text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining farzandlari: Ular qanday ko‘rinishda? (foto) Sevimli turk aktyor va aktrisalarining oilasi hamda farzandlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Lara va Lili Koli — Maryam Uzerlining qizlari 2013-yilda Maryam “Muhtasham yuz yil”ni tark etdi. Ko‘pchilik aktrisani homilador deb o‘yladi, chunki birozdan so‘ng uning qizi Lara tug‘ildi. Keyinchalik Uzerli ruhan charchaganini, shuning uchun loyihani tark etishga qaror qilganini ma’lum qildi. Aktrisa birinchi farzandining otasi turk tadbirkor Jan Ashet bilan u oila qura olmadi. 2021-yil boshida aktrisaning amerikalik tadbirkordan Lili Koli ismli qizi dunyoga keldi. Katta qizi onasiga singlisini tarbiyalashda yordam beradi. Aytgancha, ko‘plab muxlislar Lara Maryamga juda o‘xshashligini ta’kidlashadi. Alize — Vahide Perchinning qizi Yoshi ulg‘aygan Xurram Sultonning rolini o‘ynagan aktrisaning Alize ismli bir qizi bor. Qiz 1994-yilda Vahidening aktyor Altan Gerdyum bilan nikohidan tug‘ilgan. Alize ham ota-onasi singari hayotini kino bilan bog‘lashga qaror qildi, ammo hozirgacha u taniqli rollarni olmagan. Eslatib o‘tamiz, Perchin va Gerdyum 20 yildan ortiq birga yashab, 2013-yilda ajrashishga qaror qilgan. Elisa Gyuzin — Nur Fettaho‘g‘luning qizi Nur kinoga birinchi turmush o‘rtog‘i Murat Aysan tufayli kirib kelgan. 2011-yilda juftlik ajrashdi va bir necha yil o‘tgach, aktrisa turkiyalik tadbirkor Levent Vezirgo‘lu bilan turmush qurdi. Biroz vaqt o‘tgach, juftlik ajralishga qaror qilgandi, lekin oxir-oqibat ular oilani saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. 2016-yilda Nur va Leventning Elisa Gyuzin ismli qizi dunyoga keldi. Ali Demir va Jan Eyup — Pelin Karaxanning o‘g‘illari 2014-yil sport klubida Mehrimoh Sulton rolini ijro etgan Pelin tadbirkor Bedri Guntay bilan tanishgan. O‘sha yili juftlik turmush qurdi va o‘g‘li Ali Demir dunyoga keldi. Bir yil o‘tgach, bola mashhur onasi bilan birga tagliklar reklamasida ishtirok etdi. 2017-yilda Karaxan ikkinchi marta ona bo‘lishga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi. O‘sha yilning mart oyida u ikkinchi o‘g‘lini dunyoga keltirdi va unga Jan Eyup deb ism qo‘ydi. Aktrisa bolalarni muxlislaridan yashirmaydi va ularning suratlarini tez-tez o‘z sahifasiga joylashtiradi. Karan — Burak O‘zchivitning o‘g‘li Burak “Choliqushi” seriali suratga olish maydonchasida aktrisa Fahriye Evjen bilan uchrashdi. Ammo ularning orasida ishqiy munosabat boshlanmadi, chunki aktyor Jeylan Chapa bilan uchrashar edi. Ammo keyinchalik O‘zchivit va Evjen yana suratga olish maydonchasida uchrashdi — ular “Sevgi senga o‘xshaydi” dramasida bosh rollarni ijro etishdi. Ushbu loyihadan keyin ular juftlikka aylandi. 2017-yilda ularning nikohi bo‘lib o‘tdi — Turkiyada bu “Yil to‘yi” deb ataldi. Ikki yil o‘tgach ularning oilasida Karan ismli o‘g‘il dunyoga keldi va u otasiga juda o‘xshaydi.
7Madaniyat
Humo Arena muz saroyida “Assalom, bahor” nomli katta gala-konsert bo‘lib o‘tadi! 22-mart kuni Humo Arena muz saroyida mamlakatimizning eng taniqli estrada xonandalari ishtirokida katta gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Muxlislarni chinakam bahor bayrami, quvonch va a’lo kayfiyat kutmoqda! Konsertda Farrux Zokirov, Shahzoda, Tohir Sodiqov, Zohirshoh Jo‘rayev, Rayhon, Rashid Xoliqov, Ziyoda, Jenisbek Piyazov, Alisher Fayz, Munisa Rizayeva, Ulug‘bek Rahmatullayev, Milena Madmusayeva, Ozoda Nursaidova, “Setora” va “Sulola” guruhlari ishtirok etadi. Chipta sotib olish usullari: — Yakkasaroy tumani, Bog‘saroy 4A (mo‘ljal: 91-maktab va Italiya elchixonasi); — Humo Arena muz saroyi; — “Samarqand Darvoza” ko‘ngilochar savdo majmuasi, 1-qavati — Compas ko‘ngilochar savdo majmuasi, 1-qavat; — TTZ Ecobozor majmuasi — Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 1/4, Malika Prime mehmonxonasi. Ma’lumot uchun tel: 712 072 0072 712 071 071⠀ Bosh hamkor — O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi. Tadbir tashkilotchisi – MStar Co.
8O‘zbekiston
Soqolini oldirishi tavsiya etilmaydigan 16 aktyor (fotogalereya) AdMe har qancha jozibador bo‘lishiga qaramay, yaxshisi, ustaraga yaqinlashmagani ma’qul bo‘lgan 16 aktyorni keltirib o‘tdi. Ular soqol qo‘ygan holatda soqolsiz qiyofadan ancha yaxshiroq ko‘rinishiga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin.
3Foto
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida So‘ngi yillarda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari sezilarli darajada oshishiga erishildi. Ayniqsa, aholi tomonidan xonadonlarda barpo etilgan issiqxonalarda limon yetishtirish, 100 boshdan tovuq boqish tashkil qilinishi natijasida 2017-yilning o‘zida qo‘shimcha 1,2 ming gektar maydonda limonariy barpo etildi, 32 ming xonadonga 3,2 mln. ta 90 kunlik tovuq tarqatilib, 2,3 mln. dona tuxum yetishtirishga erishildi. Shuningdek, grek yong‘og‘i, unabi kabi inson salomatligi uchun foydali mevali ko‘chatlar ekish tashkil qilindi. Shu bilan birga, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanishda qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan: muayyan ekin turi, parranda yoki chorva mollarini parvarishlashdagi aholining xohishi, tajribasi va sharoiti hisobga olinmagan; tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ekinlarni joylashtirish, talab qilinadigan urug‘lik, o‘g‘it, o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlash tizimi samarali ishlamadi; tomorqa yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish, oldindan shartnoma tuzish va avans to‘lovini kafolatli amalga oshirishda moliyaviy ta’minot masalalari oxirigacha o‘z yechimini topmagan; xonadonlarda parvarishlanayotgan parranda, chorva mollarini kasalliklarga qarshi emlash, zarur miqdorda yem va emlash preparatlarini yetkazib berish xizmatlari to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan. Eng asosiysi, fuqarolarning o‘zlariga biriktirib berilgan tomorqa yerlaridan qo‘shimcha daromad manbai sifatida foydalanishdagi e’tiborsizligi, yerdan foydalanish madaniyatining to‘laqonli shakllanmaganligi, sohaga oid qonunlarda erdan xo‘jasizlarcha foydalanish hollariga nisbatan javobgarlik mexanizmi qat’iy belgilanmaganligi natijasida mavjud 445 ming gektar tomorqa yer uchastkasining 18,9 ming gektaridan samarasiz foydalanish holatlari aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qarori ijrosini ta’minlash hamda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yer uchastkasidan foydalanish samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va tomorqa yer uchastkasidan olinadigan daromadlarni yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda Respublika ishchi guruhi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq; Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi a’zolariga biriktirilgan hududlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Respublika ishchi guruhiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda: mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarining to‘laqonli bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish; dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zarur bo‘lgan yonilg‘i-moylash mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, sifatli urug‘lik va ko‘chatlarni hamda chorva mollari va parrandalar uchun ozuqalarni joylarda (mahallada) sotish ishlarini tashkil etish; dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini optimal muddatlarda ekish, parvarishlash, zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurashish hamda boqiladigan chorva mollari va parrandalarni emlash tadbirlarini amalga oshirishda sohaga oid ilmiy-tekshirish institutlari, olimlar va tajribali agranomlarning amaliy yordamlarini tashkil etish; dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan hosil yoki mahsulotlarni sotib olishning kafolatlangan mexanizmini yo‘lga qo‘yish maqsadida tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlarni aniq hududlarga biriktirish; dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini monitoring va tahlil qilib borish, umumlashtirish va har oy yakunida keyingi oyning 5-sanasigacha kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni takomillashtirishga doir Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar va takliflarni kiritish. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq va ovullarga sifatli urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish ishlarini amalga oshirish, buning uchun doimiy hamda mavsumiy harakatlanuvchi savdo do‘konlarini tashkil qilishga shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin. 4. “O‘zagrokimyohimoya” AJ dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun zarur bo‘lgan mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini joylarga yetkazib berish orqali dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga pullik xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida ekishga mo‘ljallangan mevali va manzarali ko‘chatlarni qishloq va ovullarda sotish choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari orqali dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishning ilg‘or tajribalari va iqtisodiy foydasi to‘g‘risida maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlarni muntazam ravishda tashkil etsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida (keyingi o‘rinlarda tomorqa yer uchastkalari deb ataladi) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, parranda va chorva mollarini parvarish qilish, mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlarini tizimli tashkil etish hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish monitoringini yuritish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: dehqon xo‘jaligi — meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni va realizatsiya qilishni dehqon xo‘jaligi a’zolarining shaxsiy mehnati asosida amalga oshiruvchi xo‘jalik; tomorqa yer uchastkasi — tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yoki yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish maqsadida ajratilgan yer uchastkasi; tomorqa xo‘jaligi — shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ham erkin savdo uchun, ham oila ehtiyojlari uchun yetishtirish (qayta ishlash) bilan bog‘liq mehnat faoliyati; to‘qsonbosti ekinlari — navbatdagi yilda erta hosil yetishtirish uchun kech kuzda (noyabr oyining uchinchi va dekabr oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida) sovuq va namgarchilik boshlanmasdan oldin ekiladigan sovuqqa chidamli sabzavot ekinlari; ulgurji iste’molchilar — tayyorlovchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari; ertaki (ertapishar) ekinlar — hududlarning tabiiy tuproq-iqlim sharoitlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda, qish va erta bahorda ekiladigan kartoshka, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar; o‘rtaki (o‘rtapishar) ekinlar — sug‘oriladigan yer maydonlaridan samarali foydalanish va qo‘shimcha hosil olish uchun to‘qsonbosti usulida va erta bahorda ekilgan ekinlardan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida ekiladigan kartoshka, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar. 3. Tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Tuman hokimining qaroriga muvofiq tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligida ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh deb ataladi) tashkil etiladi. Ishchi guruh tarkibiga tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman (shahar) fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tuman (shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limi, tuman (shahar) kasaba uyushmasi bo‘limi, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari kiritiladi. Ishchi guruh o‘z ishlarini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori bilan tashkil etilgan sektorlar kesimida bo‘linib, ish olib boradi. Sektor rahbarlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari ishchi guruh faoliyatining samarali olib borilishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga mas’uldir. 5. Ishchi guruh tomonidan har yili dekabr-yanvar oylarida xonadonma-xonadon yurib tomorqa yer uchastkalari maydonlari, tuproq-iqlim sharoiti va suv ta’minotidan kelib chiqib ekin turlari, mevali daraxtlar turi va soni, chorva mollari va parrandalar soni, shuningdek, ularning yil davomida tomorqa yer uchastkasida (ertaki, o‘rtaki va to‘qsonbosti) yetishtiriladigan mahsulot turlari va sotish hajmlari hamda issiqxona barpo etish, chorva mollari va parranda boqishga bo‘lgan xohishi o‘rganib chiqiladi. Ishchi guruh tomonidan har bir o‘rganilgan xonadon bo‘yicha ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklda ma’lumotnoma to‘ldiriladi va Kengashga taqdim etiladi. 6. Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan o‘rganish natijalari Kengash tomonidan umumlashtiriladi va fuqarolar yig‘ini kesimida tayyorlangan ma’lumotlarni tuman hokimiga 10-fevralgacha taqdim etadi. Taqdim etilgan ma’lumotlar tuman hokimi tomonidan o‘rganib chiqiladi va 15-fevralgacha dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan ekin va mahsulot turlari, ularni sotish hajmlari, shuningdek, issiqxonalar barpo etish, mevali va manzarali daraxtlar ekish hamda chorva mollari, parrandalar sotib olish dehqon va tomorqa ho‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy dasturlar) tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi. 7. Xalq deputatlari tuman kengashi 20-fevralgacha tuman hokimining hududiy dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini o‘z sessiyasida ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi. 8. Xalq deputatlari tuman kengashining sessiyasida tasdiqlangan tuman hokimining hududiy dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi sektor rahbarlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki hokim yordamchilari tomonidan 1-martgacha qarorda nazarda tutilgan dehqon ho‘jaliklari boshliqlariga va tomorqa yer egalariga yetkaziladi. 9. Dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida sektor rahbarlari quyidagilarni amalga oshiradilar: dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer uchastkasini shudgorlash, ekishga tayyorlashda pulli xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga quyish; dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer uchastkalari uchun urug‘lik, ko‘chat, zarur mineral o‘g‘it, kimyoviy vositalar hamda chorva mollari va parrandalarga ozuqalarning joyida (mahallada) doimiy savdosini, shuningdek, ko‘chma do‘konlar orqali sotilishini tashkil etish; oldindan to‘lov amalga oshirilgan holda ekin turlarini parvarishlash uchun zarur moddiy texnik resurslarni yetkazib berish, mevali va manzarali daraxtlarga shakl va kimyoviy ishlov berishni tashkil qilish; chorva mollari va parrandalarga pulli zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish; issiqxonalar barpo etish, chorva mollari va parrandalar xarid qilish va boshqa zarur ehtiyojlar uchun moliyaviy ko‘mak (shu jumladan, bank kreditlari) berilishida hamda zarur materiallar ta’minotida amaliy yordam berishni tashkil etish. 91. Hokim yordamchilari tuman (shahar) fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MChJ va boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda quyidagi vazifalarni bajaradi: xonadonma-xonadon yurish orqali tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanishini, shu jumladan, erni tayyorlash, urug‘, ko‘chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni ko‘paytirish holatini, ushbu qaror doirasida tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MChJ va boshqa tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini, shuningdek, tuzilgan shartnoma shartlariga rioya etilishini davriy monitoring qilib borish; tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, tomorqa yerlarini xizmatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish, shuningdek, tomorqa yerlarida yetishtirilgan mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yanada ko‘paytirish. 10. Kengash tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda hokim yordamchilari bilan hamkorlikda dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni muntazam o‘rganib boradi va tegishli ma’lumotlarni tayyorlab tuman hokimiga taqdim etadi. 11. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda hokim yordamchilari tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlar, shuningdek, boqiladigan chorva mollari va parrandalarning aniq hisobini yuritish maqsadida ekinlar, mahsulotlar hajmi, sotilgan, eksport qilingan va ichki iste’mol uchun qolgan miqdorlari to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtirib, mahalla pasportiga kiritadi va har olti oyda ushbu ma’lumotlarni yangilab boradi. Kengash tomonidan tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmi, shuningdek, ichki iste’moldan ortiqcha qismini sotish bo‘yicha tuman hokimligiga mahallalar kesimida mahsulot hajmlari ko‘rsatilgan taqdimnomalar kiritib boriladi. Tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlarning ichki iste’moldan ortiqcha qismi sotilishini tashkil etish maqsadida sektor rahbarlari tomonidan ulgurji iste’molchilarni, ularning xohishiga ko‘ra, hududlarga biriktirish va ular tomonidan tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlarni qabul qilish shohobchalarini tashkil qilishni yo‘lga qo‘yish, bozor ma’muriyati bilan esa yetishtirilgan mahsulotni bevosita bozorda sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzilishini tizimli ravishda tashkil etiladi. Shuningdek, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida xatlovga binoan ko‘zlangan meva ko‘chatlari va sabzovotlar ekish uchun zaruriy ko‘chatlar va urug‘liklar yetkazib berish va parvarishlash davomida agrotexnologik xizmatlar ko‘rsatish, yetishtirilgan mahsulotlarni to‘lovini amalga oshirgan holda yig‘ib olish hamda zaxiraga, qayta ishlovchiga, eksportyorlarga yetkazib beruvchi tomorqa-xizmat tuzilmalari tashkil etilishi mumkin. 13. Tomorqa yer uchastkalarida boqiladigan chorva mollari va parrandalarga ko‘rsatilgan veterinariya xizmatlari yuzasidan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar bilan ta’minlash yuzasidan mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalarni yetkazib beruvchi va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasigacha Kengashga hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga tegishli ma’lumot taqdim etib boradi. 14. Ishchi guruh a’zolari sektor rahbarlari hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib tuman hokimining hududiy dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorining tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan bajarilishi monitoringini amalga oshiradi. Monitoring ishlarini o‘tkazish, qoida tariqasida, ekish (mart-aprel, avgust-sentyabr, noyabr-dekabr oylari) va parvarishlash davri bo‘yicha belgilanadi. 15. Dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi monitoringini yuritish jarayonida ishchi guruhning talabiga binoan boshqa tashkilotlardan mutaxassislar jalb etilishi mumkin. 16. Monitoring natijasida ekin yerlaridan maqsadli va samarali foydalanib, tuman hokimining hududiy dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorida belgilangan ekin turlarini to‘liq ekkan, agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida, sifatli bajargan, yilida kamida ikki yoki uch marta yuqori hosil olgan hamda tomorqani obodonlashtirgan, chorva mollari va parrandalarning bosh sonini saqlagan va ko‘paytirishga erishgan tomorqa yer egasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” PQ-3454-son qarorining 28-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash sifatida yer solig‘i stavkasini pasaytiruvchi koeffitsiyentini qo‘llash bo‘yicha, ishchi guruhning ma’lumotnomasi asosida, Kengash tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasigacha tuman hokimiga ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq taklif kiritiladi. Tuman hokimi Kengash raisi bilan birgalikda mazkur tomorqa yer uchastkasi egasiga: joriy yil uchun yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish yuzasidan tuman davlat soliq inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi; “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari berish bo‘yicha tegishli tavsiyanomalarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi. 17. Monitoring natijasida dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer uchastkalarida tuman hokimining hududiy dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorida tuproq-iqlim sharoiti va suv ta’minotidan kelib chiqqan xolda belgilangan ekin turlari hamda mevali va manzarali daraxtlar ekilmaganligi, chorva mollari sotib olinmaganligi, issiqxona barpo etilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi obodonlashtirilmaganligi aniqlansa, hokim yordamchisi tomonidan ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq ogohlantirish xati joyida tayyorlanadi va uning bir nusxasi tegishli dehqon xo‘jaligi boshlig‘i yoki dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egasiga beriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qarorining talablari tushuntirilib, kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir haftalik muddat belgilanadi. Ogohlantirish xatidagi muddat tugagandan so‘ng hokim yordamchisi tomonidan dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egasining manziliga borib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganligi nazorat tariqasida qayta o‘rganiladi. O‘rganish natijasida ilgari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan bo‘lsa, bir kun muddatda bu haqda tuman hokimligiga xabarnomaga ogohlantirish xatlarini ilova qilgan holda kiritadi. 18. Tuman hokimi Kengash raisi bilan birgalikda xar chorak bo‘yicha keyingi oyning 15 sanasigacha tomorqa yer uchastkalaridan asossiz ravishda samarasiz foydalanganlik holati yuzasidan: a) dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egasiga joriy yil uchun hisoblangan yer solig‘ining uch barobari miqdorini qo‘llashni so‘rab tuman davlat soliq inspeksiyasiga taqdimnoma kiritish, bunda dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egasiga nisbatan yil davomida ko‘pi bilan bir marta taqdimnoma kiritiladi; b) dehqon xo‘jaligiga nisbatan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi. 19. Tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tomorqa yer egasiga joriy yil uchun yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish yoki hisoblangan yer solig‘ining uch barobari miqdorini qo‘llash to‘g‘risidagi taqdimnoma besh kun muddatda ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi. 20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
10Qonunchilik
Sud Toshkent shahar hokimining 2017 yildagi qarorini bekor qildi Toshkent shahar Chilonzor tuman ma'muriy sudiga «Hayrabod» mahalla fuqarolar yig‘ini Toshkent shahar hokimiyati mansabdor shaxsi tomonidan chiqarilgan qarorni haqiqiy emas, deb topish bo‘yicha shikoyat-ariza bilan murojaat qildi. Oliy sud matbuot xizmati xabar berishicha, sud MFY binosini MChJga ajratib bergan Toshkent shahar hokimining qarorini bekor qildi. Sud majlisida o‘rganishlar asosida quyidagilar aniqlandi. «Hayrabod» mahalla fuqarolar yig‘ini 50 yildan buyon hududdagi 3-tor Hayrabod ko‘chasi, 13-manzilda joylashgan «Otalar choyxonasi» binosidan foydalanib kelgan. Toshkent shahar Yer resurslari va mulk kadastri xizmati davlat korxonasining arxiv hujjatlariga ko‘ra 995 kv.m. yer maydonida joylashgan binoning 555 kv.m. qismi «Hayrabod» MFY nomiga kadastr hujjatlari bilan rasmiylashtirilgan. Biroq 23.05.2017 yilda Toshkent shahar hokimining 630-sonli qarori asosida ushbu binoning huquqiy holati aniqlanmasdan, o‘rnatilgan tartibda egasiz deb topilib, davlat tasarrufiga qabul qilinmasdan qonunga zid ravishda «XALOL SUT MAZASI» MChJga ajratib berilgan. Sud qonun talablari va aniqlangan holatlardan kelib chiqib, «Hayrabod» mahalla fuqarolar yig‘inining shikoyat-arizasini asosli, deb hisobladi hamda Toshkent shahar hokimining yuqorida qayd etilgan qarorini haqiqiy emas deb topdi.
8O‘zbekiston
JSST: Pandemiya boshida Uxanda koronavirusning 10 dan ortiq mutatsiyasi bo‘lgan Koronavirus kelib chiqishini o‘rganayotgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari Xitoyda infeksiyaning 2019-yil dekabr oyidan ilgariroq tarqalganiga oid bir qancha belgilarini aniqladi. Bu haqda JSST xalqaro ekspertlari bergan intervyu ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar berdi. Guruh rahbari Piter Ben Embarekning so‘zlariga ko‘ra, ilk bor dekabr oyida koronavirus infeksiyasi keng tarqalgan Uxan shahrida o‘sha paytda o‘ndan ortiq SARS-COV-2 shtammi mavjud bo‘lgani aniqlandi. JSST mutaxassislari SARS-COV-2’ning mutatsiyasi deb taxmin qilinayotgan 13 ta shtammni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi, dedi Embarek. Sidney universiteti virusologi, professor Edvard Xolmsning ta’kidlashicha, ushbu shtammlar koronavirusning Uxan shahrida dekabr oyidan ilgariroq tarqalganidan dalolat berishi mumkin. Bundan tashqari JSST ekspertlar guruhi a’zosi doktor Piter Dassak koronavirus janubiy Xitoy va Janubi-sharqiy Osiyodagi ko‘rshapalaklardan tarqalgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rshapalaklar orqali infeksiya yovvoyi hayvonlar boqiladigan fermaga yetib borgan va fermadagi mushuksimon sinet, sassiqko‘zan, bo‘rsiq, yenotsimon itlarga yuqqan bo‘lishi mumkin. “Ehtimol, ferma ishchilari virusni yuqtirib, uni bozorga olib kelgan yoki virus yuqtirgan hayvonlarni bozorga olib chiqqan. Koronavirus Xuanan yoki Uxan bozorida paydo bo‘lganidan keyin yanada keng tarqalgan ” — qo‘shimcha qildi JSST eksperti. JSST mutaxassislari avval ham Xitoyda infeksiya 2019-yil dekabridan ilgariroq tarqalgani haqidagi taxminlarni istisno qilmagan. Xabarga ko‘ra, Xitoy Uxan shahrida SARS-COV-2 aniqlanganini rasman e’lon qilishidan ikki oy oldin, mamlakatning markaziy qismida shu kabi alomatlar bilan qariyb 90 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ularda infeksiya izlari topilmagan, ammo mutaxassislar ularni virusga chalingan bo‘lishi mumkinligini inkor etmayapti. XXR hukumati koronavirus infeksiyasiga chalinish bo‘yicha dastlabki holatlarni 2019-yil dekabr oyining boshida rasman e’lon qilgandi. Kasallik birinchi bo‘lib Xubey viloyatining markazi Uxan shahrida aniqlangan. Hukumat bergan ma’lumotga ko‘ra, dengiz mahsulotlari bozori virus tarqalishining manbasi bo‘lgan. Avvalroq JSST mutaxassislari Xitoy hukumatining 2019-yil dekabr oyida Uxan shahrida qayd etilgan koronavirus bo‘yicha dastlabki 174 ta holat to‘g‘risida ma’lumot olish uchun yuborilgan so‘rovlarni rad etgani haqida ma’lum qilgan. Bu JSST mutaxassislariga virusning qachon va qanday tarqalishiga oid dastlabki bosqichlar haqida o‘z tahlillarini o‘tkazishga imkon bermagan.
2Dunyo
O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari “Arbob” madaniyat saroyiga tashrif buyurdi Ikki davlat Prezidentlari Xo`jand shahri yaqinidagi “Arbob” madaniyat saroyiga tashrif buyurdi. Bu erda So`g`d viloyati jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, nuroniylar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.   Davlatimiz rahbari xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlikni qadrlash, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish haqida nutq so`zladi.   Prezidentlar «Arbob» madaniyat saroyini ko`zdan kechirdilar.
12Siyosat
Adliya vazirligi Gulnora Karimova jazo o‘tayotgan koloniyadagi sharoitlarni batafsil o‘rgandi O‘zbekiston Adliya vazirligi 3−4 iyul kunlari Gulnora Karimova jazoni o‘tayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-sonli umumiy tartibdagi ayollar koloniyasidagi shart-sharoitlarni o‘rgandi. Adliya vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, o‘rganishlar internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sud qaroriga muvofiq ravishda jazoni o‘tayotgan mahkumaning shart-sharoitlariga oid xabarlar sababli o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida Gulnora Karimova koloniyaga 2019 yilning 14 mart kuni yetib kelgani va 2-sektor 7-otryadga (umumiy tartibda) joylashtirilgani aniqlandi. Vazirlikning qayd etishicha, yashash sharoitlari Jinoyat-protsessual kodeksining 117-moddasiga muvofiq kelib, unga ko‘ra umumiy tartibdagi koloniyalarda mahkum qilinganlar umumiy yashash binolarida istiqomat qiladilar. Gulnora Karimova JPKning 9-moddasiga ko‘ra o‘z huquqlarini amalga oshirib, o‘quv, badiiy va boshqa axborot materiallaridan foydalanmoqda, koloniya kutubxonasi a’zosi hisoblanadi. Adliya vazirligining qayd etishicha, Gulnora Karimova kutubxonadan olgan kitoblar ro‘yxati. JPKning 78- moddasiga ko‘ra, mahkuma posilka va banderollar olish huquqidan foydalanmoqda. Jumladan, 2, 3 va 10 aprel kunlari, shuningdek 10 iyun kuni Gulnora Karimova banderol va jo‘natmalarni qabul qilib oldi. Gulnora Karimova hisob raqamiga uning qizidan 10 aprel kuni pul mablag‘lari kelib tushdi. Mahkuma jazoni o‘tash vaqtida to‘rt marta koloniyadagi do‘kondan xaridlarni amalga oshirgan va o‘rganishlar vaqtida hisob raqamida qoldiq mablag‘lar mavjud, deyiladi matbuot xizmati xabarida. JPKning 76-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi uchrashuv huquqidan ham foydalanmoqda. Jumladan, 12−15 aprel kunlari u uzoq muddat (3 kun) o‘z oila a’zolari bilan birga bo‘ldi. Shu bilan birga, Gulnora Karimova ikkita qisqa muddatli uchrashuvdan (8 va 10 aprelda) yozma ravishda voz kechdi. Gulnora Karimovaning 2 va 17 aprel va 17 iyun kunlari shveysariyalik advokati bilan uchrashuvi ta’minlangani uning barcha huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanganidan dalolat beradi, deya qayd etdi Adliya vazirligi. JPKning 79-moddasiga muvofiq, mahkuma cheklovlarsiz xat va telegrammalarni olish va jo‘natish huquqiga ega. Jazoni o‘tash vaqtida Gulnora Karimova 25 mart va 17 iyun kunlari xat yubordi. Vazirlik zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmagani haqidagi xulosalar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab o‘tdi. 2017 yil dekabrda Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh byurosi tomonidan komission sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan, unga ko‘ra Gulnora Karimovada muqaddam paydo bo‘lgan va surunkali xarakterga ega bo‘lgan bir qator kasalliklar aniqlangan. 2019 yil martida koloniyaga kelishi bilan Gulnora Karimovaning salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun bir necha marta malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shunigndek Sog‘liqni saqlash vazirligining tajribali mutaxassislari (kardiolog, ginekolog, stomatolog, infeksionist shifokor, endrokrinolog, gastroenterolog, psixiatr va boshqalar) tomonidan maslahatlar berilgan. Shu bilan birga, sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Gulnora Karimovada aniqlangan kasalliklar uning jazoni o‘tashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, deya qayd etdi Adliya vazirligi. Suhbat jarayonida Gulnora Karimovaga jismoniy, psixologik yoki ruhiy bosim o‘tkazish holatlari kuzatilmagani qad etildi. Aksincha, boshqa mahkumalar uning saqlash sharoitlari yomon ekani va unga nisbatan bosim o‘tkazilgani haqidagi axborotlar tarqalganidan hayratda ekanini bildirdi. Jumladan, u bilan bir sektorda istiqomat qiluvchi mahkumalar Gulnora Karimova koloniyaga joylashgan vaqtda deraza yaqinidagi o‘ringa joylashish istagini bildirgani, biroq ushbu karavot boshqa mahkuma tomonidan band qilingani ta’kidladi. Shunga qaramasdan, boshqa mahkuma Gulnora Karimovaga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan, deya xabar qildi Adliya vazirligi. Ushbu davrda Gulnora Karimova salomatlagi hisobga olingan holda biror marta ham mehnat faoliyatiga jalb qilinmagan, buni mahkumalar ham, koloniya ma’muriyati ham tasdiqlamoqda. Bevosita Gulnora Karimovaning o‘zi bilan suhbat jarayonida u mahkuma sifatidagi huquqlari hech qanday to‘siq yoki cheklovlardan shikoyat qilmadi. Gulnora Karimova bu mavzuda suhbatlashishni istamasligini ma’lum qilib, asosan quyidagilar bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirgan: Surunkali kasalligi bois Gulnora Karimovaga statsionar davolanish imkoniyati taqdim etilgan va uchrashuv vaqtida u tibbiy qismda edi. Suhbat vaqtida mahkuma unga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati bo‘icha hech qanday e’tirozlar bildirmadi, deya tasdiqlamoqda Adliya vazirligi. Vizual ko‘rik vaqtida mahkumada tan jarohatlari aniqlanmadi. Adliya vazirligi aktivlarning qaytarilishiga oid ma’lumotlar yuzasidan ham izoh berdi. Xabarda qayd etilishicha, Gulnora Karimovaga nisbatan tergov boshqa xorij mamlakatlarida ham davom ettirilmoqda. «Xorijda olib borilayotgan tergov materiallari va rasmiy manbalardan ma’lumki, Gulnora Karimova va unga aloqador odamlar tomonidan Latviya, Shveysariya, Fransiya, Shvetsiya, Niderlandiya va ehtimol boshqa davlatlar hududlarida pul yuvish bo‘yicha noqonuniy korrupsion sxemalar qo‘llanilgan», — deyiladi vazirlik xabarida. «Aktivlarni qaytarish bo‘yicha barcha muzokaralar va tadbirlar hukumat darajasida O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq olib borilmoqda. Mazkur aktivlar Gulnora Karimova (uning oila a’zolari) tasarrufida emas va ular xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olingan», — deyiladi xabarda. Vazirlik matbuot xizmatining ta’kidlashicha, ayni vaqtda noqoniy sotib olingan aktivlarning qolgan qismini qaytarish bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda. Avvalroq uning advokati Greguar Manja Shveysariya federal jinoit sudi O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha 555 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarishni to‘xtatganini ma’lum қилgaнedi. Bu haqda mahkumaning qizi Iman Karimova ham xabar berdi.
