text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Olimlar yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan mamlakatlar nomini aytdi Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja global isish Tinch okeanining ba’zi orol davlatlari uchun falokat bo‘ladi. Bu haqda mutaxassislar ogohlantirmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”. Mutaxassislarning fikricha, bu mintaqa mamlakatlari anchadan buyon kuchli dengiz to‘lqinlari, kuchli siklonlar, uzoq muddatli qurg‘oqchilik va yerosti suvlarining sho‘rlanishidan aziyat chekmoqda, bu omillar qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazmoqda. Bundan tashqari, dengiz sathining ko‘tarilishi tufayli ko‘plab orollar suv ostida qolmoqda. Olimlarning fikricha, sayyora isishi bilan bunday hodisalar tez-tez sodir bo‘ladi. “Global isish Tinch okeani orollariga yanada ko‘proq zarar yetkazishi mumkin. Dengiz sathi ko‘tarilishda davom etaveradi. Bu Kiribati, Vanuatu va Solomon orollari singari hududlarni yashashga yaroqsiz holga keltiradi ”, — dedi Greenpeace Australia Pacific tadqiqoti bo‘limi rahbari Nikola Kazule Guardian nashriga. Bir kun oldin BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo guruhi o‘z hisobotini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Yer 2030-yilda Selsiy bo‘yicha 1,5-2 bo‘lgan eng jiddiy harorat chegarasini kesib o‘tadi. Mutaxassislarning aytishicha, iqlim o‘zgarishi dunyoning barcha mintaqalariga ta’sir qilmoqda va kelgusi o‘n yilliklarda bu yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Agar global o‘rtacha harorat 1,5 darajaga ko‘tarilsa, issiqlik to‘lqinlari kuchayadi, issiq fasllar uzayib, sovuq fasllar qisqaradi. Global isishning 2 darajasi inson salomatligi va qishloq xo‘jaligiga jiddiy tahdid soladi Iqlim o‘zgarishi nafaqat o‘rtacha jahon haroratining oshishiga, balki boshqa ob-havo parametrlar o‘zgarishiga olib keladi, bu suv toshqinlari sonining ko‘payishiga, muzliklar erishi va dengiz ekotizimining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hisobotda, shuningdek, inson faoliyati global isishning asosiy va inkor etilmaydigan sababi ekani qayd etilgan. Mutaxassislar shunday xulosaga keldiki, atmosferaga karbonat angidrid va boshqa issiqxona zaharli gazlarining ajralishi tez va sezilarli darajada kamaygan taqdirda bu iqlim o‘zgarishining keskinlashuvini kamaytirishi mumkin. Avvalroq olimlar Arktikada havo harorati sayyoraning boshqa mintaqalariga qaraganda tezroq qiziyotganini ma’lum qilgandi.
2Dunyo
Donbassda artilleriya duellari va nobud bo‘lgan sigirlar. Urush suratlari Ukrainadagi urush. 11 iyunning asosiy voqealari Quyida 11 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar. Kiyev oblasti  Xarkov Nikolayev Donbass
2Dunyo
Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning “Sharja”sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi. G‘aniyevdan golli uzatma Futbol bo‘yicha BAA Superkubogi doirasida “Sharja” va “Shabob al-Ahli” jamoalari 22-yanvar, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuvdagi yagona gol so‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan vaqtda urildi: Aziz G‘aniyevning jarimadan amalga oshirgan uzatmasini Muhammad Mazruq boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Bu gol orqali nominal mehmonlar sovringa ega chiqdi. Mazkur bahsda Otabek Shukrov va Aziz G‘aniyev to‘liq qatnashdi. “Sharja” — “Shabob al-Ahli” uchrashuvidagi golni bu yerda ko‘rish mumkin — video. BAA Superkubogi 22-yanvar, juma Gol: 0:1 – 90+5 Muhammad Marzuq. “Sharja”: Odil al-Husani, Shahin Abdulrahmon, Salim Sulton, Ali ad-Dhanhani (Muhammad Xalfan, 89), Markus Meloni, Igor Koronado, Saif Rashid (Majid Surur, 75), Xolid Ba Vazir (Kayo, 75), Otabek Shukurov, Muhammad Abdulvosit, Velliton (Salim Solih, 89) “Shabob al-Ahli”: Majid Nosir, Volid Abbos, Abdulaziz Hussain, Hamdan al-Kamoli, Abdulaziz Sanqur (Muhammad Marzuq, 46), Karlos Eduardo, Majid Hassan, Fabio Kartabiya, Azizjon G‘aniyev, Yahyo al-G‘assoni (Muhammad Juma, 77), Igor Jesus. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Olimlar koronavirus tarqalishining eng asosiy yo`lini aniqlashdi Insonda COVID-19 kasalligini qo`zg`atuvchi SARS-CoV-2 virusi ob`ektlar yuzasidagi infeksiya manbalari orqali emas, asosan havo orqali tarqaladi. Nyu-Yorkdagi Montefiore tibbiyot markazi olimlari boshqa tibbiy muassasalar bilan hamkorlikda o`tkazgan tadqiqotida ana shunday xulosaga keldi, deb yozmoqda "Sog`lom hayot" kanali. Olimlarning fikricha, bir nechta ilmiy maqolalarda kasallik qo`zg`atuvchilari narsalarning yuza qismida bir necha soat yashay olishi haqida aytilgan bo`lsa-da, aslida koronavirus RNKsi atrof-muhitda kamdan-kam uchraydi. Kasallanishning eng asosiy omili – infeksiyani yuqtirgan odamga yaqin masofada bo`lish va binolardagi noto`g`ri ishlayotgan ventilyasiya tizimlaridir. Mazkur tadqiqot ham ijtimoiy masofa saqlash va ko`pchilik bir joyga to`planmasligining muhimligini yana bir bor tasdiqladi.
2Dunyo
Navoiyda ulfatining mashinasini shikastlab, zararni qoplashdan bosh tortgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi Navoiy viloyatining Karmana tumani, “Navro‘z” MFYda yashovchi I.B. IIBga murojaat qilib, yetkazilgan moddiy zararni undira olmayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. Arizachiga ko‘ra, shu yil 30-aprel kuni I.B. tanishi, Navbahor tumanida yashovchi A.Sh. bilan birga Karmana tumanida joylashgan choyxonada spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Uxlab qolgan vaqtida A.Sh. uning Nexia rusumli avtomashinasini ruxsatsiz haydab ketib, Navoiy shahrida yo‘l chetidagi beton to‘siqqa uradi. A.Sh. mashinani ta’mirlatib berishni va’da qilgani sababli I.B. ichki ishlar idoralariga murojaat qilmaydi. Biroq u yetkazilgan moddiy zararning 4 279 000 so‘mini to‘lab, qolgan 11 million so‘mini to‘lashdan bosh tortadi. Holat yuzasidan A.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
8O‘zbekiston
Putin Bosh vazir lavozimiga nomzod taklif etdi Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakat Bosh vaziri lavozimiga Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustin nomzodini taklif etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti axborot agentligi Kreml matbuot xizmati xabariga asoslanib, deyilmoqda.  “Prezident Vladimir Putin Mixail Mishustin bilan uchrashuv o`tkazdi va uni Bosh vazir lavozimiga taklif qildi. Uning roziligi bilan Prezident Dumada ko`rib chiqish uchun Mishustinning Bosh vazir lavozimiga nomzodini taqdim etdi”, – deb xabar bergan Kreml matbuot xizmati.
2Dunyo
Hindistonda tezyurar elektromobil taqdim etildi Hindistonning Vazirani Automotive kompaniyasi Ekonk elektr giperkarini taqdim etdi. Bu haqda Autocar India xabar bermoqda. Bir o‘rinli elektromobilning quvvati 722 ot kuchiga teng, og‘irligi 738 kg. Elektromobil 2,54 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi. Uning maksimal tezligi 309 km/soatni tashkil etadi. Avto elektr batareyalarini sovituvchi maxsus tizim bilan jihozlangan. Elektromobil bir quvvat olish bilan qancha masofa yurishi va uning narxi haqida ma'lumot berilmagan.
14Texnologiya
O‘zbekiston uchun kredit reytingi nimani anglatadi? Reytinglar muayyan holatni turli yo‘llar bilan aniqlovchi, har qanday mamlakatda bir yoki bir nechta yo‘nalishdagi vaziyatni to‘g‘ri ifodalab beradigan ko‘rsatkichlardir. Ular turli xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, hatto baxt indeksigacha. Reytinglar o‘nlab ko‘rsatkichlar va ko‘pincha o‘ta murakkab formulalarga asoslanadi. Bugun reytinglar shu qadar ko‘p va yana ularning soni o‘sib boryaptiki, biriga ishonish mumkin, boshqasiga esa yo‘q. Ushbu holatda ko‘p narsa talab va taklif qonuniga asoslanadi. Kredit reytinglari esa eng oldin paydo bo‘lganlaridan biri hisoblanadi. Kredit reytinglari Banklar o‘z mijozlarini shaxs va kompaniya jihatdan farqlay boshlashi, ishonch va tavakkalchilik tamoyillari yuzaga kelishi bilan kredit reytinglarining ham tarixi boshlangan. Ushbu reyting turida kreditning qaytarilmaslik xavfini baholash asosiy xususiyat hisoblanadi. Qarz oluvchi sifatida sizning reytingingiz qanchalik yuqori bo‘lsa, unda sizga foydali shartlar asosida ko‘proq pul taklif qilishlari ehtimoli yuqori bo‘ladi. Moliyaviy bozorda globallashuv va unda turli vositalarning rivojlanishi bozor ishtirokchilarini turli kategoriyalarga ajratish zarurligini ko‘rsatdi. Va natijada moliyaviy korporatsiya va banklar, yirik transmilliy kompaniyalar, mustaqil davlatlar va ularning mahalliy hokimiyat organlari vujudga keldi. Agar davlat qarz oluvchi bo‘lsa, unda kompaniya yoki bankka qaraganda ko‘proq omillarni hisobga olish zarurati paydo bo‘ladi. Masalan, bitta davlatning mustaqil reytingi korporativ sektorning mavjud holati va uning istiqbolini hisobga olgan holda, shuningdek, milliy kompaniyalarning sharoiti, makroiqtisodiy parametrlarni o‘lchash bilan baholanadi. Inflatsiya, ichki va tashqi qarzning hajmi va strukturasi, valuta kursi va boshqa makro indikatorlar, siyosiy tizimning barqarorligi ham muhim. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 1999 yilda O‘zbekiston kredit reytingi yaratildi. Kredit reytingi eksport kreditiga sug‘urta majburiyatini yuklaydi, xorijiy banklarning import qiluvchi korxonalarga qarz berishiga imkon beradi, o‘z navbatida bu ana shu tomonlar uchun kredit resurslarining qiymatini kamaytiradi. 2018 yilda O‘zbekiston xavf-xatar ko‘rsatkichi bo‘yicha 6 guruhda bo‘lgan, va ayni damda 2019 yilning fevralidan kredit reytingi ko‘rsatkichida 5 guruhga kirgan. Aytish mumkinki, mamlakat kredit reytingini ko‘tarishda valuta siyosatining muvaffaqiyatli liberallashtirilishi, milliy valutaning konvertatsiya qilinishi, ochiq iqtisod muhitining yaxshilanishi va statistik hisob-kitoblarning shaffoflashuvi kabi bir qator omillar muhim rol o‘ynadi. (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tavakkal ehtimolligi mavjud davlatlar reytingida O‘zbekistonning tarixiy rivojlanish davri) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti O‘zbekiston kredit reytingini tuzishida quyidagilarni hisobga oladi: ·        Mamlakatning kredit tizimi bo‘yicha tarixi; ·        Moliyaviy ahvol; ·        Qarzni qoplash uchun zarur bo‘lgan valuta zaxiralari miqdori; ·        Iqtisodiy barqarorlik, uning barqaror o‘sish sur'ati. ·        Ma'muriy sohadagi turli qiyinchiliklarni bartaraf etish; ·        Kredit resurslarini olishda qulay muhitga erishish; ·        Olingan kreditlarni sug‘urtalash xarajatlarini kamaytirish; ·        Uzoq muddatga kredit olish imkonining paydo bo‘lishi. Bugun O‘zbekistonda ichki va tashqi qarzning kamligi, korporativ qarzlarning kamhajmliligi muhiti, shuningdek, arzirli kredit tarixi mavjud. Chunki davlat qarzlarini doim to‘lab borgan. Bundan tashqari, bank va moliya sohasida islohotlar qilinmoqda, hukumat xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu jadvalda O‘zbekistonning kredit tarixi statistikasi keltirilgan. 2019 yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi qarzi 17.3 milliard dollarni tashkil etadi. Uning 58 foizi hukumatga tegishlidir. Garchi davlat hajmi katta qismni tashkil etsa-da, joriy yil uning faqat 0.8 foizi to‘lanadi. Bu umumiy hisobda 143.7 millionga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘n yillikda esa qaytarish majburiyatlari 1.96 milliard dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Tahlillarga ko‘ra, 2019 yilda davlatning tashqi qarzi YaIMning 0.45 foizidan yoki davlat budjetining 2 foizidan oshmasligi ko‘zda tutilgan. Bu davlatning iqtisodiy holatini tavsiflovchi ijobiy ko‘rsatkich. Shuningdek, O‘zbekistonning har doim qarz majburiyatini vaqtida bajargani va qarz qaytarmaslik holatlari uchramaganini ham e'tirof etish zarur. 2018 yilda O‘zbekistoning joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi salbiy ko‘rsatkichda bo‘lgan. (yuqoridagi jadval) Biroq mamlakatning moliyaviy salohiyati iqtisodiyotning barqarorligini ushlab turishga imkon berdi.O‘zbekistonda to‘plangan zaxiralar minusdagi balansni ham qoplash uchun uzoq muddatli kafil bo‘la oladi. Ayni paytda davlatning oltin-valuta zaxiralari umumiy hisobda taxminan 27.0 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu borada o‘rtacha muddatda salbiy balansni bartaraf etish uchun iste'mol tovarlari, energiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish ham asosiy vositalardir.  Kredit reytingini yaxshilash O‘zbekistonga quyidagi imkoniyatlarni berishi mumkin: -        Ma'muriy sohadagi turli qiyinchiliklarni bartaraf etish; -        Kredit resurslarini olishda qulay muhitga erishish; -        Olingan kreditlarni sug‘urtalash xarajatlarini kamaytirish; -        Uzoq muddatga kredit olish imkonining paydo bo‘lishi. Ayni damda O‘zbekiston ushbu tizimni yaqin istiqbolda yaxshilash maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak: 1.    Uzoq muddatli makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlaydigan, inflatsiya sodir bo‘lishining oldini oladigan «Budjet qoidalari»ni ishlab chiqish; 2.    Eksport strukturasini diversifikatsiya qilish (yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlarning ulushini eksportda ko‘paytirish); 3.    Budjet daromadlarini oshiradigan sohalarga yo‘naltirish uchun tashqi investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini tartibga solish; 4.    Tashqi iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlari va eksport-kredit agentliklari bilan hamkorlikni kuchaytirish. Dilnoza Raimova
4Iqtisodiyot
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 591 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Tuzalganlarning SSV sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija 27-iyul kuni qayd etilgani va shu kuni mamlakatning turli hududlarida 569 nafar bemor infeksiyadan tuzalganini qayd etgan. Shu tariqa O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 12 265 nafarni (56 foiz) tashkil qilmoqda.  Shavkat Mirziyoyev viloyatlarda koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi
8O‘zbekiston
Shartnomalarga rioya qilinishi kerak: Adliya vazirligi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni yaxshilashni taklif qilmoqda Adliya vazirligi «Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Adliya vazirligining ta’kidlashicha, shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning rivojlanish darajasi zamonaviy talablarga javob bermaydi va ushbu sohaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator omillar mavjud: Hujjatga ko‘ra, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishda hamda majburiyatlarni bajarishda «Pacta sunt servanda» (shartnomalar bajarilishi shart) prinsipi qo‘llanilishi, shartnoma taraflari o‘zlariga olgan majburiyatlarni majburiyat shartlari va qonun hujjatlari talablariga muvofiq vijdonan lozim darajada bajarilishini ta’minlashlari zarur. 1 maydan boshlab quyidagi talablarning bekor qilinishi ko‘zda tutilmoqda: Shuningdek, so‘nggi punktda nazarda tutilgan oldindan to‘lov va avans taraflarning xohishi bilan shartnoma shartlarida belgilanishi mumkin. Adliya vazirligi jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida qarz berish va qaytarib olishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Bundan tashqari, quyidagicha tartib o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan: a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionda sotuvga qo‘yiladigan mol-mulk barcha qarzlardan va taqiqlardan holi bo‘lgan holda joylashtiriladi. Bunda auksionda sotilgan mol-mulk bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash majburiyati uning sobiq egasi — qarzdor zimmasida qoladi va mol-mulk auksion g‘olibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshiriladi. Auksion g‘olibi tomonidan mulkni qabul qilib olmaslikning quyidagi hollarida zakalat puli auksion g‘olibi murojaat qilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida qaytarib berilishi shart, agar: b) tuzilgan birja bitimlari sotuvchi va xaridor tomonidan jarima to‘lab/to‘lamasdan o‘zaro rozi bo‘lgan holda yopilganda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasi insofsiz raqobat va til biriktirish holatlari mavjudligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazadi va ushbu holatlar aniqlangan taqdirda monopoliyaga qarshi kurashish organini darhol xabardor qiladi. Tuzilgan birja bitimi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, birja tovarini yetkazib berish yoki tanlab olish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda, birja bitimi birjaning hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan, nizo yuzaga kelganda esa birjaning arbitraj komissiyasi yoki sud qaroriga ko‘ra bekor qilinadi. Hujjatga ko‘ra, bank yoki boshqa kredit muassasasi bank hisobvarag‘idan pul mablag‘larini mijozning topshirig‘i asosida chiqarishni belgilash taklif qilinmoqda. Mijozning topshirig‘isiz hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini chiqarishga faqat sudning qarori bilan yoki bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Mijozning topshirig‘isiz hisobvaraqdan pul mablag‘larini chiqarish asoslarining qat’iy ro‘yxati bank bilan mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan bo‘lishi shart. O‘rnatilishi taklif qilinayotgan tartibga ko‘ra, mijozning hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘larini chiqarish birinchi navbatda ish haqi, aliment to‘lash, fuqaroning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, qolgan talablar bo‘yicha esa to‘lov (ijro) hujjatlari kelib tushgan navbat bo‘yicha amalga oshiriladi. Yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini qanoatlantirish qonunda belgilangan navbat tartibida amalga oshiriladi. Barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish amaliyotining bekor qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Adliya vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2021 yilning 1 iyuniga qadar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan shartnomalar tuzishda qo‘llash uchun tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar ishlab chiqilishi belgilangan. Joriy etilishi taklif qilinayotgan tartibga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati bilan investitsiya shartnomasi tuzilishidan oldin: Xujjatda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarz, shuningdek shartnoma intizomini buzish uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish taklif qilingan. Loyiha muhokamasida 25 martga qadar ishtirok etish mumkin.
5Jamiyat
Andijonda ashaddiy avtomashina o‘g‘risi qo‘lga tushdi Andijon viloyatida avtomashinalarning salonida o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olish maqsadida ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilish sabablari va ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganilib, jinoyatlarni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu turdagi jinoyatlarni kelib chiqishiga avtomashina egalarini o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinalarini avto turargohlarda emas, xilvat va harakat kam bo‘lgan joylarda qarovsiz va uning salonida moddiy boyliklari bilan birga qoldirib ketishlari asosiy omil bo‘lmoqda. Bunday turdagi jinoyatlarning oldini olish va o‘g‘rilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlab, ularga jazo muqarrarligini ta'minlash maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasining xodimlari tomonidan “Tuzoq” tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi  matbuot xizmati xabar bermoqda. Bunday tadbirlardan biri 2017 yil 25 aprel kuni soat 12-30 larda Andijon shahri Yu.Otabekov ko‘chasida joylashgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi oldida o‘tkazildi. Tadbir vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan alohida kuzatuv ostida turgan 60 D 220 AA davlat raqam belgili oq rangli “Neksiya” rusumli avtomashina salonida bo‘lgan moddiy boyliklarni o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan Mavlon Alixonov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) avtomashinani qaychi yordamida eshik qulfini buzish yo‘li bilan ochib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir etayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Bunday tadbirlar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham o‘tkazilishi davom etmoqda.
5Jamiyat
Jo Bayden 2024-yilgi AQSh prezidenti saylovida ham qatnashishini ma’lum qildi. O‘sha vaqtda u 81 yoshda bo‘ladi AQSh prezidenti Jo Bayden 2024-yilda ikkinchi muddat uchun o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Bu haqda u o‘zining birinchi omma oldidagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. “Mening javobim — ha. Men ikkinchi muddatga nomzodimni qo‘yishni rejalashtiryapman”, — dedi u. 78 yoshli Bayden o‘tgan yil kuzida bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘olib chiqdi. Prezident lavozimini egallaganiga bor-yo‘g‘i 65 kun bo‘ldi. Demokratik partiya Baydenni prezident saylovidagi yagona nomzodi sifatida 2020-yilning 19-avgustida tasdiqlagan edi. Qaror Miluoki (Viskonsin shtati)dagi umummilliy qurultoyda qabul qilindi. Baydenning o‘zi esa nomzodini qo‘yishga 2020-yilning aprelidayoq qaror qilgan edi. Demokratlardan yagona nomzodlikka o‘ndan ortiq odam da’vogarlik qilgan, ular orasida Vermon shtatidan senator 78 yoshli Berni Sanders va Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg ham bor edi. Sanders oxirgi bo‘lib davlat rahbari saylovidan o‘z nomzodini olib tashladi, bu Baydenga Demokratik partiyadan yagona nomzod bo‘lish huquqiga da’vogarlik qiluvchi yagona siyosatchiga aylanish imkonini berdi. Respublikachilar partiyasidan esa ikkinchi muddat uchun amaldagi prezident Donald Tramp nomzodi ilgari surildi. 2020-yildagi saylovlarda mag‘lub bo‘lganidan keyin Tramp 2024-yilgi prezident saylovida qatnashishi haqida bir necha marta aytib o‘tdi. 2020-yilgi saylovda g‘alaba qozonishidan avval Bayden ikki marta — 1988 va 2008-yillarda prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘ygan. Birinchi urinishida dastlabki saylovlar bosqichiga yetmasdan nomzodini olib tashlagan. Ikkinchisida, 2008-yilda esa praymerizdan keyin, Ayova shtatida beshinchi natijaga erishgach, nomzodini qaytarib olgan. Shundan keyin bo‘lg‘usi prezident Barak Obama Baydenni saylov kampaniyasida vitse-prezidentlikka nomzod sifatida qatnashishga taklif qilgan va o‘sha yil noyabrida respublikachi Jon Makkeyn ustidan g‘alaba qozondi (u vitse-prezidentlikka Sara Peylinni tanlagan edi). 2024-yilgi saylovlarda Bayden 81 yoshda bo‘ladi. Agar u saylovda qatnashib, g‘olib bo‘lsa, o‘z rekordini yangilab, ikkinchi marta AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylanadi. Shuningdek, Bayden bir paytlar AQShning eng yosh senatori deb ham e’tirof etilgan: 1973—1979-yillarda, 30—36 yoshlarida u senator bo‘lgan.
2Dunyo
Elektroteхnika sanoati qoʻllab-quvvatlanadi Vazirlar Mahkamasining 8.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 631-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning "Elektroteхnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 2 martdagi PQ-5011-son qaroriga muvofiq qabul qilingan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2019 yil 6 maydagi 373-son qarorida, endi belgilanishicha: elektroteхnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, tijorat banklaridan kafolatlar olishda quyidagilar uchun garov ta’minoti sifatida kafolat summasining 50%igacha, biroq $3 mln dan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi: Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi elektroteхnika tarmogʻi korхonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2022 yildan boshlab har yil uchun Davlat byudjeti hisobidan $10 mln miqdoridagi mablagʻ ajratilishi yuzasidan takliflar beradi. "Oʻzelteхsanoat" uyushmasining Elektroteхnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (16.10.2019 yildagi 877-son VMQ bilan tasdiqlangan) Jamgʻarmani shakllantirish manbalari boʻyicha qoʻshimcha kiritildi. Xususan, respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2021 yilning I, II va III choraklarida teng ulushlarda 75 mlrd soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi, keyingi yillarda esa byudjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar nazarda tutiladi. Bundan tashqari, Jamgʻarma mablagʻlari elektroteхnika sanoati tarmogʻi tashkilotlarining хalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq хarajatlarining 50%ini, biroq bitta holat boʻyicha ekvivalenti $10 ming dan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplashga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorlarga sotish bilan bogʻliq хarajatlar mahsulot turlaridan kelib chiqib, eksport qiluvchi tarmoq tashkilotlari (eksport qiymatining 6%igacha) qoplanadigan yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlari roʻyхati tasdiqlandi. Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.10.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
10Qonunchilik
Kanadalik fuqaro lotereyada 38 million dollardan ortiq yutib oldi Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida yashovchi fuqaroga Lotto Max lotereyasida 50 million Kanada dollari (38,3 million dollar) yutuq chiqdi. Bu haqda Toronto Sun nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi. Hozirgi paytda xaridor chiptani Kelouna shahrida sotib olganligi ma’lum. Lotereyada yutuq chiqqan odamning nomi oshkor etilmagan. Nashrning ma’lum qilishicha, bu Kelouna aholisining yil davomidagi ikkinchi yirik yutug‘idir. Fevral oyida mahalliy fuqaro 6/49 lotereyasida 21,9 million Kanada dollari (16,75 million dollar) yutib olgan edi.
2Dunyo
Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasi ziyorati chog‘ida Aqto‘beda halok bo‘lganlar haqiga duo qildi Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi doirasida Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ziyorat chog‘ida davlat rahbari Aqto‘beda o‘zbekistonliklar vafot etganidan chuqur qayg‘uda ekanini aytib, ularning yaqinlariga ta’ziya bildirdi. Marhumlar haqiga duo qilindi.
8O‘zbekiston
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 13-yanvar kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni ma’qullansin. 2. Mazkur Konstitutsiyaviy qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Konstitutsiyaviy qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur Konstitutsiyaviy qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
A Seriyada yana gollar yomg‘iri: Bugun ham uchrashuvlardan birida 8ta gol urildi Italiya chempionatining 23-turi doirasida kechgan «Peskara» va «Latsio» uchrashuvi mehmonlar g‘alabasi bilan yakunlandi. Yakuniy hisob – 6:2, «Latsio» foydasiga. G‘oliblar safida yarim himoyachi Marko Parolo 4ta gol urdi. Rimliklarning yana ikki goliga Balde Keyta va Chiro Immobile mualliflik qildi. «Peskara» safida Ahmad Benali va Gasto Brugman bittadan gol urdi.  Rimliklar klubi bu g‘alabadan keyin 43 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi. «Peskara» to‘qqiz ochko bilan oxirgi o‘rinda qoldi. Muxlislar tur doirasida 4 fevral kuni o‘tkazilgan «Napoli» va «Bolonya» uchrashuvida ham 8ta gol guvohi bo‘lishgan, bu uchrashuvda mehmon sifatida harakat qilgan neapolliklar jamoasi 7:1 hisobidagi g‘alabaga erishgandi. Italiya chempionati. A Seriya 23-tur Peskara - Latsio - 2:6 (2:2) Gollar: Parolo 10 (0:1). Parolo 14 (0:2). Benali 29 (1:2). Bryugman 41 (2:2). Parolo 49 (2:3). Keyta 57 (2:4). Immobile 69 (2:5). Parolo 77 (2:6). Peskara: Bizarri, Biragi (Kreshentsi, 74), Stendardo, Domber, Zampano, Verre, Kastanos, Bryugman (Cherri, 69), Benali, Kaprari Latsio: Marketti, Xudt, Lukaku, de Vrey, Basta, Milinkovich-Savich, Bigliya (Mugriya, 78), Parolo, Keyta (Lulich, 65), Immobile (Tunkara, 86), Anderson Ogohlantirishlar: Bigliya, 76
13Sport
Nogironligi borlar uchun kirish imtihonlaridagi qulayliklar haqida ma'lumot berildi «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning test jarayonlarida ishtirokini ta'minlash uchun barcha sharoitlar qilib beriladi. Agar abituriyent hamrohi bilan keladigan bo‘lsa, hamrohi bilan birga harakatlanishi uchun imkon beriladi. Hamrohsiz keladigan, nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga esa imtihon olinayotgan joyda bo‘lib turgan kuzatuvchilar va Davlat test markazi xodimlari kerakli yordamni ko‘rsatishadi», deya Davlat test markazi boshqarma boshlg‘i Farhod Mirzayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. Qayd etilishicha, 2020 yilgi kirish imtihonlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga grant asosida alohida imtiyozli kvotalar ajratilgan. Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida imtiyozlar 7 toifadagi yoshlar uchun imtiyozlar berilishi aytilgan edi.
