text
stringlengths
1
1.49M
timestamp
stringlengths
9
10
source
stringlengths
21
684
TOShKENT, 16 avg - Sputnik. "Zakovat-Gambit" turnirida 4000 ga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi va saralash bosqichida qatnashdi. Saralash bosqichida 5 ta guruhdan eng yuqori ball toplagan 20 kishi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finalda jami 100 nafar ishtirokchilar chempionlik uchun bahs olib borishdi. Fond mass-mediaTurnir Zakovat-Gambit proshel s uchastiyem mirovix zvozd shaxmat v Tashkente Turnir Zakovat-Gambit proshel s uchastiyem mirovix zvozd shaxmat v Tashkente Fond mass-media Ikki kun davomida dunyoning eng kuchli grossmeystrlari yosh shaxmatchilar uchun master-klass otkazishdi. Jumladan, Vishvanatan Anand, Yudit Polgar, Rustam Qosimjonov, Timur Gareev va Gulruhbegim Tohirjonovalar bir paytning o‘zida 20 kishi bilan dona surishdi. Ma’lumot uchun turnirning final bosqichida eng yosh shaxmatchi 7 yosh, eng yoshi ulug‘i esa 71 yoshli shaxmatchi ishtirok etishdi. Turnir yakunlariga ko‘ra, o‘z guruhlarida yuqori pog‘onalarni egallagan shaxmatchilarga sovrinlar topshirildi. 1-o‘rin sohiblari 50 mln, 2-o‘rin 30 mln va 3-o‘rin egalari 20 mln so‘mdan pul mukofotlariga ega bo‘lishdi. Shuningdek, qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda ajoyib ishtirok etgan 4 nafar qiz 20 mln so‘mdan pul mukofotiga ega bo‘ldilar. Eng yoshi ulug‘ ishtirokchiga 20 mln va eng yosh shaxmatchiga 10 mln so‘m pul mukofoti berildi. A Guruh Nodirbek Abdusattorov Rustam Qosimjonov Shamsiddin Vohidov B Guruh Azamat Daurimbetov Tair Vahidov Nikita Xoroshev Eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan ayol qatnashchi Gulruhbegim Tohirjanova S Guruh Muhiddin Madaminov Humoyun Bekmurodov Almas Rahmatullayev Eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan ayol qatnashchi Bahora Abdusattorova D guruhi Bahrom Bahrillayev Asrorbek Omonov Sarvarbek Olimjonov Eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan ayol qatnashchi Afruza Hamdamova E guruhi Hondamir Elmirzayev Abdurahmon Abdunazarov Sherali Ravshanov Eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan ayol qatnashchi Kamola Nurmatova Eng yoshi ulug‘ qatnashchi uchun maxsus sovrin sohibi Vladimir Vladimirov (71yosh) Eng yosh qatnashchiga maxsus sovrin sohibi Oriyat Obidjonov (7yosh)
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/toshkentda-polgar-va-anand-qatnashgan-xalqaro-turnir-yakunlandi-20097244.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida korrupsiya masalasiga to‘xtaldi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatda taraqqiyot kushandasi bo‘lgan illat – korrupsiyaga qarshi izchil kurash olib borilmoqda. “Misollarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2020-yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun 1723 shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular tomonidan yetkazilgan zarar 500 milliard so‘mni tashkil etgan. 2021-yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yetkazilgan zarar 450 milliard so‘mni tashkil etmoqda”, - dedi u. Mirziyoyev bu moddiy zararlar aybdorlardan hech shubhasiz undirib olinishini qo‘shimcha qildi. “Korrupsiya balosini jamiyatimiz hayotidan yo‘q qilishga qaratilgan siyosat kelgusida ham qat’iy davom ettiriladi”, - dedi Mirziyoyev. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xabar qilish imkonini beruvchi eanticor.uz maxsus dasturiy ta’minot ishga tushirilgan edi. O‘zbekistonda poraxo‘rlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi7 Iyul 2021, 10:16
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/prezident-poraxorlik-uchun-javobgarlikka-tortilgan-mansabdorlar-sonini-ochiqladi-20104861.html
Afg‘oniston o‘zining ko‘p asrlik tarixida eng katta to‘ntarishlardan birini boshdan kechirmoqda. AQSh va alyans qo‘shinlari chiqarilishi boshlanganidan so‘ng, Islom Respublikasi rasmiy hukumati hukmronligi atigi to‘rt oycha davom etdi. "Tolibon"* 16-avgust kuni o‘z g‘alabasi va 20-yillik urush tugaganini e’lon qildi, lekin mamlakatdagi zo‘ravonlik darajasi "jihod" davom etayotganidan dalolat bermoqda. Rossiya toliblarning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi shartini aytdi16 Avgust 2021, 17:39 Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy turbulentlik Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlar xavfsizligi uchun yangi tahdidlarni tug‘dirmoqda. KXShT mamlakatlari xavfsizlik tahdidlariga - qochqinlar oqimi, narkotrafik, ekstremistik mafkura eksporti va chegaradagi qurolli provokatsiyalarga adekvat javob berishga tayyor. "Tolibon"* o‘tgan shanba va yakshanba kunlari Afg‘onistonning o‘n beshdan ortiq ma’muriy markazlarini egallab oldi va bugun barcha yirik shaharlar, jumladan, poytaxt - Kobulni (15 avgustda bosib olingan) nazorat qilmoqda. Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani, Afg‘onistonning yagona marshali Abdul Rashid Do‘stum singari mamlakatni samolyotda tark etdi. 16-avgust kuni kechki payt holatiga ko‘ra, na G‘ani, na Do‘stumning qayerdaligi haqida rasmiy tasdiqlar e’lon qilinmadi. Markaziy Osiyoning uchta mamlakati - O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston ichida Afg‘onistonning sobiq prezidenti bo‘lgan layner ular hududiga qo‘nmagani haqida bayonot berdilar. Bu orada Afg‘onistondagi g‘alabali "jihod" turli mamlakatlardagi terrorchilarni faoliyat doirasini kengaytirishga va hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishga undashi mumkin. Mudofaa vazirligi O‘zbekiston hududida afg‘on Qurolli kuchlari samolyoti qulaganini tasdiqladi16 Avgust 2021, 17:14 AIR Hukumat armiyasi va narxi 70 milliard dollarga baholangan davlat xavfsizlik tizimi deyarli yo‘q qilindi - u bilan qo‘shib dunyodagi eng yaxshi sanalgan NATO standartlari bo‘yicha qo‘shinlarni tayyorlash tizimi haqidagi afsona ham barham topdi. Amerikaliklar o‘qitgan bir necha yuqori martabali afg‘on ofitserlari ham jangarilar tomoniga o‘tib ketdi. Toliblar prezident saroyi ustida o‘z bayrog‘ini ko‘tarishdi va jahon hamjamiyatining aksar davlatlari tomonidan tezda e’tirof etilishi ehtimoldan yiroq bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligi tashkil etilganini e’lon qilishga hozirlanmoqda. Etnik tojiklar yashaydigan Panjsher provinsiyasigina hozircha "Tolibon"ga qarshilik ko‘rsatayotgan o‘choq bo‘lib qolmoqda. Mamlakatdagi xavfsizlik – eng past ko‘rsatkichdan ham quyiroqqa tushgan. Shunday bo‘lsa-da, urush - terrorchi tashkilotning asosiy mavjudlik shakli bo‘lib qolmoqda. Eslatib o‘tamiz, toliblar Rossiya va BMTda hozircha boshqa maqomga ega ham emas. Hatto "Tolibon"* harakati "Al-Qoida"* va "Islom davlati - Xuroson"*dagi islomchi-raqiblariga qarshi kurashadigan taqdirda ham bu bir necha yillarga cho‘ziladigan jangovar harakatlar deganidir. Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi16 Avgust 2021, 16:24 "Tolibon"* jangchilarining islom amirligi davlat tuzilmasiga transformatsiyasi (integrallashuvi) ylanishi (integratsiyasi) - bu ko‘plab noma’lum asoratlarga ega bo‘lgan va yaxshi o‘rganilmagan texnologiyadir. O‘rta yoshli afg‘onlar toliblar ilk marta hokimiyat tepasiga kelgan va "yangicha tartib" o‘rnatgan 1996-2001 yillardagi og‘ir davrni yaxshi eslashadi. Qobuldagi sarosima Biz kollektiv G‘arb, Pentagon va NATOning eng katta geosiyosiy mag‘lubiyati va sharmandaligiga guvoh bo‘lyapmiz - Qobul islom demokratiyasi haqidagi "amerikancha orzu" bilan abadiy vidolashmoqda va yana o‘rta asrlar amirligiga sho‘ng‘iyapti. Brusselda esa, oxirigacha, Afg‘onistondagi vaziyatni go‘yo unga ta’sir qila oladigandek muhokama qilishmoqda. AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada va boshqa ko‘plab G‘arb davlatlari Afg‘oniston poytaxtidan o‘z elchixonalarini shoshilinch evakuatsiya qilishmoqda. Pentagon izchillik bilan "qutqaruvchi" kuchlarini kuchaytirmoqda, 6000 harbiy xizmatchi amerikalik diplomatlarni evakuatsiya qilish bilan band - bu ilgari taxmin qilinganidan ikki baravar ko‘proqni tashkil etmoqda. AQSh armiyasi vertolotlari Qobul markazidagi elchixona majmuasidan shattl marshruti yordamida aeroportgacha o‘z xodimlarini tashimoqda. Vashington o‘z elchixonasini to‘liq evakuatsiya qilish va maxsus immigratsion vizalarni olish huquqiga ega bo‘lgan ittifoqchilarni (afg‘onlarni) evakuatsiya qilish uchun 72 soat vaqt ajratgan.Qolgan kollaboratsionistlar taqdiri esa oldindan ayon bo‘lganidek achinarli. Bu yerda gap 350 mingga yaqin hukumat kuchlari haqida bormoqda (hozircha ularga uy-uylariga tarqalishga ruxsat berilgan). Hukumat o‘zgargan Afg‘onistondagi vaziyat qanday16 Avgust 2021, 14:05 Qobuldagi va Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportdagi vaziyat halokatli: minglab afg‘onlar mamlakatni tark eta olishmayapti - bu yerda ularning aksariyatini amerikaliklar bilan hamkorlik qilganligi uchun toliblar qo‘lida o‘lim kutmoqda. Qobuldan amalga oshiriladigan barcha tijorat reyslari to‘xtatilgan, aeroportla vaqti-vaqti bilan o‘q ovozlari eshitilmoqda, tinch aholi orasida qurbonlar bor. Uchish -qo‘nish yo‘lagida Pentagon vakillaridan tashqari Buyuk Britaniya, Turkiya va Ozarbayjon harbiy xizmatchilari ham tartibni saqlashga harakat qilishmoqda. Shunday taassurot uyg‘onmoqdaki, toliblar hozircha qochqinlarga uchib ketishga ruxsat berapti, biroq xorijiy qo‘shinlarning Kobul aeroportida hozirligi uzoq davom eta olmaydi. Jangarilar hukumat armiyasining bir nechta yirik harbiy bazalari va arsenallarini egallab olishgan va har xil qurollarga, jumladan, hujum samolyotlari va vertolotlariga ega. "Tolibon"* safida bugun turli manbalarga ko‘ra 75 mingdan 120 minggacha jangari bor. AQShning afg‘on ittifoqchilari o‘zlarini aldangan his etishmoqda. TheWashington Post nashrining qayd etishicha, toliblarning hokimiyatga shiddatli kelishi, butun dunyodagi ittifoqchilar orasida amerikancha xavfsizlik kafolatlarining mustahkamligiga shubha tug‘diradi (Rossiyaning Suriyadagi ittifoqchilarni qat’iy qo‘llab -quvvatlashi bunga kontrast yaratmoqda). G‘arb dahshatda afg‘on qochqinlarining yangi oqimini kutmoqda. KXShT diqqatni jamlamoqda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaga afg‘on yo‘nalishida tahdidlarni qaytarish uchun harbiy instrumentlar kerak bo‘lishi mumkin. Toliblarning o‘rta muddatli istiqboldagi g‘alabalari qo‘shni davlatlarda, ayniqsa "harakat" ning mafkuraviy tarafdorlari ko‘proq bo‘lgan Tojikistonda terrorchilik faolligi oshishini yuzaga keltirishi mumkin. Kelgusi oylarda tojik-afg‘on chegarasi yaqinida o‘tkaziladigan KXShT Kollektiv kuchlar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. KXShT bosh kotibi Stanislav Zas 16-avgust kuni Afg‘oniston bo‘yicha bayonot berdi. Asosiy nizomlar: mamlakatda hukumat o‘zgarishi KXShT kollektiv xavfsizligi Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi; Shoygu KXShTni Afg‘onistondan jangarilar hujumiga shay bo‘lib turishga chaqirdi11 Avgust 2021, 10:08 Tashkilot tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda, KXShT davlatlari xavfsizligini ta’minlash eng ustuvor vazifadir; tojik kuch tuzilmalari chegaradagi vaziyatni to‘liq nazorat qilishmoqda, KXShT mexanizmlarini ishga solish uchun zarurat hozircha yo‘q; Tojikiston Respublikasidagi vaziyatning keskin tus olishi va xavfsizligiga tahdid solinsa, ittifoqchiga yordam berish uchun barcha zarur kollektiv choralar ko‘riladi; yaqin oylarda tojik-afg‘on chegarasi yaqinida o‘tkaziladigan KXShT Kollektiv kuchlarining mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda; Sentabr oyining o‘rtalarida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasida Afg‘oniston atrofidagi vaziyat muhokama qilinadigan asosiy masalalardan biriga aylanadi. Afg‘onistonda vaziyat o‘tkir tus olishi fonida Qozog‘iston Qurolli kuchlari ogohligi kuchaytirilgan. Bu, birinchi navbatda, maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalariga, front va harbiy transport aviatsiyasi, havo mudofaasi mudofaa tizimlariga taalluqlidir. Kuch va vositalarning tunu-kun navbatchiligi tashkil etilgan. Asadov Afg‘oniston bilan bog‘liq voqealar haqida turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi 16 Avgust 2021, 13:15 Qo‘shimcha xavfsizlik choralari mintaqadagi barcha mamlakatlarga (KXShTga a’zo bo‘lmaganlarga ham) qo‘llaniladi. O‘zbekiston toliblardan qochgan 84 afg‘on harbiy xizmatchisini Termizdagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tkazgani, so‘ngra chegarani buzgan afg‘on HHK samolyotini urib tushirgani tasodif emas. Toshkent qurol -yarog‘larning to‘liq spektri va notinch qo‘shnilarning ehtimoliy harakatlarini hisobga olishga majbur. Aytgancha, jangovar vertolotlarning bir nechta ekipaji toliblar tomoniga o‘tgan. Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni Aleksandr Lapin "Tinchlik missiyasi-2021" mashg‘ulotlariga tayyorgarlik bazasini tekshirmoqda, uning davomidaShHTga a’zo davlatlar qo‘shinlari (kuchlari) koalitsion guruhi tomonidan aksilterror operatsiyasi vazifalari ustida mashg‘ulotlar olib boriladi. “Tolibon”* Afg‘onistondagi urush yakunlanganini e’lon qildi16 Avgust 2021, 09:26 "Tolibon"* harakati vakili Afg‘oniston poytaxtidagi Rossiya elchixonasiga hech qanday tahdid yo‘qligini aytdi. Bunga qaramay, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning fikricha, Moskva uyushma tuzumini tan olishga shoshilmaydi: "Tan olish borasida biz hech qayoqqa shoshilayotganimiz yo‘q. Rejim o‘zini qanday tutishini kuzatamiz", - dedi u. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya muammoli qo‘shni bilan yashashga majbur. "Tolibon"* boshqa terrorchi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilmoqda, bu esa "hamma hammaga qarshi" bo‘lgan afg‘on urushining davom etishiga asos bo‘lishi mumkin. * – RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram kanaliga a’zo bo‘ling.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/qobul-amerikancha-orzu-bilan-vidolashmoqda-jihod-davom-etyapti-20102394.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya shimolida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 70 nafarga yetgan. Binolar va infratuzilma obyektlariga katta ziyon yetgan. Qurbonlar, xususan, Kastamonu, Sinop va Bartin viloyatlarida qayd etilgan.
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/mirziyoev-turkiya-prezidentiga-hamdardlik-bildirdi-20096741.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealardan so‘ng Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenning iste’foga chiqish vaqti kelganini ma’lum qildi. “Baydenning u Afg‘onistonda yo‘l qo‘ygan ishlari uchun sharmandalarcha iste’foga chiqish vaqti keldi... Bu (iste’fo – tahr.) unchalik katta ish bo‘lmasligi kerak, chunki u avval boshdan qonuniy saylanmagan edi”, - deyiladi Trampning Twitter᾽da tarqatilgan bayonotida. 14 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlari butunlay olib chiqib ketilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Afg‘onistonda “Tolibon”* harakati faollashdi va mamlakatning yirik shaharlarini birin-ketin egallab ola boshladi. 15 avgust kuni ular Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallashdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish uchun” mamlakatni tark etganini bildirdi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti “Tolibon”* Afg‘onistondagi urush yakunlanganini e’lon qildi16 Avgust 2021, 09:26
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/tramp-baydenni-sharmandalarcha-istefoga-chiqishga-chaqirdi-20089214.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Toshkent viloyati Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Z6 nafar bemor muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish tashxisi bilan yotqizildi. Shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi bo‘lgani bois uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli o‘rtacha. Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 13 nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati o‘rtacha og‘ir, muolajalar davom ettirilmoqda. “Haqiqatan ham xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi bo‘lgani aniqlangan. Bu tadbirkorlik subyekti Olmaliq shahrida joylashgan”, - deyilgan xabarda. Hozirda holat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda. Toshkent viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani aytilmoqda - tafsilotlar13 Avgust 2021, 12:01
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/toshkent-viloyatida-qariyb-50-kishi-muzqaymoqdan-zaharlandi-20088188.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Hafta boshida O‘zbekistonda salqin ob-havo saqlanib turadi. Bugun, 16-avgust kuni harorat +28...+33, ertaga +30...+35 daraja atrofida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda. 18 avgustdan esa salqin havo massasi mamlakat hududidan chekina boshlaydi va uning o‘rniga Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keladi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib, kechalari +18...+20 darajagacha, kunduz kunlari 36...+38 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat avgust oyining ikkinchi yarmi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan +2...+3 darajaga yuqori bo‘ladi. “Biroq shuni qayd etish joizki, ushbu davrda O‘zbekiston hududida eng issiq yillarda harorat +40...+41darajagacha, janubda esa +42...+44 darajagacha ko‘tarilgan. Biz hafta davomida va keyinchalik ham bunday issiqni kutmayapmiz”, - deyilgan xabarda. Respublika bo‘yicha hafta davomida birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan shamollar bilan quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida faqat 16-avgust kuni kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/hafta-oxirida-issiq-ob-havo-yana-qaytadi-20088809.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Afg‘onistondagi vaziyatni yoritishda turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Uning so‘zlariga ko‘ra, haqiqatdan bugungi kunda Afg‘onistonda ro‘y berayotgan voqealar hammaning diqqat markazida va OAVlar ularni tezkor yoritishga harakat qilyapti. “Bu mavzuda spekulyatsiyaga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Har xil gaplar va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik kerak. Rasmiy axborotlar o‘z vaqtida berib boriladi”, - dedi Asadov brifing davomida. Davlat rahbari matbuot kotibi tegishli idoralar tomonidan bu mavzuga oid so‘nggi ishonchli ma’lumotlar jamoatchilikka o‘z vaqtida yetkazib berilishi ta’minlanishini bildirdi. TIV Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagani haqida ma’lum qildi15 Avgust 2021, 11:11
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/asadov-afgoniston-bilan-voqealar-haqida-turli-mish-mishlar-tarqatmaslikka-chaqirdi--20091895.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ Mustaqillik bayrami munosabatati bilan 1-sentabrdan 5-sentabriga qadar O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30 foizdan 50 foizgacha chegirma berishini ma’lum qildi. Maxsus chegirmalar barcha aviachiptalarga amal qilib, faqat quyidagi shaxslarga taqdim etiladi; yakka tartibdagi yo‘lovchilar 30%;turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), o‘quvchilar, kollej, litsey, OTM talabalari, O‘zbekiston IIB, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va eshituvchilari va boshqa idoralar uchun 40%;oila uchun 50% (2 va undan ortiq, ya’ni: eru-xotin va ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari);nafaqaxo‘rlar uchun 50%;nogironligi bor shaxslarga 50%;1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun 50%;1941-1945 yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va urush maydonida benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun 50%;Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun 50%. Yuqorida ko‘rsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga to‘lmagan bolalarga amal qilmaydi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chegirmalardan faqatgina 1 tasini qo‘llash mumkin. Chegirmalarni boshqa chegirmalar bilan qo‘llash mumkin emas. Yo‘lovchilar aviachipta xarid qilayotganlarida shaxsni tasdiqlovchi xujjatlarni taqdim etishlari shart.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/uzairways-mustaqillik-bayramida-50-foizgacha-chegirma-joriy-etadi-20084326.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 118 988 ta nikoh qayd etilgan. Shundan 152 nafar ayolning yoshi 60 va undan yuqori bo‘lgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda. Yarim yil mobaynida 31 903 nafar 20 yoshgacha bo‘lganlar turmushga chiqqan. Yana 84 061 nafar 20-39 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘z baxtini topgan. Bundan tashqari, 2 872 nafar 40-59 yoshgacha bo‘lgan ayollar oila qurgan.
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/ozbekistonda-yarim-yilda-152-nafar-60-yoshdan-oshgan-ayol-turmushga-chiqdi-20090645.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. “Tolibon”* harakati siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistondagi urush yakunlanganini ma’lum qildi, mamlakatni boshqarish shakli tez orada aniq bo‘ladi. “Mamlakatimizda 20-yil oldin boshlangan bu urushni tugatdik”, - dedi u “Al Jazeera” telekanali efirida. Naim yana Afg‘oniston aholisi va xorijlik diplomatlarning xavfsizligiga kafolat bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar* barcha afg‘on arboblari bilan muloqotga tayyor va ularga zaruriy himoyani kafolat berishadi. Avvalroq “Tolibon”* vakillari Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallashgan edi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti Mirziyoyev va Putin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi15 Avgust 2021, 18:53
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/tolibon-afgonistondagi-urush-yakunlanganini-elon-qildi-20088046.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Obro‘li harbiy va asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul Rashid Do‘stum kecha Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegarasini kesib o‘tdi va hozir vaqtincha O‘zbekiston hududida bo‘lib turibdi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda. “Do‘stum kuni kecha o‘zbek-afg‘on chegarasini kesib o‘tgan bir guruh harbiylar bilan vaqtincha O‘zbekiston hududida bo‘lib turibdi”, - degan manba. Manbaning ta’kidlashicha, hozirda O‘zbekiston tomoni marshal Abdul Rashid Do‘stum bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Ular mazmuni ochiqlamayapti. TIV Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagani haqida ma’lum qildi15 Avgust 2021, 11:11 O‘zbekiston tomoni bu xabarni hozircha tasdiqlamagan va rasmiy bayonot bermagan. Avvalroq 14-avgust kuni Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruh O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgani va DXX Chegara qo‘shinlari chegara otradlari tomonidan qo‘lga olingan edi.O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, chegarani buzganlar qarshilik ko‘rsatmagan va ko‘makka muhtojligini bildirgan, jumladan, 3 nafar yaralangan shaxsga tibbiy yordam so‘ragan.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/manba-marshal-dostum-ozbekistonda-20083105.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Jahongir Otajonovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlarining rasmiy kanali xabar bermoqda. Sud majlisida huquqbuzar aybiga iqrorligi, qilgan ishidan pushaymonligi, o‘ziga tegishli xulosa qilganini aytib, kechirim so‘raganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Otajonov suddan yengillik berishni so‘ragan. Sud sobiq xonandaning harakatlarida O‘zbekiston MJtKning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topgan. Davlat organlari xizmatchilarini haqorat qilgan Jahongir Otajanovning harakati tekshiriladi29 Iyun 2021, 12:39 Sud uni MJtKning 21-moddasiga (Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish) asosan javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan kifoyalanishni lozim topgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat organlari xizmatchilarini haqorat qilgan Jahongir Otajonovning ishi sudga oshirilgani xabar qilingan edi.
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/sud-jahongir-otajonovni-javobgarlikdan-ozod-qildi-20091231.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. “Tolibon” terrorchilik harakati Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga hujum boshladi. Bu haqda “Reuters” agentligi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda. Mamlakat prezidenti ma’muriyati esa Kobul hujumga uchramagani va shahardagi vaziyat nazorat ostida ekanini ta’kidlamoqda. O‘z navbatida RIA Novostining yozishicha, poytaxt g‘arbidagi Kobul universiteti “Tolibon”* qo‘li ostiga o‘tgan. Jangarilar u yerga o‘z bayrog‘ini o‘rnatgan. O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda – TIV rasmiy vakili15 Avgust 2021, 13:04 Mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, “Tolibon”* rahbariyati hukumat bilan shaharga tinch yo‘l bilan kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqish yuzasidan muzokaralar o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, "Tolibon"* vakillari ayni paytda Afg‘onistondagi barcha chegara punktlarini nazorat qilayotgani aytilmoqda. Shu tariqa, mamlakatni faqat Kobul aeroportidangina tark etish mumkin. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/tolibon-kobulga-yurishni-boshladi-20084120.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari Afg‘onistondagi so‘nggi voqealar ortidan qo‘shni davlat bilan chegarani kuchaytirilgan rejimda qo‘riqlamoqda. Barcha zaruriy xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Bu haqda RIA Novosti mamlakat DXX Chegara qo‘shinlari vakili so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda. “Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashi bilan chegara qo‘shinlarining Surxondaryo viloyatidagi qismi kuchaytirilgan rejimga o‘tkazilgan”, - degan Chegara qo‘shinlari vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika Mudofaa vazirligi, IIV va Milliy gvardiya bo‘linmalari jangovar navbatchilikka o‘tkazilgan. O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchilarini qabul qildi – TIV15 Avgust 2021, 08:59 Agentlik suhbatdoshi Termizda o‘zbek-afg‘on chegarasidagi so‘nggi voqealar munosabati bilan tezkor shtab tuzilganini eslatgan. O‘zbekiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, kecha “Termiz-Hayraton” ko‘prigi hududidagi Afg‘oniston hukumat kuchlarining to‘planishi kuzatilgan. 15-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagan. Xususan, ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/ozbekiston-afgoniston-bilan-chegarani-qoriqlashni-kuchaytirdi-20085926.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning janozasi Samarqandda o‘qiladi. Bu haqda mamlakat Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi. “Muftiy hazratlarining janoza namozi va ta’ziya marosimlari 16-avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘i "Eshoni Temirxon To‘ra" (avvalgi "Orlot" masjidi) jome masjidida bo‘lib o‘tadi”, - deyilgan xabarda. Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi15 Avgust 2021, 11:50 Xabarda janoza namozi vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlangan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada davolanayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etgani haqida xabar qilingan edi.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/muftiy-usmonxon-alimovning-dafn-marosimi-samarqandda-bolib-otadi-20085032.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. “Tolibon”* harakati chet el fuqarolari Afg‘oniston poytaxti Kobulni tark etishlari mumkin. Bu haqda Al-Arabiya harakat bayonotiga tayangan holda xabar qilmoqda, deya yozadi RIA Novosti. Toliblar* mamlakatdan xorijliklarning chiqib ketishi uchun aeroport ishlashini ta’kidlashgan. Mamlakatda qolishga qaror qilgan chet elliklar harakat vakillari huzuridan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. “Tolibon” Kobulga yurishni boshladi15 Avgust 2021, 13:32 Shuningdek, “Tolibon”* hukumat armiyasi harbiylari uylariga qaytishlari mumkinligini aytishgan. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/tolibon-xorijliklar-murojaat-20084864.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. “Usmonxon Alimov davlatimiz va xalqimiz oldidagi unutilmas xizmatlari, jamiyatimizda bag‘rikenglik va dinlararo totuvlik muhitining mustahkamlanishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan taqdirlangan edi. Xalqimizning ajoyib farzandi, mashhur ulamo, atoqli jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin va samimiy inson Usmonxon Alimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyilgan xabarda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov shu yil 15-avgust kuni 71 yoshida vafot etgan edi. Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ildi. 1982—1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983—1987 yillarda Toshkent islom institutida, 1989—1990 yillarda Marokash davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil oldi. U Islom dini asoslarini, arab va fors tillarini chuqur egallab, 1980—2006 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida samarali faoliyat olib bordi. Usmonxon domla o‘zini “Imom Buxoriyning xodimi” deb hisoblar va bunday sharafli nom bilan doimo faxrlanar edi. U birinchilardan bo‘lib ‘Imom Buxoriy barakoti’ asarini yozgan yetuk ulamo. Muftiy Usmonxon Alimovning dafn marosimi Samarqandda bo‘lib o‘tadi15 Avgust 2021, 16:11 2000—2006 yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi lavozimida sidqidildan mehnat qilib, katta bilim va hayotiy tajribasini ezgu amallarga safarbar etdi. Usmonxon Alimov 2006-yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi. O‘tgan davr mobaynida u respublikada ijtimoiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash, Islomning insonparvarlik mohiyatini asrash va keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga beqiyos hissa qo‘shdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan diniy sohadagi islohotlar, xususan, yangi madrasa va masjidlarning ochilishi, Qur’on o‘qitish kurslarining tashkil qilinishi, Qur’oni karimning arab va o‘zbek tillarida chop etilishi, idora qoshida axborot markazining tashkil etilishi, “Vaqf” xayriya jamoat fondining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, musulmon mamlakatlari va xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarning mustahkamlanishi kabi xayrli ishlarda muftiy hazratning xizmatlari katta bo‘ldi. U 2012-yilda Islom olami uyushmasi ta’sis majlisining a’zosi hamda Butundunyo ulamolar kengashi a’zosi etib saylandi. So‘nggi yillarda Iordaniyaning Islomiy strategik tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilinadigan “Jahonning eng nufuzli 500 musulmoni” ro‘yxatidan munosib o‘rin egalladi.
