text
stringlengths 1
1.49M
| timestamp
stringlengths 9
10
⌀ | source
stringlengths 21
684
|
---|---|---|
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilda va ilk bor yangi saylov kodeksi asosida o‘tkazilayotgan prezident saylovidan ko‘zlangan pirovard maqsad: saylovlar adolatli, shaffof va umume’tirof etilgan xalqaro talablar asosida o‘tdi, degan e’tirofga sazovor bo‘lish.
"Har bir ovoz beruvchi uchun kurashamiz"
O‘zbekistonda 2021-yilgi prezident saylovi kampaniyasi boshqa saylov kampaniyalaridan ko‘p jihatlari bilan ajraladi. Ushbu siyosiy jarayon yangi yagona saylov kodeksi bo‘yicha, yangi O‘zbekiston sharoitida o‘tkazilayotgani ham shunday mas’uliyatni yuklamoqda.
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida23 Iyul 2021, 23:19
Qolaversa, joriy prezident saylovlarida eng katta maqsadlardan biri sifatida har bir ovoz beruvchigacha yetib borish vazifasi belgilab olingan.
“Kerak bo‘lsa uyma-uy yuramiz. Komissiya a’zolari saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini mazkur uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish orqali aniqlashtiradi, - deya tushuntiradi Markaziy saylov komissiyasi axborot-xizmati rahbari Jaloliddin Usmonov. – Ammo bu saylov jarayonida majburiy mehnat, bo‘larkanda, degani emas. Har bir uchastka saylov komissiyasi a’zosi belgilangan ish xaqisini oladi. Bugungi kunda komissiya a’zolari ish xaqi (aniq summasi) va boshqa sarf-harajatlar haqida savollar ko‘p yangramoqda, aynan mana shu masalalar bo‘yicha MSK kengaytirilgan munosabatni tayyorlamoqda va u albatta, tez kunlarda e’lon qilinadi”.
Ta’kidlanishicha, saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan saylovchilarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ham chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Deylik, shunga zarurat bo‘lsa, saylov uchastkalari jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan yashirin ovoz berish kabinalari bilan jihozlanadi. Agar saylovchi uyda uyda bemor bo‘lib yotgan bo‘lsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra, ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, bunday fuqarolar uchun saylovchining iltimosiga binoan u yashayotgan uyda ovoz berish tashkil etiladi.
Mashhur "galochka" va bayroq ranglari: MSK prezident saylovlari logotipini taqdim etdi28 Iyul 2021, 13:30
“Biz har bir saylovchigacha yetib borishga harakat qilamiz. Cheklangan imkoniyatlar fuqarolarimizga ularning Konstitutsion burchlarini ado etishga sabab bo‘lib qolmasligi kerak. Buning uchun barcha sharoitlarni hozirlayapmiz”, - deydi MSK matbuot-xizmati rahbari.
Ta’kidlanishicha, bunda tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Vaqtincha yashayotgan manzildan ovoz bersa bo‘ladimi?
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayevning aytishicha, bugungi kunga qadar juda ko‘pchilik aholini qiziqtirayotgan masalalardan biri – bu o‘zi doimiy istiqomat qiluvchi manzildan emas, balki vaqtincha yashayotgan manzildan ovoz berish imkoniyatlari to‘g‘risidadir.
Avvalgi saylovlarda, vaqtinchalik yashash manzillarida istiqomat qiluvchi ko‘plab fuqarolar saylovlarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lishgani holatlari hech kimga sir emas.
Endilikda, yangi Kodeks bo‘yicha chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarida muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida o‘tkazilishi mumkin.
Buning uchun ko‘chma qutilar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
MSK prezident saylovlariga ShHT kuzatuvchilari missiyasini taklif etdi12 Iyul 2021, 16:30
O‘zbekistonda esa fuqarolar vaqtincha yashash manzili bo‘yicha saylov uchastkasiga biriktiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda kuzatuvchilarni OAV orqali xabardor etadi.
Onlayn ovoz berish tashkil etiladimi?
MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov, onlayn-ovoz berish haqidagi savolga to‘xtalar ekan, O‘zbekistondagi saylovning o‘ziga xos prinsipi – bu yashirin ovoz berish ekanligini eslatib o‘tadi va elektron ovoz berishda identifikatsiya masalalaridan kelib chiqqan holda, onlayn-ovoz berish yashirinlilikni ta’minlay olmaydi, shu bois, biz bu tizimni qo‘llay olmaymiz, deya tushuntiradi.
Ta’kidlanishicha, MSK pandemiya boshlanganidan buyon 10ta davlatda pandemiya sharoitida o‘tkazilgan va o‘tkazilayotgan prezident saylovlarida bevosita ishtirok etib, bu tajribaning ijobiy tomonlarini o‘rgangan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi, mutasaddi idora vakillari kelishilgan holda yo‘riqnomani tayyorlagan. Bu yo‘riqnomani esa saylovga yaqin qolganda e’lon qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonliklar dunyoning istalgan nuqtasidan ovoz berishlari mumkin - MSK8 Avgust 2021, 09:48
O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23-iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – "Adolat" SDP, "Milliy tiklanish" DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega. Saylov 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Oilaviy ovoz berish" qattiq nazoratga olinadi
O‘zbekistonda ilgari doim, jumladan, 2019-yilda bo‘lib o‘tgan Parlament saylovlarida ham “oilaviy ovoz berish” ya’ni bir kishi oiladagi barcha uchun ovoz berishi holati uchrab turgani sir emas. Ammo bu singari holatlarga qattiq kurashilgan, deya eslatib o‘tadi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Bu holatga chek qo‘yish esa eng avvalo saylovchilarning huquqiy ongiga bog‘liq, deb qo‘shimcha qiladi u.
Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, saylovda ishtirok etadigan fuqarolarning to‘liq ro‘yxati avtomatik tarzda shakllantirilgan. Bu bir shaxsning bir necha marotaba ovoz berishi yoki bir kishining butun oila a’zolari uchun ovoz berishining oldini olish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzod sifatida ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan edi. | 2021-09-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210809/ozbekistonda-2021-yilgi-prezident-saylovlarida-nimalar-ozgaradi--tafsilotlar-20006201.html |
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Ayni damda sobiq Varshava bloki mamlakatlaridan birida dunyo jamoatchiligi uchun sezilmagan holda ehtimolan Yevropaning energetika, muhimrog‘i, geosiyosiy xaritasini to‘liq o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan voqealar rivojlanmoqda.
Gap Polsha haqida borapti. Yevropa OAVlarining yozishicha, mamlakatning energetikasini yangidan qurollantirish poygasiga ikki mahalliy oligarx va ularga tegishli kompaniyalar qo‘shilgan. Ulardan biri Mixal Solovov va uning Synthos kompaniyasi. Kompaniya kimyo sanoati sohasi bilan qiziqadi. Polsha mediamagnati, ZE PAK egasi Zigmunt Solorj-Jak unga raqiblik qilmoqda.
Kreml Rossiyani “normal bo‘lmagan mamlakat” deb atagan Polsha prezidentiga javob qaytardi 27 May 2021, 16:53
Bir oy avval Solovov prinsipail bitim tuzganini e’lon qildi. Uning doirasida Amerika konserni GE Hitachi Nuclear Energy 2033-2043 yillarda Polsha hududida har birining quvvati bir gigavattdan 1,6 gacha bo‘lgan to‘rtta kichik atom reaktorini qurish majburiyatini olgan. Uning raqibi mantiqliroq va amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tashabbus bilan chiqmoqda, biroq uning yo‘lida surunkali polyakcha rusofobiya turibdi. Solorj-Jak Kaliningrad viloyati joylashgan Boltiq AES (Baltiyskaya AES) qurilishiga sarmoya kiritishni taklif qilmoqda, shu tariqa nafaqat Polshaning barcha muammolarini hal qilish, balki elektr energegiyasini yetkazib berish bozorida asosiy mintaqiviy o‘yinchi bo‘lish.
Hozirgi vaziyat tarix va yangi zamonaviy ekologik kun tartibiga borib taqaladi. Gap shundaki, Polsha sobiq Varshava shartnomasining SSSRdan hech bo‘lmaganda bittagina eski AES meros bo‘lib qolmagan mamlakatlar sirasiga kiradi. Polsha energetikasi umuman va to‘liqligicha ko‘mirdan iborat.
2019 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘mir elektr energiyasi ishlab chiqarishning qariyb yetmish to‘rt foizi asosi bo‘lgan – g‘arbda ekologiyaning eng ashaddiy dushmani va qutb muzlarining qotili deb e’lon qilingan o‘sha ko‘mir.
Bu ishlar, albatta, Yevroittifoqini unchalik qoniqtirmaydi, lekin polyaklar yildan yilga o‘z energetikasini yashillashtirish talablariga javob qaytarib, eng kichik bo‘lmagan mamlakat uchun generatsiyalarning uchdan ikki qismini shamol va quyosh panelllari bilan almashtirishning iloji yo‘qligini adolatli aytib keladi. Brussel va Varshava o‘rtasidagi bu siyosiy ur-sol birinchi marta cho‘zilayotgan yo‘q, lekin Polsha budjeti har yili Yevropa g‘aznasidan 15-20 milliard yevro miqdorida dotatsiya oladi, Polsha hukumati o‘z donor talablarini qondirish usullarini qidirishga majbur.
Polsha "Shimoliy oqim-2" tufayli Gazpromni 7,6 milliard dollarga jarimaga tortdi7 Oktabr 2020, 15:35
Hech kimga sir emaski, Polsha Rossiyaning Yevropadagi har qanday energetika loyihalarining oldingi va ashaddiy dushmani sanaladi. Varshava hamisha aytib keladiki, tez orada u Rossiya gazini xarid qilishdan voz kechadi, ittifoqda Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan “Shimoliy oqim-2”ga qarshi kerakli barcha ishlarni qiladi, ya’ni Germaniya va Avstriyaning Yevropaning asosiy gaz xabiga bo‘lgan urinishlariga zarba bermoqda.
Mantiq, iqtisod, geografiya va fizika polyaklar o‘zlarining Rossiyani yoqtirmasliklarini bir chetga surib, u bilan hamkorlik qilishlari kerakligini aytib turibdi.
Polsha energiya tanqis bo‘lgan mamlakatdir. Bu u o‘z hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun kerakli bo‘lganga qaraganda kamroq elektr energiyasini mustaqil ishlab chiqarishini anglatadi. Raqamlar juda o‘jar, ular har yili 165,5 teravatt-soat ishlatilganda yana o‘ttizini Varshava chet eldan xarid qilishini aytib turibdi. Qo‘pol qilib aytganda, Polsha energiya tizimidagi har o‘ninchi kilovatt import qilingan. Biroq bu hammasi emas. Agar Polsha xaritasini olib, unga elektr stansiyalarini qo‘ysa, ma’lum bo‘ladiki, mamlakatning shimoli-sharqida generatsiya obyektlar umuman yo‘q. Yaqin IESlari Varshavadan janubroq va Gdanskidan g‘arbroqqa joylashgan.
Amerikaliklar taklifi va Kaliningraddagi atom stansiyasi taqqoslansa, qaysi biri foydaliroq va kuchliroq ekanini ayon bo‘ladi. Jismoniy infratuzilmasi, rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra 12-15 foizga tayyor bo‘lgan Boltiq AESni qurib bitkazish yetti milliard yevroga tushadi, amerikaliklar loyihasi esa, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 23 milliardni tashkil etadi. Yana bir juda muhim omillardan biri – vaqt. Agar Kaliningraddagi obyektni 2028 yoki 2029-yilda ishga tushirish imkoni bo‘lsa, Synthos esa amerikaliklar bilan ishni 2030-yildan keyin boshlamoqchi.
Ta’kidlash joizki, aynan Polsha (va Litvaning) xatti-harakatlari Nemandagi AES qurilishini to‘xtatib qo‘ygandi. Qrim Rossiyaga qo‘shilgandan keyin Varshava va Vilnyus stansiyadan elektr energiyasini xarid qilish bitimini bekor qildi. Qator elektr o‘tkazish stansiyalari qurilishi bekor qilindi, jumladan, NordBalt (Litva orqali Shvetsiyaga), LitPol Link (Litva orqali Polshaga), Estlink (Litva orqali Estoniya va Finlyandiyaga) va Polshaga to‘g‘ridan to‘g‘ri energiya ko‘prik.
Ko‘rinib turibdiki, polshalik energetiklar o‘shanda Rossiya bilan hamkorlining muqobili yo‘qligini tushinishgan va Kaliningraddan elektr energiyasini xarid qilish uyatli ish deb hisoblashmagan – biroq katta siyosat aralashdi. Polsha Boltiqbo‘yi Rossiya esklavini bo‘g‘ishga va qurilayotgan AESning qudrati sindirishga pul tikishdi. Ammo chuchvara xom sanalgani vaqt o‘tib oydinlashdi.
Rossiya Boltiq AES qurilishini to‘xtatib qo‘ydi. Bekor qilgani yo‘q, balki aynan vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Obyektda konvervatsiya bo‘yicha ishlab olib borildi, u hozirgacha anabioz holatida turibdi. Uning 2,8 gigavatt qudrati kimga kerakligi bo‘lish fursatini kutib yotibdi. Ikkita atom reaktorini yo‘qotib, Rossiya bunga javoban o‘zining afsona bo‘lgan “assimetrik dzudo”sini qo‘lladi – Kaliningrad viloyatida o‘tgan yillarda Talaxovskaya, Pregolskaya, Mayakovskaya issiqlik elektr stansiyalari va Pravdinskaya GESi qad rostladi. Bugungi kunda mintaqa to‘liq energiya bilan ta’minlangan, va bu fakt ehtimoliy investorlar uchun deyarli cheklovsiz imkoniyatlar ochadi.
Ichki bozoda Boltiq AES mahsuloti kerak bo‘lmagani sababli uni butunligiga elektr energiyasi eksportiga yo‘naltirish mumkin. Polshada aqllarini yig‘ishtirib olishadi deb faraz qilsak, bizning g‘arbiy qo‘shnilarimiz qo‘llariga eng kuchli vosita va daromad manbaini olishadi.
Shavkat Abdukamilov: O‘zbekiston bo‘lajak AES ishonchliligiga shubha qilmaydi23 Yanvar 2021, 19:07
Polshaning shimoli-sharqiy mintaqalari juda qulash va arzon elektr energiyani qo‘lga kiritadi. Belarus AES bunga yaqqol dalil. Polsha-Boltiqbo‘yi tandemi uning qurilishiga qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin, jarayon jadal ketmoqda.
Yuzaki tahlil va Rossiya-Polsha munosabatlari tarixi shunday fikrga olib kelishi mumkinki, Varshava yana ayon narsani rad qiladi va o‘zining chiqimli rusofob yo‘lini davom ettiradi. Biroq bu yerda, katta siyosatda bo‘lgani kabi, shaxsiy manfaat, katta pullar va katta imkoniyatlar aralashgan, hammasi silliq emas.
Solorj-Jak Boltiq AESini yolg‘iz o‘zi qurib bitkazmoqchi emas, MVM Venriya davlat kompaniyasi bilan birgalikda. Bu kompaniya taqdir taqazosi bilan nafaqat mamlakatdagi yagona AES “PAKSh”ning modernizatsiya uchun javob beradi, lekin unga ustuvor huquqni “Rosatomga”ga berdi. Qolaversa, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bir necha marta o‘zining polshalik hamkasbi Mateush Moraviski bilan uchrashdi. Sir emaski, asosiy masalalardan biri Kalinningraddagi AESni birgalikda qurib bitkazish imkoniyati bo‘lgan.
Hisob-kitob juda oddiy: Rossiya, Polsha va Vengriya o‘rtasida uch tomonlama bitim tuzilsa loyihaning bir ishtirokchisi yaqin kelajakda stansiyani olish uchun ikki milliard yevro sarmoya kiritishi kifoya bo‘ladi. Stansiya esa faqat Polsha va Vengriya manfaatlariga ishlaydi, shu bilan birga Rossiya g‘aznasini to‘ldiradi.
Eng qizig‘i shundaki, Polsha hozirgacha bu taklifdan voz kechganicha yo‘q.
Manba: RIA Novosti. | 2021-09-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210809/polshaga-kaliningrad-kerak-mojaro-boshlanib-boldi-20007422.html |
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okruglari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qayd etilishicha, har bir saylov okrugidagi saylovchilar soni yig‘ilish o‘tkazilgan sanagacha saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimining ma’lumotlari asosida aniqlangan.
Saylov okruglari ro‘yxati, ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashuvi ko‘rsatilgan holda MSK tomonidan e’lon qilinadi.
Yig‘ilishda, shuningdek, OAV vakillarini akkreditatsiya qilish masalasi ham muhokama qilindi.
O‘zbekistonda bunday saylovlar bo‘lmagan: 2021-yil oktabrda saylovchilarni nimalar kutmoqda9 Avgust 2021, 16:23
Bugungacha MSKga akkreditatsiyadan o‘tkazishni so‘rab bir qator ommaviy axborot vositalaridan murojaatlar kelib tushgan. Yig‘ilishda 500 dan ortiq OAV vakillariga akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tegishli guvohnomalarni berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Kelgusida OAVdan murojaaatlar bo‘yicha MSK ularning akkreditatsiyasini o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi.
O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23-iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – "Adolat" SDP, "Milliy tiklanish" DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega va ular o‘z nomzodlarini ko‘rsatishdi. Saylov 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. | 2021-09-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210809/ozbekistonda-prezidenti-saylovi-uchun-okruglar-tuzildi-20009011.html |
REUTERS / Issei Kato5 yil kutilgan Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.1/26 REUTERS / Issei Kato5 yil kutilgan Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Sputnik / Grigoriy SysoyevUnda ikki yuzdan ziyod delegatsiya vakillari medallar uchun murosasiz kurash olib borishdi.2/26 Sputnik / Grigoriy SysoyevUnda ikki yuzdan ziyod delegatsiya vakillari medallar uchun murosasiz kurash olib borishdi. Press-slujba NOK UzbekistanaYopilish marosimida O‘zbekiston bayroqdori og‘ir atletikachi, oltin medal sohibi Akbar Jo‘rayev bo‘ldi3/26 Press-slujba NOK UzbekistanaYopilish marosimida O‘zbekiston bayroqdori og‘ir atletikachi, oltin medal sohibi Akbar Jo‘rayev bo‘ldi Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi.4/26 Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi. Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi5/26 Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi REUTERS / Toby MelvilleTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi6/26 REUTERS / Toby MelvilleTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTantanali yopilish marosimida mushakbozlik uyushtirildi7/26 Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTantanali yopilish marosimida mushakbozlik uyushtirildi Press-slujba NOK UzbekistanaBu Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi.8/26 Press-slujba NOK UzbekistanaBu Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi. Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishAtletchilar paradi9/26 Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishAtletchilar paradi REUTERS / Amr Abdallah DalshTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi10/26 REUTERS / Amr Abdallah DalshTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi Sputnik / Grigoriy SysoyevAtletchilar o‘z mamlakatlari bayroqlarini ko‘tarib chiqishdi11/26 Sputnik / Grigoriy SysoyevAtletchilar o‘z mamlakatlari bayroqlarini ko‘tarib chiqishdi AFP 2023 / Jewel SamadTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi12/26 AFP 2023 / Jewel SamadTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi AP Photo / Kiichiro SatoMusobaqa davomida unutilmas quvonch taqdim qilgan g‘alabalar qatori alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ldi.13/26 AP Photo / Kiichiro SatoMusobaqa davomida unutilmas quvonch taqdim qilgan g‘alabalar qatori alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ldi. REUTERS / Thomas PeterTokio pandemiya sharoitiga qaramasdan Olimpiya o‘yinlarini ajoyib o‘tkazishni uddaladi.14/26 REUTERS / Thomas PeterTokio pandemiya sharoitiga qaramasdan Olimpiya o‘yinlarini ajoyib o‘tkazishni uddaladi. Sputnik / Grigoriy SysoyevO‘yinlarni oliy darajadag o‘tkazgan Tokioga minnatdorchilik bildirildi.15/26 Sputnik / Grigoriy SysoyevO‘yinlarni oliy darajadag o‘tkazgan Tokioga minnatdorchilik bildirildi. Sputnik / Ramil SitdikovAQSh medallar poygasida Olimpiadaning so‘nggi kunlarida Xitoydan o‘zib ketdi.16/26 Sputnik / Ramil SitdikovAQSh medallar poygasida Olimpiadaning so‘nggi kunlarida Xitoydan o‘zib ketdi. REUTERS / Pawel KopczynskiMarosim garchi muxlislarsiz o‘tgan bo‘lsa ham, texnologiya bobida ancha rivojlangan Yaponiya o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda barchani lol qoldiruvchi dasturlarni namoyish qilishga erishdi.17/26 REUTERS / Pawel KopczynskiMarosim garchi muxlislarsiz o‘tgan bo‘lsa ham, texnologiya bobida ancha rivojlangan Yaponiya o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda barchani lol qoldiruvchi dasturlarni namoyish qilishga erishdi. Press-slujba NOK UzbekistanaO‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qo‘mitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi.18/26 Press-slujba NOK UzbekistanaO‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qo‘mitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi. REUTERS / Antonio BronicTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi19/26 REUTERS / Antonio BronicTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishXalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax20/26 Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishXalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax REUTERS / Bernadett SzaboTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi21/26 REUTERS / Bernadett SzaboTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi REUTERS / Toby MelvilleMarosim yakunida Olimpiya o‘yinlarining kelgusi mezboni Parij shahri ekani tantanali e’lon qilindi22/26 REUTERS / Toby MelvilleMarosim yakunida Olimpiya o‘yinlarining kelgusi mezboni Parij shahri ekani tantanali e’lon qilindi Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMarosim yakunida Yaponiya, Gretsiya va Fransiya bayroqlari ko‘tarildi.23/26 Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMarosim yakunida Yaponiya, Gretsiya va Fransiya bayroqlari ko‘tarildi. Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi24/26 Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishTokiodagi “Olimpiya” stadionida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi AFP 2023 / Antonin ThuillierOlimpiya mash’ali o‘chirildi.25/26 AFP 2023 / Antonin ThuillierOlimpiya mash’ali o‘chirildi. REUTERS / Toby MelvilleTokiodagi Olimpiya o‘yinlari 23-iyuldan 8-avgustga qadar bo‘lib o‘tdi.26/26 REUTERS / Toby MelvilleTokiodagi Olimpiya o‘yinlari 23-iyuldan 8-avgustga qadar bo‘lib o‘tdi.
Bu Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi. Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Eron kabi yetakchi sport davlatlaridan keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qo‘mitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida rekordchi Akbar Jo‘rayev, Mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov, bokschi Bahodir Jalolovlarning chiqishlarini alohida qayd etish mumkin. | 2021-09-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210809/tokio-2020-olimpiya-oyinlarining-yopilish-marosimidagi-yorqin-lahzalar-19999734.html |
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Uch nafar fuqaroni Turkiya jo‘natayotgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro D.X. 3 nafar ayolga (1992, 1995 va 1999 y.t) o‘z hisobidan chipta sotib olib berib, ularni Turkiyaning Antaliya shahrida fohishalik qilishga yollamoqchi bo‘lgan. Ayol qizlarni “Toshkent-Antaliya” yo‘nalishi orqali jo‘natayotgan vaqtida DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gulistonda turmushga chiqmagan qizni Turkiyaga fohishalikka olib ketayotgan erkak ushlandi18 Aprel 2021, 15:07
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. | 2021-09-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210809/toshkentda-uch-qizni-turkiyaga-fohishalikka-jonatayotgan-ayol-qolga-olindi-20002379.html |
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Osiyo Olimpiya Kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov O‘zbekiston Olimpiya jamoasini va bokschi Bahodir Jalolovni tabrikladi hamda Tokio-2020 XXII Olimpiya o‘yinlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Bizning sportchimiz nima bo‘lishidan qat’iy nazar oxirigacha kurashish kerakligini butun dunyoga isbotladi! Bahodirni, olimpiadachilarni va barcha muxlislarni tabriklayman!”, - deb yozgan o‘zining telegramdagi sahifasida Umarov.
Otabek Umarov xulosasiga ko‘ra, Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari turli turli kamchilik, kutilmagan hodisalarga boy bo‘lgan, lekin shu bilan birga ushbu O‘yinlarda ibrat olsa bo‘ladigan holatlar ham ko‘p bo‘lgan.
Bahodir Jalolov O‘zbekistonga yana bir oltin medalni olib berdi8 Avgust 2021, 11:50
“Tokio Olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Kimdir bu O‘yinlarni munozarali, kimdir g‘alvali deb atadi, yana kimdirlar esa teletranslyatsiyalarning reytingi pasayishiga e’tibor berishdi. Menimcha, har bir mulohazada haqiqat bor, lekin shaxsan men o‘tgan musobaqalarni birinchi navbatda ibratli deb atagan bo‘lardim”, - deb yozadi Umarov.
Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti aytishiga ko‘ra, o‘zaro siyosiy munosabatlar qanday bo‘lmasin sportchilar adolatli munosabatga loyiq. Ushbu Olimpiya o‘yinlari ham buni yana bir bor namoyish qilgan.
“Menimcha, ko‘p mamlakatlar XXXII Olimpiada o‘yinlaridan saboq olishlari kerak. <…> Biz sportni siyosatdan va har qanday begona fitnadan tashqariga chiqarib, Olimpiya tamoyillari g‘alabasi uchun kurashni davom ettirishimiz kerak. Sababi, atletikachilar o‘zlariga nisbatan vijdonli va adolatli munosabatga loyiqdirlar – mavjud vaziyatning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar”, - deb yozgan Umarov.
Shuningdek Umarov O‘zbekistonlik sportchilar Olimpiya qadriyatlariga sodiq qolgan holda, MDH davlatlari orasida oltin medallar bo‘yicha munosib ikkinchi o‘rinni egallaganini mamnuniyat bilan qayd etgan va Parijda bo‘yib o‘tadigan navbatdagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish boshlashni maslahat berdi.