5Jamiyat
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi Markaziy bank 10-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,36 so‘mga ko‘tarilib, 10 511,84 so‘mni tashkil qildi. Yevro 55,75 so‘mga ko‘tarilib, 12 697,25 so‘m bo‘ldi. Bundan avval dollarning rasmiy kursi 7,74 so‘mga pastlab, 10 493,84 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi. Eslatib o‘tamiz, Markaziy bankning bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2021-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya 9—10 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy bank Moliya vazirligining prognozlariga qaramay, 2023-yilda inflyatsiya 5 foizga yetishiga ishonmoqda.
8O‘zbekiston
ONASIGA KERAGI BO`LMAGAN ChAQALOQ... Mehriniso katta pul topish ilinjida Rossiyaga yo`l oldi. Biroz mehnat qilgach, yashashning oson yo`lini tanladi. Homiladorligi ma`lum bo`lganda, begona yurtda bola oldirishning ilojini topmay, uyga qaytishga qaror qildi. Onasi olamdan o`tib ketganligi, otasi boshqa ayolga uylangani bois xolasi Nasibaning uyiga keldi. Xolasining qizi Feruza bir necha yildan beri befarzandligi tufayli bolasini unga berishni ko`ngliga tugdi. Biroq Feruza uning ko`zi yorishini kutmay, ishlash uchun Turkiyaga yo`l oldi. Turkiyada bo`lgan Nasiba xolasi esa O`zbekistonga qaytdi. Mehriniso bola katta qilishning bunchalik mashaqqatli ish ekanligini tasavvur ham qilmagan edi. U avvaliga bu borada Nasiba xolasining yordamiga umid qildi. Biroq shusiz ham tashvishi boshidan oshib yotgan Nasiba har doim ham Mehrinisoga qarashishga vaqt topolmadi. Shundan keyin u arazlab, boshqa tumanda yashovchi dugonasi Surayyonikiga ketdi. — Surayyo, agar bolamga qarab tursang, men ishlab pul topardim. Enagalik qilganing uchun senga uch yuz ming so`m oylik to`lardim, bolaning oziqlanishi uchun alohida pul berardim, – dedi Mehriniso. — Mayli, o`rtoqjon, o`g`lingga mehrim tushim qoldi, unga o`zim qarayman, – dedi Surayyo. Shunday qilib, Mehriniso ishga ketgan odam bo`lib, tongda chiqib ketar, kech qaytardi. Surayyoning nima ish qilyapsan degan savoliga “Toshkentda ishlayapman”, deb javob berar, aynan nima ish bilan shug`ullanayotganligini aniq aytmas edi. Kunlarning birida Mehrinisoning amakisi qo`ng`iroq qilib, uning uyga qaytishini talab qildi. Mehriniso jonajon dugonasining haqini berishni xayoliga keltirmay, ortiga qaytdi. Amakisining xotini yaqinda farzand ko`rgani bois, o`g`liga kennoyisi qarashiga umid qildi. Amakisining uyiga etib kelgan Mehriniso bolasining suti qolib ketganligini bahona qilib, chaqaloqni uyga tashlab, ko`chaga chiqib ketdi. Qaytib kelganda esa, bolasini Nasiba xolasi olib ketganligini bildi. — Bolani shuncha ovorai-sarson qilmay, menga bera qol, seni rozi qilish uchun 100 dollar beraman, pul berganimdan keyin uni mening nomimga rasmiylashtiramiz, – dedi Nasiba. Xolasining taklifidan Mehrinisoning boshi ko`kka etdi. U hech bir ikkilanishlarsiz ayolning gapiga ko`ndi. O`sha zahotiyoq bolasini xolasiga tutqazib, otasining uyi tomon yo`l oldi. Oradan ikki hafta o`tgach, Mehriniso Nasiba xolasiga qo`ng`iroq qilib, puldan gap ochdi. Jiyanining surbetlarcha pul talab qilishidan jahli chiqqan Nasiba bola kerakmasligini, uni qaytarib olib ketishi mumkinligini aytdi. Oradan bir soat o`tar-o`tmas Nasiba qo`shnisi Umidadan chaqaloqni berib yubordi. Otasining uyida bola katta qilish uchun shart-sharoit bo`lmaganligi sababli chaqaloqni kasal qilib qo`ydi. Surayyo dugonasining o`g`liga qaraganda yaxshi ko`rib qolganligi tufayli Mehriniso bolasini olib ketgandan keyin ham uni unuta olmadi. Nuqul tushiga chaqaloq kirar, uning kelajagidan juda xavotirlanar edi. Bola tez-tez tushiga kirgani bois, Mehriniso xizmat haqini bermagan bo`lsa-da, chaqaloqdan xabar olishga qaror qildi. U Mehrinisoning uyiga kelganda bekorga bezovta bo`lmaganligini angladi. Chaqaloq yaxshi parvarish qilinmaganligi uchun kasal bo`lib qolgandi. — Mehriniso, bu ahvolda bolani nobud qilasan. Yaxshisi men bilan yur, uni o`zim davolayman, o`zim qarayman. Hozir taksi chaqiraman, narsalaringni yig`ishtir, – dedi Surayyo. Qo`shni qiz Umida ham ular bilan birga Surayyoning uyiga yo`l oldi. Yo`l davomida Mehriniso Umidaga “farzanding yo`q, istasang bolamni senga sotaman, qonuniy ravishda rasmiylashtirib beraman”, deb ko`ndirishga harakat qildi. — Bola uchun qancha so`raysan? – deb so`radi Umida. — O`zing yaxshi bilasan, yana Rossiyaga qaytib ketmoqchiman, yo`limga pul kerak, – dedi Mehriniso xuddi biror buyumni savdolashayotgan odam kabi sovuqqonlik bilan. Surayyo ularning gapini eshitib, xavotirga tushdi. U o`sha kuni tuni bilan bolani qutqarish yo`llarini o`ylab chiqdi va ichki ishlar idorasiga qo`ng`iroq qilishga qaror qildi. Ichki ishlar xodimlari undan va Umidadan bolani sotish tadbirida ishtirok etishni so`rashdi. Ular rozi bo`lishdi. — Kechagina Rossiyadan pul kelgandi, narxini kelishsak, bolani o`zim olaman. Faqat pul uchun Sirdaryo shahriga kelishlaring kerak, biror kafeda uchrasharmiz, – deb qo`ng`iroq qildi Umida. Pulning daragini eshitgan Mehriniso shoshilib, Surayyo bilan birga Sirdaryo shahriga yo`l oldi. Ular kechki soat beshlarda kafelardan birining alohida xonasiga yig`ilishdi. — Umida, hech narsadan xavotirlanma, hammasi qonuniy bo`ladi, bolamni sening nomingga rasmiylashtirib beraman, – dedi hech nimadan xabari bo`lmagan Mehriniso. – Ertaga fikringdan qaytib, bolamni qaytar, demaysanmi? – Bundan aslo tashvish chekma, bola kerakmas, uning turgan-bitgani tashvish ekan. Men Rossiyaga qaytib ketaman, – dedi Mehriniso. Uning bemehrlik bilan aytgan so`zlaridan keyin Umida Mehrinisoga 300 dollarni uzatdi. Pulni shoshma-shosharlik bilan kurtkasining cho`ntagiga tiqqan Mehriniso chaqaloq va uning hujjatlarini Umidaga berdi. Oradan besh daqiqa o`tar-o`tmas xonaga ichki ishlar xodimlari kirib kelishdi... Avaliga Mehriniso hech narsani bo`yniga olmadi, biroq cho`ntagidan chiqqan pullarning seriyasi ichki ishlar xodimlarining qo`lidagi dollar seriyalari bilan mos kelgach, lom-mim deyolmay, aybini tan olishga majbur bo`ldi. Unga nisbatan O`z.R.JKning 135-moddasiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tegishli jazoga tortildi. Lola Shoimova
6Jinoyat
“Uning haykali bizning stadionimizda turadi”. Serxio Aguero qanday qilib “Manchester Siti” afsonasiga aylandi? “Manchester Siti”da 10 yil faoliyat yuritib, 2021-yilning yozida “Barselona” safiga o‘tgan Serxio Aguero Manchester shahri jamoasining haqiqiy afsonasiga aylandi. “Daryo” 33 yoshini qarshilayotgan hujumchi faoliyatidagi eng yorqin vaziyatlarni yodga oladi. 2011-yilda arab shayxlarining “Manchester Siti”ga kiritgan bir necha millionlik investitsiyalari o‘z natijasini berdi – Roberto Manchini qo‘l ostida jamoa Chempionlar Ligasiga chiqdi va 1976-yildan keyin birinchi bor sovrin qo‘lga kiritdi (Angliya Kubogi). Murabbiy yozda Haldun al-Muborak bilan uchrashish maqsadida BAAga tashrif buyurdi va transferlar uchun mablag‘ so‘radi, evaziga yangi mavsumda “Siti” APL sovrini uchun kurashishiga kafolat berdi. Hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun qisqa ro‘yxatda “Atletiko” hujumchisi Serxio Aguero (argentinalik futbolchi o‘sha vaqtda eng yaxshi mavsumini o‘tkazgan edi: La Ligada 32 o‘yinda 20 ta gol urgandi) va “Udineze” futbolchisi Aleksis Sanches (A Seriyada 12+7) bor edi. Keyinchalik Manchini yodga oladi: “Sanches bu ro‘yxatda Aguerodan ham oldinda turgan edi. Lekin “Barselona” uni qo‘lga kiritish uchun harakatni boshlagandi. Biz “Udineze”ga qo‘ng‘iroq qilganimizda, ular biz bilan bog‘lanishni ham istamadi. Sanches qo‘ldan ketganini tushungandik”. 2011-yilning may oyidayoq Aguero “Atletiko”ni tark etmoqchi ekanligini e’lon qildi — o‘shanda hujumchining “Real”ga o‘tayotgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Diyego Maradona ham “Barselona” bilan munosib raqobat qilishi uchun Joze Mourinyoga Agueroni sotib olish kerakligi haqida maslahat berdi. Lekin “Siti” chaqqonroq harakat qildi va “Atletiko” g‘aznasiga 40 million yevro o‘tkazdi. Aguero transferi o‘sha vaqtda jamoa uchun rekord transfer edi. Keyinchalik esa eng foydali transferga ham aylandi Jamoada 10 yilini o‘tkazgan, barcha musobaqalarda 250 dan ortiq gol urgan, 5 ta APL chempionligiga erishgan Aguero “Manchester Siti”ni tark etdi. Birinchi xet-trik Yozdagi ajoyib xaridlari tufayli “Siti” 2011/12-yilgi mavsumni 14 o‘yinda 12 ta g‘alaba bilan boshladi – Aguero 11 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Hammadan ham ko‘proq “Uigan” darvozaboni Al-Habsi jabr chekdi. Hujumchi uning darvozasiga 3 ta to‘p joyladi. Bu Agueroning APLdagi 12 ta xet-trigining dastlabkisi edi. Serxio APLda 12 marta xet-trik qayd etgan – bu natija Ronaldu, Kantona, Bergkamp, Klinsmann, Vialli, Saha, Beyl, Firmino, Starrij, Eto'O va Jirularnikini birga qo‘shib hisoblaganda ham, ulardan ko‘proq. “Norvich” darvozasiga urilgan gol O‘sha 2011/12-yilgi mavsumda “Manchester Siti” “Norvich”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yin qahramoni Serxio Aguero bo‘ldi. 32-daqiqada u “Norvich” jarima maydoni ichida paydo bo‘ldi. Atrofini o‘rab olgan besh himoyachi argentinalik futbolchining aldamchi harakatlariga qarshi hech narsa qila olmadi. Natijada, Jon Raddi uchun kutilmagan zarba amalga oshirildi. “Manchester Yunayted”ga qarshi yubiley gol Ser Aleks Fergyuson o‘rniga “Manchester Yunayted” murabbiyligiga kelgan Devid Moyes uchun birinchi Manchester derbisi haqiqiy dahshatga aylandi. Ferdinand va Vidich jufligi avvalgidek mustahkam himoya qo‘rg‘onini hosil qila olmadi, Aguero ikki marta De Xea darvozasini ishg‘ol qildi. “Manchester Yunayted” 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Aguero esa prinsipial o‘yinda “Siti” safidagi 49 va 50-gollarini urdi. 20 daqiqada 5 ta gol 2015-yilning oktabr oyida Aguero “Nyukasl”ni tor-mor etdi. Bu uchun unga 20 daqiqa kifoya qildi. Qiziq jihati, “Nyukasl” Mitrovichning goli evaziga ancha vaqt hisobda oldinda borayotgandi. Lekin 42-daqiqada “Siti” hujumchisi Tim Krul darvozasiga birinchi golini kiritdi. Shundan so‘ng Aguero yana 4 marta – 49, 50, 60 va 62-daqiqalarda gol urdi. O‘sha o‘yinda Kevin de Bryuyne ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. “Shaharliklar” 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Bavariya”ga qarshi o‘yinda xet-trik 2014/15-yilgi mavsum Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “Bavariya” Aguero tomonidan unumli foydalanilgan penaltiga Xabi Alonso va Levandovskining (yana bir kishi kam bo‘lib) gollari evaziga javob qaytardi. Nemislar 85-daqiqagacha hisobda oldinda bordi. Lekin o‘yin yakunlanayotgan bir pallada “Manchester Siti” bosimni kuchaytirdi va Aguero yana ikki marta Noyer darvozasini ishg‘ol qildi. Argentinalik hujumchining xet-trik qayd etishi uchun uchta zarba kifoya qildi – dahshatli statistika. “Lester”ga qarshi o‘yinda poker 2017/18-yilgi mavsumda “shaharliklar” Gvardiola qo‘l ostida birinchi bor chempionlikni nishonladi. O‘sha mavsumning eng yodda qolarli lahzalardan biri fevral oyidagi “Lester”ga qarshi o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Sterling va Vardi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Lekin tanaffusdan so‘ng “Siti” yuqori darajadagi pressing va raqibning qilgan xatolaridan unumli foydalangan holda “Lester”ga gollar shousini namoyish etdi. Aguero har bir hujumni o‘z nihoyasiga yetkazardi. Bir bo‘limda 4 ta gol – yomon natija emas. Derbidagi g‘alaba goli uchun 7 daqiqa Aleks Fergyuson 2012/13-yilgi mavsumdan so‘ng faoliyatini tugatdi. U “Manchester Yunayted”ni oxirgi chempionligiga yaqinlashtirgan edi: 31-turdan so‘ng “Siti” 15 ochko ortda edi. Prinsipial derbi oldinda edi – Aguero endi jarohatidan qutulgandi, ammo Manchini o‘yindan oldin unga bir bo‘lim yetarli ekanligini aytdi. Serxio zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. Milner va Jonsning golidan so‘ng tabloda 1:1 hisobi yonib turardi. Manchini tavakkalga qo‘l urdi va Agueroni 71-daqiqada maydonga tushirdi. 78-daqiqada esa Serxio g‘alaba golini urdi. “Shaharliklar” tarixidagi eng yaxshi to‘purar 2017-yilning noyabr oyida Aguero “Man Siti” safidagi 178-golini “Napoli” darvozasiga urdi va Erik Brukning rekordini yangiladi. Erik Bruk 177 ta gol urishi uchun 494 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Agueroga esa bu natijaga erishish uchun 264 o‘yin kifoya qildi. O‘sha chempionlik goli “Kuinz Park Reynjers”ning sobiq himoyachisi Anton Ferdinand (Rio Ferdinandning ukasi) xotirlaydi: “Agueroning o‘sha goli… Men yopa olmagan Balotellidan to‘pni qabul qilib oldi. Bu gol – mening xatom. To‘g‘ri biz APLda qoldik, lekin men tufayli Rio yana bir oltin medalni qo‘lga kirita olmadi”. Aqlbovar qilmas 2011/12-yilgi mavsumda “Siti” va “Yunayted” oxirgi turga bir xil ochko bilan yetib keldi. Manchini jamoasi sovringa ega chiqishi uchun kuchli bo‘lmagan “KPR”ni yengishi lozim edi. Ammo yana bir jihat bor edi – London jamoasi chempionatda qolish uchun harakat qilayotgandi. 66-daqiqada “KPR” Jeymi Makining goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi, o‘sha paytda “Manchester Yunayted” “Sanderlend”ga qarshi bahsda 1:0 hisobida oldinda borib, xotirjam ravishda o‘yinni nazorat qilayotgandi. Manchini Jeko va Balotellini maydonga tushirdi. Lekin “KPR” bitta o‘yinchi kam holatda (55-daqiqada Barton qizil kartochka olib maydonni tark etgandi) avtobus himoya hosil qildi. Oxirgi daqiqalargacha 2:1 hisobini ushlab qolmoqchi edi. Anton Ferdinand Manchinining o‘yin oxiridagi asabiylashganini yodga oldi: “U o‘z shogirdlariga qanday baqirayotganini eshitib turardim”. 92-daqiqada Jeko hisobni tenglashtirdi. “Men tinmasdan soatga qarardim. 65-daqiqa, xo‘p. Yana qarayman, nahotki, endi 67-daqiqaga keldik. Siz soatga ko‘p qarayapsizmi, demak, juda kuchli bosim ostidasiz”, – deya eslaydi “KPR” himoyachisi Neduma Onuohi. “Aleks Fergyusondan qizil vino olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardik deb o‘ylardim”, – deydi “KPR”ning boshqa bir futbolchisi Shon Derri. Aynan u Agueroning yo‘lidagi eng oxirgi futbolchi edi va hal qiluvchi zarbani qaytarishi mumkin edi. Keyin esa – gol, portlash, Jo Hart va Manchinining hayqirishi hamda Vensan Kompani boshi uzra ko‘tarilgan APL sovrini. Aynan mana shu lahza uchun “Etihad” stadioni qoshida Agueroga haykal qo‘yish mumkin. Yaqin orada bu ish amalga oshishi kutilmoqda. Bu haqida mart oyi oxirida “shaharliklar” prezidenti Al-Muborak aytib o‘tdi: “Uning haykali bizning stadionimizda turadi”. Aytishlaricha, Agueroning haykali Vensan Kompani, David Silva va boshqa afsonalar haykali yonida turadi. Argentinalik futbolchi 2014-yilda bergan va’dasini bajara olmadi. O‘shanda Aguero Chempionlar Ligasi sovrinini qo‘lga kiritmasdan “shaharliklar” safini tark etmasligini aytgan edi. 2020/21-yilgi mavsumda Aguero “Manchester Siti” bilan ushbu sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Ammo Chempionlar Ligasi finalida “Chelsi”ning qo‘li baland keldi. Aguero oxirgi imkoniyatdan ham foydalana olmadi. 2021-yilning 31-iyun sanasida Serxio Aguero Ispaniyaning “Barselona” jamoasiga o‘tgani e’lon qilindi. Argentinalik hujumchi kataloniyaliklar safiga o‘tishi faoliyatidagi oldinga tashlangan qadam ekanligi, “Barsa” uchun o‘yin uslubini ham o‘zgartirishga roziligi, jamoa bilan sovrinlar yutishni istashini aytib o‘tdi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Qozog'istonda 14 yil avval bedarak yo'qolgan o'zbekistonlik ayol topildi Qozog'iston poytaxti Nur-Sultonda 14 yil avval yo'qolgan O'zbekiston fuqarosi topildi. Bu haqda “Polisia.kz” xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, olib borilgan reyd tadbirlari davomida politsiya xodimlari tomonidan poytaxtda bedarak yo'qolgan 39 yoshli O'zbekiston fuqarosi topilgan. U O'zbekistonda yashovchi qarindoshlari tomonidan 2008 yildan buyon izlab kelgan. Qidiruvdagi ayolning aytishicha, u Olmaota shahriga ishlash uchun kelgan. Shundan so'ng uzoq vaqt Chimkent va Qizilo'rda shaharlarida ishlagan. Keyinroq hujjatlarini yo'qotib qo'yib, qarindoshlari bilan bog'lana olmagan. Bu yillar davomida ayol uy bekasi bo'lib ishlashdan tortib, xona va kafelarda tozalashgacha bo'lgan ishni qilgan. 2021 yil iyul oyidan boshlab Nur-Sulton shahrida ijaraga olingan xonadonda yashab kelgan. Hozirda migratsiya xizmati xodimlari tomonidan ayolga vaqtinchalik hujjat rasmiylashtirilgan. Bir oy ichida ayol Qozog'istonni erkin tark etib, O'zbekistonga qaytishi mumkin bo'ladi. Avvalroq Qozog'istonda 39 yoshli O'zbekiston fuqarosi Mehribonbi Yo'lchieva bedarak yo'qolgani xabar berilgandi. “Tengrinews” O'zbekistonning Qozog'istondagi elchixonasiga tayanib, uning topilgani haqida ma'lum qilgandi. Shuningdek, Rossiyaning Tver viloyatida o'zbekistonlik jangchining suyak qoldiqlari topilgandi.
2Dunyo
OAV: «Monako» Anrini bo‘shatdi va Jardim bilan kelishib oldi «Monako» bosh murabbiyi Terri Anri birinchi jamoa bilan ishlashdan chetlatildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan. «Monako» bugungi kundan birinchi jamoa murabbiyi Terri Anri o‘z vazifalarini bajarishdan chetlatilishi haqida ma'lum qiladi. Bu yakuniy qaror qabul qilinmagunga qadar yuz beradi. Frank Passi juma kuni birinchi jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazadi», - deyiladi «Monako» matbuot xizmati xabarida. 24 yanvar kuni Anri birinchi jamoaning bir nechta futbolchisini chetlatgani haqida xabar berdi. Mutaxassisning ma'lum qilishicha, «chetlatilgan o‘yinchilar soni barchasining nomini aytish uchun juda katta». Shuningdek, uning ta'kidlashicha, «faqat o‘z kelajagi haqida o‘ylaydigan» futbolchilar chetlatildi. «Monako» Terri Anrini aslida ishdan bo‘shatib bo‘lgan. Uning chetlatilishi bilan bog‘liq voqea faqat rasmiy xarakterga ega, deb xabar qilmoqda BBC jurnalisti Devid Ornsteyn «Tvitter»da. Manba ma'lumotiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida fransiyalik mutaxassis bayonot bilan chiqadi. Shu bilan birga, «Monako» sobiq bosh murabbiy Leonardu Jardim bilan klubga qaytish haqida kelishib olgan. Avvalroq, portugaliyalik monegasklar murabbiyi lavozimiga 48 soat ichida qaytishi mumkinligi, jamoa esa u bilan muzokara boshlagani xabar berilgandi. 44 yoshli Jardim «Monako» bilan 2014 yildan beri ishlagan. Uning rahbarligi ostida klub 2016/17 yilgi mavsumda Fransiya chempioniga aylandi. 2018 yil 11 oktyabrda mutaxassis qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarildi. 13 oktyabr kuni Anri Jardimning o‘rnini egalladi, ammo u bilan birga klub Fransiya chempionati 12 o‘yinida faqat ikki g‘alabani qo‘lga kiritib, Chempionlar ligasi guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi va Fransiya Kubogidan chiqib ketdi.
13Sport
Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi eng qimmat konsert dasturlari 2016-yilgi konsertlar mavsumi boshlanganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Hozirgacha Gulsanam Mamazoitova, opa-singil Asalxo‘jayevalarning konsertlari o‘tib bo‘ldi, Rayhonning konserti davom etmoqda. Maygacha davom etadigan konsertlar mavsumining eng ko‘p kunlik dasturlari reytingi avvalroq e’lon qilingan edi. Aksariyat konsertlar “Istiqlol” san’at saroyida tashkil etiladi. Jurnalist Feruz Muhammad mazkur saroyda bo‘lib, chiptalarning “Istiqlol” kassasidagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tayyorladi. “Istiqlol” san’at saroyida 28—29-fevral kunlari “Handalak” guruhi qiziqchilarining, 1—2-mart kunlari O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning, 22—23-mart kunlari xonanda Shuhrat Qayumovning, 30-mart — 3-aprel kunlari esa “Mirzo” teatrining konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur konsertlarning eng arzon chiptasi 10 ming so‘mdan boshlanadi, eng qimmati esa 70 ming so‘m. Xonandaning 25—27-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturlariga kirish chiptalari narxi 10 ming so‘mdan 80 ming so‘mgacha farqlanadi. 7—8-mart kunlari Zulayho Boyxonovaning, 9—10-mart kunlari esa Ravshan Komilovning yakkaxon konsert dasturi bo‘ladi. Kirish chiptalarining narxi 15 ming so‘mdan boshlanib, 100 ming so‘mgacha ko‘tariladi. 10—20-aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida Ozodbek Nazarbekovning “Mehring sabab” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Kassada eng arzon chipta — 15 ming so‘m. Eng qimmati — 140 ming so‘m. 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Aziz va muqaddassan ayol” konsert dasturi bu yil 2016 yil 3—5-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar 15 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha narxda. 23-fevral kuni Rayhonning yakkaxon konsert dasturi boshlandi. 27-fevralgacha davom etadigan shouning kirish chiptalari 30 ming so‘mdan 180 ming so‘mgacha narxlarda sotildi. Shahzoda. Shahzodaning 1—7-may kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi uchun eng arzon chipta narxi 15 ming so‘m, eng qimmati esa 200 ming so‘m. Bu qolgan konsert dasturlari orasida ham eng qimmat narxdir.
7Madaniyat
Lavrov va Jonson terrorchilikka qarshi kurash hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama etdi Rossiya hamda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Boris Jonson telefon orqali suhbat chog‘ida terrorizmga qarshi kurashning borishi va ikki tomonlama siyosiy muloqotni faollashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.  “Rossiya TIV rahbari Jonsonni vazir lavozimini egallagani bilan qutladi. Ikki tomondan ham, mavjud muammolarga qaramay, Rossiya va Britaniya munosabatlari, jumladan, iqtisod, gumanitar, tashqi siyosat yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalar yaxshilanishiga umid bildirildi. Vazirlar terrorizm bilan kurashning dolzarb qirralari va Suriya atrofidagi vaziyatni ham muhokama etdi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.  Muloqot Britaniya tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgani bildirilmoqda.
2Dunyo
Qozog‘iston 2023 yildan lotin alifbosiga o‘tishni boshlaydi. Yangi alifboning so‘nggi namunasi tasdiqlandi Qozog‘iston 2023 yildan lotin yozuviga asoslangan alifboga o‘tishni boshlaydi. Yangi alifboning so‘nggi namunasi tasdiqlangan. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining rasmiy sayti xabar bermoqda. Xabarda qayd etilishicha, 28 yanvar kuni bosh vazir Asqar Mamin raisligida qozoq alifbosini lotin yozuviga asoslangan alifboga o‘tkazish bo‘yicha Milliy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda lotin yozuviga asoslangan qozoq alifbosining yangi namunasi taqdim etilgan va tasdiqlangan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda lotin alifbosiga o‘tish haqida chiqarilgan ilk qarordan so‘ng, alifboning 40 dan ortiq namunasi, shuningdek, qozoq tili imlosi va klaviaturada harflar qanday tartibda joylashtirish loyihalari ko‘rib chiqilgan. «Takomillashtirilgan yangi alifbo lotin alifbosining 31 ta asosiy belgilari orqali qozoq tilining 28 ta tovushini to‘liq qamrab oladi. Qozoq tilining o‘ziga xos ә (ä), ө (ö), ү (ü), ұ (ū) i g‘ (ğ), sh (ş) tovushlari xalqaro amaliyotda tez-tez ishlatiladigan diakritik belgilar: umlaut (¨), makron (ˉ), sedil (¸), brevis (˘) bilan belgilanadi», deyiladi xabarda. Ta'kidlanishicha, yig‘ilishda yangi alifbo qozoq tilining yozma amaliyotida mustahkamlangan «bir tovush — bir harf» tamoyiliga mos kelishi ma'lum qilingan. Yig‘ilish qarorida, yangi alifboga 2023 yildan o‘tish, 2031 yilgacha bosqichma-bosqich o‘tib bo‘lish rejasi tasdiqlangan. Bundan tashqari, yig‘ilishda lotin alifbosiga asoslangan qozoq alifbosining yangi namunasi klaviaturada qanday tartibda joylashtirilishi ham tasdiqlangan. «Takomillashtirilgan namunadagi yangi alifbo qozoq tilining rivojlanishiga yangi turtki beradi va uni zamonaviy an'analarga mos ravishda rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Kelgusida qozoq tilining lotin yozuviga asoslangan alifboga bosqichma-bosqich o‘tishi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak», degan Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin. Hukumat rahbari qozoq tilining lotin yozuviga asoslangan takomillashtirilgan alifbosi bo‘yicha aholi o‘rtasida keng targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borishni buyurgan. Ma'lumot uchun, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017 yilning aprelida hukumatga qozoq tiliga asoslangan lotin alifbosiga o‘tish grafigini tayyorlash vazifasini topshiradi. O‘sha yili oktyabrda lotin yozuviga asoslangan alifboga o‘tish farmonini imzolaydi. 2018 yil 20 fevral kuni yangi qozoq alifbosini tasdiqlovchi farmonga imzo chekadi. O‘shanda, yangi alifboda 32 harf bo‘lishi va apostrof bo‘lmasligi, yangi alifboga o‘tish jarayonini 2025 yilgacha yakunlash ko‘zda tutilgandi. 2018 yilda Qozog‘iston gerbidagi «QAZAQSTAN» yozuvi «QAZAQSTAN» yozuviga o‘zgartirildi. 2019 yil mamlakatning yangi prezidenti lotin yozuviga asoslangan yangi alifboga o‘tishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ma'lum qilgandi.
2Dunyo
“PSJ” 222 mln yevroga xarid qilingan Neymarni arzon narxga sotib yuborishga tayyor “PSJ” yozda Neymarni 90 million yevro evaziga sotib yuborishi mumkin. Parijliklar allaqachon braziliyalik hujumchini transferga qo‘ygan va uni 90 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Fransuz klubi yangi mavsum oldidan jamoada katta o‘zgarishlar amalga oshirmoqchi. Neymarning o‘zi esa jamoani tark etish istagida emas. Braziliyalik hujumchi “PSJ”da yana 3 yil o‘ynashni maqsad qilganini aytib o‘tgan. Avvalroq, “PSJ” “Barselona”ga Neymarni sotib olishni taklif qilgani xabar qilingandi. Neymar 2017-yildan buyon parijliklar sharafini himoya qilib keladi. “PSJ” hujumchi uchun “Barselona”ga 222 million yevro to‘lab bergan edi. Braziliyalikning amaldagi shartnomasi 2025-yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Hujumchi 2021/22-yilgi mavsum Fransiya chempionatida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
13Sport
“Lekin bizda ‘Bunyodkor’ stadioni bor!”. “Million” — futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy termasi haqida (video) “Million” kulgu jamoasi 2017-yilning aprelida hozircha so‘nggi konsert dasturini taqdim etgan edi. Konsert videosi avgust oyida e’lon qilindi. Dasturda futbol mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Unda turli hazillar vositasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hajv qilingan. Jumladan, “braziliyalik futbolchilar” bilan bahsu-munozara davomida “O‘zbekiston milliy termasi a’zolari” raqibining har biri da’vosiga: “Lekin bizda “Bunyodkor” stadioni bor!”, deb javob qaytaravedi. Yakunda, “Million” jamoasi tasavvuridagi O‘zbekiston termasi jahon chempionati finalida Braziliyani 5:1 hisobida mag‘lub etadi (haqiqiy O‘zbekiston termasi esa 31-avgust kuni Xitoyga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi). — So‘rovnoma: Xitoydan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin qanday fikrdasiz? — “Babayanning faoliyatidagi yagona to‘g‘ri qarori”. Ignatiy Nesterov — mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yindagi qahramon — “Jarohat olmasa, Babayan bu gol-urmasni almashtirmasdi”. Igor Sergeyev — Xitoyga qarshi o‘yin antiqahramonlaridan biri
13Sport
General Motors O‘zbekistonga tibbiy qurilmalar jo‘natdi Tibbiy qurilmalarning umumiy qiymati 2 mlrd so‘mga yaqinni tashkil qiladi. O‘zbekistonga 26 ta kardiomonitor va 25 ta portativ ultratovush skaner yetkazildi. “Bu GM kompaniyasi va koreys yetkazib beruvchilari yordamidir. Umid qilamizki, ushbu yordam O‘zbekistonda bebaho hayotlarni saqlab qolishda yordam beradi. Biz ushbu xavfli virusga qarshi kurashda eng ezgu tilaklarni bildirib qolamiz”, deyilgan General Motors xabarida.