8O‘zbekiston
Sirdaryoda kuchli shamol 2019-yilda kapital ta’mirlangan binoning tomini uchirib yubordi 30-yanvar soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga yopirilgan kuchli shamol tumanning Ko‘klam ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tomini uchirib yubordi. Bu haqda Telegram’dagi “Sirdaryo xabarlari” kanali xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Xovos tumani Yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib kelgan va falokat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kimga jarohat yetmagan. Sirdaryo viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu binoning tom qismi 2019-yil yoz oylarida profnastil bilan kapital ta’mirlangan. Avvalroq Mingbuloqda kuchli shamol binolar tomini uchirib ketgani, Andijon shahridagi “Ruboiy” kafesi oldidagi reklama banneri ustuni shamolda egilib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Gollivud kassa tushumlari bo`yicha yangi rekord o`rnatdi Gollivud kassa tushumlari bo`yicha yangi rekord o`rnatdi, deb xabar qildi Day.Az nashri. AQSh va Kanadada chiptalar sotilishidan 11,8 milliard dollar mablag` tushgan. Kinofilmlar chiptalari sotuvi ko`tarilishiga “Qora pantera”, “Qasoskorlar: Abadiyat jangi”, “Dedpul 2”, “Yura davri olami 2” kabi blokasterlarning hissasi katta. 2019 yilda ham “Kapitan Marvel”, “Qasoskorlar 4”, “Olovuddin”, “Joker”, “Ko`zgu” kabi filmlar tufayli Gollivud uchun serdaromad kelishi kutilmoqda.
2Dunyo
«Yemagan somsaga pul to‘lash kerakmi?» - Tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi 10 mingga yaqin xo‘jalik yuritish sub'yektlariga DSQ tomonidan  talabnoma yuborilgan.  Ular nimadan norozi? Davlat soliq qo‘mitasi 2021 yilning fevral oyida «Lozim darajada ehtiyotkorlik» xizmatini ishga tushirgan edi, unda shubhali soliq to‘lovchilar ro‘yxati shakllantirildi. Tizim orqali endilikda tadbirkorlar o‘z biznes-sheriklarining to‘lanishi kerak bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalarini kamaytirish tarzidagi huquqni suiiste'mol qilgan korxonalar ro‘yxatiga tushib qolgani yoki unda mavjud emasligini tekshirishi mumkin.   Qo‘mita bergan xabarga ko‘ra, ro‘yxatga ayni paytda 396 shubhali soliq to‘lovchilar kiritilgan bo‘lib, ular bilan hamkorlik qilgan (tovar yoki xizmat olgan) qariyb 10 mingga yaqin xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan 1 trillion so‘mga yaqin QQS summasi hisobga olingan holda budjetga to‘lanmagan. Ma'lum bo‘lishicha, budjetga to‘lanmay kelingan 1 trillion so‘mga yaqin mablag‘ni o‘rniga qo‘yish maqsadida ro‘yxatga kiritilgan 396ta soliq to‘lovchi va ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorga talabnoma yuborilgan. Talabnomada tadbirkorlik sub'yektlarining soliq qarzi (QQS miqdori) hamda soliq qarzini vaqtida to‘lamagan taqdirda chora ko‘rilishi bildirilgan. Qo‘mita soliq kodeksining 14-moddasiga muvofiq, noto‘g‘ri ishlagan soliq to‘lovchi (DSQ saytida e'lon qilingan ro‘yxatga kirgan shubhali 396 korxonadan biri yoki bir nechtasi) bilan hamkorlik qilgan (tovar yoki xizmatlar sotib olgan) tadbirkorlik sub'yektlariga hisobga olish qo‘llanilmaydi. Hisobga olish nima degani? Moliyachi Otabek Bakirov hisobga olishni shunday tushuntiradi: «A korxona «B» korxonadan QQS bilan 115 so‘mga mahsulot oldi va «S» korxonaga QQS bilan 150 so‘mga sotdi, deylik. Shunda «A» korxona aslida 5,25 so‘m QQS to‘laydi (150-115)*15%. Lekin DSQ «B» korxonani «obnalchi» (shubhali soliq to‘lovchi) deb topib, uni QQS to‘lovchisi emas, deb hisoblayotgani uchun endi «A» korxona 22,5 so‘m QQS to‘laydigan bo‘lib qolyapti (150*15%). Chunki  hisobga olish olib tashlanyapti». Demak, masala shundaki, iqtisodchi A korxona deb tushuntirgan korxonalar shubhali soliq to‘lovchi – 396ta korxonalarning biridan tovar yoki xizmat sotib olgan 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlaridir. Ular aynan noto‘g‘ri ishlagan soliq to‘lovchilar bilan hamkorlik qilgani uchun oshirilgan QQS to‘lashga majbur bo‘lmoqda. To‘g‘rirog‘i, QQS salbiy farqi qaytarib berilmaydi. Chunki shubhali korxona bilan soliq operatsiyasini amalga oshirgan tadbirkorlik sub'yektlari kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan, deb topilishi mumkin. Ya'ni shubhali korxonalar to‘lamagan soliq kamomadi insofli soliq to‘lovchilar bo‘yniga tushmoqda. Tadbirkorlar iddaosiga ko‘ra, ular «yemagan somsalariga pul to‘lashga» majbur bo‘lishmoqda. Tadbirkorlik sub'yektlarining reaksiyasi qanday? DSQ tomonidan taqdimnoma yuborilgan tadbirkorlar soliq organlari idoralariga norozi bo‘lib murojaat qilishmoqda. Kun.uz’ga ismi sir saqlanishini so‘rab murojaat qilgan tadbirkorga ko‘ra, kecha Toshkent shahar soliq boshqarmasi, bugun 16 fevral kuni Davlat soliq qo‘mitasi binosi oldida 150dan ziyod tadbirkorlar norozi bo‘lib yig‘ilishgan. Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga ikki kun ichida 2,500 dan ziyod foydalanuvchi yig‘ildi. Tadbirkorlar ushbu tartibning bekor qilinishini, noinsof soliq to‘lovchilar to‘lamagan soliq summasini soliqlarni vaqtida to‘lab kelayotgan tadbirkorlardan undirilmaslikni xohlashmoqda. Toshkent shahrida faoliyat yuritadigan tadbirkorlardan birining fikriga ko‘ra, Soliq qo‘mitasi kontragent korxonalarning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yishi shubhali. «Insofsiz soliq to‘lovchilarning soliq kamomadlari insofli soliq to‘lovchilar bo‘yniga tushishi so‘roq ostiga olinishidan avval shu savol tug‘iladi: qanday qilib soliq qo‘mitasi shubhali korxonaning faoliyatiga yo‘l qo‘yib berdi? Ertaga men ham kontragent korxona bo‘lib, soliqdan qochib yursam, insofli soliq to‘lovchilar men tufayli QQS to‘lab yuraveradimi?», – deydi u. Kun.uz bilan suhbatlashgan yana bir tadbirkorga ko‘ra, tadbirkorlarga bankdan naqd pul olishga ruxsat berilishi kerak. «Shunda tadbirkor tovarni bozordan sotib olib realizatsiya qilaveradi. Ilgari aylanmadan 5 foiz soliq olinar edi, muammo yo‘q edi. QQS bo‘ldi-yu, «obnalchi»lar boshlandi», - deydi u.  Davlat soliq qo‘mitasi qanday izoh beradi? Shundan so‘ng, DSQ Soliq to‘lovchi tomonidan bitimning (operatsiyaning) qonuniyligini va haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilganligini va mol yetkazib beruvchining bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilsa, QQSning hisobga olinadigan summasi darxol tiklanishini ma'lum qildi. Qo‘mita bunda har bir holat alohida ko‘rilishini e'lon qildi. 15 fevral kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga 50dan ortiq soliq to‘lovchi tuzatish kiritilgan yoki hisobga olish bekor qilingan QQS summasini qaytarishni talab qilgan holda murojaat qilgan. Qo‘mita soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiquvchi maxsus ishchi guruh tuzilganini ma'lum qildi. Nega tadbirkorlarning hisobraqamlari muzlatib qo‘yildi? Tadbirkorlar ogohlantirildimi? Norozilik bildirayotgan tadbirkorlarga ko‘ra, ularga DSQ tomonidan taqdimnoma yuborilgach, ularning hisobraqamlari muzlatilgan. So‘roq-savolsiz ko‘pchilikning hisobraqamidan pullar yechib olingan, mablag‘ yetarli bo‘lmagan holatlarda kartoteka o‘rnatilgan. Andijonlik tadbirkorning Kun.uz’ga ma'lum  qilishicha, soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish haqida ayrim tadbirkorlarga yuborilgan xabarnomada tadbirkorlik sub'yekti shubhali 396 korxonalardan biri bilan tuzgan shartnoma qalbaki yoki kuzbo‘yamachilik uchun tuzilganligi aniqlangani ma'lum qilingan. Ulardan kirim qilingan xizmat yoki tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini xisobga olmaslik bildirilgan. «Hujjatlar taqdim kilib, e'tiroz bildirishimizga qaramasdan DSQ qarzni to‘lash to‘g‘risida talabnoma jo‘natgan. Haqqi bor tadbirkorlik sub'yektlarining (korxona tomonidan sotib olingan mahsulot, korxona realizatsiya qilgan mahsulotga nisbatan ko‘p bo‘lganida, soliq hisobotlarida korxona QQSdan haqdor bo‘lib qoladi) haqlari kamayib ketgan. Hisobida puli bor tadbirkorlik sub'yektlarining hisobraqamidan pullar yechib olingan, puli yetarli bo‘lmaganlarning hisobraqamiga kartoteka qo‘yilgan. Bildirilgan e'tirozlar yoki berilgan hujjatlar hech inobatga olinmagan. Vaholanki, ikki xo‘jalik yurituvchi sub'yekt o‘rtasida tuzilgan shartnomani qalbaki deb topish soliq organlari vakolatida emas. Bunday vakolat cudlarga berilgan. Sud qarorisiz o‘zlari korxonalarga sun'iy qarzdorliklar yuklashdi»,- deydi u. Biznes-ombudsman QQS yuzasidan tadbirkorlik sub'yektlariga yuborilgan xabarnomalarning qonuniyligini o‘rganishni boshlaganini ma'lum qildi. «Soliq organlarining ushbu harakatlari tadbirkorlar orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqarayotganligini inobatga olgan holda, Biznes-ombudsman devoni Davlat soliq qo‘mitasining mas'ul mansabdor shaxslari ishtirokida ushbu harakatlarning qonuniyligini o‘rganib chiqilmoqda», - deyiladi rasmiy xabarda. Ushbu masala yuzasidan Kun.uz savollariga DSQ munosabat bildirishi kutilmoqda.
8O‘zbekiston
KFC noqonuniy yetkazib berish xizmatlari bilan kurashmoqda Ikki yil davomida kompaniya KFC taomlarini noqonuniy yo‘l bilan yetkazib berayotgan xizmatlar bilan kurashib kelmoqda. Har oy KFC tashkentkfc.me yoki kfcuzbot.ru kabi noqonuniy saytlarni bloklab kelmoqda, ammo ular VPN orqali faoliyatini qayta tiklab, taomlarni tashish va oziq-ovqat xavfsizligi qoidalariga umuman amal qilmagan holda yana xizmat ko‘rsatishda davom etishmoqda. Noqonuniy kompaniyada narxlar qimmatroq ko‘rsatilgan va xaridor mahsulotlarni KFC`ning narxlariga nisbatan 30, ba’zida esa 40 foizga qimmatroq narxda sotib oladi. Ushbu noqonuniy xizmatlar orqali buyurtma rasmiylashtirganingizda siz taomlarni qimmatroq narxda, cheksiz va sovib qolgan holda olasiz. Bu masalada ushbu servis bilan to‘qnash kelgan xaridorlar KFC`ga ko‘p bora murojaat qilishgan, Facebook tarmog‘idagi «Potrebitel.uz» guruhiga ham shikoyatlar yozishgan. Buyurtma berish uchun (+998) 78−129−70−00 raqami orqali call-markaz bilan bog‘lanish yoki @kfcuzdeliverybot Telegram-botiga o‘tish mumkin. KFC`ning rasmiy hamkorlari Express24 va Stolik yetkazib berish xizmatlari orqali ham buyurtma berish imkoni mavjud. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilish mumkin. Instagram: @kfcinuzbekistanFacebook: fb.com/KFC.uz Reklama huquqlari asosida.
5Jamiyat
Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) avgust oyida o‘zining to‘qqizinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shahram 24-avgust kuni AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta G‘iyosov 26-aprel kuni Inglvudda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida amerikalik Emanuel Teylorni mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
“Bavariya” “Verder”ni mag‘lubiyatga uchratib, Germaniya Kubogi finaliga yo‘l oldi 19-aprel kuni Germaniya Kubogi musobaqasining yarim finalida Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida Bremenning “Verder” futbolchilariga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar beradi “Sports.ru”. Uchrashuvda kiritilgan ikki golga ham myunxenliklar hujumchisi Tomas Myuller mualliflik qildi. 30-daqiqada germaniyalik hujumchi Xabi Alonsoning burchakdan uzatib bergan to‘piga boshi bilan zarba berdi va hisobni ochdi. O‘yinning 71-daqiqasida Arturo Vidalga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini Myuller bexato bajardi va “Bavariya”ning musobaqa finaliga chiqishiga katta hissa qo‘shdi. Myullerning “Bavariya” safidagi gollari soni 151 taga yetdi va u Myunxen klubi uchun 150 tadan ortiq to‘p kiritgan beshinchi futbolchiga aylandi. “Bavariya”ning finaldagi raqibi bugun, 20-aprel kuni “Gerta” – “Borussiya Dortmund” o‘rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvidan so‘ng aniqlanadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi. Germaniya Kubogi, 1/2 final Gollar: 1:0 – 30 Myuller, 2:0 – 71, penalti Myuller. “Bavariya” – Noyer, Lam, Bernat (Benatiya, 58), Alaba, Gyotse (Alkantara, 60), Alonso, Riberi, Martines, Koman (Vidal, 67), Myuller, Levandovski. Verder – Vidvald, Vestergor, Shternberg, Gebre Selassi, Jiloboji, Yunuzovich, Yatabare (Oztunali, 74), Bartels, Frits (Klyaynxaysler, 83), Grillich, Pisarro (Uja, 73). Ogohlantirish: Frits (24).
13Sport
Toshkentda qishloq xo‘jaligi sohasida ikkita yirik xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 30 may-2 iyun kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida «Uzbekistan Agrotech Expo 2017» va «Uzbekistan Agromash Expo 2017» qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmalarda quyidagi bo‘limlar bo‘ladi: meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, go‘sht va baliqni qayta ishlash, sutni qayta ishlash, veterinariya, non va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish, yorliqlar, poligrafiya, qadoqlash, muzlatish texnologiyasi, o‘simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy preparatlar, issiqxona, asalarichilik, uydagi mehnat uchun asbob-uskunalar. Avvalgi ko‘rgazma Turkiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Eron, Italiya, Ukraina, Fransiya kabi ko‘plab davlatlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Hammasi bo‘lib 150 eksponentlar ro‘yxatdan o‘tkazildi, ular orasida 122 tasi xorijiy. Bu yilgi ko‘rgazmada qatnashish uchun esa 150 dan ortiq eksponent murojaat yuborgan. Ular orasida xorijiy davlatlardan bo‘lgan 95 ta ishtirokchi bor.
5Jamiyat
Janubiy Koreyada prezidentga poyabzal otgan fuqaro qo‘lga olindi Janubiy Koreyaning Chon ismli fuqarosi mamlakat prezidenti Mun Chje Inga poyabzal uloqtirdi. Hodisa davlat rahbari parlament binosidan chiqib ketayotganida yuz berdi, deb xabar beradi Yonhap News. Prezidentga qarata otilgan poyabzal “nishon”ga tegmagan. Fuqaro qo‘lga olingan. “Men prezident Mun Chje Inga poyabzal otdim. Prezident unga nisbatan bo‘layotgan nafratni his etishini xohladim”, — dedi Chon. Ushbu xatti-harakatning sababi nimada ekanligi haqida ma’lumot berilmagan.
2Dunyo
Samarqandda mol-mulkiga taqiq qo‘yilgan qarzdor ota farzandlari uchun 189,5 million so‘m aliment to‘ladi Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2021 yil 25 iyundagi qaroriga asosan qarzdor Sh.J.dan undiruvchi Sh.J.ga ikki nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun daromadining uchdan ikki bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma'lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.  Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor Sh.J. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan. Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan muddat uchun hisoblangan 179 million 198 ming so‘mni to‘lab bergan. Shundan so‘ng mazkur sud hujjati undiruvchining arizasiga asosan qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan. Samarqandda qarzdor ota farzandlari uchun 179 million so‘m aliment to‘ladi Samarqandda qarzdor ota farzandlari uchun 367 million so‘m aliment to‘ladi
8O‘zbekiston
Hokimlik: Mo‘ynoq butunlay ichimlik suvi ta’minotisiz qolgani haqidagi xabarlar asossiz Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani hokimligi hudud suvsiz qolgani haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Bu haqda “Nuz.uz” ma’lum qildi. “Butun Mo‘ynoq suvsiz qolgani yo‘q. Bu butunlay yolg‘on xabar. Bizning hisobimizga ko‘ra, ayni paytda shahardagi xonadonlarning 3 foizidagina suv bilan ta’minlanishda muammo mavjud. Texnik jihatdan bu me’yoriy holat hisoblanadi. Lekin biz uchun har bir uy, har bir oila muhim, shu bois shahar ma’muriyati suv ta’minoti tizimidagi kamchilikni bartaraf etish uchun tezkor choaralarni ko‘rmoqda", — dedi tuman hokimi Saylovboy Doniyorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammo relyefning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq: shaharning ayrim tumanlarida quvurlardagi bosimning pastligi tufayli suv iste’molchilargacha yetib bormayapti. Tegishli manzillarga ta’mirlash guruhlari yo‘l olgan. Hokimlik yaqin vaqt ichida suv ta’minotini to‘liq tiklashga va’da berdi. Ma’lumot uchun, Mo‘ynoqda qiymati 26,6 milliard so‘mlik suv quvuri o‘tgan yili ishga tushirilgandi.
8O‘zbekiston
Fazliddin G‘oibnazarov 2017-yil professional boksda 4 ta jang o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Birinchi jangga 35 kun qoldi Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatini professional boksda davom ettirishi aniq bo‘lib, u mashhur promouter Bob Arumga tegishli Top Rank kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi. “Olamsport” nashrining aniqlik kiritishicha, shartnoma bandlarida Fazliddin G‘oibnazarovning 2017-yil hisobidan 4 ta jang o‘tkazishi qayd etilgan. Shulardan birinchisi 22-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bunda o‘zbekistonlik bokschiga kim raqib bo‘lishi va jang o‘tadigan shahar nomi yaqin kunlar ichida ma’lum qilinadi. Ma’lumot uchun, mashhur bokschi Menni Pakyao ham Bob Arum kompaniyasi bilan hamkorlik qilgandi.
13Sport
Xitoyda ilk kuzgi festival boshlandi Xitoyda ushbu mavsumdagi ilk kuzgi festival boshlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri. Pekinda tashkil etilgan tadbirga mamlakatning barcha hududlaridan fermer va dehqonlar o`z poliz mahsulotlarini olib kelishgan. Shuningdek, peshtaxtalarda don-dun mahsulotlari, mevalarni ham ko`rish mumkin. Hosil bayrami ko`rgazma va sayllar shaklida bo`lib o`tadi. Mazkur tadbir Xitoydagi kuzgi marafon va festivallarni boshlab beradi.
2Dunyo
Eronlik investorlar tomonidan Angrenda keramik plita ishlab chiqariladi Toshkent viloyati Angren shahrida eronlik investorlar tomonidan kaolinni qayta ishlash va keramik plita ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat davlat xizmatlari markazi ma’lum qildi, deyiladi O‘zA xabarida. Xabarda qayd etilishicha, Angren shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan Eron Islom respublikasi fuqarolari Fallah Mostafa Gholamali va Zolfaghari Neda Bahramali ishtirokidagi «Burxan Developed trade» mas’uliyati cheklangan jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ustav fondi 85 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur korxona tomonidan shaharda kaolinni qayta ishlash va keramik plita ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu o‘z navbatida ichki bozorning mana shu turdagi mahsulotga bo‘lgan talabini qondirish, o‘nlab shahar yoshlarining doimiy bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. Angren davlat xizmatlari markazi tomonidan shuningdek, o‘tgan mart oyida «ECOTON-SHARQ» xorijiy korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi. Beton-blok ishlab chiqarishi rejalashtirilgan mazkur MCHJning ustav fondi 400 million so‘m bo‘lib, loyiha doirasida dastlabki bosqichda 100 ta, keyinchalik yana 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.
4Iqtisodiyot
Mutaxassislar xakerlar topadigan daromad miqdorini e’lon qildi Kompyuter xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar xakerlarning sirlari, xususan, ularning qancha ishlab topishlarini fosh qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda. “Kasperskiy laboratoriyasi” mutaxassislari keng tarqalgan xakerlik ishlari keltiradigan foydani hisoblab chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, xakerlar hujumni tashkillashtirishga ketadigan mablag‘dan 20 barobar ko‘proq daromad ishlab topishi mumkin. Jumladan, mashhur ijtimoiy tarmoqlardan birining fishing (soxta) sahifasini yaratish va spam-jo‘natmalarni tashkillashtirish o‘rtacha 150 AQSh dollari atrofidagi mablag‘ni talab qiladi. Agar mazkur qarmoqqa 100 kishi ilinsa, xakerlar ularning shaxsiy ma’lumotlari — telefon raqamlar, shaxsiy suratlar va yozishmalarni sotish orqali kamida 10 ming dollar ishlab olishi mumkin. Mobil troyan-bloklovchi dastur va uning tarqalishi uchun o‘rtacha 1000 dollar ajratilishi kerak. Bunda xakerlarga, misol uchun 100 kishining bloklanib qolgan smartfonlarini ochib berish (10 — 200 dollar) jami 20 ming dollar daromad keltiradi. Xuddi shunday mablag‘ni shifrlash dasturlari orqali ham ishlab topish mumkin. Biroq ular kamida ikki barobar ko‘proq mablag‘ — 2000 dollar talab qiladi. Mazkur dasturlardan foydalanib xakerlik hujumini amalga oshirish foydalanuvchilarga ancha qimmatga tushadi. Negaki, ma’lumotlarni shifrdan chiqarish uchun ular xakerlarga o‘rtacha 100 dollar to‘lashi kerak. Firibgarlar foydalanuvchilar pulining ortidan quvadigan bank troyanlarini ishga solish orqali yanada ko‘proq daromad topishi mumkin. Kiberjinoyatchilar eksployt va o‘zining maxsus spam-jo‘natmasi bilan birgalikda sotiladigan bunday dasturga 3000 dollar atrofida pul sarflab, 72 ming dollargacha bo‘lgan mablag‘ni qo‘lga kiritishi mumkin. Bunda bir foydalanuvchi o‘rtacha 722 dollar miqdorida jabr ko‘radi. “Zarar yetkazuvchi dasturni sotib olish bugun katta muammo emas: ularni turli xakerlik forumlarida topish mumkin. Dasturlar narxining arzonligi esa ulardan foydalanish imkonini kengaytiradi. Bundan tashqari, bunday yo‘lni tanlagan kiberjinoyatchilardan professional bo‘lish ham talab etilmaydi: ular belgilangan narxga hujumni amalga oshirish uchun dasturlarning tayyor paketini xarid qilishi mumkin. Bunday vaziyatda foydalanuvchilardan qimmatli ma’lumotlar va pulni boy bermaslik uchun ogoh bo‘lish talab etiladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar o‘zining qurilmasini va u orqali internetda olib boriladigan barcha harakatlarini kimgadir ishonishda yanada e’tiborliroq bo‘lishlari kerak”, — deydi “Kasperskiy laboratoriyasi”ning virusga qarshi kurashuvchi bosh mutaxassisi Aleksandr Gostev.
14Texnologiya
Respublika bo‘yicha aniqlangan 675 ta bo‘sh obekt tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi Bugun 25 yanvar kuni "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining navbatdagi jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.  3-kun mavzusi - Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha bank tizimidan tashqari xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida amalga oshiriladigan ishlar - kredit tizimini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik, ularning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, xususiylashtirish tizimini soddalashtirish, xususiy mulk daxlsizligi yo‘nalishida farmon qabul qilinishi ta'kidlandi.  Viloyat hokimlariga nostrategik obektlarni sotish vakolati beriladi. Ta'kidlash joizki, respublika bo‘yicha 675 ta bo‘sh obekt aniqlandi - bu binolarni tadbirkorlarga berish va ularga kerakli shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Tadbirkorlar 24 oyga yer solig‘i va mulk solig‘idan ozod qilinishi qayd etildi.  Shuningdek kichik biznes imkoniyatlarini yaratish va ularni rag‘batlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlab o‘tildi. Bu borada ba'zi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.
8O‘zbekiston
Shaxmat. Toshkentda FIDE Gran-Prisining ikkinchi bosqichi boshlandi Poytaxtimizda shaxmat bo`yicha erkaklar o`rtasida FIDE Gran-Prisining ikkinchi bosqich musobaqalarining tantanali ochilish marosimi o`tkazildi.  Haqiqiy bayramona ruxda tashkil etilgan ochilish tantanalarida O`zbekiston shaxmat federasiyasi raisi Alisher Sultonov so`zga chiqib, barcha ishtirokchilarni Gran-Pri turnirining ikkinchi bosqich musobaqalarini boshlanishi bilan samimiy qutlab, barcha qatnashchilarga murosasiz kechishi kutilayotgan bahslarda omad va zafarlar tiladi.  Shundan so`ng, Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov dunyoda shaxmat sport turini yanada rivojlanishiga katta hissa qo`shayotganligi hamda Toshkent Gran-Pri turnirini yuksak saviyada tashkil etilganligi uchun Davlatimiz rahbariga, shuningdek, tashkilotchilarga o`z minnatdorchiligini izhor etdi.  Musobaqa bosh hakami, Xalqaro toifadagi arbitr Husan Turdialiev boshchiligida qur`a tashlash marosimi o`tkazilgach, Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov va hamyurtimiz, sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov ramziy ravishda turnirdagi birinchi yurishlarni amalga oshirdilar.