O‘zbekistonliklar Tokiodan qaytayotgan olimpiadachilarni qarshi olishlari mumkin8 Avgust 2021, 17:20
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida uchta oltin va ikkita bronza medal bilan jahon bo‘yicha 32 o‘rinni egallagan. (medallar soni bo‘yicha 42-o‘rin). Yetakchi jamoalar AQSh – 39ta oltin, jami 113ta, Xitoy – 38ta oltin jami 88ta, Yaponiya – 27ta oltin, jami – 58ta, Britaniya – 22ta oltin, jami 65ta, Rossiya – 20ta oltin, jami 71ta. | 2021-09-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210809/tokiodagi-olimpiya-oyinlari-ibratli-boldi---otabek-umarov-19997786.html |
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Afg‘on harbiylari o‘tgan kun davomida “Tolibon”* radikal harakatining 385 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
“O‘tgan kun davomida afg‘on armiyasining harbiy operatsiyasi natijasida “Tolibon”*ning 385 jangarisi yo‘q qilindi va yana 210 tasi yaralandi”, - deyilgan vazirlikning Twitter’dagi sahifasida.
Afg‘oniston besh mingta asir jangarilarni AQSh bosimi ostida ozodlikka chiqardi4 Avgust 2021, 12:12
Afg‘oniston Qurolli kuchlari 14 ta viloyatda, jumladan, Qandahor, Hirot va Hilmandda operatsiyalar o‘tkazgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti. | 2021-07-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210807/afgonistonda-bir-sutkada-400-nafarga-yaqin-tolib-yoq-qilindi-19986753.html |
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga sel keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sel 6-avgust kuni soat 17:05 larda Qirg‘izistonning Botkent viloyati Qadamjoy tumani tog‘ va adir hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kelgan. So‘x tumani “Navobod” MFY hududidagi “Malbut”, “Devayron-Umbara”, “Qalacha”, “Tul” va “Poloxona” sel yo‘llaridan 30 m3. miqdoridagi sel oqimlari o‘tgan.
Sel o‘tishi oqibatida So‘x tumani hududidan o‘tuvchi “So‘x-Rishton” avtoyo‘lining 80 metr qismiga loy aralash shag‘alga to‘lgan. Malbut qishlog‘i xo‘jalik ekin maydonlariga hamda “Umbara” (15 ta xonadon) va “Devayron” MFY (25 ta xonadon) hududlaridagi jami 40 ta xo‘jalik tomorqalari, qo‘shimcha bino va uylarning yerto‘lalariga suv kirgan.
Namangan viloyatida sel oqibatlari bartaraf etilmoqda22 Iyul 2021, 14:29
Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tuman hokimiyatida FVB, IIB, prokuratura organlari, SSB rahbariyati tarkibidan iborat tezkor shtab tashkil etilib, sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.
Xabarda sel toshqinlari oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘qligi qo‘shimcha qilingan. | 2021-07-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210807/sox-tumaniga-sel-keldi-19989147.html |
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. O‘tgan sutka davomida O‘zbekistonda 897 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati xabarida keltirib o‘tilgan.
2021 yil 7-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 136 635 nafarni tashkil etmoqda.
Vaksina o‘limga sabab bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak - infeksionist maslahati5 Avgust 2021, 17:24
Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Samarqand viloyati (96), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyati (97 nafardan); Surxondaryo viloyati (98), Toshkent shahrida (117) aniqlangan.
Kecha kun davomida 929 kishi kasallikdan sog‘ayib, jami sog‘ayganlar 130 111 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 928 nafarni tashkil qildi. | 2021-08-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210808/ozbekiston-ssv-koronavirusga-chalinganlar-boyicha-statistikani-yangiladi-19991805.html |
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Yaponiyaning SSSRga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rgani haqidagi dalillarni ochiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ma’lumki, mamlakat 1938-yildan Sovet Ittifoqiga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rgan. Kvantung armiyasining oxirgi bosh qo‘mondoni Otodzo Yamadaning so‘zlariga ko‘ra, u Xassan ko‘li yaqinidagi sovet-yapon mojarosi paytida SSSR bilan harbiy harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda armiyani jangovar tayyorgarlikka keltirish to‘g‘risida buyruq bergan.
Ikkinchi jahon urushining afsona va asotirlari22 Iyun 2021, 10:21
Ekspertlarning ta’kidlashicha, yapon harbiylari "razvedkani jang bilan" olib borishgan, Qizil Armiya qo‘shinlarining holati va ularning mudofaasining ishonchliligini baholashgan. O‘shanda kki haftalik kurash SSSR g‘alabasi bilan yakunlangan.
"Kvantung armiyasi qo‘shinlari, Sovet Ittifoqiga qarshi urushga tayyorlikni kuchaytirish maqsadida, kuchlarning bir qismi sharqiy chegara hududida to‘plash uchun oldinga harakatlanadi", - deyiladi maxfiylikdan chiqarilgan №70 buyruq matnida.
SSSRga qarshi urushga tayyorgarlik vaqtida Yaponiya hukumati bakteriologik quroldan foydalanmoqchi bo‘lgan. Ular bu qarama -qarshilikda hal qiluvchi rol o‘ynaydi deb umid qilishgan.
Ammo 1945-yilda Sovet ittifoqi Tokio rejalari, hamda uning Berlin bilan aloqalaridan xabar topib, urush e’lon qilgan. Uzoq sharq kampaniyasi vaqtida SSSR Kvantung armiyasini tor-mor etgan: Yaponiya taslim bo‘lgan. | 2021-08-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210808/fxx-maxfiy-hujjatlarni-ochiqladi-yaponiya-sssrni-biologik-qurol-bilan-yoq-qilmoqchi-bolgan-19994230.html |
Avgust oyining boshlarida RF Qurolli Kuchlari bosh shtabi harbiy akademiyasi rahbari Vladimir Zarudniskiy RF Mudofaa vazirligining "Voyennaya misl" jurnalida eng yangi X-95 gipertovushli raketani "maxfiylikdan chiqargan edi". Harbiy rahbarning maqolasi zarba va qiruvchi aviatsiyani qo‘llash orqali havo-kosmik sohasida erishiladigan hukmronlikka bag‘ishlangan edi.
Rossiya S-500 “Prometey” raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi21 Iyul 2021, 16:26
Bunda yuqori aniqlikka ega uzoq masofaga uchadigan aviatsiya raketalari, ayniqsa, gipertovushli raketalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Modomiki X-95 raketasi haqida bunday darajada gapirila boshlashgan ekan, u holda, bu uning tayyor bo‘lganidan darak beradi.
Katta masofaga uchadigan, yuqori aniqlikka ega X-95 gipertovushli raketasi Tu-22M3M va Tu-160M bombardimonchilarining jangovar imkoniyatlarini, shuningdek istiqbolli uzoq masofali aviatsiya majmuasi (PAK DA) uchun mo‘ljallangan. RIA Novosti manbasiga ko‘ra, X-95 mahsulotining tajriba namunalari allaqachon havo tashuvchisida sinovdan o‘tgan.
Yangi aviatsiya raketasining texnik xarakteristikalari keltirilmagan, ammo shu narsa ma’lumki, gipertovushli X-47M "Kinjal" raketasi 12 Maxgacha bo‘lgan tezlikka va 2000 kmdan ortiq parvoz masofasiga ega.
NATO uchun "ta’qiq zonasi": Rossiya "Iskanderlari" yangi raketalarga ega bo‘ldi3 Iyun 2021, 17:21
Taxmin qilish mumkinki, eng yangi X-95 yanada tezroq, uzoqroq uchadi va hatto 5000 km ham u uchun chegara bo‘lmaydi. RF Mudofaa vazirligining aviatsiya bazasidagi gipertovushli qurollarga qo‘yadigan asosiy talablaridan biri - bu uchish chizig‘idan kamida 5500 km masofada dushman strategik obyektlarini yo‘q qilish qobiliyatidir. HKK samolyotlari F-22 qiruvchi-tutuvchi va havodan hujum tizimlari, hamda raketalarga qarshi mudofaa tizimlari harakatlari zonasidan tashqarida qolishi muhim. O‘ylaymanki, o‘rta masofaga uchadigan istiqbolli raketalar general Zarudniskiy uchun unchalik qiziq bo‘lmas edi.
Bugungi kunda Tu-160 va Tu-95MS Uzoq aviatsiya samolyotlari zamonaviy X-101 (X-102 termoyadroviy boyegolovkali) qanotli raketalari bilan qurollangan va ular 5500 km masofaga ucha oladi (https://sputnik.by/20191129/Rossiya-vozobnovila-proizvodstvo-strategicheskikh-raketonostsev-Tu-160M-1043337405.html).
O‘xshashi dunyoda yo‘q, shunday bo‘lsa-da, kam ko‘rinuvchan X-101 ehtimoliy dushmanning raketalarga qarshi mudofaa vositalari tomonidan tutib olinishi mumkin. Gipertovushli raketalarni esa barcha mavjud va istiqboldagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va raketalar hujumiga qarshi tizimlar deyarli nishonga ololmaydi.
Yuqori texnologiyaga ega dushman bilan ehtimoliy jangda olis masofaga uchuvchi X-95 raketasi g‘alabaning muhim omili bo‘loladi.
Optimistik trayektoriya
Strategik tashuvchi moslamalar bilan eng yangi X-95 gipertovushli raketalari uchun hech qanday muammo bo‘lmaydi. Hattoki "boqiy" Tu-95MSni hisobga olmaganda ham, bugungi kunda Rossiya harbiy-kosmik kuchlari safida 16 ta Tu-160 raketa tashuvchisi bor. Asta-sekin "Oq oqqushlar" Tu-160M darajasigacha modernizatsiya qilinib, ikkinchi seriyali NK-32 dvigatellari bilan qayta jihozlanmoqda va bu ularga soatiga 2200 km tezlikka erishishga imkon beradi.
Ellikka yaqin yangilangan Tu-160Mlarni Qozon aviazavodida qurish rejalashtirilgan. Istiqbolli uzoq masofali aviatsiya majmuasining sariyali ishlab chiqarilishi 2028-2019 yillarga mo‘ljallangan.
Putin Rossiya nega gipertovushli qurol yaratishga majbur bo‘lganini aytdi20 Sentabr 2020, 11:30
RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu sal avval gipertovushli majmualarni noyadroviy tiyib turish kuchining asosi deb atagan edi. Fevral oyida Rossiyada beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlari uchun yangi gipertovushli "Gremlin" raketasi yaratgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi ("Gremlin" sinovlari 2023-yilga rejalashtirilgan). Rossiya gipertovushli raketalarining soni va sifati har doim tashqi tahdidlarga mos bo‘ladi.
Rossiyaning gipertovushli quroli – "Avangard" (strategik maqsaddagi raketa qo‘shinlari) majmualari, "Kinjal" (HKK) va "Sirkon" raketalari (HDF) – ishchi holatda bo‘lib, Pentagon va NATOdagi eng qaynoq boshlarni samarali sovutib turibdi.
Dengizda joylashadigan "Sirkon" gipertovushli raketalari davlat sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlab, tez orada 22350 loyihasining qurol-aslahalari, eng yangi ko‘p nishonli 885M loyihasining "Yasen-M" submarinalari va modernizatsiyalangan raketa kreyseri - "Admiral Naximov" safiga qabul qilinadi.
Rossiya gipertovushli qurollarni yaratish va ishlab chiqarish sohasida yetakchidir. 2019-yildan beri faqat Xitoy shunga o‘xshash qurolga ega - DF-17 o‘rta masofali raketasi (2500 km gacha) tezlikni 10 Maxgacha oshirishga qodir.
Shu sababli, eng so‘nggi X-95 haqidagi ma’lumotlar ko‘plab mamlakatlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Mana shu fonda Pentagon Kongressdan Rossiya gipertovushli qurollaridan kelayotgan tahdidga qarshi turish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qildi. Ko‘rinib turibdiki, endi 740 milliard dollarlik harbiy budjet ham gipertovushli tezlikka erishish uchun kamlik qilyapti. Vashington aylanma yo‘llarni izlamoqda, gipertovushli qurollarni xalqaro konvensiyalar bilan taqiqlashni taklif qilib, kreativ manyovrlarni ishga solmoqda.
"Sheriklar" yeta olmaydi
Har yili milliardlab dollarlarni qurol-yarog‘ga sarflashiga qaramay, AQSh gipertovushli texnologiyalar poygasida Rossiyaga yeta olmaydi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan AGM-183A Air-Launched Rapid Response Weapon aviatsiya raketasi prototipini sinovdan o‘tkazish paytida, mahsulot Janubiy Kaliforniya qirg‘oqlarida bombardimonchidan ajraldi, lekin reaktiv taga yoqilmadi. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, puskdan so‘ng darhol reaktiv dvigatel yonib ketgan va "raketa nishonga tega olmagan".
Gipertovushli prototipning muvaffaqiyatsiz sinovi sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzilgan. Ushbu turdagi avariyalar (raketa yoqilg‘isining butun hajmi detonatsiyasi) tashuvchiga jiddiy tahdid soladi va AGM-183A bilan bog‘liq holatda esa gap B-52H Stratofortress bombardimonchisi haqida borgan edi.
Muvaffaqiyatsiz sinovlar seriyasi bugun harbiy-havo kuchlarining yagona loyihasi bo‘lgan - ARRWning butunboshli gipertovushli loyihasini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Rossiya “Sirkon” gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi7 Oktabr 2020, 13:02
AQSh HHKning qurollanish dasturi ijrochi direktori general Xit Kollinz 4-avgust kuni 2022-moliyaviy yil oxirigacha havoda joylashadigan gipertovushli raketa ishlab chiqarilishining ishga tushirilishi raketaning 28-iyul kuni ilk parvozni amalga oshirishni rad etishi bilan bog‘liq muammo qanchalar tez yechim topishiga borib taqalishini aytgan edi.
Avvalroq, AQSh HHK 2022-moliyaviy yil uchun 12 ta AGM-183A (ARRW) raketalarini yaratish uchun 161 million dollar so‘rashgan edi. AQSh harbiy budjeti gipertovushli tadqiqotlar uchun 3,2 milliard dollarlik xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘rinib turibdiki, gipertovush sohasida katta pullar katta yutuqlar bilan o‘zaro bog‘liq emas ekan.
Istiqbolli ARRW loyihasi uchun amerikaliklar 2020-yil fevral oyida qimmatbaho HCSW gipertovushli dasturdan voz kechgan edilar (Pentagon uchun gipertovushli texnologiyalarni rivojlantirishda pioner bo‘lgan Lockheed Martin bilan 928 mln dollarlik shartnoma). Balki dramaning uchinchi qismiga o‘tish vaqti kelgandir.
Qo‘shma Shtatlarda hozir taxminan sakkiztacha alohida gipertovushli raketa yaratish dasturlari ustida ish olib borilmoqda. Biroq hali bitta ham ishlaydigan mahsulot yaratilmadi, ular hatto "ish holatiga yaqin" emas. AQSh Kongressi Tadqiqot xizmatining gipertovushli qurollarni ishlab chiqish haqidagi hisobotida o‘ta xavotirli holat qayd etilgan: AQSh Rossiya va Xitoydan bir necha yillarga orqada qolmoqda.
Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘ling https://t.me/AKhrolenko | 2021-08-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210808/rossiyaning-yangi-gipertovushli-raketasi-x-95-haqida-malumotlar-19995170.html |
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Bokschi Bahodir Jalolov - Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi.
Bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining final bahsida aqshlik raqibi Richard Torres ustidan g‘alaba qozonib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir oltin medalni taqdim etdi.
Prezident Olimpiada oltin medali bilan barchani qutlash uchun majlisni to‘xtatdi 4 Avgust 2021, 10:07
Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda ishtirok etgan Bahodir Jalolov amerikalik raqibini 5:0 hisobida yengib oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bu O‘zbekiston delegatsiyasining olimpiadadagi uchinchi oltin medaliga aylandi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 1994-yilning 8-iyulida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Bahodir uch karra Osiyo va bir karra Jahon chempionidir. U 2016-yilda Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada chorak finalga qadar yetib borgandi. | 2021-08-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210808/bahodir-jalolov-ozbekistonga-yana-bir-oltin-medalni-olib-berdi-19992218.html |
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Buxoroda Majburiy ijro burosi xodimi qarzdor fuqaro tomonidan kaltaklandi, deb xabar beradi "Xalq so‘zi" nashri.
Xabarda aytilishicha, MIB G‘ijduvon tumani bo‘limi davlat ijrochisi Ya. Holiqov va U. Ergashevlar qarzdor “Trans Atlas” MChJdan 28 million 409 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi G‘ijduvon tuman Davlat soliq inspeksiyasining ijro hujjati yuzasidan 2021-yil 10-martda chiqarilgan qaror bilan tanishtirish, shuningdek qarorga asosan qarzdorning mol-mulklarini ko‘zdan kechirib, xatlash ijro harakatlarini o‘tkazish maqsadida MChJ rahbari S.Aslonovning yashash manziliga borishganida qarzdor Ya.Holiqovni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan.
Namanganda MIB xodimlariga qarshilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ygan yosh ayol vafot etdi2 Oktabr 2020, 12:34
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining hukmiga ko‘ra S.Aslonov aybdor deb topilib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirish sharti bilan 3-yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. | 2021-08-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210808/buxoroda-qarzni-undirishga-kelgan-mib-xodimi-korxona-rahbari-tomonidan-kaltaklandi-19990608.html |
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Amerikaning Kobuldagi elchixonasi Afg‘onistondagi amerikaliklarni mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Bu haqda diplomatik missiya saytida xabar qilindi.
"Elchixona amerikaliklarga jinoyatchilik, terrorizm darajasi yuqoriligi sababli Afg‘onistonga kelish xavfli ekanligini eslatadi, mamlakatda bo‘lib turganlarni esa uni tark etish masalasini ko‘rib chiqishga chaqiradi", — xabarda.
AQSh elchixonasi Afg‘onistondan uchib ketish uchun har qanday tijoriy reyslardan foydalanishni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, elchixona samolyotga chipta xaridga qilishga moliyaviy imkoni bo‘lmaganlarga qarz berish turishga tayyorligini bildirgan.
AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishini e’lon qilgach, mamlakatda toliblar* o‘z harakatlarini faollashtirdi. Afg‘oniston hukumati qator tumanlardagi nazoratni qo‘ldan boy bergan.
Afg‘onistondagi Rossiya bosh konsulxonasi diplomatlari O‘zbekistonga ko‘chirildi12 Iyul 2021, 17:44
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti | 2021-07-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210807/aqsh-elchixonasi-amerikaliklarni-afgonistonni-zudlik-bilan-tark-etishga-chaqirdi-19988806.html |
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Joriy yil 10-avgustdan e’tiboran O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish shoxobchalariga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
"...aholini ommaviy emlash koronavirusning yangi to‘lqinlarining oldini olishning muhim omili ekanligini hisobga olib, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini pandemiya sharoitida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va emlash jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida maxsus komissiyasining qarori bilan: 2021-yil 10-avgustdan e’tiboran: umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi", - deyiladi xabarda.
Koronavirusning delta-shtammiga qarshi yangi vaksinalar talab etilishi mumkin - olimlar5 Avgust 2021, 13:09
Bunda umumiy ovqatlanish obyektlariga koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish tavsiya etilmoqda (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno).
2021 yil 1-oktabrdan boshlab: tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish subyektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lmagan taqdirda, ularning faoliyat ko‘rsatishi vaqtinchalik to‘xtatiladi. | 2021-09-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210809/ozbekistonda-kafe-va-restoranlarga-maxsus-qr-kodni-korsatgan-holda-kirish-mumkin-boladi-19996983.html |
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Moskva va Moskva viloyatida migrantlarga qarshi muddatsiz tekshiruvlar start olmoqda. Nazorat Rossiya ichki ishlar vazirligi va Rosgvardiya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Jumladan, 14-avgustdan Rossiya poytaxti va Podmoskovyeda "Taksichi" reydi boshlanmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Moskva taksi xizmatida ishlovchi mehnat migrantlarini tekshiradilar. Haydovchilar yo‘lovchilarni KIS "ART" tizimi nazorati ostida tashiydilar.
Rossiyada ommaviy mushtlashuv yuz berdi: o‘zbekistonlik migrantlar ishtiroki o‘rganilmoqda8 Avgust 2021, 13:32
Taksichilarni raqamli identifikatsiya qilish oldidan YXXB xodimlari kuchaytirilgan tekshiruvni amalga oshirishi aytilmoqda.
Shuningdek, reyd davomida "Aqlli shahar" texnologiyasidan foydalaniladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari shu tarzda "ART" tizimiga ulanmagan va hisobda turmaydigan taksichilarni aniqlash va ularga nisbatan chora qo‘llashni rejalashtirgan.
Ikkinchi - "Muhojir" deb nomlangan tekshiruv Rossiyada chet el fuqarolari eng ko‘p yashaydigan hududlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu reydlar migrantlar o‘rtasida tez-tez ro‘y berayotgan ommaviy mushtlashuvlar sabab bo‘lgan. RF Ichki ishlar vazirligining yaqinda taqdim etgan hisobotiga ko‘ra, 2021-yil boshidan chet el fuqarolari orasida jinoyatchilik darajasi 5%ga oshgan. Shu bilan bir qatorda qonunbuzarlik faolligi oshishda davom etmoqda. | 2021-08-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210808/moskvada-migrantlar-ustidan-tekshiruv-boshlanmoqda---sabablar-19994510.html |
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. 9 avgust kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi vatanga qaytib keladi.
"Delegatsiyamiz yetib kelgach, Olimpiyachilarimiz 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon “Bobur”, “Nukus”, “Oybek”, “Sh.Rashidov”, “I.Karimov” ko‘chalari va A.Temur xiyoboni bo‘ylab ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqishadi", - deyiladi Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy xabarida.
Bahodir Jalolov O‘zbekistonga yana bir oltin medalni olib berdi8 Avgust 2021, 11:50
Qo‘mita barcha o‘zbekistonliklarni, o‘zbek sporti ixlosmandlarini O‘zbekistonning chinakam qahramonlarini qarshi olishga, ularning unutilmas lahzalarida birga bo‘lishga chorlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tokio-2020 natijalariga ko‘ra 3 ta oltin, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston medallar bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rin; Turkiy mamlakatlar orasida 1-o‘rin; MDHda 2-o‘rin; Islom mamlakatlari orasida 2-o‘rin; Osiyo mamlakatlari ichida 5-o‘rinni, butun dunyo bo‘yicha esa 32-o‘rinni egalladi. | 2021-08-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210808/ozbekistonliklar-tokiodan-qaytayotgan-olimpiadachilarni-qarshi-olishlari-mumkin-19995050.html |
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati AQShni Afg‘onistonda ro‘y berayotgan ishlarga aralashishdan ogohlantirmoqda, deb bayonot qildi "Al-Jazira" telekanaliga harakat siyosiy ofisining rasmiy vakili.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni AQShning B-52 Stratofortress bombardimonchilari Juzjon provinsiyasi poytaxti Shiberganda "Tolibon"* bo‘ylab aviazarbalar bergan.
Afg‘on mudofaa vazirligi: harbiylar bir sutkada "Tolibon"ning 406 jangarisini yo‘q qildi6 Avgust 2021, 13:20
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi vakili Favod Omonning so‘zlariga ko‘ra, buni oqibatida 200dan ziyod toliblar yo‘q qilingan, shuningdek, 100dan ortiq transport vositalari, katta miqdordagi qurol va qurol zaxiralari ham shu yerning o‘zida yo‘qotilgan.
Toliblar siyosiy ofisi vakilining so‘zlariga ko‘ra, "Afg‘onistonda o‘t ochishni to‘xtatish haqida hech qanday bitim mavjud emas". Uning aytishicha, Afg‘onistonda ro‘y berayotgan voqealarda "qator provinsiyalarda urush boshlagan" mamlakat hukumati aybdor. "Tolibon"* harakatlari esa, shunchaki harbiylar tomonidan bo‘layotgan "hujumlarga munosabatdir", deb ta’kidlaydi harakat vakili.
Sal avval, yakshanba kuni, toliblar Qunduz va Sari-Pul provinsiyalari ustidan nazorat o‘rnatganliklari haqida bayonot berib chiqqan edilar. Afg‘oniston hukumati esa bu ta’kidlarni rad etdi.
"Bu boshlanishi": yuz minglab afg‘on qochqinlari toliblar hujumi va AQSh bombardimoni oqibatidir27 Iyul 2021, 09:06
Jangarilar shuningdek, mamlakat shimoli-sharqidagi Tohar provinsiyasining ma’muriy markazi Talukan shahrini egallab olishgani haqida ma’lum qildilar.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ancha yillardan buyon davom etib kelmoqda. So‘nggi oylarda toliblar qishloq va chegara oldi hududlarining kattagina qismini egallab, katta shaharlarga hujumga o‘tishni boshladi. Amerika qo‘shinlarining mamlakatdan chiqarilishi fonida ziddiyat yanada kuchaydi.
AQSh elchixonasi amerikaliklarni Afg‘onistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi7 Avgust 2021, 16:16
Rossiya TIV amerika qo‘shinlari mamlakatdan chiqarilishini AQShning Afg‘onistondagi missiyasi mag‘lubiyatga yuz tutgani dalilidir, deya izohlagan edi.
2020 yilda Vashington va "Tolibon" vakillari Dohada 18-yildan ortiq davom etgan urushdan so‘ng birinchi marta tinchlik bitimini imzoladilar. U 14 oy ichida xorijiy qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqish va asirlar almashuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi. Biroq, bu muzokaralar bir nechta "direktiv" uchrashuvlardan nariga o‘tgan emas.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchilik tashkiloti. | 2021-09-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210809/tolibon-aqshni-afgon-mojarosiga-aralashmaslikka-chaqirdi-19997124.html |
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Jizzax viloyatidagi Zomin milliy tabiat bog‘ida 8-avgust soat 17-00 ga yaqin yana yong‘in sodir bo‘ldi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bir soatga yaqin davom etgan yong‘in 10 sotixdan oshiq yer maydonini zararlagan. Vaziyatning kelib chiqish sabablari hali ma’lum qilinmadi. FVV yong‘inni to‘liq bartaraf etganligini aytgan.