8O‘zbekiston
O‘rta Chirchiqda “KamAZ” yo‘lovchini urib yubordi. U voqea joyida vafot etgan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 14-mart kuni soat 01:30 larda tuman hududidan o‘tuvchi “Toshkent—Nurafshon—Ohangaron” avtomobil yo‘lining 39-kilometrida “KamAZ-353213” yuk mashinasi 1976-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yubordi. Noxush hodisa oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Baraka avto trans” MChJga tegishli “KamAZ” yuk mashinasini 1979-yilda tug‘ilgan ohangaronlik V.Sodiqov ismli fuqaro boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 13-mart kuni soat 05:30 larda “Vektra-trans Nukus” MChJga tegishli Matiz avtomobilini boshqarib ketayotgan 1994-yilda tug‘ilgan I.Maysanov 1998-yilda tug‘ilgan A.Jumaboyev boshqaruvidagi Nexia avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Xabarda aytilishicha, Matiz haydovchisi va uning yonida bo‘lgan N.Yerejepov ismli boshqa bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay Yerejepov vafot egan.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda may oyida tovar va xizmatlar iste’mol narxlari o‘rtacha 0,7 foizga ko‘tarildi O‘zbekistonda 2019-yilning may oyida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari o‘rtacha 0,7 foizga ko‘tarildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Umumiy hisobda 2019-yilning yanvar—may oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 6,0 foizga qimmatlashdi. 2018-yilning may oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 13,7 foizga oshdi. Taqqoslash uchun: 2018-yilning mayida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,8 foizga, 2017-yilning dekabriga nisbatan 6,6 foizga, 2017-yilning may oyiga nisbatan 19,0 foizga qimmatlashgan.
8O‘zbekiston
Donetsk dalalaridagi raketalar. Kiyevda gumanitar yordam uchun navbatlar. Urushning 118-kunidan fotoreportaj 21-iyun kuni Yevropa investitsiya banki rahbari Verner Goer Ukrainani qayta tiklash xarajatlari trillion dollardan oshishini prognoz qildi. Qo‘shma Shtatlar Litvani Kaliningrad viloyatiga sanksiyalangan tovarlar tranzitini cheklash bo‘yicha Rossiya bilan bahsda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi urush boshlanganidan keyin IT mutaxassislari xorijga chiqib ketgani sababli Rossiyada 170 ming “aytishnik” yetishmayotgani haqida xabar berdi. Meduza urushning 118-kunidan asosiy fotosuratlarni taqdim etdi. Zmyeiniy oroli Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan Qora dengizdagi Zmyeiniy orolining sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati. Orolning shimoliy qismida yong‘in o‘rni, janubiy qismida vayron qilingan minora va yonib ketgan o‘simliklar ko‘rinadi. Hozir orolda Rossiya qo‘shinlarining pozitsiyalari va havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘rnatilgan. Donbass shimoli Drujkovka shahridagi binoga snaryad tegib, yonib ketdi. Drujkovka Donetsk viloyatining shimolida, Kramatorskdan unchalik uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan. 20-iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya Kramatorsk yo‘nalishida faol amaliyotlar olib bormayotgani, ukrainaliklarning tutash chiziqdagi pozitsiyalarini o‘qqa tutayotgani haqida xabar bergan edi. Ukraina Qurolli kuchlari xodimi Drujkovkadagi otishma va undan keyingi yong‘in paytida vayron bo‘lgan omborni ko‘zdan kechirmoqda. Fermerlar Donetsk viloyatidagi kungaboqar dalasida rus raketasining qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda. Ukraina Bosh shtabining xabar berishicha, Donetsk yo‘nalishida Rossiya armiyasi hujumni kuchaytirish va davom ettirish uchun qayta to‘planmoqda. Xarkov viloyati Xarkov viloyatining Andreyevka shahridagi neftni qayta ishlash zavodi o‘qqa tutilishi oqibatida boshlangan yong‘in bir necha kundan beri davom etmoqda. Ukraina Bosh shtabining xabar berishicha, Rossiya armiyasi Ukraina qo‘shinlarining joylashuvini aniqlash maqsadida Xarkov yo‘nalishi bo‘yicha havodan razvedka o‘tkazmoqda hamda Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalari va fuqarolik infratuzilmasini intensiv artilleriyadan o‘qqa tutmoqda. Xarkov uy-joy-kommunal kolleji binosi o‘qqa tutilib, shikastlangan. Xarkov viloyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, 21-iyun kuni Xarkov viloyatida otishmalar oqibatida 15 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana 16 nafari yaralangan. Uy-joy kommunal kollejining vayron bo‘lgan binosiga qarayotgan o‘tkinchi. Kun botganda Xarkov markazini kezib yurgan aholi. Kiyev Kiyev viloyatining Borodyanka shahri aholisiga insonparvarlik yordami tarqatilmoqda. Kiyevda qariyalar ko‘ngillilar tarqatayotgan ovqat uchun navbatda turishibdi. Keksa ayol ovqat olish uchun navbatda turibdi.  Xarkovda raketa hujumidan qolgan o‘ralar, bomba boshpanasida yashayotgan odamlar. Urushning 117-kunidan fotoreportaj
2Dunyo
Nyu-York politsiyasi 36 mingdan ziyod smartfonni iPhone'ga almashtiradi Nyu-York politsiya departamenti (NYPD) joriy yil oxiriga qadar 36 mingdan ziyod Windows-smartfondan voz kechish rejasi haqida ma'lum qildi. Eskirgan Windows Phone 8.1 platformasini qo‘llovchi Lumia qurilmalari iPhone'ga almashtiriladi. The Verge nashriga ko‘ra, Microsoft kompaniyasi iyul oyida eski platformani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan. 2014 yilning iyulida ishlab chiqarilgan Windows Phone 8.1'li qurilmalar o‘tgan yili politsiya tasarrufiga o‘tgan. Ta'kidlash joizki, bu operatsion tizim hech qachon talabgor bo‘lmagan: o‘sha vaqtning o‘zidayoq mobil qurilmaning bozordagi ulushi 1 foizdan kamroqni tashkil qilgan. Ishchi qurilma sifatida aynan "vinfonlar"ni tanlash qarori bir kishi tomonidan qabul qilingan - NYPD'ning axborot texnologiyalari bo‘yicha komissar o‘rinbosari. Politsiya ikki modeldan foydalangan: Nokia Lumia 830 va Lumia 640 XL. Ularga sud ishi, favqulodda vaziyatlar xizmatlari va buyruqlarni qabul qilishga doir ilovalar o‘rnatilgan bo‘lgan.  Umumiy qiymati 160 million dollarni tashkil qiluvchi xaridlar NYPD texnik jihozlari modernizatsiyasi tashabbusi doirasida amalga oshirilgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari iPhone'ning aynan qaysi modeli bilan ta'minlanishi hozircha noma'lum.
14Texnologiya
Navoiy va Toshkent viloyatlarida aholi orasida koronavirus aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 4352 nafarga yetdi O‘zbekistonda 8-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan soni 21 kishiga ko‘payib, 4352 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Ma’lum qilishlaricha, yangi kasallanish holatlarining aniqlangan. Hozirda O‘zbekiston bo‘yicha 981 nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda; SSVdan ma’lum qilishlaricha, ulardan 6 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusga chalingan bemorlarning 3354 nafari butunlay sog‘aygan, 17 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
8O‘zbekiston
Qashqadaryoda 9 yil oldin sodir etilgan mudhish qotillik fosh etildi Prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan uzoq vaqt davomida ochilmagan jinoyatlarni fosh etish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib, har bir jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta`minlashga qaratilgan sa`y-harakatlar olib borilmoqda. Aniqlanishicha, 24.01.2012 yilda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, “Qorabo`yin” mahallasida yashagan T.G`. o`ziga tegishli “Neksiya-2” rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan. T.G`. boshqaruvidagi avtomashina Samarqand shahar, “Madaniyat” mahallasidagi ko`p qavatli uyning orqa tomonidan topilgan va holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.   Bedarak yo`qolgan G`.T.ning avtomashinasini ko`zdan kechirish davomida, avtomashinaning turli joylaridan jami 14 dona barmoq, kaft izlari olingan. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida o`ta o`g`ir jinoyat fosh etildi. Tergovda aniqlanishicha, M.O., T.A. va D.S. tomonidan bedarak yo`qolgan G`.T. qasddan o`ldirilib, uning jasadini Chiroqchi tumani, “Sho`rbozor” mahallasi hududida joylashgan zahiradagi dala maydonida ko`mib, avtomashinasini esa Samarqand shahar, “Madaniyat” mahallasi, “Narpay” ko`chasidagi ko`p qavatli uyning orqa tomoniga tashlab ketishganligi aniqlangan.  M.O., T.A. va D.S.larning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik ko`rsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, ko`rsatmalarni hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish va yuzlashtirish tergov harakatlari hamda boshqa dalillar majmui bilan to`liq o`z isbotini topgan. Ushbu jinoyat ishi yuzasidan 3 nafar shaxslarga JKning 97-moddasi bilan ayb e`lon qilinib, barchasiga "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
6Jinoyat
SOLIQ MASLAHATChISI MALAKA SERTIFIKATINI OLISh UChUN MALAKA IMTIHONLARINI TAShKIL ETISh VA O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 20-martdagi 55-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda.) muvofiq qaror qilamiz: 1. Ilova qilinayotgan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 55-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Malaka imtihoni soliq maslahatini berish faoliyatini amalga oshirish uchun soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olishga da’vogar bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — da’vogarlar deb yuritiladi) bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. 2. Malaka imtihonini topshirishga mazkur Nizom bilan belgilanadigan malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar qo‘yiladi. 3. Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; b) soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini o‘tagan bo‘lishi; v) oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan keyin kamida besh yil ish stajiga, shu jumladan, kamida ikki yil iqtisodiy yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lishi. 4. Soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv Dasturi asosida amalga oshiradilar. 5. Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olishga da’vogar Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida arizani taqdim etadi: a) to‘ldirilgan anketa (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq); b) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnomasi (nusxalar olinadi, asllari qaytariladi); v) mehnat daftarchasi (nusxa olinadi, asli qaytariladi) yoki ish joyida tasdiqlangan nusxasi; g) 3 x 4 o‘lchamida ikki dona rangli fotosurat (so‘nggi 12 oy mobaynida qilingan); d) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasasida soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘taganligi to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi (agar o‘qish tugagan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasiga qadar uch yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, u haqiqiy deb topiladi). Agar dasturning ayrim bo‘limlari turli ta’lim muassasalarida o‘rganilgan bo‘lsa, u holda tegishli o‘quvlarni o‘taganligi to‘g‘risida hujjatlarning asl nusxalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi; e) malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati. j) pasport yoki uni o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi. Ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada, imzolangan holda o‘zi tomonidan yoki yetkazilganligi to‘g‘risida xabar qilgan holda buyurtma xat bilan taqdim etiladi. 6. Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 7. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganlar ro‘yxatini imtihon komissiyasiga taqdim etadi. 8. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganlar da’vogarlar malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida u o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin yozma ravishda xabardor qilinadi. 9. Moliya vazirligi tegishlicha rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim qilinganda, shuningdek, da’vogar mazkur Nizomning 3-bandida bayon etilgan malaka talablariga muvofiq kelmasa, da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etishga haqlidir. 10. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Moliya vazirligi qaror qabul qilingan sanadan boshlab, uch ish kunidan kechiktirmay rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida da’vogarni xabardor qiladi va taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi. Da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan taqdirda, da’vogar faqat rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgandan so‘ng, ariza bilan qayta murojaat qilishga haqlidir. 11. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgandan so‘ng da’vogar bir yil ichida qayta murojaat etsa malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov qayta to‘lamaydi. 12. Malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun Moliya vazirligi tomonidan imtihon komissiyasi tashkil etiladi. Imtihon komissiyasi rais, rais o‘rinbosari, kotib va kamida beshta a’zodan iborat bo‘ladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi ishchilari va zaruriyat bo‘lgan taqdirda soliq maslahatini berish sohasi mutaxassislari kiritiladi. 13. Imtihon komissiyasi nizomi, uning shaxsiy tarkibi va ish yuritish reglamenti Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi imtihon komissiyasi 50 foizi ishtirok etgan tarkibda va rais yoki rais o‘rinbosarining majburiy ishtirokida malaka imtihonlarini o‘tkazishga haqlidir. 14. Imtihon komissiyasining ishlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar imtihon komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. 15. Malaka imtihoni guruhlar shakllanganda, ammo chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Da’vogarlar soni 10 dan ortsa, guruh shakllangan deb hisoblanadi. 16. Imtihon o‘tkazish joyi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Imtihon o‘tkaziladigan xona (auditoriya) da’vogarlar soniga mos joylar soni va tegishli sharoitlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 17. Malaka imtihoni uch astronomik soat ichida yozma shaklda test o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkaziladi. 18. Imtihon testlari savollari soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘qitish kurslarining tasdiqlangan dasturlari asosida ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Testlar mazmuni qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda davriy qayta ko‘rib chiqiladi. 19. Malaka imtihoni paytida da’vogarlarga beriladigan imtihon materiallari quyidagilardan iborat: imtihon kartochkasi; imtihon moduli; javoblar bukleti. 20. Imtihon kartochkasi da’vogarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, uning identifikatsiya raqami (IR) hamda imtihon o‘tkazilish qoidalarini o‘z ichiga oladi. Da’vogarning ismi, familiyasi, otasining ismi faqatgina imtihon kartochkasida ifodalanadi, boshqa imtihon materiallarida (imtihon moduli va javoblar bukletida) da’vogarning identifikatsiya raqami (IR) ko‘rsatiladi. 21. Imtihon modullarida test savollari ko‘rsatiladi. Imtihon modullari 60 ta test savollaridan iborat bo‘ladi, jumladan: yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 25; buxgalteriya hisobi va hisoboti — 15; soliq huquqi, iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va soliq maslahati berishning huquqiy asoslari — 20. 22. Imtihon moduli va javoblar bukleti bitta tartib raqam ostida raqamlanadi. 23. Da’vogarlarni ro‘yxatga olish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin boshlanadi va 10 daqiqa oldin tugatiladi. 24. Da’vogarlar malaka imtihonini topshirishga pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat taqdim etilganda ruxsat beriladi. Da’vogar o‘zini ro‘yxatga olinganligini malaka imtihonini topshirish uchun hozir bo‘lgan da’vogarlarning ro‘yxatga olish ro‘yxatiga imzo qo‘ygan holda tasdiqlaydi. 25. Pasporti yoki uning o‘rnini bosadigan hujjati bo‘lmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan da’vogarlar malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadilar va navbatdagi malaka imtihonini topshirishga ruxsat etilgan shaxslar ro‘yxatiga o‘tkaziladi. 26. Ro‘yxatga olish tugagandan so‘ng da’vogarlar (imtihon rasmiy boshlanishga qadar 10 daqiqa oldin) imtihon xonasiga taklif etiladilar. 27. Begona shaxslarga va kuzatuvchilarga malaka imtihonida qatnashishga ruxsat berilmaydi. 28. Malaka imtihoni boshlanishidan oldin imtihon komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari malaka imtihonini o‘tkazish tartibi va testlarni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida da’vogarlarni xabardor etadi. 29. Malaka imtihoni komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari imtihon komissiyasi a’zolarining va da’vogarlarning ishtirokida testlar bo‘lgan maxsus muhrlangan paketni ochadi. 30. Imtihon modullari va javob bukletlari da’vogarlarga imtihon boshlanishidan oldin tarqatiladi. 31. Imtihon moduli va javob bukletida da’vogar o‘z qo‘li bilan o‘zining identifikatsiya raqamini (IR) qo‘yib chiqishi shart. 32. Test savollariga javoblar da’vogar tomonidan javoblar bukletiga yoziladi. 33. Malaka imtihoni vaqtida normativ-huquqiy hujjatlardan, ma’lumot va maxsus adabiyotdan foydalanish, so‘zlashuvlar o‘tkazish, texnik vositalardan foydalanish taqiqlanadi, arifmetik kalkulyatorlar bundan mustasno. 34. Da’vogarlar tomonidan malaka imtihonini o‘tkazish qoidalarini buzish hollari bayonnomada qayd etiladi. 35. Malaka imtihonini o‘tkazishga ajratilgan vaqt tugashi bilan da’vogarlar imtihon komissiyasiga quyidagilarni topshirishlari shart: a) imtihon kartochkasi, imtihon o‘tkazish qoidalari da’vogar tomonidan imzolangan holda; b) imtihon moduli; v) to‘ldirilgan javoblar bukleti. 36. Mazkur Nizom talablarini buzgan da’vogarlar malaka imtihonini topshirmagan deb hisoblanadilar va ular tomonidan to‘ldirilgan testlardagi javoblar baholanmaydi. 37. Imtihon kartochkalari malaka imtihoni tugagach, konvertga solinib muhrlanadi. Imtihon modullari va javob bukletlari to‘liq tekshirilguniga va malaka imtihoni natijalari baholangunga qadar alohida saqlanadi. 38. Javoblarning to‘g‘riligini tekshirish va baholash identifikatsiya raqami (IR) bo‘yicha javob bukletlari asosida imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. 39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun da’vogar bo‘limlar bo‘yicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga to‘g‘ri javob berishi lozim: yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 15; buxgalteriya hisobi va hisoboti — 9; soliq huquqi, iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va soliq maslahati berishning huquqiy asoslari — 12. Bunda test natijalarini ijobiy deb e’tirof etish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan to‘g‘ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak. 40. Imtihon javoblarining to‘g‘riligi va baholash natijalari imtihon komissiyasi tomonidan tegishli bayonnomada identifikatsiya raqami (IR) va modul nomeri ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. 41. Mazkur Nizomning 40-bandidagi bayonnomaning rasmiylashtirishi bilan imtihon komissiyasi a’zolarining biri imtihon kartochkalari paketini ochadi va identifikatsiya raqami orqali imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan, hamda malaka imtihonidan o‘tmagan da’vogarlarni aniqlaydi. 42. Malaka imtihonining natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan keyin uch ish kuni ichida Moliya vazirligiga beriladi. Malaka imtihonining natijalari imtihon komissiyasi tomonidan o‘tkazilgandan so‘ng uch ish kunidan kechikmasdan e’lon qilinadi. 43. Imtihon komissiyasining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: imtihon komissiyasi tarkibi; imtihonni o‘tkazish joyi, sanasi, vaqti (boshlanishi va tugashi); to‘plangan ballar miqdorini ko‘rsatgan holda malaka imtihonida qatnashgan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihoniga kelmagan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihonini topshirmagan da’vogarlar ro‘yxati; aniqlangan e’tirozlar va tartibbuzarliklar. 44. Da’vogarlar tomonidan to‘ldirilgan javob bukletlari, shuningdek, imtihon komissiyasi bayonnomalari Moliya vazirligida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi. 45. Malaka imtihonini topshirmagan da’vogarlarga malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov qaytarilmaydi. 46. Malaka imtihonini topshirmagan da’vogar malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov to‘lash sharti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda malaka sertifikatini olish uchun hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli. 47. Agar da’vogar Moliya vazirligiga hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab olti oy ichida malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar da’vogarga qaytariladi. Hujjatlarni qayta topshirish mazkur Nizomning III bobiga muvofiq amalga oshiriladi. 48. Malaka imtihoni natijalari bo‘yicha ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilingan da’vogarlar malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab 30 kalendar kuni ichida Moliya vazirligiga apellatsiya qilish huquqiga egadirlar. Apellatsiya arizasi yozma shaklda taqdim etiladi. 49. Apellatsiya arizasi Moliya vazirligi buyrug‘i bilan tuziladigan Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 50. Apellatsiya komissiyasi bir hafta muddatda topshirilgan arizani ko‘rib chiqadi va apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: imtihon komissiyasi qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish; imtihon komissiyasi qarorini bekor qilish va malaka imtihonini qayta topshirish sanasini belgilash. 51. Imtihon komissiyasi qarorini o‘zgarishsiz qoldirish yoki apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror agar: apellatsiya mazkur Nizom talablarini buzgan holda taqdim etilgan bo‘lsa; apellatsiyada keltirilgan dalillar tasdiqlanmasa, qabul qilinadi. 52. Imtihon komissiyasi qarorini bekor qilish va malaka imtihonini qayta topshirish sanasini belgilash to‘g‘risida qaror malaka imtihoni mazkur Nizom talablarini buzgan holda o‘tkazilgan taqdirda qabul qilinadi. 53. Malaka imtihonini qayta topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshirmagan deb topilgan da’vogar uchun qayta imtihon kunini belgilaydi. Agar ilgari malaka imtihonini topshirmagan deb topilgan da’vogar malaka imtihonini qayta topshirish natijalari bo‘yicha imtihonni topshirgan deb hisoblangan taqdirda unga malaka sertifikati umumiy asoslarda beriladi. 54. Qayta apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
10Qonunchilik
“Oltin humo” kinotaqdimotining maxsus mukofotiga qo‘yilgan 5 mln so‘m pul mukofoti kimlarga berilgani ma’lum qilindi (foto) “Turkiston” san’at saroyida “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotning maxsus mukofoti “O‘zbek kinomatografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi g‘oliblari bo‘lganlarning har biriga 5 000 000 so‘mdan pul mukofoti berildi. Bu haqda “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” matbuot xizmati  jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Taqdimotning maxsus mukofoti bo‘lmish ‘O‘zbek kinomatagrafiyasiga qo‘shgan hissasi uchun’ nominatsiyasi g‘oliblari O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov, Xayrulla Sa’diyev, Abdurahim Ismoilov, Habibulla Fayziyev hamda Tojikiston xalq artisti Sayram Isayevalarga 5 000 000 so‘mdan pul mukofoti berildi. “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” matbuot xizmati Ma’lumot uchun, “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti, “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi”, “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda “Milliy” telekanali hamkorligida tashkillashtirildi.
7Madaniyat
Tojikistonda xorijlik sayyohlarga hujum qilganlarning barchasi yo‘q qilindi Tojikistonda sayyohlar guruhi ustiga avtomobilda bostirib borgan, so‘ngra pichoq va o‘qotar qurollar bilan hujum qilgan barcha jinoyatchilar zararsizlantirildi. Bu haqda Tojikiston IIV xabar berdi. Xabarda aytilishicha, sayyohlarga hujum qilgan uch nafar shaxs yo‘q qilingan. «Qidiruvga berilgan uch nafar jinoyatchi Dang‘ara tumanining Osmondara qishlog‘i hududida zararsizlantirildi», — deyiladi vazirlik xabarida.Avvalroq Tojikistonda yengil avtomobilning velosipedchilar guruhini urib ketishi oqibatida to‘rt nafar xorijlik sayyoh halok bo‘lgani xabar qilingandi. Halok bo‘lganlarning ikki nafari AQSh, ikki nafari Niderlandiya va Shveytsariya fuqarolari bo‘lgan.
2Dunyo
Karim Benzema: Ronaldu “Real”dan ketganidan keyin mening navbatim keldi “Real” hujumchisi Karim Benzema France Football nashriga intervyu berib, bir qator mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Krishtianu Ronalduning ‘Real’dagi davri haqida U ‘Real’da o‘ynaganida yiliga 50—60 ta gol urgan. Shuning uchun bu haqiqatga moslashishim kerak edi. Maydonda ko‘proq harakat qilishim, unga joy yaratishim lozim bo‘lardi U ketganidan so‘ng nazoratni qo‘lga olish, gol urish va jamoadoshlarimga yordam berish navbati menga keldi. Jamoani o‘z bilganimcha boshqaryapman va hammasi yaxshi ketmoqda. Men Ronaldu kabi o‘ynamayman, u ham Benzema kabi o‘ynamaydi. Krishtianu ‘Real’da o‘ynaganida, men vaziyat yaratib beruvchi, u esa yakunlovchi edi. O‘yin uslubi haqida Agar statistik ma’lumotlarni hisobga olmasak, ko‘p gol urayotganim sababli o‘yinim o‘zgargani yo‘q deb o‘ylamayman. Men harakat qilyapman, vaziyatlar yaratyapman, gollar uzatmalar beryapman. Doimo shunday o‘ynay olganman. Hali ham o‘sha futbolchiman. Avval o‘yin uslubi tufayli tanqidlarga uchragani haqida Futbol avvalgidek tomosha qilinmayapti. Uchrashuv 90 daqiqa davomida tomosha qilinmayapti, buning o‘rniga ijtimoiy tarmoqlar mavjud. O‘yinchining maydonda nima qilayotganini ko‘rish uchun vaqt sarflanmayapti, hamma faqat gol urgan o‘yinchiga qaraydi, ertasiga esa u uni eng zo‘ri deb topiladi. Bu men bilan ham sodir bo‘lgan. Men unchalik yaxshi o‘ynamaganman, lekin gol urganman va eng yaxshi deb tan olinganman. Menga bunday futbol yoqmaydi, lekin kelajakda bu narsa ko‘payib boraveradi. Futbol faqat statistikaga qaraladigan sport turiga aylanib qoldi. Bunga moslashish kerak va buni yaxshi uddaladim. Kilian Mbappe haqida Mbappe allaqachon eng yaxshi o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Uni yorqin kelajak kutmoqda. Terma jamoada birga o‘ynashimizdan xursandman. Uning salohiyatini va nimalarga qodirligini bilaman. Karim Benzema, ‘Real’ hujumchisi Fransiyalik 34 yoshli futbolchi 2021/22-yilgi mavsumda “Real” safida barcha musobaqalar doirasida 26 o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
13Sport
Nima uchun taraqqiy etmaymiz? Sababi “yaxshi odam" ekanimizda(mi?)! Ha, xuddi shunday. Toki yaxshi va yomon odam haqidagi tushunchamiz o‘zgarmas ekan, taraqqiyot yo‘lida ildamlashimiz qiyin. Bunga qator misollar keltiraman. Avval bir nechta “yomon odam”lar haqida: Bunday odamlarning biri hamkasbim. O‘zim bilan ishlaydi. Masalan, ko‘chada “tarallabedod” qilib, qoidalarni oyoqosti qilayotgan haydovchini ko‘rsa, holatni, mashina raqamini suratga olib, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘iga shaxsan uchrashadi-da, chora ko‘rilishini talab qiladi. Agar biror rahbar tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda rahbarni yer bilan bitta qiladi. “Katta”larga hurmat degan narsa yo‘q-da.  Olis tumanlardan birida o‘n yillar oldin Salayev degan “yozuvchi” bo‘lardi. U vafot etganida rahbarlar qo‘y so‘yib nishonlashgan ekan. Sababi u biror-bir rahbarni noto‘g‘ri ishlagani qo‘ymagan. Nopok ishga qo‘l urgan qancha rahbarning ustidan yozib “boshini yegan”. Eng achinarlisi, butun umr xalq rizqini qo‘ldan kelguncha himoya qilib kelgan shu odam haqida kimdan so‘rasangiz bitta javob eshitardingiz: “Qo‘ying, u yaxshi odammas!” Bir necha marta adolat tarozisi buzilgan chog‘da rahbariga haq so‘zni aytib, ishdan ketgan, keyin bir umr salohiyatiga mos biror tashkilotga joylasha olmagan nihoyatda qobiliyatli kishini bilaman. Darvoqe, xuddi shu sabab bilan ishdan ketgan qancha odamni aslida har birimiz taniymiz. Tanishimning “betgachopar”ligi uchun ishdan ketgani tushunarli, ammo keyin bir umr boshqa idoralarga ishga joylasha olmagani sababi bundan ham dahshat. Odatda bizda haliyam aksariyat tashkilotlarda ish so‘rab kelgan xodimning oldingi ish joyidan tavsifnoma so‘rashadi. (O‘zi nega kerak shu?). Boyagi xodimni esa lozim joyda to‘g‘ri so‘z aytib boshlig‘ini ayab o‘tirmagani bir umr ta'qib qildi. Yana bir tomoni uning “tikka” gapirishini bilgan rahbarlarning hech qaysisi ishga qabul qilishni xohlamadi. Harholda to‘g‘ri so‘zni hazm qila olishdek olijanoblik kamyob fazilat bo‘lsa kerak. Xullas, u xodim ham “yomon odam”. Men Salim bobo deb murojaat qiladigan navbatdagi “yomon odam”ni ham butun bir tuman rahbariyati yoqtirmaydi. Bundan bir necha yil oldin u yozgan shikoyatni o‘rganish uchun tumanga borganimda birinchi eshitgan gapim shu bo‘lgan : “Yaxshi odammas, hammaning ishiga burnini suqadi, hech kimni tinch qo‘ymaydi”. O‘rganib bildimki, Salim bobo xalq muammolari haqida rahbariyatga yozib kelgan ekan. Oddiygina misol, aytaylik, mahallalardagi do‘konlarga keladigan bug‘doy uni. Ana shu unning qoplari sifatsiz bo‘lgani uchun do‘kondan uyga keltirguncha bir qismi to‘kiladi. Salim bobo ana shu to‘kiladigan unning respublika bo‘yicha bir yilda qancha bo‘lishini taxminan hisoblab chiqqan va o‘z vaqtida prezidentgacha bu haqda murojaat qilgan. Ancha odamni sarson qilgan. Va “yozuvchi” degan nom chiqargan. Uzoq yil nafaqasidan mablag‘ yig‘ib, mahalla ahli uchun ko‘prik qilgan bu odam hatto ana shu ko‘prik loyihasi uchun qator tashkilotlar eshigi oldida oylab sarg‘aygan. Va nihoyat, viloyat jurnalistlar uyushmasi rahbari matbuot orqali o‘sha tashkilotlarning “po‘stagini qoqqach”gina savob ish uchun ruxsat olgan. Darvoqe, so‘nggi yillarda qator idoralarga kanalbo‘yi muhofaza hududlari haqida murojaat qilib kelayotgan “yozuvchi” ham shu odam. Kanalbo‘yi muhofaza hududlari odatda irrigatsiya boshqarmalari tasarrufiga kiradi. Salim bobo ikki yondan 15 metrgacha bo‘lgan qirg‘oqbo‘yi muhofaza hududlarini ishsiz aholiga ijaraga berish tarafdori. Odamlar kanalni tozalaydigan texnikalarga xalal bermagan holda bu hududlarni bog‘-rog‘larga aylantirish tarafdori. Uning fikricha, shunday qilinsa, respublika bo‘ylab o‘n minglab fuqarolar ishli bo‘ladi, ichki va tashqi bozorlarga yuz ming tonnalab mahsulot chiqadi. Ammo tegishli idoralar o‘zi xohlagan taqdirda ham bu ishni qilolmaydi. Sababi aksariyat hududlarda qirg‘oqbo‘yi muhofaza hududlari qoidaga xilof tarzda fermer xo‘jaliklari tasarrufiga o‘tib ketgan. Harholda hali o‘zim bilgan biror-bir irrigatsiya boshqarmasi ana shu tadbirni qoyillatib amalga oshirgan emas. Salim bobo esa Darg‘om kanalida yoqasidagi bir parcha yerni obod qilaman deb naq sakkiz yil yugurdi. Qator rasmiy idoralar irrigatsiya boshqarmasidan ruxsat so‘rang desa, irrigatsiya boshqarmasi bu yer fermerlarga o‘tib ketgan, deydi. Mavzuga qaytamiz. Xullas, aytib qo‘yay, ana shu kabi takliflar bilan “katta”larning boshini qotirganlar ham yaxshi odam emas! Taklifning to‘g‘ri yo noto‘g‘ri ekani mutaxassislarga havola. Xo‘sh, yaxshi odam kim o‘zi? Birinchi marta 15 yil oldin hamma yaxshi odam deb ta'riflagan shaxsni eshitganman. Kommunal xizmat idorasida ishlardi. Hech kimni norozi qilgan emas. Aytaylik, tabiiy gazdan 500 ming so‘m qarzingiz bor. Shu odamga uchrasangiz, 100 ming so‘m evaziga qarzingizni bazadan o‘chirib berardi. To‘g‘ri, hozir u zamonlar o‘tib ketdi. Yomoni shu bo‘ldiki, oxir-oqibat o‘sha yillari birgina Samarqand shahrining o‘zida kommunal xizmatlardan qarzdorlik 300 milliard so‘mdan oshib ketdi. Hammaning qo‘lida to‘lov qog‘ozi bor – ammo hamma qarzdor! Boyagi “yaxshi odam”larning ko‘pi qamalib ketdi. Biroq o‘z vaqtida bazadan o‘chirilavergan, ammo umumiy hisobda turgan, egasi yo‘q qarzlarning to‘planib qolishi oxir-oqibat ko‘pchilikni sarson qildi... Harholda hozir to‘lov masalasi nisbatan tartibga olindi. “Falon institutning prorektori juda yaxshi odam, aytaman, o‘g‘lingizni o‘qishga kiritib qo‘yadi”. “Falonchi yaxshi odam, navbatsiz uy olib beradi...”  “Falonchi...”  “Falonchi...”  Eh-he, bunday yaxshi odamlarning qanchasini har birimiz bilamiz. Aslida bu “yaxshi odam”lar jamiyatimizni botqoqqa botirmadimi? Yaxshi va yomon odam haqidagi tushunchamiz o‘rni qachon almashib qoldi o‘zi? Bu so‘zlarning o‘rnini almashtirmay biror narsaga erisha olamizmi? Masalaning eng og‘ir tomoni shundaki, nazdimizdagi “yomon” odamlar “yaxshi”lardan ming baravar kamroq...  Kuni kecha dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan birida ishlayotgan ukam keldi:  – Aka, bizda jamoatchilik nazorati degan gapni ko‘p eshitardim-u hech ko‘rmasdim. Xorijda shu gapni hech eshitmadim-u har qadamda ko‘rdim. Bilib-bilmay ikki marta velosiped o‘tish joyida mashinamga yo‘lovchi olgan ekanman. Ertasi kuniyoq 115 dollar jarima qog‘ozi keldi. O‘sha yerda na kamera bor va na politsiya. Yana bir marta shu holat takrorlandi. Keyin bilsam, qoidani buzgan zahotim buni ko‘rgan odamlar suratga olib politsiyaga xabar berarkan. O‘zi ishsizlik nafaqasi bilan kun ko‘radigan bir fuqaro bir oyda shu yo‘l bilan davlatga 3 ming dollarlik foyda keltirganini g‘urur bilan aytib bergan menga. Bundaylar har qadamda borligini bilganim uchun ham qoidalarni yodlab olganman... Aslida biz ham o‘z yurtimizda shunday bo‘lsak yaxshimasmi? Unga nima deyishni ham bilmayman: Yaxshi odam bo‘lsinmi yoki yomon... Anvar MUSTAFOQULOV,  Kun.uz muxbiri.