13Sport
Katta derbi oldidan: Xose va Joze. 9 yillik raqobat Bugun Manchesterdagi «Etihad Stadium»da Angliya chempionatining eng keskin derbilaridan biri bo‘lib o‘tadi. Jamoalar tarixi, bugungi kunda egallab turgan o‘rnidan qat'i nazar, yana bir qarama-qarshilik borki, bu haqida alohida asarlar yozsa arziydi. Aslida bir maktabdan yetishib chiqqan bo‘lsa-da, futbolga bo‘lgan qarashidan tortib, uslub-falsafasigacha keskin farq qiladigan ikki buyuk murabbiy dueli. Pep Gvardiola va Joze Mourino! Ha, adashmadingiz, aslida ikki mutaxassisning futbolga murabbiy ko‘zi bilan qarashi, shakllanishi bir insonga - Bobbi Robsonga va bir klubga - «Barselona»ga borib taqaladi. Joze Mourino 1993 yildan Portugaliyaning «Sporting», keyin «Portu» klubida bosh murabbiy Bobbi Robsonning tarjimoni bo‘lgan, keyinchalik angliyalik murabbiy uni murabbiy sifatida ham o‘ziga yordamchi qilib olgandi. Joze Bobbi Robson bilan birgalikda 1996 yilda «Barselona»ga keladi. O‘sha paytlarda Xosep Gvardiola futbolchi sifatida Kataloniya klubida o‘ynardi. Robson iste'foga chiqarilgandan keyin ham, Mourino keyingi murabbiy Lui van Gaalning yordamchisi sifatida ishlay boshladi. Hatto balki ko‘pchilik bilmasligi mumkin, Lui Mourinoga ba'zi kichik turnirlarda «Barselona»ni mustaqil boshqarishga qo‘yib bergan. Masalan, 2000 yildagi Kataloniya kubogi turnirini Gvardiola sardorligidagi «Barselona» aynan Joze Mourino qo‘l ostida qo‘lga kiritgan. Ya'ni, yangi asrning ikki eng buyuk murabbiylari - Xose va Jozening ilk hamkorligi mana shunday boshlangan. Keyinchalik, Joze Mourino mustaqil ish izlab Portugaliyaga ketdi, Pep Gvardiola esa, avvaliga Italiya chempionatida, «Breshiya» klubida futbolchi sifatida faoliyatini davom ettiradi, uzoq darbadarliklardan (u ma'lum vaqt Meksika chempionatida futbolchi va murabbiy sifatida tajriba to‘plagan) keyin yana «Barselona»ga qaytdi va klub tizimida mutaxassis sifatida ish boshladi. Oradan yillar o‘tib, bu ikki shaxsning yo‘li kesishganda, har ikkisi ham bir ichki chempionatlardan tortib, Yevropa chempionlar Ligasida ham g‘alaba qozonib ulgurgan mashhur murabbiy edi. INTeR - BARSeLONA (2009-2010) 2009/10 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasining yarim finali. Amaldagi chempion, Yevropada eng zo‘r futbol ko‘rsatayotgan «Barselona» va Italiyadagi «Yuventus»dan bo‘shab qolgan o‘ringa ega chiqqan «Inter»... (aslida o‘sha mavsumdan oldinroq ham «Inter» va «Barselona» ikki marta o‘zaro o‘ynagan. Lekin bu o‘yinlar musobaqaning guruh bosqichida bo‘lgani uchun u qadar katta e'tibor qozonmagan). Ikki murabbiyning ilk jiddiy to‘qnashuvi o‘shanda ro‘y bergandi. U paytlarda Mourinoning Gvardiola bilan uncha ishi yo‘q, asosiy alam klubda - «Barselona»da qolib ketgandi. Aytishlaricha, 2008 yilda Frank Raykaarddan bo‘shagan o‘rin uchun Mourino va Gvardiola asosiy nomzod sanalgan. Sobiq jamoasini boshqarishni orzu qilgan portugaliyalik mutaxassis hatto jamoani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, klub rahbarlariga taqdim etgan. «Portu» va «Chelsi»da o‘zini ko‘rsatib ulgurgan Mourino uni rad etmasliklariga aniq ishongan. Ammo klub bosh murabbiy etib, Mourinoni emas, yoshlar jamoasida ishlab yurgan va hali katta futbolda umuman tajribasi yo‘q bo‘lgan Gvardiolaga ishonch bildirishi hamma uchun syurpriz bo‘lgandi. Gvardiola ilk mavsumdayoq tanlov xato bo‘lmaganini isbotladi va bir yilda oltita sovrinni klub muzeyiga taqdim etdi. Navbatdagi to‘qnashuvda Mourino nafaqat «Inter», balki «Kamp Nou» qarshisida ham o‘zining ustun ekanini isbotlashi kerak edi. Shunday bo‘ldi ham. Milanda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan italiyaliklar «Kamp Nou»da butun o‘yin davomida deyarli, bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganliklariga qaramay, o‘zlariga kerakli hisobni saqlay olishdi. Shu-shu Joze Mourino futboli himoyada benazir o‘ynaydigan, jasoratli va irodali yigitlardan tuzilgan bir «shayka» sifatida dunyo futboli tomonidan e'tirof etila boshlandi. Jozening o‘sha muvaffaqiyatli o‘yindan so‘ng, «Kamp Nou» o‘rtasida turib olib, o‘zini namoyish qilganini hamma eslasa kerak. Finalda qizig‘i, Mourinoga uning va Gvardiolaning sobiq ustozi Lui van Gaalning «Bavariya»si kutib turardi. Bu safar shogird ustun keldi. ReAL - BARSeLONA (2010-2012) «Barselona» o‘sha yillari rostan ham Yevropada va Ispaniyada tengsiz jamoaga aylangan, ayniqsa o‘zaro o‘yinlarda «Real» ojiz qolardi. Chempionlar Ligasida ham qatorasiga olti yil madridliklar nimchorak finaldan uyog‘iga o‘ta olmayotgandi. Ronaldu, Kaka kabi yulduzlarni Madridga olib kelgan Peres uchun Pellegrini varianti yoqmay qolgan, endi «Real»ga status bo‘yicha o‘sha yulduzlarga mosroq, muhimi g‘alaba qozonishni biladigan, yanayam muhimi «Barselona»ni yengishning uddasidan chiqadigan murabbiy lozim edi. Albatta, ilk nigoh kataloniyaliklar bilan shaxsiy hisob-kitobi bo‘lgan Mourinoga tushadi-da... Joze «Real»ga kelganida, hali qilinadigan ishlar ko‘p edi. Buni ilk el-klasiko ham isbotladi: «Barselona» «Kamp Nou»da 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yo‘q, bunaqasi ketmaydi. Shunchaki, futbol o‘ynab, Messi, Xavi, Inesta kabi bolakaylarni yengish mumkinmas. Buning uchun o‘yindan ham ko‘prog‘i, yana jang qilish lozim bo‘lardi. Har bir futbolchi xuddi Mourino singari «Barselona»dan nafratlanishi, uni o‘z raqibi debmas, dushmani deb bilishi kerak bo‘lardi. Maydonda futbol emas, jang ketishi kerak edi. Mourino ilk mavsumdayoq buning uddasidan chiqdi, endi «Real» tarkibida 11 nafar «Mourino» harakat qila boshladi. Foydasi bo‘ldimi? Ha. Madridda o‘tgan javob o‘yini durang bilan yakunlandi. «Real» o‘yinning aksariyat qismini himoyada o‘tkazgan bo‘lsa-da, o‘sha «Barselona»ga qarshi faqat shunday o‘ynash mumkin edi va «Real» buning uddasidan chiqa boshlagandi. Oradan bir hafta o‘tib, kubok finalida natija yanada yaxshilandi - bu safar qo‘shimcha vaqtda Ronalduning goli madridriklarga g‘alaba keltirdi. Gvardiola davrida ilk bor «Barselona» klasikoni boy berdi, ilk bor «Real» raqibidan bir sovrinni tortib oldi. Oldinda esa, yana bir katta luqma - Chempionlar Ligasi yarim finali turardi. Ziddiyatlar va adovat YeChL yarim final o‘yinlari davrida avjiga chiqdi. Mourino jangda har qanday qurol muboh deb, ayniqsa, matbuot orqali bosim qila boshladi. Madrid va Barselona o‘rtasida, futbolchilar o‘rtasida, muxlislar o‘rtasida «ziddiyat osmonga chiqib ketdi». Odatda matbuot anjumanlarida u qadar faol bo‘lmagan Gvardiola ham o‘zini tutib tura olmadi - «Joze til bilan jang qilishga juda usta, men unga maydonda ko‘rsatib qo‘yaman», - deyayotganda aslida Pep ham aynan til bilan kurashishni boshlab yuborgandi. Bu jang yana bir yil davom etishini, Pepni futboldan ko‘ra ayniqsa Joze bilan dahanaki janglar charchatganini keyin sezdik: ispaniyalik murabbiy kutilmaganda «Barselona»ni tark etdi. Umuman, jurnalistlar mana shu ikki yil har ikki murabbiy uchun og‘ir o‘tganini e'tirof etib, ularning o‘zgarganliklariga e'tibor qaratgandi - Pepning sochlari to‘kilib ketgan, Mourinoning sochlarida oqlar ko‘paygan. Pepega ko‘rsatilgan qizil kartochka, Iguainning hisoblanmagan goli va yana bir qator kichik janjallar bilan o‘tgan yarim finallar (2:0, 1:1) «Barselona»ning ustunligida tugadi. Ammo bilasizmi, doimiy qarshilik, doimiy jang futbol o‘ynashga asoslangan «Barselona»ni charchatdi. «Barselona»ning nafis futboliga qarshi Mourino «Real»da jismoniy kurash va irodaga asoslangan o‘z futbolini qo‘ydi - keyingi yilda nihoyat «Real» muntazam ravishda «Barselona» bilan muvaffaqiyatli o‘yinlar o‘tkaza boshladi. Buning ortidan Ispaniya chempionligi qo‘lga kiritildi. BAVARIYa - CheLSI (2013) Gvardiola «Barselona»ni yordamchisi Tito Vilanovaga qoldirib ketdi. Vilanova ham bevaqt o‘lim tufayli mavsumni oxirigacha yetkaza olmadi. Bu vaqtga kelib, nihoyat Ispaniyada chempion bo‘lgan «Real» futbolchilari ham doimiy ziddiyatlardan charchagan, klasikoda avvalgi azart qolmagandi. Bunday vaziyatda Mourinoni futbolchilar bilan birlashtirib turgan bog‘ ham uzildi, ichki muammolar chiqa boshladi. Uchinchi mavsum oxirida u Madridni tark etib, sobiq jamoasi «Chelsi»ga qaytdi. Orada bir yil dam olgan Gvardiola futbolga, «Bavariya» bosh murabbiyi sifatida qaytdi. Chempionlar Ligasi va Bundesligani Xaynkess qo‘l ostida yutib olgan myunxenliklar Pep bilan oldindan shartnoma qilib qo‘yishgandi. «Chelsi» esa, an'anaviy ravishda murabbiyni iste'foga chiqargan mavsumda yevrokubok yutib olgandi. Rafa Benites londonliklarni Yevropa Ligasi g‘olibiga aylantirdi. Demak, yangi ish joyida ish boshlagan ikki murabbiy mavsumning ilk o‘yinida Yevropa Superkubogi uchun bahsda yana to‘qnash keldi. O‘yin oxirlarigacha «Chelsi» hisobda oldinda bordi. Ammo so‘nggi daqiqalarda «Bavariya» hisobni tenglashtirib, o‘yinni penaltilar seriyasiga o‘tkazdi. Bu safar ham Pep jamoasining qo‘li baland keldi. Penaltilar seriyasidagi so‘nggi zarbani ijro etgan Romelu Lukaku xatoga yo‘l qo‘ydi. Bundan jahli chiqqan Joze Mourino Lukakuni «Everton»ga sotib yuborgandi. Oradan to‘rt yil o‘tib esa, endi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida belgiyalik hujumchini rekord narxga sotib oladi. MANCheSTeR YuNAYTeD - MANCheSTeR SITI (2016 - ) Qaysidir ma'noda «Old Trafford» boshqaruviga ham bu ikki murabbiy nomzodi ko‘rib chiqilgan. Lui van Gaal (ha, u haliyam tirik) manchesterliklarni qanoatlantirmay qolgach, 2015/16 yilgi mavsum o‘rtalarida har ikki murabbiy ham deyarli bo‘sh - Mourino «Chelsi»dan iste'foga chiqarilgan bo‘lsa, Gvardiola Myunxendagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan, u yerdagi mayda kelishmovchiliklar tufayli, ketishi aniq bo‘lib ulgurgandi. Luining ish uslubi, yiqqan tarkibi ko‘proq Gvardiolaga mos tuyulgan bo‘lsa-da, «qo‘shnilar» otni ilgariroq qamchiladilar va bir paytlar Barselonada birga ishlagan do‘sti Cheki Bagiristayn orqali Pepni Manchesterga, faqat shaharning narigi tarafiga kelishga ko‘ndirdilar. Bunday vaziyatda «qizil Manchester» boshida Mourinodan boshqa nomzodni tasavvur qilib bo‘lmasdi. Ikki gigantning navbatdagi raqobati nafaqat futbol, balki marketing nuqtai nazaridan ham APLni bezab berishi tabiiy edi. Janob Vudvord esa, bunday narsalarni juda yaxshi ko‘radi. Lekin barcha sharoitlar ideal bo‘lsa-da, ko‘pchilik o‘ylagandan qonli janglarni ko‘rmadik. Birinchi sababi, futbol. Dastlabki mavsumda har ikki murabbiy o‘zi bilan o‘zi bo‘lib, ichki muammolarni hal qilish bilan mashg‘ul bo‘lishdi, ko‘pchilik kutgan chempionlik raqobati yuzaga kelmadi. Ikkinchidan, Antonio Konte, Yurgen Klopp kabi yangi, «rokn-rollchi avlod» vakillari paydo bo‘ldiki, ularning fonida Pep va Joze salobatli, jiddiy va eski davr murabbiylariga o‘xshab qoldi. Xuddi urishish yarashmaydigandek. Ammo baribir asosiy sabab sifatida, turnirdagi raqobatni aytish mumkin. Gvardiola o‘zining ikkinchi mavsumida o‘z jamoasini qurishga ulgurdi va Angliyada ularga teng keladigan jamoa topilmayapti. Joze esa, «MYu»da o‘z muammolari bilan shu qadar o‘ralashib qoldiki, iki marta iste'fo yoqasiga borib keldi. Endi yetti yil oldingi holat unutilgan, Pepni taxtdan ag‘daradigan yagona nomzod sifatija Joze va uning futboli emas, Yurgen Klopp tilga olinmoqda. Hatto Pepni maydonda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchratgan murabbiy ham endi Mourino emas, aynan Kloppdir. Pep va Joze qarama qarshiligi faqat derbida, futbolchilar bir-birlariga qarshi maydonda tiziladigan kunda esga olinmoqda xolos. Ha, bugun shunday kun. Mourino va Gvardiolaning barcha o‘zaro bahslari 1. «INTeR» - «BARSeLONA» - 0:0 (2009 yil, oktabr, YeChL guruh bosqichi) 2. «BARSeLONA» - «INTeR» - 2:0 (2009 yil, noyabr, YeChL guruh bosqichi) 3. «INTeR» - «BARSeLONA» - 3:1 (2010 yil, aprel, YeChL, yarim final) 4. «BARSeLONA» - «INTeR» - 1:0 (2010 yil, aprel, YeChL, yarim final) 5. «BARSeLONA» - «ReAL» - 5:0 (2010 yil, noyabr, La Liga) 6. «ReAL» - «BARSeLONA» - 1:1 (2011 yil, aprel, La Liga) 7. «BARSeLONA» - «ReAL» - 0:1 (2011 yil, aprel, Ispaniya kubogi finali) 8. «ReAL» - «BARSeLONA» - 0:2 (2011 yil, aprel, YeChL, yarim final) 9. «BARSeLONA» - «ReAL» - 1:1 (2011 yil, aprel, YeChL, yarim final) 10. «ReAL» - «BARSeLONA» - 2:2 (2011 yil, avgust, Ispaniya Superkubogi) 11. «BARSeLONA» - «ReAL» - 3:2 (2011 yil, avgust, Ispaniya Superkubogi) 12. «ReAL» - «BARSeLONA» - 1:3 (2011 yil, dekabr, La Liga) 13. «ReAL» - «BARSeLONA» - 1:2 (2012 yil, yanvar, Ispaniya kubogi, chorak final) 14. «BARSeLONA» - «ReAL» - 2:2 (2012 yil, yanvar, Ispaniya kubogi, chorak final) 15. «BARSeLONA» - «ReAL» - 1:2 (2012 yil, aprel, La Liga) 16. «BAVARIYa» - «CheLSI» - 2-2 (2013 yil, avgust, Yevropa Superkubogi) 17. «MANCheSTeR YuNAYTeD» - «MANCheSTeR SITI» - 1:2 (2016 yil, sentabr, APL) 18. «MANCheSTeR YuNAYTeD» - «MANCheSTeR SITI» - 1:0 (2016 yil, oktabr, Angliya Liga kubogi) 19. «MANCheSTeR SITI» - «MANCheSTeR YuNAYTeD» - 0:0 (2017 yil, aprel, APL) 20. «MANCheSTeR YuNAYTeD» - «MANCheSTeR SITI» - 1:2 (2017 yil, dekabr, APL) 21. «MANCheSTeR SITI» - «MANCheSTeR YuNAYTeD» - 2:3 (2018 yil, aprel, APL) Hammasi bo‘lib 21 uchrashuv. Bundan 9 o‘yinda Pep Gvardiola, 5 o‘yinda Mourino g‘alaba qozongan. 7 o‘yin durang natija bilan tugagan. Murabbiylarning bugungi jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarda tenglik hukm surmoqda: 5 o‘yin, 2tadan g‘alaba va mag‘lubiyat, bir durang. To‘plar nisbati - 6-6. Oltinchi o‘yin bugun, Toshkent vaqti bilan 21:30da, «Manchester Siti» maydoni bo‘lmish «Etihad Stadium»da bo‘lib o‘tadi. Qahramon Aslanov tayyorladi
13Sport
Toshkent aeroportining 4-terminali qurilishi vaqtincha to‘xtatildi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (ishchi) aviatsiyasi zamonaviy aeroport majmuasini qurish" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi. Hujjatda qayd etilishicha, qaror mamlakatda jahon standartlari asosida aeroport infratuzilmasini rivojlantirish, fuqarolik avitsiyasi parvozlari uchun sharoitlarni takomillashtirish, shuningdek xorij delegatsiyalarini yuqori darajada kutib olish va kuzatishni tashkil etish maqsadida qabul qilindi. Qarorda keltirilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti fuqarolik avitsiyasi parvozlarini istiqbolli rivojlantirish, xorij delegatsiyalarini oliy darajada kutib olish va kuzatish uchun cheklangan imkoniyatlarga ega. Hujjatdan ma’lum bo‘layaptiki, «Toshkent shahar aeroportining yangi xalqaro yo‘lovchi terminalini (Toshkent-4) qurish» loyihasi vaqtincha to‘xtatib turiladi. Bunga sabab sifatida uning shahar chetida joylashgani turar va noturar joylarni buzish, Qorasuv kanali qismini o‘zgartirish, aholini ko‘chirishni talab qilishi, bu esa qurilish ishlari o‘tkazilayotgan hududda yashovchi aholining noroziliklarini keltirib chiqargani aytildi. «Toshkent-Sharqiy» aerodromidagi harbiy-transport aviatsiyasi qayta dislokatsiya qilinadi.
4Iqtisodiyot
Superligada iyul oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Lokomotiv» hujumchisi Marat Bikmayevni iyul oyining eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 6 o‘yinda 5 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylangan Marat Bikmayev 1-o‘rinni band etdi. Ushbu futbolchi Superliga klublari va murabbiylari tomonidan eng ko‘p ovoz berilgan nomzodga aylandi. Muxlislar so‘rovnomasida esa Bikmayev uchinchi bo‘ldi. Umumiy ballar sarhisobiga ko‘ra esa baribir Bikmayevga yetadigan raqobatchi topilmadi. Ikkinchi pog‘ona esa Tiago Bezerraga nasib etdi. Bezerra muxlislar o‘rtasidagi ovoz berishda g‘olib bo‘ldi. Lekin murabbiylar va sardorlarning aksariyati bu futbolchini 2-o‘ringa loyiq topishdi. 3-o‘rindan esa Javlon Ibrohimov joy oldi. Yakunda “Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmayev 49 ochko bilan eng ko‘p ovoz yig‘di. Superliga murabbiylari va sardorlaridan 12 nafari Bikmayevni 1-o‘ringa loyiq topishdi. Muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada eng ko‘p ovoz olgan Tiago Bezerra esa yakunda jami 34 ochko jamg‘ardi. Uchinchi pog‘onani 24 ochko bilan Javlon Ibrohimov band etdi. Muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada qo‘qonlik ishqibozlar ancha dadillik ko‘rsatishdi. Zero himoyachi bo‘lishiga qaramay 11 metrli nuqtadan adashmay zarbalar yo‘llayotgan Murod Xolmuhammedov ishqibozlar o‘rtasidagi so‘rovnomada 2-o‘rinni egalladi va qo‘shimcha 4 ochkoga ega bo‘ldi. Biroq bu unga yakuniy jadvalda 3-o‘rinni egallash uchun yetarli bo‘lmadi.
13Sport
Texnopark kompaniyasi suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda Texnopark kompaniyasi elektron suv hisoblagichlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Loyiha 25-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidentiga taqdimoti o‘tkazilgan sanoat va logistika sohasidagi investitsion loyihalar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Bu haqda “Maxsus rakurs” ko‘rsatuviga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi. Suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha 77,7 milliard so‘mga baholanmoqda. Ushbu mablag‘larning 27,19 milliard so‘mini Texnopark ajratish niyatida, qolgan 50,51 milliard so‘mni esa xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari orqali jalb etish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish ishlari apreldan boshlanishi va 10 oy davom etishi mumkin. Ta’sischisi Toshkent shahar hokimligi bo‘lgan Texnopark hozirda qator sanoat loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2020-yil boshidan buyon kompaniya “aqlli” gaz hisoblagichlarni Osten tovar belgisi ostida ishlab chiqaryapti. Loyihaga ko‘ra, 2021-yilning iyuliga qadar 5,28 trillion so‘mlik gaz 3,54 million dona elektron gaz hisoblagichlarni yetkazib berishni nazarda tutadi. “Intellektual mulk” axborot-qidiruv tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, Osten tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Artel Engineering and Management va J-United Group (yagona ta’sischisi — Jahongir Ortiqxo‘jayev) kompaniyalari ariza bergan. Shuningdek, Texnopark kir yuvish mashinalari, furnitura va anjomlar, sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari, elektr suv nasoslari, suv isitgichlari, maishiy muzlatgichlar, liftlar, eskalatorlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Eslatib o‘tamiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi lift xizmatlarini amalga oshirish imtiyozini faqat Texnopark korxonasiga berilishiga qarshi chiqqandi.  Ta’sischisi Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘lgan kompaniya Namangandagi logistika markazini kengaytirish bilan shug‘ullanadi
8O‘zbekiston
OAV: Hindistonda avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi Hindistonning janubida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 18 nafarga yaqini tan jarohat oldi. Bu haqda mahalliy OAV bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda. Ma’lum qilinishicha, Tamilnad shtatidagi Velankanni shahridan Kerala shtatidagi Tiruvanantapuram shahriga sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yo‘l ajratuvchi to‘siqqa urilgan va chetdagi ariqqa chiqib ketib, ag‘darilgan. Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar bola ham borligi ta’kidlanmoqda. Taxminlarga ko‘ra, avariya avtobusni boshqarib ketayotgan haydovchi uxlab qolganligi sababli sodir bo‘lgan.
2Dunyo
Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur va Moskva viloyatlarida O`zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilinadi.  Fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtiriladi. Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.  Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi. Ishga qabul qilayotgan korxonalar "StroyKraft", "Pik-Industriya", "Velesstroy", "Almis Integral", "Monotek stroy", "SENKI". Tanlovlar vaqti va hududlar: 27 yanvar: Manzil: Urganch shahri, Baynalmilalchi ko`chasi 6-uy.   Mo`ljal: Monomarkaz binosi. Tel:. 62 229-19-96. Manzil: Narpay ko`chasi 7-B uy, "Ishga marhamat" monomarkazi, Mo`ljal: Kimyogarlar qo`rg`oni Tel:. 66 233-24-00, 66 233-53-00.    28 yanvar: Manzil: Nukus shahri, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi, Utepova ko`chasi r/u.   Mo`ljal: "Istiqlol  bog`i" (Kvadrat park). Tel:. 55 102-53-32, 55 102-53-34. Manzil: Uzun va Denov tumanlari ABKM.   Tel:. 76 222-45-22, 99 555-52-82, 97 225-77-71.
5Jamiyat
«Cheklovlar ko‘pincha «orqasi»da hech kimi yo‘q, oddiy fuqarolar uchun ishlatildi» — deputat karantin choralari kuchaytirilishi haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev karantin choralarining kuchaytirilishi, ommaviy bayram tadbirlari to‘xtatilgani, to‘y va marosimlar 50 kishidan ortiq holatda ruxsat berilmasligi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, karantin bo‘yicha qo‘shimcha cheklovlarning zaif tomoni shundaki, bu amalda katta natija bermay, aksincha, aholining hukumat va huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan noroziligini oshirishi mumkin. «Chunki birinchidan, bunga amalda rioya etilishini to‘liq nazorat qilish mexanizmi yo‘q. Sababi amalda biz «zo‘r"lar to‘y va ma’raka o‘tkazishda odam soni cheklanishiga rioya qilmaganligiga ko‘p guvoh bo‘ldik. Cheklovlar ko‘pincha «orqasi»da hech kimi yo‘q, oddiy fuqarolar uchun ishlatildi», — deydi Rasul Kusherbayev. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu joylarda karantin koidalarini cheklab o‘tib ishlash istagida bo‘lganlar va nazoratchilar o‘rtasida korrupsion holatlarni oshirishi mumkin. Chunki soliq, kredit va boshqa majburiy to‘lovlar cho‘zilsa ham, biroq to‘liq bekor qilinmadi. «Uchinchidan, karantin qoidalari bekor qilinmagan bir vaqtda joylarda minglab odamlarni to‘plab o‘tkazilgan konsert tomoshalari misolida karantin qoidalariga rioya etishda ikkiyuzlamachilik ishining yuksak cho‘qqisi ko‘rindi: senga mumkinmas, bizga mumkin», — deya kinoya qildi deputat. Rasul Kusherbayevning fikricha, cheklov haqida gap ketganda, odam soniga qaramay yo to‘liq cheklash yoki to‘liq ruxsat berish lozim, shu jumladan to‘y va oilaviy tadbirlarga ham. «Bo‘lmasa, bu cheklovlar ham „kimdir to‘y o‘tkazib olishi uchun“, degan fikr paydo qiladi», — deya qo‘shimcha qiladi u. «Keyin kasallikka qarshi ommaviy emlashni ham ixtiyoriylikdan majburiylikka o‘tkazish kerak, vassalom. Shunda kutilgan natijaga tezroq erishiladi», — deb yozadi deputat o‘zining Telegram-kanalida. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda tashkil etishga ruxsat berildi. Avvalroq, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov aholini COVID-19ga qarshi majburiy emlash g‘oyasini to‘g‘ri deb hisoblashi haqida xabar berilgan edi.
5Jamiyat
Trampning saylanishini bashorat qilgan professor uning impichmenti haqida gapirdi Amerika universiteti professori tarixchi Allan Lixtman AQShning amaldagi rahbariga qachon impichment e'lon qilinishi mumkinligini taxmin qildi. U Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lishini ham bashorat qilgandi, deb xabar bermoqda RT. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh senatiga 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlardan avval Trampni hech kim iste'foga chiqara olmaydi. «Respublikachilarning ko‘plari unga qarshi chiqishi mumkin. Hamda impichment jarayonining tashabbusiga yetarli ovozlarni to‘plash uchun demokratlar bilan taxminan 25 kishi birlashishi lozim bo‘ladi (ya'ni vakillar palatasidagi barcha respublikachilarning taxminan 10 foizi). Ikkinchi holat (bu, albatta, ehtimoldan uzoq, biroq istisno etilmaydi): agarda demokratlar vakillar palatasida ko‘pchilikka aylanadigan bo‘lsa. O‘shanda, mening fikrimcha, bu tashabbusni ilgari surish juda tez amalga oshadi – 2019 yilning boshida palata chaqirilganda», - deya ma'lum qildi u. O‘tgan yili Lixtman Trampning impichmenti haqida fikr bildirgandi. Ehtimoliy sabablar orasida Rossiya bilan aloqalar, hokimiyatni suiiste'mol qilish va huquqbuzarliklarga e'tibor bermaslik bor. Shuningdek ta'kidlanishicha, Tramp lavozimga kirishgunga qadar amalga oshirgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.
