Qandaydir onda shifokorlar “kasallikni yengdik” deb ham o‘ylashgan, biroq 2018 yil mayida kasallik alomatlari zo‘rayib ketgan. Bajandar ahvoli yomonlashgan – hozirda so‘gallar uning kafti va tovonini deyarli to‘liq qoplab olgan.
“Og‘riq chidab bo‘lmasga aylandi. Men tunlari uxlay olmayman. Men jarrohlardan biroz yengillik his qilish uchun qo‘llarimni amputatsiya qilishlarini so‘radim”, deb tan olgan erkak. Uning onasi o‘g‘lining iltimosini qo‘llab-quvvatlagan. “Juda bo‘lmasa u og‘riqdan xalos bo‘ladi. Hozir u o‘zini jahannamdagidek his qilmoqda”, deb tushuntirgan ayol.
Plastik jarroh Samanta Lal Sen 25 iyunda 7 shifokor uchrashib, Bajandar uchun optimal davolanishni ishlab chiqishlarini ma'lum qilgan. “U o‘z istagini aytdi. Biroq biz u uchun qaysi yechim eng yaxshisi bo‘lishi borasida o‘ylab ko‘ramiz”, deb aytgan jarroh.
Hindiston bosh vaziri Bajandar davolanish uchun pul to‘lashiga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.
Uptodate tibbiy resursiga ko‘ra, dunyoda bu kasallikka 501 kishi uchragan. | 2Dunyo
|
30 oktyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi. | 8O‘zbekiston
|
2016 yilda Turkiyaga kelgan sayyohlar soni keskin kamaygani ma'lum qilindi
Turkiya turizm vazirligi shu yilning o‘tgan davriga oid statistika ma'lumotlarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2016 yil boshidan beri Turkiyaga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31,96 foizga kamaygan.
Hisobotda yozilishicha, 2016 yilning 9 oyi mobaynida Turkiyaga 20,25 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan salkam 10 mln kishi (29, 76 million)ga kam demakdir.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sayyohlar soni may oyidan buyon har oy 30 foizdan qisqarib bormoqda. Iyun (40,86 foiz) va avgust oylari (37,96) sayyohlar eng kam tashrif buyurgan oylar bo‘lgan.
Turkiyaga boruvchi rossiyaliklar soni qariyb 60 foizga qisqargan va jami sayyohlarning 7 foizini tashkil etgan. Ammo, Germaniya, Buyuk Britaniya va gruziyaliklar sentabr oyi ro‘yxatida yetakchilik qilgani aytiladi. Shu bilan birga, bu mamlakatlardan kelgan sayyohlar soni ham o‘tgan yil bilan qiyoslaganda uchdan birga qisqargan.
Hurriyet gazetasining yozishicha, Turkiyaga sayyohlar oqimining kamayishiga, mamlakatda sodir etilgan qo‘poruvchiliklar va harbiy davlat to‘ntarishiga urinish kabi voqealar sabab bo‘lgan. | 5Jamiyat
|
Superliga. 2 ta supergol urilgan o‘yinda “Navbahor” “Surxon”ni taslim etdi. “Paxtakor” Toshkentda “Qo‘qon-1912”ni tor-mor keltirdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 12-may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Paxtakor” Toshkentda “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Sherlar” safida Diyor Xolmatov, Eren Derdiyok va Dragan Cheran o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan keyin Toshkent klubining ochkolari 19 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. “Qo‘qon-1912” (12) esa 5-o‘rindan joy olgan.
“Navbahor” o‘z maydonida “Surxon”dan ustun keldi. 56-daqiqada Ivan Solovyov uzoq masofadan super zarba yo‘llab, hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin tugashi arafasida Slavisha Stoyanovich hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shu tariqa namanganliklar o‘z maydonida kechgan bahsda ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu jamoa uchun joriy mavsum uy uchrashuvlari doirasidagi ilk g‘alaba bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari 9 taga yetgan “Navbahor” 9-o‘ringa ko‘tarildi. Hisobida 4 ochko bo‘lgan “Surxon” 13-pog‘onani band etgan.
Superliga
8-tur bahslari
12-may, chorshanba
Gollar: 1:0 — 56 Solovyov, 2:0 — 89 Stoyanovich.
“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Sardor Telyakov (6.Sherzod G‘ulomjonov, 90+2), 9.Ivan Solovyov (77.Husayn Ergashboyev, 90+2), 10.Quvondiq Ro‘ziyev (67.Marko Putinchanin, 78), 11.Islombek Isoqjonov (25.Shohruh Mahmudhojiyev, 72), 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 70.Abbos G‘ulomov, 95.Zabihillo O‘rinboyev (88.Slavisha Stoyanovich, 78).
“Surxon”: 1.Azamat Ahmedov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 10.Murodbek Bobojonov (38.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 74), 11.Zohir Pirimov (9.Nizomjon Norov, 74), 14.Jasur Xolto‘rayev, 15.Vladimir Bubanya, 19.Nuriddin Hasanov, 20.Husniddin G‘ofurov (18.Eldor Boymatov, 58), 66.Behroz Shaydulov, 77.Asror G‘ofurov.
Ogohlantirishlar: Quvondiq Ro‘ziyev 35, Abbos G‘ulomov 42, Ehsoni Panshanbe 71, Asror G‘ofurov 73, Nizomjon Norov 88.
Gollar: 1:0 — 39 Xolmatov, 2:0 — 40+2 Derdiyok , 3:0 — 62 Cheran.
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 34.Farrux Sayfiyev, 23.Sherzod A’zamov (16.Marlen Chobanov, 88), 5.Anzur Ismoilov (S), 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev (3.Xojiakbar Alijonov, 75), 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (19.Sharof Muhiddinov, 79), 18.Xojimat Erkinov, 10.Dragan Cheran, 28.Diyor Xolmatov ( 8.Aziz Turg‘unboyev,79), 9.Eren Derdiyok(99.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 88)
“Qo‘qon-1912”: 46.Xurshid Xo‘jayev, 5.Slavko Lukich(14.Avaz Mamatxo‘jayev,61), 7.Asadbek Sobirjonov, 8.Farhod Bekmurodov, 10.Shohnazar Norbekov (99.Andrey Sidorov 75), 11.Mo‘min Meliyev(15.Oybek Rustamov,46), 20.Iqbol Malikjonov(91.Yakuba Bamba,46), 22.Muhammadanas Hasanov(13.Sardor Azimov, 46), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov.
Ogohlantirish: Ibrohim Halil Yo‘ldoshev (50), Oybek Rustamov (62). | 13Sport
|
Indoneziya Buyuk Britaniyadan tovon puli talab qilmoqda
Indoneziya hukumati Buyuk Britaniya elchisini chaqirib, Angliya sayohat kemasi tomonidan marjon qoyalari yo‘q qilingani uchun tovon pulini muhokama qildi. Associated press agentligi shu haqda xabar qilmoqda.
Indoneziya dengiz ishlari bo‘yicha katta vaziri Lugut Panjaytan elchi Muazzam Malikni yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash uchun chaqirgan. Vazirlik marjon qoyalariga yetkazilgan talofatni tuzatib bo‘lmas, deb baholagan.
Dastlabki surishtiruv ishlariga ko‘ra, kema arxipelagning qoq markazida joylashgan 1600 kvadrat metr maydondagi marjonlarni yo‘q qilgan.
Avvalroq, sayohat kemasi Indoneziyaning marjon qochlariga 2 mln dollarlik ziyon yetkazgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. | 2Dunyo
|
Paxtachida transformator buzilgani uchun odamlar ko‘chani yopdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi mahallalardan birida transformator nosoz holga kelib, bir muddat elektr energiya ta'minotida uzilishlar bo‘lgani uchun odamlar norozilik sifatida ko‘chani yopgan.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, bugun, 5 aprel kuni Paxtachi tumani «Saroy» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi odamlar M37 Samarqand-Buxoro-Ashxobod xalqaro avtomobil yo‘lining shu mahalla hududidan o‘tuvchi qismini yopishga harakat qilgan.
Bunga, mahallada joylashgan transformator yaroqsiz holga kelib, odamlarning bir muddat elektr energiyasi ta'minotisiz qolgani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisa joyiga IIB xodimlari borib, odamlar bilan tushuntirish ishlarini olib borgan va ular uylariga tarqatib yuborgan.
Ta'kidlanishicha, ayni damda mahallaga yangi transformator olib borib o‘rnatilmoqda. | 5Jamiyat
|
O‘zbekiston IOSCO’ning ko‘p tomonlama memorandumini imzolash jarayonini tezlashtiradi
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi joriy yil oxiriga qadar IOSCO’ning maslahat olish, hamkorlik qilish hamda axborot almashish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama memorandumini (MMOU) imzolashni rejalashtirgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, ayni masala 13 aprelda agentlik rahbariyati hamda IOSCO tashkilotining yetakchi maslahatchisi Izabel Pastor rahbarligidagi kotibiyat vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiyada muhokama qilindi.
Konferensiya davomida memorandumni imzolash uchun O‘zbekiston tomonidan qonunchilik bazasini tayyorlash jarayonini tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Agentlik tomonidan IOSCO MMOU ko‘p tomonlama memorandumining imzolanishi O‘zbekiston jahon standartlari va tamoyillariga amal qilayotganligi, birja faoliyati shaffofligi ta'minlanganligini ko‘rsatib, bu esa, o‘z navbatida, chet ellik investorlarni jalb etish imkonini beradi.
«Memorandumni imzolashimiz yirik xalqaro investorlarni bizning qimmatli qog‘ozlar bozorimizga kirishdan qo‘rqmaslikka chaqirib, uning shaffofligini va noqonuniy operatsiyalar, xatti-harakatlardan himoyalanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu O‘zbekistonning qonunchilik va nazorat bazasi xalqaro ekspertizadan o‘tib, ijobiy baholanganligidan darak beradi», - deb ta'kidladi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Tursun Mahkamov.
Hozirgi kunda moliya bozoridagi o‘zaro harakatlar to‘g‘risidagi memorandumni (Multilateral Memorandum of Understanding, MMOU) dunyoning 138 ta davlati imzolagan.
IOSCO MMOU 2002 yilda qimmatli qog‘ozlarni tartibga soluvchilar - IOSCO a'zolari o‘rtasida axborot almashish hamda moliya bozorida noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha xalqaro komissiyalar tashkiloti (International Organization of Securities Commissions, IOSCO) xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, qimmatli qog‘ozlarni tartibga soluvchi milliy organlarni qamrab oladi. Uning shtab-kvartirasi Ispaniyaning Madrid shahrida joylashgan. | 8O‘zbekiston
|
Eron zilzilasi qurbonlari 170 nafarga yaqinlashdi
Eron va Iroq chegara hududida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning soni 168 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda PressTV. Qurbonlarning aksari eronliklardir.
12 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni kechki 09:18 da sodir bo‘lgan tabiiy ofat episentri Iroq Kurdistonining Halabja shahridan 32 km janubda joylashgan.
Ammo eng ko‘p talofat Eronning Kirmonshoh viloyatidagi Sarpuli Zahob tumaniga yetgan. Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Qosim Jon Boboiyning aytishicha, shu vaqtga qadar 164 nafar eronlik halok bo‘lgani tasdiqlangan. Yana 1568 kishi jabrlangan.
Eron milliy tabiiy ofatlarni boshqarish tashkilotiga ko‘ra, Kirmonshoh viloyatida elektr energiyasidan uzilish hollari kuzatilgan.
Yer silkinishi, shuningdek, Eronning Kurdiston, Ilom, Xuziston, Hamadon, G‘arbiy Ozarboyjon, Sharqiy Ozarboyjon, Luriston, Qazvin, Zanjon va Qum viloyatlarida ham ro‘y bergan. Bundan tashqari, Turkiya, Kuvayt, Armaniston, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar va Bahrayn kabi mamlakatlarning ayrim hududlarida ham sezilgan.
Biroq asosiy talofat Eron va Iroqqa yetgan. Iroqning Darbandixon tumani tabiiy ofatdan jiddiy zarar ko‘rgani aytilmoqda. Iroq Kurdistoni sog‘liqni saqlash vazirining aytishicha, 30 kishi jabrlangan. 4 kishi halok bo‘lgan. | 2Dunyo
|
Milliy bogʻda okeanarium barpo etiladi
11.01.2020
Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bogʻida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bu yerda zamonaviy madaniyat va istirohat bogʻi barpo etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-sentabrdagi qarori asosida bunyodkorlik ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, koʻngilochar oʻyingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Ikkinchi bosqichda 12 gektar hududda mavzuli park, bolalar uchun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi.
Shuningdek, kafe va restoranlar, savdo doʻkonlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini ta’minlash maqsadida kashtan, qaragʻay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.
Istirohat bogʻi toʻliq modernizatsiya qilingach, bir kunda 10 ming kishigacha xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Bu aholining mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash bilan birga Toshkent shahrining turistik jozibadorligini ham oshiradi.
Davlatimiz rahbari istirohat bogʻining yil davomida ishlashini ta’minlash, odamlar oilaviy dam olishi uchun keng imkoniyat yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Bogʻda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarimizdagi qadimiy obidalar maketini oʻrnatib, yoshlar va sayyohlarning tariximizga qiziqishini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Shu yerda Toshkent shahri tumanlari hokimlari bilan muloqot boʻldi. | 12Siyosat
|
Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar buхgalteriya hisobi oʻzgardi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 5 avgustda 1885-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi.
Belgilanishicha, qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin tegishli buхgalteriya oʻtkazmalari qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning emitent bankka berilgan nusхasiga asosan (ilgari – chiqarilgan aksiyalar Markaziy depozitariyda hisobga olingandan soʻng depozitariyning hisobotiga asosan) amalga oshiriladi.
Qolaversa toʻlov toʻliq olingandan soʻng bitim amalga oshirilganda, shuningdek aksiyalar uchun obuna boʻyicha depozitlar boʻyicha aksiyalar sotilganda tegishli buхgalteriya oʻtkazmalari aksiyalar boʻyicha egalik huquqi oʻtkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvaragʻidan olingan koʻchirmaga asosan (ilgari – aksiyalar boʻyicha egalik huquqi oʻtkazilganligini tasdiqlovchi depozitariyning hisobotiga asosan) amalga oshiriladi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 10 avgustdagi 31-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 10Qonunchilik
|
Yaponiya Janubiy Koreyaga shokolad tufayli protest bildirdi
Yaponiya Janubiy Koreyaga prezident Mun Chje In va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning 27 aprel kungi kechki ovqati vaqtida Tokio da'vogarlik qilayotgan Takesima oroli tasvirlangan shokolad berilishi ma'lum bo‘lgach protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, shokolad plitkasi har ikki yetakchi ishtirokidagi sammitdan so‘ng beriladi. Unda yagona Koreya va Yaponiya tomoni da'vogarlik qilayotgan orol tasvirlangan bo‘ladi. Mamlakat TIVning Osiyo va Okeaniya departamenti rahbari Kendzi Kanasugi Janubiy Koreya elchixonasi rahbariyatini Tokioga chaqirdi va protest haqida ma'lum qildi. Yaponiyaning Seuldagi elchixonasi orqali ham xuddi shunday protest bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Rossiyaga protest bildirgandi. | 2Dunyo
|
Qo‘rg‘ontepa tuman “Dehqon bozori” MChJ moddiy javobgar shaxslarining kirdikorlari fosh bo‘ldi
Ular asossiz ravishda oylik maoshlari va savdo xizmatidan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilishgan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, tuman “Dehqon bozori” MChJ moddiy javobgar shaxslari MChJning 201,7 mln so‘mini hech qanday asossiz ish haqi va rag‘batlantirish sifatida olgani, shuningdek savdo hamda xizmat ko‘rsatishdan tushgan 157 mln so‘mni kirim qilmasdan, jami 358,7 mln so‘m pul mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Izboskan tumanida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani haqida xabar berilgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Farg‘onada 4 balli zilzila kuzatildi
23-yanvar kuni kechasi Farg‘ona vodiysida zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda UZ24 “Toshkent” seysmomarkaziga tayanib.
Yerosti silkinishlari epimarkazi Qirg‘izistonda Farg‘onadan 25 km uzoqlikda joylashgan, magnitudasi 4,5 ballga teng. Zilzila kuchi Farg‘onada 4 ball, Andijon va Namanganda — 3 ballni tashkil etdi.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida zilzila sezilmagan. | 8O‘zbekiston
|
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Qashqadaryoda mis-rux konlarini qidirishga kirishdi
O‘zbekistonning monopol mis ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ Qashqadaryo viloyatidagi Ko‘ldara maydonida mis-rux konlarini qidirishga kirishdi. Bu haqda “Noviy vek” nashri “RIA Novosti”ga tayanib xabar berdi.
Geologiya-qidiruv va ilmiy izlanishlar ikki yil davom etib, 2016-yilning uchinchi choragida yakunlanadi. Bundan maqsad foydali qazilmalarni boyitish majmuasining (FQBM) xomashyo bazasini kengaytirishdan iborat.
2011-yilning yanvarida OKMK yiliga 650 ming tonna ruda ishlab chiqarish quvvatiga ega 147 million dollarlik FQBMni ishga tushirdi.
“Olmaliq KMK” OAJ o‘z ishlab chiqarish quvvati bilan O‘zbekiston Respublikasining Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hududlarida joylashgan mis-molibden, qo‘rg‘oshin-rux va oltin-kumush konlari guruhlari zaxiralarida makon topgan jahon miqyosidagi yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. | 8O‘zbekiston
|
Fransiyada hayvon o‘rgatuvchiga sher hujum qildi (video)
Fransiyadagi sirk tomoshalarining birida hayvon o‘rgatuvchiga sher hujum qilib, jiddiy jarohat yetkazdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Erkakning rafiqasi unga yordamga keldi: u o‘t o‘chirish vositasi yordamida yirtqichni haydab yubordi.
Hayvon o‘gatuvchining hayotini saqlab qolish uchun besh soatli operatsiya kerak bo‘ldi. Sherning sirkdagi faoliyati yakunlandi, u endilikda hayvonot bog‘iga berib yuboriladi. | 2Dunyo
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nogironligi bor bolalarga qaraganlik uchun ish staji qo`shish masalasi ko`rilmoqda
Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tmoqda
Majlisda “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishda ko`rib chiqilmoqda.
Ikkinchi o`qishda ko`rib chiqilayotgan qonun loyihasida nogironligi bolalikdan bo`lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo`shib hisoblash, bolani parvarishlash vaqtining hammasini jamlanganda ko`pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo`shib hisoblash belgilanmoqda. | 5Jamiyat
|
55 soat vaqtni suv ostida o‘tkazgan misrlik qiz jahon rekordini yangiladi
Misrlik ayol ikki sutkadan ortiq vaqtni Aqaba ko‘rfazi tubida o‘tkazdi va shu tariqa akvalangda suv ostida o‘tkazilgan vaqt bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. TASS agentligi shu haqida xabar berdi.
14 yoshli rekordchi Riim Ashraf umumiy hisobda 55 soatni ko‘rfaz tubida akvalang bilan o‘tkazgan. U bir necha yildan beri dayving bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini dengizda o‘tkazishi hamda o‘z mahoratini charxlashi haqida aytgan. Qiz otasi - Misr harbiy-dengiz kuchlari ofitseri ta'siri ostida ushbu mashg‘ulotga qiziqqan.
U bir necha oy davomida Sharm Ash-Shayx kurort shahri yaqinida mashq qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng qiyini "suv ostida to‘g‘ri uxlashni o‘rganish" bo‘lgan. | 2Dunyo
|
“Qachongacha yemagan somsaga pul to‘laymiz?” - Chilonzor kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar elektrsiz qolib ketdi
17 tadbirkor boshqa korxonaning qarzlarini yopib kelmoqda
Chilonzor kichik sanoat zonasida ijara asosida faoliyat yuritadigan 17 nafar tadbirkor “Sovplastital” korxonasining elektrdan qarzdorligi tufayli elektr energiyasiz qolganini aytmoqda. Tadbirkorlardan biri vaziyatni shunday tushuntirdi.