5Jamiyat
Piskentdagi qotillik jinoyati fosh etildi Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qotillik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda. Muqaddam xabar berilganidek, joriy yilning 30 avgust kuni Piskent tumani “Namuna” mahallasi hududidan noma'lum erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida jabrlanuvchining shaxsi aniqlanib, u Olmaliq shahrida yashagan R.K. (1959 y.t.) ekanligi, mazkur jinoyatni esa uning tanishi F.T. (1961 y.t.) sodir etganligi aniqlandi. Tergovda aniqlanishicha, joriy yilning 21 avgust kuni Olmaliq shahrida yashovchi F.T. uyiga mehmonga kelgan R.K. bilan o‘zaro janjallashib, uning bosh qismiga temir bolg‘a bilan ko‘plab tan jarohatlari yetkazib, qasddan o‘ldirgan. Sodir etilgan jinoyatni yashirish maqsadida jabrlanuvchining murdasini o‘z uyi yerto‘lasiga yashirib, 25 avgust kuni tanishi A.Z. yordamida murdani Piskent tumani “Namuna” mahallasi hududidagi ochiq maydonga tashlab ketishgan. Sud tomonidan F.T. va A.Z.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda. Piskentda qotillik sodir bo‘ldi
5Jamiyat
Kroyf: Pike «Barselona»dan ketgani ma`qul Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Yoxan Kroyf jamoa himoyachisi Xerard Pikening boshqa klubga o`tib ketishi kerakligi borasida gapirib o`tdi. "Pike ikki yildan beri kerakli saviyada o`ynay olmayapti. Aminmanki, nafaqat ishqibozlar balki, o`zi uchun ham boshqa klubga o`tib ketishi yaxshi bo`lardi. Doimiy ravishda yo`l qo`yayotgan xatolari qimmatga tushyapti. U allaqachon "Barsa"ning asosiy tarkibiga munosib emas", - deydi Kroyf. Manba: www.euro-football.ru
13Sport
O‘zbekiston eng ko‘p oltin saqlovchi davlatlar yigirmataligiga kirdi Butunjahon oltin kengashi (World Gold Council) joriy yil sentabr oyi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p oltin saqlovchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingda oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston 17-o‘rinni egalladi. Hisobotda mamlakat 325,7 tonna oltin saqlashi ma’lum qilinadi. Bu respublikada mavjud umumiy zaxiraning 56,2 foizini tashkil etadi. Qo‘shni davlatlardan Qozog‘iston 377,3 tonna oltin bilan 15-o‘rinni band etgan. Reytingda birinchi o‘rinda AQSh (8133,5 tonna), ikkinchi o‘rinda Germaniya (3366,8 tonna) va uchinchi o‘rinda Xalqaro valyuta fondi (2814 tonna) qayd etilgan.
8O‘zbekiston
2019-yilning “eng yomon” parollari ro‘yxati e’lon qilindi SplashData kompaniyasi 2019-yil yakunlari bo‘yicha 100 ta “eng yomon” parollar ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozadi Spot. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar barchaga ayon bo‘lgan besh milliontadan ortiq parollarni tahlil qildi. 2018-yil bilan solishtirilganda birinchi o‘rin o‘zgarmadi. “qwerty”, “123123”, “qwerty123” kabi parollar ommalashdi. “Welcome” va “princess” esa o‘z o‘rnini yo‘qotdi. 2010-yildan beri ro‘yxatdan o‘rin egallab keluvchi “password” so‘zi esa kuchli uchlikdan tushib qoldi. Shuningdek “1q2w3e4r”, “qwertyuiop”, “123qwe”, “dragon” va “lovely” parollari reytingga kirib keldi. O‘tgan yili paydo bo‘lgan “donald” paroli esa reytingda pastladi. Demak, o‘tib borayotgan yil yakunlari bo‘yicha eng kuchsiz 25 ta parol:
2Dunyo
Qiyma va pishloqdan betakror ta’mga ega sho‘rva tayyorlaymiz Ushbu sho‘rva odatda Germaniyada sevib iste’mol qilinadi, taom uchun bor-yo‘g‘i uch mahsulot kerak. Shuningdek, ta’bga ko‘ra, kartoshka va jo‘xori qo‘shish mumkin. Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanish jarayoni: Yoqimli ishtaha!
9Pazandachilik
Koronavirusga PZR-testini 24 soat davomida bepul topshirish mumkin - SSV So‘nggi bir sutka ichida O‘zbekiston bo‘ylab 1037 kishida koronavirus aniqlandi va bu pandemiya boshidan buyon navbatdagi antirekorddir. Kasallik aniqlanish holatlari eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatilmoqda. Shu bilan birga, juda ko‘pchilik o‘zida kasallik alomatlarini sezib, test topshirish harakatida yuribdi. Poytaxtda ko‘pchilik xususiy klinikalarda pul to‘lab PZR test topshirish mumkin va aholi bu imkoniyatdan foydalanmoqda. Lekin aksariyat test topshiruvchilar davlat tomonidan tashkil etilgan, 24 soat davomida qabul qilinuvchi va bepul xizmat ko‘rsatiluvchi markazlar faoliyatidan bexabar. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Toshkentda faoliyat yuritayotgan ana shunday muassasalar haqida Kun.uz'ga ma’lumot berdi. “Yurtdoshlarimiz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining har bir tuman va shahar bo‘limlarida shunday imkoniyatdan sutkaning istalgan paytida bepul foydalanishlari mumkin”, – deyiladi vazirlik axborotida. Toshkentdagi 12 ta PZR tahlili o‘tkazish laboratoriyasi manzillari: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasining – Yangihayot tumani aholisi Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasiga murojaat etadi (Manzil: Sergeli tumani, Sergeli 3-14).
8O‘zbekiston
DSQ huzurida Fiskal institut tashkil etiladi - Prezident qarori loyihasi Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal instituti tashkil etilishi kutilyapti. Belgilab qo‘yilishicha, Institut “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Moliyaviy nazorat va audit”, “Soliq, moliya va tijorat huquqi”, “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta'minlaydigan tayanch oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. Institut tuzilmasida Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universitetining bo‘linmasi (fakulteti) tashkil etiladi va uning moddiy-texnik ta'minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Institutda kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilanadi: professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori darajadagi kasbiy va pedagogik mahoratga, shu jumladan, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan jamlash; xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta'limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishni ta'minlash; malakali kadrlar tayyorlashni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortish, transfert narxlarni belgilash, tavakkalchiliklarni tahlil qilish, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq ma'murchiligida ilg‘or axborot texnologiyalarini (Big Data) qo‘llash asosida tashkil etish; o‘quv jarayonida o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, shu jumladan pedagogik va axborot texnologiyalarini, masofaviy ta'limni, o‘qitish va treninglarni interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etish, talaba, tinglovchi va pedagog kadrlarning global axborot-huquqiy hamda ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari bilan kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish sohasida hamkorlikni rivojlantirish. Belgilab qo‘yilishicha: Institutni boshqarish Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi; Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassis tayinlanadi; Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi direktori Institut prorektori hisoblanadi; Institut tuzilmasida “Soliq evolyutsiyasi muzeyi” tashkil etiladi; Institut o‘rnatilgan tartibda stipendiya to‘lash va moddiy ta'minot belgilashni ta'minlagan holda ta'lim muddati uch yil bo‘lgan bakalavrlarni va ta'lim muddati bir yil bo‘lgan magistrlarni tayyorlaydi; Institutga o‘qishga qabul O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartiblari asosida amalga oshiriladi; 2020/2021 o‘quv yilida Institutning bakalavriatiga talabalarni qabul qilish kvotasi 3-ilovaga muvofiq 420 kishi (shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 130 kishi), magistraturasiga 26 kishi (shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 5 kishi) etib belgilanadi; vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan yo‘nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida sirtqi ta'lim shaklida o‘qitish tashkil etiladi; Institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarining lavozim maoshlari oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorida belgilanadi; Mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Institutning bo‘lim boshliqlari – fakultet dekaniga, bosh mutaxassis – katta o‘qituvchiga, yetakchi mutaxassis – o‘qituvchiga tenglashtiriladi, boshqa xodimlarning lavozim maoshlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash miqdorlarida belgilanadi; Institutning ma'muriy-boshqaruv va professor-o‘qituvchilar tarkibiga Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining tegishli toifalari uchun xizmatni o‘tash tartiblari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi xodimlarining tegishli toifalari uchun mukofotlarni to‘lash tartibi tatbiq etiladi; Institutga professor-o‘qituvchilar o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha vaqt me'yorlarini, shuningdek, ular uchun cheklangan o‘quv yuklamasini mustaqil belgilash huquqi beriladi. Institutda davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalarga o‘qishni tamomlaganidan so‘ng, davlat soliq xizmati organlarida kamida besh yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (B.Musayev) “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A.Bekmurodov) bilan birgalikda Institut professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy davlatlarning yetakchi ta'lim, ilmiy va boshqa muassasalariga magistratura hamda doktoranturada ta'lim olish, stajirovka o‘tash va malaka oshirish uchun yuborish choralarini ko‘radi. Institut Toshkent shahar, Kichik halqa yo‘li, 3-uy manziliga joylashtiriladi. Davlat soliq qo‘mitasining Buxoro, Farg‘ona va Toshkent soliq kollejlarini 2019/2020 o‘quv yilida 3-kursini tamomlagan o‘quvchilariga bir yillik amaliy ishda sinov amaliyotini o‘tamasdan kollejni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom berilishiga rozilik beriladi. Institutda o‘qishga talabgorlarni tizimli ravishda bosqichma-bosqich tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida: Davlat soliq qo‘mitasining Toshkent soliq kolleji umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadigan, 2 yillik innovatsion ta'lim dasturlari asosida o‘qitiladigan Institut huzuridagi akademik litseyga; Davlat soliq qo‘mitasining Buxoro soliq kolleji Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi 5-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari asosida o‘qitiladigan Institut huzuridagi texnikumga aylantiriladi. Institut huzuridagi akademik litsey faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilanadi.
8O‘zbekiston
Insoniyatning yarmi besh yil ichida trillion dollarga qashshoqlashdi Yer aholisining eng qashshoq qismi, 3,6 milliard nafardan ziyod odamning moliyaviy ahvoli 2010-yildan beri trillion dollardan ko‘proq bo‘lgan mablag‘ga kamaydi. Bu haqda qashshoqlashishga qarshi kurashib keladigan Oxfam notijorat tashkilotining bayonotiga tayangan holda “RIA Novosti” xabar beradi. Dunyodagi eng badavlat 62 nafar odam insoniyat aholisining eng kam ta’minlangan qismi ega bo‘lgan mablag‘ miqdorida mol-mulk sohibi bo‘lib, ularning umumiy moliyaviy ahvoli shu muddat ichida 1,76 trillion dollarga oshdi. Besh yil oldin, 388 nafar eng badavlat odam odamzodning yarmi ega bo‘lgan mol-mulk miqdoriga teng bo‘lgan boylikka ega edi. Tashkilotning ta’kidlashicha, eng badavlat aholi vakillariga nisbatan qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari, eng ko‘p va eng kam mehnat to‘lovidagi farqning kattalashishi va ishchilarni moliyaviy taqdirlashning qisqarishi qashshoqlar va boylar ta’minotidagi farqning kattalashishiga sababchi bo‘lmoqda.
2Dunyo
O‘zbekiston — Bahrayn: “Bunyodkor” stadioni kassalarida chipta qolmadi Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 va Osiyo kubogi-2019 saralashi doirasidagi o‘yinga chiqarilgan chiptalar stadion kassalarida qolmagan. Bu haqda, “Bunyodkor” stadioni kassalaridagi manbaga tayanib, “Championat.asia” xabar berdi. Saytda yozilishicha, O‘zbekiston — Filippin terma jamoalari o‘rtasida 24-mart kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi kabi, Bahrayn bilan o‘yinda ham stadion muxlislar bilan to‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston — Bahrayn o‘yini 29-mart soat 18:00 da start oladi.
13Sport
O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti haqida “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan boshqa davlat organlari bilan birgalikda Dasturning bajarilishini mintaqalar va aniq korxonalar bo‘yicha tizimli monitoring hamda tahlil qilish, mehnat bozoridagi talab va taklifni o‘rganish amalga oshirilmoqda hamda shu asosda Dasturning 2016-yil uchun tasdiqlangan parametrlarini bajarish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek yangi obyektlarni, asosan sanoatda, xizmatlar va servis sohasida, uy-joy qurilishida ishga tushirish, kichik biznesni, fermer va dehqon xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish joriy yilning yanvar — iyun oylarida 462,5 ming kishining bandligini ta’minlash imkonini berdi. Ish o‘rinlarining 59,8 foizi qishloq joylarda tashkil etildi. Aholining ishda band bo‘lmagan vakillariga mehnat organlari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazish orqali ishga joylashishda ko‘maklashildi. Natijada tumanlar va shaharlar bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ishga joylashish uchun murojaat etgan 124,6 ming nafar fuqaro doimiy va vaqtincha ish bilan ta’minlandi, 52,6 ming kishiga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bo‘yicha va ishga joylashish imkoniyatlari haqida axborot hamda maslahat berildi. Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash hisobidan 13,8 mingta ish o‘rnini tashkil etish ta’minlandi. Bunda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, istiqbolsiz korxonalarni keyinchalik ishlab chiqarish quvvatlari va ish o‘rinlari tashkil etish sharti bilan yangi mulkdorlarga realizatsiya qilish orqali tugatish bo‘yicha maqsadli “yo‘l xaritalarini” amalga oshirish mexanizmlari ishga tushirildi. 2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturida kichik biznesga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, mazkur sohada birinchi yarim yillikda umuman 356,1 mingdan ziyod kishining bandligi ta’minlandi, bu esa tashkil etilgan barcha ish o‘rinlarining 77,1 foizdan ziyodini tashkil etadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va boshqa tegishli muassasalar tomonidan Dasturning bajarilishini monitoring va tahlil qilish imkoniyatlaridan hali ham yetarlicha foydalanilmayapti, bunda Dastur parametrlarining amalga oshirilishini baholash ishlari yaxshilash va takomillashtirishni talab qiladi. Bu mamlakatimizning ayrim mintaqalarida yangi korxonalarni qurish hamda ishlab turganlarini kengaytirish, kichik va boshqa korxonalarni rivojlantirish hisobiga ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha qoloqlik aniqlanganligining sabablaridan biridir. Shuni ta’kidlash kerakki, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida aholi bandligini ta’minlash, mehnat bozorida talab etiladigan muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish masalalarida hali kamchiliklar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (A. Abduhakimov): 2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini so‘zsiz bajarish, bunda ishchanlik muhitini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini bundan buyon ham olib borishga alohida e’tibor qaratish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsin; 2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi amalga oshirilishining borishini har tomonlama monitoring qilishni davom ettirib, keyingi yillarda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan, mehnat bozorining demografik omillarini hisobga olgan holda, takliflar ishlab chiqsin; davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari bilan hamkorlikda ish bilan band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, qishloq joylardagi aholini, aholining ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan toifalarini, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, kasbga qayta tayyorlash va ijtimoiy himoya qilishga doir chora-tadbirlar ko‘rsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari 2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini so‘zsiz bajarish, mehnat bozorining hududiy tuzilmasini takomillashtirish, ayniqsa, ishchi kuchi ko‘p mintaqalarda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari o‘z nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini va aholining bandligi ta’minlanishini, ayniqsa, ta’lim muassasalarining, avvalo kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni rag‘batlantirishga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratsin. 5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Tereza Mey va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Kipr masalasidagi muzokaralar muvaffaqiyatiga ishonch bildirdi Kipr orolida uzoq yillardan buyon davom etayotgan ixtilofning hal etilishi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasidagi telefon muloqotining asosiy mavzusi bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Ikki davlat yetakchilari Kipr masalasida o‘tadigan muzokaralar muvaffaqiyat keltirishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, bu nafaqat Kipr, balki butun mintaqada xavfsizlikni kafolatlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi. Kiprdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralar keyingi hafta Shveysariyada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
2Dunyo
O'zbekistonda “tonirovka”ning arzonlashtirilgan narxlari e'lon qilindi Shavkat Mirziyoev 28 iyun kuni o'tkazilayotgan videoselektorda “tonirovka” masalasida hamma kutgan qarorni imzolagandi. Prezident matbuot kotibi xabariga ko'ra, uning narxlari ma'lum qilindi. Prezident ta'kidlaganidek, 1 iyuldan boshlab: Endi 10 yildan 15 yilgacha bo'lgan yengil mashinalar ikki yilda, 15 yildan ortiq bo'lganlari esa bir yilda bir marta texnik ko'rikdan o'tkaziladi. “Bu — hali boshlanishi. Men Prezident maslahatchilari, bosh vazir o'rinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman. Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yo'qotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish bo'yicha ishchi guruh barcha yo'nalishlarda muntazam ishlayapti. Joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar bo'yicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, — dedi Prezident yig'ilish yakunida. Avvalroq “tonirovka”ni bepul qilishni Konstitutsiyaga kiritish taklif qilingandi. Shuningdek, avtomaktab o'qituvchisi “tonirovka”ning bola psixologiyasiga ta'siri haqida gapirgan.
5Jamiyat
Madridda zaharli bulut tufayli favqulodda holat e'lon qilinishi mumkin Ispaniyaning Madrid viloyati tezkor xizmatlari uch aholi punkti fuqarolariga o‘z uylarini zaharli bulut sababli tark etmaslikni tavsiya etishmoqda, deya yozadi El Pais. «Umanes, Grinyon va Moralexa-de-Enmedio aholisiga o‘z uylarida qolishni maslahat beramiz», - deyiladi Madrid tezkor xizmatlarining Twitter’dagi xabarida. Ta'kidlanishicha, Fuenlabrad munitsipalitetidagi ishlab chiqarish obektida 40 tonna magniy va alyuminiy yonib ketgan. Favqulodda holat tufayli poligon va yaqin oradagi mehmonxonada bo‘lganlar evakuatsiya qilindi. Avvalroq Britaniyadagi plyajlardan birida zaharli bulut sababli ko‘plab odamlar jabrlangani xabar berilgandi.
2Dunyo
Panjsherda mahalliy aholi fuqaroning o‘ldirilishi ortidan “Tolibon”ga qarshi namoyishga chiqdi (video) Afg‘onistonning Panjsher viloyatida “Tolibon” jangarilari tomonidan mahalliy fuqaroning o‘ldirilishi ortidan 26-dekabr kuni o‘nlab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi. Aamaj News xabariga ko‘ra, yig‘ilganlar “Tolibonga o‘lim!” deya hayqirgan. Panjsher “Tolibon” Kobulni jangsiz egallashga muvaffaq bo‘lganidan deyarli bir oy o‘tib bo‘ysundirilgan edi. Viloyatda yashovchi faollar “Tolibon”ning hokimiyatini tan olishdan bosh tortgan va ag‘darilgan hukumatning sobiq harbiylaridan ko‘ngillilar bilan birgalikda Milliy qarshilik frontini (MQF) tuzgan. 6-sentabr kuni “Tolibon” bilan kechgan to‘qnashuvlardan so‘ng MQF Panjsher ma’muriy markazi – Bozarak shahrini tark etishga majbur bo‘ldi. Biroq front askarlari toliblarga qarshi partizan urushini davom ettirdi. “Tolibon” esa o‘z nazoratiga o‘tgan viloyatning aholisiga qarshi repressiyalarni amalga oshira boshladi. Panjsherdan mahalliy aholining o‘ldirilishi, majburan ko‘chirilishi va mintaqaga oziq-ovqat ta’minoti to‘sib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq mahalliy aholi ommaviy norozilik namoyishlarini o‘tkazishga jur’at eta olmagan. 26-dekabrdagi namoyish toliblar tomonidan hududi egallab olingan panjsherliklarning birinchi ommaviy aksiyasi bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, namoyishchilar “Tolibon” tomonidan otib o‘ldirilgan mahalliy fuqaroning jasadini Bozarak ko‘chalari bo‘ylab olib yurgan va viloyat hokimligi binosi oldida miting o‘tkazgan. Namoyishchilar oldiga chiqqan “Tolibon”ning Panjsherdagi komandiri Abdul Hamid Xurosoniy fuqaroning o‘ldirilishida “Tolibon” javobgar ekanini tan olgan. “U Tolibon xavfsizlik kuchlariga kelib tushgan noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida o‘ldirilgan. Islom Amirligi (Afg‘oniston) rahbariyati kimda-kim bunday harakatlarga yo‘l qo‘ysa, uni javobgarlikka tortishga xalq oldida va’da bermoqda”, — dedi Xurosoniy namoyishchilarga. Xabarga ko‘ra, “Tolibon” norozilik aksiyasini kuch bilan bostirishga urinmagan, voqea joyida bo‘lgan mahalliy aholi va jurnalistlarga videotasvirlar olishga ruxsat bergan. Bozarakdagi norozilik 26-dekabr oqshomida talofatlarsiz yakunlangan.
2Dunyo
Jom qishlog‘i «Obod qishloq» dasturi doirasida obodonlashtiriladi Jom nafaqat Samarqand viloyati, balki respublikamizning eng qadimiy, yirik aholi maskanlaridan biri hisoblanadi. Jom haqidagi ma'lumotlar Makedoniyalik Iskandar yurtimizga bostirib kelgan chog‘lardagi bitiklarda esga olinadi. Bugungi kunda Nurobod tumanidagi Jom qishlog‘i atrofidagi mahallalarda 32 mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Samarqand viloyat hokimligi yurtimizda boshlangan «Obod qishloq» dasturi doirasida Jom qishlog‘ini obod maskanga aylantirish tashabbusi bilan chiqdi. Viloyat hokimligining ishchi guruhi mazkur hududning infratuzilmasi, ijtimoiy soha obektlari va aholi xonadonlarining holatini o‘rganib, xalq bilan muloqot uyushtirdi. Qishloqda mavjud muammolarni o‘rgandi. Shu asosda dastur tuzilib, Jom va Girdiqo‘rg‘on qishloqlarini obod maskanga aylantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqildi. Kuni-kecha Jom qishlog‘ida ushbu loyihalarning taqdimoti o‘tkazilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Unda viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev hamda barcha sektorlar rahbarlari, tuman, shaharlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, viloyatdagi boshqarma, idoralar, jamoat tashkilotlari boshliqlari ishtirok etdi. Dastur asosida ikki qishloqda zamonaviy mahalla markazlari, istirohat bog‘i, xotira maydoni, yozgi amfiteatr, ikkita maktabgacha ta'lim muassasasi quriladi. Jom bozori zamonaviy arxitektura talablari bo‘yicha rekonstruksiya qilinadi. Ta'lim va tibbiyot muassasalari, aholi xonadonlari ta'mirlanadi. Aholini toza ichimlik suvi, suyultirilgan gaz bilan ta'minlash, qishloqda elektr ta'minotini yaxshilash, yo‘llarni ta'mirlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘riladi. Jumladan, Jom bozori zamonaviy arxitektura talablari bo‘yicha rekonstruksiya qilinadi. Qishloq hududidagi 5,4 kilometr yo‘lga asfalt yotqiziladi, 22 kilometr ichki yo‘llarga qum-shag‘al to‘kilib, tekislanadi. Hozirda yo‘l qurilishi korxonalari tomonidan zarur texnika vositalari va ishchi kuchi jalb etilib, bu ishlar boshlab yuborildi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida ikkita artezian qudug‘i qazilib, suv minoralari o‘rnatiladi. Mavjud suv tarmoqlari ta'mirlanib, 500 metr masofaga yangi quvur tashlash rejalashtirilgan. Qishloq aholisining tarqoq joylashgani va elektr tarmoqlari pala-partish tortilgani tufayli bu borada ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Eski, yaroqsiz simyog‘ochlar yangisiga almashtiriladi va yangi tarmoqlar tortiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1000 ga yaqin simyog‘och o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. 15 ta zamonaviy, kichik transformator qo‘yiladi. Loyihani amalga oshirish davomida hududdagi aholining barcha qatlami malakali mutaxassislar jalb etilgan holda, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shu maqsadda ayni paytda viloyatdagi yetakchi tibbiyot markazlarining 30 nafardan ortiq malakali mutaxassislari jalb etilib, Jom qishloq oilaviy poliklinikasida ushbu jarayon boshlangan. Kasalligi aniqlangan ehtiyojmand fuqarolar yo‘llanma asosida ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga yuborilib, davolanadi. Hudud aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun «Damas» rusumli avtomashina ajratiladi va doimiy ravishda tez yordam ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etiladi. 4300 dan ortiq ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlash hamda kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan kishilarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatiladi. Maqsad yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning chekka qishloqqa ham kirib kelishini ta'minlash, odamlarda o‘z maskani, taqdiri uchun mas'uliyat hissini kuchaytirish, xalqimizdagi bunyodkorlik, tadbirkorlik, hamjihatlik fazilatlarini namoyish etishdan iborat. O‘z muxbirimiz.
5Jamiyat
Yetim bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish “Mehr daftari” tizimi orqali amalga oshiriladi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 26-son qarori qabul qilindi. Hujjat  Prezidentning 09.08.2021 yildagi «Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PQ-5215-son qaroriga muvofiq qabul qilindi. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: Nizomda (1) quyidagilar belgilangan: Nizom (2) "Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish va nazorat qilish tartibini belgilaydi "Mehr daftari" jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari: «Mehr daftari» jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’uliyat uning vasiylik kengashiga yuklanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.01.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
10Qonunchilik
O‘zbekistonlik kurashchilar xalqaro musobaqada 10 medalni qo‘lga kiritdi O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Petko Sirakova va Ivan Iliyev xotirasiga bag‘ishlab 23 yoshgacha yoshlar o‘rtasida erkin, ayollar va yunon-rum kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqada 10 ta medalni qo‘lga kiritdi. 24−26 fevral kunlari Varneda (Bolgariya) bo‘lib o‘tgan turnirda 15 mamlakatdan 213 sportchi ishtirok etdi. MOQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, Olimjon Hikmatov va Abdurauf Bozorboyev murabbiyligi ostidagi kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi beshta oltin va beshta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Erkin kurashchilar o‘rtasida Rustam Jo‘rayev (50 kg) va Bahodir Aslonov (97 kg) oltin, Ramazan Ibodov (65 kg), Muhammadali Muxtorov (70 kg) va Hasanboy Rahimov (125 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Yuon-rum kurashi bo‘yicha Islom Baxomov (59 kg), Mirzobek Rahmatov (66 kg) va Jalgas Berdimuratov (80 kg) eng yuqori pog‘onani zabt etgan bo‘lsa, To‘rabek Tirkashev (59 kg) va Fazliddin Namozov (71 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi. Mirzobek Rahmatov «Eng yaxshi texnika» nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.