2Dunyo
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida” 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy himoya chora-tadbirlari bilan qamrab olish ko‘lamlarini takomillashtirish va kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (keyingi o‘rinlarda mehnat migrantlari deb ataladi) ular Vatanga qaytib kelganidan keyin ishsiz va band bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va kasbiy ta’limning boshqa muassasalari, shu jumladan, nodavlat kasbiy ta’lim muassasalarining kasbga o‘qitish markazlarida, keyinchalik ishga joylashtirish uchun, shu jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi deb ataladi) mablag‘lari hisobiga grantlar berish yo‘li bilan talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha bepul kasbiy o‘qitish, qayta o‘qitish va ularning malakasini oshirishni nazarda tutuvchi mehnat, ijtimoiy va psixologik qayta integratsiyalashuvida ko‘maklashish shakllarini kengaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: 2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ekaterinburg, Novosibirsk, Volgograd, Pyatigorsk (Rossiya Federatsiyasi), Istanbul (Turkiya), Nur Sulton (Qozog‘iston), Dubayda (Birlashgan Arab Amirliklari) Agentlik mablag‘lari hisobiga vakolatxonalarini ochish, keyinchalik mablag‘larni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqlari va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi deb ataladi) mablag‘lari hisobiga qoplash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar; 2021-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlari ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan Rossiya organlari va tashkilotlarining filiallarini (front-ofislarini) ochish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi mintaqalari (Tatariston Respublikasi, Primorye o‘lkasi, Sankt-Peterburg shahri, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Rostov, Leningrad va Sverdlovsk viloyatlari, shuningdek, Ural federal okrugining Xanti-Mansisk va Yamal-Nenets avtonom okruglari) bilan muzokaralar o‘tkazsinlar; Rossiya Federatsiyasining Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi migratsiya markazlari vakolatxonalari negizida, shu jumladan, bepul foydalanish huquqi bilan binolar va xonalarni berish yo‘li bilan Rossiyada ishga joylashishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari ko‘rsatuvchi mehnat migrantlarini viza, hujjatlar bilan qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilishiga ko‘maklashsinlar; mehnat migrantlarining murojaatlari bo‘yicha, ayniqsa mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, chet eldagi mehnat faoliyati davrida mehnat layoqati yo‘qotilishiga olib kelgan shikastlangan yoki og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarni tashish, hamrohliq qiladigan shaxslarning transport xarajatlarini moliyalashtirish, Agentlik vakolatxonalari bilan O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari o‘rtasidagi funksiyalarni aniq chegaralash masalalarini kechiktirmasdan va jadal ko‘rib chiqish va hal etishni nazarda tutuvchi Agentlikning Chet eldagi vakolatxonalari reglamentini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 3. “Uzbekistan Airways” AJga O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari yoki Agentlikning buyurtmanomalari bo‘yicha mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarni bepul asosda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish tavsiya qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarni olib kelish zarur bo‘lgan mintaqalardan (aeroportlardan) “Uzbekistan Airways” AJning yo‘nalishlari mavjud bo‘lmagan taqdirda transport xarajatlari Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Agentlik huzuridagi ixtisoslashtirilgan kassalarda xorijiy aviatsiya, temir yo‘l va avtomobilda yo‘lovchilar tashuvchilarning chiptalari sotilishiga yo‘l qo‘yiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yo‘naltirish markazlari (keyingi o‘rinlarda ketishdan oldin kasbga yo‘naltirish markazlari deb ataladi) tashkil etsin. Belgilansinki: ketishdan oldin kasbga yo‘naltirish markazlarida shu jumladan, ishsizlar va ish bilan band bo‘lmagan shaxslarni kasbga o‘qitish markazlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqarolarni xorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar va chet tillari bo‘yicha qisqa muddatli o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish, shuningdek, professional kompetensiyasini test sinovdan o‘tkazish va tasdiqlash amalga oshiriladi; ketishdan oldin kasbga yo‘naltirish markazlari faoliyatini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Agentlik shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida professional o‘quv markazlari, tarmoq uyushmalari, yirik ish beruvchilar va boshqa muassasalar sirasidan xorijiy yoki mahalliy sheriklarni jalb etishga haqlidir; Agentlik yoki xususiy bandlik agentliklari tomonidan tashkiliy mehnat migratsiyasi yo‘li bo‘yicha chet elda ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni kasbga o‘qitish uchun ketishdan oldin kasbga yo‘naltirish markazlarida yoki kasbiy ta’limning boshqa muassasalarida, shuningdek, davlat muassasalarida kasbga o‘qitish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda 4 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratiladi; fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yo‘naltirish markazlarida yoki kasbiy ta’limning boshqa muassasalarida kasbga o‘qitish xorijiy ish beruvchilar yoki xorijiy davlatlarning mehnat bozorida vositachilik faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. 6. Agentlik ikki oy muddatda: Agentlikning rasmiy veb-saytida migratsiya va mehnat haqidagi qonunlar buzilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mehnat migrantlarini ular turgan mamlakatlarda huquqiy himoya qilish xizmatlari ko‘rsatishga ochiq tanlovni joylashtirish uchun elektron maydonchalar tashkil etish; tanlov yakunlari bo‘yicha migratsiya va mehnat haqidagi qonunlar buzilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish xizmatlarini ko‘rsatishga bo‘lish mamlakatlarining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bilan, ular xizmatlari qiymati Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga haq to‘langan holda bitimlar tuzish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida mehnat migrantlarining sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosani, shuningdek, sug‘urta polislarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida bitim loyihalarini tayyorlasinlar va Rossiya tomonidan ko‘rib chiqish uchun diplomatik kanallar bo‘yicha yuborsinlar. 8. “O‘zagrosug‘urta” AJ va “Kafolat” sug‘urta kompaniyasi” AJga hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan ixtisosli shu’ba tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqish va joriy etish tavsiya qilinsin: a) mehnat migrantlari uchun imtiyozli tariflar bo‘yicha: ishga joylashishga patent va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi rad etilishi tavakkalchiligini sug‘urta qilishni; xorijda ishga joylashish bo‘yicha transport xarajatlari va boshqa xarajatlarni to‘lash uchun berilgan kreditlar qaytarilmasligi tavakkalchiligini sug‘urta qilishni; mehnat migrantlariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi berish va sug‘urta qoplamasini to‘lashni yoki sug‘urta polisi shartlariga muvofiq mehnat migrantlari vaqtincha bo‘lgan mamlakatdagi assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi xorijiy sug‘urta kompaniyalari tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etishni nazarda tutuvchi yangi sug‘urta mahsulotlarini; b) sug‘urta qoplamasini sug‘urta badali to‘langan valyutada to‘lashni, sug‘urta qoplamasi miqdori sug‘urta hodisasiga qarab quyidagi hollarda mehnat migrantlarining hayotini ixtiyoriy uzoq muddatli sug‘urta qilish mexanizmlarini: sug‘urta summasi miqdoriga teng bo‘lganda ― sug‘urta qilingan shaxs vafot etgan yoki u mehnatga layoqatini yo‘qotgan taqdirda (I va II guruh nogironlik); sug‘urta summasi miqdoriga va sug‘urta tashkilotining investitsiya daromadidagi ulushga teng bo‘lganda ― sug‘urta qilingan shaxs belgilangan yoshga yetganda. Bunda yo‘naltirilayotgan pul mablag‘larining kamida 30 foizi sug‘urta mukofotini to‘lashga o‘tkazilgan va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq sug‘urta davri 12 oydan ortiqni tashkil etganda, sug‘urta tashkilotlari joriy pul o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplaydilar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: xorijiy davlatlardagi o‘zbek diasporasini mehnat migrantlarini chet elda ishga joylashtirish muammolarini hal etishga va ularning mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilashga faol jalb etish maqsadida ular bilan yanada yaqinroq hamkorlik o‘rnatish; vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolar orasida yuqori talabga ega bo‘lgan xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Agentlik va xususiy bandlik agentliklarining viza buyurtmanomalarini jadal ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha konsullik xizmatlari ko‘rsatilishi imkoniyati masalalarini ishlab chiqsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda mehnat migrantlari ko‘p jamlangan xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning yetakchi san’at ustalari ishtirokida muntazam ravishda konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, mavzuli kechalar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Xalqaro konvensiyaga, shuningdek, ushbu sohadagi boshqa xalqaro shartnomalarga qo‘shilish (ratifikatsiya qilish)ning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamentining mudiri hamda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Qudbiyev zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
JSST koronavirus haqida Xitoydan ma’lumot olishda qiyinchiliklarga duch kelgani ma’lum bo‘ldi Koronavirus epidemiyasi boshlangan vaqtda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xodimlari Xitoydan kasallik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda tashkilotning ichki hujjatlari, elektron xabarlari va intervyulariga tayanib Associated Press xabar qildi. Unga ko‘ra, JSSTning Xitoydagi vakili Goden Galea ichki yig‘ilishlardan birida koronavirus haqidagi ma’lumotlarni Xitoy mamlakatning CCTV telekanaliga chiqishidan 15 daqiqa oldin berayotganini aytib o‘tgan. Tashkilot juda kam ma’lumotga egaligi haqida epidemiolog Mariya van Kerxov ham JSSTning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ta’kidlagan. Shuningdek, qayd etilishicha, JSST xodimlari koronavirus haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Xitoy hukumatini oshkora maqtashlariga to‘g‘ri kelgan. Ko‘p o‘tmay, yanvar oyining ikkinchi haftasida JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Maykl Rayan 2002-yilgi SARS epidemiyasi takrorlanishining oldini olish uchun Xitoyga ko‘proq bosim o‘tkazishni taklif qilgan. “Xuddi shunday ssenariy, nima bo‘layotgani haqida Xitoydan xabarlar olish uchun cheksiz urinishlar”, deya uning so‘zlarini keltirmoqda agentlik. Bundan tashqari, xabarda aytilishicha, hukumatning bir necha laboratoriyalari “rasshifrovka” qilganidan keyin ham Xitoy JSSTga koronavirus genomi haqidagi ma’lumotlarni berishga shoshilmagan. Ayni paytda kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda bo‘lib, mamlakatda koronavirus 1,8 million kishida qayd etilgan. AQSh prezidenti tashkilot o‘zining asosiy vazifasini yaxshi bajara olmaganlikda JSSTni bir necha bor ayblagandi. 15-aprelda Tramp JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatishini e’lon qilgandi. 17-may kuni tashkilotni moliyalashtirish qisman tiklanishi mumkinligini bildirgan. 29-mayda esa AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan munosabatlarni to‘xtatdi. Xitoy koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha tekshiruvga JSSTni taklif qilmadi
2Dunyo
O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yindan oldin Kanada termasi Ozarbayjon bilan durang o‘ynadi Bugun, 4-iyun kuni JCh—2018 turniri 3-saralash bahsiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Avstriyaga jo‘nab ketadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7-iyun kuni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv oldidan Kanada termasi Ozarbayjon bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. O‘yinning 43-daqiqasida kanadaliklar hujumchisi Tesho Akindele hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqada Dmitriy Nazarov muvozanatni tikladi. Uchrashuvda boshqa gollar kiritilmadi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Kanadaga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida o‘zgarishlar yuzaga keldi. Jumladan, Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga taklif qilingan “Lokomotiv” a’zosi Sardor Mirzayev safarga chiqish bo‘yicha hujjatlardagi ayrim kamchiliklar tufayli Avstriyaga bora olmaydigan bo‘ldi. “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov viza olish jarayoni cho‘zilishi munosabati bilan Avstriyaga keyinroq uchadi. Shuningdek, “Paxtakor” yarim himoyachisi Azim Ahmedov jarohat olganligi sababli safardan qoldi va uning o‘rniga “Paxtakor”ning boshqa a’zosi Jamshid Iskanderov taklif etildi. Qayd etish kerakki, xorij milliy chempionatlarida to‘p surib, mavsumni yaqinda yakunlagan Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabab”, BAA), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar) kabi futbolchilarga kichik ta’til berilgandi. Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatai”, Xitoy) esa jarohatini da’volash bilan band. Eslatib o‘tamiz, 2-iyun kuni avval Qirg‘iziston, keyin Ekvatorial Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda Oliy Liga legionerlari termasiga qarshi bahs yuritdi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. O‘rtoqlik uchrashuvi Gollar: Akindele, 43 – Nazarov, 58 (penalti). Mavzuga oid:
13Sport
O‘zbekistonlik ikki sportchi Ozarbayjonda o‘tkazilgan Oltin Gran-Pri turniri sovrindori bo‘ldi Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha Oltin Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rashid Qurbonov (-74 kg) va Rustam Assakalov (-85 kg) sovrindorlar safidan o‘rin egalladi. Rashid Qurbonov erkin kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rustam Assakalov yunon-rum kurashchilari bellashuvida bronza medal bilan taqdirlandi.
13Sport
Rossiyada guruchni eksport qilishga taqiq qo`yilishi mumkin Rossiya Qishloq xo`jaligi vazirligi Rossiyadan guruch eksportini vaqtinchalik taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.  Qayd etilishicha, mamlakat departament tomonidan hukumatning tegishli qarori loyihasi tayyorlandi. Mazkur cheklov 1 iyuldan to 31 dekabrgacha joriy etish taklif qilinmoqda. Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ichki bozordagi barqarorlikni ta`minlash maqsadida 30 iyungacha EOII mamlakatlariga g`alla eksport qilishni taqiqlash to`g`risidagi qarorni imzolagandi.
2Dunyo
Qo‘shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Laylak tumanining Isfon shahrida davlat chegara xizmati xodimlari uchun qurilgan ko‘p kvartirali turar joy binosi ochilishida ishtirok etdi. Prezident chegarachilarni yangi uy bilan muborakbod etib, davlat ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga alohida e'tibor ajratayotganini ta'kidlab o‘tgan.  Jeenbekov qo‘shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerakligini, mavjud muammolarni esa muzokaralar yo‘li bilan hal qilish lozimligini ta'kidlab o‘tgan. “Mening tashriflarim davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro maqbul yechimlarga erishdik. Avval O‘zbekiston bilan chegaraning 85 foizi aniqlashtirib olingan. Biz bu yo‘nalishda muloqotni davom ettiramiz. Tojikiston bilan ham chegara masalalari bo‘yicha ijobiy yo‘nalishda muzokaralar davom etmoqda”, deb aytgan Qirg‘iziston prezidenti.   Prezident chegaraoldi hududlari aholisiga qiyinchilik va muammolarga qaramasdan, ular bu yerlarni tark etmasdan yashayotganlari va vatan ravnaqi uchun mehnat qilayotganlari uchun minnatdorlik bildirgan.  Jeenbekov kunu-tun, issiq-sovuqqa qaramay davlatni qo‘riqlayotgan chegarachilarga minnatdorlik bildirgan va ularga o‘z harbiy burchlarini vijdonan bajarishni tilab qolgan. Jeenbekov bolalar maydonchasi qurilishiga 200 ming somlik sertifikat topshirgan hamda yangi kvartiralarni ko‘zdan kechirib, uylarning yangi egalari bilan suhbatlashgan.
2Dunyo
Yerga oid qonunbuzilish holatlarining uchta sababi ma'lum qilindi O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev yerga oid qonun buzilish holatlariga olib kelgan omillarni sanab o‘tdi. «Birinchisi – bu sobiq ittifoq parchalanishi. Sobiq ittifoq parchalanganidan keyin yer tuzuvchi mutaxassislarning yo‘q bo‘lib ketganligi. Shtatlari qisqartirib tashlangan. Ilgari, sobiq ittifoq paytida kolxoz, sovxoz degani bo‘lardi, bitta kolxozda kamida bittadan yer tuzuvchisi bo‘lgan. Bitta tumanni oladigan bo‘lsak, nechta kolxoz, sovxozi bo‘lsa, shuncha yer tuzuvchilari bo‘lgan. Lekin nima bo‘ldi? Bitta tumanda bitta [yer tuzuvchi]ga tushib qoldi. U ham hammasida emas. Ikkinchisi – yerlarni tarqatish, yer ajratish jarayonlarining shaffof emasligi. Yer tender asosida berilardi. Tenderlar qanday tashkil etilardi? Uni ham juda yaxshi bilasizlar. Ochiqligi ta'minlanmagan. Yer olmoqchi bo‘lgan odam keladi, arizasini beradi, oylab kutadi. Palon vaqtda keling, piston vaqtda keling, hammasi yig‘ilmadi, keyingi oyga qoldirildi... Shunday qilib, olti oy, yetti oy, bir yilgacha cho‘zilardi. Eng yomoni – bir yilgacha cho‘zilib, keyin oxirida salbiy javob olardi. Uchinchi sababga kelsak, prezidentimizning juda ko‘p takrorlaydigan iboralari bor: qonun ustuvor, jazo muqarrar. Qonunchilikda belgilangan normalarimiz bor. Lekin o‘shani buzganlikka jazo muqarrarligini his etmaslik bu ham yerga oid qonun buzilishlariga olib keldi», – dedi Abdushukur Abdullayev. Qo‘mita raisi mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha so‘nggi 2-3 yilda qilingan ishlarga to‘xtaldi. Dastlab sohadagi kadrlar masalasi hal etilgani va respublikada 1034ta yer tuzuvchi shtatlari kiritilgani, avvalgi ko‘rsatkich deyarli 6 barobarga ko‘paytirilganini aytib o‘tdi. Shuningdek, yerlarni auksion orqali berish yo‘lga qo‘yilgani ta'kidlandi. «Yuqorida aytilgan noshaffof bo‘lgan jarayonlar endi ochildi. Shu oy yana bir qaror chiqdi. Auksionni o‘tkazish yana takomillashtirildi», – dedi Abdullayev 27 dekabr kuni matbuot anjumanida. Ma'lum qilinishicha, o‘tkazilgan monitoring natijasida joriy yilning 25 dekabr holatiga respublika bo‘yicha 4596ta holatda jami 1941 gektar yer maydoni yerdan foydalanuvchilar va fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, shundan 337 gektariga (17 foiz) uy-joy va boshqa qurilishlar qurib olinganligi va yerlardan samarasiz foydalanib kelayotganligi aniqlanib, bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli choralar belgilangan.
8O‘zbekiston
Yaponiya chempionatida ilk o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin Yaponiyaning «Jubilo Ivata» klubi Qarshining «Nasaf» jamoasi vakili Fozil Musayev bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Sports.uz. Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topgan. Agar Fozil Musayev dekabr oyi davomida tibbiy ko‘rikdan muammolarsiz o‘tib olsa, «Jubilo Ivata» klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ma'lumot uchun, «Jubilo Ivata» Yaponiya «Jyey» ligasining oxirgi mavsum birinchi bosqichida 17 uchrashuvdan keyin 23 ochko to‘plab, 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-bosqichda 13 ochko bilan 14-pog‘onanini band etgandi.
13Sport
Qoraqalpog‘istonda g‘isht zavodida ishlayotgan mahkumlarga 3 oylik maosh berilmagani aniqlandi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son manzil koloniyasiga monitoring qilish uchun tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Ombudsman matbuot xizmati. Monitoring davomida mahkumlarning yashash, ovqatlanish, yo‘qlov, banderollar va pul jo‘natmalarini olish hamda mehnat qilish sharoitlari o‘rganilgan. Ushbu muassasadagi yaratilgan shart-sharoitlar deyarli qoniqarli darajada ekanligi, mehnat qonunchiligiga zid ba’zi holatlar borligi aniqlangan. Xususan, muassasada jazo muddatini o‘tayotgan 100 dan ortiq mahkumlar Nukus tumanidagi g‘isht zavodida ishlayotgani, ammo 2021-yilning mart–may oylari uchun ularga oylik maosh berilmagani ma’lum bo‘lgan. Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili Zuhra Reymovaning aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlari to‘lab berilgan. Shuningdek, mintaqaviy vakil mahkumlar bilan suhbat davomida ularning huquq va majburiyatlari, ombudsmanga murojaat qilish tartibi va usullari haqida ma’lumot bergan.
8O‘zbekiston
Yaponiyada «Xagibis» to‘foni qurbonlari soni 14 nafargacha oshdi Yaponiyaga yopirilgan “Xagibis” to‘foni qurbonlari soni 14 nafargacha oshdi, yana 16 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi.  Jabrlanganlar 120 kishidan ko‘proqni tashkil qilmoqda.   TBS telekanali esa 22 kishi halok bo‘lgani, 150 ga yaqin kishi jarohatlanganini ma'lum qilgan.   “Xagibis” to‘foni 12 oktyabrda Yaponiyaning Xonsyu oroliga yopirildi. To‘fon markazidagi shamol tezligi 45 m/soniyagacha, poytaxt Tokioda esa 41 m/soniyagacha yetgan. Bunday shamol yuk mashinasi, daraxtlar va elektr ta'minoti ustunlarini ag‘darish uchun yetarli hisoblanadi. Mamlakatning 12 ta prefekturasi, jumladan Tokioda kuchli yomg‘irlar sababli xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilingan.     Kuchli shamollar sababli elektr uzatish liniyalarida ko‘plab uzilishlar yuz bergan. Ma'lum qilinishicha, 376 ming uy elektr energiyasiz qolgan.  11 mlnlik aholiga evakuatsiya qilinish tavsiya yoki e'lon qilingan.  Shuningdek, to‘fon sababli Tokio ko‘rfazida Panamaga qarashli kema cho‘kib ketgan. Uning bortida 12 kishi bo‘lgan, ulardan 3 nafarini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Ekipajning qolgan 9 a'zosi bedarak yo‘qolgan.
2Dunyo
Hakerlar zargarlik uyidan Tramp, Bekhem va Dubay amiri haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irladi Graff Diamonds mijozlari orasida siyosatchilar va futbolchilardan tashqari, Alek Bolduin va Tom Henks kabi Hollivud aktyorlari ham bor. Darknetda 11 ming mijozning ma'lumotlari e'lon qilingan. Hakerlarning ta'kidlashicha, bu o‘g‘irlangan fayllarning 1 foizinigina tashkil qiladi.   “Biz ma'lumotlari o‘g‘irlangan mijozlarni bu haqda ogohlantirdik va ularni tegishli choralarni ko‘rishga chaqirdik”, deb aytilgan zargarlik uyida. Kiberekspertlarning ta'kidlashicha, hakerlar yaqin orada ma'lumotlar uchun kriptovalutada yoki zeb-ziynat buyumlarida evaz puli talab qilishi mumkin.
2Dunyo
“Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo‘lmaydi…” Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asari haqida Amerika va butun dunyo adabiyotida o‘z o‘rniga ega, asarlari bilan millionlab o‘quvchilarini topgan Ernest Xemingueyning mashhur asari “Chol va dengiz” 1952-yil 1-sentabrda ilk marta nashr qilingan edi. “Daryo” sana munosabati bilan asar haqidagi qiziqarli faktlar haqida hikoya qiladi.  Amerikalik mashhur yozuvchi Ernest Xeminguey 1899-yil Amerikaning Illinoys shtatida shifokorlar oilasida tug‘ilgan. 1954-yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi ekani asarlarida jang maydonlarining bemisl suratlarini aks ettirishida poydevor vazifasini bajardi. Dastlabki hikoyalar kitobi — “Bizning zamonda”, “Quyosh chiqadi”, “Alvido, qurol!” (1929) romanlarida ham urush sahnalari  yorqin ifodalangan edi. Xeminguey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv o‘rnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga e’tibor qaratadi. Inson huquqlari yo‘lida, ozodlik kurashida yolg‘iz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi. Asarlari orasida “Chol va dengiz” qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirdi. Yozuvchi asos solgan XX asrning o‘ziga xos bo‘lgan qat’iy xolislikka asoslangan  uslubi keyinchalik Amerika yozuvchilari tomonidan yangi yo‘nalish sifatida qaraldi va qo‘llanildi. Ernest Heminguey mashhur “Chol va dengiz” asarini 1952-yilda Bagama orollarida 51 yoshida yozgan edi. Kasallik yozuvchi hayotiga xavf solib turganda ham ushbu asari orqali betakror obrazlarni yaratdi. Asar ikki oy ichida davomida tugallangan edi. Qahramonlar oddiy obrazlar orqali tasvirlangan bo‘lsa ham, zamirida hayot haqiqatining chizgilar bor. Demak, asar Xemingueyning umri oxirda yozilgan mashhur asari. Unda kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuni aytish kerakki, “Chol va dengiz” asarida, avvalo, inson hamisha suyanadigan ishonch tuyg‘usi va albatta, umid haqida so‘z boradi. Asar bosh qahramonida ham tajribasiga suyanib yashayotgan, ishonchini yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qilayotgan obrazni ko‘rishimiz mumkin. Asar kitob ko‘rinishida 1952-yil sentabrda 50 ming nusxada nashrdan chiqdi. 1953-yil may oyida Xeminguey Pulitser mukofotiga, 1954-yilda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shunday qilib roman yozuvchini dunyoga tanitdi. Asarning syujetiga biroz to‘xtalsak. Santyago ismli chol Kubadagi kichik baliqchi qishlog‘ida yashaydi. Va baliqchilik bilan shug‘ullanardi. U 84 kundan buyon dengizda qolib ketgan, ammo biror o‘ljaga ega bo‘lmagandi. Manolin – chol bilan birga baliq ovlagan bola. Ota-onasi cholni omadsiz sanagani uchun unga boshqa qayiqqa chiqishni buyurgan edi. Ammo bola Santyagoni juda yaxshi ko‘rardi. Xullas, bu gal chol omadiga ishonib dengizga yo‘l oladi. Dastlab, qahramonimiz  kichkina tunets balig‘ini ushlaydi. So‘ng esa juda katta baliq qarmoqqa ilinadi. Ulkan baliq qayiqni uzoqqa tortib keta boshlaydi. Chol uning yonida Manolin yo‘qligidan xafa bo‘ladi, bunday paytlarda bolaning yordami juda asqotardi. Shunday qilib, chol baliq bilan uzoq  “jang” qiladi. Umid va ishonch uni bir zumga bo‘lsa-da tark etmaydi. Santyagoga tashqi muvaffaqiyat yetishmasa ham, uning ishonch va umidi uni oldinga boshlayveradi. Asarda adib inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni, insoniyatning hamisha kurashuvchanligini ham tasvirlaydi. Qissa uning ana shu jihatlari yorqin ko‘zga tashlanadigan asarlaridan. Shunday kurash oldida borayotgan o‘quvchi beixtiyor asardagi muvaffaqiyatsizlikdan og‘rinmaydi, balki insonning oldinga bo‘lgan ishonchi uni ruhlantirib boraveradi. Roman 1952-yil 1-sentabrda Life jurnalida nashr etilgan edi. Ikki kun ichida jurnal besh million nusxada sotilishga muvaffaq bo‘lgan. Qissa atoqli olim va tarjimon Ibrohim G‘afurov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Quyida esa asardan keltirilgan iqtiboslar bilan tanishasiz. Zulxumor Orifjonova tayyorladi.
7Madaniyat
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabrda Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi. 30-avgustdan 7-sentabrga qadar FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy termasi bu vaqtda Toshkent va Stokgolmda yig‘in o‘tkazadi. O‘zbekiston mazkur yig‘in doirasida 5-sentabr kuni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadi. Uchrashuv Stokgolmdagi “Friends” stadionida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes bosh murabbiy bo‘lishi haqida ma’lum qilingandi. Shu tariqa Katanes boshqaruvidagi ilk o‘yin nomdor raqibga qarshi bo‘lib o‘tadi. Shvetsiya terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasida 2-sentabr kuni Ispaniyaga qarshi, 8-sentabrda Gretsiyaga qarshi o‘ynaydi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan va Qatarda o‘tkaziladigan mundialning hal qiluvchi saralash bosqichidan quruq qolgandi. Shundan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov va terma jamoalar markazi rahbari Aziz Haydarov ishdan ketgandi.
13Sport
Turkiya Asad rejimini harbiy jinoyatlarda aybladi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Bashar Asad rahbarligidagi Suriya hukumatini harbiy jinoyatlar sodir etishda aybladi. Bu haqda vazirlik saytida bildirilgan. "Biz keyingi kunlarda Suriyadagi tuzum hamda bu tuzum tarafdorlari tomonidan Halab va atrof hududlar bombardimon qilinishi, natijada 300dan ortiq kishi halok bo‘lib, minglab kishilar jarohatlanishini qattiq qoralaymiz", deyilgan xabarda. Turkiya TIV tomonidan ta'kidlanishicha, Asad rejimi o‘z xalqini "shafqatsizlik bilan o‘ldirmoqda". Suriyaning hozirgi hukumati va tarafdorlari mamlakatdagi mavjud barqarorlikni hal qilish uchun siyosiy yo‘ldan yurish niyatida emasligi qayd etib o‘tilgan. "Bu harakatlar nafaqat harbiy jinoyatlardir, balki bu insoniylikka qarshi jinoyat hamda xalqaro huquq tartiblariga zid hamdir", deya qo‘shimcha qilingan Turkiya TIV xabarida. Bundan oldinroq, BMTning Suriya masalasi bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Suriya armiyasi Halabga yurish boshlaganidan buyon o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi.