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/prezident-muftiy-usmonxon-alimov-vafoti-munosabati-bilan-hamdardlik-bildirdi-20087851.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 1 sentabrdan MDH mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish tartibi o‘zgaradi. Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways AJ Rossiyaga borishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun kiritilayotgan yangi tartib xususida batafsil ma’lumot berdi.Bu sanadan boshlab o‘zbekistonliklar “COVID-19siz sayohat qilaman” (Puteshestvuyu bez COVID-19) ilovasi orqali taqdim etilgan “yashil” status QR-kodini ko‘rsatishlari shart bo‘ladi. QR-kodni olish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: App Store, Google Play, AppGallery (Huawei ilovalari do‘koni) orqali “Puteshestvuyu bez COVID-19” mobil ilovasini yuklash;Mobil ilova yuklanganidan so‘ng uni ishga tushirish, til va geolokatsiyani tanlash;Qaysi davlatdan qaysi davlatga ketayotganligingizni belgilash;72 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda PZR-testini O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda topshirish. Laboratoriya xodimiga test natijasini “Puteshestvuyu bez COVID-19” mobil ilovasi orqali olmoqchi ekanligingizni xabar berish. Pasport va uning seriya raqamini kiritish;Telefoningizdagi QR-kod orqali laboratoriya tomonidan berilgan test natijalarini skan qilish;Chegarani kesib o‘tayotganingizda mas’ul xodimga QR-kodni telefoningiz ekrani orqali taqdim etish. Ushbu ilovaning vazifasi koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning mamlakatlar o‘rtasida erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashdan iborat. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston laboratoriyalari YeOII hududi amal qilayotgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" dasturiga qo‘shilgan edi.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/birinchi-sentyabrdan-ozbekiston-fuqarolarining-rossiyaga-kirish-tartibi-qanday-boldi-20081760.html
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra,aksariyat hollarda sovuq suvda cho‘milish cho‘kib ketishga sabab bo‘ladi, Rasmiy xabarlarga asosan. Sovuq suvda cho‘milish qo‘l-oyoq tomirlarining tortishishiga, oqibatda esa cho‘kib ketishga sabab bo‘ladi, - deyilgan xabarda. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun quyidagi cho‘milish qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi: suv havzalarida taqiqlangan joylarda cho‘milish;suv havzasining chuqurligi, tozaligi noma’lum bo‘lgan notanish joylarda suvga sho‘ng‘ish;qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spirtli ichimlik iste’mol qilinganda, yolg‘iz bo‘lganda va oftob urish hollarida;Suzishni yaxshi bilmaydigan, jismoniy jihatdan quvvatsiz yoki jarohatlangan insonlarning suvga tushishlari qat’iyan taqiqlanadi; Shuningdek, FVV cho‘milish vaqtida bolalarni qarovsiz qoldirish, bolalarni kattalar uchun mo‘ljallangan suv havzalarida cho‘miltirmaslikni tavsiya qiladi. Undan tashqari, vazirlik basseynlar suvini har 3 kunda almashtirish lozimligini, basseyn kafellari sirpanchiq bo‘lsa, bu suvning eskirganligidan dalolat berishini ham aytib o‘tgan.
2021-08-14
https://oz.sputniknews.uz/20210814/fvv-aksariyat-hollarda-chokib-ketishiga-nima-sabab-bolishini-aytdi-20078986.html
Zilzila Gaiti janubi-g‘arbidagi Sen-Lui-dyu-Sud shahri yaqinida yuz bergan. Uning episentri 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani aytilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ofat oqibatida kamida 304 kishi halok bo‘lgan, 1,8 mingdan ortiq tan jarohati olgan. Bedarak yo‘qolganlarning aniq soni ma’lum emasligi aytilmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/gaitidagi-kuchli-zilzila-oqibatlari-20082853.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 14 avgust kuni Afg‘oniston bilan Davlat chegarasining bo‘linmalaridan birida Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruh davlat chegarasini kesib o‘tgan va DXX Chegara qo‘shinlari chegara otradlari tomonidan qo‘lga olindi. O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, chegarani buzganlar qarshilik ko‘rsatmagan va ko‘makka muhtojligini bildirgan, jumladan, 3 nafar yaralangan shaxsga tibbiy yordam so‘ragan. Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning mazkur fuqarolari bilan zarur tekshiruv jarayonlari va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari o‘tkazildi, ularning ayrimlariga tibbiy yordam ko‘rsatildi, shuningdek, oziq-ovqat va ularning vaqtincha joylashishi tashkil etildi. Ashraf G‘ani afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi 14 Avgust 2021, 15:02 Shu bilan birga, Termiz-Hayraton ko‘prigining Afg‘oniston qismida Afg‘oniston hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilari to‘plangani qayd etildi. Bu shaxslarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Vazirlik Afg‘oniston fuqarolarining vataniga qaytishi va “Termiz-Hayraton” ko‘prigi hududidagi vaziyatni tartibga solish borasida Afg‘oniston tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda. Bundan tashqari, 14-avgust kun davomida “Termiz-Mozori-Sharif” temir yo‘l uchastkasida xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish tashkil etildi. “Ta’kidlash joizki, davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda, barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Termizda xavfsizlik idoralari rahbarlari va davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tezkor shtab joylashtirilgan”, - deyilgan xabarda. “Tolibon”* vakili: vaziyat hukumatning nazorati ostidan to‘liq chiqdi9 Avgust 2021, 20:15 Avvalroq OAVda “Tolibon”* harakati jangarilari Afg‘onistonning O‘zbekistonga eng yaqin (Termizgacha 100 km) yirik shahri Mozori-Sharifni egallab olgani, shahar rahbariyati va qo‘mondon Rashid Do‘stum O‘zbekiston chegarasi tomon chekingani haqidagi xabarlar tarqalgandi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/ozbekiston-84-nafar-afgon-harbiy-xizmatchilarini-qabul-qildi--tiv-20080756.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Andijon shahri markazida zamonaviy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun “Alpomish merosi” kompaniyasi Xitoyning “Zhongtong Bus Holding” korxonasi bilan 70 dona avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha 4,375 mln dollarlik shartnoma imzolagan. Shartnomaga muvofiq, ushbu avtobuslardan 20 donasi Andijon viloyatiga olib kelindi. Avgust oyi oxiriga qadar yana 50 dona avtobusni olib kelish rejalashtirilgan. Toshkentda 1-avgustdan bir qancha avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi30 Iyul 2021, 09:53 Viloyat transport boshqarmasi shahar markazidagi 20 ta yo‘nalishda zamonaviy avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Buning natijasida shahar markazi to‘liq jamoat transporti qatnovi bilan qamrab olinadi. Yangi avtobuslar harakatining yo‘lga qo‘yilishi bilan 200 dan ortiq ishchi o‘rni yaratiladi. Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yangilash aholigi sifatli, arzon transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlarni bergan edi.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/andijon-uchun-70-ta-zamonaviy-avtobus-xarid-qilinadi-20080974.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 15-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi. Xususan, ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan. Ta’kidlanishicha, bunga faol siyosiy va diplomatik sa’y-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi. O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchilarini qabul qildi – TIV15 Avgust 2021, 08:59 Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘oniston fuqarolarining vataniga qaytishi va “Termiz-Hayraton” ko‘prigi hududidagi vaziyatni tartibga solish borasida Afg‘oniston tomoni bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan edi.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/tiv-termiz-hayraton-koprigi-hududida-vaziyat-yumshagani-haqida-malum-qildi-20081953.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 14-avgust kuni “Roma” Marokashning “Raja” klubi bilan nazorat o‘yinida qarshilashdi. Yaqindagina Italiyaning “Roma” klubi bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov bu o‘yinda jamoa uchun ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 17-daqiqasida Shomurodov “Raja” darvozasini ishg‘ol etdi. 60-daqiqada Eldor zaxiraga olindi. Shu tariqa Shomurodov "Roma"dagi ketma-ket ikkinchi o‘yinida ham gol urdi. Avvalroq futbolchi "Betis"ga qarshi nazorat o‘yinida gol urgan edi.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/eldor-shomurodov-rimliklarni-oz-gollari-bilan-maftun-etishda-davom-etmoqda-20081171.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov hazratlari og‘ir xastalikdan so‘ng 71 yoshda vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi. Idora muftiy Usmonxon Alimovning oila a’zolari, farzandlari, safdoshlari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Muftiy Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan edi. Xususan, u o‘pka va qon-tomir kasalliklari, o‘pka pnevmoniyasidan davolanayotgan edi. Muftiy hazratlari Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1982-1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990 yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan. Usmonxon Alimov Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980-1982 yillarda imom-noib, 1987-1989 yillarda, so‘ngra yana 1990-2006 yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan. 2000-2006 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, bosh imom-xatibi bo‘lib mehnat qilgan. 2006-yildan buyon esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlab kelayotgan edi.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/muftiy-usmonxon-alimov-vafot-etdi-20082274.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz)ga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Markaz, jumladan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda ta’minlab boradi. Qaror bilan Markaz tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi: Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish sho‘’basi;IT-texnologiyalarni joriy etish va ma’lumotlar bazasini integratsiyalash sho‘’basi;Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing sho‘’basi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Markazning hududiy filiallari tuzildi.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/iqtisodiy-tadqiqotlar-va-islohotlar-markazining-hududiy-filiallari-tashkil-etildi-20081302.html
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘tgun sutkada Rossiyada COVID-19ga chalingan bemorlar orasida 819 nafar o‘lim qayd etildi. Bu so‘nggi 3 kun ichida o‘rnatilgan uchinchi antirekord de, xabar qilmoqda operativ shtabga asosan RIA Novosti. Moskvada 57 kishi, Sankt-Petrburgda 42 kishi, Irkutsk viloyatida 39 kishi koronavirusdan vafot etdi. Bir kun oldin 815 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar qilingan edi. O‘tgan davr mobaynida koronavirusdan vafot etganlar soni 169 683 kishiga yetdi, - deyilgan xabarda. Shu bilan birga kasallikka chalinayotgan fuqarolar soni esa barqarorlashgan. Xususan 13-avgust kuni 22144 kishi kasallangan bo‘lsa, 12-avgust kuni kasallanganlar soni 22277 kishini tashkilsh qilgan edi. Yangi kasallanish holatlari bo‘yicha oldida Moskva — sutkasiga 2317 kishi (bir kun oldin - 2529kishi), Sankt-Peterburgda — 1823 kishi, Moskva viloyatida — 1307 kishi, Nijniy Novgorod viloyatida — 544 kishi, Sverdlovskda — 524, Rostovda — 489 va ho kazo. Kasallanganlar soni eng kam qayd etilgan hududlar Nenesk avtonom okrugi - 12 va Chukotka - 15 kishidir. Shu kunga qadar Rossiyada qayd etilgan koronavirusga chalinish holatlari soni 6.5 million kishidan oshdi, ulardan 5,8 mln kishii tuzalib ketgan, vafot etganlar soni 170 mingga yaqinlashmoqda. Ma’lumot uchun bugungi kunga qadar Rossiyada to‘liq vaksinalangan fuqarolar soni 30 milliondan oshdi, bu aholining 20%ini tashkil qiladi.
2021-08-14
https://oz.sputniknews.uz/20210814/rossiyada-uch-kundan-buyon-koronavirusdan-olimlar-soni-oshmoqda-20077807.html
TOShKENT, 14avg – Sputnik. Rossiyaning “shimoliy poytaxti”da ham mehnat migrantlarini COVID-19ga qarshi bir komponentli “Sputnik Layt”vaksinasi bilan emlash boshlandi. Emlash “Bronka Grupp” xoldingi tarkibiga kiruvchi Krasniy Tekstilshik ko‘chasida joylashgan “Yagona tibbiy markaz”da amalga oshirilmoqda. Bu yerda bir kunda 250 kishigacha vaksina olishi mumkin. Markaz patent bilan ishlaydigan, patenti yo‘q, YeOII fuqarosi bo‘lgan xorijiy fuqarolarni ham emlashga tayyor. Xolding direktori Nikita Murov aytishiga ko‘ra, mehnat migrantlari odatda transport, chakana savdo, kommunal xizmat kabi odamlar bilan “kontakt qiladigan” sohalarda ishlashadi. Shu sababli ham ularni tezroq emlash muhim. “Ushbu yo‘nalishda faol ishlash jamiyatimizda tezroq kollektiv immunitet ishlab chiqishiga va virus tarqalishini oldini olishga xizmat qiladi. Kelajakda savdo markazlari va ommaviy-ovqatlanish muassasalarining yoppasiga yopilishini (lokdaun)oldini oladi”, - dedi Murov. Vaksina olish uchun koll-sentr orqali Markaz bilan bog‘lanib ro‘yxatga yozilish kerak. “Yagona tibbiy markaz” MChJ – Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati Migratsiya markazi hududida joylashgan. Ushbu tibbiy markaz, shuningdek, mehnat migrantlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan ham shug‘ullanadi.
2021-08-14
https://oz.sputniknews.uz/20210814/sankt-peterburgda-migrantlarni-emlash-boshlandi-20074924.html
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Tolibon* harakati jangarilari Afg‘onistonnig O‘zbekistonga eng yaqin (Termizgacha 100km) yirik shahri Mozori-Sharifni egallab oldi, shahar rahbariyati va qo‘mondon Rashid Do‘stum O‘zbekiston chegarasi tomon chekindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Assoshieyted Pressga asosan. Mahalliy fuqaro so‘zlariga ko‘ra, Tolibon*ga dastlab Balx viloyati hududida joylashgan hukumat qo‘shinlari taslim bo‘lishgan, keyin esa shahardagi kuchlar. Ayni damda Tolibon shahar markazi, gubernatorning ofisi va boshqa muhim obyektlarni egallab olgan. Ashraf G‘ani afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi 14 Avgust 2021, 15:02 Undan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videlavhalarga ko‘ra, Rashid Do‘stum va uning tarafdorlari katta kolonna bo‘lib O‘zbekiston chegarasi tomon chekinishgan va ayni damda ular Hayraton postida, O‘zbekiston hukumati ruxsatini kutishmoqda. Lekin, hozircha ushbu ma’lumot rasmiy manbaalar tomonidan tasdiqlangani yo‘q. So‘ngi bir necha kun ichida, mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani BMTdan Afg‘onistondagi vaziyatga zudlik bilan aralashishni, AQSh rahbariyatidan hukumat qo‘shinlarini havodan qo‘llab-quvvatlashni biri necha bor so‘ragan edi, lekin u tomondan hech qanday harakatlar bo‘lmadi. So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Qobuldan o‘z elchixonasini zudlik bilan evakuatsiya qilish uchun qisqa vaqtga Afg‘onistonga 3000 nafar askarlarni yuborishga qaror qilgan. Ayni damda Tolibon Afg‘onistondagi 34ta viloyat markazlaridan 25tasini egallab olgan. * — Rossiya va dunyoing boshqa davlatlarida ta’qiqlangan terrrochi harakat.
2021-08-15
https://oz.sputniknews.uz/20210815/tolibon-mozori--sharifni-egallab-oldi---oav-20080410.html
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Energetika vazirligi iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar haqida xabar qildi. Vazirlik tomonidan sanab o‘tilgan 10 ta O‘zbekiston tarixida eng yirik loyihalar orasida quyidagilar ham bor: 2021 yilda Respublika hududlari bo‘ylab maishiy gaz ballonlarga shtrix kodli stikerlarni o‘rnatish ishlari yakunlanadi. Endi suyultirilgan gaz ballonlari ham onlayn nazorat qilinadi, - deyilgan xabarda. Shuningdek, vazirlik ta’kidlashiga ko‘ra, 2021-yilda tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish (ASKUG) loyihasi doirasida barcha 3,5 million iste’molchiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar bepul o‘rnatib berilishini ham xabar qilmoqda. Undan tashqari, energetika vazirligi 2021-yilda Qashqadaryo viloyatida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlarida yagona va eng yirik loyiha hisoblanadigan - “Uzbekistan GTL” zavodi ishga tushirilishini ham aytib o‘tgan.
2021-08-14
https://oz.sputniknews.uz/20210814/endi-gaz-ballonlar-ham-shtrix-kodli-boladi-energetika-vazirligi--20076074.html
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Turkiyada Rossiyadan ijaraga olingan Be-200 o‘t o‘chiruvchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Turkiya O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotiga asosan. Xabarda aytilishiga ko‘ra, fojea Kaxramanmarash shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Ayni damda u tomonga qutqaruvchilar yo‘naltirilgan. "Ekipaj a’zolari sakkiz kishidan iborat - olti nafar Rossiyalik uchuvchilar hamda ikki nafar Turkiya o‘rmon xo‘jaligi vakillari. Ayni damda ekipaj taqdiri ma’lum emas", - deyilgan xabarda. Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda g‘ayritabiiy issiqning uzoq muddatga saqlanib qolishi tufayli Turkiyaning janubiy sohilida joylashgan dam olish maskanlari yaqinida yuzlab gektar o‘rmonlar olov ichida qoldi. Turkiya hukumati Bodrum, Marmaris va Alanya kabi dam olish maskanlaridan minglab turistlarni evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. O‘rmon xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shu kunga qadar 183 kishi yong‘inda qurbon bo‘ldi.
2021-08-14
https://oz.sputniknews.uz/20210814/turkiyada-rossiyaning-ot-ochiruvchi-samolyoti-halokatga-uchradi-20078278.html
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Bir guruh O‘zbekiston harbiy xizmatchilari “ArMI-2021” xalqaro harbiy musobaqaning “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovida ishtirok etish uchun Novosibirsk shahriga yetib kelishdi. Ular bilan birgalikda Rossiya, Xitoy, Janubiy Osetiya, Belorus va Hindiston harbiylari ham ushbu tanlovda ishtirok etishadi. Xalqaro tanlov ishtirokchilari Rossiya havo kuchlarining “IL-76” harbiy-transport samolyotida Novosibirsk shahrining “Tolmachevo” aeroportiga yetib kelishdi. U yerda mehmonlarni rus odatiga muvofiq “non va tuz” bilan kutib olishdi. Manzilga yetib kelgandan so‘ng tanlov ishtirokchilari tana harorati o‘lchash va koronavirusga PZR test topshirishdi. Tanlov doirasida harbiy xizmatchilar bir necha mashqlarda bellashishadi. Ular orasida “razvedkachi so‘qmog‘i”, suv to‘siqlari, “marsh-brosok”, shaxsiy hamda guruh bo‘lib o‘q otish kabi mashqlar bor. O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallashdi15 Avgust 2019, 15:30 O‘tgan yilda ham ushb tanlov Novosibirsk viloyatida bo‘lib o‘tgan edi. Unda Rossiya, Xitoy, Janubiy Osetiya, Belarus, O‘zbekiston, Tojikiston, Laos va Kongo jamoalari to‘liq tarkibda ishtirok etishgan edi. Undan tashqari JAR va Afg‘onistondan 1 kishida vakil ham ishtirok etishgan edi. O‘tgan yilgi tanlovda Rossiya jamoasi birinchi o‘rin, O‘zbekiston jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egallagan edi. “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovining ochilish marosimi 22-avgust kuni Novosibirsk olliy qo‘mondonlik o‘quv yurtida bo‘lib o‘tadi.
2021-08-14
https://oz.sputniknews.uz/20210814/ozbekiston-harbiylari-armi-2021da-ishtirok-etish-uchun-rossiyaga-etib-kelishdi-20074393.html
Pandemiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan sohalardan biri bu – turizm bo‘ldi. Mutaxassislarning BMT manbalariga tayanib berayotgan ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiyaning halokatli ta’siri oqibatida jahon iqtisodiyoti 2020-21 yillarda 4 trillion dollardan ko‘proq zarar ko‘rgan. O‘zbekistonda ham sayyohlik industriyasi eng tez rivojlanib kelayotgan yo‘nalishlardan biri edi. Misol uchun, 2016-yilda yurtimizga 1,3 million nafar xorijlik fuqaro tashrif buyurgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib bu ko‘rsatkich 6,7 million nafarga yetgan. Natijada, turizm xizmatlarining eksporti 3 baravarga oshib, 1,3 mlrd. dollarni tashkil qildi. Turkiy davlatlarning yagona turizm kalendarini tuzish taklif etildi24 Iyun 2021, 10:09 Biroq o‘tgan yili boshlangan pandemiya nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoda bunday o‘sish tendensiyalarini yo‘qqa chiqardi. Ishsizlik dunyo bo‘yicha o‘rtacha 5,5 foizga, iqtisodi turizmga bog‘langan mamlakatlarda esa 15 foizgacha ortgani aytilmoqda. Qayd etilgandek, zararlar trillionlar bilan o‘lchanadigan bo‘ldi... Lekin hayot davom etayapti. Mamlakat uchun nihoyatda salohiyatli sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida 20 ga yaqin turli darajadagi hujjatlar qabul qilindi. Hamma gap ularning qanchalik ishlayotganida... Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1-iyul holatiga turistik tashkilotlar soni 3 baravarga, oilaviy mehmon uylari qariyb 20 baravarga ortgan, o‘n minglab yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Ammo asosiy savol – bu turistik tashkilotlaru yangi mehmon uylarida sayyohlar bormi? Turizm sohasi nokdaun holatida bo‘lsa ham, lekin hozircha butunlay taslim bo‘lgani yo‘q. Sayyohlar soni 2019-yilga solishtirganda, ancha kamaygan bo‘lsada, lekin bor. 2020-yilda O‘zbekiston chegarasini 1,5 mln. xorijlik fuqaro kesib o‘tgan bo‘lsa, 2021-yilning olti oyda 900 ming, yil oxirigacha 1,7 mln bo‘lishi kutilmoqda. Albatta, ushbu fuqarolarning barchasi ham O‘zbekistonga turizm maqsadida kelayotganlar emas. Odatda ularning 80%dan ortig‘i shaxsiy va boshqa maqsadlarda kelayotgan qo‘shni yoki MDH davlat fuqarolari bo‘ladi. Fransiya O‘zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi17 May 2021, 10:38 Aynan turizm maqsadida kelayotgan sayohlar sonini bilish uchun O‘zbekistonning ikki sayyohlik durdonasi – Samarqand va Buxoroga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar soniga qaraymiz: Ro‘yi zamin sayqaliga so‘nggi ikki “pandemiya yili”da 52 000 va 54 500 nafar xorijlik yurtkezar tashrif buyurgan. Buxoroda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 14 000 va 15 000 ni tashkil etadi. O‘zbekistonning yoz jazirasidan ko‘ra sayyohlar uchun yoqimliroq bo‘lgan kuz mavsumi oldinda turganini inobatga olsak, raqamlar sezilarli ortishi ehtimolga yaqin. Undan tashqari, pandemiyaga qaramasdan O‘zbekistonda ichki turizm ham rivojlana boshladi. Xususan Samarqandga 2020-yilda 582 ming va 2021-yilning birinchi yarmida 1, 032 mln mahalliy sayyoh tashrif buyurgan. Buxoroga esa o‘tgan yilda 236 ming va 2021-yilning birinchi yarmida - 1, 236 mln mahalliy turistlar kelgan. Tarmoq vakillari davlat tomonidan qanchalik qo‘llab- quvvatlanayapti? Prezident Farmoniga asosan mehmonxona va turoperatorlik tashkilotlarining xodimlarini saqlab turish maqsadida ularning oylik maoshlari to‘lab berildi. Olingan kredit to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar, subsidiyalar ham bor. Buxoroda yangi mahsulot, yangi yo‘nalish taqdim etgan turfirmalar va gidlar 10 million hamda 5 million so‘m miqdorida rag‘batlantirildi. Bu chora-tadbirlar kutilganidek samara berayaptimi? Ijobiy taraflarini yuqorida ko‘rib chiqdik. Ko‘ngil to‘lmayotgan jihatlari esa... Misol uchun, Samarqandda xodimlarning maoshini to‘lab berish yuzasidan sa’y-harakatlar 39 ta mehmonxona va turoperatorlarni qamrab olgan, xolos. Buxoroda esa 5 million so‘m ishlab olish imkoniyatidan atigi 10 foiz gidlar foydalangan... G‘olibjon (buxorolik gid): 2020-yil biz uchun ayniqsa murakkab bo‘ldi. Men tanigan bironta gid ishlamadi, hisob. Joriy yilda ancha “jonlanish” bor. Bir oyda taxminan bir hafta band bo‘lyapmiz. Shunga ham xursandmiz – qozon qaynab turibdi. Misol uchun, 2019-yilda biron kun ishsiz o‘tirmas edik. Davlat tarafidan gidlarga qandaydir moddiy yordam ko‘rsatilgani haqida eshitmadim. Ayrim hamkasblarimiz ishini tashlab, boshqa sohalarga o‘tib ketishayapti... O‘zbekiston va Tojikiston sayyohlar uchun “yashil yo‘lak” ochmoqchi28 Mart 2021, 16:49 Gidlarning o‘z sohasini tark etishi haqiqatan ham tashvishli holat. Buxoro viloyati turizm va sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Suhrob Bobokalonovning fikriga ko‘ra, bitta malakali gidni tayyorlash uchun taxminan 10-yil vaqt kerak bo‘ladi. Yaxshi gid – tirik ensiklopediya degani. Ularni imkon qadar saqlab qolish lozim. Aks holda, 2019-yilgi 600 minglik ko‘rsatkichga chiqish oson bo‘lmaydi. Shuhrat aka (Toshkentdagi turistik firma rahbari): Bizning firmamiz unchalik katta emas, bor-yo‘g‘i bir nechta xodim ishlaydi. Bu yil yoz oylarida bironta ham turistga xizmat ko‘rsata olmadik. Boshqalarni bilmadimu, bizning firmamizga davlat tarafidan hech qanday yordam taklif qilinmadi, o‘zimiz ham madad so‘rab murojaat qilmadik. Kuzda ahvol yaxshilanishiga umid qilyapmiz. Sentabrda Rossiyadan 3-4 nafar sayyoh kutilyapti, shunga ko‘z tikib turibmiz... Darvoqe, rossiyalik sayyohlar haqida. Turizm va sport vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda mamlakatimizga qariyb 456 000 nafar rossiyalik mehmon tashrif buyurgan. O‘tgan yili ko‘rsatkich 82 000 nafarga tushib ketdi. Lekin bu yil o‘sish bor. Olti oyi davomida ushbu mamlakatdan salkam 72 000 sayyoh ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston 2024-yilda turistlar uchun to‘liq ochilishga shay turishi kerak - ekspert30 Mart 2021, 15:41 Bugungi kunda ekstremal turizm, gastronomik turizm kabi yo‘nalishlarning rivojlanib borayotganiga qaramasdan, O‘zbekistonning asosiy turistik salohiyati tarixiy yodgorliklar bilan bog‘liq. Ko‘p asrlik me’moriy obidalar va xalqimizning boy tarixi ko‘proq o‘rta va katta avlod vakillarini jalb etishi ham tabiiy holdir. Sohada o‘n yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib borayotgan suhbatdoshimizning fikriga ko‘ra, ko‘ngilochar turizmni xohlaydiganlar Tailand, Turkiya kabi davlatlarga, dengiz bo‘yi mamlakatlariga boradi. O‘zbekistonni tanlagan sayyohlarni esa, jumladan, rossiyaliklarni ham, birinchi navbatda, qadim yodgorliklar, Ipak yo‘li tarixi bilan bog‘liq maskanlar o‘ziga jalb etadi. Demak, bundan to‘g‘ri foydalana bilish, servis darajasini oshira borish lozim. “Sayyohlik nuqtayi nazaridan Turkiyani Turkiya qilgan omil – mehmondo‘stlik va sifatli xizmat. Bu davlatda turizm so‘nggi 20-yilda keskin rivojlandi. Sababi, ular o‘zlari uchun qat’iy qoida o‘rnatishgan edi: har bir sayyohni o‘zimizning shaxsiy mehmonimizdek qabul qilamiz, toki unda yana qaytib kelish istagi tug‘ilsin. O‘zbekistonda esa hech qanday tartib-qoida o‘rnatishga hojat yo‘q – benazir mehmondo‘stlik bizning genlarimizda bor. Mehmon otangday ulug‘, degan maqolni yana qaysi xalqda topa olasiz?” O‘zbekistonning tarixiy obidalari, madrasa va masjidlari karvonsaroy va maqbaralari ne-ne balolarni ko‘rib asrlar osha bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ularning sabot va matonati oldida pandemiya nima bo‘libdi? Ta’rifi dillarda doston bo‘lgan bobomeros obidalar yana yetti iqlimdan millionlab sayyohlarini o‘ziga jalb qilishi muqarrar. Buning uchun yana biroz vaqt kerak xolos...