O‘t o‘chirishda vazirlikning 55 nafar yong‘in-qutqaruvchilari ishtirok etgan. Xodisa oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, bir oy ichida tumanda 100 gektarga yaqin yer maydoni yong‘indan zarar ko‘rdi. Shu oyning 1- sanasida yong‘in oqibatida 80 gektardan oshiqroq yer maydoni o‘t ichida qolgan edi. | 2021-09-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210809/zomin-milliy-tabiat-bogida-yana-yongin-sodir-boldi-19996868.html |
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Samarqandlik yigit o‘zganing 16 ming AQSh dollarini bukmekerlik saytida yutqazib yuborgan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmati.Xabarda aytilishicha, 26 yoshli S.F. tengdosh tanishi X.Sh.ning ishonchiga kirib, unga salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanish va foyda ko‘rishni taklif qilib, jami 16 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Zarar 5,3 mlrd so‘m: Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi9 Iyun 2021, 11:11
So‘ngra ushbu pullarni "1xbet" bukmekerlik saytida o‘yinlarga tikib, yutqazib qo‘ygan.
Bundan tashqari, S.F. tanishi T.J.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashina pullarini bo‘lib to‘lab berish sharti bilan 9 000 AQSh dollariga xarid qilgan. Avtomashinani biroz muddat boshqargach, boshqa shaxsni avtomashina o‘ziga tegishli ekanligiga ishontirib, 6 200 AQSh dollariga sotgan va pullarni yana o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.Yuqoridagi holatlar yuzasidan S.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Dastlabki tergov davom etmoqda. | 2021-08-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210808/samarqandlik-yigit-birovga-tegishli-16-ming-ni-bukmekerlik-saytida-yutqazib-qoydi-19990935.html |
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi internet tarmoqlarida “Sputnik V” vaksinasining komponentlari yetishmovchiligi kuzatilayotgani haqida tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, shu kunga qadar O‘zbekistonga 370 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelingan.
Asadov O‘zbekistonda “Sputnik V” ishlab chiqarishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi 2 Avgust 2021, 17:16
Ularning 230 000 dozasi 1 – komponent, 140 000 dozasi 2-komponent hisoblanadi. 2021-yil 4-avgust holatiga ko‘ra, 341 260 doza “Sputnik V” emlash jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lib, 212 818 nafar shaxs vaksinaning faqat birinchi dozasini olgan.
128 442 nafar fuqaro 2-dozani ham qabul qilib, to‘liq emlangan.
Ma’lum bo‘lmoqdaki, vaksinaning har ikkala komponentlari miqdori tenglashishi uchun yurtimizga yana 90 ming doza vaksina keltirilishi kerak.
""Sputnik V"ning 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda yurtimizga keltirilishi kutilmoqda. Qolaversa, Gamaleya nomli ilmiy tadqiqot instituti direktori Aleksandr Ginsburg va sohaning qator nufuzli olimlari “Sputnik V” vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini ma’lum qilishgan. Xulosa qilish mumkinki, vaksinaning komponentlarini qabul qilish oraliq muddati uzayishi ham uning ta’sir kuchiga monelik qila olmaydi", - deyiladi vazirlikning rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Olmaliq shahridagi “Jurabek laboratories” qo‘shma korxonasida ham koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Shu yilning 29-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu korxona faoliyati bilan tanishgan edi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/ssv-ozbekistonga-tez-kunlarda-90-ming-doza-sputnik-v-2-komponenti-keltiriladi-19967834.html |
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Qurolli kuchlari Afg‘oniston chegarasida yaqinida bo‘lib o‘tgan Rossiya bilan qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida Rossiya dronlaridan foydalangan holda havo razvedkasini bajardi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
“O‘zbekiston IIV xodimlari va harbiylari bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda ilgari eksport shartnomasiga binoan yetkazib berilgan Rossiyaning ZALA 421-16E uchuvchisiz uchar qurilmalaridan foydalandi. Ushbu qurilmalar optik havo razvedkasi uchun qo‘llaniladi”, - degan agentlik suhbatdoshi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston kuch ishlatar tuzilmalari va harbiylarining yuqori texnologiyalarga asoslangan dronlardan foydalanishni o‘rganishni boshlaganlari razvedka va vaziyat monitoringini olib borishning yangi sifatini ta’minlaydi. Shuningdek, noqonuniy qurolli tuzilmalarga qarshi kurashda yordam beradi.
Manba bu dronlar qaror qabul qilish vaqtini qisqartirib, olingan ma’lumotlarga bortning o‘zida ishlab berishga imkon berishini qo‘shimcha qilgan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, kecha, 6-avgust kuni, “Termiz” dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Rossiya Qurolli kuchlari hamkorligidagi "Janub-2021" o‘zbek-rus qo‘shma o‘quvining asosiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan.
Rossiyalik harbiylar o‘zbekona mehmondo‘stlikidan hayratga tushishdi – video6 Avgust 2021, 12:46
O‘quv rejasiga ko‘ra, davlat chegarasini buzib kirib, keyinchalik hududning aholi yashash punktlaridan biriga joylashib olgan bir guruh noqonuniy qurollangan shartli dushman haqida uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida razvedka ma’lumotlari olingan. | 2021-07-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210807/ozbekiston-afgon-chegarasi-yaqinidagi-mashgulotlarda-rossiya-dronlarini-qolladi-19985321.html |
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari Turkmanistonga tashriflari davomida Kaspiy dengizi bo‘ylab yaxtada sayohatga chiqdilar, deb xabar bermoqda "Turkmaniston Oltin asr" davlat sayti.
Xabarda aytilishicha, davlat yetakchilarini yaxtada sayr qilishga respublika rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov taklif etgan.
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda4 Avgust 2021, 17:44
Dengizdagi sayohatdan fotosuratlar Qozog‘iston prezidenti matbuot-kotibi Berik Uali tomonidan e’lon qilingan.
Qosim-Jomart Tokayevdan tashqari suratda Berdimuhammedovning o‘zi, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari - Sadir Japarov, Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonlarni ko‘rish mumkin.
Press-slujba prezidenta KazaxstanaPrezidenti stran Sentralnoy Azii progulyalis na yaxte po Kaspiyskomu moryu v xode vizita v Turkmenistan
Prezidenti stran Sentralnoy Azii progulyalis na yaxte po Kaspiyskomu moryu v xode vizita v Turkmenistan
Press-slujba prezidenta Kazaxstana
Sayohat davomida ular ilgariroq erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilganlar.
So‘ngra davlat rahbarlari avtobusda "Avaza" - ko‘pfunksiyali sport majmuasiga yo‘l olishgan. Yo‘l-yo‘lakay milliy sayyohlik zonasining tabiiy o‘ziga xosliklari va zamonaviy obyektlarni tomosha qilib borganlar.
MO davlat rahbarlari sammitida nimalar muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi6 Avgust 2021, 09:55
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Turkmaniston yetakchisi tomonidan odamlar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom va faol turmush tarzini rag‘batlantirish, jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish, zamonaviy ixtisoslashtirilgan infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan strategiyaga yuqori baho berganlar.
Bugun Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ular savdo-iqtisodiy, energetika, transport-kommunikatsiya sohalaridagi mintaqaviy hamkorlik masalalarni, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish choralarini muhokama qiladilar. | 2021-06-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210806/markaziy-osiyo-prezidentlari-yaxtada-kaspiy-dengizini-aylanishdi-19971573.html |
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Afg‘on harbiylari o‘tgan sutkada "Tolibon" harakatining 406 jangarisini yo‘q qilishdi, deyiladi Afg‘oniston Mudofaa vazirligi xabarida.
"Afg‘oniston armiyasining harbiy operatsiyalari natijasida o‘tgan bir kun ichida "Tolibon"ning to‘rt yuz oltita terrorchisi yo‘q qilindi, yana 209 nafari yaralandi", - deb xabar qilinadi Afg‘oniston Mudofaa vazirligining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida.
Marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi5 Avgust 2021, 13:42
Afg‘oniston Qurolli kuchlari operatsiyalarni 17ta provinsiyalarda, jumladan, Qandahor, Hirot va Gilmendeda o‘tkazishgan.
1 maydan so‘ng AQSh va NATO Afg‘oniston hududidan o‘z qo‘shinlarini chiqara boshlagach, Afg‘onistondagi vaziyat o‘tkir tus oldi. Bu jarayon 2020-yilda toliblar va AQSh vakillari o‘rtasida imzolangan tinchlik bitimi doirasida ro‘y bermoqda.
So‘nggi oylarda toliblar qishloq va chegaradosh hududlarda katta hududlarni egallab olishdi va yirik shaharlarga hujumga o‘tdilar.
* Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilot. | 2021-06-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210806/afgon-mudofaa-vazirligi-harbiylar-bir-sutkada-tolibonning-406-jangarisini-yoq-qildi-19975064.html |
Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning tojik Xarb-Maydon poligonidagi mashg‘ulotlari 5-avgustda boshlandi va Afg‘oniston bilan chegarada umumiy terrorizmga qarshi frontni kengaytirdi va mustahkamladi. Manyovrlarga 2,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar va 500 ga yaqin harbiy texnika jalb qilingan. Rossiya guruhi asosan 201-baza bo‘linmalari, 1800 dan ortiq mutaxassislar va 420 donagacha harbiy texnikadan iborat.
Sal avval Tojikistonning Hisor aerodromiga Rossiya Markaziy harbiy okrugining Su-25 shturm samolyotlari, zarba va ko‘pnishonli Mi-24 va Mi-8 vertolotlari yetkazilgan edi.
Afg‘on mudofaa vazirligi: harbiylar bir sutkada "Tolibon"ning 406 jangarisini yo‘q qildi6 Avgust 2021, 13:20
Bir vaqtning o‘zida Rossiya va O‘zbekistonning spesnaz bo‘linmalari O‘zbekistondagi "Termez" tog‘ poligonida shartli dushmanning orqasida diversion harakatlarni mashq qilishmoqda. Rossiya va O‘zbekistonning ehtimoliy tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma mashqlari 2-avgustdan boshlangan.
Afg‘oniston bilan chegaradagi manyovrlarda Saratov viloyatidagi operativ aerodromga ko‘chib o‘tgan Rossiya Havo-kosmik kuchlarining uzoq masofaga uchadigan to‘rtta Tu-22M3 raketa tashuvchi bombardimonchilari ishtirok etmoqda. Piyoda qo‘shinlari guruhi bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun Tu-22M3 ekipajlari Termiz poligoniga parvozni amalga oshirib, shartli jangarilar lagerlari va o‘q-dorilar omborlari bo‘ylab bomba zarbalarini amalga oshiradilar. Rossiya bombardimonchilarini pana qilish ishlarini O‘zbek armiyasining MiG-29 qiruvchilari bajaradi.
Uch tomonlama manyovrlar davomida milliy armiyaning Janubiy strategik yo‘nalishda jangovar harakatlarni olib borishga doir umumiy yondashuvlari ishlab chiqilmoqda. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari oldiga kelishi hamda O‘zbekistondagi Termez poligonida Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovning bo‘lib turishi Qo‘shma mashg‘ulotlar qanchalik ahamiyatliligini urg‘ulamoqda.
Tezkor maydon
Qo‘shni Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat o‘ta og‘ir, keskin va oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada qolmoqda. Toliblar o‘nlab provinsiyalarda janglar olib borishmoqda, mamlakatning qonuniy prezidenti Ashraf G‘aniga o‘lim bilan tahdid qilishmoqda.
Qobulda 3-avgust kuni jangarilar Mudofaa vaziri Bismilloh Xon Muhammadiyning uyiga o‘ta dadillik bilan hujum qilishdi. Xonadonda shuningdek, kichik Ahmad-Mas’ud bo‘lganligi aytilmoqda. Ushbu hujumdan maqsad Afg‘oniston qahramonining o‘g‘li bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
"Tolibon * deyarli beshta qo‘shni davlat - Eron, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy, Pokiston bilan chegarani to‘liq nazorat qilmoqda. Va u yirik shaharlar orasidagi transport yo‘llarini egallab olishni ko‘zlagan.
"Bu boshlanishi": yuz minglab afg‘on qochqinlari toliblar hujumi va AQSh bombardimoni oqibatidir27 Iyul 2021, 09:06
Qobul toliblar tomonidan tomonidan tinch aholining ommaviy qirg‘in qilinishini tekshirish va "gumanitar falokatning oldini olish" uchun BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirishga chaqirmoqda. Bu chaqiriqqa zudlik bilan munosabat bildirilgan emas, BMTning tinchlikparvar instrumentlari afg‘on tuprog‘ida befoydadir.
Avvalroq, AQSh Davlat departamenti agar toliblar Afg‘oniston hukumatini kuch bilan egallashga urinsa, harakat xalqaro miqyosda tan olinmasligi, va sanksiyalar bekor qilinishiga erisha olmasligi bilan tahdid qilgan edi. Qobuldagi AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari "Tolibon"*ni Qandahor provinsiyasida 100 dan ortiq tinch aholini o‘ldirganlikda aybladilar: "Tolibon rahbariyati jinoyatlar uchun javobgar bo‘lishi kerak... Agar siz o‘z jangarilaringizni hozir nazorat qila olmas ekansiz, u holda keyinchalik ham boshqaruvda qiladigan ishingiz yo‘q". Bahslardagi keyingi dalillar qanaqaligi esa hech kimga sirmas.
Pentagon AQSh 2020-yil fevral oyida tinchlik bitimini imzolagan ekstremistlarni bombardimon qilishni davom ettirmoqda. "Tolibon"*ning mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini harbiy-diniy harakat AQSh va "Tolibon"* vakillari tomonidan 2020-yil fevral oyida imzolangan Doha kelishuvi shartlarini qay tarzda beparvolik bilan bajarayotganiga qarab baholash mumkin. Bu bitim 14 oy ichida Afg‘onistondan qo‘shinlar chiqarilishi va afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.
Qamoqdan ozod qilingan jangarilar o‘z majburiyatlarini buzgan holda tezlikda qo‘lga qurol olishmoqda. Cheksiz urush davom etapti. NATO xayriya mablag‘larini yig‘moqda - o‘z samaradorligini shiddat bilan yo‘qotayotgan AIR mudofaa va xavfsizlik kuchlariga 70 million dollarga yaqin xayriya qilish rejalashtirilgan.
Afg‘oniston Harbiy-havo kuchlarining jangovar hozirligi AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilishidan oldin sezilarli darajada pasaygan - samolyotlarning katta qismi iyun oyida ishdan chiqqan edi.
Jumladan, A-29 Super Tucano (Braziliyada ishlab chiqarilgan) yengil shturmovik zarba operatsiyalarining asosiy "ishchi oti" sanaladi, ammo texnik xizmat ko‘rsatish muammolari bu tipdagi samolyotlar parkining hozirligini 63%ga pasaytirdi, UH-60 Black Hawk ko‘pnishonli vertolotlar parkining hozirligi esa 39%gacha tushib ketdi.
Turli yo‘nalishlarga qaratilgan kuchlar
Turkiyaning Qobul aeroportini himoya qilish tashabbusi sezilarli darajada shataksirab qoldi. Ammo Anqara qabul qilishga tayyor bo‘lmagan afg‘on qochqinlari oqimi kuchaymoqda. Axir Turkiyaga sal avval o‘z mamlakatini tashlab qochgan 3,7 million suriyaliklar muammosi ham yetib ortadi-da.
O‘z navbatida, Berlinni ham: "Yevropaga qarab yo‘l olgan o‘n minglab yangi afg‘on qochqinlarini nima qilsam ekan?", degan masala jiddiy o‘yga solib qo‘ydi. Afg‘oniston Islom Respublikasidagi vaziyatning keskin yomonlashishi optimizm uchun deyarli joy qoldirmayapti. AQSh va NATO Afg‘onistonda mamlakatni yangi fuqarolar urushi xaosidan saqlay oladigan bitta ham ishlaydigan mexanizmni qoldirmaganlar.
Afg‘oniston chegaralarida uchoqlama manyovrlar: ular qanday maqsadda o‘tkazilmoqda3 Avgust 2021, 13:01
Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar 3-avgust kuni rasmiy Qobul toliblar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi: "Biz ularni hukumatga olishga, ular bilan tinchlik o‘rnatishga va ular bilan hokimiyatni bo‘lishishga tayyormiz ... Bizning hukumat "Tolibon"ni terrorizmni qo‘llab -quvvatlashni to‘xtatgan taqdirdagina, ularni o‘zining bir qismi sifatida qabul qilishga tayyor".
Tolibonning o‘zi hokimiyatni "milliy xoinlar" bilan bo‘lishishga tayyor emas va ular bu haqda ochiqchasiga aytishmoqda. Toliblar vaziyatni normallashtirish uchun birorta real qadam tashlamadi va murosaga moyil emas. "Siyosiy ofis"ning - giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish va qo‘shni davlatlarga tahdid qilmaslik haqidagi va’dalari - juda arzon ko‘rinayotir.
Afg‘onistonda yaxshi xabarlar ham bor. Marshal Abdul Rashid Do‘stum 5-avgustda Turkiyada davolanishdan so‘ng Mozori Sharifga qaytdi. Do‘stum o‘z tug‘ilgan vatani Juzjonda bundan keyin ham mamlakatning shimoliy boshqa viloyatlarida "Tolibon"*ga qarshi operatsiyalarni boshqarishni davom ettirish niyatida. Afg‘onlarning aksariyati marshalning qaytishi xavfsizlikni yaxshilaydi, deya umid bildirishmoqda.
Marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi5 Avgust 2021, 13:42
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 5-avgust kuni eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Raisiy AIRning qonuniy hukumatini va mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish rejasini qo‘llab -quvvatlashga va’da berdi.
Xuddi shu kuni RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu yerda Moskva va Toshkent o‘rtasidagi harbiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, armiya generali Gerasimov Afg‘oniston bilan chegara yaqinida bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-O‘zbekiston harbiy o‘quv-mashqlari borishini kuzatadi.
Xitoyning Global Times nashri Rossiya va Xitoy birgalikda ekstremistlarga qarshi turish, AQSh tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo barqarorligiga tahdid soladigan xaosga qarshi kurashish niyatida ekanligini qayd etadi. XXR shimoli-g‘arbidagi Sintunsya poligonida 9-13 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma mashg‘ulotlar shunga bag‘ishlangan.
* – RFda ta’qiqlangan terroristik uyushma. | 2021-06-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210806/ozbekiston-rossiya-va-tojikiston-afgon-chegarasi-yaqinida-nega-mashq-qilayotgani-haqida-19978650.html |
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya prezident saylovi uchun o‘z nomzodini e’lon qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
2021 yildagi prezident saylovida nomzod etib partiya markaziy kengashi raisining o‘rinbosari, Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mita raisining o‘rinbosari Maqsuda Vorisova tavsiya etilgan. So‘zga chiqqanlar bu taklifni bir ovozdan ma’qulladi.
Endi uning nomzodi partiya qurultoyi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezident saylovlarida Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov nomzodlari ilgari surilishi ma’lum bo‘lgan edi. | 2021-07-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210807/xdp-prezident-saylovida-maqsuda-vorisova-nomzodini-ilgari-suradi-19985742.html |
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevy 5-avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi. Bu yerda O‘zbekiston prezidentini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi
Shavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
MO davlat rahbarlari uchrauvida oldingi kelishuvlar natijalari ko‘rib chiqiladi va Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, o‘zaro savdo-sotiqni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik qilish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish va pandemiyaga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon etishi kutilmoqda.
Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Undan tashqari sammit doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va Iqtisodiy forum, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san’at ustalari konserti ham o‘tkaziladi.
Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi
Shavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, MO davlat rahbarlari sammiti o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilk bor 2017-yilda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida bildirilgan edi. Taklif barcha MO davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganidan so‘ng birinchi sammit 2018-yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan edi. Ikkinchisi esa 2019-yil noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 2020-yilda Bishkekda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchinchi sammit pandemiya tufayli qoldirilgan edi. | 2021-06-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210806/mo-davlat-rahbarlari-sammitida-nimalar-muhokama-qilinishi-malum-boldi-19970483.html |
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekistonda bir kunda 974 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar jami soni 134 826 nafarga yetdi.
Prezident pandemiya sharoitida aholidan 3 ta muhim shartga qat’iy amal qilishni so‘radi3 Avgust 2021, 18:24
Yangi kasallanish holatlarining 103 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 41 nafari Andijon viloyatida, 19 nafari Buxoro viloyatida, 110 nafari Jizzax viloyatida, 35 nafari Qashqadaryo viloyatida, 21 nafari Navoiy viloyatida, 40 nafari Namangan viloyatida, 102 nafari Samarqand viloyatida, 27 nafari Sirdaryo viloyatida, 105 nafari Surxondaryo viloyatida, 96 nafari Farg‘ona viloyatida, 40 nafari Xorazm viloyatida, 110 nafari Toshkent viloyatida, 125 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 5-avgust holatiga jami sog‘ayganlar soni 128 191 nafarga (kasallikka chalingani rasman qayd etilganlarning 95 foizi) yetdi.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 916 nafarni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 547 kishida pnevmoniya tasdiqlangan bo‘lib, jami bemorlar soni 13 531nafarga yetgan. 5-avgust kuni ularning 551 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 6046 nafarni tashkil qilmoqda. Uch nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 90 nafarga yetdi. | 2021-06-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210806/antirekord-ozbekistonda-bir-kunda-1000ga-yaqin-kishida-koronavirus-aniqlandi-19971229.html |
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Mirziyoyev Turkmanistonning "Avaza" milliy sayyohlik zonasida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuqori darajada tashkil etilganini, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda bu yana bir muhim bosqich bo‘lishini ta’kidladi.
Markaziy Osiyo prezidentlari yaxtada Kaspiy dengizini aylanishdi6 Avgust 2021, 10:52
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, mintaqaviy va xalqaro darajadagi aloqalarni muhokama qildilar.
Davlat rahbarlari pandemiyaning qiyin davriga qaramay, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda avval erishilgan kelishuvlarning bajarilish holati ko‘rib chiqildi. Ijobiy o‘sish sur’atlarni davom ettirish uchun yangi loyihalar ishlab chiqish, chegaradosh hududlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish kerakligi ta’kidlandi.
Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, Janubiy Osiyo va Janubiy Kavkaz yo‘laklari orqali yangi tashqi bozorlarga chiqish, shu jumladan Ashxobod bitimiga muvofiq xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda4 Avgust 2021, 17:44
Muloqotda bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Hamkorlikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish, samarali loyiha va shartnomalar tayyorlash uchun yaqin vaqtlarda Hukumatlararo komissiyasi va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklik munosabatlarini xalqlar farovonligi yo‘lida o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillari asosida izchil mustahkamlab borish borasida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar. | 2021-06-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210806/mirziyoev-va-berdimuhammedov-uchrashuv-otkazdi---nimalar-muhokama-qilindi-19972009.html |
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkmaniston Oliy Majlisi raisi Gulshat Mammedova qo‘lidan “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini qabul qilib oldi. Bu haqda vazirning o‘zi telegramdagi kanalida ma’lum qildi.
Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov o‘tgan yil iyun oyida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist – sharafli unvonini berish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan edi.
“O‘zbek xalqining ijodkor bir farzandi bunday e’tirofga munosib ko‘rilishi ikki qardosh davlatning do‘stona munosabati, ikki millat o‘rtasida insonparvarlik va bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlash, o‘zaro muhabbat va e’tiborning yuksak ko‘rinishi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Kamtarona ijodimizni yuksak baholab, taqdim etilgan mazkur unvonni nafaqat menga, balki butun o‘zbek xalqiga hamda san’atiga bo‘lgan Turmaniston Prezidentining, xalqining mehri va hurmati deb qabul qilaman”, - deya yozadi Nazarbekov.
Vazir ushbu e’tirof uchun, avvalo, Turkmaniston prezidentiga, shu orqali butun turkman xalqiga chuqur minnatdorligini bildirgan.
Telegram / ozodbek_axmadovichMinistru kulturi Uzbekistana Ozodbeku Nazarbekovu prisvoyeno zvanie "Zaslujenniy artist Turkmenistana"
Ministru kulturi Uzbekistana Ozodbeku Nazarbekovu prisvoyeno zvanie "Zaslujenniy artist Turkmenistana" Telegram / ozodbek_axmadovich | 2021-07-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210807/ozodbek-nazarbekov-turkmanistonda-xizmat-korsatgan-artist-unvonini-qabul-qilib-oldi-19985593.html |
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Hukumat qarori bilan Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.
Nizomga ko‘ra, universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga nomzodlarni kursantlar safiga qabul qilish harbiy-professional yo‘nalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari bosqichlarida amalga oshiriladi.
Universitetga o‘qishga faqat O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Universitetga kirish istagini bildirgan:
fuqarolar ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga yoki Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limlariga ariza bilan;harbiy xizmatchilar (xodimlar) o‘zlari xizmat o‘tayotgan harbiy qismga bildirgi bilan murojaat qiladi.
Arizalar har yili 1-fevraldan 20-martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Universitetga nomzodlarni kursant, tinglovchi va talabalar safiga o‘qishga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan (to‘liq davlat taxminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Universitet bitiruvchilariga tegishli namunadagi diplom va harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlarga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.
Umumfuqaroviy asosda talabalikka qabul qilishning to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari, qo‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Toshkentda Rossiya tibbiyot universiteti filiali ochiladi1 Iyul 2021, 18:36
Shuningdek, universitet magistraturasiga 5-yil va undan ko‘p mehnat stajiga ega bo‘lgan, kamida “mayor” ofitser lavozimlarida xizmat o‘tayotgan, o‘qishga qabul yilining 31-dekabrigacha 45 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchilar (xodimlar) qabul qilinadi.
Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarning oxirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.
Universitetning “Yo‘l-patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Pasport tizimini huquqiy ta’minlash” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlar bilan dastlabki saralab olish tadbirlari Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi. | 2021-07-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210807/jamoat-xavfsizligi-universitetiga-oqishga-qabul-qilish-tartibi-belgilandi-19984505.html |
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Prezident farmoni bilan O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari asosida uy-joylarning qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi va har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi. Ilgari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan.
2021 yilda yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni 2006 taga ko‘paytirilib, 35 120 ta etib belgilandi.
Jahon banki O‘zbekistonga salkam 300 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi18 May 2021, 11:15
Shuningdek, ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. so‘mdan 1 trln 97 mlrd so‘mga oshirildi.
Qishloq joylaridagi uy-joylarga boshlang‘ich badal uchun subsidiyaning eng ko‘p miqdori 28 mln so‘mdan 31 mln 500 ming so‘mga ko‘paytirildi. | 2021-07-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210807/yangi-tartib-boyicha-ipoteka-kreditlari-asosida-quriladigan-uylarning-soni-oshirildi-19984779.html |
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidentlik saylovida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan partiya yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov nomzod sifatida qatnashadi.
Bu haqda 6-avgust, juma kuni "Milliy tiklanish" DP markaziy kengashining navbatdan tashqari pleniumida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda "Daryo".
Ma’lumot uchun, Alisher Qodirov 1975-yilda tug‘ilgan. 1996-yilda Egey universitetini (Turkiya), 2009-yilda Toshkent moliya institutini (sirtdan) va 2011-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida23 Iyul 2021, 23:19
2015 yildan beri deputatlik faoliyatini yuritayotgan Alisher Qodirov 2019-yilning may oyida partiya raisligiga saylangan. Unga qadar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida mehnat qilgan.
Qonunchilikka ko‘ra, partiya yuqori organi uning nomzodini ma’qullashi, Respublikadagi jami saylovchilarning kamida 1 foizi nomzodni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonda 23-iyul kuni prezident saylov kampaniyasiga start berildi. Mazkur saylovlarda 5 ta partiya – "Adolat" SDP, "Milliy tiklanish" DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega.
Avvalroq O‘zbekiston prezidentlik saylovida Ekopartiya tomonidan partiya markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzod sifatida ishtirok etishi ma’lum bo‘lgandi.
Prezident saylovi 24-oktabr kuni o‘tkaziladi. Saylovga jami 300 milliard so‘m, har bir nomzodga esa 3 milliard so‘mdan ajratiladi. | 2021-06-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210806/milliy-tiklanish-partiyasi-prezidentlikka-nomzodni-tavsiya-etdi---oav-19972553.html |
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Kurashchi Bekzod Abdurahmonov Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda MOQ.
AFP / JACK GUEZBekzod Abduraxmonov vo vremya poyedinka za bronzovuyu medal po volnoy borbe v vesovoy kategorii do 74 kg
Bekzod Abduraxmonov vo vremya poyedinka za bronzovuyu medal po volnoy borbe v vesovoy kategorii do 74 kg AFP / JACK GUEZ
Mahoratli erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) qozog‘istonlik raqibi - Daniyar Kaysanovni mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuv davomida tezkor harakatlari va abjirligi bilan ajralib turgan Abdurahmonov yakunda o‘z g‘alabasini tantana qilib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir medalni qo‘shib qo‘ymoqda. Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar 2 tadan oltin va bronzani tashkil etib turibdi, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, 2 karra JCh sovrindori, 2 karra Osiyo o‘yinlari chempioni Abdurahmonov 5-yil muqaddam Rio-2016 Olimpiadasida ushbu bosqichda imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Bugun u chiroyli g‘alabasi bilan millionlab muxlislarimizga katta quvonch ulashdi va o‘z sovrinlari orasida Olimpiada medalini ham qo‘shib qo‘ymoqda.
AFP / JACK GUEZBekzod Abduraxmonov vo vremya poyedinka za bronzovuyu medal po volnoy borbe v vesovoy kategorii do 74 kg
Bekzod Abduraxmonov vo vremya poyedinka za bronzovuyu medal po volnoy borbe v vesovoy kategorii do 74 kg AFP / JACK GUEZ | 2021-06-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210806/ozbekiston-tokio-olimpiadasining-tortinchi-medalini-qolga-kiritdi--19980154.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Hukumat qaroriga ko‘ra:
Sherzod Abdurasulovich Karimov Vazirlar mahkamasi Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari;Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov Vazirlar mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari - Turizm va sportni rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri;Alisher Mirkamalovich Nazarmuhamedov Vazirlar mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri;Shahobiddin Sharafiddinovich Musayev Vazirlar mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri etib tayinlandi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/vazirlar-mahkamasida-bir-qator-tayinlovlar-amalga-oshirildi-19961774.html |
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi olib kelindi, deb xabar qiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ta’kidlanishicha, jami vaksina zaxirasi 13 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.
Shulardan:
370 ming dozasi — "Sputnik V",
710 ming dozasi — AstraZeneca,
9,5 million dozasi — ZF-UZ-VAC2001,
3 million 60 dozasi — Moderna vaksinasidir.
Kuni kecha SSV “Sputnik V”ning 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda O‘zbekistonga keltirilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. | 2021-06-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210806/ozbekistonga-yana-1-mln-doza-ozbek-xitoy-vaktsinasi-olib-kelindi-19970113.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Taniqli qo‘mondon marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi. Bu haqda Khat-e Nakhost nashri xabar bermoqda.
Ilgariroq, iyun oyining 20-sanalarida harbiy qo‘mondon Afg‘onistonni armiya vertolotida tark etgani haqida ma’lum bo‘lgan edi.
Afg‘onistonning bardoshli generali – Abdul-Rashid Do‘stumning tarjimai holi19 May 2020, 23:17
OAV va jamoatchilik orasida marshal Do‘stumning Afg‘onistonni tark etishi sabablarining ikki versiyasi tarqalgan edi.
Versiyalardan biriga ko‘ra, marshal koronavirusning og‘ir formasiga chalingan va uning professional tibbiy xizmatga ehtiyoji bo‘lgan. Boshqa versiyaga ko‘ra, u toliblar bilan jangda jarohatlangan.
Rasmiy manbalar tomonidan harbiy qo‘mondon Antaliyada bo‘lib o‘tadigan Diplomatik forumda ishtirok etish hamda boshqa siyosiy muzokaralarda qatnashish uchun Turkiyaga jo‘nab ketgani haqida bayonot berildi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/marshal-dostum-afgonistonga-qaytdi-19960860.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston shahriga kiraverishda O‘zbekiston hashamatli masjid qurilmoqda. Yangi loyiha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu haqda Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Bunday diqqatga sazovor joyning qurilishi qo‘shni O‘zbekistonning Turkistonga sovg‘asi bo‘lib, uni kelasi yili yakunlash rejalashtirilgan. Arxitekturasi o‘ziga xos bo‘lgan Islom markazining ichki va tashqi bezaklari sharqona uslubda amalga oshirilgan. Yangi loyiha har tomonlama o‘rganib chiqilgan. Jahonning eng yaxshi tajribalari inobatga olingan”, — deyiladi xabarda.
Yangi masjid 5 ming kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy maydoni 20000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjid poydevorini mustahkamlash uchun uning o‘ziga xos texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Samarqand va Xatlonda muhim ijtimoiy obyektlar ochildi10 Iyun 2021, 17:04
Avvalroq O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab qurishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/ozbekiston-qozogistonda-yangi-hashamatli-masjid-qurmoqda-19960732.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiyada 700 mingdan ziyod MDH mamlakatlaridan bo‘lgan migrantlar bor. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina elchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deyiladi IIV saytida.
Rossiya IIV aprel oyida noqonuniy migrantlarga idoraning hududiy organlariga ro‘yxatdan o‘tish va zaruriy hujjatlarini rasmiylashtirishni tavsiya qilganini eslatgan.
“Bunga qaramasdan, hamma chet el fuqarolari ham IIV murojaat qilishga shoshilishmayapti Bugungi kunda MDHga a’zo davlatlarning 700 mingdan ziyodi fuqarosi “soyada” qolishda davom etmoqda”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi2 Avgust 2021, 13:55
Bundan tashqari, Gorovoyning so‘zlariga ko‘ra, bu yil xorijiy fuqarolar sodir etgan jinoyatlar soni 5 foizga o‘sgan. Gap jamoat tartibini buzish va ommaviy janjallar haqida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan 30-sentabrga qadar migrantlarning vaqtincha bo‘lish muddati uzaytirilgan. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/rossiyada-mdh-mamlakatlaridan-bolgan-noqonuniy-migrantlar-soni-ochiqlandi-19967100.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Butun dunyo Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarini kuzayotgan bir paytda, Tinch okeanining narigi tomonida mamlakatimiz atrofdagi olam uchun kutilmaganda shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Xalqaro energetika agentligining (IEA) AQSh davlat geologiya xizmatiga (USGS) tayangan holda xabar berishicha, joriy yil may oyi yakunlariga ko‘ra Rossiya Meksikani ortda qoldirib, faqat Kanadadan keyin Amerikaga ikkinchi asosiy neft yetkazib beruvchi bo‘lgan.
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi9 Iyul 2021, 17:21
Chop qilingan ma’lumotlar hisobot davridagi xaridlar hajmi birdagiga o‘n foizga o‘sgan va sutkasiga 840 ming barrelga yetgan. Asosiy yetkazib beruvchi Kanadadan sezilarli ortda qolayotganimiz to‘g‘ri. U yerdan AQShga har sutka deyarli to‘rt million barrel kelib tushmoqda. Diqqatga sazovor fakt: Rossiya o‘zining neft mahsulotlaridagi kumush medali bilan nafaqat Amerikaning yana bir qo‘shnisi – Meksikanini ortda qoldirdi: may oyida amerikaliklar tomonidan xarid qilingan rus nefti hajmi hatto Saudiya Arabistoni yetkazib beruvchi tankerlaridan ham oshdi.
Bo‘layotgan voqealarni to‘liqroq anglash uchun kichik bilan aniqlik kiritmoq darkor. Rossiya Shtatlarga shunchaki quyi xomashoni jo‘natmaydi, hisobotlarda import qilinayotgan tovarlar crude and fuel oils deb ko‘rsatilgan va bu xom neft va yonishdan hosil bo‘lgan mazutni anglatadi.
Asosiy xaridorlar ham ma’lum. Xaridlarning asosiy hissasi Amerikaning “Valero” neft kompaniyasiga to‘g‘ri kelgan (shtab kvartirasi San-Antonioda). U sakkiz yarim million barreldan ziyod xomashoni kiritgan. Xomashyo o‘z navbatida Texas, Luiziana va Kaliforniyadagi neftni qayta ishlash korxonalariga jo‘natilgan.
Shuningdek, xaridorlar ro‘yxatida transmilliy gigant ExxonMobile va Chevron ham bor. Birinchisi uch yarim million, ikkinchisi uch million barrel xarid qilgan.
Neft naqadar uzoq qimmatlashishda davom etadi?10 Fevral 2021, 15:58
Qo‘shma Shtatlar ko‘ng o‘ngimizda o‘zining tashqi siyosati hosilii o‘rmoqda. 2015-yil martida Barak Obama Venesuelani “AQSh milliy xavfsizligiga xavf” deb atagandi, uni o‘rnini egallagan Tramp esa 2018-20219 yillar davomida Karakasga qarshi bir qator cheklov choralarini kiritdi. Jumladan, venesuela oltini bilan operatsiyalar va PDVSAdavlat neft kompaniyasi bilan hamkorlikni taqiqlardi.
Karakas katta yo‘qotishlar qilib, o‘z importini Xitoyga yo‘naltirdi, sutkasiga yo‘qolgan 500 ming barrel Venesuela nefti AQSh janubidagi neftni qayta ishlashda inqirozni keltirib chiqardi. O‘shanda neft narxlari bir necha oyda besh yillik rekordni o‘rnatdi, lekin xomashyo tanqisligi muammosi baribir hal qilinmadi.
2018 yil yozida Trapm boshqargan Amerika Eron bilan yadro bitimidan chiqdi va eronliklarning neft sektoriga sanksiya qo‘lladi ham. Eronning neft eksporti quladi – sutkasiga bir yarim milliondan besh yuz ming barrelgacha. Vashington o‘zining siyosiy g‘alabasini nishonladi, AQSh janubida esa neft kompaniyalari tom ma’noda yagona bo‘lgan har bir neft trankeri uchun kurashdi – Rossiya va Saudiya Arabistoniniki.
Hamma gap shundaki, Rossiya, Venesuela va Eron nefti bitta umumiy xususiyatga ega. Har uchala mamlakat yuqori oltingurgurt bo‘lgan og‘ir neft ataluvchi neftni qazib oladi.
Jo Bayden jamoasining soxta kiberhujumga va Germaniyaga gaz quviri qurishdagi qat’iyligiga ko‘z yumib, Rossiyadan ommaviy tarzda birlamchi va ikkilamchi xomashyo xarid qilishga ruxsat berishdan boshqa iloji ham yo‘q.
Rossiya yonishdan hosil bo‘lgan mazuti importi aholida muhokamaga loyiq. Mazutning asosiiy iste’molchilaridan biri – dengiz savdo floti, ammo 2009-yilda Rossiya Dengizni himoya qilish xalqaro konvensiyasiga qo‘shildi. Rossiya konvensiyani imzolagan boshqa mamlakatlar kabi mazutda ishlaydigan kemalar sonini qisqartirish, asta-keyinlik bilan ekologik yoqilg‘i turiga o‘tish majburiyatini oldi. Ulardan biri suyultirilgan tabiiy gaz. Albatta, o‘tish jarayoni tez emas va bir necha o‘n yilga cho‘ziladi, lekin Rossiya mazutining savdosi juda qiyin bo‘ldi.
Zahiralar tugamoqda: neft narxi 74 dollarga chiqadi30 Aprel 2021, 15:44
Yangi qat’iylashtirilgan qoidalarga ko‘ra yoqilg‘i bunkeri kam darajadagi ehtimoliy zararli qorishmalarga ega bo‘lishi shart. Ulardan faqat qo‘shimcha qayta ishlash va tozalash yo‘li bilan xalos bo‘lish mumkin. Rossiyada bunga o‘xshash sanoat qurilmalari unchalik ko‘p emas, ular qimmat. Va mamlakat neftni qayta ishlash zavodlarini qayta jihozlash jarayoni tez ketmayapti.
Lekin dunyo xaritasining boshqa tomonida uning korxonalari uchun xomashyo juda zarur bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar bor. Shunchalik kerakki, ular bu uchun o‘jar ruslarga nafaqat to‘lash, balki bilvosita Rossiya neftni qayta ishlash sohasini texnik yangilashni moliyalashtirishga ham tayyorlar. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/rossiya-amerika-bozorlarini-egallab-olmoqda-19964860.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. 28 iyul kuni Xitoyning Xubey provinsiyasining ma’muriy markazi Uxan shahridan №75151 – sonli birinchi yuk poyezdi Toshkentga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Xitoyning yetakchi "Jenmin jibao" gazetasining elektron nashriga ko‘ra, poyezd Shinjon uyg‘ur avtonom rayoni Xorgos temir yo‘l postidan o‘tadi va 12 kun ichida o‘z manziliga yetib keladi.
Poyezdda umumiy og‘irligi 600 tonnadan ortiq bo‘lgan bolalar aravachalari, paxta tolasidan tayyorlangan iplar, poyabzal buyoqlari, maishiy texnika, konditsionerlar uchun butlovchi qismlar, mato va boshqa iste’mol mollari o‘rin olgan.
"China Railway Modern Logistics Technology Co., Ltd" logistika kompaniyasi xodimining gazeta muxbiriga aytishicha, "Ushbu to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l loyihasining ishga tushirilishi Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida sanoat mollari almashinuvini oshishiga va, shubhasiz, trasport xarajatlari va tovarlarni yetkazib berish bilan bog‘liq vaqtning qisqartirishiga xizmat qiladi".
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda "Xebey Gaoi-Xorgos-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha 50 ta vagondan iborat birinchi xalqaro yuk poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/xitoyning-uxan-shahridan-toshkentga-birinchi-yuk-poezdi-yolga-chiqdi-19966892.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. “Respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinko‘l, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod hamda Jizzax viloyatining Zomin va G‘allaorol tumanlari gulchilikka ixtisoslashtiriladi.
Mazkur tumanlarda:
tajriba tariqasida gulchilik klasterlari tashkil qilinadi;gulchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga 0,06 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari ochiq elektron tanlov orqali 30-yilga dehqon xo‘jaligini yuritish maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibida ajratiladi;“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning kamida 10 foizi gulchilik loyihalarini tashkil qilish uchun ajratiladi;“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga har birining maydoni 2 sotix bo‘lgan 25 ta “Gulchilik o‘quv poligon”larini tashkil etish uchun 0,5 gektar yer maydoni elektron onlayn-auksion (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda) orqali ijaraga beriladi;“Gulchilik o‘quv poligon”larida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va maxsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga 6 sotixdan yer maydoni elektron onlayn-auksion (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda) orqali ijaraga beriladi.
2021 yil 1-sentabrdan 2021–2024 yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni va 100 ming AQSh dollardan ko‘pni tashkil qiladigan tadbirkorlarning xomashyo (gul ko‘chatlari, urug‘lari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi qoplanadi.
2022/2023 o‘quv yilidan:
- qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi OTMlarda Gulchilik magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi;
- Toshkent davlat agrar universitetida Turkiya Respublikasining Isparta amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik sohasida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
- Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida gul hamda ko‘chatlarning yirik ulgurji bozori tashkil etiladi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/-gulchilikni-rivojlantirish-19958468.html |
Olmaliqda mis sanoati klasteri yaratiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev korxona ochilish marosimida aytib o‘tdi.
Ya’ni O‘zbekiston kelajakda nafaqat mis xom ashyosini, balkim misdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib sotishni rejalashtirgan.
Olmaliqda mis sanoati va unga turdosh tarmoqlar, ya’ni, elektrotexnika, mashinasozlik, metall qotishmalar sanoatlari rivojlantiriladi. Buning uchun esa yetakchi xorijiy kompaniyalar, mutaxassislar jalb etiladi va eng asosiysi - mahalliy kadrlar tayyorlanadi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/olmaliq-mis-boyitish-fabrikasi-haqida-batafsil--19959499.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Badiiy gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva koronavirusga chalingani sabab Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilmaydi. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Olimpiya o‘yinlarida qatnashishim kerak edi. Ammo afsuski, koronavirus meni ham chetlab o‘tmadi. Musobaqalarda ishtirok eta olmayman. O‘rnimga Yekaterina Fetisova bahslarga kirishadi. Unga va butun terma jamoamizga omad tilayman. Biz bu yo‘lda juda uzoq yo‘lni bosib o‘tgandik, biroq Olimpiadada ishtirok etish nasib etmadi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, - deydi sportchi o‘z murojaatida.
Shu tariqa endilikda Tokio Olimpiadasining ko‘pkurash bahslarida Sabinaning o‘rniga Yekaterina Fetisova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Tokio Olimpiadasi: finalga chiqqan Jalolov va kurashchilarning “bronza” yutish imkoniyati4 Avgust 2021, 19:14
O‘zbekiston Tokio-2020 Olimpiya o‘rinlarida 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, davlatlar orasida 32-o‘rinda. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/sabina-toshkenboeva-koronavirus-yuqtirib-olgani-sabab-tokio-olimpiadasida-qatnashmaydi-19966680.html |
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekistonda ikkinchi partiya prezidentlikka nomzodini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida23 Iyul 2021, 23:19
"Adolat" sotsial demokratik partiyasi 2021-yilgi prezidentlik saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi.
Bu haqda bugun o‘tkazilayotgan partiya markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida ma’lum qilindi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/bahrom-abduhalimov---adolat-partiyasidan-prezidentlikka-nomzod-sifatida-korsatiladi-19958280.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Koronavirusning delta-shtammi tarqalishiga qarshi kurashish uchun yangi vaksinalar kerak bo‘lishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi britaniyalik olimlar tadqiqotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Mutaxassislarning ta’kidiga ko‘ra, vaksinalarning infeksiya yuqishiga qarshi samaradorligi 49%gacha, belgilar rivojlanishiga qarshi samaradorligi esa — 59%gacha pasaygan.
BSST: "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki barobar yuqumliroq25 Iyun 2021, 09:39
Bunday ko‘rsatkich esa, COVID-19 delta-shtammiga qarshi alohida preparat ishlab chiqarilishini oqlaydi, sababi, virus mutatsiyasi mavjud vaksinalar samaradorligini pasaytirmoqda, deyiladi olimlar xulosasida.
Sal avval Rospotrebnadzor mavjud vaksinalar yangi shtammga qarshi, xuddi avvalgidek ijobiy profilaktik va himoya xususiyatlariga egaligi haqida xabar qilgan va vaksinalar COVID-19ning og‘ir formalarida ham himoyalashini qo‘shimcha qilgan edilar.
SARS-CoV-2 koronavirusining delta-shtammi — COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi turlaridan biri sanaladi. U ilk marotaba Hindistonda aniqlangan. Koronavirusning ushbu varianti katta tezlikda yuqishi va kasallikdan keyin og‘ir asoratlarni chaqirishi bilan ajralib turadi. U S-oqsilida K417N mutatsiyasining mavjudligi bilan ajralib turadi, sog‘ayib ketgan va emlangan kishilarning zardobi va antitanachalarini faolligini kamaytirishi mumkin.
Xuddi shu shtamm tez orada qolgan barcha shtammlarni siqib chiqarib, dunyoda dominant shtammga aylanishi mumkin, degan jiddiy xavotirlar yo‘q emas. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/koronavirusning-delta-shtammiga-qarshi-yangi-vaktsinalar-talab-etilishi-mumkin---olimlar-19960271.html |
Anna Cherkasova
COVID-19 pandemiyasi butun dunyoda avj olmoqda, virusning yangi mutatsiyalari paydo bo‘lmoqda, lekin insoniyat unga qarshi samarali dori hozircha ishlab chiqqani yo‘q. Shunday ekan, hozircha virusga qarshi kurashishning yagona samarali uslubi – vaksina olish bo‘lib qolmoqda.
Ushbu munosabat bilan Sputnik infeksionist-shifokor, pediatr va tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Timakovga savollar bilan murojaat qildi.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, vaksina olishdan oldin o‘ziing mutlaq sog‘ligiga shubha qilgan kishilar shifokor ko‘rigidan o‘tishi, umumiy qon analizlari topshirishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ayniqsa surunkali kasali, organizmida yashirin jarayonlar kechishi mumkin bo‘lgan yoki qon trombozi sodir bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar bunga qat’iy amal qilishlari kerak.
Surunkali kasali borlar o‘zlarining kasalliklari bo‘yicha mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tib uning maslahatini olishlari kerak. Bundan tashqari qon biokimyo analizi topshirish, qondagi trombotsitlar miqdorini tekshirish, ayrim vaksinalarni olishda tromb hosil bo‘lishning oldini oladi.
Shuningdek, PZR taxlili topshirish va antitanachalar darajasini aniqlash ham ortiqcha bo‘lmaydi. Agar bemor kasallikning yengil shaklini boshida kechirgan bo‘lsa va unda ayni damda antitanachalar miqdori yuqori bo‘lsa – tezkor vaksinatsiya qilishga hojat bo‘lmaydi.
Xitoy vaksinasi nega uch marta qo‘yiladi - shifokor izohi5 Avgust 2021, 15:24
Shu bilan birga, tashhis topshirish va shifokorlar oldiga tashrif buyurganda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Chunki aynan tibbiy muassasalarda kasallik yuqqan bemorlarga duch kelish va virus yuqtirish xavfi yuqori bo‘ladi.
“Vaksina olish arafasida o‘z sog‘lig‘ingizga jiddiy e’tibor bering. Agar oz bo‘lsada o‘zingizni yomon his qilayotgan bo‘lsangiz, yo‘tal, burun bitishi, bosim oshishi kabi holatlar kuzatilayotgan bo‘lsa – yaxshisi emlashni 1-2 kun kechiktirgan ma’qul.
Ikkinchidan, vaksina olgandan so‘ng tibbiy muassasani darhol tark etmang. Hech bo‘lmasa 30 minut kutib turing, o‘zingizni qanday his qilayotganingizga baho bering. Yaxshisi emlashga biror yaqin kishingiz bilan keling”, - deydi shifokor.
Vaksina birinchi daqiqalarda qon tomirlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabali vaksina olgandan so‘ng darhol ishga kirishmaslik, og‘ir ishlarni bajarmaslik kerak.
Vaksina olgandan so‘ng kasal bo‘lib qolganlarning asosiy xatosi – ehtiyot choralariga rioya qilish, masofa saqlash, niqob taqish va qo‘lqop kiyishni bas qilishadi. Vaholanki bu mutlaq noto‘g‘ri, chunki koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning 2 yoki 3 komponenti olinganidan so‘ng 3-4 haftadan keyin hosil bo‘ladi.
Xulosa shuki, hech qanday vaksina yoki dori 100% kafolat bermaydi, lekin kasallikning og‘ir shaklidan 100% himoya qiladi. Pandemiyadan qutilishning yagona uslubi – kollektiv immunitet shakllanishi.