2Dunyo
Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-maydagi 391-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: Namunaviy shtatlar “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga, Ichki ishlar vazirligi idoraviy akademik litseylariga, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey, yuridik texnikumlarga, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablariga, olimpiya zaxiralari kollejlariga nisbatan tatbiq etilmaydi; mazkur Namunaviy shtatlar akademik litsey va kasb-hunar maktablari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, kollej va texnikumlar uchun tegishli vazirlik, idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan joriy qilinadi; Namunaviy shtatlar joriy qilinishi munosabati bilan boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv yordamchi xodimlar sonining qisqarishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi; ayrim akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarning shtatlar jadvallarini tuzishda, ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Namunaviy shtatlarda ko‘zda tutilmagan lavozimlar va xodimlar soni belgilanishi mumkin. 3. Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarning direktorlari shtat jadvallarini tasdiqlangan Namunaviy shtat me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda moslashtirishini ta’minlasin. 4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida nazarda tutilmagan akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar (bundan buyon matnda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining alohida lavozimlari mazkur Me’yorlarga muvofiq kiritiladi. 1. Ta’lim muassasalari xodimlarining soni moliya yilining birinchi sanasi holatidagi kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar kontingentidan kelib chiqib, sirtqi ta’lim o‘quvchilari uchun — 0,4 koeffitsiyentni qo‘llagan holda, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga muvofiq aniqlanadi. Akademik litsey va kasb-hunar maktablarida o‘quvchilar kontingenti 1 051 nafardan ziyod bo‘lganda xodimlar soni tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik yoki idora tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalari uchun), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Kollej va texnikumlarda o‘quvchilar kontingenti 1 051 nafardan ziyod bo‘lganda xodimlar soni bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda belgilanadi. 2. Ta’lim muassasalarida, ulardagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, psixolog lavozim birligi quyidagicha belgilanadi: jami o‘quvchilar soni 250 nafargacha — 1,0 birlik; jami o‘quvchilar soni 250 nafardan 800 nafargacha — 1,5 birlik; jami o‘quvchilar soni 800 nafardan 1600 nafargacha — 2,0 birlik; jami o‘quvchilar soni 1 600 nafardan 3000 nafargacha — 2,5 birlik; jami o‘quvchilar soni 3 000 nafar va undan ortiq bo‘lsa — 3,0 birlik. 3. Ta’lim muassasasining o‘quv rejasida o‘quv-laboratoriya amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish uchun jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonasi mavjud bo‘lsa, har bir o‘quv-laboratoriya xonasi uchun 1,0 birlik laborant lavozimi kiritiladi. 4. Yuriskonsult lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq belgilanadi. 5. Ta’lim muassasasining garderob xonasidagi mavjud 250 ta va undan ortiq jihozlangan kiyim saqlash joylari uchun — 1,0 birlik garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi mavsumiy 5 oyga kiritiladi. 6. Hovli supuruvchi lavozimi ta’lim muassasaning qoplama to‘shalgan har 2 500 kv. metr maydoni uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda (0,5 birlikdan kam bo‘lmagan holda) kiritiladi. 7. Ta’lim muassasasining mevali bog‘, gulzor va ko‘kalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2,0 ga gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga maydon uchun — 1,0 birlik bog‘bon lavozimi kiritiladi (ta’lim muassasasining ijaraga bergan maydoni bundan mustasno). 8. Ta’lim muassasasini kecha-kunduz qo‘riqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir kirish darvozasi postiga 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda ta’lim muassasasi hududidan tashqarida joylashgan binolarning ham har bir darvoza posti uchun alohida 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. 9. Bino, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi: elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (ta’lim muassasasi balansida bo‘lgan ko‘cha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, yoritish nuqtalari 700 dan ortiq bo‘lsa, 1,0 birlik; chilangar lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2 800 kv.m maydon uchun — 1,0 birlik (biroq, 2,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda); duradgor lavozimi — ta’lim muassasasi binosining foydalaniladigan 3 500 kv.m va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik (biroq, 1,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda) kiritiladi. Muassasa balansidagi binolarning ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi. 10. Binolarning ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yo‘laklar, zinapoyalar, faollar zali va sport zali hamda o‘quv-auditoriya (yotoqxonaning o‘quvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 700 kv. m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi. 11. Uy-joy kommunal xo‘jalik tizimiga o‘tkazilmagan ta’lim muassasalarida isitish mavsumida (5 oy) o‘t yoquvchi lavozimi: lokal isitish tizimida ko‘mir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilg‘isi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qat’i nazar) har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan; alohida kichik qozonlari bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha bo‘lsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq bo‘lsa — 2,0 birlikdan; alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha bo‘lsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq bo‘lsa — 2,0 birlikdan (bunda har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi); isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 dona pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 dona pech uchun qo‘shimcha 0,5 birlikdan (biroq, 0,5 birlikdan kam bo‘lmagan holda) kiritiladi. 12. Ta’lim muassasasida 1,0 birlik muassasa binosiga kompleks xizmat ko‘rsatuvchi va binolarni joriy ta’mirlash ishchisi lavozimi doimiy kiritiladi. 13. Tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda, ta’lim muassasasi yotoqxonasida yashovchi o‘quvchilar 75 nafargacha bo‘lganda — 1,0 birlik, keyingi har 100 nafar o‘quvchi uchun qo‘shimcha 1,0 birlik hisobidan kiritiladi. 14. Xo‘jalik bekasi lavozimi ta’lim muassasasi yotoqxonasida yashovchi o‘quvchilar soni 100 nafar va undan ortiq bo‘lganda, 1,0 birlik kiritiladi. 15. Liftchi lavozimi bir binoda joylashgan va foydalanilayotgan har bir lift yoki liftlar guruhiga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlik (biroq 2,5 o‘rin almashish ish vaqtidan ortiq bo‘lmagan holda) kiritiladi. 16. Ta’lim muassasasining har bir alohida joylashgan yotoqxonasida yashovchi o‘quvchilar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lsa, ularning har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlik (biroq 4,0 o‘rin almashish ish vaqtidan ortiq bo‘lmagan holda) yotoqxona navbatchisi lavozimi kiritiladi. 17. Ta’lim muassasasi balansida mavjud, o‘quv mashqiga mo‘ljallanmagan soz holatdagi har bir avtotransport vositasi uchun — 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi. Bunda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan avtotransport vositasi uchun haydovchi lavozimi mos ravishda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanadi. 18. Ta’lim muassasasi o‘quvchilarining turli xil tadbirlarda xavfsiz qatnashishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport (avtobus, mikroavtobus) vositasi mavjud bo‘lsa, 1,0 birlik avtobus haydovchisi lavozimi kiritiladi. 19. Chet tili chuqurlashtirilib o‘qitiladigan akademik litseylarda 1,0 birlik chet tillari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. 20. Yangi tashkil etilayotgan (mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgan) ta’lim muassasalarida direktor — 1,0 birlik, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — 0,5 birlik, direktorning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — 0,5 birlik, xo‘jalik mudiri — 0,5 birlik, bosh buxgalter — 0,5 birlik, kadrlar bo‘yicha inspektor — 0,5 birlik, katta usta — 0,5 birlik, qorovul va farrosh lavozimlari o‘quv yili boshlangunga qadar (biroq, 6 oydan oshmagan holda) kiritilishi mumkin. O‘quvchilari mavjud bo‘lmagan ta’lim muassasalarida, direktor lavozimi — 1,0 birlik, bosh buxgalter lavozimi — 0,5 birlik va qorovul lavozimi ta’lim muassasasi faoliyatini boshlagunga qadar kiritiladi. 21. Akademik litseylarda o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari turli yo‘nalishdagi to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etiladigan bo‘lsa, har bir to‘garakda 26 nafar va undan ortiq o‘quvchilar uchun — 1,0 birlik to‘garak rahbari lavozimi (biroq 3,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda) kiritiladi. 22. Ta’lim muassasasining amaliyot o‘taydigan har bir guruhi uchun — 1,0 birlik ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimi kiritiladi. 23. Ta’lim muassasasida amaliyot o‘taydigan o‘quvchilar soni 200 nafardan oshganda, 1,0 birlik katta usta lavozimi kiritiladi. 24. Ta’lim muassasasida o‘quv amaliyotida foydalanishga yaroqli jihozlangan ustaxonasi mavjud bo‘lsa, 1,0 birlik ustaxona mudiri lavozimi kiritiladi. 25. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda hisobga olingan ta’lim muassasalarining o‘quv mashqi uchun mo‘ljallangan har bir soz holatdagi avtotransport vositasi, shu jumladan ushbu maqsadda ijaraga olingan transport vositalari uchun yillik yuklamasi 1 500 soat hisobidan kelib chiqqan holda — 1,0 birlikdan avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi ustasi (avtotransport vositasini boshqarishni o‘rgatuvchi) lavozimi kiritiladi. 26. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni o‘tkazish hamda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda hisobga olingan ta’lim muassasasining o‘quv mashqi uchun mo‘ljallangan har bir soz holatdagi traktor (buldozer, kombayn va boshqa o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikasi), shu jumladan ushbu maqsadda ijaraga olingan mashq texnikasi uchun yillik yuklamasi 1 500 soat hisobidan kelib chiqqan holda — 1,0 birlikdan texnikani boshqarish bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimi (mashq texnikasini boshqarishni o‘rgatuvchi) kiritiladi. 27. Ta’lim muassasasida o‘quvchilarning amaliy va o‘quv mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan ta’lim jarayonida foydalaniladigan soz holatdagi transport vositalari va texnikalari (avtotransport vositalari, traktorlar, buldozer, kombaynlar) 10 ta va undan ortiq bo‘lsa, 1,0 birlik mexanik lavozimi kiritiladi. Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan ta’lim muassasalarida mexanik lavozimi bir vaqtning o‘zida garaj mudiri bo‘lib hisoblanadi. 28. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassis lavozimi kollej va texnikumlarda xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirilgan va hamkorlikda qo‘shma bo‘limlar (fakultetlar) belgilangan tartibda tashkil etilgan bo‘lsa, 1,0 birlik hisobida kiritiladi. 29. Ta’lim muassasasida o‘quvchilarning amaliy va o‘quv mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan ta’lim jarayonida foydalaniladigan soz holatdagi jihozlar (stanoklar, mashinalar, tikuv mashinalari, tibbiyot texnikalari) mavjud bo‘lganda 30 ta jihozga 1,0 birlik ta’mirlovchi-chilangar lavozimi kiritiladi. 30. Ta’lim muassasasi yotoqxonasida kutubxona shaxobchasi tashkil etilgan bo‘lsa 0,5 birlik kutubxonachi lavozimi qo‘shimcha kiritiladi. 31. Buxgalter (o‘quvchilarni ovqatlantirishni hisobga olish bo‘yicha) lavozimi o‘quvchilar uchun ovqatlanish tashkil etilgan akademik litsey va kasb-hunar maktablarida 1,0 birlikdan kiritiladi. 32. Kechki (smenali) ta’lim uchun o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha uslubchi lavozimi kechki (smenali) ta’lim tashkil etilgan ta’lim muassasalarida 1,0 birlik hisobida kiritiladi. 33. Ta’lim muassasasi hududida joylashgan tashqi hojatxonalarni tozalovchi farrosh lavozimi har biri alohida turuvchi 8 va undan ko‘p o‘rinli hojatxona uchun 1,0 birlik hisobida kiritiladi. 34. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i lavozimi ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim mavjud bo‘lgan hollarda quyidagicha kiritiladi: Sirtqi bo‘lim o‘quvchilari soni 300 nafargacha bo‘lganida — 0,5 birlik; Sirtqi bo‘lim o‘quvchilari soni 301 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1,0 birlik. 35. Sirtqi bo‘lim uslubchisi lavozimi ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim mavjud bo‘lgan hollarda quyidagicha kiritiladi: Sirtqi bo‘lim o‘quvchilari soni 300 nafargacha bo‘lganida — 0,5 birlik; Sirtqi bo‘lim o‘quvchilari soni 301 nafardan 750 nafargacha bo‘lganida — 1,0 birlik; Sirtqi bo‘lim o‘quvchilari soni 751 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 2,0 birlik. 36. Kechki (smenali) ta’limda masofadan turib o‘qitish uchun Masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘limi joriy etilishi mumkin. Bunda bo‘lim boshlig‘i va uslubchi lavozimlari: kechki (smenali) ta’limda o‘quvchilari soni 300 nafargacha bo‘lganida — 0,5 birlik; kechki (smenali) ta’limda o‘quvchilari soni 301 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1,0 birlik hisobida kiritiladi. 37. Ushbu Me’yorlar asosida tuziladigan shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilishda, unga ta’lim muassasalarining asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (o‘quvchilar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi, filiallar (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar) ta’lim muassasasi direktori va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi. 38. Ta’lim muassasasi shtat jadvalining Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mazkur Me’yorlarga muvofiq tuzilishi yuzasidan javobgarlik shaxsan ta’lim muassasasi direktori va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
10Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘ri Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.S. Kasimov zimmasiga yuklansin. 1. 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Belgilab qo‘yilsinki: davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi; tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi; tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida uch oy muddatlik stajirovka o‘taydi; tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek ish bilan ta’minlanganidan so‘ng, tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida bir oy muddatlik stajirovka o‘taydi; rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘tagan tanlov g‘oliblari va final bosqichining ishtirokchilari zimmasiga ularni stajirovkaga yuborgan davlat tashkilot bilan tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan muddat davomida shu tashkilotda ishlab berish majburiyati yuklatiladi; tanlov g‘oliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash, tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘tashi yuzasidan chora-tadbirlarni ko‘rish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat bo‘yicha ko‘tarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi”. 2. 6-bandda: a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha stajirovka o‘tashi qismida — birinchi navbatda davlat tashkilotlari — tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining ish beruvchilari mablag‘lari, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”. 3. 1-ilovaning rus tilidagi matnida: a) 4 — 6 bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. D.R. Li — direktor Natsionalnogo agentstva proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan 5. E.M. Ganiyev — zamestitel Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan po voprosam investitsiy i vneshneekonomicheskix svyazey 6. A.A. Azizov — predsedatel Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan”; b) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin: “71. A.F. Musayev — zaveduyuщiy sektorom razvitiya kadrovogo potensiala Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan”; v) 13-bandda “A.I. Axmedxadjayev” so‘zi “Sh.M. Sadikov” so‘zi bilan almashtirilsin; g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “J.I. Xidayxodjayev — sovetnik ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan — rukovoditel Ispolnitelnogo apparata Ministerstva inostrannix del Respubliki Uzbekistan”; d) 17-bandda “A.E. Burxanov” so‘zi “E.S. Tulyakov” so‘zi bilan almashtirilsin; e) 19-bandda “nachalnik Uchebno-metodicheskogo otdela” so‘zlari “prorektor” so‘zi bilan almashtirilsin. 4. 2-ilovaning rus tilidagi matnida: a) 11-bandda: “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshidagi “kotorie napravlyayutsya dlya proxojdeniya stajirovki v gosudarstvennix organizatsiyax” so‘zlari chiqarib tashlansin; “b” kichik band chiqarib tashlansin; “v” kichik bandining ikkinchi xatboshida “sovokupnosti rezultatov proxojdeniya stajirovki i” so‘zlari “rezultatam” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 18-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; v) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Pobediteli konkursa naznachayutsya na rukovodyaщiye doljnosti v gosudarstvennix organizatsiyax po sootvetstvuyuщim napravleniyam i proxodyat stajirovku v profilnix organizatsiyax razvitix zarubejnix stran po sootvetstvuyuщim nominatsiyam konkursa srokom ne meneye trex mesyatsev. Ostavshiyesya finalisti konkursa vklyuchayutsya v rezerv upravlencheskix kadrov v gosudarstvennix organizatsiyax i posle trudoustroystva proxodyat stajirovku v profilnix organizatsiyax razvitix zarubejnix stran po sootvetstvuyuщim nominatsiyam konkursa srokom ne meneye odnogo mesyatsa. Gosudarstvennie organizatsii pri neobxodimosti obespechivayut proxojdeniye pobeditelyami i finalistami konkursa intensivnix kursov obucheniya inostrannim yazikam za schet sobstvennix sredstv do napravleniya na stajirovku v profilnie organizatsii razvitix zarubejnix stran. Realizatsiya mer po naznacheniyu pobediteley konkursa na sootvetstvuyuщiye rukovodyaщiye doljnosti, proxojdeniyu pobeditelyami i finalistami konkursa stajirovki v profilnix organizatsiyax razvitix zarubejnix stran, a takje monitoring deyatelnosti finalistov, vklyuchennix v rezerv upravlencheskix kadrov, dlya posleduyuщego prodvijeniya po slujbe ili naznacheniya na rukovodyaщiye doljnosti osuщestvlyayetsya pod obщey koordinatsiyey Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan”; g) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10Qonunchilik
UFC Toni Fergyusonning navbatdagi raqibi va jangi sanasini rasman tasdiqladi UFC yengil vazn toifasi vakillari Toni Fergyuson (25-5) va Beneil Dariush (20-4-1) o‘rtasidagi jang sanasini rasman tasdiqladi. Bellashuv 15-may kuni (Toshkent vaqti bilan 16-mayda) UFC 262 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. UFC oqshomiga AQShning Las-Vegas shahri mezbonlik qiladi. Fergyuson ketma-ket ikkita mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Dariush olti jangdan buyon faqat g‘alaba qozonmoqda. Ushbu kechaning markaziy jangi yengil vazn toifasining vakant qolgan kamari uchun Maykl Chendler va Charlz Oliveyra o‘rtasida kechadi. Fergyuson so‘nggi bor 2020-dekabrida Oliveyraga qarshi jang olib borgan va nokaut bilan yutqazib qo‘ygandi. Kelib chiqishi eronlik bo‘lgan Beneil esa 2021-yili fevralida Karlos Diyego Ferreyrani taslim etgan. Fergyuson yengil divizion reytingida 5-o‘rinda qayd etilgan, Dariush esa 9-pog‘onadan joy olgan. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Ziravorlardan batareyalargacha: yaroqlilik muddati mavjud bo‘lgan uy-ro‘zg‘or buyumlari Uy-ro‘zg‘or buyumlari yangidek ko‘rinsa ham yaroqlilik muddatiga ega. Quyoshdan himoyalovchi krem Odatda ayollarda ikki yil avvalgi kremlar ham saqlanib turadi. Lekin kremning himoya funksiyalari 24 oy davomida amal qiladi, hatto qadoqlashda boshqacha ko‘rsatmalar bo‘lsa ham. Bundan tashqari, kremni rasmiy yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. Kartoshka Kartoshka quyosh nuri ta’sirida yashil rangga aylanadi va diareya, qayt qilish va boshqa alomatlarni keltirib chiqaradigan zaharli solanin ishlab chiqaradi. Shuning uchun eskirgan kartoshkani taomga qo‘shmaslik tavsiya etiladi. Batareyalar Batareyalarning yaroqlilik muddati foydalanish boshlanishidan emas, balki ishlab chiqarilgan kundan boshlab o‘lchanadi. Odatda bu qadoqda ko‘rsatiladi, lekin hech kim bunga e’tibor bermaydi. Shuningdek, ishlatilgan batareyalarni chiqindiga tashlamaslik kerak, bu atrof-muhit uchun zararli. Batareyalar uchun maxsus yo‘q qilish punktlari mavjud. Vodorod perekis Vodorod perekis – kundalik hayotda keng qo‘llaniladigan universal vosita. Qadoq ochilgandan so‘ng u ikki oy davomida o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi. Muddati o‘tgach o‘z ta’sirini yo‘qotadi. Ziravorlar Ushbu toifadagi mahsulotlarning o‘z yaroqlilik muddati bor. Ziravorlarni 2-3 yildan ortiq ishlatmaslik kerak, uzoq vaqt saqlash bilan ular hid va ta’m xususiyatlarini yo‘qotadi. Uzaytirgich Bunday mahsulotlarga yaroqlilik muddatini yozilmaydi. Faqat kafolati bo‘ladi. Qurilma o‘zidan o‘tishi mumkin bo‘lgan ma’lum miqdordagi joul uchun mo‘ljallangan. Uyda buni aniqlash mumkin emas, lekin agar uzatma kabeli qora rangga aylanib, juda qizib keta boshlasa, u bilan xayrlashish vaqti kelgan. Idish yuvish gupkalari Nam ko‘pikli shimgichlar xavfli mikroorganizmlar uchun yashash joyidir. Ularni iloji boricha tez-tez almashtirish kerak – taxminan ikki haftada bir marta. Krossovka Yugurish uchun mo‘ljallangan sport poyabzali har 500 kilometrda o‘z tayanchini yo‘qotadi. Poyabzal ichidagi zarbani yutuvchi qatlam zarar ko‘radi va umurtqa pog‘onasi hamda bo‘g‘imlari zo‘riqadi. Hasharotga qarshi vositalar Hasharotlarga qarshi vositalar ham ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil saqlash muddatiga ega. Har safar vosita xarid qilinganda, qadoqni tekshirish kerak. Uy shippagi Shippak dush paytida yoki undan keyin darhol kiyilsa, qo‘ziqorin infeksiyalari osongina ko‘payadi. Uy poyabzallarini haftada bir marta dezinfeksiya qilish va har olti oyda bir marta almashtirish kerak. Taroqlar Ishlatilgandan so‘ng taroqda teri zarralari va yog‘ bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan yog‘ qoladi. Bundan tashqari, ochiq holda saqlanganda, chang yuzaga yopishadi. Shuning uchun soch uchun aksessuarni haftada kamida bir marta yuvish va yiliga bir marta o‘zgartirish kerak.
1Ayollar
Prezident huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlarini mukofotladi O‘zbekiston prezidenti Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 25 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmonini imzoladi. Farmon matni O‘zA tomonidan taqdim etilgan. Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdagi alohida xizmatlari, davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni ta'minlash ishiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon berilsin: «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» Mallaboyev Abdusattor Ubaydullayevich    –     O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta'minlash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta'minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin: I darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan Hamroyev Abdulla Adhamovich    –     O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan Usmonov Lazizjon Sobirjon o‘g‘li     –     O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri Qodirov Doniyor Baxtiyorovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari «Do‘stlik» ordeni bilan Aminov Odil Shodiyevich    –     O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari Golubenko Aleksey Yurevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti kafedrasi katta o‘qituvchisi Nurjanov Baxitjan Muratjanovich     –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Ugay Aleksey Platonovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari «Mardlik» ordeni bilan Azizov Sanjar Xanjarovich    –     O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri Muzaffarov Ashrafjon Mirzayevich    –    Buxoro shahar Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili Mo‘minov Qahramonjon Abduqosimovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi chegara rayoni boshlig‘i Rahimov Mansur Murtazoqulovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Raxmatov Boris Akbarovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xizmati bosh muhandisi Toirov Umid Usmonovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri To‘rayev Bobur Nig‘matjonovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Xo‘jayev Mamasoat Choriyorovich    –    Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sariosiyo tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Yunusov Islom Sohibovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi «Jasorat» medali bilan Ablyazxanov Diliyer Kaxramonovich    –     O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi komandirining o‘rinbosari Adilov Farrux Farxodovich (marhum)    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism otryadi texnigi Allaniyazov Alisher Yuldashbayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Amanov Ravshan Anvarovich    –    Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi guruhi komandiri Artikov Adilbay Uzaqbayevich    –    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Asqarov Abdumannon Abdurashidovich    –    Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili Axmedov Sherzodbek Xasanovich    –    Andijon viloyati Baliqchi tumani ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi tezkor vakili Baymuratov Zafar Raximovich (marhum)    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism otryadi mutaxassisi Baratov Abdunazar Isabayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi mutaxassisi Bozorov Ikrom Ergashevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi seksiyasi komandiri Gapirov Dilshod Ravshanbekovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilyasi komandirining o‘rinbosari G‘iyasov Saidmurod Saidakbarovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Guldayev Otabek Kelsinboyevich    –    Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi G‘ulomov Zuhriddin Shamsiddinovich (marhum)    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Jumaniyazov Ilhom Ashirbayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi seksiyasi komandiri Zakirov Sherzod Alisherovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasining guruhi vzvod komandirining o‘rinbosari Zohidov Rustam Hamroyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Irgashev Baxrom Ilxomdjonovich (marhum)    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi chegara rayoni shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari Qodirov Ahmadjon Xatamboyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Kudratov Dovron Bahromovich    –    Toshkent shahar Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili Qo‘shoqov Farhod Hasanovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Qozoqov Salohiddin Nuridinovich    –    Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bo‘linmasi komandiri Mamatraimov Urol Mamatmurodovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Mannapov Jahongir Bahodirovich    –    Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili Mansurov G‘olib Mustafaqulovich    –    Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi komandirining yordamchisi Mirzayev Temurmalik Nagmatillo o‘g‘li    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi guruhi yo‘riqchisi Murodov Dilshod Solihjonovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi yo‘riqchi-qutqaruvchisi Nodirov Mirzabek Eshboyevich    –    Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi bo‘linmasi boshlig‘i Najmitdinov Zuhriddin Ikromovich    –    Sirdaryo viloyati Guliston shahar ichki ishlar bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bo‘linmasi komandiri Ne'matov Iqboljon Ismoilovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Otajonov Botir Narimboyevich    –    Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tezkor vakili Otamirzayev Ulug‘bek Abdug‘ofurovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism mutaxassisi Rahmonov Akmal Rashidovich    –    Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi Rahmonov Elyor Ilyosovich    –    Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi Romanov Sabit Azatovich (marhum)    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshqarmasi xizmati boshlig‘i Safarov Feruz Samatovich    –    Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi Temirov Azzam Yangiboyevich    –    Davlat bojxona qo‘mitasi Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Tog‘ayev To‘lqin Asadillayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi harbiy qism qorovul boshlig‘i Usmonov Askar Shukurullayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Fayziyev Akbarjon Aminovich (marhum)    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Hamzayev Jamolxon Maxamatsoliyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi guruhi komandiri Hasanov Dilshodjon Rahmitdinovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Choriyev Elyor Ahmatovich (marhum)    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi xizmati boshlig‘i Sharipov Azizbek Rustamovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Ergashev Dilshod Vasiyevich    –    Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi Yuldashov Zaripbay Kurbanbayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Yunusov Nodirbek Abdujaborovich (marhum)    –    Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tezkor vakili Yakubov Sultan Nematjanovich (marhum)    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug bo‘limi katta ofitseri «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan Abdiyev Abror Abdumutalovich    –     Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori Adenov Bekzod Erkaboyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi boshlig‘i Akramov Xayrullo Rasuljonovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti kafedrasi katta o‘qituvchisi Arakelov Andranik Gennadevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi Bosh boshqarmasi bo‘limi katta ofitseri Asrorov Xurshidbek Komilovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism xizmati katta muhandisi Ahmadillayev Fazliddin Nizomiddinovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshqarmasi bo‘limi katta ofitseri Ahrorov Umedjon Zaynulloyevich    –    Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tibbiy-biologik muhofaza bo‘linmasi boshlig‘i Ochilov Nabi Mamaraimovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi harbiy qism qorovul boshlig‘i Boboxo‘jayev Ravshan Tavakkalovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bo‘linmasi boshlig‘i Beloglazov Dmitriy Valerevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Vakilov Akbar Rahmatullayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi vzvodi nazoratchisi Yerkebayev Andrey Temirovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Isanov Valeriy Raximovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshlig‘ining o‘rinbosari Ismonov Anvarjon Abdumannobovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi harbiy qism seksiyasi komandiri Qarshiboyev Yusufali Jumaqulovich    –    Qarshi harbiy gospitali bo‘linmasi boshlig‘i Qilichov Normo‘min Nazarovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi kafedrasi boshlig‘ining o‘rinbosari Qo‘chqorov Shuhratjon Qo‘ziyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali bo‘linmasi boshlig‘i Matanov Rahmatullo Karimovich    –    Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Maxmatmurodov Sobir Bekmurodovich    –    Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Obidov Asxat Zamirovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Pardayev Akram Abduvohobovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi vzvodi komandirining o‘rinbosari Pormonov Baxtiyer Po‘lotovich    –    Transportdagi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Rajabov Otabek Aliqulovich    –    Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasi bo‘limi boshlig‘i Rustamov Ilhomjon Hamroyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kafedrasi katta o‘qituvchisi Saparov Akram Umirzaqovich    –    Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi komandirining yordamchisi Sultonov Ermat Ergashevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Tirkashev Otabek Shermatovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism shturman-uchuvchisi Toshev Anvar Rahmonovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug xizmati boshlig‘i Turg‘unboyev Nodir Tursunovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari Tursunov Shuxrat Hamroyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi harbiy qism tibbiyot punkti xirurg-shifokori Uzoqov Muhiddin Ismoiljonovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri Xalimov Sherali Abdugafarovich    –    Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani ichki ishlar bo‘limi ekspert-kriminalistika bo‘linmasi boshlig‘i Hasanboyev Rustam Habibullayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Ermanov Adxam Rahmatullayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Ernazarov Azizjon Hasanovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi Eshonqulov Alisher Pardabayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Yusupov Otaxon Yangibayevich    –    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori «Shuhrat»medali bilan Adashev Akmaljon Shermirzayevich    –     Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi qo‘riqlash bo‘limi militsioneri Adizov Rustam Tuymurodovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi komandiri Azimov Maxsudali Muxtorovich    –    O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani o‘quv sport-texnika klubi boshlig‘i Alishayev Sobir Tursunboyevich    –    Samarqand harbiy sudi raisi Allamurotov Erkin Shaymanovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi mutaxassisi Ashurov O‘ktam Rustamovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Berdimurodov Mansur Umidullayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi seksiyasi komandiri Boyqobilov Nizomjon Abduqodirovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi mutaxassisi Bo‘riyev Vohid Suyunovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi komandirining o‘rinbosari Gufranov Alibek Abduraximovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘limi katta ofitseri Jo‘rayev Umid Zafarovich    –    O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Texnik va amaliy sport turlari respublika markazi bosh mutaxassisi Do‘saliyev Shuhratjon Tolibjonovich    –    Buxoro harbiy sudi raisi Jalilov Otabek Xolmurodovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi komandiri Jumaboyev Sobirjon Eshpo‘latovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maxsus otryadi katta mutaxassis-kinologi Ziyodullayev Anvar Zokirjonovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi mutaxassisi Imomxo‘jayev Asqar Hakimovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Inyaminov Axtamxon Esanovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona tariflarini tartibga solish va to‘lovlar hisobini yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i Qobiljonov Baxtiyor Rustamovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Qobilov Faxriddin Mahmadoliyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi harbiy qism katta texnigi Qodirqulov Xurshid Xolmo‘minovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari Kurayshev Sherzod Shaxabitdinovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Mamayev Askar Alibayevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi mutaxassisi Mamatov Akmal Ravshanovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kafedrasi mudiri Mamatov O‘tkir Baxtiyorovich    –    Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buxoro shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Matmusayev Muzaffarjon Sotkinaliyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Niyezov To‘lqinjon Ergashevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi seksiyasi komandiri Po‘latov Said Sharifovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi komandiri Ramazanov Ismat Ismoilovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi Markaz boshlig‘ining yordamchisi Rahimjonov Dilshod Abdullayevich    –    Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ruziyev Islom Yusufovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi mutaxassisi Soliyev Ulug‘bek Abduvaliyevich    –    Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori Toshbekov Oxonjon Rasuljonovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari Xonsaidov Muhsinali Maxamadaliyevich    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi bo‘limi boshlig‘i Husanova Sumbula Islamovna    –    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti katta o‘qituvchisi Shokirova Gulnora Rafiqovna    –    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabining bo‘limi yetakchi mutaxassisi Yusupov Jamolbek Zokir-o‘g‘li    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Yahyoyev Otabek G‘ayratovich    –    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
8O‘zbekiston
Yangi Zelandiyada ulkan yoriq paydo bo‘ldi (video) Yangi Zelandiyadagi fermada chuqurligi 6 qavatli uy balandligidek, uzunligi ikkita futbol maydonidek keluvchi ulkan yoriq paydo bo‘ldi. Yoriq bir necha kun yoqqan yomg‘irdan keyin Rotorua shahri yaqinida hosil bo‘lgan. Ferma boshqaruvchisi Kolin Tremeynning aytishicha, “Tomo” deb nom olgan yoriq 30 aprelda hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Uning uzunligi 180 metrga, eni va chuqurligi 20 metrga baholangan.  Bu oxirgi yillarda fermada hosil bo‘lgan 9-yoriqdir. Yangi zelandiyalik vulqonshunos Bred Skottning ta'kidlashicha, bu yoriq u avval ko‘rgan istalgan boshqa yoriqdan 3 marta kattadir.  Yoriq olimlarda muayyan qiziqish uyg‘otgan, chunki oxirgi marta 60 ming avval otilgan qadimiy vulqon krateri ustida hosil bo‘lgan.