“Bu kichik sanoat zonasiga 2017 yilda kirib keldik, joy bizga davlat tomondan 15 yilga ijaraga berilgan. Sanoat zonasining investitsion shartlari bor, shu shartlar bajarilsa, mulkka egalik huquqi beriladi. Zonada 17ta tadbirkor faoliyat yuritadi, bu yer “Sovplastital”ning hududi, korxonaning 50 foizi davlatga qarashli. Uning o‘zi ham ishlab turibdi, biroq korxona bankrotlik yoqasida. Biz ijara pulini Toshkent shahar hokimligi huzuridagi direksiya boshqarmasining davlat ijaraga berish qo‘mitasiga to‘laymiz. Ya’ni, biz direksiyaga ekspluatatsion xarajatlarni to‘laymiz.
Bizda 2020 yilgacha Chilonzor tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma bor edi, ya’ni biz ularga foydalangan energiyamiz uchun bir oy oldindan to‘lov qilib, energiyadan foydalanardik. 2020 yil iyul oyida shartnomalar bekor bo‘ldi. Endi faqat bosh hisoblagichga elektr energiyasi keladi, undan boshqa tadbirkorlarga tarqatiladigan bo‘ldi. Asosiy elektr ta’minotini oluvchi tashkilot “Sovplastital” hisoblanadi, chunki joy ilgari ularniki bo‘lgan, ularning nomiga hudud kadastr qilingan, bundan tashqari, uning 50 foiz ulushi davlatga qarashli. Asosiy hisoblagich ularda, biz ulardan elektr olamiz.
Keyin 3 tomonlama shartnoma qildik: Chilonzor ETK, “Sovplastital” va boshqa tadbirkorlar. “Sovplastital” bir necha yillardan beri bankrot bo‘lib kelayotgan, ya’ni zarariga ishlab turgan korxona, juda ham ko‘p qarzi bor. Biz Chilonzor ETKga pul to‘laymiz, biz to‘lagan pullar hisobidan “Sovplastital”ning qarzidan ayirib boriladi. Shu tartibda ishlab turdik.
“Sovplastital”ning mol-mulk solig‘i ko‘p chiqadi, chunki ular faoliyat yuritmaganidan keyin yildan yilga solig‘i ko‘p chiqaveradi. Bundan tashqari, uning o‘zining oriyentatorlari bor. Eski stanoklari uchun elektr energiya yoqadi. Har yili mulk solig‘idan qarzi borligi uchun “Sovplastital”ning hisobiga kartoteka qo‘yilgan, ular elektr energiyaga pul to‘lay olmaydi. Biz to‘lab turgan pul hisobiga tok yonadi va qarzdorlik oshib-oshib hozir 1,5 milliardga yaqinlashgan.
Elektr tarmoqlari korxonasi qarzdorlik tufayli energiyadan butun zonani uzib qo‘yadi, undan keyin biz ham uzilamiz. Biz har doim pulini yig‘ib, 3 oy oldindan to‘laymiz, yana bir-ikki oy yonadi, yana “Sovplastital”ning qarzi ko‘payib ketadi, yana o‘chiradi.
Direksiya “Sovplastital”ni sudga bergan, sud elektr bo‘yicha qarzdorlikni undirishni ko‘zda tutsa, soliq idorasidan 3 milliardga yaqin qarzi bo‘lib, hisobi kartotekaga qo‘yilgani uchun birinchi bo‘lib soliqlarni undirish kerak bo‘lgan. Qachon bu qarzlar so‘ndirib bo‘linsa, keyin elektr energiyasining qarzlari to‘lanishi kerak.
“Qimmat uskunalarim kuydi” — Shohida Teshaboyeva
“Shu paytgacha 3 oy oldindan barcha tadbirkorlar pul tashlashib, to‘lovni qilib keldik. “Sovplastital”ning qarzi oshib beraverdi, biz endi buncha pulni to‘lay olmaymiz. Chilonzor ETK tokni ogohlantirmasdan o‘chiradi, qimmat uskunalarda ishlaymiz: ular ishlab turganda birdaniga yoqib-o‘chirsa, to‘g‘ri kelmaydi. Mening 3ta platam kuyib ketdi, endi o‘sib kelayotgan yangi tadbirkorman. Shunday davom etsa, tadbirkor bu yerda rivojlana olmaydi. Tadbirkorni oxirgi tupikkacha yetkazib qo‘yilsa, rivojlanmaydi, tadbirkor sinadi.
Qo‘limizda 20-30, 80-100 nafarlab ishchilar ishlaydi, shuncha odam oilasini boqish uchun viloyatlardan kelib ishlamoqda. Ularni 3 mahal ovqat bilan ta’minlaymiz, kuniga pul to‘laymiz. Har kuni tok o‘chadigan bo‘lsa, zararimizni kim qoplab beradi? Tadbirkor nega birov uchun zarar ko‘rishi kerak?
Direksiya gaz, svet, suv bo‘yicha kafolatni bo‘yniga olgan, lekin hozir mening kafolatimda emas deb mas’uliyatdan qochyapti. Unda nega biz ularga oyiga 5 millionlab ijara to‘layapmiz. O‘zim kichkina joyda tursam ham, oyiga 7 million to‘layman. Bu pullar qanaqa mashaqqat bilan kelishini his qilishi kerak emasmi? Har bir platam 600 dollardan turadi, uskunam usiz ishlamaydi. Xitoydan qachon keladi deb kutib o‘tiraman. Direksiya ijara pullarini o‘z vaqtida olishni biladi, lekin vakolatiga kelganda mening vazifam emas deyishi to‘g‘ri bo‘lmasa kerak”.
Direksiya tadbirkorlarning energiya muammosini hal qilishi lozim
Tadbirkorlar Kun.uz'ga taqdim etgan 2021 yildagi ekspluatatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ch-28/2021 sonli shartnomada ijrochining majburiyatlari qatorida tadbirkorlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash ham ko‘zda tutilgan. Shartnomaning 3-bandida buyurtmachi (tadbirkorlar) ijrochidan (Toshkent shahar kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi) elektr energiyasi, sovuq suv va gaz ta’minotini tarmoqlarning bo‘linish chegarasiga kerakli miqdorda yetkazib berishni talab qilish huquqiga egaligi keltirilgan.
Hammaga alohida elektr bersa bo‘lmaydimi?
Hududda faoliyat yurituvchi tadbirkor Ravshan Nishonovga ko‘ra, zona “Sovplastital” AJga kadastr qilingani bois, u orqali asosiy hisoblagich o‘rnatilgan.
“Hammaga alohida elektr energiyasini beringlar dedik, elektr qonunchiligiga ko‘ra, kadastr bo‘lgan joylarga alohida TP qo‘yilar ekan. Bu yerda, direksiyada kadastr yo‘q, biz ijarada turibmiz. “Sovplastital”da kadastr bor, biz unda subarendator bo‘lib o‘tiribmiz. Ularning qarzdorligi tufayli tok o‘chaveradi, summa kattalashib ketaveradi, tadbirkorlar to‘lolmayapti.
Hozir ham qariyb 600 millionlik qarzni to‘larmiz, lekin keyingi safar qarzdorlik 1 milliardga yetadi. Hammaning oldindan to‘lovi bor, nima uchun to‘laymiz deydi. Elektr tarmoqlari korxonasi ham noqonuniy ish qilmayapti, ular ham qarzdorlik bartaraf etilgandan keyin tok berishi kerak”, – deydi u.
Mas’ullar 17 nafar tadbirkor va butun boshli sanoat zonasi ishtirokchilarini qiynab kelayotgan muammoga tez orada yechim topishadi, deya umid bildirib qolamiz.
Madina Ochilova | 8O‘zbekiston
|
Toshkentdagi Inha universiteti qancha talaba qabul qilishi ma`lum bo`ldi
Janubiy Koreyaning Toshkentda ochilayotgan Inha universiteti filiali birinchi yili qancha talaba qabul qilishi ma`lum bo`ldi.
Podrobno.uz nashrining xabar berishicha, bu yil horij universiteti 150 nafar talaba qabul qiladi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bergan.
Bundan tashqari, yangi universitetda dars beradigan o`zbekistonlik o`qituvchilarni saralash ishlari ham hozirdan boshlab yuborilgan. Universitetdagi maxsus fanlarni esa Janubiy Koreyadan tashrif buyuradigan o`qituvchilar olib borishadi. Universitetda ta`lim ingliz tilida bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, universitet ilk talabalarini 2014/2015 o`quv yili uchun 1 oktyabr kuni qabul qiladi. | 5Jamiyat
|
Kanadaning ikki samolyoti bortida chiqqan tutun tufayli manzilga yetmasdan qo‘nishga majbur bo‘ldi
Kanadaning Porter Airlines aviakompaniyasiga qarashli ikkita samolyot bortida chiqqan tutun tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirishiga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Torontodan Vashingtonga uchayotgan birinchi samolyot uchuvchilar kabinasi va salonda tutun chiqqach, AQShning Uilyamsport shahriga qo‘ngan. Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, hech kim jabr ko‘rmagan. Yo‘lovchilar Vashingtonga boshqa samolyotda yetkazilgan.
Ikkinchi samolyot Torontodan Kanadaning Greyter-Sadberi shahriga uchayotganda salonda tutun tarqalgani sababli aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan. Hozirda mutaxassislar har ikkala vaziyatda tutun tarqalishi sabablarini o‘rganmoqda. | 2Dunyo
|
Farg‘ona vodiysida yagona aeroport qurish taklif qilinmoqda
Farg‘ona vodiysida hududdagi har uchala viloyat uchun yagona bo‘lgan xalqaro aeroport qurilishi mumkin. Bu haqda 11 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ko‘rsatilgan transport sohasidagi loyihalar taqdimotida so‘z bordi.
Ma’lumki, Farg‘ona vodiysidagi uchta — Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlari shaharlar ichida joylashgani va atrofi bino-inshootlar bilan zich o‘ralgani sababli ularni kengaytirish imkoniyati cheklangan. Shu bois uchta viloyatning o‘rtasida yangi xalqaro aeroport qurish taklif etilmoqda, deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
Mamlakat aeroportlarini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasida 2026 yilgacha aeroportlarni ixtisoslashtirishni amalga oshirish, jumladan, Toshkent aeroportini xalqaro xab, Navoiy aeroportini yuk tashish xabi, Samarqand va Buxoro aeroportlarini turizm xablariga aylantirish ko‘zda tutilgan.
Toshkent xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish orqali yo‘lovchilarni o‘tkazish quvvatini soatiga 2400 nafarga oshirish, ro‘yxatdan o‘tish, pasport nazorati va samolyotga chiqish yo‘laklarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Buxoro va Urganch aeroportlarida yangi yo‘lovchi terminallari qurish, shuningdek, hududlararo loukoster aviakompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, «Toshkent-Sharqiy» aeroportining bosh rejasi ham muhokama qilindi. Uning ochilishi 2020 yilga mo‘ljallangan edi, biroq qurilish ishlari davom etmoqda.
2021 yil yakunlari bo‘yicha mamlakat aeroportlari orqali 5,4 mln yo‘lovchi va 82 ming tonna yuk tashilgan, xorijiy aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatish hajmi oshgan. Xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida barcha aeroportlarning moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshilangan.
2020 yil avgustidan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlari, jumladan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi aeroportlarda «beshinchi havo erkinligi» huquqini qo‘llagan holda «Ochiq osmon» rejimi joriy etilgan edi | 4Iqtisodiyot
|
Chilonzor prokuraturasi 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan otaga nisbatan jinoiy ish ochdi
Toshkent shahar Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan 4 yashar qizaloqning otasi tomonidan kaltaklanishi voqeasi yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda, tuman prokuraturasi vakiliga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
4 yashar qizaloq otasi tomonidan qattiq kaltaklanishi aks etgan videoyozuv 11-noyabr kuni “O‘zbekiston” telekanalining “Uchburchak” ko‘rsatuvida namoyish etilgan, shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Qizchaning kaltaklanishi videosi aynan ota tomonidan olingan — u qizini urib, haqorat qilishi davomida jarayonni videoga olib turgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘ng bu video ota tomonidan qizning onasiga yuborilgan.
Tuman prokuraturasi vakili so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, biroq jinoyat ishi qaysi modda bo‘yicha ochilganiga aniqlik kiritilmagan.
Shuningdek, tuman IIB tomonidan jahldor otani qamoqqa olish bo‘yicha sanksiya berish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan muzokaralar o‘tkazdi
2015-yilning 21-dekabr kuni “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Muzokaralar chog‘ida “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi munosabatlarning holati va istiqbollari, oliy va yuqori darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda turli sohalardagi mintaqalararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, yakunlanayotgan yilda 1996-yilda imzolangan O‘zbekiston va YeI o‘rtasida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga binoan tashkil qilingan deyarli barcha qo‘shma institutlarning majlislari bo‘lib o‘tdi. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni har tomonlama rivojlantirish ikki tomon uchun ham zarur ekanligidan dalolat beradi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim mavzulari yuzasidan ham fikr almashildi. | 8O‘zbekiston
|
Chilonzordagi bo‘ron qurboni, kilogrammi 800 so‘mgacha ko‘tarilgan qo‘l terimi, Toshkent bozorlaridagi bankomat muammosi va kunning boshqa muhim xabarlari
19-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
Kadr: YouTube
1. Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi. Hukumat bu qarorni 16-oktabr kuni qabul qilgan, u 17-oktabrdan kuchga kirgan.
2. Toshkentda 17-oktabr kuni kuzatilgan bo‘ron oqibatida chilonzorlik ayol vafot etdi. FVV ma’lumotiga ko‘ra, 17-oktabr kuni Toshkent shahri va Buxoro viloyatida shamol tezligi soniyasiga 32 metrgacha kuchaygan.
3. Hozircha faqat Fayzobodda: Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi. Bu guvohnomalar uchun to‘lov miqdori ham belgilandi.
4. Toshkent bozorlaridagi bankomatlar haqida: Uzoqqa cho‘zilmagan o‘yin. “Pravda Vostoka” muxbiri kartochkasidagi pulini naqdlashtirish maqsadida bir necha kun davomida ahvolni o‘rganib chiqqan.
5. Video: Bekobodda besh farzandli uysiz ayol hokimning g‘amxo‘rligidan yig‘lab yubordi. “Xo‘jayinim ikkalamiz kun bo‘yi ishga chiqamiz, har kuni. Uyda o‘tirmaymiz. Kichik farzandimizni qo‘shniga tashlab, ishga chiqamiz”. | 8O‘zbekiston
|
Donald Tramp AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozondi
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozondi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bu Viskonsindagi ovozlar hisoblab chiqilganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Mazkur shtatdagi muvaffaqiyatdan so‘ng, Tramp saylovda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan tanlovchilarning 270 ovozini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, 2016-yilning 19-dekabr kuni AQShning yangi prezidenti va vitse-prezidenti uchun tanlovchilar hay’ati ovozi beradi. 2017-yil 20-yanvar kuni esa saylangan prezident qasamyod qilib, vakolatlarini bajarishga kirishadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 2Dunyo
|
AQSh Meksikaga narkotiklar ishlab chiqarishga qarshi kurashda moliyaviy yordam taklif etdi
AQSh Meksikaga ko‘knor yetishtirilishiga qarshi kurashda moliyaviy ko‘mak taklif qildi. Bu haqda Narkotiklar xalqaro aylanmasiga kurash bo‘yicha byuro (INL) kotibining yordamchisi Uilyam Braunfild ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Bunday qaror o‘tgan yili Meksikada geroin ishlab chiqarilishi yana ko‘paygani tufayli qabul qilingani bildirilmoqda.
“Biz ko‘knorlarni yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Buning uchun mazkur yo‘nalishdagi kurashni kuchaytirish bo‘yicha qanday harakatlar amalga oshirilishi yuzasidan bir to‘xtamga kelib olishimiz kerak”, — deya ta’kidladi Uilyam Braunfild.
AQSh rasmiylari ajratilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy ko‘mak summasiga aniqlik kiritmadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 2Dunyo
|
2020 yilda O‘zbekistondagi eng ko‘p maosh to‘langan mutaxassisliklar
2020 yilda eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar oliy menedjment va axborot texnologiyalari sohalari bo‘lib, maksimal darajadagi oylik ish haki 30 mln so‘mga teng bo‘lgan. Bu haqda hh.uz saytidagi ma’lumotlarga tayanib Spot xabar berdi.
Keyingi o‘rinda 20 mln so‘m maksimal oylik ish haqi bilan savdo sohasi mutaxassisi turibdi. 2020 yil bo‘yicha keyingi o‘rinlarni 15 mln oylik ish haqi bilan san’at, OAV, marketing, reklama va PR, tibbiyot, farmatsevtika, ishlab chiqarish, shuningdek, qurilish kabi soha mutaxassislari egallagan.
Eng kam oylik ish haqi ishchi xodimlar va sug‘urta sohasi ishchilariga to‘g‘ri kelgan — 700 ming so‘m.
Mutaxassislik sohasi
O‘rtacha
Minimal
Maksimal
Avtomobil biznesi
3 518 796
1 156 200
9 299 796
Ma’muriy xodim
2 262 063
1 005 330
10 540 398
Bank, investitsiyalar, lizing
4 251 432
1 307 070
17 561 859
Xavfsizlik
2 010 801
1 200 000
7 037 733
Buxgalteriya
3 518 796
1 508 136
12 567 330
Oliy menedjment
7 540 398
2 262 063
30 161 592
Davlat xizmati
5 403 966
2 010 801
15 806 000
Xom ashyo ishlab chiqarish
7 037 733
2 513 466
13 572 660
Uy ishchilari
4 935 000
1 256 733
7 050 000
Axborot texnologiyalari va internet
5 026 932
1 508 136
30 013 371
San’at va OAV
3 518 796
1 508 136
15 350 979
O‘rnatish va xizmat ko‘rsatish
3 619 329
1 508 136
14 709 402
Konsultatsiya berish
3 770 199
1 256 733
10 219 060
Marketing, reklama, PR
3 518 796
1 508 136
15 567 330
Tibbiyot, farmatsevtika
4 021 602
1 307 070
15 053 864
Faoliyatni boshlash, talabalar
2 010 801
1 000 000
7 880 067
Ilm-fan, ta’lim
4 021 602
1 407 603
10 506 756
Savdo
3518796
1 508 136
20 075 325
Ishlab chiqarish
4 021 602
1 307 070
15 080 796
Ishchi xodim
2 513 466
700 000
8 500 000
Sport klublari, go‘zallik salonlari
3 016 131
1 005 330
8 000 000
Sug‘urta
2 965 935
700 000
8 043 063
Qurilish
4 021 602
1 508 136
17 556 529
Transport, logistika
3 267 534
1 256 733
13 069 995
Turizm, mehmonxonalar va restoranlar
3 016 131
90 000 (za smenu)
10 050 000
Boshqaruv, treninglar
4 021 602
1 809 735
11 561 859
Huquqshunoslik
5 026 932
1 508 136
10 506 756 | 5Jamiyat
|
Xitoyda shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 5 mingga yaqin kishi ushlandi
Xitoy huquq-tartibot idoralari so‘nggi 4 oy mobaynida internet tarmog‘i orqali fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlaganlikda gumon qilib 4800 kishini hibsga oldi. Bu haqda XXR jamoat xavfsizligi vazirligi xabar tarqatgan.
Vazirlik bayonotida ta'kidlanishicha, oxirgi yillarda internet texnologiyalarining katta sur'atlarda rivojlanayotgani sababli an'anaviy jinoyatlar butunjahon axborot tarmog‘i uzra ham faolroq tarqalmoqda. Shaxsiy va boshqa ma'lumotlarni, ularni keyinchalik firibgarlik va tovlamachilik uchun foydalanish maqsadida o‘g‘irlash holatlari ko‘paydi.