Yevgeniy Timakov bilan to‘liq intervyuni quyida tomosha qilish mumkin. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/vaktsina-olimga-sabab-bolmasligi-uchun-nima-qilish-kerak---infektsionist-shifokor-maslahati-19965169.html |
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Toshkentda ilk marotaba Oilaviy bolalar uyi tashkil qilindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 4-avgust kuni poytaxtning Yunusobod tumanida ilk marotaba Umida va Polvon Turdialiyevlar oilasi 21-sonli Mehribonlik uyidan 5 nafar o‘g‘il-qizni o‘z tarbiyasiga olib, Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
“Mazkur Oilaviy bolalar uyi ochilish marosimida Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Yunusobod tuman hokimligi va boshqa mas’ul vazirlik hamda tashkilotlar mutasaddi rahbarlari ishtirok etib, Umida Turdialiyeva boshlagan ushbu olijanob ishga muvaffaqiyat tilagan holda, doimo ko‘makdosh bo‘lishlariga hamda oila a’zosiga aylangan ushbu o‘g‘il-qizlarning ma’naviyatli va vatanparvar bo‘lib kamol topishlariga ishonch bildirdi”, — deyiladi xabarda.
SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente1/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente2/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente3/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente4/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente FotoOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente5/7 FotoOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente6/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente7/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente1/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente2/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente3/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente4/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente5/7 FotoOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente6/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente7/7 SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada yangi tizim joriy qilinishi va bunga Milliy gvardiya mas’ul etib belgilanishi ta’kidlangan edi.
Namanganning olis hududlarida bog‘chalarning muqobil turi ishga tushirildi7 Iyul 2021, 10:50 | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/toshkentda-ilk-marotaba-oilaviy-bolalar-uyi-ochildi-19960068.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Chexiyada Domajlitse va Blijeov bekatlarida o‘rtasida ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi. Bu haqda Novinky.cz nashri xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida ikkita mashinist va bir yo‘lovchi halok bo‘lgan. 31 kishi jarohat olgan, ulardan besh nafari og‘ir ahvolda. Politsiya uch kishining o‘limini tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, Ex 351 Zapadni expres tezurar poyezdi Munxendan Pragaga ketayotgan bo‘lgan, yo‘lovchi poyezdi esa Plzen — Domajlitse yo‘nalishida harakatlangan.
AP / Chaloupka MiroslavMesto stolknoveniya dvux passajirskix poyezdov vozle derevni Milavse mejdu stansiyami Domajlitse i Blizeyov, Cheshskaya Respublika
Mesto stolknoveniya dvux passajirskix poyezdov vozle derevni Milavse mejdu stansiyami Domajlitse i Blizeyov, Cheshskaya Respublika AP / Chaloupka Miroslav
Chexiya Transport vazirligining ma’lum qilishicha, poyezdlardan birining mashinisti qizil chiroqdan o‘tib ketgan. Poyezd halokatining sabablari o‘rganilmoqda. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar va politsiya ishlamoqda. Shuningdek, to‘rtta maxsus vertolot jalb qilingan. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/chexiyada-ikkita-yolovchi-poezd-toqnashib-ketdi-qurbonlar-bor-19952626.html |
TOShKENT, 5 avg - Sputnik, Danara Kurmanova. "Rossotrudnichestvo" Federal agentligi 4-avgust kuni 2022-2023 o‘quv yillarida Rossiya oliy o‘quv yurtlarida chet elliklarning ta’lim olishi uchun navbatdagi tanlov boshlanganini e’lon qildi.
Yangi qabul jarayoni 1-sentabrdan start oladi. Bunda kvotalar ko‘paytirilishidan tortib, yangi dasturlarning rivojlantirilishi singari qator islohotlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu o‘zgarishlar doirasida Rossiya oliygohlarining birida budjet asosida tahsil olish imkonini qo‘lga kiritish mumkin. "Rossotrudnichestvo" boshlayotgan yangi kampaniyaning barcha tafsilotlari - Sputnik obzorida.
MDH - ustuvorlikka ega
"Rossotrudnichestvo" agentligi kvotalar doirasida chet elliklar uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlarida budjetdan ajratiladigan joylar sonini muttasil oshirib bormoqda. Agar o‘tgan o‘quv yili idora 15 ming nafar chet ellik abituriyentlarni kvota bo‘yicha qabul qilgan bo‘lsa, joriy yil dunyoning 175 mamlakatidan 18 ming kishi kvota bo‘yicha Rossiya oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi.
Rossiyada oliy ma’lumot: o‘qishga kirish va moslashish haqida13 Iyul 2021, 15:11
2022-2023 o‘quv yillarida kvotalar hajmi 23 ming o‘ringacha oshiriladi. Shu bilan birga, MDH mamlakatlari agentlik uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda, deya ta’kidlaydi "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov.
"Birinchi navbatda bizni, albatta, qo‘shni davlatlar qiziqtiradi", - deydi Primakov, joriy yilda 80 ming arizadan 30%i MDH davlatlaridan kelib tushganiga urg‘u bergan holda.
Agentlik rahbariga ko‘ra, tanlov tadbirlarida hammadan ham Tojikiston faol bo‘lgan, bu mamlakatdan 5 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.
Top-10talik davlatlari qatoridan shuningdek, O‘zbekiston (3 ming ariza), Qozog‘iston (2 ming ariza), Qirg‘iziston va Turkmaniston (2 mingga yaqin arizalar) o‘rin egallagan.
YeOIIda yashash, o‘qish va biznes yuritish qulay bo‘lishi kerak – Mishustin9 Fevral 2021, 15:44
Qo‘shni davlatlardan kelgan abituriyentlar asosan bakalavriat dasturlariga hujjat topshirishadi. Masalan, tojikistonlik kechagi maktab o‘quvchilari tibbiyot, iqtisod va informatika yo‘nalishlarini tanlashmoqda. Qozog‘istonliklar ham kompyuter texnologiyalarini afzal ko‘rishsa-da, biroq tilshunoslik va pedagogikaga ham ularning qiziqishi yuqori. O‘zbekistondan kelayotgan abituriyentlar esa ko‘proq tibbiyot, geologiya va neft-gaz sohasini tanlashmoqda.
Raqamlashtirish afzalliklari
Yangi qabul kampaniyasi 1-noyabrga qadar davom etadi. Chet ellik abituriyentlar arizani onlayn tarzda "Rossiya Federatsiyasida chet elliklar uchun ta’lim" portali orqali topshirishlari mumkin, deya tushuntiradi Yevgeniy Primakov.
"Joriy yil portal test rejimida ishlaydi, - deydi "Rossotrudnichestvo" rahbari. – Ammo kelasi yildan u to‘liq hajmda ishga tushirilishiga ishonamiz. Hozircha portal orqali ariza topshirish, tanlovning birinchi bosqichida ko‘zda tutilgan hamda chet eldagi vakolatxonalar va Rossiya elchixonalari tomonidan amalga oshiriladigan barcha zarur bosqichlardan o‘tish mumkin".
MISiS filialida kirish imtihonlari boshlandi27 Iyul 2021, 16:19
Yevgeniy Primakovning so‘zlariga ko‘ra, ariza topshirishning onlayn shakli chet elliklarning o‘qishga qabul qilinishi jarayoni "yanada shaffof va tushunarli bo‘lishi uchun xizmat qilib, turli korrupsiyaviy xavotirlarni istisno etadi".
Saytda arizani to‘ldirish algoritmi rostdan ham juda oddiy: arizachidan anketani to‘ldirish va hujjatlar to‘plami bilan birga, shaxsiy yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilish so‘raladi, xolos. Arizalar eng ko‘p kelib tushgan mamlakatlar fuqarolari uchun testlar ham onlayn rejimda o‘tadi. Yangi qoidalarga ko‘ra, tanlov ishtirokchisi imtihonni kompyuter yordamida masofadan turib topshiradi. Sinov vaqtida testdan o‘tayotgan abituriyentni maxsus komissiya a’zosi kamera orqali kuzatib boradi.
Testlar rus tilida o‘tkaziladi, joriy yilda Turkmaniston, Qozog‘iston, Ukraina, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Abxaziya va Janubiy Osetiyadan 8 ming nafar abituriyentlar ushbu testlardan o‘tishgan. Yevgeniy Primakovning fikricha, sinovlarning yangi formati pandemiyada ayniqsa samarali bo‘ldi, transport harakati butun dunyoda cheklanganligi bois, ko‘plab abituriyentlar offlayn tarzda o‘tkaziladigan test sinovlariga kela olmas edilar.
Faqat kvotalar bilan cheklanilmaydi
"Rossotrudnichestvo" taklif etayotgan yangiliklardan yana biri, - bu grantlar tizimidir. Hozirda ushbu g‘oya hukumat tomonidan ko‘rib chiqilyapti, deydi agentlik rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov.
"Kvota - o‘qish uchun bepul joy degani, grant esa nafaqat ta’lim olishni, balki avia-chiptalar, shuningdek, stipendiyani nazarda tutadi", deya tushuntiradi u. "Bunday model G‘arb va Xitoy ta’lim dasturlari bilan bo‘lgan raqobatni tenglashtirgan bo‘lardi. Axir ular asosan grantlarni taklif etishadi, shu bois, to‘laqonli ijtimoiy paket kerak, deb hisoblaymiz".
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti: Toshkent filialiga qabul kvotasi2 Iyul 2021, 14:42
Ammo, MDH fuqarolari uchun Rossiya hozirdanoq bepul o‘qish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taklif etmoqda, deya aniqlik kiritadi Pavel Shevsov. "Uzoq mamlakatlar fuqarolaridan farqli o‘laroq, MDHdan bo‘lgan yigit-qizlar universitetlarning o‘zlari tomonidan o‘tkazadigan alohida qabul, shuningdek, olimpiadalar orqali, budjetga o‘qishga kirishlari mumkin", - deydi u. - Olimpiadalar orasida eng ko‘zga tashlanadigani - magistraturaga o‘qishga kirishni istovchi abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan - "Open doors: Russian Scholarship Project" xalqaro olimpiadasidir.
Olimpiadada odatda 30 yoshdan yuqori chet elliklar ishtirok etishadi, bunda, xuddi "Rossotrudnichestvo"dagi singari ishtirok etish uchun arizalarning aksariyati MDH mamlakatlari fuqarolaridan kelib tushadi, deydi loyiha kuratori Irina Karelina.
"Olimpiada g‘oliblarining 15%i – bu MDH mamlakatlari vakillaridir, - dedi Irina Karelina Sputnik agentligiga bergan izohida. – Qo‘shni davlatlar bitiruvchilarida ta’lim grantini olish imkoniyati ko‘proq, nega deganda ta’lim tizimlarimiz hamohangdir. Boz ustiga, MDHdan bo‘lgan ishtirokchilar rus tilida bemalol so‘zlasha oladi. Eng faol mamlakatlar - bu o‘zbekiston va Qozog‘iston, eng talabgir magistrlik dasturlari esa – bu biznes, siyosiy fanlar, filologiya va muhandislikdir. So‘rov shuni ko‘rsatadiki, MDH ishtirokchilari Rossiya ta’limining sifati va mamlakatda yashash qulayligidan kelib chiqib, Rossiyada o‘qishni istaydilar". | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/rossiyada-bepul-oqishni-istaysizmi-rossotrudnichestvo-qator-imtiyozlarni-elon-qildi-19956606.html |
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5-6 avgust kunlari Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda4 Avgust 2021, 17:44
Turkmaniston prezidenti raisligida o‘tadigan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashadi.
Davlat rahbarlari 2019-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan Maslahat uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi natijalarini ko‘rib chiqadilar.
Kun tartibiga mintaqada barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, savdoni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish, pandemiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish va boshqa masalalar ham kiritilgan.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, uzoq muddatli umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon qilishi kutilmoqda.
Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti avgustda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi24 Iyul 2021, 18:56
Sammit yakunida muhim ko‘p tomonlama hujjatlar, shu jumladan davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Maslahat uchrashuvining dasturi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va mintaqa Iqtisodiy forumi, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san’at ustalarining tantanali konserti o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Ta’kidlash joiz, maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.
Davlat rahbarlarining birinchi sammiti 2018-yil mart oyida Qozog‘istonning poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi esa 2019-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tdi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/mirziyoev-mo-davlatlari-rahbarlarining-navbatdagi-maslahat-uchrashuvida-ishtirok-etadi-19955927.html |
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim maskanlariga 2021-2022 o‘quv yili uchun 950 mingg yaqin abituriyentlar hujjat topshirdi deb xabar qilmoqda Davlat Test markazi.
Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 948 211 nafar. Ularning yarmi kunduzgi va yarmi sirtqi ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirgan. 32 mingga yaqin talaba kechki ta’lim shaklini tanlagan.
Kunduzgi ta’lim shakli – 479 627 nafar;Sirtqi ta’lim shakli – 435 995 nafar;Kechki ta’lim shakli – 32 589 nafar.
Abituriyentlarning aksariyati 800 ming dan ortig‘i - o‘zbek tilida ta’lim olish istagini bildirgan. Rus tili guruhlariga topshirganlar - 100 mingdan ortiq.
O‘zbek tili – 804 660 nafar;Rus tili – 109 232 nafar;Qoraqalpoq tili – 31 462 nafar;Boshqa tillar – 2 857 nafar.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi OTMlarga kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi. Imtihonlar kuniga ikki smenada, soat 07:00 dan 19:00 dan boshlanishi belgilangan. Epidemiologie vaziyatni hisobga olib testlarni ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazish belgilangan. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/bu-yil-950-mingga-yaqin-abiturient-hujjat-topshirdi---dtm-19957010.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xabar qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot ishga tushirildi.
eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda korrrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni to‘rtta shaklda, ya’ni:
“Korrupsiyaga duch keldim va pora berishga majbur bo‘ldim”;“Korrupsiyaga duch keldim va pora bermadim”; “Pora bilan bog‘liq bo‘lmagan korrupsiyaga duch keldim”;“Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim” kabi mavzularda yuborish mumkin.
Agentlik eanticor.uz orqali berilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishi bilan bir qatorda berilgan murojaatlar asosida sohalardagi korrupsion holatlarni tahlil qiladi. O‘tkaziladigan tahlil natijalariga ko‘ra korrupsiyaga imkon yaratayotgan omillarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Jumladan, korrupsiyaga yo‘l ochib berayotgan normalarni o‘zgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari ko‘riladi.
O‘zbekistonda poraxo‘rlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi7 Iyul 2021, 10:16
Shuningdek, dasturiy ta’minoti orqali fuqarolarning korrupsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Bunda tegishli idoralar mutasaddilari reytingdan tegishli xulosalarni chiqargan holda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/pora-berishga-majbur-boldim-endi-maxsus-dasturiy-taminotga-shikoyat-qilish-mumkin-19949929.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarmidagi iqtisodiy natijalar tahlili hamda yil yakuniga qadar barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Transport vazirligiga yangi yo‘nalishlar tashkil etib, jamoat transporti yetib bormagan 1 ming 113 ta mahallani qamrab olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yig‘ilishda xizmatlar sohasi tahliliga ham alohida e’tibor qaratildi.
“Davlat tomonidan imkoniyat yaratib berildi. Odamlarimiz ham harakatchan, mehnatsevar. Endi xizmatlar sohasida keskin o‘zgarish qilish kerak. Bu yangi ish o‘rinlari tashkil etishning eng arzon yo‘li. Qishloqlarda xizmatlar qancha ko‘paysa, sifat ham oshadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun birinchi bosqichda 7 ta tijorat bankiga 1 trillion 575 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Buning hisobidan hududlarda 2 ming 400 ta loyihani amalga oshirish boshlandi. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/mingdan-ziyod-mahallaga-jamoat-transporti-etib-boradi-19941940.html |
TOShKENT, 4 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti boshchiligida "Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, respublikaning barcha hududlarida mahalliy mutasaddilar uchun maxsus o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.
“Zoom” platformasi orqali tashkil etilayogan seminarlarda markaziy studiyalardan viloyat hokimlari, ularning tegishli o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etishapti.
Joylardagi studiyalardan esa shahar va tumanlar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari tumandagi sektor rahbarlari va tashkilot boshliqlari qatnashapti.
O‘quv seminarlar davomida videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ma’ruzachilar so‘zga chiqishmoqda.
Mirziyoyev aholi bandligi va farovonligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi8 Iyun 2021, 19:35
Jumladan, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov "Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi dolzarb muammolar", prezident administratsiyasi mas’ul xodimlari Farhod Azizov "Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish" hamda Sarvar Mamadiyev "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun hujjatlari yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berib o‘tapti.
Ma’ruzalar bilan bir qatorda joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish bo‘yicha hokimliklar qoshida "Tezkor shtab"lar tuzilyapti. "Tezkor shtab" rahbari viloyat hokimi bo‘lib, shtab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalar hamda yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan topshiriq va tavsiyalar ijrosini ta’minlaydi. Sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazadi.
"Tezkor shtab" guruhi elektron bazasiga kiritish, korxonalar tomonidan qayta o‘rganilgan murojaatlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar va fuqarolarning tushuntirish hamda minnatdorchilik xatlari bo‘yicha kunlik ma’lumotlarni yig‘adi. Natijada ushbu ko‘rsatkichlar haqqoniyligini Xalq qabulxonalari mudir va mutaxassislari o‘rgangan holda hujjatlar yig‘ib boriladi.
Bugungi kunga qadar o‘quv seminarlar Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/ozbekiston-boylab-aholi-murojaatlarini-hal-etish-uchun-tezkor-shtablar-tashkil-etilyapti-19941489.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovida qatnashish uchun o‘z nomzodini e’lon qildi.
Nomzod partiya Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumida ma’qullangan. Ma’qullangan nomzodni syezd muhokamasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
“O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Oblomurodov Narzullo Naimovich nomzodi ma’qullandi”, - deyilgan xabarda.
Narzullo Oblomurodov fevral oyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylangan edi. U bunga qadar O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mamlakat prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga 23-iyul kuni rasman start berildi. Saylov 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida23 Iyul 2021, 23:19 | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/ekopartiya-ozbekiston-prezidenti-saylovidagi-oz-nomzodini-elon-qildi-19942446.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining 12-kunida o‘zbekistonlik 6 nafar sportchi o‘z omadini sinab ko‘rdi. Sputnik O‘zbekiston vakillarining bugungi Olimpiya o‘yinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.
Kanoeda eshkak eshish
Kanoechilar Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova chorak final bahsini o‘tkazishdi.
Birinchi guruhdagi 200 metr masofaga kechgan bellashuvda dastlab Nilufar Zokirova startga chiqdi. U o‘z guruhida 48.995 soniya natija bilan oltinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
Ikkinchi guruhda Dilnoza Rahmatova 46.645 soniya ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatgich uning yarim finalga yo‘l olishiga kamlik qildi.
Press-slujba NOKDilnoza Raxmatova
Dilnoza Raxmatova Press-slujba NOK
Endi O‘zbekiston vakilalari juftlik bahslarida qatnashadilar. Ularga bo‘lajak startda omad tilab qolamiz.
Erkin kurashdagi “bronza”ga bo‘lgan umidlar
Musobaqalar doirasida dastlab Javrail Shapiyev (-86 kg) Rio-2016 Olimpiadasi va ikki karra jahon chempioni eronlik Hasan Yazdaniyga qarshi gilamga chiqdi. Shapiyev tajribali raqibga qarshi munosib kurashdi. Biroq eronlik yakunda g‘alaba qozonib, keyingi davraga yo‘l oldi. Endi Shapiyev ertaga, 5-avgust kuni bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Unga avvaliga Shveysariya vakili Stefan Reyxmus raqiblik qiladi. Uni mag‘lub eta olsa, rossiyalik Artur Nayfonov bilan bronza medali uchun kurashadi.
Ikkinchi kurashchi G‘ulomjon Abdullayev dastlabki davrada xitoylik polvon Mingxu Liuni mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi. Unga mazkur bosqichda so‘nggi 2 karra jahon chempionatining g‘olibi rossiyalik Zaur Uguyev raqiblik qildi. Dastlab Abdullayev hisobda ortda qolayotgan edi. Keyin tarozini o‘z pallasiga og‘dira oldi. Bir necha soniya qolganida rossiyalik polvon hisobni tenglashtirib, so‘nggi ballni qo‘lga kiritgani evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Uguyev finalga chiqdi va Abdullayevning bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi. O‘zbekistonlik kurashchi avvaliga AQSh vakili Tomas Gilman bilan kuch sinashadi. Uni yengsa, eronlik Rizo Atriy o‘rtasida medal uchun jang olib boriladi.
Press-slujba NOK UzbekistanaVolnaya borba: Abdullayev i Shapiyev srazatsya za "bronzu"
Volnaya borba: Abdullayev i Shapiyev srazatsya za "bronzu" Press-slujba NOK Uzbekistana
Jalolovning boksdagi yorqin g‘alabasi
Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi.
U bugun murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi. Freyzer Klarkka bilan o‘tgan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi.
3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yo‘l oldi.
NOK Uzbekistana / Alimurod MamadaminovUzbekskiy bokser Baxodir Djalolov protiv Freyzera Klarka v polufinalnom poyedinke na olimpiade v Tokio
Uzbekskiy bokser Baxodir Djalolov protiv Freyzera Klarka v polufinalnom poyedinke na olimpiade v Tokio NOK Uzbekistana / Alimurod Mamadaminov
Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi AQSh vakili Richard Torres bo‘ladi. Ular jangi 8-avgust, Olimpiya o‘yinlarining yopilish kunida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘pkurashdagi shaxsiy rekord
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida ayollar o‘rtasidagi ko‘p kurash bahslarining bugungi dasturlari yakunlandi. Unda 4 dasturda bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yo‘nalishda Yekaterina Voronina mamlakat sharafini himoya qildi. Bugungi dasturlar davomida u 100 metrga (14.19 soniya) to‘siqlar osha yugurish va 200 metrga (24.67 soniya) yugurish dasturlarida o‘z shaxsiy rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda Voronina 3588 ochko bilan 20-o‘rinda turibdi.
Press-slujba NOK UzbekistanaYekaterina Voronina
Yekaterina Voronina Press-slujba NOK Uzbekistana | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/tokio-olimpiadasi-finalga-chiqqan-jalolov-va-kurashchilarning-bronza-yutish-imkoniyati-19951111.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Dmitriy Matveyev. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov Italiyaning yetakchi klublaridan biri “Roma” bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Italiya poytaxtidan bo‘lgan jamoa o‘zbekistonlik uchun 17,5 million yevro to‘ladi. Bunga qadar sportchi Seriya A dagi o‘rtacha klub sanalgan “Jenoa” tarkibida mavsumni yaxshi o‘tkazdi. Sputnik Shomurodov klubda kimlar bilan to‘p surishi va uning muvaffaqiyatini Apennindagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchi qanday baholashini o‘rgandi.
“Roma”ning mavsum o‘rtasidagi eng qimmat xaridi
Shomurodov Rim klubining joriy mavsum o‘rtasidagi eng qimmat xaridi bo‘ldi. Ro‘yxatda undan keyin Angliyaning “Vulverxempton” klubidan 11,5 million yevroga xarid qilingan 33 yoshli portugaliyalik darvozabon Ruy Patrisiu joy oldi.
Uchinchi pog‘onani braziliyalik himoyachi Rojer Ibanes egallab turibdi. U Rim klubiga 2020-yil boshida ijara huquqi asosida o‘tgandi, bu mavsum o‘rtasida esa “Roma” uni “Atalanta”dan 9 million yevro evaziga sotib oldi.
Klubning eng qimmat xaridlar ro‘yxatidagi 4-o‘rinni amerikalik himoyachi Brayan Reynolds egalllab turibdi. U uchun MLS "Dallas”ga 6,75 million to‘lashgan.
Rossiyalik bloger Eldor Shomurodov bilan Jarqo‘rg‘onda katta intervyu uyushtirdi12 Iyul 2021, 18:12
Biroq, transferlar oynasi hozircha yopilmagan va shuning uchun Rim klubi rahbariyati Shomurodovdan qimmatroq boshqa biror futbolchini sotib olishi ham mumkin. Ammo bunday bo‘lishi ehtimoli kam. Gap shundaki, hozirda “Roma”ning transfer balansi manfiy. Minus 43,5 million yevroni tashkil etadi, hatto o‘zbekistonlik futbolchini italiyaliklar bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilishdi. Hozircha to‘lovning atigi 10 foizini amal oshirishgan. Aftidan, ular Eldor uchun pullarni “Jenoa”ga bir necha yil davomida to‘lab borishadi.
Mashhur faxriylar va yosh sloveniyalik
Shomurodovga markaziy hujumchi pozitsiyada bo‘lishda 35 yoshli bosniyalik Edin Jeko va 22 yoshli sloven Jan Selar raqiblik qiladi. O‘zbekistonlik aynan ular bilan asosiy tarkibdagi joy uchun raqobat qiladi.
Shomurodovning yana bir yulduzli jamoadoshi 32 yoshli Armaniston terma jamoasi sardori Genrix Mxitaran bo‘ladi. U o‘zbekistonlik futbolchiga golli uzatmalar berib turishiga umid qilib qolamiz.
“Roma” Konferensiyalar ligasida o‘ynaydi
Seriya A ning o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra “Roma” yettinchi o‘rinni egalladi va endilikda yangi Yevropa turniri – Konferensiyalar ligasida o‘ynaydi. Bu yangi musobaqani UYeFA klublari zaif va Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi finaliga yetib borolmaydigan kontitent mamlakatlarida futbolni rivojlantirish uchun tuzgan.
Mavsum yakunida turnir jadvalida beshinchi-oltinchi o‘rinlarni egallagan klublar Konferensiyalar ligasida ishtirok etishi mumkin.
Eldor Shomurodovning goli “Jenoa”ga mavsumni g‘alaba bilan yakunlash imkonini berdi23 May 2021, 12:51
“Roma” yangi musobaqaning pley-off raundida kurashga kirishadi. Jamoa o‘yinlarini 19 va 26-avgust kunlari o‘tkazishi kerak, raqib hozircha aniqlanmagan. Umid qilamizki, bunga qadar Italiya klubi barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, Shomurodovning maydonga tushishiga imkon beradi. Bunda Shomurodov “Roma” sharafini Yevropa turnirida himoya qilish bilan debut qiladi.
Pley-offda g‘alaba erishilsa, “Roma” Konferensiyalar ligasining guruh bosqichiga yo‘l oladi. Bu bosqichda 32 ta Yevropa klublari o‘zaro bellashadi.