2Dunyo
Xalq artisti Dilbar Ismoilova 80 yoshga to‘ldi Joriy yilning 11-avgust kuni O‘zbek milliy drama teatrida O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ismoilovaning 80 yillik tavallud kuni munosib nishonlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Dilbar aya nomi atalmish zodning ko‘plab shogirdlari, hamkasblari, oila a’zolari, do‘stlari ushbu qutlug‘ sana bilan iste’dod egasini qutlashdi. Shuningdek, Dilbar Ismoilovaga Madaniyat vazirining tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi hamda Faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi ham taqdim etildi. Dilbar Ismoilovaning teatr sahnasida yaratgan obrazlari, ya’ni “Diydor” spektaklidagi Sharqiya, “Qutlug‘ qon”da Gulsum, “Zaharli hayot”da Sora, “Non, qon, inson” psixologik dramada Ona, “Qaytar dunyo” dramasida Xatira, “Otasining qizi” komediyasida Professor ayol, “Parvona”da Adolat, Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” va “Farmonbibi arazladi” yumoristik komediyalarida Lutfi, “Ayajonlarim”da Bo‘ston buvi, “Vafodor”da Saodat aya va teatrdagi ijodi bilan birga kino sohasida “Suyunchi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” kabi bir qator filmlarda rang-barang rollari orqali el suygan san’atkorga aylangan va xalqimiz qalbidan o‘z ijrolari orqali munosib joy olgan ijodkordir. Turli prototiplarini yaratadigan inson butun hayotini teatr sahnasiga bag‘ishlagan. O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ismoilova betakror iste’dod sohibasi Zaynabbegim Sadriyeva ardog‘ida, sevimli farzand, sadoqatli shogirdligi bilan cheklanibgina qolmay, o‘z ustida tinimsiz izlanish olib borayotgan aktrisalardan biri ekani ta’kidlandi.
8O‘zbekiston
Qurishdan avval infratuzilmani mustahkam qilish kerak Prezident Shavkat Mirziyoev Nurafshon shahrida bosh reja asosida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi. Ma`lumki, 2017 yili Toshkent viloyati markazi ushbu shaharga ko`chirilgan, o`tgan yili uning bosh rejasi ishlab chiqilgan edi. Bugungi kunda bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Toshkent yo`li ko`chasi kengaytirilib, bir qavatli eski imoratlar o`rnida ko`p qavatli uylar, ofislar, savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalari qurilmoqda. Yil oxirigacha 8 ta bank filiali va 9 ta ma`muriy bino foydalanishga topshiriladi. Davlatimiz rahbariga bosh rejaga asosan shaharning markaziy qismini batafsil rejalashtirishga oid ma`lumotlar berildi. Unga muvofiq, bu erda Toshkent viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar boshqarmalari, madaniyat ob`ektlari, universitet va maktablar, shifoxona, sport majmualari bo`lishi rejalashtirilgan. Ko`p qavatli uylar energiya tejaydigan materiallardan qurilishi ko`zda tutilgan. Prezidentimiz birinchi navbatda infratuzilma tarmoqlarini mustahkam qilib qurish lozimligini ta`kidlab, ularni sifatli ekspluatasiya qiladigan mutaxassislar tayyorlash, vazirlik va idoralar binolarini optimal joylashtirish bo`yicha topshiriqlar berdi.
12Siyosat
Toshkentda mozaikalarni tozalash boshlandi Toshkentdagi «Katta Olmazor» massividagi 14-uyda mozaik panel ustiga surtilgan sement aralashmani olib tashlash ishlari boshlandi. «Gazeta.uz» Furqat va Bobur ko‘chalarida aka-uka Jarskiylar loyihasi bo‘yicha yaratilgan mozaikalarning yo‘q qilinishi jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgani haqida yozgan edi. Ko‘p o‘tmay shahar hokimligi mozaika bo‘yalgan emas, balki «[uni] saqlab qolish uchun mo‘ljallangan maxsus material» bilan qoplanganini ma’lum qildi. «Material qum-oqim usuli bilan yuviladi va mozaika tasvirlari poytaxtimiz aholisi ko‘zi oldida o‘zining boshlang‘ich, biroq endi mustahkamroq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi», — dedi hokimlik Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashini madaniy merosni yo‘q qilinishiga e’tiborsizlikda ayblagan blogerni tanqid qilib. Mozaik pannodan sement aralashmasi olib tashlanayotgan 14-uy. 14-uy boshqa tarafdan ko‘rinishi. Uyning fasad qismi va burchagi sement aralashma surtish uchun tayyorlab qo‘yilgan. Mozaika chindan ham sementdan tozalana boshladi. Shuningdek, buning uchun haqiqatdan ham qum-oqim usuli qo‘llanilmoqda (bu aslida mozaikaga juda yomon ta’sir qilishi mumkin). Biroq «Gazeta.uz»ning dushanba va chorshanba kunlari ishchilar bilan suhbatida ma’lum bo‘lishicha, aslida, avval-boshida ushbu ko‘chalardagi uylarning fasadini keng ko‘lamli ta’mirlash vaqtida mozaikalarni bo‘yash rejalashtirilgan edi. Aynan shu maqsadda mozaikaga avval maxsus qoplama bilan ishlov berilgan, keyin esa sement aralashma bilan qoplangan va uning ustiga bo‘yoq qo‘llanilishi kerak bo‘lgan. 10-uy. 14-uydagi ish tugagandan so‘ng mozaikani tozalash boshlanadi. Hafta boshidan beri uylarni sement aralashma bilan qoplash ishlari to‘xtamayotgan edi. Hozirda ham bu ishlar faol davom etmoqda. Aralashmani panelli uylarning fasad qismlari, burchaklari va ichki tomonlariga, shu jumladan mozaik plitkalarga surtishmoqda. 10-sonli uyning fasad qismlarida ham mozaika mavjud. Ishchilarning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, hozircha uylarning faqat dekorativ panellari o‘rnatilgan burchaklarini sementdan tozalash rejalashtirilgan. Bitta uy deyarli tozalandi, yana bittasi bor. Plitkalar bir xil bo‘lgan fasadlar sement aralashma ostida qolishi mumkin. 10-sonli uyning ichki qismidagi mozaik plitkalarni sement aralashma bilan ishlash jarayoni. Xalq deputatlari Kengashining Toshkent shahar hokimi (u Kengash rahbari ham hisoblanadi) tomonidan imzolangan qarorida Furqat, Bobur va boshqa ko‘chalar bo‘ylab joylashgan uylarning fasadini ta’mirlash, shuningdek ko‘chalarni rekonstruksiya qilish va piyodalar yo‘laklarini yaratish nazarda tutilgan. Katta Olmazor massividagi uylar. Mozaik plitkalar sement aralashma surtish uchun tayyorlangan. Hujjatda ta’mirlash qanday amalga oshirilishi, qanday materiallardan foydalanish va qanday sifatga ega bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida aniq talablar keltirilmagan. Loyiha hujjatlari buyurtmachi — poytaxt hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi tomonidan tayyorlanib, qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak edi. Massivdagi uylardan birining fasad qismi. Furqat ko‘chasidan ko‘rinish. Qayd etish joizki, ta’mirlash ishlari piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilmasdan amalga oshirilmoqda. Piyodalar avtomobil yo‘li bo‘ylab yurishga majbur bo‘lmoqda.
5Jamiyat
Oliy Majlisda “Lex.uz”ga huquqiy hujjatlar uchun rasmiy manba maqomini berish to‘g‘risidagi qonun muhokama qilindi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi — “Lex.uz”ga normativ-huquqiy hujjatlarni chop etishning rasmiy manbai maqomini berishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Qonun loyihasi fraksiyalararo qizg‘in bahs-munozaraga sabab bo‘ldi, deb xabar beriladi Qonunchilik Palatasining rasmiy saytida. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan deputatlar qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni barcha aholi qatlamlariga keng yetkazish tizimini joriy etish, uning aniq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Taqdim etilayotgan qonun loyihasining bir qator kamchiliklari sanab o‘tildi. Jumaladan, qonun loyihasining elektron manba — “Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”da hujjatlar matnini ularni hatto bosma nashrlarda chop etmasdan ham e’lon qilishga yo‘l qo‘yadi. Shunday qilib, qonunchilik hujjatlari elektron shakllaridan sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda foydalanish istiqbollari, tomonlar “Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”da joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar elektron versiyalaridan foydalanganligini isbot qilish imkoniyatlari noaniq qolmoqda. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni “Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”ga kiritilishida inson omili to‘liq e’tiborga olinmayapti — hujjatni elektron bazaga kiritishda xato yuzaga kelishi ehtimoli mavjud, deb ta’kidlanadi materialda. Shularni inobatga olgan holda “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi deputatlari qonun loyihasining “Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”ga normativ-huquqiy hujjatlarni chop etishning rasmiy manbai maqomini berish to‘g‘risidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, shu bilan birga, quyidagilarni taklif etdi: — rasmiy bosma nashrlarda e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni “Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”ga joylashtirish mumkin, deb belgilovchi normani “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi matniga kiritish; — qonunni yuridik kuchga kirishi muddatini 12 oydan 6 oygacha qisqartirish.
8O‘zbekiston
​UKRAINADA VAKSINALAR QIMMATLIGI SABAB BOLALAR EMLANMAYaPTI Ukrainada profilaktik emlash borasida og`ir vaziyat yuzaga keldi, deb yozadi "Rossiya 24" kanali. Amerikaning strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi bergan ma`lumotlarga ko`ra, bor yo`g`i 30% ukrainalik bola qizamiq, 10% —gepatit V va faqat 3% - difteriya, ko`kyo`tal va qoqsholdan emlangan. Analitika markazi buning oqibatida faqat iyun oyining o`zida 473 nafar ukrainalik bola qizamiq bilan og`rigan, shundan 70% emlanmagan bolalar va o`smirlar ekanligini ma`lum qildi. Ushbu vaziyatning uchta sababi tahmin qilinmoqda: aholining daromadi tushib ketgan, vaksina narxi oshgan, vaksinalar kamaygan.
2Dunyo
Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni ikki milliondan oshdi Rossiyada o‘tgan kun davomida 24 822 ta yangi COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etilib, jami kasallanish holatlari ikki milliondan oshdi. Bu haqda mamlakat Koronavirusga qarshi qurashish operativ shtabi ma’lumotlariga asoslanib Meduza xabar bermoqda. Bu bilan kasallanish holatlarining kunlik o‘sishida yana bir rekord o‘rnatildi. Bir kun oldin 24 318 ta yangi koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Umuman olganda, Rossiyada koronavirus tarqalishi boshlanganidan beri COVID-19 ning 2 064 748 ta holat qayd etilgan. Yangi holatlarining aksariyati Moskvada aniqlandi, u yerda kunlik maksimal o‘sish qayd etildi — 7168 kishi. Sankt-Peterburg ikkinchi o‘rinda — kuniga 2476 ta COVID-19 ga chalinish holatlari aniqlanmoqda va bu ham pandemiya boshlanganidan beri maskimal ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘tgan kun davomida koronavirus tasdiqlangan 467 kishi vafot etdi. Bu borada ham rekord yangilandi. Avvalgi rekord 19 noyabrda bo‘lgan — kuniga 463 o‘lim. Pandemiya boshlanganidan beri, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtabning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada 35 mingdan ortiq kishi koronavirusdan vafot etdi. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan jami 1 577 435 kishi, shu jumladan, o‘tgan kun davomida 26 021 kishi shifo topdi.
11Salomatlik
Kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi tashkil etildi Vazirlar Mahkamasi 4.08.2021 yildagi “Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 498-son qarorni qabul qildi. Hujjat Prezidentning "Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 24 iyundagi PQ-5159-son qaroriga muvofiq qabul qilingan. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda - Loyiha ofisi) tashkil etiladi. Loyiha ofisini moliyalashtirish davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Loyiha ofisining asosiy vazifalari: Shuningdek, nufuzli injiniring, moliyaviy va yuridik maslahatchilar hamda хalqaro standartlar asosida foydali qazilmalar zaхiralarini baholovchi mutaхassislar ishtirokida Konsorsium tuzish toʻgʻrisidagi Taklif qabul qilindi. Loyiha ofisi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari  boshchiligida faoliyatini olib boradi. Loyiha ofisi shtati mahalliy va хorijiy mutaхassislar, shu jumladan Konsorsium  ishtirokchilari vakillaridan tarkib topgan 18 birlikdan iborat. Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.08.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
10Qonunchilik
Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi sanasi belgilab olindi Yevropa Ittifoqi sammitida Britaniyaning ittifoq tarkibini tark etishi shartlari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Jumladan, Brexit, ya'ni Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi 1 noyabrga belgilandi. Biroq u Britaniya parlamenti barcha hujjatlarni o‘z vaqtida ratifikatsiya qilsagina yuz beradi.  Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 17 oktyabrda Yevropa Ittifoqi bilan Brexit shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma'lum qildi. Biroq Britaniya parlamentida ushbu kelishuv tanqid qilinib, uni sobiq bosh vazir Tereza Mey tuzgan kelishuvdan ham yomonroq deb aytishgan.
2Dunyo
Huawei 2025-yilga borib telekommunikatsiyaviy energetika sohasida 10 ta asosiy moyillik yo‘nalishlarini belgilab bermoqda Yaqinda Huawei kompaniyasi 2025-yilga kelib telekommunikatsiyaviy energetika sohasida asosiy o‘rinni egallaydigan 10 ta yangi yo‘nalishni aniqladi, jumladan ular: energetika sohasini raqamlashtirish, “yashil” energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish, qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarni litiyli batareyalarga almashtirish, 5G’ni joriy etish bilan turli sohalarga telekommunikatsiyalarning kirib borishi, AKT quvvat manbalarining muvofiqlashishi, SI (sun’iy intellekt) bilan bog‘lanishi, soddalashtirilgan “full-stack”, ko‘p funksiyali arxitektura, yanada yuqori samaradorlik va ishonchlilik. 5G hamma yerda. Telekommunikatsiya tarmoqlarida uchta muhim o‘zgarishlar yuz berishi kerak: yangi chastota spektrlari va yangi texnologiyalarning joriy etilishi, yangi bazaviy stansiyalarning paydo bo‘lishi va mobil periferik hisoblash (MEC) ulushining kamayishi. Shu bilan birga, 5G ko‘plab sohalarda joriy etilishini hisobga olganda, kelgusida AT va KT birlashadi va tarmoq infratuzilmasidan birgalikda foydalanish rivojlanadi. Ushbu o‘zgarishlar telekommunikatsiya energetikasining qanday yo‘nalishlarda rivojlanishiga asos bo‘ladi? 1-yo‘nalish: Energetikani raqamlashtirish Asosiy jihat: butun dunyo bo‘ylab stansiyalardagi 90 foiz energiya raqamlashtiriladi. 5G paydo bo‘lishi bilan stansiyalar soni jadal ortib bormoqda va O&M tobora murakkablashmoqda. OPEX’ning o‘sishi operatorlar foydasini yo‘qqa chiqaradi. Energetikani raqamlashtirish undan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish va maydondagi O&M xarajatlarini kamaytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qoladi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, raqamli qabul qilish, boshqarish va qayta ishlash texnologiyalari tufayli 2025-yilga kelib, dunyo bo‘ylab barcha stansiyalarning 90% qismi raqamli energiya oladi va bu operatorlarga soddalashtirilgan, ekologik toza va avtonom boshqaruv tarmoqlarini yaratishga imkon beradi. 2-yo‘nalish: “Yashil” energiya manbalaridan foydalanishni oshirish Asosiy jihat: sanoatning barqaror rivojlanishi uchun yashil energiyani joriy qilish energiyani tejash va chiqindilarni kamaytirishga yordam beradi. Iqlim o‘zgarishini bartaraf etish va Birlashgan millatlar tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish uchun ko‘plab xaqaro operatorlar yoqilg‘i tejash, foydalanish xarajatlarini kamaytirish, chiqindi chiqarmaydigan dizel generatorlari, uglerod chiqindilarini kamaytirish va barqaror rivojlanish sohalarida bir qator strategiyalar qabul qildilar. Shu munosabat bilan yashil energiyaga kiritilayotgan sarmoyalar doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Fotoelektr, shamol energiyasi, vodorod yonilg‘i elementlari va litiyli batareyalar kabi yangi energiya texnologiyalari shakllanish bosqichida turibdi. Avvaliga bunday texnologiyalar juda katta miqdordagi investitsiyalarni talab qilsada, operatorlar asta-sekin uning atrof-muhitga zararsizligi, uglerod chiqindilarining kamligi, texnik xizmat ko‘rsatishga zaruratning yo‘qligi va elektr energiyasining arzonligi kabi afzalliklaridan foydalanishni boshlamoqdalar. 3-yo‘nalish: Qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarni litiyli batareyalarga almashtirish Asosiy jihat: qo‘rg‘oshin kislotali batareyalar o‘rniga litiyli batareyalar o‘rnatiladi va batareyalar tobora ko‘proq zaxira energiya manbai emas, balki asosiy quvvat manbai sifatida foydalanila boshlaydi. 5G’ning jadal rivojlanishi natijasida stansiyalarning energiya iste’moli ikki baravar ko‘paydi. Shuning uchun energiya zichligi yuqori bo‘lgan energiya saqlash tizimi kerak bo‘ladi. Bu borada litiyli batareyalar – ideal tanlovdir. Hozirgi vaqtda litiyli batareyalarning xizmat qilish muddati qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarning xizmat qilish muddatidan besh baravar ko‘p, yetarli miqdorda quvvatlangan litiyli batareyalarning samaradorlik va chidamlilik darajasi esa, qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarga qaraganda ikki baravar ortiq. Litiyli batareyalarning xizmat ko‘rsatish davri davomidagi xarajatlari qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarnikiga qaraganda ancha kam. Kelgusi uch yil ichida litiyli batareyalar narxi 30% ga kamayadi. Litiyli batareyalarning narxi 2022-yilga borib qo‘rg‘oshin-kislotali batareyalarning narxiga teng bo‘lib qolishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, litiyli batareyalarning davriyligidan to‘liq foydalanish mumkin. Elektr energiyadagi cho‘qqi yuklamasini tekislash funksiyasi tarmoqning sig‘imini kengayishi va qayta ta’mirlash muammosini kelib chiqishinining oldini olishga yordam beradi, uning elektr energiyasi narxining egiluvchanligi elektr energiya uchun to‘lanadigan to‘lovni kamaytirishi mumkin, bu esa tarmoqni qurish va undan foydalanish xarajatlarini yanada kamaytiradi. 4-yo‘nalish: 5G’ni joriy qilish bilan turli sohalarga telekommunikatsiyaviy energetikaning kirib borishi Asosiy jihat: korxona miqyosidagi turli loyihalar uchun elektr ta’minotidan foydalanish bo‘yicha moslashuvchan yechimlar talab etiladi. 5G tarmog‘i stansiyalarni portlarga, shaxtalarga, elektr energiya korxonalariga, transportga va hattoki kollejlar, kasalxonalar va jamoat binolariga joylashtirish kabi korxonalar darajasida qo‘llash bo‘yicha turli xil dasturlar uchun bazaviy stansiya qurilmalarini taqdim etadi. Turli xil dasturlarni qo‘llash telekommunikatsiya energetikasini raqamli, modulli va moslashuvchan qilish uchun yanada moslashuvchan va diversifikatsiyalangan energetika yechimlarini talab qiladi. 5-yo‘nalish: AKT quvvat manbalarining muvofiqlashuvi Asosiy jihat: AKTning bir xillashuvi elektr ta’minot sohasidagi turli xil yechimlarni talab qiladi. 5G ni ommalashishi axborotlashuv darajasini oshirdi va SI’ni jamiyat hayotining barcha jabhalariga kirib borishini kuchaytirdi. IT kompaniyalari turli xil dasturlarni ishlab chiqish uchun KT aloqa tarmoqlaridan foydalanishni boshladilar. AKT konvergensiyasi o‘zgarmas rivojlanish yo‘nalishi ekanligi aniq bo‘lib qoldi. Bu o‘zgarishlar quvvat manbalariga va elektr stansiyalari va uskunalar turadigan binolarning zaxira himoyasiga turli xil talablarni keltirib chiqarmoqda. Telekommunikatsiya energetikasi energiya ta’minotini, zahira energiya ta’minotini, issiqlikni boshqarishni, bo‘sh maydonlardan foydalanishni va CT va IT qurilmalarining kabel boshqaruvini qo‘llab-quvvatlashi kerak. O&M sohasida ham yangi o‘zgarishlar kutilmoqda. 6-yo‘nalish: SI bilan o‘zaro bog‘lanishi Asosiy jihat: NE va AI qo‘shma modellashtirish elektr tarmoqlariga egalik qilishning maqbul umumiy qiymatini ta’minlaydi. 5G stansiyalari sonining ko‘payishi va energiya sarfining ko‘payishi foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishda katta xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin va bu 5G tarmog‘ining tez tarqalishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. SI bilan bog‘liq texnologiyalar ushbu muammoni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Telekommunikatsiya energetikasi sohasida texnologiyalarni SI bilan o‘zaro bog‘liqlikda qo‘llash segmentlangan tarmoqlarda sayt resurslari konfiguratsiyasini optimallashtirish va energiya samaradorligini optimallashtirish uchun SI algoritmini modellashtirishni, shuningdek avtonom boshqaruv tarmoqlarini kengaytirish uchun SI tahlilini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. 7-yo‘nalish: Soddalashtirilgan full-stack Asosiy jihat: soddalashtirilgan end-to-end va full-lifecycle energetika tarmoqlari. Kelgusida hamma joyda tarmoqqa ulanish mumkin bo‘ladi, yanada ko‘proq chastota spektrlaridan foydalaniladi, stansiyalar yanada zichroq o‘rnatiladi. 5G davrida, stansiyalardan tortib tashuvchi tarmoqlargacha va baza tarmoqlarigacha bo‘lgan barcha energiya tizimlari yanada yiriklashadi va murakkablashadi, bu esa soddalashtirilgan kengayish va TCO nazoratini talab qiladi. Kelgusida, bitta hudud uchun bitta shkaf, bitta hudud uchun bitta quvvat bloki, avtomobilni avtonom boshqaruvini ta’minlaydigan tarmoqlar kabi bevosita elektr uzatish tarmoqlari va to‘liq hayotiylik davriga ega elektr tarmoqlarining soddalashtirilgan texnologiyalaridan keng foydalaniladi. Bu stansiyalarni keng yoyish va ularning sig‘imini kengaytirish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, O&M energiyasidan foydalanishni soddalashtiradi va soddalashtirilgan energetika tarmoqlariga ega bo‘lishga imkon beradi. 8-yo‘nalish: Ko‘p funksiyali arxitektura Asosiy jihat: ko‘p funksiyali arxitektura elektr quvvatining kirishi va chiqishidagi xilma-xillik fonida kuzatiladigan rivojlanish yo‘nalishiga aylanadi. Hozirgi kunda ko‘pchilik quvvat manbalari ko‘p funksiyali kirish yoki chiqishga moslashtirilmagan. Energiya shakllantiruvchi turli xil qurilmalar katta hajmli, past samaradorlikka ega va turli xil izolyatsiyalangan xizmat ko‘rsatish interfeyslari bilan bitta tizimga birlashishga majbur. Bundan tashqari, qurilmalarning o‘zining va O&M’ning narxi qimmat. Ko‘p funksiyali arxitektura yuqori zichligi va tizimning samaradorligi, oddiy tartibda tarqatilishi va yana-da samarali O&M’ga egaligi bilan ajralib turadi va uning kelajakda telekommunikatsiyaviy energetika sohasida yanada kengroq tarqalishi kutilmoqda. 9-yo‘nalish: Yanada yuqori samaradorlik Asosiy jihat: to‘g‘rilash blokining samaradorligi maksimal darajagacha oshiriladi. Stansiya va tarmoq darajasidagi samaradorlik ham katta e’tiborni jalb qiladi. Hozirgi kunda telekommunikatsiyaviy energetikaning samaradorligi asosan to‘g‘irlash bloki borasida o‘sib bormoqda. Asosiy ishlab chiqaruvchilarning to‘g‘irlash bloklari samaradorligi 90% dan 98% gacha o‘sishni tashkil etmoqda. Kelgusida maksimal samaradorlik 98% dan 99% gacha yaxshilanadi (bu to‘g‘irlash qurilmalaridagi yo‘qotishlarni 50% ga kamaytiradi). Shunga qaramay, butun hududning energiya iste’moli asosan elektr energiyasini ishlab chiqarish tizimida, haroratni boshqarish tizimida va elektr uzatish tarmog‘ida kuzatiladi. Operatorlar kelgusida stansiya va tarmoq darajasida energiya samaradorligini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Issiqlik almashinuvi uchun samarali yechim va tabiiy issiqlik tarqatishni ta’minlash uchun an’anaviy konditsionerlarni almashtirish borasidagi yechim issiqlik energiyasini boshqarishning ham asosiy yechimiga aylanadi. 10-yo‘nalish: Ishonchlilik Asosiy jihat: ishonchlilik telekommunikatsiyaviy energetikaning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. SI telekommunikatsiya energetikasini izolyatsiya qilingan stansiyalardan elektr tarmoqlariga qadar rivojlanishiga imkon berdi. Quvvat manbalariga va zaxira ko‘chirmalariga bo‘lgan turli xil talablar, joylashtirish bo‘yicha majmuaviy dasturlar va raqamli tarmoqlar muhiti elektr tarmoqlarining ishonchliligi borasida yanada yuqori talablarni keltirib chiqaradi. Xavfsizlik, ishonchlilik, foydalanish imkoniyati, maxfiylik va moslashuvchanlik kabi ishonchli texnologiyalar ishonchli energiya tarmoqlarining muhim xususiyatlariga aylanadi.
8O‘zbekiston
Yaponiya dengizida kema kit bilan to‘qnashib ketdi Janubiy Koreyaning Pusan portidan Yaponiyaning Fukuoka shahriga suzib ketayotgan yo‘lovchi kema kit bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asosan Meduza xabar qilmoqda. Voqea 8-yanvar kuni sodir bo‘lib, kema bortida bo‘lgan 180 kishidan to‘qqiz nafari jarohat oldi. Kit bilan to‘qnashuvdan so‘ng, kemaning egasi Yaponiyaning JR Kushu kompaniyasi kemani Pusanga qaytardi va tan jarohati olganlar shifoxonaga yuborildi.
2Dunyo
Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi muddati ma’lum bo‘ldi Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vaznidagi o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13-aprel kuni Ergashevning 17-jangi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bellashuv Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahridagi Boardwalk Hall arenasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Hozircha Ergashevning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi jangini 15-fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat) qarshi o‘tkazib, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Davlat xavfsizlik xizmati vakillari faxriylarni yo‘qlab, sovg‘alar topshirdi (video) Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va sohada ko‘p yillar xizmat qilgan faxriylarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘qlab, sovg‘alar topshirdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi. Xususan, DXX rahbariyati vakillari Toshkentda istiqomat qiluvchi 92 yoshli G‘ulom Mahkamov, 93 yoshli Boris Novitskiyning xonadonlariga tashrif buyurdi. Faxriylarga Prezident nomidan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi, 5 million so‘m pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘a — qo‘l soati topshirildi. Bunday e’tibordan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan hech bir o‘zbekistonlik chetda qolmayapti, deyiladi xabarda.