13Sport
O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni Polsha orqali evakuatsiya qilish tartibini e’lon qildi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining rasmiy vakili Yusup Kabuljanovning yozishicha, Polshaning tegishli idoralari O‘zbekiston fuqarolariga mamlakat davlat chegarasini vizasiz kesib o‘tish huquqni berishga rozi bo‘lgan. Elchixona Lvovga kelgan fuqarolardan diaspora vakili Ma’ruf Soliyev (+380 96 102 10 95) bilan bog‘lanib, ro‘yxatni shakllantirish uchun unga o‘z ma’lumotlarini taqdim etishni so‘ragan. “Chegarani faqat O‘zbekistonning Ukraina va Polshadagi elchixonalari vakillari hamrohligida, avtobuslarda markazlashgan holda kesib o‘tish amalga oshirilishini inobatga olishingizni so‘raymiz. Boshqa barcha holatlarda siz chegarada muammoga duch kelasiz”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, evakuatsiya qilinadigan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirishda birinchi navbatda ayollar, bolalar, talabalar va keksalarga ustuvorlik beradi. “O‘z fuqarolarimizni xavfsiz evakuatsiya qilishni ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rayotganimizni ma’lum qilamiz”, — deya qayd etiladi xabarda. Avvalroq Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligi, Ukrainadagi o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni o‘z vatanida onlayn shaklda davom ettirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.  Uzbekistan Airways Kiyevga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi
8O‘zbekiston
50/50 yoki biznesdagi tengsherikchilik: muvaffaqiyat kalitimi yoki rejalarning barbod bo‘lishi? Islom moliyasi telegram kanalida tadbirkorlik faoliyatidagi biznesdagi tengsherikchilik haqida maqola e'lon qilindi. Quyida o‘sha maqolani o‘qishingiz mumkin. Mukammal dunyoda sherikchilikdagi biznes egalari, ya'ni hamkorlar o‘zaro biznes munosabatlarining har bir jihatini hisobga olib, hamma narsa haqida oldindan kelishib oladilar va buni hujjatlashtirib qo‘yadilar. Ammo biz yashayotgan olam mukammallikdan yiroq va bu biznesda ham o‘z aksini topadi. Tadbirkorlikka kirisharkanmiz sherigimiz bilan hamma masalalarni qog‘ozga tushirish u yoqda tursin, og‘zaki kelishuvni ham ortga suramiz va 50/50 deya boshlangan hamkorlik munosabatlarini boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yamiz. Odatda bunday tengsherikchilik do‘stlar yoki qarindoshlar o‘rtasida bo‘ladi. Aksariyat ishbilarmonlarning fikri shunday – eng qulayi ikki kishilik tengsherikchilik. Buning bir nechta sababi bor: -      “bitta kalla yaxshi, ikkita kalla undan yaxshi”; -      biznesga yakka kirishish xatarli, ikki kishi bo‘lsa harqalay xatar ham ikki baravar kamayadi; -      har bir tomonning o‘z kuchli jihatlari bor (ya'ni bir tomon ikkinchi tomonni to‘ldirib turadi); -      va eng muhimi biznesga tikiladigan mablag‘ har bir tomon uchun ikki barobarga kamayadi. Hamkorlarning do‘stligi yoki qarindoshligi ko‘ngilga taskin beradi – axir hammasini birodarlardek kelishib ketish mumkin-da. Ayniqsa, mo‘ljaldagi loyihadan katta foyda kelishini tasavvur qilinsa bormi... xullas hammasi ajoyib. Ammo tez orada 50/50 uslubining barcha salbiy jihatlari bo‘y ko‘rsata boshlaydi. Misol uchun, do‘stlardan biri tavakkal qilishni xush ko‘radi, ikkinchisi esa, tabiatan ehtiyotkor, bir tomon oila quradi va ishga ko‘p vaqt ajrata olmay qoladi. Tabiiyki, ikkinchi tomonga ko‘proq yuk tushadi va albatta u bu holatni nohaqlik deb hisoblashni boshlaydi, asta-sekin uning bu ishga qiziqishi so‘nadi, ikkinchi tomon aravani bir o‘zi tortishiga to‘g‘ri keladi va hokazo. Keling, nafaqat biznesni, balki uzoq yillik qarindosh-urug‘chilikni ham barbod qilishga qodir ehtimoliy ziddiyatlarni birma-bir tahlil qilib chiqamiz: 1. Vazifalar aniq bo‘lib olinmagan. Har ikki tomon “hamma ishlar” bilan baravar shug‘ullanib ketaveradi. Kim nima ish qilganini tayini bo‘lmaydi. Oxir-oqibat tomonlar biznesni rivojlantirishga emas, kim nima qilganini aniqlashtirishga ko‘proq kuch sarflashni boshlashadi; 2. O‘rtadagi aylanma mablag‘dan shaxsiy maqsadlar uchun qancha ulush yoki qarz olish mumkinligi borasida ziddiyatlar kelib chiqadi; 3. Hamkorlar kim ko‘proq, kim kamroq ish qilayotganligi haqida o‘zaro shubha-gumonlar to‘riga o‘ralib boradilar. Kimgadir sherigining oddiy xodim kabi oddiy ishlarga o‘ralashib qolgani yoqmasa, ikkinchisi do‘sti o‘zini rahbardek tutib, kundalik vazifalarni bajarmayotganidan xafa. Bir taraf biznes aynan uning g‘oyasi asosida tashkil topganiga amin bo‘lsa, ikkinchi sherik uning mehnatlarigina hamkorlikni saqlab turganiga ishonchi komil. Ayniqsa foydani taqsimlashda ziddiyat yaqqol yuzaga chiqadi va munosabatlarga darz ketadi; 4. Masalaning ma'naviy jihatlari ham bisyor. Hamkorlardan biri ish rivoji uchun kimgadir pora berishni zarur deb hisoblasa, ikkinchisining vijdoni buni aslo qabul qila olmaydi. Kimdir qarz yoki kreditni ko‘proq olishni yoqlaydi, boshqa tomon esa kredit olish va foiz to‘lashga toqati yo‘q; 5. Hujjat yuritishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yish, masalan hisobotlarda nimanidir (masalan qarzdorlar/nasiyaga mol olganlar, qilingan chegirmalar ro‘yxati va hokazo) qayd etmaslik tufayli hamkorlar o‘zlarining umumiy moliyaviy holatlarini to‘g‘ri baholay olishmaydi va shu tufayli to‘g‘ri qarorlar qabul qila olishmaydi, bu esa oxir oqibat tomonlar o‘rtasida turli tushunmovchilik va e'tirozlar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi; 6. Biznesdagi tengsherikchilik mulkka egalik hissini susaytiradi. Bir qarashda biznes egalari bordek, ammo ularning hech biri o‘zini yuz foiz mulk sohibi deb hisoblay olmaydi. Buning ortidan tomonlarda javobgarlik hissi ham kamayadi, mas'uliyatni his qilmaydigan bo‘lib qoladilar. Yuzaga kelgan vaziyat ishga salbiy ta'sir qilmay qolmaydi; 7. O‘zaro kelishilgan biznes qaror qabul qilish (masalan mablag‘larni biror bir yangi biznes g‘oyani amalga oshirish kabi) juda og‘ir bo‘ladi yoki buni butunlay iloji bo‘lmaydi, chunki tomonlarning biznesdagi ulushi teng, biror jiddiy qaror qabul qilish uchun esa ikki tomonning roziligi kerak; 8. Loyihani sotib yuborish ham oson emas. 50 foizli ulushni xarid qilishni ko‘pchilik xohlamaydi, sababi bu holatda biznesni to‘liq nazorat qilib bo‘lmaydi, buning ustiga biznesni bo‘lishning o‘zi ham oson emas, chunki bunda nafaqat o‘rtadagi mol-mulkni, balki shakllangan mijozlar bazasi, yo‘lga qo‘yilgan ishlar, xodimlar va brendni ham bo‘lish kerak bo‘ladi, biznes sotilishi darajasiga kelib qolgan ziddiyatli vaziyatda esa buni amalga oshirish g‘oyat mushkul; 9. Bo‘linish jarayonida o‘rtada yig‘ilib qolgan boshqa muammolar ham yuzaga chiqadi. Xullas bu asabi bo‘sh odam ko‘taradigan vaziyat emas. Agar siz yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tengsherikchilik muammolaridan bittasiga bo‘lsa ham duch kelgan bo‘lsangiz yoki endi shunday tengsherikchilik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lib turgan bo‘lsangiz unda bizning sizga birinchi maslahatimiz – o‘zaro hamkorlik kelishuvi tuzing va bunda o‘zaro hamkorlikning eng muhim jihatlarini qog‘ozga tushiring. Boshida kelishuv qiyin bo‘ladi, ammo buni vaqtida qilmasangiz, ham biznesni, ham o‘zaro munosabatlarni xavf ostiga qo‘yasiz. Agar siz tadbirkorlik faoliyati bilan hech bo‘lmasa bir yil shug‘ullanadigan bo‘lsangiz, unda sizning o‘zingizda ham bu borada ancha-muncha tajriba yig‘ilgan va siz nimalarga e'tibor qaratish kerakligi haqida tushuncha hosil bo‘lgan. Asosiysi vaziyatni shu holatda qoldirmang. Mana endi, tengsherikchilik bilan bog‘liq qiyin vaziyatlardan chiqishning bir qator usullarini taklif qilishga bizga ham ijozat bering: -         o‘zaro ulushni 50/50 emas, 49/49 tarzda shakllantiring va qolgan 2 foizni har ikkingiz so‘zsiz ishonadigan biror insonga taqdim eting. Aynan o‘sha kishi sizlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bahsli vaziyatlarda hakamlik qiladi; -         biror tajribali va halol mutaxassisni boshqaruvchi sifatida yollang va bu insonning ovozi ziddiyatli vaziyatlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lsin. Albatta, bu yagona to‘g‘ri yechim emas (ayniqsa murakkab vaziyatlarda ehtiroslar junbushga kelishini hisobga olsak). Lekin aynan odil inson biznesni boshqarishiga erishing; -         turli vaziyatlarda hakamlik qilishi mumkin bo‘lgan bitta yoki ikkita tajribali maslahatchi yollang (masalan moliya masalalari va/yoki biznes boshqaruv masalalari bo‘yicha). Lekin bu maslahatchilar kompaniya xodimlari bo‘lmasligi kerak; -         sherigingizning ulushini sotib olishni iloji bo‘lsa shunday qiling (shunda barcha masalalarni o‘zingiz hal qilaverasiz). Balki sherik o‘z ulushining ma'lum qismini olib qolar, ammo asosiy masalalarda sizga qarshilik qila olmaydi. Bunday vaziyatga tushganlar yoki tushishi mumkin bo‘lganlar yuqoridagi yo‘llardan birini tanlashlari yaxshi naf beradi deb o‘ylaymiz. Endi ish boshlaganlar esa albatta batafsil yozilgan muassislik shartnomasini imzolashlari maqsadga muvofiq. O‘qib chiqqan bo‘lsangiz, kerakli xulosalar chiqaring.
4Iqtisodiyot
Avvaliga bolalar yo‘q bo‘ladi, so‘ng mo‘ylov o‘sib chiqadi. Google’da oila emodzisini shunchaki o‘chirib bo‘lmaydi — hammani bir boshdan “o‘ldirish” kerak Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqining tahliliy ma’lumotlar bo‘yicha eksperti Bruk Uotson Google dasturlarida oila tasvirlangan emodzilarni shunchaki o‘chirib bo‘lmasligini aniqladi. Avvaliga unda tasvirlangan odamlarni birma-bir o‘chirish lozim, deb yozmoqda Meduza. just learned with horror that deleting any of the "family" emojis in google slides does not remove the emoji, but rather kills off each individual family member one by one, starting with the children pic.twitter.com/0v2s8Bx91n — Brooke Watson Madubuonwu (@brookLYNevery1) August 29, 2019 Agarda “Hujjatlar” (Google Docs), “Jadvallar” (Google Sheets), “Tadqimotlar” (Google Slides) yoki “Formalar” (Google Forms)ga to‘rt kishidan iborat oilaning emodzisi qo‘yilsa, Delete (o‘chirish) tugmasi bosilib emodzidagi odamlar birma-bir o‘chiriladi. Bunda dastlab bolalar o‘chadi. Etiborli jihati, emodzida birinchi bola o‘chib ketsa ham uning ota-onasi xursand kayfiyatda turadi. Ikkinchisi yo‘qolgach esa kutilmaganda emodzidagi otaning mo‘ylovi o‘sib chiqadi. Shundan keyingina matndagi emodzi o‘chib ketadi.
14Texnologiya
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 28-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin: nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkin”. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Tailand hayvonot bog‘ida fillar pandaga xos rangga bo‘yaldi (foto) Tailand hayvonot bog‘ining uch fili fransuz musavviri Paulo Granjonning mamlakatda o‘tkazilayotgan “1600 panda” ko‘rgazmasi munosabati bilan ushbu jonivorlarga xos oq-qora rangga bo‘yaldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Fillarga qo‘l kuchi bilan akril bo‘yoqlari yordamida rang berilgan. Hayvonot bog‘i xodimlari jonivorlarga hech qanday ziyon yetmaganini bildirmoqda. Hayvonlarning g‘aroyib ko‘rinishi tarmoqda bahslarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar mazkur g‘oyani tanqid qilgan va u fillarni o‘ziga xoslikdan mahrum etganini ta’kidlagan. Boshqalar fillar ham soni kamayib borayotgan jonivorlar qatoriga kirishi va jamoatchilik bu haqda bilishi zarurligini uqtirgan.
2Dunyo
Prezident Qaroriga munosabat: Qo‘lyozmalarni kimlar o‘rganadi? Mamlakatimizdagi diniy bilim yurtlari – madrasalar qadim tarixga ega bo‘lib, ularning dovrug‘i butun musulmon olamiga tarqalgan. Lekin sho‘ro hukumatining siyosati sababli barcha masjid va madrasalar yopib yuborilishi natijasida 1928 yilga kelib O‘zbekistonda diniy ta'lim tizimi batamom to‘xtatilgan edi. 1943 yilning oktabrida Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining diniy boshqarmasi tashkil etildi. Mazkur Diniy boshqarma faoliyati O‘rta Osiyodagi beshta sobiq sho‘ro respublikasi – Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistonni qamrab olgan bo‘lib, diniy ta'lim bilan bog‘liq asosiy jarayonlar aynan O‘zbekistonda kechdi. Buxorodagi “Mir Arab” (1945 yildan boshlab bugungi kungacha) hamda Toshkentdagi "Baroqxon" (1945-1961) madrasalari va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (Toshkent oliy ma'hadi. 1971 yildan boshlab bugungi kungacha) sobiq ittifoqning musulmon tashkilotlari uchun mutaxassis tayyorlab beruvchi rasmiy diniy o‘quv yurtlari ochildi. Toshkent oliy ma'hadining tantanali ochilish marosimi 1971 yilning 1 noyabr kuni o‘tkazildi va o‘sha davrda muftiy bo‘lgan Ziyovuddin Eshon Boboxon diniy va zamonaviy ilmlarni puxta egallagan, muqaddas dinimiz uchun zarur bo‘lgan bilimdon xodimlar tayyorlashni asosiy vazifa qilib belgilagan edi. Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy hazratlarining 1225 yillik tavalludi tantanalari nishonlanishi munosabati bilan Toshkent oliy madrasasi 1974 yildan buyon Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom oliy ma'hadi deb yuritila boshlandi. Sobiq Ittifoq davrida bunday oliy ma'lumotli diniy kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan institut yagona bo‘lib, shu sababli ham sobiq ittifoqning turli hududlaridan – Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon, Sibir va boshqa yerlaridan talabalar kelib tahsil olishgan. Islom oliy ma'hadida ta'lim muddati to‘rt yil bo‘lib, o‘rta maxsus diniy madrasadan farqli ravishda bu yerda mutaxassislik fanlari chuqur o‘qitilar edi. Qur'oni karim qiroati va tafsiri, fiqh, hadis ilmi, balog‘at ilmi, xatoba darsi, arab tili va shu kabi mutaxassislik fanlariga alohida e'tibor qaratilgan. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining shu kunga qadar tamomlagan bitiruvchilar davlat tizimi va soha doirasida vazifalarda ishlab kelishmoqda. Institut tarixida quyidagi diniy ulamolar va davlat arboblari tahsil olib chiqishgan: 1989-1990 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlagan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1973-1975), hozirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov (1983-1987), Checheniston Respublikasining sobiq Prezidenti Ahmad hoji Qodirov (1982-1986), Rossiya musulmonlari markaziy diniy idorasi raisi, bosh muftiy Talgat Safa Tojiddin (1973-1977), Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, BMTning Xalqaro diniy maslahatchi raisi, MDH Dinlararo kengash hamraisi Ollohshukur Poshshozoda (1971-1975), Sankt-Peterburg islom institutining rektori, Xalqaro fanlar akademiyasining akademigi, Rossiya musulmonlari Markaziy diniy boshqarmasi prezidiumi a'zosi, Rossiya Bosh muftiysining bosh maslahatchisi, Sankt-Peterburg gubernatorligi qoshidagi jamoatchilik kengashi a'zosi, Rossiya shimoli-g‘arbiy okrugining giyohvandlikka qarshi kurash komissiyasi a'zosi, “Sankt-Peterburgda islom, islom madaniyati va musulmon an'analarining tiklanishi” hududiy jamoat fondining prezidenti Jafar Ponchayev (1971-1975), 2000-2009 yillarda Olmaotadagi Islom universitetiga rektor lavozimida ishlagan Abdulla Joldasov (1971-1975), Shimoliy Kavkaz musulmonlarining muvofiqlashtiruvchi markazi raisi Ismoil Berdiyev (1988-1992), Rossiyaning Yevropa qismi va Sibir musulmonlari diniy idorasi raisining o‘rinbosari Umar Idrisov (1983-1987), Imom Abu Hanifa nomidagi Shimoliy Kavkaz islom universiteti rektori Sharabuttin Chochayev (1983-1987) va boshqalar. Hozirda ham garchi mutaxassislik fanlariga ajratilgan dars soatlari juda kam bo‘lsada, institut talabalari o‘qituvchilar rahbariligida qo‘shimcha darsdan oldin va keyin to‘garaklar tashkil etib, buyuk mutafakkir ajdodlarimizning ilmiy meroslaridan Imom Termiziy va Imom Buxoriyning hadis to‘plamlari, Abu Mu'in Nasafiyning aqida ilmiga oid “Aqoid an-Nasafiy”, Abu Barokot Nasafiyning Qur'on tafsiri ilmiga oid “Madorik at-tanzil va haqoiq at-ta'vil (Tafsir an-Nasafiy)”, Nizomiddin Shoshiyning fiqh ilmiga oid “Usul ash-Shoshiy” kabi nodir manbalarining asl matnlarini yodlab, ularga qilingan sharhlarni o‘rganishmoqda. Bundan tashqari, mutaxassislik fanlariga doir mo‘'tabar kitoblar darslar davomida o‘qitilib kelinmoqda. Ana shunday soha mutaxassislarini chiqarayotgan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bitiruvchilarining yangi tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot markazlarida “diniy sohadan chiqqan kadr” kabi asossiz to‘siqlarsiz faoliyat yuritishi, ilmiy izlanishlar olib borishi institut talabalarining ulkan orzusidir. Buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma'naviy merosini saqlash, ta'mirlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga qulay sharoitlar yaratish, tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 24 may kuni chiqarilgan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘tgan buyuk ajdodlari va ularning bizlarga bebaho ilmiy meroslariga bo‘lgan yuksak ehtiromlari nishonasi o‘laroq bizlarni yanada binihoya xursand qildi. Ushbu qarorning ikkinchi bandidagi oltinchi va yettinchi xatboshidagi “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti kabi mazkur sohada faoliyat ko‘rsatadigan oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda qo‘lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli tayyorlash va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish; Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti singari oliy ta'lim muassasalarining ixtisoslik kafedralari bitiruvchilari hisobidan Institutning kadrlar tarkibini yangilab borish, qo‘lyozmalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish;” jumlalarida zikr qilingan oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari to‘laqonli diniy ma'lumotlarga ega bo‘lmaydilar. Ular mukammal arab tilini, diniy ilmni bilmaganligi sababli ozgina qismini tor doirada tarjimasi orqali tadqiq etilishi hammani afsuslantiradi. Shu kunga qadar ulkan qo‘lyozmalar fondining to‘laqonli tadqiq etilmaganligi ham fikrimiz isbotidir. Shu kunga qadar oliy diniy ta'limni tugatgan bitiruvchilar diniy sohadan chiqqanligi sababidan mavjud masjid va madrasalardan boshqa soha va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatishiga turli bahonalar bilan to‘sqinliklar bo‘lar edi. Boshqa oliy ta'lim muassasalaridan farqli o‘laroq, islom dinidagi muqaddas manbalar Qur'oni karimni va Imom Termiziy va Imom Buxoriyning hadis to‘plamlari hamda sohaga doir mo‘'tabar manbalarning yodlab, ularning sharhlarini daqiq joylarigacha o‘rganayotgan mutaxassislar mazkur ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqdir. Zero, ajdodlarimiz yozib qoldirgan chuqur ilmiy meroslarining asl va tub ma'nolariga yetishni islom dini va uning fanlarini yaxshi egallagan kadrlargina uddalash mumkinligi tarixiy tajribalardan kuzatib kelinmoqda. Abdulloh Ibrohimov
8O‘zbekiston
Olmazor tumanida yuz bergan pichoqbozlik holati haqida rasmiy ma'lumot berildi 2020 yil 29 avgust kuni soat taxminan 19:00larda, 22 yoshli Hikmatullo M. o‘zining to‘rt nafar tanishlari bilan Olmazor tumani Ochil Bobojonov ko‘chasidagi kafelardan birida o‘tirgan. Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda u tanishi 24 yoshli Temur P. bilan o‘zaro gap talashib qolgan. So‘ng ko‘chaga chiqib ko‘p qavatli uylarning oldida og‘zaki mojaroni hal qilmoqchi bo‘lgan vaqtida Hikmatullo M. o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan tanishi Temur P.ga tan jarohatlari yetkazgan.  Natijada, Temur P. olgan tan jarohatlari bilan 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra Temur P.ga og‘ir tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB Tergov bo‘linmasi tomonidan Hikmatullo M.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi bo‘yicha Hikmatullo M. O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.  Qayd etilishicha, hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.
5Jamiyat
Rossiya prezidenti kim bo‘lishi oydinlashmoqda 18 mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidentligi uchun o‘tkazilayotgan saylovda ilk taxminiy natijalar e'lon qilindi. Unga ko‘ra, hozirgacha 21,81 foiz byulleten sarhisob qilingan bo‘lib, amaldagi prezident Vladimir Putin nomzodi yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Bu haqda RIA xabar bermoqda.. Dastlabki natijada, Davlat rahbari 72,04 foiz saylovchilarning ovozini to‘plagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin 15,9 foiz saylovchilar ovoziga ega Pavel Grudininga nasib qildi. Markaziy saylov komissiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, saylovoldi kampaniyasida shoular tashkil etgan Jirinovskiy va Sobchak umumiy hisobda 10 foiz ham tarafdorlarga ega emas. Ekzit poll hisobiga ko‘ra, Putin saylovchilarning 77 foizini tashkil qiluvchi tarafdorlar bilan birinchi o‘rinda. Eslatib o‘tamiz, Moskva vaqti bilan soat 18:00da qayd etilgan statistikaga ko‘ra, saylovda 59 foizda oshiq ovoz beruvchi ishtirok etdi.
2Dunyo
O'zbekistonda 2 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi “O'zgidromet” xizmati 2 mart, chorshanba kuni respublika bo'ylab kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. Unga ko'ra, Toshkent shahrida kechasi va ertalab biroz yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–7 daraja iliq, kunduzi 15–17 daraja iliq bo'ladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo'ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo'ladi. Toshkent viloyatida havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo'ladi. Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo'ladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–11 daraja iliq, kunduzi 16–21 daraja iliq bo'ladi. Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo'ladi. Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) kuzatiladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo'ladi.
5Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami bilan tabrikladi Shavkat Mirziyoyev 25 may — So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami munosabati bilan maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi. Tabrik Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi. Qadrli maktab bitiruvchilari! Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Mamlakatimizdagi barcha umumta’lim dargohlarida “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari o‘tkazilayotgan ushbu quvonchli va g‘oyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi bo‘lgan yetuklik shahodatnomalari barchangizga muborak bo‘lsin! Aziz bolalarim! Bu yil respublikamizda 390 ming nafardan ziyod o‘quvchi yoshlar umumta’lim maktablarini bitirmoqda. Hech shubhasiz, o‘z bilim va iste’dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo‘lishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chog‘lanib turgan sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi O‘zbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir. Albatta, bugun yurtimizda maktab bitiruvchilari bilan birga ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar uchun ham unutilmas kundir. Ushbu quvonchli ayyomda ularni ham chin dildan qutlab, barchasiga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi sifat jihatidan keskin o‘zgardi. Ayniqsa, maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanib, bu borada tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim maktablari bilan birga ko‘plab nodavlat, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari faoliyat yuritayotgani ushbu tizimda qisqa muddatda chuqur tarkibiy va sifat o‘zgarishlari yuz berganini ko‘rsatadi. Birgina o‘tgan yilda 3,3 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 789 ta maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz qo‘lga kiritgan medallar soni 3 barobar, mintaqaviy olimpiadalarda esa qariyb 2 barobar ko‘paygani, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 900 mingdan ziyod o‘quvchi dasturlash asoslarini o‘rganib, sertifikatga ega bo‘lgani barchamizni xursand qiladi. Butun hayotini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan jonkuyar o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning ish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini oshirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Taraqqiy topgan davlatlar tajribasi asosida maktab ta’limi uchun o‘quv dasturi va darsliklar yangilanmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablari uchun 326 nomda o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar kitobi hamda mashq daftarlari yaratilgani muhim qadam bo‘ldi. Yurtimizdagi barcha maktablar yuqori tezlikdagi optik tolali internet tarmog‘iga ulanib, lokal tarmoq hamda Wi-Fi uskunalari o‘rnatildi. Shuningdek, hozirgi notinch zamonda farzandlarimizni yuksak ma’naviyat egalari, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Keng ko‘lamdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda, yoshlarimiz o‘rtasida kitobxonlikni kuchaytirish, ularni adabiyot, san’at va sport to‘garaklariga yanada faol jalb etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Aziz farzandlarim! Keyingi paytda xalqimiz, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan siz kabi yoshlarimiz uchun O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 162 ta oliy o‘quv yurti, ko‘plab kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar kelgusida sizlarning o‘zingiz tanlagan sohalar bo‘yicha yetuk kadr va malakali mutaxassis bo‘lishingiz uchun xizmat qiladi. Shuningdek, 78 ta oliy ta’lim muassasasida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, oliy ma’lumot olish hamda masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yildagi 9 foizdan bu yil 38 foizga yetkazildi. Yurtimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, nogiron bolalar uchun professional ta’lim tizimida alohida imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu haqda so‘z yuritganda, 2020-2021 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 1157 nafar, 2021-2022 o‘quv yilida esa 1433 nafar o‘quvchi qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganini ta’kidlash lozim. Aminman, sizlar ana shunday imkoniyatlar asosida yetuk mutaxassislar bo‘lib, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy klasterlar, fermer xo‘jaliklari, ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta qurilishlar, firma va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, madaniy va ijodiy jamoalarda ish boshlaysiz va Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini oshirishga albatta munosib hissa qo‘shasiz. Muxtasar aytganda, maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizning har biri el-yurtimizning mehri va e’tiborida bo‘ladi. Bu borada joylarda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, sektor rahbarlari, mahalla jamoatchiligi ota-onalar va ustozlaringiz bilan birgalikda sizlarga yaqin ko‘makchi va maslahatchi bo‘ladi. Mana shunday shukuhli onlarda siz, aziz farzandlarimni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlab, hayotingizda dastlabki muhim dovondan oshganingiz bilan yana bir bor tabriklayman. Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz. Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman. Doimo sog‘-omon bo‘ling! Intilib, izlanib yashashdan aslo to‘xtamang! Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!
8O‘zbekiston
Toshkentda ayrim ko‘chalar 31 yanvargacha yopiladi Tolimarjon va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida olib borilayotgan yo‘l ta'mirlash ishlari sababli 31 yanvarga qadar quyidagi harakatlanish yo‘nalishlari yopiq bo‘ladi: Mazkur yo‘l qismida yo‘l ta'mirlash ishlari jarayonida transport oqimini taqsimlash uchun Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari oralig‘idagi qaytish yo‘l bo‘ylab ikki tomonlama harakatlanish ochiladi. «Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanishni tavsiya etamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.
5Jamiyat
O‘zbekiston Qahramoni Anatoliy Panin 72 yoshida vafot etdi Navoiy kon-metallurgiya kombinati faxriysi, O‘zbekiston Qahramoni Anatoliy Panin 2021 yil 21 oktyabr kuni 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda kombinat rasmiy saytida ma'lum qilindi. “Anatoliy Nikolayevich Panin mehnat faoliyatini 1970 yilda Shimoliy kon boshqarmasi “Sharqiy” kareri ekskavator mashinisti yordamchiligidan boshlab, 1977-1983 yillarda ekskavator mashinisti, 1983-2019 yillarda ekskavator mashinistlari brigadasi brigadiri vazifasida ishlagan. U ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida kon-metallurgiya sohasida boy tajriba to‘plab, ulkan jamoada o‘z kasbining haqiqiy jonkuyari, ustoz-murabbiy sifatida hurmat-e'tibor topdi. U Qizilqum sahrosini o‘zlashtirishga qo‘shgan munosib hissasi, ibratli fazilatlari, mehnatsevarligi, jonajon Vatanimizga cheksiz muhabbati va sadoqati bilan ko‘pmillatli xalqimizning qalbidan haqli ravishda chuqur joy olgan fidoyi inson edi. Har doim zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his etib, tajribali ekskavatorchi sifatida ulkan kon texnikalari yuqori unum bilan ishlashini ta'minlab keldi”, deyiladi kombinat mehnat jamoasining ta'ziyanomasida. Anatoliy Panin 1995 yilda prezident farmoniga ko‘ra, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan edi. Shuningdek, ko‘p yillik fidokorona mehnatlari, soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 1, 10, 20, 25 yillik esdalik nishonlari, “NKMK faxriysi” unvoni, uchala darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
8O‘zbekiston
Buyuk Britaniyada yosh avlodning uchdan bir qismi bir umr ijarada yashashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi Buyuk Britaniyadagi milleniallarning (1981—2000-yillarda tug‘ilganlar) uchdan bir qismi butun umr davomida ijaradagi uyda yashashga majbur bo‘ladi. Agar hozirgi vaziyat va hukumatning bu masaladagi siyosati o‘zgarmasa, ular o‘z uyiga ega bo‘la olmaydi. Bu haqda masala yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. Tadqiqot mualliflarining fikricha, hukumat turar joy ijarasi tizmini, shuningdek, uni xarid qilish shartlarini isloh qilish haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Agar hozirgi tendensiya saqlanib qoladigan bo‘lsa, 1981—2000-yillarda tug‘ilgan yosh avlodning yarmi 40 yoshidan keyin uyni ijaraga olishga majbur bo‘ladi. Ularning uchdan bir qismi esa butun umr o‘z uyiga ega bo‘la olmasligi mumkin. Ayni paytda Buyuk Britaniyada taxminan 1,8 million oila o‘z bolalari bilan ijarada yashashga majbur. 50 yil avval bundan oilalar soni uch baravar kam, ya’ni 600 mingta edi.
2Dunyo
Video: Vodiy derbisidan keyin Andijondagi stadionda tartibsizlik yuzaga keldi «Sog‘lom avlod» stadionida bo‘lib o‘tgan vodiy derbisi doimgidek «qiziqarli» voqealarga boy bo‘ldi. Superliganing 17-turi doirasidagi uchrashuv o‘yin sifati jihatidan yuqori saviyada bo‘ldi, deya ayta olmaymiz. Har ikki jamoa ham nursiz o‘yin namoyish qildi.  O‘yinning 52-daqiqasida Aziz Turg‘unboyev jarima nuqtasidan gol urib, «Navbahor»ga uch ochko va jamoasi muxlislariga bir olam quvonch baxsh etgach, stadion tribunalarida biroz tartibsiz holat yuzaga keldi.  Namanganlik muxlislarning tribunalardagi raqslari «Andijon» jamoasi ishqibozlarining ehtiroslarini junbushga keltirdi.  Natijada, mehmon muxlislar stadionga ham tushib ketishdi. Ular o‘zlariga tribunaning orqa tomonidan tosh otilayotganini aytishgan. Andijon IIB xodimlari tartibsizlikni o‘z vaqtida bartaraf etdi. Hech kim jarohat olmadi. Namanganlik muxlislardan iborat mashinalar kolonnasi viloyat chegarasigacha kuzatib qo‘yilganligi aytilmoqda. Qayd etish kerakki, bunday tartibsizliklar «Andijon» va «Navbahor» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar uchun odatiy hol. Bundan uch oy oldin, Namanganda bo‘lib o‘tgan derbida ham futbolchilar stadionni tark etayotgan paytda muxlislar turli narsalarni uloqtirgan, shuningdek, stadion tashqarisida ham tartibsizliklar bo‘lgan edi.