So‘nggi 4 oyda mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan maxsus amaliyotlarda 1800 dan ortiq xakerlik va shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoiy ish fosh etilgan.
XXR jamoat xavfsizligi vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, yirik va jamoat tashkilotlari vakillarining ma'lumotlarni taqdim etish hollari tobora ko‘proq uchramoqda. Ular ma'lumotlarni noqonuniy tarzda egallab olib, uni qiziqish bildirgan tomonga sotadi. Shuningdek, bevosita internet-provayderlardan ma'lumotlarni o‘g‘irllash holatlari ham kuzatilgan. | 2Dunyo
|
Amerikalik ayolga elektr energiyasi uchun 284 mlrd dollar qarzdorlik qog‘ozi keldi
AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Mariya Horomanski elektr energiyasidan foydalanganlik uchun 284 milliard dollar qarz ekaniga doir xabarnoma oldi, deb yozmoqda Business Insider.
58 yoshli ayolning qayd etishicha, u hisob varag‘ini olgach, shokka tushgan. Horomanskining Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilgan suratda ta'kidlanishicha, u bu qarzdorlikni 2018 yil noyabrigacha to‘lashi lozimligi qayd etilgan. "Agar biz hamma narsamizni sotsak ham, bizga bu qarzdorlikni to‘lash uchun yana 100 yillar kerak bo‘ladi", — deb yozgan ayol.
Nashrning yozishicha, keyinroq Horomanski oilasi elektr energiyasini yetkazib beruvchi bilan bog‘langan va kompaniya xato qilganini aniqlagan. Aslida ayol qarzdorligi 284,46 dollar bo‘lgan. | 2Dunyo
|
Superliga. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni yuta olmadi
2-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida Andrey Fyodorov qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
Bellashuv davomida toshkentliklar a’zolari Temurxo‘ja Abduholiqov (4) va Diyor Turopov (28) urgan gollarga qo‘qonliklar Oybek Rustamov (30) hamda Shahboz Erkinovning (90, penalti) gollari bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “temiryo‘lchilar” o‘z uyida kechgan bahsda “Qo‘qon-1912” bilan durang o‘ynadi (2:2).
Mazkur o‘yindan so‘ng “Lokomotiv” ochkolari sonini 16 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Qo‘qon-1912” hisobida esa 6 ochko mavjud. Klub musobaqa jadvalida 1 pog‘ona yuqoriladi (12).
Superliga
7-tur bahsi
2-may, payshanba
Gollar: 1:0 — 4 Temurxo‘ja Abduholiqov, 2:0 — 28 Diyor Turopov, 2:1 — 30 Oybek Rustamov, 2:2 — 90, penalti, Shahboz Erkinov
“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskandarov, Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduholiqov (Filip Rayevats, 65), Husniddin G‘ofurov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Diyorjon Turopov, Igor Yelich (Yovan Jokich, 77)
“Qo‘qon-1912”: Boyan Knejevich, Jamshid Hasanov, Quvondiq Ro‘ziyev, Javohir Esonqulov (Behruz Sa’dullayev, 62), Oybek Rustamov, Suhrob Berdiyev, Iqboljon Malikjonov, Shahboz Erkinov (Timur Usmonov, 90+3), Aleksandr Merzlyakov, Milosh Nikolich (Jasur Hasanov, 22), Marko Milich
Ogohlantirishlar: Diyorjon Turopov (29), Temurxo‘ja Abduholiqov (53), Oleg Zoteyev (60)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
O‘zbekistonda investitsiyalar bo‘yicha nimalar rejalashtirilayotgani ma'lum bo‘ldi
Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash taklif etilmoqda:
2022–2024 yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari. Ularda 1 025,5 trln so‘m miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 41,4 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan;
2022–2024 yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;
230 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2022 yilda yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli dastur;
2022 yilda investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur, shuningdek uning choraklar kesimidagi ijrosining prognoz ko‘rsatkichlari;
2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi va boshqalar.
2022 yil 1 yanvardan mazkur Dastur doirasida tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat to‘liq «Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali olib borilishi taklif etilmoqda.
2022 yil 15 yanvarga qadar vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar – loyihalar tashabbuskorlari har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha ularni amalga oshirishning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini axborot tizimi orqali ishlab chiqadi. | 4Iqtisodiyot
|
QO`YLIQ BOZORI ATROFIDA 21 NAFAR ENGIL TABIATLI AYoL QO`LGA OLINDI
Toshkent shahar IIBB Qo`yliq bozori atrofida fohishalik bilan shug`ullanuvchi ayollar qo`lga olingani haqida xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahar IIBB HPB va Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan 2017 yil 25 avgust kuni o`tkazilgan "Oriyat" tezkor tadbiri natijasida Bektemir tumani, Qo`yliq bozori atrofidagi hududda fohishalik bilan shug`ullanishda gumon qilingan ayollar qo`lga olingan.
"Yosh qiz va ayollar bilan olib borilgan profilaktik surishtiruv ishlari natijasida, 21 nafar ayolga nisbatan O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 190-moddasi (foxishalik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. | 6Jinoyat
|
Berlinda Rossiya maxsus xizmati xodimi Gruziya fuqarosini o‘ldirgani taxmin qilinmoqda
Berlinda Gruziya fuqarosini o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs Rossiya maxsus xizmati xodimi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Spiegel, Britaniyaning Bellingcat va Rossiyaning The Insider nashrlari birgalikda o‘tkazgan surishtiruv xulosasida aytilmoqda.
Spiegel jurnalining yozishicha, u viza olish uchun taqdim etgan hujjatda o‘zini Vadim Andreyevich Sokolov deb tanishtirgan, yoshi 49 daligini, irkutsklik ekanligini va Sankt-Peterburgda ro‘yxatda turishini bildirgan.
"Rossiya milliy pasport registrida bunday ma'lumotli shaxs mavjud emas. Butun Rossiya bo‘yicha pasport ma'lumotlari bankida ham, haydovchilik guvohnomalari bazasida ham bunday ma'lumotli shaxs yo‘q", - deyiladi nashr maqolasida.
Bundan tashqari, mualliflarning ta'kidlashicha, gumondorning xorijiy pasport raqami "ilgari GRU harbiy razvedkasiga hujjatlar bergan Moskva ichki ishlar vazirligi bo‘linmasiga olib boradi".
Gruziya fuqarosi Zelimxan Xangoshvili 23 avgustda Berlinda o‘ldirilgan. Gumondor unga ikki marta o‘q uzgan, gruziyalik o‘sha yerning o‘zida jon taslim qilgan. | 2Dunyo
|
“2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning 99-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 9-noyabrdagi 6-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining (ro‘yxat raqami 2956, 2017-yil 19-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2956/0429-son) 99-son ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot (99-ilova) | 10Qonunchilik
|
U23. O‘zbekistonlik futbolchilar Yaponiya termasini yirik hisobda taslim qilib, yarim finalga yo‘l oldi
Xitoy mezbonligida davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim finalga birinchi bo‘lib O‘zbekiston terma jamoasi yo‘llanma oldi.
Ravshan Haydarov boshchilik qilayotgan jamoa chorak finalda Yaponiyani imtihondan o‘tkazib, 4:0 hisobida zafar quchdi. Bunga qadar kunchiqar yurt termasi guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlagan bo‘lsa, O‘zbekiston turnirni Qatardan qabul qilib olingan mag‘lubiyat bilan boshlagandi.
Deyarli bir oy ichida Yaponiya va O‘zbekiston terma jamoalari ikki bor to‘qnash keldi. Tailand mezbonligida o‘tgan M—150 xalqaro turnirining finalida 2:2 hisobi qayd etilgan va o‘zbekistonlik futbolchilar penaltilar seriyasiga ko‘ra zafar quchgandi. Bu safar ular raqibga imkoniyat qoldirmadi.
Yaponiya Osiyo Chempionatiga eng yosh tarkib bilan yetib kelgandi. Ular asosiy maqsad sifatida Tokio—2020 Olimpiadasini olgan bo‘lib, 1997-yildan katta futbolchilarni musobaqaga olib kelmagandi.
Yarim finalda O‘zbekiston termasi Janubiy Koreya va Malayziya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Bellashuv 23-yanvar kuni Kunshan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Osiyo Chempionati U23
Chorak final
19-yanvar, juma
Gollar: Javohir Siddiqov, 31 (0:1). Doston Hamdamov, 34 (0:2). Jasur Yaxshiboyev, 39 (0:3). Jasur Yaxshiboyev, 47 (0:4).
O‘zbekiston: Botirali Ergashev — Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov (Abdujamol Isroilov, 86), Jasur Yaxshiboyev, Zabihillo O‘rinboyev (Doniyor Narzullayev, 82), Javohir Siddiqov (Bobur Abduxoliqov, 75), Doston Hamdamov, Dostonbek Tursunov. | 13Sport
|
Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 20 ming kishidan, Tojikistonda esa 4,5 ming kishidan oshdi
Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 165 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.
Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 1,3 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:
Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 859 kishiga yetgan. Hozirga qadar 7376 kishi sog‘aygan, 56 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 1357 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.
Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi
Qirg‘izistonda 8-iyun holatiga ko‘ra, yana 25 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.
Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 18 nafari Bishkek shahrida aniqlangan bo‘lsa, qolgan 7 nafari Chuy viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2032 kishiga yetdi, ularning 23 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1445 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Afg‘onistonda 7-iyun holatiga ko‘ra, yana 791 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 20 342 kishini tashkil etmoqda.
Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 357 kishiga yetdi, hozirga qadar 1875 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bugungi kungacha koronavirusga 47 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.
O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi
Koronavirus tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4529 kishiga yetgan.
Mamlakatda hozirga qadar 48 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 2673 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 milliondan oshdi
O‘zbekistonda 8-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 4352 nafarga yetdi. Mamlakatda shu vaqtgacha koronavirusga chalingan bemorlarning 3354 nafari butunlay sog‘aygan, 17 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. | 2Dunyo
|
Meksikaning Gvadalaxara shahridagi AQSh bosh konsulligi binosida portlash ro‘y berdi
Meksikaning Gvadalaxara shahridagi (Xalisko shtati) AQSh bosh konsulligi binosida portlash ro‘y berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Portlash tufayli hech kim jabrlanmadi. Hodisani mahalliy ma’murlardan tashqari AQSh rasmiylari ham o‘rganmoqda.
Konsullik binosi atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirildi, 3-dekabr kuni esa muassasa faoliyati tekshiruv sababli cheklanadi. | 2Dunyo
|
Komil Allamjonov: «25 yillik senzuradan qutulgan o‘zbek matbuoti hammani esankiratib qo‘ydi»
«O‘zbekistonda qariyb 25 yil davomida amalda yopiq va kuchli senzuradan ozodlikka chiqqan matbuot barchani esankiratib qo‘ydi. Avvaliga jurnalistlar tajribasizlikdan qiynalgan bo‘lsa, davlat va hokimiyat organlari ular tomonidan ko‘rsatilgan achchiq haqiqatni hazm qila olmadi».
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov juma kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan matbuot erkinligi mavzusidagi xalqaro davra suhbatida shunday fikr bildirdi.
Allamjonov YeXHTning o‘ndan ortiq delegatlari ishtirok etgan konferensiyani ochib berish uchun so‘zga chiqib, o‘zbek matbuotidagi so‘nggi 2-3 yilda ro‘y bergan o‘zgarishlarga diqqat qaratdi.
«Tanqidga o‘rganmagan ayrim amaldorlar tomonidan ommaviy axborot vositalariga turli tazyiqlar bo‘lganini ham inkor eta olmaymiz va bunga tabiiy hol deb qaraldi. Kim ham matbuot nazoratga solishini va unda ko‘tarilgan muammolar bo‘yicha javobgar bo‘lishni xohlaydi? Axir yuqorida aytib o‘tganimdek, o‘tgan davrdagi kuchli senzura davlat idoralari rahbarlari faoliyatini tanqid qilishni man qilgan va ularning xatolarini yashirishga xizmat qilgan.
Tan olib aytish kerakki, yillar davomida barcha sohalarda to‘plangan muammolari bor xalqqa erkin va ochiq gapirish imkonini bergani Shavkat Mirziyoyevning qanchalik sabr-bardoshli, yuksak iroda sohibi ekanidan dalolat beradi. Chunki tasavvur qilib ko‘ring, muammolari qalashib ketgan odamlar dardiga malham bo‘lish va uning barini hal etish qanchalik mumkin va murakkab?
Shunday bo‘lishiga qaramay, prezidentimizning siyosiy irodasi tufayli bugun matbuot rivojlanib bormoqda. Blogerlik faoliyati ommalashmoqda. Agentligimiz esa ularni o‘z himoyasiga olgan. Ular bilan yuz berayotgan adolatsizliklarga qarshi kurashyapti.
Shu bilan birga, jurnalistlar va blogerlarning malakasini oshirish, ularni qonun bilan qo‘llab-quvvatlash uchun barcha choralar ko‘rilyapti. Albatta, ichki senzura va qo‘rquv ko‘pchilikni hali butunlay tark etmadi. O‘ylaymanki, bu vaqt o‘tishi bilan o‘z o‘rniga tushadi», – degan Allamjonovning so‘zlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.
Bundan oldin Samarqandda xalqaro delegatlar ishtirokida OAV erkinligiga bag‘ishlab konferensiya o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
«O‘zbek matbuoti maqtov va targ‘ibot mashinasiga aylantirilgandi» – Samarqandda OAV erkinligi mavzusida xalqaro konferensiya
«Garri Potterning sehrli tayoqchasi faqat ertaklarda bo‘ladi» – AOKA direktori OAV erkinligini ta'minlash haqida | 8O‘zbekiston
|
Odil Ahmedov: “Samuel Eto’O bilan yana bir maydonga tushishimdan xursandman”
Yevropa Ligasining guruh bosqichiga bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimidan keyin Odil Ahmedov “Krasnodar” o‘rin olgan guruh haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
“‘Krasnodar’ turnir debyutanti bo‘lsa-da, pley-off bosqichida nimalarga qodirligini ko‘rsata oldi. Jamoamizda tajribali futbolchilar yig‘ilgan. Biz musobaqaning eng kuchli guruhiga tushdik. Bu guruhdagi barcha jamoalar keyingi bosqichga chiqish uchun birdek imkoniyatga ega”, — deydi Odil Ahmedov.
U, shuningdek, Angliya va Germaniya jamoalarining har biri musobaqaga kuchli etibor berishini aytib otdi: “Kuchli beshlik ishtirokchilariga qarshi hamma o‘yin qiziqarli bo‘ladi. Ayniqsa, ‘Everton’ bilan o‘yin qiziq bo‘lsa kerak. Samuel Eto’O bilan yana birga maydonga tushishimdan xursandman. Endi maydonda raqibmiz, bu qiziq bo‘lsa kerak”. | 13Sport
|
Falastinlik aka-singil 14 yil o`tib, Hajda diydor ko`rishishdi
Muso va Latifa ismli falastinlik aka va singil 14 yil avval taqdir taqazosi bilan ayrilishgan edi. Saudiya Arabistoni hukumatining tashabbusi bilan aka-singil joriy yilgi Haj mavsumida bir birlarini topishga muvaffaq bo`ldilar.
Saudiya podshohi hisobidan Haj amalini ado etishga kelgan musulmonlar orasida bo`lgan aka-singillarning biri Misrda, boshqasi esa Livanda yashab kelgan.
Latifaning aytishicha, akasini 14 yil avval ko`rgan va ular joriy yildagi Haj mavsumida ko`rishishganida akasi 32 yoshda bo`lgan. Biroq uning sochlariga oq tushganidan 32 yoshga o`xshamasligini aytgan. Bu haqda Saudi Gazette nashri xabar berdi, deb yozmoqda muslim.uz nashri. | 2Dunyo
|
Niderlandiyada ikki boshli va uch ko‘zli delfinni tutishdi
Shimoliy dengizda, Niderlandiya qirg‘oqlaridan 30 km uzoqlikda baliqchilar to‘riga noodatiy delfin ilindi, deb yozadi “Vesti.ru”. Mavjudot Siam egizaklariga o‘xshab, ikki boshli, uch ko‘zli edi, ammo bitta tanada qanotlar va organlar normal miqdorda edi.
Baliqchilar topilmani ko‘rib, qo‘rqib ketdi va uni dengizga tashladi, ammo bundan avval “Siam mavjudoti”ni bir necha marta suratga olib, olimlarga berdi.
Suratlarni o‘rganib chiqib, Rotterdam Milliy tarix muzeyi xodimi Ervin Kompanye bu belidagi suzgichi va dumi qotmaganiga ko‘ra, tug‘ilganidan so‘ng deyarli shu zahoti o‘lgan yosh delfin deb taxmin qildi.
Okeanolog baliqchilar delfinni dengizga tashlab yuborganiga achindi, axir uni o‘rganish orqali jonivorning o‘limi sababini, ikkinchi bosh paydo bo‘lishiga aynan qanaqa mutatsiyalar sababchi bo‘lganini tushunish imkonini bergan bo‘lardi. | 2Dunyo
|
O‘zbekistonlik qiz “MDH go‘zali — 2018” tanlovida ishtirok etmoqda
O‘zbekistonlik Darya Masalskaya 19 nafar raqobatchi bilan birga MDHning eng chiroyli qizi maqomi uchun kurashmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
O‘zbekistonning yagona vakili bo‘lgan Darya bu tanlovni o‘z potensialini rivojlantirish uchun imkoniyat sifatida ko‘rmoqda.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, tanlov juda yaxshi darajada tashkillashtirilgan, shu sababli ishtirokchi qizlar orasida hech qanday nizolar kelib chiqmayapti.
“MDH go‘zali — 2018” xalqaro tanlovi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 17—27-iyul kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamdo‘stlikning eng chiroyli qizi maqomi uchun Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Qirg‘iziston, Ukraina, Latviya, Tojikiston, Armaniston, Belarus va O‘zbekistondan jami 19 nafar ishtirokchi kurashmoqda. Gruziya, Latviya va Ukraina MDH a’zolari bo‘lmagani sababli bu mamlakatlar vakillari tanlovga maxsus ishtirokchilar sifatida taklif qilingan.
Tanlov g‘olibi toj, pul mukofoti va tanlov homiylarining sovg‘alarini qo‘lga kiritadi. Mazkur tanlov 1996-yildan buyon tashkil qilinadi. | 8O‘zbekiston
|
Toshkent shahrida 5-iyul kuni yog‘ingarchilik kutiladi
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 5-iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 5-iyulga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +21...+23 daraja, qolgan hududlarda +23...+25 darajagacha iliq bo‘ladi.
5-iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +20...+25 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida +35 darajagacha, qolgan hududlarda +38 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
5-iyulga o‘tar kechasi va 5-iyul kuni kunduzi Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda esa yomg‘ir bilan birga momaqaldiroq ham bo‘lishi ehtimoli bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 8O‘zbekiston
|
«Xarid uchun chek berilmayapti, naqd pullar bankka topshirilmayapti» - Samarqandda xarid cheki masalasida brifing bo‘lib o‘tdi
Hududlarda 100 o‘rinli yangi va zamonaviy bog‘chadan har oyda 10tasini qurish uchun qancha mablag‘ ketadi deb o‘ylaysiz? Yoki aytaylik, 60 km yo‘lni barcha standartlar bo‘yicha sifatli asfalt qilish uchun-chi?
50 milliard so‘m! Samarqanddagi chakana savdo nuqtalari naqd pullarni nazorat kassa mashinalari orqali o‘tkazmasdan, xalqqa chek taqdim etmasdan, soliqlarni yashirib, jamiyatga har oy shuncha ziyon yetkazishmoqda. Bu haqda Samarqand viloyat matbuot uyida bo‘lib o‘tgan, viloyatda tashkillashtirilgan «Xarid chekini talab qilib oling!» aksiyasiga bag‘ishlangan brifingda viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid O‘roqov ma'lum qildi.