8O‘zbekiston
EduOn va KioTech loyihalari britaniyalik ishbilarmonlarga taqdimot qilindi Tadbirda investitsiya fondlari, yuridik va konsalting kompaniyalar hamda avtomobilsozlik, qurilish, IT, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehmonxona kabi sohalar vakillari ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda. Taqdimotda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi tomon belgilangan ustuvor vazifalar haqida so‘z bordi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi va savdo-sanoat bo‘yicha O‘zbek-britan kengashining navbatdagi yig‘ilishi haqida ma’lumot berildi. Tadbirning britaniyalik ishtirokchilari oxirgi yillarda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston munosabatlaridagi dinamik o‘sishni e’tirof etib, o‘zbek korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi. Brifingda, shuningdek, Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar sun’iy intellekt texnologiyalari va ta’lim xizmatlariga oid startap loyihalarini taqdimot qildi. MFaktor loyihasi xabariga ko‘ra, britaniyaliklarga EduOn va KioTech innovatsion texnologik loyihalari taqdim etilgan.
8O‘zbekiston
Londondagi universitet talabalariga “O'zbekiston yoshlar turizmi elchilari” maqomi berildi O'zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi binosida vazir o'rinbosari Botir Shaxriyorov hamda “London School of Economics and Political Science, LSE” universiteti talabalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur universitet xalqaro universitetlarning TOP 1000 “QS World University Rankings 2022” reytingida 49-o'rinda joylashgan. Ushbu talabalar AQSh, Polsha, xitoy va Tailand fuqarolari bo'lib, O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xususan, yoshlar turizmini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qiziqish bildirgan. Uchrashuv davomida xalqaro maydonda turizm sohasida uchrayotgan muammo va kamchiliklar borasida fikrlar almashildi. Hozirgi kunda turizm sohasi rivojlangan mamlakatlarda turistlar oqimi ko'pligi va ularning tarixiy-madaniy obidalarga va ekologiyaga zarari to'g'risida ma'lumotlarga ahamiyat berilib, bu borada O'zbekistonda olib borilayotgan turizm siyosatiga alohida e'tibor qaratildi. Talabalarning O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga bo'lgan qiziqishlarini inobatga olgan vazirlik ma'muriyati tomonidan ularga “O'zbekistonning yoshlar turizm elchilari” maqomi berish taklifi berildi. Avvalroq Ozarbayjonlik rassom va fotograflar O'zbekistonning turizm salohiyati bilan tanishishi xabar qilingandi. Shuningdek, O'zbekiston va Isroil turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir kelishuv imzolangan.
5Jamiyat
O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 221 kishida pnevmoniya, 482 kishida koronavirus tasdiqlandi. To‘rt bemor vafot etdi O‘zbekistonda 8-iyul kuni 482 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 115 011 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Yangi kasallanish holatlarining koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 221 nafar kishida pnevmoniya tasdiqlandi. Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 336 kishi — Andijonda 70 nafar, Buxoroda 14 nafar, Jizzaxda 85 nafar, Navoiyda 4 nafar, Sirdaryoda 28 nafar, Farg‘onada 65 nafar, Toshkent viloyatida 52 nafar va Toshkent shahrida 18 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 110 377 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 764 nafarni tashkil qilyapti. Avvalroq Oliy Majlis deputati Abdurahim Qurbonov 47 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Toshkentda aholini emlash uchun mobil avtobuslar yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Samarqandda ham COVID-19 bemorlarini davolash markazi qayta ish boshladi
8O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston «Turkiston – Chimkent – Toshkent» tezyurar temir yo‘l loyihasini muhokama qilmoqda 15 fevral kuni Transport vazirligida Qozog‘iston sanoat va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati. «Turkiston – Chimkent – Toshkent» tezyurar temir yo‘li loyihasini amalga oshirish, «Maqtaaral – Darbaza» yangi temir yo‘l liniyasini qurish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Qozog‘iston sanoat va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Berik Kamaliyev hamda O‘zbekiston transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi parvozlar yo‘nalishlarini ochish, xususan, Qozog‘iston shaharlaridan Samarqand va Urganch shaharlariga muntazam aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda temir yo‘l qatnovlarini qayta tiklash masalasini muhokama etishdi.
8O‘zbekiston
Sentabr oyida eng past inflyatsiya darajasi qayd etildi Sentyabr oyida iste’mol bozoridagi narxlarning o‘rtacha darajasi 1,03% ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Bu oxirgi olti yil ichida sentabr oyi uchun eng past ko‘rsatkich (2016 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasi saytida topishning imkoni bo‘lmadi). Xususan, 2021 yilning shu davrida narxlar — 1,09% ga, 2020 yilda — 1,4% ga, 2019 yilda — 1,3% ga, 2018 yilda — 1,8% ga, 2017 yilda — 1,3% ga va 2016 yilda — 1,4% ga oshgan. 2022 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida iste’mol bozorida narxlarning o‘sish sur’ati 8,1% ga yetdi, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 0,9% ni tashkil etdi (2021 yilda — 0,6%, 2020 yilda — 0,7% bo‘lgan). Yillik nisbatda iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 12,2% ni tashkil etdi. Avvalroq, Markaziy bank kelgusi oylar uchun narxlarning o‘sishiga ta’sir qiluvchi xatarlarning saqlanib qolayotganini qayd etgandi. Shuningdek, yil oxiriga qadar inflyatsiya bo‘yicha proznozlar o‘zgarishsiz qolmoqda. Eksport tushumlari va pul o‘tkazmalarining ortishi ichki valyuta bozorini muvozanatda ushlab turishi kutilmoqda. Shuningdek, regulyator iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni may oyida kuzatilgan yuqori darajasiga nisbatan pasayishiga qarmasdan, 14−15 foiz deya belgilagan. MDH davlatlaridagi inflyatsiya darajasi. Manba: Davstatqo‘m O‘tgan oyda narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,4% ga (yil boshidan buyon — 10%, 12 oy davomida — 16,6% ga) oshdi. Nooziq-ovqat mahsulotlar ushbu davrda (7,9% va 10,9%ga), xizmatlar 0,4%ga (4,8% va 6,4% ga) qimmatlashdi. Turli tarmoqlar kesimida yillik inflyatsiya. Sentabr oyida sut 2,2% ga (12 oy davomida — 20,7%ga), tuxum — 2,1%ga (16,4%), guruch — 2,6%ga (17,7%), mol go‘shti 1,9%ga (6,5%ga) bug‘doy uni — 1,6% (48,4%), shakar — 1,2% (66,2%) qimmatlashdi. Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari darajasiga mavsumiy omil hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda, deya ma’lumot berdi Davlat statistika qo‘mitasi. Oy davomida narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinni pomidor egalladi, bu narx 36%ga, baqlajon — 23,9%ga, bodring — 17,4%ga, bulg‘or qalampiri — 7,5%ga va boshqalar. Oy davomida ijaraga beriladigan uy-joylar o‘rtacha 4,1% ga, yil boshidan buyon esa 8,6% ga qimmatlashdi. To‘qqiz oyda kafelarda tayyor taomlar 3,1% ga (yil boshidan buyon — 15,4%), mehmonxona xizmatlari esa 12,2% ga qimmatlashgan.
4Iqtisodiyot
AQSh jangarilar harakatlari tufayli Afg‘oniston osmonidan o‘tadigan parvozlarni chekladi AQSh Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Amerika aviakompaniyalariga 8 kilometrdan kam balandlikda Afg‘oniston osmonidan uchib o‘tishni taqiqladi, deb yozadi “RBK”. Hujjatda aytilishicha, tashuvchilar “ekstremistlar/harbiy faollik tomonidan yaratilayotgan xavf hamda ushbu xavfni kamaytirish bo‘yicha cheklangan imkoniyatlar” tufayli Kobul havo hududida (u qariyb butun Afg‘onistonni qamrab oladi) 26 ming fut (taxminan 7,9 km)dan kam balandlikda parvozlarni amalga oshirmasligi kerak. Bu Hamid Karzay nomli xalqaro aeroportdan uchib ketish va uchib kelishlarga tegishli emas. Shuningdek, zudlik bilan qaror qabul qilishni talab etadigan favqulodda vaziyatda kema komandiri bu ko‘rsatmaga amal qilmasligi mumkin, deyiladi hujjatda. Avvalroq “Tolibon” hujumlarni to‘xtatmasa, AQSh ularga aviazarbalar berishda davom etishini ma’lum qilgan edi. Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqila boshlangandan so‘ng, “Tolibon” Kobul, Qandahor, Mozori-Sharif kabi shaharlarga qator yirik hujumlar uyushtirdi, ammo ularni qo‘lga kirita olmadi. O‘tgan hafta harakat vakillari mamlakat chegaralarining 90 foizini nazorat qilayotganini ma’lum qildi. BMTning ta’kidlashicha, “Tolibon” so‘nggi 20 yil ichidagi eng ko‘p hududlarni o‘z nazoratiga olgan. To‘qnashuvlar natijasida nafaqat qochqinlar, balki chekinayotgan hukumat qo‘shinlari va jangarilar ham ommaviy ravishda qo‘shni Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston hududlariga kirib kela boshladi. Ushbu davlatlarning rasmiylari chegaralarni mustahkamladi. Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistondagi ziddiyatning avj olishini keskin qoraladi va tomonlarni muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.
2Dunyo
O‘zbekistondan ko‘chib ketadigan pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi haqida ma’lumot berildi O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati mamlakat hududida bir joydan boshqa joyga ko‘chgan, shuningdek, xorijga doimiy yashash uchun ketgan fuqarolarga pensiya to‘lash tartibi haqida ma’lumot berdi. Pensiya oluvchi shaxs O‘zbekiston doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chgan taqdirda, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganda yoki manzil-koloniyadan ozod etilganda, pensiya hujjatlar yig‘majildi pochta orqali pensionerning yangi yashash joyi yoki manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi yoki pensionerning qo‘liga beriladi. Pensiya oluvchi shaxs bir tuman (shahar) hududida, shuningdek, O‘zbekiston hududi doirasida boshqa tuman (shahar)ga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganda pensiya avvalgi yashash joyi bo‘yicha shaxs ro‘yxatdan chiqarilgan oyning oxirigacha to‘lanadi. Ushbu holatda pensiyani to‘lash pensiya hujjatlar yig‘majildi olingandan keyin pensiya oluvchi shaxsning yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash uning oldingi yashash joyi bo‘yicha pensiyani to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, biroq u hisobga qo‘yish maqsadida murojaat etganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun davom ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan xorijiy davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan ro‘yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to‘lanadi. O‘zbekiston tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani to‘lash uning arizasi va “Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarildi” degan belgi bo‘lgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida to‘xtatilishi mumkin. Doimiy yashash uchun xorijiy davlatga ketishgacha tayinlangan pensiya (O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib O‘zbekistondan jo‘nab ketiladigan sanadan 6 oy keyingi muddat uchun O‘zbekiston milliy valyutasida to‘lanadi. Pensiya to‘lanadigan olti oylik davr O‘zbekistondan tashqariga doimiy yashash uchun ketishdan avval berilgan arizada ko‘rsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi, bunda ariza berilgan oyda hisoblangan (to‘langan) pensiya puli hisobga olinadi. Olti oy uchun oldindan pensiya to‘lash ariza, fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti, chet ellik uchun yashash huquqini beruvchi guvohnoma, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi asosida, mazkur hujjatlarda “Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarildi” degan belgi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining doimiy yashash uchun ketish to‘g‘risidagi stikeri, ketish varaqchasi, shuningdek shaxs borish niyatida bo‘lgan xorijiy davlatning vizasi (agar bu zarur bo‘lsa) bo‘lganda — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga, xorijiy fuqaroga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga to‘lanadi< Pensiyani olti oy oldindan to‘lash pensiyani yetkazib berish yuklangan tashkilot orqali bir martalik qaydnoma asosida, shuningdek tijorat bankining filialida pensionerning nomiga ochilgan bank hisobraqamiga naqdsiz pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mazkur pensiyani to‘lash pensiyani yetkazib berish yuklangan tashkilotga moliyalashtirilgan pensiya mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Mazkur pensiya summasini O‘zbekiston qonun hujjatlariga muvofiq pensiya to‘langan davrda pensiyalar miqdorlari o‘zgarganligi munosabati bilan qayta hisob-kitob qilish amalga oshirilmaydi. Agar shaxsga pensiya olti oy oldindan to‘langandan keyin doimiy yashash uchun O‘zbekiston tashqariga ketmagan bo‘lsa, unga pensiya to‘langan olti oylik davr tamom bo‘lgandan keyin pensiyani to‘lash uchun murojaat qilingan taqdirda pensiya to‘lanishi mumkin.
8O‘zbekiston
Somatik asab tizimining avtonom disfunksiyasi: kelib chiqishi, belgilari, davolash usullari Аvtonom asab tizimi organizmning bir qismi bo‘lib, u ichki organlar faoliyatini va organizmdagi metabolizmni boshqaradi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar Belgilari Yurak tez urib ketishi, yurak sohasida sanchiq, qizib yoki sovib ketish, ko‘p terlash, uyquning buzilishi, jizzakilik, bosh og‘rig‘i va aylanishi kabi belgilar. Bunday bemorlarning qon bosimi ko‘pincha past yuradi, to‘yib nafas ololmaydi, xuddi havo yetmagandek tuyiladi, tez-tez peshob chiqadi, jinsiy sovuqqonlik paydo bo‘ladi. Qorinning pastki qismi og‘rib turishi, ichak faoliyatining buzilishi, ovqatning qiyin hazm bo‘lishi ham kuzatilib turadi. Аksariyat bemorlarda chuqur xo‘rsinishlar paydo bo‘ladi. Odamlar gavjum va havosi dimiqqan joylar yomon ta’sir qiladi, sovuqqa chidamsizlik paydo bo‘ladi. Tunda ikkala oyoq bezovta bo‘lib, uxlamay chiqish ham mumkin. Tong yorishi bilan oyoqlardagi bezovtalik o‘tib ketadi. Bunday bemorlar ertalab uyg‘onganda yuz-ko‘zlari biroz shishgan va ko‘z tagi salqigan bo‘ladi. Bu kasallikda bemorning kayfiyati tez-tez buzilib turadi va arzimagan narsaga jahli chiqadi, hissiy portlashlar, atrofdagi voqealardan doimo norozilik kuzatiladi. Ba’zida depressiyaga tushib, hech kim bilan gaplashmay qo‘yish, hech narsadan qoniqmaslik paydo bo‘ladi. Аsossiz qo‘rquv va xavotir, aqliy va jismoniy ishlarga xohish yo‘qligi, parishonxotirlik va xotiraning pand berib yurishi vegetativ distoniyaning doimiy hamrohidir. Davolash Davolash kompleks yondashuvni talab qiladi: Shuningdek, turmush tarzini o‘zgartirish, ish va dam olishni normallashtirish, kontrastli dushlar qabul qilish, ochiq havoda sayr, jismoniy faollikni kuchaytirish tavsiya etiladi. To‘g‘ri oziqlanishga e’tibor berish lozim. Kuniga kamida 1,5 litr toza suv ichish, yog‘siz go‘sht va baliq mahsulotlarini iste’mol qilish, sho‘r oziq-ovqatlarni kamaytirish, vitamin va antioksidantlarga boy mevalarni, ayniqsa, sitrus mevalarni ko‘proq tanovul qilish tavsiya etiladi. Yilda bir yoki ikki marta sanatoriy va kurortlarda dam olish, ayniqsa, umurtqa kasalliklarini davolash mehnat qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Orqa miyada avtonom asab tizimi markazlari osteoxondroz, disk churrasi, skolioz, spandilez mavjud, bu kasallikni kuchaytiradi. Samarali davolanishga va kasallikning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishga psixoterapevt kurslari yaxshi yordam beradi. Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.
11Salomatlik
O‘zbekiston bozorlarida Ramazon hayiti arafasida narx-navo qanday? O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 2-iyun holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi. Mol go‘shti 28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda. Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori va Samarqand shahrining “Siyob”  bozorida qayd etilgan – 38 000 — 42 000 so‘m. Qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Toshkentagi Mirobod, Farhod va Qo‘yliq dehqon bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kilogramm qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin. Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti — 42 000 dan 45 000 so‘mgacha. Tovuq go‘shti 12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha. Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000–20 000 so‘m. Guruch 4 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha Eng arzon narx Toshkentdagi “Farhod” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha. Eng qimmat narx esa Qarshi shahri “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 300 – 15 000 so‘m. O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin. Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 11 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha. Un 1 750 so‘mdan 4 900 so‘mgacha Eng arzon un Toshkentning Farhod dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 2 200 so‘m. 1-navli unning kilogrami uchun eng arzon narx Toshkentagi Mirobod, Farhod va Qo‘yliq dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un narxi 1 750—3 350 so‘m. Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrami uchun esa eng qimmat narx Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha. Shakar 4 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 so‘m. 1 kilogramm shakar uchun eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000 so‘m. Tuxum 300 so‘mdan 700 so‘mgacha Eng arzon narx Toshkentdagi Yunusobod dehqon bozorida qayd etildi — 300 so‘mdan 600 so‘mgacha. 1 dona tovuq tuxumi uchun eng qimmat narx Toshkentdagi Chorsu dehqon bozorida kuzatildi — 350 – 650 so‘mgacha. Kartoshka 1 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha Eng arzon narx Andijonning Yangi shahar bozori  va poytaxtdagi “Farhod” dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha. 1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, Navoiy shahri “Saxovat“ MChJ ga qarashli markaziy dehqon bozori, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori hamda poytaxtdagi “Chorsu” bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 so‘mgacha. Pomidor 2 000 so‘mdan 6 000 so‘mgacha Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 so‘mdan  6 000 so‘mgacha. Eng qimmat narx esa Toshkentning “Yunusobod” va “Chorsu” dehqon bozorlarida hamda Jizzax shahar, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 2 000 – 6 000 so‘m. Xo‘jalik sovuni 800 so‘mdan 3500 so‘mgacha Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin. Eng qimmat narx Namangan shahri, Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorlarida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘mgacha.
8O‘zbekiston
2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida Qayd etib o‘tilsinki, hozirgi vaqtda respublikada 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash Dasturi amalga oshirilmoqda, Dasturda yuksak xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan milliy transport tarmog‘ini rivojlantirish sohasida yagona kompleks strategiyani ishlab chiqish, respublika mahsulot ishlab chiqaruvchilarining o‘z mahsulotini mintaqa va jahon bozorlariga istiqbolda olib chiqish talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda uning xalqaro transport kommunikatsiyalariga keng miqyosda integratsiyalashuvini ta’minlash nazarda tutiladi. Ushbu Dastur doirasida umumiy qiymati 1580 million AQSh dollaridan oshadigan temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va aviatransport sohasida bir qator loyihalar amalga oshirildi, shuningdek, umumiy uzunligi 695 kilomertli avtomobil yo‘llari barpo etildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining ortib borayotgan eksport salohiyati hamda mahalliy mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish zarurligi tashqi savdo yo‘nalishlarini yanada diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston Respublikasining eksport mahsuloti istiqbolli xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlaydigan maksimal darajada samarali, muqobil tranzit yo‘laklarini shakllantirish borasida qo‘shimcha ildam choralar ko‘rilishini taqozo etmoqda. Shuni qayd etish zarurki, hozirgi vaqtda respublikaning mavjud salmoqli tranzit salohiyati to‘liq darajada ishga tushirilmagan. Vujudga kelgan tranzit va tarif siyosatidagi nomaqbullik qo‘shimcha ravishda tranzit yuk oqimini jalb etishga to‘sqinlik qilmoqda. Yangi transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va xalqaro ahdlashuvlarni amalda ro‘yobga chiqarish, yaqin qo‘shni mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining yuklarini samarali tashish va ishlov berish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish ham eng muhim vazifa hisoblanadi. Logistika markazlari va TIR-parklar tarmog‘ini tubdan rivojlantirish, avtotransport vositalari va havo kemalari parkini kengaytirish hamda ularni sifatli yonilg‘i-moylash materiallari bilan o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ta’minlash talab etiladi. Tashqi savdo transport yo‘laklarini yanada diversifikatsiyalash uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy transport-logistika kompaniyalarini rivojlantirish hamda ularning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatdoshligini yuksaltirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ishlab chiqilgan transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash Kompleks dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Dasturni amalga oshirish doirasida quyidagilar ustuvor vazifalar etib belgilansin: umuman transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida — temir yo‘l, avtomobil va aviatsiya transportini yanada rivojlantirish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yuk tashish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro logistika markazlarini barpo etish, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini, yo‘l bo‘yidagi zarur infratuzilmani qurish va rekonstruksiya qilish, yuk tashishda transportlarning o‘tkazish qobiliyatini ko‘paytirish, shaffof va raqobat muhitini yaratish, harakat tarkibi parkini kengaytirish va Davlat chegarasidagi o‘tish punktlarining maksimal darajada bexatar faoliyat yuritishi shart-sharoitlarini ta’minlash; temir yo‘l transporti sohasida — temir yo‘l transporti xizmatlari sifati va xavfsizligini oshirish, yangi temir yo‘l magistrallari qurish, temir yo‘llarni elektrlashtirish darajasini oshirish, mamlakatning tashqi savdo yuklari asosiy jahon va mintaqa bozorlariga olib chiqilishi uchun xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirishni davom ettirish va ularning faoliyatini takomillashtirish, moslashuvchan tarif siyosatini ko‘llash, tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, logistika xizmatlarini takomillashtirish va har xil transport turlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ratsionallashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l tarmog‘ini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; avtomobil transporti sohasida — milliy huquqiy bazaning xalqaro huquqiy baza bilan uyg‘unlashuvini jadallashtirish yo‘li bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy avtoyuk tashuvchilarning og‘ir yukli avtotransport vositalari harakat tarkibi parkini kengaytirish, avtomobillarda xalqaro yuk tashishning ruxsatnoma berish tizimini takomillashtirish, xalqaro transport kommunikatsiyalariga maqbul yo‘l bilan chiqishni va tranzit tashuvlar hajmini ko‘paytirishni ta’minlaydigan yangi avtomobil yo‘laklarini shakllashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish; aviatsiya transporti sohasida — yuk tashish hajmlarini yanada ko‘paytirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish, mavjud infratuzilmani va ko‘rsatilayotgan xizmatlar kompleksini xalqaro aviatransport xizmatlari bozoriga olib chiqish, yuklarni aviatsiya yordamida tashish chog‘ida, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda moslashuvchan tarif siyosatini qo‘llash, havo kemalarining aviatsiya parkini ko‘paytirish va yangilash, “Navoiy” Xalqaro intermodal logistika markazining imkoniyatlaridan samarali va to‘laqonli foydalanish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Dasturda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar to‘la hajmda va o‘rnatilgan muddatlarda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 3. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda avtomobilda xalqaro yuk tashishni rivojlantirish va milliy avtoyuk tashuvchilarning raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ikki oy muddatda Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: avtomobilda xalqaro yuk tashishda ruxsatnomalar ayirboshlash, taqsimlash, taqdim etish va foydalanish kvotalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash; chegara bojxona postlarida naqd shakldagi hisob-kitoblar bilan bir qatorda naqdsiz shakldagi hisob-kitoblar tizimini joriy etish; O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan avtomobillarda kabotaj yuk tashishlarini taqiqlash; O‘zbekiston Respublikasining avtoyuk tashuvchilariga nisbatan xorijiy davlatlarning hududida kamsituvchi shart-sharoitlar joriy etilgan zarur hollarda ana shu davlatlarning avtotransport vositalariga nisbatan aynan bir xil tegishli choralar ko‘rish. 4. Yillik tushumida xalqaro yuk tashish xizmatlari eksporti ulushi 50 va undan yuqori foizni tashkil etadigan milliy avtotransport korxonalari va tovarlarni tashishni tashkil etish, omborga joylashtirish, saqlash, ishlov berish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi transport-logistika kompaniyalari: 2022-yilning 1-yanvariga qadar bo‘shagan mablag‘lar o‘zining avtotransport vositalari parkini kengaytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalashga, zamonaviy omborxona terminallari barpo etishga va bank kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilishi sharti bilan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin; 2024-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar uchun bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin. 5. Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport korxonalariga shaharlararo yo‘nalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqi berilsin. 6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2017-yilning 1-avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab eksport yuklarini temir yo‘l transportida tashish tariflarini respublika ichki yuklarini tashish darajasigacha pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 8. 2-ilovaga muvofiq tarkibda ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov rahbarligida ishchi guruhi tashkil qilinib, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: tadbirlarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring qilish, muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish va zarur hollarda, ularni hal qilish bo‘yicha asosli takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Prezident Administratsiyasiga kiritish. 9. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori U.U. Rozuqulov, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti boshlig‘i zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Isroilda 2 milliard dollarlik loyiha amalga oshirildi Isroilning Tel-Aviv xalqaro aeroporti va Quddus o`rtasida 2 milliard dollarlik loyihaning birinchi qismi amalga oshirildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri. Birinchi bosqich doirasida Ierusalim va Tel-Aviv aeroporti oralig`ida tezyurar poezd qatnovi yo`lga qo`yildi. Bu yo`nalishda masofa qisqarib, sayyohat 40 daqiqani tashkil qiladi. Mazkur yangilikni bir necha yillardan beri odamlar intizorlik bilan kutayotgan edi. Yangi temir yo`l liniyasida tezlik soatiga 160 kilometrni tashkil qiladi. Ushbu loyiha 2005 yilda rejalashtirilgan bo`lib, infratuzilmadagi moliyaviy muammolar va uning ortidan kelib chiqqan mojarolar saba to`xtab qolgan edi. “Biz bu kunni uzoq kutdik va bugun juda xursandmiz. Endi manzilimizga tez etib, ishimizni bitirib, ortga qaytishimiz mumkin” dedi mahalliy aholi vakillaridan biri.
2Dunyo
Rossiya aviakompaniyasi O‘zbekistondan Il-114-100 samolyotlarini sotib olmoqchi Rossiyaning «Yakutiya» aviakompaniyasi amaldorlar va senatorlarga O‘zbekistondan Kanada dvigatellariga ega, hozirda foydalanilmayotgan Il-114−100 6ta samolyoti sotib olinishini qo‘llab-quvvatlash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda TASS aviakompaniya rahbari Vladimir Gorbunovga asosan xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotlarning sotib olinishi bilan 2023 yilda Rossiya dvigateliga ega Il-114 paydo bo‘lguniga qadar Arktika mintaqalari ta'minotida uzilishlar ro‘y berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. «O‘zbekistonda Pratt & Whitney firmasi dvigatellari bo‘lgan 6ta Il-114-100 samolyoti turibdi. Krasnoyarskning «KrasAvia» aviakompaniyasi bilan uchtadan samolyotni olishimiz mumkin. Ushbu samolyotlarda uchishga ikkita mintaqani o‘rgatishimiz kerak», - dedi Gorbunov.  Uning aniqlik kiritishicha, gap davlat tomonidan subsidiyalanuvchi lizing kompaniyasi tomonidan samolyotlar xarid qilinishi va keyinchalik foydalanishga topshirilishi haqida ketmoqda. Gorbunovning so‘zlariga ko‘ra, bunday xarid qiymati taxminan 50 mln dollarni tashkil etadi. Bu miqdorga trenajyorlar, qo‘shimcha uskunalar va ehtiyot qismlar kiradi. O‘zbekistondagi Il-114−100, Gorbunovning aniqlik kiritishicha, 2006 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarilgan va o‘tgan yildan beri foydalanilmayapti, sababi yo‘lovchilar soni ortishi tufayli A320’ga almashtirilgan. «Bu Rossiya samolyotlari, Rossiyaning tur sertifikati bor. Ularni sotib olish va nazorat ostidagi foydalanishga topshirish kerak. Agar ular Yoqutistonda parvoz qilsa, unda ular barcha joyda uchishi mumkin», - deya ta'kidlab o‘tdi u. Qo‘shimcha qilinishicha, bunday qadam Il-114−300’ni yetkazib berish boshlanishida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab «bolalik kasalliklari»dan qutqaradi. Il-114−300 SSSR davridagi Il-114 samolyotining chuqur modernizatsiyasi hisoblanadi. U yo‘lak qoplamasi beton va qattiq tuproqqa ega bo‘lmagan aeroportlarda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu qo‘llanish doirasini kengaytiradi. O‘tgan yilning may oyi boshlarida MAK Il-114-100 samolyotlarining tijoriy ekspluatatsiyasini to‘xtatgandi. O‘shanda Milliy aviakompaniyaning Il-114-100 samolyotlarini ekspluatatsiyadan chiqarish tadbirlari rejasiga muvofiq, aviaparkda mavjud bo‘lgan 6ta samolyot sotuvga qo‘yilishi aytilgandi.