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/turizm-tirikmisan-20054629.html
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari jadal olib borilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Emlash ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalar tibbiyot xodimlaridan 647 nafar vaksinatorlar tayyorlangan. O‘zbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi3 Avgust 2021, 10:06 Shuningdek, tibbiyot punktlarida 81 ta emlash punktlari, Markaziy harbiy klinik gospitali, Markaziy shifoxona va harbiy gospitallarda 8 ta emlash brigadasi tashkil etildi. Shtatida tibbiyot xizmati, tibbiyot xizmatining shifokor lavozimi bo‘lmagan harbiy qism va muasasalarning shaxsiy tarkibi harakatdagi emlash brigadalari tomonidan emlash ishlari olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Emlashda asosan ZF-UZ-VAC-2001 xitoy-o‘zbek vaksinasidan, shuningdek “Sputnik V”, “Moderna” vaksinalaridan foydalanilmoqda. “Bugungi kunga kelib Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining 94,7 foizi — 1-bosqichda, 91,6 foizi — 2-bosqichda, 61,1 foizi esa 3-bosqichda emlandi”, - deyilgan xabarda. Avgust oyidan boshlab Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini emlash yo‘lga qo‘yilgan.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/ozbekiston-armiyasining-qariyb-100-foizi-koronavirusga-qarshi-emlandi-20058171.html
AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan shoshilinch ravishda chiqarilishi mamlakatdagi vaziyat keskin yomonlashishiga va terrorchilik faolligining oshishiga olib keldi. Oxirgi besh kun ichida toliblar 13 provinsiya – G‘azni, Nimro‘z, Juzjon, Sari--Pul, Qunduz, Toxar, Samangan, Farah, Baglan, Badaxshon, Hirot, Qandahor va Hilmand ma’muriy markazlarini egallab olishdi. Ulardan yettitasi shimoliy provinsiyalar. Toliblar* Qandahordagi qamoqxonani egallab olishganini ma’lum qilishdi12 Avgust 2021, 14:34 Umuman olganda, "Tolibon"* Afg‘onistonning barcha 34 provinsiyalarida ustunlik qilmoqda. Ma’muriy markazlar, jumladan Qobul ham, deyarli qamalda turibdi. Hukumat armiyalari arsenallari, jumladan, og‘ir artilleriya, bronetexnika va jangovar aviatsiya ham sekin-asta toliblar qo‘liga o‘tmoqda. Ushbu xatarli fonda RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu seshanba kuni KXShTni Afg‘onistondan jangarilar hujumiga tayyorlagrlik ko‘rishga chaqirdi. Shoygu, Tojikiston va O‘zbekiston qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi "Tolibon"ning chegarani kesib o‘tmaslik va qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslik to‘g‘risida berayotgan va’dalariga bog‘liq bo‘lishi kerak emasligini qayd etdi. Payg‘ambar Muhammad (S.A.V.): "Urush – bu yolg‘on" degan. Toliblar provokatsiyasi ehtimolga yaqin va kutilgandir. Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligini ta’minlash maqsadida RF Mudofaa vazirligi ittifoqdoshlar bilan birgalikda Afg‘oniston chegarasi yaqinida qator manyovrlarni davom ettiradi. Toliblar marshal Do‘stumning o‘g‘lini asir olgani haqida aytishmoqda12 Avgust 2021, 12:29 RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi avgust oyining boshlarida O‘zbekiston va Tojikiston hududida o‘tkazilgan ikkita qo‘shma mashg‘ulotlar natijalarini, qo‘shinlar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llangan aviatsiya, razvedka-o‘t ochish majmualari va desantlar harakatlarini ijobiy baholadi. Amerika prezidenti Jozef Bayden ham Afg‘onistondagi voqealarning halokatli rivojlanishiga munosabat bildirdi va 11-avgust kuni son jihatdan ustunlik qiluvchi Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumat kuchlarini o‘z mamlakati uchun toliblarga qarshi mustaqil kurashishga chaqirdi. Bundan tashqari, Bayden afg‘on mudofaa vaziri Bismilloh Xon Muhammadiyni "jiddiy jangchi", deb atab: "Yigirma yil davomida biz trillion dollardan ko‘p mablag‘ sarfladik. Biz 300 mingdan ortiq afg‘on harbiy xizmatchilarini o‘qitdik va zamonaviy uskunalar bilan ta’minladik… Biz halok bo‘lgan va jarohat olgan minglab amerika fuqarolarini yo‘qotdik". Ya’ni, biz ketdik, demokratiyaning so‘nayotgan chirog‘i esa - bizning muammoimiz emas. Qarama-qarshilik zaxiralari AQSh urushni tugatdi va Vashingtonda yigirma yillikning sharmandali va fojiali yakunlariga qaramay, bundan afsuslanishmayapti. Islom Respublikasiga Amerika tomonidan ko‘rsatiladigan keyingi yordam ahamiyatsiz bo‘ladi. AQSh HHKning toliblar pozitsiyalari bo‘ylab "ufqdan" yo‘llanayotgan aviazarbalari ko‘p narsani o‘zgartirishga qodir emas, ular faqat tinch aholi orasidagi qurbonlar sonini oshirishga xizmat qiladi, xolos. "RF va XXR strategik mashqlari-2021" – amerikaliklar va toliblarga katta salom10 Avgust 2021, 15:42 Pentagon Qobul uch oy ichida qulashini bashorat qilmoqda. Vashington AQShning Afg‘oniston poytaxtidagi elchixonasini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va avgust oyi oxirigacha amerikalik diplomatlarni tezlikda evakuatsiya qilish ustida ish olib bormoqda. Pentagon diplomatlarni xavfsiz olib chiqish uchun 3 ming harbiy xizmatchilarini Afg‘oniston Islom Respublikasiga yubordi. Buyog‘i nima bo‘ladi? AIR prezidenti Ashraf G‘ani 11-avgust kuni Mozori-Sharifda (shimoliy Balx provinsiyasi poytaxti) nufuzli siyosatchilar Abdul Rashid Do‘stum va Atta Muhammad Nur bilan xalq ko‘ngilli qo‘shinlari otradlarining hukumat xavfsizlik kuchlari rahbarligi ostida muvofiqlashtirilishi, jihozlanishi, mobilizatsiyasi borasida muzokaralar o‘tkazdi. Xuddi shu kuni G‘ani shu kungacha maxsus kuchlarga qo‘mondonlik qilgan general Xaybatulla Alizayni Afg‘oniston armiyasi bosh shtabining yangi rahbari etib tayinladi. Termizdagi Afg‘oniston bilan chegaradosh Oxunboboyev qishlog‘idan reportaj11 Iyul 2021, 17:34 Afsonaviy marshal Do‘stum Afg‘oniston shimolida xalq qarshiligiga rahbarlik qilish uchun ataylab qamal qilingan Mozori Sharifga uchib keldi. "Toliblar shimoldan tirik chiqib ketishi oson bo‘lmaydi", deya bayonot qildi u. Qobul va boshqa jang qilayotgan provinsiyalardan "uzib qo‘yilgan" Mozori Sharifda qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun kuchlar yetarmikin? Toliblar hamma joyda ham kuchli qarshilikka duch kelmagan. Tarinkot (janubiy Uruzgan provinsiyasi) ma’muriy markazi tumanlarining aksariyati 12-avgust kuni jangsiz taslim bo‘lgan. Sharqiy G‘azni provinsiyasi gubernatori Daud Lagmani provinsiyani toliblarga topshirganlikda ayblanib hibsga olingan. OAVlarning xabar berishicha, g‘arbiy Farah viloyatining gubernatori va bir qancha amaldorlari "Tolibon"* harakatiga taslim bo‘lishgan. Islom Respublikasi odamlar ko‘z o‘ngida barbod bo‘lmoqda. Urush bilan qamrab olingan provinsiyalardan minglab qochqinlar Qobul masjidlariga joylashtirilmoqda. Toliblar xujumini faqat mo‘’jiza to‘xtata olishi mumkin. Toliblar shimoliy provinsiyalar poytaxtlarini egallamoqda: Qobul va AQSh javobi qanday bo‘ladi11 Avgust 2021, 16:38 Shu yerda, NATOning qudratli davlatlari mo‘’jiza va’da qilmayotganini esga olishni istardim. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 11-avgust kuni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishiga ko‘maklashishga va’da berdi. Turkiya Mudofaa vazirligi "yaqin kelajakda" Kobuldagi Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportning xavfsizlik muammosini hal qilish niyatida - albatta, qator shartlarga amal qilinganda, AQSh ko‘magi shular jumlasidan. Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles AQShning "Tolibon"* bilan kelishuvini ulkan xato, aniqroq qilib aytganda "chirik bitim" deb hisoblaydi va NATOning "10 yoki 20-yildan keyin" Afg‘onistonga qaytishini prognoz qiladi. Hozircha bularning hammasi quruq gap, xolos. "Islom amirligi" istiqbollari Ehtimol, toliblarda yangi afg‘on davlatini yaratishga kuch va vaqt bordir, ammo bu yangi davlat hali butkul unutilmagan eski davlat bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan holi emas. Eslatib o‘taman, mujohidlar (partizanlar) Sovet qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan atigi uch yil o‘tib - 1992-yilda Qobulga kirgan edilar. Ko‘p o‘tmay ular o‘rtasida janjal yuzaga keldi va 1994-yilda sobiq mujohid mulla Umar (Qandahorda) "Tolibon"*ga asos soldi. Toliblar 1996-yilda hukumatga keldilar, ammo bu pokiston maxsus xizmatlari yordami va arab monarxiyasi moliyaviy ko‘magisiz (qurol-aslahaga) kechgan emas. OAV: Qunduzda yuzlab afg‘on harbiylari toliblarga* taslim bo‘ldi11 Avgust 2021, 19:08 Ulkan xalqaro terrorizm 2001-yil sentabrida amerikaning "egizak binolari" yo‘q qilinishidan emas, balki 1995-yilning avgustida Qozonning "Aerostan" aviakompaniyasiga tegishli Rossiya Il-76TD yuk samolyotining majburiy qo‘ndirilishi bilan boshlangan (o‘sha paytda "Tolibon" qiruvchi aviatsiyasi ishlagan, ushbu voqea "Qandahor" badiiy filmida aks ettirilgan). Afg‘oniston Islom Amirligi rejimida juda qisqa vaqtda jumladan, "Al-Qoida", "ID" va boshqa terrorchilik tashkilotlari Makkasiga aylandi. "Tolibon"ning xalqaro maqomini hisobga olgan holda aytish mumkinki, bugungi kunda Markaziy Osiyo chegaralari yaqinida dinni o‘z ehtiyojlariga moslashtiradigan terrorchi davlat yaratilmoqda. Ma’lumki, toliblar mafkurasining asosi - sunniy islomdir, bunda Qur’on va sunnat turli masalalarni aniq oyatlar va hadislar asosida, yoki o‘z ongi dalillariga asoslanib hal qilishga imkon beradigan asosiy manbalardir. So‘nggi asos juda xavflidir. Masalan, islom insonni tasvirlashni taqiqlaydi. Harakat asoschisi mulla Umarning irodasi bilan toliblar bir necha kun ichida Qobul, Hirot, G‘azni, Qandahor shaharlaridagi muzey eksponatlarini, jumladan, tog‘da bundan bir yarim ming yillar ilgari Bomiyan shahri yaqinida yo‘nilgan Buddaning ikkita ulkan haykalini (37 m va 53 m) yo‘q qilishdi. Bundan tashqari teatrlar va kinoteatrlar vayron qilindi. Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon"* haqida nima degan edi10 Avgust 2021, 14:32 1996 yildan beri toliblar nazorati ostida bo‘lgan Afg‘onistonda "yangi tartib" shariat qonunlariga (ong dalillarini esa olamiz) va sodir etilgan jinoyatlar uchun o‘rta asr jazolarini qo‘llash (qiynoqlar)ga asoslangan edi. Bunda o‘g‘rilarning qo‘li chopilar, o‘quvchi qizlarning burunlari kesilardi (qizlarga o‘qish taqiqlangan). Ko‘p sonli taqiqlarni buzish, jumladan jinsi kiyish yoki ko‘chada erkakning soqolsiz yurishi - qamchi bilan urish, qamoq va og‘ir holatlarda hatto o‘lim bilan tahdid solardi. Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari, shubha yo‘q-ki, Afg‘oniston bilan tinch qo‘shnichilikdan manfaatdor. Shunday bo‘lsa -da, chegaralarni izchil mustahkamlash, mudofaani kuchaytirish va Panj darosining shimolidagi qo‘shni hududlarda o‘rta asrlar jaholatparastligi tarqalishining oldini olish kerak. Toliblar hokimiyat tepasiga kelib, Afg‘onistonni o‘zlariga mos "formatlagach", ular, albatta, tashqi dunyoni "mukammallashtirish"ni boshlab yuboradilar. O‘shanda tayyorgarlik ko‘rmagan yoki tayyorgarligi sust bo‘lgan qo‘shni davlatlar uchun juda yomon kunlar boshlanadi. * – RFda ta’qiqlangan terrorchi uyushma
2021-08-13
https://oz.sputniknews.uz/20210813/afgoniston-amirlikka-aylanyapti-rossiya-va-aqshning-bunga-munosabati-farq-qilmoqda-20070478.html
TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Koronavirusga qarshi vaziyat birmuncha barqarorlashmoqda, dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov AOKAda bo‘libo‘tgan brifingda. "Kasallik ko‘rsatkichlari birmuncha kamayayotgani bor gap, buning ustiga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarda bemorlarni davolash samaradorligi ham ancha yaxshilangan", — dedi Otabekov. Shu bilan bir vaqtda, kasallik avj olgan vaqtda koronavirusga ixtisoslashtirilgan shifoxonalar asta sekin o‘z faoliyatiga qaytmoqda. Man shu ham vaziyat ijobiy tarafga o‘zgarishi belgilaridan biridir dedi shifokor.
2021-08-13
https://oz.sputniknews.uz/20210813/koronavirus-boyicha-vaziyat-barqarorlashmoqda---nurmat-otabekov-20068734.html
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashib, ularni yuqori natijalar bilan bilan tabrikladi. Prezident, sportchilarga nufuzli xalqaro o‘yinlarda O‘zbekiston sha’nini himoya qilib uning bayrog‘ini yuksak ko‘targanlari O‘zbekiston Mustaqilligning 30-yilligiga munosib sovg‘u bo‘lganini qayd etdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Musobaqalarda ishtirok etgan 200ta davlat va Yer sharining eng kuchli sportchilari orasida MDHda ikkinchi va Markaziy Osiyoda birinichi o‘rinni egallagani – ulkan natija ekanini qayd etdi. Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami. Vstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami. Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, sportchilar, ularning ota-onalari hamda murabbiylariga ushbu yuksak natijalar uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Xususan, prezident O‘zbekiston tarixida oltin medalni qo‘lga kiritgan eng yosh sportchi - 19 yoshli taekvondo ustasi Ulug‘bek Rashidovga va uning otasi Ismatilla Rashidov hamda onasi Oksana Danilenkoga el-yurt nomidan tashakkur bildirdi. Shuningdek, Olimpiya rekordini o‘rnatgan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevning onasi Normatova Hafizaxon singlimizga samimiy rahmatimizni aytamiz, - dedi Prezident. Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami. Vstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami. Press-slujba prezidenta Uzbekistana Surxondaryolik bokschi Bahodir Jalolovning onasi Sabohat Jalolovani ham tabriklab, prezident: “Ismi jismiga mos bu azamat yigit va uning mehribon onasi Sabohat Jalolovani barchamiz qizg‘in qutlaymiz. Men ular bilan avval ham uchrashib, samimiy suhbatlashganimni hamisha yaxshi taassurotlar bilan eslayman”, - dedi. Dzudochi Davlat Bobonov va mahoratli erkin kurashchimiz Behzod Abdurahmonovni keskin bellashuvlarda bronza medallarini qo‘lga kiritganlari bilan qutladi va ularning ota-onalarini hal alohida aytib o‘tdi. “Bugun davramizda Davlatjonning ota-onasi Husniddin aka va Nuriyaxon opa, Behzodjonning otasi Muhammadjon Abdurahmonov va onasi Muhabbatxon ishtirok etishapti. Mana shunday botir o‘g‘lonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun ularning ota-onalari va ustozlariga chin yurakdan tashakkur izhor etamiz", - dedi prezident. Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami. Vstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami. Press-slujba prezidenta Uzbekistana Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OLimpiya jamoasi Tokio-2020 Olimpiada O‘yinlarida 3 ta oltin va 2ta bronza medalar sohibi bo‘ldi va umumjamoa hisobida 32 o‘rinni, MDHda ikkinchi va Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi.
2021-08-13
https://oz.sputniknews.uz/20210813/prezident-olimpiada-chempionlarini-va-ularning-ota-onalarini-tabrikladi-20065937.html
TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh shaxslar aniqlandi. Ekstremistlar Toshkent viloyati Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Xavfsiz hudud" tezkor tadbiri davomida qo‘lga olingan. Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. IIV ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan 10 nafar o‘zbekistonlikni qidiruvga berdi16 May 2021, 12:31 Shuningdek, yonida tig‘li jism olib yurish, belgilangan karantin va "Pasport-viza" qoidalarini buzish, jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilish, bezorilik hamda noqonuniy ov quroli saqlash kabi bir nechta holatlar aniqlanib belgilangan tartibda chora ko‘rilgan. Avvalroq, Toshkent viloyati hududida IIBB hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan "Xavfsiz hudud" keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilayotgani va uning natijalari e’lon qilib borilishi haqida xabar berilgandi. Tadbir doirasida jinoyat sodir etib tergov va sud organlari tomonidan qidiruv e’lon qilingan shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlar belgilab olingan.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/toshkent-viloyatida-bir-guruh-ekstremistlar-ushlandi-20058380.html
Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqargach O‘zbekistonni Afg‘oniston uchun "kuch to‘plash markazi"ga aylantirishda eng qulay joylardan biri sifatida qabul qilishda davom etmoqda. Qobulning amaldagi hukumatini "ufq ortidan qo‘llab-quvvatlash" maqsadida AQSh Harbiy-havo kuchlarini O‘zbekistondagi Qarshi-Xonobod aviabazasida joylashtirish to‘g‘risida ikki tomonlama muzokaralar davom etmoqda. Stavkalar oshirilmoqda. Ijobiy qaror amerika tomoni bildiradigan takliflar jozibadorligi darajasiga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi ta’qiqlarni yengib o‘tish shakliga hamda KXShT va Rossiya pozitsiyalariga bog‘liq. Afg‘oniston amirlikka aylanyapti: Rossiya va AQShning bunga munosabati farq qilmoqda13 Avgust 2021, 21:51 Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarning olib chiqarilganidan so‘ng "Tolibon"*ning yirik muvaffaqiyatlari fonida Toshkent va Vashington o‘rtasidagi harbiy hamkorlik mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston hukumatining rasmiy vakili 12-avgust kuni amerikaning Air Force Magazine nashriga AQSh HHKning O‘zbekistondagi bazada joylashtirilishiga doir muzokaralar davom etayotganini aytdi. 2001 yilda AQShning Afg‘onistonda aksilterror operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, amerika aviatsiyasi 2005-yilgacha O‘zbekiston janubi-sharqidagi Qarshi-Xonobod aviabazasidan muvaffaqiyatli foydalanib kelgan. Undan tashqari, Pentagon maxsus operatsiyalar kuchlari, 10-tog‘-o‘qchi diviziyasidan 1000ga yaqin odamlar xuddi shu yerda joylashtirildi. Amerikaliklar ijara uchun yiliga 10 million dollar to‘lashgan. Air Force Magazine ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Qarshi-Xonobodda O‘zbekiston HHKning 60-alohida aralash aviatsiya brigadasi joylashgan. Ya’ni parvozlar uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma mavjud. Afg‘onistongacha bo‘lgan – 140 kmga yaqin masofa – yetarli darajada xavfsiz zonani ta’minlab, toliblar pozitsiyalari bo‘ylab (Qatardan amalga oshiriladigan parvozlarga nisbatan) aviazarbalarni amalga oshirish uchun vaqt va yoqilg‘i (mablag‘larni) kamroq sarflash imkonini beradi. Xonobod aerodromida o‘quv-mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi20 Sentabr 2018, 10:12 Biroq, AQSh jangovar aviatsiyasining O‘zbekistonga qaytishi oson bo‘lmaydi. 2005-yilning 12-13 mayidagi yuz bergan unutilmas Andijon voqealari, bir qator amerikalik senatorlar va harbiy-havo kuchlarining mustaqil mamlakat ishlariga shaxsiy aralashuvi (o‘zbek qurollangan jangarilari va diniy ekstremistlarni Qirg‘izistonga va so‘ngra Ruminiyaga evakuatsiya qilish va h.k.) tufayligina emas. Konstitutsiya va harbiy doktrina chet el qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirilishiga ruxsat bermaydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda ma’lum bir xavfsizlik tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda har bir davlat o‘z ittifoqchilari va strategik sheriklari, jumladan Rossiya oldida mas’uliyat va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. 2030-yilgacha Rossiya Federatsiyasini asosiy raqib sifatida tayinlagan Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi harbiy mavjudligi Rossiya, KXShTga a’zo Markaziy Osiyo mamlakatlari, O‘zbekiston va Turkmaniston milliy xavfsizlik manfaatlariga javob bermaydi. Chegara oldi sovuti Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston Qurolli kuchlari avgust oyining birinchi dekadasida Termiz va Xarb-Maydon poligonida Afg‘oniston bilan chegara yaqinida qator qo‘shma manyovrlarni amalga oshirdilar (https://www.youtube.com/watch?v=Qh4XI-19ugs&t=27s) – mashqlarga maxsus qo‘shinlar, zirhlangan texnikalar, artilleriya, zarba aviatsiyasi jalb etildi. Davlatlar Janubiy strategik yo‘nalishda jangovar integrallashuvni o‘stirib borishga tayyor. Kuch birlikdadir: MOda harbiy o‘quv-mashqlar10 Avgust 2021, 12:27 Qayd etish joizki, O‘zbekiston KXShTga qaytishga shoshilmayapti, ammo bu ishni istalgan vaqtda amalga oshirishi mumkin. Deyarli bir vaqtning o‘zida va Markaziy Osiyodagi vaziyatga alohida urg‘u bergan holda, 10-12 avgust kunlari Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegara qo‘shinlarining "Hamdo‘stlik-2021" qo‘shma qo‘mondonlik-shtab mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar havodan parashutsiz desant tashlash, jangovar o‘q otish taktik mashqlari, dronlardan foydalanish va boshqa tezkor harakatlarni muvaffaqiyatli mashq qildilar. "Hamdo‘stlik-2021" tashqi chegaralarni himoya qilishning yaxlit tizimini mustahkamlashga, MDH mamlakatlari xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Avvalroq, rossiyalik instruktorlar (Suriya harbiy tajribasiga ega bo‘lgan Markaziy harbiy okrugning eng yaxshi ofitserlari) Termiz va Sazagan poligonlarida O‘zbekiston QQ 300 dan ortiq harbiy xizmatchilarini o‘qitishgan. Dastur motoo‘qchilar bo‘linmalari tarkibida kunduzi va kechki taktik mashg‘ulotlarni, modernizatsiya qilingan BTR-82 qurollari yordamida o‘t ochish tayyorgarligi, granatadan kontrol o‘qlarni otish mashqlari, o‘q otish va artilleriya orqali o‘t ochishni dronlar yordamida boshqarish mashqlarini o‘z ichiga olgandi. RF harbiylari "Termiz" poligoniga keldi – ilk suratlar31 Iyul 2021, 16:05 O‘zbekiston va Rossiya har yili 70 dan ortiq qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligi qo‘shma tadbirlarini o‘tkazadi. Toshkent va Moskva o‘rtasidagi harbiy hamkorlik - mintaqaviy barqarorlikni saqlashda eng muhim omil hisoblanadi. Afg‘oniston Islom Respublikasidagi jangovar harakatlarning shiddati, toliblarning yangi "amirlikni" qurish rejalari - O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosiy pozitsiyalarini yaqinlashtiradi. Ikki mamlakat mudofaa vazirliklari 28-aprel kuni birinchi marta 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladilar. Harbiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ikkitomonlama tadbirlar, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikdagi kurash, O‘zbekiston armiyasining jangovar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha ikki tomonlama chora -tadbirlar dasturning ustuvor vazifalariga kiradi. Toshkent Rossiya qurollarining keng spektrida o‘zi uchun zamonaviy zarba samolyotlarini, dunyodagi eng yaxshi havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlarini, samarali va ishonchli zirhli mashinalarni tanlaydi. Qo‘shma Shtatlar-chi, O‘zbekistonga nima taklif qila oladi? Ehtimoliy ssenariylar AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlikni muhokama qildilar va ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasida strategik sheriklikni tasdiqladilar. Shu bilan birga, Ostin Qo‘shma Shtatlar "umumiy xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun" Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ishlashda davom etishini ta’kidladi. Umumiy muammo - Afg‘oniston. 12-avgust kuni Air Force Magazine nashriga ma’lumot bergan o‘zbek harbiy amaldorining ta’kidlashicha, Ostin va Komilov 1-iyul kuni shuningdek, toliblarni jilovlab turish uchun AQSh jangovar aviatsiyasini O‘zbekistonda joylashtirish istiqboli mavzusini ham muhokama qilishgan. Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV16 Iyul 2021, 19:51 Garchi ilgariroq Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy vakili: "Mudofaa sohasidagi asosiy hujjatlarda bu savollarga aniq va aniq javoblar bor: mamlakat hududiga xorijiy harbiy bazalar va obyektlar joylashtirilishi mumkin emas", deya ta’kidlagan bo‘lsa-da. Ya’ni, may oyida salbiy javob olgan amerikaliklar, O‘zbekiston rahbariyatiga rad etish qiyin bo‘lgan variantlar va yechimlarni izlab topishda davom etmoqda. Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan sheriklik, o‘zbek uchuvchilari ishtirokidagi Southern Strike qo‘shma mashg‘ulotlari va O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida harbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikning katta afzalliklari ta’kidlanmoqda. Qolaversa, Amerika O‘zbekistonga mustaqillik yillaridan buyon islohotlarga yo‘naltirilgan katta miqdordagi yordamni ko‘rsatgan va o‘z "sarmoyalari"ning qaytarilishini kutishga haqli. Pentagon Afg‘onistondagi vaziyatni baholadi22 Iyul 2021, 10:17 Zarurat tug‘ilsa, xorijiy harbiy obyektni qo‘shma o‘quv yoki logistika markazi deb atash mumkin. Shunga qaramay, Markaziy Osiyoda Pentagon bazalarining mavjudligi destruktiv (halokatli), bu Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi o‘nlab yillar davom etgan sharmandali jangovar harakatlarda o‘z isbotini topgan. AQSh harbiy aerodromlari va boshqa obyektlarini Afg‘onistondan Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston yoki Qirg‘izistonga ko‘chirib o‘tkazish Afg‘onistondagi harbiy harakatlar mantig‘ini o‘zgartirmaydi va mavjud mintaqaviy xavfsizlik tizimini yo‘q qilish bilan tahdid soladi. Madomiki, Pentagon va ittifoqdoshlar 20-yil ichida toliblar bilan bevosita Afg‘oniston hududida kechgan urushda muvaffaqiyatlarga erisha olishmagan ekan, amerika qo‘shinlarining Markaziy Osiyoga "ko‘chib o‘tishi"dan keyin ham hech narsa o‘zarmaydi. Shoygu KXShTni Afg‘onistondan jangarilar hujumiga shay bo‘lib turishga chaqirdi11 Avgust 2021, 10:08 Balki, Afg‘oniston shunchaki bahonadir, balki bu harakatlar Rossiya va Xitoyni "tiyib turish" uchun mintaqada qolishga bahona bo‘lsa kerak - bunday siyosat esa Markaziy Osiyo davlatlari uchun ikki chandon xavflidir. Konstitutsiyaviy "tabu" va KXShT pozitsiyasi Pentagonning O‘zbekistondagi "ufq orti" rejalarini tiyib turgani aniq, ammo Afg‘onistondagi vaziyatning keyingi keskinlashuvi harbiy-siyosiy murosa zonasini yaratishi mumkin. Buning uchun Vashington eng avvalo Moskva bilan muloqot ohangini o‘zgartirishi, qarama -qarshilik strategiyasi va konsepsiyasiga tuzatishlar kiritishi kerak bo‘ladi. Yana bir kuchli mintaqaviy o‘yinchi - XXR pozitsiyasini hisobga olmagan soddalashtirilgan koordinatalar tizimi hozircha shunday. * – RFda ta’qiqlangan terrorchi uyushma. Aleksandr Xrolenkoning Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘ling - https://t.me/AKhrolenko
2021-08-14
https://oz.sputniknews.uz/20210814/ozbekiston-aqsh-hhkning-zaxira-aerodromiga-aylanadimi-20073511.html
TOShKENT, 13 avg - Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasning yangi treneri kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. O‘FA xabar qilishiga ko‘ra, "mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko‘ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanes nomzodi ma’qul deb topilgan". O‘FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan hafta Srechko Katanes o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda, - deyilgan xabarda. Milliy jamoaga nomzod tnalashda, barcha ehtimoliy murabbiylar, jumladan o‘zbekistonlik nomzodlar ham ko‘rib chiqilgan. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabr oyidan buyon O‘zbekiston terma jamoasini Vadim Abramov boshqarib kelayotgan edi, lekin Jahon Chempionali saralov bahslarida O‘zbekistonning muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng Abramov iste’foga chiqqan.