Hokim o‘rinbosarining ma'lum qilishicha, viloyatda bir oyda 850 milliard so‘m naqd pul maosh va boshqa to‘lovlar uchun bankdan olinadi.
«Ayrim tashkilotlar ish haqini hamon «konvert» usulida berishda davom etayotgani e'tiborga olinsa, viloyatda bir oyda xarid uchun aylanadigan pullar 1 trillion so‘mdan oshadi. Dehqon bozorlarida chek berilmasligi hisobga olingan taqdirda ham, bir oyda viloyatda 700 milliard so‘m savdoga chek taqdim etilishi kerak. Lekin chek orqali qilingan savdolar 100 milliard so‘mga ham yetmayapti. Buning ortidan 50–60 milliard so‘m soliq budjetga tushmayapti», — dedi u.
Ayni paytda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga to‘xtalar ekan, viloyat hokimi o‘rinbosari shunday dedi: «Viloyatdagi 67 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yektlari mavjud bo‘lib, shuning 13 mingtasi vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmayapti. Faoliyat ko‘rsatib turgan 54 mingdan ziyod korxonadan 14 mingtasi naqd pul bilan savdo qiluvchi yoki uning evaziga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalardir. Ularning hammasida ham nazorat kassa mashinalari bor deb bo‘lmaydi. Borlaridan ham 2,5 mingtasi bir oy mobaynida aqalli bir marta kassa mashinasini ishlatmagan».
Davlat soliq inspeksiyasining bu borada olib borayotgan ishi haqida qisqacha tushuntirish berib o‘tildi.
«Viloyatimizda 1000ga yaqin davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bo‘lsa, ularning 300 nafari chakana savdo tarmoqlari bilan ishlovchi uchastka inspektorlari hisoblanadi. Ularning faoliyati ham, vaqti ham bu muammoni to‘liq bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmayapti.
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida bozorlarda ham, do‘konlarda ham kuniga millionlab savdo bo‘lsa-da, na xaridorga chek berilishi, na savdo qilingan pullar bankka kirim bo‘lishi holatiga duch keldik. Xizmat ko‘rsatish sohasida ham ayni ahvol», — dedi J.O‘roqov.
Hokim o‘rinbosari viloyatda e'lon qilingan aksiyaning mohiyatini quyi tizimdagi rahbarlar to‘g‘ri anglamasdan, odamlar bunga majbur qilingan holatlar ham kuzatilganini rad etmadi. Biroq, aksiya doirasida turli plakatlar, flayerlar chiqarib tarqatilgani, volontyorlar jalb qilinganini ta'kidlab o‘tdi.
Viloyatda 1,5 oydan buyon o‘tkazilayotgan aksiya o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatgan. Iyun oyigacha qadar viloyatda bo‘lib o‘tgan savdolarda bir kishiga oyiga bitta xarid cheki to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, iyul oyining 20-sanasiga kelib bu ko‘rsatkich o‘rtacha 4taga yetgan.
Brifingda ommaviy axborot vositalaridan o‘tkazilayotgan ijtimoiy aksiyaning mohiyatini ommaga to‘g‘ri yetkazish so‘raldi. Zero, fuqarolarimiz har bir xaridi uchun chek talab etilishi ortidan jamiyatimizda to‘planib qolgan ijtimoiy muammolar tezroq hal qilinishiga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lar edi.
Shuhrat ShOKIRJONOV | 5Jamiyat
|
Dastlabki, davriy va to‘liq bo‘lmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 31-martdagi 01-02/13-20-son qarori (ro‘yxat raqami 3296, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3296/0410-son) bilan tasdiqlangan Dastlabki, davriy va to‘liq bo‘lmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 40-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“TIF TN kodiga aniqlik kiritish bo‘yicha ekspertiza tayinlangan tovarlar.”.
2. Quyidagi mazmundagi 421-band bilan to‘ldirilsin:
“421. TIF TN kodiga aniqlik kiritish bo‘yicha ekspertiza tayinlangan tovarlarga nisbatan taqiq va cheklovlar belgilangan bo‘lsa, TBBYuD rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan to‘ldirilsin:
“461. Bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza natijasi yuzasidan qabul qilingan TIF TN kodi deklarant yoki bojxona brokeriga TED AAT orqali taqdim etiladi hamda to‘liq BYuD ekspertiza xulosasida belgilangan TIF TN kod asosida qonunchilik hujjatlari talablari bo‘yicha rasmiylashtiriladi.”.
4. Mazkur qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 10Qonunchilik
|
Eron TIV AQSh fuqarosi qo‘lga olinganini xabar qildi
Eron Tashqi ishlar vazirligi (TIV) rasmiy vakili Bahrom Qosimiy Eron shimoli-sharqidagi Mashhad shahrida AQSh fuqarosi Maykl Uayt qo‘lga olinganini tasdiqladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilgan.
Bayonotda qayd etilishicha, Eron rasmiylari AQShni «hibsga olinishning dastlabki kunlarida» Qo‘shma Shtatlari fuqarosi ushlangani haqida xabardor qilgan.
8 yanvar, seshanba kuni The New York Times gazetasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 46 yoshli faxriysi Maykl Uayt Eronda qo‘lga olingani haqida yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi Eronga nisbatan terrorizmga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi. | 2Dunyo
|
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko uchrashuv o‘tkazdi
15 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Aleksandr Lukashenko Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.
Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir avvalida Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevga Belarus Respublikasini ushbu nufuzli xalqaro tuzilmaga qabul qilish tartibotini boshlash masalasini qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, ko‘p qirrali amaliy sheriklikni izchil kengaytirish, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almashildi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Belarus munosabatlari do‘stlik va sheriklik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
O‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashgan. Tovar ayirboshlash o‘tgan yilda 44 foizga, joriy yilning yetti oyida esa yana 12 foizga oshdi.
Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish bo‘yicha «Agroekspress» loyihasini ishga tushirish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish bo‘yicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Belarus yetakchilari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘ziro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etdi.
Mamlakatlar hududlarining salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi mamlakatda ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazishni taklif etdi.
Tomonlar madaniy-gumanitar yo‘nalishda, birinchi navbatda ta’lim va kinematografiya sohalaridagi hamkorlik faol rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan. | 12Siyosat
|
Kreml Telegram bo‘yicha bayonot berdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kremlda Telegram messenjeri bilan vaziyatda hech kim jabrlanmasligini xohlashmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Albatta, biz bu ishga aloqasi bo‘lmagan odamlar jabr ko‘rmasligiga umid qilmoqdamiz. Albatta, biz vaqti kelib bu vaziyat barcha kerakli texnik vositalar bilan shunday tartibga solinishidan umid qilmoqdamizki, bunda, bir tomondan messenjerga nisbatan sud qarori bajarilishi lozim, boshqa tomondan esa, - bu qandaydir boshqa funksiyalar, yoki servislar, dasturlar, ilovalarga tegishli bo‘lmasligi darkor», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sud qarorining bajarilish samaradorligini baholash Kreml vakolatiga kirmaydi, bloklanish esa Roskomnadzor talablari bajarilmagunga qadar davom etadi.
«Biz umid qilamizki, balki, qachonlardir bu talablar messenjer tomonidan bajariladi, hamda u qaytadi. Samaradorlikni baholashga keladigan bo‘lsak, bu bizning ish emas», - deya ta'kidlab o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor Telegram ishiga ko‘mak ko‘rsatayotgan barcha resurslarni bloklamoqchi ekani xabar berilgandi. | 14Texnologiya
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-sonli Farmoni 7-bandining beshinchi xatboshidagi “Davlat investitsiya dasturining” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari to‘g‘risidagi Nizomning:
a) 10-bandi ikkinchi xatboshidagi va 12-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat investitsiya dasturining” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 22-banddagi “Investitsiya dasturiga” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 23-bandda:
“a” kichik bandidagi “Davlat investitsiya dasturiga” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“z” kichik bandidagi “investitsiya dasturining” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 31-bandning birinchi xatboshidagi “Investitsiya dasturining” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomning 12-bandi oltinchi xatboshidagi “investitsiya dasturiga” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “har yilgi Investitsiya dasturiga” so‘zlari “har yilgi rivojlanish davlat dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining kelgusi yilgi rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda ularga sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o‘tganlari bilan almashtirgan holda, ularni yangilash loyihalarini kiritishni nazarda tutsin”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-sonli qarori 3-bandining beshinchi xatboshidagi “Investitsiya dasturiga” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-sonli qarori 2-ilovasining 19-pozitsiyasida:
a) “Tadbirlar nomi” ustunidagi “Investitsiya dasturining” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “Ijro mexanizmi, qabul qilinadigan hujjat shakli” ustunida “Investitsiya dasturiga” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlari loyihasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qaroridagi:
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi 2018-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari parametrlarini shakllantirishda, Komissiya qarori asosida, oliy ta’lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi resurslaridan ajratilishini nazarda tutsin”;
b) 2-ilovaning 1.1-pozitsiyasida:
“Tadbirlar” ustunidagi “Har yilgi investitsiya dasturi” so‘zlari “har yilgi rivojlanish davlat dasturi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Amalga oshirish mexanizmi, taqdim etilayotgan hujjatning shakli” ustunidagi “Investitsiya” so‘zi “rivojlanish davlat dasturi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandidagi “Investitsiya dasturi” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2912-sonli qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Dasturni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlari ajratilishini nazarda tutsin”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-sonli qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi har yili O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda ularga mazkur qarorning 2- va 3-ilovalarida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini belgilangan tartibda ularni moliyalashtirish manbalari va hajmini aniqlashtirgan holda kiritsin”.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-maydagi PQ-2954-sonli qarorining 1-ilovasining 10-pozitsiyasidagi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Investitsiya dasturini” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-sonli qarori 5-ilovasi 9 va 10-pozitsiyalarining “Taqdim etiladigan hujjat shakli” ustunidagi “Investitsiya dasturi” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-sonli qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarining 2018-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda Filial moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan tegishli mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin”.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti:
a) 42-bandi:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi — O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish konsepsiyalarini, loyihalar portfellari va davlat dasturlarini tasdiqlash masalalari bo‘yicha”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-ilovaning 10-bandidagi “rivojlanish davlat dasturlari” so‘zlari “rivojlantirish konsepsiyalari, loyihalari portfellari va davlat dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-sonli qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarida mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishga zarur bo‘lgan kapital mablag‘lar limiti ajratilishini nazarda tutsin”.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli qarorida:
a) 4-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi va 5-bandning beshinchi xatboshidagi “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga”, “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini” va “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga” so‘zlari tegishli ravishda “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga”, “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini” va “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova 9-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga” va “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini” so‘zlari tegishli ravishda “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga” va “davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli qarorining 7-bandi:
a) uchinchi xatboshida “Investitsiya dasturi” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) to‘rtinchi xatboshida “Investitsiya dasturiga” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli qarorining 8-bandidagi “Investitsiya dasturi” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasini jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-sonli qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda 2018-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirish doirasidagi hissasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsin”.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-sonli qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi va keyingi yillardagi rivojlanish davlat dasturlariga loyihaning qo‘shib qo‘yilishini belgilangan tartibda ta’minlasin”.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi va keyingi yillardagi rivojlanish davlat dasturlariga kiritilishini ta’minlasin”.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-sonli qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi 2018-yil va kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining asoslangan takliflari bo‘yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Dasturda ko‘zda tutilgan obyektlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash uchun kapital mablag‘lar limitlarini nazarda tutsin”.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-sonli qarori 3-bandining beshinchi xatboshidagi “Investitsiya dasturi” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-sonli qarorining 1-ilovasidagi:
a) “Amalga oshirish shakli” ustunining 6-pozitsiyasidagi “Har yilgi Investitsiya dasturi” so‘zlari “Har yilgi rivojlanish davlat dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “Amalga oshirish shakli” ustunining 16-pozitsiyasidagi “Investitsiya dasturi” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyiha instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 25-apreldagi F-4917-sonli farmoyishi:
a) 3-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi “O‘zInjiniring” RLI bilan birgalikda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari hamda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiyalash bo‘yicha investitsiya loyihalarini keyinchalik vakolatli organlarga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun ularni sinchiklab, puxta ishlab chiqish bo‘yicha harakatlarning birga muvofiqlashtirilishini ta’minlaydilar”;
b) ilovada:
7-bandning beshinchi xatboshidagi va 8-bandning yettinchi xatboshidagi “investitsiya dasturini” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning o‘n ikkinchi xatboshidagi “har yilgi investitsiya dasturi” so‘zlari “har yilgi rivojlanish davlat dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovni amalga oshirish saroyi” kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi F-4997-sonli farmoyishining 5-bandi:
a) birinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “Investitsiya dasturi” so‘zlari “rivojlanish davlat dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-sonli Farmoni ilovasining 5-bandi. | 10Qonunchilik
|
Qarshida aholi yangi uyga ko‘chib kirdi, ammo yangi uyda suv yo‘q
Qarshi shahrining “Oydin” mahallasidagi yaqinda aholiga topshirilgan arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uylarning “mis”i chiqdi. Unda yashovchi aholining aytishicha, ko‘chib kelishganiga bir oy bo‘lgan bo‘lsa-da, haligacha me’yordagidek ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. Jurnalist Otabek Qo‘ldoshevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, uyning orqa tomonidan oqayotgan ichimlik suvi esa 3 kundan beri isrof bo‘lmoqda.
“Ko‘chib kelib joylashganimizga bir oy bo‘lgan bo‘lsa-da, shu bir oy ichida uch yoki to‘rt kun suv berishdi, xolos. Unda ham o‘ynatib, bir o‘chirib, bir qo‘shib suv berishdi, — deydi 5-uyda yashovchi aholi vakillaridan biri Feruza Bo‘ronova. – Yangi yilni ham suvsiz kutib oldik. Bayram kunida suv berishmagani yomon bo‘ldi. Eng yomoni mana uch kundirki, “dom”imizning pastki tomonida quvur yorilgani sabab suv oqishdan to‘xtamayapti. Aytishlaricha, quvur teshilgan ekan. Yangi quvur qanday qilib teshilib qolishi mumkin?”
“Oydin” mahalla hududida qurilib, foydalanishga topshirilgan 7 ta ko‘p qavatli uylarning quruvchisi “Qurilish servis” MChJ mas’uli Ixtiyor Qurbonov mazkur holatdan xabari borligini aytar ekan, bu xususida mutasaddilarni 3 kun oldin ogohlantirganligini bildirdi.
Ixtiyor Qurbonov.
“Suv quvuri o‘tgan 4-yanvar, juma kuni yorilgan edi, — deydi Ixtiyor Qurbonov. – O‘sha kuniyoq mas’ullarga bildirdik. Ammo bugun (6-yanvar, yakshanba) uchinchi kundirki, kelib tuzatishmadi. Ichimlik suvi esa ko‘chaga oqayapti. Eng yomoni suv uyning pastki qismiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli suvni boshqa tomonga oqizdik. Ammo bu vaqtinchalik chora. Tezda muammoni hal qilmasak bo‘lmaydi”.
Aholi vakillarining so‘ziga ko‘ra, uch-to‘rt kun suv berilgan paytda ham suv besh qavatli uyning 2-qavatigacha chiqqan, tepa qavatlarga suv chiqmagan.
“Suv kelsa ham faqat 2-qavatgacha chiqadi, — deydi shu uyning 5-qavatida yashovchi Sohibjamol Aminova. – 3-, 4-, va 5- qavatda yashovchilar aybdormi yoki? Mas’ullarning aytishicha, suvni tepaga chiqazib beruvchi motorning “miya”si ketgan ekan”.
“Miya” ketganiga bir oy bo‘ldi, — deydi Shahnoza Xalilova. — Bu “miya” deganlari soz bo‘lganmikin o‘zi? Chunki uyni qabul qilganimizga endi bir oy bo‘ldi-ku?”
Shirkat raisi Aziz Xalilovning ma’lumot berishicha, 5-uyda 45 ta xonadon bo‘lib, ayni kunga qadar ko‘chib kelgan aholi ichimlik suvi berilmayotganidan tashvishda.
Aziz Xalilov (o‘rtada).
“Bu muammo yuzasidan hatto viloyat hokimligiga ham xabar berdik, — deydi Aziz Xalilov. – Kelamiz deyishgan. Kutayapmiz”.
Jurnalist Otabek Qo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, 6-yanvar kuni tushlikdan so‘ng mas’ullar kelib, daryo bo‘lib oqayotgan suvni to‘xtatgan. So‘ngra yorilgan quvurlarni tuzatishgan. Aholiga suv ham uzatilgan, ammo nosoz motor tufayli suv hali ham 2-qavatdan yuqoriga ko‘tarilmayapti. | 8O‘zbekiston
|
“Anorbank”: Omonatlarni birlashtiring va yillik 26,9 foiz daromad oling
“Anorbank” moliyaviy maslahatchini ishga tushiradi. U sizga omonatlarni birga qo‘shgan holda, qanday qilib maksimal foyda olish mumkinligi haqida aytib beradi. Misol uchun, “Smart 2.0” va “Shoshilmasdan 2.0” omonatlarini birlashtirib, omonatdan eng ko‘p foyda olish mumkinligini muhokama qilamiz.
“Anorbank”ning moliyaviy maslahatchisi omonat bo‘yicha qo‘yilmalarni yanada foydaliroq qilish va “Anorbank” omonatlarini birlashtirib, daromadingizning o‘sishiga erishish mumkinligi haqidagi qiziqarli axborotni taqdim etadi.
Avvalo, mavjud omonatlar haqida gaplashsak:
“Smart 2.0” omonati
1. Yillik — 23 foiz;
2. Muddati — 13 oy;
3. Omonatni ochish uchun minimal mablag‘ — 100 000 so‘m;
4. 100 000 so‘m minimal qoldiqni saqlab qolgan holda, foizlarni yo‘qotmasdan pul mablag‘ini yechib olish;
5. Omonatga mablag‘ qo‘shishda cheklovlar yo‘q.
“Shoshilmasdan 2.0” omonati:
1. Foiz stavkasi — 27 foizgacha:
2. Muddati — 370 kun;
3. Omonatni ochish uchun minimal mablag‘ — 100 000 so‘m;
4. Omonat ochilgan sanadan boshlab, dastlabki 3 oy ichida omonatga mablag‘ qo‘shib borish mumkin.
“Anorbank”omonatlari shundoq ham yuqori foizlarga ega, biroq ularni birlashtirish va bundan qanday foyda olish sizni hayratda qoldirishi shubhasiz. Olinadigan foydani hisoblash va qadam-baqadam yo‘riqnomani olish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri Telegram-bot — AnorFinKonsultant_bot’ga murojaat qilsangiz, moliyaviy maslahatchi barcha ma’lumotni sizga taqdim etadi.
“Anorbank”ning barcha omonatlari O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi fuqarolar omonatlarini kafolatlash fondi himoyasidadir.
Omonat ochish uchun www.anorbank.uz saytida buyurtma qoldiring yoki 1290 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
“Anorbank” — omonatingiz yanada foydali! | 8O‘zbekiston
|
Tramp: Isroil bilan Falastin tinchlik borasidagi kelishuvga erishishga qodir
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Falastin o‘n yillar mobaynida davom etib kelayotgan qon to‘kilishini to‘xtatishga imkon beruvchi kelishuvga erishishga qodir, deb hisoblaydi.
"Tinchlikka erishish oson bo‘lmaydi, ikki tomon ham qiyin qarorlarni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Biroq isroilliklar va falastinliklar kelishuvga erishishga qodir", - dedi Tramp Qudsdagi Isroil muzeyida ikki mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha nutq so‘zlar ekan.
"Netanyaxu tinchlik tarafdori", - dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, falastinliklar ham "tichnlik sari qadam tashlash"ga tayyorlar.