Kattalardan nasihat
Sputnik Shomurodovning muvaffaqiyati yuzasidan fikr bildirishi so‘rab, Italiyadagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchi Ilos Zeytullayevga murojaat qildi.
“Men bir paytlar intervyuda jurnalistlardan biriga (menimcha, hatto sizga) aytgandimki, agar Eldor shu maromda davom etsa, unga ertami-kech “Latsio”, “Yuventus”, yoki “Roma” kabi top klublar e’tibor qaratadi. U ajoyib shovvoz. Uning kamtarligi muvaffaqiyat garovi bo‘ldi”, - deydi Zaytullayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Seriya A mavsumi va Eldor o‘yinini italiyalik sharhlovchilar bilan muhokama qilgan. O‘shanda Shomurodov o‘zini juda yaxshi namoyon qilgani va juda kuchli o‘yinchi ekani ayon bo‘lgani oydinlashgan. Shu bois Zeytullav uchun futbolchining “Roma”ga o‘tishi kutilmagan holat bo‘lmagan.
“Uning moslashishi qanchalik qiyin bo‘ladi? Futbolchilarning yangi klubga moslashishi hamisha qiyin. Lekin Eldor buni bir necha marta uddaladi – avvaliga O‘zbekistondan “Rostov”ga ko‘chib o‘tdi, so‘ngra “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tdi. O‘ylaymanki, unda muammolar bo‘lmaydi. U juda kamtar va yaxshi insonligi, oilaparvarligi ko‘rinib turibdi. Kamtarligi ortidan u shuhratga erishdi”, - deya qo‘shimcha qildi Ilos.
Eldor Shomurodov: ba’zan tortinchoqligim pand beradi29 Oktabr 2019, 16:07
Italyanchani yaxshi bilmaydi, lekin tez orada juda yaxshi o‘rganadi
“Roma”ga o‘tgani haqida e’lon qilingan keyin Rim klubi matbuot xizmati Shomurodov bergan birinchi intervyuni ko‘rsatdi. Futbolchi intervyuni rus tilida bergan. Ilos Zeytullayev Eldor tez orada chempionatida qatnashayotgan mamlakat tilini o‘rganib oladi deb hisoblaydi.
“Ishonchim komilki, u allaqachon italyan tili o‘rganmoqda. Men Italiyada bir yarim bo‘lganimdan keyin italyancha gapira boshlaganman, jamoadoshlarim va murabbiy ko‘rsatmalarini undan avvalroq tushuna boshlaganman. Men italyancha kitoblar o‘qishni, filmlar ko‘rishni yoqtirardim. Qolaversa, oyim ingliz tili o‘qituvchisi. U menga o‘shanda yangi tilni o‘rganishda yordam bergan”, - deya xulosa qildi Zeytullayev.
Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov O‘FA prezidentining maxsus sovrini bilan taqdirlandi25 Yanvar 2021, 11:25 | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/-eng-qimmat-xarid-roma-shomurodov-19945564.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada fuqaro shifokorni do‘pposlayotganligi aks etgan video tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Voqea yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ham munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, vazirlik mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqda. Ushbu tajovuz nima sababdan yuz bergani aniqlashtirilib, jarayonga huquqiy baho berish maqsadida tegishli organlar tomonidan aybdorlarga nisbatan keskin jazo choralari ko‘rilishi ta’minlanadi.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatimizdagi har bir tibbiyot xodimi, jumladan, Namangan shahridagi tajovuzda jabrlangan tibbiyot xodimining manfaatlarini ham qat’iy himoya qilish uchun qonunda belgilangan barcha choralarni ishga soladi” – deyilgan xabarda.
“Daryo” nashrining aniqlik kiritishicha, shifokor issig‘i ko‘tarilganidan shikoyat qilib kelgan aka-ukadan tomonidan COVID-19 ga chalinmaganini bilmoqchi bo‘lgani uchun ayovsiz do‘pposlangan.
Shifokorga olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, 2021-yil 4-avgust kungi xulosaga ko‘ra shifokorga sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.
Toshkentda qabulga kelgan mast bemor shifokor ayolni do‘pposladi25 Mart 2021, 15:35 | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/namanganda-shifokor-dopposlanishi-yuzasidan-jinoiy-ish-ochildi-19951684.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanida tez tibbiy yordam avtomobili hamda “Nexia” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
YTH 4-avgust kuni soat 13:00 larda tumandagi I.Karimov va Olmazor ko‘chalari kesishgan chorrahada ro‘y bergan. 42 yoshli “Nexia” haydovchisi B.Sh. va "Ford" rusumli tez tibbiy yordam avtomobilini boshqarayotgan 47 yoshli haydovchi A.R. to‘qnashib ketgan.
Natijada tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.
Andijonda mast haydovchi yirik YTH sodir etdi: besh kishi jarohatlandi8 Iyun 2021, 18:02
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/toshkentdagi-ythda-tez-yordam-yolovchisi-qurbon-boldi-19952129.html |
Hozirda amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda va ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinilmoqda. 4-avgust kuni mashg‘ulotlar chog‘ida jangovar harakatlarning alohida sseraniylariga oid mashqlar bajarildi: jangarilar guruhlarini izlab topish, ularning yo‘llarini berkitish va yo‘q qilish hamda garovdagilarni ozod qilish. Maxsus bo‘linma harbiylari shartli terrorchilar egallagan shaharchaga hujum qilib, uni jangarilar qo‘lidan ozod qilishdi.
Sputnik lavhasida mashg‘ulotlarning qanday bo‘lib o‘tayotganini tomosha qilishingiz mumkin.
Rossiya va O‘zbekiston harbiylarining o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi2 Avgust 2021, 11:30 | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/terrorchilar-ozbekiston-va-rf-harbiy-mashgulotlari-19948606.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik, Yelizaveta Isakova. Sentabr oyining oxirigacha revaksinatsiyaga vaqtinchalik moratoriy joriy etish zarur, deya bayonot qildi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.
"Biz obro‘-e’tibordagi har bir kishini, olimpiya sportchilarini, investorlarni, biznes-yetakchilarni, diniy yetakchilarni va ularning oilasi va hamjamiyatidagi har bir alohida kishini emlash bo‘yicha qo‘shimcha dozalarga kamida sentabr oyining oxirigacha moratoriy e’lon qilish haqidagi da’vatimizni qo‘llab -quvvatlashga chaqiramiz", - dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan – Asadov2 Avgust 2021, 11:44
BSST ekspertlari bu moratoriyni, ehtimol, butun dunyoda yetarli miqdordagi kishilarni emlash uchun yil oxiriga qadar uzaytirishga to‘g‘ri kelishi mumkin, degan fikrni ham bildirmoqdalar.
Tashkilot berayotgan baholarga ko‘ra, dunyoda COVID-19ga qarshi vaksinalarga nisbatan global tengsizlik yuzaga kelgan. Kambag‘al mamlakatlarda boy mamlakatlarga qaraganda kam odam ancha kam odam to‘laligicha emlangan yoki hech bo‘lmaganda bitta dozani olgan. Boy mamlakatlarda esa vaksina ishlab-chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hukumatlar allaqachon takroriy vaksina haqida gapirishni boshlaganlar.
Ilgariroq, BSST bosh direktori shuningdek, sentabr oyigacha har bir mamlakatda aholining eng kamida 10 foizini emlashga chaqirgan edi. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/bsst-koronavirusga-qarshi-takroriy-vaktsinatsiyaga-moratoriy-joriy-etishga-chaqirmoqda-19952291.html |
Qo‘shma Shtatlar 3-avgust kuni so‘nggi 40-yilda eng yirik HDK mashqlari - Large Scale Exercise 2021ni boshladi, tadbir beshta harbiy-dengiz birlashmalari (tezkor flotlar), AQSh dengiz pexotasi korpusining uchta birlashmasini qamrab olgan. Yigirma besh ming nafar harbiy xizmatchilar jalb qilingan. Manyovrlar 16-avgustga qadar davom etadi.
Stars and Stripes nashri xabariga ko‘ra, Large Scale Exercise 2021 (LSE) tadbirlari – 21-asrdagi AQShning ko‘lami bo‘yicha NATO HDKning 1981-yilda bo‘lib o‘tgan Ocean Venture manyovrlari bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan kema va desant mashg‘ulotlaridir.
NATO Qora dengiz bo‘yicha aniq qarorga keldi - Rossiya javobi qanday bo‘ladi?12 Iyul 2021, 16:03
Rejalar - katta maydonda dengiz janglarini mashq qilish, okeanda "dushman" ni qidirish, uni aniqlash va yo‘q qilish, shu jumladan, shartli ravishda yadro qurolidan foydalanishdan iborat. Bu sovuq urush standartlariga qaytish, "qat’iyat va yangi imkoniyatlar" namoyishi, Rossiya va Xitoyga Amerika bir vaqtning o‘zida bir nechta frontlarda urush olib borishi mumkinligini anglatuvchi signaldir. Aniqrog‘i, "Qora dengiz, O‘rtayer dengizining sharqiy qismi, Janubiy-Xitoy va Sharqiy-Xitoy dengizida muammolarni hal etib, Amerika qurolli kuchlarini kuchsizlantirish harakatlarini yo‘qqa chiqarishdir".
Qora dengizga NATOning ikkita harbiy kemasi kirib keldi14 Iyun 2021, 17:42
LSE 2021 davomida amerika HDK bahsli muhit(LOCE)da turfa dengiz (DMO), ekpeditsiya (EABO) va qirg‘oq oldi operatsiyalarining moslashuvchanligi, shuningdek, yuqori darajadagi jangovar harakatlarni olib borishga tayyorligini namoyon etishi kerak. Taxminlarga ko‘ra, amerika dengizchilari (va sal avval Afg‘onistonda tepki yegan dengiz piyodalari) yuqori texnologiyali dushman bilan jang qilishga, aniq nishonga oladigan qurollar zarbalariga qarshilik ko‘rsatishga tayyor.
Amerikalik strateglarning fikricha, "bir vaqtning o‘zida barcha sohalardan, shu jumladan havo, quruqlik, dengiz, kosmos va kibernetika"dan o‘ta aniq zarbalar berish yagona qo‘mondonligi ostida "eng xiylagan dushmanni ham yo‘q qilish" mumkin. HDK qo‘shma harbiy harakatlarining yangilangan konsepsiyasi bir qarashda AQSh Ikkinchi Jahon Urushidan buyon duch kelmagan "bahsli logistikani" ham inobatga olayotgandek. G‘oyalar va rejalar qay tarzda ro‘yobga chiqarilishini qiziqish bilan kuzatib qolamiz.
Afsonalar va reallik
AQSh 6 -floti qo‘mondoni vitse -admiral Jin Blek sal avval: "LSE bizning qo‘mondonlarimizni flotning ochiq okeandan to qirg‘oqqa qadar muvofiqlashtirilgan operatsiyalarni o‘tkazish qobiliyatini namoyish etish uchun dengiz korpusini integrallashtirgan holda, taktikdan tortib strategikgacha bo‘lgan harbiy-dengiz operatsiyalarini butun spektr bo‘ylab tekshiradi".
Ammo bunga qaramay, mutaxassislarda Amerika flotining 36 ta kema va uchta dengiz piyodalari birlashmalari kuchi yordamida bir vaqtning o‘zida Qora, O‘rta yer, Janubiy-Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarida ustunlik qilish imkoniyati katta gumonlarni tug‘dirmoqda. Bu yerda Dunyo okeanini aytmasa ham bo‘ladi.
NATO harbiy mashqlari Qrim yaqinida provokatsiyalar bilan boshlandi - video5 Iyul 2021, 15:47
Rivojlanish tezligi, raqamlar va sifati bo‘yicha AQSh harbiy -dengiz kuchlari potensial raqiblardan ortda qolmoqda. Amerika aviatashuvchi zarba guruhlarining "gollivudcha" imkoniyatlari aviatsiya, submarinalar, kemalarga qarshi qirg‘oq raketa tizimlari, xuddi shunga o‘xshash havodan hujumga qarshi mudofaa va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan ko‘rsatiladigan qarshiliklarga tengdir.
G‘arb tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy va Rossiya harbiy flotlari dengizda son jihatdan mutlaq ustunlikka ega - 1380 ta kemalar 490 ta amerika kemalariga qarshi. Amerika HDK kemalar (490ta) soni bo‘yicha dunyoda XXR harbiy floti (777 dona), Rossiya Federatsiyasi (harbiy flotlari (603 dona) va KXDR harbiy floti (492 dona)dan keyin to‘rtinchi o‘rinnigina egallaydi.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, HDK tarkibida 297 ta jangovar kemalar bor, Xitoyda esa 335 ta suv usti kemalari mavjud. Qanday bo‘lmasin, farq ahamiyatli. Agar AQSh HDKning umumiy tonnajini hisobga oladigan bo‘lsak, hammasi unchalik yomon emas, biroq Rossiya va Xitoyning gipertovushli yuqori aniqlikka ega raketa qurollari, qudratli torpedalar, uzoq masofali havodan hujumga qarshi mudofaa va raketa hujumlariga qarshi tizimlarini hisobga olganda, amerika aviatashuvchilari va raketa tashuvchi esmineslari kafolatlangan mag‘lubiyat uchun oson nishonlardek taassurot uyg‘otadi. Eslatib o‘taman, Pentagon gipertovushli raketalarga ega emas.
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?20 Aprel 2021, 13:23
LSE 2021 manyovrlari faqat AQSh HDKni qamrab olgan, lekin ittifoqchilar va sheriklar keyingi versiyalarga kiritilishi mumkin. Ehtimol, amerika manyovrlarining "yopiqligi" Pentagon tomonidan 2020-yilning oktabrida bo‘lib o‘tgan maxfiy strategik o‘yin (modellashtirish) paytida yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlash bilan izohlanar. AQSh Qurolli kuchlari Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, general Jon Xaytenning fikricha, shartli raqib axborot maydonida tashabbusni qo‘lga olib "bulut"ni o‘chirib qo‘yganida o‘yin katta muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan edi. Pentagon markazlashtirilmagan muhitda harakat qilishga tayyor emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Kelajak yuqori texnologiyali qurolli mojarolari esa qulay muhitni va’da qilmayapti.
Kelajakka yo‘l
AQSh Harbiy -dengiz kuchlarining dengiz operatsiyalari boshlig‘i, admiral Maykl Gildey, kecha Large Scale Exercise 2021 manyovrlari jangovar harakatlar olib borish konsepsiyasi ustida tajriba o‘tkazish hamda uzoq yillarga xulosa chiqarish imkonini berishi haqida gapirdi. Kelgusi janglarga tayyorgarlik ko‘rish algoritmi qiziq: "Urush olib borish konsepsiyasi biz sotib oladigan, biz sarmoya kiritadigan jamiki narsalarning asosiga aylanadi va u biz qanday kurashishimiz kerakligi haqida ma’lumot berib turadi".
AQSh HDK Tinch okeani floti qo‘mondoni, admiral Kristofer Greydi LSE 2021 mashg‘ulotlari davomida "harbiy-dengiz urushi san’ati va ilmini rivojlantirish", eksperimental texnologiyalarni baholash, bir nechta dengiz uyushmalarining birlashgan jangovar kuchidan - ma’lumotlar, qurol va platformalardan butun dunyodagi bahsli muhitlarda foydalanmoqchi.
Busiz iloji yo‘q: Shimoliy dengiz floti NATOga nima bilan javob qaytaradi21 Aprel 2021, 16:49
Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining raisi, general Mark Milli 2-avgust kuni urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun (o‘zining tarixiy davriyligi tufayli muqarrar bo‘lgan) Qo‘shma Shtatlar yaqin 10-yilda elliktacha yangi texnologiyalarni, jumladan, sun’iy intellektga ega dronlarni o‘zlashtirish kerakligini ma’lum qildi.
Meni nazdimda, amerika strateglarining so‘zlari soni va bu so‘zlarning jo‘shqinligi global mojaro realligidan uzoqlashtirmoqda.
Amerika strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) sal avval Afg‘onistondagi mag‘lubiyatning asosiy sabablarini aniqlagan edi: "Harbiy tarix haqida yetarli bilim yetishmaydi, strategik fikrlash bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor". Shuningdek, "qo‘yilgan maqsadlarni kerakli sa’y -harakatlar bilan bog‘lay olmaslik", "Rossiya, Xitoy va Eronga qarshi plasdarm" yaratish istagi, "harbiy ustunlikka ega super derjava maqomi tufayli mag‘rurlik" ham tilga olingan. Xulosa: AQSh harbiy qo‘mondonlari va harbiy amaldorlari "fojiali tarzda yanglishishdi".
Dunyo okeanida ustuvorlik qilish: AQSh dengiz flotining 10-yillik rejasi18 Yanvar 2021, 16:30
Meni nazdimda, bu voqea Jahon okeanida takrorlanmoqda. AQSh HDKning Large Scale Exercise 2021dagi global mashg‘ulotlari rejalari ehtimoliy raqibning o‘ta yuqori aniqlikka ega raketali qurol (termoyadroviy haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi) yordamida moslashuvchan qarshi choralar ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi reallikni hisobga olmaydi. Kimgadir ufqda amerika avia-tashuvchi zarba guruhlari paydo bo‘lishi bilan, Rossiya yoki Xitoyning barcha "jonkadagi tuzemchilari" qo‘rquvdan qotib qolishi va ushbu konsepsiyalar va investitsiyalar uyumiga zudlik bilan taslim bo‘lishi kerakdek tuyuladi.
Biroq, iyun oyida Qrim yaqinida Rossiya chegarasini buzgan britaniya qoidabuzar esminetsining yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan bombardimon Qora dengizda "qizil chiziq" kesib o‘tilgan taqdirda AQSh HDKning "bahsli muhit"dagi "ustunligi" hamda "kuch proyeksiyasi" nima bo‘lishini ko‘rsatib berdi.
Xuddi shu tarzda, Pentagonning qo‘rqmas eksperimentchilarini Janubiy-Xitoy dengizi va Sharqiy-Xitoy dengizlarida kutib olishlari mumkin - NOAK HDK qator, shu jumladan, avia-tashuvchi guruhlar ishtirokida mashqlar o‘tkazilishi haqida e’lon qildi. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/aqsh-hdkning-large-scale-exercise-2021-mashqlari-qora-dengizga-kuch-etadimi-19953077.html |
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. 2020 yilgi Olimpiadada ayollar uchun balandlikka sakrash saralashi yakunlandi. O‘zbekistonlik yengil atletikachi Safina Sadullayeva saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final dasturida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash yo‘nalishida Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan o‘ta oldi.
Tokio-2020: Bahodir Jalolov finalga yo‘l oldi4 Avgust 2021, 11:55
Umuman olganda, A va V guruhlarida ishtirok etgan atletlardan 14 ishtirokchiga 1.95 metrdan o‘tish nasib qildi.
Ushbu yo‘nalishning final bahslari 7-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi.
Safina Sa’dullayeva - O‘zbekiston sportchisi, balandlikka sakrash bilan shug‘ullanadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi. 2015-yilda 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2017-yilgi yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida kumush medal sohibasiga aylangan. | 2021-05-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210805/cafina-sadullaeva-finalga-chiqdi-19956289.html |
REUTERS / Gaelen MorseDover shahri aholisi (Ogoya shtati, AQSh) maktab binosida amerikalik suzuvchi Xanter Armstrongga muxlislik qilishmoqda.1/12 REUTERS / Gaelen MorseDover shahri aholisi (Ogoya shtati, AQSh) maktab binosida amerikalik suzuvchi Xanter Armstrongga muxlislik qilishmoqda. REUTERS / Androniki ChristodoulouItoyama oilasi Olimpiadani tribunalarda turib ko‘rmoqchi edi. Ammo koronavirus ularning rejasini o‘zgartirib yubordi.2/12 REUTERS / Androniki ChristodoulouItoyama oilasi Olimpiadani tribunalarda turib ko‘rmoqchi edi. Ammo koronavirus ularning rejasini o‘zgartirib yubordi. REUTERS / Benoit TessierParijda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimini tomosha qilishmoqda.3/12 REUTERS / Benoit TessierParijda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimini tomosha qilishmoqda. REUTERS / Chang-Ran KimIordaniyadagi qochoqlar lagerida o‘yinlarni tomosha qilayotgan suriyalik.4/12 REUTERS / Chang-Ran KimIordaniyadagi qochoqlar lagerida o‘yinlarni tomosha qilayotgan suriyalik. REUTERS / Kim Kyung-Hoon "Cheers One" barida Olimpiya o‘yinlarini tomosha qilayotgan ofitsiant qiz.5/12 REUTERS / Kim Kyung-Hoon "Cheers One" barida Olimpiya o‘yinlarini tomosha qilayotgan ofitsiant qiz. AP Photo / Eugene HoshikoTriatlon musobaqalarini kuzatayotgan muxlislar6/12 AP Photo / Eugene HoshikoTriatlon musobaqalarini kuzatayotgan muxlislar AFP 2023 / Federico ParraVenesueliyalik sportchi Yulimas Rohasning do‘stlari va yaqinlari unga muxlislik qilishmoqda. Rohas uch hatlab sakrashda yangi jahon rekordini o‘rnatdi.7/12 AFP 2023 / Federico ParraVenesueliyalik sportchi Yulimas Rohasning do‘stlari va yaqinlari unga muxlislik qilishmoqda. Rohas uch hatlab sakrashda yangi jahon rekordini o‘rnatdi. AFP 2023 / Niklas Halle’nLondondagi muxlislar.8/12 AFP 2023 / Niklas Halle’nLondondagi muxlislar. REUTERS / Tyrone SiuGongongdagi savdo markazida musobaqalarni kuzatayotganlar.9/12 REUTERS / Tyrone SiuGongongdagi savdo markazida musobaqalarni kuzatayotganlar. REUTERS / Edgar SuTokio aholisi tennis o‘yinlarini uylaridan turib kuzatishmoqda.10/12 REUTERS / Edgar SuTokio aholisi tennis o‘yinlarini uylaridan turib kuzatishmoqda. REUTERS / Mahamat RamadaneChaddagi oila vatandoshiga muxlislik qilmoqda11/12 REUTERS / Mahamat RamadaneChaddagi oila vatandoshiga muxlislik qilmoqda REUTERS / Kim Kyung-HoonYaponiyalik muxlislar12/12 REUTERS / Kim Kyung-HoonYaponiyalik muxlislar
Olimpiya o‘yinlarini muxlislarsiz o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan. Biroq muxlislarning ruhi cho‘kmadi, ular televizor, telefon va ko‘chalarda o‘rnatilgan ekranda efirga uzatilayotgan o‘yinlarni tomosha qilishga vaqt topishmoqda. | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/olimpiada-2020-tomosha-19928893.html |
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Toshkent shahrida joylashgan terini qayta ishlash va parrandachilik korxonalari, qoramol kushxonalari Toshkent viloyatining Olmaliq va Ohangaron tumanlariga ko‘chiriladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimiyati va “Salar” oqava suvlarni tozalash inshooti atrofida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.
Xabrada aftilishiga ko‘ra, yuqoridagi qaror “Salar” oqava suvlarini tozalash inshooti atrofida badbo‘y hid taralish muammosi atroflicha o‘rganib chiqilganidan qabul qilingan.
“O‘rganish xulosalari asosida, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan terini qayta ishlash, to‘qimachilik, parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalar va qoramol qushxonalari Toshkent viloyatining Olmaliq shahri va Ohangaron tumanlarida tashkil etiladigan “Maxsus sanoat zona” lariga ko‘chirilishi lozimligi haqida xulosa qilindi”, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari “Salar” oqava suvlarni tozalash inshooti samaradorligini oshirishga qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgarish” va “No‘g‘oyqo‘rg‘on” mahallalari aholisi uzoq vaqtdan buyon kechki payt yoqimsiz hid tarqalishidan aziyat chekayotgan edi. Ushbu muammo matbuotda ham televideniyeda ham ko‘p marotaba yoritilgan edi.
Xokimiyat g. TashkentaSkotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalik i Oxangaran
Skotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalik i Oxangaran Xokimiyat g. Tashkenta
Dastlab yoqimsiz hid paydo bo‘lishida “Salar” oqova suvlarni tozalash inshooti ayblangan bo‘lsa, keyinchalik bunda ushbu hududdagi kanal bo‘yida joylashgan terini qayta ishlash korxonalari ham bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi.
Iyun oyida Salar va Bektemirda 18ta korxonalar faoliyati to‘xtatilib 22 nafar ma’sul shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan edi. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/toshkentdagi-kushxonalar-olmaliq-va-ohangaronga-kochiriladi---hokimiyat-19940660.html |
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. "Xalq banki"da tijorat kreditlari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani sababli to‘xtatildi, ammo yaqin kunlarda qaytgan mablag‘lar hisobidan ushbu kreditlarni berish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar esa berilmoqda. Bu yo‘nalishdagi kreditlar muammoli kreditlari ko‘p bo‘lmagan va kreditlar o‘z vaqtida qaytayotgan filiallarda qaytgan mablag‘lar hisobidan beriladi. | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/xalq-banki-tijorat-kreditlari-berishni-vaqtincha-toxtatdi-19934794.html |
TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida olingan oltin medal haqida xabarni olishi bilan majlisni to‘xtatib barchani qutladi.
"Og‘ir atletika bo‘yicha Tokioda oltin oldik. Bu yangi Olimpiya rekordi. Akbar Jo‘rayev. Hammanglarni tabriklayman. Bu bizning 30-yilligimizga juda katta kuch-qudrat. Meni buni juda kutgan edim", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Majlis ishtirokchilari ham xushxabarni qarsaklab bilan kutib olishdi. Shavkat Mirziyoyevning o‘zi ham o‘rnidan turib qarsak chaldi.
Eslatib o‘tamiz, 109 kg vaznda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev 3-avgust kuni Tokio Olimpadasida 193 va 237 kg vazn ko‘tarim, umumiy natija 430 kg bilan yangi olimpiya rekordi o‘rnatgan edi.