2021-08-13
https://oz.sputniknews.uz/20210813/ozbekiston-milliy-terma-jamoasining-yangi-treneri-nomi-malum-boldi-20061149.html
TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Toshkentda o‘tkazilgan "Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish" mavzuyidagi Yoshlar huquqlari bo‘yicha butunjahon konferensiyasi yakunida Toshkent Yoshlar deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar bermoqda. Butunjahon konferensiyasining asosiy tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, jumladan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hisoblanadi. Yoshlarni birlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi - Mirziyoyev MO sammitida nimalarni taklif qildi6 Avgust 2021, 18:00 Ushbu nufuzli xalqaro anjuman BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi, BMTning O‘zbekistondagi jamoasi, YeXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi va F.Ebert nomidagi jamg‘arma bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Konferensiyaning ikki kunlik ishi davomida 67 nafar ma’ruzachi so‘zga chiqdi. Shundan 49 nafari xorijiy ekspertlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari hisoblanadi. Milliy ma’ruzachilar 18 nafar bo‘lib, 10 nafari yoshlardir. Toshkent Yoshlar deklaratsiyasi muxtasar muqaddima, xotima va 5 ta asosiy qismdan iborat. Deklaratsiyaning “Pandemiya va yoshlar”, “Yoshlar – Barqaror rivojlanish maqsadlarining “drayver”i”, “Yoshlarning ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati”, “Yoshlar va bandlik”, “Yoshlarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari” nomli qismlarining har birida yoshlar huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tegishli tashabbus, taklif hamda tavsiyalar qayd etilgan.
2021-08-14
https://oz.sputniknews.uz/20210814/toshkent-yoshlar-deklaratsiyasi-qabul-qilindi-20074183.html
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Shaxmat bo‘yicha besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Zakovat-Gambit turnirining telegram kanali. Toshkentda 10 – 15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Zakovat-Gambit xalqaro turnirida jahon shahmatining taniqli yulduzi Yudit Polgar, shuningdek o‘zbekistonlik shahmat cheimpionlari Rustam Qosimjonov, Timur Gareyev, Gulruhbegim Toxirjonovalar ham ishtirok etishadi. Saralash bahslarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Fuqarolar yoshi va reytingi bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q. 7-avgustga qadar 3,8 ming havaskor shaxmatchilar ushbu turnirda ishtirok etish istagini bildirishgan. Turnirning mukofot fondi 610 million so‘mni tashkil qiladi. Shaxmat musobaqasining finla bahslari 14-15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
2021-08-13
https://oz.sputniknews.uz/20210813/besh-karra-jahon-chempioni-vishvanatan-anand-toshkentga-keldi-20064154.html
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiada O‘yinlarida ishtirok etgan barcha sportchilarga va ayrim murabbiylarga pul mukofotlari taqdim etdi. "Albatta, jahonning eng yirik sport musobaqasi bo‘lmish Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishning o‘zi katta sharaf va mas’uliyat. Buni barchamiz yaxshi tushunamiz. Buning uchun qancha og‘ir dovonlardan, mashaqqatli sinovlardan o‘tish talab etiladi. <…> Biz Olimpiadaning g‘olib va sovrindorlari, ularning trenerlari hamda barcha ishtirokchilarni munosib taqdirlashga qaror qildik”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. Xususan, Olimpiadada ishtirok etgan bir sportchiga 5 ming AQSh dollardan, oltin medal sohiblariga 200 ming, bronza medallar sohiblariga 50 ming AQSh dollari miqdorida mukofot berildi. Prezident Olimpiada chempionlarini va ularning ota-onalarini tabrikladi13 Avgust 2021, 15:35 Undan tashqari, prezident sportchilarni tayyorlashda fidoyilik ko‘rsatgan To‘lqin Qilichev, Pavel Xan, Farhod Mirzajanov, Nurali Qobulov, Muzaffar Abdurahmonov kabi tajribali murabbiylar nomini aytib o‘tdi va oltin medal olgan sportchining treneriga 40 ming AQSh dollaridan, bronza medal sohiblari murabbiylariga - 20 ming AQSh dollaridan mukofot berishga qaror qildik, dedi prezident. Shuningdek, prezident kelajakla nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqqan sportchilar va ularning trenerlariga 500dan 3 ming dollargacha mukofotlar berishga qaror qilinganini aytib o‘tdi.
2021-08-13
https://oz.sputniknews.uz/20210813/barcha-olimpiada-ishtirokchilariga-pul-muokofati-beriladi--prezident-20068286.html
TOShKENT, 13 avg —Sputnik. Rossiyaning Voronej shahrida avtobus portlashi oqibatida 18 kishi jarohatlandi, og‘ir jarohat olgan biri kishi shifoxonada vafot etdi, deb xabar qilmoqda Rossiya SSV. “Jarohatlanganlar Voronej shifoxonalariga joylashtirilgan, ularning ahvoi turlicha: uch kishini shifokorlar og‘ir ahvolda deb baholamoqda, sakkiz kishi o‘rta og‘ir ahvolda. Yana 7 kishiga ambulator yordam ko‘rsatilmoqda”, - deyilgan xabarda. Ma’lumot uchun, ichida 35 nafar yo‘lovchi bo‘lgan PAZ rusumli yo‘nalishli avtobus Voronejdagi "Galereya Chijova" nomli savdo markazi oldida 12-avgust kuni kechqurun portlab ketgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda gaz balloni portlagan, lekin yo‘lovchi tashish kompaniyasi uning barcha avtobuslari dizel yonilg‘isidan foydalanishini ma’lum qilgan. Ushbu munosabat bilan Tergov Qo‘mitasi jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Bir vaqtning o‘zida ushbu hodisa ehtimoliy terrorchilik akti bo‘lishi mumkinligi ham tekshirilmoqda.
2021-08-13
https://oz.sputniknews.uz/20210813/voronejda-avtobus-portlashida-bir-kishi-qurbon-boldi-20061462.html
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Bugun, 12-avgust kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Sirdaryo viloyatining Guliston, Xorazm viloyatining Xiva va Samarqand viloyatining Payariq tumanlarida yangi hokimlar ish boshladi. Sherzod Ashurov Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar 2018-yildan buyon Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi8 Iyul 2021, 12:49 Saydimqul Begimqulov Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U 2012-yildan bugungi kunga qadar Tovar xom-ashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Hurmat Matrasulov Xorazm viloyati Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan. Zafar Ergashev Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi. U shu paytgacha Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/tort-tumanda-yangi-hokimlar-ish-boshladi-20056404.html
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari sovrindorlarini tabriklash marosimida o‘zbekistonlik sportchi qizlar yutuqlarini alohida sanab o‘tdi. Prezident qoraqalpog‘istonlik 18 yoshli Zaynab Dayibekovani qilichbozlikning sablya yo‘nalishida O‘zbekiston tarixida birinchi marta OLimpiya litsenziyasini qo‘lga kiritgani va dunyo reytingida 3-o‘rinda bo‘lgan xitoylik sportchini mag‘lub etgani bilan tabrikladi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 19 yoshli og‘ir atletikachi Kumushxon Fayzullayevaning 76 kilogramm vazn toifasidagi qizlar orasida eng yosh ishtirokchisi bo‘lganini aytib o‘tdi va Olimpiada O‘yinlarida ishtirok etishning o‘zi katta yutuq ekanini qayd etdi. Undan tashqari bokschi Tursunoy Rahimova hamda Olimpiada o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatgan Muattar Nabiyevalarning yutuqlari ham alohida sanb o‘tildi. Shu o‘rinda, prezident sportchi yigitlarga qarab bir hazil gap aytdi. “Ayni vaqtda men sportchi yigitlarimizga qarab aytmoqchiman: agar qattiq g‘ayrat qilmasalaringiz, qizlarimiz hademay sizlardan o‘tib ketadi", - dedi Shavkat Mirziyoyev. So‘ so‘ngi da Shavkat Mirziyoyev Jahon sport maydonlariga shaxdam qadamlar bilan kirib kelayotgan o‘zbekistonlik sportchi qizlarga chin qalbdan tasanno aytdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ayollar o‘rtasida sportni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoda. Tokio 2020 Olipiada O‘yinlarida O‘zbekistondan 28 nafar xotin-qizlar ishtirok etishining o‘zi ham ushbu ishlar samarasidir.
2021-08-13
https://oz.sputniknews.uz/20210813/shavkat-mirziyoev-ozbekistonlik-sportchi-qizlar-yutuqlarini-alohida-sanab-otdi-20066395.html
TOShKENT, 13 avg - Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilning o‘tgan davrida onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd. so‘m lik chiroyli avtoraqamlar sotildi, deb xabar qilishdi AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Respublika tovar-xom ashyo birjasi vakillari. Avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd so‘mlik 83,2 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,4 barobarga, hajmi bo‘yicha – 42% ga o‘sdi, - deyilgan xabarda. Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qildi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda chiroyli avtoraqamlarni onlayn auksion orqali sotish 2017-yilda boshlangan edi. Qisqa vaqt ichida ushbu faoliyat davlat budjetiga mo‘may daromad keltirgani qayd etilgan edi.
2021-08-13
https://oz.sputniknews.uz/20210813/chiroyli-avtoraqamlar-yil-boshidan-buyon-davlat-byudjetiga-nega-pul-keltirgani-malum-boldi-20060537.html
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi. “So‘nggi vaqtda menga Vazir vaksina olganmi degan savol bilan ko‘p murojaatlar kelib tushmoqda. Shuni ma’lum qilamanki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan”, - deya yozdi u telegram kanalida. Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma’lum bo‘lgan edi. Bosh vazir Abdulla Aripov ham birinchilardan bo‘lib emlangan. O‘zbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi3 Avgust 2021, 10:06 Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosarlari Behzod Musayev va Sardor Umurzakov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, moliya vaziri Timur Ishmetov, Adliya vaziri Ruslan Davletov, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Ramat Mamatov, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, energetika vaziri Alisher Sultonov ham koronavirusga qarshi emlanishgan.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/abdulaziz-kamilov-koronavirusga-qarshi-toliq-emlandi-20050428.html
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. “Tolibon”* harakati vakili Zabiulla Mujohid harakat a’zolari Afg‘onistondagi Qandahor qamoqxonasini egallab olishganini ma’lum qildi. “Qandahor shahridagi markaziy qamoqxona uzoq qamaldan so‘ng bugun kechqurun to‘liq egallab olindi”, - deyiladi Mujohidning 11-avgust kuni Twitter᾽da chop qilingan xabarida. Toliblarning* bayonotiga ko‘ra, yuzlab mahkumlar ozod qilingan, muassasa xodimlari esa taslim bo‘lishgan. O‘z navbatida, Tolo News telekanali mahalliy aholining so‘zlariga tayangan holda “Tolibon”* Qandahor va Uruzgan viloyatlariga hujumni qayta boshlaganini xabar qilmoqda. OAV: Qunduzda yuzlab afg‘on harbiylari toliblarga* taslim bo‘ldi11 Avgust 2021, 19:08 Kuni kecha Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegarasi “Tolibon”* jangarilari tomonidan nazorat qilinayotganini ma’lum qilgan edi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/toliblar-qandahordagi-qamoqxonani-egallab-olishganini-malum-qilishdi-20051428.html
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Terlash jadallashuvi yaqinlashib kelayotgan yurak xurujidan dalolat bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda British Heart Foundation tashkiloti shifokorlari. "Agar siz isitma ko‘tarilgani, tobora ko‘p terlayotganingizni va ko‘krak qafasida og‘riqlarni his qilsangiz, tez tibbiy yordam chaqirishingiz lozim", - deya iqtibos keltiradi Daily Express nashri mutaxassislar so‘zlaridan. Yurak uchun eng xavfli mahsulotlar e’lon qilindi24 Mart 2020, 11:42 Maqolada aytilishicha, bunday belgi yurak xuruji uchun "noodatiy" sanaladi va shu bois, uni rad etish tavsiya etilmaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurak muammolariga ishora qiladigan qator ko‘z ilg‘amas belgilar mavjud bo‘lib, bu belgilarni bemorlar ko‘pincha boshqa kasalliklar belgilariga yo‘yishadi. Masalan, qorin og‘rig‘i yoki ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolarga. Bundan tashqari, to‘piqlarning shishishi yurak yetishmovchiligidan signal bo‘lishi mumkin, jismoniy mashqlar davomida ko‘krak qafasida paydo bo‘ladigan og‘riqlar esa stenokardiyaga ishora qiladi.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/yaqinlashayotgan-yurak-xurujining-koz-ilgamas-belgilari-ochiqlandi-20047033.html
TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Surxondaryo viloyatida 1,7 million kishini ichimlik suvi bilan ta’minlash yaxshilanadi. Bu haqida prezident huzurida 11-avgust kuni bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida ma’lum bo‘ldi. Yangi loyihaga muvofiq "To‘palang" suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi. Suv omborining quyi qismida bosimni so‘ndirish, suvni tozalash va tarqatish inshootlari quriladi. Yangi ichimlik suvi tarmog‘i uchun jami 361 kilometr quvur tortiladi, Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1 million 700 ming aholining suv ta’minoti yaxshilanadi, - deyilgan xabarda. Loyihaning umumiy qiymati 138 million dollar bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Uni 2024-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda Surxondaryo viloyati aholisining 46 % markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan, 218 ta suv inshooti va 3 ming kilometrdan ziyod tarmoqlar ta’mirga muhtoj. Viloyatning janubiy tumanlari va Termiz shahrida suv mineralizatsiyasi miqdori oshgan. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2-iyun kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “To‘palang” suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/surxondaryoda-17-million-aholi-ichimlik-suvi-bilan-taminlanadi-20047309.html
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarni birlashtirish maqsadida “Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. "Vatandoshlar" jamoat fondini tashkil etishdan maqsad Xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarni tarixiy Vatani atrofida jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini yuksaltirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yo‘naltirishdan iboratdir", deyiladi xabarda. Xorijdagi vatandoshlarni qaytishi uchun imtiyozlar joriy etildi27 Oktabr 2018, 13:07 Bundan tashqari ushbu fond faoliyatiga quyidagi vazifalar yuklatiladi; - xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari, vatandoshlar istiqomat qilayotgan mamlakatlarning qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashish; - xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni belgilangan tartibda moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam ko‘rsatish; - xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash; - xorijda O‘zbekistonning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish; - vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini rag‘batlantirish, ularga xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish; Rossiyadan vatandoshlarni olib kelish uchun qo‘shimcha charter reys qo‘yildi – jadval8 Sentabr 2020, 14:19 - xorijiy davlatlarning ta’lim o‘zbek tilida olib borilayotgan muassasalarida pedagog kadrlarga bo‘lgan mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli vatandoshlarimizning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlariga ko‘mak ko‘rsatish; - rivojlangan xorijiy davlatlarda yashab kelayotgan olim va ijodkor vatandoshlarimizning yurtimiz nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash; - xorijda vatandoshlar tomonidan tashkil etiladigan nufuzli tadbirlarda mamlakatimizning taniqli yozuvchi va shoirlari, fan arboblari, diniy ulamolari, madaniyat va san’at vakillari, sportchilari ishtirokini ta’minlashda ko‘maklashish; - xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish; O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga qanday yordam bermoqda25 May 2020, 17:47 - xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekistonning tarixi, madaniyati, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan interfaol elektron portalni yuritish; - xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar duch kelayotgan muammolarni tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish migratsiya va ta’lim sohalarida shartnomaviy-huquqiy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va tegishli davlat organlariga kiritib borish; - Fond Ustaviga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirish va shu kabilar. Hujjatga muvofiq Fond uchun alohida bino foydalanishga tayyorlanguniga qadar Tashqi ishlar vazirligi binosiga vaqtinchalik tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilishi belgilandi.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/vatandoshlar-jamoat-fondi-tashkil-etildi---undan-maqsad-nima-20046482.html
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Ushbu yilning 1-sentabridan boshlab, kam ta’minlangan oilalarda bolalar nafaqalarining miqdori va qamrovi oshiriladi. Bu haqida yangi qabul qilingan Prezident farmonida aytib o‘tilgan. Xususan, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa o‘rniga - 18 yoshgacha to‘lanadigan yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi. Bolalar nafaqasining yangi miqdorlari belgilanadi: 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun — 250 000 so‘m (+56 000 so‘m);3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun — 325 000 so‘m (+131 000 so‘m);ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha — 150 000 so‘m (+186 000 so‘m);uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun — 100 000 so‘mdan (amaldagi 190 ming so‘mdan 290 ming so‘mgacha ko‘p);moddiy yordamning miqdori — 380 000 so‘m. 2022 yil 1-yanvardan boshlab “kam ta’minlangan” toifasiga kiritishda, oilaning jon boshiga bir oylik daromadi va Respublikada belgilangan jon boshiga minimal iste’mol xarajatlar miqdori hisobga olinadi. Minimal xarajatlar miqdorini Statistika qo‘mitasi muntazam e’lon qilib boradi.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/sentyabrdan-bolalar-nafaqalarining-miqdori-va-qamrovi-oshadi--yangi-qonun-20046745.html
Amerika o‘zining Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan strategiyasida butunlay chalkashib qoldi. Amerika davlat kotibi Entoni Blinken Moskva va Pekin ustidan arz qilarkan shunday deydi: “Rossiya va Xitoy hukumatlari – boshqalar bilan bir qatorda omma oldida AQShning obro‘yini to‘kishga harakat qilishmoqda. Ular AQSh inqirozag yuz tutayotganini aytib boshqa davlatlarga o‘z kelajagini demokratik AQSh bilan o‘zlarining avtoritar rejimlari bilan bog‘lashga chaqirishmoqda. Biz ularga haligacha har taraflama juda kuchli davlat ekanligimizni eslatib qo‘ymoqchimiz”. Deya, bosh kotib AQShning turli kuchli tomonlarini sanab o‘tdi: ularning tengi yo‘q alyans va hamkorlar tarmog‘i, Yer sharida eng jangovar qurolli kuchlari va boshqalar. Shu bilan birga, Blinken AQShning ayrim zaif tomonlari, xususan, ichki infrastuzilma sifati bo‘yicha dunyoda 13-o‘ringa tushib ketgani, innovatsiyalarga kiritilayotgan sarmoyalarning YaIMga nisbati bo‘yicha 9-o‘ringa tushib ketganini va boshqa faktorlarni sanab o‘tdi. AQSh yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti29 Mart 2021, 16:44 Shundan so‘ng o‘z prezidenti Baydenning so‘zlarini takrorlab, “bugungi kunda demokratiya butun dunyoda xavf ostida ekanini, avtoritarizm va millatchilik tobora kuchayib borayotganini” va “AQSh inson huquqlari uchun har kuni kurash olib borayotganini” aytib o‘tdi. Ushbu gaplardan so‘ng o‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi, agar AQSh haqiqatdan shunchalik kuchli va yetakchi davlat bo‘lsa, boshqalarning ularga qarshi tashviqoti ularga qanday zarar yetkazishi mumkin? Aslida esa, AQSh o‘z kuchiga unchalik ishonmaydi. Ha, to‘g‘ri ularning moliya tizimi Xitoynikidan hali ham kuchli, Qurolli kuchlari esa Rossiya armiyasidan ko‘ra qudratliroq. Umumiy geosiyosiy ta’siri ham haligacha juda katta, lekin ayni damda bu yetakchilik ularning panjalari ostidan sirg‘alib chiqib ketmoqda. Va bunga sabab Rossiya va Xitoy agitatsiyasi emas, balkim Amerika qanday holda ekanini butun dunyo o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turganidir. Amerikaning global yetakchilik strategiyasi, amerikancha dunyo g‘oyasi – amalga oshmadi. Bu strategiyaning tezkor qayta ishlab chiqishga bo‘layotgan urinishlar ham – muvaffaqiyatsiz bo‘lmoqda. Amerika ichidagi mojarolar – dunyo bularning hammasini kuzatib turib o‘ziga kerakli xulosalarni chiqarib olmoqda. Kuchsizlikning yana bir belgisi – bu raqib ustidan to‘xtovsiz arz qilish. So‘nggi yillarda AQSh Rossiya va Xitoyni ayblamagan qaysi gunoh qoldi o‘zi? Xakerlar aralashuvi, doping, zaharlash, koronvirus kelib chiqishi, shimoly oqim qurilishi va yana ko‘plab isbotsiz dalilsiz ayblovlar. Endi bo‘lsa AQShga qarshi propaganda ham qo‘shildi. Shu o‘rinda Vashingtonning tez-tez “Siz ularga ishonmang, biz aslida kuchlimiz”, deb takrorlashi - hatto biroz kulguli eshitiladi. Moskva — Vashington — Pekin: koronainqiroz "Katta uchlik" vujudga kelishini tezlashtiradi16 Aprel 2020, 22:10 Aslida esa Moskva va Pekin ko‘proq o‘z ishlari bilan band. Ular dunyoda yangi tartib o‘rnatish, yangi kuchlar muvozanatini shakllantirish bilan band. AQSh pastga qarab ketmoqda va bu jarayon qancha vaqt davom etishini hech kim bilmaydi - balkim 10-yil balkim 30-yil. Ushbu vaqt davomida ham AQSh dunyoda o‘z gegemonligini saqlab qolishga harakat qilayotgan eng kuchli davlat bo‘lib qoladi. Bunday “yetakchilik”ga urinish o‘zi uchun ham boshqalar uchun ham juda xavfli bo‘lishi mumkin. Buni Rossiya ham Xitoy ham yaxshi tushunishadi: bizga AQShning keskin qulashi kerak emas – va qulayotgan gegemon bilan urush ham mutlaq ortiqcha. Bizga AQSh sekin-asta pastga tushib o‘zini bosib olishi kerak. Ularning bugungi strategiyasi esa, mutlaqo boshqacha ko‘rinadi: AQSh Xitoy undan o‘zib ketib global kuchga aylanmasdan oldin, kuchli zarba berib o‘z o‘rniga solib qo‘yishni istaydi. Buning uchun Amerika Xitoy va Rossiyani bir-biridan ajratishi kerak. Buni ko‘pchilik amerikalik strateglar yaxshi tushunishadi, lekin qanday amalga oshirishni bilishmaydi. Oldinlari AQSh Rossiya va Xitoy ittifoqi hech qachon strategik mustahkam bo‘lmaydi deb hisoblashar edi. Bunga qator sabablar, jumladan amerkaliklar fikriga ko‘ra “kuchli tahlilchi” bo‘lgan rossiyalik ekspertlar xulosasi ham sabab bo‘lgan. Bunday fikrlash 2014-yildan keyin ham saqlanib qolgan. Ular Rossiya elitasi “g‘arbparast” biz istagan vaqtimiz ularni o‘zimizga qaratib olishimiz mumkin deb hisoblashar edi. Xullas, AQSh Rossiya va Xitoy munosabatlari ularga umuman bog‘liq emasligini uzoq vaqt davomida inkor qilib kelishgan edi. Tramp davrida Amerika yetakchilari Xitoyga bosimni oshirish va Rossiyaga bosimni kamaytirishga ham harakat qilib ko‘rishdi. Lekin buning natijasi kutilganidan aksi bo‘ldi – Rossiya va Xitoy alyansi yanada kuchaydi. Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda6 Iyun 2021, 11:41 Endi bo‘lsa Bayden Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan - “jahon avtoritarizmi” bilan mafkuraviy kurashni boshladi. Bu bilan Amerika o‘zini boshi berk ko‘chaga yetakladi. Amerikaliklar Rossiya va Xitoy munosabatlarini ichidan buzib yuyuborishga harakat qilishmoqda va ular ushbu buzilishni aynan Rossiya tomonidan amalga oshirilishiga harakat qilishmoqda. Buning uchun ular ruslarni Xitoy bilan birga bo‘lmaslikka, har tomondan ishontirishga harakat qilishmoqda. “Rossiya va Xitoy bir biriga mos hamkorlar emas, ular tarixda ham har doim raqobat qilib kelgan va ushbu raqobatning ildizlari hali ham bor. Rossiyada 150 million aholi yashasa, Xitoyda 1,5 milliard, Xitoy iqtisodi Rossiyanikidan 10 baravar katta. Texnologik jihatdan ham Xitoy juda yuqori, ustiga ustak u o‘zining “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” tashabbusi bilan an’anaviy Rossiya ta’sir hududi bo‘lgan Markaziy Osiyoga kirib olmoqda. Shuningdek Xitoyning Arktika hudida ham rejalari bor. Ushbu tafovutlarni Kreml, albatta, juda yaxshi biladi va Xitoyning arktik rejalaridan biroz xavtirda. Shuncha katta farq bo‘lishiga qaramasdan Rossiyaning Xitoy bilan do‘st tutinishi, Moskvaning G‘arbdan norozi ekanidan darak beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan Rossiya va Xitoy orasidagi tafovut tobora kattarib boradi va Kreml uchun noqulayliklar tug‘dira boshlaydi. Vashington ushbu vaziyatdan foydalangan holda, Rossiya uchun geosiyosiy va iqtisodiy xatarlarini kamaytirish maqsadida, Moskvani faqat Xitoyga bog‘lanib qolmasdan G‘arb bilan yaqinlashishga undashi kerak”. Yuiorida keltirilgan satrlar Foreign Affairs jurnalida chop etilgan “Vashington Moskvaga Pekin bilan baxtsiz nikohidan ajralishga yordam berishi kerak” mavzusidagi maqolasida aytib o‘tilgan. Muallif Jorjtaun universiteti professori hamda Xalqaro munosabatlar kengashi katta ilmiy xodimi Charlz Kapchanga tegishlidir. Charlz Kapchan shunchaki professor emas, u Obama davrida milliy xavfsizlk kengashi a’zosi bo‘lgan. Ya’ni bu shunchaki ekspert xulosasi emas “Vashington botqog‘ining” fikri deb aytish mumkin. Rossiya va Xitoy qoidalarni qayta yozmoqda. AQSh “yangi davr”da yashashga tayyorlanmoqda11 Fevral 2020, 16:43 Kapchan Rossiyani Xitoydan ajratish oson bo‘lmasligini tushungan holda, rossiya-xitoy munosabatlarig barcha yo‘nalishlarda hujum qilishni taklif qilgan: ular orasida Rossiya aholisini xitoyliklarning Uzoq Sharq o‘lkasini “egallab olishi”dan tortib, “hamma narsani Xitoyga sotgan Putin”gacha bor. Kapchanning yana bir haqiqatdan yiroq xulosasi, Rossiya va Xitoy munosabatlari faqat Si Szinpin va Vladimir Putinning o‘zaro ishonchli va iliq munosabatlariga bog‘liq va ishonchli asosga ega emas. Muallif Moskvani Pekindan ajratish uchun AQSh hukumatiga keng ko‘lamli tadbirlar ro‘yxatini taklif qilgan. Ular orasida AQShning “demokratiya avtokratiyaga qarshi” tashabbusidan voz kechish, Moskva bilan strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik va iqlim o‘zgarishi kabi masalalarda tutash nuqtalarini topish va boshqalar bor. Qizig‘i, AQSh ushbu tadbirlarni nafaqat o‘zi, balkim o‘z hamkorlarini ham bajarishga majbur qilishga tayor. Hamkorlar orasida Hindiston ham bor va muallifga ko‘ra, “ushbu maqsad yo‘lida Hindistondan ayniqsa samarali foydalanish mumkin”. Buning uchun AQSh S-400 sotib olish borasida Hindistonga qarshi kiritilgan sanksiyalarni ham bekor qilishga tayyor. Shunindek, amerikalik ekspert-siyosatchi “Rossiyaga Xitoydan bog‘liqlikni kamaytirishda ham yordam berishga tayyor”. Shu o‘rinda Kapchan “Shimoliy oqim-2”ga yashil chiroq yoqqani uchun maqtadi. Bu Rossiya vaYevropa munosabatlarini chuqurlashtirish mumkin". AQSh: Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda30 Yanvar 2019, 16:52 Ajratish jarayonining yana bir yo‘nalishi, bu Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikada Xitoyning strategik va iqtisodiy ta’sirining oshib borayotganiga qarshi kurashishdir. “AQSh ushbu yo‘nalishlarda Rossiya manfaatlariga aynan Xitoy doimiy ravishda zarar yetkazib kelayotganini Rossiyaga uqtirishi kerak”, deb yozadi ekspert. Bu borada Kapchan, albatta, o‘ziga ma’qul bo‘lgan g‘oyalarni haqiqat deya mubolag‘a qilmoqda, chunki na Rossiya na Xitoy siyosati bir-birining rivojlanishini “ushlab turishga” qaratilmagan. Ularning ikkisi ham AQSh va umuman anglosakslarni Yevroosiyodan quvib chiqarishni istaydi xolos. Umuman olganda Kapchanning maslahatlarida hech bir yangilik yo‘q – ulardan yagona xulosa shuki, agar Moskva va Pekin orasida mafkuraviy urush boshlansa, u juda xavfli bo‘lishi mumkin. Bayden ma’muriyatining bir qismi aynan mana shunga harakat qilmoqda. Kapchan g‘oyalari juda puxta o‘ylangan, mantiqan raso bo‘lsada, amalda ular haqiqatdan ancha uzoq bo‘lib qolmoqda. Vashington hech qachon Moskvani Pekindan ajrata olmaydi. Lekin ushbu buzg‘unchi g‘oyalar orasida, faqat bittasi – hayotga tatbiq etilishi mumkin. U juda oddiy – “milliy elitalar sotilishi” deyiladi. “Putin davlat boshida ekan Rossiya hozirgi yo‘nalishida davom etishi mumkin. Lekin Xitoy shaxdam qadamlar bilan geosiyosiy rivojlanish yo‘lidan borarkan, hozir Moskva va Pekin orasida o‘zaro dushmanlik urug‘lari sepishning ayni vaqti. Ayniqsa Putin ketganidan keyin hukumat boshiga keladigan, Rossiya davlat xizmatchilarining yangi, yosh avlodi orasida”, - deb yozadi Kapchan. Ha bu ular uchun to‘g‘ri g‘oya, Putindan keyin keladigan avlodlar Xitoy bilan strategik hamkorlikni G‘arb bilan yaqinlikka almashtirishi kerak. Ya’ni Rossiya milliy manfatlaridan voz kechishi, ularni sotishi va davlat rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak. Bu yerda faqat bir narsa deyish mumkin – Bu hach qachon malga oshmaydi. Chunki Putindan keyin kelayotgan yangi milliy elita elita, Putin tomonidan yaratilmoqda va ular G‘arbga tobelikdan xoli bo‘ladi va Sharqqa ham tobe bo‘lib qolmaydi.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/aqsh-moskvani-xitoy-bilan-urishtirish-uchun-qanday-uslublardan-foydalanmoqchi-20045812.html
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. FIFA rasmiy saytida terma jamoalarning yangi reytingi e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-pog‘ona yuqorilab, 83-o‘rinni (1284 ochko) band etgan. “Oq bo‘rilar” Osiyo jamoalari orasida 12-pog‘onani egallagan. Qo‘shnilardan Qirg‘iziston 101, Tojikiston 116, Qozog‘iston 124, Turkmaniston esa 130-o‘rinda. Belgiya milliy terma jamoasi peshqadamlikni saqlab qolgan. Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida futbol bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritgan Braziliya ikkinchi pog‘onada. Amaldagi Jahon chempionati g‘olibi Fransiya uchinchi o‘rinda. Angliya va Italiya birinchi kuchli beshlikka yakun yasagan. Eslatib o‘tamiz, Futbol bo‘yicha Jahon chempionati—2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi hal qiluvchi o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shundan so‘ng Vadim Abramov bosh murabbiylikdan ketdi.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/yangilangan-fifa-reytingida-ozbekiston-3-pogona-yuqoriladi-20052770.html
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra: Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) instituti ta’sis etildi;Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi tugatildi. Bolalar ombudsmani: - o‘z vakolatlarini mustaqil amalga oshiradi, faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir; - Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan besh yil muddatga saylanadi. Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi. Farmonga ko‘ra, Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi. Sentabrdan bolalar nafaqalarining miqdori va qamrovi oshadi – yangi qonun12 Avgust 2021, 10:06 Shuningdek, 2021-yil 1-sentabrdan quyidagilar tashkil etiladi: Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tarkibida Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘’basi; - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati; - tuman (shahar) hokimliklarida bolalarni himoya qilish sho‘’balari. Vazirlar Mahkamasi sho‘’basi va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining hududiy tuzilmalariga ishga birinchi navbatda “psixologiya”, “yurisprudensiya” va “ijtimoiy ish” sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega fuqarolar qabul qilinadi.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/bolalar-ombudsmani-instituti-tasis-etildi-20047722.html
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent shahridada koronavirusga qarshi bepul vaksinani sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi. Voqea iyul oyida ro‘y bergan. Fuqaro "Telegram" messenjeri orqali davlat tomonidan bepul emlash uchun berilgan vaksinasi sotilayotgani haqida e’lonni ko‘rgan va ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Mazkur arizaga asosan, 8-iyul kuni Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasida joylashgan "Gurman" kafesi ro‘parasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro A.Z. fuqaro M.Ya.ga 186 dona ZF-UZ VAC2001 vaksinasini 27 mln 750 ming so‘mga (har bir dozasi uchun 150 ming so‘mdan) sotishini kelishib, ushbu pullar hisobidan 1400 dollarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlangan. O‘tkazilgan surishtiruv davrida, A.Z. ushbu vaksinalarni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalardan birida katta hamshira bo‘lib ishlovchi B.S.dan olganligi aniqlangan. Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi10 Avgust 2021, 14:52 Holat yuzasidan A.Z. hamda B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi 2-qismi "b" bandi (Dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/toshkentda-bepul-ozbek-xitoy-vaktsinasini-pullashga-uringanlar-ushlandi-20050056.html
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida xizmatlar sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Prezident bu sohani iqtisodiyotda muhim drayverga aylantirish va 2023-yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, joriy yilning iyun-dekabr oylarida xizmatlar sohasida 415 mingta ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. Bu reja yangi tadbirkorlik subyektlari va tunu kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish, birinchi qavat va yerto‘lalarni ijaraga berish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, iyun-iyul oylarida 24 ming kishi o‘zini o‘zi band qilgan, yangi tadbirkorlik subyektlarida 17 ming fuqaro ishli bo‘lgan. Prezident bu tajribani mamlakatning boshqa hududlarida ham tatbiq etish bo‘yicha topshiriq berdi. Qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, xizmat ko‘rsatuvchilarga moliyaviy yengilliklar berish orqali ular faoliyatini rasmiylashtirish muhimligi ta’kidlandi. O‘zbekistonda davlat xizmatlari muddati qisqartiriladi va to‘lov miqdori kamaytiriladi11 May 2021, 10:28
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/toshkentda-xizmatlar-sohasida-qariyb-500-mingta-ish-ornini-yaratish-rejalashtirilmoqda--20048174.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Jazoirdagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari 65 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. “65 kishi o‘rmon yong‘inlari qurboni bo‘ldi, ulardan 28 nafari harbiy xizmatchilar, 37 nafari oddiy aholi. Qurbonlarning aksariyati Tizi-Uzu viloyatidan”, - deya xabar qilgan mamlakat davlat telekanali. 10 avgust kuni Jazoir bosh vaziri Ayman bin Abdurahmon 42 kishi mamlakatning tog‘li hududidagi yong‘inlar qurboni bo‘lganini ma’lum qilgan edi. O‘sha kuni mamlakat Mudofaa vazirligi Tizi-Uzu viloyatida olov qurshab olgan qishloqlardagi yong‘inni o‘chirish va odamlarni qutqarish vaqtida 18 nafar harbiy halok bo‘lganini xabar qildi.
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/jazoirdagi-ormon-yonginlari-qurbonlari-65-kishiga-etdi-20044409.html
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Afg‘onistondagi “Junbish” (Harakat) partiyasi rahbari, harbiy qo‘mondan Abdu Rashid Do‘stum Balx viloyati, Mozori-Sharif shahriga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston. Abdu Rashid Do‘stumning ushbu murakkab vazatda Afg‘oniston shimoliga kelishidan maqsad –Tolibon*ga qarshga kurashga boshchilik qilishdir, - deyilgan xabarda. Jurnalistlarga bergan qisqa intervyusida, Do‘stum, Tolibon* bu safar shimol qopqondan chiqib keta olmasligini ma’lum qilgan. U Tolibon* oldin ham bir necha bor ushbu hududga kelganini, lekin har doim mag‘lub bo‘lganini esga olgan. “Bu safar ham ularni mulla Fozil taqdiri kutmoqda. “Tolibon*”ga qarshi Faryob, Toxar, Jauzjan va Balx viloyatlarida bir vaqtning o‘zida bir necha operatsiyalar o‘tkazish kerak.”, - dedi Do‘stum. General Do‘stum aytishiga ko‘ra, uning o‘zi mamlakatda bo‘lmagani sababli uning ona shahri Shibirgan Tolibon qo‘liga o‘tgan. “Agar men Afg‘onistonda bo‘lganimda edi, Tolibon butun Pokistonni boshlab kelsa g‘alaba qozona olmasdi”, - dedi qo‘mondon. Tolo Nyuz xabariga ko‘ra, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, sobiq vitse-prezident Abdu Rashid Do‘stum, prezidentning siyosiy masalalar va xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Mohaqiq hamda mujohidlar qo‘mondoni Juma Xon Hamdard chorshanba kuni Mozori Sharifga yetib kelishgan. Bu yerda ular Balx viloyati sobiq hokimi Atta Muhammad Nur bilan Afg‘oniston qurolli kuchlari hamda mobilizatsiya qilingan mahalliy ko‘ngilli kuchlar harakatlarini muvofiqlashtirish hamda Tolibon bosib olgan hududlarni tozalash operatsiyalarini boshqarishi bilan shug‘ullanishadi.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/general-dostum-afgoniston-mozori-sharifga-etib-keldi-20051152.html
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Amerikaning MedRxiv sayti xabariga ko‘ra, hamma vaksinalar ham koronavirusning delta shtammidan samarali g‘imoya qila olmaydi. Xususan, Pfizer vaksinasining delta shtammga qarshi samaradorligi - 42%ni tashkil qilgan, Moderna vaksinasiniki esa — 76%. Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bir necha kun oldin "Sputnika V" vaksinasining koronavirusga qarshi samaradorligi 83%ni tashkil qilishini ma’lum qilgan edi. Amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotda Moderna va Pfizer vaksinalari bilan emlangan 180 ming kishi ishtirok etdi. Tadqiqotning maqsadi, uzoq vaqt davomida vaksinalarning turli yangi shtammlarga qarshi samaradorligini baholash edi. Shu sababli ham izlanishlar bir necha oy davomida: yanvardan iyulgacha o‘tkazilgan. Isroil “Pfizer” vaksinasining delta-shtammga qarshi samarasiz ekanini ma’lum qildi20 Iyul 2021, 11:32 O‘tgan davrda ikkala vaksina ham koronavirusning dastlabki shtammiga qarshi yuqori samaradorlik ko‘rsatgan: Moderna – 86%, Pfizer — 76%. Lekin iyul oyida, yangi shtamm paydo bo‘lganidan so‘ng ularning samaradorligi pastga tushgan. “Minnesota shtatida o‘tkazilgan tadqiqotda mRNA-1273 (Moderna) vaksinasining samaradorligi 76%, BNT162b2 (Pfizer) vaksinasining samaradorligi esa - 42%gacha tushishi kuzatildi”, - deyilgan xabarda. Tadqiqotning yakuniy xulosasai sifatida olimlar Moderna vaksinasi bilan emlanganlar butun kuzativ davomida Pfizer bilan emlanganlarga nisbatan 2 baravar yaxshiroq himoyalangan, deb xabar qilishdi.
2021-12-08
https://oz.sputniknews.uz/20210812/qaysi-vaktsina-delta-shtammga-qarshi-kuchliroq--20053111.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Roppa-rosa bir yil avval Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bu davr mobaynida o‘zining sifati va xavfsizligini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novostiga N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu vaqt ichida saraton kasalligiga chalinganlarni emlash uchun bo‘lgan muayan cheklovlar olib tashlangan, vaksina bilan homiladorlar va keksalarni emlashga ruxsat berilgan. Sobiq SSSR davlatlari birinchi shaxslaridan kimlar "Sputnik V" bilan emlandi?1 Iyul 2021, 16:21 Eslatib o‘tamiz, bundan roppa-rosa bir yil ilgari – 2020-yil 11-avgust kuni - Rossiya SSV COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga olgan edi. Vaksina “Sputnik V” deb nomlandi. U insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan. Xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi uning muhim afzalliklaridir. Bugungi kunda vaksina dunyoning yetmishga yaqin davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan va aholini emlash uchun foydalanilmoqda. O‘nlab mamlakatlarda uni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, jumladan, O‘zbekistonda uni avgust o‘rtalaridan ishlab chiqarish boshlanadi.
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/gintsburg-sputnik-v-bir-yil-ichida-ozining-sifati-va-xavfsizligini-tasdiqladi-20034760.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Mo‘ynoq tumanidagi stadionlardan birida ommaviy mushtlashuv aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 10-avgust kuni soat 18:00 da Mo‘ynoq tumani “Orol” klubi stadionida futbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston XXVIII chempionatining 8-turida “Mo‘ynoq Siti” va Milliy gvardiyaning “Jayhun” jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. O‘yin paytida ikki jamoa o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Bunga 67-daqiqada “Mo‘ynoq Siti” vakili S. Mirzamurotov “Jayhun” a’zosi A. Yerejepovni yiqitishi sabab bo‘lgan. Buning ortidan stadiondagi muxlislar ham o‘z noroziligini bildirib, maydonga chiqishgan. IIB va Milliy gvardiya xodimlari tezda janjalni to‘xtatishgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoki shifoxonaga tushganlar yo‘q.
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/moynoqda-futbol-oyini-vaqtida-katta-janjal-yuzaga-keldi-20033425.html
REUTERS / Albert Gea5 avgust kuni "Barselona" Messi bilan shartnomani yangilay olmadi.1/15 REUTERS / Albert Gea5 avgust kuni "Barselona" Messi bilan shartnomani yangilay olmadi. REUTERS / Albert Gea 8 avgust kuni futbolchi klub bilan rasman xayrlashdi va ko‘z yoshlarini tutib turolmadi.2/15 REUTERS / Albert Gea 8 avgust kuni futbolchi klub bilan rasman xayrlashdi va ko‘z yoshlarini tutib turolmadi. AFP 2023 / Pierre-Philippe MarcouIspaniyaning yetakchi gazetalari uning ketishini yoritib borishdi.3/15 AFP 2023 / Pierre-Philippe MarcouIspaniyaning yetakchi gazetalari uning ketishini yoritib borishdi. REUTERS / Albert Gea"Barselona" muxlislari hozirgacha bu haqiqat ekaniga ishongilari kelmayapti.4/15 REUTERS / Albert Gea"Barselona" muxlislari hozirgacha bu haqiqat ekaniga ishongilari kelmayapti. AFP 2023 / Pau BzrrenaUlar bir necha "Barselona" klubi oldida tunni bedor o‘tkazishdi va Messi olib qolish yo‘llarini izlashni talab qilishdi.5/15 AFP 2023 / Pau BzrrenaUlar bir necha "Barselona" klubi oldida tunni bedor o‘tkazishdi va Messi olib qolish yo‘llarini izlashni talab qilishdi. AP Photo / Francois Mori"PSJ" fursatli qo‘lday boy bermay Messi bilan shartnoma imzolash uchun barcha imkoniyatini ishga soldi.6/15 AP Photo / Francois Mori"PSJ" fursatli qo‘lday boy bermay Messi bilan shartnoma imzolash uchun barcha imkoniyatini ishga soldi. AFP 2023 / Pau BarrenaBarselonadgi "Kamp Nou" stadionida Messi surati olib tashlandi.7/15 AFP 2023 / Pau BarrenaBarselonadgi "Kamp Nou" stadionida Messi surati olib tashlandi. REUTERS / Yves HermanParijlik muxlislarning quvonchi cheksiz bo‘ldi. 8/15 REUTERS / Yves HermanParijlik muxlislarning quvonchi cheksiz bo‘ldi. AFP 2023 / Zakaria Abdelkafi Ular Messining Ispaniyadan Parijga uchib kelishi bir necha kun aeroportda kutishdi.9/15 AFP 2023 / Zakaria Abdelkafi Ular Messining Ispaniyadan Parijga uchib kelishi bir necha kun aeroportda kutishdi. AP Photo / Francois Mori"PSJ" Lionel Messi transferini 10-avgust kuni e’lon qildi10/15 AP Photo / Francois Mori"PSJ" Lionel Messi transferini 10-avgust kuni e’lon qildi AFP 2023 / Zakaria Abdelkafi Tomonlar bir yilga uzaytirish bandi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan..11/15 AFP 2023 / Zakaria Abdelkafi Tomonlar bir yilga uzaytirish bandi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.. AFP 2023 / Josep Lago Futbolchi Parijga oilasi bilan ko‘chib keldi12/15 AFP 2023 / Josep Lago Futbolchi Parijga oilasi bilan ko‘chib keldi REUTERS / Yves Herman Parijga keliboq, Messi muxlislarga ko‘rinish berdi.13/15 REUTERS / Yves Herman Parijga keliboq, Messi muxlislarga ko‘rinish berdi. AP Photo / Francois MoriMessi yangi jamoasida yiliga 35 million yevro maosh oladi.14/15 AP Photo / Francois MoriMessi yangi jamoasida yiliga 35 million yevro maosh oladi. AP Photo / Francois MoriMessi parijliklar safida 30-raqam ostida harakat qiladi. U "Barselona"dagi faoliyatining boshida ham aynan shu raqamda harakat qilgan.15/15 AP Photo / Francois MoriMessi parijliklar safida 30-raqam ostida harakat qiladi. U "Barselona"dagi faoliyatining boshida ham aynan shu raqamda harakat qilgan. Argentinalik hujumchi Lionel Messi erkin agent sifatida "PSJ"ga o‘tdi. 34 yoshli futbolchi bilan klub bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bitimda uni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi ko‘rsatilgan band ham bor. Messi Parij klubida 30-raqamda o‘ynaydi. U "Barselona"dagi faoliyatining boshida ham aynan shu raqamda harakat qilgan. Lionel Messi Ispaniyaning "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2000-yildan beri klub sharafini himoya qilib kelardi. 2003-yildan esa asosiy jamoada o‘ynashni boshladi. U katalon klubi bilan Ispaniya chempionati (10), Ispaniya Kubogi va Superkubogi (7 tadan), Chempionlar Ligasi (4), Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati (3 martadan) bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan. Messi faoliyati davomida "Barselona"dan boshqa jamoada o‘ynamagan. U "ko‘k-anorranglilar" safida umumiy hisobda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol va 305 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning jamoa bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari soni esa 35 tani tashkil qiladi. 5 avgust kuni "Barselona" Messi bilan shartnomani yangilay olmagani va u endi klubdan ketishini e’lon qildi. 8-avgust kuni futbolchi klub bilan rasman xayrlashdi. La Liganing qat’iy qoidalari va "Barselona"ning 1 milliard yevrodan oshadigan qarzi tufayli Messi bilan shartnoma tuzishning imkonini bermadi. Shu tufayli maosh ikki barobar qisqargan taqdirda ham "Barsa"da Messi bilan shartnomani yangilash imkoni bo‘lmadi. Shu tariqa, dunyo futbol olamini hayratga solib, Messi ""PSJ"ga o‘tdi va endi uni parijliklar tarkibida harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Bir necha yil avval bunday bo‘lishi hech kimning, ayniqcha "Barsa" muxlislarining hayoliga ham kelmagandi.
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/imkoni-bolmagan-narsa-messi-psjga-otdi-va-parijliklar-sharafini-himoya-qiladi-20040869.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan “Jurabek Laboratories” kompaniyasi Rossiyada sifat nazoratidan o‘tdi va kelgusi haftadan vaksinani keng ko‘lamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda RIA Novostiga korxona direktori Farrux Lutfullayev ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazidan iyul oyida ishlab chiqarilgan “Sputnik V”ning ilk partiyasi sifati bo‘yicha ijobiy natijalar olingan. “Biz Rossiyadan vaksinaning sifati bo‘yicha ijobiy javob oldik. Hozir Rossiyadan xomashyo kutapmiz, keyingi haftadan quyishni boshlaymiz”, - dedi Lutfullayev. May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgan edi. Asadov O‘zbekistonda “Sputnik V” ishlab chiqarishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi 2 Avgust 2021, 17:16 29 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi. 31 iyul kuni Rossiya to‘g‘ridan -to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) O‘zbekistonda “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifatni nazorat qilish uchun Gamaleya markaziga yuborilgandi.
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/javob-ijobiy-ozbekistonda-sputnik-v-kelgusi-haftadan-ishlab-chiqariladi-20032576.html
TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Buxoroda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi vakillari hamda turkiyalik kinoijodkorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri O‘zbekiston Kinematografiya agentligiga asosan. Xorijlik mehmonlarning O‘zbekistonga tashrifi “Turk dunyosi mamlakatlari: O‘zbekiston - Turkiya. Kino sanoati sohasida mamlakatlar o‘rtasida hamkorlik va koproduksiya shakllarini izlash" shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuv davomida bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, turklarning “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalidagi ishtiroki, taqdim etiladigan filmlar soni va mazmuni ham muhokama etildi. Tadbir yakunida mehmonlar uchun Buxoroning diqqatga sazovor joylari hamda shahar kinoteatrlariga ham ekskursiya uyushtirildi. Qalblarni eritgan o‘zbek quyoshi: O‘zbekiston va Rossiya ijodkorlarining yangi kartinasi9 Avgust 2021, 17:37 Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Ipak yo‘li durdonasi” kinoanjumani 1968 - 1997-yillarda muntazam o‘tkazib kelingan "Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali"ining davomchisi hisoblanadi. Bu yilgi xalqaro kinoanjuman 28-sentabrdan 3-oktabrga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda va unda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Belorus, Ozarbayjon kabi bir qator davlatlar ishtiroki kutilmoqda.