Bundan tashqari, Tramp doim Isroil tomonda bo‘lishga va'da berdi va ikki mamlakat ittifoqi buzilmas ekanini tasdiqladi.
Donald Tramp dushanba kuni Saudiya Arabistonidan Isroilga keldi. U Qudsda Isroil prezidenti va bosh vaziri Reuven Rivlin hamda Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bugun ertalab u Iordan daryosi G‘arbiy qirg‘og‘idagi Baytlahmga bordi - u yerda Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan uchrashib, Qudsga qaytdi.
Bugun, 23 may kuni Tramp Isroildan Vatikanga parvoz qiladi. | 2Dunyo
|
Rustam Emomali rasman Dushanbe hokimi lavozimini bajarishga kirishdi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li Rustam Imomalini Dushanbe shahri hokimi etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bungacha Rustam Imomali ushbu lavozimni vaqtinchalik egallab kelayotgandi. Farmon 4 aprelda imzolangan.
Rustam Imomali Dushanbening sobiq hokimi, 64 yoshli Mahmadsaid Ubaydulloyev iste'foga ketkazilgach, 12 yanvarda Dushanbe hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Ubaydulloyev ushbu lavozimni 19 yil davomida egallab kelgandi.
Rustam Imomali yangi lavozimni bajarishga kirishgach, muammolarni hal qilishga katta ko‘lam bilan kirishib ketdi. | 2Dunyo
|
So`nggi 10 yillikdagi O`zbekiston eksportining solishtirma statistikasi e`lon qilindi
Davlat statistika qo`mitasi so`nggi 10 yillikda O`zbekiston Respublikasining eksporti bo`yicha ma`lumotlarning solishtirma statistikasini e`lon qildi.
Unga ko`ra,
2010 yilda – 13,0 mlrd. AQSh dollari
2011 yilda – 15,0 mlrd. AQSh dollari
2012 yilda – 13,6 mlrd. AQSh dollari
2013 yilda – 14,3 mlrd. AQSh dollari
2014 yilda – 13,5 mlrd. AQSh dollari
2015 yilda – 12,5 mlrd. AQSh dollari
2016 yilda – 12,1 mlrd. AQSh dollari
2017 yilda – 12,5 mlrd. AQSh dollari
2018 yilda – 14,0 mlrd. AQSh dollari
2019 yilda – 17,4 mlrd. AQSh dollari
2020 yilda – 15,1 mlrd. AQSh dollari
Ma`lumot berilishicha, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd. AQSh dollariga teng bo`lgan. | 4Iqtisodiyot
|
Pentagon: Eron tomonidan AQShning Iroqdagi harbiy bazasiga bergan raketa zarbalari oqibatida 34 nafar amerikalik jarohat olgan
Eronning 8-yanvar, chorshanba kuni AQShning Iroqdagi Asad va Erbilda joylashgan ikkita harbiy bazasiga bergan raketa zarbasi oqibatida 34 nafar amerikalik harbiy jarohatlangan, deb xabar bermoqda Reuters Pentagonga tayanib.
“Kommersant”ning yozishicha, dastavval AQSh hukumati 8-yanvar kechasi uyushtirilgan hujum oqibatida hech kim jarohat olmagani va halok bo‘lmaganini ta’kidlagan edi. O‘tgan haftada esa AQSh Mudofaa vazirligi 11 nafar jarohatlangan haqida ma’lum qilgan.
Pentagon rasmiy vakili Jonatan Hoffmanning ma’lum qilishicha, 34 nafar amerikalik harbiyga bosh miya shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Ularning 17 nafari davolanish uchun Gemaniyaga yuborilgan bo‘lib, shulardan 8 nafari Amerikaga qaytib kelgan, yana 9 nafari hali ham davolanishda davom etmoqda. Qolgan 17 nafar harbiy Iroqda davolangan va xizmatga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, 8-yanvar kuni Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusi AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga 10 dan ortiq ballistik raketa uchirgandi. Bunga eronlik nufuzli general Qosim Sulaymoniyning Tramp buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilishi sabab bo‘lgan. | 2Dunyo
|
2020 yil 1 yanvardan yangi notarial harakatlar joriy etiladi
Prezident “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi yangi notarial harakatlar joriy etiladi:
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni ta'minlash;
mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish;
mualliflik va turdosh huquq obektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlash.
2020 yil 1 yanvaridan quyidagi qulayliklar yaratiladi:
ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda MIBning vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqida ma'lumotlar faqat Byuroning axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi;
agar taraflar turli hududlarda bo‘lsa, o‘sha hududdagi notarial idorada turib videokonferensaloqa orqali bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin;
ochiq axborot tizimidagi ayrim hujjatlarning elektron shakli mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qog‘oz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega bo‘ladi;
respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar notariusga taqdim etilmasdan turib, ularni noyob raqam orqali tekshirish mumkin bo‘ladi;
notariusga murojaat etishda elektron navbat olish va hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish xizmati joriy etiladi;
notarial arxivda mavjud bo‘lgan hujjatlar nusxasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoni yaratiladi.
2020 yil 1 yanvargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta eksperimental notarial idora tashkil etiladi.
Ushbu idoralarda quyidagilar joriy etiladi:
mol-mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlarni tasdiqlash, ijro xatlarini yozish, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtiriladi;
arizalar elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtiriladi.
Masofadan turib xizmat ko‘rsatilganda rasmiylashtirilgan hujjatlarni mijozga kurer xizmati orqali yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.
2024 yil 1 yanvarga qadar notarial arxivda saqlanayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni vujudga keltiruvchi bitimlar raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekistonda dollar kursi salkam 16 so‘mga oshdi
O‘zbekiston markaziy banki 21-noyabr uchun chet el valyutalarining so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
AQSh dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 15,82 so‘mga qimmatladi. Endilikda 1 dollar 8085,11 so‘mga baholanmoqda.
Bundan tashqari, yevro kursi 83,93 so‘mga oshib, 9487,07 so‘mni tashkil etdi.
Kichik o‘sish Rossiya rublida ham qayd etildi: 0,39 so‘mlik o‘sish tufayli 1 rubl 136,65 so‘mga baholandi. | 8O‘zbekiston
|
Fransiyada dunyodagi eng yirik sayohat kemalaridan biri sinovdan o‘tkazilmoqda (video)
Dunyodagi eng yirik sayohat kemalaridan biri — Harmony of the Seas Sen-Nazer portidagi kemasozlik korxonasidan chiqib, Fransiya g‘arbida dengiz sinovlarini boshladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Narxi 1 milliard yevro, balandligi 70, uzunligi 362 metr va suv sig‘imi 120 ming tonna bo‘lgan layner buyurtmachisi AQShning Royal Caribbean International kompaniyasi bo‘ldi. Kema Amerikaga ikki oydan so‘ng yetkazilishi kutilmoqda.
Harmony of the Seas 18 ta palubaga ega, bir paytning o‘zida 6 mingdan ziyod yo‘lovchini qabul qila oladi. Ularga taxminan 2 ming nafar ekipaj a’zosi xizmat ko‘rsatadi. Ayni paytda kema bortida 500 ga yaqin kishi bo‘lib, ular ishtirokidagi dengiz sinovlari 13-mart, yakshanbaga qadar o‘tkaziladi. | 2Dunyo
|
Surxondaryo hokimligi qariyb 700 mln so‘mga ikkita Skoda Kodiaq xarid qildi. Bu bo‘yicha hokimlik izoh berdi
Surxondaryo viloyati hokimligi ikkita Skoda Kodiaq avtomobilini xarid qildi. Bu davlat xaridlari portali ma’lumotlarida keltirilgan.
Ikkila shartnoma (1, 2) ham 7-iyun kuni tuzilgan bo‘lib, har bir avtomobilning narxi 347 million so‘mni tashkil etadi.
“Gazeta.uz”ning ma’lum qilinishicha, viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Zaxriddin To‘rayev xizmat avtomobillari hokim To‘ra Bobolovning yangi o‘rinbosari va maslahatchisi uchun xarid qilinganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobillarni xarid qilish jarayonida Vazirlar Mahkamasining davlat xizmatchilarining xizmat avtomobillari narxining cheklangan miqdori va yillik harakatlanish limitini nazarda tutuvchi 29-apreldagi qarori talablariga rioya qilingan. Hokimlar o‘rinbosarlari uchun avtomobilning cheklangan narxi 1500 BHMni (367,5 million so‘m) tashkil etadi, Skoda Kodiaq Ambition esa ushbu cheklovdan 20,6 million so‘mga arzonroq (347 million so‘m).
Eslatib o‘tamiz, 1−2-iyun kunlari Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida hududdagi infratuzilmani yaxshilash uchun 1,9 trillion so‘m ajratilishini ma’lum qilgandi. Davlat rahbari, shuningdek, Surxondaryo uchun alohida soliq imtiyozlari joriy qilinishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil noyabr oyi boshida Zarbdor tumani hokimi Zafar Ro‘ziyev Captiva xizmat mashinasi bo‘la turib, 370 million so‘mga Trailblazer, shuningdek, pandemiya davrida Uchqo‘rg‘on, Pop, Qo‘shrabot va Narpay tumanlari hokimliklari ham Trailblazer sotib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Denov tumani hokimligi esa karantin kuchaytirilgan paytda — 2020-yilning iyulida 398 million so‘mga Trailblazer LTZ-AT, Namangan viloyati hokimligi ham iyulda budjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 579 million so‘mga Toyota LC200 avtomobilini hamda sentabr oyida qariyb 400 million so‘mga Trailblazer LTZ-AT rusumli avtomobil xarid qilgan.
Bundan tashqari, Mirzacho‘l tumani hokimligi 370 million so‘mga Trailblazer, Qashqadaryo viloyati hokimligi hokim o‘rinbosariga 349 million so‘mga Equinox, hokimning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisiga, yordamchisi hamda ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga 621 million so‘mga 3 ta Tracker xizmat mashinalari sotib olgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov mansabdor shaxslar pandemiya sharoitida davlat mablag‘larining samarali sarflanishi naqadar muhim ekanligini to‘la anglab yetmayotgani, qimmat narxlardagi xizmat avtotransportlari xarid qilinayotganiga ham munosabat bildirgan.
29-aprel kuni O‘zbekistonda vazirlar 490 million, hokimlar 245 million so‘mgacha bo‘lgan xizmat mashinalarini minishi belgilandi. | 8O‘zbekiston
|
Statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navoni e'lon qildi
Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 17 mart kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.
Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (60 000 so‘m).
Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 70 000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (70 000 so‘m) kuzatildi.
Kartoshka 1 200 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (1 200 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 000 so‘m) qayd etildi.
Piyoz 1 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da (1 000 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 so‘m).
Sabzi 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori» va «Markaziy dehqon oziq- ovqat bozori»da (500 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (5 000 so‘m) kuzatildi.
Tuxum 4 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)
Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da qayd etildi (4 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).
Guruch 3 800 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (1 kg)
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus» navli guruch 3 800 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).
O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 litr)
O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 13 500 so‘m) kuzatildi.
Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)
Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 500 so‘m) kuzatildi. | 8O‘zbekiston
|
Varshavada Polsha-O‘zbekiston SSP ochildi
Varshavada Polsha-O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mazkur SSPning vazifasi ikki mamlakat tadbirkorlariga ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va potensial biznes hamkorlarni topishda yordamlashishdan iborat. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar qildi.
SSPga polshalik tadbirkor, to‘qimachilik sohasida 10 yildan ko‘proq vaqtdan beri o‘zbek sheriklar bilan ishlab kelayotgan KORAX R. K, kompaniyasi rahbari Petr Kozlovskiy rais etib saylandi.
Raisning so‘zlariga ko‘ra, palata dolzarb iqtisodiy masalalarni muhokama qilish va tadbirkorlik faoliyati muammolari bo‘yicha pozitsiyalarni ishlab chiqish uchun maydoncha bo‘ladi. SSP kichik, o‘rta va yirik biznes manfaatlarini himoya qilib, sanoat, ichki va tashqi savdo, qishloq xo‘jaligi, moliya tizimi, xizmatlar va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi. U shuningdek iqtisodiy va investitsion forumlarni tashkil etish bilan ham shug‘ullanadi. | 4Iqtisodiyot
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning ta’minot normalarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar uchun zarur darajadagi shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning oziq-ovqat ta’minoti normalari 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni kiyim-kechak va yotoq buyumlari bilan ta’minlash normalari 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning choyshab, yostiq jildi, ustki kiyim-kechaklarini yuvish va kameralarni tozalash uchun sovun hamda yuvish vositalari bilan ta’minlash normalari 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni shaxsiy gigiyena vositalari va kundalik foydalanish buyumlari bilan ta’minlash normalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, sovun hamda yuvish vositalari, shaxsiy gigiyena vositalari va kundalik foydalanish buyumlari bilan ta’minlash normalarini qo‘llash tartibini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan, davolash oziq-ovqati bilan ta’minlanishga muhtoj bemor shaxslarni oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibini belgilash. Bunda, davolash oziq-ovqatlarining qo‘shimcha narxi mazkur qaror bilan tasdiqlangan oziq-ovqat bilan ta’minlash normalarida nazarda tutilgan mahsulotlar narxining 20 foizidan oshmasligi kerak.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM MUASSASALARIDA TEST O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-maydagi 258-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi va 1999-yil 12-iyuldagi 342-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Test sinovlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi o‘tkazadi.
2. Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli o‘tkazish mas’uliyati, test sinovlari qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, Davlat test markazi vakillari, qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
3. Ta’lim muassasalarida o‘qishga qabul qilish ishlarini yuqori saviyada va sifatli tashkil etish maqsadida qabul komissiyalari tashkil etiladi.
4. Ta’lim muassasasi qabul komissiyasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-iyuldagi 342-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risidagi nizom” (keyingi o‘rinlarda — “Qabul to‘g‘risidagi nizom”) da belgilangan tartib va qoidalar hamda ushbu Nizomga muvofiq puxta bilimli, iqtidorli yoshlarning test sinovlari natijalariga ko‘ra ta’lim muassasasiga kirishini ta’minlash;
qabul jarayonini yuqori darajada uyushqoqlik bilan, tartibli ravishda tashkil etish;
test o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
abituriyentlarga ularning test jarayonidagi huquq va vazifalarini tushuntirish;
test jarayonining xolisona va adolatli o‘tishini ta’minlash;
test natijalari bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalariga to‘liq ma’lumotlar berish.
5. Qabul komissiyasi test jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish vaqtida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
qabul komissiyasi a’zolarining vazifalarini aniqlab, tegishli hujjat bilan rasmiylashtiradi;
qabul komissiyasining ish jadvalini e’lon qiladi;
Davlat test markazidan olingan tegishli hujjatlar va turli axborot materiallarini yetarli miqdorda tayyorlaydi;
test boshlangunga qadar test o‘tkaziladigan auditoriyalar va ulardagi o‘rinlar sonini aniqlaydi. Har bir auditoriyada o‘tirish o‘rinlari 30 yoki 60 nafar abituriyentga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Auditoriyalarda quti va paketlarga Davlat test markazi emblemalarini yelimlash uchun yelim va test o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan boshqa shart-sharoitlarni tayyorlaydi, auditoriyalar joylashuvi reja-chizmalarini tuzadi hamda qabul komissiyasi raisi tasdiqlagan reja-chizmani 1-iyulgacha Davlat test markaziga taqdim etadi;
“Qabul to‘g‘risidagi nizom” va mazkur Nizomni, ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim shakli va tili bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalarini, test o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxatini, ixtisoslik bo‘yicha ijodiy imtihon topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarini va baholash mezonlarini e’lon qiladi;
abituriyentlarning arizalarini qabul qilish va barcha o‘qitish shakllari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda olib boradi;
qabul qilingan ariza va hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlangan, bog‘langan va muhrlangan daftarga qayd qiladi. Qabul to‘g‘risidagi arizaga abituriyentning o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi, 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, 3x4 sm hajmdagi 6 ta fotosurat ilova qilinadi. Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi hujjatlarni topshiradilar. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlarning o‘qishga yuborish haqidagi tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyasiga taqdim etadilar. Maxsus sirtqi bo‘limlarning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga faqat o‘rta maxsus ma’lumotga va tegishli ta’lim turi bo‘yicha kamida uch yil amaliy pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilinadi. Maxsus sirtqi bo‘limlarning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga kiruvchilardan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirmasi talab qilinadi. Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda, qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beradi;
fuqarolarga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqli ekanligini tushuntiradi;
abituriyentlar va ota-onalar e’tibori uchun ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish shakli va tili bo‘yicha qancha hujjat topshirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har kuni e’lon qilib boradi;
Respublika va xalqaro olimpiada g‘oliblari hamda harbiy qism tavsiyanomasiga ega abituriyentlar ro‘yxatini e’lon qiladi;
abituriyentlarga test jarayoni, baholash mezonlari, talabalar safiga qabul qilish bo‘yicha va boshqa barcha zaruriy axborot (tushuntirish)larni beradi;
barcha abituriyentlarni “Abituriyentlarga eslatma” (1-ilova) bilan ta’minlaydi;
Davlat test markazi tomonidan yaratilgan yangi “ABT-Abitur” dasturini qo‘llaydi;
2.1-2.6 shakllar (2-ilova) bo‘yicha ma’lumotlarni Davlat test markaziga yuborish maqsadida “ABT-Abitur” dasturi o‘rnatilgan kompyuterlar xotirasiga abituriyentlar haqidagi quyidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritilishini ta’minlaydi:
maxsus kod;
qayd raqami;
ta’lim turi;
ta’lim muassasasining nomi;
fuqaroligi;
familiyasi, ismi, sharifi;
millati;
jinsi;
pasport seriyasi;
pasport raqami;
yashash joyi;
tug‘ilgan yili, joyi;
ijtimoiy kelib chiqishi;
ta’lim muassasasining turi;
maktab (litsey, kollej) raqami;
maktab (litsey, kollej)ni tugatgan yili;
maktab (litsey, kollej) manzili;
attestat raqami;
attestatdagi o‘rtacha bali;
harbiy qismdan berilgan tavsiyanoma (muddatli harbiy xizmatni tugatganlar uchun);
Respublika va xalqaro olimpiadalar g‘olibi ekanligi haqida ma’lumot (agar shunday hujjat bo‘lsa);
ta’lim tili;
ixtisosligi;
chet tili;
chet tilini topshirish usuli;
abituriyentlardan hujjat qabul qilishning borishi haqidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda Davlat test markaziga topshiradi;
Davlat test markazi tomonidan e’lon qilish uchun berilgan hujjatlarni ta’lim muassasasida e’lon qiladi;
abituriyent va fuqarolarni ularning qabulga oid murojaatlari bo‘yicha qabul qiladi, ular uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlaydi va e’lon qiladi;
Davlat test markazi vakili bilan hamkorlikda auditoriya rahbari va kuzatuvchilar uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida amaliy seminar mashg‘ulotlari tashkil etadi va o‘tkazadi;
21-iyulda 2.1-2.4 shakllar (2-ilova) bo‘yicha ma’lumotlarni ta’lim muassasasi qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan tasdiqlangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi. Shundan so‘ng ushbu ma’lumotlarning o‘zgarmasligini ta’minlaydi;
ta’lim muassasasi bo‘yicha auditoriyalarning tartib raqami guruhlarning tartib raqami bilan bir xil bo‘lishini hamda, test sinovlari qaysi binoda o‘tkazilishidan qat’i nazar, takrorlanmasligini ta’minlaydi;
ixtisosliklar bo‘yicha ijodiy imtihonlarni xolisona va adolatli o‘tkazib, natijalarini ta’lim muassasasida 27-iyulgacha abituriyentlarning e’tibori uchun ma’lumot sifatida e’lon qiladi va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining abituriyentlarlarni talabalar safiga o‘tkazish haqidagi qarori chiqmaguncha e’lonlar taxtasidan olmaydi;
abituriyentlarning ijodiy imtihon bo‘yicha olgan ballari haqidagi ma’lumotni (2.5-shakl, 2-ilova) 1-avgustda Davlat test markaziga (xatosiz to‘ldirilgan holda) yetkazadi;
26-iyulda binolar va xonalarning joylashishi, abituriyentlarning bino bo‘yicha harakat yo‘nalishi chizmasini e’lon qiladi;
Davlat test markazi tavsiya etgan algoritm asosida abituriyentlarning umumiy ro‘yxati (2.7-shakl, 2-ilova)ni kompyuterda shakllantiradi va 27-iyulda ma’lumot uchun e’lon qiladi. Umumiy ro‘yxatda abituriyentning maxsus kodi, ixtisoslik kodi, alifbo tartibidagi familiyasi, ismi, sharifi, test topshiradigan bino raqami va guruh raqami ko‘rsatiladi;
titul varaqasi (3.1-shakl, 3-ilova) va ruxsatnoma (3.2-shakl, 3-ilova)larni xatosiz to‘ldiradi;
27-iyuldan boshlab abituriyentlarga ruxsatnomalarni tarqatadi;
Davlat test markazi vakillarini qabul va test jarayoniga oid barcha ma’lumotlar, shu jumladan, binolar va auditoriyalarning reja-chizmalari bilan ta’minlaydi;
30-iyulda barcha auditoriyalardagi o‘tirish o‘rinlarini raqamlab, test o‘tkazishga tayyorlaydi hamda auditoriyalarning eshiklariga ularning tartib raqamlari, mutaxassisliklar nomi va abituriyentlar soni yozilgan ko‘chma ko‘rsatkichlarni ilib qo‘yadi;
har bir test o‘tkaziladigan binoda telefon aloqasi bo‘lishini ta’minlaydi;
har bir auditoriyaga javoblar varaqasini to‘ldirish qoidalari berilgan plakatlarni ilib qo‘yadi;
31-iyulda test o‘tkazilmaydigan xonalar va qavatlarning kirish-chiqish eshiklarini yopib muhrlaydi;
abituriyentlarni auditoriyalarga tartibli ravishda kiritishni ta’minlash uchun har bir binoda nazoratchilik xizmati postlarini tashkil qiladi;
har bir test o‘tkaziladigan binoda test jarayoni uchun zarur bo‘lgan axborot, texnik, tibbiy va maishiy xizmatlarni tashkil etadi;
test sinovlari o‘tkaziladigan kuni ta’lim muassasasida nusxa ko‘chirish vositalari ishlatilishining oldini olish maqsadida ularning barchasini muhrlab qo‘yadi;
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (2.6-shakl, 2-ilova) (ijodiy imtihon topshirgan guruhlar uchun 2 nusxada) tayyorlab, 1-avgust kuni soat 7.00 gacha Davlat test markazining bino bo‘yicha rahbar vakiliga topshiradi;
test sinovlari o‘tkaziladigan kuni abituriyentlarning pasport va ruxsatnomasi bilan binoga va undan keyin auditoriyalarga tartibli ravishda kiritilishini ta’minlaydi;
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha titul varaqalari solingan paketni 1-avgust kuni soat 7.00 dan 8.00 gacha auditoriya kuzatuvchilariga (abituriyentlarga auditoriyaga kirish paytida tarqatish uchun) beriladi;
test sinovlarining o‘z vaqtida boshlanishini ta’minlaydi;
test jarayonida ro‘y bergan barcha muammolarni tezkorlik bilan hal qilish choralarini ko‘radi;
test sinovlari tugashi bilan Davlat test markazining binolar bo‘yicha rahbar vakillaridan titul varaqalari solingan paketlarni qabul qilib oladi va Davlat test markazi vakillari ishtirokida ta’lim muassasasi seyfiga soladi va muhrlaydi;
test sinovlari tugagandan keyin test materiallarining belgilangan tartibda maxsus aloqa xodimlariga topshirilishini ta’minlaydi;
test natijalari olingan kuni ularni abituriyentlarga e’lon qiladi;
test natijalari olingan kuni Davlat test markazi vakili bilan birgalikda abituriyentlarning titul varaqalari solingan seyflarni dalolatnoma tuzib ochadi va javoblar varaqasi raqamlari yozilmagan yoki o‘zgartirilgan har bir titul varaqasi haqidagi ma’lumotni dalolatnomada qayd etib, dalolatnomaning bir nusxasini Davlat test markaziga yuboradi.