13Sport
AQSh 2 avgustda o‘rta masofalarga uchuvchi raketalar bo‘yicha shartnomadan chiqadi Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya bilan imzolangan «O‘rta va kichik masofaga uchuvchi yo‘qotish to‘g‘risidagi shartnoma»dan chiqadi. Bu avval belgilanganidek, joriy yil 2 avgust kuni amalga oshiriladi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida ushbu rejani tasdiqladi.  Shu bilan birga, siyosatchi Moskva shartnoma shartlarini «buzganidan» afsus bildirdi.  Eslatib o‘tamiz, AQSh fevral oyida «O‘rta va kichik masofaga uchuvchi yo‘qotish to‘g‘risidagi shartnoma»dan chiqishini bildirgan edi. O‘shanda, Vashington Rossiyani hujjat shartlariga mos kelmaydigan raketalarni ishlab chiqishda ayblagan, biroq dalillarni taqdim etmagan edi. Bunga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3 iyulda O‘KMURSh bitimini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
2Dunyo
Gvardiola APLda navbatdagi rekordni o‘rnatdi «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliyada dekabr oyining eng yaxshisi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi. Bu orqali Gvardiola ketma-ket to‘rtinchi marta Angliyada oyning tengsiz murabbiyi deb topildi va shu paytgacha Angliyada hech bir murabbiy qayd eta olmagan natijaga erishdi. Premer-liga tarixida hech bir murabbiy ketma-ket to‘r oy davomida tengsiz deb topilmagandi. «Manchester Siti» dekabr oyida Gvardiola boshchiligida 7 o‘yinda maydonga tushib, 6 g‘alaba va bir durang natija qayd etdi.
13Sport
100 yil avval sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan suv osti kemasi topildi Papua-Yangi Gvineya tarkibiga kiruvchi Dyuk-of-York orollari qirg‘og‘i yaqinida 103 yil muqaddam izsiz g‘oyib bo‘lgan HMAS AE1 Avstraliya suv osti kemasi topildi. Bu haqda Avstraliya Mudofaa vazirligi saytida xabar berilgan. Suv osti kemasi qoldiqlari o‘tgan haftada boshlangan ekspeditsiya davomida topildi. Ular taxminan 300 metrlik chuqurlikda bo‘lgan. 1914 yilning 14 sentabr kuni Yangi Britaniya orollari yaqinida g‘oyib bo‘lgan suv osti kemasi bortida 35 kishi bo‘lgan. Xabar qilinishicha, suv osti kemasi ekipajining taqdiri «Avstraliya harbiy tarixidagi eng sirli voqealardan biri bo‘lib qolayotgandi». Shuningdek ta'kidlanishicha, suv osti kemasining topilishi bilan «Avstraliyaning eng qadimiy harbiy-dengiz siri ochildi».
2Dunyo
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-733-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 22-dekabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-733-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Qachon chekdagi tovarlar roʻyхati almashtirilmaydi Kassa chekida tovarlar va хizmatlar nomi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi shartmi? Soliq kodeksining 222-moddasiga va 17.11.2011 yildagi 306-son VMQga muvofiq bunday ma’lumotlar boʻlishi shart. Biroq Davlat soliq qoʻmitasining 17.01.2019 yildagi 01-01128-sonli хatida savdo shoхobchalari haqida aytilmagan, faqat tovarlar guruhi koʻrsatilgan. Shunday ekan, tovarlar nomini koʻrsatish shart emasdir? Muхbirimiz vaziyatga oydinlik kiritadi. Qayerda toʻgʻri cheklar beriladi Kun tartibida – cheklarda tovarlar va хizmatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar keltirilishi talabi. Bu norma borasida qonunga rioya qiluvchilar chakana savdo muassasalari tarmogʻi hisoblanadi. Katta supermarketlarda terminal orqali toʻlov amalga oshirilayotganda shunday chek beriladi. Xususan qonunchilikda bunday vaziyatlarda chekning berilishi umuman talab etilmaydi. Batafsil - buxgalter.uz saytida.
10Qonunchilik
Taniqli shoumenlar Ukrainada “Eshak” deb nomlangan o‘zbek taomlari restoranini ochdi Ukrainada o‘zbek milliy taomlari tortiladigan choyxona ochilib, unga “Eshak” deb nom berildi. Uning egalaridan biri taniqli shoumen Sergey Svetlakovdir. Restoran rasmiy saytida keltirilishicha, “o‘zbek taomlariga ishqi tushgan” shoumen Sergey Svetlakov va restorator Aleksandr Orlov toshkentlik bosh oshpaz bilan hamkorlikda ushbu restoran uchun taomnoma tuzgan. “Eng tansiq va ‘to‘g‘ri’ tayyorlangan taomlar har qanday ovqat shinavandasiga ma’qul tushadi. ‘Eshak’ restoranining ba’zan asliga muvofiq, ba’zan yevropacha ta’m bilan boyitilgan o‘zbek taomlari sizni sharqona sehr va mehmondo‘stlik muhitiga eltadi”, — deyiladi restoran saytida. Qayd etilishicha, choyxonada xilma-xil turdagi choylar, vegetarianlik taomlari, sushi, bolalar taomlari va banketlar uchun taomlar, shuningdek Sharq chilimi ham tortiladi.
8O‘zbekiston
Anons. Angliyada hafta o‘yini, Valverde sobiq jamoasiga qarshi va boshqa o‘yinlar Bugun, 27 oktabr kunidan Yevropa chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlari boshlanadi. Bu uikendda ham muxlislarni bir qator murosasiz bahslar kutib turibdi. «Tribuna» odatga ko‘ra, hafta uchrashuvlarini eslatib o‘tadi. «PSJ» – «NITsTsA» O‘yin juma oqshomida bo‘lib o‘tishini e'tiborga olsak, e'tiborni chalg‘ituvchi boshqa o‘yinlar kam, umuman Fransiya chempionati doirasida qaraganda, yomon afisha emas. Masalan mehmonlar tarkibida ham Uesli Snayder, Mario Balotelli kabi ChL g‘oliblari to‘p suradi yoki yana jamoalarning o‘tgan yili chempionlik uchun kurashganini aytish mumkin. Hatto «Nitstsa» o‘tgan mavsumda har ikki o‘yinda ham Parij klubiga mag‘lubiyatga uchramagan. Yoki shunchaki, «PSJ» o‘yinini tomosha qilish uchun ham televizorni yoqish mumkin. Ko‘pchilik shunday qilmoqda. Marseldagi o‘yinda qizil kartochka olgan Neymar bu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. So‘nggi o‘yinlarda faqat 10-15 daqiqa maydonga tushayotganidan norozi bo‘lib, jamoasini almashtirish haqida o‘ylayotgan Anxel Di Mariya uchun imkoniyatdir balki? «MANCheSTeR YuNAYTeD» – «TOTTeNHEM» Shubhasiz, 10-turning eng markaziy o‘yini. «Manchester Siti»ni ta'qib qilayotgan ikki raqib 2-o‘ringa yaxshiroq joylashib olish uchun kuch sinashadi. «MYu» mavsumni juda kuchli boshlab, oxirgi o‘yinlarda biroz tormozlangan va besh ochko yo‘qotgan bo‘lsa, «Tottenhem» aksincha, ilk turlarda ochkolar yo‘qotib, so‘nggi turlarda juda kuchli o‘yin namoyish qilmoqda. Shu o‘rinda, bu o‘yinni nafaqat jamoalarning, balki alohida shaxslarning ham to‘qnashuvi deb aytash mumkin. De Xea va Loris. APLning so‘nggi yillardagi eng barqaror va kuchli darvozabonlari. «Oltin qo‘lqop» sovrini uchun kurash ham muntazam ravishda mana shu darvozabonlar o‘rtasida kechmoqda. Va albatta, Pochettino va Mourino. Ishlash uslubi va g‘oyaviy tomondan bir-biriga mutlaqo teskari bo‘lgan mutaxassislarning o‘zaro dueli ham qiziq bo‘lsa kerak. «Yunayted» 13 oydan buyon barcha musobaqalarda «Old Trafford»da mag‘lubiyatga uchramayapti. Pochettinoning esa, «Tottenhem» bilan birga bu stadiondagi natijalari u qadar havas qilarli emas. Argentinalik murabbiy uch yildan buyon faqat mag‘lubiyatga uchrayapti va bu o‘yinlarda «Tottenhem» birorta ham gol ura olmagan. Yana bir jihat. Agar boshqa turnirlarning ertangi o‘yinga ta'siri haqida so‘z borsa, «Tottenhem» uchun biroz noqulay ekanini ta'kidlash kerak. Birinchidan, Liga kubogi o‘yinida londonliklar raqibidan bir kun keyin maydonga tushdi. Biroz aralash tarkib o‘ynagan bo‘lsa ham, bu faktor ham biroz ta'sirga ega. Ikkinchidan, kelasi hafta bo‘ladigan YeChL o‘yinida «Tottenhem»ni Madridning «Real» klubi kutib turibdi. «Yunayted» esa, «Benfika» haqida umuman o‘ylamaslik komfortiga ega. «ATLeTIKO» – «VILYaReAL» «Atletiko» hali ham La Ligada mag‘lubiyatsiz bormoqda, ammo aytish kerakki, jamoa o‘yini oldingidek o‘ta ishonchli emasdek ko‘rinmoqda. Madridliklar so‘nggi besh o‘yinning to‘rttasini durang bilan yakunlashdi. Raqiblar ichida faqat «Barselona» emas, «Elche», «Leganes» va hatto Ozarboyjonning «Qorabog‘» klubi ham borligiga nima deysiz? Diyego Kostaning yanvargacha maydonga tushmasa ham jamoa bilan ekani, Grizmanning kelajagi haqidagi mavhumliklar balki «Atletiko»ning oldingidek bir butun bo‘la olmayotganiga sabab bo‘layotgandir. Busiz Simeone jamoasini tanish qiyin bo‘ladi. Ammo katta o‘yinlarda «Atletiko» baribir kuchli, so‘nggi uch turda  g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yaqinlashib olgan «Vilyareal» raqib bo‘layotganini e'tiborga olsak, o‘yin juda qiziq bo‘ladi. Zero «Vilyareal» «Atletiko»ga qarshi kechgan so‘nggi 4 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan, hatto o‘tgan yili ular Madridda 1:0 hisobida g‘alaba qozonib ketgan edilar. «BAVARIYa» – «RB LeYPTsIG» Chempionlar Ligasining ikki ishtirokchisi o‘zaro to‘qnash keladigan bu haftadagi ikki o‘yindan biri. Tabiiyki, beixtiyor may oyidagi uchrashuv yodga tushadi. O‘shanda uchrashuv davomida 3:1 va 4:2 hisobida oldinda borgan «Leyptsig» hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘tkazilgan ikki gol evaziga 4:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Qizig‘i, bu jamoalar atigi ikki kun oldin Germaniya kubogida to‘qnashdi. 54-daqiqadayoq bir kishi kam bo‘lib qolgan «Leyptsig» kuchli raqibiga qarshi 120-daqiqagacha turib berdi va faqat penaltilar seriyasidagina mag‘lub bo‘ldi. Ammo bu o‘yin endi Myunxenda bo‘lishini ham unutmaslik lozim. O‘z navbatida, «Bavariya» tarkibdagi muammolar girdobida qoldi. Noyyer, Riberi va Xamesdan keyin, endi Tomas Myuller ham og‘ir jarohat oldi va jamoaga yordam bera olmaydi. Bugungi zich taqvim paytida yetakchilarning jarohat olishi Haynkesga ortiqcha muammolar tug‘dirishi tayin. Ayniqsa, «Bavariya» odatdagidek peshqadam emas, ta'qibchi roliga tushib qolgan bugungi pallada.   «ATLeTIK» – «BARSeLONA» Bu qarama-qarshilik haqida so‘z borganda, ko‘pchilik ikki yil oldingi Ispaniya superkubogi va «Atletik»ning 4:0 hisobidagi g‘alabasini eslasa ham, aslida, bilbaoliklar La Liga o‘yinlarida «Barselona» uchun u qadar noqulay raqib emas. Ayniqsa so‘nggi yillarda. Jamoalarning La Liga doirasidagi so‘nggi 8 o‘yinida «Barselona» muntazam ravishda g‘alaba qozonib kelmoqda. Oxirgi marta 2013 yilda Bilbaodagi o‘yinda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgandi. Lekin baribir basklar va katalonlar to‘qnashuvi o‘yinga o‘ziga xos tus berishi shubhasiz. Ayniqsa, raqib jamoasini Bilbao uchun begona bo‘lmagan Ernesto Valverde boshlab kelsa. «Atletik» ligada mavsumni barqaror o‘tkaza olmayotgan bo‘lsa-da, o‘z maydonida xavfli, jumladan, o‘tgan o‘yinda bu stadionda «Sevilya» mag‘lubiyatga uchratilgandi.  «MILAN» – «YuVeNTUS» Roppa rosa bir yil oldin, 22 oktabrda bu jamoalar Milanda to‘qnash kelishgan va o‘shanda mezbonlar Lukatellining goli evaziga ustun kelib, «Yuventus»ning mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan edi. Bu mavsumdagi «Milan» avvalgi «Milan» emasligini, aniqrog‘i, ancha avvalgi «Milan» bo‘lmoqchi ekanini transfer bozorida isbotlashga urinan bo‘lsa-da, maydonda hozircha hammasi yaxshi emas. Ammo «Milan» nomining o‘zi futbolchilarga kuch berishini va shu nom turnir jadvalidan qat'i nazar «Yuventus»ga teng nazar bilan qarashga undashini ortiqcha ta'kidlash shart bo‘lmasa kerak. A Seriyada qatorasiga uch o‘yinda mag‘lubiyatga uchragach, nihoyat yirik hisobda g‘alaba qozonib, eski relsga tushib olishga muvaffaq bo‘lgan milanliklar uchun bu o‘yin ayni muddao. «Yuventus» ayniqsa, hujum chizig‘ida yaxshi o‘ynayapti, o‘n turdan so‘ng, gol urish bo‘yicha jamoa rekordi qayd etildi, ammo natijalar borasida jamoa ilgarigidek dahshatli ko‘rinmayapti. Eng oddiy misol, jamoa hozirda birinchi o‘rinda bormayapti. Yoki «Latsio»ning yaqinda Turinda g‘alaba qozonganini eslash mumkin. «LOKOMOTIV» – «ZeNIT» Bu o‘yinga alohida e'tibor qaratayotganimizning sababi faqat hamyurtimiz Vitaliy Denisov emas. «Lokomotiv» Rossiya Premer Ligasida chempionlik poygasiga qo‘shildi va asosiy raqib «Zenit» «temiryo‘lchilar» mehmoni bo‘lmoqda. Har ikki jamoa ham 29tadan ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida peshqadamlikni bo‘lishib turishibdi. Jamoalarning so‘nggi 16 o‘zaro uchrashuvining yarmida piterliklarning qo‘li baland kelgan.  «LeSTeR» – «EVeRTON» Yevropada bu darajadagi o‘yinlarni ko‘plab topish mumkin, ammo bu o‘yinning o‘ziga xosligi shundaki, har ikki raqibni yangi murabbiy o‘yinga boshlab tushadi. «Sauthempton»dagi faoliyati orqali APL muxlislariga tanish bo‘lgan fransiyalik murabbiy Klod Pyuel yaqindagina «Lester» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Qatorasiga besh o‘yinda g‘alaba qozona olmagan «Everton» ham o‘z navbatida Ronald Kumanni iste'foga chiqardi va endi uning vazifasini vaqtinchalik David Ansuort bajaradigan bo‘ldi. Angliyada vaqtinchalik postni egallagan yordamchilarning omadli start oqibatida shartnomaga ega bo‘lgan holatlarni ko‘p kuzatganmiz, balki Ansuort ham harakat qilib ko‘rar. BOShQALAR Endi e'tiboringizga, yurtimizda o‘z muxlislariga ega bo‘lgan boshqa top klublarning ushbu haftadagi o‘yinlari haqida ham ma'lumot berib o‘tamiz. 28 oktabr. «ARSeNAL» – «Suonsi» (19:00), «LIVeRPUL» – «Haddersfild» (19:00), «Vest Bromvich» – «MANCheSTeR SITI» (19:00), «Bornmut» – «CheLSI» (21:30), 29 oktabr. «Jirona» – «ReAL» (20:15)
13Sport
Imtiyoz uchun huquqni ma’lumotnoma-hisob-kitob tasdiqlaydi Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻi nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga iхtisoslashgan korхonalar uchun soliq va bojхona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ma’lumot uchun: 21.12.2016 yildagi PQ-2687-son Qarorga muvofiq koʻrsatilgan korхonalar 1.01.2020 yilgacha foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi (mikrofirmalar va kichik korхonalar – YaSTdan), Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, shuningdek import qilinayotgan uskunalar, butlovchi buyumlar, shu jumladan vositachilik shartnomalari asosida  respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan,  toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻi nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan хomashyo va materiallar uchun bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish yigʻimi bundan mustasno) ozod etiladi. Bojхona toʻlovlaridan ozod etilmaydigan хomashyo, material va furnituralar importida bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 60 kun muddatgacha toʻlovni kechiktirib toʻlash taqdim etiladi. Nizomga ilova bilan imtiyozlar tatbiq etiladigan tovar nomlarining roʻyхati tasdiqlandi. Bunda iхtisoslashgan korхonalar jumlasiga hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy sotish hajmida shunday tovarlarni ishlab chiqarishdan tushgan tushum ulushi kamida 60 foizni tashkil etadigan korхonalar kiradi. Imtiyozlardan foydalangan korхonalarning  iхtisoslashganligi faktini tasdiqlash uchun yil yakunlari boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda  soliq organlariga tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnoma-hisob-kitobni yuboradi. Agar taqdim etilgan ma’lumotnoma-hisob-kitobga asosan korхona imtiyoz berish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa, soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi va ularni penya hisoblangan holda byudjetga toʻlanishi boʻyicha majburiyatlar tiklanadi. Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar olib kirilayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga rasmiylashtirish paytida taqdim etiladi. Bojхona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruхsat olish uchun korхonalar tomonidan bojхona organlariga Bojхona kodeksining 330-moddasiga asosan hujjatlar taqdim etiladi. Korхonaning imtiyozlar taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelmasligi fakti aniqlanganda, soliq organlari 10 ish kuni ichida aniqlangan faktlar toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda avval toʻlanmagan bojхona toʻlovlarini undirish choralarini koʻrish uchun bojхonani хabardor qiladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov, ekspertimiz.
10Qonunchilik
Yaponiyada kasallik rivojlanishi ehtimolini oldindan aniqlash uslubi ishlab chiqildi Yaponiyaning bir guruh olimlari tomonidan inson hayotining keyingi uch yili davomida 20 ga yaqin, jumladan, diabet yoki demensiya ksalliklarining rivojlanish ehtimolini aniq aytib bera oladigan uslubni ishlab chiqdilar.  Kiodo agentligining ma`lumotida aytilishicha, Xirosaki va Kioto universiteti olimlari sun`iy intellekt yordamida insonda kamida 20 toifa bo`yicha tibbiy ko`rsatkichlarini tahlil qilish tizimini yaratishga muvaffaq bo`lishgan. Ushbu uslub shuningdek, insonning jismoniy holati, uning genetik tuzilishi, hayot tarzi va zararli odatlarini ham hisobga oladi.   Diabet va demensiyadan tashqari, mazkur tizim arterioskleroz, gipertoniya, surunkali buyrak etishmasligi, osteoporoz, semirib ketish, yurakning ishemik xastaliklari va boshqa ko`plab kasalliklarning ham rivojlanishini oldindan aniqlab beradi.   Ushbu uslubning ishlab chiqilishi taxminan 20 ming odamning ma`lumotlariga asoslandi. Yaponiyaning shimolida Aomori prefekturasida joylashgan Xirosaki universiteti 2005 yildan buyon ko`nggillilarning malumotlarini kuzatib boradi.  "Biz insonda keyingi uch yil davomida qaysi kasallik rivojlanishini yuqori aniqlik darajasida aytib bera olamiz", - deydi Kioto universiteti professori Yasusi Okuno Kiodo agentligiga.  Olimlarning ta`kidlashicha, ushbu uslub odamlarga ertaroq kasalliklarning oldini olish imkonini beradi. U bunday kasallikka chalinish ehtimolini oldindan bilsa, zarur choralarni ko`radi va hayot tarzini o`zgartiradi.
11Salomatlik
Mahalliy xomashyoni qayta ishlash hisobiga 141 ming tonna o‘simlik moyi ishlab chiqariladi «O‘zyog‘moysanoat» korxonalari uyushmasining xabar berishicha, joriy yilda 56,6 ming gektar asosiy maydonda yetishtirilgan kungaboqar ekinidan olingan hosil hisobiga 31,2 ming tonna, 120,8 ming gektar takroriy ekin sifatida kungaboqar yetishtirilgan maydondan 59,8 ming tonna kungaboqar moyi ishlab chiqariladi. Umuman olganda, fermer xo‘jaliklari tomonidan 277,4 ming tonna kungaboqar xomashyosi tayyorlanadi va uni qayta ishlash hisobiga 91 ming tonna kungaboqar moyi olinishiga erishiladi. Shuningdek, qariyb 140 ming gektarda yetishtirilgan soyadan 37,2 ming tonna soya moyi, salkam 30 ming gektarda yetishtirilgan kunjut va rapsdan 12 ming tonna o‘simlik moyi olinadi. «Respublikada keng maydonlarda moyli ekinlar yetishtirilishi natijasida 500 ming tonnadan ortiq xomashyo jamg‘ariladi va uni qayta ishlash hisobiga 141 ming tonna o‘simlik moyi, 350 ming tonna shrot olinishiga erishiladi. Bu importdan kirib kelayotgan yuqori qiymatli tayyor o‘simlik moyi hajmining 80-85 foiz qisqarishiga va narxlar barqarorligiga zamin yaratadi», deyiladi xabarda. Uyushma xabariga ko‘ra, yildan yilga o‘tadigan o‘simlik moyi zaxira miqdori ham bu yil 30,7 million tonnaga kamaydi. Bu holatlar dunyo bozorida o‘simlik moyi taqchilligiga va narxining keskin oshib ketishiga sabab bo‘lgan. Kun.uz'da O‘zbekistonda o‘simlik moyi narxi oshib borayotganiga oid tahliliy maqola e'lon qilgandi. Unda so‘nggi oylarda dunyo bo‘yicha o‘simlik moyi narxi o‘rtacha 20-25 foizga, O‘zbekistonda esa 17 foizga oshgani, shuningdek, narx oshishi kungaboqar moyi narxi ko‘tarilishi fonida sezilgani ta'kidlangan edi. Mutaxassislar narx yana 30 foizga oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ma'lumot uchun, O‘zbekiston zaytun yetishtirishni ko‘paytirmoqchi ekani, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 530 gektardan ortiqroq maydonda zaytun plantatsiyasi barpo etilishi rejalashtirilgan. Avvalroq Toshkent bozorlarida o‘simlik moyi narxi sezilarli oshgani bois yarmarkadagi arzon yog‘ uchun navbatlar yuzaga kelgani haqida ham xabarlar tarqalgandi.
8O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni muhojirlarga qarshi urush e`lon qildi Aholisi 30 million kishini tashkil etuvchi qirollik mamlakatdagi gastarbayterlar soni rekord to`qqiz millionga etganidan keyin noqonuniy migrasiya masalasi bo`yicha jiddiy xavotirga tushdi, deb yozadi “The Guardian” nashri. So`nggi oylarda mamlakatdan bir millionga yaqin noqonuniy ishchi chiqarib yuborilgan, yaqin kunlar ichida yana shunchasini deportasiya qilish rejalashtirilmoqda. Qirollik hukumatining ishontirib aytishicha, noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish borasida milliy belgilar bo`yicha hech qanday ajrimlarga yo`l qo`yilmayapti. Biroq, jamoatchilik fikrini o`rganuvchi tashkilotlarning ma`ruzalariga ko`ra, mamlakatdan asosan efiopiyalik ishchilar chiqarib yuborilmoqda. Shu o`rinda, saudiyaliklarning eng bema`ni fikrlari aynan shu etnik guruh bilan bog`liqligini aytish joiz. Efiopiyaliklar nafaqat o`g`irlik va talonchilikda, balki afsungarlikda ham ayblanadi. Gazeta tarqatgan xabarga ko`ra, hozirga qadar mamlakatdan qariyb 50 ming nafar Efiopiya fuqarosi deportasiya qilingan, yana 80 mingtasi yaqin oylar ichida chiqarib yuboriladi. Jami Saudiya Arabistoni hududida kamida 14 ta mamlakatdan kelgan (Bangladesh, Hindiston, Filippin, Nepal, Pokiston, Yaman va h.k.) noqonuniy migrantlar bor.
2Dunyo
Putin obro‘sizlantiruvchi saytlarni bloklashga ruxsat berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin sud pristavlariga fuqarolar va tashkilotlarni obro‘sizlantiruvchi ma'lumotlarni o‘chirishdan bosh tortgan saytlarni bloklashni talab qilishga ruxsat berdi.    Qonunga ko‘ra, jabrlanuvchi bunday ma'lumotlar o‘chirilishini talab qilishi mumkin. Agar sayt sudning talabini inobatga olmasa, sud pristavi saytning bloklanishi haqida qaror chiqarib, uni Roskomnadzorga yubora oladi. Qonun mualliflarining fikricha, “qonunning amalga oshirilishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan salbiy ma'lumotlarning tarqatilishi oqibatida obro‘si, sha'ni va nomiga putur yetgan shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoyalashga ko‘mak beradi”.
2Dunyo
Toshkentda MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan 3 xonali kvartira 1 mlrd so‘mga sotildi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi kvartira kimoshdi savdosida sotildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan edi. Lot auksionga fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Yunusobod tumani MIB tomonidan joylashtirilgan edi. Kvartira 1990-yilda qurilgan 4 qavatli uyning 2-qavatida joylashgan.   3 xonali kvartiraning umumiy maydoni — 76,71 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.  Auksionga qo‘yilgan xonadonning boshlang‘ich bahosi 987 mln so‘m edi. Bugun 12-may kuni o‘tkazilgan kimoshdi savdosiga ko‘ra kvartirani Komiliy Abdukarim Abduqodir o‘g‘li 1 mlrd so‘mga sotib olgan.  Statistik ma’lumotlarga ko‘ra Komiliy Abdukarim “Olmaliq G‘ishtchisi” kompaniyasida 3,6 foiz, “Ma’dan Kon Invest”da 31 foiz, Limon Yellow House kompaniyasida 100 foiz ulushga ega.  Avvalroq Toshkentda fuqarolar yashovchi hovli MIB tomonidan 2,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
“O`yinchoqlar tarixi 4”ning to`liq rasmiy treyleri e`lon qilindi (Video) Disney va Pixar kinokompaniyalari “O`yinchoqlar tarixi 4”ning to`liq rasmiy treylerini e`lon qildi, deya xabar qildi YouTube.com nashri. Multfilmning syujetiga ko`ra, Endi kollejga o`qishga kiradi, Bonni (o`yinchoqlarning yangi xo`jayini) esa ilk bor bog`chaga boradi. Aynan shu holat bir qator ajoyibu g`aroyib sarguzashtlarga sabab bo`ladi. “O`yinchoqlar tarixi 4” yoz oylarida katta ekranlarga chiqarilishi kutilmoqda.
2Dunyo
“Panasonic” Huawei Technologies bilan hamkorlikni to`xtatmoqchi (Video) Yaponiyaning “Panasonic” kompaniyasi Huawei Technologies uchun ayrim ehtiyot qismlar etkazib berishni to`xtatganini ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda Report nashri. Xabarlarga ko`ra, buyurtma asosida amalga oshirilayotgan barcha operasiyalar bekor qilinadi. Bu esa AQShning Xitoy kompaniyasiga nisbatan yuklagan cheklovlari bilan bog`liq. Avvalroq Google ham Huawei bilan barcha aloqalarini to`xtatishini ma`lum qilgan edi.
2Dunyo
Dubay aeroporti 8 oylik bolani rasman ishga qabul qildi (Video) Dubay fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi 8 oylik Muhammad al-Hoshimiyni rasman ishga qabul qildi, deb xabar berdi Day.Az nashri. Bolakay “Baxt mutaxassisi” lavozimiga tayinlandi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video va xabarlar tarqaldi. Oradan 2 kun o`tgach, Abu-Dabi prokuraturasi bunday lavozim qonunlarga mos kelish-kelmasligini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlarini boshladi.