8O‘zbekiston
Kot-d'Ivuardagi harbiylar isyoni yana ikki shaharga yetib bordi Juma kuni Kot-d'Ivuarda harbiylar isyoni shanba kuni mamlakatning yana bir nechta shaharlariga, xususan, Abidjan va Man shaharlarigacha tarqaldi, deya ma'lum qildi Frans Press.  Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, Abidjandagi Akued harbiy bazasida otishma ovozlari eshitilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarga lagerga olib boradigan barcha yo‘llarni to‘sib qo‘ydi va buning oqibatida yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi.  Agentlikning ma'lum qilishicha, noroziliklar Man shahriga ham yetib borgan.
2Dunyo
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-666-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 8-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-666-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
O‘zbekistondagi barcha talabalar 16-yanvardan an’anaviy ta’limga qaytishi haqidagi xabarlar rad etildi O‘zbekistonda 2021-yilning 16-yanvaridan barcha onlayn shaklda o‘qiyotgan talabalar uchun o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati bu xabarlarni rad etdi. “Shuni rasman ma’lum qilamizki, oliy ta’lim muassasalarining barcha talabalarini to‘liq an’anaviy ta’lim shakliga o‘tkazish rejalashtirilmagan. Mazkur masalada yangilik bo‘lsa, vazirlik rasmiy veb-sayti va Telegram kanali orqali ma’lum qilinadi”, — deyiladi vazirlik raddiyasida. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yili 2-sentabrdan masofaviy shaklda boshlangandi. Sentabr oyining boshida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakli 2021-yilning yanvar—fevral oylarida ikkinchi semestr boshlanish vaqtida qayta tiklanishi mumkinligini aytgandi. Respublika komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq, barcha oliy ta’lim muassasalarida 2020-yilning 16-noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish belgilandi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida talabalar ta’lim muassasalariga bora olmasa, masofaviy o‘qishni davom ettirishlari mumkinligini aytgandi.  Oliy ta’lim vazirligi: Turar joy masalasini hal qila olgan talabalar an’anaviy ta’limga qaytadi
8O‘zbekiston
O‘zbekiston vakillari Berlindagi «Yashil hafta»da ishtirok etadi 2020 yilning 16-19 yanvar kunlari qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, tashrif chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi «Yashil hafta – 2020» xalqaro ko‘rgazmasi va qishloq xo‘jaligi vazirlarining Berlin konferensiyasida ishtirok etadi. O‘zbekiston delegatsiyasining Berlinga tashrifi dasturida ishbilarmon sheriklar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bilan bir qatorda Germaniyaning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Yuliya Klyokner hamda Polsha, Belarus, Livan, Moldova, Ukraina va boshqa davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
8O‘zbekiston
Qaysi hollarda «tez yordam» haydovchisi jarimaga tortilmasligi belgilab qo‘yildi 2019 yil 2 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 17-1-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.  Amaldagi qonunlarga muvofiq, tez tibbiy yordam avtomashinalari haydovchilari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, vaziyat taqozosiga ko‘ra shoshilayotganda belgilangan tezlikni oshirish, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan o‘tish va boshqa hollarda foto radarga tushganda javobgarlikka tortilayotgani aniqlangan. Ushbu qonun loyihasi bilan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tezkor va maxsus xizmat transport vositalari hamda ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar qayd etilgan hollarda haydovchilarning kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda ma'muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.  Shuningdek, tez tibbiy yordam avtomashinalari bilan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq amaliyotdagi ayrim muammoli holatlar bartaraf etiladi.
8O‘zbekiston
Futbolchilar Daniel Alvesni qo‘llash uchun banan bilan suratga tushdi (foto) “Liverpul” jamoasi futbolchilari Luis Suares va Filippe Koutinyo “Barselona” himoyachisi Daniel Alvesni qo‘llab-quvvatlash uchun banan bilan suratga tushdi. Bu haqda “Chempionat” ma’lumotiga asoslangan holda Uff.uz xabar berdi. Suares Alvesni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Koutinyo bilan birga banan yeb turgan suratini joylashtirgan. “Irqchilikka yo‘q deb ayting! Biz hammamiz maymunlarmiz”, — deya yozadi Suares. Shuningdek, yana bir necha futbolchi o‘z hamkasbini qo‘llagan holda banan bilan rasmga tushgan. Eslatib o‘tamiz, Daniel Alves Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda irqchilik ruhida haqoratlangan edi. Muxlislardan biri unga banan otgan, ammo Alves o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, o‘sha bananni olib yeb qo‘ygan edi.
13Sport
Mast haydovchini o‘z to‘tiqushi politsiyaga sotib qo‘ydi Meksikada to‘tiqush o‘z xo‘jayinining ichib olganligini yo‘l politsiyachilariga aytib berdi. Bu voqea Mexiko-Sitidagi nazorat-o‘tish punktida sodir bo‘ldi, deb xabar beradi El Universal. Nazorat punktigacha bemalol rulni boshqarib kelgan 49 yoshli Gilyermo ismli bu kishining mastligi bilinmas edi. Yo‘l politsiyachisi mashinaga qarayotganida, uning salonidan kimdir: “U mast! U mast!” deya baqirdi. Huquq-tartibot organi xodimlari avvaliga avtomobilda haydovchidan tashqari yana kimdir bor, deb o‘ylashdi va salonni ko‘zdan kechirishdi. Shundagina bu ovoz sohibi yashil tusli to‘tiqush ekanligini ko‘rishdi. To‘tiqushning bu ogohlantirishidan keyin shubhalangan politsiyachilar Gilyermoni ko‘rikdan o‘tkazishdi va uning mastligi tasdiqlandi. Shu tariqa haydovchi politsiya uchastkasiga olib ketildi, to‘tiqushni esa hayvonlarni himoya qilish idorasi xodimlariga topshirishdi. Keyinroq Gilyermo, to‘tiqushi unga qattiq o‘rganib qolganligi, usiz o‘lib qolishi mumkinligini aytgach, qushni qaytarib berishdi. Mast holatda mashina haydagani uchun unga qanday jazo berilishi ma’lum qilinmagan. Ba’zida to‘tiqushlar turli huquqbuzarliklarni fosh etishadi yoki oldini olishadi. Masalan, 2013-yilning yozida Floridada bir uyga o‘g‘ri tushganida, to‘tiqush baland ovozda baqirib, o‘g‘irlikning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymagan.
2Dunyo
Namanganda bir nechta shifokorning hujjatlari qalbaki ekani aniqlandi IIV huzuridagi Tergov departamenti Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan Chust tuman tibbiyot birlashmasida masofadan turib o‘tkazilgan monitoring tekshiruvida ayrim shifokorlarning sertifikatlari qalbaki ekanligiga shubha tug‘ilgani va bu borada tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganini xabar qildi. Xabarga ko‘ra tekshiruvda bolalar psixiatriyasi, anesteziologiya va reanimatologiyasi, umumiy amaliyot shifokori, nevrologiya, umumiy xirurgiya mutaxassisliklari uchun bir nechta shifokorlarning malaka toifasi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar qalbaki ekanligiga shubha tug‘ilgan. Hujjatlar tekshirib ko‘rish uchun olingan hamda malaka toifasi sertifikatlarining qalbakilashtirilgan holatiga aniqlik kiritish uchun Chust tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan.  Jurnalistning sakkiz oylik sargardonligi: Huquq posbonlari aybdor bosh shifokorni jarimaga tortolmayapti Tergovga qadar tekshiruv davrida o‘tkazilgan Namangan shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ekspertiza kriminalistika bo‘linmasi xulosasiga ko‘ra, malaka toifasi sertifikatlaridagi muhrlar izi kompyuter qurilmasining rangli oqimli (struyniy) printeri yordamida tayyorlanganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan G.N., S.N., M.J., I.Yu. va O.Z.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi departament xabarida.  SSV: Koronavirusga chalingan bemorlarni davo standartlariga rioya qilmasdan davolagan 4 ta xususiy klinikaning litsenziyasi bekor qilindi
8O‘zbekiston
“Mona Liza” ostiga yana bir portret yashirilgani aniqlandi Fransiyalik olim Paskal Kontening ta`kidlashicha,  Leonardo da Vinchining mashhur “Mona Liza” kartinasi bir necha qatlamdan iborat va u portret ostiga yashiringan haqiqiy Liza Gerardinining portretini topgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. Kartina saqlanayotgan Luvr muzeyi xodimlari tadqiqotchining ma`lumotlarini izohlashdan hozircha bosh tortgan. Paskal Konte “Mona Liza” portretini o`rganishda o`zi yaratgan “qatlamlarni kuchaytirish usuli” dan foydalanmoqda.  “Texnologiya bizga portret ostiga yashiringan qatlamlarni ko`rish va uni piyoz tozalagandek tozalash imkonini beradi”, — deydi Konte. “Mona Liza”ning tashqi qatlami ostida joylashgan portretda yon tomonga qarab turgan va Jokondaning tabassumisiz ayol ifodalangan. Oksford universiteti san`at tarixi professori Martin Kemp Kontening portret ostiga yashiringan surat haqiqiy Liza Gerardinining tasviri ekanligini inkor etmoqda. Britaniyalik san`at tarixchisi Endryu Grexem-Dikson fransuz tadqiqotchisinining fikrini tasdiqladi.  “Shubhasiz, bu asrimizning eng buyuk kashfiyotlaridan biri. Ko`pchilikning e`tiroz bildirishi tabiiy, axir portretniing nomini ham o`zgartirishga to`g`ri keladida”, —dedi tarixchi.
2Dunyo
Sobchak Tramp bilan ibodat nonushtasini befoyda va ma’nosiz deb atadi Rossiya prezidentligiga nomzod Kseniya Sobchak AQSh prezidenti tomonidan o‘tkaziladigan an’anaviy ibodat nonushtasiga qatnashdi. U o‘zining mazkur tadbirdagi ishtirokini izohlar ekan, uni mutlaqo befoyda va ma’nosiz deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. “Qiziq bo‘lmagan, ma’nosiz nutqlar. Bu chiqishlarda hech qanday ma’no yo‘q. Odamlar o‘tiribdi, ular hatto bir-biri bilan suhbatlasha olmaydi”, — dedi u ibodat nonushtasi haqida. Sobchakning ta’kidlashicha, unda ko‘p sonli siyosatchilar ishtirok etganligiga qaramasdan, tadbir muloqot uchun yaxshi maydonchaga aylanmagan. “Hech narsa anglatmaydigan rasmiy nutqlarning cheksiz oqimi tufayli hech kim bir-biri bilan gaplasha olmaydi”, — deya aniqlik kiritdi u.
2Dunyo
Xorazmda «Yashil makon» loyihasi start oldi, hokimlar daraxt ekdi Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu umummiliy loyiha doirasida hududlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga yetkazish maqsadida daraxt ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlikni e'lon qilgan edi. Hazorasp tumanida loyihani hokim O‘ktam Masharipov boshlab berdi. Uning boshchiligida tuman markazida va magistral yo‘llar bo‘ylab 250 tup Xorazm gujumi (qayrag‘och) va 200 tup sakura daraxti ko‘chati ekildi. Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshiboyev boshchiligida «Navro‘z» mahallasida qayrag‘och, shumtol, katalpa, sakura, terak va boshqa ko‘chatlar ekildi. Tuman rahbari aholiga murojaat qilib, har bir xonadon ahlini kamida 15 donadan 25 donagacha mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishga chaqirdi. Xiva tumani hokimi Hurmat Matrasulov ham tadbirda ishtirok etib, daraxt ko‘chatlarini ekdi. Tumanda bir kunda 380 dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilgani haqida xabar berildi. Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev ham loyiha doirasida daraxt ko‘chatlarini ekdi. Shovot tumani hokimi Hakimboy Otaxonov tadbirda ishtirok etib, daraxt ko‘chatlarini ekdi. «Yashil makon» loyihasi doirasida Xorazm viloyatida 14 million tup daraxt ekish rejalashtirilgan.
8O‘zbekiston
Soliq maslahatining yangi pogʻonaga koʻtarilishi - zamon talabi Mamlakatimiz Hukumati tomonidan parlamentga kiritilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi 2017 yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiq hamda Prezidentning 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni  (bundan buyon - Farmon) talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi, “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunlari hamda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Soliq kodeksiga  oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi nazarda tutiladi, хususan: 1.  Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartishlar debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoхud toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida yozma bildirishni taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik uchun mansabdor shaхslarga, shuningdek soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy choralarni koʻrishni nazarda tutadi. 2. 1796 – modda bilan toʻldirilishi soliq maslahati sohasida koʻrsatilgan хizmatlarni sifati, oʻz vaqtida boʻlishi va haqqoniyligi uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida ushbu sohada qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi uchun ma’muriy javobgarlikni aniq normalari kiritilishini nazarda tutadi. 3. «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Qonunning 12-moddasiga  kiritilayotgan qoʻshimcha chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga qoʻshimcha kafolat tarzida huquq taqdim etishni nazarda tutadi. Xususan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korхonalariga ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish vaqtida amalda boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini (bojхona toʻlovlari va resurs soliqlari – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer soligʻi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va maхsus toʻlovlardan tashqari) ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran besh yil mobaynida qoʻllashga haqli ekanligi belgilanmoqda. 4. “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunning  6, 12, 13 va 17-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan huquqiy asos yaratadi: 5.  Prezidentning 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son Farmoniga muvofiq 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza bergan taqdirda davlat boji toʻlashdan ozod etilishi belgilangan. Shu sababli umumiy yurisdiksiya sudlarida hamda хoʻjalik sudlarida davlat bojini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha Soliq kodeksining 329 va 330-moddalariga tegishli qoʻshimcha kiritilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi a’zosi Aliya YuNUSOVA
10Qonunchilik
Toshkentdagi Damashi kanalida 16 yoshli yigit cho‘kib ketdi Toshkentning Olmazor tumanidan oqib o‘tuvchi Damashi kanalida Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi 16 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi. FVV matbuot kotibi Samandar Hikmatullayevning so‘zlariga ko‘ra, yigit qo‘llarini kanal suvida yuvmoqchi bo‘lganida ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib ketgan. Guvohlar zudlik bilan voqea to‘g‘risida qutqaruv xizmatiga xabar bergan. Ayni paytda FVV xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda. “Toshkentda suvda cho‘kish holatlari ko‘pincha boshqa viloyatlardan kelgan — talabalar yoki shu yerda ishlash uchun kelgan fuqarolar bilan sodir bo‘ladi. Buning sabablaridan biri ularning hududning tabiiy geografiyasini yoki suv chuqurligini bilmasligidir”, — degan FVV matbuot xizmati rahbari. Avvalroq Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Anhor kanalida cho‘kayotgan qizni qutqargan erkakning o‘zi suvga cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Gvardiola beshinchi urinishda uddaladi. «Siti» - ilk bor finalda Chempionlar ligasi. 1/2 final. Javob o‘yini «Manchester Siti» (Angliya) — «PSJ» (Fransiya) — 2:0 (1:0) Gollar: Mahrez, 11 (1:0). Mahrez, 63 (2:0). «Manchester Siti»: Ederson, Fernandinyu, Uoker, Stouns, Zinchenko, Ruben Diash, Gundo‘g‘an, De Bryuyne (Sterling, 82), Foden (Aguero, 85), Mahrez, Bernardu Silva (Gabriel Jyezus, 82). «PSJ»: Navas, Florensi (Dagba, 75), Markinos, Kimpembe, Diallo (Bakker, 83), Errera (Draksler, 62), Verratti, Paredes (Danilu Pereyra, 75), Di Mariya, Neymar, Ikardi (Kin, 62). Ogohlantirishlar: Errera, 22. Verratti, 71. Zinchenko, 72. De Bryuyne, 74. Kimpembe, 87. Danilu Pereyra, 89. Chetlatish: Di Mariya, 69. Hakam: Kuypers (Niderlandiya). 4 may. Manchester. «Etihad» stadioni. Birinchi o‘yin — 2:1. O‘n yil o‘tdi. 2011 yil mayida Pep Gvardiolaning «Barselona»sm finalda «Manchester Yunayted»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan, bir mavsum o‘tib murabbiy ko‘k-anorranglilar boshqaruvidan ketgandi. O‘tgan o‘n yil ichida «Barselona» yana bir bor Yevropaning eng yaxshi jamoasi deb topilgan bo‘lsa, Gvardiola 2021 yilga qadar «Bavariya» bilan ham, «Manchester Siti» bilan ham ushbu turnir finaligacha yetib bora olmadi. Har qanday katta murabbiy yoki futbolchilarning o‘z heyterlari bo‘ladi. Gvardiolani yomon ko‘ruvchilar bir necha yil oldin unga laqab ham o‘ylab topishgandi — Fraudiola. Bu Pepning familiyasi va inglizcha fraud so‘zi («firibgar») qorishmasidan iborat gibrid so‘z. Gvardiolaning heyterlari aslida uning hech qanday sehri yo‘qligi, u Leo Messi, Xavi va Inesta kabi futbolchilarisiz Yevropa futbolida hech narsa qila olmasligiga amin edilar. Bu mavsum esa murabbiy bularning barchasi bo‘lmagan gap ekanini isbotladi. Balki «Manchester Siti»da Messi darajasidagi futbolchi yo‘qdir, ammo u Gvardiolaga kerak ham bo‘lmadi. «PSJ»ga qarshi javob o‘yinida dubl qayd etgan Mahrez intrigani o‘ldirish uchun yetarli bo‘ldi. Safardagi o‘yinda g‘alaba qozongani tufayli «Manchester Siti»da katta ustunlik bor edi - bu taktika tanlashda ham imkoniyatlarni kengaytirardi. Bu mavsumda jamoa maydonda ikkinchi raqamda o‘ynagan o‘yinlar bungacha ham bo‘lgandi (masalan, «Liverpul»ga qarshi). Gvardiola Parijdagi o‘yin bilan taqqoslaganda ikki o‘zgarish amalga oshirdi: Rodri va Kanselu zaxirada qoldirildi, ularning o‘rniga Fernandino va Zinchenko ilk daqiqalardan harakat qilishdi. Bu ikki o‘zgartirish ham pozitsiya bo‘yicha o‘zgartirishlar edi va bir qarashda tuzilma o‘sha-o‘sha holida qolgandi. Ammo baribir Pep nimanidir o‘zgartirgandi. Foden va Mahrez to‘psiz holatda yarimhimoyada o‘ynashdi, Silva va de Bryuyne oldinda qolib, markaziy himoyachilarni band qilib turishdi. 4-4-2 sxemasi, ammo qanot yarimhimoyachilari yuqori joylashgan. Ularga pressing vaqtida gibrid rol berildi: «PSJ» to‘pni markaz orqali oldinga olib bormoqchi bo‘lganda, ular markazga ko‘chib, mehmonlarning tayanch yarimhimoyachilarini yopishdi, bu orqali «Siti» bu hududda son jihatdan ustunlik qildi. To‘p «PSJ» fulbeklari orqali harakatlantirilgan vaqtda esa Mahrez va Foden qanotlarni egallashdi. De Bryuyne va Silva to‘psiz holatda markaziy himoyachilar bilan o‘ynashdi. Maurisio Pochettinoda esa variantlar yo‘q edi: uydagi mag‘lubiyatdan keyin «PSJ»ni faqat g‘alaba qanoatlantirardi. Undan tashqari, kadrlar muammosi bor edi: avvalgi o‘yindagi qizil kartochka tufayli Geyye jamoaga yordam bera olmasdi,  Mbappe «Lans»ga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan to‘liq tuzalishga ulgurmadi va zaxirada qoldirildi. Natijada Pochettino yarimhimoyaga Verratti-Paredes-Errera uchligini tushirdi, hujumda Neymar va Di Mariya markazdagi Ikardining ikki yonidan joy olishdi. «PSJ» pozitsion himoyalanganda, Di Mariya to‘rtinchi yarimhimoyachiga aylandi va o‘ng qanotni yopdi. Ammo pressing vaqtida markazga yaqin o‘ynab, Gundo‘g‘anni qo‘riqladi, «PSJ» yarimhimoyasi romb shaklini oldi. Mezbonlardan farqli ravishda, «PSJ» pressingni raqib markaziy himoyachilariga qadar olib bormadi, birinchi navbatda markazda ustunlik qilishga urindi. O‘yin boshida parijliklar yarimhimoyasi pressing ostida ham to‘pni nazorat qilib turdi. Shu tufayli mehmonlar hududlarda ustunlik qilib, raqib tomonda to‘pni ko‘p vaqt davomida ushlab turishdi. Golga qadar mehmonlar sezilarli ustunlikka ega edi. To‘pga egalik qilish bo‘yicha: 36 foizga 64 foiz, maydonning uchinchi qismidagi paslar soni bo‘yicha 6-17, darvozaga zarbalar bo‘yicha: 0:2. Lekin «PSJ»ning shunday ustunligi fonida «Siti» gol urdi. Bu mantiqqa zid ko‘rinadi, ammo mezbonlar mehmonlarni kelishmasdan qilingan pressing uchun jazolashdi. Di Mariya Gundo‘g‘anni qo‘riqlash uchun markazga o‘tgandi, shu tufayli qanotda Zinchenko ochiq qoldi. Ederson esa uning yo‘nalishi bo‘ylab 70 metr masofaga to‘pni uzatib berdi, ukrainalik futbolchi to‘pga yetib borib, uni markazdan kelayotgan de Bryuynega tashlab berdi, u esa o‘ngdagi Mahrezga to‘p uzatish o‘rniga zarba berdi, zarba himoyachilarga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi va baribir Mahrezga borib tushdi, u esa to‘pni Kimpembe va Navasning oyoqlari orasidan o‘tkazdi - 1:0. Goldan keyin ham «PSJ» hududlar bo‘yicha ustunlikni saqlab qoldi, lekin bu ustunlik kamaydi. 11-daqiqadan boshlab tanaffusga qadar to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik mehmonlar foydasiga 54 foizni tashkil etdi, shuningdek, maydonning uchinchi qismida berilgan paslar soni bo‘yicha ustunlik ham ularda edi - 72ga 62. Ya'ni ular goldan keyin ham darhol tashabbusni qo‘lga olib, hujumlar uyushtirishdi, buning sababi, birinchidan, «Siti» o‘yin bunday kechishiga qarshi emasdi, ikkinchidan, bu to‘liq ustunlik emas, shunchaki nisbatan ustunlik edi. Pozitsion hujumlarda «PSJ» hech narsa qila olmadi. Gvardiolaning «Siti»si bu safar ham o‘ziga xos bo‘lmagan tarzda o‘ynadi. Jamoa nafaqat kuchli pressing uyushtirdi, balki xotirjam himoyalandi. Ammo fakt shuki, birinchi bo‘limda «PSJ» Ederson darvozasi tomon 7 bor zarba yo‘lladi, shundan to‘rttasi himoyachilar tomonidan to‘sildi. Ikkinchi bo‘lim uchun ham Gvardiola hech narsani o‘zgartirmadi, Pochettinoda esa o‘yinni o‘zgartirib yuboradigan taklifning o‘zi yo‘q edi. «PSJ» yana to‘pga egalik qildi, «Siti» yana chuqur himoyalanib, o‘yinni nazorat qildi.  Parijliklar birinchi bo‘limda o‘z xatolari qurboni bo‘lishgandi, bu safar esa taktik jihatdan yutqazishdi. 4-3-3 sxemasi ish bermadi, Mauro Ikardi Mbappening o‘rnini bosa olmadi, «PSJ» qanotlari gollarga sabab bo‘ldi. Fransuzlar jamoasi o‘z yetakchisisiz Gvardiolaning puxta mexanizmiga qarshi hech narsa qila olmasligi ma'lum bo‘ldi.  62-daqiqada Pochettino sxemani o‘zgartirdi va Ikardini maydondan oldi. Bu qarorni avvalroq ham qabul qilish mumkin edi, chunki parijliklar paslar orqali raqib jarima maydoniga kira olishmadi va yuqoridan uzatmalar orqali ham Ikardiga to‘p yetkazib bera olishmadi, Ikardining o‘zi esa raqib hududida paslar orqali harakatlanishda foydasiz futbolchi edi. Bir soat davomida u jami 16 marta to‘pga tegindi. Bu juda yomon ko‘rsatkich, taqqoslash uchun, undan yomon ikkinchi natijani himoyachi Florensi qayd etdi - 40 teginish. Ikardi o‘rniga Kin, Errera o‘rniga Draksler tushirilishi to‘p Ederson darvozasi yaqiniga olib borilishini ta'minlashi kerak edi. «PSJ» 4-2-3-1 sxemasiga o‘tdi va raqib jarima maydonini qamal qilishga tayyorlana boshladi. Ammo darhol qarshi hujumda ikkinchi gol o‘tkazib yuborildi. Bu vaziyatda Zinchenko Florensidan to‘pni olib qo‘yib, darhol uni de Bryuynega uzatdi. «Shaharliklar» yetakchisi esa bitta pas bilan Fodenni oldinga tashladi - u bu harakati orqali mehmonlarning yetti futbolchisini vaziyatdan uzib qo‘ydi. Foden to‘pni de Bryuynega uzatib, yana qaytarib oldi. «Siti» o‘ziga xos tarzda qarshi hujum uyushtirdi: hamma oldinga yugurgani yo‘q, yetarli sondagi futbolchilar to‘p bilan maksimal tezlikda oldinga harakatlanishdi. Hujumni yakunlovchi nuqtada yana Mahrez paydo bo‘ldi, Diallo uni bo‘sh qoldirgandi - 2:0. Bu goldan keyin «PSJ» yana izdan chiqib ketdi, futbolchilar faqat qo‘pol o‘ynay boshlashdi. Ikkinchi goldan besh daqiqa o‘tib Di Mariya maydon tashqarisida Fernandinoning oyog‘ini qasddan bosib, qizil kartochka oldi. Ko‘p o‘tmay Perreyra ham chetlatilishi mumkin edi, ammo u Jyezusning oyog‘iga tashlanganida hakam faqat sariq kartochka ko‘rsatish bilan kifoyalandi, agar u qizil kartochka ko‘rsatganida ham VAR bu qarorni bekor qilmagan bo‘lardi. Kamchilik bo‘lib qolganidan keyin «PSJ» to‘pni nazorat qila olmasdi, qolgan vaqt «Siti»ning xohishiga qarab kechdi. Darvoqe, ikkinchi bo‘limda ham mehmonlar darvoza tomon yetti bor zarba berishdi va endi bu zarbalarning barchasi himoyachilar tomonidan to‘sildi. O‘yin davomida Ederson birorta seyv qilishiga to‘g‘ri kelmadi. «PSJ» «Siti»ni yengish uchun kelganini maydonda ko‘rsatib bera olmadi. Uning o‘rniga, jamoa yutqazishni bilmasligi, futbolchilar asab bilan bog‘liq muammolari borligi yana bir bor ko‘rsatib qo‘yishdi. «PSJ» yutqazgan o‘yinlarning deyarli barchasida bir futbolchisi qizil kartochka olib kelmoqda. Albatta, final — hali sovrin emas. Ammo «Manchester Siti» uchun bu yangi bosqich. Joriy mavsum — Gvardiolaning Angliyadagi beshinchi mavsumi. Shu vaqtga qadar «shaharliklar» yarim finalga ham yetib kela olmagandi, jamoani nisbatan kuchsiz jamoalar turnirdan chiqarib yuborardi: «Monako», «Tottenhem», «Lion». 2018 yilda «Liverpul»dan uchralgan mag‘lubiyatni to‘g‘ri tushunish mumkin, garchi o‘sha mavsum boshida «Siti» APL doirasidagi o‘yinda qizillarni 5:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, o‘shanda chorak final qarama-qarshiligida Klopp shogirdlari favorit edi. «Barselona» bilan Gvardiola ikki marta finalga yetib borib g‘olib bo‘lgan, «Bavariya» bilan uch marta yarim finalga chiqqan. «Manchester Siti»da Pep doim yoki 1/8 finalda, yoki chorak finalda to‘xtardi. Endi — hal qiluvchi o‘yin va bu o‘yin oldidan «shaharliklar» yaqqol favorit. «Real» ham, «Chelsi» ham hozirda «Siti»dan kuchsizroq. Ha, kim bo‘lsa ham hozir qog‘ozda «Siti»dan kuchsiz. Pep nega avvalroq emas, endi muvaffaqiyatga erishdi? Gvardiola har yili taktikalar bo‘yicha donolik qilib, o‘z futbolchilarini adashtirib yuborardi, deb hisoblashadi. Bu safar murabbiy hech qanday tajriba qilmadi, sababsiz rotatsiyalarga qo‘l urmadi. «PSJ» bilan o‘yinlar oddiy kechdi: odatiy sxema va odatiy tarkib. Yagona «yo‘q» — to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik. «Manchester Siti» uyda o‘ynasa ham, o‘yin vaqtining 44 foizida to‘pga egalik qildi, bu esa umuman noodatiy holat.  Bu kuni Gvardiola donolik qilmadi, ammo donolarcha yo‘l tutdi. Balki, shu vaqtgacha unga finalga yetib kelish va heyterlarining og‘zini yopish uchun aynan sovuqqonlik yetishmagandir. Ammo bu hali hammasi emas. Finalda ham sovuqqonlik bilan sovrinni yutish talab etiladi.
13Sport