6. Qabul komissiyasiga biriktirilgan barcha vazifalarning bajarilishini ta’minlash mas’uliyati va javobgarligi ta’lim muassasasi qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibiga yuklanadi.
7. Test natijalari asosida talabalikka qabul qilingan abituriyentlar va ularning fanlarni o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quv yili davomida ABT-talaba dasturi orqali Davlat test markaziga yetkazib turiladi.
8. Test sinovlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan Davlat test markazi vakillari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Davlat test markazi vakillari Davlat test markazi bilan belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
9. Davlat test markazi vakillari vazirliklar va hokimliklar tavsiyasi asosida oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari, ilmiy muassasalar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlaridan tanlab olinadi va ta’lim muassasalariga qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlanadi.
10. Davlat test markazi vakili test jarayonida o‘ziga yuklatilgan vazifalar, auditoriya rahbari va kuzatuvchisining vazifalarini hamda “Abituriyentga eslatma”da abituriyentga qo‘yilgan talablarni to‘liq o‘rganadi va ularning qat’iy bajarilishini ta’minlaydi.
11. Davlat test markazining har bir vakiliga, 12 tagacha auditoriyasi bo‘lgan bitta qavat biriktiriladi. Davlat test markazi vakillaridan bittasi ta’lim muassasasi bo‘yicha rahbar etib tayinlanadi.
12. Davlat test markazi vakillari faoliyatiga umumiy rahbarlik Davlat test markazining doimiy vakili tomonidan amalga oshiriladi.
13. Davlat test markazi vakili test sinovlariga qadar, ta’lim muassasasining qabul komissiyasi mas’ul kotibi bilan birgalikda, quyidagilarni tekshiradi:
“Qabul to‘g‘risidagi nizom”ga asosan abituriyentlarning ariza va hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qayd daftarlarida to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati Davlat test markazi tavsiya etgan algoritm asosida tuzilganligini;
binolarda test materiallarini tarqatish uchun mo‘ljallangan, seyflarga ega bo‘lgan maxsus xonalarning tayyorligini;
auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning qaysi auditoriyaga tushishini qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlaydigan maxsus joyning har bir binoda tayyorligini;
test sinovlari o‘tkaziladigan auditoriyalarda abituriyentlarning o‘tirish o‘rinlari belgilangan tartibda raqamlanganligi, ularda yetarli miqdorda stol (parta), stullar, yelim hamda test materiallarini topshirish uchun ajratilgan alohida stolning mavjudligini;
har bir auditoriyada javoblar varaqasini to‘ldirish qoidalari berilgan plakatlarning mavjudligini;
har bir binoda tibbiy, texnik va axborot xizmatining tashkil etilishini, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlari belgilanganligini;
har bir test o‘tkaziladigan binoda telefon aloqasi mavjudligini;
ruxsatnoma va titul varaqasining qayd daftari asosida to‘g‘ri to‘ldirilganligini.
Davlat test markazi vakili aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Zarur bo‘lganda, Davlat test markazi rahbariyatiga ma’lumot berib, ta’lim muassasasining testga to‘liq tayyor bo‘lishiga erishadi.
14. Davlat test markazi vakillarining test jarayonidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: test materiallarini maxsus aloqa xodimlaridan qabul qilish, binolar va auditoriyalar bo‘yicha tarqatish, auditoriya rahbari va kuzatuvchilarni xonalarga qur’a tashlash bilan taqsimlash, testning o‘z vaqtida boshlanishi, test jarayonini xolislik bilan o‘tkazilishi va reglament asosida tugashini nazorat qilish, test materiallarini auditoriya rahbarlaridan yig‘ish va maxsus aloqa xodimlariga topshirish.
15. Davlat test markazi vakili test jarayonida auditoriya rahbariga amaliy yordam ko‘rsatadi. Vakil o‘ziga biriktirilgan auditoriya va binolarda test o‘tkazish tartiblariga qat’iy rioya qilinishiga mas’ul va javobgar shaxsdir.
16. Test o‘tkaziladigan kuni Davlat test markazi vakili vazifalarni vaqt bo‘yicha quyidagi tartibda bajaradi:
ta’lim muassasasi bosh shtabiga soat 6.00 da yetib keladi;
Davlat test markazining ta’lim muassasasi bo‘yicha rahbar vakili soat 6.00 dan 6.20 gacha Davlat test markazi vakillarini binolar bo‘yicha taqsimlaydi;
soat 6.00 dan 6.40 gacha Davlat test markazi vakili qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotibi bilan birgalikda maxsus aloqa xodimlaridan test materiallarini qabul qilib oladi, test materiallarini bino bo‘yicha rahbar vakillarga tarqatadi va 4.1-shaklda (4-ilova) rasmiylashtiradi;
Davlat test markazi vakili mas’ul kotibdan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini oladi;
Davlat test markazining doimiy vakilidan binolar bo‘yicha auditoriya rahbari va kuzatuvchilar ro‘yxatini oladi;
Davlat test markazi vakili davlat test markazining bino bo‘yicha mas’ul vakiliga test materiallari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilar ro‘yxati hamda test jarayoniga oid zarur yo‘riqnomalarni beradi.
Davlat test markazining bino bo‘yicha mas’ul vakili: soat 6.40 dan 7.00 gacha maxsus aloqa xodimi bilan test materiallarini o‘zi biriktirilgan binoga olib keladi.
Davlat test markazining bino bo‘yicha rahbar vakili binoga biriktirilgan vakillarini qur’a tashlash yo‘li bilan qavatlar va auditoriyalar bo‘yicha taqsimlab, ular bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
soat 7.00 dan 7.30 gacha ta’lim muassasasi qabul komissiyasi xodimlari bilan birgalikda auditoriya rahbari va kuzatuvchilarning qaysi auditoriyada bo‘lishini qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlaydi va ularga Davlat test markazining maxsus guvohnomasini beradi hamda bu haqda 2 nusxada bayonnoma (5-ilova) tuzadi;
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (ijodiy imtixon topshirgan guruhlar uchun 2 nusxada) kuzatuvchilarga tarqatadi;
qavatlar bo‘yicha taqsimlangan Davlat test markazi vakillari soat 7.30 dan 8.00 gacha abituriyentlarning ruxsatnomasi va pasportini tekshirib, binoga kiritilishini nazorat qiladi;
bino bo‘yicha rahbar vakil soat 7.30 dan 8.00 gacha test materiallari solingan qutilarni auditoriya rahbarlariga tarqatadi va 6.1-shaklni (6-ilova) rasmiylashtiradi;
auditoriya kuzatuvchisi soat 8.00 dan 8.30 gacha abituriyentlarning pasporti, ruxsatnomasini tekshirib, xonaga kirishda abituriyentga titul varaqasi tarqatilishini hamda uning belgilangan joyga o‘tirishini nazorat qiladi;
soat 8.30 dan 9.00 gacha auditoriya rahbari va kuzatuvchisi tomonidan test materiallarining abituriyentlarga tarqatilishini, savollar kitobi bilan ishlash va javoblar varaqasini (7.1-shakl, 7-ilova) to‘ldirish qoidalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berilishini nazorat qiladi;
auditoriya rahbari abituriyentning savollar kitobi nuqsonli ekanligi haqida xabar bersa, quyidagi ishlarni tezkorlik bilan soat 9.00 gacha amalga oshiradi:
a) boshqa auditoriyalardan testga kelmagan abituriyentning shu ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos bo‘lgan savollar kitobi va javoblar varaqasini dalolatnoma tuzib, keltirib beradi;
b) agar tegishli savollar kitobi binodan topilmasa, Davlat test markazining ta’lim muassasasi bo‘yicha vakili bilan telefon orqali bog‘lanib, unga kerakli savollar kitobini keltirib berishni so‘raydi;
soat 9.00 dan 10.00 gacha o‘ziga biriktirilgan auditoriyalarda testga kelmagan abituriyentlar ro‘yxatini aniqlaydi;
test sinovida qatnashayotgan auditoriya rahbari va kuzatuvchisining familiyasi, ismi, sharifi, pasporti haqidagi ma’lumotlarni aniqlaydi va hokimlik tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bilan solishtiradi hamda ularni hisobotiga ilova qiladi;
soat 9.00-12.20 (9.00-11.20*)da test jarayonining xolisona va adolatli o‘tishini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
auditoriyalarda test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan abituriyentlarning testdan chetlashtirilishini va bu haqda dalolatnomalar tuzilishini nazorat qiladi;
abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilib boradi va test jarayonida kutilmagan voqea ro‘y berganda, zudlik bilan o‘quv yurti bo‘yicha Davlat test markazining rahbar vakili va doimiy vakil bilan bog‘lanadi, muammoni hal qilish choralarini ko‘radi;
soat 12.00-12.20 (11.00-11.20*) da test sinovining tugash jarayonini qat’iy nazorat qiladi;
abituriyentlarning auditoriyadan pasporti va ruxsatnoma bilan chiqishini, ruxsatnomada javoblar varaqasi raqami va varianti yozilib, uning auditoriya rahbari va kuzatuvchisi tomonidan tasdiqlanganligini nazorat qiladi;
soat 12.20-12.40 (11.20-11.40*) javoblar varaqasi paketi, savollar kitobi qutisi, titul varaqalari paketi auditoriyalarda yelimlanib, Davlat test markazi emblemalari bilan muhrlanishini ta’minlaydi;
soat 12.20-13.00 (11.20-12.00*)da test sinovlari tugashi bilan, muhrlangan javoblar varaqasi paketi, savollar kitobi qutisi va titul varaqasi paketlarini Davlat test markazining bino bo‘yicha rahbar vakiliga zudlik bilan tegishli ro‘yxatni (6-ilova) rasmiylashtirgan holda topshirilishini ta’minlaydi;
soat 13.00-13.20 (12.00-12.20*) da test materiallarini maxsus aloqa transportlari bilan ta’lim muassasasi bosh shtabiga olib keladi;
qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotibi bilan birgalikda maxsus aloqa xodimlariga test materiallarini topshirib, tegishli ro‘yxatni (4-ilova) rasmiylashtiradi;
qabul komissiyasi seyfiga titul varaqalari paketini solib, seyfni qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotib bilan birgalikda muhrlaydi;
maxsus aloqa xodimlariga topshirilayotgan qutilar joylashgan qoplarga Davlat test markazining manzilini yozadi.
17. Test sinovlari o‘tgandan so‘ng, Davlat test markazining har bir vakili bajarilgan ishlar bo‘yicha ikki nusxada hisobot tayyorlaydi. Hisobotning bir nusxasi Davlat test markaziga, ikkinchi nusxasi Davlat test markazining doimiy vakiliga topshiriladi.
18. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilarining ro‘yxati shahar, tuman hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
19. Test sinovi o‘tkaziladigan xonada sinovning belgilangan talablariga qat’iy rioya etilgan tarzda xolisona va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklatiladi.
20. Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi o‘zi biriktirilgan ta’lim muassasasi binociga soat 7.00 dan kechikmasdan shaxsiy pasporti bilan yetib keladi.
21. Auditoriya kuzatuvchisi qur’a tashlash yo‘li bilan o‘ziga biriktirilgan auditoriyaga, Davlat test markazi vakilidan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (ijodiy imtixon topshirgan guruh uchun 2 nusxada) va titul varaqalarini olib, soat 7.30 dan kechikmay yetib boradi va quyidagi ishlarni bajaradi:
auditoriyani ko‘zdan kechiradi, agar ichkarida abituriyentlar bo‘lsa, ularni tashqariga chiqaradi;
auditoriyadagi har bir o‘tirish o‘rnining tartib bilan raqamlanganligini tekshiradi;
abituriyentlarga o‘zini tanishtirib, ularning ruxsatnomasi, pasportlarini e’tibor bilan tekshirib, ularga titul varaqalarini tarqatadi, ularni guruh ro‘yxati bo‘yicha auditoriyaga kiritadi va belgilangan tartib bo‘yicha joylarga o‘tqazadi;
guruh ro‘yxati bo‘yicha test sinoviga kelgan va kelmagan abituriyentlarni aniqlaydi.
22. Auditoriya rahbari belgilangan vaqtda (soat 7.30-8.00) Davlat test markazining bino bo‘yicha rahbar vakilidan qur’a tashlash yo‘li bilan o‘ziga biriktirilgan auditoriya uchun test materiallarini qabul qilib oladi va darhol auditoriyaga yetib boradi.
23. Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan abituriyentlarni auditoriyaga kiritmaydi.
24. Test boshlanishidan oldin auditoriya rahbari va kuzatuvchisi o‘zlarining ism va familiyalarini yozuv taxtaga (doskaga) yozib qo‘yadi.
25. Auditoriya rahbari, kuzatuvchisi hamda ikki abituriyent birgalikda quti muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, qutini soat 8.30 da ochadilar.
Quti ichida quyidagi materiallar bo‘ladi:
guruh ro‘yxatidagi abituriyentlar soniga teng bo‘lgan miqdorda, ichiga javoblar varaqasi solingan savollar kitoblari;
2 ta paket: javoblar varaqalari uchun 1 ta, titul varaqalari uchun 1 ta;
muhrlash uchun 3 ta Davlat test markazi emblemasi: javoblar varaqalari paketi uchun 1 ta, titul varaqalari paketi uchun 1 ta, savollar kitoblari qutisi uchun 1 ta.
26. Savollar kitoblari sanaladi.
27. Abituriyentlarga savollar kitobi javoblar varaqasi bilan birgalikda tarqatiladi. Abituriyentga savollar kitobidagi “Abituriyentlar diqqatiga” deb yozilgan qismini o‘qish taklif qilinadi. Agar abituriyent savollar kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, quyidagi ishlarni tezkorlik bilan soat 9.00 gacha amalga oshiradi:
a) auditoriyada test sinovida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan savollar kitobini javoblar varaqasi bilan birga murojaat qilgan abituriyentga beradi,
b) agar auditoriyada ortiqcha kitob bo‘lmasa boshqa auditoriyalardan testga kelmagan abituriyentning shu ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos bo‘lgan savollar kitobi va javoblar varaqasini keltirib berishni Davlat test markazi vakilidan so‘raydi.
28. Abituriyentlarga quyidagilar tushuntiriladi:
javoblar varaqasini bukmaslik;
javoblar varaqasining marker chizig‘iga yozmaslik;
javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik.
29. Test sinovlari boshlanishidan oldin, soat 8.30 dan 9.00 gacha auditoriya rahbari va kuzatuvchisi:
yozuv taxtasi (doska)ga ilib qo‘yilgan plakatdan foydalanib, javoblar varaqasini to‘ldirish qoidalarini tushuntiradi;
javoblar varaqasi raqamining titul varaqasi va ruxsatnomaga ko‘chirib yozganligini tasdiqlash maqsadida titul varaqasining va ruxsatnomaning maxsus joyiga imzo qo‘yadi.
30. Abituriyentlarning bir-birlari bilan gaplashishi, turli qog‘oz va boshqa narsalardan foydalanish mumkin emasligini tushuntiradi. Eshik va derazalar orqali abituriyentlarning mustaqil ishlashiga xalaqit beradigan aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaydi.
31. Tushuntirish tugagandan keyin, testning boshlanishi va tugash vaqtini doskaga yozib qo‘yadi.
3 ta fan topshiruvchi guruhlarga 3 soat, 2 ta fan topshiruvchi guruhlarga 2 soat vaqt beriladi.