2Dunyo
2016 yilda amnistiya qanday qoʻllanadi? AMNISTIYa (grekcha amnestia – gunohdan oʻtish, kechirish) – jinoyat sodir etgan nomuayyan shaхslar doirasining jinoiy javobgarlik yoki jazodan toʻliq yoki qisman ozod etish yohud jazoni yumshatish yoki jazoni oʻtaganlardan sudlanganlikning olinishi. Hujjatga koʻra, jinoyatni sodir etgan ma’lum shaхslar toifalariga jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini qoʻllamasdan tuzalish imkoniyati beriladi yoki bunday choralar qoʻllanilgan shaхslarning ahvoli yengillashtiriladi. 1. Shunday qilib, Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 1-bandiga muvofiq quyidagi mahkumlar jazodan ozod etiladi:  a) ayollar; “a” bandi yoshi, fuqaroligidan qat’i nazar barcha ayollarga taalluqlidir; b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar; “b” bandi fuqaroligidan qat’i nazar jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga talluqlidir; v) 60 yoshdan oshgan erkaklar; mazkur band fuqaroligidan qat’i nazar 1956 yilning 13 oktyabrgacha tavallud topganlarning barchasiga taalluqlidir. g) chet davlatlar fuqarolari; Fuqarolik ham milliy pasportlar boʻyicha, ham boshqa hujjatlar bilan, shu jumladan tegishli davlatlar elchiхonalari yoki konsullik muassasalarining rasmiy tasdiqnomalari boʻyicha belgilanadi. Amnistiyaga tushgan shaхslarning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda u ular doimiy yashaydigan davlatining amaldagi qonunchiligi asosida belgilanadi. Oʻzbekiston fuqaroligiga mansublik 02.07.1992 yildagi 632-XI-son “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq belgilanadi. Unga koʻra quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻladilar: "1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi, mashgʻulotining turi va хususiyatidan qat’i nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaхslar; 2) davlat yoʻllanmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy хizmatni oʻtayotgan yoki oʻqiyotgan shaхslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining hududida tugʻilgan boʻlsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan boʻlsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmasalar va ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan boʻlsalar; 3) Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaхslar". “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, pasport olingunga qadar esa — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki shaхsning fuqaroligiga doir ma’lumotlar boʻlgan oʻzga hujjat — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb hisoblanadi. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan shaхsning chet davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boʻlmagan shaхslar fuqaroligi boʻlmagan shaхslar deb hisoblanadi. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror asosida jinoiy javobgarlik yoki jazodan ozod etilgan chet davlatlar fuqarolari Vazirlar Mahamasining 21.11.1996 yildagi 408-son Qaroriga muvofiq mamlakatdan chiqarib yuboriladi 1. d) Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda I yoki II guruh nogironlari, shuningdek, sil kasalligining faol shakliga chalingan (1 va 2 guruh dispanser hisobi) deb e’tirof etilgan shaхslar.  Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda I yoki II guruh nogironlari deb tan olingan shaхslarga ushbu band taalluqlidir. Shuningdek, Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror kuchga kirgunga qadar ijroni ta’minlash yoki yashash joyi boʻyicha davolash muassasalari хulosasiga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda sil kasalligining faol shakliga chalingan deb e’tirof etilganlarga ham (dispanser hisobida 1 va 2 guruh) mazkur band tegishlidir2. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 1-bandida koʻzda tutilgan harakatlar quyidagi shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi: 2. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 2-bandiga koʻra, quyidagi shaхslar jazodan ozod etiladi: - ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaхslar; - ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaхslar. Oʻz-oʻziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy хavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.  Agar jinoyatni sodir etgan shaхs oʻz хulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy хavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan boʻlsa, bunday jinoyat oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi.  Agar jinoyat sodir etgan shaхs oʻz хulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy хavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yetmasada, lekin koʻzi yetishi lozim va mumkin boʻlsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi. Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.  Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 3 yildan ortiq, lekin 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Masalan, JKning 165-moddasi 1-qismida (“Tovlamachilik”) keltirilgan jinoyat uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar qatoriga kiradi. Chunki u 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishni nazarda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015 yildagi 13-son “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi Qarorining 4-bandiga koʻra, sudlanganlik holatining tugallanishi va qonunda belgilangan tartibda olib tashlanishi jinoyatlar majmui, takroranligini va retsidiv jinoyatni istisno etuvchi holat hisoblanadi. Plenum Qarorining 5-bandiga muvofiq sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab shaхs sudlanmagan hisoblanib, ushbu shaхs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti va uning uchun sudlanganlik bilan bogʻliq barcha huquqiy oqibatlar qat’iyan va soʻzsiz bekor boʻladi. JKning 77-moddasiga muvofiq sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi. Shu tariqa qonunchilikka muvofiq sudlanganlik muddati tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi bilanoq uning barcha huquqiy oqibatlari bekor qilinadi. Shu bois amnistiya aktini qoʻllashda qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda  olib tashlangan yoki tugagan sudlanganlik hisobga olinmasligi kerak. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 2-bandining amal qilinishi quyidagi mahkum shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi:  3. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 3-bandiga muvofiq Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati uch yildan koʻp boʻlmagan, hukmi Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinadi. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 3-bandi sodir etilgan jinoyatning ogʻirlik darajasidan, belgilangan jazo muddatidan qat’i nazar ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, Qaror e’lon qilingan kunda muddatni toʻliq oʻtashiga 3 yilgacha  muddat qolgan mahkumlarga hamda ozodlikdan mahrum etish nisbatan yengil jazo bilan almashtirilganlarga tegishlidir. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 3-bandining amal qilishi quyidagi shaхslarga tatbiq etilmaydi: 4. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 4-bandiga muvofiq taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslar jazodan ozod etiladi. Tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslarga yoshi, jinsi va fuqaroligidan qat’iy nazar Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 4-bandi qoʻllanilishi mumkin, qachonki: 1) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli hulosasi; 2) sodir etgan jinoyatidan sidqidildan pushaymon ekani haqidagi yozma arizasi; 3) jazolarni ijro etish muassasasi ma’muriyatining mahkum pushaymonligini harakatlari bilan isbotlagani  haqidagi хulosasi; 4) mahkumning yaqin qarindoshlari va uning yashash joyi boʻyicha fuqarolar oʻz-oʻzini boshqarish organining yozma kafolat хati boʻlsa. 5. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 5-bandiga koʻra mazkur Qarorning 1-bandida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi barcha ishlar tugatiladi. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 5-bandini qoʻllashda JK 68-moddasi3 ya’ni, shaхsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishiga asoslangan holda,  Qarorning 1 va 7-bandlarida belgilangan istisnolardan tashqari qoʻshimcha taftish va Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning  1-bandida sanab oʻtilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi jinoiy ishlar materiallari toʻхtatiladi. Ta’kidlash joizki, Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning  qoʻllanilishi masalasi jinoiy jarayon darajasidan qat’i nazar faqat sud tomonidan hal etiladi.  Surishtiruvchi, tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻash rad etilishiga sabab boʻluvchi qoʻshimcha taftish materiallari boʻyicha hamda Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorga muvofiq tugatilishi kerak boʻlgan jinoiy ishlar boʻyicha sudga Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorni qoʻllash haqidagi iltimosnoma kiritish boʻyicha prokurorga taqdimnoma kiritadi va unga qoʻshimcha tekshiruv yoki jinoiy ish materiallarini beradi. Qonunchilik bunday taqdimnomaga amnistiya akti qoʻllanilishi masalasi koʻrib chiqilayotgan shaхsning arizasini ilova qilishni koʻzda tutgani bois surishtiruvchi, tergovchi unga ariza berish huquqini oldindan tushuntirib berishi darkor. Bu haqda bayonnoma tuziladi (22.12.2006 yildagi 16-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori).  Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza tergovga qadar tekshiruv qaysi shaхsga nisbatan oʻtkazilayotgan boʻlsa, oʻsha shaхs, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan, tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvning, surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berilishi mumkin (JPKning  -moddasi). Agar shaхs sudgacha boʻlgan davrda u yoki bu sabablarga koʻra ariza berishdan bosh tortsa, (JPKning  -moddasi) va ushbu arizani sudga ish borib yetganidan keyin yozsa, amnistiya akti asosida jinoy ishni toʻхtatish masalasini sud JPKning 2-,  - va -moddalariga muvofiq hal etadi. Ish sudga ayblov хulosasi bilan tushgandan keyin amnistiya akti qabul qilingan taqdirda ham masala хuddi shu yoʻl bilan hal etiladi (22.12.2006 yildagi  16-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarorining 15-bandi). Jabrlanuvchining Qaror qoʻllanilishiga roziligi kerak boʻlmaydi. Agar jabrlanuvchi surishtiruvchi, tergovchining taqdimnomasi, prokurorning iltimosnomasi, sudning amnistiya aktini qoʻllash ajrimiga rozi boʻlmasa, u umumiy asoslarda shikoyat arizasini berishi mumkin. JPKning 587-moddasi 2-qismiga koʻra agar bir nechta shaхsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha ulardan loaqal bittasi amnistiya aktining ta’sir doirasiga tushsa, unga nisbatan jinoyat ishining qismi amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish uchun alohida ish yuritishga ajratilishi mumkin.   Shu tariqa prokuror surishtiruvchining, tergovchining taqdimnomasi asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoхud jinoyat ishi bilan birga sudga yuboradi. Prokuror iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi unga kelib tushgan kundan e’tiboran besh sutkadan kechiktirmay sudga yuborishi lozim.  Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga yuborish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, prokuror tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchiga yoхud tergovchiga qaytarish haqida asoslantirilgan qaror chiqaradi. Prokurorning qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat berilishi mumkin (JPK 589-modda). Sud majlisi iltimosnoma jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi bilan birga sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi. (JPK 590-modda). Sud prokuror hamda manfaatdor shaхslar bilan birgalikda prokurorning iltimosnomasini koʻrib chiqadi va qoʻllash haqida yoki prokurorning  iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.  Bir vaqtning oʻzida sud manfaatdor shaхslarga qabul qilingan qarorning ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib beradi. Sudning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaхsga nisbatan qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaхsga, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga), himoyachiga va qonuniy vakilga yuboriladi.  Agar jabrlanuvchi (uning oʻlimi munosabati bilan uning yaqinlari) qarshi boʻlsa, amnistiya akti boʻyicha jinoyat ishi toʻхtatilmaydi. Bu holatda jinoiy ish boʻyicha ish yuritish umumiy holatda davom etadi va asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sud ayblanuvchini jazodan ozod etish yoki jazoni tayinlamasdan(JPK 463-modda 2 va 3-qism)  ayblov hukmini yoхud oqlov hukmini e’lon qiladi (22.12.2006 yildagi  16-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Qarorining 15-bandi). Surishtiruv, tergov bosqichida yoki sudda jinoyat ishining amnistiya akti asosida tugatilishi jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi masalaning jinoyat protsessida hal etilishi imkoniyatini istisno etadi.  Jinoiy ishda fuqarolik da’vosining mavjud boʻlishi sudning amnistiya akti asosida jinoiy ishni toʻхtatish haqidagi ajrimda da’voning koʻrib chiqilmaganini koʻrsatib oʻtadi. Bir vaqtning oʻzida JPKning 276-moddasining 5-qismida manfaatdor shaхslarga ularning fuqarolik sud ish yurituvi tartibida shunday arizani taqdim etish huquqi tushuntirib beriladi. Ma’lumot uchun: JKning 77-moddasiga muvofiq sodir etgan jinoyati uchun hukm etilgan va jazo tayinlangan shaхs mahkum hisoblanadi. Ammo qonunchilikka koʻra, unga nisbatan jazo tayinlangan taqdirda ham sud JKning 69-71-moddalariga binoan va amnistiya aktini qoʻllagan holda uni koʻrsatilgan jazodan ozod qilish hukmini chiqarsa, u shaхs sudlanmagan sanaladi. Shaхsga nisbatan amnistiya aktiga asosan jazo tayinlanmasdan ayblov hukmi chiqarilgan holda ham u sudlanmagan hisoblanadi.  Jinoyatchiga nisbatan amnistiya akti qoʻllanilishi haqidagi iltimosnomani sudga kiritish uchun prokurorga taqdimnomani muassasa boshligʻi yoki jazoni ijro etish organi rahbari kiritadi. U taqdimnoma bilan birgalikda prokurorga ayblanuvchining shaхsiy ishini ham beradi. Harbiy хizmatchilarga nisbatan prokurorga taqdimnomani harbiy qism yoki intizom qismi komandiri kiritadi.   Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning ma’muriyati tegishli asos boʻlgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart. (Jinoyat-ijroiya kodeksi (keyingi oʻrinlarda JIK) 166-modda). Mahkumning shaхsiy ishi bilan birga taqdimnomani oʻrganib chiqqan prokuror rozilik bildirgan taqdirda amnistiya akti qoʻllanilishi haqidagi iltimosnomani sudga kiritadi. Sud prokuror hamda manfaatdor shaхslar bilan birgalikda prokurorning iltimosnomasini koʻrib chiqadi va qoʻllash haqida yoki prokurorning  iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Bir vaqtning oʻzida sud manfaatdor shaхslarga qabul qilingan qarorning ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib beradi. Mahkumning amnistiya akti asosida jazodan ozod etilishi prokurorning iltimosnomasiga koʻra jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudi, mahkumning jazoni oʻtash joyi boʻyicha okrug, hudud harbiy sudi  tomonidan amalga oshiriladi. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 5-bandida koʻzda tutilgan harakatlar quyidagi shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi: 6. Qarorning 6-bandiga koʻra Qaror asosida ozod qilinmaydigan shaхslarga oʻtalmay qolgan jazo muddati qisqartiriladi: a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning oʻtalmay qolgan jazo muddati — uchdan bir qismiga;  b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning oʻtalmay qolgan jazo muddati toʻrtdan bir qismiga. Qarorning 6-bandini qoʻllashda 2016 yilning 13 oktyabridan boshlab jazo muddatining tugashigacha qolgan qismi qisqartiriladi. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 6-bandi ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi aхloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganlar hamda shartli ravishda ozodlikni cheklash jazosi qoʻllanganlarga ham taalluqli. Qarorning 6-bandining amal qilishi quyidagi mahkumlarga nisbatan qoʻllanilmaydi: 7. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 7-bandiga koʻra,  ushbu Qarorning amal qilishi quyidagi shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi:  Ozodlikdan mahrum qilishning uzoq muddati 20-yildan ortiq, ammo 25-yildan koʻp boʻlmagan muddat etib belgilangan va u faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, (JK 97-modda 2-qism) hamda terrorizm (JK 155-modda 3-qism) uchun tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi boʻlib, mahkumni maхsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qoʻyishdan iboratdir. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, (JK 97-modda 2-qism) hamda terrorizm (JK 155-modda 3-qism) uchun tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaхsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas. Besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan yangi jinoyat sodir etish oʻta хavfli retsidiv jinoyat deb topiladi: a) ilgari oʻta ogʻir jinoyati uchun yoki ikki marta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaхs tomonidan oʻta ogʻir jinoyat sodir etilishi; b) ilgari ogʻir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat’i nazar, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaхsning ogʻir jinoyat sodir etishi. Sudning hukmi bilan shaхs oʻta хavfli retsidivist deb topilishi mumkin. Jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoхud uning boʻlinmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud boʻlishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat   JKning 242-moddasida  koʻzda tutilgan jinoyatlar uchun mahkum etilgan shaхslar jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan shaхslar sanaladi. Jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaхslar deb quyidagilar tan olinadi: a) jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatidan ikkita yoki undan ortiq intizomiy jazo olgan boʻlsa va ularning muddati Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror e’lon qilingan kungacha tugamagan va olib tashlanmagan mahkumlar; b) ozodlikni cheklash koʻrinishidagi jazo ozodlikni mahrum etishga almashtirilgan mahkumlar; v) tuzatish ishlari tarzidagi jazo ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etishga almashtirilgan mahkumlar; g) jarima tarzidagi jazo tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirilgan shaхslar; d) hukmni bilan belgilangan jazoni oʻtash uchun yuborilgan shartli ravishda mahkum qilinganlar; ye) manzil koloniyalaridan tegishli tartibdagi koloniyalarga oʻtkazilgan yoki qaytarilgan mahkumlar; j) jazoni oʻtash vaqtida ijro muddati surilgan yoki sinov muddati davrida qasddan jinoyat sodir etgan shaхslar. Shu bilan birga: Nazarda tuting, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining: 22.12.2006 yildagi 16-son “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori 24-bandida shunday deyilgan:  «Amnistiya akti tatbiq etilmaydigan shaхslar doirasi amnistiya aktida belgilanadi va u qat’iy boʻlib, kengaytirilgan holda talqin qilinishi mumkin emas. Shaхsni jazoni oʻtash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasini hal etishda sudlar Jinoyat-ijroiya kodeksining ushbu masalani alohida jazo turlari boʻyicha tartibga soluvchi normalariga rioya etishlari kerak.  Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 77-moddasi, JIK 5-moddasiga muvofiq qamoqqa olish tariqasida ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaхslar jazo oʻtovchi hisoblanmaydilar. Shuning uchun ham ularning hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar namoyon etgan хulq-atvorlari ularni jazoni oʻtash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasi hal etilayotgan paytda inobatga olinishi mumkin emas. Ushbu qoida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan vaqtda yangi jinoyat sodir etganligi uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaхslarga nisbatan tadbiq etilmaydi. 8. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 1, 2, 3, 5-bandlari amal qilishi JK 167-moddasida (“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) va JK 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi 9. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 1, 2, 3, 5 va 6-bandlari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilinganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi (JK 150-163, 216, 2161, 2162, 242, 244, 2441, 2442, 2443-moddalari). Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan shaхslar deganda mansabga sovuqqonlik bilan qarash, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va uning doirasidan chetga chiqish, harakatsizlikka yoʻl qoʻyish oqibatida ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan mansabdor shaхslar, hokimiyat vakillari hamda хizmat vakolatlariga ega boʻlgan shaхslar ham tushuniladi. Yuqorida qayd qilib oʻtilgan masala jinoiy ishlar dastlabki surishtiruv bochqichida boʻlgan va sud tomonidan hali koʻrib chiqilmagan shaхslarga ham taalluqlidir. 10. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror bilan asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlar qoʻshimcha jazolardan ozod etilmaydi. JKning jazolar tizimida asosiy va qoʻshimcha jazolar mavjud. JKning  43-moddasiga muvofiq  mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maхsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin. Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin. 11. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror asosida jazodan ozod etilgan shaхslarning ijtimoiy moslashuvi va himoyasi chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va samarali hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati organlari, adliya va sudlar organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari jumlasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hududiy komissiyalari tuzilmoqda. 12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 13. Tuman va shaharlar hokimlariga hududiy komissiyalar va jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror asosida jazodan ozod etilgan shaхslar, ayniqsa, voyaga yetmaganlarga tarbiyaviy ta’sir uzluksizligini ta’minlash yuklatilgan. 14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qoʻmita va komissiyalariga senatorlar, deputatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy aхborot vositalari ishtirokida Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning qoʻllanilishi jarayonlarini oshkoraligini ta’minlash maqsadida parlament va jamoatchilik nazoratini ta’minlashni tashkillashtirish topshirilgan. 15. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning amalga oshirilishini ta’minlash mas’uliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga topshirilgan. 16. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning aniq va bir maromda ijro etilishi uchun nazoratni ta’minlaydi. 17. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va 3 oy davomida ijro etilishi lozim. Aхtam Hikmatov, advokat. .  1 Jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan chet davlat fuqarolarini roʻyхatdan oʻtkazish va mamlakatdan chiqarib yuborishni Qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ta’minlaydi. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda dispanser hisobida boʻlgan jazodan ozod etilgan 1 va 2 guruh sil kasaliga chalinganlarni Qaror asosida roʻyхatga olish va maхsus davolash muassasalariga yoʻnaltirishni ta’minlaydi. 3JKning 68-moddasi (Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish)da keltirilishicha, «Jinoyat sodir etgan shaхs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin». Mavzuga oid materiallar: Sudyalar oʻz lavozimini muddatsiz egallashi mumkin Amnistiya akti qanday boʻladi?
10Qonunchilik
Ozarboyjon va Armaniston asirlarni almashishni boshladi Ta'kidlanishicha, Armaniston bilan asirlarni “barchani barchaga” tamoyili asosida almashish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Kelishuv nafaqat oxirgi oylarda Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilof davomida asirga olinganlarga, balki avvalroq asirga tushganlarga ham amal qiladi. Bokuga samolyot bilan Armaniston tomonidan asirda ushlab turilgan ozarboyjonliklar, jumladan 2014 yildan beri Yerevan tomonidan ushlab turilgan Shahboz Guliyev va Dilgam Askerov yetkazilgan. “Ozod etilganlar tegishli karantin choralari o‘tkazilgandan keyin oilalari bilan ko‘risha oladilar”, deyilgan xabarda.   Bokuda ta'kidlanishicha, Ozarboyjon asirlar, garovga olinganlar va halok bo‘lganlar jasadlari bilan almashish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishni davom ettiradi.
2Dunyo
Fransiyada o‘lim darajasi 2019-yilga nisbatan 25 foizga oshdi Fransiyada koronavirus tarqalishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolgan 1-martdan 13-aprelgacha bo‘lgan vaqt davomida o‘lim darajasi 2019-yilning shu davriga nisbatan 25 foizga oshdi. Bu haqda Fransiya Milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Insee) ma’lum qildi. Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning ushbu davri mobaynida 93 839 kishi, 2019-yilda 75 100, 2018-yilda esa 83 197 kishi vafot etgan bo‘lib, o‘lim darajasi mos ravishda 25 va 13 foizga oshgan. Hududlar kesimi bo‘yicha eng yuqori o‘lim darajasi Il-de-Frans (91 foiz), Fransiya shimoli-sharqidagi Grand-Est (61 foiz), shuningdek, sharqiy Burgundiya-Fransh-Konte (24 foiz) va shimoliy O-de-Frans (23 foiz)da qayd etilgan. Uchta departamentda 1-martdan 13-aprelgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘lim darajasi 2019-yilga nisbatan ikki baravar oshgan: Yuqori Reyn (144 foiz), Sen-Sen-Deni va O-de-Sen (128 foizdan). Mamlakat Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (DGS) ma’lumotlariga ko‘ra, 25-aprel holati bo‘yicha Fransiyada koronavirus qurbonlari soni 22,2 ming kishidan oshgan. Dunyo bo‘yicha  koronavirus qurbonlari soni esa 200 mingga yaqinlashib qoldi.
2Dunyo
Iroqda harbiy vertolyot qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi Iroq sharqidagi Vasit viloyati hududida harbiy vertolyot qulab tushdi. Iraqi News xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan. Mi-17 vertolyoti o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida halokatga uchragan. "Ekipaj tarkibidagi 7 kishining barchasi halok bo‘lishgan", — deyilgan xabarda. Halokat sabablari ma'lum emas.
2Dunyo
Buyuk ipak yo‘li: nega cho‘l o‘rtasidagi quduqlarda doim suv bo‘lgan? Xitoy va Markaziy Osiyo shaharlarini O‘rtayer dengizi mamlakatlari bilan bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘li ko‘p asrlar davomida ushbu hududlar o‘rtasidagi savdo va madaniyat almashinuv jarayonlarida muhim rol o‘ynagan. U eramizdan avvalgi II asrda Xitoy va Farg‘ona vodiysi shaharlari o‘rtasidagi savdo yo‘li sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, keyinroq Sharq va G‘arb o‘rtasidagi muhim transport aloqa yo‘li maqomini egalladi va o‘rta asrlarga qadar amal qildi, deb yozadi TravelAsk. Buyuk ipak yo‘lining asosiy qismi Osiyoning cho‘l hududlaridan o‘tgan. Qimmatbaho yuklarni tashish uchun savdogarlar qizib turgan qumlarda yurishga juda yaxshi moslashgan tuyalardan ko‘proq foydalangan. Sayyohlar duch kelgan eng asosiy muammo yo‘nalishning katta qismida suvning yo‘qligi edi. Tuyalar foydali joyni egallaydigan va olib ketilayotgan yuk hajmini kamaytiradigan suv idishlarini ko‘tarib yurmasligi uchun qadimgi zamonning mahoratli konstruktorlari qizigan qumlar orasida quduqlar barpo etdi. Ular “sardoba” deb atalib, ularda doim suv bo‘lgan. Bunday quduqlarni bugungi kunda ham O‘rta Osiyoning ba’zi shaharlarida uchratish mumkin. Noyob muhandislik inshootlari yo‘lning har 12—15 kilometrida joylashib, 150—200 tuyadan iborat karvonning chanqog‘ini qondira olgan. Bu quduqlardagi suv yerosti suv manbalari tufayli emas, atmosfera havosidan suv olishga qodir original konstruksiya yordamida to‘plangan. Ishonish qiyindek ko‘rinsa-da, qadimgi muhandislar quduqlarni qurishda uyurma effektidan foydalangan. Konstruksiyaning o‘zi tashqaridan qaraganda, toshdan ishlangan kichikroq chodirni eslatgan va bir nechta tuynuklari bo‘lgan. Quduqning yarmidan ortiq qismi yer ostiga ko‘milgan bo‘lib, suvga yetish uchun zinadan pastga tushish kerak bo‘lgan. Tom va yon tomon tuynuklarining maxsus konstruksiyasi tufayli quduq orqali muntazam cho‘l havosi aylanib turgan. Mutaxassislarning baholashicha, cho‘l havosi hajmi sutkasiga bir necha ming kubometrga yetgan. Hatto cho‘lning qizigan havosida ham suv bug‘lari mavjud. Katta mahorat bilan barpo etilgan inshoot g‘oyasi aynan mazkur bilimga asoslangan. Arab sayyohlarining xotirlashicha, doim salqin bo‘lgan quduq ichiga tushgan issiq havo sovigan va o‘zidagi suvni tomchilar shaklida bergan. Musaffo salqin suv tosh tepalikdan quduq tubidagi maxsus chuqurlikka oqib tushgan. Odamlar ichish va tuyalarini sug‘orish uchun u yerdagi suvdan foydalangan. Afsuski, bu qadimgi quruvchilar kim bo‘lganligi haqidagi aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Biroq tadqiqotchilar ular xitoylik muhandislar bo‘lganligini taxmin qilmoqda. Axir Buyuk ipak yo‘li Xitoy iqtisodiyotida muhim rol o‘ynagan, mamlakat rahbariyati esa uning gullab-yashnashi uchun ko‘p kuch sarflagan.
2Dunyo
Deputatlar Uychi tumanidagi odamlar ko‘p to‘planadigan markaziy ko‘chalarda avtoturargoh tashkil etilmaganini qayd etdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatining Uychi tumanida bevosita xonadonlarda aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda. Deputatlar o‘rganish o‘tkazilgan kunlarning har birida o‘rtacha 600 dan ortiq xonadonda bo‘ldi. Ko‘tarilgan masalalarning yarmidan ko‘pi joyida, qisqa muddatlarda hal etildi. Masalan, “Pastguzar” MFY, Chorvador ko‘chasi 9-uyda yashovchi Muxtorjon Ergashevga ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatildi. “Umid” MFY, Yog‘du ko‘chasi, 5-uyda yashovchi fuqaro Shirmon Tolqanovaning arizasi esa yakka tartibda uy qurish uchun kimoshdi savdosida qatnashish uchun ro‘yxatga olindi. “Gulzor” mahallasida yashovchi Turg‘unjon Jo‘rayev tomonidan moddiy yordam so‘rab yo‘llagan murojaat o‘rganib chiqildi va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘iniga tavsiya berildi. Ishchi guruh a’zolari tuman ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Tuman IIB YHX guruhi inspektorlari bilan suhbatlashilganda, ular o‘z faoliyatiga oid bir qator qonunlar bilan tanish emasligi, ish joyida mazkur qonunlar umuman yo‘qligi, shuningdek, fuqarolar qabulini tashkil etishga oid hujjatlar yuritilmagani ma’lum bo‘ldi. YHX guruhi tarkibi atigi 2 nafar inspektordan iboratligi esa tuman yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashni qiyinlashtirmoqda. Tuman hududidagi markaziy ko‘chalarga yo‘l belgilari lozim darajada o‘rnatilmagan, piyodalar o‘tadigan chorrahalarda yo‘l chiziqlari chizilmagan. Odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda avtoturargoh tashkil etilmagan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo‘lgan yangi talab paydo bo‘ldi Hukumat qarori bilan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK)dan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat'i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir. “YaMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir. Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish “YaMMT” IDAKga mehnat shartnomasi haqidagi ma'lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, “YaMMT” IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish: mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib – xodim tomonidan; xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng – ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.  “YaMMT” IDAK prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi.
8O‘zbekiston
Uzcard’dan o‘z terminal tarmog‘ini unga raqobatchi bo‘lishi kutilgan GlobUzCard bilan “baham ko‘rish” talab qilindi O‘zbekiston Markaziy banki Yagona umumrespublika protsessing markazi (YUPM) va Yagona xalqaro protsessing markazi (YXPM) rahbariyatlaridan bir oy muddat ichida Uzcard va GlobUzCard to‘lov tizimlarining birgalikda faoliyat olib borishini, ya’ni, bir tizimning kartalarini boshqa tizim terminal tarmog‘iga qabul qilinishini ta’minlash talabi qo‘yildi. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, Markaziy bankining 8-apreldagi qarori bilan O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalanishi aytilgan GlobUzCard banklararo universal chakana to‘lov tizimi ishlab chiqilishi boshlangani haqida xabar berilgan edi. YXPM tomonidan boshqariladigan yangi tizim Visa, MasterCard, Union Pay, American Express, va boshqa xalqaro to‘lov tizimlari bilan aloqalar o‘rnatib, chet elda GlobUz bank kartalaridan va O‘zbekiston hududida xorijiy banklar kartalaridan chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazishni ta’minlashi kerak. YUPM (Uzcard) matbuot xizmatining izoh berishicha, bir to‘lov tizimi kartalarini boshqa tizim tomonidan qabul qilinishini ta’minlash uchun axborot tizimlarining to‘liq majmuini ishlab chiqish talab etiladi, jumladan: O‘zining ishlab turgan protsessing markazi bo‘lmagani, hali biror bir karta chiqarilmagani va terminal o‘rnatilmagani sababli GlobUzCard tizimi uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni bajarish qiyinchilik tug‘dirmasligi mumkin. Uzcard tizimida esa allaqachon qariyb 20 million karta va 230 mingta terminal uskunasi ishlab turibdi. “Uzcard tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro mustahkam munosabatlarning o‘zgarishi uning ish faoliyatida to‘xtalishlar bo‘lishi ehtimoli va pirovardida foydalanuvchilarning asosli noroziliklarini yuzaga kelishini e’tibordan chetda qoldirmagan holda, tizimni tubdan qayta qurish zaruratini keltirib chiqaradi. Qolaversa, ushbu jarayon mablag‘ va intellektual jihatdan sezilarli sarf-xarajatlarni talab qiladi”, — deyiladi YUPM axborotida. Uzcard tomonining qayd etishicha, ikki tizimning birgalikda faoliyat olib borishini ta’minlash talabi — bir tomondan — bir oydan ko‘ra ancha ko‘p vaqt talab qilsa — boshqa tomondan — tizimga shoshma-shosharlik va yaxshi tayyorlanmasdan o‘zgartirish kiritilishi jiddiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. “Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida asosli savol tug‘iladi: GlobUzCard tizimi uning faoliyati uchun Uzcard tizimi resurslari talab qilinayotgan bo‘lsa, unga raqobatchi bo‘la oladimi? Va, umuman, foydalanuvchilarga muayyan bir foyda keltirmaydigan bo‘lsa, sarf-xarajatlar evaziga ishlab turgan tizimni o‘zgartirib, boshqa logotip bilan yangi kartalarni ishlab chiqarishdan nima naf?”, — deb savol qo‘yadi YUPM matbuot xizmati. “Eng muhimi, modomiki, GlobUzCard na to‘lovlarni boshqarish tizimi (protsessing markazi), na mijozlarning ma’lumotlar bazasi va na to‘lovlarni qabul qilish tarmoqlariga ega emas ekan, mazkur tizimlarning birgalikda faoliyat olib borishini qanday tashkil qilish mumkinligi tushunarsiz”, — deyiladi Uzcard axborotida.
8O‘zbekiston
Qiyin vaziyatlarda tomosha qilish tavsiya etiladigan filmlar Kayfiyat tushib, o‘zingizni yomon va qiyin ahvolda his qilganingizda yaxshi film muammolaringizni sal bo‘lsa-da, yengillashtirishga yordam beradi. Quyidagi kartinalarni tomosha qilib, baxtli bo‘lish naqadar oson ekanligini anglaysiz. “Indiana Jons”, trilogiya “Tu-tu-ru-tu, tu-tu-tu, tu-tu-ru-tu, tu-tu-tu-tu” — bu ohangni eshitishingiz bilan ko‘z oldingizga mard va hech narsadan tap tortmaydigan Indiana Jons obrazi kelgani aniq. Indiana Jons har qanday holatda yordamga oshiqadi, o‘z kuchiga ishonish orqali hatto umidsiz bo‘lib tuyulgan vaziyatda ham chiqish yo‘li borligiga umid qiladi. Albatta, do‘stlarining yordam bilan. “Kamon, Kamon” Jurnalist (Xoakin Feniks) singlisining iltimosiga ko‘ra, to‘qqiz yoshli jiyaniga qarab turadi va u bilan til topishishga harakat qiladi. Deyarli ikki soatlik filmda boshqa hech narsa sodir bo‘lmaydi, lekin unda olam-olam ma’no bor. Qahramonlarning har birining o‘ziga xos qiyinchiliklari va muammolari bor. Qahramonlar o‘zlarining og‘riqli tajribasini bir-biriga yaqinlashish imkoniyatiga aylantiradilar. Bu sokinlik va odatiy kundalik muammolar haqidagi film, lekin shunday qiyinchiliklarni ham bir-biriga yordam berish orqali birgalikda boshdan kechirish osonroq. “Sumerki” “Sumerki” pastki labini tishlashni yaxshi ko‘radigan va negadir maktabga borishda davom etayotgan yuz yoshli vampirning ko‘nglini ko‘tarishga qodir bo‘lgan o‘quvchi qiz haqidagi eng melodramatik sevgi hikoyasidir. Ba’zilar uchun “Sumerki” ularga baxtli o‘smirlik yillariga qaytishga yordam beradi. Derazadan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealardan farqli o‘laroq, kimdir film yordamida deyarli ikki soat davomida Amerikaning eng olis chekkasidagi xayoliy fantaziya olamiga borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Mohir josuslar kabi” Edgar Rayt hali ham so‘nggi o‘n yilliklarning eng yaxshi komediyachilaridan biri bo‘lib, uning filmlarini qayta-qayta ko‘rib zavq olish mumkin. “Mohir josuslar kabi” — London politsiyasi (Simon Pegg) va mahalliy ovsar (Nik Frost)ning iliq do‘stligi haqidagi ajoyib film. Ovloq joyda sodir etilgan sirli qotilliklarni tergov qilish haqidagi kinoyali hikoya Raytning o‘ziga xos uslubi bilan to‘ldirilgan. “Yaxshi yil” Ushbu film insonlarga oddiy narsalarni eslatadi, afsuski, kundalik shovqin-suronda tez-tez unutilayotgan hislarni ham. Bosh qahramon — Maks allaqachon ulg‘aygan va London fond birjasining (Rassell Krou o‘ynagan) yirik korchaloni. Amakisining o‘limidan so‘ng, Maks Provansdagi vino zavodini meros qilib oladi va darhol uni sotishga qaror qiladi. Lekin hayot uni o‘ziga va bu dunyoning mohiyatiga yangicha qarashga majbur qiladi. Doimiy ravishda yaxshiroq hayotga intilish yo‘lida baxtli bo‘lish biz o‘ylagandan ham oson ekanligini unutamiz. Provansdagi vino zavodi, Marion Kotilyar va fransuz vinosi atmosferasidan tashqari, “Yaxshi yil” baxt atrofimizda — aynan hozir va shu yerda ekanligini eslatadi. “Andisha va g‘urur” Operator Roman Osin tomonidan mohirona suratga olingan ingliz qishloqlarining panoramali tasvirlari haqiqiy vizual meditatsiyadir. Film sizni cheksiz xabarlar bo‘lmagan dunyoga ustalik bilan olib kiradi, yangiliklar esa bir necha kunlik kechikish bilan pochta orqali olinadi. Bingli va Darsi uylarining interyerini, Jeyn va Lizzining balga qanday tayyorgarlik ko‘rishini, Bennetning oilaviy hayotini tomosha qilib dam olasiz, ertalabki tumanda o‘tloqlar bo‘ylab qahramonlar bilan sayr qilasiz. Jeyn Ostenning o‘lmas sujeti mehrni oiladan, do‘stlardan, yaqinlardan izlash kerakligini yana bir bor eslatib o‘tadi. “Qiyalikdagi baliqcha Ponyo” Miyazaki muxlislarining ba’zilari multfilm juda yosh tomoshabinlarga mo‘ljallangan, degan bahona bilan Ponyoni chetga surib qo‘yadi. Ammo bu inson va tabiat uyg‘unligi, uning boshqa asarlari singari dunyodagi har bir jonzot bilan umumiy til topish qobiliyati haqidagi chuqur falsafiy hikoya. Miyazaki o‘z maqsadini nasihat orqali yetkazish o‘rniga, uni yapon mifologiyasi aks-sadolari bilan ajoyib ertakka aylantiradi. Filmda to‘lib-toshgan g‘ayrat ham, yuqumli baxt ham bor, lekin eng muhimi — bolakayning dengiz jonzotiga bo‘lgan cheksiz sevgisi, u endi uni himoya qilishga majbur, chunki u boshqacha yo‘l tuta olmaydi. Chunki faqat sevgi va mehrgina bizni qutqara oladi. “Billi Medison” Miya faolligi darajasini eng past ko‘rsatkichgacha tushira oladigan o‘ta kretin komediya. Allaqachon voyaga yetgan Billi Medison (Adam Sendler) mehmonxonalarga ega bo‘lgan millioner dadasining puliga yashaydi. Kunini pivo ichish-u jurnallarni varaqlash bilan o‘tkazadigan o‘g‘il nimadir qila olishini isbotlashga qaror qiladi va garov o‘ynab, maktabga qaytadi. Bir necha oy ichida u o‘tkazib yuborgan barcha narsalarni — boshlang‘ich sinfdagi imloni o‘rganishdan tortib yuqori sinfdagi qo‘pol zo‘ravonliklarni boshdan kechirishgacha bo‘lgan o‘n birinchi sinfni tugatishi kerak. “Yulduzli chang” Filmda hamma narsa bor: sarguzasht, mo‘jiza va sevgi. Oddiygina yigit (Charli Koks) sevgan qizining tug‘ilgan kuniga osmondan tushgan yulduzni topib sovg‘a qilishga va’da beradi. Qahramon Mishel Pfayfer boshchiligidagi jodugarlar ham abadiy yoshlik uchun xuddi shu yulduzni qidirmoqda. Yiqilgan yulduz go‘zal qiz bo‘lib chiqadi (Kler Deyns). Shuningdek, Nil Geymanning mazkur ertagida shafqatsiz shahzodalar, xushmuomala qaroqchi (aql bovar qilmaydigan darajada kulgili Robert De Niro) va juda ko‘p yumor hamda mo‘jizalar mavjud. Bularning barchasi bir-biriga bog‘langan, ammo zulmat g‘alaba qozongandek tuyulsa-da, sevgi va do‘stlik hammani qutqaradi.