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/ozbek-va-turk-kino-ijodkorlari-koproduktsiya-shakllarini-izlashmoqda-20032707.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Kseniya Melnikova. Bayden AQShning Polshadagi elchisi etib taniqli amerikalik siyosatchi Zbignev Bjezinskiyning o‘g‘li Mark Bjezinskiyni tayinlashni taklif qildi. Buni nafaqat Moskvada, balki Sharqiy Yevropaning barcha poytaxtlaridan razmiy deb hisoblashgan bo‘lishardi. Ammo Varshava diplomatni qabul qilishni xohlamayapti. Polsha va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida nimalar ro‘y bermoqda – RIA Novosti o‘rgandi. Otasiga tortgan Amerika ma’muriyatining qisqa xabari Sharqiy Yevropada shov-shuvni keltirib chiqardi. “Prezident Jozef Bayden Mark Bjezinskiyni Polsha Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchi etib tayinlamoqchi ekanini e’lon qildi”, - deyiladi Oq uy saytida. Endi uning nomzodini senat ma’qullashi kerak. Tramp davrida AQShni Polshadagi vakili Jorjet Mosbaxer edi. Yanvar oxirida u bu lavozimdan ketdi. Kreml Rossiyani “normal bo‘lmagan mamlakat” deb atagan Polsha prezidentiga javob qaytardi 27 May 2021, 16:53 Mark – 1977-1981 yillarda prezident Jimmi Karter davrida millif xavfsizlik maslahatchisi bo‘lgan Zbignev Bjezinskiyning o‘g‘li. “U polyak tilida erkin gaplashardi, Polshada uni yaxshi bilishar va hurmat qilishardi”, - deb yozadi “Associated Press”. Bjezinskiyni sovuq urushdagi amerika g‘alabasi hammuallifi deb hisoblashadi. U amerikaliklarning Afg‘onistonda sovet rejimiga qarshi kurashgan mujahedlarni faol qo‘llab-quvvatlashlari tarafdori bo‘lgan. 1970-yillarda AQSh Sovet Ittifoqi O‘rta Sharqqa jalb qila oldi. Keyinchalik Zbignev NATOni kengaytirish va Rossiyani tutib turish tashviqotini olib bordi. Taniqli siyosatchining fikriga akademik va diplomatik hamjamiyatning hamma ham vakillari qo‘shilmasdi. “Ukraina Yevropa dunyoning bir qismi bo‘lishini xohlayotganini isbotlashi kerak. Agar u buni uddalasa, Rossiya uchun yagona istiqbol – voqelikka ko‘nish va o‘zi ham Yevropaning bir qismi bo‘lishi”, - deya bashorat qilardi u. Katta Bjezinskiy, aftidan, Ukrainaga katta ahamiyat bergan. “Usiz Rossiya imperiya bo‘lishdan to‘xtaydi, - deb hisoblardi u. – Sotib olibgan, keyin esa qaram qilingan ubilan esa avtomatik ravishda imperiya aylanadi”. “Zbiga” o‘g‘li ham Sharqiy Yevropa va Yevroosiyoni faoliyati mavzusi sifatida tanladi. Kichik Bjezinskiyning diplomatik tajribasi bor: Prezident Klinton ma’muriyatida u Rossiya va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha direktor bo‘lgan, keyin Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashida Bolqon yarim oroli bo‘yicha direktor. Barak Obamaning saylov shtabida tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan, 2011-yildan 2015-yilgacha Shvetsiyada elchi bo‘lgan. 54 yoshli Bjezinskiy – yurist, Dartmut kolleji va Virjiniya universitetida tahsil olgan. Sal keyinroq Oksfordda siyosatshunoslikni o‘rgangan, polyak va fransuz tillarini biladi. Bjezinskiyning Varshava bilan munosabatlari alohida. U u yerda Fulbrayt stipendiya loyihasi asosida o‘qigan, “Polshada konstitutsionalizm uchun kurash” kitobini yozgan. Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan – bu mukofotni prezident xalqaro hamkorlik va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishni mustahkamlashdagi ulkan yutuqlar uchun beradi. Umuman ravnaq uchun emas Polsha bilan chambarchas aloqalar bu holatda hoynahoy zarar yetkazishga qodir. Polshaning “Onet” yangiliklar portalining mamlakat hukumatidagi manbalariga tayangan holda yozishicha, Varshava hozircha Bjezinskiyga agreman berishdan bosh tortapti. Sababi – Polsha fuqaroligi. Gap shundaki, Markning otasi – Zbignev Bjezinskiy – 1928-yilda Varshavada tug‘ilgan va uning farzandlari Polsha qonunlariga ko‘ra avtomatik ravishda bu mamlakat fuqarolari sanaladi. Shu bilan birga ularning hech qanday rasmiy hujjatlari yo‘q. 1961-yildagi Vena konvensiyasining diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi 8-moddasida aytilgan: diplomatik missiya a’zolari ular o‘sha davlat fuqarolari bo‘lishlari shart. Lekin shu bilan birga, ularni tayinlayotgan davlat diplomatni qabul qilish huquqiga ega, agar u va uning fuqarosi ham rozi bo‘lsa. Ammo Polsha TIVning ko‘p yilik amaliyoti boshqa. “Polsha fuqarosi diplomatik missiyani (Polshada) bajarmasligi shart, zero soliq yoki yuridik immunitet talab qilishi mumkin. Qoida amal qiladi: “O‘z mamlakatida elchi bo‘lolmaydi”, - deya tushuntirishmoqda mahalliy OAVlar. Diplomatik vakolatxonaga rahbarlik qilish uchun Mark prezident Anjey Dudaga uni fuqarolikdan mahrum qilishni so‘rab murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu talab Bayden ma’muriyati va kichik Bjezinskiyning o‘zini ham hayratga soldi. U o‘zini polyak deb hisoblamasligi va umuman bu mamlakat fuqarosi emasligi aytapti. Biroq Varshavaning fikri boshqacha. Bjezinskiy Dudadan biror bir narsani so‘rashdan bo‘yin tovlayapti. “Amerika hukumati bu jarayonni tahqirlash deb hisoblaydi, zero Polsha tomoni AQSh buning istaklarini jimgina bajarishini istaydi”, - deya yozadi Wyborcza. Polshaga Kaliningrad kerak: mojaro boshlanib bo‘ldi9 Avgust 2021, 17:03 Odatda mamlakatlar agramen so‘rovini bir oy ichida ko‘rib chiqadi, lekin do‘st davlatlar ikki haftada ham ishni pishirishadi. AQShning Varshavadagi elchilariga ikki-uch kunda hujjat bergan vaqtlari ham bo‘lgan. Nomzoddan norozilik va jarayonni cho‘zishni odatda munosabatlar yomonlashishining signali deb hisoblashadi. Gap umuman Bjenskiyning fuqaroligida emas, balki Polsha hukumatining Vashingtondagi yangi prezident ma’muriyati bilan aloqalarida ekanligi istisno qilinmaagan. “Bu mavzu – amerikaliklarga bosim o‘tkazish uchun bahonadan boshqa narsa emas. Barcha manbalarimiz ta’kidlashaptiki: bundan ma’lumotning OAVga sizdirilishi ham elchi Bjezinskiyning ehtimoliy diplomatik missiyasi uchun, ham Polsha-AQSh munosabatlari uchun falokatlik oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin”, - deya yozadi Wyborcza. Varshava va Vashington ittifoqdoshlar bo‘lishlariga qaramasdan, ularning bir-birlariga bo‘lgan da’volari oz emas. Masalan, Andjey Duda Jozef Baydenni AQSh prezidenti lavozimiga saylanganligi bilan Germaniya, Britaniya va Fransiya kabi 7-noyabrda esa, balki dekabr oxirida – ovoz berishning rasmiy natijalari e’lon qilinganda tabrikladi. Yaqinda Varshava Vashingtonni u “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishga ruxsat bergani uchun tanqid qildi. AQSh – xususan, yangi ma’muriyat – Polshani uning fuqarolarining demokratik erkinliklarini cheklashda ayblaydi. Bir guruh amerikalik senatorlar Polshada “demokratiyaning doimiy regressi” borligini ta’kidlagandi. Iyul oyida Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays Varshavaga matbuot erkin va mustaqil bo‘lish kerakligini eslatib qo‘ydi. “Rossiyadagi uning roliga keragidan ortiqcha baho berilgan” Ko‘pchilik Mark Bjezinskiy otasi singari rusobof siyosatini o‘tkazishidan hadiksirashmoqda. 2020-yil iyulida uning akasi Yan Vashitgton Moskvaga nisbatan yetarlicha qattiqqo‘l bo‘lmaganini aytdi. Uning fikricha, bunday yondashuv Kremlning tashqi siyosiy yo‘nalishini o‘rgartirmagan va hatto “Rossiya prezidentiga jasurlik bag‘ishlagan”. Bjezinskiyning Polshadagi Amerika elchisi etib tayinlanish ehtimolinini Varshava va Moskva munosabatlari nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqmaslik kerak. Bu ularga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak, deb hisoblaydi E.M. Primakov nomidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Dmitriy Ofitserov-Belskiy. “Bu yerda Rossiya uchun hech qanday signal yo‘q. Amerikaliklar, hoynahoy, hatto tasavvur qilishmaydi, Moskvada Zbignev Bjezinskiy figurasiga qanchalik ortiqcha baho berilgan. AQShda u maslahatchi, hukumatga yaqin kishi edi, biroq uni hech kim nufuzli intellektual va boz ustiga Sovet Ittifoqi g‘oyasga qarshi kurashuvchi deb hisoblamagan. Bjezinskiyning tayinlash yordamida AQSh polyaklarga maylni namoyon etishmoqchi bo‘lishdi”, - deydi ekspert. “Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSh qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi4 Iyun 2020, 16:24 U elchining shaxsiyati ko‘zgan ko‘rinarli ekani, lekin u xalqaro siyosatda asosiy rolni baribir o‘ynamasligini ta’kidlaydi. “AQShning Polshadagi diplomatik vakolatxonasi rahbari biror bir muhim funksiyani bajaradi deb o‘ylamayman. Unga unchalik ko‘p narsa ham bog‘liq emas”, - ishonchi komil Ofitserov-Belskiyning. Uning fikricha, Varshava va Vashington munosabatlari, hech narsaga qaramasdan ajoyib. Mamlakatlar o‘rtasida strategik hamkorlik mavjud. Buyuk Britaniya YeIdan chiqqandan so‘ng Polsha avtomatik ravishda AQShning Yevropa Ittifoqidagi sodiq va izchil ittifoqdoshi, uning ta’siri agenti bo‘ldi.
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/rossiya-evropa-boladi-aqsh-va-polsha-munosabatlarida-nima-roy-berdi-20040053.html
Uch kun 8-10 avgust ichida "Tolibon"* mamlakat janubi-g‘arbidagi Nimroz provinsiyasi ma’muriy markazini hisobga olmaganda, beshta shimoliy provinsiyalar - Qunduz, Sari-Pul, Juzjon, Samangan, Balx poytaxtlarini egalladi. Toliblar tomonidan "boshidan judo qilingan" Afg‘onistonning beshta provinsiyasi xaritada bitta dog‘ ko‘rinishiga ega, shu bilan birga Juzjon, Balx va Qunduz Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh. "RF va XXR strategik mashqlari-2021" – amerikaliklar va toliblarga katta salom10 Avgust 2021, 15:42 Harbiy-diniy harakatning yoz boshidan buyon aksariyat provinsiyalarda hukumat kuchlari ustidan qo‘li baland kelmoqda, biroq shunday bo‘lsa-da, Afg‘oniston shimolidagi muvaffaqiyatlar paradoksal ko‘rinishga ega bo‘lib qolyapti. Bu yerda "Tolibon"* pozitsiyalari markaziy va janubiy provinsiyalarga qaraganda, hamisha kuchsizroq bo‘lgan. Toliblar ilk marta 1996-2001 yillarda hokimiyat tepasiga ilk bor kelganida, mamlakatning bir qismi, Shimoliy koalitsiyaning sa’y-harakatlari bilan, terrorchilar nazoratidan chetda qolgan. O‘sha paytda Panjsher g‘orida yuz minglab qochqinlar bor edi, ular yetishmovchilikdan aziyat chekishgan (ichimlik suvi va oziq -ovqat mahsulotlari yetarli bo‘lmagan), lekin o‘z uylarida emas, "Tolibon"* hukmronligi ostida yashashdan ko‘ra, shunday hayotni afzal ko‘rishardi. Hukumat kuchlari va ekstremistlar o‘rtasidagi eng shiddatli janglar 18 provinsiyalarda, jumladan, Badaxshon, Taxor, Qunduz, Juzjon, Hirot, Hilmand va Qandahorda kechgan. Shu bilan birga, yuzlab tinch aholi halok bo‘lgan, 57 mingdan ortiq oilalar o‘z uylarini tashlab ketishgan. Qochqinlar Qobulda norozilik namoyishini o‘tkazib, hukumat va BMTdan yordam talab qilishmoqda. Afg‘oniston Islom Respublikasi Ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab jangovar harakatlar va toliblar hujumidan keyin o‘quvchilarning 42 foizi ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Va bu yaqinlashib kelayotgan "Islom amirligi"ning shunchaki shu’lalaridir. Vashington tomonidan uyushtirilgan navbatdagi gumanitar falokat belgilaridan xavotirga tushib, Vashington qo‘ldan kelgan yordamni bermoqda - u "Tolibon" pozitsiyalari va yaqin binolarni katta balandlikdan bombardimon qilayotgan V-52 strategik bombardimonchilarini yo‘lladi. Bu singari taktika so‘nggi 20-yil ichida toliblarni o‘zgartirmadi, AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilgandan so‘ng esa aviazarbalar umidsizlik va siyosiy ojizlik ko‘rinishini olmoqda. Kim aybdor Vashingtonda Afg‘oniston yo‘nalishida aniq harakat rejasi yo‘q. AQSh Harbiy -havo kuchlari hali ham toliblarga qarshi aviazarbalarni, asosan, Fors ko‘rfazidagi Al- -Udeyd aviabazasidan amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, Pentagon zudlik bilan ro‘y beradigan qulashda o‘z afzalliklari - zamonaviy qurollar va son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan xavfsizlik kuchlaridan no‘noqlik bilan foydalanayotgan Qobul "rahbariyati"ning o‘zi aybdor bo‘lishiga shama qilmoqda. Marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi5 Avgust 2021, 13:42 Amerikaliklar uchun Afg‘onistonda NATO standartlari bo‘yicha, mahalliy reallik va mentalitetni hisobga olmagan holda kechgan yigirma yillik harbiy qurilish (o‘nlab milliard dollarlik sarmoya) samarasiz bo‘lganini tan olish qiyin. Amerikaning Defense Priorities tahliliy markazi direktori Benjamin Fridmanning so‘zlariga ko‘ra, undan The Washington Times nashri iqtibos keltiradi, "davlat qurilishi missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, yomon davlat poydevorida jangovar qobiliyatga ega qurolli kuchlarni qurish esa deyarli imkonsizdir". Toliblar afg‘on shaharlarini xuddi kompyuter o‘yinlaridagi singari - tezkor, minimal yo‘qotishlar bilan egallashmoqda. Dushman tomonidan olib qo‘yilgan zirhlangan texnikadan hamda o‘zining maxsus bo‘linmalaridan o‘ta mohirona foydalanishmoqda. Shu kunlarda hatto strategik jihatdan muhim bo‘lgan va shu vaqtgacha shiddat bilan o‘zini himoyalagan, "Tolibon"ning eng asosiy raqiblaridan biri - marshal Abdul-Rashid Do‘stum shtabi dislokatsiyasi manzili bo‘lib xizmat qilgan Shebergan provinsiyasi markazi (O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralari yaqinida joylashgan) ham taslim bo‘ldi. BMT Xavfsizlik Kengashi Afg‘oniston bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, bu tadbirni toliblar ko‘rmaslikka olishdi. BMTning Afg‘oniston bo‘yicha missiyasi rahbari Debora Layons shahar hududlariga uyushtiriladigan hujumlar fuqarolar orasida ulkan qurbonlarga olib kelishi mumkinligi, mamlakatni "fojiali tarzda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan inqirozlar zanjiri" kutayotgani haqida ogohlantirdi va Islom Amirligining qayta tiklanishi AQSh uchun nomaqbul ekanligini qo‘shimcha qildi. Bir vaqtning o‘zida Vashington va London o‘z fuqarolarini "portlash" yoqasida turgan Afg‘onistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon"* haqida nima degan edi10 Avgust 2021, 14:32 Gipotetik jihatdan, Pentagon hali ham qaytishi mumkin, lekin aslida buning uchun pul ham, vaqt ham yo‘q. The New York Times, Oq uydagi yuqori martabali amaldoriga tayangan holda, toliblarning harbiy muvaffaqiyatlari AQSh prezidenti Jo Baydenning AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish rejalarini o‘zgartirmaganini yozmoqda. Shunday qilib, Vashington Osiyo va Yevropadagi ittifoqchilarini uzil-kesil taqdir va toliblar hukmiga qoldirmoqda. Nima qilmoq kerak Uzoq davom etgan urushdan so‘ng, AQSh va NATO "Tolibon"*ni hujumlardan va yaqin g‘alabadan voz kechishga ko‘ndirmoqchi. Alyanskning rasmiy vakili 10-avgustda: "Toliblar hujumlarni to‘xtatishi va tinchlik muzokaralarida halol ishtirok etishi kerak", dedi. Shimoliy Atlantika alyansi terrorchilarni qurolli kurashni to‘xtatishga chaqirgan holda, aks holda xalqaro hamjamiyat ular hokimiyatini hech qachon tan olmasligini aytmoqda. Juda kmob, paradoksal soddalik. Toliblar tomonidan Qobulning ikkinchi marta egallanishiga ko‘p vaqt qolmayapti. Keyin esa Afg‘oniston hududidan xalqaro terrorizm G‘arbiy Yevropa yo‘nalishida "kuchni proyeksiyalash"ni boshlaydi. Albatta, giyohvand moddalar savdosi ham hech qayerga ketmaydi. AQSh elchixonasi amerikaliklarni Afg‘onistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi7 Avgust 2021, 16:16 Dohada Rossiya, Xitoy, Pokiston, AQSh va "Tolibon"* ishtirokidagi Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralari 10-avgustda boshlangan. Muzokaralar natijasini oldindan prognoz qilish qiyin, lekin Afg‘onistondagi urush, so‘zsiz, davom etadi. Mavjud Islom Respublikasining hukumat tuzilmalariga qonunan o‘rnasha oladigan, avtomatlarni tashlab, qo‘lga ketmon oladigan, kelishuvga boraoladigan, "yaxshi toliblar" haqidagi ertaklarni faqat mas’uliyatsiz, g‘arazli odamlargina to‘qishi mumkin. Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston har ehtimolga qarshi Afg‘oniston chegaralari yaqinida katta kuchlar, bronetexnika va zarba beruvchi samolyotlarni jalb etgan holda qator qo‘shma harbiy manyovrlarni amalga oshirdilar. Bundan tashqari, Moskva Markaziy Osiyo mamlakatlariga qurol yetkazib berish hajmini oshirdi va milliy qurolli kuchlarning takomillashtirilishida faol ko‘mak bermoqda. "Tolibon"* AQShni afg‘on mojarosiga aralashmaslikka chaqirdi9 Avgust 2021, 08:28 Rossiya Tojikistondagi 201-harbiy bazasini sezilarli mustahkamladi, arsenalda yangi bronetexnika, masofasi uzaytirilgan ognemetlar paydo bo‘ldi. Kuchaytirilgan jangovar tayyorgarlik saqlanib qolmoqda va bu ufqda sharpasi ko‘rinish berayotgan harakatlari oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan "Islom amirligi" bilan ehtimoliy muloqotga oqilona yondashuvdir. * – RFda ta’qiqlangan terroristik tashkilot.
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/toliblar-shimoliy-provintsiyalar-poytaxtlarini-egallamoqda-qobul-va-aqsh-javobi-qanday-boladi-20036954.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston san’at arbobi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Muhammad Rafiqov 81 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. “Daryo” nashrining yozishicha, artist pnevmoniyadan vafot etgan. “Dadam rahmatli 10 kundan buyon pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonada davolanayotgandilar. Bugun yorug‘ olamni tark etdilar”, — degan uning qizi Feruza Rafiqova. Press-slujba MinkulturiZaslujenniy artist Uzbekistana Muxammad Rafikov Zaslujenniy artist Uzbekistana Muxammad Rafikov Press-slujba Minkulturi Muhammad Rafiqov 1940-yil 26-oktabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 1966-67 yillar Hamza teatrida, 1967-83 yillar Buxoro teatrida aktor (1981-83 yillar direktor), 1983-yildan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining bosh rejissori bo‘lgan. U "Bobur" telefilmida Shayboniyxon, "Amir Muzaffarxon"da Muzaffarxon, "Hakim va ajal" videofilmida Ibn Sino, "Imom al-Buxoriy" serialida al-Buxoriy, "Sohibqiron" serialida Amir Temur, "Shaytanat" serialida Abdurahmon tabib, "Qo‘qon shamoli" filmida Shayx ul-islom kabi rollarni o‘z maromiga yetkazib o‘ynagan
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/ozbekistonda-xizmat-korsatgan-artist-muhammad-rafiqov-vafot-etdi-20043870.html
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Afg‘onistonning Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegarasini “Tolibon”* nazorat qilmoqda, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi davtlarlari terrorchilarning ehtimoliy chegaradan o‘tishiga tayyor bo‘lishlari kerak, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu. “O‘zbekiston va Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasi “Tolibon”* nazorati ostiga o‘tgani ham biz uchun muhimdir. Afg‘oniston tomonidan oldin ham xavf tug‘diruvchi omillar – narkotraffik, terrorchilarning Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali bizning davlatga kirib kelishi va boshqa xavflar kamaygani yo‘q”, - dedi Rossiya mudofaa vazir yoshlar forumida. Shoygu aytishiga ko‘ra, KXShTdagi hamkorlar bunday xavflarga tayyor turishi kerak. “O‘zbekiston va Tojikistonning Qurolli kuchlari, “Tolibon”* tomonidan berilayotgan va’dalarga qaramasdan, turli fitnalarga tayyor turishi kerak. Biz ham buning uchun barcha ishlarni qilmoqdamiz”, - dedi vazir. Shoygu shuningdek, Rossiyaning Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalari haqida va harbiy kadrlar tayyorlash haqida to‘xtalib o‘tdi. “O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning aksariyat ofitserlari bizning oliy o‘quv yurtlarimizda ta’lim olmoqda. Biz shuningdek Tojikiston va Qirg‘iziston armiyasini modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanmoqdamiz”, - dedi mudofaa vaziri. Sergey Shoygu aytishiga ko‘ra, yaqinda Rossiya-O‘zbekiston hamda Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston maxsu bo‘linmalari ishtirokida Afg‘oniston chegarasi yaqinida bo‘lib o‘tgan harbiy o‘quv-mashqlar qo‘shinlar tayyorligini tekshirish va “bo‘sh joylarni” aniqlash imkonini berdi. Sergey Shoygu Sherali Mirzo bilan Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi24 Iyul 2021, 18:03 Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir necha kun davomida “Tolibon”* Afg‘oniston shimolida beshta yirik ma’muriy markazlarni egallab oldi, jumladan Qunduz shahrini ham. Rasmiy Qobul hozircha ushbu xabarlarni tasdiqlagani yo‘q. Ushbu yilning may oyida AQSh qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaganidan so‘ng Afg‘onistonda vaziyat keskin o‘zgardi. Ayni vaqtda AQSh o‘z qo‘shinlarning 95 %ini olib chiqib ketganini ma’lum qilmoqda. “Tolibon”* esa bundan foydalanib mamlakatning shimoliy va g‘arbiy qismida muhim chegara punktlarini va yirik hududlar va ma’muriy markazlarni egallab oldi va Afg‘oniston rasmiy hukumatidan iste’foga chiqishni talab qilmoqda. * - Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi harakat
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/shoygu-kxshtni-afgonistondan-jangarilar-hujumiga-shay-bolib-turishga-chaqirdi-20030488.html
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Rossiya ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi “Klass!” tashabbusi doirasida birgalikda Toshkentda rus tilidan 100 mingta yangi darslik chop etishdi, Xalq So‘zi xabariga asosan. Ushbu darsliklardan yangi o‘quv yilida o‘zbek maktablarining ikkinchi sinf o‘quvchilari shug‘ullanishadi. Umumiy hisobda 600 mingga yaqin kitoblar chop etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu darsliklar yangi o‘quv dasturiga muvofiq, rus tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ularni yaratishda Rossiya va O‘zbekistonning yetakchi mualliflari ishtirok etishdi. Jamoaga Gersen nomidagi RGPU (Rossiya Davlat Pedagogika universiteti) qoshidagi ko‘m madaniyatli va ikki tilli OTMlar aro Markazi direktori Yelizaveta Xamrayeva boshchilik qildi. “Klass!” loyihasi doirasida rus tili yangi darsliklari 3-7 sinf o‘quvchilari uchun foydalaniladi, yangi o‘quv yilidan boshlab esa – 8-11 sinf o‘quvchilari uchun. O‘zbek tilida tahlim oladigan maktablar uchun rus tili bo‘yicha butunlay yangi darslik ishlab chiqish 2021/2022 yil oxirida yakunlanadi. Shu bilan bir vaqtda rus tilida ta’lim oladigan o‘zbek maktablari uchun o‘quv-darsliklari ishlab chiqish ham boshlanmoqda. Eslatib o‘tamiz, rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda 2020-yilda va 2021-yilning birinchi yarmida rus tili bilimlari bo‘yicha o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasida keng ko‘lamli audit o‘rkazishgan edi. O‘shanda 13 mingga yaqin o‘zbekistonlik o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘z rus tili bilimlari va pedagogik kompetensiyalarini tekshirishgan edi. Rossiyalik o‘qituvchilar O‘zbekistonning 70ta maktablarida ish faoliyati olib borishgan edi. 2021-yilning sentabr oyida yana 100 nafar mutaxassis O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda: 80 nafaro‘qituvchi va 20 nafar metodistlar.