32. Test boshlangandan keyin:
hech kim auditoriyaga kiritilmaydi;
abituriyent test materiallarini topshirmaguncha auditoriyadan chiqarilmaydi. Test materiallarini topshirib chiqib ketgan abituriyent auditoriyaga qayta kiritilmaydi;
test topshiriqlari bo‘yicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi;
abituriyentlar oldiga borilmaydi.
33. Favqulodda holatlarda auditoriya rahbari va kuzatuvchisi Davlat test markazi vakili ishtirokida sodir bo‘lgan voqea haqida dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma javoblar varaqasi paketiga solinadi.
34. Test jarayonida birorta hujjat (test materiali yoki boshqa qog‘oz) auditoriyadan tashqariga chiqarilmaydi va tashqaridan kiritilmaydi.
35. Test jarayoni davomida abituriyent test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalardan foydalansa, boshqa abituriyentlarga yordam bersa va boshqa shu kabi hollarda, abituriyent test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Auditoriya rahbari Davlat test markazi vakili bilan birgalikda tartibni buzgan abituriyentning test materiallarini oladi. Shundan so‘ng auditoriya rahbari va kuzatuvchisi ikki abituriyent ishtirokida tartibni buzgan abituriyentni testdan chetlashtirish haqida dalolatnomani (8-ilova) tuzadi. Dalolatnomada sana, ta’lim muassasasi nomi, guruh raqami, ixtisoslik kodi, tartibni buzgan abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi, javoblar varaqasining raqami, qanday tartibni buzganligi va abituriyent qaysi vaqtda test sinovidan chetlashtirilganligi yoziladi. Dalolatnomaga Davlat test markazi vakili ham imzo qo‘yadi.
36. Test topshiriqlarini belgilangan vaqtdan ilgari bajarib bo‘lgan abituriyent savollar kitobi, javoblar varaqasi va titul varaqasini alohida-alohida stolga qo‘yadi, abituriyentlar ro‘yxatiga javoblar varaqasining raqamini, test topshirgan vaqtini yozadi, unga imzo qo‘yadi va auditoriyadan chiqadi.
37. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng, auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman e’lon qiladi. Abituriyentlar navbat bilan savollar kitobi, javoblar varaqasi va titul varaqasini alohida-alohida stolga qo‘yadilar, abituriyentlar ro‘yxatiga javoblar varaqasining raqamini, test topshirgan vaqtini yozib, unga imzo qo‘yadilar va auditoriyadan chiqadilar.
38. Auditoriya rahbari, hamma test materiallari yig‘ilgandan so‘ng, ikki nafar abituriyent ishtirokida javoblar varaqasi, titul varaqalari va savollar kitoblarini alohida sanaydi.
Javoblar varaqasi paketiga quyidagilar solinadi:
testda qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalari;
ishlatilmagan javoblar varaqalari;
test sinovidan chetlashtirilgan abituriyentga tegishli dalolatnomalar yelimlangan javoblar varaqalari;
test sinoviga kelmagan abituriyentlarga tegishli titul varaqalari.
Shundan keyin javoblar varaqasi paketiga yopishtirilgan ma’lumotnoma to‘lg‘izilib, auditoriya rahbari, kuzatuvchi va ikki abituriyent imzo qo‘yganidan keyin, auditorya rahbari paketni Davlat test markazi emblemasi bilan muhrlaydi.
Auditoriya rahbari savollar kitoblarini qutiga soladi va qutini Davlat test markazi emblemasi bilan muhrlaydi.
Auditoriya rahbari test sinoviga qatnashgan abituriyentlarning titul varaqalarini sanab, uni abituriyentlar ro‘yxati bilan titul varaqalari paketiga soladi va bu paketni Davlat test markazi emblemasi bilan muhrlaydi.
39. Auditoriyadagi barcha javoblar varaqalari (ishlatilgan, ishlatilmagan, testdan chetlashtirilganlarga tegishli bo‘lgan) va testga kelmagan abituriyentlarning titul varaqalarini maxsus javoblar varaqalari paketiga solinishi uchun auditoriya rahbari va kuzatuvchisi shaxsan javobgar hisoblanadi. Javoblar varaqasini savollar kitobi qutisiga solish taqiqlanadi.
40. Auditoriya rahbari javoblar varaqalari solingan paketni, savollar kitoblari qutisini va titul varaqalari solingan paketni maxsus xonada Davlat test markazi vakiliga topshiradi va tegishli ro‘yxatga (6-ilova) imzo qo‘yadi. Ijodiy imtihon o‘tkazilgan guruhlar bo‘yicha javoblar varaqasi raqami to‘ldirilgan abituriyentlar ro‘yxatining bir nusxasini ta’lim muassasasi mas’ul kotibiga topshiradi.
41. Test sinovlari tugagach, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi o‘z guvohnomalarini Davlat test markazi vakiliga topshiradilar.
42. O‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat test markazida murojaatlarni ko‘rish komissiyasi (keyinga o‘rinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
43. Komissiya tarkibiga Davlat test markazining mas’ul xodimlari va fanlar bo‘yicha ekspertlari kiritiladi. Komissiyaning tarkibi Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi
44. Murojaat etuvchi test javoblari e’lon qilingan kundan boshlab bir oy davomida Komissiyaga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin. Uning arizasi ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
45. Ariza murojaat etuvchi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish jarayonida murojaat etuvchining ota-onasi ham qatnashishga haqli. Murojaat etuvchi komissiyaga pasporti va ruxsatnomasi bilan belgilangan kuni kelishi shart.
46. Arizani ko‘rib chiqish jarayonida murojaat etuvchiga uning javoblar varaqasi ko‘rsatiladi va unga test sinovida yo‘l qo‘ygan noto‘g‘ri javoblari ro‘yxati bilan birgalikda testda tushgan savollar kitobining nusxasi beriladi.
47. Murojaatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha bayonnoma tuziladi va Komissiya a’zolari hamda murojaat etuvchi tomonidan imzolanadi.
48. Komissiya xulosasi bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga beriladi.
49. Murojaat etuvchi o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab boshqa davlat idoralariga murojaat qilishga haqli.
Abituriyent ta’lim muassasasi komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
3x4 sm hajmdagi 6 ta fotosurat;
xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar, tanlov va musobaqalar g‘oliblariga tanlovsiz o‘qishga kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasi;
muddatli harbiy xizmatni tugatib, harbiy qismlarning yo‘llanmasi bilan kelgan abituriyentlar — tegishli tavsiyanoma.
Maxsus sirtqi bo‘limlarning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga faqat o‘rta maxsus ma’lumotga va tegishli ta’lim turi bo‘yicha kamida uch yil amaliy pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilinadi. Maxsus sirtqi bo‘limlarning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga kiruvchilardan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirmasi talab qilinadi.
Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda, qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, 14-modda).
Test sinovi boshlanishidan 3 kun oldin abituriyent qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o‘rganib, test topshiradigan binoning qayerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami, qaysi qavatda ekanligi va boshqa kerakli ma’lumotlarni bilib oladi.
Abituriyentlar guruh tartib raqami ko‘rsatilgan ruxsatnomani test boshlanishidan 3 kun oldin ta’lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.
Kunduzgi, sirtqi va maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlarni test sinovlari, “Qabul to‘g‘risidagi nizom”ga asosan, o‘zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) va rus tillarida, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida bir kunda va bir vaqtda o‘tkaziladi.
Test o‘tkaziladigan kuni abituriyentlarni bino ichkarisiga kiritish ertalab soat 7.30 da boshlanadi. Abituriyent binoga kirishda ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abituriyentlar o‘z guruhlari tartib raqami bilan bir xil raqamlangan auditoriyaga kiradilar.
Test sinovlariga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalarni olib kirish taqiqlanadi.
Test sinovlari boshlangandan so‘ng (8.30 dan keyin) abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.
Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
Abituriyent test sinovlarini ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi.
Test vaqtida abituriyentlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
savollar kitobi va javoblar varaqasini olgandan so‘ng, savollar kitobini sinchiklab tekshirib chiqadi. Agar unda fanlar bo‘yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘la nashr qilinmagan o‘rinlar yoki betlar bo‘lsa, darhol auditoriya rahbariga xabar beradi va nuqsonsiz test savollari kitobi hamda javoblar varaqasini oladi (agar abituriyent soat 9.00 gacha savollar kitobidagi nuqsonlar haqida auditoriya raxbariga xabar bermasa, uning murojaati qabul qilinmaydi). Shundan so‘ng abituriyent javoblar varaqasidagi “Abituriyentlar diqqatiga” qismini o‘qib chiqadi;
javoblar varaqasi varianti bilan savollar kitobi varianti mosligini tekshiradi;
Abituriyent test savollariga javob berishdan oldin o‘z ruxsatnoma va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasining raqamini va variant raqamini ko‘chirib yozadi;
javoblar varaqasini to‘ldirishda faqat havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanadi;
abituriyent o‘zi haqidagi ma’lumotlarni javoblar varaqasining tegishli qismiga yozadi va mos keluvchi doirachalarni bo‘yaydi
maxsus kodini, o‘qishni tugatgan maktabi joylashgan viloyat, tuman, shahar, shahar tumani kodlarini, maktab (litsey) nomerini, ta’lim muassasasi va ixtisoslik kodlarini javob varaqasining mos joylariga titul varaqasidan ko‘chiradi va doirachalarni mos ravishda bo‘yaydi (Agar abituriyent o‘z ixtisoslik kodini noto‘g‘ri belgilasa, uning javoblar varaqasi u test topshirgan guruh ixtisosligi bo‘yicha o‘qiladi);
savollar kitobidagi hamma fan bloklarida 36 tadan savol keltirilgan, har bir savolga 5 tadan (A, B, C, D, E) javob berilgan bo‘lib, abituriyent ulardan faqat bittasini to‘g‘risini topishi va kitobchada belgilab, keyinchalik javoblar varaqasiga ko‘chirishi shart;
javoblarni tanlash uchun 108 ta savolga 3 soat, 72 ta savolga 2 soat vaqt ajratiladi;
javoblarni tanlash ixtiyoriy. Abituriyent o‘zi tanlagan javoblarini javoblar varaqasining tegishli blokiga chalkashtirmasdan ko‘chiradi. Javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun testga ajratilgan vaqtdan tashqari yana 20 daqiqa vaqt beriladi;
savollar kitobidagi test savollariga to‘g‘ri deb hisoblagan javoblarni javoblar varaqasining fan bloklaridagi doirachalarga mos ravishda belgilaydi. Chet tili bo‘yicha test topshirayotgan abituriyentlar o‘ziga muvofiq keluvchi tilga tegishli doirachani bo‘yaydi;
har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanganda, to‘g‘ri hisoblanib, agar bitta savolga ikki va undan ortiq javob belgilansa, bu javobga ball berilmaydi;
to‘ldirilgan javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjatdir;
javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir;
javoblar varaqasida tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilagan va javoblar varaqasini almashtirib qo‘ygan abituriyentlar e’tirozi apellatsiyada ko‘rib chiqilmaydi;
test paytida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi;
test davomida abituriyentlarning bir-birlari bilan gaplashishi, javoblarni bir-biriga ko‘rsatishi, test materiallarini boshqalarga uzatishi, mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitoblardan, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalardan foydalanishi, test hujjatlaridan nusxa ko‘chirishi va boshqalarga ko‘maklashishi taqiqlanadi.
Agar abituriyent mazkur qoidalarga rioya qilmasa, u test sinovlarini o‘tkazish tartibini qo‘pol ravishda buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, sinovdan chetlashtiriladi.
Test sinovini belgilangan vaqtdan oldin tugatgan abituriyent savollar kitobi, javoblar varaqasi va titul varaqasini auditoriya rahbariga topshiradi, abituriyentlar ro‘yxatidagi o‘z familiyasi to‘g‘risiga javoblar varaqasi raqami va variant raqamining to‘g‘ri yozilganligini tekshirib, testni tugatgan vaqtini yozib, imzo qo‘yadi, ruxsatnoma va pasporti bilan auditoriyadan chiqadi.
Test uchun ajratilgan vaqt tugagach, auditoriya rahbari bu haqda e’lon qiladi. Abituriyentlar tartib bilan savollar kitobi, javoblar varaqasi va titul varaqasini auditoriya rahbariga topshirib, abituriyentlar ro‘yxatidagi o‘z familiyalari to‘g‘risiga javoblar varaqasi raqami va variant raqamini, testni tugatgan vaqtini yozib, imzo qo‘yadilar, ruxsatnoma va pasporti bilan auditoriyadan chiqadilar.
Abituriyent javoblar varaqasining maxsus joyini bo‘yash bilan auditoriyadagi test jarayonining borishiga o‘z fikrini bildirishi mumkin.
O‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat test markazida murojaatlarni ko‘rish komissiyasi (keyinga o‘rinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Komissiya tarkibiga Davlat test markazining mas’ul xodimlari va fanlar bo‘yicha ekspertlari kiritiladi. Komissiyaning tarkibi Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Murojaat etuvchi test javoblari e’lon qilingan kundan boshlab bir oy davomida Komissiyaga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin. Uning arizasi ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Ariza murojaat etuvchi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish jarayonida murojaat etuvchining ota-onasi ham qatnashishga haqli. Murojaat etuvchi komissiyaga pasporti va ruxsatnomasi bilan belgilangan kuni kelishi shart.
Arizani ko‘rib chiqish jarayonida murojaat etuvchiga uning javoblar varaqasi ko‘rsatiladi va unga test sinovida yo‘l qo‘ygan noto‘g‘ri javoblari ro‘yxati bilan birgalikda testda tushgan savollar kitobining nusxasi beriladi.
Murojaatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha bayonnoma tuziladi va Komissiya a’zolari hamda murojaat etuvchi tomonidan imzolanadi.
Komissiya xulosasi bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga beriladi.
Murojaat etuvchi o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab boshqa davlat idoralariga murojaat qilishga haqli. | 10Qonunchilik
|
O‘zbekistonliklarning tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorligi 500 mlrd so‘mdan oshgan
Bugunga kelib o‘zbekistonliklarning gazdan qarzi 500 mlrd so‘mdan oshgan. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, iste’molchilar xonadonlarida «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi»ga ulangan 2 milliondan ortiq «aqlli hisoblagichlar» (ASKUE hisoblagichlari) o‘rnatib berilgan.
Zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasi hali o‘rnatilmagan 1,5 million iste’molchilar esa sarflangan gaz uchun eski namunadagi gaz hisoblagichlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘lov qilishni davom ettirmoqda.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ayrim iste’molchilar yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni vaqtida amalga oshirmayapti. Natijada esa, iste’molchilar tomonidan katta qarzdorlik yuzaga kelmoqda va qarzga nisbatan vaqtida to‘lov qilinmaganligi sababli penya hisoblanmoqda.
Bugungi kunga kelib 1,2 milliondan ortiq iste’molchining tabiiy gaz uchun 501,6 milliard so‘m miqdordagi debitorlik qarzdorligi mavjud.
«Tez orada butun mamlakatimiz bo‘ylab „aqlli hisoblagichlarni“ o‘rnatish ishlari yakunlanadi. Yangi hisobdonlar ishga tushgach iste’molchiga baribir qarzdorligini qoplashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, asosiy qarzdorlikni bartaraf etish bilan birga unga nisbatan hisoblangan penyani ham to‘lash talab qilinadi. Aks holda istemolchi gaz ta’minoti tizimidan avtomatik ravishda uzib qo‘yiladi», — deyiladi xabarda. | 5Jamiyat
|
AQShda ikki boshli buzoq tug‘ildi
Amerikaning Montana shtatining fermasida ikki boshli buzoq tug‘ildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
“Men odatdagidek mollarga qarab yurgandim. Shunda birdan podadan ajralib qolgan sigirni payqadim. Tekshirish uchun unga yaqinlashdim”, — deydi fermer Xizer German.
Shunda ayol sigirning yonida ikki boshli qo‘zichoqni ko‘rgan. Germanning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat juda kam uchraydi.
“Men bunday holatlarni suratlarda ko‘rganman. Hayotda esa birinchi marta ko‘rishim”, — deydi ayol.
Qayd etilishicha, ikki boshli buzoq nobud bo‘lgan. | 2Dunyo
|
Toshkentda 3-4 yoshli qizchani kaltaklagan ayol qidirilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi “Al-Hilal” kafesi oldida olingan video tarqaldi. Ushbu video muallifi yosh ayolning 3-4 yoshli qizchani urayotganiga guvoh bo‘lgan.
Telegram/“Exo Uzbekistana”
Video muallifi ayoldan qizchani urishni bas qilishni so‘ragan, biroq ayol to‘xtamagan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu videoga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hozirda qizchani kaltaklagan ayol qidirilmoqda. Uning bolaga nisbatan shafqatsizlarcha munosabati sababini o‘rganish uchun ishga psixologlar, shuningdek, ayollar ishlari bo‘yicha inspektor jalb qilinadi. | 8O‘zbekiston
|
O‘rta yer dengizida bir kunda 800 muhojir qutqarib qolindi
27 yanvarda O‘rta yer dengizida o‘tkazilgan 5 ta operatsiya davomida 800 ga yaqin muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Yevropaga yetib olmoqchi bo‘lgan muhojirlar 2 ta barja va 3 ta qayiqdan qutqarilgan. Operatsiyalar davomida Italiya harbiy-dengiz flotining ikkita vertolyoti Tunisdagi shifoxonaga 7 nafar bolani yetkazgan.
Qutqaruvchilar tomondan suvdan ikki jasad chiqarib olingan.
2015 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning bir qator davlatlarida ixtiloflar avj olgani sababli O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan davlatlar orqali istalgan yo‘llar bilan Yevropaga o‘tmoqchi bo‘layotgan muhojirlar soni keskin oshib ketgan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Yevropaga O‘rta yer dengizi orqali kelgan muhojirlar soni 171 mingdan oshib ketdi. Yevropaga yo‘l olganlardan 3 mingdan ko‘prog‘i yo‘lda halok bo‘lgan. | 2Dunyo
|
Ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog‘ishi kutilmoqda
14−17 mart kunlari respublika bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Ko‘pchilik viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 14−16 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 14 martda va 16−17 mart kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), asosan biroz bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Haftaning birinchi yarmida kunduz kungi harorat +14…+17 daraja iliqdan +8…+11 darajagacha o‘zgarib turadi, chorshanba kuni +16…+21 darajagacha ko‘tariladi.
Juma kuni O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduz kuni havo harorati +7…+10 darajagacha pasayadi.
Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25−28 m/s gacha yetishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida esa yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘ladi, 14−16 martda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi borligidan ogohlantirmoqda. | 5Jamiyat
|
Turkish Airlines Istanbuldan Farg‘onaga ilk parvozini amalga oshirdi
Turkish Airlines 8-iyun kuni Istanbuldan Farg‘onaga ilk parvozini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Bortida 165 nafar yo‘lovchi bilan Farg‘ona xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan samolyot tantana bilan kutib olingan. Farg‘ona xalqaro aeroporti direktori Timur Xalilov va Turkish Airlines’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Selim Qahriman samolyot trapi oldida ramziy lentani qirqdi.
Xabarda aytilishicha, “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2021-yil 15-aprelda Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasiga Istanbul—Urganch—Istanbul va Istanbul—Farg‘ona—Istanbul yo‘nalishlarida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan. Ammo epidemiologik vaziyat yomonlashuvi hamda Turkiya hukumati tomonidan 3 haftalik lokdaun e’lon qilingani sababli may oyida ushbu mamlakatga amalga oshiriladigan qator reyslar bekor qilingandi.