Bu O‘zbekiston Olimpiya jamoasining ikkinchi oltin medali bo‘ldi. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/prezident-majlisni-toxtatib-olimpiada-oltin-medali-bilan-barchani-qutladi-19939026.html |
TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Afg‘oniston AQSh bosimi ostida besh ming nafar asir jangarilarni, shu jumladan "Tolibon"* qo‘mondonini ham ozodlikka chiqardi, deb yozadi The Wall Street Journal o‘z manbasiga tayangan holda.
Nashr suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, Jangarilar, ozodlikka chiqishdan oldin hukumat kuchlariga qarshi ziddiyatlarda ishtirok etmaslik to‘g‘risida kelishuvni imzolagan bo‘lsalarda, ammo ozodlikka chiqqach yana afg‘on armiyasi bilan jangga kirishgan.
Afg‘oniston chegaralarida uchoqlama manyovrlar: ular qanday maqsadda o‘tkazilmoqda3 Avgust 2021, 13:01
1 maydan so‘ng AQSh va NATO Afg‘oniston hududidan o‘z qo‘shinlarini chiqara boshlagach, Afg‘onistondagi vaziyat o‘tkir tus oldi.
Bu jarayon 2020-yilda toliblar va AQSh vakillari o‘rtasida imzolangan tinchlik bitimi doirasida ro‘y bermoqda.
Ilgariroq, Sputnik radiosi afg‘on Mudofaa vazirining uyiga qurollangan shaxslar bostirib borgani haqida xabar bergan edi.
Xabarda aytilishicha, Afg‘oniston mudofaa vazirining uyiga seshanba kuni xudkush-terrorchilar hujum uyushtirgan, buni oqibatida sakkiz nafar tinch aholi halok bo‘lgan.
Afg‘oniston prezidenti vaziyat yomonlashishini AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi bilan bog‘ladi2 Avgust 2021, 20:24
Sal avval esa noma’lum shaxslar Qobulda afg‘on harbiy idorasi rahbari Bismilloh Xon Muhammadiy va parlament quyi palatasi deputati Azim Bag‘loniyning uyiga kirib borishgani haqida xabar berilgan edi.
Portlashlar va o‘qqa tutishlar yuz berganligi aytilgandi.
"Sakkiz nafar tinch aholi o‘ldirilgan, yana 20 nafari, jumladan, Muhammadiyning tan soqchilari jarohatlangan", – degan Afg‘oniston Mudofaa vazirligi vakili.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum besh soatga yaqin davom etgan, natijada beshta xudkush-terrorchilar yo‘q qilingan.
* Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilot. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/afgoniston-besh-mingta-asir-jangarilarni-aqsh-bosimi-ostida-ozodlikka-chiqardi-19940965.html |
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirni ochar ekan, davlat rahbari pandemiyani yengib o‘tish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar berdi.
Davlat rahbari pandemiyadan imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tish va keyingi to‘lqinlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, xalqdan 3 ta muhim shartga qat’iy amal qilish talab etilishini aytdi.
Birinchidan, virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti – bu albatta emlanish.
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan – Asadov2 Avgust 2021, 11:44
Ikkinchidan, shaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlash talablariga rioya qilish, jamoat joylarida tibbiy niqobda yurish – kasallikdan eng samarali himoya ekanini unutmaslik.
Uchinchidan, kasallik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanayotgan bemorlarni o‘zboshimchalik bilan, pala-partish dori vositalarini iste’mol qilishini oldini olish zarur.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, aholini koronavirusga qarshi emlash uchun bugungi kunga qadar 4 turdagi 13 million doza vaksina olib kelingan. Qaysi turdagi vaksina bilan emlanish bo‘yicha aholida tanlash imkoniyati paydo bo‘lgan. | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/prezident-pandemiya-sharoitida-aholidan-3-ta-muhim-shartga-qatiy-amal-qilishni-soradi-19934617.html |
TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Buxoro shahrida 16-asrda qurilgan Abdullaxon madrasasining devori qulab tushdi. Bu haqida rasmiy manbaalarga asosan Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
Ushbu vaziyat yuzasidan Buxoro viloyati hokimligi quyidagilarni ma’lum qilmoqda.
“Haqiqatdan ham, ko‘p yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi) ta’sirida joriy yilning 30-iyul kuni “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushgan”, - deyilgan xabarda.
Ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari ham olib borilmoqda.
Shu bilan birga “Madaniy meros” agentligining viloyat boshqarmasi, shahar hokimligi, restavratorlar va boshqa mutaxassislar ishtirokida ishchi guruh tuzilib, restavratsiya ishlarini tashkil qilish boshlangan.
“Madaniy meros” agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi, ma’lumotlarga ko‘ra, Abdullaxon madrasa devorini qayta tiklash xarajatlari 6 milliard so‘mni tashkil qilishi mumkin.
Foto ochevidsaObrushenie Kosh Medrese v Buxare
Obrushenie Kosh Medrese v Buxare Foto ochevidsa | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/buxoroda-16-asrda-qurilgan-abdullaxon-madrasasining-devori-qulab-tushdi-19928116.html |
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi.
U bugun murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi. Freyzer Klarkka bilan o‘tgan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi.
3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yo‘l oldi.
Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi AQSh vakili Richard Torres bo‘ladi. Ular jangi 8-avgust, Olimpiya o‘yinlarining yopilish kunida bo‘lib o‘tadi. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/tokio-2020-bahodir-jalolov-finalga-yol-oldi-19940235.html |
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining 11-kunida o‘zbekistonlik 6 nafar sportchi o‘z omadini sinab ko‘rdi. Musobaqalar davomida O‘zbekiston bitta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Afsuski, g‘alaba qozonishlariga katta umid qilingan bokschilar alamli mag‘lubiyatga uchrashdi. Sputnik O‘zbekiston vakillarining bugungi Olimpiya o‘yinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.
Yengil atletikadagi omadsizlik
Yengil atletika musobaqalarining erkaklar o‘rtasidagi uch hatlab sakrash bahslarida terma jamoa a’zosi Ruslan Qurbonov ishtirok etdi. U har uch urinishidan ham unumli foydalana olmadi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Press-slujba NOK UzbekistanaRuslan Kurbanov
Ruslan Kurbanov Press-slujba NOK Uzbekistana
Boks: jarohat, alamli mag‘lubiyat, so‘nggi umid
Boks bo‘yicha Rio-2016 g‘olibi, jahon chempioni Shahobiddin Zoirov chorak finalda filippinlik Karlo Palamga imkoniyatni boy berdi. Jangning 2-raundi o‘tib borayotgan bir vaqtda bahs to‘xtatildi, chunki bu paytga kelib Zoirov jarohat olgandi va shu sababli shifokorlar jangni davom ettirishga ruxsat berishmadi.
Press-slujba NOK UzbekistanaShaxobiddin Zoirov
Shaxobiddin Zoirov Press-slujba NOK Uzbekistana
Bunday vaziyatlarda qoidaga ko‘ra o‘sha paytgacha olingan ochkolar hisob-kitob qilinadi. Afsuski, bu borada ustunlik filippinlik bokschi tomonida edi va shu tariqa o‘zbekistonoik chempion musobaqa bilan xayrlashdi.
Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov ham musobaqa bilan xayrlashdi. U chorak finalda armanistonlik Ovannes Bachkovga imkoniyatni boy berdi.
Press-slujba NOK UzbekistanaElnur Abduraimov
Elnur Abduraimov Press-slujba NOK Uzbekistana
Nachora, endi yarim finalga yo‘l olgan Bahodir Jalolovdan oltin medal kutib qolamiz. Jalolov ertaga jang qiladi.
Ayollar o‘rtasida-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Rayhona Qodirova yarim final ostonasida braziliyalik Beatriz Ferreyraga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa Olimpiya o‘yinlari dasturidagi ayollar boksida ilk bora uch nafar vakilasi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi debutda sovrindor bo‘lish imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.
Press-slujba NOK UzbekistanaRayxona Kodirova
Rayxona Kodirova Press-slujba NOK Uzbekistana
Yunon-rum kurashi: chorak finaldagi g‘alaba va yarim finaldagi mag‘lubiyat
Yunon-rum kurashchi Rustam Assakalov Olimpiya o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi. 1/8 finalda gruziyalik Lasha Gobadzega qarshi kurash olib bordi. Unda O‘zbekiston vakili 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Qayd etish kerak, Gobadze 2019-yilda -82 kg vazn toifasida Jahon chempionati g‘olibiga aylangandi.
Press-slujba NOK UzbekistanaRustam Assakalov zavershil svoe uchastie na OI v Tokio
Rustam Assakalov zavershil svoe uchastie na OI v Tokio Press-slujba NOK Uzbekistana
Yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda Assakalovga xorvatiyalik Ivan Xuklek raqib bo‘ldi. Xuklek 4-1 hisobida g‘alabaga erishib, yarim finalga yo‘l oldi. U ham finalgacha yetib bora olmadi, shu tariqa Assakalovda bronza uchun imkoniyati bo‘lmadi.
Intiqib kutilgan oltin medal va prezident tabrigi
-109 kg vazn toifasidagi og‘ir atletikachilar bahsida Akbar Jo‘rayev supachaga ko‘tarildi.
Dast ko‘tarish mashqida 193 kg ko‘targan Jo‘rayev, siltab ko‘tarish dasturida 237 kg ko‘tardi. Ikkala mashq natijasida uning ko‘rsatkichi 430 kg bo‘ldi. U siltab ko‘tarish va umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi va oltin medalga ega chiqdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng O‘zbekiston hisobidagi medallar 2 ta oltin va 1 ta bronzani tashkil etmoqda. Bu bilan mamlakat umumjamoa hisobida 28-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Videoselektor yig‘ilishi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining ikkinchi oltin medali to‘g‘risida xabar berildi. Davlat rahbari barcha hamurtlarni va jamoaga ikkinchi oltin medalini keltirgan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevni, shuningdek, avvalroq olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bronza medali sohibi Davlat Bobonovni tabrikladi. | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/tokio-olimpiadasi-intiqib-kutilgan-oltin-va-boksdagi-alamli-maglubiyatlar-19935229.html |
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘ldi.
Dast ko‘tarish mashqida 193 kg ko‘targan Jo‘rayev, siltab ko‘tarish dasturida 237 kg ko‘tardi. Ikkala mashq natijasida uning ko‘rsatkichi 430 kg bo‘ldi. U siltab ko‘tarish va umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi.
Shu tariqa u delegatsiya hisobiga oltin medal qatori Olimpiada rekordini ham qo‘shib qo‘ydi. | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/tokio-2020-akbar-joraev-olimpiada-rekordi-bilan-oltin-medalni-qolga-kiritdi-19933294.html |
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Ijtimiy tarmoqlarda “X-variant” deya tarqatilayotgan test topshiriqlari bu yilgi kirish imtihonlariga tegishli emas, deb xabar qilmoqda Davlat Test markazi.
“Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda x variant deya tarqatilayotgan test topshiriqlari 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emasligini va Davlat test markazi bazasida bunday test topshiriqlari mavjud emasligini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga Davlat test markazi barcha abituriyentlar va ularning ota-onalaridan turli asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklarini va firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun ehtiyot bo‘lishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi OTMlarga kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi. Imtihonlar kuniga ikki smenada, soat 07:00 dan 19:00 dan boshlanishi belgilangan. Epidemiologie vaziyatni hisobga olib testlarni ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazish belgilangan. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/tarqatilayotgan-x-variant-bu-yilgi-savollar-emas--dtm-19939758.html |
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Tokio Olimpiadasida 3-avgust kuni oltin medal sohibi bo‘lgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevning onasiga prezident sovg‘asi topshirildi.
Sovg‘ani Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimi Axmedov Jo‘rabek Ilxomovich topshirdi.
“Chempionimiz yanada yuksak marralarga erishsin. Bunaqa olimpiadalarning ko‘pini ko‘rsin. Ushbu sovg‘a prezidentimiz nomidan shaxsan sizga”, - deb ulkan guldastani sportchining onasiga topshirdi.
Biroz oldin Shavkat Mirziyoyev Olimpiada oltin medali haqidagi xabarni e’lon qilin uchun majlisni to‘xtatib barchani tabriklagan edi.
Eslatib o‘tamiz, 109 kg vaznda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev 3-avgust kuni Tokio Olimpadasida 193 va 237 kg vazn ko‘tarim, umumiy natija 430 kg bilan yangi olimpiya rekordi o‘rnatgan edi.
Bu O‘zbekiston Olimpiya jamoasining ikkinchi oltin medali bo‘ldi. | 2021-04-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210804/sportchi-akbar-joraevning-onasiga-prezident-sovgasi-topshirildi-19939436.html |
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Samarqand viloyatida nomi ochiqlanmagan 6 karra O‘zbekiston chempioni 4 kunlik chaqalog‘ini 2,5 ming AQSh dollariga sotayotganida ushlangan. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar berildi.
Aniqlanishicha, 25 yoshli sportchi qiz o‘zi bilan birga sport mashg‘ulotiga qatnaydigan yigitdan homilador bo‘lib qolgan.
Sud unga nisbatan hukm chiqardi. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) bilan aybdor deb topildi va 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/samarqandda-chaqalogini-sotmoqchi-bolgan-6-karra-ozbekiston-chempioni-qamaldi-19935518.html |
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Pandemiya vaqtida O‘zbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi. Bu haqida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi kotibi Zokir Zaitov ma’lum qildi.
“Pandemiya vaqtida elchixona va konsulxona taxminan 380 ming nafar O‘zbekiston fuqarolarga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi”, - dedi Zaitov jurnalistlarga.
Undan tashqari O‘zbekistonning aksariyat fuqarolari Rossiyadan mustaqil ravishda yoki charter parvozlar orqali chiqib ketgan.
Elchixona xabar qilishiga ko‘ra, migratsiya eng rivojlangan, kovidgacha bo‘lgan vaqtlarda Rossiyada 1,5 – 2 milliongacha O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Hozir esa – bir milliondan ortiq fuqarolar Rossiyada yashamoqda. Aniq raqamlar ma’lum emas.
Meni tezroq uyga jo‘nating: Pandemiya, elchixona va fuqarolar1 Iyun 2020, 15:07
Eslatib o‘tamiz, 2021-yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirib kelish ancha mushkullashdi. Birinchidan bunga Rossiyaning mehnat munosabatlari sohasida qonunchiligi sabab bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan parvozlar qimmatligi va soni kamligi sabab bo‘lmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, yil boshidan buyon Rossiyaga 29 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari tashkillashtirilgan tartibda mehnat qilishga kelgan.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda 1,6 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari (ijtimoiy faol aholining 20%) chet ellarda mehnat qilishmoqda. Ulardan 1,1 millionga yaqini Rossiya Federatsiyasida. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/ozbekiston-elchixonasi-380-ming-fuqarolariga-rossiyadan-chiqib-ketishda-yordam-berdi-19914876.html |
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Davlat test markazining rasmiy veb-saytida 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
Toshkent shahri
1. “Paxtakor” futbol klubi (uchta sektor);
2. “G‘alaba” bog‘i hududidagi yopiq sahna maydoni (bitta sektor);
3. Toshkent Botanika bog‘i (to‘rtta sektor);
4. “Bunyodkor” futbol klubi stadioni (uchta sektor).
Hududlarda test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlarning to‘liq ro‘yxatini DTM saytidan topish mumkin.
O‘zbekistonda bu yilgi test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi.Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi. | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/otmlarga-kirish-imtihonlari-otkaziladigan-xiyobon-va-stadionlar-manzillari-elon-qilindi-19927136.html |
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent telekanali “Poytaxt yo‘llari” ko‘rsatuvida Olmaliq shahrida YPX inspektori qoidabuzar “Malibu” haydovchisini “yuqoridan” bo‘lgan buyruq tufayli qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgani aks etgan lavha efirga uzatildi.
Videoda o‘zini viloyat YPX xodimi deb tanishtirgan inspektor qora rangdagi “Malibu” avtomobilini haydovchisini to‘xtatgani ko‘rish mumkin. Xodim aniqlangan qoidabuzarlik uchun haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida unga ratsiya orqali aloqaga chiqiladi va mashinani qo‘yib yuborish buyrug‘i beriladi.
“Telefon qilishdi, qanaqa mashinani ushlab turibsan?.. Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan. Yaxshi yetvoling deb tushuntirvor”, — degan gaplarni eshitish mumkin lavhada.
YPX inspektori buyruqni bajargan holda avtomobilning harakatlanishiga ruxsat bergan.
Viloyat IIBB axborot xizmati bu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida M.Ulug‘bek ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.I. “Malibu” haydovchisini harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi sababli to‘xtatgan. Avtomobil “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasiga tegishli. Tekshiruv davomida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi barcha hujjatlar haydovchining yonida bo‘lgani aniqlangan.
Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga (Xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish) asosan elektron shakldagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Ushbu holatda (ratsiya orqali bog‘langan) 2-mintaqaviy hudud YPX otradi komandiri amaldagi meyoriy hujjatlar talablarini buzgani uchun intizomiy jazolandi”, - deyilgan xabarda. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/olmaliqda-ypx-inspektoriga-malibu-haydovchisini-qoyib-yuborishni-buyurgan-komandir-jazolandi-19916528.html |
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Yig‘ilishda ishtirok etgan bosh vazir Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Umarxonov Azizxon Sharifxonovich nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.
Deputatlar Olmazor tuman hokimi lavozimiga Umarxonovning nomzodini bir ovozdan ma’qulladilar.
O‘zbekistonning Yaponiyadagi yangi elchisi tayinlandi11 Iyul 2021, 10:33
Umarxonov 2000-yilda O‘zbekiston IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan.
2020 yildan shu kunga qadar IIV Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmazor tumani sobiq hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etgani xabar qilingan edi. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/azizxon-umarxonov-olmazor-tumaniga-hokim-boldi-19914201.html |
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad bu mamlakat aholisi salomatligidir. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Asadovning so‘zlariga ko‘ra, “Jurabek laboratories” qo‘shma korxonasida oyiga vaksinaning 10 million dozasini ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Lekin rossiyalik hamkorlar bilan birinchi bosqichda oyiga 2 million “Sputnik V” dozasini ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan. Keyinchalik ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.
Loyihani moliyalashtirishga oid muzokaralar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni inobatga olgan holda olib borilmoqda.
“Moliyalashtirish masalasi muhim emas. Eng asosiysi, prezidentimiz ko‘p marotaba takrorlaganlaridek, vatandoshlarimiz faol emlanishi uchun bu loyihani (O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish – tahr.) tezroq ishga tushirish. Bu loyihasining eng asosiy maqsadi – aholimiz salomatligi”, - dedi u.
Davlat rahbari matbuot kotibi loyihani amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berib borilishini qo‘shimcha qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan – Asadov2 Avgust 2021, 11:44
May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgan edi.
29 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.
31 iyul kuni Rossiya to‘g‘ridan -to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) O‘zbekistonda “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifatni nazorat qilish uchun Gamaleya markaziga yuborilgan. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/asadov-ozbekistonda-sputnik-v-ishlab-chiqarishdan-asosiy-maqsad-nimaligini-aytdi--19919567.html |
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. 1 avgust kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun uzoq masofali marsh asosida Tojikistonga yetib borishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbek harbiy xizmatchilarini Tojikiston mudofaa vazirligining mas’ul xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari tantanali kutib oldi.
Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennie Uzbekistana primut uchastie v ucheniyax s Rossiyey i Tadjikistanom
Voyennie Uzbekistana primut uchastie v ucheniyax s Rossiyey i Tadjikistanom Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Qayd etilishicha, hamkorlikdagi mashg‘ulotlar Tojikistondagi “Harb maydon” dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tadi.
“Mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, maxsus operatsiyalar o‘tkazishini rejalashtirish hamda qo‘shinlarni tayyorlash, o‘zaro tajriba almashishdan iborat”, - deyilgan xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlari 5-avgustdan 10-avgustga qadar o‘tkaziladi. O‘zbekistondan 200 nafarga yaqin harbiylari ishtirok etadi, 20 dan ortiq harbiy texnika jalb qilinadi.
Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlarning asosiy bosqichida ishtirokchilar davlat chegarasini kesib o‘tgan shartli noqonuniy qurolli tuzilmani yo‘q qilish uchun taktik harakatlarni ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avgust oyida Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Tojikistonning Xatlon viloyati poligonida Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi.
Rossiya harbiylari afg‘on-o‘zbek chegarasiga yetib kelishdi31 Iyul 2021, 13:24 | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/ozbekistonning-200-nafarga-yaqin-harbiylari-tojikafgon-chegarasiga-etib-bordi-19913286.html |
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Eldor Shomurodov rasman "Roma" safiga qo‘shildi va ilk bor ushbu jamoa futbolkasida suratga tushdi. Bu haqida futbol klubining rasmiy sahifasi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Roma” Shomurodovning sport huquqlarini “Jenoa”dan 17,5 million yevro evaziga to‘liq sotib olgan. Shartnomaga, shuningdek, Shomurodov kelajakda boshqa jamoaga qimmatroq “sotilgan” taqdirda “Jenoa” bundan foiz olishi ham qayd etilgan. Eldor Shomurodov bilan shartnoma 2026-yilning 30-iyuniga qadar imzolangan.
“Mening karyeramda “Roma” - bu oldinga qo‘yilgan ulkan qadam. Men ushbu futbolkaga munosib ekanimni, hamda dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida o‘z o‘rnimni tasdiqlash uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilaman. Muzokaralarning tez yakunlanishi, bu – mening o‘zimni tezroq jamoadoshlarim hamda trener ixtiyoriga topshirish istagimni bildiradi”, - dedi Shomurodov yangi jamoa tarkibidagi birinchi intervyusida.
"Roma" tarkibida Shomurodov o‘zining odatiy "14" raqami ostida maydonga tushadi. Eldor ushbu raqamda "Rostov" hamda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida to‘p surgan edi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram Publikatsiya ot AS Roma (@officialasroma)
Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon Italiyaning bir necha yetakchi jamoalari Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgan edi. Ular orasida “Yuventus” va “Inter” ham bor edi.
Ma’lumot uchun, 1927-yilda tashkil qilingan "Roma" Italiyaning yetakchi professional klublaridan biri hisoblanadi. So‘nggi 20-yilda "Roma" A-seriyada 1 marotaba oltin, 8 marotaba kumush va 2 marotaba bronza medal sohibi bo‘lgan. Turli reytinglar bo‘yicha "Roma" italiyaning eng kuchli (top) futbol jamoalari orasida 5-o‘rinda turadi. | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/eldor-shomurodov-rasman-romada-19925237.html |
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar Afg‘oniston hududida topilgan oltin xazinani sinchiklab o‘rganishga kirishadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ma’lumki, Afg‘oniston hududida topilgan “Kushon oltini” xazinasi insoniyat tarixida eng yirik va eng boy oltin buyumlar xazinasi hisoblanadi. Ushbu xazina 1978-yilda sovet-afg‘on arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan edi. Uning tarkibiga eramizning 1-4 asrlariga doir 20 ming oltin buyumlar kiradi. O‘sha vaqtda Afg‘onistonda urush boshlanib qolishi munosabati bilan Kushon xazinasi oxirigacha qazib olinmagan. Qazib olingan buyumlar esa to‘liq Qobuldagi Milliy muzeyga topshirilgan.
O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari kelishuviga ko‘ra, o‘zbekistonlik olimlar ushbu bebaho xazinaning buyumlari bilan ishlash, ularni o‘rganish, suratga tushirish imkoniga ega bo‘lishdi. Izlanishlar natijasida ushbu xazinaga bag‘ishlangan kitob-albom chop etiladi. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/ozbek-olimlari-afgonistonda-topilgan-kushon-xazinasini-organadi-19920880.html |
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Armaniston prezidenti Armen Sarkisan Nikol Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Avvalroq parlamentda uning nomzodi Armaniston bosh vaziri lavozimiga ilgari surilgan edi. Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakat prezidenti yangi saylangan Milliy Assambleya (parlament)ning vakolat muddati boshlanganidan so‘ng, darhol parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan ko‘rsatilgan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi.
Armanistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda20 Iyun 2021, 12:58
20 iyun kuni Armanistonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida Pashinyan rahbarligida partiya g‘olib chiqqan edi. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/nikol-pashinyan-armaniston-bosh-vaziri-etib-tayinlandi-19922500.html |
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin aytishiga ko‘ra, Moskva qurilish maydonlarida migrantlar yetishmasligi inflyatsiya o‘sishiga ham ta’sir qilmoqda.
“O‘tgan yozda barcha qurilish maydonchalarini ikki oyga yopishga to‘g‘ri keldi. Shuningdek oobodonlashtirish va ta’mirlash ishlari ham to‘xtatildi. Oqibatda qurilish tashkilotlari ko‘plab ishchilarni ishdan bo‘shatib yubordi...
Keyinroq esa, maoshlarni ko‘tarishga to‘g‘ri keldi va hamma narsaning narxi osha boshladi. Mehnat unumdorligi va mahsulot miqdori oshmasa, lekin ish haqi oshsa nima bo‘lishini sizga har qanday iqtisodchi tushuntirib berishi mumkin. Shu sababli biz hozir inflatsiya o‘sishini kuzatmoqdamiz”, - dedi Sobanin RBK nashriga bergan intervyusida.
Xulosa qilib aytganda, migrantlar yo‘qligi inflyatsiya o‘sishiga sabab bo‘ldi. Lekin biznes moslashmoqda, ish hajmi ham o‘smoqda.