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/yangi-oquv-yilida-rus-tili-boyicha-600-mingta-yangi-darsliklar-chop-etiladi-20039857.html
TOShKENT, 11 avg - Sputnik. O‘zbek rassomlari, "Novda Group" illyustratorlari Tokio-2020 olimpiadachilarining natijalarini ko‘p qavatli uylar devorida mural ko‘rinishida tarixga muhrlash taklifini bildirishdi. 2020 yilda, poytaxtning Sergeli tumanida, Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlanish fondi tashabbusi bilan yosh rassom Xasan Maycheyev tomonidan shifokorlarga bag‘ishlangan ilk mural yaratilgan edi. Olimpiyachilar korteji Toshkent ko‘chalaridan qanday o‘tdi - video10 Avgust 2021, 11:03 Pandemiya davrida shifokorlar ko‘rsatgan qahramonliklarga bo‘lgan ehtirom barchaning ko‘z o‘ngida yaraladigan va iste’dodli rassomlar tomonidan bajariladigan yangi madaniy inqilobga aylandi. Illyustratori "Novda Group"Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente Illyustratori "Novda Group" Ta’kidlanishicha, bunday tashabbuslar Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov tomonidan mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Illyustratori "Novda Group"Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente Illyustratori "Novda Group" To‘qqiz qavatli binodagi uch bolakayning O‘zbekiston bayrog‘ini musaffo osmonga ko‘targani tasvirlangan strit-art buning yaqqol namunasidir. Illyustratori "Novda Group"Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente Illyustratori "Novda Group" Mualliflar ta’kidlab o‘tganidek, ushbu asar sportchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnati uchun o‘ziga xos yodgorlik va hurmat timsoli, shuningdek O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligiga yorqin sovg‘a bo‘ladi. Illyustratori "Novda Group"Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente Illyustratori "Novda Group"
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/toshkentda-noyob-mural-paydo-boladi-u-tokio-olimpiadasi-qatnashchilari-galabasiga-bagishlanadi-20031028.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Tojikistonning "Harb maydon" poligonida O‘zbekiston, Rossiya va Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokidagi qo‘shma mashg‘ulotlar yakunlandi. Mashg‘ulotlarning asosiy qismida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin, Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo bevosita ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, ushbu uch tomonlama qo‘shma o‘quvlar birinchi marotaba o‘tkazildi. “Harb maydon”da O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiy mashqlari o‘z yakuniga yetdi10 Avgust 2021, 13:44
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/qudratimizga-shubha-qilma-ozbekiston-tojikiston-va-rossiya-mashgulotlari-qanday-otdi-20035478.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiya hududida ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etgan migrantlarning mamlakatga kirishini umrbod taqiqlash kerak. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Potr Tolstoy “Vesti FM” radiosi efirida ma’lum qildi. “Janjalashishdimi – ertasi kuni samolyotga o‘tqazib, uyiga jo‘natish kerak. Boz ustiga bunday kishilarni Rossiyaga kirishini umrbod taqiqlangan holda chiqarib yuborish kerak”, - deydi Tolstoy. U shu tariqa Rossiya davlat ichida xorijliklar anklavi shakllanishining oldini olgan bo‘lishini ta’kidladi. Rossiyada ommaviy mushtlashuv yuz berdi: o‘zbekistonlik migrantlar ishtiroki o‘rganilmoqda8 Avgust 2021, 13:32 Tolstoy Rossiya shu bilan birga umumiy sovet tarixiga ega mamlakatlar bilan qardoshlik munosabatlarini rivojlantirish tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi. Migrantlar Rossiyada o‘rnatilgan qonun-qoidalarga rioya qilishlari zarur. Avvalroq ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etgan yuzdan ziyod xorijliklar Rossiyadan chiqarib yuborilishi ma’lum bo‘lgan edi. Ular mamlakatga faqat 40-yildan so‘ng qayta olishadi. Moskvada migrantlar ustidan tekshiruv boshlanmoqda - sabablar8 Avgust 2021, 15:05
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/janjalda-qatnashgan-migrantlarning-rossiyaga-kirishini-umrbod-taqiqlash-taklif-qilindi-20043282.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Prezident qarori bilan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirildi. Milliy gvardiya tarkibida o‘quv-tarbiya muassasalarida yoshlarning ta’lim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga mas’ul Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Qarorga ko‘ra, Oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (25 yoshga to‘lmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi. Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi. Toshkentda ilk marotaba Oilaviy bolalar uyi ochildi5 Avgust 2021, 13:07 O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholash orqali o‘quv-tarbiya muassasalarining reyting tizimi joriy qilinadi. 2022 yil 1-yanvarga qadar Jamoat xavfsizligi universitetida o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 2021 yil 1-noyabrdan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi. O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holati har yili kamida ikki marotaba o‘rganib boriladi. Shunga ko‘ra, bu qizlar “Mehr daftari”ga kiritilib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi. Shuningdek, har yili 25 nafar o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolanadi. Yetim bolalarga uy-joy berishning yangi tartibi o‘rnatildi – prezident qarori11 Avgust 2021, 11:05
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/mehribonlik-uylari-milliy-gvardiyaga-biriktirildi-20040666.html
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Tojikiston chegarasi yaqinida joylashgan Qunduz shahrida yuzlab afg‘on harbiy xizmatchilari “Tolibon”* jangarilariga taslim bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti AFP agentligiga tayangan holda xabar bermoqda. “Bugun ertalab aeroportda bo‘lgan yuzlab harbiy xizmatchilar, politsiyachilar va qarshilik ko‘rsatish kuchlari a’zolari o‘zlarining hamma qurol-yarog‘lari bilan toliblarga* taslim bo‘lishdi”, - degan Qunduz viloyati kengashi a’zosi Amruddin Vali. “Tolibon”* vakili: vaziyat hukumatning nazorati ostidan to‘liq chiqdi9 Avgust 2021, 20:15 Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat Amerika qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqib ketilishi ortidan keskinlashdi. Hukumat kuchlari jangarilar hujumlarini qaytarishga urinishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 400 ga yaqin uyezddan 200 dan ziyodi “Tolibon”* vakillari nazorati ostiga o‘tgan. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-11-08
https://oz.sputniknews.uz/20210811/oav-qunduzda-yuzlab-afgon-harbiylari-toliblarga-taslim-boldi-20043515.html
TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Toshkent shahrida 12-13 avgust kunlari Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro anjuman O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan va xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tashabbusi asosida tashkil etilmoqda, deb aniqlik kiritdi Sputnik muxbiriga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati. Jahon anjumani gibrid shaklda, ya’ni oflayn va onlayn tarzda o‘tkaziladi. Yoshlarni birlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi - Mirziyoyev MO sammitida nimalarni taklif qildi6 Avgust 2021, 18:00 Nufuzli forumning ochilishida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet, BMT Bosh kotibining Yoshlar ishlari bo‘yicha elchisi Jayatma Vikramanayake, Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong, YeXHT Bosh kotibi Xelga Mariya Shmidt va boshqa xalqaro tashkilotlarning rahbarlari so‘zga chiqishi kutilmoqda. Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi "Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish" mavzuyiga bag‘ishlanadi. Unda ishtirok etish uchun 30 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 500 dan ziyod vakil istak bildirdi. Shuni qayd etish joizki, hozirgi vaqtda O‘zbekiston prezidenti BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan tashabbus asosida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ishlab chiqish jarayoni izchil davom etmoqda. Toshkent anjumani doirasida COVID-19 pandemiyasi yoshlarning zaif guruhlariga ta’sir o‘tkazayotgan hozirgi sharoitda navqiron avlodning o‘z mamlakatlari rivojlanishidagi ishtiroki; yoshlarning sifatli ta’lim olish va ishlab chiqarishda band bo‘lishga taalluqli imkoniyatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari; yoshlarning o‘z hayot tarziga ta’sir o‘tkazadigan qarorlarni qabul qilishda qatnashishi kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi. Ishtirokchilar yoshlarning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud xalqaro mexanizmlarni takomillashtirish istiqbollarini muhokama qiladilar. Bunda barcha navqiron insonlar o‘z huquqlaridan to‘la-to‘kis, hech qanday kamsitishlarsiz foydalanishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/ozbekistonda-yoshlar-huquqlari-boyicha-jahon-anjumani-bolib-otadi-20015177.html
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Salkam 50-yildan buyon urushlardan boshi chiqmayotgan afg‘on xalqining bir milliy qahramoni bor. Uning portretlari mamlakatning barcha uyezdlarida ko‘rish mumkin, u barcha millat vakillari va yoshu-qarining hurmati va muhabbatiga sazovor bo‘lgan dala qo‘mondoni - Ahmad Shoh Mas’ud. “Panjsher sheri” nomi bilan mahsur bo‘lgan ushbu qo‘zg‘olonchi o‘qimishli, madaniyatli va odil rahbar sifatida afg‘on xalqining esida qolgan. Quyida 1997-yilda “Sovershenno Sekretno” gazetasi muxbiri Markelovning Ahmad Shoh Mas’ud bilan o‘tkazgan intervyusidan bir parcha keltiramiz. O‘shanda tajribali dala qo‘mondoni tolibon* harakati haqida nima degan edi. - Tolibonning hukumat boshiga kelishi Rossiyaga qanday xavf soladi? - Siz bir narsani tushuning, tolibon bu shunday kuch-ki, u o‘zi mustaqil oyoqda tura olmaydi. Bu kuchni Pokiston afg‘on hukumati boshiga olib keldi. Ularning maqsadi Markaziy Osiyo hududida o‘z manfaatlarini himoya qilishdir. Rossiya uchun asosiy xavf shundaki – urush qo‘shni Tojikiston hududiga ham tarqalib ketishi mumkin, - degan edi dala qo‘mondoni 24-yil oldingi intervyuda. Shuningdek, Ahmad Shoh tolibon* Afg‘oniston prezidenti Najibulloni osib o‘ldirganini esga olib, ularni haddan ortiq shafqatsizlikda ham ayblagan edi. Ahmad Shoh Mas’ud haqida U 1953-yilda Panjsher uyezdida tug‘ilgan, millati – tojik, Qobuldagi fransuz litseyi hamda Abu-Xanifiya islom maktabini bitirgan, keyinchalik 1973-yilda Qobul Politexnika institutiga o‘qishga kirgan, lekin urush boshlanib qolgani tufayli bitirishga ulgurmagan. Shundan so‘ng u Pokistonga qochib ketadi. U yerda u islom muxolifat otradlariga qo‘shiladi. Oradan 2-yil o‘tib kichik otrad mujohidlari bilan Afg‘oniston hududiga qaytib keladi. Mahalliy sharoitlarni yaxshi bilishi, strategik fikrlash qobiliyati tufayli Ahmad Shoh Mas’ud qisqa vaqt ichida Afg‘oniston shimolida keng hududlarni egallab oladi va sovet askarlariga qarshi kurash olib boradi. 1980-yillar o‘rtalariga kelib uning qo‘l ostidagi askarlar soni 6 mingga yetadi. Ayrim manbaalarda aytilishiga ko‘ra, sovet harbiy qo‘mondonligi Ahmad Shoh Mas’udga qarshi 9ta keng ko‘lamli harbiy harbiy operatsiyalar o‘tkazgan, lekin ularning birortasi ham muvaffaqiyat bilan tugamagan. SSSR qo‘shinlarini olib chiqib ketgan vaqtida Ahmad Shoh Mas’ud Afg‘oniston shimolidagi eng katta kuch bo‘lgan. O‘sha vaqtlar uning qo‘l ostida 15 mingga yaqin askar bo‘lgan. Afsonaviy dala qo‘mondoni 2001-yilda jurnalist niqobi ostida kelgan 2 nafar xudkush terrorchi tomonidan o‘ldiriladi. * - Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/mashhur-afgon-dala-qomondoni-axmad-shax-masud-tolibon-haqida-nima-degan-edi-20022580.html
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Chorvoq suv ombori hududi atrofidagi o‘simliklar himoyaga olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Chorvoq suv ombori hududidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarda o‘simlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Hujjatga muvofiq: - Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlardagi barcha toifadagi yerlarda o‘rmon bilan qoplangan va o‘rmon barpo qilish mumkin bo‘lgan maydonlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkazish hamda chorva mollarini boqishni ta’qiqlash; "Chorvoq Oromgohi" va "Beldirsoy" sotuvga qo‘yiladi 11 Fevral 2021, 11:03 - o‘rmon bilan qoplangan hamda o‘rmon barpo qilish mumkin bo‘lgan maydonlarda barcha turdagi qurilish materallaridan bino va inshoatlar qurishni taqiqlash; - O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Bo‘stonliq tumani hokiligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida investitsiya loyixalari amalga oshirilishida kottejlar qurish amaliyotini cheklab, hududning turistik salohiyatini inobatga olgan holda, jahon standardlariga mos, zamonaviy va ko‘p qavatli mehmonxonalar qurish amaliyonini yo‘lga qo‘yish, bunda hududni ko‘kalamzorlashtirish investitsiya majburiyatlari belgilash; - 2021-2025 yillarda Chorvoq suv omblori hamda uning atrofidagi ekotizmni himoya qilish va qayta tiklash, yerlar digradatsiyasining oldini olish hamda cho‘llanishga qarshi kurashishga qaratilgan fundamintal va amaliy tadqiqotalar hamda innovatsion loyixalarni amalga oshirish dasturini tasdiqlash; “Chorvoq”da cho‘milish taqiqlanishi mumkin10 Avgust 2020, 10:02 - O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Ugom-Chotqol Milliy tabiat bog‘i Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining Pskom va Ugom darolari yuqori qismlari akvatoriyasini Milliy bog‘ning qo‘riqlanma zonasi etib belgilash kabi aniq yo‘nalishlar belgilandi. bundan tashqari Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida o‘simlik qoplami qisqarishini oldini olishga qaratilagan komples chora tadbirlar dasturi tasdiqlanib unga muvofiq mas’ul tashkilotlarga vazifalar belgilab berildi.
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/chorvoq-suv-ombori-hududi-atrofidagi-osimliklar-himoyaga-olinadi-20015456.html
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada O‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 5ta medal sohiba bo‘lishdi: 3ta "oltin" va 2ta "bronza". O‘zbekiston jamoasi uchun ushbu O‘yinlar muvaffaqiyatlilik bo‘yicha Riodan so‘ng (13ta medal) ikkinchi o‘rinni egalladi. Lekin bu safargi natija ham maqtasa arzigulik: jamoa sobiq Ittifoq bo‘yicha 2-o‘rin, Markaziy Osiyo va turkiy tilli davlatlar orasida 1-o‘rinda. Medallardan tashqari O‘zbekiston jamoasi Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida bir necha rekordlar ham o‘rnatishdi. Xususan og‘ir atletika bo‘yicha 55kg vazn toifasida ayollar orasida Muattar Nabiyeva siltab ko‘tarish bo‘yicha 98 kg vazn ko‘tarib yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Ushbu sport turida erkaklar orasida Akbar Djurayev jami 430 kilo tosh ko‘tarib yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Undan tashqari O‘zbekiston o‘zinng eng yosh Olimpiya chempioni - 19 yoshli ulug‘bek Rashitov bilan ham mag‘rurlanishi mumkin. Jamoa yutuqlari haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/medallar-rekordlar-yakunlar-ozbekiston-tokio-olimpadasida-20027512.html
Avgust oyining boshida Afg‘oniston bilan chegara hududi yaqinida joylashgan "Termiz" hamda "Harb-maydon" poligonlarida O‘zbekiston - Rossiya va O‘zbekiston - Rossiya - Tojikiston harbiylarining o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. “Termiz” poligonida 2-6 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya o‘quv-mashqlari 1,5 mingga yaqin harbiylar ishtirok etishdi. Undan tashqari 300 ta harbiy texnika, jumaladan 4ta Tu-22MZ bombardimonchi samolyotlar 2ta Mi-171 vertolotlari 2ta N-215 vertolotlari 4ta Mi-35 vertolotlari 2ta MiG-29 qiruvchi samolyotlari 3ta Su-25 hujumchi samolyotlar ishtirk etdi. Mashug‘lotlar davomida askarlan 15-kilometrli to‘siqli masofani bosib o‘tish, harbiy taktiq otish mashqlari nog‘li hududda razvedka-qidiruv ishlari olib borish shartli raqib hududida diversiya amalga oshirish Tojikistondagi “Xarb-maydon” poligonida 5-10 avgust kunlarida O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya ishtirokida bo‘lib o‘tgan mashqlarda jami 2,5 ming harbiylar va 500 ta harbiy texnika ishtirok etdi. Harbiylar mashg‘ulotlar davomida chegarani kesib o‘tgan shartli dushman kuchlarini yo‘q qilishga qaratilgan taktik harakatlar mashq qilindi.
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/afgoniston-chegarasi-yaqinida-otgan-oquv-mashqlarda-nimalar-organildi-20019099.html
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonKinematografiya agentligida Turkiyaning “Altınkesit” kinokompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuvda o‘zbek va turk kinoijodkorlari “Sohibqiron Amir Temur” tarixiy serialini suratga olish istiqbollari haqida so‘z yuritdi. Bo‘lajak serialning ilk loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, uchrashuvda tomonlar yangi kinoloyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi4 Oktabr 2020, 12:19
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/turkiya-kinokompaniyasi-bilan-hamkorlikda-amir-temur-haqida-serial-suratga-olinadi-20025305.html
Ushbu mashqlar Rossiya-Xitoy harbiy-siyosiy ittifoqini shakllantirishning davomi ko‘rinishiga ega. RF va XXRning qo‘shma harbiy manyovrlari uzoq yillik amaliyoti ushbu haftada strategik tus oldi. Xitoyning Ninsya-Xuey avtonom tumanida "Sintusya" poligonida 9-13 avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan ikki mamlakatning tezkor-strategik mashg‘ulotlariga 13 mingga yaqin harbiy xizmatchilar va qariyb 500 ta harbiy texnika jalb qilingan. Rossiya tomonidan operativ-taktik aviatsiya otradi, Baykal orti o‘lkasidan motoo‘qchilar birlashmasining shaxsiy tarkibi, va boshqaruv apparati ishtirok etmoqda. Xitoy mashqlarda Harbiy-havo kuchlari va quruqlikdagi qo‘shinlarni jalb qilgan. "G‘arb/Hamkorlik-2021" manyovrlari startida rossiyalik harbiy xizmatchilar xitoylik instruktorlar ishtirokida g‘ildirakli tanklar standart qurollari va Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining zirhlangan shturm mashinalaridan o‘q otish mashqlarini bajarishdi. AQSh elchixonasi amerikaliklarni Afg‘onistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi7 Avgust 2021, 16:16 "Sintunsya" poligonida Rossiya motoo‘qchilar bo‘linmalari general-leytenant Mixail Nosulev qo‘mondonligi ostida shartli dushmanning artilleriya qurollari va zirhli buyumlarini imitatsiya qilgan nishonlarning aksariyatini yo‘q qildilar. Rossiya bo‘linmalari shuningdek, qo‘shma tarzda o‘tkazilgan vertolotdan qo‘nish usulida desant sakrashlarda ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar davomida standart qurolli harbiy xizmatchilar uchish va notanish joyga qo‘nish mashqlarini bajarishdi. Kesishgan hududda ko‘p kilometrlik marshlarni amalga oshirishdi, belgilangan vazifalarni - zamonaviy kuzatuv va razvedka uskunalari, yengil pulemotlar, snayper miltiqlari va AK-12 avtomatlari bajardilar. Ikki mamlakatning ko‘p nishonli qiruvchilari tarkibidagi aviatsiya eskadrilyasi Inchuan aerodromidan uchdi va parchalanuvchi-portlovchi bombalar bilan yer ustidagi nishonlarga zarba berdi va bu bilan shartli dushmanning havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlaridan o‘z vaqtida qochish mashqlarini bajardi. Shu bilan birga, Su-30SM qiruvchilarining rus ekipajlari va Dzan-11 va Dzan-7 qiruvchilarining xitoylik uchuvchilari barcha vazifalar diapazonida o‘zaro muvaffaqiyatli hamkorlikni amalga oshirdilar. Manfaatlar va nishonlar tutashuvi "G‘arb/Hamkorlik-2021" mashqlari afsonasi rasman hech qanday uchinchi bir davlatga qarshi qaratilmagan. Shunday bo‘lsa-da, poligon, qo‘shinlar va kuchlar tanlovi, o‘zaro hamkorlik strategiyasi - xitoy "urush san’atida" tasodif bo‘lmagan serma’no iyeroglifdir. Pentagon AQSh dengiz flotining zaif joyini topdi6 Avgust 2021, 16:40 RF va XXR qo‘shinlari qo‘shma guruhining "Sintunsya" poligonidagi imkoniyatlari (farazga ko‘ra) g‘arbiy va sharqiy yo‘nalishlarda "kuchni loyihalashtirish" imkonini beradi. Rossiya va Xitoyning Inchuandagi qiruvchi aviatsiyasi Qobul va Tokiodan bir xil uzoqlikdagi masofada joylashgan – 3000 km.ga yaqin (va bu Su-30SMning havoda yoqilg‘i quymasdan amalga oshiradigan amaliy parvoz masofasiga mos tushadi). Shu bilan birga ma’lum qutqu ham saqlab qolingan: orbital sputniklar barcha taktik priyomlarni ham "ko‘ra olmaydi", ehtimoliy dushmanning razvedka aviatsiyasi esa XXRning olis shimoli-g‘arbiy regionida hech qanday to‘siqsiz o‘z missiyasini bajara olmaydi. Rossiya Xitoydagi o‘quv-mashg‘ulotlarga 4++ avlodiga mansub bir nechta Su-30SM qiruvchilarini Xitoyga ko‘chirib o‘tkazdi, va bu ikkala davlatning barcha turdagi va shakldagi qurolli kuchlarining jangovar integrallashuvga tayyorligi ko‘rsatkichidir. Harbiy-dengiz va quruqlikdagi qo‘shma mashg‘ulotlar birinchi bor o‘tkazilayotgani yo‘q. Birlashtirilgan eskadrilyalar oldinpatrul paytida faqat dengiz ustida uchar edi. Quruqlikdagi qo‘shinlar bilan birgalikda ko‘p nishonli zarba beruvchi aviatsiyadan birgalikda foydalanish - Rossiya va Xitoy manyovralaridagi yangilik bo‘lib, AQSh va NATOning Qora dengiz va Sharqiy-Xitoy regionlaridagi harbiy provokatsiyalariga munosib javobdir. Su-30SM ko‘p nishonli qiruvchisi boshqariladigan tagali dvigatellar va old gorizontal dum qanoti bilan jihozlangan. Fazali antennaga ega bo‘lgan bort radiolokatsiya stansiyasi 140 km masofada dushman samolyotlarini aniqlash hamda bir vaqtning o‘zida 15 dan ortiq havo nishonlarini kuzatish, ustuvorlarini tanlash va ulardan 4tasini 100 kmgacha masofada o‘qqa tutish imkonini beradi. AQSh HDKning Large Scale Exercise 2021 mashqlari: Qora dengizga kuch yetadimi?5 Avgust 2021, 00:25 Qiruvchi havoda ustunlikka ega bo‘lish, havo, yer va dengizdagi nishonlarni, dushman aerodromlarini katta chuqurlikda - turli tipdagi, uzoqlik masofasi 285 km.gacha bo‘lgan "havo - sath" o‘ta aniq zarba beruvchi raketalar yordamida yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Xitoyning Dzan-11 (J-11D) qiruvchisi Rossiyaning Su-27 konstruktiv asosida ishlangan Su-35S qiruvchisi ekvivalenti sanaladi. U taxminan 15 tonna og‘irlikdagi arsenalni osmonga ko‘tarishga qodir, J-11Dning jangovar radiusi esa Su-30SMnikidan qolishmaydi. Mintaqaviy (Afg‘onistondagi urush) va global ko‘lamdagi umumiy tahdidlar oldida (RF va XXR 2030-yilgacha AQSh va NATOning asosiy harbiy dushmani deb e’lon qilinishi), Rossiya va Xitoy qurolli kuchlari, jumladan, zarba beruvchi aviatsiyasining texnologik va strategik integrallashuvi - amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan, ehtimolga yaqin va zarur masaladir. Xitoyning "Sintunsya" poligonida esa biz ushbu murakkab mexanizm qay tarzda sozlanayotganini kuzatmoqdamiz. Afg‘oniston bilan chegaradan 20 km uzoqlikdagi Harb-Maydon poligonidagi sinxron mashqlar ham ko‘zdan panada qolgan emas, bu yerda RF Markaziy harbiy okrugining 10 dan ortiq samolyot va vertolotlari Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning quruqlik qo‘shinlarining mushtarak operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Uchuvchilar shartli dushmanning niqoblangan bazalarini raketa-bomba zarbalari bilan yo‘q qilmoqdalar, qo‘shma harbiy guruh janubdan keladigan xatarlarni qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda va bu yerda "G‘arb/Hamkorlik-2021" strategiya va taktikasi - o‘zining markaziy-osiyocha aksenti bilan takrorlanmoqda. Xuddi shunga o‘xshash "Janub-2021" Rossiya-O‘zbekiston manyovrlari yaqindagina O‘zbekistondagi Termiz poligonida yakun topdi. Bu yerda Rossiyaning uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchi-raketa tashuvchilari afg‘on chegarasida shartli dushmanni yo‘q qildi. "Tolibon"* va AQSh pozitsiyalari Markaziy Osiyo va Xitoydagi qo‘shma mashqlar dolzarb ekanini Afg‘onistondan kelayotgan harbiy harakatlar svodkalari tasdiqlab turibdi. Toliblar mamlakat chegaralari va transport yo‘llarini nazorat qilish strategiyasidan (ya’ni "hududlar bo‘yicha" hukmronlik qilishdan) ma’muriy markazlarni bosib olishga o‘tdilar. Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon"* haqida nima degan edi10 Avgust 2021, 14:32 Dam olish kunlari davomida ular shimoliy Qunduz, Sari-Pul, Jauzjon va Nimroz (Eron bilan chegaradosh) provinsiyalari poytaxtlarini egallab olishdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlariga terrorchilar tomonidan hokimiyatning zo‘ravonlik bilan egallab olinishiga rozi bo‘lmagan afg‘on qochqinlarining eng kamida minglab oqimlari bilan tahdid solmoqda. Shaharlarni bosib olish yagona ssenariy bo‘yicha amalga oshirilmoqda: toliblar shaharga Amerikada ishlab chiqarilgan "o‘lja tariqasida olingan" "Xamvi" zirhli mashinalarida asosiy yo‘nalishlardan yaqinlashib kelmoqda, ular hukumat kuchlari ta’minoti, qaytish yo‘llarini to‘smoqda, so‘ngra 3-4 yo‘nalishlardan shaharga, hududni mobil otradlar nazorati zonalariga bo‘lib tashlagan holda kirib kelmoqda. Va shundan so‘ng qarama-qarshilik o‘choqlarini "tozalashga" kirishmoqda. Shu bilan bir vaqtning o‘zida afg‘on armiyasi o‘rab olingan bo‘linmalarga yordamga kelmayapti (yoki kelishga ulgurmayapti). Toliblar provinsiya markazlarini shturm qilish va o‘z raqiblari va opponentlarini otib tashlash bilan cheklanmayapti, ular Qobulni qo‘lga olgandan so‘ng Afg‘onistonning asosiy siyosatchilarini qatl etishga va’da bermoqda. Tojikiston va Xitoy bilan chegaradosh Badaxshon viloyatida "Tolibon"*ning faolligi Pekinni afg‘on yo‘nalishida yanada faol va qat’iy siyosat yuritishga majbur qilmoqda. Pentagon esa yana eski ishini boshlab, toliblar pozitsiyalarini B-52 strategik bombardimonchilari bilan "tekislamoqda". Bunday vaziyatda 2020-yilning aprel oyida Doxada AQSh bilan tinchlik shartnomasi imzolagan toliblarning xafaligini tushunish mumkin. Xitoy yangi zombilardan o‘zini himoya qilishni istaydi 30 Iyul 2021, 17:59 Umuman olganda, Vashingtonning o‘z geosiyosiy maqsadlari bor, ba’zida ular mantiqqa zid harbiy-siyosiy umidlarga ham aylanib ketishi mumkin. AQSh Harbiy havo kuchlari shtabi boshlig‘i general Charlz Braun 6-avgust kuni havo kuchlar kelajagi haqida o‘z fikrni bildirdi. Qo‘mondon xulosasiga ko‘ra, AQSh Xitoyni yengishi uchun "to‘g‘ri muvofiqlikni" topishi kerak. Bundan xuslosa shuki, Amerika rejalarida Yer sharida tinchlik bo‘lishi nazarda tutilmagan. Afg‘oniston - bu "nomaqbul mamlakatlar", "dunyo yovuzligi" va Vashington o‘ylab topgan boshqa ximeralar bilan global urushning bir jangi xolos. Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy 2035-yilga kelib havo jangida AQShdan o‘zib ketishi mumkin. Shu o‘rinda AQSh HHK yangilanishi juda sekin kechayotganini esga olish kerak. So‘nggi 27-yil ichida faqatgina 4ta yangi qiruvchi samolyot yaratilganini esga olish kerak. AQSh havo kuchlarining havodagi ustuvorligi haqida gap-so‘zlar - juda bo‘rttirilgan. Xitoy bo‘lsa - qisqa vaqt ichida kontinentlararo ballistik raketalar uchun 100 ta yangi shaxtalar qurib bitkazdi. Lekin yadroviy urushda hech qanday ustuvorlik bo‘lishi mumkin emas. Amerika bo‘lajak janglarga tayyorlanayotgan bir vaqtda, Rossiya va Xitoy qo‘shinlari va nuqtayi nazari bir biriga yaqinlashayotgani - tabiiy holdir. Birgalikda o‘tkazilayotgan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlar ikki davlat mudofaa imkoniyatlarini oshiradi. Moskva va Pekin harbiy hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomasi rasmiy hujjat bo‘lib, oyektiv reallikni o‘zgartirmaydi. Rossiya va Xitoyning 2019-yil 5-iyunda e’lon qilingan qo‘shma bayonotlari ikki davlatning o‘n yillarga mo‘ljallangan harbiy-siyosiy munosabatlar yo‘nalishini belgilaydi. * – Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot Harbiy sharhlovchi Aleksanr Xrolenkoning Telegram kanaliga obuna bo‘ling
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/rf-va-xxr-strategik-mashqlari-2021--amerikaliklar-va-toliblarga-katta-salom-20015866.html
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Yil boshidan buyon O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdori oshib, birinchi avgustda ularning hajmi 35,1 mlrd. dollarni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Markaziy banki. Xabarda aytilishiga ko‘ra, aktivlarning aksariyati 61,3 % - bu otin zaxiralaridir. Xorijiy valyuta miqdori esa umumiy hisobdan 37,5%ni tashkil qiladi. Shuningdek 1% — maxsus qarz huquqlari tashkil qiladi. O‘tgan oy davomida O‘zbekiston zaxiralarida oltin miqdori 0,3 mln. Troya unsiyasi miqdorida oshib $1,3 mlrd.ni tashkil qildi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oydagi ko‘rsatgichlar bundan boshqacha edi. Unda O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdori 2,2 %ga kamayishi kuzatilgan, hamda zaxiralar umumiy hajmi 34,1 mlrd. dollarni tashkil qilgan edi.