Turkish Airlines samolyotlari haftaning seshanba va juma kunlari Istanbul—Farg‘ona—Istanbul yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiradi. | 8O‘zbekiston
|
Devid Kemeron: musulmon mamlakatlari Buyuk Britaniyaning Suriyadagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron nafaqat Yevropa, balki musulmon mamlakatlari ham Birlashgan Qirollikning Suriyadagi IShID marralariga aviazarbalar berish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlayotganiga ishonchi komil. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bizni nafaqat sheriklarimiz, balki musulmon davlatlari, Fors ko‘rfazi mamlakatlari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular bizdan shu haqda so‘ragan”, — deya ma’lum qilgan Kemeron Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
Bosh vazir aviazarbalar G‘arb mamlakatlari aksilterror strategiyasining bir qismigina ekanligi, IShIDga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun sabr-toqat va qat’iyat zarurligini bildirdi. | 2Dunyo
|
90 kishi. Filippinda ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni oshmoqda
Filippin janubida tropik po‘rtanadan so‘ng yuzaga kelgan ko‘chkilar va suv toshqinlari oqibatida taxminan 90 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Hukumat ma'lumotlariga qaraganda, halok bo‘lganlarning barchasi Mindanao orolidan bo‘lgan.
«Biz fermerlik qishlog‘i to‘fon sabab yuzaga kelgan kuchli yomg‘irlar tufayli sodir bo‘lgan ko‘chkilar tagida qolib ketganiga oid ma'lumotni tasdiqlashga harakat qilmoqdamiz», - deya aytib o‘tgan Tabod shahri ma'muriyati vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinda yuz bergan ko‘chkilar va suv toshqinlari natijasida 27 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. | 2Dunyo
|
Yurtimizda Xokkey federasiyasi ochildi
Joriy yilning 28 martida Adliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi Xokkey federasiyasini davlat ro`yxatidan o`tkazdi. Endilikda mazkur tashkilot xokkey bo`yicha sport tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish, xokkey bo`yicha O`zbekiston sport terma jamoalarini tuzish va tayyorlashda ishtirok etish, ularni xalqaro sport musobaqalarida qatnashishga tayyorlash bo`yicha tadbirlarni ta`minlashga ko`maklashish bilan shug`ullanadi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida ma`lumot berildi. | 13Sport
|
Farg‘onada 6 bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, 10 oilaga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi
Farg‘ona viloyatida sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan 5 nafar oilaning nikohlari qonuniy qayd etilib, ularga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, 6 nafar bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Bu Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan “Birorta ham bolaning tug‘ilishi qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” shiori ostida o‘tkazilgan bayramona tadbir doirasida amalga oshirildi.
“Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda noqonuniy turar joylar bo‘lishi mumkin emas” tadbiri doirasida esa 40 nafar fuqaroga mulk huquqini e’tirof etuvchi tuman (shahar) hokimlarining qarorlari topshirildi. | 8O‘zbekiston
|
Foto: Varrak A380. Juda katta varrak
Bahorning eng asosiy bayrami — Navro‘z bilan bog‘liq eng yaxshi xalq o‘yinlaridan biri bu — varrak uchirishdir. Kunlar ilishi bilan O‘zbekiston shaharlarida varraklar savdosi, varraklar parvozi avj oladi.
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida juda katta varraklarning sotilayotgan va uchayotgan aks etgan suratlar e’lon qilindi. Suratlarning birida Airbus aviakonsernining eng katta A380 layneriga qiyosan “Varrak A380” deb ta’riflangan “o‘yinchoq” bir bolakaydan kamida uch barobar kattaligi ochiq ko‘rinib turibdi.
Bu varrakka, shuningdek, “Varrakkopter”, “Laylaktsikl”, “O‘zbekcha dron”, “Uchar gilam”, “Varrak 737” kabi ta’riflar berilgan, “Bu Boeing’ga bizning javobimiz!” kabi hazilomuz fikrlar bildirilgan. Foydalanuvchilarning yozishicha, bunday katta varraklarning narxi 300 ming so‘mgacha yetadi.
Bir foydalanuvchining yozishicha, bunday varrakni bir yoki ikki kishi uchira olmaydi, buning uchun butun jamoa kerak, shuningdek, kanop ip va qo‘lqop ham zarur. “Agar kuchli shamol bo‘lib qolsa, bunday varrakni mashina bilan ham ushlab qola olmaysiz”, — deb yozadi foydalanuvchi. | 8O‘zbekiston
|
Prezident yosh shaxmatchiga uy sovg‘a qildi
Shaxmatchi Javohir Sindorovga Toshkentning Sergeli tumanida uch xonali uyga ega bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti nomidan sovg‘ani prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov topshirdi.Shaxmat federatsiyasining xabar berishicha, sovg‘a 12 yosh, 10 oy va 8 kunlik vaqtida grossmeyster me’yorlarini bajargani uchun topshirildi. U bu borada jahonda ikkinchi bo‘ldi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi sport unvoni topshirilganidan so‘ng Javohir Sindorov 12 yosh 7 oylik vaqtida grossmeyster bo‘lgan Sergey Karyakindan keyin jahonda eng yosh grossmeysteriga aylanadi.
Javohir Sindorov 4 yoshidan buyon shaxmat bilan shug‘ullanadi. U 2012, 2014 va 2015 yillarda maktab o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempioniga aylandi. O‘tgan yilning aprelida esa 8−18 yoshli sportchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. | 13Sport
|
Hasanboy Do‘stmatov: Qozog‘istonlik bo‘lajak raqibim bilan uch marta jang qilib, uni nokautga ham uchratganman
Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Hasanboy Do‘stmatov bo‘lajak raqibi bilan jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar berdi “Olamsport”.
49 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi turnirning 1/8 finalida meksikalik Xoselito Velaskes bilan jang qilgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi 3:0 hisobida zafar quchgandi. Chorak finalda u qozog‘istonlik Birjan Jakipovga qarshi ringga ko‘tariladi.
“Bungacha u bilan uch marta jang qilganman. Janglarning bittasida nokautga ham uchratganman. Nasib qilsa, bu safar ham uni yengib, navbatdagi bosqichga yo‘llanma olaman”, — deb ta’kidlagan Hasanboy Do‘stmatov.
O‘zbekiston va Qozog‘iston sportchilari o‘rtasidagi chorak final jangi 10-avgust kuni 16:00 da bo‘lib o‘tadi. | 13Sport
|
Davlat departamenti ma'qulladi, AQSh Saudiyaga tanklarga qarshi raketa majmualarini sotadi
AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga tanklarga qarshi boshqariluvchi raketalarni 670 mln dollarga sotish bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi. Bu haqda Pentagon huzuridagi Mudofaa hamkorligi va xavfsizlik bo‘yicha agentlik (DSCA) xabarida aytiladi.
Saudiya Arabistoni AQShdan jangovar komplekslarga 6,6 minggacha raketa va sinovlarni amalga oshirish uchun yana 96ta raketani xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Ta'kidlanishicha, qurol-yarog‘ni yetkazib berish bo‘yicha bu kelishuv AQShning tashqi siyosatiga turtki beradi hamda do‘stona mamlakat – Saudiya Arabistoni xavfsizligini ta'minlashda yordam ko‘rsatadi. | 2Dunyo
|
O‘zbek dzyudochilari musobaqaning dastlabki kunida to‘rt medalni qo‘lga kiritdi
“O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumidagi xalqaro turnir boshlanishi haqida avval xabar bergan edik.
Nufuzli musobaqaning dastlabki kunida erkaklar o‘rtasida uch vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda barcha oltin medallar o‘zbek polvonlariga nasib etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki oltin medalni 60 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan yosh polvon Sharofiddin Lutfullayev keltirdi. Saralash bahslarida amerikalik Aron Kunixiro va mo‘g‘ulistonlik Xerlen Ganboldni mag‘lubiyatga uchratgan hamyurtimiz finalda ukrainalik Gevorg Gevorgyan ustidan zafar quchdi.
Mirali Sharipov
Og‘irligi 66 kilogramm bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasidagi final uchrashuvida Mirzohid Farmonov mo‘g‘ulistonlik Batgerel Battsetsegni, 73 kilogramm vazn toifasida Mirali Sharipov braziliyalik Aleks Pombo da Silvani mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Mirzohid Farmonov
Xotin-qizlar o‘rtasida 48 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Nodira Gulova bronza medalga sazovor bo‘ldi. Isroillik Shira Rishoni va belgiyalik Ilse Xeulen o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Nodira Gulova
Gran-prining birinchi kunida uch oltin va bir bronza medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Foto © O‘zA | 13Sport
|
Tom Kruz Top Gun’ning sikvelida haqiqiy qiruvchi samolyotlardan foydalanishni talab qildi
Aktyor Tom Kruz Top Gun filmining sikvelida faqat bir shart bilan — filmda haqiqiy qiruvchi samolyotlardan foydalanilsagina, suratga tushishga rozi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
“Bu juda yaxshi g‘oya. Men yana bir bor qiruvchi samolyotda uchishdan xursand bo‘lardim, faqat bir shart bilan — bu haqiqiy qiruvchi samolyot bo‘lishi kerak. Kompyuterda chizilgan samolyotlar bo‘lmasligi kerak. Agar hammasi o‘xshasa va AQSh Mudofaa vazirligi bizga samolyotlar va ruxsat bersa, juda zo‘r bo‘ladi”, — dedi Kruz.
Avvalroq Top Gun filmining davomi suratga olinishi haqida prodyuser Devid Ellison ma’lum qilgandi. Film ssenariysi Jastin Marks tomonidan yozilmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, filmda 2011-yili aviatsiya kapitani unvonini olgan Buyuk Britaniya shahzodasi Garri suratga tushishi mumkin.
Birinchi Top Gun 1986-yilda ekranlarga chiqqan. Kruz o‘sha filmda AQSh Harbiy-havo kuchlarining Meverik ismli kursanti rolini o‘ynagan. 15 million dollar evaziga tasvirga olingan film jahon prokatida 350 million dollar ishlab topgan. | 7Madaniyat
|
Mahalla instituti bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berilgan.
Mazkur qaror bilan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari ularning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vazifa va funksiyalarini inobatga olgan holda fuqarolar yig‘inlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga biriktirildi.
Masalan, mahallalardagi Yarashtirish komissiyalarga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ko‘mak beradi.
Xuddi shunday Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiyaga esa Adliya vazirligi, Savdo sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda tijorat banklari biriktirilgan.
Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy amaliy ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlari qatorida mahallalarda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vazifalarining ijrosini ta'minlash, faoliyat yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik tuzilmalari rolini oshirish belgilangan. Shu maqsadda har yili tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Qarorga ko‘ra jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etiladi, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari a'zolari fuqarolar yig‘ini raisi tavsiyasiga asosan moddiy va ma'naviy rag‘batlantirib boriladi.
Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Energetika vazirligi va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ Shirin energetika kollejiga o‘qishga taklif etadi!
Shirin energetika kollejiga 2021-2022 o‘quv yilida umumiy o‘rta maktablarning 9, 11-sinf va o‘rta maxsus kasb-hunar kolleji, akademik litsey bitiruvchilarini hamda ikkinchi mutaxassislik uchun o‘qish istagida bo‘lgan shaxslar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kunduzgi va sirtqi bo‘limlarga o‘qishga qabul qilinadi:
9-sinf bitiruvchilari uchun:
1) Elektr stansiyalar uskunalarini ta'mirlash bo‘yicha chilangar;
2) Payvandlovchi (elektr-gazpayvandlash ishlari);
3) Elektromontyor;
4) Axborot vositalari mashina kompyuter tarmoqlari operatori;
11-sinf va undan yuqori ma'lumotga ega bo‘lganlar uchun kunduzgi va sirtqi bo‘limga:
1) Bug‘ turbinalari va uskunalari;
2) Energoblok va qozon turbinalarini boshqarish;
3) Elektr stansiyalari uskunalarini ta'mirlash bo‘yicha elektr chilangar;
4) Elektr stansiyalar va tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor;
5) Elektr uskunalarini ta'mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor (tarmoqlar bo‘yicha);
6) Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha);
7) Kompyuter tarmoqlari;
8) Avtomatika va nazorat — o‘lchash asboblari sozlovchisi;
9) Avtomobillarni yig‘ish va sinash;
10) Apparaturalar, rele himoya vositalari va avtomatikalarni ta'mirlash;
11) Aloqa tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari;
12) Issiqlik ta'minoti va issiqlik texnikasi;
13) Buxgalter;
14) Elektr hisoblagichlar ekspluatatsiyasi.
Ta'lim kunduzgi va sirtqi shaklda 2 yildan 2 yil-u 6 oy muddatda davlat granti va to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Kollejni tugatgan bitiruvchilar o‘z sohasi bo‘yicha kafolatlangan ish bilan ta'minlanadi.
Kollejga hujjat topshirish uchun www.kollej.edu.uz elektron platformasi orqali quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1) Elektron ariza;
2) Fuqarolik pasporti yoki ID karta (elektron skaner nusxasi);
3) Umumiy o‘rta maktabning 9-11-sinfini tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron skanerlangan) nusxasi yoki o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi diplom (elektron skanerlangan) nusxasi;
4) 3x4 fotosurat.
O‘qishga respublikamizning barcha hududlaridan fuqarolar qabul qilinadi. Uzoqdan kelgan o‘quvchilar barcha sharoitlarga ega bo‘lgan yotoqxona bilan ta'minlanadi.
Yana bir muhim yangilik!
Kollejda barcha o‘quv yo‘nalishlarida dars jarayonlari (fizika, matematika, ingliz tili, kimyo va informatika fanlari) chuqurlashtirilgan tartibda olib boriladi. Kollejni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan yana bir yil muddatga to‘liq ingliz tilida yuqori malakali mutaxassislar tomonidan energetika tizimi uchun maqsadli kadrlar tayyorlash dasturi asosida o‘qitiladi.
Darslar “ACWA Power” kompaniyasining mutaxassislari hamda yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan an'anaviy hamda virtual tarzda sifatli tashkil etiladi.
Ish amaliyotlari esa to‘g‘ridan to‘g‘ri yirik ish beruvchilar korxonasida olib boriladi.
Hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 10 sentyabrigacha davom etadi.
Murojaat uchun telefonlar:
+998-91 503-99-70;
+998-90 312-50-65;
+998-91 503-95-66;
Faks: +998-67-764-49-45.
Manzil: Sirdaryo viloyati, Shirin shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 19 uy.
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati Ⓣ | 5Jamiyat
|
Vaksinatsiya: O‘zbekistonda bir kunda 50 mingga yaqin kishi emlandi
«28 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 46 317 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlandi.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 646 696 nafarga yetdi», deyiladi vazirlik xabarida.
28 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
27 aprel kuni maktab va bog‘cha xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni ham koronavirusga qarshi emlash boshlangandi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasidan 660 ming doza, o‘zbek-xitoy vaksinasidan 1 mln doza olib kelingan va 1 aprel kuni shu vaksinalar bilan aholini emlash jarayoni boshlangandi. Shu kungacha 570 mingga yaqin kishi vaksina qabul qilgan.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasidan 100 ming doza va o‘zbek-xitoy vaksinasidan 1 mln doza olib kelindi. Shuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi partiyasini keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
SSP tizimi tubdan isloh qilinadi
Prezident “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar berildi.
Hujjatda asosiy e’tibor Savdo-sanoat palatasi (SSP) rolini kuchaytirishga qaratilgan.
SSP oldiga yangi vazifalar qoʻyildi
SSPning quyidagi 6 sohadagi yangi faoliyat yoʻnalishlari belgilandi: tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida; ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaхshilash sohasida; tadbirkorlik faoliyatiga koʻmaklashish sohasida; davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik sohasida; tadbirkorlik sub’yektlarini oʻqitish va kadrlar tayyorlash sohasida; tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida.
Masalan, SSP Prezident, Bosh vazir va Hukumat a’zolari, deputatlarning tadbirkorlik sub’yektlari bilan muntazam uchrashuvlarini tashkil etadi.
SSPga Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik sub’yektlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlarning muddatlari va sonini belgilashda ishtirok etish, shuningdek
davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar va хodimlariga nisbatan da’vo bergan tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini ifoda qilish topshirildi.
Shuningdek, SSP «startup» loyihalarni, yoshlarning, avvalo ta’lim muassasalari bitiruvchilarining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi. Mahalliy tovar va хizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida esa Palata Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatхonalarining savdo-iqtisodiy masalalari boʻyicha maslahatchilari, shuningdek, SSPning chet eldagi vakolatхonalari bilan faol oʻzaro hamkorlik qiladi.
SSPning boshqaruv tuzilmasi oʻzgardi
Oʻrnatilishicha, SSPning qurultoyi oliy boshqaruv organi hisoblanadi va u 4 yilda kamida 1 marta yigʻiladi. Qurultoylar orasida palataning boshqaruv organi qurultoy delegatlari tomonidan saylanadigan 25 kishidan iborat Prezidium hisoblanadi. Ijro etuvchi organ Ijroiya qoʻmitasi hisoblanib, u oʻz faoliyatida Prezidiumga hisobot beradi.
SSP raisi lavozimiga Prezidentning tavsiyasi boʻyicha qurultoy delegatlari tomonidan saylanadi. SSP raisi lavozimi boʻyicha SSP Prezidiumi raisi hisoblanadi va Ijroiya qoʻmita ishini boshqaradi. Ijroiya qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari lavozimlariga SSP raisining tavsiyasi bilan Prezidium tomonidan tayinlanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 10Qonunchilik
|
Tunisda terakt tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Tunisdagi muzeyda sodir etilgan teraktdan keyin shaharda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning patruli kuchaytirildi, avtomobillar, ayniqsa yuk mashinalari qattiq tekshirilmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
Hujumga uchragan muzey yaqinida parlament binosi joylashgan bo‘lib, yon-atrof qurshab olingan. Terakt tufayli davlat muassasalari, diplomatik vakolatxonalar, fuqarolik va ayniqsa turistik infratuzilma obyektlari qattiq qo‘riqlanmoqda. Poytaxt markazida namoyishchilar ham to‘plana boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Tunis poytaxtidagi Bardo milliy muzeyiga jangarilar hujum qilishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan edi. | 2Dunyo
|
XITOY OSMONIDA PAYDO BO`LGAN SAROB VIDEOGA OLINDI (VIDEO)
Mazkur videoda osmonda paydo bo`lgan baland imoratlarning sarobini ko`rish mumkin, deb yozdi Ntv.ru nashri.
Sarob ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi. Ular mazkur voqeani Xitoyning Uchjun shahri osmonida parallel dunyoga yo`l ochilgani, ba`zi birlari esa bu o`zga sayyoraliklardan kelgan xabar deya talqin qildi. Ba`zi bir foydalanuvchilar buni rassomlarning ishi, deb baholadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri osmonda paydo bo`lgan shahar aksini optik illyuziya, deb atadi. Uchjun shahar aholisi esa bu o`zlaridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan shahar aks etgan sarobligini ta`kidlashdi. | 2Dunyo
|
O`zbekistonda yuqori radiasiyali hududlarda yashovchi fuqarolar endilikda sut bilan ta`minlanadi
2014 yil 29 avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Radiasiyaviy xavfsizlik to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo`lgan hududlarda yashovchi aholini ijtimoiy himoya qilishni ta`minlash maqsadida belgilangan hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar nimalar bilan ta`minlanishi lozimligini belgiladi.
Unga ko`ra:
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo`lgan hududlarda yashovchi fuqarolar:
a) salomatlikni muhofaza qilish va nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bilan bog`liq kasalliklar profilaktikasi sohasida:
yashash joyi bo`yicha sog`liqni saqlash muassasalarida har yili tibbiy ko`rikdan o`tish;
yuqori nurlanish dozasini olgan shaxslar - O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dori vositalari;
korxonalar va muassasalar xodimlari - O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normalar bo`yicha korxonalar va muassasalar mablag`lari hisobiga beriladigan sut;
b) aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoya qilish sohasida:
umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinflari o`quvchilari - har yili maktab ta`tillari vaqtida bolalarni sog`lomlashtirish oromgohlariga imtiyozli yo`llanmalar;
I va II guruh nogironlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar - har ikki yilda kamida bir marta O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimi sanatoriylariga bepul yo`llanmalar bilan ta`minlanadilar. | 5Jamiyat
|