Shuningdek, Sobaning pandemiya oqibatida Moskva necha pul yo‘qotganiga ham oydinlik kiritdi. Mer aytishiga qaraganda, 1,5 yillik pandemiya davrida Rossiya poytaxti 600 milliard rubl zarar ko‘rgan. Buning ichiga o‘tgun yili budjjetga tushmagan 200-250 milliard rubl va pandemiya oqibatlariga qarshi kurash uchun sarflangan 350 milliard rubl kiradi. Shuningdek davlat tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 milliard rubl sarflangan. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/migrantlar-yoqligi-inflyatsiyani-oshirmoqda--sobyanin-19912431.html |
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta Turkmanistonga safar qiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"Juma kuni (6 avgust – tahr.) Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuvda qator tadbirlar rejalashtirilgan” - dedi u brifing davomida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining sammiti 6-avgust kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi. Mirziyoyev turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ushbu sammitga tayyorgarlikning borishini muhokama qilgan edi. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/prezident-shu-hafta-turkmanistonga-boradi-19912292.html |
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kunida Suhrob Xo‘jayev va Jalgasbay Berdimuratov O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Afsuski, ularning chiqishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
O‘zi uchun eng yaxshi ko‘rsatgich, ammo musobaqada oxirgi o‘rinda
Erta tongdan musobaqalar doirasida yengil atletikaning bosqon uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha sportchi Suhrob Xo‘jayev o‘z omadini sinab ko‘rdi.
Press-slujba NOK UzbekistanaSuxrob Xodjayev
Suxrob Xodjayev Press-slujba NOK Uzbekistana
“A” guruhida ishtirok etgan O‘zbekiston vakili 71.26 metr natijani qayd etdi. Bu bilan Xo‘jayev so‘nggi pog‘onada (15) qoldi. Milliy olimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, bu uning Olimpiadalardagi eng yaxshi ko‘rsatgichidir. Xo‘jayev avval London-2012 va Rio-2016 Olimpiadalarida qatnashib, 65.88 va 70.11 metr natija ko‘rsatgan.
Yunon-rum kurashida ham mag‘lubiyat
Yunon-rum kurashi vakili Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) 1/8 finalda armanistonlik raqibi Karapet Chalyanga yengildi. Armanistonlik kurashchi yarim finalda Qirg‘iziston vakiliga mag‘lub bo‘ldi. Bu bilan Berdimuratovning bronza medali uchun kurashishga imkoniyati qolmadi.
Press-slujba NOK UzbekistanaJalgasbay Berdimuratov
Jalgasbay Berdimuratov Press-slujba NOK Uzbekistana
Hozircha O‘zbekiston vakillari bitta oltin va bitta bronza medalga ega chiqishgan. Ertaga uch nafar bokschi yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. Ularning g‘alaba qozonishlariga ishonib qolamiz. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/tokio-olimpiadasi-musobaqalarning-oninchi-kunida-ham-ozbekistonliklar-medalsiz-qolishdi-19921080.html |
Yelena Karayeva
Iyul oxirida insoniyat, G‘arb OAVlari xabariga ko‘ra, uglevrod gazlarini atmosferaga chiqarish bo‘yicha Yer sharining bir yillik zahirasini ishlatib bo‘lgan. Avgust oyining boshidan dekabr oxiriga qadar nima qazib olinsa va atmosferaga chiqarilsa, bu “ekologik qarz” evaziga bo‘ladi.
Mutaxassislar hisob-kitob qilishiga ko‘ra, insoniyat qaysi mamlakat yoki qit’ada yashashidan qat’iy nazar, bugungi kundagidek iste’mol va ishlab chiqarish darajasini saqlab qolishi uchun Planetada mavjud zahiralardan 3/2 barobar ko‘proq resurs kerak bo‘ladi.
Samarqand O‘zbekistonda birinchi bo‘lib YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qo‘shildi7 Iyun 2021, 16:52
Ekologiya mavzusida gap ketganda Greta Tunbergni esga olmasdan iloj yo‘q. Esingizda bo‘lsa ushbu shvetsiyalik qiz bir vaqtlar iqlim o‘zgarishiga qarshi “maktab o‘quvchilari ishtirokida norozilik namoyishi” uyushtirgan edi.
Lekin Gretaning reja va maqsadlarini yaqindan o‘rganib chiqqanda, undan foydalanganlar haqida boshqacha xulosaga kelish mumkin.
Ekologiya va SSSR
Aytish joizki, oldin SSSRda hozir Rossiyada yashayotgan kishilarga tabiatni qanday sevish kerakligini o‘rgatishning mutlaqo hojati yo‘q.
Dunyoning barcha “rivojlangan” davlatlari supermarketlarida xaridlar plastik paketlarga joylay boshlanganida SSSR va Rossiyada fuqarolar magazinga yonlariga to‘rli setka (avoska) solib borardilar. Hozir esa bu modaga aylangan. O‘sha vaqtlar oziq-ovqat mahsulotlari pergament qog‘oziga o‘ralib berilardi. Sellofan paketlar esa yuvilib qayta-qayta ishlatilar edi.
Bolalarga esa yoshlikda metallolom, makulatura jamlashni o‘rgatishar va mehnat evaziga ajoyib kitoblar sovg‘a qilinar edi.
Shisha idishlar ham qayda foydalanish uchun topshirilar edi. Sut, qatiq, vino, pivo ichimliklari idishlaridan qayta-qayta foydalanilar edi.
Bunday hayot tarzi, nafaqat jamiyatning kambag‘alligi, balkim tabiat zahiralariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish istagi bilan ham belgilanar edi. Bu o‘sha davrning o‘ziga xos maishiy madaniyati edi. Keyinchalik uni qoralashga qaratilgan ko‘plab urinishlar bo‘ldi.
Bu, o‘rni kelganda, shunchaki solishtirish xolos.
Chiqindi gaz kvotasi
Keling “tabiatni avaylashga” qaror qilgan “rivojlangan davlatlar”ga qaytamiz.
Atmosferaga SO2 chiqarishni cheklashga qaratilgan Kioto protokoli kuchga kirganidan so‘ng, “bug‘xona gazlari” hajmi kamayishi o‘rniga birja savdolarida yuqori qiymatli tovarga aylandi.
O‘zbekistonda "yashil" vodorod energetikasi rivojlantiriladi9 Aprel 2021, 13:51
Uglevodorod chiqindilar kvotasi xuddi neft, bug‘doy, kakao yoki boshqa real mahsulotdek sotila boshladi.
Xullas, Yer sharini saqlab qolish shiori ostida birjalarda shunchaki yo‘q narsa “havo” sotilmoqda. Kvotasi ko‘p bo‘lganlar va kvotasi bo‘lmaganlar orasida makler va brokerlar ulkan daromad olmoqda.
Qayerda mo‘may pul bo‘lsa o‘sha yerda firibgarlik uchun ham katta imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Masalan, Ostap Benderning “me’rosxo‘rlari” Fransiyanidan “havo” savdosida QQS to‘lamaganlikda ayblab 2 milliard yevrosini shilib olishgan edi.
Lekin baribir 10-yil oldin bu maydonga hali globalistlar kelmagan, vaziyat tinch edi. 2015-yilda Parijda iqlim bo‘yicha anjuman yakuniga yetgan zamon, “yashil bondlar” (ya’ni obligatsiyaga o‘xshash birjada pul topish vositasi) paydo bo‘ldi.
Ushbu qarzlar yirik banklar yoki Yevropa Markaziy banki tomonidan kafolatlanadi. Ularning yillik hajmi o‘nlab milliard yevro. Lekin bu ham Malezon ballletining barchasi emas, kirish qismi xolos.
Birinchi akt 3-yil oldin, sahnaga Greta Tunberg chiqqanida boshlandi. Ayrim nuqsonlarga ega bo‘lgan o‘smir qizcha – ekologiya sohasida Janna d’Ark rolini o‘ynashi kerak edi. 2018-yilda Shvetsiya parlementi oldida Greta ekoligiya himoyasiga bag‘ishlangan turli namoyishlar o‘tkazar, dunyoning barcha yetakchi OAVlari esa uning har bir so‘zini har bir harakatini oqizmay tomizmay keng ommaga yetkazib turar edi.
Bunday piarga hatto sport va kino yulduzlri, siyosatchilar ham havas qilsa arziydi.
“Oltin milliard” davlatlar aholisinining miyasini chayishga qaratilgan ushbu kampaniyaning o‘ziga yarasha narxi ham bor edi. U yarim yildan so‘ng Katovitse shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “iqlim anjumanida” ma’lum bo‘ldi. U yerda, asosan Yevropa sa’y-harakatlari bilan, rivojlangan davlatlar iqtisodini “yashil relslarga” o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. AQSh va Rossiya ushbu anjumanda alohida fikr bildirishdi xolos.
Ushbu tashabbus qiymati – yiliga 100 milliard yevroni tashkil qildi.
Asosiy maqsad – bozorlarni yashil texnologiyalar foydasiga taqsimlash, jarayonda barcha Yevropa banklari va moliyaviy oqimlarini qamrab olish va yo‘l-yo‘lakay ozroq rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish.
Kamilov “Yashil Markaziy Osiyo” yuqori darajadagi konferensiyada nutq so‘zladi29 Yanvar 2020, 10:42
Bu yerda gap shunchaki makulatura yoki metallom jamlash, yoki shisha idishlardan qayta foydalanish haqida ketmayapti. Gap – asosiy pul oqimlarining manzillari o‘zgarishi hamda “yashil revolyutsiya” tashkilotchilarining tarkibi o‘zgargani haqida ketmoqda.
Ushbu moliya oqimlari, albatta, kichik va o‘rta biznesni chetlab o‘tadi. YeI tomonidan ekologik tashabbuslarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan mablag‘larning yarmidan ko‘pi – 740 milliard dollari – bu yirik biznes va transmilliy korporatsiyalarga yo‘naltirilgan.
Oddiy fuqarolar esa – bir necha o‘n yevro evaziga to‘r setka (narxi 80 yevrogacha) sotib olish va o‘zlarini “yangi iste’molchi”lar qatoriga qo‘shishga imkon beradi.
Xo‘sh, Greta qani?
Greta o‘ziga belgilangan rolni o‘ynab bo‘ldi. Endi u ketsa ham bo‘ladi. Aniqrog‘i uni “quvishdi”.
So‘nggi vaqtlarda ekologiya “Janna d’Ark”ining bayonotlari ko‘proq “iqlim o‘zgarishiga” yoki “o‘g‘irlangan bolalikka” taaluqli bo‘lmay COVID-19 vaksinalarining noteng taqsimlanishi haqida edi.
Greta qiziqishlarining bunday keskin o‘zgarishini ko‘rish – hayratlanarli albatta. Lekin globalist darajasidagi g‘irromlar bilan qarta o‘ynashga qaror qilgandan so‘ng, ulardan halol o‘yin kutishning o‘zi g‘alati bo‘lsa kerak. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/greta-tunberg-endi-kerakmas-undan-voz-kechishdi-19918868.html |
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Afg‘oniston TIV rahbari Moxammad Xanif Atmar mamlakat rasmiylari "Tolibon"* harakati bilan bitta shart asosida hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi - buni uchun harakat terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi lozim.
""Biz "Tolibon" bilan ishlashga, ularni hukumatga qabul qilishga tayyormiz, ular bilan tinchlik o‘rnatishga va ular bilan hokimiyatni bo‘lishishga tayyormiz. Buning uchun shartlarimiz ham ko‘p emas, aslida bittagina - Afg‘oniston kelajagi mamlakat ichida afg‘on xalqining erkin irodasi, tashqi chegaralarida esa Afg‘oniston birorta boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmasligi kerak va bizda bitta ham xorijiy terrorchi kuch bo‘lmasligi kerak... Bizning hukumat "Tolibon"*ni hukumatning bir qismi sifatida bitta shart asosida qabul qilishga tayyor - buning uchun ular terrorizmni qo‘llab -quvvatlashni to‘xtatish shart", - deb aytgan Atmar "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida.
Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak19 Iyul 2021, 18:19
Atmarning ta’kidiga ko‘ra, xorijiy safdoshlari yordamida toliblar 34 provinsiyaning 31tasida hukumat qo‘shinlariga qarshi jang olib borishmoqda. "Bu "Tolibon"*ning eng g‘ayriinsoniy va shafqatsiz kampaniyasi", - dedi Moxammad Xanif Atmar.
Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari bilan qishloqlarning muhim hududlarini egallab olib, yirik shaharlarga hujumga o‘tgan "Tolibon"* jangarilari o‘rtasida qarama--qarshilik avj olgan. O‘tgan haftada berilgan xabarlarga ko‘ra, isonchilar mamlakat g‘arbidagi Hirot provinsiyasiga yaqinlashishgan, shuningdek, Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatining asosiy shahri Lashkargohda janglar olib borilmoqda.
“Tolibon”* hujumi tufayli afg‘onlar uylarini tashlab, qochmoqda - video15 Iyul 2021, 13:28
Mamlakatdagi nostabillik AQSh ma’muriyatining qo‘shinlarni 11-sentabrgacha Afg‘onistondan olib chiqishni tugatish haqidagi va’dalari fonida kuchaymoqda. 2020-yilda Vashington va "Tolibon"* o‘rtasida Dohada 18-yil davom etgan urushdan keyin birinchi tinchlik bitimini imzoladi. U 14 oy ichida xorijiy qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqish va mahbuslar bilan o‘zaro almashuvdan so‘ng afg‘onlararo muloqotni boshlashni ko‘zda tutadi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilot. | 2021-03-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210803/afgoniston-hukumati-toliblar-bilan-ishlashga-tayyorligini-bildirdi-19924710.html |
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublikada millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan 60dan ortiq fuqarolarni mukofotladi. Bu haqida 30-iyul kuni e’lon qilingan farmonda aytib o‘tilgan.
Prezident farmonida, xususan quyidagi fuqarolar taqdirlangan:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Djabbarov Raxmatulla Mamatovich - Respublika qirg‘iz milliy madaniy markazi raisiPak Viktor Nikolayevich - Respublika koreys milliy madaniy markazi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosiYusupov G‘ulamzakir Yesenovich - "Nurli jol" gazetasi bosh muharriri
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Aytjanov Uzakbay Yechanovich - Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston RespublikasiAkopdjanova Galina Alekseyevna - Farg‘ona viloyati rus milliy madaniy markazi raisiBabayev Boris Raximovich - "Kultura.uz" veb-sayti bosh muharririBoyko Vladimir Fedorovich - "Slavutich" Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisiJalmenov Ulikbek Abilayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosiKapanadze Vaxtang Irakliyevich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi "Zarafshon" qurilish-montaj boshqarmasi boshlig‘iKurbanov Orazmirat Rejepovich - Respublika turkman milliy madaniy markazi raisiKurbanov Rustambek Djavdatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisiNabiullin Rishat Xismatullovich - Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi raisiPashayeva Gulnisa Firuzovna - Mirzacho‘l tumanidagi "Rasim Iroda" biolaboratoriyasi mudiri, Jizzax viloyatiSalomov Abduxalim - Shahrisabz tumanidagi "G‘elon" qishloq fuqarolar yig‘inining nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Qashqadaryo viloyatiSetan Martin Varazdatovich - Respublika arman milliy madaniy markazi raisiUsenov Serikbay Nazarovich - Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi
Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda I va II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, II darajali “Salomatlik” ordeni, “Do‘stlik” ordeni, “Sog‘lom turmush” medali, “Sodiq xizmatlari uchun” medali va “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganlar bor. Farmon matni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun, BMT qaroriga muvofiq, 30-iyul – butun dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanib keladi. O‘zbekistonda ham 2021-yil 10-fevralda qabul qilingan qonunga asosan ushbu sana Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilandi. Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan bayoram tabrigi ham yo‘llagan edi. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/prezident-millatlararo-dostlikka-hissa-qoshayotgan-fuqarolarni-mukofotladi-19908865.html |
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Seulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yashil o‘sish global instituti (GGGI) Assambleyasi raisi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, tomonlar O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida Yashil o‘sish global institutiga birinchi a’zo davlat bo‘lganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Toshkentda GGGI ning Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi ochildi. O‘ndan ortiq qo‘shma tadbirlar amalga oshirildi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston va GGGI o‘rtasidagi qator sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, global iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, yashil iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etish, qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda KOICA va GGGI o‘rtasidagi qiymati 5,6 million AQSh dollariga teng loyiha doirasida Orol dengizi mintaqasining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatini yaxshilash bo‘yicha o‘zaro munosabatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Samarqand O‘zbekistonda birinchi bo‘lib YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qo‘shildi7 Iyun 2021, 16:52 | 2021-01-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210801/tiv-rahbari-pan-gi-mun-19904036.html |
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi o‘rmon yong‘ini o‘chirildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘riklisoy qishlog‘iga hududiga yaqin joyda taxminan 80 ga. maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan.
Press-slujba MChSPojar v lesnix ugodyax Zaaminskogo rayona likvidirovan
Pojar v lesnix ugodyax Zaaminskogo rayona likvidirovan Press-slujba MChS
Yong‘inni o‘chirish uchun FVV, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Chegara qo‘shinlari, Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otradi, 4 ta vertolot jalb etilgan. Ertalab soat 10:40 larda boshlangan yong‘in soat 18:20 batamom o‘chirilgan.
Press-slujba MChSPojar v lesnix ugodyax Zaaminskogo rayona likvidirovan
Pojar v lesnix ugodyax Zaaminskogo rayona likvidirovan Press-slujba MChS
Tegishli idoralarning kuch vositalarining o‘z vaqtidagi harakatlari natijasida yong‘in yaqin atrofdagi aholi punktlariga o‘tmadi, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Zomindagi yong‘inni o‘chirishga vertolot va qo‘shimcha kuchlar jalb qilinmoqda1 Avgust 2021, 12:35 | 2021-01-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210801/zomindagi-ormon-yongini-ochirildi-bu-uchun-8-soat-sarflandi-19906952.html |
TOShKENT, 2 avg— Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Biroq Asadov davlat rahbari aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga oydinlik kiritmadi.
"Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi: "ZF-UZ VAC2001", "AstraZeneca" va "Sputnik V". Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar", - deya javob berdi u prezident emlanganmi degan savolga.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aholini faolroq emlanishga chaqirgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ayni kungacha jami 7,6 mlndan ziyod doza vaksinadan foydalanilgan. 1,2 million nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. | 2021-02-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210802/shavkat-mirziyoev-emlangan-19911644.html |
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. 31 iyul kuni “Uzbekistan Helicopters” MChJ yangi sotib olingan ikkita Airbus H125 va Mi-8MTV vertolotlari taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda xorijiy turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
“Yangi olib kelingan vertolotlar turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ekspluatatsiya qilinadi. Demak, biz barcha turistik kompaniyalarni hamkorlikka chaqiramiz. Raqobat muhitida shakllanayotgan ushbu turistik xizmat turini amalga oshirish uchun Turizm va sport vazirligi tadbirkorlarga hamma sharoitlarni yaratishga, xususan, litsenziyalar taqdim etishga tayyor. Shu munosabat bilan sotib olingan vertolotlar prezident tomonidan ham tashqi, ham ichki turizmni rivojlantirish borasida qo‘yilgan vazifalarga samarali yechim topish imkoniyatini beradi”, - dedi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida.
Press-slujba AO Uzbekistan AirwaysUzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV Press-slujba AO Uzbekistan Airways
Tadbir doirasida OAV vakillari va blogerlar vertolotlarda Toshkent-Bildirsoy-Amirsoy-Chimgan-Toshkent yo‘nalishida tanishuv parvozini amalga oshirdi.
Airbus Helicopters H125 yengil dvigatelli vertolot FADEC raqamli boshqaruv tizimiga ega kuchli dvigatel bilan jihozlangan. U jami 6 kishiga (2 nafar uchuvchi va 4 nafar yo‘lovchi) mo‘ljallangan. Shuningdek, aviatransport kuzatuv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, yirik yong‘in maydonlarini o‘chirish, yukni ko‘tarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashutda sakrash, geologik qidiruv kabi keng ko‘lamli vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi.
Press-slujba AO Uzbekistan AirwaysUzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV Press-slujba AO Uzbekistan Airways
3 nafar ekipaj a’zolaridan iborat Mi-8MTV vertolotining biri 20, ikkinchisi esa 16 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi. | 2021-01-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210801/yangi-airbus-vertolyotlaridan-turistik-infratuzilmani-rivojlantirish-maqsadida-foydalaniladi-19902167.html |
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Toshkentning Sergeli tumani "Qo‘shqo‘rg‘on" mahallasidagi omborxonada gaz portlashi yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, yong‘in 31-iyul kuni soat 19:30 larda sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida korxona xodimi halok bo‘lgan va yana uch kishi turli darajada tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Toshkentdagi “Zamondosh” milliy taomlar oshxonasida yong‘in yuz berdi26 Iyul 2021, 14:54
Omborxonadan tashqari, ushbu korxonaning ofis binolari qulab tushgan va unga yonma-yon joylashgan do‘kon ham qisman zarar ko‘rgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash xonaga gaz sizib chiqishi oqibatida kelib chiqqan.
Voqea joyida FVV qutqaruvchilari, IIV, Bosh prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ishlamoqda. | 2021-01-08 | https://oz.sputniknews.uz/20210801/sergelidagi-omborxonalardan-birida-gaz-portlashi-oqibatida-bir-kishi-halok-boldi-19903582.html |
Minoboroni UzbekistanaRF Qurolli Kuchlari markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari Samaradan samolyotda Surxondaryoga yetib kelishdi.1/6 Minoboroni UzbekistanaRF Qurolli Kuchlari markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari Samaradan samolyotda Surxondaryoga yetib kelishdi. Minoboroni UzbekistanaRF Qurolli Kuchlari markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari Samaradan samolyotda Surxondaryoga yetib kelishdi.2/6 Minoboroni UzbekistanaRF Qurolli Kuchlari markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari Samaradan samolyotda Surxondaryoga yetib kelishdi. Minoboroni UzbekistanaMehmonlarni Termiz xalqaro aeroportida kutib olishdi.3/6 Minoboroni UzbekistanaMehmonlarni Termiz xalqaro aeroportida kutib olishdi. Minoboroni Uzbekistana30 iyuldan 10-avgustgacha o‘tkaziladigan manevrlarga Rossiya va O‘zbekistondan 1500 nafarga yaqin askar, 300 ta qurol va harbiy texnika jalb qilinadi.4/6 Minoboroni Uzbekistana30 iyuldan 10-avgustgacha o‘tkaziladigan manevrlarga Rossiya va O‘zbekistondan 1500 nafarga yaqin askar, 300 ta qurol va harbiy texnika jalb qilinadi. Minoboroni UzbekistanaO‘n kunlik mashg‘ulotning maqsadi - O‘zbekistonning janubiy chegaralariga tahdidni qaytarishda o‘zaro hamkorlik usullarini ishlab chiqish.5/6 Minoboroni UzbekistanaO‘n kunlik mashg‘ulotning maqsadi - O‘zbekistonning janubiy chegaralariga tahdidni qaytarishda o‘zaro hamkorlik usullarini ishlab chiqish. Minoboroni UzbekistanaMashg‘ulotlar davomida ikki mamlakat qurolli kuchlari shartli raqibning yashirin bazalarini aniqlash va yo‘q qilish, shuningdek, ehtimoliy hujum bo‘lgan taqdirda uni yakson qilish kabi vazifalarni bajaradi.6/6 Minoboroni UzbekistanaMashg‘ulotlar davomida ikki mamlakat qurolli kuchlari shartli raqibning yashirin bazalarini aniqlash va yo‘q qilish, shuningdek, ehtimoliy hujum bo‘lgan taqdirda uni yakson qilish kabi vazifalarni bajaradi.
Afg‘onistondagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. “Tolibon”* vakillari qo‘shni davlatlar chegarasini buzmasligini ta’kidlasa ham, Markaziy Osiyo davlatlari vaziyat ehtimoliy beqarorlashishiga tayyorlanmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti | 2021-07-31 | https://oz.sputniknews.uz/20210731/rf-harbiylari-termiz-poligoniga-etib-keldi-ilk-suratlar-19898048.html |
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. "Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning "Roma" futbol klubiga o‘tmoqda.
Yakshanba kuni ertalab Shomurodov tibbiy ko‘rikdan o‘tish va 5-yillik shartnoma tuzish uchun Rimga keladi. Bu haqda mahalliy Corriere dello Sport. nashri xabar berdi.
Shomurodov "Roma"ga o‘tdi 29 Iyul 2021, 10:06
"Roma" da o‘zbek yulduzining maoshi o‘yinlar soni, gollar va jamoaning yutuqlari uchun bonuslarni hisobga olmaganda, 2 million yevroni tashkil qiladi.
"Roma" Eldor Shomurodovni 2,5 million yevroga 17,5 million yevroga sotib olish huquqi bilan, ijaraga oldi. Agar o‘zbekistonlik futbolchi "bo‘rilar" tarkibida ma’lum miqdordagi o‘yin o‘tkazsa, sotib olish majburiy bo‘ladi.
"Jenoa" esa forvardning sotilishidan - 10% oladi. Manbaga ko‘ra, futbol klubi allaqachon Shomurodovga o‘rniga futbolchini topdi - "Atalanta" hujumchisi Sem Lammers katta ehtimol bilan "Jenoa " safida o‘ynaydi. | 2021-07-31 | https://oz.sputniknews.uz/20210731/ertaga-shomurodov-roma-klubi-bilan-shartnoma-imzolaydi-19901143.html |
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.
Voqea poytaxt markazidagi "Troyka" savdo markazida sodir bo‘ldi.
OAV yozishicha, mojaroda otishma bo‘lgan, 20 nafarga yaqin odam qatnashgan, ayrimlar ushlangan. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, mushtlashuvda chet elliklar ishtirok etgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq, RF Ichki ishlar vazirligi ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etadigan chet elliklar mamlakatdan chiqarib yuborilishi va unga kirish taqiqlanishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyul kuni Moskvada “Kuzminki” metro bekati oldidagi ommaviy mushtlashuv yuz berdi, unda 200 nafarga yaqin Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan bo‘lgan fuqarolar qatnashdi. Shundan so‘ng 102 nafar migrant qo‘lga olindi. | 2021-07-31 | https://oz.sputniknews.uz/20210731/moskvada-migrantlar-ortasida-ommaviy-mushtlashuv-yuz-berdi-video-19898963.html |