7Madaniyat
OAV: armiya Liviya poytaxtiga kirdi Marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya xalq armiyasi (LXA) poytaxt Tripoli janubi-g‘arbiy qismidagi bir nechta tumanlarni egallab oldi. Bu haqda RIA «Novosti» LXAdagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda. Uning aytishicha, shahar ko‘chalari hozirgi vaqtda «bo‘shab yotibdi». Qo‘shimcha qilinishicha, shahar aholisi, katta ehtimol bilan, Tripolidan chiqib ketishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin. «Hozirning o‘zida bir nechta tuman LXA jangchilari tomonidan egallab turilibdi, masalan, Janzur va Al-Svaniy, bu Tripoli janubi-g‘arbiy qismida», - dedi manba. Shuningdek, uning bildirishicha, hozirgi vaqtda harbiy harakatlar o‘tkazilmayapti, qurolli guruhlar tomonidan «bir nechta kichik hujumlar» qayd etilgan. Ta'kidlanishicha, Tripolini nazorat qiluvchi Milliy kelishuv hukumati o‘z qo‘shinlarini yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga keltirgan. Bundan oldin, liviyalik marshal Tripoli yo‘lidagi birinchi shaharni egallagandi. Ma'lumot uchun: 2011 yilda Liviyada fuqarolar urushi boshlandi. 1969 yildan buyon mamlakatni boshqargan polkovnik Muammar Qazzofiy hokimiyatdan ag‘darildi va o‘ldirildi. Uning raqiblari tomonida Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarni o‘z ichiga olgan xalqaro koalitsiya kuchlari kurashdi. Bugungi kunda Liviya ikki hokimiyat holatida: sharqda - Tobruk shahrida parlament faoliyat ko‘rsatadi, g‘arbda - Tripolida milliy kelishuv hukumati nazorat o‘rnatgan.
2Dunyo
Futbol qiroli Pele shifoxonaga yotqizildi Uch karra jahon chempioni Pele shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatdi. Manba bergan xabarga ko‘ra, 77 yoshli afsonaviy braziliyalik futbolchi hushidan ketgan va holsiz holatda shifoxonaga yotqizilgan. Ertalab tongda Pele braziliyadagi kasalxonalardan biriga olib borilgan va bir necha tibbiy ko‘riklardan o‘tgan. Hozirgi vaqtda shifokorlar uning holatini doimiy nazoratda ushlab turishibdi. Pele 1958, 1962 va 1970 yillarda Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Futbol qiroli nomini olgan Pele XOQ va FIFA tomonidan o‘tgan 100 yillikning eng yaxshi futbolchisi va sportchisi deya tan olingan. Pele terma jamoa safida 93 uchrashuvda 77 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
13Sport
Qozon shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. U qurilish obektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushgan Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan, fuqaroning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda. Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qilgan: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.
5Jamiyat
Karamni go‘sht bilan birga dimlab pishiramiz Bu mazali va tejamkor taomni pazandalikdan umuman xabari yo‘qlar ham tayyorlay oladilar. Go‘shtni yupqa qilib bo‘laklarga ajrating. Tovada o‘simlik yog‘ini qizdiring, go‘shtni soling, biroz qovuring va uni 20 daqiqa o‘z suvida dimlang. Yangi karamni yaxshilab yuving va to‘g‘rang. Piyozni tozalang va yupqa qilib to‘g‘rang. Sabzini tozalang va yirik qirg‘ichdan o‘tkazing. Pomidorning po‘stini arching va kubik shaklida to‘g‘rang. Go‘shtga piyoz, sabzi va pomidorni qo‘shing. Aralashtiring. Karamni ham qo‘shing. To‘g‘ralgan karamni oldin alohida o‘zini oltin rangga kirguncha qovurib olish ham mumkin. Bu taomga chiroyli ko‘rinish va xushbo‘ylik bag‘ishlaydi. Biroz qaynoq suv quying va tovaning qopqog‘ini yopib qo‘ying. Past olovda dimlang. Har 5-7 daqiqada aralashtirib turing. Agar sizga pishayotgan karamning hidi yoqmasa, tovaning ichiga bir bo‘lak qotgan non qo‘ying. Bu hidni ketkazishga yordam beradi. Taom tayyor bo‘lishdan oldin nonni olib qo‘yasiz. Pishish vaqti karamga bog‘liq ravishda o‘rtacha 20-30 daqiqagacha davom etadi. Ta’mi yoqimli chiqishi uchun tayyor bo‘lishdan 7-10 daqiqa oldin taomga bir choy qoshiqdan shakar va sirka qo‘shishingiz mumkin. Taom quyuqroq bo‘lishi uchun un qo‘shsangiz ham bo‘ladi. Tayyor bo‘lishidan 4-5 daqiqa oldin karamning har bir kilogrammi uchun bir osh qoshiqdan yog‘da qovurilgan yoki tovada quritilgan un qo‘shing. Karam tayyor bo‘lgandan so‘ng tuz va murch qo‘shing. Yaxshilab aralashtiring, ustini yoping va bir-ikki daqiqa qoldiring. Dasturxonga tortishdan oldin sevimli ko‘katlaringizdan qo‘shing. Manba: “Povarenok.ru”
9Pazandachilik
Tashqi savdo bo‘yicha 4ta yangi kontrakt turi joriy etiladi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Qayd etilishicha, prezidentning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida hamda 2021 yil 3 fevraldagi “Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–6155-son farmonida xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmaganda qayta ishlash operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat berish topshirig‘i berilgan. Shuningdek, prezidenti administratsiyasining 2021 yil 3 fevraldagi topshirig‘i bilan mahalliy eksportchi korxonalar uchun xorijiy davlatdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish tizimini joriy etish topshirig‘i berilgan. Yangi qaror loyihasida tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirish amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar o‘z yechimini topgani aytiladi. Xususan, tashqi savdo kontraktlari tushunchasi kengaytirilib, quyidagi 4ta yangi kontrakt turi kiritiladi: Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar natijasida: Bildirilishicha, mazkur tartibning amaliyotga tatbiq etilishi import hajmi qisqarishiga, yangi ishlab chiqarish turlarini kengaytirishga, tranzit savdoni rivojlantirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga hamda mamlakatning xizmatlar eksporti salohiyati oshishiga erishiladi.
8O‘zbekiston
Meksikada AQSh diplomatiga o‘q uzildi Meksikaning Gvadalaraxa shahrida noma’lum shaxs AQSh konsulligi xodimiga o‘q uzdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda. Hujum uyushtirilgani videoga tushdi, hozirda jinoyatchi qidirilmoqda. Yaralangan diplomatning holati barqaror ekanligi aytilmoqda. Mergan amerikalikni bekatda kutgani bildirilmoqda. U haqdagi ma’lumot uchun 20 ming dollar mukofot e’lon qilindi.
2Dunyo
“ONA VA BOLA” DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA 2001-yil O‘zbekiston Respublikasida “Ona va bola yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 19-dekabrdagi F-1306-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Respublika komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Ona va bola” davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ilovada nazarda tutilgan “Ona va bola” davlat dasturi tadbirlari respublika va mahalliy budjetlarda tasdiqlangan aniq manbalar hamda bajaruvchilarning mablag‘lari bilan ta’minlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Davlat dasturining asosiy maqsadlari va vazifalari hisoblansin: dasturda mo‘ljallangan chora-tadbirlarning oila manfaatlari amalga oshirilishini ta’minlash, ayollarning manfaatlarini ta’minlash va himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturlariga, “Sog‘lom avlod” dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan barcha loyihalar va tadbirlarning bundan buyon amalga oshirilishi, to‘liq tugallanishiga erishilishi bilan mustahkam o‘zaro aloqasini ta’minlash; ona sog‘lig‘ini mustahkamlash va sog‘lom bola tug‘ilishi masalalariga e’tiborni kuchaytirish, zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari, profilaktika tadbirlarini muntazam o‘tkazish yordamida amalda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ona va bolani parvarish qilish tizimini yaratish; har tomonlama jismoniy, ma’naviy va aql-zakovatli bolalar kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularda pedagogika va psixologiyaning zamonaviy usullarini qo‘llash asosida qat’iy bilimlar, erkin fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof muhitning boyligi va xilma-xilligi, jahon madaniyati bilan keng tanishtirish; eng yaxshi an’analarimiz va urf-odatlarimiz asosida bolalarni Vatanga va xalqqa muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashda ota-onalar, ta’lim muassasalari va mahallalarning rolini kuchaytirish; mustahkam va sog‘lom oilani shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratish, bolani tarbiyalash, jismoniy va ma’naviy rivojlantirishda ona va oilaning rolini kuchaytirish. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan “Ona va bola” davlat dasturi qoidalari asosida hamda mintaqa va tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bir oy muddatda tegishli hududiy dasturlarni ishlab chiqsinlar, ularda aniq chora-tadbirlarni va bajarilish muddatlarini nazarda tutsinlar hamda ularning amalga oshirilishini qattiq nazorat ostiga olsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari, Hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar va jamoat tashkilotlari: tasdiqlangan “Ona va bola” davlat dasturida belgilangan tadbirlarning o‘z muddatlarida so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar; yilning har choragida o‘z majlislarida “Sog‘lom avlod” va “Ona va bola” davlat dasturlarining bajarilishini ko‘rib chiqsinlar; yilning har choragi yakunlariga ko‘ra hisobot davridan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlangan dasturiy topshiriqlarning amalga oshirilishi yakunlari to‘g‘risida tahliliy axborot taqdim etsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari “Ona va bola” davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning roli va ahamiyati keng tushuntirilishini ta’minlasinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Islom dinida kiyinish madaniyati Yunusobod tumani bosh imom-xatibi, Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi, «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov islom dinidagi kiyinish madaniyati haqida maqola yozdi. Libos bu – Allohning O‘z bandalariga ato etgan tengsiz ne'matlaridan biri desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. U insonni issiq-sovuqdan saqlaydi, avratlarini berkitadi va kishiga ziynat bo‘lib xizmat qiladi.  Alloh taolo shunday marhamat qiladi «Ey Odam bolalari, darhaqiqat, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan-tusan libosini ham nozil qildik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo libosidir» (A'rof surasi: 26-oyat).  Ushbu oyati karimada Alloh taolo insonlarga avratlarini berkitadigan hamda ularga ziynat bo‘ladigan har turli liboslarni yaratib bergani, ularga bu narsalarni bichish, tikish va tayyorlash uchun imkon berganini «nozil qildik» degan so‘z bilan eslatar ekan, avratlarni mazkur liboslar ila to‘sishga amr etmoqda.  Avrat o‘rinlari erkaklarda kindikdan tizzagacha bo‘lgan joyni o‘z ichiga oladi. Demak, mazkur joylarni berkitish vojibdir. Imom Ahmad o‘zlarining «Musnad» nomli hadis to‘plamlarida rivoyat qilishlaricha, Jarhad ismli sahobiy sonini ochib turgan paytda Nabiy alayhissalom uning yonidan o‘tib qoldilar va «Ey Jarhad, soningni yop(!), zero, son avratdir», dedilar.  Mazkur hadisi sharifni hujjat qilib aksar ulamolar, jumladan, Hanafiy mazhabi ulamolari son avratdir, deydilar. Shunday ekan, kishi eng kamida o‘zgalarga badanining mazkur joylarini ochiq holda ko‘rsatmasligi lozim. Aks holda gunohkor bo‘ladi. Islom dini mukammal shariat bo‘lgach, unda barcha narsaning odobi va madaniyati mufassal tarzda bayon qilib berilgan. Shu jumladan dinimiz ta'limotida kiyinish madaniyatining ham o‘ziga xos odoblari mavjud bo‘lib, quyida ular haqida qisqacha so‘z yuritamiz. 1. Libos insonning terisini ko‘rsatadigan darajada yupqa va shaffof bo‘lmasligi lozim.  2. Tor bo‘lmasligi. Ba'zi liboslar terini ko‘rsatadigan darajada yupqa bo‘lmasada ammo, avrat yerlarining shaklini ko‘rsatib qo‘yadigan darajada tor bo‘ladi. Bu ham mumkin emas. 3. Erkak kishi kiyinishda o‘zini ayollarga o‘xshatib olmasligi yoki aksincha, ayol erkakcha kiyinmasligi lozim. Imom Buxoriy o‘zlarining «Sahih» to‘plamlarida Abdulloh ibn Abbos (raziyallohu anhumo)dan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (kiyinishda) o‘zini ayollarga o‘xshatadigan erkaklarni va erkaklarga o‘xshab kiyinadigan ayollarni la'natladilar». 4. Kiyim olishda haddan oshmaslik, odamlardan ajralib turish uchun o‘ta qimmat libosni xarid qilmaslik. Imom Ahmad o‘z «Musnad»larida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: «Kimki, dunyoda shuhrat libosini kiysa, Qiyomat kunida Alloh unga xorlik libosini kiygazadi». Demak, musulmon kishi odamlarga kibru havo qilish, o‘zini ulardan yuqori tutish yoxud shuhrat qozonish uchun kiyinmasligi lozim. Chunki, bu narsa uni kibru havoga berilib, o‘zidan mamnun bo‘lishga yetaklaydi. Bu esa ma'naviy illatlar sirasiga kiruvchi zararli xislatlardan biridir. 5. Erkaklarga tilla taqinchoqlar va ipak liboslarning haromligi. Imom Abu Dovud o‘zlarining «Sunan» nomli hadis to‘plamlarida Ali (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilishlaricha, bir kuni Nabiy sollallohu alayhi va sallam ipak matoni olib o‘ng tomonlariga qo‘ydilar, tillani olib chap tomonlariga qo‘ydilar. So‘ng: «Mana bu ikki narsa ummatimning erkaklariga haromdir!», dedilar.  6. Libos kiyishda o‘ng tomondan kiyish sunnatdir. Oisha onamiz (raziyallohu anho) aytadilar: «Nabiy alayhissalomga poklanishda (ya'ni, tahorat va yuvinishlarda), soch tarashda va oyoq kiyim kiyishda o‘ng tomondan boshlash yoqar edi» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Bu hadisda faqat poyabzal kiyish zikr qilingan bo‘lsada, hadisda tilga olingan sunnat bo‘lmish o‘ng tomondan boshlash boshqa turdagi liboslarni kiyishga ham taalluqli hisoblanadi.  Ulamolarning ta'kidlashlaricha, ovqatlanish, kiyinish va hokazolar kabi insonning karomati va obro‘siga dalolat qiladigan ishlarda o‘ng qo‘lni ishlatish yoki o‘ng tomondan boshlash mustahabdir. Istinjo kabi past ishlarda esa chap qo‘lni ishlatish lozim. Chunki, o‘ng qo‘l oliy ishlar uchun, chap qo‘l esa yuqorida aytilganidek, zarurat bo‘lgan ammo, o‘zi past narsalardan sanaluvchi ishlar uchundir. 7. Oq rangdagi liboslarning afzalligi. Abdulloh  ibn Abbos (raziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinishicha, Nabiy alayhissalom shunday deganlar: «Kiyimlaringizdan oq ranglisini kiyinglar, zero, u liboslaringizning eng yaxshisidir. Va mayyitlaringizni ham unga (ya'ni oq rangli matoga) kafanlang!» (Abu Dovud rivoyati). 8. Kiyimlarni pok tutish lozimligi. Islom dini poklik dinidir. Bu poklik ma'naviy va moddiy pokizalikni taqozo etadi. Alloh taolo Qur'oni karimning Muddassir surasida Nabiy alayhissalomga qarata va u kishi orqali butun insoniyatga xitob qilar ekan: «Kiyimlaringni pok tut!», degan. Demak, libos pokizaligi musulmon kishining hayotida nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Shu bois ham namozning shartlaridan biri libosning pokligidir. Undan tashqari poklik va orastalik iymondan ekanligiga dalolat qiluvchi bir qancha rivoyatlar ham kelgan. 9. Kiyim kiyishda ayrim duolarni o‘qishning savobli ekanligi. Musulmon kishi aksar vaqtda Allohni zikr qiladi, Uni yodga oladi. Bu narsa uning qalbi poklanib, yaraqlashiga, ruhan yuksalishiga va gunohlari o‘chirilib, darajalari oshishiga sabab bo‘ladi. Nabiy alayhissalom ko‘p hollarda Allohni zikr qilardilar, uyga kirishda, chiqishda, uyquga yotishda, uyqudan turishda, taomlanish oldidan, taomdan so‘ng va hokazo. Shu jumladan, libos kiyishda ham aytish savobli va mustahab bo‘lgan ba'zi bir zikru duolar borki, ularning ayrimlarini misol tariqasida keltiramiz. «Alhamdu lillahillaziy kasaaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy valaa quvvah». Ya'ni, «Barcha hamdu sanolar mening o‘zimda hech qanday kuch-qudrat va imkoniyat bo‘lmagan holda bu libosni menga kiydirgan va rizq qilib bergan Allohga xosdir». 10. Insonning ustida ya'ni libosida Alloh ne'matining asari ko‘rinib turishi. Agar kimgadir Alloh kengchilik va davlat ato etgan bo‘lsa, u inson o‘zining imkoniyati va maqomiga mos ravishda yaxshi kiyimlardan kiyishi, tashqi ko‘rinishiga e'tibor berishi, pokiza va orasta kiyinishi maqsadga muvofiqdir. Zero, Alloh taolo biron kimsaga ne'mat ato etgan bo‘lsa, o‘sha insonda mazkur ne'matning asari va alomati ko‘rinib turishini yaxshi ko‘radi. Abul Ahvas nomli sahobiy o‘z otasidan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlariga past (eskirib ketgan, uvada) kiyimlarda keldim. Shunda u kishi menga «Sening mol-davlating bormi?», dedilar. Men: «Bor!», dedim. «Nimalaring bor?», so‘radilar yana Ul zot (sollallohu alayhi va sallam). Men: «Alloh menga tuya, qo‘y va otlar hamda qullar ato qilgan», dedim. Buni eshitgach, Nabiy alayhissalom: «Alloh senga mol-dunyo ato qilgan bo‘lsa, Uning senga bergan ne'mati va ikromining asari ko‘rinib tursin!», dedilar (Abu Dovud rivoyati).  Xuddi shunga o‘xshash voqea mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh bilan ham ro‘y bergan. O‘ylaymizki, mazkur voqeani keltirish foydadan xoli emas.  Bir kuni Abu Hanifa hamsuhbatlaridan birining ustida eskirib, uvadasi chiqqan kiyimlarga ko‘zi tushdi. Odamlar tarqalib, majlisda faqat Abu Hanifa-yu haligi kishining yolg‘iz o‘zi qolgach, Imom unga yuzlanib, dedi:  - Anavi joynamozni ko‘targin-da, tagidagini ol.  Kishi joynamozni ko‘tardi, qarasa, tagida ming dirham pul bor edi.  - Uni olib, ust-boshingni tartibga keltir, - dedi Abu Hanifa.    Shunda, - men o‘zimga to‘qman,- dedi haligi kishi,- Alloh menga boylik, mo‘lchilik ato qilgan. Bu pullaringizga ehtiyojim yo‘q.  Bu so‘zlarni eshitgach, Abu Hanifa (r.h.) haligi kishiga:  - Alloh taolo senga boylik va farovonlik ne'matini ato qilgan ekan, Qani U bergan ne'matlarning asari?! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: «Albatta Alloh O‘z bandasining ustida unga bergan ne'matining asarini ko‘rishni sevadi», - degan so‘zlari senga yetib kelmaganmi? Hamonki, boy ekansan, o‘zingni tartibga keltirib, ust-boshingga qarab yurishing darkor. Toki, o‘z yaqinlaringni g‘amga botirmagaysan,-  deya nasihat qildi. Alloh taolodan barchamizni taqvo libosi ila ziynatlashini, xato-yu kamchiliklarimizni esa O‘zining satri ila berkitishini so‘rab qolamiz.
5Jamiyat
Beeline’da amaliyot o‘tash uchun arizalar qabuli yakunlandi Eng yirik aloqa operatori Beeline (Unitel MChJ va Buzton QK) mamlakatning 3- va 4-kurs talabalari uchun “Uchinchi avlod-2014” amaliyot o‘tash dasturida ishtirоk etish uchun so‘rovlarni yig‘ishni yakunladi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi. Hammasi bo‘lib 150 ta ariza topshirilgan, ularning ichidan 77 nomzod yaqin orada test sifatida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi bosqichga o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, bu yili Beeline “Uchinchi avlod” dasturini kengaytirdi, buning natijasida MDIST, Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Instituti, MDU, MTI, O‘zMU, Neft va Gaz RDU, TDTU, TATU, Turin Politexnika universiteti, TMI, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va JIDU talabalаri kompaniyada amaliyot o‘tash istagini bildirdilar. Voqeani sharhlar ekan, Unitel’ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazzoqov shunday dedi: “Olti yil davomida eng yaxshi talabalarga telekommunikatsiya sohasining yetuk kompaniyasida karyera boshlash imkonini bermoqdamiz. Ishonaman, bu yerda ular tanlagan sohada professional sifatida kelgusi rivojlanishlari uchun baholi tajriba, bilim va malaka olishlari mumkin. Qo‘shib o‘tishim joiz, “Uchinchi avlod” dasturi tufayli bizning kompaniyamizda ko‘p sonli yosh va muvaffaqiyatli xodimlar faoliyat olib bormoqdalar”. Ikkinchi bosqich — test natijalariga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan talabalar xodimlarni tanlash bo‘yicha mutaxassis va bo‘lg‘usi rahbari bilan suhbatga taklif qilinadilar. Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda Beeline’da amaliyot o‘tash tijorat, texnik va IT-bo‘limlarida ochilgan. Amaliyot natijalariga ko‘ra eng muvaffaqiyatli talabalarga o‘qish bilan moslashgan holda maxsus ish jadvali, istiqbolda esa Beeline’ning doimiy xodimi ish o‘rni beriladi. “Uchinchi avlod” amaliyot o‘tash doirasi 2014-yilning iyun—avgust oylariga rejalashtirilgan.
14Texnologiya
Har bir xodimga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatga oid huquqlar va kafolatlar ta'minlanadi SAVOL: Men xalqaro tashkilotda ishlayman va bizda o‘zimizning ichki tartib va qoidalarga amal qilinadi. Ular bizning qonunlarimizga muvofiq bo‘lishi kerakmi? T.Islamov JAVOB: Har bir xodimga, u qayerda ishlamasin va qanday vazifani bajarmasin unga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan mehnatga oid huquqlar va kafolatlar ta'minlanadi. Hech qaysi ish beruvchi xodimning mehnatga oid huquq va kafolatlarini ta'minlashni qonunchilikda belgilangan me'yordan ko‘ra pasaytirishga haqli emas. Shu bilan birga, korxonaning jamoa-shartnomaviy va boshqa lokal hujjatlarida, shuningdek, mehnat shartnomasida xodimlarga qo‘shimcha huquq va kafolatlar (masalan, qo‘shimcha ta'tillar berish, qisqartirilgan ish vaqtini joriy qilish) nazarda tutilishi mumkin. Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi. Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
8O‘zbekiston
DXX tomonidan odam savdosiga chek qo`yildi Bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish borasida qat`iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  Xususan, DXX Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida joylashgan “Do`stlik” xalqaro nazorat o`tkazish maskanida Namangan shahrida yashovchi ayol N.N. o`zining 2 nafar tanishini Turkiya davlatiga fohishalik qilish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlandi. Aniqlanishicha, 1987 y.t. N.N. joriy yilning mart oyida Turkiya davlatidan doimiy yashash manziliga qaytib kelgach, 1990 va 1993 y.t. ikki nafar tanish ayollarini Istanbul shahrida fohishalik bilan shug`ullanib, mo`may pul topishga qiziqtiradi.  So`ngra Turkiyaga Qirg`iziston orqali ketishlarini aytib, ularga o`z hisobidan Bishkek-Istanbul aviareysiga chiptalar xarid qiladi, shuningdek, viza hamda chet elga chiqish pasportlari uchun to`lovlarni ham amalga oshiradi.  Bu bilan ularni o`ziga moddiy jihatdan qaram qilib, manzilga etib borganlaridan keyin bir oy davomida fohishalik qilish orqali sarflangan yo`l xarajatlarini qoplashlarini hamda har oyda ishlab topgan pullarining 30 foizini berishlarini talab qiladi.  Ta`kidlash lozimki, N.N. Turkiyada bo`lgan davrida O`zbekistondan olib borilgan ayollarni fohishalik bilan shug`ullanishga majburlab kelgan. Hozirda N.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
6Jinoyat
Bitcoin o‘z rekordini yana yangiladi - 8,700 dollar Dunyoning eng ommabop kriptovalyutasi hisoblanayotgan Bitcoin 24 noyabrdagi savdolarda 8,700 dollarlik chegarani bosib o‘tdi va o‘z qiymati bo‘yicha navbatdagi eng yuqori natijani qayd etdi. Bitcoin shu kungi savdolarda 6 foizga qimmatlashdi. Uning boshlang‘ich narxi yil boshidan beri 900 foizga oshgan.  Ta'kidlanishicha, noyabr oyi ushbu kriptvalyuta uchun jiddiy sinov davr bo‘ldi. Shu oyning boshida raqamli valyuta qiymati 5,500 dollargacha arzonlashdi. Bunga SegWit2X amaliyotini bekor qilgani sabab bo‘ldi.  Chikago birjasi raqamli vlyutalar fyuchers savdolarini o‘tkazishini e'lon qilganidan so‘ng, bitcoin yana narx tizginini qo‘lga oldi.  Kriptovalyutalar, shuningdek, moliyaviy institutlar qiziqish bildira boshlaganidan keyin yanada qimmatlasha boshladi. Goldman Sachs va Citigroup banklari kriptovalyutalar hamda blokcheyn texnologiyalarini o‘rganayotgani, ularni o‘z portfoliolariga qo‘shish imkoniyatini tahlil qilmoqda. Bitcoin joriy yilni 1,000 dollar atrofidagi qiymatda boshlagan edi. Uning bozor kapitallashuvi 145 milliard dollarga yetdi.
4Iqtisodiyot
Toshkentda jahon fiziklarining anjumani yakunlandi Toshkentda 10-11 noyabr kunlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan «Fundamental va amaliy fizika rivojining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar» mavzuida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Simpoziumda fizika, astronomiya va astrofizika, energetikaning, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari, mahalliy xomashyo manbalari asosida yangi materiallar olish, zamonaviy nanofizika va nanotexnologiyani rivojlantirishning eng muhim masalalari muhokama qilindi. – Mazkur xalqaro forum O‘zbekistonda qadimdan mavjud fundamental ilmiy salohiyatning bugun ham amalda faol namoyon bo‘layotganining dalilidir, bu barqaror kelajak uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi, – deydi Antverpen universiteti professori De Vos Dirk Lusiyen (Belgiya). – Mazkur forumda biomateriallarning tirik organizmda energiya almashishi, uni saqlashi, ma'lumot almashishining fizik asoslari haqida so‘z yuritildi. Germaniyadagi Yer haqidagi fanlar ilmiy-tadqiqot markazi sun'iy yo‘ldoshlar o‘lchashlariga asoslangan geodeziya texnologiyalarini koordinatsiya va integratsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Bu tizim geometrik koinot texnologiyalarini amaldagi geodeziya bilan birlashtirishga, yer sirtida olingan o‘lchashlarni uchish apparatlari yordamida va koinotdan olingan kuzatuv ma'lumotlari bilan yaxlitlashga ham mas'uldir. Mustaqillik yillarida mazkur markaz bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti o‘rtasida izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Natijada, Astronomiya institutida Global pozitsiyalash tizimining (GPS) Kitob, Toshkent va Maydanak xalqaro stansiyalari tashkil qilindi, hamkorlikda regional tezliklar aniqlanib, hududlarning seysmik xavfi baholandi. Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi instituti direktori o‘rinbosari, professor Oleg Pchelyakovning aytishicha, mamlakatimizda quyosh energetikasini taraqqiy ettirish uchun qulay geografik iqlim, yetarlicha salohiyat, buning fundamental va tashkiliy asoslari mavjud: O‘zbekistonda bir yilda 320 kundan ziyod havo ochiq bo‘lishi quyoshli kunlar ko‘pligi bo‘yicha dunyoning aksariyat mintaqalariga nisbatan ancha ustunlikni ta'minlaydi. Qisqacha aytganda, mazkur xalqaro simpozium bugun dunyo fizikasidagi dolzarb fundamental va amaliy masalalarni muhokama qilish, o‘zbek fizika maktabining mustaqillik davridagi yutuqlarini xalqaro miqyosda yana bir bor keng namoyish etish imkonini berdi. Bu nafaqat ilm-fan, balki boshqa ko‘plab sohalar rivojida ham katta ahamiyat kasb etadi.
8O‘zbekiston
30 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 avgust kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 29-31 daraja issiq bo‘ladi.  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.  Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.  Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.  Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.  Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
8O‘zbekiston