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/oltin-valyuta-zahiralari-hajmi-oshdi---markaziy-bank-20018098.html
Aeroportda sportchilarni nafaqat uarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, balkim yuzlab muxlislar va jurnalistlar ham kutib olishdi. Undan tashqari sportchilarni bosh vazir Abdulla Aripov hamda Senat raisi Tanzila Narbayevalar ham quchoq ochib kutib olishdi. Aeportdagi tantanali nutqlardan so‘ng sportchilar korteji Toshkent ko‘chalari bo‘ylab yurib o‘tdi. Batafsil videolahamizda tomosha qiling.
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/olimpiyachilar-korteji-toshkent-kochalaridan-qanday-otdi----video-20016907.html
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Toshkent shahrining Chilonzor tumanida "Gazel" va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda. Hodisa 10-avgust kuni soat 07:10 larda Bunyodkor va Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. 38 yoshli Sh.G. boshqaruvidagi “Gazel” va 69 yoshli K.Yu. boshqaruvidagi “Lacetti” o‘zaro to‘qnashib ketgan. Toshkentdagi YTHda tez yordam yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi4 Avgust 2021, 19:52 Natijada “Gazel” ag‘darilib ketgan. Uning haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek, “Lacetti”ning bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/toshkentda-ichida-yolovchilari-bolgan-gazel-lacetti-bilan-toqnashdi-20022438.html
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. Natijada o‘zbekistonliklar saratonni erta aniqlash uchun kamroq mablag‘ sarflashlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Texnologiyalar transferi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Boboxonov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi bo‘lsa, qon topshiradi. Qon maxsus laboratoriyaga va qo‘shni mamlakatlarga jo‘natiladi. Va uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi.Saratonni erta aniqlash uchun nafaqat vaqt, balki mablag‘ ham sarflanishi tabiiy. Boboxonovning qayd etishicha, ushbu texnologiya transferi o‘zbekistonliklar uchun 4 barobar arzonga tushadi va javobni 2 haftada olish imkonini beradi.“Bu kabi amaliyot O‘zbekistonda bo‘lmagani uchun aholi 2 million so‘m atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar amaliyot O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilsa, 500 ming so‘m, ya’ni 4 barobar arzonga tushadi”, - dedi u. Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgi23 Fevral 2021, 10:39
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/ozbekistonda-saratonni-erta-aniqlash-amaliyoti-yolga-qoyiladi-20021991.html
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasini Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Yaponiyadan uchib kelgan samolyot Toshkent aeroportiga soat 21:00ga yaqin qo‘ndi. Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio Vstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Sportchilarni kutib olish uchun Toshkent aeroportiga nafaqat ularning yaqin qarindoshlari, jurnalistlar balkim bosh vazir Abdulla Aripov va Senat raisi Tanzila Narbayeva ham kelgan edi. “O‘z g‘alabamni O‘zbekiston Mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlayman”, - dedi Tokio-2020 O‘yinlarning bosh qahramonlaridan biri, og‘ir vaznli boks chempioni Bahodir Jalolov. “Men bu haqida gapirmoqchi emasdim, lekin hech qachon Olimpiadada bunday nohaq sudyalarni ko‘rmagan edim. Bizning bokschilarimiz Tursunov Raximova hamda Mirzaxalilov janglarda g‘alaba qozngan bo‘lishsa ham sudyalar ularning g‘alabasini tortib olishdi. Lekin sportchilarimizning tarbiyasi va iroda kuchi tufayli biz ushbu O‘yinlarda baribir medallarga sazovor bo‘ldik”, - dedi Abdulla Aripov. Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio Vstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Aeroportda tantanali kutib olish marosimidan so‘ng sportchilar Toshkent shahri bo‘ylab tantanali kortejda o‘tishdi. Shuningdek, Olimpiya jamoasini yaqin kunlarda prezident Shavkat Mirziyoyev kutib olishi rejalashtirilgan. Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio1/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio2/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio3/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio4/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio5/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v aeroportu Tashkenta6/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v aeroportu Tashkenta1/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio2/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio3/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio4/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio5/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v Tashkente posle Igr v Tokio6/6 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana v aeroportu Tashkenta
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/olimpiya-terma-jamoasi-toshkentda-qanday-kutib-olindi--foto-20015610.html
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Germaniya hukumati yaqin kunlarda O‘zbekistonga koronavirusga qarshi Britaniya-Shvetsiya hamkorligida ishlab chiqarilayotgan “AstraZeneca” vaksinasini yetkazib beradi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda. Vaksinalar Germaniyaning rivojlanayotgan mamlakatlarga va’da qilingan yordami doirasida beriladi. GFR hukumati rasmiy vakili Ulrike Demmerning ma’lum qilishicha, Toshkent 355,2 ming doza vaksina oladi. Nega o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi9 Avgust 2021, 19:40 Bundan tashqari, Germaniya Tojikistonga (100,8 ming) , Sudanga (357,6 ming ), Efiopiyaga (271,2 ming) va Afg‘onistonga (213,6 ming doza) ham vaksinalar ajratadi. 21 may kuni Rimda bo‘lib o‘tgan Global sog‘liqni saqlash masalalariga bag‘ishlangan sammitida Germaniyaning SOVAX dasturi doirasida yil oxirigacha 30 million doza vaksinani rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazib berishi haqida qaror qabul qilingan edi.
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/germaniya-ozbekistonga-koronavirusga-qarshi-vaktsina-etkazib-beradi-20023114.html
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. 14-avgustdan boshlab Moskva va Moskva viloyatida taksichilar haydovchining raqamli profilisiz rasmiy ravishda ishlay olmaydilar. Yangicha tartib “Taksi ishi tahlili” Kompleks axborot tizimi yoki qisqacha “TIH” KAT (ruscha Kompleksnaya informatsionnaya sistema "Analitika raboti taksi" (KIS "ART") deb ataladi. Profilni Gosuslugi orqali yuritish kerak. Raqamli profilni qanday olish mumkin va bu borada taksichi migrantlar qanday fikrda – Sputnik muxbiri o‘rgandi. YTHlarini kamaytirish maqsadida KIS "ART" tizimi orqali Moskva hukumati taksi haydovchilari haddan ziyod ishlashlari va toliqqanlikdan sodir etadigan avariyalar sonini kamaytirishga umid qilishmoqda. Yangi tizim tom ma’noda taksichilar ortidan nazorat qilish imkonini beradi. Yangi tartib mualliflari bu yangi qoidalar emasligi, balki faqat monitoring tizimi ekanini aytishmoqda. Transport departamenti statistikasiga ko‘ra, 2020-yilda Moskvada taksilar ishtirokida 1677 ta avariya ro‘y bergan, 1956 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan, 60 kishi halok bo‘lgan. So‘nggi yarim yil mobaynida 794 ta YTH sodir bo‘lgan. Moskvada xorijiy “prava”ga ega haydovchilardan voz kechilmoqda17 Iyun 2021, 16:26 KIS "ART" taksi ishini qanday nazorat qiladi 14 avgustdan tizim haydovchilar stajini tekshiradi. U uch yildan kam bo‘lmasligi kerak. To‘lanmagan jarimalar tekshiriladi. Agar bo‘lsa, to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, sud dog‘i tekshiriladi. Taksida muqaddam og‘ir jinoyat sodir etganlar (qotillik, o‘g‘rilik, sog‘liqqa zarar yetkazish) ishlay olmaydilar. KIS "ART"ma’lumotlarni IIV va Federal soliq xizmati bazasidan oladi. Taksi haydovchisi kuniga sakkiz soatdan ziyod ishlamasligi kerak. Ish haftasining umumiy davomiyligi 40 soatdan oshmasligi kerak. Tizim bu soatlarni aniq nazorat qiladi va oshib ketilgan taqdirda agregatlar haydovchilar buyurtma bermay qo‘yadi. Bundan tashqari, tizimda tibbiy va texnik ko‘riklar hisoboti yuritiladi. Haydovchi ishga chiqishdan oldin taksopark yoki shartnoma tuzgan tashkilot xodimi uning ishga chiqishiga rusxat berilganini anglatuvchi qayd yozadi. Tizimda yo‘l varaqasi hisoboti ham yuritiladi. Yo‘l harakati qoidalarida “vijdon” so‘zi yo‘q26 May 2021, 12:15 ID olish uchun nima qilish kerak? “Rossiya qonunchiligigiga ko‘ra, chet el davlatlari fuqarolari taksida ishlay oladilar. Majburiy talablardan biri – Rossiya haydovchilik guvohnomasi va uch yillik haydovchilik staji. Shuningdek, rus tili davlat tili sifatidan ishlatiladigan mamlakatlar “prava”lar o‘tadi – Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston”, - deya ma’lum qilishdi Sputnik nashriga Moskva Trasport departamentida. Raqamli profilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun SNILS kerak. Uni Rossiya Pensiya jamg‘armasidan olish mumkin. Bu o‘rtacha ikki soatdan ziyod vaqtni olmaydi va xorijlik fuqarolar ham olishlari mumkin, deb ma’lum qilishdi Transport departamentida. Keyin KIS "ART"tizimida ro‘yxatdan o‘tish darkor. Muddati kechiktirilgan raqamli profil “Hukumat taksi avtomobili kim o‘tirganini bilishni xohlayapti. Biz o‘z tarafimizdan hamkorlarimizni KIS “ART” nima ekani, Moskva va Moskva viloyatida ishlayotgan taksopark va haydovchilar tizimda qanday ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi haqida xabardor qilamiz. O‘zimizning “Yandeks.Pro” tizimimiz orqali haydovchining raqamli profilining vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini joriy etdik”, - deya ma’lum qildi Sputnik nashriga “Yandeks.Taksi” matbuot xizmati. Bunda haydovchi “Yandeks.Pro”da ro‘yxatdan o‘tadi, xizmatga uning shaxsiy ma’lumotlarini KIS “ART”ga berishiga rozilik beradi, tizimda vaqtinchalik 14 kunga ID oladi. Ikki haftalik kechiktirish Gosuslugi orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan buyurtma olish imkonini beradi. Biroq sentabrga kelib haydovchi Gosuslugi portali orqali KIS “ART”da ro‘yxatdan o‘tishi va doimiy raqamli profil olishi shart. Agar ro‘yxatdan o‘tilmasa, avtomatik ravishdan buyurtma berish to‘xtatiladi. Taksichi migrantlar Rossiya haydovchilik guvohnomasini olishi kerak – yangi qonun18 Dekabr 2019, 15:45 Taksichilar nima deydi “Ketapman – bugun mening oxirgi ish kunim, - deydi taksichi Sputnik bilan suhbatda. – Bir kunda sakkiz soatda biror bir narsa ishlab olishning imkoni yo‘q, hatto mashina ijara puli va benzinni. Men yigirma yil avval taksida ishlagandim – ana o‘sha paytlar pul ishlasa bo‘lardi. Boshqa ish qidirib ko‘raman endi”. Andrey – rossiyalik, turli sohalarda katta tajribaga ega. Shuning uchun tez orada taksichilar ish qattiq nazorat ostiga olishini eshitganda unchalik qayg‘urmadi. Tojikiston fuqarosi Abdulloning esa ish borasidagi tanlovi unchalik katta emas. Lekin uni KIS “ART” tizimi qo‘rqitmadi. Qayd etish joizki, taksichi raqamli profil olgunicha deyarli ikki oy vaqtini sarflagan. “Ko‘p yildan beri Rossiyada ishlayman, patent olib, soliq to‘layman. Otam Moskvada o‘qigan va hamisha xorijga borganingda birinchi navbatda, xalqni, ikkinchidan, mahalliy mentalitetni, uchinchidan, qonunni hurmat qilgin deb aytardilar. Shu bois raqamli profil qilish kerak deyishdi, men qildim. Gosuslugida ro‘yxatdan o‘tib oldim. Hozir doimo taksichilar yuzasidan reydlar o‘tkazilmoqda, avgust o‘rtalaridan ular kam bo‘lishi mumkin, o‘shanda ishlash osonroq bo‘ladi”, - deya umid qiladi Abdullo. O‘shlik Omat ham KIS “ART”dan ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarini topshirgan, lekin hozirgacha raqamli profil olingani haqidagi bildirishnoma olmagan. “14 avgustdan keyin qarayman, agar pul topishning iloji bo‘lmasa yana oshpazlik kasbimga qaytaman. Ilgari oshpaz bo‘lib ishlaganmana, ovqat pishirishni bilaman. Hammasi qonuniy, hujjatlarim rasmiylashtirilgan. U ishning oyligi yaxshi”, - deydi u. Fikrlar ikkiga bo‘lindi Jamoatchilik va kasaba arboblari fikrlari ikkiga bo‘lindi – kimdir raqamli profil joriy qilish yaxshi g‘oya emas deb hisoblasa, boshqalar uning afzalliklari haqida gapirishmoqda. “Taksist” kasaba uyushmasi rahbari Yaroslav Sherbinin tizimning chalasini bitirish kerak, KIS “ART”da ro‘yxatdan o‘tish juda ko‘p vaqtni oladi. Ba’zan bir haftagacha cho‘zilishi mumkin, boshida ikki kundan oshmaydi deyilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim buning ustiga qotib ishlaydi, normativ bazasi yo‘q. “Raqamli profil – hisobot yuritishni yo‘lga qo‘yish va ish vaqtini nazorat qilishga urinish. Moskva hukumai hisoblaydiki, ular shu tarzda taksi ishtirokidagi avariya, YTH bilan bog‘liq o‘lim holatlari sonini kamaytira olishlari mumkin. Tatbiq etish 1-avgustga belgilangan edi, lekin 14-avgustgacha qoldirildi. Bu vaqtga qadar hech qanday izoh bermagan bo‘lardim. Hammasi tez o‘zgarmoqda”, - dedi Moskva taksichilari kasaba uyushmasi raisi Nikolay Kolodov. Ammo, Moskva shahri Transport departamenti rahbari o‘rinbosari Dmitriy Proninning ishontirishicha, shubha va ixtiloflarga qaramasdan, KIS “ART”da 97 foiz taksichilar yoki 60 ming haydovchilar allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, KIS “ART” tizimini joriy etish “biznesning ko‘plab iltimoslariga binoan” 14-avgustga ortga surilgan. Biroq hozirdanoq buyurtmalarni taqsimlashdagi ustuvorlik ro‘yxatdan o‘tganlarga berilmoqda.
2021-10-08
https://oz.sputniknews.uz/20210810/haydovchining-raqamli-profili-rossiyada-xorijlik-takchisilarni-nimalar-kutmoqda-20027864.html
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, 1-sentabrdan maktablarda darslarni gibrid shaklda davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida XTV matbuot kotibi Laylo Rustamova xabar qildi. Lola Rustamova aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda maktab yoshidagi bolalar orasida ham koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda. Shu bois Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021-2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qiladi. Bunda maktabdagi epidemiologik vaziyatga qarab, San-epid nazorati taklifiga hamda mahalliy kengashlar qarorlariga ko‘ra ayrim maktablar karantinga yopilib masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin. Bunda o‘quvchilar ta’limni vaqtincha masofaviy shaklda uydan davom ettiradi. O‘quvchining masofadan ta’lim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi. Birinchi sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi16 Iyun 2021, 10:30 Xalq ta’limi vazirligi an’anaviy ta’limni to‘liq tiklanishi uchun barcha tizim xodimlarini tezroq vaksina olishlarini so‘rab qoladi. Hech qanday eng zamonaviy masofaviy ta’lim tizimi ham bevosita maktabdagi ta’lim o‘rnini bosa olmaydi "Bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu — vaksinatsiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz", -deyilgan xabarda.
2021-09-08
https://oz.sputniknews.uz/20210809/birinchi-sentyabrdan-maktablarda-darslar-gibrid-shaklda-davom-etadi---xtv-20005066.html
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanida kuni kecha mahalliy faollar va daraxtni kesishni rejalashtirganlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgach, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov boshchiligida o‘rganish ishlari olib bordi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video-rolikda Uchtepa tumanida daraxt kesilishiga norozi bo‘lgan fuqarolar va daraxt kesayotganlar o‘rtasida katta janjal yuzaga kelgani aks etgan. O‘zbekistonda qimmatbaho navlardagi daraxtlar kesilishiga moratoriy e’lon qilindi31 Oktabr 2019, 09:31 Daraxtlarni kesayotganlar qo‘lida arra bilan "Bizda ruxsat bor!", deb baqirsa, mahalliy faollar deyarli jonli qalqon bo‘lib, daraxtni o‘rab olib, ularga qarshilik ko‘rsatgan. Mojaro yarim kechgacha davom etgan, mahalliy faollar daraxtni asrab qolish uchun uyqudan voz kechib, navbatchilik qilayotgani holati ham tasvirga olingan. Video ijtimoiy-tarmoqlarda qizg‘in-bahs munozaralarga sabab bo‘ldi. Bugun holat yuzasidan eko-partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov boshchiligida o‘rganish ishlari olib borildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga partiya matbuot-xizmati. Ma’lum bo‘lishicha, Oblomurodov aholi vakillari bilan uchrashgan. Ma’lum bo‘lishicha, Uchtepa tumanida yashovchi B.Daminov aholi yashash xududi orasida qurilish qilish maqsadida yollanma ishchini jalb qilgan holda mazkur hududdagi bir tup diametri 39,4 sanimetr bo‘lgan safora daraxtini kesmoqchi bo‘lgan vaziyatda aholi vakillari tomonidan to‘xtatib qolingan. Keskin noroziliklarga sabab bo‘lgan mazkur holat O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan nazoratga olindi, dedi partiya vakili. Nazorat ishlariga ekologiya inspeksiyasi hamda profilaktika inspektori jalb etilgan. Bu borada hatto jamoatchilik eshituvini o‘tkazish rejalashtirilgan. "O‘zbekiston Ekologik partiyasi ona tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan daraxtlarning kesilishini keskin qoralaydi", - deb aniqlik kiritadi partiya matbuot-xizmati vakili. O‘zbekiston Ekologik partiyasi jumladan, Uchtepa tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlarni mazkur holatni aholi fikrini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqishga chaqirib qolgan.
2021-09-08
https://oz.sputniknews.uz/20210809/daraxtni-deb-yuzaga-kelgan-janjaldan-song-ekopartiya-rahbari-hodisa-joyiga-bordi-20009559.html
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. PAO “KAMAZ”ning bir guruh mutaxassislari O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga olish maqsadida Respublikaga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning yetakchi yuk avtomobillar korxonasiga ishga jalb qilish imkoniyati ikki davtlat hukumatlari hamda “KAMAZ” va O‘zbekistoning Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi orasida 2021-yilning iyul oyida imzolangan kelishuvdan so‘ng paydo bo‘ldi. VEB O‘zbekistonda “Kamaz” avtomobili va maxsus texnikasini xarid qilishni moliyalashtiradi17 Sentabr 2020, 13:02 Ushbu loyihaning samarali amalga oshirilishidan ikkala tomon ham manfaatdor: “KAMAZ” o‘z mehnatsevarligi, ishga munosabati va tartib intizomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik ishchilarlarga ega bo‘ladi, O‘zbekiston fuqarolari esa Rossiyaning yirik va zamonaviy korxonalaridan birida ishga joylashish imkoniga ega bo‘lishadi. “Bu yerda ishchilar kasbga o‘qitish, ijtimoiy kafolatlar, tibbiy sug‘urta va turar joy bilan ta’minlanadi. Undan tashqari ularning O‘zbekistondan Naberejnie Chelni shahrigacha kelish transport xarajatlarini ham qoplab beriladi. Bularning barchasi kelajakda ham o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda”, - deyilgan xabarda. Kelajakda mehnat migrantlari professional ko‘nikmalar olishi va o‘z malakalarini oshirishi imkoniga ega bo‘ladilar. Ma’lumot uchun, bugungi kunda PAO "KAMAZ" 60 dan ortiq modeldagi yuk avtomobillari, prinseplar, avtobuslar, dvigatellar va boshqa uskunalar ishlab chiqaradi. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi yil sayin oshib bormoqda. 2021-yilning birinchi yarmida 24 mingdan ortiq mashina komplektlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1/3 baravar ko‘p. 2018-yildan boshlab “KAMAZ” elektrobuslar ishlab chiqarishni boshlagan. Bugungi kunda PAO “KAMAZ” tarkibiga MDH hududida joylashgan 109ta korxona kiradi, ishchilar umumiy soni 32,7 mingdan ortiq.
2021-09-08
https://oz.sputniknews.uz/20210809/kamaz-ozbekistonda-400-kishini-ishga-oladi-19998335.html
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Bugun va haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet. Havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduz kunlari +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi. Bu ushbu davr meyoridan biroz yuqori bo‘ladi. Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, 12 va 13-avgust kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Kechalari havo harorati o‘zgarmaydi, kunduz kunlari +30…+35 darajagacha pasayadi va iqlimiy meyorga yaqinlashadi.
2021-09-08
https://oz.sputniknews.uz/20210809/hafta-oxirida-havo-harorati-biroz-pasayishi-kutilmoqda-20003758.html
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyat hukumatning nazorati ostidan to‘liq chiqdi, Mazori Sharif tez orada toliblar qo‘liga o‘tadi. Bu haqda RIA Novostiga “Tolibon”* harakati rasmiy vakili Zabiulla Mujahid ma’lum qildi. “Vaziyat ularning (hukumatning – tahr.) nazorati ostidan to‘liq chiqdi, kuchlarimiz o‘rtacha tezlikda oldinga siljimoqda, Mazori Sharif ham tez orada taslim bo‘ladi. Shuningdek, biz xotirjamlik bilan qolgan boshqa shaharlarga olg‘a siljishga harakat qilyapmiz”, - dedi Mujahid. Avvalroq "Tolibon"* AQShni afg‘on mojarosiga aralashmaslikka chaqirgani xabar qilingan edi. Afg‘on mudofaa vazirligi: harbiylar bir sutkada "Tolibon"ning 406 jangarisini yo‘q qildi6 Avgust 2021, 13:20 * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-09-08
https://oz.sputniknews.uz/20210809/tolibon-vakili-vaziyat-hukumatning-nazorati-ostidan-toliq-chiqdi-20012313.html
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “juda tez orada” davlat rahbari lavozimidan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda respublika yetakchisi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tayotgan “Prezident bilan katta suhbat” davomida aytdi. “Lukashenko qachon ketadi deb fol ochish kerak emas, juda tez orada”, - dedi u. Shuningdek, Lukashenko hozir u mamlakat prezidenti bo‘lib yetishishi mumkin bo‘lgan 15-20 kishini ko‘rayotganini qo‘shimcha qildi, chunki ular unga Belarusga sodiqligi bilan o‘xshashadi. Lukashenko chegaraning “har bir qarichini” yopish bo‘yicha topshiriq berdi5 Avgust 2021, 15:05
2021-09-08
https://oz.sputniknews.uz/20210809/lukashenko-belarus-prezidenti-lavozimidan-qachon-ketishi-haqidagi-savolga-javob-berdi-20010052.html
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Atabek Tursinbekov O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda. Atabek Tursinbekov 1987-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2009—2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. O‘zbekistonning Yaponiyadagi yangi elchisi tayinlandi11 Iyul 2021, 10:33 Shuningdek, u 2017—2021 yillarda O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan. Oilali, ikki farzandning otasi. Ta’kidlanishicha, Aqtau shahridagi bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari kiradi.
2021-09-08
https://oz.sputniknews.uz/20210809/ozbekistonning-aqtau-shahridagi-bosh-konsuli-tayinlandi-20010613.html
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB uy balkonidagi ayol va erkak kimligini aniqladi, deb xabar qilmoqda Qalampir nashri IIBB Axborot-multimedia markazi boshlig‘i Nilufar Isaxonovaga asosan. 9 Avgust 2021, 13:40 “Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB tomonidan Feruza Najmiddinovaning arizasi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Videoda aks ettirilgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro S.A. o‘zining turmush o‘rtog‘i Sh.A. bilan birga shu ishni qilgani oydinlashdi. Ushbu fuqarolar bilan tushuntirish profilaktika ishlari olib borildi va bunday xatti-harakatlarni odamlar ko‘z o‘ngida qilish mumkin emasligi tushuntirildi. Ma’lum bo‘lishicha, ular bir xonali uyda yashagani bois, farzandlarining oldida emas, tashqarida bu kabi harakatlarni sodir etgan. Videodagi ayol Feruza Najmiddinova emasligi IIBB tomonidan to‘liq tekshirilib, aniqlandi, - deydi Isaxonova. Undan tashqari, IIBB multimedia markazi boshlig‘i fuqarolardan, kishilarning shaxsiy hayotiga taaluqli ushbu kabi vodeolavhalarni keng ommaga tarqatish, montaj uslubida yolg‘on ma’lumotlar tarqatish - huquqbuzarlik ekanini eslatib, buning uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkinligini aytib o‘tdi. "Agarda shu kabi videolarni tasvirga olsangiz, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasligingizni so‘rardim. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy va Jinoiy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga asosan bunday harakatlar huquqbuzarlik hamda jinoyat deb topilishi mumkin.Bundan tashqari, montaj uslubida tekshirilmagan hamda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish ham jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi”, - deydi Nilufar Isaxonova. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin go‘yoki Qalampir nashri jurnalisti Feruza Najmiddinova aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan edi. Shunday so‘ng keng jamoatchilik va qator rahbarlar jurnalistni himoya qilib chiqishgan edi. Ayni damda IIBB Najmidinovaning arizasiga muvofiq, ushbu voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
2021-09-08
https://oz.sputniknews.uz/20210809/iibb-olmazor-citydagi-juftlik-bilan-suhbat-otkazdi-20003865.html
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligi koronavirusga qarshi emlanmagan talabalarni masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazishni tavsiya qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. Vazirlik buni Rossiyaning har bir hududidagi epidemiologik vaziyatni inobatga tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Ta’kidlanishicha, emlanmagan talabalar uchun oliygoh binolariga kelishning alohida rejimi o‘rnatiladi. Emlangan talabalar uchun darslar oliygohda o‘tkaziladi va ularning binoga kirishiga hech qanday cheklov o‘rnatilmaydi. Bundan tashqari, Rossiya vazirligi OTMlarga sessiyani emlangan va emlanmagan talabalar uchun alohida tashkil etishni tavsiya qilgan.
2021-09-08
https://oz.sputniknews.uz/20210809/rossiyada-emlanmagan-talabalarni-masofaviy-talim-otkazish-tavsiya-qilindi-20004361.html